Dars maqsadi:
a) Talimiyligi: O’quvchilarga “Fayllar va kataloglar” haqida umumiy tushuncha berish
b) Tarbiyaviyligi: O’quvchilarni dars davomida qadriyatlar asosida tarbiyalab borish
c) Rivojlantiruvchi: O’quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatini o’stirish
Dars tipi:Yangi bilim berish
Dars metodi:Namoish etish ,suhbat
Dars jihozi:
1) konspekt va darsliklar
2) ko’rgazma, tarqatma va didaktik materiallar
3) EHM va texnika vositalari
O’quvchilarga qo’yiladigan talablar: DTS
1. O’quvchi bilishi kerak: Fayllar ustida ishlay bilishi kerak
2. O’quvchi bajara olishi kerak: Darslikning 74-betidagi 1-6 savol va topshiriqlarni
Darsning borishi:
1.Darsni tashkil etish (sinfni darsga tayyorlash).
2. Yangi mavzuni o’quvchilar hamkorligida o’tish.
Yangi mavzuni mustahkamlash:
1.O’tilgan mavzuni savollar asosida bir necha o’quvchidan so’rab, o’qituvchi tomonidan mustahkamlab baholash.
2.Savol – javob kartochkalari
3.Test
Vazifa: darslikdagi 4.3-$ ni o’qish, 74-betdagi 5-mashq
Darsni yakunlash: o’qituvchi tomonidan qisqa takrorlab, mustahkamlab yakunlash.
Xulosa: o’quvchilarning shu o’tilgan mavzu haqidagi fikrini olib, baholash.
Y A N G I M A V Z U N I N G B A Y O N I
Fayl — («file»-inglizcha, «та 'lumot») biror nomga ega bo 'Igan va kompyuteming tashqi xotirasida joylashgan bir turdagi та 'lumotlar majmuidir. Bu ma'lumotlar matn, chizma, dastur va h.k. bo'lishi mumkin.
Turli operatsion sistemalar fayl nomlariga turlicha talablar qo'yadi. Masalan, MS DOS (IBM, «Iskra» kompyuterlarida), Mikrodos («Korvet») kabi operatsion sistemalarda fayl nomi 8 ta belgidan oshmasligi va lotin harflari, raqam va ba'zi maxsus belgilarda ifodalanishi mumkin; Pravets-8 kompyuterlarida keng qo'llaniladigan DOS-3,3 operatsion sistemasida esa fayl nomi 37tagacha belgiga ega bo'lib, unda lotin harflari bilan bir qatorda kirill harflari ham ishlatilishi mumkin.
MS DOS kabi operatsion sistemalarda fayl nomining davomiga fayldagi ma'lumotlaming turini bildiruvchi qo'shimcha yoziladi. Bu qo'shimcha faylnomining kengaytmasi deyiladi. U fayl nomidan nuqta bilan ajratilib, uchta belgidan oshmasligi kerak. Masalan,
COMMAND.COM, DASTUR.TXT va h.b.
Fayl nomining kengaytmasini yozish majburiy emas, lekin u faylda saqlanayotgan ma'lumot turini bildirgani sababli, undan foydalanishda qulaylik tug'diradi. Ko'pgina dasturlar fayl nomi kengaytmasini o'zlari qo'shib yozadilar. Bu kengaytmadan mazkur fayl qaysi dastur tomonidan tashkil etilganini bilib olish mumkin. Masalan:
com, exe — kompyuter «tili»ga o'girilgan dasturlar yoki buyruqlar ketma-ketligini o'z ichiga olgan fayllar kengaytmasi;
bat — buyruqlar majmuini o'z ichiga olgan fayllar;
bas — Beysik dasturlash tilida yaratilgan dastur;
pas — Paskal dasturlash tilida hosil qilingan dastur;
chi —Chi Writer matn muharririda hosil qilingan matn.
Bat kengaytmali fayllar, ya'ni buyruq fayllari matn ko'rinishida bo'lib, u operatsion sistema buyruqlaridan tuziladi. Bunday fayllar ketma-ket bajarilishi lozim bo'Igan bir necha buyruq yoki fayllarni har safar qaytadan yozmaslik uchun tashkil qilinadi. Buyruq fayllari matn muhamrlari yordamida hosil qilinishi mumkin (masalan, yuqorida ko'rilgan AUTOEXEC.BAT fayli).
