КИЗИКАРЛИ ФАКТЛАР
Оценка 4.8

КИЗИКАРЛИ ФАКТЛАР

Оценка 4.8
Разработки уроков
docx
химия
9 кл
30.04.2019
КИЗИКАРЛИ ФАКТЛАР
Я учитель химии я живу в узбекистане я работаю в школе номер четире в городе зарафшан навоийской области я и моя жена все учителя мы работаем в одном школе меня зовут аслиддин фамилия раззоков отчество исомид динович вот и всё
Qiziqarli faktlar Kimyoga oid (@Kimyo).docx
Assalomu aleykum hurmatli , aziz foydalanuvchi bu maqolada asosan sizga kerakli bo’lgan ba’zi faktlar haqida gaplashib o’tamiz ! Ma’lumotlar internet olamidan olinib aynan telegramdagi @Kimyo +99891 982 49 49 kanali uchun maxsus Jahongir Yo’ldoshev tomonidan tayyorlandi ! Marhamat yoqsa klasss ! Kimyo tarixidan qiziqarli faktlar. Tasodifiy ixtiro 1903 yilda farang kimyogari Eduard Benediktus nitroselyuloza bilan to‘la bo‘lgan shisha kolbani tasodifan sindirib qo‘yadi. Shisha sindi, ammo lekin Benediktus xavfsirab yuzini qo‘llari bilan berkitishi bilan qaytib ko‘zlarini ocharkan, sodir bo‘lgan manzaragahayron qoldi: shisha kolba yorilgan bo‘lsa-da, mayda bo‘laklarga bo‘linib sochilib ketmagan edi. U alohida parchalar holida, lekin xuddi ustidan yupqa plyonka bilan o‘zaro biriktirib qo‘yilgan kabi, bir joyda to‘planib turardi. Benediktus ushbu tasodifiy ixtironi avtomobil peshoynalari uchun qo‘llashni tavsiya etdi. Ixtiro avtomobilsozlikda muvaffaqiyat qozonib, bir necha yuzlab (balki minglab) insonlarni, peshoyna singanda shisha bo‘laklari yuziga va tanasiga sachrab sanchilib qolishida saqlab qolgan... Yog‘dulanuvchi professor. Moskva universiteti kimyo professori Semyon Volfkovich laboratoriyada fosfor moddasi bilan juda ko‘p va uzoq ilmiy tajribalar olib borgan. Ish jarayonida gazsimon fosfor olimning kiyimlariga o‘rnashib, shimilib qolar edi. Shu tufayli ham akademik ishdan so‘ng qorong‘u Moskva ko‘chalari bo‘ylab piyoda uyga qaytayotganida, uning kiyimlari moviy rangdagi shu’la taralib turar, poyabzalidan esa uchqun chiqayotgandek taassurot uyg‘otar edi. Odatda akademik o‘z ortidan hayrat bilan ergashib kelayotgan avom olomonga e’tibor bermasdi. Biroq, asl mohiyatda bexabar bo‘lgan savodsiz Moskvaliklarning orasida, universitetda ishlaydigan, kechalari o‘zida yog‘du taratadigan «o‘zga sayyoralik», «narigi dunyodan kelgan kimsa» haqida uydirmalar tarqalishi uchun bu narsa yetarli bo‘lgan. Fizikadan kimyoga. Yadro fizikasi otasi bo‘lmish Ernest Rezerford, bir paytlar fizika faniga haddan tashqari mubolag‘a bilan katta baho berib, «barcha fanlarni ikki turkumga bo‘lish mumkin: Fizika va pochta markalarini yig‘ish!» deb aytgan edi. Biroq, eng qiziqarlisi shundaki, unga Nobel mukofotini, fizikadan emas, balki kimyo bo‘yicha, «Radioaktiv moddalar kimyosi sohasida, elementlarning yemirilishi borasida olib borgan tadqiqotlari uchun» (1906 yil) berilgan. Natijada esa, Rezerford keyingi bayonotlarining birida hazil aralash, uning hayotda ko‘rgan eng kutilmagan shakl o‘zgarishlaridan biri sifatida, aynan o‘zining fizik mutaxassisdan kimyogarga aylanib qolganligi ekanini ta’kidlagan edi. Besaranjom xodim va uning olamshumul kashfiyoti.  