Avtomatik boshqarish tizmlari haqida tushuncha -Jarayonni ma’lum ketma – ketlikda va berilgan tartib bo‘yicha odam ishtirokisiz amalga oshiradigan chora tadbirlar majmuasiga texnologik jarayonni avtomatik boshqarish deyiladi.
Masalan Metall kesish stanoklarida zagotovkaga ishlov berish jarayonlarini boshqarishda shpindelning aylanish chastotasini, support yoki stolining bo‘ylanma va ko‘ndalang harakatlari tezliklarini yoki revolver kallagi xolatini o‘zgartirishga to‘g‘ri keladi. Bu boshqariladigan kattaliklar jarayonning boshqarish parametrlari deyiladi
Revolver stanok — koʻp vaziyatli burilish moslamasi (revolver kallagi) boʻlgan tokarlik stganogi. Detallarning tashqi va ichki sirtlarini ishlaydigan asboblar (parma, keskich, zenker, razvyortka va boshqalar)ni tutib turadigan koʻp vaziyatli buriladigan kallak bilan jihozlanadi. Revolver juda kichik, va donali zagotovkalardan murakkab shaklli detallar tayyorlanadi. Revolver kallagining oʻrnatilishiga qarab, vertikal, gorizontal, qiya joylashgan, zagotovkalarning uzatilishiga qarab, dastaki, mexanik va avtomatik xillarga boʻlinadi
Boshqarishning markazlashtirish darajasiga ko‘ra markazlashtirilgan, nomarkazlashtirilgan va aralashma turlariga bo‘linadilar. Markazlashtirilgan tizimda avtomat yoki avtomatik liniya (ob’ekt) buyruq (komanda) punktidan boshqariladi. Bunga misol taqsimlash vali yoki komandoapparat yordamida boshqariladigan avtomat bo‘la oladi.
Nomarkazlashtirilgan tizimda ob’ektni boshqarish markaziy boshqarishga ega emas. Stanok (ob’ekt) ishchi organlari yo‘l datchiklari yordamida boshqariladi. Datchiklarning ulanishi yoki uzulishi ishchi organlarida o‘rnatilgan tayanchlar orqali amalga oshiriladi. Bunga misol qilib jilvirlash avtomatlarining boshqarish organlarini olish mumkin.
Abraziv asboblar bilan ishlovchi stanoklar hozirgi zamon mashinasozligida muhim o'rin egallaydi. Bunday stanoklarning asosiy qismi jilvirlash stanoklari bo'lib, ular asosan texnologik jarayonning oxirgi tozalab va pardozlab ishlov berish (finish) operatsiyalarini bajarish uchun mo'ljallangan. Jilvirlash stanoklari tashqi va ichki silindrik,konussimon va shakldor yuzalar,hamda tekisliklari tozalab va pardozlab ishlash,rezba va tishli g’ildirak tishlarini jilvirlash,shuningdek zagotovkalarga tekislash,tozalash kabi xomaki ishlov berish, materiallarni qirqib ajratish, kesuvchi asboblarni charxlash ishlarini amalga oshiradi.
Aralashma tizim - bu markazlashtirilgan va nomarkazlashtirilgan tizimlar kombinatsiyasidan tuzilgan tizimdir. Boshqariladigan ob’ektga ta’sir qilish usuliga ko‘ra boshqarish tizimlari uzluksiz va diskret - uzlukli turlarga bo‘linadilar.Uzluksiz boshqarish tizimiga misol qilib taqsimlash vali yordamida boshqariladigan tizimni olish mumkin. Diskret – uzlukli boshqarish tizimida stanok ishchi organi impulsli signallar yordamida boshqariladi. Bu tizimga sonli dastur bilan boshqarish tizimlari misol bo‘la oladi.
Ob’ekt bilan boshqaruvchi organ orasida teskari aloqa borligi bo‘yicha ochiq va yopiq boshqarish tizimlarga bo‘linadilar. Ochiq boshqarish tizimlarida boshqarish tizimi jarayon (ob’ekt) ning parametrlari to‘g‘risida axborot olmaydi va uning o‘zgarishga ta’sir ko‘rsatmaydi.Yopiq boshqarish tizimida jarayon (ob’ekt) bilan boshqaruvchi organ o‘zaro teskari aloqa bilan bog‘langan bo‘lib,boshqarish parametrini berilgan qiymatlarda o‘zgarishi ta’minlanadi. Bunday tizimni teskari aloqa tizimi ham deyiladi.
