Maktab informatika kursini o'qitish maqsadida testlardan foydalanish
Оценка 4.9

Maktab informatika kursini o'qitish maqsadida testlardan foydalanish

Оценка 4.9
pptx
26.03.2024
Maktab informatika kursini o'qitish maqsadida testlardan foydalanish
9-Testlar to'plami.pptx

Maktab informatika kursining 5-, 9-sinflari uchun mavzulashtirilgan va qiyinlik darajasidagi testlar to'plamini yaratish”

Maktab informatika kursining 5-, 9-sinflari uchun mavzulashtirilgan va qiyinlik darajasidagi testlar to'plamini yaratish”

“Maktab informatika kursining 5-, 9-sinflari uchun mavzulashtirilgan va qiyinlik darajasidagi testlar to'plamini yaratish”

MUNDARIJA Kirish..............

MUNDARIJA Kirish..............

MUNDARIJA

Kirish.....................................................................................
I-BOB. Maktab informatika kursining 5-, 9-sinflari uchun mavzulashtirilgan testlar to'plamining ahamiyati
1.1 O'quvchilar bilimini test asosida tekshirish uslubi......................
1.2 Test topshiriqlarini empirik usulida smash................................
II-BOB. Informatika fani bo'yicha test yaratish
2.1 Testning rivojlanish tarixi va uning ijobiy tomonlari...................
2.2 Test topshiriqlarini tuzish metodikasi.....................................
2.3 Testlar bazasini shakllantirishda Visul Basic 6 dasturlash tilida
yaratilgan muharrirning o'rni...................................................
XULOSA.....................................................................................
Foydalanilgan adabiyotlar............................................................

Kirish Mamlakatimiz istiqlolga erishgach axborot texnologiyalari sohasida juda katta o'zgarishlar yuz bermoqda, shu bilan bir qatorda bu yoshlarga keng imkoniyatlar yaratilmoqda

Kirish Mamlakatimiz istiqlolga erishgach axborot texnologiyalari sohasida juda katta o'zgarishlar yuz bermoqda, shu bilan bir qatorda bu yoshlarga keng imkoniyatlar yaratilmoqda

Kirish

Mamlakatimiz istiqlolga erishgach axborot texnologiyalari sohasida juda katta o'zgarishlar yuz bermoqda, shu bilan bir qatorda bu yoshlarga keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Ijtimoiy hayotning barcha sohalarida axborot texnologiyalari har yerda jadallik bilan kirib kelmoqda va bilimlarni oshishi jamiyat a'zolarini o'z ustlarida ko'proq ishlashga, yangi-yangi o'zgarishlarga olib kelmoqda. Taraqqiyot taqdirini ma'naviy jihatdan yetuk odamlar hal qiladi. Texnikaviy bilim, murakkab texnologiyani egallash qobilyati ma'naviy barkamollik bilan birga borishi kerak. Aqliy zakovat va ruhiy ma'naviy salohiyat ma'rifatli insonning ikki qanotidir.
Butun jahon taraqqiyoti tobora axborot texnologiyalari bilan tez sur'atda rivojlanib bormoqda. Xususan biz kabi yoshlarni zamon talabiga javob beruvchi mutaxassislar qilib tayyorlashga alohida e'tibor qaratilmoqda. Shuning uchun bozor iqtisodiyoti davrida “Amaliy matematika va informatika” mutaxassisligi kadrlariga talab mavjud.
Prezidentimiz o'z ma'ruzalarida “Bizning farzandlarimiz nafaqat jismoniy va ma'naviy sog'lom o'sishi, balki, ularning eng zamonaviy intelektual bilimlarga ega bo'lgan, uyg'un rivojlangan insonlar bo'lib, XXI asr talablariga to'liq javob beradigan barkamol avlod bo'lib voyaga yetishi uchun zarur barcha imkoniyat va sharoitlar yaratishni o'z oldigamizga maqsad qilib qo'yamiz. Shu kunlarda hukumatimiz tomonidan ushbu masalalar yuzasidan qabul qilingan Davlat dasturi ana shu ezgu maqsadlariga erishish yo'lida barcha ehtiyoj va manfaatlarni hisobga olgan holda mavjud barcha resurs va imkonyatlarimizni safarbar etishni ko'zda tutadi” - deb ta'kidlaydilar.
Mustaqillik yillarida yurtimiz kelajagi bo'lgan yosh avlodni tarbiyalash, unga bilim berish masalasida alohida ahamiyat berila boshlanganligi sababli, istiqlolning ilk kunlaridayoq ma'naviyatimizni tinglash, uni yanada

Bular ichida eng muhim qadamlardan biri

Bular ichida eng muhim qadamlardan biri

yuksaltirish zamonaviy talablar bilan uyg'unlashtirish asosida jahon andozalariga mos darajada chiqarishga alohida ahamiyat berib kelinmoqda. Bular ichida eng muhim qadamlardan biri O'zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan qabul qilingan «Ta'lim to'g'risida»gi qonunlar. Ushbu qonun fuqarolarga huquqiy ta'lim asoslari bilan birga, kasb-hunar o'rgatishning yangi qirralariga zamin tayyorlaydi. Bu qonun har kimning bilim olishidan iborat konstitutsiyaviy huquqlarini ta'minlashga qaratilgan bo'lib, yangi bilim berish darajasini oshirishda beqiyos samara kashf etadi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti 1997 yil 29 avgustdagi O'zbekiston Oliy majlisi IX sessiyasidagi nutqidagi masalaga o'z munosabatini bildirib, yo'l qo'yilayotgan qator kamchiliklarga diqqatni jalb qildi. Asosiy masala, zamon talab qilayotgan, butunlay yangicha tartibdagi va yangi uslubdagi o'rta umum ta'lim, o'rta maxsus ta'lim va oliy o'quv yurtlaridagi islohotlarni o'tkazishdan iboratdir. Shu sababli ham, Oliy Majlisning IX sessiyasida «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul qilinib, unga ta'lim sohasida tub o'zgarishlar qilish vazifalari qo'yiladi. Dasturning maqsadi ta'lim sohasini tubdan isloh qilish, uning o'tish kamchiliklaridan xoli qilish, rivojlangan demokratik va davlatlar darajasidagi, yuksak axloqli, ma'naviyatli, yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini yaratishdan iboratdir. SHu nuqtai -nazardan hozirda xalq ta'limi tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar birinchi navbatda yetuk kadrlarni tayyorlashga qaratilgan.
Jahonda va mustaqil O'zbekistonimizda kechayotgan chuqur sotsial o'zgarishlar uzluksiz ta'lim tizimini rivojlantirishda, yangilashda va mukammallashtirishda yangicha yondashishni talab etadi. Mamlakatimizda bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan ta'lim sohasidagi tizimni yaratish va malakali mutaxasasislarni tayyorlashga yo' naltirilganligini aniq ko'rishimiz mumkin. Bu o'rinda akademik litsey va kasb-hunar kollejining o'rni ahamiyatlidir. Bu ta'lim bosqichida talabalarga jahon talablariga mos keladigan bilim berish va ularni zamonaviy texnika, texnologiyalar bilan muomala qila oladigan mutaxassislarni tarbiyalab yetkazishga yangicha

Barkamol avlod yili» davlat dasturining 9-10- bandlaridagi barkamol avlod tarbiyasida eng zamonaviy raqamli elektron ta'lim tizimini joriy qilish, ta'lim tizimini zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalanish,…

Barkamol avlod yili» davlat dasturining 9-10- bandlaridagi barkamol avlod tarbiyasida eng zamonaviy raqamli elektron ta'lim tizimini joriy qilish, ta'lim tizimini zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalanish,…

tabiiy ilm-ta'lim kontsepsiyasi yaratilmoqda. 2010 -yil «Barkamol avlod yili» davlat dasturining 9-10- bandlaridagi barkamol avlod tarbiyasida eng zamonaviy raqamli elektron ta'lim tizimini joriy qilish, ta'lim tizimini zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalanish, ta'lim tizimini axborotlashtirishni yanada jonlantirish masalasi ilgari surilgan.
Uzluksiz ta'lim tizimida o'quvchining faol aralashuvi, uning darajasi va pedagogik o'quv, ijtimoiy va professional mosligi va takrorlanmas qobilyatlari shular jumlasidandir. Bu jarayonlarda fanlararo aloqadorlikni amalga oshirish zaruriyati talabalar bilim qobiliyati sifatini oshirishning didaktik sharoiti va dialektik ongini rivojlantirishga olib keladi.
Mavzuning dolzarbligi: Yaratilgan mavzulashtirilgan testlar to'plami test nazoratining interaktiv, zamonaviy shakllaridan biri hisoblanadi. Masofaviy ta'limda testning interaktiv shaklining ahamiyati beqiyos hisoblanadi. Ushbu yaratilgan testlar fanni chuqur o'zlashtirish uchun yaxshi esda saqlash qobiliyati, aniq fikrlash, aqliy fikrlashning samaradorligini oshirish uchun muhim omil sanaladi. Hozirgi kunda o'qitishda interfaol metodlardan foydalanish, uning mazmun mohiyatini bilish juda muhimdir. Uning ta'limda qo'llanilishi esa o'quv jarayonini samaradorligini oshirish yo'llaridan biri bo'lib hisoblanadi. Shu jihatdan olganda ishning muammosi dolzarb hisoblanadi.
Bitiruv malakaviy ishimizning maqsadi: Maktab informatika kursining 5-, 9-sinf o'quvchilari bilimini mustahkamlashga o'z hissasini qo'sha oladigan testlar majmuini yaratish.
Bitiruv malakaviy ishimizning vazifalari: Malakaviy ish maqsadidan kelib chiqqan holda quyidagi vazifalar belgilandi: test tuzish qoidalarini, usullarini, o'quvchilar bilimini mustahkamlash uchun tuzilgan testlardan o'z vaqtida foydalanishni o'rganish. Test turlari bilan yaqindan tanishib chiqish.
Bitiruv malakaviy ishimizning o'rganilganlik darajasi: Bitiruv malakaviy ishimni bajarish jarayonida juda ko'p ma'lumotlarni o'rgandim.Ya'ni 5- va 9-sinf informatika darsliklarini yana bir bor mustahkamladim hamda universitetda mavjud tizim bilan bog'langan test moduli haqida oz bo'lsa ham bilimga ega

