Maxsus kartadagi shartli belgilarni tasvirlash. va Qishloq xo’jaligi uchun tayyorlanayotgan bo’lg’usi agronom va fermerlar karta (xarita) tarx (plan) ni o’qiy bilishlari kerak. Bu hududni o’rganish va o’zlashtirish bilan bo’liq bo’lgan ilmiy tekshirish va xo’jalik ishlarida muhim rol o’ynaydi. Karta va planni o’qish, foydalanish uchun avvalo undagi shartli belgilarni bilishlari, keyin karta va plandagi turli tafsilotlarni tassavur qilgandan keyin mukammal ma‟lumot olishlari mumkin. Karta va plandagi tasvirlanayotgan tafsilotlar bir-biriga chambarchas bo’liq. Shartli belgilarning xususiyatlari hamda vazifalariga qarab: o’linadi. Masshtabli shartli belgilar bilan xariga masshtabida konturni ko’rsatish mumkin bo’lgan tafsilotlar, masalan: o’rmon, botqoqlik, o’tloq, poliz, ko’l va boshqalar tasvirlanadi. Masshtabli shartli belgilar bilan tasvirlangan tafsilotlarning uzunligini, kengligini va maydonini aniqlash mumkin. Karta va plan masshtabda ko’rsatib bo’lmaydigan, ammo ma‟lum ahamiyatga ega kichik tafsilotlar, masalan: yakka daraxt, buloq, ko’prik, quduq va boshqalar masshtabsiz shartli belgilar bilan tasvnrlanadi. Masshtabli va masshtabsiz shartli belgilar bilan tasvirlanadigan tafsilotlarni qo’shimcha ravishda xarakterlash va ularning turlarini ko’rsatish uchun tushuntiruvchi shartli belgilar qo’llaniladi. Masalan: 32-6/15, ko’prik uzunligi 32 metr, kengligi 6 metr hamda 1,5 t.gacha yuk ko’tara olishini ko’rsatadi. Bulardan tashqari shriftning ko’rinishi, o’lchami bilan aholi joylari nomi, ularda aholi yoki xonadonlar soni, ularning ma’muriy ahamiyati, yo’l, ariq kengligi va hakozalarni aniqlash uchun ishlatiladi..
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.