«Pravets-8», «Agat» kabi kompyuterlarda fayl nomi kengaytmasi bo'lmagani sababli, turli tipdagi fayllarni nomiga qarab ajratib bo'lmaydi. Lekin EMD dagi fayllar ro'yxati ekranga fayl tipiga mos belgi bilan chiqadi. Bu belgilar quyidagicha:
A — Beysik dasturlash tilida hosil qilingan dastur;
В — mashinaning ichki tilida (assemblerda) tuzilgan dastur;
Т'— matn ko'rinishidagi fayl;
I — butun qiymatii Beysik tilidagi dastur.
Ro'yxatdagi fayl nomi quyidagi ko'rinishda bo'lishi mumkin:
* V 0083 COPY
Bu yerda
* — faylning turii o'zgartirishlar kiritilishidan himoyalanganliginibildiradi;
V — fayl turini ko'rsatadi;
0083 - fayl hajmi;
COPY - fayl nomi.
Kataloglar. EMD larda fayl nomlari kataloglarda joylashadi. Kataloglar direktoriyalar deb ham yuritiladi. Katalog — bu fayllar nomlari, ularning hajmi, atributlari (xususiyatlari), so'nggi yangilangan vaqti va h.k.lar saqlanadigan EMD dagi maxsus joy. Agar katalogda biror fayl nomi bo'lsa, shu fayl mazkur katalogda joylashgan deb aytiladi. EMD da bir necha katalog bo'lishi mumkin. Har bir katalogda bir qancha fayllar joylashishi mumkin, lekin har bir fayl faqat bitta katalog ro'yxatida bo'ladi.
Kataloglar aslida maxsus ko'rinishdagi fayllar bo'lib, bosh (ildiz) katalog bundan mustasno. Har bir katalog o'z nomiga ega bo'lib, u boshqa bir katalog ro'yxatida bo'lishi ham mumkin. Katalog nomiga qo'yiladigan talablar fayl nomiga qo'yiladigan talablar bilan bir xil. Odatda, katalog nomigaX katalog Y katalogning katalog osti, Y esa X ning katalog usti yoki onakatalogi deb yuritiladi. Katalog — fayl emas, baiki fayllar yozish va katalog osti ochish uchun joy ajratishdir.
Qiyosiy ma'noda katalogni ko'p qavatii va har bir qavatida ko'plab xonalar bo'lgan uyga o'xshatish mumkin:
Bu yerda quyidagi qiyosiy belgilashlar kiritilgan:
Imorat — bu qo'zg'almas disk («vinchester»);
Qavatlar — shartii ravishda C:, D:, E: deb nomlangan disk qismlari;
Qavatlardagi R,S koridor va 1—8-xonalar shu disklarning qismlari — direktoriylar va direktoriy ostlari.
«Pravets», «Korvet», «Agat» kabi kompyuterlarda faqat bosh katalog bilan ishlash imkoniyati mavjud. Mazkur kompyuterlarda hozirda qo'llanilayotgan DOS pog'onali kataloglar bilan ishlash imkoniyatiga ega emas. Yuqorida sanab o'tilgan kompyuterlarda EMD lar kichik hajmda ishla tilishi sababli ularda pog'onali kataloglar hosil qilish zarurati ham yo'q.
Y A N G I M A V Z U N I M U S T A H K A M L A S H
Test – topshiriqlari:
1. Diskdagi dastur nomlari?
a) katalog
b) fayl
c) regist
2. Butun qiymatli Beysik tilidagi dasturning tipi qanday bo’ladi?
a) I
b) A
c) B
3. Fayllar majmui bu - ……
a) Modem
b) Katalog
c) Operatsion sistema
4. Fayllar qaysi buyruq orqali o’chiriladi?
a) INLOSK
b) RENUM
c) DELETE
5. A diskdan B diskka fayl qanday ko’chiradi?
a) A > COPY B:= A : PROG . BAS
b) COPY A – B : = PROG BAS
c) COPY A , B : PROG. BAS
6. Fayllar tiplari nechi xil bo’ladi?
a) 4
b) 5
c) 6
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.