Test tuzish qoidalari, testlarning turlari, qaysi vaqtda qaysi turdagi testdan foydalanish to'grisida tushunchalarga ega bo'ldim

Test tuzish qoidalari, testlarning turlari, qaysi vaqtda qaysi turdagi testdan foydalanish to'grisida tushunchalarga ega bo'ldim

bo'ldim. Test tuzish qoidalari, testlarning turlari, qaysi vaqtda qaysi turdagi testdan foydalanish to'grisida tushunchalarga ega bo'ldim.
Bitiruv malakaviy ishimizning predmeti: Informatikadan 5- va 9- sinf maktab darsliklari, ochiq test, yopiq test hamda moslik testlari.
Bitiruv malakaviy ishimizning ob'ekti: Ta'lim tizimi , o'quv jarayonida tayyorlanadigan test savollari.
Bitiruv malakaviy ishimizning ilmiy farazi: Test nazoratlarini o'tkazishda ushbu yaratilgan mavzulashtirilgan test to'plami savollaridan keng miqyosda foydalanish.
Bitiruv malakaviy ishimizning yangiligi: Ochiq test, yopiq test va moslik test elementini yaratish orqali o'quvchilarning olgan bilimlarini baxolashda qo'llash.
Bitiruv malakaviy ishimizning amaliy ahamiyati: O'qituvchining test tayyorlash jarayonini, o'quvchilar test nazoratlarini topshirish jarayonini va javoblarni tekshirishni qo'llab quvvatlash, osonlashtirish, effektivligi va qulayligini oshirish.
Bitiruv malakaviy ishimizning metodologik asoslari: Maktab informatika kursining 5- va 9-sinf darsliklari.
Bitiruv malakaviy ishimizning metodlari: Mavzulashtirilgan testlar toplamini yaratishda 5- va 9-sinf darsliklaridan foydalanildi hamda test tuzishda bir tastni o'zini ochiq test, yopiq test va moslik testi shakllarida ifodalash inobatga olindi.
Bitiruv malakaviy ishimizning tarkibi va hajmi: Ushbu bitiruv malakaviy ishi ____betdan iborat bo'lib, kirish, 2 ta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar

I-BOB. Maktab informatika kursining 5-, 9-sinflari uchun mavzulashtirilgan testlar to'plami tuzishning ahamiyati 1

I-BOB. Maktab informatika kursining 5-, 9-sinflari uchun mavzulashtirilgan testlar to'plami tuzishning ahamiyati 1

I-BOB. Maktab informatika kursining 5-, 9-sinflari uchun mavzulashtirilgan testlar to'plami tuzishning ahamiyati
1.1 O'quvchilar bilimini test asosida tekshirish uslubi
Hozirda o'quvchilarning bilimini sinab ko'rishda asosan - test-sinov usulidan keng foydalanilmoqda. Testli sinovda o'quvchilar faqat o'zlarining bilimlarini tekshirib ko'rishmaydi, balki mazkur fandan olgan bilimlarini mustaqil ravishda takomillashtirishadi va chuqurlashtirishadi.
Test - inglizcha so'z bo'lib, tadqiq etish, tekshirish, sinab ko'rish degan ma'nolarni anglatib, diagnostika metodi hisoblanadi, unda standart savollar beriladi.
Testli sinov va imtihonlarning an'anaviy imtihonlardan afzalligi shundaki, o'quvchi o'zining chuqur bilimini, keng dunyoqarashini to'laroq namoyon qilish imkoniyatiga ega bo'ladi.
Test sistemasi o'quvchilarni baholashning boshqa ko'rilgan uslublariga qaraganda qanday afzallikka ega. Undan foydalanish mohiyati nimada? Bu savolga quyidagicha javob berishimiz mumkin:
1. Barcha o'quvchilarga teng sharoit yaratiladi (vaqt hisobida ham, test savollarini tanlash hisobida ham).
2. Ma'lum vaqt ichida ham o'quvchilaring keng doirasini, ham mavzuning to'liq doirasini qamrab olish mumkin.
3. Berilgan savollarda tasodifiylik elementlari kamayadi, bu esa imtihon oluvchining noxolisligini yo'qqa chiqaradi.
4. Imtihon oluvchi va topshiruvchi o'rtasida subyektiv fikrni yo'qqa chiqaradi.
5. Tekshirishga vaqt va kuch sarflash kamayadi, shu bilan birga o'qituvchi va o'quvchi ustida nazoratni yengillashtiradi.
6. Test javoblariga mashina tomonidan tezda statik ishlab chiqish imkoniyatiga ega bo'ladi, chunki savol va javoblar standart shaklga ega.
Testlarni bir qancha turlari mavjud:
-eslash va to'ldirish uchun testlar.

Tanlov testlari o'z navbatida anternativ, ko'p tanlovli va kesishuvchi tanlovli testlarga bo'linadi

Tanlov testlari o'z navbatida anternativ, ko'p tanlovli va kesishuvchi tanlovli testlarga bo'linadi

-tanlov testlari.
Tanlov testlari o'z navbatida anternativ, ko'p tanlovli va kesishuvchi tanlovli testlarga bo'linadi.
Testlarning bunday xilma-xilligi quyidagi rasmda ko'rsatilgan:

T e s t l a r

Eslash va to'ldirish uchun testlar

Tanlov testlar

M u q o b i l t e s t l a r

Kesishuvchi tanlovli testlar

Ko'p tanlovli testlar

Bizga ma'lumki, test sistemasi yordamida o'quvchilarni baholash, boshqa uslublarga nisbatan qator afzalliklarga ega. Bunda barcha o'quvchilarga teng

Shu sababdan o'quvchini tekshirishga vaqt va kuch sarfini kamayadi

Shu sababdan o'quvchini tekshirishga vaqt va kuch sarfini kamayadi

sharoit yaratiladi, ma'lum vaqt ichida ham o'quvchilarning keng doirasini, ham mavzuning to'liq doirasini qamrab olishi mumkin va berilgan savollarga tasodifiylik elementlari kamayadi. Shu sababdan o'quvchini tekshirishga vaqt va kuch sarfini kamayadi. Shu bilan bir qatorda o'qituvchi va o'quvchi ustida nazoratni yengillashtiradi.
Pedagogik dasturiy vositadagi testlar o'quvchilarga uch xil variantda: ochiq, yopiq va moslik testlari ko'rinishida taqdim etiladi. Bu esa o'z navbatida o'quvchilarni doim o'rganib qolgan testlaridan ancha farq qiladi va o'quvchilarni fanga qiziqishini oshiradi. Bilamizki, ochiq testlar o'quvchilar uchun oson test hisoblanadi. Chunki tasodifiy tanlangan javob ham ba'zida to'g'ri bo'lib chiqishi mumkin.
Moslik testlari esa ochiq testlarga nisbatan murakkabroq bo'lib, o'quvchilarni aniq javobni topishda fikrlashga undaydi.
Yopiq testlar ochiq va moslik testlariga nisbatan murakkabligi yuqori bo'lgan testlar hisoblanib, bunda o'quvchilar savolning aniq va to'liq javobini yoddan bilishlari zarur.
Pedagogik dasturiy vositadagi testlar so'roq shaklida emas balki tushirib qoldirilgan so'zni joylashtirish ko'rinishida o'quvchilarga beriladi. Masalan, “Klaviaturadagi ... tugmasi buyruq yoki amalni tasdiqlash vazifasini bajaradi”. Ochiq testning variantlari quyidagilar:
A) Enter
B) Esc
C) Alt
D) Caps Lock
Ushbu testning javobi A) Enter bo'lib, natijada quyidagi to'g'ri mulohaza hosil bo'ladi. “Klaviaturadagi Enter tugmasi buyruq yoki amalni tasdiqlash vazifasini bajaradi”
Yopiq testda bo'lsa ushbu savoldagi “ ... “ o'rniga javob klaviatura yordamida kiritiladi. Masalan, “Ingliz tilidan olingan software so'zi ... degan ma'noni anglatadi”. Ushbu savolning javobi “yumshoq qism” bo'lib klaviatura

Ingl iz tilidan olingan software so'zi yumshoq qism degan ma'noni anglatadi”

