Научная статья на тему Шароф Рашидов - благородный человек
Оценка 4.9
Научно-исследовательская работа
docx
история
Взрослым
31.10.2017
Наш народ хорошо знает и высоко ценит огромные заслуги Шарафа Рашидова в создании сегодняшнего потенциала и современного облика нашей столицы – Ташкента. Было непросто восстанавливать после землетрясения 1966 года разрушенные жилые дома, административные здания, предприятия, обеспечивать жильем людей, оставшихся без крова и приехавших из далеких краев. Сегодня каждый человек, пользующийся уникальным подземным сооружением нашей столицы – метрополитеном, посещающий театры и музеи, дворцы искусств или парки отдыха, отдает дань светлой памяти Шарафа Рашидова.о жизни и творчестве Ш.Рашидова
Sharof Rashidov maqola.docx
Sharof Rashidov oliyjanob inson
Шароф Рашидов благородный человек
Бухарский филиал Ташкентского института
ирригации и инженеров механизации сельского
хозяйства
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash
muxandislari instituti Buxoro filiali
Gidromelioratsiya fakul’teti ,,Suv xo’jaligi va melioratsiya”
yo’nalishi talabasi Shodiyev Oybekjon
Шодиев Ойбек Саъдулло угли, студент
«Bizning
asrimizda
Sharof
Rashidov nomi o`zbek xalqining ramzi
bo`lib yangradi. Jahon uni atoqli adib,
yirik davlat va jamoat arbobi sifatida
bilardi va tirikligidayoq tan olgandi»
O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov
O`z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yo`q.
Mustabid tuzum davrida millatimizni va xalqimizni kamsituvchi, buzib
ko`rsatilgan tarixiy haqiqatlar tiklandi. O`zbekiston mustaqillikka erishishi milliy
madaniyatimiz tarixini o`rganish, u haqda xolisona fikr bildirsh boroasida katta
imkoniyatlar yaratildi. Osoriatiqlarimizni saqlash, milliy qadriyatlarimizni tiklash,
qadimiy boy tariximizni to`la qonli yoritish imkoni tug`uldi. Milliy madaniyatimiz,
jahon sivilizatsiyasiga ulkan hissa qo`shgan bobokalonlarimizning ma`naviy
merosi xalqimizga qaytarildi, tavallud topgan kunlari butun mamlakat va xalqaro
miqyosda nishonlandi.
Respublikamizni juda murakkab va og`ir yillarda boshqarib, yurtimiz
taraqqiyoti yo`lida fidokorona xizmat qilgan, ijtimoiy va ijodiy faoliyati bilan
milliy adabiyotimiz va madaniyatimiz rivojiga katta hissa qo`shgan atoqli davlat arbobi, taniqli yozuvchi Sharof Rashidovning yorqin xotirasini ulug`lash hamda
tavalludining 100 yilligini munosib nishonlanishi ham shular jumlasidandir.
Sharof ota, Sharof Rashidov
xalqimizning ulug` farzandi, ona
O`zbekistonimizni o`ta og`ir va murakkab yillarda boshqargan zukko va
xalqparvar raxbar, sermulohaza va donishmand yetakchi. Bolalik chog`laridanoq
hayot va taqdirning ko`p sinovlariga duchor bo`lgan, tiriklikning achchiq
chuchugiga, issiqsovug`iga ham birdek dosh bergan irodasi bukilmas inson.
Ikkinchi jahon urushining ham barcha alamiztiroblarini o`z jonidan o`tkazgan
sadoqatli, imone`tiqodi but millat farzandi.
Mustabit tuzum iskanjasida, juda ham sertazyiq va sertaxdid davrlarda oqil va
zaxmatkash yurt raxbari sifatida o`zining ijtimoiy va ijodiy faoliyati bilan o`sha
chigal va qattol zamonning zug`umlariga chidab berib yashagan, xalqiga
qayishgan, ayni paytda ijodkorlarni, ayniqsa, yosh iste`dotlarni qadrlabavaylab
umr kechirgan sabotli mehribon va shafiq arbob, taniqli adib va ustoz.
Bu ulug` zot ozon qatlamlarini yemirib yotgan zaharli serqurum g`ubordek
boshi ustida aylanib turgan siyosiy bosimda ham o`z e`tiqodi va tutumlariga sodiq
yashadi. Shu boisdan ham muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning
“Atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligini
nishonlash to`g`risida”gi qarori barcha vatandoshlarimizning ko`nglida qalqib
turgan bahoriy niyatdek, eng oily insoniy e`tirof va hurmat ehtirom timsolidek
qabul qilindi. Zotan, ushbu qaror zamirida ham adabiyot, ma`naviyat, qo`yinki,
millat taqdiriga daxldorlik, sodiqlik, vatanparvarlik va xalqparvarlikning yuksak
ifodasi jamuljamdir.
