Презентация по дисциплине: "Umumiy Pedagogika" на тему: "PEDAGOGIK FIKRLAR TARAQQIYOTIDA O’QITUVCHI MAHORATI MASALALARI"
Оценка 4.6

Презентация по дисциплине: "Umumiy Pedagogika" на тему: "PEDAGOGIK FIKRLAR TARAQQIYOTIDA O’QITUVCHI MAHORATI MASALALARI"

Оценка 4.6
Лекции +2
pptx
другое +1
29.11.2022
Презентация по дисциплине: "Umumiy Pedagogika" на тему: "PEDAGOGIK FIKRLAR TARAQQIYOTIDA O’QITUVCHI MAHORATI MASALALARI"
PEDAGOGIK FIKRLAR TARAQQIYOTIDA O’QITUVCHI MAHORATI MASALALARI.pptx

Prezentatsiya FAN: UMUMIY PEDAGOGIKA

Prezentatsiya FAN: UMUMIY PEDAGOGIKA

Prezentatsiya

FAN: UMUMIY PEDAGOGIKA

MAVZU: PEDAGOGIK FIKRLAR TARAQQIYOTIDA O’QITUVCHI MAHORATI MASALALARI

Tayyorladi: 310 guruh talabasi A.M.Umidullaev

PEDAGOGIK FIKRLAR TARAQQIYOTIDA

PEDAGOGIK FIKRLAR TARAQQIYOTIDA


3-mavzu:
PEDAGOGIK FIKRLAR TARAQQIYOTIDA O’QITUVCHI MAHORATI MASALALARI.

REJA: 1. Sharq mutafakkirlarining asarlarida o’qituvchi -murabbiy haqida

REJA: 1. Sharq mutafakkirlarining asarlarida o’qituvchi -murabbiy haqida

REJA:
1. Sharq mutafakkirlarining asarlarida o’qituvchi -murabbiy haqida.
2. O'qituvchining kasb-mahoratini tarbiyalashning mohiyati to'g'risida chet el olimlarining pedagogik qarashlari.
3. Hozirgi davrda o'qituvchilar kasb-mahoratini tarbiyalashning amaliyotdagi ahvoli.

O'qituvchi kasbining nozikligi, mas’uliyatliligi va murakkabligi hamda sharafli ekanligi to'g'risida mulohazalar, muallimning mahorati, ularga qo'yiladigan talablar, fazilatlariga oid qarashlar, munosabatga kirishish mahorati, muomala madaniyati

O'qituvchi kasbining nozikligi, mas’uliyatliligi va murakkabligi hamda sharafli ekanligi to'g'risida mulohazalar, muallimning mahorati, ularga qo'yiladigan talablar, fazilatlariga oid qarashlar, munosabatga kirishish mahorati, muomala madaniyati

O'qituvchi kasbining nozikligi, mas’uliyatliligi va murakkabligi hamda sharafli ekanligi to'g'risida mulohazalar, muallimning mahorati, ularga qo'yiladigan talablar, fazilatlariga oid qarashlar, munosabatga kirishish mahorati, muomala madaniyati Sharq mutafakkirlarining asarlarida o’z ifodasini topgan. Sharq ma’naviyati-madaniyati Uyg'onish davrida rivojlangan bo'lib, bu davrda yashab ijod etgan Abu Nasr Forobiy, Al-Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Abdurahmon Jomiy, Jaloliddin Davoniy, Alisher Navoiy va boshqa ko’plab mutafakkirlarning ijodlari pedagogik tafakkur taraqqiyotida yosh murabbiylarning ma'naviy-axloqiy kamolotida muhim manba bo'lib xizmat qiladi.

SHARQNING BUYUK ALLOMASI, QOMUSIY

SHARQNING BUYUK ALLOMASI, QOMUSIY

SHARQNING BUYUK ALLOMASI, QOMUSIY OLIMI FAROBIY (873-950) MUALLIMNING IJTIMOIY HAYOTDA TUTGAN O’RNI VAA UNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI TO'G'RISIDA IBRATLI G'OYALARNI ILGARI SURGAN.