Ingl iz tilidan olingan software so'zi yumshoq qism degan ma'noni anglatadi”

yordamida kiritiladi va quyidagi to'g'ri mulohaza hosil qilinadi: “Ingl iz tilidan olingan software so'zi yumshoq qism degan ma'noni anglatadi”.
Test usuli bilan baholashning afzalliklari. Pedagogik testlarning zamonaviy nazariyasi pedagogika, psixologiya, mantiq, o'lchovlar nazariyasi, matematik statistika, matematika, axborot nazariyasi, kibernetika va bir qator fanlarning tutash chegaralarida rivojlanmoqda. Shuningdek, testlar ilmiy asoslangan, eng ishonchli pedagogik o'lchovlar quroli sifatida etirof etilmoqda.
Pedagogik testlar insoniyat tafakkuri erishgan muvaffaqiyatlardan biri bo'lib, ta'lim jarayonining samaradorligini oshiradi. Shuning uchun ham kelajak avlod psixologik, pedagogik va kasbiy testlar me'yor bo'lib qolgan davrda yashab, faoliyat ko'rsatadilar.
Pedagogik testlar bilimlarga baho berishning istiqbolli usuli hisoblanadi. Uning afzalliklari quyidagilardan iborat:
• test topshiriqlari o'quv fanining asosiy mazmunini qamrab oladi (imtihon bileti o'zida nazorat qilinadigan o'quv materialining 4-5 foizini qamraydi xolos);
• hamma talabalar testning bir xil savollariga javob beradilar, bu ularning bilimlarini taqqoslashga imkon beradi;
• talabalar bilimiga haqqoniy baho berish mezoni oshadi;
• test nazoratida oldindan yaratilgan, hamma uchun bir xil bo'lgan shkala yordamida talabalar bilimiga bir muncha aniq va tabaqalashgan baho qo'yishga imkon beradi (reyting);
• o'qituvchi talabalar bilimini nazorat qilishga kam vaqt sarflaydi;
• boshlang'ich darajasini va har qanday vaqt oralig'ida bilimlarni oshirish imkoniyatini o'lchashga sharoit yaratiladi;
• test nazorati kompyuterlashtirishga (avtomatlashtirishga) qulay. Bu pedagogik testlashning asosiy afzalliklaridan biridir. O'quv jarayonining takrorlanuvchanligi ham aynan shunda o'z ifodasini topadi.
Umuman olganda test usuli birmuncha texnologik hisoblanadi. U bilimlarni o'zlashtirish sifatini nazorat qilishda professor-o'qituvchilar mehnat unumdorligini

Pedagogik testlashning bu afzalliklari

Pedagogik testlashning bu afzalliklari

oshiradi va o'quv dasturini chuqur va har tomonlama o'zlashtirilishini ta'minlaydi. Pedagogik testlashning bu afzalliklari AQSHda munosib baholangan. Abituriyentlarni universitet va kollejlarga test sinovi bilan qabul qilinadi. Pedagogik testlarni keng qo'llashi bo'yicha AQSH tajribasi Kanada, Yaponiya, Turkiya va boshqa ko'pgina mamlakatlarga yoyilgan.
Informatika darslarida o'quvchilar bilim va ko'nikmalarini tekshirish va baholashda test sinovlari muhim o'rin tutadi. O'quvchilardan test olishda ularning o'zlashtirish darajasiga qarab, test topshiriqlarini tuzish maqsadga muvofiq bo'ladi. Test topshiriqlarida nazariy savollar bilan birga dastur hamda masalalardan foydalanish yaxshi samara beradi, chunki o'quvchilar bunday dastur va masalalarni yechayotganda o'zlarining nazariy bilimlariga tayanib, mustaqil fikrlash qobiliyatini oshiradilar. Guruhdagi har bir o'quvchining bilim va ko'nikmalariga qarab test materiallarini tuzish ularning o'zlashtirish darajasining yanada yaxshilanishiga olib keladi. O'zlashtirish saviyasi yaxshiroq bo'lgan o'quvchilarning test topshiriqlariga nisbatan murakkabroq masalalardan kiritish bilan ularning bilim saviyasini yanada oshirish mumkin. O'zlashtirish saviyasi o'rtacha bo'lgan o'quvchilarga nisbatan engilroq masalalar berib, keyinchalik ular e'tiborini ancha qiyinroq masalalarni yechishga qaratish mumkin. Past o'zlashtiruvchi o'quvchilar uchun o'tilgan mavzulardagi asosiy tushunchalarni o'zida mujassam etuvchi yengil masalalar berib, ularni masalalarni yechish usullarini o'rganishga jalb qilish kerak.
Bilimlarni pedagogik jihatdan tahlil, ya'ni analiz qilish uchun 2 ta asosiy bilim ko'rsatkichlari inobatga olinadi.
1. Bilim darajasi
2. Bilim tuzilishi
Test javoblarini obektiv baholash uchun bu ikki ko'rsatkich alohida inobatga olinadi.
Bilim darajasini baholashda barcha test topshiriqlarini bajarib bo'lgandan keyin har bir o'quvchining javobiga qarab analiz qilinadi. To'g'ri javoblar ko'pligiga qarab

Ko'pincha bu test ballari “bilim darajasi” degan tushuncha bilan yuritiladi

Ko'pincha bu test ballari “bilim darajasi” degan tushuncha bilan yuritiladi

sinaluvchi o'quvchilarning individual test ballari qo'yiladi. Ko'pincha bu test ballari “bilim darajasi” degan tushuncha bilan yuritiladi.
Masalan o'quvchi 30 ta savoldan 10 ballni qo'lga kiritsa , bu albatta to'g'ri javoblar hisobiga bo'lib, lekin savollar murakkablik darajasi inobatga olinadi. 30 ta savoldan birinchi o'ntaligi oson, ikkinchi o'ntaligi -o'rtacha, uchinchi o'ntaligi murakkab, bo'lib hisoblanadi. Lekin bunday test ko'rinishidagi nazoratlar o'quvchi iste'dodini yuzaga chiqarib bera olmaydi. Bunga misol sifatida Eynshteyn va Rixterlar testga ikki martalab topshirib ham testni yecha olmaganlar. Bilimlarning tuzilishi testing murakkablik darajasiga qarab to'g'ri va noto'g'ri javoblar ketma-ketligiga asoslanadi.Har bitta test javoblarining natijasi matritsa ko'rinishida bo'ladi.Agar sinovdagi talaba oddiydan murakkabga qarab yechib ketgan bo'lsa, to'g'ri matritsa. Murakkabdan odiyga qarab yechib ketgan bo'lsa, noto'g'ri matritsa deyiladi.
Minskiy o'zining fikrlarida o'quvchi qachon yomon o'qishi mumkin degan savolga o'zining fikrlarida to'xtalib o'tgan. Agar o'quvchi uchun aniq va noaniq narsalar o'rtasidagi farq juda kata bo'lsa, shu holdagina o'quvchi yomon o'qigan deb baholaydi. O'quvchining bilim darajasi shaxsiy iste'dodiga, bilimiga bog'liq, to'g'ri yo'naltirish esa pedagoglarning vazifasi hisoblanadi.
An'anaviy testlar
An'anaviy testlar odatda 2 xil ko'rinishdagi testlardan tuzilgan bo'lib, an'anaviy va noan'anaviy bo'lib hisoblanadi.
An'anaviy test o'zida tizimlilik, murakkablik darajasini, formasini o'zida mujassamlashtirgan.
An'anaviy testlar o'zida 3 ta tizimni mujassamlashtiradi.
1. O'quv jarayonini qamrab olgan bilimning tuzilish tizimi.
2. Bilimlarning murakkablik darajasining formal tizimi.
3. Bilimlarning statistik xarakteristikasi va o'quvchilarning o'zlashtirganlik darajasi.
An'anaviy testlarda 2 ta g'oya ilgari suriladi. Bilimlarni tahlili, natijani aniqlashni to'ldiradi. Pedagogik o'lchov usuli biron-bir narsaning maxsuli.

Xulosa qilib aytadiga bo'lsak an'anaviy testda bir necha g'oyalarni amalga oshirish mumkin

Xulosa qilib aytadiga bo'lsak an'anaviy testda bir necha g'oyalarni amalga oshirish mumkin

Xulosa qilib aytadiga bo'lsak an'anaviy testda bir necha g'oyalarni amalga oshirish mumkin.
Birinchi g'oya:Test bu savol-javob jamlanmasi emas balki bilimlar tizimi hamdir.
Ikkinchi g'oya : Bugungi kunda testlar avvalgi eskicha qarashlardan voz kechib o'quvchilar bilimini sinashda yordam beradi.
Uchinchi g'oya: Eng yetakchi g'oya bo'lib, hisoblanib an'anaviy test ma'lum bir songa ega bo'lgan topshiriqlarni o'zida mujassamlashtiradi, qisqa vaqt ichida tez fursatda ko'plab o'quvchilarning bilimini tekshirishga yordam beradi.
An'anaviy testlar 2 ga bo'linadi: Gemogen va Getoregun;
Gemogen test bu oddiydan murakkabga qarab boradi, ma'lum tuzilishga tizimga ega. O'quvchilar bilimini tekshirish uchun obektiv sifatga ega. Gemogen test eng ko'p tarqalgan test turi hisoblanadi, chunki u o'zida bitta jarayonni qamrab oladi.
Getoregun test turida ham gemogen testga o'xshash jihatlari mavjud bo'lib, ya'ni oddiydan murakkabga qarab boradi, ma'lum tuzilishga tizimga ega. O'quvchilar bilimini tekshirish uchun obektiv sifatga ega. Faqatgina bu test turi bir nechta jarayonni o'zida mujassamlashtiradi.
Noan'anaviy testlar haqida gapirar ekanmiz quyidagilarni e'tiborga olinadi. Integrativ testlar topshiriqlar tizimidan tuzilgan bo'lib, umumiy o'rta ta'lim bitiruvchilariga yakuniy umumlashtirilgan baho qo'yish uchun ishlatiladi.
Umumlashtirilgan o'zaro bog'liq testlar 2 yoki undan ortiq o'quv fanlari o'rtasida olib boriladi. Bunday testlarni tuzish shunday o'qituvchilarga topshiriladiki ular fanlar o'rtasidagi o'zaro nbog'liqlikni juda yaxshi biladigan bir nechta fanni yaxshi o'zlashtirgan bo'lishi kerak.
1.Algoritm bajarilish tartibiga ko'ra ... ta asosiy turga bo'linadi.
A) 3
B) 4
C) 5
D) 2
2.Barcha ko'rsatmalari ketma-ket joylashish tartibida olib boriladigan algoritmlar ... algoritmlar deyiladi.

