MAQOLA 2
Оценка 4.9

MAQOLA 2

Оценка 4.9
doc
24.04.2020
MAQOLA 2
MAQOLA 2.doc

O’RTA ASRLAR MARKAZIY OSIYO TA’SVIRIY SAN’ATI TARIXI

Yusufjanova Feruza.

Namangan davlat universiteti,

San’atshunoslik fakulteti,

1-bosqich talabasi.

             Rassomchilik sa’nati Markaziy Osiyoda ham o’ziga xos shaklda rivojlangan. Xususan, eramizdan avvalgi 3-4 asrlardayoq realistic ko’rinishga ega bo’gan devoriy bezak suratlari paydo bo’la boshlaganini tarixiy obidalar isbotlab turibdi. Devoriy rasmlar asosan mavzuli harakterga ega naqshlar, hoshiyalard va bo’rtma tasvirlarda namoyon bo’lgan. Rasmlarda odatdagi kenglik,b o’shliq degan gaplar uchramaydi, Soya yo’q, biroq ulardagi hajm jonli ko’rinadi. Odatda ko’p miqdordagi jonli maxluqlarning tasviri birgina rang bilan ifoda etilgan tagi yo ko’k, yoki qizil rangda, rasmning tarixlari esa goh qora yoki to’q qizil tusda bo’lgan Afrosiyob va Varahshadagi qasrlar zebu ziynatlari, Bolaliktepadagi qo’rg’onning bezaklari, naqshunigor, haykaltaroshlik hamda ganchga o’yib ishlash san’atidan na’muna bo’lib qolgan va o’sha davr madaniy hayotidan darak beradi.

          VIII–asr o’rtalarida Markaziy Osiyoda qaror topadi va avvalgi madanyatni o’rnini yangisi bilan to’ldirgan. Yangi din va yangi g’oya bezakli tasviriy san’atga o’z ta’sirini ko’rsatmay qolmagan. Rassomlar ijodida voqeaband naqshu- nigorlar yo’qolib ketib faqatgina tabiat manzaralari, bezakli naqshlar paydo bo’la boshlagan.

          Islom talabiga bo’ysunish natijasida bezakli san’at-monumental naqqoshlik rivoj topgan. Arab yozuvining o’zlashtirilishi bilan bezaklarda yozuv epigrafiya uslubi paydo bo’lgan. Yozuvlar ma’lum darajada barcha bezaklarning umumiy tarziga bo’ysindirilib, yozuvning o’zi ham naqsh vazifasini bajargan.

          Naqshdagi ranglarning o’ziga xos ma’nolar bo’lgan. Masalan gulsafsar osoyishtalik va umrboqiylik, to’lqinsimon gul poyasi uzoq umr va farovonlik, novda va yaproqlar to’kinchilik hamda tabiyatning bahor chog’ida uyg’onish timsoli bo’lgan.

          Gullar va naqshlar borasidagi xalq tasavvuri sehr-jodu, aqidalar urf-odatlar va pand–nasihatlar bilan qorishib ketgan. Masalan oq rang baxt-omadni, zangori rang oliy e’tiqodni, qizil rang xushchaqchaqlik va shodlikni bildirgan. Ranglar bir biriga chaplashtirilmay har biri o’z holicha g’oyat tiniq berilsada, hatto bir biriga kontrast ranglar ham qandaydir yaxlitlikka ega bo’lgan.

Bu ramzilik xalqimizning liboslari, zargarlik buyumlar, uy ro’zg’or ashyolari habi uy-joy bezaklariga ham uzviy ko’chib o’tgan.

       Bezakli amaliy sanatning keng tarqalgan shakli bo’lmish ornament (naqsh, gul, rasm) bashariyat madanyatning barcha bosqichlarida unga hamrox bo’lib kelgan. Naqshdagi yo’sinlar aksaryati barqaroq bo’lib o’zining ornamentlik shaklini yo’qotmagan halda bir buyumdan boshqa buyumga ko’chib o’tgan. Bu qoida mebellar uy joy, ro’zg’or ashyolarida devor va shiftlarga ishlangan bezaklarda yaqqol ko’rinadi.

        XI-XII-asrlardagi naqshu-nigorlar to’g’risidagi malumotlar juda ham kam uchraydi, ular deyarli saqlanib qolmagan. Grek tarixchilarining yozma manbaalaridagina ayrim ma’lumotlarni ko’rish mumkin.

       XII-asrdan boshlab naqsh rangli koshinlar bilan ham ifodalana boshlagan. Binoning ichki devorlari va ayvonlar koshinli naqsh bilan bezatila boshlagan va koshinlarning nisbatan mustahkamligi sababli asrlar mobaynida saqlanib kelgan. Yillar davomida to’plangan mahorat naqshli bezaklarni ranlar boyligi va uyg’unligigiga erishishga sabab bo’lgan hamda tasvirlarning ishlashdagi texnik usullari xalq ustalari tomonidan asralib shu kungach yetib kelgan.

