Разработка урока «Азбука языка программирования Паскаль» для учеников 9 классов
Оценка 5

Разработка урока «Азбука языка программирования Паскаль» для учеников 9 классов

Оценка 5
Документация
docx
информатика
10 кл—11 кл +1
01.05.2020
Разработка урока «Азбука языка программирования Паскаль» для учеников 9 классов
для школьников
Paskal dasturlash tili alifbosi.docx

  Pascal dasturlash tili va uning alifbosi  

                Dars maqsadi:

a) Talimiyligi:  Paskal  dasturlas tilining alifbosi haqida tushuncha   berish..

b) Tarbiyaviyligi: Bilimga  chanqoqlik ruhida tarbiyalash

v) Rivojlantiruvchi: O’quvchilarning Paskal dasturlash tili  bilan ishlash  malakasini rivojlantirish.

Dars  turi    Yangi  bilim berish 

(Yangi  bilim  beruvchi , bilimlarni  mustahkamlash  , bilimlarni  sinash  , umumlash –

tiruvchi   takrorlash , bilim  ko`nikma  va  malakalarini  rivojlantirish   aralash .)

Dars  metodlari:  Birgalikda o`rganish

(Sayohat , ertak , musobaqa , izlanib  o`rganish  birgalikda  o`qitish , sahnalashtirish ,

hamkorlik  ,  ponarama ,  viktorina ,  disput ,  muloqot , mustaqil   ijodiy   faoliyat ,

zakovat , sinov  , parlament  , mantiqiy  fikrlash  , tanlov  , kim ochdi ( auksion ) dars.)

        O’quvchilarga qo’yiladigan talablar DTS

1. O’quvchi bilishi  kerak: Dastur,dasturlash tilining  guruhlari, dasturchi, kompyuter tushunadigan til,

2. O’quvchi bajara olishi kerak :.dasturlash tilining alifbosinibilishi kerak

3. Uyga vazifa  Savollarga  javob yozish

           Dars jihozi:    kompyuterlar, darslik,ko`rgazma

 

    Darsning borishi:

Har qanday dasturlash tili kabi Paskal dasturlash tili ham o’zining alifbosiga ega bo’lib, u quyidagilardan iborat :

Lotin alifoosining 26 ta harfi: Aa, Bb, Cc, Dd, Ee, Ff, Gg, Hh, Ii, Jj, Kk, Ll, Mm, Nn, Oo, Pp, Qq, Rr, Ss, Tt, Uu, Vv, Ww, Xx, Yy, Zz (izohlar va matnlar yozish uchun kirill harflarini ham qo’llash mumkin);

O’nta arab raqami: 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9 ;

Arifmetik amal belgilari:  +(qo'shish), - (ayirish), * (ko’paytirish), : (bo'lish);

Munosabat belgilari: = (teng), <> (tengemas), < (kichik), <= (katta emas), >(katta), >= (kichik emas);

Maxsus belgilar: . (nuqta), , (vergul), ; (nuqtali vergul), ' (apostrof), « (qo’shtirnoq), ! (undov), ? (so’roq), % (foiz), $ (dollar belgisi), @ (tijorat belgisi), & (ampersand), (bo’shliq, ekranda tasvirlanmaydi), (, ), {, }, [, ] (turli qavslar);

Mantiqiy amallar: AND («VA» — mantiqiy ko’paytirish amali). OR («YOKI» — mantiqiy qo’shish amali). NOT («EMAS» — mantiqiy inkor amali).

Paskal dasturlash tili ham o’zining imlosi, qonun va qoidalariga ega bo’lib, ular asosida yuqorida keltirilgan harflar, belgilar va amallar yordamida ko’rsatma va buyruqlar tuziladi. Har bir ko’rsatma yoki buyruq «;» (nuqtali vergul) belgisi bilan yakunlanadi.

Dastur tuzishda quyidagilar qo’llaniladi:

Konstantalar (o’zgarmaslar) — dastur ishlashi davomida qiymati o’zgarmaydigan miqdorlar.

O’zgaruvchilar — dastur ishlashi davomida qiymati o’zgaradigan miqdorlar.

Algebraik ifodalar — arifmetik amallar bilan bog’langan o’zgarmaslar, o’zgaruvchilar va funksiyalar.

