Презентация по дисциплине: "Umumiy Pedagogika" на тему: "Nutq texnikasi va madaniyati"
Оценка 4.7

Презентация по дисциплине: "Umumiy Pedagogika" на тему: "Nutq texnikasi va madaniyati"

Оценка 4.7
Лекции +2
pptx
другое +1
29.11.2022
Презентация по дисциплине: "Umumiy Pedagogika" на тему: "Nutq texnikasi va madaniyati"
NUTQ TEXNIKASI VA MADANIYATI.pptx

Prezentatsiya FAN: UMUMIY PEDAGOGIKA

Prezentatsiya FAN: UMUMIY PEDAGOGIKA

Prezentatsiya

FAN: UMUMIY PEDAGOGIKA

MAVZU: NUTQ TEXNIKASI VA MADANIYATI

Tayyorladi: 310 guruh talabasi A.M.Umidullaev

NUTQ TEXNIKASI VA MADANIYATI »

NUTQ TEXNIKASI VA MADANIYATI »

« NUTQ TEXNIKASI VA MADANIYATI »

Reja: 1. Nutq texnikasi va madaniyati haqida tushuncha

Reja: 1. Nutq texnikasi va madaniyati haqida tushuncha

Reja:
 
1. Nutq texnikasi va madaniyati haqida tushuncha Nutq elementlari.
2. O'qituvchi nutqining ta'sirchanligini oshirish yo'llari.
3. Nutq samaradorligiga salbiy ta'sir etadian holatlar.
4. O'qituvchi nutqining kommunikativ sifatlari nutqni takomillashtirish yo’llari.
5. Foydalanilgan adabiyotlar.

NUTQ TEXNIKASI VA MADANIYATI HAQIDA

NUTQ TEXNIKASI VA MADANIYATI HAQIDA

1. NUTQ TEXNIKASI VA MADANIYATI HAQIDA TUSHUNCHA NUTQ ELEMENTLARI.
 
Har bir insonning ma'naviy va madaniy kamolotga erishuvida tilning o'rni alohidadir. Til insonlararo muloqot hamda fikr va axborot almashinuv vositasidir.
Shuningdek, ajdodlar merosini o'rganish, tajriba orttirish, almashinish jarayonini ham tilsiz tasavvur etib bo'lmaydi. Zero, hazrati Navoiy ta'biri bilan aytganda:
So'zdurki, nishon berur o’lukka jondin, So'zdurki, berur jonga xabar jonondin. Insonni so'z ayladi judo hayvondin, Bilki, guhari sharifroq yo'q ondin.

Tilning olijanob imkoniyatlari nutq orqali ochiladi

Tilning olijanob imkoniyatlari nutq orqali ochiladi

Tilning olijanob imkoniyatlari nutq orqali ochiladi. Nutq bo'lmas ekan, tilning cheksiz imkoniyatlari yuzaga chiqmay qolaveradi. A. Navoiy til va nutq munosabatlarini shunday izohlaydi: «Til shuncha sharafi bilan nutqning qurolidir. Agar nutq nomaqbul bo'lib chiqsa, tilning ofatidir». Demak, til har qancha qudratli zo'r bo'lmasin, u nutq uchun qurol sifatida xizmat qiladi. Uning kuch-qudrati nutq jarayonida namoyon bo'ladi. Agar til o'q bo'lsa, nutq kamondir. O'qning qudrati kamonning qobiliyatiga ham bog'liq.

Nutq – tildagi mavjud ifoda vositalaridan foydalangan holda real­likka aylangan fikr bo‘lib ikki xil ko’rinishda namoyon bo‘ladi: 1) ichki nutq; 2) tashqi nutq

Nutq – tildagi mavjud ifoda vositalaridan foydalangan holda real­likka aylangan fikr bo‘lib ikki xil ko’rinishda namoyon bo‘ladi: 1) ichki nutq; 2) tashqi nutq

Nutq – tildagi mavjud ifoda vositalaridan foydalangan holda real­likka aylangan fikr bo‘lib ikki xil ko’rinishda namoyon bo‘ladi: 1) ichki nutq;
2) tashqi nutq.
O‘qituvchi ongida hosil bo‘ladigan, hali amalga oshmagan til ele­ment­laridan tashkil topgan, kishining og‘iz ochmasdan fikrlashi, mulo­haza yuritishi, o‘ylashi ichki nutqdir.

