Zarafshon shahar
8-umumiy o`rta ta`lim maktabi ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi Avazova Shaxnozaning bir soatlik dars ishlanmasi.
Mavzu:Mustahkamlash
Sana : 4.12.2019 Sinf :5- “A”
Mavzu: Mustahkamlash
Hamid Olimjon 1909-yil 12-dekabrda Jizzax shahrida tug'ildi. Jizzax ham yurtimizning Surxondaryo, Qashqadaryo, Xorazm vohalari singari ko'plab xalq baxshilarining vatani hisoblanadi. Bu yerdagi xalq sayillari, to'ylar, turli yig'inlar hozir ham baxshilar ishtirokisiz o'tmaydi. O'tgan asming boshlarida, odamlaming uyida radio-televizor tugul, oddiygina elektr chirog'i boimagan zamonlarda kishilar sham va qora chiroq yorug'ida kun kechirardilar. Ayniqsa, uzoq qish kechalari xalq kitoblari, turli dostonlar o'qilar, bir uy bolalar ham bu ma'rifat nuridan bahramand boiib o'sardilar. Hamid Olimjonning onasi Komila aya juda ko'p doston va ertaklami yod bilardi. Ulami eshitgan yosh Abdulhamidning xayolida qadimgi asarlar qahramonlari xuddi qayta jonlanardi. Dostonlaming shirali tili, bir-biridan qiziq voqealari uning butun xayolini egallab olardi. U 30 ga yetar-yetmas O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasini boshqardi, 33 yoshida akademik unvonini oldi
2. Uyga vazifani so`rash
Olmosh deb nimaga aytiladi?
Sonning ma`no turlarini ayting.
Sifatning sintaktik vazifasini ayting,
Ega deb nimaga aytiladi?
Kesim mustaqil so`z turkumlar bilan ifodalanishiga ko`ra qanday turlarga
bo`linadi?
Yangi mavzu bayoni
O`quvchilar bilan o`tilgan mavzularni savol-javob qilib olib topshiriqlarni bajarishga kirishamiz.
1-topshiriq:She`rdagi ot,sifat,son, olmoshga oid so`zlarni topib daftarga tushiramiz.
Oq shaftoli
Bog` ko`chada O`ta shirin,
Oq shaftoli Xushbo`y edi
Ellik uchta- Yettovini
Toq shaftoli Norboy yedi
Sobir uni O`n to`rttasin
Qoqdi kecha, Bog`bon oldi!
Solijonga Xo`sh chelakda
Tegdi beshta Nechta qoldi.
2-topshiriq: Hamid Olimjonning “Oygul bilan Baxtiyor” dostonidan parcha keltirilgan.So`zlarni turkumlarini topasiz.
3-topshiriq. Berilgan qoliplar asosida gap tuzasiz.
1.Ega(ot)+aniqlovchi(sifat)+to`ldiruvchi(ot)
+kesim(fe`l).
2.Aniqlovchi(sifat)+ega(ot)+hol(ot)+ kesim(fe`l).
3. Ega(ot)+to`ldiruvchi(olmosh)+hol(sifat)
+kesim(fe`l).
4. Aniqlovchi(olmosh)+ega(ot)+kesim(sifat).
5.Ega(olmosh)+aniqlovchi(sifat)+hol (ot)+kesim(fe`l).
6. Aniqlovchi(olmosh)+ega(ot)+kesim(olmosh).
Материалы на данной страницы взяты из открытых источников либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.