С.Хайитбоев ижодига бир назар
Оценка 5

С.Хайитбоев ижодига бир назар

Оценка 5
Лекции
doc
музыка
СCУЗ, ВУЗ
25.06.2022
С.Хайитбоев ижодига бир назар
Малака иши
С.Хайтбоев Норим норим БМИ.doc

Mavzu: O'quvchilar bilan S.Hayitboyevning 5-sinflar uchun yaratgan "Norim-norim" asari ustida ishlash. (Afg'on rubobi cholg'usi misolida)

 

ДИҚҚАТ! БУ БЕТИДА ҚУЙИДА КЎРСАТИБ ЎТИЛГАН МУНДАРИЖА ДАН БОШЛАНАДИ МАВЗУ ЁЗИЛМАЙДИ, МАВЗУНИ МАЛАКА ОШИРИШ МАРКАЗИ ТОМОНИДАН БЕРИЛГАН ТИТУЛГА ЁЗИЛАДИ.

3 ЧИ БЕТ БЎЛИБ БОШЛАНАДИ

MUNDARIJA

      Kirish.

      I-bob. O‘zbek bastakorlarining xalq cholg‘ulari uchun yaratgan asarlarining o‘rni xamda afg‘on rubobi cholg‘usida  kuylarni ijro qilishda nazariy jixatalari.

      1.1. Mezrobchi cholg‘ularda afg‘on rubob cholg‘usining  o‘rni.

      1.2. S.Xayitboyevning ijodiy faoliyati

      II-bob. O‘quvchilarga kuylarni o‘rgatish moxiyati va uni ijro etish  usullari.

      2.1.  Afg‘on rubobi cholg‘usi ijro imkoniyatlari va 5-sinf o‘quvchilariga qo‘yilgan talablar 

      2.2. O‘quvchilarga S.Xayitboevning “Norim-norim” asari taxlili va uni o‘rgatish  uslublari

      Xulosa.

      Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.


Kirish.

O'zbek musiqa merosini o'rganish va uni munosib darajada kelajak avlodga yetkazish azal-azaldan ijrochilik an 'analarining ustoz-shogird qabilida amalga oshirib kelinayotgan mezonidir. Ustoz-shogird an 'anasi asosidagi an'anaviy musiqa sabog'ini ta'lim tizimida qaror topishi zamonaviy ta'limning eng ahamiyatli bosqichlaridan hisoblanadi. Buni uzluksiz ta'lim tizimi doirasida shakllantirish, hamda uni har bir bosqich talablari asosida tartiblash avvalo bilimli mutaxassis tayyoriashni zamini, qolaversa barkamol avlod tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi. Odatda, ijrochilik masalalari uzoq muddat shug'ullanishni va shunga mos munosabatni talab etadi. Albatta, cholg'u ijrochiligida uning texnik o'zlashtirish darajalarini ta'limning boshlang'ich va o'rta bo'g'inlarida o'zlashtirish maqsadga muvofiqdir. Muhimi, ijrochi kasbni o'zlashtirish jarayonida asarni ham tarkiban, ham ma'nan idrok etishi va tushungan holda talqin etish ko'nikmalarini hosil qilishi desak, mubolag'a bo'lmaydi. Shu bilan birga ustoz-shogird an'anasini o'zlashtirish va fazilatlarini saboq jarayonida shakllantirish sozandalar uchun juda ahamiyatlidir. Uning eng muhim bosqichi ustozlik  an'analarini idrok etishdan iborat.

Musiqa - inson xis tuyg‘ulariga ta'sir etadigan o‘ziga xos sexrli olamdir. U insonga ruxiy quvvat beradi, yaxshi kayfiyat baxsh etadi. Yoshlarni musiqaga oshnoligi ularga yuksak ma'naviyatini qaror toptirishda muxim omil bo‘lib xizmat qiladi. Yurtimiz azalda betakror  qadryatlari, umrboqiy an'analari va urf-odatlari, xususan, boy va beqiyos musiqa san'ati bilan dovrug‘ taratgan. Elimizdan ko‘plab xushovoz xofizlar, iste'dodli xonandayu - sozandalar yetishib chiqqan. Xozirda xam mamlakatimizda musiqaga, san'at va kuy-qo‘shiqqa qiziquvchan iqtidorli yigit-qizlar juda ko‘p. Birinchi prezidentimiz Islom Abdug‘anievich Karimov “Yuksak ma'naviyat – yengilmas kuch” asarlarida  ta'kidlab o‘tganlaridek, vatanimizning kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning jaxon xamjamiyatidagi obru - e'tibori avvalambor farzandlarimizning unib - o‘sib,  ulg‘ayib, qanday inson bo‘lib xayotga kirib borishga bog‘liqdir.  Yuqoridagi ta'kidlangan so‘zlarga asoslanib shuni aytish joizki, xozirgi kun yoshlari, mamlakatimiz ilm-fan, san'at, madaniyat va ma'rifat, texnika soxalaridagi xamda ma'naviy taraqqiyoti yo‘lida o‘zlarining bevosita xissalarini qo‘shib, mamlakatimiz va xalqimizni yuksalishi yo‘lida sobitqadamlik bilan chuqur izlanishlar olib borishlari lozim. Yangi jamiyat asoslarini qurayotgan bir vaqtda yoshlarni sog‘lom va barkamol avlod etib tarbiyalashga shubxasiz ilm - fan taraqqiyoti juda katta axamiyat kasb etadi.    