      XIII-asrda Temur va Temuriylarning boshqaruvni qo’lga olishi san’atning barcha turlarini yanada rivojlanishiga zamin yaratdi va bezakli naqshlar ham yuqori darajaga ko’tarildi. Temuriylar davrida Islom dini taqiqlari biroz yengillay boshlagan, shu sababli vaqeaband tasvirlar qaytadan jonlangan. Bu davr tasviriy san’ati asosiy vazifasi hukmdorlarning kuch qudrati, savlati va harbiy shavkatini ulug’lashdan iborat bo’lgan. Shuningdek, badiiy asrlarga ham ko’plab illyustratsiyalar ishlangan.

Kamoliddin Behzod.                                   Muhammad Shayboniyxon portreti. Kamoliddin Behzod

       Musavvirlar tamoniodan naqshlar bilan, aralashtirib tabiat manzaralari yaratilar edi, ularda tabiatning ilk bunyodga kelgan chog’idagi osoyishtalik g’oyasi singdirilgan, jannatdagi bog’-rizvon aks ettirilgan. Bu esa o’z navbatida tasviriy san’atning Islom aqidalari bilan chambarchas bog’liq bo’lishini yana bir karra ko’rsatgan.

       XV-asrda ulkan yutuqlarga ega bo’lgan tasviriy san’at –portretlar , hayotiy lavhalar, tabiat manzaralari, bino va badiiy asarlarga ishlangan tasvirlardan iborat bo’lgan. Siymolar qiyofasi tasvirlari orasida Bobur, Husayn Boyqaro, Jomiy, Navoiy va boshqalarning tasvirlari bizgacha saqlanib qolgan.

XV-asrda Markaziy Osiyoda Tasviriy san’atning bir qator ulug’ namoyondalari yetishib chiqgan. Bulardan biri 1455-1538-yillarda yashab ijod san’atkor Kamolidin Behzoddir. U musavvirlikda “Hirot maktabi” deb nomlangan yangi bir ijodiy uslubning asoschisi bo’ldi. U ko’plab miniatyura asarlarini yaratdi. Behzod o’z ijodini hayotda ko’rgan voqea detallar bilan boyitib asarlarning realistik yo’nalishini kuchaytirdi. U sharq minatyura rassomlari orasida serqirra hayot josibasini o’ta nozik va nafis talqin qila olardi. XV–asrda Markaziy Osiyoda minatyura san’ati rivojlangan va minatyura maktablari ochilgan.

        Memomorchilikda naqshlarning mozaika va magolika bilan pardozlash ishlari yanada rivoj topdi. Kundal san’ati paydo bo’ldi. Kundal bu maxsus gil ustidan qizil loy bilan botiq naqishlar solingan, tagi to’q ko’k bo’yoqqa bo’yalib, naqshi yuqa tilla qatlami bilan qoplangan, tillaning ustidan esa naqshu-nigorlar tushirilgan bezak turi.

        Markaziy osiyo memorlari va san’ati ustalari asarlari zamirida ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot yaratish olamni butun nafosati bilan chuqur his etish inson ichki dunyosini bilish g’oyalari ilgari surilgan.

          Tasviriy san’atning bugungi qiyofasiga kelishida o’rta asrlar tasviriy va amaliy san’ati, memorchilik va san’at ustalarining o’rni beqiyos.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.     M.M Vaxitov “Me’morchilik tarixi”

1-qism  “Tafakkur” nashiryoti

Toshkent-2010

2.     Tasviriy san’at tarixi fanidan “Maruzalar matni” Andijon Davlat unversiteti

Andijon-2017

3.     Internet Google.


O’RTA ASRLAR MARKAZIY OSIYO TA’SVIRIY

O’RTA ASRLAR MARKAZIY OSIYO TA’SVIRIY

Gullar va naqshlar borasidagi xalq tasavvuri sehr-jodu, aqidalar urf-odatlar va pand–nasihatlar bilan qorishib ketgan

Gullar va naqshlar borasidagi xalq tasavvuri sehr-jodu, aqidalar urf-odatlar va pand–nasihatlar bilan qorishib ketgan

XII-asrdan boshlab naqsh rangli koshinlar bilan ham ifodalana boshlagan

XII-asrdan boshlab naqsh rangli koshinlar bilan ham ifodalana boshlagan

Kamoliddin Behzod.

Kamoliddin Behzod.

M.M Vaxitov “Me’morchilik tarixi” 1-qism “Tafakkur” nashiryoti

M.M Vaxitov “Me’morchilik tarixi” 1-qism “Tafakkur” nashiryoti
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
24.04.2020