Qorbobo ustaxonasida

  • Документация
  • docx
  • 03.01.2020
Публикация в СМИ для учителей

Публикация в СМИ для учителей

Бесплатное участие. Свидетельство СМИ сразу.
Мгновенные 10 документов в портфолио.

Kopбобо ясаш
Иконка файла материала Шоира мехнат Word.docx

Dars: Mehnat  ta`limi

     Dars mavzusi:    Qorbobo ustaxonasida                                                   ( Archa bezaklarini yasash)

     Dars maqsadi:

1.1.           Ta`limiy maqsad: O`quvchilarga mehnat faoliyati jarayonida  mehnatga bo`lgan qiziqishini  uyg`otish, yangi bilim , konikma, malaka hosil qilish.

1.2.           Tarbiyaviy maqsad: O`quvchilarga jamoa bo`lib ishlash, bir oila bolasidek o`zaro hurmat, insoniylik kabi xislatlarni shakllantirish.

1.3.           Rivojlantiruvchi maqsad: O`quvchilar ongiga Prezidentimizning “ Farzandlari sog`lom-yurt qudratli bo`ladi” fikrlarini singdirish.

1.4.           Kasblarga yo`lovchi maqsad: O`quvchilarni o`zi qiziqqan, o`zi orzu qilgan kasb, hunarlarga ; shifokorlik, hunarmandlik, tadbirkorlikka yo`naltirish.

1.5.           Milliy istiqlol g`oyasini singdirish:Kelgusi avlod ongiga o`z tiliga, o`zxalqiga, o`z Vataniga mehr-muhabbat, sadoqat tuyg`ularini uyg`otish.

II. Darsning texlogiyasi:

       2.1.Darsning turi: suhbat, bahs-munozara, musoboqa.

       2.2. Darsning uslubi: interfaol usullardan foydalanish.

       2.3. Darsning usuli: aralash.

III. Darsning jihozi:

      3.1.Ko`rgazmali materiallar mavzu mazmuniga mos rasmlar, testlar, rag`batlantiruvchi ballar, yangi yil bezaklarini yasashni  bajariladigan qurollar .

IY. Darsning texnika vositalari:

     4.1. Audio

     4.2. Kompyuter.

Y. Darsning bayoni:

     5.1.Tashkiliy qism.

-         Qani ayting-chi yurtimizda qaysi fasl hukmron?

-         Qish fasli.

    - Bu faslni sevmagan bolajon bo`lmasa kerak oramizda?

    -  Albatta.

    -  Ushbu faslimiz bizga qaysi shodiyonalarni olib keladi?

    -  1-dekabr – Giyohvandlikka qarshi kurashish kuni.

    -  3-dekabr – Xalqaro nogironlarni himoya qilish kuni.

 -  8-dekabr – O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini  19-yillik to`yini katta shodiyona qilib nishonladik.

 -  10-dekabr -  O`zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasini 19-yoshli bayrami.

 

     -  1-yanvarda 2012-yilni katta xursandchilik bilan kutib olamiz.

    -  14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni.

O`qituvchi:  Yakun topayotgan ushbu yilimiz kimga bag`ishlandi?

O`quvchilar:  Biz mard, jasur, bilimbon, uddaburon – Barkamol avlodga bag`ishlandi.

O`qituvchi:  Juda ham to`g`ri. Yangi yilimiz qanday nom oldi?

O`quvchilar: Yangi 2012-yilni – “Mustahkam oila ” – yili deb nomlandi.

O`qituvchi:  Juda yaxshi bolajonlarim. Yurtboshimizning qaysi asarlari bilan tanishsiz?

O`quvchilar: - 2008 – yilda chop etilgan “Yuksak ma`naviyat – yengilmas kuch” asari.

-         2009 – yilda chop etilgan  “Jahon moliyaviy – iqtisodiy inqirozi, O`zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo`llari va choralari” nomli asari

II. O`tilgan mavzuni mustahkamlash:

Qanday  geometrik  shaklarni  bilasiz ?

Geometrik shakllardan nima yasash mumkin?

Savol-javob bilan o`tilgan mavzuni mustahkamlayman.

III. Yangi mavzu bayoni:

Yangi mavzuni hayotga bog`lab  o`taman va qish fasli haqida tushuncha beraman. O`lkamizda qish hukm surmoqda. Daraxtlar, butalar oq kiyimda xayol surib turgandek ko`rinadi. Butun borliqqa oppoq choyshab yozib qo`yilganga o`xshaydi. Osmon shishadek  tiniq. Quyosh charaqlab turibdi, lekin havo sovuq. Tarnovlardagi billur kabi sumalaklar yanada go`zal ko`rinadi. Qushlar sovuqdan junjikib , inlaridan chiqmaydilar. Daraxt shoxlaridagi qor parchalari yengil shabadada birin-ketin uchib, chiroyli manzara hosil qiladi.

Havo toza , beg`ubor. Bolalar issiq kiyimlarda maktabga ketyaptilar.maktab hovlisi gavjum. Bir to`da bolalar qorbo`ron o`ynamoqdalar.qizlar Qorbobo va Qorqiz yasayaptilar. Atrofda qiy-chuv, bolalar kulgisi borliqni qoplqgandek.

Qish-juda go`zal  fasl.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 

 

    Ko`kda surpa ochildi,

Uni yerga sochildi.

         

        Ayoz bobo  novvot sotdi,

        Olgan edim , qo`lim qotdi.

           Archa bezaklarini qanday qilib yasalishini tushuntirib beraman.O`quvchilarga rangli qogo`zlardan ketma-ketligini  ko`rsatib beraman .1-bo`lib qog`ozni qirqib olamiz va santimetrlar yordamida 2-3 sm qilib qiqrib olamiz ko`rgazmadagidek. Namunaga qarab yelim bilan yopishtiramiz.Yangi yil archasini  chiroyli qilib bezamog`imiz kerak.Yangi yil haqida sher, topishmoqlar va ashulalar aytamiz . Darsni qiziqarli tarzda o`tkazaman. Parta oralab o`quvchilarga yordam beraman .sinfdagi archani o`yin tarzida bezaymiz.Archa o`yinchoqlari bilan o`quvchilarni baholayman.

 

 

 

 


   

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


                                                                                               

 

 

Uy  ishi : Archa bezaklarini  yasab kelish.

 

 

 

Navoiy viloyati

Zarafshon shahar

    8 –umumta`lim maktabi                            

       mehnat  ta`limi  o`qituvchisi                               

       Raxmatova Saodat Alisherovna                      

                         mehnat   fanidan

                    “Qorbobo ustaxonasida                       

                  ( Archa   bezaklarini yasash)”

mavzusida  bir  soatlik

dars  ishlanmasi

 


 


 

Посмотрите также