“Olovkor, mard botirlar! Ofarin xaloskorlar”

  • Документация
  • docx
  • 03.01.2020
Публикация в СМИ для учителей

Публикация в СМИ для учителей

Бесплатное участие. Свидетельство СМИ сразу.
Мгновенные 10 документов в портфолио.

олов хакида
Иконка файла материала Olovkor mard botirlAR, OFARIN XALOSKORLAR 01.docx

img217 

 

 

 

 


Zarafshon shahar

8 – umumiy  o`rta ta`lim maktabi

boshlang`ich sinf o`qituvchisi

Mo`minova Nigora Adashevnaning

“Olovkor, mard botirlar!

Ofarin xaloskorlar”

mavzusida o`tkazgan ochiq

dars ishlanmasi

 

 

 

 

 

 

 


Darsning mavzusi: “Olovkor, mard botirlar ofarin xaloskorlar”

Darsning maqsadi:

1)        Ta`limiy maqsad: Inson xavfsizligi va uning oqibatlari haqida ma`lumot berish.

2)        Tarbiyaviy maqsad: Xavfdan qutilish choralari va mard botirlar, xaloskorlardan faxrlanish tuyg`usini uyg`otish.

3)        Rivojlantiruvchi maqsad: Har doim ziyrak, sergak bo`lishga tarbiyalash.

4)        Kasbga yo`naltiruvchi maqsad: O`t o`chiruvchilar, militsiya, tez tibbiy yordam, gaz avariya xizmati, qutqaruv xizmati.

5)        Milliy – mafkuraviy maqsad: O`quvchilarni vatanparvarlik, milliy istiqlol g`oyalari ruhida tarbiyalash.

Darsning turi: Yangi bilim beruvchi, sahna darsi.

Darsning metodi: Suhbat, guruhlarda ishlash, mustaqil ish metodi.

Darsning jihozi: Matn yuzasidan mos rasmlar, slayd, bukletlar, ko`rgazmali qurollar.

Darsning shakli: Noan`anaviy dars – suhbat darsi

                                                 Darsning borishi.

I.                   Tashkiliy qism.

II.                 Kirish suhbati.

O`qituvchi: - Turmushimizda har qadamda, har lahzada turli baxtsiz hodisalar to`satdan ro`yberishi mumkin. Har doim ziyrak, sergak bo`lsak falokatning oldini olgan bo`lamiz.

1 – o`quvchi: - Qo`limiz ko`ksimizda

  Ta`zim aylaymiz bugun

  Olovkor, mard, botirlar

  Ofarin xaloskorlar! 

        2 – o`quvchi: -    Xavfsizlik qoidasini,

      Yod olganmiz barchamiz.

      Bilimimiz sinab ko`ring,

      Bahoyimiz bering siz.

Guruhlar tanishuvi

                   O`qituvchi: -          Hunarli bo`l, ilm ol,

     Har ikkisi ham zarur,

     Hunar bu baxtu – iqbol

     Belga quvvat, ko`zga nur.

“Haloskorlar - 01” guruhi

Yigitlarning asli ular         Ulg`ayganda men ham sizdek

Xalq g`amini yeyishar       Olovkor, mard bo`laman

Yigitlarning mardi ular     Yurtboshimiz aytganidek

O`zin o`tga urishar            Kelajakni quraman.

 “Shifokorlar - 03” guruhi

Shifokorning qo`llari              Dunyodagi hammaning

Dard ko`rmasin deyishar      Dardiga malham topgan

Amma, buvi, xolalar              Fidoiylar bor bo`ling

Doim duo qilishar                  Doim izzatda yuring

“Zangori olov - 04” guruhi

Mushkuling oson etar

04 ning hodimlari

Barakalla, ofarin

Vatanning sodiqlari

Yigitga yetmish hunar

Ozlgini bilaman

Sizdek mardlar kasbiga

Men ham havas qilaman!

O`qituvchi: - Bolalar biz tomonga kelayotgan ana ular kimlar? Sizlar kimsizlar, o`zlaringizni tanishtiringlar.

1.                  Suv – Men suvman, goh ariqdan, goh quvurdan oqaman, behuda oqsam toshaman, tashvishga tashvish qo`shaman.

2.                  Gaz – Men zangori olovman – gazman. Tutunim yo`q, ammo hidim bor, oshib toshib ketsamhaddimdan, mendan bezor bu olam, dunyo!

3.                  Kir yuvish mashinasi Men kir yuvaman – tozalikka oshnoman. Aylanaman gur-gur, hoy bolakay, qani nari tur!

4.                  Dazmol – Men dazmolman, qizimasam bamisoli bir toshman. Qizisam bormi, lovillagan o`tman, otashman. Hamma yoqni sip-silliq tekislayman.              

5.                         Elektr – Elektrman, men har joyda kerakdirman, tunlarni kunduzdek yoritaman, kimki

men bilan o`ynashsa, umrini ming yoshga qaritaman.

O`qituvchi: Mana har kuni uyda ko`radigan narsalar ancha qaysar ham ekan. Qani bularga qanday javobingiz bor?

