МАТЕРИАЛ И МЕТОДЫ ИССЛЕДОВАНИЯ, ПРОВЕДЕННОГО ПРИ ИЗУЧЕНИИ ПТИЦ АГРОЦЕНОЗОВ БУХАРСКОГО ОАЗИСА
Оценка 4.9

МАТЕРИАЛ И МЕТОДЫ ИССЛЕДОВАНИЯ, ПРОВЕДЕННОГО ПРИ ИЗУЧЕНИИ ПТИЦ АГРОЦЕНОЗОВ БУХАРСКОГО ОАЗИСА

Оценка 4.9
Исследовательские работы +2
pdf
биология
7 кл
19.06.2024
МАТЕРИАЛ И МЕТОДЫ ИССЛЕДОВАНИЯ, ПРОВЕДЕННОГО  ПРИ ИЗУЧЕНИИ ПТИЦ АГРОЦЕНОЗОВ БУХАРСКОГО ОАЗИСА
В статье даны сведения о материале и методах исследований, проведенных при изучении птиц агроценозов Бухарского оазиса.
Tezis BuxPI.pdf

UO‘T 598.2 (575.146)

1Doniyorov Boymurod Normurotovich, 2Ametov Yakub Idrisovich

1Buxoro davlat universiteti Ekologiya va geografiya kafedrasi katta o‘qituvchisi, 2Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Ekologiya va tuproqshunoslik

kafedrasi professori

BUXORO VOHASI AGROTSENOZLARI QUSHLARINI

O‘RGANISHDA AMALGA OSHIRILGAN TADQIQOTNING

MATERIALI VA METODLARI 

МАТЕРИАЛ И МЕТОДЫ ИССЛЕДОВАНИЯ, ПРОВЕДЕННОГО

ПРИ ИЗУЧЕНИИ ПТИЦ АГРОЦЕНОЗОВ БУХАРСКОГО ОАЗИСА

THE MATERIAL AND METHODS OF THE RESEARCH CONDUCTED

IN THE STUDY OF BIRDS OF THE AGROCENOSES OF THE

BUKHARA OASIS

Annotatsiya. Maqolada Buxoro vohasi agrotsenozlari qushlarini o‘rganishda amalga oshirilgan tadqiqotlarning materiali va metodlariga doir ma’lumotlar berilgan. 

Tayanch so‘zlar: Buxoro, voha, agrotsenoz, qush, sistematika, atrof-muhit muhofazasi. 

Аннотация. В статье даны сведения о материале и методах исследований, проведенных при изучении птиц агроценозов Бухарского оазиса.

Ключевые слова: Бухара, оазис, агроценоз, птица, систематика, охрана окружающей среды.    

Annotation. The article provides information on the material and methods of research conducted in the study of birds of the agrocenoses of the Bukhara oasis.

Key words: Bukhara, oasis, agrocenosis, bird, systematics, environmental protection.

Qushlarni areal hududlarida tarqalishi, bioekologiyasini tadqiq qilish, ularni agrotsenozlardagi amaliy ahamiyatini ilmiy asoslash, jalb etish, muammoli turlar sonini boshqarish, muhofaza qilish chora-tadbirlarini aniqlash dolzarbdir.    

Buxoro vohasi agrotsenozlari qushlarining faunasi, ekologiyasi va ahamiyati bo‘yicha tadqiqot ishlariga doir materiallarning asosiy qismi                

2006-2024-yillarda Buxoro shahri, Jondor, Buxoro va Vobkent tumanlari, qisman

Romitan, Kogon, Shofirkon, G‘ijduvon tumanlari paxta, beda, poliz va donli ekinlar ekilgan dalalari, bog‘lar, uzumzorlar hamda suvliklar va ularning atrofidagi ekotizmlardan mavjud fasllarda to‘plandi (1-rasm). 

1-rasm. Ornitologik tadqiqotlar olib borilgan Buxoro vohasi hududlari: 1- Materialning asosiy qismi yig‘ilgan hududlar, 2-Qisman material yig‘ilgan hududlar.

Buxoro vohasi agrotsenozlari xarakterli qush turlarini aniqlashda shaxsiy

yig‘ilgan     materiallardan     tashqari,     BuxDU     “Zoomuzeyi”da     mavjud

kolleksiyalardan, tegishliligi bo‘yicha e’lon qilingan manbalardagi materiallardan foydalanildi.

Qushlarning tur tarkibi va yashash xususiyatlarini, ularning yashash joylari bo‘yicha taqsimlanishini, soni va mavsumiy dinamikasini o‘rganishda                N.G. Chelintsevning umumiy qabul qilingan usullaridan foydalanilgan [9, 10]. Bundan tashqari qush turlarini aniqlashda ularning ovozi, rasmlari, tungi migrantlarni esa - oy yorug‘ligi bo‘yicha aniqlash metodlaridan foydalanildi. Aniqlangan turlarning tur tarkibi O.V. Mitropolskiy va M.G. Mitropolskiyning O‘zbekiston qushlari ro‘yxati bo‘yicha keltirilgan bo‘lsa [4], uchrash maqomi Buxoro vohasi agrotsenozlarida mavjud fasllarda yillar davomida olib borilgan kuzatishlarimizga asosan ishlab chiqildi. Qushlarning maydon birligidagi sonini aniqlashda marshrut orqali 5 minutlik Novikov, Kovshar usullaridan foydalanildi [1, 7].

Qushlarning faunasi va populatsiyasini o‘rganishda qushlarni umr bo‘yi o‘rganishning standart usullari qo‘llanilgan. Buxoro vohasi agrotsenozlari xarakterli qush turlari biologiyasi va ekologiyasini o‘rganishda voha hududida amalga oshirilgan shahsiy izlanishlarimizga, tegishli manbalarga asoslanib tadqiqotlarni olib bordik. Bunda dala kuzatuv usullaridan foydalanildi. 