Operatorlar — dasturlash tilining biror tugallangan amalini berish uchun mo’ljallangan buyrug’i.

Funksiya va protseduralar o’z nomiga ega bo’lgan alohida dastur qism(blok)lari. Ularga asosiy dasturdan murojaat etiladi.

Nishonlar — dasturda boshqarish uzatilayotgan operatorni ko’rsatadi.

Paskalning buyruq va ko’rsatmalari modul deb ataluvchi TPU kengaytmali maxsus fayllarda joylashgan. Ularga misol qilib system (sistem), crt (sierti), graph (graf) modullarini keltirish mumkin. Modullarning har biri ma'lum yo’nalishdagi buyruq va ko’rsatmalarni o’z ichiga oladi. Masalan, system moduli Paskalning standart (asosiy) buyruqlarini, crt moduli ekran va klaviatura bilan ishlashga (ekranni tozalash, ekranda bir nechta alohida oyna hosil qilish, ...), graph moduli esa grafik holatda ishlashga mo’ljallangan buyruq va ko’rsatmalarni o’z ichiga oladi. Dasturda modullar zaruratga qarab ishlatiladi. Biror modul tarkibiga kirgan buyruqdan foydalanish uchun dastur boshida shu haqida ko’rsatma berilishi kerak bo’ladi. Bu Paskalning maxsus so’zi - Uses yordamida amalga oshiriladi. Masalan, dasturda grafikadan foydalanish uchun unga

Uses graph;

yozuvini kiritish kerak. Agar dasturda bir nechta modul ishlatilsa, ular o’zaro vergul bilan ajratib yoziladi. Masalan,

Uses crt, graph;

Paskal translyatori ishga tushirilganda system moduli avtomatik ravishda xotiraga yuklanadi. Shu sababli dasturda, Uses system; yozuvi ishlatilmaydi.

Dastur tushunarli bo’lishi uchun, odatda, unga izohlar kiritiladi. Izohlar yordamida dastur va uning qismlari qanday vazifani bajarishi tavsiflanadi. Paskalda izoh { va } yoki (* va *) ko’rinishdagi qavslar ichiga yoziladi. Masalan, [bu izoh misol uchun keltirildi} yoki (* izohni shunday yozsa ham bo’ladi *).

Paskalda dasturga sarlavha qo’yish ham mumkin. Sarlavha Paskalning Program xizmatchi so’zi bilan boshlanadi. Masalan,

Program Kvadrat_tenglama; {Kvadrat tenglama yechish dasturi}.

Sarlavha dastur matnining birinchi satrida yoziladi. Shuni aytish joizki, dasturdagi sarlavha va izohlar dasturning ishlashiga hech qanday ta'sir ko’rsatmaydi.

Paskalda dastur quyidagi ikki qismdan tashkil topadi:

   tavsiflash qismi;

   asosiy qism.

Dasturning tavsiflash qismida unda ishtirok etadigan miqdorlarni aniqlab olish, o’zgaruvchilarga nom berish va ularni tavsiflash (turini ko’rsatish) kerak bo’ladi. Shundan so’nggina dasturning asosiy qismi 'boshlanadi.

Paskal tilidagi dasturlar quyidagi tuzilishga ega:

Program dastur nomi; {majburiy emas}

Uses {Modullar ro 'yxati}

Label {Nishonlar ro’yxati}

Const

{Konstantalar (o’zgarmas miqdorlar)ni tavsiflash}

Var

{o’zgaruvchilarni tavsiflash}

Protsedura va funksiyalar

Begin

{Asosiy qism}

End.

Label, Const, Var, Begin, End - paskal tilining maxsus so’zlari bo’lib, label — nishon, const (constant — konstanta) — o 'zgarmas miqdor, var (variable) — o 'zgaruvchilarni tavsiflash, begin — boshlanish, end — tamomlash ma'nolarini anglatadi.

Mavzuni mustahkamlash:

Uyga  vazifa: Mavzuni  o`rganish,savollarga javob yozish.

 


 

Pascal dasturlash tili va uning alifbosi

Pascal dasturlash tili va uning alifbosi

Sarlavha dastur matnining birinchi satrida yoziladi

Sarlavha dastur matnining birinchi satrida yoziladi
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
01.05.2020