A) chiziqli B) tarmoqlanuvchi C) takrorlanuvchi

A) chiziqli B) tarmoqlanuvchi C) takrorlanuvchi

A) chiziqli
B) tarmoqlanuvchi
C) takrorlanuvchi
D) aralash
3.Algoritmning asosiy turlaridan biri bo'lgan chiziqli turining ikkinchi nomi bu - ... turidir.
A) ergashish
B) yonma-yon
C) ketma-ket
D) to'g'ri
4."Choy damlash", doira yuzini hisoblash algoritmlari ... algoritmga misol bo'ladi.
A) chiziqli
B) takrorlanuvchi
C) tarmoqlanuvchi
D) aralash
5.Kvadrat tenglamani yechish algoritmi ... algoritmga misol bo'ladi.
A) tarmoqlanuvchi
B) takrorlanuvchi
C) chiziqli

D) ergashish 6.Ikki sonning EKUB ini topish algoritmi

D) ergashish 6.Ikki sonning EKUB ini topish algoritmi

D) ergashish
6.Ikki sonning EKUB ini topish algoritmi ... algoritmga misol bo'ladi.
A) tarmoqlanuvchi
B) takrorlanuvchi
C) chiziqli
D) aralash
7.Ko'rsatmalarni takroran bajatadigan algoritmlar ... algoritmlar deb ataladi.
A) takrorlanuvchi
B) tarmoqlanuvchi
C) chiziqli
D) aralash
8. ... algoritmlar "I:=I+1", "S:=S+I" ko'rinishidagi ko'rsatmalarning ishtiroki bilan boshqalaridan ajralib turadi.
A) Takrorlanuvchi
B) Tarmoqlanuvchi
C) Chiziqli
D) Aralash

Algoritmning tarmoqlanish tuzilmasi

Algoritmning tarmoqlanish tuzilmasi

9.Algoritmning tarmoqlanish tuzilmasi ... xil ko'rinishda bo'ladi.
A) 2
B) 3
C) 1
10.Algoritmning takrorlanish tuzilmasi, asosan, ... xil ko'rinishda bo'ladi.
A) 2
B) 3
C) 4
D) 1

Test topshiriqlarini empirik usulda sinash

Test topshiriqlarini empirik usulda sinash

1.2 Test topshiriqlarini empirik usulda sinash
O'zbekiston Respublikasidagi 10 ta oliy o'quv yurtida (1995y.) tuzilgan dastlabki 369 ta test topshiriqlari professor Farberman B. L. rahbarligidagi bir guruh olimlar tomonidan ekspertiza qilindi. Bu test tuzuvchilarning eng xarakterli quyidagi xatolarini tahlil qilish, umumlashtirish va darajalarga bo'lib chiqishga imkon beradi.
1. Yopiq test topshiriqlariga taklif qilinayotgan javoblar miqdorining kamligi (4-5 ta javob bo'lishi tavsiya etiladi). Ularning soni kamroq bo'lganda to'g'ri javobni tasodifiy tanlash ehtimoli ancha oshadi.
2. Testda oddiy dalillar, voqyealarning sanalari, atamalar, ism-shariflar, ya'ni faqat eslab qolishni talab etadigan topshiriqlarning ko'pligi. Bunday topshiriqlarni tuzish osonroq, biroq bu holda test faqat xotira bilan bog'liq bilimlarnigina nazorat qiladi, xolos. Tanqidiy baho berish, turli xil dalillarni umumlashtirish yoki o'rganilgan tamoyillarni yangi sharoitlarda qo'llanishga doir test topshiriqlarini tuzish qiyinroq, lekin ana shunday topshiriqlargina talaba bilimini to'laqon baholaydi. O'tkazilgan tekshiruvlar shuni ko'rsatadiki, o'rganilgan materialning o'zi, ko'pincha ma'lum vaqt o'tgach unutiladi, o'zlashtirilgan asosiy tamoyillar va ularni yangi sharoitlarda qo'llash esa, umuman unutilmaydi yoki o'qish tugallangandan keyin xotirada o'rnashib, uzoq vaqt saqlanib qolar ekan.
3. Test topshiriqlarining shu fan bo'yicha darslikka o'ta bog'liq bo'lib qolganligi. Test topshiriqlari o'quvchining o'zlashtirib olishi shart bo'lgan bilimlar, ko'nikmalar va malakalarga muvofiq kelishi lozim. Test topshiriqlarini o'quv fanining bo'limlari yoki mavzulari o'rtasida mutanosib ravishda taqsimlab, bu masalalarni test rejasini ishlab chiqish bosqichida hal qilish zarur. Test rejasini tuzayotganda qo'shimcha adabiyotlardan mustaqil o'rganish uchun tuziladigan test topshiriqlarini ham e'tiborga olish zarur. Rejasiz tuziladigan test tasodifiy material bilan tuzilib, sifatsiz chiqishi tabiiydir.

Testda shu o'quv fani asosiy qoidalarini umumlashtiradigan majmuali xarakterdagi topshiriqlarning yo'qligi

Testda shu o'quv fani asosiy qoidalarini umumlashtiradigan majmuali xarakterdagi topshiriqlarning yo'qligi

4. Testda shu o'quv fani asosiy qoidalarini umumlashtiradigan majmuali xarakterdagi topshiriqlarning yo'qligi. Bu alohida vaziyatga oid masalalar: keltirilgan ma'lumotlar asosida texnik, boshqaruv va boshqa qarorlar qabul qilish, bemorga tashhis qo'yish uchun klinik ma'lumotlar va boshqalar bo'lishi mumkin. Bunday topshiriqlar miqdori talaba albatta to'g'ri qaror qabul qilishi lozim bo'lgan (oldindan tanish bo'lgan) vaziyatlar soni bilan belgilanishi mumkin.
5. Taklif qilinadigan javoblarning kattaligi (beso'naqayligi). Test topshiriqlarida javoblarning ko'p satrli bo'lishiga yo'l qo'yib bo'lmaydi, ularni anglab olish qiyin bo'ladi va talaba beshinchi javobni o'qib bo'lguncha, birinchi javob mazmunini unutib qo'yadi. Murakkab topshiriqni bir necha oddiylariga bo'lib test topshiriqlari tuzilishi zarur. Ko'p sonli qoida va mulohazalarni bilishni hamma vaqt talab qilaverish to'g'ri emas, ba'zan tayanch so'zlarni ajratishning o'zi, talabaning katta hajmdagi o'quv materialini bilishi haqida ma'lumot berishi mumkin.
6. Test topshirig'i shartlarini (savollarini) ta'riflashdagi ko'p so'zlilik. Test topshiriqlaridagi oddiy va lo'nda qilib bayon qilingan fikr sinovdan o'tuvchining fikrlash va tafakkur jarayonini yengillashtiradi. Bu holda, u talab qilingan fikrni va o'zaro mantiqiy bog'lanishlarni tezroq topish imkoniyatiga ega bo'ladi.
7. Shunday test topshiriqlari ham uchraydiki, ularga to'g'ri javob topish uchun kuzatuvchining o'zi kifoya qiladi. Masalan: biror topshiriq, yakunlovchi testning boshqa qismida joylashgan topshiriqning javobi bo'lib qolgan. Aytaylik, bir topshiriqda Yerning tortishish kuchi qonunini ta'riflagan olimning familiyasini aytib berish talab qilinadi, ayni vaqtda boshqa topshiriq quyidagicha ifodalangan: «Nyutonning Yerni tortish kuchi formulasi...».
8. Ta'riflashdan ikki xil ma'no chiqishi yoki uning aniqmasligi, topshriqni noto'g'ri tushunishga olib kelishi mumkin. Bu, o'z fikrini savol yoki test topshirig'ini tasdiqlovchi javob tariqasida aniq ifodalab beradigan bitta gap tuzish malakasining yetarli emasligidan kelib chiqadi. Yozilgan matnni boshqa kishiga o'qitib ko'rish test ravonligini aniqlashning eng yaxshi yo'lidir. Topshiriq tuzuvchi talabalar fikri bilan bog'liq bo'lib, ko'pincha u o'z ta'riflarining boshqacha

EHMga kiritiladi. Ikkita javobli yopiq topshiriqlarga misol: 1

EHMga kiritiladi. Ikkita javobli yopiq topshiriqlarga misol: 1

test topshirig'i tegishli ikkita kod: 1 yoki 0 bilan kodlanib, so'ngra shu holda EHMga kiritiladi.
Ikkita javobli yopiq topshiriqlarga misol:
1. Bilimlarni test bilan nazorat qilish adolatliligi an'anaviy shakllar bilan taqqoslanganda:
A) ortadi.
B) pasayadi.
2. Bilimlarni har qanday vaqt oraligida oshishiga baho berish imkonini beradigan nazorat turi:
A) odatdagi
B) testli.
«Ha» va «yo'q» degan ikkita javobli yopiq test topshiriqlari ustida alohida to'xtalib o'tish lozim. Ba'zi bir topshiriqlar ularning javoblari ikki xil ma'noni bildiradigan qilib bayon etilishi mumkin. Masalan: Siz testlar qo'llanishini xush ko'rasizmi? - Ha (xush ko'raman). Yo'q (xush ko'rmayman). Bunday xollarda javoblar uchun «to'g'ri» va «noto'g'ri» so'zlarni ishlatish maqsadga muvofiqdir.
Misol:
Yopiq test topshiriqlari bilimlarni kompyuterdan foydalanib nazorat qilishga qulay. A) To'g'ri. B) Noto'g'ri.
Ikkita javobi bo'lgan yopiq shakldagi topshiriqlar qo'llanishning asosiy vazifasi - shu fandan sinovdan o'tuvchining birinchi test topshiriqlaridayoq bilim darajasini tezda tekshirib ko'rishdan iborat. Avtomatlashtirilgan o'qitish tizimlarida (AO'T) bunday topshiriqlar boshlang'ich bosqichning o'zidayoq talabaning umumiy tayyorgarligini taxminiy baholash va nazoratning keyingi yo'nalishi - murakkab yoki osonlashtirilgan dastur bo'yicha olib borish masalasini hal qilishga imkon beradi.