Bugungi kunga kelib farzandlarimiz davlatimizning bebaxo boyligiga aylanganiga xech qanday shubxa yo‘q.

Yurtimizda yosh avlodning jismonan sog‘lom, ruxan tetik, intelektual jixatdan yetuk bo‘lib kamol topishi, xar tomonlama bilim olishi va kasb egallashi uchun barcha imkoniyatlar yartilgan.

“Ta'lim to‘g‘risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash” milliy dasturiga muvofiq, mamlakatimizda uzluksiz ta'limning tobora jadal rivojlanib borayotgan iqtsodiy tarmoqlar va ijtimoiy soxa uchun zarur mutaxasislar tayyorlashga yo‘naltirilgan o‘ziga xos tizim yaratilishga erishildi.

Mustaqillik sharoitida xalqning ma'naviy madaniyatni  rivojlantirish va mustaxkamlash ishlari, muxim davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Uzluksiz ta'limni islox qilishning tashkiliy,  ilmiy va metodik asoslari yaratildi. Ta'lim tizimida yangicha ilmiy-uslubiy yondashuvlar kirib kela boshladi. Ularning ko‘pchiligi pedagogik texnologiyalar va pedagogik maxorat bilan uzviy bog‘liq. Yosh avlodning xam mumtoz, xam zamonaviy milliy musiqa madaniyatining eng yaxshi namunalaridan baxra olish uchun darslarni zamonaviy pedagogik texnologiyalar, an'anaviy va interaktiv usullar uyg‘unligidan foydalangan xolda zamonaviy metodikalar orqali olib borish maqsadga muvofiqdir.

Mavzuninig   dolzarbligi

Xozirgi davrda fan va ma'daniyatni eng so‘ngi yutuqlari asosida kelajagimiz bo‘lgan yosh avlodni xayotga tayyorlashning samarali shakl va uslublarini izlash nixoyatda  zarurdir. O‘quvchilaga ta'lim-tarbiya berish jarayonida xalq pedagogikasi asoslariga tayanish.Sharq muttafakkirlarni dono fikr-muloxazalridan, shuningdek, jaxon umumiy insoniy qadryatlaridan foydalanish zarur.

E'tiborli jixati shundan iboratki, keyingi yillarda yoshlarimiz nafaqat mamlakatda o‘tkazilgan turli ko‘rik-tanlovlarda faol ishtirok etishmoqda, balki xalqaro miqyoslarda  xam e'tiborga sazovor bo‘lishmoqda. Albatta qo‘lga kiritilayotgan bu yutuqlar yosh avlod ma'naviyatini yuksaltirish, musiqa va san'at rivoji uchun keng imkoniyatlar yartib berish yo‘lidagi ezgu ishlarning amaliy ifodasidir. 

O‘zbekiston Respubliasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev xuddi ana shu jixatlarni e'tiborga olgan xolda ijtimoiy, ma'naviy-ma'rifiy soxalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha  5ta muxim tashabbusni ilgari surdi.

 Bu tashabbusning birinchisi yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san'atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste'dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.

Ikkinchi tashabus yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport soxasida qobilyatini nomoyon qilishlarini zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan.

Uchinchi tashabbus axoli va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan.

To‘rtinchi tashabbus yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga qaratilgan.

Beshinchi tashabbus xotin-qizlrni ish bilan ta'minlash masalalarini nazarda tutadi.