“O'qituvchi, - deydi Forobiy, - aql-farosatga, chiroyli nutqqa ega bo'lishi va o'quvchilarga aytmoqchi bo'lgan fikrlarni to'la va aniq ifodalay olishni bilmog'i zarur. Shu bilan birga o’z or-nomusini qadrlashi, adolatli bo'lishi lozim. Ana shundagina u insoniylikning yuksak darajasiga ega bo'ladi va baxt cho'qqisiga erishadi», -deb ta’kidlaydi. Mutafakkir o’qituvchi shaxsiga xos qator fazilatlarga xolisona, odilona, oqilona sharh berish imkoniyatiga erishgan buyuk zotdir. Shuning uchun mazkur sharhlar, ilmiy ilovalar, teran fikrlar, ibratli mulohazalar ham o'z dolzarbligini yo'qotmagan.

Mazkur muammo yuzasidan mulohaza yuritgan atoqli

Mazkur muammo yuzasidan mulohaza yuritgan atoqli

Mazkur muammo yuzasidan mulohaza yuritgan atoqli Olim Abu Ali ibn Sino (980-1037)ning fikricha, “O’qituvchi matonatli, sof vijdonli, rostgo’y va bola tarbiyalash uslublarini, axloq qoidalarini yaxshi biladigan odam bo'lmog'i lozim. O'qituvchi o'quvchining butun ichki va tashqi dunyosini o'rganib, uning aql qatlamlariga kira olmog'i lozim”. Abu Ali ibn Sino mulohazasiga ko’ra tarbiyachi dastlab bolallarni yaxshi ko'rishi, hurmat qilishi, ular bilan xushmuomala bo'lishi shart. Agar bola ishni yaxshi bajarsa, uni o'z vaqtida rag'batlantirish, gohida maqtab qo'yish, aksincha esa, unga tanbeh berish kerak. Lekin, deydi Ibn Sino, “Tanbeh bolaning izzat-nafsiga tegadigan bo'lmasligi lozim, o'quvchiga murosasozlik qilish esa bolaning o'zboshimcha bo'lib qolishiga olib boradi”. Uning bolani tarbiyalash va o'qitish borasidagi ko'p fikrlari o'zining chuqur mazmuniga egaligi, insonparvarligi va teranligi bilan kishini hayratga qoldiradi.

Yusuf Xos Hojib (XI asr) — buyuk olim, zabardast dostonnavis, tadbirkor davlat arbobidir

Yusuf Xos Hojib (XI asr) — buyuk olim, zabardast dostonnavis, tadbirkor davlat arbobidir

Yusuf Xos Hojib (XI asr) — buyuk olim, zabardast dostonnavis, tadbirkor davlat arbobidir. Uning qarashlarida xalq bilan birga bo'lish, adolatparvarlik g'oyalari asosiy o'rin tutadi. Olimning fikricha, insonning ulug'ligi, aql-idroki, so'zlash qobiliyati, bilimi, uquvi va hunarga egaligidadir.
“O'quv qayda bo'lsa, ulug’lik bo’lur,
Bilik kimda bo'lsa, bedug'lu alur.
O'qishlug' o'qar-ul biliglig bilir,
Biligli, o'qigli tilikka tegir”.
Yusuf Xos Hojibning uqtirishicha, har bir kishi jamiyatga munosib bo'lib kamol topmog'i kerak. Farzandlar tarbiyasi nihoyatda erta boshlanmog'i shart. Shundagina ularning noo'rin xatti-harakatlariga berilishning oldi olinadi. Buning uchun maxsus tayyorlangan puxta zaminga bo'lgan, ezgu niyatli va pokiza murabbiy taklif etilishi kerak. Shundagina bolalarimiz to' g'ri tarbiya oladi.

Husayn Voiz Koshifiy (1440-1505) — notiqlik, adabiyotshunoslik, fiqh ilmi, ilmi nujum, tarix, hisob ilmi, o’ymakorlik va ganchkorlik va axloqqa doir asarlar yaratgan mutafakkirlardan biridir

Husayn Voiz Koshifiy (1440-1505) — notiqlik, adabiyotshunoslik, fiqh ilmi, ilmi nujum, tarix, hisob ilmi, o’ymakorlik va ganchkorlik va axloqqa doir asarlar yaratgan mutafakkirlardan biridir

Husayn Voiz Koshifiy (1440-1505) — notiqlik, adabiyotshunoslik, fiqh ilmi, ilmi nujum, tarix, hisob ilmi, o’ymakorlik va ganchkorlik va axloqqa doir asarlar yaratgan mutafakkirlardan biridir.

