Презентация по дисциплине: "Umumiy Pedagogika" на тему: "Pedagogik mahoratning asosiy tarkibiy qisimlari"
Оценка 4.6

Презентация по дисциплине: "Umumiy Pedagogika" на тему: "Pedagogik mahoratning asosiy tarkibiy qisimlari"

Оценка 4.6
Лекции +2
pptx
другое +1
29.11.2022
Презентация по дисциплине: "Umumiy Pedagogika" на тему: "Pedagogik mahoratning asosiy tarkibiy qisimlari"
PEDAGOGIK MAHORATNING ASOSIY TARKIBIY QISMLARI.pptx

Prezentatsiya FAN: UMUMIY PEDAGOGIKA

Prezentatsiya FAN: UMUMIY PEDAGOGIKA

Prezentatsiya

FAN: UMUMIY PEDAGOGIKA

MAVZU: PEDAGOGIK MAHORATNING ASOSIY TARKIBIY QISMLARI

Tayyorladi: 310 guruh talabasi A.M.Umidullaev

PEDAGOGIK MAHORATNING ASOSIY TARKIBIY

PEDAGOGIK MAHORATNING ASOSIY TARKIBIY

PEDAGOGIK MAHORATNING ASOSIY TARKIBIY QISMLARI

Reja: 1. Pedagogik mahoratning tarkibiy qismlari 2

Reja: 1. Pedagogik mahoratning tarkibiy qismlari 2


Reja:
 1. Pedagogik mahoratning tarkibiy qismlari 2. Pedagogik mahoratning asosi pedagogik bilimdonlikdir. 3. O‘qituvchining pedagogik madaniyati
4. Pedagogik faoliyatning tuzilishi va turlari.
5. Pedagogik qobiliyat va uning tuzilishi.
6. Pedagogik takt tushunchasi.
7. Taktikani tanlash va uni qo‘llash qoidalari.
8. Pedagogik texnika haqida ma’lumot.
9. Foydalanilgan adabiyotlar.

PEDAGOGIK MAHORATNING TARKIBIY

PEDAGOGIK MAHORATNING TARKIBIY

PEDAGOGIK MAHORATNING TARKIBIY QISMLARI
N.M.Egamberdiyevaning fikricha, pedagog shaxsining insonparvar yo‘nalganligi quyidagilarda yorqin namoyon bo‘ladi:

Ta’lim maqsadi, o‘quv-tarbiya jarayonining shaxsga yo‘naltirilganligi sifatidagi shaxsga yangicha qarash: 1) shaxs pedagogik jarayonning obyekti emas, subyekti sifatida aks etadi; 2) shaxs – qandaydir tashqi maqsadlarga erishish vositasi emas, ta’lim tizimi maqsadi; 3) har bir o‘quvchi qobiliyatli, ko‘plab o‘quvchilar iqtidorli; 4) shaxsning muhim sifatlari sifatida yuksak axloqiy qadriyatlar (yaxshilik, sevgi, mehnatsevarlik, vijdon, qadr-qimmat, fuqarolik va boshqalar) aks etadi.

PEDAGOGIK MAHORATNING ASOSI PEDAGOGIK

PEDAGOGIK MAHORATNING ASOSI PEDAGOGIK

2. PEDAGOGIK MAHORATNING ASOSI PEDAGOGIK BILIMDONLIKDIR
Pedagogik mahoratning asosi pedagogik bilimdonlikdir. Pedagogik bilimdonlik deganda konkret tarixiy davrda qabul qilingan me’yorlar (normalar), standartlar va talablarga muvofiq pedagogik vazifani bajarishga qobillik va tayyorlik bilan belgilanadigan integral kasbiy-shaxsiy tavsifnoma tushuniladi. Kasbiy-pedagogik bilimdonlik deganda esa, pedagogik voqelikni izchil idrok eta bilish va unda izchil harakat qila olish malakasini qamrab oladi. N.Azizxo‘jayeva takidlab o‘tganidek, bu xislat pedagogik jarayon mantig’ining yaxlitligicha va butun tuzilmasi bilan birgalikda ko‘ra olish, pedagogik tizimning rivojlanish qonuniyatlari va yo‘nalishlarini tushunish imkoniyatini ta’minlaydi, maqsadga muvofiq faoliyatni konstruktsiyalashni osonlashtiradi.
Pedagogik qobiliyatlar – ta’lim-tarbiyaviy maqsadlar va o‘quvchilarning individual-psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda zaruriy shakl, metod va vositalarni samarali qo‘llay olishdir.
Pedagogik qobiliyatlarni shartli ravishda uch katta guruhga bo‘lish mumkin: shaxsiy, didaktik va tashkiliy-kommunikativ qobiliyatlar.

