Роль узбекских учёных в развитии науки
Оценка 4.9

Роль узбекских учёных в развитии науки

Оценка 4.9
Мероприятия +1
docx
информатика
9 кл
29.04.2019
Роль узбекских учёных в развитии науки
O`zbek klassik adabiyotining ulkan namoyondalaridan biri,o`zbek adabiy tili va adabiyotining rivojiga bebaho qissa qo`shgan iste'dodli olim va o`ta ziyoli inson, mashhur davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur murakkab ijtimoiy-tarixiy davrda yashab ijod qilgan. Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yilning 14 fevralida Andijon shahrida tug`ildi. Uning otasi Umar shayx Mirzo-Amir Temurning pan nabirasi Farg`ona viloyatining xokimi bo`lgan. Boburning onasi Qutluq Nigor xonim Toshkent hokimi Yunusxonning qizi bo`lgan.
Роль узбекских учёных в развитии науки.docx
“Buyuk mutafakkirlarimizning oltin merosini o‘rganib, kamolotga erishamiz” klassik O`zbek adabiyotining ulkan namoyondalaridan biri,o`zbek adabiy tili va adabiyotining rivojiga bebaho qissa qo`shgan iste'dodli olim va o`ta ziyoli inson, mashhur davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur murakkab ijtimoiy-tarixiy davrda yashab ijod qilgan. Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yilning 14 fevralida Andijon shahrida tug`ildi. Uning otasi Umar shayx Mirzo-Amir Temurning pan nabirasi Farg`ona viloyatining xokimi bo`lgan. Boburning onasi Qutluq Nigor xonim Toshkent hokimi Yunusxonning qizi bo`lgan. va jasurligi Boburning bolaligi asosan Andijon va uning atroflarida o`tdi. Bobur saroy muhitida o`qidi va tarbiya topdi. Yoshligidan ilm-fanga, she'riyatga qiziqa boshladi. Dovyurakligi uchun u yoshligidan "Bobur"(Sher) laqabini olgan. Otasi vafotidan keyin 1494 yil iyun oyida, o`n ikki yoshda taxtga o`tirdi. Boburning siyosiy faoliyatidagi dastlabki maqsadi Amir Temur davlatining poytaxti strategik va geografik jihatidan muhim bo`lgan , Samarqandni egallash va Movarounnahrda markazlashgan kuchli davlatni saqlash, mustahkamlash hamda Temur imperiyasini qayta tiklash edi. 1495-1496 yillarda Bobur Samarqandga ikki marta muvaaffaqiyatsiz yurish qildi. 1497-1498 yillarda u Samarqand atrofidagi bir qancha joylarni va Samarqandni egallaydi. Samarqand hokimi Boysunqur Mirzo esa qunduzga qochadi. Bobur Samarqandni yuz kun idora qiladi. Andijonda unga qarshi isyon ko`targani uchun Samarqandni tashlab Andijonga qaytadi, lekin uni egallay olmagach, Xo`jandga, so`ng Toshkent hokimi Sulton Mahmud oldiga borib, ular yordami bilan Andijonni oladi. 1500 yilda Samarqandni ikkinchi marta egallaydi. Shu yili Alisher Navoiy bilan xat yozisha boshlaydi. Lekin ikkinchi xatiga javob kelguncha Samarqand shayboniylar qo`liga o`tib ketadi. Bu davrda mamlakat siyosiy hayotida beboshlik, o`zaro urushlar kuchayib bormoqda edi. Bir tomondan, shimoldan, Dashti qipchoqdan kelayotgan shayboniyxon qo`shinlarining tazyiqi ostida, ikkinchi tomondan, temuriylar orasidagi ixtilof, o`zaro kelishmovchilik natijasida Bobur Farg`onani ham tashlab chiqishga va janubga qarab yo`l olishga majbur bo`ladi. Hisordagi parchalanib borayotgan beklar, alohida- alohida yashayotgan afg`on qabilalari birin-ketin Bobur tomoniga o`tdilar.1504 yilda esa qobulviloyatining hokimi shaharni Boburga topshirib taslim bo`ldi. Lekin Bobur o`z vatanidan tamom umidini uzmadi. 