Bu tashabbuslar xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. Tashabbuskor iste'dodli yoshlar va maxalliy xomiylarni jalb etgan xolda, madaniyat markazlarida badiiy-xavaskorlar jamoalari, yoshlar teatr studiyalari va ,,Yoshlar klublari,, tashkil qilish zarurligi takidlandi.  Musiqa va san'at soxasida oliy ma'lumotli kadrlarini ko‘paytirish masalasiga xam e'tibor qaratilgan.

Men aytmoqchimanki, biz ustozlar xammamiz bir bo‘lib bu soxani rivojlantirishga, kamchiliklarni yakdil bo‘lib bartaraf etishga intilishimiz, bolalarimizning-millatimiz farzandlarimizning-komil inson darajasida tarbiya olishlari uchun, yartilayotgan sharoitlardan unumli foydalanishimiz shart. Bu bizning Vatan oldidagi fuqarolik burchimizdir, insoniylik burchimizdir. Biz xar birimiz bunga astoydil o‘z xissamizni qo‘shishimiz lozim.

Mavzuni o‘rganilganlik darajasi:

S.Xaytboev ijodi xaqida ma'lumotlarni o‘rganish. O‘zbek  kompozitorlari va ularning asarlari xaqidagi ilmiy va ommabop ma'lumotlarni to‘liq o‘rganishdan iborat

Malakaviy ishning maqsadi:

S.Xaytboev asarlari mazmuni; Norim-norim asarini yaratilish tarixi va tematik o‘ziga xosligi va yangiligi nuqtai nazaridan tahlil qilishni malakaviy ishimizning asosiy maqsadlaridan biridir.

Malakaviy ishning vazifalari:

1.O‘zbek bastakorlarining xalq cholg‘ulari uchun yaratgan asarlarining o‘rni xamda afg‘on rubobi cholg‘usida  kuylarni ijro qilishda nazariy jixatalari.

2. Mezrobli cholg‘ularda afg‘on rubob cholg‘usining  o‘rni.

3. Afg‘on rubobi cholg‘usi ijro imkoniyatlari va 5-sinf o‘quvchilariga qo‘yilgan talablar  4. O‘quvchilarga kuylarni o‘rgatish moxiyati va uni ijro etish  usullari.

5. O‘quvchilarga S.Xayitboevning “Norim-norim” asarini ijro qilishni o‘rgatish  metodikasini ishlab chiqish bitiruv malakaviy ishimizning vazifalaridan biri sanaladi.

 

Malakaviy ishning ob'ekti:

BMSM o‘quvchilariga o‘tiladigan maxsus fan darslari, S.Xaytboevning asarlarini magnit yozuvlari va uning ijodi xamda xayoti keltirilgan manbalar malakaviy ishimizning ob'ekti.

  Malakaviy ishining predmeti:

BMSM afg‘on rubobi sinfi o‘quvchilariga S.Xaytboevning “Norim-norim” asarini ijro qilishni o‘rgatish uslublarini metodikasining mazmuni, shakl va uslublarini ishlab chiqish.

Malakaviy ishning nazariy axamiyati shundan iboratki, bo‘lajak sozandalarini tarbiyalash jarayonida ularni kompozitor ijodi bilan yaqindan tanishtirish, uning o‘zbek bastakorlari tomonidan yaratilgan musiqasida tutgan o‘rni xaqida ma'lumotlar berish va mavzu yuzasidan ilmiy izlarishlariga o‘rgatish imkonini beradi.

Malakaviy ishining  amaliy axamiyati: O‘quvchilarni ixtiisoslashtirilgan  san'at maktabida taxsil olayotgan jarayonida egallagan nazariy bilimlarning amaliyotga tadbiq qilishni o‘rgatishdan iborat. Malakaviy ishimizda S.Xaytboevning “Norim-norim” asarini o‘rgatish orqali dars o‘tishning o‘ziga xos yangi uslublarni ishlab chiqish, dars jarayoniga bevosita tadbiq etishning amaliy axamiyati benixoya katta.

Malakaviy ishning tuzilishi:

Malakaviy ishning tarkibiy ishning tarkibiy qismi;

Kirish; ikki bob, to‘rt mavzu, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovadan iborat.

 

 


 

I-bob. O‘zbek bastakorlarining xalq cholg‘ulari uchun yaratgan asarlarining o‘rni xamda afg‘on rubobi cholg‘usida  kuylarni ijro qilishda nazariy jixatalari.

