Разработка урока «Краткая история компьютерных технологий» для учащихся 8 классов
Оценка 4.7

Разработка урока «Краткая история компьютерных технологий» для учащихся 8 классов

Оценка 4.7
Документация
docx
информатика
7 кл—11 кл +1
01.05.2020
Разработка урока «Краткая история компьютерных технологий» для учащихся 8 классов
для школьников
Hisoblash texnikasining qisqacha tarixi.docx

HISOBLASH    TEXNIKASINING  QISQACHA     TARIXI

Dars maqsadi:

a) Talimiyligi:  O’quvchilarni “Hisoblash texnikasinig  qisqacha tarixi” haqida  bilim berish

b) Tarbiyaviyligi:O’quvchilarning  dunyo qarashini kengaytirish   

c)  Rivojlantiruvchi:  O’quvchilarga kompyuter savodxonlik elementlarini shakllantirish

Dars tipi:  kombinatsiyalashgan aralash dars

Dars  metodi:Chuqurlshtirilgan ma`ruza

Dars jihozi: 

1)      konspekt va darsliklar

2)      ko’rgazma, tarqatma va didaktik materiallar

3)      EHM va texnika vositalari   

O’quvchilarga qo’yiladigan talablar: DTS

1. O’quvchi bilishi kerak:  Hisoblash texnikasining 4 davrini           

2. O’quvchi bajara olishi kerak: Darslikning 50-betidagi 1-7 savol va topshiriqlarni 

Darsning borishi:

1.Darsni tashkil etish (sinfni darsga tayyorlash).

2. Yangi mavzuni o’quvchilar hamkorligida o’tish.

Yangi mavzuni mustahkamlash:

1.O’tilgan mavzuni savollar asosida bir necha o’quvchidan so’rab, o’qituvchi tomonidan mustahkamlab baholash.

2.Savol – javob kartochkalari

3.Test

Vazifa:  darslikdagi 3.1-$ ni  o’qish, 50-betdagi 7-mashq

Darsni yakunlash:  o’qituvchi tomonidan qisqa takrorlab, mustahkamlab yakunlash.

Xulosa:  o’quvchilarning shu o’tilgan mavzu haqidagi fikrini olib, baholash.

Y A N G I        M A V Z U N I N G   B A Y O N I

Hisoblash texnikasining tarixi bir necha davrni o'z ichiga oladi:

• Mexanik mashinalargacha bo'lgan davr.

• Mexanik mashinalar davri.

• Elektromexanik mashinalar davri.

• Elektron hisoblash mashinalari davri.

Mexanik mashinalargacha bo’lgan davr.Inson hisoblay boshlashidagi dastlabki hisoblash vositasi bo'lib odamlarning barmoqlari xizmat qilgan. Odam tabiiy hisoblash vositasi bo'lmish qo'l va oyoq barmoqlari yordamida faqat sanash ishlarini bajargan. Mazkur vosita yordamida biror hisoblash nari tursin, baiki ikki yoki undan ortiq raqamli sonlarni qo'shish ham juda qiyin yoki umuman mumkin emas.Shuning uchun asta-sekin sun'iy hisob­lash vositalari vujudga kela boshladi. Shubhasiz birinchi hisoblash vositalari toshlar va tayoqchalardir. So'ngra birka, abak, Neper tayoqchalari, ruscho'tlari vujudga keldi.

Mexanik mashinalar davri.Nemis olimi Vilgelm Shikkard (1592—1636)tomonidan 1623-yili ixtiro qilingan mexanik moslamalar bilan mexanik mashinalar davri boshlandi.Aslida esa Shikkardning mashinasi ham birin­chi emas ekan.1967-yili Madriddagi milliy kutubxonada Leonardo da Vinchining nashr etilmagan ikki jildli qo'lyozmasi topilgan. Qo'lyozmadag chizmalar ichida o'n uchta raqamli sonlarni qo'sha oladigan hisoblash qurilmasining chizmasi mavjud bo'lib, ular asosida mashina yaratilganda, bu qo'shish va ayirish amallarini bajaruvchi qurilma ekanligi ma'lum bo'ldi Shunga ko'ra, uyg'onish davrining buyuk rassomi, matematigi italiyalik olim Leonardo da Vinchi (1452—1519-yillar) birinchi hisoblash qurilmasining ixtirochisi deb hisoblanadi. Vilgelm Shikkard yasagan mexanikhisoblash mashinasi ham, Leonardo da Vinchining loyihasi ham hayotdaqo'llanilmadi.

«Fransuzlaming Arximedi» degan nomni olgan olim Blez Paskal 1642yilda keyinchalik keng ko'lamda go'llanilgan va keyingi hisoblash mashinalariuchun asos bo'lib xizmat qilgan mexanik mashina yaratdi.