 Uning fikricha, “Murabbiy bolaga nasihat va ta'lim berishda lutf va odob qoidalarida qat'iy turishi, ularga rioya qilishi darkor. Jamoatchilik joylarida unga pand berish yaramaydi. Balki xilvat joyda bolaga gapirish darkor. Gar murabbiy nasihat berishning fursati kelganini bilsa unga muloyimli bilan murojaat qilish

Tarbiyachilik san'atida ustozni nihoyatda ulug'lab shunday yozadi:

Faromush qilmagilsan haqi ustod,
Ki oningdindurur ilmingga bunyod.
Agar ustodinga mehring yo'q o'Idi,
Degilkim ilmim mani mavq o' Idi.
Kishikim qildi ustodiga xizmat,
Zamoni o'tmadi tobti ul izzat.

Yetuk mutafakkir Abdurahmon Jomiy o’z asarlarida bola dunyoqarashining kamol topishida maktab vaa muallimning roliga katta baho beradi

Yetuk mutafakkir Abdurahmon Jomiy o’z asarlarida bola dunyoqarashining kamol topishida maktab vaa muallimning roliga katta baho beradi

Yetuk mutafakkir Abdurahmon Jomiy o’z asarlarida bola dunyoqarashining kamol topishida maktab vaa muallimning roliga katta baho beradi.

“Ustod, muallimsiz qolganda zamon,
Nodonlikdan qora bo’lurdi jahon,”

deb hitob qiladi u «LSKANDAR XIRODNOMASI» asarida.

O'qituvchi o'z shogirdlaridan doimo hech bo’lmaganda, bir necha bosh yuqori turishi kerak, aks holda bolalar oldida uning obro'si bo'lmaydi, chunki kutilmagan savollarga o'qituvchi javob berolmasdan…

O'qituvchi o'z shogirdlaridan doimo hech bo’lmaganda, bir necha bosh yuqori turishi kerak, aks holda bolalar oldida uning obro'si bo'lmaydi, chunki kutilmagan savollarga o'qituvchi javob berolmasdan…

O'qituvchi o'z shogirdlaridan doimo hech bo’lmaganda, bir necha bosh yuqori turishi kerak, aks holda bolalar oldida uning obro'si bo'lmaydi, chunki kutilmagan savollarga o'qituvchi javob berolmasdan qolishi mumkin. Holbuki, bola sezgir bo'ladi va juda tez fursatda o'qituvchining «Mulla»ligi oshkor bo'lib qoladi.
O'quvchilar oldida yo’qotilgan obro’ni tiklash juda qiyin, hatto ba'zi vaqtlarda mumkin ham emas.

Hozirgi sharoitda Jamiyatning maktab oldiga qo'yayotgan talablari kun sayin ortib bormoqda va bu talablarni amalda to'g'ri hal qilish vazifasi o’qituvchiga bog'liqdir

Hozirgi sharoitda Jamiyatning maktab oldiga qo'yayotgan talablari kun sayin ortib bormoqda va bu talablarni amalda to'g'ri hal qilish vazifasi o’qituvchiga bog'liqdir

Hozirgi sharoitda Jamiyatning maktab oldiga qo'yayotgan talablari kun sayin ortib bormoqda va bu talablarni amalda to'g'ri hal qilish vazifasi o’qituvchiga bog'liqdir. Zamonaviy maktablarda o’qituvchilar qator vazifalarni bajaradi. O'qituvchi - sinfdagi o'quv jarayoni tashkilotchisidir. Ayni paytda o’qituvchi o’z oldiga qo'yadigan asosiy talablar quyidagilardir:

shaxsni ma’naviy va ma’rifiy tomondan tarbiyalashning, milliy uyg'onish mafkurasining hamda umuminsoniy boyliklarning mohiyatini bilish;
bolalarni mustaqillik g’oyalariga sodiqlik ruhida tarbiyalashi, o’z Vatani tabiatiga va oilasiga muhabbati;
keng bilimga ega bo'lishi, turli bilimlardan xabardor bo'lishi;
yosh va pedagogik-psixologiya, pedagogika, psixologiya, yoshlar fiziologiyasi, maktab gigienasidan chuqur bilimlarga ega bo'lishi;
o'zi dars beradigan fan bo'yicha mustaqil bilimga ega bo'lib, o'z kasbi sohasi bo'yicha Jahon fanida erishilgan yąngi yutuqlar hamda kamchiliklardan xabardor bo'lishi;
ta'lim-tarbiya metodikasini egallashi;
o'z ishiga ijodiy yondashishi;
pedagogik texnika (mantiq, nutq ta'limining ifodali vositalari va pedagogik taktikaga ega bolishi shart.

Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
29.11.2022