Test topshirig'ida javoblar qancha ko'p bo'lsa, to'g'ri javobni tasodifan topish ehtimoli shunchalik kam bo'ladi

Test topshirig'ida javoblar qancha ko'p bo'lsa, to'g'ri javobni tasodifan topish ehtimoli shunchalik kam bo'ladi

Test topshirig'ida javoblar qancha ko'p bo'lsa, to'g'ri javobni tasodifan topish ehtimoli shunchalik kam bo'ladi. Amaliyotda beshta javobi bo'lgan topshiriqlarga ega bo'lish yetarli hisoblanadi (bu holda bitta topshiriqqa to'g'ri javob berish ehtimoli 0,2 ni tashkil etadi.)
Javobi beshta bo'lgan test topshiriqlariga quyidagi misolni keltirish mumkin.
«To'rtinchi o'lchov» degan fizika-matematika atamasi qaysi tushunchaga taalluqli:
A) Og'irlikka.
B) Hajmga.
V) Vaqtga.
G) Tezlikka
To'g'ri javob: V. D)TEzlanishga.
Bu topshiriqni latent, ya'ni yashirin ma'noli topshiriqlar qatoriga kiritish mumkin. To'rtinchi o'lchov - ehtimollik nazariyasida qo'llaniladigan tushunchadir. Shuning uchun to'g'ri javob bergan sinovdan o'tuvchining bu nazariyadan ommabop darajada xabardor, degan taxmin qilish mumkin. Yopiq topshiriqlarda to'g'ri javoblar bir nechta yoki, javoblarning hammasi ham to'g'ri bo'lishi mumkin.
Masalan: Pedagogik innovasiyani xarakterlovchi belgilarini ko'rsating.
A. Pedagogik tizimni takomillashtirishga yo'naltirilgan barcha o'zgarishlar;
B. O'quv-tarbiyaviy jarayon samaradorligini oshirish uchun kiritilgan yangilik;
V. Pedagogik tizimning ayrim qismlarini yuqori samara beruvchi boshqa qismlar bilan almashtirish;
G. Pedagogik tizimning ichki imkoniyatlarini ishga solish va yuqoriroq natijaga erishish;
D. Hamma javoblar to'g'ri. To'g'ri javob: D.

II-BOB. Informatika fani bo'yicha test yaratish 2

II-BOB. Informatika fani bo'yicha test yaratish 2

II-BOB. Informatika fani bo'yicha test yaratish
2.1 Testning rivojlanish tarixi va uning ijobiy tomonlari
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 5 fevraldagi «O'zbekiston Respublikasi Oliy o'quv yurtlari uchun talabalarni test usulida qabul qilish to'g'risida»gi qarori O'zbekistonda MDH davlatlari ichida birinchi bo'lib testshunoslikdan foydalanishga keng yo'l ochib berdi. Jahon pedagogikasi va psixologiyasida mustahkam o'rin olgan test usuli mamlakatimiz ta'lim tizimida jadallik bilan tadbiq qilinmoqda. Respublika Davlat Test markazining faoliyat ko'rsatayotganligi mamlakatimizda testshunoslikning davlat ahamiyatiga ega bo'lgan masala darajasiga ko'tarilganligining yaqqol dalilidir.
Pedagogik testlar AQSH, Niderlandiya, Angliya, Turkiya, Janubiy Koreya, Yaponiya va boshqa ko'pgina mamlakatlarda keng rivoj topdi. Ushbu ro'yxatga asosan turmush darajasi yuqori bo'lgan mamlakatlar kirganligi tasodif emas. Bunda quyidagi zanjirli bog'lanish mavjud: testlarni qo'llash ta'lim sifatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi; ta'lim sifati esa boshqaruv sifati bilan bog'liq; oqilona boshqaruv esa aholi turmush darajasini oshirish uchun zamin yaratadi.
Testshunoslik batafsil bayon etilishi zarur bo'lgan alohida soha ekanligi va shu bilan birga, test topshiriqlari pedagogik texnologiya bo'yicha loyihanlangan tashhislanuvchi o'quv jarayonini amalga oshirishning muhim vositasi ekanligini ham e'tiborga olib, bu bo'limda testshunoslik tarixi (J. Fisher, F. Gamelton, Ch. Grim, Ch. Rassel), test usulining afzalliklari, test shakllari va ularni tuzishga oid didaktik talablar haqida ixcham ma'lumot beriladi. Bilamizki o'tkazilgan har qanday dars mashg'ulotining natijasini bilish ya'ni tinglovchilar shu mashg'ulotini qay darajada o'zlashtirganini bilish doimo ahamiyatli hisoblanadi. Bu jarayonni o'rganishda jahon tajribasidan kelib chiqadigan bo'lsak test o'tkazish eng samarali usul hisoblanadi.
Testni yaratilgan paytda o'zining bir qancha toifadagi odamlarning tanqidiga uchragan va bu fikrlar quyidagilarni o'zini ichiga olgan.Masalan 1- toifadagi insonlar o'qituvchilarni qo'pol qilib aytadigan bo'lsak ishyoqmas va

O'quvchilardan so'rov o'tkazganlarida ko'plari testni adolatli deb qarab yondashganlar

O'quvchilardan so'rov o'tkazganlarida ko'plari testni adolatli deb qarab yondashganlar

ma'suliyatsiz qilib qo'yadi desa, 2- toifadagi odamlar o'quvchilarni o'ziga bo'lgan ishonchini kamaytiradi, o'z ustida ishlamaydigan qiladi desa, 3-toifadgi insonlar esa pedagogik etika jihatdan to'g'ri yondashish emas deb qarasalar 4- toifadagi insonlar esa yo'q testlar abiturentlarni o'qishga, intilishga undaydi deb fikrlarini isbotlab berganlar.
O'quvchilardan so'rov o'tkazganlarida ko'plari testni adolatli deb qarab yondashganlar. Keyinchalik esa testlar haqidagi fan yuzaga kelgan.Birinchi testlar haqidagi fan XX asrning 30-yillarida paydo bo'lgan. Dastlabki testlar psixologiya, sotsiologiya, pedagogika va ko'plab fanlarida yuzaga kelgan.
Umuman olganda test va test topshiriqlari masofaviy ta'lim va doimgi o'qish turlarida keng qo'llaniladi. Ko'pchilik mualliflar masofaviy ta'limda test usuli haqida gapiradilar. Bu ayniqsa yakuniy nazoratlar keng qo'llaniladi, joriy nazoratlarda esa mustaqil ishlar qilinadi. Bu tushunchalar nafaqat nomi bilan, balki mohiyati bilan farqlanadi. Testlar yordamida yakuniy tayyorgarlik darajasi tekshiriladi. Joriy nazoratda esa o'sha darajasi tekshiriladi.
Test shaklidagi pedagogik topshiriqlar ta'lim va o'qishni aqlni rivojlantirishni texnologik vositasidir, shu bilan birga pedagogik mehnat samaradorligini oshiradi. Avanesov fikricha test shakldagi topshiriqlarni savol tariqasida emas, balki ta'riflar ko'rinishida bo'lishini takidlaydi.
Test (ingl. - sinov) birinchi marta 1864-yilda Buyuk Britaniya olimi J.Fisher tomonidan talabalarning bilim darajasini tekshirish uchun qo'llanilgan. Test sinovlarining nazariy asoslarini keyinchalik ingliz psixologi F.Gamelton ishlab chiqdi. Test sinovlari dastlab psixologiya fani doirasida rivojlandi. XX asr boshida esa test sinovlarini ishlab chiqishda psixologik va pedagogik yo'nalishlar bir-biridan mustaqil ajrala boshladi. Pedagogik test sinovlari birinchi marta amerikalik psixolog E. Torndayk tomonidan yaratilgan. Psixologiya va pedagogikada test sinovlarining rivojlanishi bilan matematik uslublar ham qo'llanila boshlandi. Bunday uslublar o'z navbatida test-larni ishlab chiqishga ijobiy ta'sir ko'rsatdi. XIX asr oxiri XX asr boshlarida test sinovlariga talabalarning o'quv qobiliyatlarini baholash vositasi sifatida qarash ancha

Ch.Rassel test sinovlarining natijalarini o'rganishni davom ettirib, test sinovlarining maqsadi to'g'risidagi savolga javob berishga erishdi