O‘QITUVCHINING PEDAGOGIK MADANIYATI

O‘QITUVCHINING PEDAGOGIK MADANIYATI

3. O‘QITUVCHINING PEDAGOGIK MADANIYATI
Pedagogik madaniyatning mufassal tavsifi L.D.Stolyarenko tomonidan quyidagicha ochib berilgan: “Pedagogik madaniyat – bu umuminsoniy madaniyatning bir bo‘lagi bo‘lib, unda eng avvalo, avlodlar almashinuvi va shaxsning ijtimoiylashuvi kabi tarixiy jarayon uchun xizmat qilishda insoniyat uchun zarur bo‘lgan ma’naviy va moddiy qadriyatlar aks etgan”.

O‘qituvchining pedagogik madaniyati quyidagi kasbiy ahamiyatli shaxs sifatlarining mavjud bo‘lishini taqozo etadi:
1) shaxsga yo‘nalganlik: e’tiqod, ijtimoiy faollik, fuqarolik tuyg’usining mavjudligi;
2) kasbiy-axloqiy sifatlar: insonparvarlik, jamoaviylik, adolat, mehribonlik, haqiqatparvarlik, samimiylik, talabchanlik, bolalarga nisbatan mehr va hurmat, oliyjanoblilik, xolislik;
3) pedagogik mehnatga munosabat: vijdonlilik, javobgarlik tuyg’usi, fidokorlik, berilib ishlay olish va o‘z pedagogik faoliyatidan qoniqish hissi, uni hayotining mazmuniga aylantira olish;
4) qiziqishlar va ma’naviy ehtiyojlar: bilishga oid faollik, tafakkurning kengligi va teranligi, estetik madaniyat, qiziqishlarning va ma’naviy ehtiyojlarning ko‘pqirraliligi, yoqtirgan ijodiy ishning mavjud bo‘lishi, tashqi ko‘rinish va nutq madaniyati.

PEDAGOGIK FAOLIYATNING TUZILISHI

PEDAGOGIK FAOLIYATNING TUZILISHI

4. PEDAGOGIK FAOLIYATNING TUZILISHI VA TURLARI.
Pedagogik faoliyat yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash uchun jamiyat oldida, davlat oldida javob beradigan, ta’lim-tarbiya beri­shda maxsus tayyorlangan o‘qituvchilar mehnati faoliyatidir.

N.V.Kuzmina pedagogik faoliyatning o‘zaro bir-biri bilan aloqador quyidagi uch tarkibiy qismini ajratib ko‘rsatadi: konstruktiv, tashkilotchilikka doir va kommunikativ.
Konstruktiv faoliyat mazmunli (o‘quv materialini tanlash va tizimlashtirish, pedagogik jarayonni rejalashtirish va tashkil etish), konstruktiv operativ (o‘zining va o‘quvchilarning harakatlarini rejalashtirish); konstruktiv-moddiy (pedagogik jarayonning o‘quv-moddiy bazasini loyihalash) jihatlarni o‘zida aks ettiradi. Tashkilotchilik faoliyati – o‘quvchilarni faoliyatning xilma-xil turlariga jalb etish.
Kommunikativ faoliyat – pedagogning ta’lim oluvchilar, o‘qituvchilar jamoasi, jamoatchilik, mahalla va ota-onalar bilan munosabatini yo‘lga qo‘yish.

PEDAGOGIK FAOLIYATNING O‘ZIGA XOSLIGI

PEDAGOGIK FAOLIYATNING O‘ZIGA XOSLIGI

PEDAGOGIK FAOLIYATNING O‘ZIGA XOSLIGI QUYIDAGILARDA NAMOYON BO‘LADI.
Inson tabiatning jonsiz moddasi emas, balki o‘zining alohida xususiyatlari, ro‘y berayotgan voqealarni idrok qilishi va ularga o‘zicha baho beradigan, takrorlanmaydigan faol mavjudotdir. Psixologiyada ta’kidlanganidek, har bir shaxs takrorlanmasdir. U pedagogik jarayonning o‘z maqsadi, ishtiyoqi va shaxsiy xulqqa ega bo‘lgan ishtirokchisi hamdir.