1506 yilda Xuroson podshosi Husayin Bayqaro temuriylarga mansub bo`lgan kuchlarni bosib kelayotgan Shayboniyxonga qaqshatg`ich zarba berishda tashabbus ko`rsatgan bo`lsada, lekin husayin Bayqaroning vafoti (1506) va shahzodalar o`rtasida avj olgan ixtilof bu harakatni natijasiz qoldirdi. Bu katta tadbirga umid bog`lagan Bobur muvaffaqiyatsizlikka uchragandan keyin vaqtincha chekinishga va Qobulga qaytishga majbur bo`ldi. birlashtirib, O`z hujumlarini davom ettirgan Shayboniyxon O`rta Osiyoni bosib olish uchun janubdan harbiy yurish boshlagan Eronlik shoh Ismoil qo`shinlariga qarshi kurashda Marv shahrida xalok bo`ldi. Qulay siyosiy va harbiy vaziyatdan foydalanib Bobur 1512 yilda Samarqandni uchinchi marta ishqol qildi. Oradan olti oylar chamasi vaqt o`tgandan so`ng, Shayboniyxonning jiyani Ubaydullaxon katta kuch to`plab, Samarqandga, Bobur ustiga yurish boshladi.Ubaydullaxon qo`shinlari bilan Bobur askarlari o`rtasida Samarqand uchun bo`lgan jangda Bobur mag`lubiyatga uchrab, shaharni bo`shatishga majbur bo`ladi. 1525 yilda Bobur Shimoliy Hindiston hukmronligini o`z qo`liga kiritishga muvaffaq bo`ladi va shu paytdan boshlab Hindiston uning ikkinchi vatani bo`lib qoladi. U yerda Bobur o`z atrofiga o`sha davrning eng yaxshi shoir va olimlarini yig`ib, qurilish ishlarini olib boradi, o`zining sevimli ishi Bo`lgan adabiyot bilan shug`ullanadi Boburning ma'rifatparvarligi ham diqqatga sazovor. U doim olim va fozillar, san'atkor kishilar bilan birga bo`lishga, ular bilan maslahat qilishga, o`z bilimini tinmay oshirishga intildi. Uning to`rt o`g`li (Humoyun, Kamron, Askariy, Hindol) va uch qizi (Gulchehra, Gulrang, Gulbadan) bo`lib,ularga ham o`zining shu hususiyatlarini singdirishga harakat qilgan. Bobur davlatni boshqarishda qam ana shu tarzda maslahat, kengash bilan ish tutish lozimligini uqtirdi. Farzandlaridan Xumoyun, Kamron va Gulbadanbegim shoir va adib bo`lib yetishdilar. Bobur uchun Vatandan uzoqda, G`urbatda yashash nihoyatda og`ir edi. Buning ustiga uzoq vaqt sarson-sargardonlikni boshidan kechirish, dushmanlariga qarshi uzluksiz kurash olib borish uning sog`liqiga ta'sir qilgan edi. "Boburnoma"da o`zining og`ir ahvoli, sog`lig`i yomonlashi borayotganligi haqida quyidagi ruboiyni yozadi. Jismimga isitma kuda mahkam bo`ladur. Ko`zdin o`chadur uyqu chu axshom bo`ladur. Har ikkalasmig`anmi bila satrimdek, Borg`on sayin bu ortadur,ulkum bo`ladur. Bobur Hindistonda besh yil hukm surgandan so`ng 1530 yilda Agrada o`zi obod qilgan "Zarafshon" chorbog`ida vafot etadi. Keyinroq boburiylardan Shohjahon (Boburning chevarasi) hukmronligi davrida uning xoki Qobulda yasalgan maqbaraga ko`chirildi. Bobur Hindistonda ham, xuddi Afg‘onistonda bo‘lganidek, ko‘plab ijtimoiyxayrli ishlarni amalga oshirdi, mamlakat taraqqiyotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. Tarqoqlik va parokandalikka, o‘zaro ichki nizo, qirg‘inlarga barham berib, viloyatlarni birlashtirdi, markazlashgan davlatni mustahkamlash va yurtni obodonlashtirishga, ilmu hunar va dehqonchilikni rivojlantirishga katta e’tibor qaratdi. Qurilish ishlariga boshchilik qildi. Bobur Mirzo o`zi podsho bo`lgani uchun hech kimga tobe emas edi, ijod jarayonida o`zini butunlay mustaqil his qilar va erkin qalam tebratardi. O`sha davrning ko`pgina saroy shoirlarida bo`lmagan ijod erkinligi Bobur Mirzoda bor edi. Bobur she'rlari hijron azobida kuygan dil ko`zlaridan oqqan yosh bilan yozilgan. Ularda ona yurt sog`inchida ado bo`lgan farzandning, yor firoqida azob chekkan oshiqning, o`z xatolarini anglab yuksalishiga, soddalashtirishga va yetgan komil insonning, bobolari toj-davlatini saqlab qololmagan Qoqonning alamlari ifodalangan. Bobur `oz asarlari bilan `ozbek adabiyotini va tilini rivojiga, jonli so`zlashuv tiliga yaqinlashtirishga munosib qissa qo`shdi. Boburning ulkan san’atkorligi shundaki, shaxsiy kechinmalarini jiddiy umumlashma darajasiga ko‘tara oladi va natijada asarlarida olg‘a surilgan