Shotlandiyalik bakteriolog Aleksandr Fleming, laboratoriyada mehnat qilar ekan, hamkasblari orasida   unchalik   saranjom   emasligi   va   ish   joyini   ko‘pincha   yig‘ishtirmasdan,   pala­partish saqlashi borasida tanqidga uchrar edi.  U haqiqatan ham o‘ta betartib ish yuritadigan fe’l­atvor egasi bo‘lgan. Lekin, baxtli tasodif tufayli uning bu xurmacha qiliqlari, 1928 yilda, XX asr tibbiyotining   eng   katta   yutuqlaridan   biri   bo‘lmish   –   antibiotiklarning   kashf   etilishiga   sabab bo‘ldi. O‘z odatiga sodiq ravishda Fleming, bakteriyalar bilan tajriba o‘tkazilgan maxsus idishchalarni, 2­3 haftalab yuvmay, tashlab qo‘ygan. Saranjom hamkasblar esa, o‘z idishlarini doimo toza tutishar edi. U yangi tajriba uchun ishlatish maqsadida idishlarni yuvishga chog‘lanar ekan, ulardan birida saqlangan bakteriyani o‘rab olib, halok qilayotgan po‘panakni ko‘rib qoladi. Shu tarzda tarixdagi ilk antibiotik – pensillin kashf etilgan edi. Fleming o‘z kashfiyotidan nafaqat tibbiyotda, balki, tasviriy san’atda ham foydalangan ekan. U mikroblarning shtammlaridan foydalanib, ajoyib asarlar hosil qilgan. Rezina ixtirochisi. Amerikalik Charlz Gudir ham rezina tayyorlash retseptini tasodifan kashf qilgan. U adashib, kauchuk   va   oltingugurtdan   iborat   aralashmani   oshxona   plitasida   qizdiradi.   Shu   tarzda, kauchukning   rezinaga   aylantiradigan   vulkanizatsiya   jarayoni   ixtiro   qilingan.   Gudirning   o‘zi, ixtirosining   tasodifiy   ekanligini   inkor   etmasa­da,   biroq,   unga   shunchaki   to‘satdan   erishilgan natija sifatida ham qarash noo‘rin ekanligini ta’kidlar edi. Olim uzoq olib borilgan tajribalar seriyasida erishilgan kuzatuvchanlik va ziyraklik shunday yutuqqa olib kelgan deb fikr bildirgan. Tushda ayon bo‘lgan davriy jadval. Bu hikoyani ham ko‘p eshitganmiz: emishki, D.I.Mendeleyev, o‘zi tuzgan kimyoviy elementlar davriy jadvalini avvaliga tushida ko‘rgan emish... Bu haqida olimning o‘zi shunday degan edi: «Men u (jadval) haqida balki 20 yil va undan ko‘proq o‘ylangandirman; siz esa, «mudradi va... tayyor!»­deb o‘ylaysiz». Haqiqatan ham, Mendeleyev, davriy jadvalni kunlardan bir kun, tasodifan, o‘zi umuman o‘ylamagan holda tushida ko‘rib qolib kashf etgan emas. Balki, uning ustida   yillar   davomida   izlangan,   tunu­kun   fikri­yodi   unda   bo‘lgan.   Inson   bir   narsani muttasilo‘ylayversa, uni tushida ham albatta ko‘radi. Bu ko‘pchiligimizga ayon oddiy haqiqat. Shunday ekan, har qanday yutuq va muvaffaqiyatning zamirida tinimsiz mehnat yotadi. Bu kabi tasodiflar esa, aslida qonuniyatdir. Tarjima mashaqqatlari. Shakarni   o‘rnini   bosuvchi   modda   –   sukraloza,   Professor   Lesli   Hyuning   ingliz   tilini   yaxshi bilmaydigan xorijlik talabalaridan biri tufayli kashf etilgan. Olim laboratoriya ishlaridan birida, xorijlik talabaga shakarning xlorlangan birikmalarini