1.1. Mezrobli cholg‘ularda afg‘on rubob cholg‘usining  o‘rni.

Afg'on rubobi takomillashgandan keyin 5 ta ochiq torlari sof kvarta intervallariga sozlanadigan bo'ldi. Sozning torlari ichakdan bo'lib, u juft t:orlar kesimi 0,8 mm, 2 juft torlar kesimi 1,2 mm, 3 tor kesimi 1,8-2 mm bir xil. Vaqt o'tishi bilan ijrochilik mahorati rivojlanib, 1972-80- yillari tajriba uchun rubobdagi 3- yakka yo'g'on torga metall simdan tor qo'shib unison qilib sozlandi. Shunda yo'g'on tor bilan ingichka po'latdan qo'yilgan sim qo'shilib zil (yuqori) - bam (past) yoqimli va kuchli tovush hosil bo'ldi. Mabodo kuy ijrosi uchun o'sha 6- simni kerak bo'imasa, xarrak yoniga tushirib qo'yadigan bo'lindi. Vaqt o'tishi bilan bu tajribamdan qashqar rubobchilar ham foydalanadigan bo'ldilar . O'sha yillardan beri hozirgacha afg'on rubobini 6 ta simda ijro etib kelib, yana shu yili ustoz Ergash Shukurullayev bilan rubobning kosasini eski holiga yaqinlashtirib, yonidagi 8 ta sado beruvchi torlami qo'shib ustoz rahbarligida musiqa fabrikasida tajriba uchun afg'on rubobining yangi shakli ishlandi. Rubobning eski va qayta ishlangan eng yaxshi tomonlarini olib, boshqa ko'rinishdagi sadolanishi to'liq, ohangi yoqimli afg'on rubobi yaratildi. Xarrakdan asosiy 6 ta torlaming tagidan o'tgan 8 ta po'lat simlar sado berib turuvchi torlar hisoblanib, ular kosa yonidagi 8 ta quloqqa taqiladi. Bu tortar kosa yonidagi qllloqlarga mahkamlanadi. Yillar o’tib sozlar o'zgaradi, takomillashadi, lekin eng yaxshisi ijrochilar tomonidan chaiinib, yanada rivojianadi, degan fikrdaman. Shuning uchlln bu sohada ustozlarimiz Borbad, Al-Farobiy, Usta-Vsmon Zufarov, A.!. Petrosans, M. Mirzayev, E. Shllkurul\ayev va qator olim va ijrochi sozandalarni yaratgan nodir sozlaridan o'rganib, o'z mlliohaza va hozirgi zamonni talabiga javob beradigan afg'on rubobi haqidagi fikr-mulohazalar bildirildi.

Afg'on rubobi sharq xalqlarining juda qadimiy musiqa asbobidir. Bu soz o'ziga xos ko'rinishi, jarangiga ko'ra, o'zbek xalq cholg'ulari oilasida alohida o'rin egallaydi. Zarb bilan chalinadigan asboblar safida boshqa cholg'u sozlaridan sadolanish tembri bilan ajralib turadi. Afg'on rubobi Afg'oniston, Hindiston, Pokiston, Misr, Xitoy kabi mamlakatlarda, shuningdek, 0' rta Osiyoda O'zbek va tojik xalqlari orasida keng  tarqalgan, Bu soz hozirgi vaqtda Toshkent, Buxoro, Samarqand, Xiva, TeImiz, Farg'ona vodiysida sevib chalinib kelinmoqda, Afg'on rubobining qayerdan kelib chiqishini aniqlash qlym, chunki turli manbalarda turlicha ta'riflanadi. Al- Farobiy (X asr) o'z davrining musiqa asboblarini tavsiflar ekan, rubobda bir-biridan farq qiladigan ijroga erishish mumkinligini. uning afzalliklaridan biri deb hisobJaydi: (.Rubobda boshqa yaxslli sifatlari ham bor. Bular faqat uning o'zigagina xos. Unda baland va mayin chalish mumkin. Darvesh Ali (XVII asr) «Musiqa haqida risola» asarida musiqa sozlarini tuzilishini bayon qilar ekan: «Rubob - torIi musiqa asbobi. 0'rta Osiyoda Sulton Muhammad Xorazmshoh (1200-1220) davrida tarqaldi. Shu davrda Xorazmshoh saroyida tengi yo'q rubob cholg'uvchi usta Mahmud yashar cdi. Rubobda beshta tor bo'lib. ulardan to'masi ichakdan va bittasi kumushdan edi'.> - dcb yozadi,; rRubobning qadimdan qo'llanilib kelinayotganliJi haqldagi ma'iumotiarni N.N. Mironov asarlarida ham ko'ramiz. U shunday deb yozadi: (,Rubob juda qadimiy afg'on asbobi. U Hindistonda ham uchrab turadi. Qashqarda uni rabob deb ataladi. Professor Fitrat o'zining (,0' zbek klassik musiqasi va uning tarixi.> risolasida bu cholg'u asbobining Xorazm amiri - Muhammad Xorazmshoh davrida (XV asr) Balh shahrida noma'lum shaxs tomonidan yasalganligi haqidagi rivoyatni keltiradP. V. Belayev o'zining «Muzikalnie instrumenti Uzbekistana» kitobida bu sozni hind rubobi deb atalgan. Afg'on rubobi qadim zamonlardan beri Movarounnahr va Xuroson xalqlari orasida keng tarqalib, ijrochilar tomonidan mohirona chalinib kelingan. Bunday ijrochilar «Rubobiy» - tahallusi bilan mashhur bo'lganlan.