g‘oyalar umuminsoniy qadriyatlar darajasiga ko‘tariladi. Bobur ijodida, xususan, she’riyatida kindik qoni to‘kilgan ona yurtini dildildan qo‘msash, uning tuprog‘iga talpinish, g‘ariblik azoblaridan o‘tli hasrat, yoru diyor soginchi va visol ilinji, takdir zarbalari va turmush uqubatlari, zamona nosozliklaridan nola badiiy tahlil etiladi. Bobur ijodida ishqmuhabbat, sevgisadoqat, visol va hijron mavzui ham salmoqli o‘rin tutadi. Uning gazal va ruboiylarida, tuyuq va masnaviylarida ma’shuqaning maftunkor go‘zalligi, beqiyos husnu latofati, sharqona odobu axloqi, nozu karashmasi yengil va o‘ynoqi, musiqiy va ravon misralarda katta mahorat bilan tarannum etiladi. Hozirda uning 119 g‘azali, bir masnu she’ri, 209 ruboiysi, 10 dan optik tuyuq va qit’alari, 50 dan ortiq muammo va 60 dan ziyod fardlari aniqlangan. Devoni tarkibida umumiy hajmi 270 baytdan iborat 8 masnaviy ham o‘rin olgan. davri Hindiston yurishlari (1521)da Bobur «Mubayyin» asarini yaratdi. Masnaviy tarzida yozilgan, islom huquqshunosligi aqidalariga bag‘ishlangan bu asarda Movarounnahr va Hindistonga oid o‘sha davr ijtimoiyiqtisodiy hayoti bo‘yicha qiziqarli ma’lumotlar ham jamlangan. Valiahd Humoyun va va shariat Komron Mirzolarga dasturulamal sifatida mo‘ljallangan «Mubayyin»da, ayni zamonda, namoz, zakot va haj ziyorati to‘g‘risida ham shar’iy mezonlar bayon qilingan. Shu yillarda Bobur Sharq she’riyatining asosiy masalalaridan biri aruz vazni, uning nazariyasi va amaliyotiga oid ilmiy risolasini yakunlaydi. Bobur nomini dunyoga mashhur qilgan shoh asari «Boburnoma» ustidagi ijodiy ishini 1518—19 ylarda boshlagan. Boburning yuqorida keltirilgan asarlaridan tashqari, «Xatti Boburiy», shuningdek musiqa san’ati va harb ishlariga maxsus bag‘ishlangan qator risolalari ham bo‘lgan. Ammo keyingi ikki asar matni hanuz topilgan emas. Bobur o‘zi e’tiqod qo‘ygan Xoja Ahror Valiyning nasrda bitilgan «Volidiya» asarini she’riy tarjima qiladi. Boburning mohir tarjimon sifatidagi qobiliyati namoyon bo‘lgan 243 baytli bu asar katta ijodiy ilhom bilan juda qisqa muddatda yakunlangan. Bobur O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng o‘z yurtida haqiqiy qadrqimmattopdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga ko‘ra 1993 yilda Bobur tavalludining 510 yilligi tantanali nishonlandi. Andijon sh.da Bobur nomida unt, teatr, kutubxona, milliy bog‘ («Bog‘i Bobur») bor. Bobur milliy bog‘i majmuasitsa «Bobur va jahon madaniyati» muzeyi, shoirning ramziy qabrmaqbarasi bunyod etilgan. Shahar markazida (muallifi Ravshan Mirtojiev) va Bobur bog‘idagi yodgorlik majmuida (muallifi Qodirjon Salohiddinov) shoirga haykal o‘rnatildi. Andijondagi markaziy ko‘chalardan biriga, shuningdek Toshkentdagi istirohat bog‘i va ko‘chaga, Andijon viloyati, Xonobod shahridagi istirohat bog‘iga Bobur nomi berildi. O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Bobur nomidagi medali ta’sis etildi. Sharqshunos olim Ubaydulla Karimov bu medalning birinchi sovrindori bo‘ldi.

Роль узбекских учёных в развитии науки

Роль узбекских учёных в развитии науки

Роль узбекских учёных в развитии науки

Роль узбекских учёных в развитии науки

Роль узбекских учёных в развитии науки

Роль узбекских учёных в развитии науки

Роль узбекских учёных в развитии науки

Роль узбекских учёных в развитии науки

Роль узбекских учёных в развитии науки

Роль узбекских учёных в развитии науки

Роль узбекских учёных в развитии науки

Роль узбекских учёных в развитии науки

Роль узбекских учёных в развитии науки

Роль узбекских учёных в развитии науки
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
29.04.2019