QISHKI OLIMPIYA O‘YINLARI
Оценка 4.6

QISHKI OLIMPIYA O‘YINLARI

Оценка 4.6
doc
18.09.2022
QISHKI OLIMPIYA O‘YINLARI
Ma'ruza 15 OBA.doc

Mavzu 15. QISHKI OLIMPIYA O‘YINLARI

 

Qishki Olimpiya o‘yinlari – qishki sport turlari bo‘yicha har 4 yilda bir marta XOQ rahbarligida o‘tkaziladigan kompleks musobaqalardir. I Qishki Olimpiya o‘yinlari 1924 yilda Xalqaro sport haftaligi sifatida tashkil qilingan. Sport haftaligi yuqori saviyada tashkil qilingan. Qishki O‘yinlarni o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror XOQning 1925 yilda Praga shahrida bo‘lib o‘tgan sessiyasida qabul qilingan. 1992 yilga qadar qishki va yozgi Olimpiya o‘yinlari bir yilda o‘tkazilgan, 1994 yilda ularning oralig‘i 2 yilni tashkil etishi to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

 

1924 – 2014 yillarda o‘tkazilgan Qishki Olimpiya o‘yinlari

 

Yil

O‘tkazilgan joyi

Mamla

kat

Sport-chi

1-o‘rin  (davlat)

I

1924

Shamoni, Frantsiya

16

293

Norvegiya

II

1928

Sankt-Morits, Shveytsariya

25

464

Norvegiya

III

1932

Leyk-Plesid, AQSH

17

252

AQSH

IV

1936

Garmish-Partenkirxen,Germaniya

28

646

Norvegiya

V

1948

Sankt-Morits, Shveytsariya

28

669

Shvetsiya

VI

1952

Oslo, Norvegiya

30

694

Norvegiya

VII

1956

Kortina-d’Ampettso, Italiya

32

821

SSSR

VIII

1960

Skvo-Velli, AQSH

30

665

SSSR

IX

1964

Insbruk, Avstriya

36

1091

SSSR

X

1968

Grenobl, Frantsiya

37

1158

Norvegiya

XI

1972

Sapporo, Yaponiya

35

1006

SSSR

XII

1976

Insbruk, Avstriya

37

1123

SSSR

XIII

1980

Leyk-Plesid, AQSH

37

1072

SSSR

XIV

1984

Sarayevo, Yugoslaviya

49

1274

GDR

XV

1988

Kalgari, Kanada

57

1634

SSSR

XVI

1992

Albervil, Frantsiya

64

1801

Germaniya

XVII

1994

Lillexammer, Norvegiya

67

1923

Rossiya

XVIII

1998

Nagano, Yaponiya

72

2176

Germaniya

XIX

2002

Solt-Leyk-Siti, AQSH

77

2399

Germaniya

XX

2006

Turin, Italiya

84

2573

Germaniya

XXI

2010

Vankuver, Kanada

82

2574

Kanada

XXII

2014

Sochi, Rossiya

88

2800

Rossiya

 

I qishgi Olimpiya o‘yinlari 1924 yil 25 yanvar – 4 fevral kunlari Shamoni shahrida (Frantsiya) bo‘lib o`tgan. O‘yinlarda 16 ta davlatdan 293 nafar (11 ayol) sportchi ishtirok etgan. Dastlab bu musobaqalar “VIII yozgi Olimpiya o‘yinlariga bag‘ishlangan Xalqaro sport haftaligi” sifatida tashkil qilingan. Musobaqalar yuqori saviyada tashkil etilganlagi va katta qiziqish uyg‘otganligi sababli  XOQ qarori bilan  I qishgi Olimpiya o‘yinlari, deb hisoblangan. Dasturga bobsley, chang`i sporti, tramplindan sakrash, konkida tez yugurish, xokkey, konkida figurali uchish kiritilgan. Ayollar uchun faqat konkida figurali uchish musobaqalari o‘tkazilgan. Kyorling va harbiylar o‘rtasida chang‘i sporti bo‘yicha ko‘gazmali musobaqalar tashkil qilingan.

Norvegiya va Finlyandiya sportchilari chang`i sporti turlarida eng yuqori natijalarga erishgan edi. Norvegiya sportchisi Turleyf Xaut 3 ta oltin va 1 ta bronza medallarga sazovor bo‘lgan. Finlyandiya sportchi Klas Tunberg chang`i sportining 1500m va 5000m masofalarida hamda ko‘pkurashda birinchi orinlarni egallagan.

 

I qishki Olimpiya o‘yinlarining medallar jadvali

O‘rin

Davlat

oltin

kumush

bronza

Jami

1

Norvegiya

4

7

7

18

2

Finlyandiya

4

3

3

10

3

AQSH

1

2

0

3

4

Avstriya

2

1

0

3

 

II qishki Olimpiya o‘yinlari 1928 yil 11-19 fevral kunlari Sent-Morits shahrida (Shveytsariya) o‘tkazilgan. O‘yinlarda 25 ta davlatdan 464 nafar (26 nafar ayol) sportchi ishtirok etgan. Dasturga bobsley, chang`i sporti, tramplindan sakrash, konkida tez yugurish, xokkey, skeleton, konkida figurali uchish kiritilgan. Harbiylar o‘rtasida chang‘i sporti bo‘yicha ko‘gazmali musobaqalar o‘tkazilgan.

 

II qishki Olimpiya o‘yinlarining medallar jadvali

O‘rin

Davlat

oltin

kumush

bronza

Jami

1

Norvegiya

6

4

5

15

2

AQSH

2

2

2

6

3

Shvetsiya

2

2

1

5

4

Finlyandiya

2

1

1

4

 

III qishgi Olimpiya o‘yinlari 1932 yil 4-15 fevral kunlari Leyk-Plesid shahrida (AQSH) o`tkazilgan. Olimpiya o‘yinlarini Nyu-York shtatining gubernatori Franklin Delano Ruzvelt rasmiy ochib bergan. O‘yinlarda 17 ta davlatdan 464 nafar (21 nafar ayol) sportchi ishtirok etgan. Qishgi Olimpiya o‘yinlari birinchi marta Shimoliy Amerikada tashkil qilingan. Leyk-Plesidga yo‘l haqqi narxining qimmatligi sababli davlatlar ishtiroki va sportchilar soni oldingi o‘yinlarga nisbatan keskin qisqargan. Qishgi sport turlari rivojlangan mamlakatlar qatoridan joy olgan Shvetsiya – 12 nafar sportchi, Finlyandiya – 7 nafar sportchidan iborat delegatsiyalari qatnashgan. AQSH va Kanada sportchilari o‘yin ishtirokchilarining 50 foizini (150 nafar) tashkil etgan.

 

III qishki Olimpiya o‘yinlarining medallar jadvali

O‘rin

Davlat

oltin

kumush

bronza

Jami

1

AQSH

6

4

2

12

2

Norvegiya

3

4

3

10

3

Kanada

1

1

5

7

4

Shvetsiya

1

2

0

3

 

Musobaqalarda AQSH sportchilari konkida tez yugurish bo‘yicha eng ko‘p medallarga sazovor bo‘lgan, chang‘i sporti bo‘yicha esa Norvegiya  sportchilari eng yuqori natijalarni ko‘rsatgan. Avstriya sportchilari konkida figurali uchish, Kanada jamoasi shaybali xokkey bo‘yicha olimpiya chempioni bo‘lganlar.