1 – o`quvchi: -  Suvni ishlatgandan so`ng jumrakni oxirigacha buraymiz.

2 – o`quvchi: -  Bekorga yonib turgan elektr chiroqlarini o`chiramiz.

3 – o`quvchi: -  Agar yong`in chiqsa ichkari xonalarni berkitib, tezda tashqariga chiqib, qo`ni-qo`shnilarni  yordamga chaqiramiz va 01 raqamiga qo`ng`iroq qilamiz.

1 – o`quvchi: -   Yong`in chiqsa bir yerdan

O`chir gaz, elektrni

Darrov terib, 01 ni

Xaloskorlarni chaqir

1 – o`quvchi: -  01 ni chaqirganda aniq va to`liq qilib manzilni, yonayotgan joyni aytish va o`t o`chiruvchilarni kutib olish kerak.

2 – o`quvchi: -  Kattalarni yordamga chaqirish kerak.

3 – o`quvchi: -  Tezda binodan chiqib ketish kerak. Yosh bolalar va qariyalarni qoldirmaslik kerak.

O`qituvchi: Lekin shunday ham bo`lishi mumkinki, olov sodiq do`stdan ayovsiz dushmanga aylanib qoladi. U yillar davomida tinimsiz mehnat bilan bunyod etilgan narsalarni qisqa fursat ichida yo`q qilib tashlashi hech gap emas.  

Savollar har bir guruhdan.

1 – savol: Har doim uydan chiqib ketish oson bo`lmaydi. Qanday yo`l tutasiz?

Javob: Tutun bilan qoplangan yo`lakka chiqmaslik,

eshikni yopish, tirqishiga latta yopish. 01ga qo`ng`iroq qilib iloji bo`lsa balkonga chiqadigan xonaga kirib olish kerak.

Qutqaruvchilarga fonar yoki yorqin rangli mato bilan signal berish kerak.

Sezsang gazning hidini

Deraza, eshikni och

Yoqma chiroq va gugurt

Darrov tergina 04

2 – savol: Yong`in chiqmasligi uchun nimalar qilish kerak?

Javob: Yonuvchi narsa va suyuqliklar olovdan va isitish asboblaridan uzoqda saqlanishi kerak.

Gugurt bilan o`ynamaslik, buzilgan elektr asboblaridan foydalanmaslik kerak.

Ularni qarovsiz qoldirmaslik kerak.

                Avariya xizmati telefoni raqami va ko`rsatmasi osig`lik turishi kerak.

O`qituvchi: Ammo bolalar, yong`in tabiatda, transportda, va jamoat joylarida ham uchraydi. Siz yong`inning  oldini oluvchi bir necha qoidalarni eslab o`tsangiz.

Qoidalar:

1.        Gulhanlarni o`chirish kerak.

2.        Gulhanlar daraxt ostiga yoqilmaydi.

3.        Quruq xoshakni yoqmang, shamol uni yong`inga aylantirishi mumkin.

4.        Transportda yengil yonuvchi suyuqlikni tashish juda xavfli.

 

Sahna

Faraz qiling

Katta bo`lmagan alanga qalin mato yoki tez alanga olmaydigan mato bilan yopib, keyin suv bilan o`chiring

2. Yonayotgan narsa qo`zg`atilmasligi kerak, qo`zg`atilsa alanga kuchayib ketadi.

3. Deraza, eshikni ochmaslik kerak, chunki toza havo alangani kuchaytiradi.

4. Ustki kiyim yonayotgan bo`lsa chopmang, alangani o`cherish uchun qalin tez yonmaydigan matoga o`rab, pol yoki yerga dumalab o`chirish lozim.

5. Tutun bosgan xonada ho`l mato yoki sochiqdan niqob sifatida foydalanish foydali.

6. Tutun kuchayib ketsa tezda xonadan chiqib, o`t o`cherish 01 ga xabar berish kerak.

7. Har doim uyda birinchi yordam qutichasi kuknli o`t o`chirgich bo`lishi kerak.

Sahna  Maslahat

1 - savol: Yaqinda kompyuter sotib oldik. Qayerga joylashtirsak ekan? 

Javob: Noto`g`ri 1 ta rozetkada  3 ta elektr asbobini ishlatavering televizor, kompyuter ham  bir vaqtda ishlayveradi

To`g`ri: - Yo`q bu noto`g`ri.

1 ta rozetkaga bir necha elektr asboblarini va vilkalarni tiqish mumkin emas.

2 - savol: Bo`yoq qotib qolibdi shuni qanday  eritsam ekan?

 Javob: Noto`g`ri Gaz yoki elektr pechkalarida qizdiring, bir pasda eriydi.

 To`g`ri: - Yo`q bu noto`g`ri.

Bo`yoq, yonuvchi moddalar, gaz yoki elektr plitkalarida qizdirish mumkin emas.

3 - savol: Mana, qish ham kelib qoldi, yuvgan kirlarimiz yaxshi qurimayapti, nima qilsam ekan?

 Javob: Noto`g`ri – Gaz yoki elektr plitkalarida quriting, bir pasda quriydi.

To`g`ri: - Yo`q bu noto`g`ri.