 Vohadagi xarakterli qushlarning ko‘payish biologiyasiga oid ilmiy ma’lumotlar G.A. Novikov, I.A. Neyfeldt, A.S. Malchevskiy, A.V. Mixeyev

metodlariga asoslanib  yillar davomida yig‘ildi [2, 3, 5, 6, 8]. Erishilgan natijalarni tahlillash uchun adabiyotlardagi materiallar bilan taqqoslandi. Vohadagi 11 tur qushning biologiyasi o‘rganildi. Kuzatuv o‘tkazilgan davrda 11 tur qushlarning uchrash     maqomi,      mazkur          qushlarni     o‘rgangan   olimlar,       o‘tkazilgan tadqiqotlarning muddati, topib o‘rganilgan uyalari, tuxumlari, polaponlari va ularning soni, farqli belgilari, ko‘payish oldi hatti-harakatlari, ya’ni sayrash, juftlashish, uya qurush muddatlari, uya joylarini tanlashi, uyani joylashtirishi va yerdan balandligi, uyalashda erkak va urg‘ochi jinslar ishtiroki,  uya xom-ashyosi va atrof-muhit bilan munosabati, uya shakli, o‘lchamlari, tuxum qo‘yishi bilan bog‘liq holatlar, tuxumlari soni va ularni isitishi, inkubatsiya muddati va bu davrda tuxumda bo‘ladigan o‘zgarishlar, tuxum bosishda ota-onalarning avlod g‘amxo‘rligi, tuxumdan chiqqan jo‘jalarning holati, tevarak-atrofiga aks ta’siri va ularning vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishi, jo‘jalarning uyasi bilan bog‘liqligi muddati, uyani tark etishidan oldingi jo‘jalarning morfometrik o‘lchamlari, oziqlanishi va oziqa turi, bioshikastlanishdagi ishtiroki, sanitarlik roli kabi bir qator ko‘payish bilan bog‘liq xulqiy reaksiyalari va ahamiyati hamda boshqa turlarning ta’siri o‘rganildi. 

 Voha agrotsenozlarida qushlarni kuzatish, sanash, rasmga olish, ovozini yozish, turli o‘lchamlarni olishda Viking firmasining 10 lik binokli, Canon Power Shot A 580 fotoapparati, ШЦ-1-150 shtangensirkuli, metr, chizg‘ich, qora qalam va marker, rangli iplar va boshqalar orqali amalga oshirildi. Doimiy kuzatuv joylarida kuzatish davomiyligi 5 minutdan 60 minutgacha davom etdi. Dala kuzatuv ishlari 810 kun, sanoqlar uzunligi 4634,82 km masofaga, sarflangan vaqt 1094,3 soat vaqtni tashkil etdi.  Shundan piyoda 463 kun 2649,286 km masofani 625,05 soatda, velosipedda 231 kun 1321,782 km masofani 312,25 soatda, mashinada 116 kun 663,752 km masofani 157,0 soatda amalga oshirildi. 

Foydalanilgan adabiyotlar

1.        Ковшарь A.Ф. Певчие птицы. - Алма-Aта, “Kайнар”, 1983. - С. 81-83.

2.        Мальчевский А.С. Гнездовая жизнь певчих птиц. - Л.: Изд., ЛГУ, 1959. 282 с.

3.        Мальчевский А.С. Орнитологический экскурсии. - Л.: ЛГУ, 1981. 296 с.

4.        Митропольский О.В., Митропольский М.Г. Список птиц Узбекистана. – Ташкент,

2009. 18 с.

5.        Михеев А.В. Определитель птичьих гнезд. - М.: 1975.171 с.

6.        Нейфельдт И.А. Пуховые птенцы некоторых азиатских птиц // Труды ЗИН АНСССР, - Т. 47. Наука, 1970. - С.114-181.

7.        Новиков Г.А. Полевые исследования экологии наземных позвоночных животных.      

- М.: 1949. 283 с.

8.                  Новиков Г.А. Полевые исследования по экологии наземных позвоночных. - М.: 1953. 502 c.

9.                  Челинцев Н.Г. Методы расчета плотности населения по данным маршрутных учетов // Пространственно-временная динамика животного населения. - Новосибирск, 1985.        

– C. 5-14.

10. Челинцев Н.Г. Методы учета животных на маршрутах // Экологические особенности охраны животного мира. - Москва, 1985. - С. 74-81.

UO‘T 598.2 (575.146) 1 Doniyorov

UO‘T 598.2 (575.146) 1 Doniyorov

Romitan, Kogon, Shofirkon, G‘ijduvon tumanlari paxta, beda, poliz va donli ekinlar ekilgan dalalari, bog‘lar, uzumzorlar hamda suvliklar va ularning atrofidagi ekotizmlardan mavjud fasllarda to‘plandi (1-rasm)

Romitan, Kogon, Shofirkon, G‘ijduvon tumanlari paxta, beda, poliz va donli ekinlar ekilgan dalalari, bog‘lar, uzumzorlar hamda suvliklar va ularning atrofidagi ekotizmlardan mavjud fasllarda to‘plandi (1-rasm)

Ornitologik tadqiqotlar olib borilgan

Ornitologik tadqiqotlar olib borilgan

Voha agrotsenozlarida qushlarni kuzatish, sanash, rasmga olish, ovozini yozish, turli o‘lchamlarni olishda

Voha agrotsenozlarida qushlarni kuzatish, sanash, rasmga olish, ovozini yozish, turli o‘lchamlarni olishda

Михеев А.В. Определитель птичьих гнезд

Михеев А.В. Определитель птичьих гнезд
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
19.06.2024