IV qishki Olimpiya o‘yinlari 1936 yil 6-16 fevral kunlari Garmish-Partenkirxen shahrida (Germaniya) bo‘lib o‘tgan. O‘yinlarda 28 ta davlatdan 646 nafar (80 nafar ayol) sportchi ishtirok etgan. Birinchi marta qishki Olimpiya o`yinlarida Avstraliya, Bolgariya, Gretsiya, Ispaniya, Lixtenshteyn va Turkiya sportchilari qatnashgan. Jahonning progressiv sport jamoatchiligi Olimpiya o`yinlari fashistik davlatda o‘tkazilishiga qarshi bo‘lgan. Lekin XOQ o‘z qarorini o‘zgartirmagan. Olimpiya o‘yinlarini Germaniya kansleri Adolf Gitler rasman ochib bergan.

Dastlabki qishki olimpiada musobaqalarida asosan Skandinaviya mamlakatlari, ayniqsa Norvegiya sportchilari katta muvaffaqiyatlarga erishgan. 1932 va 1936 yillardagi o‘yinlarda g`alaba qozongan novregiyalik figurachi Soniya Xeni olimpiya chempioni bo‘lgan. Shveysariya sportchilari bobsley, Germaniya sportchilari chang‘i sporti bo‘yicha eng yaxshi natijalarga erishgan.

 

IV qishki Olimpiya o‘yinlarining medallar jadvali

O‘rin

Davlat

oltin

kumush

bronza

Jami

1

Norvegiya

7

5

3

15

2

Shvetsiya

2

2

3

7

3

Germaniya

3

3

0

6

4

Finlyandiya

1

2

3

6

 

V qishgi Olimpiya o‘yinlari 1948 yil 30 yanvar – 8 fevral kunlari Sankt-Morits shahrida (Shveytsariya) bo‘lib o‘tgan. O‘yinlarda 28 ta davlatdan 669 nafar (77 nafar ayol) sportchi ishtirok etgan. Bu Olimpiya o‘yinlarida birinchi marta Daniya, Islandiya, Livan, Chili, Janubiy Koreya sportchilari qatnashgan. Olimpiya o‘yinlarini Shveysariya prezidenti Enriko Selio rasman ochib bergan. Sport musobaqalarida Ikkinchi jahon urushida qatnashmagan davlatlarning terma jamoalari yaxshi natijalarga ega bo‘lgan. Shvetsiya sportchilari chang‘i sporti va konkida tez yugurish, Shveysariya - bobsley va tog‘ chang‘isi sporti, AQSH sportchilari konkida figurali uchish bo‘yicha eng yaxshi natijalar ko‘rsatgan.

 

V qishki Olimpiya o‘yinlarining medallar jadvali

O‘rin

Davlat

oltin

kumush

bronza

Jami

1

Shvetsiya

4

3

3

10

2

Norvegiya

4

3

3

10

3

Shveytsariya

3

4

3

10

4

AQSH

3

4

2

9

 

VI qishgi Olimpiya o‘yinlari 1952 yil 14 – 25 fevral kunlari Oslo shahrida (Norvegiya) bo‘lib o‘tgan. O‘yinlarda 30 ta davlatdan 694 nafar (109 nafar ayol) sportchi ishtirok etgan. Bu Olimpiya o‘yinlarida ilk bor Yangi Zelandiya, Portugaliya va GFR sportchilari tashrif buyurgan. Olimpiya dasturiga to‘pli xokkey bo‘yicha ko‘rgazma uchrashuvlari o‘tkazilgan. Sport musobaqalarida eng ko‘p medallarni Norvegiya sportchilari olgan.

 

VI qishki Olimpiya o‘yinlarining medallar jadvali

O‘rin

Davlat

oltin

kumush

bronza

Jami

1

Norvegiya

7

3

6

16

2

AQSH

4

6

1

11

3

Finlyandiya

3

4

2

9

4

Avstriya

2

4

2

8

 

VII qishgi Olimpiya o‘yinlari 1956 yil 26 yanvar – 5 fevral kunlari Italiyaning Kortina-d’Ampettso shahrida o‘tkazilgan. O‘yinlarda 32 ta davlatdan 821 nafar (134 nafar ayol) sportchi ishtirok etgan. Bu Olimpiya o‘yinlarida ilk bor sobiq SSSR, Boliviya va Eron terma jamoalari ishtirok etgan. 1956-1964 yillarda GDR va GFR sportchilari Birlashgan Germaniya jamoasi sifatida qatnashgan edi.

 

VII qishki Olimpiya o‘yinlarining medallar jadvali

O‘rin

Davlat

oltin

kumush

bronza

Jami

1

SSSR

7

3

6

16

2

Avstriya

4

3

4

11

3

Shvetsiya

2

4

4

10

4

Finlyandiya

3

3

1

7

 

VIII qishgi Olimpiya o‘yinlari 1960 yil 18-28 fevral kunlari Skvo-Velli shahrida (AQSH) bo‘lib o‘tgan. O‘yinlarda 31 ta davlatdan 665 nafar (144 nafar ayol) sportchi ishtirok etgan. Olimpiya o‘yinlarini AQSH vitse-prezidenti  Richard Nikson rasman ochib bergan.

 

VIII qishki Olimpiya o‘yinlarining medallar jadvali

O‘rin

Davlat

oltin

kumush

bronza

Jami

1

SSSR

7

5

9

21

2

AQSH

3

4

3

10

3

Germaniya

4

3

1

8

4

Finlyandiya

2

3

3

8

 

IX qishgi Olimpiya o‘yinlari 1964 yil 29 yanvar – 9 fevral kunlari Insbruk shahrida (Avstriya) bo‘lib o‘tgan. O‘yinlarda 37 ta davlatdan 1091 nafar (199 nafar ayol) sportchi qatnashgan. Bu Olimpiya o‘yinlarida ilk bor Hindiston va Mongoliya  terma jamoalari ishtirok etgan. Olimpiya o‘yinlarini Avstriya prezidenti Adolf Shyurf rasman ochib bergan.

 

IX qishki Olimpiya o‘yinlarining medallar jadvali

O‘rin

Davlat

oltin

kumush

bronza

Jami

1

SSSR

11

8

6

25

2

Norvegiya

3

6

6

15

3

Avstriya

4

5

3

12

4

Finlyandiya

3

4

3

10

 

X qishki Olimpiya o‘yinlari 1968 yil 6 -18 fevral kunlari Grenobl shahrida (Fransiya) o‘tkazilgan. O‘yinlarda 37 ta davlatdan 1158 nafar (211 nafar ayol) sportchi ishtirok etgan. Bu Olimpiya o‘yinlaridan boshlab GDR va GFR sportchilari alohida jamoalar bo‘lib qatnashgan, Marokash terma jamoasi ilk bor ishtirok etgan. Olimpiya o‘yinlarini Fransiya prezidenti Sharl de Goll rasman ochib bergan.