Pedagog doimo o‘sib-o‘zgarib boradigan inson bilan ishlaydi. Ularga yondashishda bir xil qolip, shakllanib qolgan xatti-harakatlardan foydalanish mumkin emas. Bu esa pedagogdan doimo ijodiy izlanib turishni talab qiladi.

O‘quvchilarga pedagogdan tashqari, atrof-muhit, ota-ona, boshqa fan o‘qituvchilari, ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy hayot ham ta’sir etadi. Shuning uchun ham pedagog mehnati bir vaqtning o‘zida jamiki ta’sirlarga va o‘quvchilarning o‘zida paydo bo‘lgan fikrlarga tuzatishlar kiritib borishni nazarda tutadi.

PEDAGOGIK QOBILIYAT VA UNING TUZILISHI

PEDAGOGIK QOBILIYAT VA UNING TUZILISHI

5.PEDAGOGIK QOBILIYAT VA UNING TUZILISHI.

Pedagogik qobiliyat – bu qobiliyat turlaridan biri bo‘lib, kishining pedagogik faoliyatga yaroqliligini va shu faoliyat bilan muvaffaqiyatli shug`ullana olishini aniqlab beradi.

Pedagogik psixologiyada o‘qituvchilik faoliyatida pedagogik qobiliyatlarning tutgan o‘rnini ilmiy izohlab berishga oid samarali tadqiqotlar olib borilgan.

Yirik psixolog S.L.Rubinshteyn ta’kidlab o‘tganidek, pedagogik jarayon o‘qituvchi-tarbiyachining faoliyati tariqasida rivojlanuvchi bola shaxsini shakllantiradi, bu esa pedagogning o‘quvchi faoliyatiga naqadar rahbarlik qilishiga yoki aksincha, unga ehtiyoj sezmasligiga bog`liq. Bola shaxsining rivojlanishida o‘qituvchining roli benihoya muhimdir, chunki u ta’lim va tarbiya jarayonining tashkilotchisi vazifasini bajaradi. Shu bois, hozirgi sharoitda o‘qituvchining tashkilotchilik qobiliyatiga nisbatan yuksak talab qo‘yiladi, shuning uchun ijtimoiy-tarixiy tajribalarning boyligi ehtiyojlar ko‘lamining ortishiga bevosita bog`liq.

Yirik olim F.N.GONOBOLIN pedagogik qobiliyatlarni quyidagi turlarga ajratishni taklif etadi: didaktik qobiliyatlar; akademik qobiliyatlar; pertseptiv qobiliyatlar; nutq qobiliyatlari; tashkilotchilik qobiliyati; avtoritar qobiliyatlar; kommunikativ qobiliyatlar; pedagogik…

Yirik olim F.N.GONOBOLIN pedagogik qobiliyatlarni quyidagi turlarga ajratishni taklif etadi: didaktik qobiliyatlar; akademik qobiliyatlar; pertseptiv qobiliyatlar; nutq qobiliyatlari; tashkilotchilik qobiliyati; avtoritar qobiliyatlar; kommunikativ qobiliyatlar; pedagogik…

Yirik olim F.N.GONOBOLIN pedagogik qobiliyatlarni quyidagi turlarga ajratishni taklif etadi:
didaktik qobiliyatlar;
akademik qobiliyatlar;
pertseptiv qobiliyatlar;
nutq qobiliyatlari;
tashkilotchilik qobiliyati;
avtoritar qobiliyatlar;
kommunikativ qobiliyatlar;
pedagogik xayolot;
diqqatni taqsimlay olish qobiliyati

PEDAGOG OLIM I.P.PODLASIY PEDAGOGIK

PEDAGOG OLIM I.P.PODLASIY PEDAGOGIK

PEDAGOG OLIM I.P.PODLASIY PEDAGOGIK QOBILIYATNING TUZILISHINI QUYIDAGI TARZDA ANIQLASHTIRGAN:
 