NAFAS OLISH VA TOVUSH O'qituvchining nafas olishini tartibga solish uchun juda ko'plab mashqlar belgilangan

NAFAS OLISH VA TOVUSH O'qituvchining nafas olishini tartibga solish uchun juda ko'plab mashqlar belgilangan

NAFAS OLISH VA TOVUSH

O'qituvchining nafas olishini tartibga solish uchun juda ko'plab mashqlar belgilangan.
O'qituvchilar orasida tabiiy ravishda ijobiy ta'sir etadigan, jarangdor, yoqimli tovush egalari juda kam uchraydi. Yaxshi tovush yillar o'tishi bilan, maxsus mashqlar yordamida chiniqtirib borilmasa, o'zgarishi mumkin.
Tovush apparatining tuzilishi bilan tanishib chiqamiz.
Tovush apparati 3 qismdan iborat: generator, rezonator, energiya tizimi.
Generator tizim – tovushni generasiyalaydi, tovush paylarida va og'iz bo'shlig'ida sodir bo'ladi. Tovushlarni tonal va shovqin tovushlarga ajratadi.
Rezonator tizimga halqum, og'iz va burun bo'shlig'i kiradi. U nutq dinamikligini ta'minlaydi.
Energetik tizimga yuqori nafas yo'llari kirib, tovush hosil qilishda ishtirok etadigan havo oqimining tezligi va hajmini ta'minlaydi.

O'QITUVCHI TOVUSHINING MUHIM JIHATLARIGA

O'QITUVCHI TOVUSHINING MUHIM JIHATLARIGA

O'QITUVCHI TOVUSHINING MUHIM JIHATLARIGA QUYIDAGILAR KIRADI:
1) Tovushni ma'lum masofaga etkazish va boshqarish.
2) Tovushning egiluvchanligi – nutq mazmuniga ko'ra o'zgartirish.
3) Tovushning balandligi – tovushning tonallik darajasi. Tovush harakati uning baland-pastligiga bog'liq. Odam ovozi osongina 2 oktava balandligida o'zgarib turishi mumkin, ammo kundalik nutqimizda 3-5 nota kuchida ovoz ishlatilishi mumkin.
4) Diapazon – ovoz ko'lami, kengligi. Inson imkoniyatlari darajasidagi, eng yuqori va eng quyi chegarasiga ega turli balandlikdagi tovushlar yig'indisi.
5) Tembr – har bir tovushning o'ziga xos bo'lgan sifati, tovush bezagi, uning mayinligi yoki yo'g'onligi, yorqinligi.

Mutaxassislarning o'tkazgan maxsus ilmiy-tadqiqot ishlari shuni ko'rsatadiki, doimo nutq bilan bog'liq bo'lgan kasb egalari orasida tovush organlarining kasallanishi juda ko'pdir

Mutaxassislarning o'tkazgan maxsus ilmiy-tadqiqot ishlari shuni ko'rsatadiki, doimo nutq bilan bog'liq bo'lgan kasb egalari orasida tovush organlarining kasallanishi juda ko'pdir

Mutaxassislarning o'tkazgan maxsus ilmiy-tadqiqot ishlari shuni ko'rsatadiki, doimo nutq bilan bog'liq bo'lgan kasb egalari orasida tovush organlarining kasallanishi juda ko'pdir. O'qituvchilar orasida bunday kasallanganlar 40,2% tashkil etadi.
Ovoz buzilishining sabablari xilma-xildir. Asosan to'rttasi juda ko'p uchraydi:
-har kuni ovozga beriladigan ortiqcha harakat, nagruzka;
-ovozdan to'g'ri foydalanmaslik;
-ovoz gigienasiga amal qilmaslik;
-ovoz organlari kuchining tug'ma pastligi.

O'QITUVCHI NUTQI TA'SIRCHANLIGINI

O'QITUVCHI NUTQI TA'SIRCHANLIGINI

O'QITUVCHI NUTQI TA'SIRCHANLIGINI OSHIRISH YO'LLARI
O'qituvchi nutqining badiiy nutq me'yorlariga mosligi asosiy shartlardan biri hisoblanadi. Ammo bu nutq ta'sirchanligini oshirishning muhim sharti emas. O'qituvchi nutqining to'g'ri va aniq bo'lishi bilan birga uning obrazli va ifodali bo'lishi ham muhimdir. Nutq ta'sirchanligini oshirishda maqollardan, frazeologizmlardan, iboralardan ham foydalanish mumkin.
Shuningdek, bunda
anafora,
gradasiya,
inversiya,
intonasiya
kabi stilistik usullardan foydalanish orqali ham ma'lum bir samaradorlikka erishish mumkin.

ANAFORA - har bir jumladan so'ng ayrim so'z yoki jumlalarni qayta-qayta ishlatish

ANAFORA - har bir jumladan so'ng ayrim so'z yoki jumlalarni qayta-qayta ishlatish

ANAFORA - har bir jumladan so'ng ayrim so'z yoki jumlalarni qayta-qayta ishlatish. Bunday takrorlalar nutqqa o'ziga xos ritm berib, u nutqning ifodaliligini oshirishga yordam beradi. Masalan, «Vatan – bu Ona er, Vatan – bu o'z uyimiz, Vatan – bu o'riklar oppoq bo'lib gullagan bog', Vatan – bu bolaligimda yugurgan tuproqli ko'chalar!». Bu gapdagi «Vatan - bu» so'zining takrorlanishi nutqqa o'ziga xos ritm berib ta'sirchanligini oshirdi.