X qishki Olimpiya o‘yinlarining medallar jadvali

O‘rin

Davlat

oltin

kumush

bronza

Jami

1

Norvegiya

6

6

2

14

2

SSSR

5

5

3

13

3

Avstriya

3

4

4

11

4

Frantsiya

4

3

2

9

 

XI qishgi Olimpiya o‘yinlari 1972 yil 3 – 13 fevral kunlari Sapporo shahrida (Yaponiya) bo‘lib o‘tgan. O‘yinlarda 35 ta davlatdan 1006 nafar (206 nafar ayol) sportchi ishtirok etgan. Qishgi Olimpiya o‘yinlari ilk bor Osiyo qit’asida o‘tkazilgan. Bu Olimpiya o‘yinlarida Filippin sportchilari birinchi marta ishtirok etganlar. Olimpiya o‘yinlarini Yaponiya imperatori Xiroxito rasman ochib bergan.

 

XI qishki Olimpiya o‘yinlarining medallar jadvali

O‘rin

Davlat

oltin

kumush

bronza

Jami

1

SSSR

8

5

3

16

2

GDR

4

3

7

14

3

Norvegiya

2

5

5

12

4

Shveytsariya

4

3

3

10

 

XII qishgi Olimpiya o‘yinlari 1976 yil 4-15 fevral knlari Insbruk shahrida (Avstriya) o‘tkazilgan. O‘yinlarda 37 ta davlatdan 1123 nafar (231 nafar ayol) sportchi ishtirok etgan. XOQ ikkinchi marta Incbruk shahrini tanlagan va bu safar ham olimpiya musobaqalari yuqori darajada tashkil etilgan edi. Bu Olimpiya o‘yinlarida Andorra va San-Marino sportchilari birinchi marta ishtirok etganlar. Olimpiya o‘yinlarini Avstriya prezidenti Rudolf Kirxshlayger rasmiy ochib bergan.

 

XII qishki Olimpiya o‘yinlarining medallar jadvali

O‘rin

Davlat

oltin

kumush

bronza

Jami

1

SSSR

13

6

8

27

2

GDR

7

5

7

19

3

AQSH

3

3

4

10

4

GFR

2

5

3

10

 

XIII qishgi Olimpiya o‘yinlari 1980 yil 13-24 fevral kunlari Leyk-Plesid shahrida (AQSH) bo‘lib o‘tgan. O‘yinlarda 37 ta davlatdan 1072 nafar sportchi qatnashgan. Qishgi Olimpiya o‘yinlarini o‘tkazish uchun Leyk-Plesid shahri ikkinchi marta tanlangan. Bu Olimpiya o‘yinlarida Kipr, Xitoy va Kosta-Rika sportchilari birinchi marta ishtirok etganlar. Olimpiya o‘yinlarini AQSH vitse-prezidenti Uolter Mondeyl rasman ochib bergan.

 

XIII qishki Olimpiya o‘yinlarining medallar jadvali

O‘rin

Davlat

oltin

kumush

bronza

Jami

1

SSSR

10

6

6

22

2

GDR

9

7

7

23

3

AQSH

6

4

2

12

4

Norvegiya

1

3

6

10

 

XIV qishgi Olimpiya o‘yinlari 1984 yil 8-19 fevral kunlari Sarayevo shahrida (Yugoslaviya) bo‘lib o‘tgan. O‘yinlarda 49 ta davlatdan 1272 nafar (ulardan 274 nafar ayol) sportchi qatnashgan. Olimpiya o‘yinlarini Yugoslaviya prezidenti Mika Spilyak rasman ochib bergan.

Finlyandiya sportchisi Mar’ya Liisa Xyamyalyaynen chang‘i poygasi va estafeta bo‘yicha birinchi o‘rinlarni egallab, Olimpiada o‘yinlari qahramoniga aylangan. Shvetsiya sportchisi Gunde Svan 15, 30 va 50 km poyga musobaqalarida oltin medallarga sazovor bo‘lgan.

 

XIV qishki Olimpiya o‘yinlarining medallar jadvali

O‘rin

Davlat

oltin

kumush

bronza

Jami

1

SSSR

6

10

9

25

2

GDR

9

9

6

24

3

Finlyandiya

4

3

6

13

4

Norvegiya

3

2

4

9

 

XV qishgi Olimpiya o‘yinlari 1988 yil 13-28 fevral kunlari Kalgari shahrida (Kanada) bo‘lib o‘tgan. O‘yinlarda 57 ta davlatdan 1423 nafar (ulardan 301 nafar ayol) sportchi qatnashgan. Olimpiya o‘yinlarini Kanada general-gubernatori Jan Savve ochib bergan.

 

XV qishki Olimpiya o‘yinlarining medallar jadvali

O‘rin

Davlat

oltin

kumush

bronza

Jami

1

SSSR

11

9

9

29

2

GDR

9

10

6

25

3

Shveytsariya

5

5

5

15

4

Avstriya

3

5

2

10

 

XVI qishgi Olimpiya o‘yinlari 1992 yil 8-23 fevral kunlari Albervil shahrida (Frantsiya) o‘tkazilgan. O‘yinlarda 64 ta mamlakatdan 1801 nafar (ulardan 488 nafar ayol) sportchi qatnashgan. Olimpiya o‘yinlarini Fransiya prezidenti Fransua Mitteran rasman ochib bergan.

Bu Olimpiya o‘yinlarida Sloveniya, Xorvatiya, Braziliya, Irlandiya, Jazoir, Bermud orollari, Svazilend va Gonduras sportchilari birinchi marta ishtirok etganlar. Sobiq SSSR sportchilari MDH Birlashgan terma jamoasi sifatida qatnashgan. MDH Birlashgan terma jamoasi tarkibiga 129 nafar sporchi: 110 – Rossiya, 8 – Qozog‘iston, 7 – Ukraina, 4 – Belorussiya, 1 nafari O‘zbekiston vakillari bo‘lgan. Latviya, Litva va Estoniya ilk bor mustaqil davlat sifatida qatnashgan. Musobaqalar 12 ta sport turida 57 ta medallar jamlanmasi uchun o‘tkazilgan. O‘zbekiston sportchisi Lina Cheryazova fristayl bo‘yicha ko’rgazmali musobaqalarda ishtirok etib, fahrli 5-o‘rinni egallagan.

             

XVI qishki Olimpiya o‘yinlarining medallar jadvali

O‘rin

Davlat

oltin

kumush

bronza

Jami

1

Germaniya

10

10

6

26

2

MDH

9

6

8

23

3

Avstriya

6

7

8

21

4

Norvegiya

9

6

5

20

 

XVII qishgi Olimpiya o‘yinlari 1994 yil 12-27 fevral kunlari Lillexammer shahrida (Norvegiya) o‘tkazilgan. O‘yinlarida 68 ta mamlakatdan 1737 nafar (522 ayol) sportchi ishtirok etgan. Olimpiya o‘yinlarida sobiq Ittifoq respublikalari Belorussiya, Ukraina, Qozog‘iston va O‘zbekiston mustaqil davlatlar sifatida ilk bor tashrif buyurgan. Olimpiya o‘yinlari dasturida 12 sport turi bo‘lib, ular qatoriga fristayl, 500 m va 1000 m short-trek kiritilgan. Norvegiya xalq ertaklarining qahramonlari aka-singil “Xakon va Kristin” o‘yinlarning ramziy belgisi sifatida tanlangan.

O‘zbekiston terma jamoa tarkibi 7 nafar sportchidan iborat bo‘lib, ular Aliki Sergiadu, Dinara Nurbaeva, Muslim Sattarov, Yuris Razgulyaev – figurali uchish; Larisa Udodova, Dmitriy Brener va Lina Cheryazova – fristayl bo‘yicha musobaqalarda qatnashgan.