Ch.Rassel test sinovlarining natijalarini o'rganishni davom ettirib, test sinovlarining maqsadi to'g'risidagi savolga javob berishga erishdi

Ch.Rassel test sinovlarining natijalarini o'rganishni davom ettirib, test sinovlarining maqsadi to'g'risidagi savolga javob berishga erishdi. Rasselning fikricha, test sinovlarining maqsadi talabalarning bilimlarini baholash yoki ularning aqliy rivojlanishi darajasini aniqlash bilan cheklanmaydi va testlarni quyidagi xollarda: qaysi materialdan boshlab o'rganish zarurligini ta'minlashda; talabalarni guruxlarga taqsimlashda; o'qitish jarayonida sodir bo'ladigan qiyin-chiliklarni oldindan aniqlashda, shuningdek, mamlakatning turli hududlaridagi o'quv yurtlarida ma'lum yoshdagi talabalarning yutuqlarini taqqoslashda qo'llashi mumkin.
Shuni ta'kidlash lozimki, Amerika maktab direktorlari Assosiasiyasining test sinovi o'tkazmasdan ta'lim berish mantiqsizdir, faqat testni qo'llash natijasidagina nazoratdan ta'limga yo'naltirilgan qaytuvchan aloqa haqida fikr yuritish va qanday yo'nalishda harakat qilishni bilish mumkin, degan fikrlari ma'lumdir. Fransiya parlamenti 1989 yilda ta'limni rivojlantirishning asosiy yo'nalishlari haqida qonun qabul qildi. Unda, xususan, talabalar bilimini xolisona baholash usuli bo'yicha o'qituvchilar majburiy suratda tayyorgarlikdan o'tishlari ko'zda tutiladi: Busiz 1992 yildan boshlab Fransiyada o'qituvchilik qilishga ruxsat etilmaydi. Shunisi qiziqki, Fransiya to'qson yillik test an'analariga ega bo'lgan davlatdir.
O'tgan asrning 70-yillari oxirida Pitterburgdagi Karnegi-Melon universitetining bir gurux sosial-psixologlari AQSHda test o'tkazishning zamonaviy ahvolini o'rganishga bag'ishlangan maxsus tadqiqot olib bordilar. Aslida, tadqiqotchilarning maqsadi AQSH o'quv yurtidagi testlarni keng miqyosda qo'llash sabablarini aniqlash edi. Bu tadqiqot natijasida quyidagilar aniqlandi: test sinovi Amerika hayotida chuqur ildiz otgan, hech kim Amerika maktablarida turli xildagi standartlashtirilgan test bo'yicha sinovdan o'tmasdan, boshqacha yo'l bilan bilim olishni davom ettira olmaydi, ishga joylashish, keyinchalik esa yuqori lavozimga ko'tarilish yoki malaka oshirish test bilan chambarchas bog'lanib ketganligi alohida qayd qilindi. Tadqiqotda amerikaliklarni testlarga bu qadar moyilliklarining uchta sabablari keltirildi:

Aynan shu davrdan boshlab test sinovlari ikki asosiy yo'nalish: aqliy (intellektual) rivojlanish darajasini aniqlash testlarini yaratish va qo'llash hamda talabalarning o'qish qobiliyatlarini va bilimlarini baholashga…

Aynan shu davrdan boshlab test sinovlari ikki asosiy yo'nalish: aqliy (intellektual) rivojlanish darajasini aniqlash testlarini yaratish va qo'llash hamda talabalarning o'qish qobiliyatlarini va bilimlarini baholashga…

kuchaydi. Aynan shu davrdan boshlab test sinovlari ikki asosiy yo'nalish: aqliy (intellektual) rivojlanish darajasini aniqlash testlarini yaratish va qo'llash hamda talabalarning o'qish qobiliyatlarini va bilimlarini baholashga mo'ljallangan pedagogik testlarni yaratish va qo'llash sohalari rivojlana boshladi. Test tuzuvchilar turli odamlarda reaksiya vaqti bir xil emasligini aniqladilar, bu esa odamlarning aqliy qobiliyatlarini o'rganish zarurligi va turli darajadagi testlar yaratish usulida amaliy ishlar olib borish lozimligi to'g'risida xulosa chiqarishga olib keladi.
Test sinovlarining asosiy maqsadi: ham o'tilgan darslarni o'zlashtirish darajasi to'g'risida, ham navbatda o'rganilishi lozim bo'lgan dars hajmi to'g'risida o'qituvchiga axborot berish, o'qituvchiga o'qitish uslubini tanlashda yordam berishdan iborat deb hisoblangan.
Talabalarning bilimlarini baholashning turli usullarini tahlil etib, testlarni guruxlarga ajratish o'rganib ko'rilgan. Ch.Grin (1926) o'zining «Тест нового типа» (Yangi turdagi test) nomli monografiyasida ilgari yaratilgan va ishlatib ko'rilgan testlarning afzalliklari va kamchiliklarini tahlil qilib quyidagi tavsiyalarni berdi:
• test sinovlari uchun mo'ljallangan material hajmini aniq belgilash va uning tarkibidagi eng muhim qismlarini ajratib olish;
• mazkur material uchun test sinovlarining eng maqbul shaklini tajriba yo'li bilan aniqlash;
• talabalarning test sinovlari vaqtida javob berishlari o'rtacha tezligi to'g'risidagi amaliy ma'lumotlarni e'tiborga olgan holda, test sinovlarining davom etish vaqtini belgilash;
• test sinovlardagi fikrlarni bayon qilinish tilining to'g'ri-ligini va mantiqqa muvofiqligini tekshirish;
• topshiriqlarni murakkabligi ortib borish tartibida joylashtirish, to'g'ri va noto'g'ri javoblarning doim bir navbatda almashinishiga yo'l qo'ymaslik.

Sobiq ittifoq davrida testlarga asoslangan fan pedalogiya deb yuritildi va testlardan foydalanishning dastlabki davrida jiddiy xatoliklarga hamda buzilishlarga yo'l qo'yildi

Sobiq ittifoq davrida testlarga asoslangan fan pedalogiya deb yuritildi va testlardan foydalanishning dastlabki davrida jiddiy xatoliklarga hamda buzilishlarga yo'l qo'yildi


Sobiq ittifoq davrida testlarga asoslangan fan pedalogiya deb yuritildi va testlardan foydalanishning dastlabki davrida jiddiy xatoliklarga hamda buzilishlarga yo'l qo'yildi. 1936 yildagi VKP(b) MKning «Xalq maorif komissarligi tizimidagi pedagogik buzilishlar to'g'risida»gi karorida testlar «burjua» pedagogikasiga xos deb hisoblandi. Bu qaror fanni mafkuraviylashtirishga va uni siyosiylashtirishga majbur etishga qaratilgan bo'lib, unda jahon psixologiyasi va pedagogikasi tajribasidan foydalanish inkor qilingan edi. Bu qarorga binoan, 1936 yildan testshunoslik bo'yicha ilmiy tadqiqotlar davlat miqyosida to'xtatiladi. Pedalogiyaning «idealistik va mexanistik» ko'rsatmalari, ularni «ilmiy asoslanmagan» «test»larga berilib ketganligi qoralandi. Pedalogiyani soxta fan sifatida qoralash jarayonida sovet pedagoglari hamda psixologlarining talabalar bilim-ko'nikmalarini baholashga qaratilgan ijobiy yutuqlari ham inkor etildi. Shuning uchun test sinovlari muammosi pedagogika va psixologiyaga oid adabiyotlarda uzoq vaqt aks ettirilmadi. Yuqorida ta'kidlaganidek, mustaqil O'zbekistonda MDH davlatlari ichida birinchi bo'lib, 1993 yildan testshunoslikdan foydalanishga keng yo'l ochib berildi. Pedagogik

Hozirgi kunda test shaklidagi topshiriqlar nafaqat boshlang'ich balki samarali mustaqil ishlarni tashkil qilishda qo'llaniladi

Hozirgi kunda test shaklidagi topshiriqlar nafaqat boshlang'ich balki samarali mustaqil ishlarni tashkil qilishda qo'llaniladi

testlar keng miqyosda, dastlab o'rta ma'lumot yakunida, oliy o'quv yurtiga kiruvchilarni qabul qilishda qo'llanila boshlandi.
Hozirgi kunda test shaklidagi topshiriqlar nafaqat boshlang'ich balki samarali mustaqil ishlarni tashkil qilishda qo'llaniladi. Shunday qilib odatdagi taasurotlarimizning o'rniga mutloq yangi bo'lgan test uslublari yaratildi. Odatda test topshiriqlarida bitta to'g'ri javob tanlanardi. Bunday topshiriqlar Rossiyada va xorijiy markazlarida keng qo'llaniladi. Bunday tanlovda umumiy topshiriqlarning 5 qismigina topiladi. Natijada sinovda bo'lgan o'quvchilar o'ziga munosib bo'lmagan ball oladi. Bu eng ko'p tarqalgan, mukammal bo'lmagan eskirgan usullardan biri hisoblanadi. Endilikda bitta to'g'ri javob o'rniga pedagogik ma'noga ega bo'lgan bir nechta to'g'ri javoblarni tanlaydi.
Test yaratishning asosiy jihatlarini hisobga olgan holda, chalg'ituvchi, ya'ni noto'gri biroq haqiqatga yaqin javob tanlanadi. Shunday qilib chalg'ituvchi (distraktor) usul sinaluvchilarni chalg'itish maqsadida yoki umuman bilmagan holatlarda ishlatiladi.
Demak test ishlovchining muallifning asosiy vazifasi bilmaydigan o'quvchini chalg'itish. Psixologik ma'nosi shundan iboratki sog'lom muhitni yaratish. Bunday sharoitda bitta javob ikkinchisidan ko'ra aniqroqdek tuyuladi va natijada javob tanlanayotganda argumentlarga asoslanadi va boshqa turdagi bilimlardan mustahkamroq bo'ladi.
Distraktor tahlil bu nazariy empirik tadqiq bo'lib, barcha samarali javoblarni tanlash imkoniyatini beradi. Bunday analizsiz na bir test, na bir pedagogik o'lchov bo'ladi. Tahlilning nazariy qismi esa sinov topshiriqlar shakliga va mazmuniga taaluqli bo'ladi. Emprik qismi esa sinov testning topshiriq xususiyati va javobning xususiyatiga bog'liq bo'ladi. Masalan Karl Marks tug'ilgan joy ...
1. Berlinda; 2. Karlmarks shtatida 3. Myunxenda 4. Londonda; Bu yerda faqat bitta javob to'g'ri,3 ta javob esa noto'g'ri. Test ishlovchi o'quvchining fikriga ko'ra bilmagan kishi to'g'ri javobni ololmaydi. Har bir tadqiqotchining bazasi turlicha asoslarda bo'lishi mumkin. Bilmagan o'quvchi uchun chalg'ituvchi javob Berlin, chunki ko'pchilik mashhur odamlarning kelib chiqishi poytaxt