2. Avtomatik boshqarish nazariyasi – texnikaviy Kibernetikaning turlicha murakkablikdagi va har xil tabiatli jarayonlarni avtomatik boshqarish tizimlari (ABT)ni yaratish ustida ilmiy tadqiqotishlari olib boruvchi boʻlimi. Avtomatik boshqarish nazariyasida haqiqiy obyektlar oʻrnida ularning oʻxshash (adekvat) matematik Modellaridan (matematik mantiq) foydalaniladi.
Unda asosan ikki muammo: ABT tahlili va sintezi ustida tadqiqotlar olib boriladi. Ikki xil boshqarish tizimi, yaʼni ochiq va yopiq boshqarish tizimlari jarayonlarni boshqarish tarzi boʻyicha bir-biridan farq qiladi. Birinchisida boshqaruvchi taʼsirlar jarayonni toyiltiruvchi taʼsirlardan kelib chiqib, ularning toyilishi farqini kamaytirishga qaratiladi. Bunday boshqarish tizimining asosiy kamchiligi oʻlchash imkoni boʻlmagan tashqi toyiltiruvchi taʼsirlarni bartaraf eta olmasligidadir.
Bundan tashkari, ushbu boshqarish tizimlari nobarqaror obyektlarni uzoq vaqt davomida boshqara olmaydi. Yopiq boshqarish tizimlari asosida teskari bogʻlanish gʻoyasi yotadi. Bu gʻoya parametrlarning meʼyordan chetlashishi boʻyicha boshqarish prinsipi (yoki teskari bogʻlanishli boshqarish) nomi bilan maʼlum. Bu yerda boshqaruvchi parametrlarning talab darajasidan ogʻishi tufayli ularni talab holatiga qaytaruvchi ijro signallari shakllantiriladi.
3. Boshqaruv ishlarini avtomatlashtirish — korxonalar, idoralar, hududiy birlashmalar, shahar xoʻjaligi, tarmoq va tashkilotlar faoliyatini boshqarish masalalarini hal qilishda matematik usullar, avtomatik qurilmalar va hisoblash texnikasi vositalarini qoʻllash.
Har xil axborot jarayonlarini avtomatlashtirish imkoniyati Boshqaruv ishlarini avtomatlashtirish tizimini yaratishda asosiy ilmiy texnik asos hisoblanadi. Ishlab chiqilgan texnik vositalar evaziga boshqarishdagi axborot jarayonlari texnologiyasini butunlay oʻzgartirish mumkin.
Boshqacha aytganda, ishlab chiqarish va xoʻjalik faoliyatidagi holatni aks ettiruvchi maʼlumotlarning tezkorligi va ishonchliligini taʼminlash, maʼlumotlarni qayd qilishni sodda holatga keltirish, zarur xabarlarni izlash va guruhlash, ularning tezligini oshirish, axborot saqlashni mukammallash, hisobotlar tayyorlashda kishi mehnatini kamaytirish,
xoʻjalik boʻgʻinlari orasidagi oʻzaro bogʻlanish va axborot oqimi sifatini koʻtarish, ikkinchi darajali maʼlumotlardan xoli boʻlib, boʻgʻinlararo axborot oqimini tartibga solish, boshqarish uchun olingan maʼlumotlarni saralab, murakkab tahlil ishlarini bajarish, bashoratlash, maqbullash, rejalashtirish va tashkillash masalalarini hal qilish.
Odamning texnik vositalar bilan oʻzaro muloqotini yengillashtiradigan maʼlumotlarni qayta ishlash qurilmalari, ayniqsa, axborotlarni qayd qilish va aks ettirish bosqichidagi har xil qurilmalar Boshqaruv ishlarini avtomatlashtirish tizimini xalq xoʻjaligiga joriy etishni tezlashtirishga imkon beradi.