Yonib turgan gaz yoki plitkada kir quritish mumkin emas.

 O`qituvchi: Mana bolalar, to`g`ri maslahatlarni bilib olsangiz yong`in chiqishini oldini olgan bo`lasiz.

Foydali maslahatlar sahifasi

O`qituvchi: Endi aziz bolajonlar foydali maslahatlar  sahifasini eshitsakda inson tanasi kuyganda 1 – yordam ko`rsatish bilan tanishsak.   

1 – maslahat: Inson tanasi kuyganda o`sha yerga darhol sabzi turpini qo`yish kerak. U kuygan joylarni zahrini olib, terining bitishiga yordam beradi.

Gipokrat teridagi kuygan yaralarni davolashda anorning suvidan foydalangan.

2 – maslahat: Tanangizni biror joyi yengil kuysa pufakchalar hosil bo`lmasdan turib, darhol bir dona kartoshkani qiymalagichdan o`tkazingda, tuxum oqiga aralashtirib surkang.

3 – maslahat: Har qanaqa og`irlikdagi tana kuyishining asl davosi o`sha joyga ilitilgan zig`ir moyini o`rtacha

qalinlikda qilib surkashdir. O`tmishda bu davo “Zig`irli Xudo” atamasi bilan ma`lumu mashhur bo`lgan.

O`qituvchi: Suv toshqini, zilzilalar ham ko`p qishloq va shaharlarni vayronaga aylantiradi. “Evakuatsiya” so`zi tartibli ravishda ko`chish degani.

 

IMG_0056
 

 


Yigitlar raqsi

 (Andijon polkasi)

 

 

 

 

 

 

Krossvord

 

 

 

 

 

Y

O

N

G`

I

N

 

M

E

B

E

L

 

 

 

 

 

 

 

U

Z

O

Q

D

A

 

 

 

 

 

A

V

A

R

I

Ya

 

Savollar:

 

1.         Inson nazoratidan chiqib ketgan olov…?(YONG`IN)

2.         Yong`in chiqishiga qaysi uy buyumlari sababchi bo`ladi? (MEBEL)

3.         Yonuvchi narsa va suyuqliklar olovdan va isitish asboblaridan qanday saqlanishi kerak? (UZOQDA)

4.         Uyda bolalar ham foydalanishi mumkun bo`lgan ixcham o`t o`chirgich hamda telefon oldida qanday xizmatlar telefon raqami ko`rsatilgan qo`llanma osig`liq turishi lozim? (AVARIYA)

Test

 

1.       Biz kundalik faoliyatimizda har kuni duch keladigan narsalar, buyumlar qaysi qatorda to`g`ri  ko`rsatilgan?

A) qalam, kitob B) suv, olov, kir yuvish mashinasi, elektr toki           D) mashina, qaychi, ip

2. Turmushdagi baxtsiz hodisalar ko`pincha inson ixtiyorida bo`lmay, tabiiy ro`y beradi. Baxtsiz hodisalar qaysi qatorda to`g`ri berilgan?

A) falokat, chaqmoq, quyosh, suv  B) shamol, bulut, dengiz, dovul            D) o`t, suv balosi, kucli shamol, bo`ron, dovul, sel ketishi, qor ko`chishi, zilzila

3. Insonni isitgan, uni yovvoyi hayvonlardan himoya qilgan, ovqat pishirishiga yordam bergan narsa

qaysi qatorda to`g`ri berilgan?

A) olov                B) dazmol                D) elektr asbobi

 

Rasmlar tanlovi.

            Hayotda nohush vaziyat va falokatlar odatda qanday hollarda, nimalarning natijasida sodir bo`ladi?

1.       Gaz moslamasidan noto`g`ri foydalanganda

2.       Elektr asboblarining nosozligidan.

3.       Yosh bolalar olov bilan o`ynaganlarida

 

Evakuatsiya e`lon qilinganda uydagi:

1)        gaz, elektr jihozlarini o`chirish,

2)        O`zi bilan fuqaroligini tasdiqlovchi hujjatlarini, 1-2 kunga yetadigan oziq-ovqat va ichimlik suvi olish,

3)        Eshik va derazalarni qattiq yopgan holda aytilgan tomonga boorish lozim.

Quyidagilarni bilib olish kerak

1.       O`qituvchilarni bergan ko`rsatmasiga amal qilish

2.       Kattalar nazoratida bo`lish

3.       Qutqaruvchilar ko`rsatmasini bajarish

4.       Ota-onangizni yo`qotgan bo`lsangiz evakuatsiya punktlariga o`z ismingizni va ota-onangiz ismini aniq va to`liq aytib bering.

Dars yakunida tarbiyaviy xulosa chiqariladi.

O`qituvchi: - O`t balosini, suv balosini oldini olish yoki to`xtatish mumkin. Ammo loqaydlik qilinsa butun mamlakat xavfga qolishi mumkin. Shuning uchun doimo sergak bo`linglar.

            G`olib guruhlar to`plagan ballarini e`lon qilish va rag`batlantirish. 

Uyga vazifa: Inson xavfsizligiga oid rasmlar chizib kelish.