Karlmarks shtati ham e'tiborni tortadi, chunki

Karlmarks shtati ham e'tiborni tortadi, chunki

shaharlarda bo'lgan. Karlmarks shtati ham e'tiborni tortadi, chunki Karl Marksning ismi bilan bog'liq, Myunxen shtati ko'p voqealar bo'lgan shahar va Marks shu yerda tug'ilgan deb faraz qilish ehtimoldan holi emas. To'g'ri javob o'rnida Londonni olish Engels bilan bog'liq, chunki u Angliyada yashagan. Shuni ham ta'kidlash kerakki barcha taxminlar mutloq subyektiv va test amaliyotida qo'lllaniladi. Shundan kelib chiqib test olishdan avval har bir distraktor javobni tekshirib keyin qo'llash lozim. Alogizmlar bu eng ko'p uchraydigan xato javoblardir.
Har bir test topshirig'i berilayotgan paytda o'zining ilmiylik xususiyatiga ega bo'lgan holda, test o'quvchini o'ziga jalb eta olishi, tushunmovchiliklarga ega bo'lmasligi hisoblanadi.
Masalan: Ipak spirtda saqlanadi va u necha kunda o'zgartiriladi.1)5 kunda; 2) 10 kunda 3)2 kunda; 4)20 kunda; Bu topshiriqni quyidagicha ta'riflash mumkin: Ipak saqlanadiga spirt har ... almashtiriladi. 1)5 kunda; 2) 10 kunda 3)2 kunda;
4)20 kunda;
Odatda to'g'ri javoblarni bexato tanlash 3 ballik sistemada belgilanadi. Bitta yo'l qo'yilgan xato 1 ball tushiradi. 3 ta yo'l qo'yilgan xato nolni keltirib chiqaradi.Bir nechta to'g'ri javoblar berilgan topshiriqlar berilgan topshiriqlar 1 ta to'g'ri javobdan ko'ra to'liqroq, chuqurroq, aniqroq javob beradi. Bitta to'g'ri javobni tanlashdan ko'ra samaraliroq. XIX asr ta'lim texnologiyasidagi eng samarali topshiriqlar bo'lib hisoblanadi.
Distraktor sifatini asoslashda emprik usulining zarurligi: Test olish jarayonida sinaluvchining to'g'ri javobni tanlash ehtimoli baland bo'ladi. Va bular bir qancha xususiyatlar bilan asoslanadi. Bunga sabab to'g'ri javobga yaqinligi, qisqaligi asosiga sabab yaqindir. Talabalarning tipik xatolarini biladigan tajribali o'qituvchilar yaxshi chalg'ituvchi savollar tuza oladi. Agar taklif qilingan distraktor javob hech kim tomonidan qabul qilinmasa demak, u xususiyatiga ega emas va distraktorlik xususiyatini yo'qotadi. U holda uni qayta shakllantiriladi va boshqasi bilan almashtiriladi, ba'zida so'rashadi: hamma topshiriqlarda bir xil

Test topshiriqlarini tuzish metodikasi

Test topshiriqlarini tuzish metodikasi

2.2 Test topshiriqlarini tuzish metodikasi
Sifatli test topshiriqlarini tuzishning qiyinligi, testni keng joriy etishni murakkablashtiradi. Bu ish yuqori pedagogik malaka va tajriba talab etadi. Shuning uchun ham, AQSHda testning yuqori sifatini ta'minlash uchun pedagogik testlashning maxsus xizmati (PTX) tashkil kilingan. Bu tashkilot test o'tkazish amaliyotini umumlashtirish va ommalashtirish, standartlashtirilgan testlar yaratish, test o'tkazishning yagona qoidalari va test ishlab chiqish usullarini belgilash masalalari bilan shug'ullanadi. Pedagogik testlash xizmati (PTX) Prinston universitetida joylashgan, unda 2300 nafar kishi, shu jumladan, 250 nafar falsafa, pedagogika, psixologiya, sosiologiya, statistik va psixologik uslublar, kasb tanlash bo'yicha fan doktorlari, shuningdek, turli fanlar bo'yicha fan doktorlari, 200 nafar magistr, har xil fanlar bo'yicha o'qituvchilar xizmat qiladi. Testlar EHMda ishlanadi va sinaladi. Mamlakatda pedagogik testlash xizmatiga bo'ysunadigan 5000 test punktlari mavjud. Test o'tkazish uchun Prinston markazi 53 ishonchli shaxslarga (odatda test o'tkaziladigan o'quv yurtlari pedagoglariga) test materiallari va test o'tkazish bo'yicha yo'llanmalar yuboradi.
Bu misoldan ma'lumki, testlashni samarali o'tkazish pedagogik testlarning maxsus rivojlangan xizmati, keng quloch yoyilgan tarmoq punktlari, testlar bo'yicha nazariya va amaliyotni o'zida aks ettiradigan katta hajmdagi adabiyotlar mavjudligiga bog'liq.
Tuzilgan test topshiriqlari faqatgina o'zlashtirishni nazorat qilibgina qolmay, balki o'rgatuvchi (o'qituvchi) funksiyasini ham bajaradi. Chunki, bu test topshiriqlarini yechish jarayonida mavzularni mustaqil ravishda o'zlashtirishga ham erishiladi.
Test topshiriqlariga qo'yiladigan didaktik talablar. Tuzilgan test topshiriqlarining hammasini ham birdek qo'llashga yaroqli deb bo'lmaydi. Test savollari mukammal bo'lishi uchun, ularni tuzishda bir qancha talablarga rioya qilish zarur. Bular quyidagilardan iborat: test topshiriqlari mazmunining o'quv maqsadiga muvofiqligi, material ahamiyatliligi, ilmiy aniqlik, izchillik, to'kislik va uyg'unlik, o'zlashtirish darajasiga ko'ra tabaqalashganligi, samaradorlik

Endi mazkur talablarni birma-bir qisqacha ko'rib chiqaylik

Endi mazkur talablarni birma-bir qisqacha ko'rib chiqaylik

(kumulyativlik), til ravonligi va aniqligi, bir ma'nolilik, vaqtning qat'iy belgilanishi, ixchamlik, murakkablik me'yori, to'g'ri javobda qo'shimcha belgilarining mavjud emasligi, variativlik, shaklan va mazmunan o'zaro bog'liqlik.
Endi mazkur talablarni birma-bir qisqacha ko'rib chiqaylik.
1. O'quv maqsadiga muvofiqligi. Test topshiriqlarining mazmuni aniqlashtirilgan (identifikasiyalangan) o'quv maqsadlariga muvofiq bo'lishi lozim. O'quv maqsadlari majmui iyerarxik tuzilishiga ega. Shuning uchun nisbatan yaqin maqsadni amalga oshirmay turib, umumiy (nisbatan olis) maqsadga erishib bo'lmaydi. Har bir test savoli ma'lum bir o'quv maqsadining ro'yobga chiqishini ta'minlashi zarur.
2. Materialning ahamiyatliligi. Test savollariga o'quv materialining eng muhim, asosiy qismlarini kiritish lozim. Testda topshiriqlar soni odatda cheklangan bo'ladi. Binobarin, to'g'ridan-to'g'ri qo'yilayotgan masalada barcha mavzular to'liq qamrab olinmagan bo'lishi mumkin. Talabaning umumiy holatdan xususiy xulosaga kelishi (deduktiv) va aksincha, ayrim dalillardan umumiy xulosalar (induktiv) chiqara olishi, uning nazariy qoidalarni alohida xolatlarda qo'llashni nechog'lik o'zlashtirib olganini, tafsilotlarni bilishi esa nazariy asoslarni tushuntira olish qobiliyatlarini ko'rsatadi.
3. Ilmiy aniqlik. Testga mushohada, bilim orqali asoslash mumkin bo'lgan haqqoniy ma'lumotlar kiritiladi. Fandagi munozarali qarashlarni test savollariga kiritish tavsiya etilmaydi. Test topshiriqlari tabiati asosan, avvaldan ma'lum, aniq javob berishni taqozo etadi.
4. Izchillik. Testdagi topshiriqlar ma'lum bir fanga taaluqli, umumiy bilim mohiyatiga ko'ra o'zaro bog'liq bo'lishi lozim. Izchillik ayni bir topshiriq javobini umumiy test natijalariga nisbatan munosabatida (korrelyativ) ko'rinadi.
5. To'kislik va uyg'unlik. Testdagi topshiriqlarning umumiy soni mavzu va qismlarga nisbatan muvofiq taqsimlanishi ahamiyatli. Bu talab test rejasini ishlab chiqishda amalga oshirilishi lozim.
6. O'zlashtirish darajasiga ko'ra tabaqalanganligi. O'quv materialining ma'lum bir tarkibiy qismiga oid o'zlashtirish darajasi turlicha (bilish, eslab