Mustaqil O‘zbekiston olimpiya harakati tarixida Lina Cheryazova olimpiya oltin medaliga sazovor bo‘lgan. XVII qishki Olimpiya o‘yinlarida umumjamoa hisobida O‘zbekiston terma jamoasi 68 ta mamlakat orasida 14-o‘rinni egallagan. Fristayl bo‘yicha 13 ta mamlakatdan kelgan 22 nafar sportchilar orasida L.Cheryazova birinchi o‘rinni egallagan.

 

XVII qishgi Olimpiya o‘yinlarining fristayl bo‘yicha g‘oliblari

O‘rin

Sportchining ismi-sharifi

Davlat

Ball

1

L.Cheryazova

O‘zbekiston

166,84

2

M.Lindgren

Shvetsiya

165,88

3

X.Lid

Norvegiya

164,13

4

M.Shmid

Shvetsiya

156,88

 

XVII qishki Olimpiya o‘yinlarining medallar jadvali

O‘rin

Davlat

oltin

kumush

bronza

Jami

1

Norvegiya

10

11

5

26

2

Germaniya

9

7

8

24

3

Rossiya

11

8

4

23

4

Italiya

7

5

8

20

5

AQSH

6

5

2

13

6

Kanada

3

6

4

13

7

Shveytsariya

3

4

2

9

8

Avstriya

2

3

4

9

9

Janubiy Koreya

4

1

1

6

10

Shvetsiya

2

1

0

3

11

Yaponiya

1

2

2

5

12

Qozog‘iston

1

2

0

3

13

Ukraina

1

0

1

2

14

O‘zbekiston

1

0

0

  1

 

XVIII qishgi Olimpiya o‘yinlari 1998 yil 7-22 fevral kunlari Nagano shahrida (Yaponiya) o‘tkazilgan. Olimpiya o‘yinlarida 72 ta mamlakatdan 2176 nafar (ulardan 787 nafar ayol) sportchi ishtirok etgan. Qishgi Olimpiya o‘yinlarida ilk bor Armaniston, Ozarbayjon, Gruziya, Qirg‘iziston, Moldova, Isroil, Keniya, JAR, Trinidad va Tobago, Venesuela, Urugvay, Makedoniya, Bosniya va Gertsegovina davlatlarining terma jamoalari qatnashgan. Olimpiya o‘yinlarini Yaponiya imperatori Akixito rasman ochib bergan.

O‘yinlarning dasturi 14 ta sport turidan iborat bo‘lib, dasturga kyorling, snoubording, slalom-gigant kiritilgan. Olimpiya o‘yinlarining ramziy belgisi sifatida «Sukki, Nokki, Lekki, Tsukki» - to‘rtta boyqushi (O‘yinlar har 4 yilda o‘tkazilishi ma’nosida) tanlangan edi.

Mazkur qishki Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoa tarkibi 13 nafar sportchidan iborat bo‘lib, ular 3 ta sport turlari bo‘yicha musobaqalarda qatnashgan. O‘zbekiston sportchilari yaxshi natijalarga erishib, Tat'yana Malinina figurali uchish bo‘yicha 30 nafar sportchilar orasida 8-o‘rinni, Lina Cheryazova fristayl bo‘yicha 24 nafar sportchidan 13-o‘rinni,  Komil Urunbayev 50 mamlakat sportchilari orasida 28-o‘rinni, Roman Skornyakov 24 ta mamlakatdan 29 nafar sportchi orasida figurali o‘chish bo‘yicha 19-o‘rinni egalladilar. Mamlakatimiz sportchilarining qishki Olimpiya o‘yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etishi O‘zbekiston sportining jahondagi mavqe’ini yanada mustahkamladi.

 

XVIII qishki Olimpiya o‘yinlarining medallar jadvali

O‘rin

Davlat

oltin

kumush

bronza

Jami

1

Germaniya

12

9

8

29

2

Norvegiya

10

10

5

25

3

Rossiya

9

6

3

18

4

Avstriya

3

5

9

17

 

XIX qishgi Olimpiya o‘yinlari 2002 yil 8-24 fevral kunlari  Solt-Leyk-Siti shahrida (AQSH) o‘tkazilgan. Olimpiya o‘yinlarida 77 ta mamlakatdan 2399 nafar (886 nafar ayol) sportchi qatnashgan. Olimpiya o‘yinlarida ilk bor Gonkong, Kamerun, Nepal, Tojikiston va Tailand terma jamoalari ishtirok etgan. Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimi 56500 tomoshabinga mo‘ljallangan “Rice Eccles Olympic Stadium” sport kompleksida namoyish etilgan. Olimpiya o‘yinlarini AQSH prezidenti Jorj Bush rasman ochib bergan. XOQ tomonidan Olimpiya o‘yinlari yuqori saviyada o‘tkazilganligi uchun Solt-Leyk-Siti Tashkiliy qo‘mita rahbari Oltin Olimpiya ordeni bilan taqdirlangan. Olimpiya o‘yinlari dasturida 15 sport turi bo‘lib, ularga bobsley (ayollar), skeleton, biatlon, 1500m short trek  kiritilgan. Sport musobaqalari 78 ta medallar jamlanmasi uchun o‘tkazilgan. Ayollar o‘rtasida ikki ekipajli bobsley musobaqalarida AQSH sportchilari Jill Bakken va Vonetta Flauers birinchi o‘rinni egallaganlar.

O‘zbekiston terma jamoasi tarkibiga 6 nafar sportchi kirgan: Kamil Urunbayev va Elmira Urunbayeva (tog‘ chang‘isi); Tatyana Malinina, Roman Skornyakov, Natalya Ponomaryova va Evgeniy Sviridov (figurali uchish). Kamil Urunbayev 79 nafar sportchi orasida 36-o‘rinni, Elmira Urunbayeva – 32 o‘rinni, Roman Skornyakov 29 nafar sportchi orasida 19-o‘rinni, N. Ponomaryova va E. Sviridov 18-o‘rinni egallaganlar. T. Malinina 13-o‘rin egallagan edi, biroq tibbiy qo’mita tomonidan gripp sababli musobaqalardan chetlatilgan.

 

XIX qishki Olimpiya o‘yinlarining medallar jadvali

O‘rin

Davlat

oltin

kumush

bronza

Jami

1

Germaniya

12

16

8

36

2

AQSH

10

13

11

34

3

Norvegiya

13

5

7

25

4

Kanada

7

3

7

17

 

Olimpiya o‘yinlarining ramziy belgisi sifatida quyon «Pouder» («Poroh»), koyot «Kopper» («Mis») va qora ayiq «Koul» («Ko‘mir») tanlangan.

XX qishgi Olimpiya o‘yinlari 2006 yil 10-26 fevral kunlari  Turin shahrida (Italiya) bo‘lib o‘tgan. Olimpiya o‘yinlarida 80 ta mamlakatdan 2508 nafar sportchi qatnashgan. Qishki Olimpiya o‘yinlarida Jazoir, Senegal, Efiopiya vakillari ilk bor ishtirok etgan. Olimpiya musobaqalari 15 ta sport turidan 84 ta (erkaklar o‘rtasida 45 ta, ayollar – 37 ta, aralash turlarda – 2 ta) medallar komplekti uchun o‘tkazilgan. O‘zbekiston terma jamoasi tarkibiga Kayrat Ermetov (tog‘ chang‘isi), Marina Aganina va Artem Knyazyev (figurali uchish), Anastasiya Gimazetdinova (figurali uchish) kirganlar. Qishki Olimpiadalar tarixida ilk bor O‘zbekiston vakili Evgeniy Rohin figurali uchish musobaqalarida hakamlik qilgan. XX qishki Olimpiya o‘yinlari da umumjamoa hisobida 1-o‘rinni Germaniya, 2 -o‘rinni AQSH, 3 -o‘rinni Avstriya egallagan.

