Dars maqsadi:
a) Talimiyligi: O’quvchilarga dasturlash tillari haqida tushuncha berish.
b) Tarbiyaviyligi: Bilimga chanqoqlik ruhida tarbiyalash
v) Rivojlantiruvchi: O’quvchilarning dasturlash tillari haqidagi tushunchalarini mustahkamlash
Dars turi Yangi bilim berish
(Yangi bilim beruvchi , bilimlarni mustahkamlash , bilimlarni sinash , umumlash –
tiruvchi takrorlash , bilim ko`nikma va malakalarini rivojlantirish aralash .)
Dars metodlari: Birgalikda o`rganish
(Sayohat , ertak , musobaqa , izlanib o`rganish birgalikda o`qitish , sahnalashtirish ,
hamkorlik , ponarama , viktorina , disput , muloqot , mustaqil ijodiy faoliyat ,
zakovat , sinov , parlament , mantiqiy fikrlash , tanlov , kim ochdi ( auksion ) dars.)
O’quvchilarga qo’yiladigan talablar DTS
1. O’quvchi bilishi kerak: Dastur,dasturlash tilining guruhlari, dasturchi, kompyuter tushunadigan til,
2. O’quvchi bajara olishi kerak :.Dasturlash tillarini nomlarini bilish
3. Uyga vazifa Savollarga javob yozish
Dars jihozi: kompyuterlar, darslik,ko`rgazma
A
Darsning borishi:
Ma'lumki, kompyuter texnikasidan samarali foydalanish ikki qism – texnik va dasturiy ta'minotning uzviyligini talab etadi. Bu uzviylik kompyuter texnik ta'minotining jadal sur'atlar bilan takomillashib borishiga mos dasturiy ta'minotni ham keskin sur'atlar bilan rivojlanishiga sabab bo’ladi va aksincha. Buning sababi ma'lum, mos dasturiy ta'minotsiz har qanday kompyuter «qimmatbaho o'yinchoq» bo’lib qolaveradi.
Avvalgi darslarda masalalarni kompyuterda hal qilishda kerak bo’ladigan obyekt, model va algoritm tushunchalari haqida ma'lumot oldingiz. Ma'lumki, kompyuterda biror masalani hal qilish uchun avval uning modeli va algoritmi tuziladi, so’ng mazkur algoritm ma'lum bir qonun – qoidalar asosida kompyuter tushunadigan ko’rsatma va buyruqlar shaklida yoziladi. Hosil bo’lgan matn kompyuter tilida yozilgan dastur deb ataladi. Demak, dastur — biror masalani yechish uchun kompyuter bajarishi mumkin bo’lgan ko’rsatmalarning izchil tartibi ekan.
Kompyuter uchun dastur tuzish jarayoni dasturlash va dastur tuzadigan kishi dasturchi deyiladi. Kompyuter tushunadigan «til» esa dasturlash tili deb ataladi.
Dasturlash tillarini shartli ravishda uch guruhga ajratish mumkin:
1. Quyi darajadagi dasturlash tillari.
2. O’rta darajadagi dasturlash tillari.
3. Yuqori darajadagi dasturlash tillari.
Quyi darajadagi dasturlash tillari kompyuter qurilmalari bilan bevosita bog’liq bo’lib, buyruqlar maxsus raqam (kod) yordamida yoziladi. Bu kabi buyruqlardan tashkil topgan dasturlar katta hajmli bo’lib, ularni tahrir qilish juda ham mushkul.
Dastur tuzishni osonlashtirish maqsadida inson tiliga yaqin bo’lgan buyruqlar tizimini tuzish va qo’llash masalasi qo’yildi va hal etildi. Bu kabi dasturlash tillari o’rta darajadagi dasturlash tillari (ba'zan assemblerlar) deb yuritila boshlandi. Assembler tillarida buyruqlar qisqartirilgan so’zlar yoki so’zlar majmuidan iborat bo’lib, ular mnemokod deb yuritiladi.
Yuqori darajali dasturlash tillaridagi ko’rsatmalar inson tiliga yaqin bo’lgan so’zlar majmuidan iborat. Ular yordamida amallarni bajarish quyi darajadagilaridan ko’ra yengil bo’lib, biror maxsus ko’rsatma bo’lmasa, dasturchidan kompyuter qurilmalari bilan bevosita bog’liq axborotlarni bilish talab etilmaydi. Bu tilda tuzilgan dasturlarni translyatorlar deb nomlanuvchi maxsus dasturlar kompyuterlar bajara olishi uchun raqamli ko’rinishga o’tkazib beradi.
Keyingi yillarda juda ko’p yuqori darajadagi dasturlash tillari yaratilgan. Masalan, Pascal, dBase, Ada, KAEAT, C++, Delphi, Visual Basic va boshqalar.
Bugungacha yaratilgan dasturlash tillaridan keng tarqalgani va ko’p foydalanilayotgani Pascal (Paskal) dasturlash tilidir.
1969- yili N.Virt tomonidan Paskal dasturlash tili ishlab chiqildi. Paskal tili dasturlashni o’rgatish maqsadida yaratilgan bo’lsa-da, yuqori malakali dasturchilar orasida keng tarqaldi. Shuni ham ta'kidlash kerakki, turli rusumdagi kompyuterlar uchun Paskal tilining ularga moslashtirilgan naqllari ishlab chiqilgan bo’lib, ular Paskal tilining boshlang’ich naqlidan farq qilishi mumkin.
Mavzuni mustahkamlash:
Uyga vazifa:Savollarga javob yozish;
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.