tekshirishni buyuradi (inglizchada, «test» fe’li bilan murojaat qiladi); talaba esa, professorni yaxshi tushunmasdan, undan moddani tatib ko‘rishni so‘rayapti deb o‘ylaydi (inglizchadagi «taste» fe’lini tushunadi). Talab moddani yalab ko‘radi. Qarasa ship­shirin narsa... Gazli suv ichasizmi? Ingliz   olimi   Jozef   Pristli   1767  yilda,   uzumni   achitib   tayyorlanadigan   ichimliklarda,   bijg‘ish jarayonida hosil bo‘ladigan, va suyuqlik yuzasiga qalqib chiqib yoriladigan gaz pufakchalari bilan qiziqib qoladi. Achitilayotgan uzum bochkasi ustida u suv to‘ldirilgan idishni qo‘yib, bir muddatdan   keyin   uni   oladi   va   mazasini   tatib   ko‘radi.   Pristli   bunday   suv   tetiklantiruvchi xususiyatga   ega   ekanligini   o‘z   tanasi   bilan   his   qilgan   edi.   Shu   tarzda   olim,   hozirda   ham gazlangan ichimliklar tayyorlashda qo‘llaniladigan karbonat angidrid gazini ochgan edi. 5 yildan keyingi e’lon qilgan ilmiy risolasida esa Jozef Pristli karbonat angidrid gazi olishning yanada takomillashgan usuli – bo‘r va oltingugurt kislotasini o‘zaro reaksiyaga kiritish yo‘li bilan hosil qilish haqida mufassal bayon qilgan. «Buyuk Kimyogar!!!» 1837 yil kunlarining birida, Rossiya Imperiyasining yirik shaharlaridan biri Qozondagi xususiy pansionatlardan   birining   yerto‘lasida   kuchli   portlash   yuz   berdi.   Hammani   qo‘rquvga   solgan portlash   manzarasidan   so‘ng,   arang   o‘ziga   kelgan   shahar   tartib   nozirlari,   tekshiruvlarda aniqlashicha,   bino   yerto‘lasida,   Aleksandr   Butlerov   ismli,   mahalliy   maktab   o‘quvchisi yashirincha ravishda, qandaydir kimyoviy tajriba o‘tkazgan ekan. U   o‘qigan   maktab   pedagog   kengashi,   «bezori»ni   barchaga   kulgi   qilib,   sazoyi   qilish   bilan jazolashga   qaror   qildi.   Sasha   Butlerovni,   bo‘yniga   katta   harflar   bilan,   «Buyuk Kimyogar!!!»yozuvi osilgan taxtachani ilib, maktabning eng gavjum joyida – oshxonada soatlab tik turishga majbur qilindi.  Barcha kirgan­chiqqan o‘quvchi va o‘qituvchilar uni ustidan kulib o‘tishar edi. Bunday tahqirlovchi yozuv bilan balki maktab ma’muriyati, haqiqatan ham bo‘lajak buyuk  kimyogarga   salbiy   munosabat   bildirishayotganligini   xayoliga   ham   keltirmagan   bo‘lsa kerak. Yosh iste’dod egasining ham bu narsani qanday qabul qilgani noma’lum. Balki u iztirob chekkandir, balki, shu holatda ham ilmiy mulohazalar bilan band bo‘lgandir. Nima bo‘lganda ham, aslida ermak uchun yozilgan yozuv oqibatda haq bo‘lib chiqdi. Aleksandr Butlerov o‘z asrining eng buyuk kimyogarlaridan biri bo‘lib yetishdi. Do’stlar bilan albatta baham ko’ring ! Hamda kanalga yangi qo’shilgan bo’lsangiz kanalni boshidan oxirigacha ko’rib chiqing sizga kerakli ma’lumotlar albatta topiladi ! Kimgadur yordamim tekkan bo’lsa men hursand !

КИЗИКАРЛИ ФАКТЛАР

КИЗИКАРЛИ ФАКТЛАР

КИЗИКАРЛИ ФАКТЛАР

КИЗИКАРЛИ ФАКТЛАР

КИЗИКАРЛИ ФАКТЛАР

КИЗИКАРЛИ ФАКТЛАР
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
30.04.2019