XXI qishgi Olimpiya o‘yinlari 2010 yil 12-28 fevral kunlari Vankuver shahrida (Kanada) o‘tkazilgan. Olimpiya o‘yinlarida 82 ta mamlakatdan 2574 nafar sportchi qatnashgan. Olimpiya o‘yinlarining ochilish va yopilish marosimlari Vankuver markazida joylashgan va 55 ming tomoshabinlarga mo‘ljallangan  «BC Place» yopiq stadionida namoyish etilgan. Olimpiya dasturi 15 ta sport turidan iborat bo‘lgan. Olimpiya o‘yinlari g‘oliblari uchun 615 ta olimpiya va 399 ta paralimpiya medallari ishlab chiqilgan va ularning diametri 100 mm, qalinligi 6 mm, og‘irligi 500 dan 576 grammgacha bo‘lgan.

O‘zbekistondan bu Olimpiya o‘yinlariga 3 nafar sportchi - Kseniya Grigoryeva va Oleg Shamayev (tog‘ chang‘isi), Anastasiya Gimazetdinova (figurali uchish) ishtirok etgan.

XXII qishgi Olimpiya o‘yinlari 2014 yil 7-23 fevral kunlari Sochi shahrida (Rossiya) o‘tkazilgan. Bu Olimpiya o‘yinlarida 88 ta davlatdan 2800 nafar sportchi qatnashgan. Olimpiya mash’alasi estafetasi Moskva shahrida boshlanib, 123 kun davomida Rossiya Federatsiyasining 83 ta hududini bosib o‘tgan va 40 ming kilometrdan ortiq masofani tashkil etgan. Olimpiya estafetasida 14 ming sportchi ishtirok etgan.

 

XXII qishki Olimpiya o‘yinlarining medallar jadvali

O‘rin

Davlat

Medallar turi va soni

Jami

oltin

kumush

bronza

1

Rossiya

13

11

9

33

2

Norvegiya

11

5

10

26

3

Kanada

10

10

5

25

4

AQSH

9

7

12

28

 

Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimi “Fisht” stadionida namoyish etilgan. O‘yinlar dasturiga 15 ta sport turidan 98 ta medallar jamlanmasi uchun musobaqalar o‘tkazilgan. Sochi Olimpiya o‘yinlarining ramziy belgisi sifatida “Oq ayiq”, “Qor Yo‘lbarsi” va  “Oq Quyoncha” tanlangan.

 

QISHKI OLIMPIYA SPORT TURLARINING TAVSIFI

 

Olimpiya Xartiyasi talabiga ko‘ra olimpiya dasturiga kiritilishi uchun qishki sport turi jahonning 2 ta kontinenti va 25 ta mamlakatlarida keng rivojlangan bo‘lishi kerak. Qishki Olimpiya o‘yinlarining zamonaviy dasturiga – konkida yugurish, chang‘i poygasi, short-trek, chang‘ida tramplindan sakrash, bobsley, tog‘ chang‘isi sporti, chana sporti, skeleton, fristayl, konkida figurali uchish, snoubording, shaybali xokkey, kyorling, biatlon, chang‘ida ikkikurash kiritilgan.

Konkida tez yugurish sport turi 500, 1500, 5000 va 10000 m masofalaridan iborat. Konkida tez yugurish musobaqalari I qishki Olimpiya o‘yinlari (1924 y.) dasturiga kiritilgan. Birinchi olimpiya chempioni – AQSH sportchisi Charlz Jutrou 500 m masofasida g‘olib bo‘lgan. VIII qishki Olimpiya o‘yinlari (Skvo-Velli, 1960 y.) dasturiga ilk bor ayollar o‘rtasida 500,1000,1500 va 3000 mga konkida tez yugurish musobaqalari kiritilgan. Ayollar o‘rtasida birinchi olimpiya chempioni sobiq Ittifoq sportchisi Lidiya Skoblikova bo‘lgan.

Qishki Olimpiya o‘yinlari tarixida konkida tez yugurish musobaqalarida Norvegiya sportchilari eng ko‘p medallarga (78 ta) sazovor bo‘lgan. Keyingi o‘rinlarni Niderlandiya (66 ta medal), sobiq Ittifoq (60), AQSH (56), Germaniya, Finlyandiya, Kanada, Shvetsiya Yaponiya, Avstriya terma jamoalari egallagan.

Chang‘i poygasi – chang‘ida tez yugurish musobaqalari I qishki Olimpiya o‘yinlari (Shamoni,1924 y.) dasturiga kiritilgan. Birinchi olimpiya chempioni – Norvegiya sportchisi Turleyf Xaut 18  va 50 km masofaslarida g‘olib bo‘lgan.

Qishki Olimpiya o‘yinlari dasturiga erkaklar o‘rtasida 4x10 km chang‘i estafetasi, 15 km (18 km o‘rniga), 30 km chang‘ida poyga, ayollar o‘rtasida 10 kmga chang‘i poygasi va 3x5 km  chang‘i estafetasi kiritilgan. VI qishki Olimpiya o‘yinlari (Oslo, 1952 y.) dasturiga ilk bor ayollar o‘rtasida 10 kmga chang‘ida yugurish musobaqalari kiritilgan. Ayollar o‘rtasida birinchi olimpiya chempioni – Finlyandiya sportchisi Lidiya Videman bo‘lgan.

Short-trek – (ingl. short – qisqa, track – yo‘l) konkida tez yugurishning o‘ziga xos turi bo‘lib, muz ustida xokkey maydonining ichida belgilangan maxsus aylanma yo‘laklarda qisqa masofalarga konkida  yugurish musobaqalaridan iborat. XV qishki Olimpiya o‘yinlarida (Kalgari, 1988 y.) short-trek bo‘yicha ko‘rgazmali musobaqalar otkazilgan. XVI qishki Olimpiya o‘yinlarida (Albervil, 1992 y.) ilk bor short-trek olimpiya dasturiga kiritilgan. Birinchi olimpiya chempioni – Koreya sportchisi Kim Ki Xun 1000 m masofasida g‘olib bo‘lgan. Ayollar o‘rtasida birinchi olimpiya chempioni – AQSH sportchisi Keti Terner 500 m masofasida g‘olib bo‘lgan bo‘lgan. Qishki Olimpiya o‘yinlarida umumjamoa medallar hisobida 1-o‘rinni Koreya, 2-o‘rinni – Kanada, 3-o‘rinni AQSH terma jamoasi egallagan.