Buyuk davlat va jamoat arbobi, taniqli adib, xalqimiz hayoti, vatanimiz
tarixida o`chmas iz qoldirgandek yetuk shaxs Sharof Rashidovning xotirasiga
ko`rsatilgan e`zoz va ehtirom barcha yurtdoshlarimiz qatori adabiyot ahlini ham
sevintirdi.
Sharof Rashidov siymosida nodir fazilatlar jamuljam bo`lib, ular orasida eng
yuksagi u kishining oliyjanobligi hisoblanadi. Sharof Rashidovning ana shu xislati chorak asir davomida butun Respublikaga nurdek taralib turdi… Oqar suvning
qadri yoq deb bekorga aytishmagan.
Sharof Rashidov oliyhimmat inson bo`lgan. U kishining himmatu
hamiyatidan bahramand bo`lgan son mingta desak, juda kamaytirib aytgang
bo`lamiz.
Nargiz, Nargiz, sevgim yo`ldoshi!
Hayotimning avvali, boshi!
Ovoz bergil, ovoz, qaydasan?
Nargiz, Nargiz, Baxtim quyoshi!
Umrimiz tongidagi toza hislarimizni yodga soladigan, barchamizga tanish bu
go`zal misralar dunyoning 56 tiliga (balki undan ham ortiqroqdir) tarjima
qilinganidan hamma ham xabardormikan? Yoki bugun yangi avlod san’atkorlari
tomonidan sevib kuylanayotgan “Dugonalar, bormisiz, omonmisiz, Jam
bo`lishib, ochilib gulzormisiz?” deya boshlanadigan qo`shiq matni Sharof
Rashidovning “Kashmir qo`shig`i” dostonidan olingani, go`zal Nargiz gulining
Lola, Atirgul, Navro`zgul kabi chaman gullariga xitobi ekanini hammamiz ham
bilamizmi?
“Kashmir qo`shig`I” – nur va zulmat, ozodlik va tutqunlik, muhabbat va
nafrat o`rtasidagi kurash, ishq va go`zallikning tantanasi haqidagi hayot
qo`shig`idir. Lirik hikoya uslubida yozilgan asar samimiyati, nafosati bilan
debochasidayoq kishini maftun etadi: “Cho`qqilari osmon bilan o`pishgan tog`lar
etagidan qaynab chiqqan zilol suv… U qancha uzoq yo`l bossa, shuncha ko`p
irmoqlar, buloqlar, soylar va jilg`alar unga kelib qo`shilaveradi va shu ko`yi ulug`
daryo hosil bo`ladi… Kashmir xalqining qadimiy sevgi dostoni ham xuddi ana shu
to`lqinli daryolarni eslatadi”
1955 yili Hindistonga hukumat delegatsiyasi bilan borgan adib asrlar bo`yi
mustamlakachilik iskanjasida ezilib, og`ir kurashlar ila hurriyatga erishgan
Kashmir xalqining qo`shiqqa singan orzuumidlari, san`at , Madaniyati bilan yaqindan tanishadi. Kashmirda mehmonlar uchun namoyish etilgan “Bambur va
Yanbarzol” musiqiy spektaklidan juda ta`sirlanadi. “Bu qo`shiqlar bizni sehirlab
qo`ydi, to`lqinga soldi, o`ylatib, kuylatib qo`ydi”, deydi muallif. Safar chog`idayoq
“Kashmir qo`shig`i” asari qog`ozga tushib boshladi. Unda yozilishicha, go`zal
vodiydagi Gullar bog`ida “birbiridan chiroyli, birbiridan serbarg, birbiridan
serg`uncha” chechaklar o`zlarining erka malikasi Nargizning asalarilar shoxi
Bamburga bo`lgan muhabbati haqida suhbat qurishdi. Shunda “ shunchalaram
hayotbaxsh, shunchalaram sehrgar” bu bog`ni payhon etish uchun qora kuchlar
bilan Bo`ron bosib keladi. Sevgilisini kutayotgan Nargiz va uning dugonalari
Bo`ronga qarshi chiqadi. Bu nozik hilqatlarning kuchli irodasini bukolmagan
Bo`ron gullarni so`litib, barglarni qovjiratish, o`simliklarni tagtomiri bilan quritish
uchun Xorudni chaqiradi. Qora kuchlar changalida qolgan gullarning ojiz
novdalari erparchin bo`lsada, “dunyoda hayot va sevgini so`ndira oladigan kuch
yo`q”. Gullar bog`ini tun zulmati qoplaganida sevgilisini qidirib Bambur keladi.
Ezilgan, yanchilgan gullar uning qo`shig`idan bosh ko`tarib, ochila boshlaydilar.
“Salom sevgi, salom saodat, Salom senga hayot oshig`i”, deya ular ham kuylay
boshlaydilar. “Qo`shiq sadosidan chamanlar jonlanadi. Zulmat yo`qolib, nur yoyila
boshladi”… Bo`ron bilan, Xorud bilan kurashda ular g`olib bo`ladi.