Ana shu ixtiro tufayli quyidagi savollarga dastlabki javoblar olindi:

•  Sonlarni mashinada qanday qilib tasvirlash kerak?

• Hisoblash uchun lozim bo'lgan boshlang'ich sonlarni mashinaga qay usulda kiritish kerak?

• Arifmetik amallarni mexanik ravishda qanday bajarish kerak?

• Amal bajarish davomida o'nliklarni qanday qilib o'tkazish kerak?

• Amal bajarish natijasida hosil qilingan sonlarni qanday tasviriash kerak?

1642—1645-yillarda Pascal mexanik tarzda hisoblovchi qurilmasining 50 dan ziyod shakllarini yaratdi.

                                          Ularning eng mukammali 1645-yilda yaratildi va «arifmetik mashina» yoki «Paskal g'ildiragi» deb nomlandi.

1820-yili Sharl de Kolmar tomonidan birinchi kalkulyator — «Arifmometr» ni yaratildi. U qariyib 90-yil (ba'zi kichik o'zgarishlar bilan qayta ishlangan holda) qo'llanildi.

Elektromexanik mashinalar davri.Mexanik hisoblash mashinalarida mos qurilmalar qo'l kuchi bilan harakatga keltirilar edi.Mana shu vazifani elektr energiyasi yordamida amalga oshiruvchi hisoblash mashinalarining yaratilishi elektromexanik hisoblash mashinalar davrini boshlab berdi.Bunday mashina loyihasi dastlab Rossiyada yashab turgan shved olimi V.T.Odner tomonidan 1875-yilda yaratildi. 1925-yilda V.Bush elektr releda yig'ilgan hisob­lash mashinasini yasadi va hayotga tatbiq etdi.

Elektron hisoblash mashinalari davri. 1943—1945-yillarda birinchi bo'lib AQSHdagi Pensilvaniya universitetida Mouchli va Ekkert 70 tonnaga yaqin og'iriikdagi, 150 kvadrat metrii xonani egallaydigan va 18 mingta electronlampaga ega bo'lgan ulkan elektron hisoblash mashinasi «ENIAC»ni yaratdilar. U elektron hisoblash mashinalari davrini boshlab berdi.

1947-yilda Bell laboratoriyasinig hodimlari Uilyam Shokli, Jon Bardin va Uolter Berteyn tomonidan birinchi tranzistor yaratildi. Mazkur kashfiyot uchun ular 1956-yilda Nobel mukofotiga sazovor bo'ldilar. Qisqa davr ichida, tranzistor va integral sxemaning kashfiyoti tufayli, bugungi kungacha elektron hisoblash mashinalarining to'rtta aviodi yaratildi:

 

Y A N G I     M A V Z U N I   M U S T A H K A M L A S H

 

                            Savol – javob kartochkalari 

                                      Savol   kartochkasi  № 1

 

                       Mexanik mashinalar davri qaysi olimning ishi bilan boshlandi?

                                     Javob   kartochkasi    № 1

                   Nemis olimi – Vilgelm Shikkart tomonidan 1623 yili ixtiro qilingan mexanik moslamalar bilan boshlanadi  

***************                                     

                                     Savol    kartochkasi    № 2

 

           Hisoblash texnikasining davrlari bir- biridan nimasi bilan farq qiladi?                   

                                   Javob        kartochkasi     № 2

                I , II davrlarda mashinalar qo’l harakati bilan ishga tushirilgan.  III va IV davrda esa elektr energiyasi yordamida ishga tushirildi. Ular yana xotirasi bilan , amal bajarish tezligi bilan, hajmi bilan farq qiladi.

 

 

                               Mustaqil  ish

                         Test – topshiriqlari:

1.      Birinchi hisoblash asbobi nima?

a)     Nepr tayoqchalari

b)     Birka

c)      Arifmometr

 

      2.  Ikkinchi avlod mashinalari nima asosida ixtiro qilindi?

a) Tranzistorlar

b) Integral sxema

c) Elektron lampa

 

   3. Ucninchi avlod E.H.M. lari nechinchi yillarni o’z ichiga oladi?

a) 1950 – 1965

b) 1965 – 1975

c) 1940 – 1950

 


 

HISOBLASH TEXNIKASINING

HISOBLASH TEXNIKASINING

Ularning eng mukammali 1645-yilda yaratildi va «arifmetik mashina» yoki «Paskal g'ildiragi» deb nomlandi

Ularning eng mukammali 1645-yilda yaratildi va «arifmetik mashina» yoki «Paskal g'ildiragi» deb nomlandi

Nepr tayoqchalari b) Birka c)

Nepr tayoqchalari b) Birka c)
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
01.05.2020