Chang‘ida tramplindan sakrash – chang‘i sportining bir turi bolib, uning vatani Norvegiya hisoblanadi. I qishki Olimpiya o‘yinlarida chang‘ida tramplindan sakrash ilk bor olimpiya dasturiga kiritilgan. Bu sport turidan musobaqalar faqat erkaklar o‘rtasida o‘tkaziladi. Birinchi olimpiya chempioni – Norvegiya sportchisi Yakob Tullin Tams bo‘lgan. 1972 yildan boshlab “o‘rta” va “katta” tramplindan sakrash (70 m va 90 m) musobaqalariga “chang‘ida parvoz”, deb nomlangan turi qo‘shilgan. 1992 yilda 70 m va 90 m tramplindan sakrash musobaqalari 90 m va 120 m tramplindan sakrash musobaqalariga o‘zgartirilgan. Qishki Olimpiya o‘yinlarida umumjamoa medallar hisobida 1-o‘rinni Norvegiya, 2-o‘rinni – Finlyandiya, 3-o‘rinni Avstraliya terma jamoasi egallagan. Finlyandia sportchisi Matti Nyukyanen tramplindan sakrash bo‘yicha eng ko‘p medallarga (5 ta oltin va 1 ta kumush) sazovor bo‘lgan.

Bobsley – chanada maxsus muz trassa bo‘ylab tog‘dan tez uchib tushish musobaqasidir. Bobsley uchun trassa turli keskin burilishlardan iborat muz yo‘lak shaklida bo‘lib, uning asosi temir-beton bilan qoplangan. Bobsley chanasining trassa tezligi soatiga 100 km gacha yetadi, uning boshqaruv ruli va tormozi bor. Bobsley trassasining uzunligi, start va finish orasidagi balandlik, yo’lakdagi burilishlar soni doimiy bir xil bo‘lmagan. Masalan, Leyk-Plesid (1932 y.) da trassa uzunligi 2366 m, vertikal balandlik o‘zgarishlari – 228 m, trassa burilishlari – 26 ta bo‘lgan. Lillexammerda (1994 y.) esa bobsley musobaqalari 1365 m - trassa, 107 m - balandlik va 16 ta burilishlardan iborat bo‘lgan. Ko‘p yillar mobaynida bu sport turi bo‘yicha musobaqalar faqat erkaklar o‘rtasida o‘tkazilgan.

Bobsley vatani Shveysariya hisoblanadi. 1896 yilda Sankt-Morits shahrida bobsley bo‘yicha birinchi sport klubi tashkil qilinib, musobaqa qoidalari ishlab chiqilgan. Dastlab bobsley chanasining ekipaj a’zolari besh kishidan iborat bo‘lgan, keyinchalik esa ularning tarkibi ikki, to‘rt, sakkiz nafargacha o‘zgargan.

Bobsley musobaqalari ilk bor I qishki Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan. Birinchi olimpiya chempionlari – Shveytsariya terma jamoasining to‘rttalik chana ekipaj a’zolari bo‘lgan. XIX qishki Olimpiya o‘yinlari (2002 y.) dasturiga ilk bor ayollar o‘rtasida bobsley kiritilgan. Bobsley bo‘yicha ayollar o‘rtasida birinchi olimpiya chempioni – AQSH sportchilari Jil Bakken va  Vonetta Flauers bo‘lganlar. Qishki Olimpiya o‘yinlarida bobsley bo‘yicha eng ko‘p medallar hisobida 1-o‘rinni Shveysariya, 2-o‘rinni–AQSH, 3-o‘rinni Germaniya sportchilari egallagan.

Skeleton – (ingl. skeleton – skelet) chana sportining turi bo‘lib, sportchi harakat yo‘nalishi bo‘yicha chanada boshi oldinga, yuzi pastga qaragan holatda joylashgan bo‘ladi. Skeleton chanasining boshqaruv ruli bo‘lmaydi va chana oyoq kiyimining maxsus bo‘rtmalari orqali boshqariladi. Skeleton vatani – Shveysariya. 1887 yilda Sankt-Morits shahrida birinchi skeleton chanasi yasalgan va sport musobaqalari boshlangan. Skeleton musobaqalari ilk bor II qishki Olimpiya o‘yinlari (1928 y.) dasturiga kiritilgan. Birinchi olimpiya chempioni – AQSH sportchisi Jennison Xiton bo‘lgan. Skeleton 1948 yilda 20-yillik hamda 2002 yilda 54-yillik tanaffusdan so‘ng yana olimpiya dasturiga kiritilgan. ko‘p mamlakatlarda xalqaro talablarga javob beradigan skeleton trassalari bo‘lmaganligi sababli, bu sport turi uzoq vaqt davomida olimpiya dasturiga kiritilmagan. 2002 yilda ayollar o‘rtasida musobaqalar o‘tkazilgan va skeleton bo‘yicha birinchi ayol olimpiya chempioni – AQSH sportchisi Tristan Geyl bo‘lgan. Qishki Olimpiya o‘yinlari tarixida umumjamoa hisobida 1-o‘rinni – AQSH, 2-o‘rinni – Buyuk Britaniya, 3-o‘rinni Italiya sportchilari egallagan.

Snoubording – (ingl. snow – qor, board – taxta) qishki sport turi bo‘lib, sportchi maxsus taxta ustida tik turgan xolatda qor bilan qoplangan yarim aylana shaklidagi inshoot ichida akrobatik mashqlarni bajaradi. Snoubording inshooti yarim quvur shaklida quriladi, shuning uchun unung nomi half-payp inglizcha “half” – yarim, “pipe”- truba, quvur ma’nolarini anglatadi. Musobaqalar ikki xil - half-payp va slalom-gigant snoubordingdan iborat.

Sport turi sifatida snoubording 1960-yillardan boshlab rivojlangan va aynan shu yillarda amerikalik kashfiyotchi Sherman Poppen qorli qoyalarda qor taxtacha ustida uchishni o‘ylab topgan. Snoubording bo‘yicha birinchi musobaqalar 1981 yilda Vudston (AQSH) o‘tkazilgan, 1982 yilda esa Vermont shtatida (AQSH) bu sport turi bo‘yicha birinchi xalqaro musobaqalar bo‘lib o‘tgan. 1983 yilda Soda-Spring shahrida (Kaliforniya) snoubording bo‘yicha birinchi Jahon chempionati o‘tkazilgan. 1990-yillarda Xalqaro snoubording federatsiyasi (ISF) tashkil topgan.

Snoubording musobaqalari ilk bor XVIII qishki Olimpiya o‘yinlari (Nagano,1998 y.) dasturiga kiritilgan. Birinchi olimpiya chempionlari – erkaklar o‘rtasida Shveysariya sportchisi  Jan Simmen, ayollar o‘rtasida – Germanya sportchisi Nikolya Tost bo‘lgan. Qishki Olimpiya o‘yinlarida snoubording bo‘yicha eng ko‘p medallarga AQSH, Fransiya, Shveysariya, Germaniya sportchilari sazovor bo‘lgan.

Fristayl – (ingl. free – erkin, style – usul), qishki sport turi, uch xil musobaqalardan iborat: mogul (murakkab sakrashlar bilan notekis trassadan  chang‘ida uchib tushish), chang‘ida akrobatika, chang‘ida balet. Fristayl sport turi sifatida ilk bor 1966 yil AQSHning Attitash shahridagi musobaqalarda namoyish qilingan. 1975 yildan boshlab har yili fristayl bo‘yicha Jahon kuboklari o‘tkazilmoqda. 1979 yilda Xalqaro chang‘i sporti federatsiyasi (FIS) tarkibida fristayl bo‘yicha texnik ko‘mita tuzilgan va bu sport turi FIS rahbarligida o‘tkaziladigan xalqaro musobaqalar dasturiga kiritilgan. 1980-yillarga kelib fristayl 30 dan ziyod mamlakatlarda rivojlangan. 1986 yil Fransiyada  bu sport turi bo‘yicha birinchi Jahon chempoinati o‘tkazilgan.