Dunyoning ko`p tillariga tarjima bo`lgan bu asar samimiyatining, nafosatining
siri nimada? Keng va teran fikrlarning allegorik obrazlar tilida ifoda topishining
sababi bormi? “Toki bu yerlarda gul ko`karmasin, Bizlardan keyin ham bosh
ko`tarmasin”, degan shum niyat qora kuchlarning mag`lub bo`lishini adib nega bu
qadar ixlos bilan tasvirladi?
“Ikki dil dostoni” va “Kashmir qo`shig`i” qissalari, ular asosida ishlangan
badiiy film, balet haqida o`z davrida ko`p va xo`b yozilgan. Saodat, baxt taronasi
baralla kuylangan bu ikki asarni bugun biz yangicha talqin qilamiz. Muallifning
yurak tafti balqib turgan misralar orqali uning shaxsini ko`rishga intilamiz.
Savollarga ham shundan kelib chiqib javob qidiramiz. Sharof Rashidov, eng
avvalo, jafokash Kashmir xalqi qo`shiqlaridagi kuylangan hurlik va ozodlikning nechog`li aziz ekanini yaxshi his qilgan. Chunki u mustamlakachilarning qora
kuni, xo`rliklarini ko`rgan xalqning, asl farzandlari qirg`inga uchrab, hali ularning
dog`ida o`rtanayotgan millatning farzandi edi. Uning yurtida mustaqillik uchun
bo`lgan kurashlarning bostirilganiga hali ko`p bo`lmagandi. Qolaversa,
O`zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov ta`biri bilan aytganda,
“Sharof Rashidov o`z xalqining, Vatanining fidoyi farzandi edi. O`z xalqining
ertasini va kelajagini hammadan ko`p o`yladi”. Sharof Rashidovning murakkab va
qiyin zamonlarda rahbarlik lavozimida amalga oshirgan ishlari shunday deyishga
asos beradi.
Sharof Rashidovning fojiasi bir shaxsning qismati emas, balki davr fojiasidir.
Meni bir oz o`ylantirgan narsa shu bo`ldiki, bir talay amal bandalari marhumga
tosh otar ekan, bu tig`u parronlar birovlarga emas, oxiroqibatda malomat
qilinayotgan o`z odamlarimizga, o`zo`zimizga borib tegishini o`ylab ham andisha
qilishmadi. Balki uning o`zi ham o`sha mudhish turg`unlikning qurboni
bo`lgandir? Bilmadim. Bu dardli savollarga javob berishim mushkul. Eng buyuk
hakam – vaqt. Xuddi shu vaqt hamma narsani o`z joyiga qo`yadi. Vaqt shavqatni
bilmaydi.
Ha, Sharof Rashidovdan elimizga katta mehr, buyuk muhabbat qolgan.
Tomchida quyosh ko`ringanidek, Sizning daryo dilingizdan bunyod bo`lgan
odamiylikning bir nechta rishta (tomir) larini esladik. Shularning o`ziyoq Istiqlol
sharofati ila yanada boyib, poklanib, nurlanib bormoqda, el dilida, siz sevgan
o`zbek qalbida bo`y ko`rsatmoqda, yaratish ishiga xizmat qilmoqda. Chunki ular
samimiylikka, poklikka, insoniylikka yo`g`rilgani uchun ham yildanyilga,
avloddanavlodga o`taveradi, sayqallashaveradi. “Kashmir qo`shig`i” asaringizdagi
mustamlakachilik asorati, bosqinchi unsurlar ramzi – Bo`ron go`zal Nargizga
qarab “ Sen qanday kurashchi bo`ldinki najot so`rab yerda xor bo`lib yotsang?”
deganida, siz Nargiz bo`lib deysiz, bashorat qilasiz:
“Muhabbatsiz hayothayot emas, do`zaxdir. Men pok sevgimga umrimni fido
etganman. Men hayot guliman, sen vabo elchisisan. Sen meni xo`rlashing mumkin, meni yo`q qilishing mumkin, lekin yodingda bo`lsin, men qaytib tirilaman,
muhabbatim bilan barhayotman!”
Xuddi shunday! Siz barhayotsiz! Xalqimiz tomirida qon bo`lib, jon bo`lib,
eng asosiysi, saboqlari mo`l e`zozli ota va ustoz bo`lib yashamoqdasiz.
Научная статья на тему Шароф Рашидов - благородный человек
Научная статья на тему Шароф Рашидов - благородный человек
Научная статья на тему Шароф Рашидов - благородный человек
Научная статья на тему Шароф Рашидов - благородный человек
Научная статья на тему Шароф Рашидов - благородный человек
Научная статья на тему Шароф Рашидов - благородный человек
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.