ONTOGENEZ. ORGANIZMLARNING K O’PAYISHI.
Оценка 5

ONTOGENEZ. ORGANIZMLARNING K O’PAYISHI.

Оценка 5
docx
14.09.2022
ONTOGENEZ. ORGANIZMLARNING K O’PAYISHI.
Сертификат-2.docx

ONTOGENEZ. ORGANIZMLARNING K O’PAYISHI.

 

Tirik organizmlar individual rivojlanishi, ya’ni ontogenezi zigotadan tabiiy o’limgacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi Ontogenezning ikkita tipi farqlanadi.

Bevosita, yoki to’g’ri rivojlanish. Ontogenezning bu tipida, tuxumdan chuqqan yoki tug’ilgan organizmning tuzilishi va tashqi ko’rinishi ota–ona organizmiga o’xshaydi. Ammo ayrim a’zolarning yetishmasligi, gavdasining kichikligi bilan ota–onasidan farq qiladi. Asta – sekin o’sib, ota – ona organizmiga tashqi ko’rinishli va tuzilish jihatdan o’xshaydi. Jumladan, odamda, sut emizuvchilarda, qushlarda, sudralib yuruvchilarda va ayrim umurtqasiz hayvonlarda bola tug’ilganda ota – onasiga o’xshaydi.

2. Bilvosita rivojlanish. Bunda, tuxumdan chiqqan bola lichinka deyiladi va u tashqi hamda uchki tuzilishiga ko’ra, ota–onasidan keskin farq qiladi. Juda ko’p o’zgarishlardan keyin ota–ona organizmiga o’xshash qiyofaga kiradi. Bunday hodisa metamorfoz deyiladi va u ko’plab umurtqasizlar, hamda amfibiyalarga xosdir.

Ontogenez ikki bosqichga bo’linadi:

1. Prenatal, yoki tug’ilishdan oldingi bosqich. Bu bosqich jinsiy hujayralarning yetilishi, urug’lanish va embrion rivojlanishini o’z ichiga oladi. Bu bocqich ham ikki davrga bo’linadi:

a) proembrional (progenez) davri – jinsiy hujayralarning yetilishi va rivojlanish davri tushuniladi;

b) embrional davr – zigota hosil bo’lishidan embrion, tug’ilishigacha bo’lgan davr tushuniladi.

2. Postnatal, yoki postembrional bocqich tug’lishdan tabiiy o’limgacha bo’lgan davomi o’z ichiga oladi.

 

Organizmlarning ko’payish

 

Har qanday tirik organizmni son jihatdan oshiruvchi barcha jarayonlar, ko’payish deb ataladi. Bo’linishi esa biologik sistemalarning, yoki tirik organizmlarning o’sishi hisoblanadi. O’sish bu tirik organizmlarning hajm jihatdan kattalashuvidir. K. Ber fikricha, "bo’linish har bir organizmning, o’z undividual chegarasidan oshiqroq o’sishidir". o’sish ma’lum miqdorga yetgandan keyin, tirik massa ma’lum qismining ajralishi kuzatiladi, ya’ni ko’payishi sodir bo’ladi. Tirik organizmlarning muhim biologik xususiyati ko’payishdir. Har qanday organizmning hayoti, tur hayotidan qisqa bo’ladi. Ko’payish orqali esa tur saqlanadi va uning hayoti davom etadi.

Ko’payish evolyusiya jarayonda paydo bo’lgan hodisa bo’lib, ko’payish orqali irsiy axborot nasldan naslga o’tadi, turning genotipi va fenotipi saqlanadi, individlar soni ortadi, areali kengayadi, tur ichidagi xilma–xillik ortadi. Bu esa, yangi turlar paydo bolishiga olib keladi. Ko’payishning jinssiz va jinsiy xillari mavjud.

Jinsiy ko’payish

Jinssiy ko’payish deb, somatik hujayralar hisobidan yangi organizmlar paydo bo’lishiga aytiladi. Ko’payishning bu turi, qadimgi va ko’payishning birlamchi formasi hisoblanadi. Jinsiy ko’payishda organizmning ayrim hujayralari, yoki organlarining bo’linishi natijasida, yangi organizm hosil bo’ladi. Jinsiy ko’payishning biologik ahamiyati shundaki, bunda organizmlarning tez ko’payishi va ko’p avlod hosil qilishi ta’minlanadi. Jinsiy ko’payishda somatik hujayralar ishtirok etadi, jinsiy hujayralar ishtirok etmaydi.

Bir hujayralilarning jinsiy ko’payishni monositogen ko’payish deyiladi va uning quyidagi usullar mavjud.

Bo’linish. Bunda ona hujayra o’sib, hajm jihatdan ikki barobar kattalashadi, ya’ni hamma organoidlari ikki hissa ortadi. Shundan keyin 2 ta qiz hujayraga, ya’ni organizmga bo’linadi. Bu qiz hujayralar bir–biriga teng, yoki har xil hajmda bo’lishi mumkin. Hayvon hujayralarining qobig’li elastik bo’lganligi uchun cho’zilib, o’rtasidan (amyobada), tikkasiga (yashil evglenada), ko’ndalangiga (tufelkada) ikkiga bo’linadi. Qattiq hujayra qobig’iga ega bo’lgan bakteriyalar va suv o’tlari o’z holatini o’zgartirmasdan, hujayra markazidan to’siq hosil qiladi va ikkiga bo’linadi. Mitoz kolonial formalarda hujayraviy va kolonial bocqichlarda amalga oshadi. Hujayraviy bo’linish natijasida koloniya a’zolarining soni ortadi va koloniya kattalashadi.


 

ONTOGENEZ. ORGANIZMLARNING K O’PAYISHI

ONTOGENEZ. ORGANIZMLARNING K O’PAYISHI

Ko’payish evolyusiya jarayonda paydo bo’lgan hodisa bo’lib, ko’payish orqali irsiy axborot nasldan naslga o’tadi, turning genotipi va fenotipi saqlanadi, individlar soni ortadi, areali kengayadi, tur…

Ko’payish evolyusiya jarayonda paydo bo’lgan hodisa bo’lib, ko’payish orqali irsiy axborot nasldan naslga o’tadi, turning genotipi va fenotipi saqlanadi, individlar soni ortadi, areali kengayadi, tur…
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
14.09.2022