tashkilotchilik – ta’lim oluvchilarni jipslashtirish, ularning faoliyatini rejalashtirish, jamoaviy ishga jalb etish, yakunlarini chiqarish;
diagnostik –o‘quv materialini tanlay olish, o‘quv materialini tushunarli, aniq, obrazli, ishonchli va tizimli bayon eta olish; o‘quvchilarning bilishga qiziqishlari va intellektini rivojlantirishni rag’batlash, o‘quv-biluv faolligini oshirish hamda tanqidiy fikrlashni rivojlantirish va ijodkorlikka qobiliyatlilik;
pertseptiv – ta’lim oluvchilarning ichki olamiga ta’sir ko‘rsatish; ularning emotsional holatini xolis baholash, psixikasidagi o‘ziga xosliklarni aniqlay olish ko‘nikmasi;
kommunikativ – ta’lim oluvchilar va jamoa bilan pedagogik maqsadga qaratilgan munosabatni o‘rnata olish ko‘nikmasi;
suggestiv (suggestiya - ishontirish) – o‘quvchilarga emotsional ta’sir ko‘rsatish;
tadqiqotchilikka doir – pedagogik jarayon va vaziyatlarni anglash hamda obyektiv baholay olish ko‘nikmasi;
ilmiy-bilishga doir – tanlangan ixtisoslikka doir belgilangan hajmdagi ilmiy bilimlarni egallay olish qobiliyati;
gnostik – obyekt, jarayonni va o‘z faoliyati natijalarini tadqiq etish hamda olingan natijalar asosida uni korrektsiyalay olish qobiliyati.

PEDAGOGIK TAKT TUSHUNCHASI. Pedagogik takt – o‘qituvchi kasbiy mahoratining asosi bo‘lib, o‘quv­chilarga barcha demokratik talablar asosida pedagogik ta’sir o‘tkazish, muloqotni insonparvarlik tuyg’ulari asosida o‘rnatish o‘lchovi,…

PEDAGOGIK TAKT TUSHUNCHASI. Pedagogik takt – o‘qituvchi kasbiy mahoratining asosi bo‘lib, o‘quv­chilarga barcha demokratik talablar asosida pedagogik ta’sir o‘tkazish, muloqotni insonparvarlik tuyg’ulari asosida o‘rnatish o‘lchovi,…

6. PEDAGOGIK TAKT TUSHUNCHASI.
 
Pedagogik takt – o‘qituvchi kasbiy mahoratining asosi bo‘lib, o‘quv­chilarga barcha demokratik talablar asosida pedagogik ta’sir o‘tkazish, muloqotni insonparvarlik tuyg’ulari asosida o‘rnatish o‘lchovi, o‘quv­chilarda mustaqil fikr yuritishni hamda ongli intizomni tarkib toptirish ko‘nikmalarini hosil qilish shaklidir. Pedagogikada o‘qi­tuvchining o‘quv­chilar bilan munosabati ularning yosh xususiyatlariga qarab belgi­lanishi va bu qonuniyatga amal qilinishi qat’iy talab qilinadi. Shunday ekan, o‘qituvchi ta’lim–tarbiya jarayonida hali to‘liq shakllanmagan, ta’s­irlarga va ruhiy kechinmalarga tez beriluvchi, ota–onasining sevimli farzandi bo‘lgan murg’ak qalb egalari bilan muloqot qilayotganligini aslo unutmasligi kerak.

TAKTIKANI TANLASH VA UNI QO‘LLASH

TAKTIKANI TANLASH VA UNI QO‘LLASH

7. TAKTIKANI TANLASH VA UNI QO‘LLASH QOIDALARI.
  Taktika tanlash turli vaziyatlarda xilma-xil rollarni bajarish bilan bog’liq. Bu haqida ma’lumotni psixoterapevt A.B.Dobrovich kitoblaridan olish mumkin. Bu to‘rtta pozitsiya bo‘lib, ular quyidagicha: “yuqoridan pastga”, “pastdan yuqoriga”, “yonma-yon” va “aralashmaslik” pozitsiyasi.

“Yuqoridan pastga” pozitsiyasida o‘qituvchi mustaqil hal etishni namoyish etadi, mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladi. Bu pozitsiya “ota-ona” pozitsiyasi.
“Pastdan yuqoriga” pozitsiyasi tobelik, shaxsning o‘ziga ishonmasligi. A.B.Dobrovich so‘zi bilan aytganda, bu “ta’lim oluvchi” pozitsiyasi.
“Yonma-yon” pozitsiyasida farosatlilik va vazminlik, vaziyatga qarab ish tutish, boshqalarning ham manfaatini o‘ylash, o‘zi va ular o‘rtasida mas’uliyatni to‘g’ri taqsimlash ifoda etiladi. Bu “katta odam” pozitsiyasi.
«Aralashmaslik» pozitsiyasi – aralashmaslik, faollikni namoyon etmaslik.
Har bir pozitsiyaning qo‘llanishi vaziyat talabiga mos tanlanadi.