Bu talab ham test rejasini ishlab chiqishda amalga oshirilishi lozim

Bu talab ham test rejasini ishlab chiqishda amalga oshirilishi lozim

qolganini tasvirlash, samarador bilimlar va ijodiy fikrlash) bo'lgan test topshiriqlarini tuzish lozim. Bu talab ham test rejasini ishlab chiqishda amalga oshirilishi lozim.
Bilish darajasidagi test topshiriqlari avval o'zlashtirib olingan ma'lumotlarni qayta tiklashga asoslanadi. Bunda xotira quvvati katta ahamiyatga ega bo'ladi.
Reproduktiv darajadagi testlarda esa, talaba oldin o'zlashtirilgan ma'lumotlar asosida mustaqil fikrlaydi, topshiriq bajarganda esa, fanda avvaldan ma'lum bo'lgan qoida va algoritmlarga (yo'llanmalarga) suyanadi. Bunday holda u, esda qolganni tasvirlash, qayta tiklash yo'lidan boradi.
Samarador bilimlar va ijodiy fikrlashga oid test topshiriqlari esa sinalayotgan shaxsning ma'lum umumiy uslublarni topshiriqda ko'rsatilgan aniq shart-sharoitlarga mustaqil qo'llash layoqatini sinaydi. Samarador bilimlar va ijodiy fikrlash faoliyati tayyor qoidalar va algoritmlar asosida emas, ma'lum qoidalarga ko'ra yaratilgan yoki yangi sharoitdagi faoliyat jarayonida qayta yaratilgan qoidalarga binoan amalga oshiriladi.
Ijodiy fikrlash darajasiga oid tuzilgan testlarda topshiriq umumiy holda bayon etiladi, maqsadga erishish uchun zarur bo'lgan hatti-harakatlar va vaziyatlarni talaba ijodiy fikrlash natijasida aniqlaydi. Bunday test topshiriqlarni yechish jarayonida butunlay yangi axborot (qoida, xulosa, shakl va h.k.) yaratiladi.
7. Samaradorlik (kumulyativlik). Samaradorlik test topshiriqlarining borgan sari murakkablashib borishini nazarda tutadi. Bu qat'iy talab emas. Chunki, zamonaviy kompyuter test tizimida talabaga navbatdagi test topshirig'i, avvalgisini qanday yechganiga qarab beriladi. Ya'ni avvalgi savolga noto'g'ri javobdan so'ng, unga nisbatan murakkab bo'lmagan test topshiriqlari berilishi mumkin.
8. Vaqtning qat'iy belgilanganligi. Bu shartning mohiyati shundan iboratki, o'ylash uchun 2 daqiqadan ortiq vaqt talab etiladigan test savollari bo'lmasligi lozim. Birqancha xorijiy test topshiriqlarini tahlil etilganda, matematika bo'yicha 65 sekund, til va adabiyot bo'yicha 32 sekund, ijtimoiy va tabiiy fanlar bo'yicha 41 sekund, dalillar va iboralar uchun 20-25 sekund,

Testlar bazasini shakllantirishda

Testlar bazasini shakllantirishda

2.3 Testlar bazasini shakllantirishda Visul Basic 6 dasturlash tilida yaratilgan muharrirning o'rni
Test yaratish muharriridan foydalanishdan asosiy maqsad xato va kamchiliklarga yo'l qo'ymaslik, ya'ni test bazasidan foydalanish jarayonida o'quvchilarga muammo tug'dirmaslik, ularni murakkab vaziyatga qo'ymaslik hisoblanib, test topshiriqlarini tushunarli, mazmunli, xatoliklarsiz foydalanish maqsadida foydalaniladi. Biz matn muharriri bo'lgan bloknotga to'g'ridan-to'g'ri ham test savollarini kiritb, so'ng barchasini bir martada bazaga joylashtiradigan qilish imkoniyatiga egamiz, lekin kamchilik ta'rafi shundan iboratki bunda yangi savolni boshlashda enter klavishidan, yoki foydalanmasdan turib yangi qatorga o'tib yoziladi va bazaga tashlayotgan paytda bularni bir-birini davomi, yoki davomi bo'lgan so'zlarni alohid-alohida deb qaraydi va xatolik ko'rsatib, foydalanuvchiga murakkablik tug'diradi.
Muharrirga kirgan paytda ekranga chiqadigan interfeysimiz quyidagicha ko'rinishda hosil bo'ladi.(2.2.1-chizma)

2.2.1-chizma. Muharrirga kirgan paytdagi ko'rinishi.
Muharrirdan foydalangan holda bir nechta fanlardan testlar bazasini yaratish imkoniyatiga egamiz.

XULOSA Ushbu bitiruv malakaviy ishining mavzusi “Maktab informatika kursining 5-, 9-sinflari uchun mavzulashtirilgan va qiyinlik darajasidagi testlar to'plamini yaratish” deb nomlanib, u kirish qismi,

XULOSA Ushbu bitiruv malakaviy ishining mavzusi “Maktab informatika kursining 5-, 9-sinflari uchun mavzulashtirilgan va qiyinlik darajasidagi testlar to'plamini yaratish” deb nomlanib, u kirish qismi,

XULOSA

Ushbu bitiruv malakaviy ishining mavzusi “Maktab informatika kursining 5-, 9-sinflari uchun mavzulashtirilgan va qiyinlik darajasidagi testlar to'plamini yaratish” deb nomlanib, u kirish qismi, II bob, xotima va foydalanilgan adabiyotlardan iborat.
I bob “Maktab informatika kursining 5-, 9-sinflari uchun mavzulashtirilgan testlar to'plamining ahamiyati” deb nomlangan bo'lib, ushbu bobning birinchi bo'limida o'quvchilar bilimini test asosida tekshirish usullari to'g'risida bayon qilingan, shu bilan birga o'quvchilar bilimini test asosida tekshirishning ahamiyati va samarasi haqida so'z yuritilgan, ikkinchi bo'limida esa test topshiriqlarini tajriba usulida sinash haqidagi ma'lumotlar keltirilgan bo'lib, tajribalar natijaliriga ko'ra o'quvchilarni bilimini oshirishga va mustahkamlashga ko'maklashadigan testlarni tanlay olish, testlarni tuzishda nimalarga e'tibor qaratish kerakligi yoritib berilgan.
II bob “Informatika fani bo'yicha test yaratish” deb nomlangan. Bu bob 3 ta bo'limdan iborat bo'lib, birinchi bo'limdan testning rivojlanish tarixi va uning ijobiy tomonlari haqidagi ma'lumotlar o'rin egallagan, bobning ikkinchi bo'limida test topshiriqlarini tuzish metodikasi, test topshiriqlariga qo'yiladigan didaktik talablar, test rejasi tuzish bo'yicha ko'rsatmalar keltirilgan. Uchinchi bo'lim “Testlar bazasini shakllantirishda Visul Basic 6 dasturlash tilida yaratilgan muharrirning o'rni” deb nomlangan bo'lib, unda tuzilgan testlar yozib borilgan muharrir va uning imkoniyatlari haqida ma'lumot berilgan.

Adabiyotlar ro'yxati 1. Farberman

Adabiyotlar ro'yxati 1. Farberman

Adabiyotlar ro'yxati
1. Farberman B.L. Progressivnbiye pedagogicheskiye texnologii. T.:IPVSSSh. 1999. -84 s.
2. Farberman B.L., Asomov D.K. Pedagogik testlar va talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting usuli. T.: RO'UI. 1995. -102 b.
3. Карри Х. Основания математической логики: Пер. с англ. /Под ред. Ю.А. Гастева.- М.: Мир, 1969.- 568с.
4. Wright, B. S., Masters, G.N. Rating Scale Analysis: Rasch Measurement. Chicago, MESA Press, 1982. -206 pp. 4. Брунер Дж. Процесс обучения. М.: 1962, с. 15.
5. Минский М. Фреймы для представления знаний. М. , Энергия, 1979.- 151с. Подготовлено
6. Аванесов В.С. Теория и практика педагогических измерений (материалы публикаций)
7. Львов Дм. Экономическая наука в Новой России//Наука. Политика. Предпринимательство. 1997. № 1. С. 5.
8. Rasch, G. Probabilistic Models for Some Intelligence and Attainment Tests. With a Foreword and Afteword by B.D. Wright. The Univ. of Chicago Press. Chicago & London, 1980.
9. Ямбург, Е.А. Школа для всех. Адаптивная модель. Теоретические основы и практическая реализация. М. Новая школа. 1997. -352с.
10. Дистервег А."Дидактические правила" (Киев, 1870 г.)
11. Mixaylbichev Ye.A., Norov Sh.K. Didakticheskiye testi v sisteme mnogo etapnogo kontrolya znaniy studentov Buxara. Bux.TIPLP. 1995.-36 s.
Internet manzillar:
www.ziyonet.uz

Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
26.03.2024