GRADASIYA – gapdagi so'z yoki jumlalarning sifat o'zgarishiga ko'ra ketma-ket joylashtirishdir

GRADASIYA – gapdagi so'z yoki jumlalarning sifat o'zgarishiga ko'ra ketma-ket joylashtirishdir

GRADASIYA – gapdagi so'z yoki jumlalarning sifat o'zgarishiga ko'ra ketma-ket joylashtirishdir. Masalan, «Men Insondek tug'ilmoq, yashamoq, nom qoldirmoq uchun kurashdim!». Bu gapdagi «tug'ilmoq», «yashamoq» va «nom qoldirmoq» so'zlari amalga oshish ketma-ketligiga ko'ra joylashtirilgan.

INVERSIYA - gap mazmuniga urg'u berish maqsadida so'zlarning odatiy joylashish tartibini o'zgartirish

INVERSIYA - gap mazmuniga urg'u berish maqsadida so'zlarning odatiy joylashish tartibini o'zgartirish

INVERSIYA - gap mazmuniga urg'u berish maqsadida so'zlarning odatiy joylashish tartibini o'zgartirish. Masalan, «Men oppoq tongni ko'rish uchun erta turdim» gapidagi «erta turish» fe'lini ajratib ko'rsatish uchun gap tartibini quyidagicha o'zgartirish mumkin: «Men erta turdim, oppoq tongni ko'rmoq uchun!».

INTONATSIYA – nutq ohangini mazmuniga ko'ra o'zgartirish

INTONATSIYA – nutq ohangini mazmuniga ko'ra o'zgartirish

INTONATSIYA – nutq ohangini mazmuniga ko'ra o'zgartirish. Intonasiya mantiqiy va hissiy-ekspressiv ko'rinishda bo'lishi mumkin.
Mantiqiy intonatsiyaning maqsadi gapda muhim o'rin tutadigan alohida so'z va jumlalarni ajratib ifodalash.
Hissiy-ekspressiv intonatsiya o'qituvchiga nutqi davomida fikr bildirayotgan insonlar, voqea va hodisalarga nisbatan o'z munosabatini bildirish imkonini beradi. Bunday intonatsiya o'qituvchining haqiqiy his-tuyg'ularini ifodalashi lozim. Aks holda u o'quvchilarga salbiy ta'sir etishi mumkin.

NUTQ SAMARADORLIGIGA SALBIY TA'SIR

NUTQ SAMARADORLIGIGA SALBIY TA'SIR

NUTQ SAMARADORLIGIGA SALBIY TA'SIR ETADIGAN HOLATLAR
O'qituvchi nutqi samaradorligi uning to'g'ri tashkil etilishiga bog'liqdir. Ayrim holatlar nutq ta'sirchanligiga salbiy ta'sir etadi. Ular quyidagilardir:
Sinonimlardan o'rinli foydalana bilmaslik. O'qituvchi hikoyasi davomida bir xil so'zlardan tez-tez foydalanishi nutqning noto'g'ri tuzilganligidan darak beradi. Bunday holat ko'pincha dialoglarni bayon etishda uchraydi. Masalan, «dedi», «aytdi» kabi kesimlardan tez-tez foydalanish holatlari uchraydi. Bu so'zlar o'rniga «fikr bildirdi», «ma'lum qildi», «aytdi», «so'radi», «javob berdi» kabi tarzdagi sinonimlardan foydalanish nutqni boyitadi va ta'sirchanligini oshiradi.

FOYDALANILADIGAN ADABIYOTLAR: 1

FOYDALANILADIGAN ADABIYOTLAR: 1

FOYDALANILADIGAN ADABIYOTLAR: 1. O’zbekiston Respublikasining «Ta‘lim to’g’risida»gi Qonuni. –T.: O’zbekiston 1997 2. Karimov I. Yuksak ma'naviyat – yengilmas kuch. Toshkent: O'zbekiston, 2008. 3. Avloniy A. Turkiy Guliston yoxud axloq. Toshkent: O'qituvchi, 1992. 160 b. 4. Bekmirzayev N. Notiqlik san’ati asoslari. T.: Yangi asr. – 2008. -200 b. 5. Kaykovus. Qobusnoma. Toshkent: Istiqlol. – 1994. 173 bet. 6. Mahmudov N. O'qituvchi nutqi madaniyati. Toshkent: A.Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti.–2007.188 b. 7. Muhiddinov A.G. O’quv jarayonidagi nutq faoliyati. –T.: O’qituvchi. -1995. 8. Navoiy A. Mahbub ul-qulub. Asarlar. 15-tom.

Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
29.11.2022