XV qishki Olimpiya o‘yinlarida (Kalgari, 1988 y.) fristayl bo‘yicha ko‘rgazmali musobaqalar o‘tkazilgan. XVI qishki Olimpiya o‘yinlari (1992 y.) dasturiga fristaylning mogul musobaqalari kiritilgan. Mogul bo‘yicha birinchi olimpiya chempionlari – erkaklar o‘rtasida Fransiya sportchisi Edgar Grospiron, ayollar o‘rtasida – AQSH sportchisi  Donna Ueynbrext bo‘lgan.

XVII qishki Olimpiya o‘yinlari (1994 y.) dasturiga fristaylning mogul va chang‘ida akrobatika turlari kiritilgan. Chang‘ida akrobatika bo‘yicha birinchi olimpiya chempionlari – erkaklar o‘rtasida Shveysariya sportchisi Andreas Shyonbexler, ayollar o‘rtasida O‘zbekiston sportchisi Lina Cheryazova bo‘lgan. Fristayl bo‘yicha eng ko‘p medallarga AQSH, Norvegiya, Kanada, Fransiya, Finlyandiya sportchilari sazovor bo‘lgan.

Kyorling – (ingl. curl – aylantirmoq), muz ustida kegli o‘yinining turi, XIV asrda Shotlandiyada paydo bo‘lib, so‘ng Yevropa va Kanada mamlakatlarida keng tarqalgan. XIX asrda uning shotlandcha, nemischa va shveytsarcha o‘yin usullari mavjud bo‘lgan. 1950 yilda Yevropa va Amerika bir qator mamlakatlarining milliy federatsiyalari tashabbusi bilan Xalqaro kyorling federatsiyasi (FIK) tashkil topgan. 1951 yildan boshlab bu sport turi bo‘yicha Yevropa chempionatlari muntazam o‘tkazilmoqda.

Zamonaviy kyorling – qishki sport o‘yini, 40x30 m muz maydonida o‘ynaladi. O‘yin maqsadi – muz ustuda chizilgan nishonga bita – diskni (20 kg) tushirish. Bita chizig‘i nishondan 31 m masofada bo‘ladi. Kyorling bo‘yicha ko‘rgazmali musobaqalar I, III, IV, IX, XV, XVI qishki Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan. Nihoyat, 1994 yilda XOQ sessiyasida kyorling sport turini olimpiya dasturiga kiritish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan. XVIII qishki Olimpiya o‘yinlarida (1988 y.) kyorling musobaqalari ilk bor o‘tkazilgan. Kyorling bo‘yicha birinchi olimpiya chempionlari – erkaklar o‘rtasida Shveysariya, ayollar o‘rtasida – Kanada terma jamoalari bo‘lgan. Olimpiya musobaqalarida kyorling bo‘yicha eng ko‘p medallarga Kanada, Shveysariya, Norvegiya sportchilari sazovor bo‘lgan.

 

QISHKI OLIMPIYA O‘YINLARI 90 YILLIK TARIXGA EGA:

Скругленная прямоугольная выноска: Qishki Olimpiya o’yinlari 1924-2014 yillar davomida jami 22 marta o’tkazildi.
v	I qishki Olimpiya o’yinlarida (Shamoni, 1924 y.) 16 ta  mamlakadan 293 nafar sportchi qatnashgan.
v	XXII qishki Olimpiya o’yinlarida (Sochi, 2014 y.) 88 ta davlatdan 2800 nafar sportchi qatnashdi.

Скругленная прямоугольная выноска: v	Yozgi Olimpiya o’yinlari – 16 kun, 
v	qishki Olimpiya o’yinlari – 12 kun davom etadi.

 

 “O‘yinlar rivojlanishi bilan birga ularning marosimlari ham rivojlangan,  shu jumladan ochilish va yopilish Marosimlari. Televizor kashf qilinishidan oldin namoyishlarning bu shakllari har xil xarakterga ega bo‘lgan – ular butun jahonga elektron uzatish vositalari orqali sodir bo‘layotgan narsalarni kuzatayotgan emas, balki arenada o‘tirgan tomoshabinlar uchun ishlab chiqilgan edi.

Bayram, tomosha va karnaval

“Festival” so‘zi bayramga nisbatan ko‘llaniladi va xursandchilik ma’nosini bildiradi.U bayramona xodisadir. Bayramning umumiy elementlaridan biri mushakbozlik hisoblanadi. Mushakbozlik tomosha hisoblanadimi? Mushakbozlik shunisi bilan qiziqarli-ki, u o‘zining eng chiroyli ko‘rinishida an’anaviy tarzda hukumat tomonidan shou sifatida tashkillashtiriladi. Shu bilan birga mushakbozlik sizni hech qachon tark etmaydigan hayratlanish hissini yuzaga keltiradi. Mushakbozlik shousi ko‘ngilochar tomoshalarning eng o‘ziga tortadigan va ta’sirli shakli hisoblanadi.

“Tomosha” so‘zi ko‘rishdan olinadigan lazzatni, ya’ni qaysidir darajada hodisa, tomosha yoki obyekt hamda tomoshabin orasidagi bog‘liqlikni anglatadi. O‘zining bu ma’nosida u “bayram” ma’nosini beradigan so‘zga qaraganda jo‘shqinligi kamroq bo‘lgan hursandchilik modelini anglatadi.

“Karnaval” so‘zi bayramning maxsus va aniq shaklini anglatadi. Karnaval – bu paradlar, kishini hayratlantiruvchi (ekstravagant) kostyumlar billan bog‘liq bo‘lgan kundalik tushuncha hisoblanadi.

MakAlon (1999) Olimpiya o‘yinlarini “zamonaviy yuqori saviyadagi marosim” deb hisoblaydi, u madaniy ijro sifatida Olimpizmning quyidagi to‘rtta janrini ko‘rsatadi – tomosha, festival, marosim va o‘yinlar.

Mash‘ala estafetasi – o‘zining tabiatiga ko‘ra odamlarga Olimpiadani jo‘shqin tarzda ko‘chalarda nishonlash imkonini beradigan bayramona hodisa. Aslida esa mash‘ala estafetasi miqyosining ortib borishi Olimpiada arenasida reklamaning taqiqlanganini hisobga olgan holda homiylarning maksimal reklama imkoniyatlariga ega bo‘lish istagidan kelib chiqqan. 2008 yilgi mash‘ala estafetasi yo‘lining London qismi o‘z brendini ko‘rsatish uchun foydalanish mumkin bo‘lgan hamma narsani, ya’ni turli-tuman bayroqlar, bannerlar, gigant qo‘lqoplar, plakatlarni namoyish qilayotgan homiylarning vakillari bilan to‘lib ketgan edi”. [1]

       

 

TEST SAVOLLARI

I qishki Olimpiya o‘yinlari qachon va qayerda o‘tkazilgan?

a) 1924 y. Shamoni      

b) 1952 y. Xelsinki         

c) 1996 y. Atlanta     

d)  2010 y.Turin

Nechanchi yilgacha qishki va yozgi Olimpiya o‘yinlari bir yilda o‘tkazilgan?

a) 1992 yilga qadar, 1924 y.       

b) 1924 yilda       

c) 1960  yildan boshlab  

d)  1998 yilga qadar

Qishki O‘yinlarni o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror qachon qabul qilingan?

a) 1924 y.        b) 1925 y.        c) 1956  y.   d)  2014 y.

