Prezentatsiya
FAN: UMUMIY PEDAGOGIKA
MAVZU: O’QITUVCHILARNING ILG’OR PEDAGOGIK TAJRIBALARINI TO’PLASH VA AMALIYOTDA QO’LLASH
Tayyorladi: 310 guruh talabasi A.M.Umidullaev
Reja:
ILG’OR PEDAGOGIK IJODKORLIK MANBAI - BU PEDAGOGIK TAJRIBADIR.
Pedagogik ijodkorlik manbai - bu pedagogik tajribadir.
Pedagogik tajriba - muammoli vaziyatlarga juda boydir.
Ilg’or pedagogik tajriba deganda biz pedagogning o’z pedagogik vazifasiga ijodiy yondoshishini, talabalarning ta’lim- tarbiyasiga yangi, samarali yo’l va vositalarni qidirib topishini tushunamiz.
Ijodiy ishlaydigan pedagog faqat talabalarni muvaffaqiyatli o’qitish va tarbiya berish, ilg’or ish tajribalarini o’rganish bilangina cheklanib qolmasdan, taraqqiyotchilik ko’nikma va malakalariga ham ega bo’lishi zarur. Hozirgi zamon fan va texnika taraqqiyoti pedagogning ijodkor bo’lishini, fanning muhim muammolari yuzasidan erkin fikr yurita bilish, fan yutuqlarini talabalarga yetkaza olishi, tadqiqot ishlariga o’rgata olishini talab qiladi.
Pedagogik tajriba pedagogning faoliyatini samarali tashkil qilish, ta’lim oluvchilarni tayyorlashning har bir vaziyatida mahoratning yuqori darajasiga erishishda uzluksiz ravishda olib boriladi. Pedagogik mahorat o’z-o’zicha vujudga kelmaganidek, tajriba ham hyech bir harakat, qiziqish va o’rganishsiz, sinovsiz, tavakkal qilishsiz yuzaga chiqmaydi.
Pedagogik faoliyatning eng zaruriy va emosiyalarga, hissiyotlarga boy bo’lishini hisobga olsak, juda og’ir muammolar, dars jarayonlaridagi kutilmagan holatlar, endi o’rganayotgan o’qituvchining faoliyati ham o’z fanining mohir ustasi bo’lgan o’qituvchiga tajribasini tinimsiz oshirib borishiga imkon yaratadi. Tajribali pedagoglar doimo o’zlarida nimanidir, qandaydir qobiliyatini namoyon qilayotgan yoki rivojlantirayotgan bo’ladilar.
O’ZGALAR HOLATINI TUSHUNA OLISH O’QITUVCHI UCHUN MUHIMDIR.
FANDA MADANIYAT MOHIYATIGA UCH XIL QARASH TUSHUNILADI: AKSIOLOGIK, FAOLIYATLI VA SHAXSIY.
O’qituvchining umumiy madaniyati uning ijtimoiy-ahamiyatli tavsiflarining kasbiy faoliyatda amalga oshgandagi yetukligini ifodalaydi. Madaniyat shaxsning rivojlanishi, uning ruhiy kuchlari va qobiliyatlarining amaliy faoliyatida amalga oshish darajasi va hokazo. Insonning madaniy rivojlanishi - bu uning bilimlari, ishonchlari, qobiliyatlari, hulqining muhit tomonidan rivojlanish jarayonidir.
O’qituvchining kasbiy madaniyati uning kasbiy faoliyat doirasidagi, uning shaxsiy sifat tavsifining mohiyati-tizimli ta’limdan iborat.
O’QITUVCHINING PEDAGOGIK MADANIYATI TASHKIL TOPGAN KO’RSATGICHLAR DARAJASIGA VA ASOSIY TIZIMLI KOMPONENTLARIGA QUYIDAGILAR KIRADI:
Pedagog uchun eng zaruri nutq madaniyatini egallashdir. O’qituvchining nutqi kundan-kunga o’quvchilar uchun ibratli bo’lib borib, ularning nutq madaniyatini shakllantirishga yordam berishi kerak. Nutqning grammatik to’g’riligi, uning leksik boyligi, yaxshi ifodalanganligi, obrazliligi, nutq texnikasini egallaganligi o’qituvchining turli xil kasbiy masalalarni sifatli yechishiga imkon beradi. O’quvchilarning yangi materialni tushunib va o’zlashtirib olishlari uchun o’qituvchi nutqining takomillashganlik darajasi muhim ahamiyatga
egadir. Bolalar pedagogning nutqiy ma’lumotlariga sezgir bo’ladilar. Biror bir tovushlarni noto’g’ri talaffuz qilinishi bolalarda kulguni chaqiradi.
Nutq insonning ongida paydo bo’lgan fikrning nutq tovushlariga til yordamida ko’chishidir. Nutq ta’sirli yoki ta’sirsiz, to’g’ri yoki noto’g’ri bo’lishi mumkin.
Nutq orqali kishi holatini tushunish – kishilar o’z nutqlarida o’zlarida kechayotgan jarayonni namoyon qiladilar. Shu holatni tushunishdir.
Monoton nutq bolani zeriktiradi, noaniq intonasiya esa yaxshi o’zaro yaqin suhbatning uyushtirilgandan baland ton bolalarda ishonchsizligini keltirib chiqaradi.
2. DIDAKTIKA HAQIDAGI BILIMLARNING ILG’OR TAJRIBALARNI O’RGANISHDAGI AHAMIYATI
Tanikli olimlardan Yu. K. Babanskiy, I. Ya. Lerner, M. N. Skatkin maktab ta’limi mazmunining umumiy didaktik mezonini ishlab chikdilar. Bu mezonlar quyidagilar:
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:
Материалы на данной страницы взяты из открытых источников либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.