PEDAGOGIK TEXNIKA HAQIDA MA’LUMOT

PEDAGOGIK TEXNIKA HAQIDA MA’LUMOT

8. PEDAGOGIK TEXNIKA HAQIDA MA’LUMOT.

Pedagogik texnika – o‘qituvchining nafaqat ta’lim–tarbiya jarayo­nida, balki butun kasbiy faoliyatida zarur bo‘lgan umumiy pedagogik bilim va malakalari majmuidir. Pedagogik texnikaning muhim jihatlari – bu avvalo o‘qituvchining mahoratini belgilovchi kasbiy ko‘nikmalari hisoblanadi, ya’ni uning savodli va ifodali so‘zlay olishi, o‘z fikr-mulo­hazasini va bilimini tushunarli tilda ta’sirchan bayon qilishi, his-tuy­g’u­sini jilovlay olishi, o‘zining shaxsiy xususiyatlariga xos mimik va panto­mimik qobiliyatlarga ega bo‘lishi, aniq imo-ishora, ma’noli qarash, rag’batlantiruvchi yoki istehzoli tabassum, so‘zning cheksiz qudrati orqa­li o‘quvchilar ongiga va tafakkuriga ta’sir o‘tkazishi, hozirjavoblik, psixologik bilimlarga ega bo‘lishi kabilardir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI.
1. O‘zbekiston Respublikasining "Ta’lim to‘g‘risida"gi qonuni / Barkamol avlod - O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori.-T.: "Sharq" nashriyot-matbaa kontserni, 1998.
2.O‘zbekiston Respublikasining "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida"gi qonuni / Barkamol avlod - O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori.-T.: "Sharq" nashriyot-matbaa kontserni, 1998.
3. Pedagogika. Toxtaxodjaeva M.X. va boshqalar. – Toshkent, O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2010.
4. Pedagogika nazariyasi va tarixi. R.Mavlonova va boshqalar. –Toshkent, fan va texnologiya. 2010.
5. Pedagogika. X.Ibragimov, Sh.Abdullaeva. –Toshkent, 2007.
6. Karimov I.A. Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. – Toshkent, Sharq nashriyot-matbaa kontserni, 1997.
7. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va varovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz.-T.: O‘zbekiston, 2017.
8. Pedagogika nazariyasi va amaliyoti. B.X.Xodjaev.-Toshkent, “Sano-standart” nashriyoti, 2017.
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar Ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni. 2018 yil 6.2. Qo‘shimcha adabiyotlar:
1.J. Ma’naviyat yulduzlari (Markaziy Osiyolik mashhur siymolar, allomalar, adiblar). - T.: A.Qodiriy nomidagi Xalq merosi nashriyoti, 1999.
2. Ismoilova Z. Pedagogikadan amaliy mashg‘ulotlar. – T.: Fan, 2001.
3.Piskunov A.I., Istoriya pedagogiki i obrazovaniya. M.: TS«Sfera», 2001.
4.Bolalarni tarbiyalash va sog‘lomlashtirish ishlarida pedagogik texnologiya.-Toshkent. 2002.
5.Pedagogikadan amaliy mashqlar va masalalar /O‘quv qo‘llanma. O‘. Asqarova. –Toshkent, Istiqlol, 2005.
6.Xasanboev J, To‘rakulov X., Xaydarov M., Hasanboeva O. Pedagogika fanidan izohli lug‘at. – T.: Fan va texnologiya, 2008.
7.Djuraev R. va boshq. Pedagogik atamalar lug‘ati. –Toshkent, Fan, 2008.
8. Boshqalardan farqli bola: parvarishlash va rivojlantirish. Shubina A.B. Toshkent. 2009.
9.Niyozov G‘., Axmedova M. Pedagogika tarixidan seminar mashg‘ulotlari. – T.: NOSHIR, 2011.
10.Kaldibekova A.S. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyotidan laboratoriya mashg‘ulotlari. – T.: “Fan va texnologiya” nashriyoti, 2013.
www.tdpu.uz;www. pedagog.uz www.ziyonet.uz
 www.edu.uz; www.istedod.uz.

Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
29.11.2022