Axborot jarayonlarini avtomatlashtirish asosida eng mukammal matematik modellar qurish hamda maqbul rejalashtirish, loyihalash va boshqarish masalalarini yechish usullaridan foydalanishga imkon tugʻiladi. Axborot jarayonlarini qulda yoki mexanik ravishda bajarishga asoslangan anʼanaviy boshqarish tizimlaridan Boshqaruv ishlarini avtomatlashtirishning farqi shuki, bu tizimni yaratish va foydalanishni tashkil etishning asosiy yoʻlyoʻriqlari maxsus qoidalar koʻrinishida ifodalangan boʻladi.
Boshqaruvning ayrim bosqichlaridagi jarayonlarni avtomatlashtirish va mexanizatsiyalash masalani yechishga doir maʼlumotlarni tayyorlashga ketadigan mehnatni kamaytirmaydi. Bu holatda axborotni kiritish va chiqarish, namunalar hamda dastur apparatini tayyorlashda parallellikning buzilishi dastur va axborotni qayta ishlovchi texnik vositalarni ishlatishda qiyinchilik tugʻdiradi.
Bu qiyinchiliklar tezkor va haqiqiy maʼlumotlar asosida kelajakni uzoq muddatga bashoratlash masalasini hal qilishda, rejali topshiriqlarni tezkorlik bilan bajarishda, boshqarishda foydalaniladigan maʼlumotlarni takdim etishdagi kechikishlarga sabab boʻladi. Boshqaruv ishlarini avtomatlashtirish shu jihatdan ham samaraligi, unda birinchidan hisobga olish va boshqarish masalalari yagona majmua ichida hal boʻladi,
ikkinchidan, axborotning harakat yoʻli, yaʼni birlamchi axborotdan tortib to bir tizimga solingan boshqaruv maʼlumotlarigacha butunlay qamraladi. Boshqaruv ishlarini avtomatlashtirish tizimining yagona matematik modeli, yaʼni har xil darajadagi oʻzaro bogʻlangan matematik modellar majmui boʻladi. Bu modellar majmui asosida tizimda avtomatik ravishda maqbullash (optimallash) va rejalashtirish masalasi qoʻyiladi va yechiladi.
Bu tizimning unumdorligiga hamma amallarning avtomatik ravishda bajarilishi evaziga erishiladi. Boshqaruv ishlarini avtomatlashtirish boshqaruvning tashkiliy iqtisodiy tizimi turiga kiradi. Boshqaruv ishlarini avtomatlashtirish murakkab tizim boʻlib, oʻz tarkibida tub tizimlarni mujassamlashtiradi. Bu tizim maʼlum belgilarga asoslanib ajratilgan va boshqarishning aniq maksad hamda masalalariga javob beradigan tizimning bir qismidir.
Shu masalalar doirasida uni alohida tizim deb qarash mumkin. Boshqaruv tizimining matematik taʼminoti yoki dasturlar toʻplami odatda ikki guruhga: tashqi va ichki guruhlarga boʻlinadi. Birinchi guruh dasturlar toʻplami tizimining yuqorida sanab oʻtilgan ayrim vazifalarini, yaʼni parametrlarning yoʻl qoʻyilgan oraliqdan chetlashish hollarini hisobga olish, ishlab chiqarish rejalarini tezkorlik bilan tekislash kabi bir qator vazifalarni bajarishga imkon yaratadi.
Ichki matematik taʼminot guruhidagi dasturlar esa boshqarish tizimidagi hisoblash majmuining ishlashini taʼminlaydi. EHMlar uchun tuzilgan dasturlar oddiy amallarni bajaruvchi buyruqlar zanjiridan tashkil topadi. Buyruklar zanjiri ixtiyoriy boʻlmasdan, balki masalani yechishning biror matematik usulini amalga oshirishga moʻljallanadi. Bu usul koʻp hollarda oldindan formulalar yoki ifodalar orqali berilgan boʻladi. Agar matematik formulalar va mantiqiy shartlar asosida qoʻyilgan masalani yechish yuzasidan yuqorida keltirilgan shartlar bajarilsa, u holda bu ketmaketlik qoʻyilgan masalani yechish algoritmi deyiladi.
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.