Nechanchi  yilda qishki va yozgi Olimpiya o‘yinlarining oralig‘i 2 yilni tashkil etishi to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

a) 1994       b) 1998          c) 1996       d)  2012

XVII qishki Olimpiya o‘yinlarida umumjamoa hisobida O‘zbekiston terma jamoasi nechanchi o‘rinni egallagan?

a)                 68 ta mamlakat orasida 14-o‘rinni.

b)                89 ta mamlakat orasida 12-orinni.

c)                 69 ta mamlakat orasida 12-orinni.

d)                70 ta mamlakat orasida 16-orinni.

Olimpiya dasturiga kiritilishi uchun qishki sport turi jahonning nechta mamlakatida keng rivojlangan bo‘lishi kerak?

a) 20 ta mamlakatida

b) 25 ta mamlakatida

c) 22 ta mamlakatida

d) 50 ta mamlakatida

Kyorling qanday sport turi?

a)                 muz ustida kegli o‘yinining turi

b)                tramplindan murakkab sakrash turi

c)                 maxsus taxta ustida  uchish turi

d)                chana sportining turi

Kyorling qachon va qayerda paydo bo‘lgan?

a)                 XIV asrda Shotlandiyada

b)                1966 yil AQSHda

c)                 1972 yil Norvegiyada

d)                XVII asrda Shvetsiyada

Qachon snoubording musobaqalari ilk bor Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan?

a) XVII qishki Olimpiya o‘yinlarida

b) XVIII qishki Olimpiya o‘yinlarida

c) III qishki Olimpiya o‘yinlarida

d) XXII qishki Olimpiya o‘yinlarida

Chang‘ida tramplindan sakrash bo‘yica birinchi olimpiya chempioni kim bo‘lgan?

a)                 Norvegiya sportchisi Yakob Tullin Tams.

b)                Shveytsariya sportchisi  Jan Simmen

c)                 Shveytsariya terma jamoasi

d)                Koreya sportchisi Kim Ki Xun

Qishki Olimpiya o‘yinlarida ayollar o‘rtasida birinchi uch karra olimpiya chempioni kim bo‘lgan?

a)                 Soni Xeni

b)                Lidiya Videman

c)                 Ketti Tyorner

d)                Lina Cheryazova.

© Adabiyotlar

 

1.    Vardiashvili I. Afinadan Sidneyga qadar. Qarshi,“Nasaf”, 2004.

2.    Niyozov I. Olimpiya sport o’yinlari. Uslubiy qo’llanma. T.: 2006.

3.    Olimpiya bilimlari asoslari. O’quv qo’llanma. T.: “Sharq”, 2002.

4.    Ernazarov E.Olimpiadajahon sporti bayrami.Ilmiy-ommabop risola.T.:2008.

5.    Eshnazarov J. Jismoniy madaniyat tarixi va boshqarish. Т.: 2008.

6.    Djalilova L.A. Olimpiya bilim asoslari. O’quv qo’llanma. T.: 2015.

7.    J.Хоrn, G. Yennel. Olimpiya o’yinlari konsepsiyasi. II-qism. O’tmishdan nazar.   5-bob. Butunjahon ko’rgazmalaridan ulkan tadbirlar sari. Taylor-Francis Group. London and New York. 2012. 

8.   Djalilova L.A. Jismoniy tarbiya va olimpiya harakati tarixi. Darslik. T: 2017.

 


© Adabiyotlar

 

1.       John Horne, Garry Whannel. Understanding the Olympics. Routledge. Taylor-Francis Group. London and New York. 2012. – 237 p.  – 27-47 с.

2.       Vardiashvili I. Afinadan Sidneyga qadar. Qarshi,“Nasaf”, 2004.

3.       Niyozov I. Olimpiya sport o‘yinlari. Uslubiy qo‘llanma. T.: 2006.

4.       Olimpiya bilimlari asoslari. O‘quv qo‘llanma. T.: “Sharq”, 2002.

5.       Ernazarov E.Olimpiadajahon sporti bayrami.Ilmiy-ommabop risola.T.:2008.

6.       Eshnazarov J. Jismoniy madaniyat tarixi va boshqarish. Т.: 2008.

7.       Djalilova L.A. Olimpiya bilim asoslari. O‘quv qo‘llanma. T.: 2015.


8.       Скачано с www.znanio.ru



[1] J.Хоrn, G. Yennel. Olimpiya o‘yinlari konsepsiyasi. III-qism. Zamonayiy tomoshalar: postmodernizm dunyosiga yo‘l sari 8-bob. Bayram, tomosha, karnaval va iste’mol. Taylor-Francis Group. London and New York. 2012. 237 p.

 

Mavzu 15. Q ISHKI O LIMPI Y A

Mavzu 15. Q ISHKI O LIMPI Y A

XXII 2014 Sochi, Rossiya 88 2800

XXII 2014 Sochi, Rossiya 88 2800

Shvetsiya – 12 nafar sportchi,

Shvetsiya – 12 nafar sportchi,

Shveysariya - bobsley va tog‘ chang‘isi sporti,

Shveysariya - bobsley va tog‘ chang‘isi sporti,

O‘rin Davlat oltin kumush bronza

O‘rin Davlat oltin kumush bronza

O‘rin Davlat oltin kumush bronza

O‘rin Davlat oltin kumush bronza

O‘rin Davlat oltin kumush bronza

O‘rin Davlat oltin kumush bronza

Norvegiya xalq ertaklarining qahramonlari aka-singil “Xakon va

Norvegiya xalq ertaklarining qahramonlari aka-singil “Xakon va

O‘yinlarning dasturi 14 ta sport turidan iborat bo‘lib, dasturga kyorling, snoubording, slalom-gigant kiritilgan

O‘yinlarning dasturi 14 ta sport turidan iborat bo‘lib, dasturga kyorling, snoubording, slalom-gigant kiritilgan

O‘rin Davlat oltin kumush bronza

O‘rin Davlat oltin kumush bronza

Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimi “Fisht” stadionida namoyish etilgan

Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimi “Fisht” stadionida namoyish etilgan

Koreya, 2-o‘rinni – Kanada, 3-o‘rinni

Koreya, 2-o‘rinni – Kanada, 3-o‘rinni

AQSH sportchisi Tristan Geyl bo‘lgan

AQSH sportchisi Tristan Geyl bo‘lgan

Fristayl bo‘yicha eng ko‘p medallarga

Fristayl bo‘yicha eng ko‘p medallarga

Festival” so‘zi bayramga nisbatan ko‘llaniladi va xursandchilik ma’nosini bildiradi

Festival” so‘zi bayramga nisbatan ko‘llaniladi va xursandchilik ma’nosini bildiradi

Nechanchi yilda q ishki va yozgi

Nechanchi yilda q ishki va yozgi

Vardiashvili I. Afinadan Sidneyga qadar

Vardiashvili I. Afinadan Sidneyga qadar

Adabiyotlar 1. John

Adabiyotlar 1. John
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
18.09.2022