 

1.2. S.Xayitboyevning ijodiy faoliyati

Uzbekistonda xnzmat ko‘rsatgan san’at arbobi, profsssor, kompozitor  S.Hayitboyev zamonaviy professional kompozitorlar safiga 60-yillarning boshida kirib keldi. Uniig dilrabo qo‘shiq va ashulalari, cholg‘u kuylari, orkestr uchun yozgan asarlari, musiqali drama va komediyalari, simfonik va vokal-snmfonnk asarlari muxlislar qalbidan munosib o‘rin olgan.

Sulton Hayitboyev Xorazm viloyatining Yangiariq tumanida 1926 yilning 5 may kuni dehqon oilasida tavallud topdi. U bolaligida ota-onasidan yetim qolib. ammasinikida tarbiyalandi. Qishloq maktabida yetti yil o‘qidi. Yoshligidan musiqaga mehr qo‘ydi, maktab va tuman musiqa to‘garagiga qatnashib, g‘ijjak va doira chalishni o‘rgandi. Tug‘ma iste’dod sohibi Sultonboy yosh bo‘lishiga qaramay. Yangiariq tumanidagi «Kolxozteatri»da sozanda bo‘lib, kattalar yonida ishladi. 1941 yili Ikkinchi jaqon urushi boshlanishi bilan teatr yopilib, dalada mehnat qildi, bo‘sh vaqtlarida musiqa bilan shug‘ullandi. 1945-49 yillari Toshkentda ichki qo‘shinlar safida harbiy xizmatini bajo etdi. Sultonboy o‘sha damlar haqida quyidagicha hikoya qilgan: «Harbiy havaskorlar ansambli» repertuar dasturida o‘zbek xalq musiqasi bilan birga Yu.Rajabiy, T.Jalilov, K.Jabborov, S.Kalonov, F.Sodiqov. N.Hasanov, M.Niyozov, P.Rahimov, T.Sodiqov, M.Leviyev, S.Yudakov kabi kompozitorlarning qo‘shiq va kuylari mavjud edi. Mazkur bastakorlarning ijodlari menga juda ham ta’sir qildi, Men ham shularga o‘xshagan bastakor bo‘lishni orzu qilar edim. Chunki o‘zim ham kuylar bastalashga intilib, bir necha kuy va qo‘shiqlarim ansambl ijrosida jarangladi. Yevropa nota yozuvini o‘zlashtirishga harakat qila boshladim va mening ongimda burilish ro‘y berdi. Musiqa san’atiga mehrim yanada oshdi, musiqachi bo‘lishga qaror qildim».

Kompozitor bo‘lish orzusi bilan S.Hayitboyev 1949-50 o‘quv yili Hamza nomidagi Toshkent musiqa bilim yurtining g‘ijjak sinfi va musiqa nazariyasi bo‘limiga o‘qishga kirdi. Musiqa nazariyasi va kompozitorlik mutaxassisligi bo‘yicha S.Boboyev va B.Giyenkolardan saboq oldi. Bir yildan so‘ng S.Hayitboyevning maslahati bilan o‘zbek xalqining sevimli san’atkorlari Komiljon Otaniyozov va Matniyoz Yusupovlar ham shu o‘quv dargohiga keldilar. O‘qish davrida bu uch og‘ayni konsertlar uyushtirib, xalqqa xizmat qildilar. 1952 yili O‘zbekiston xalq artisti Yu.Rajabiy radio qoshidagi O‘zbek xalq cholg‘u ansambliga S.Hayitboyevni ishga taklif qildi. «Davr taqozosi bilan, — deydi S.Hayitboyev, — men talaba yigit bu ansamblda o‘zbek musiqa san’ati namoyondalari bilan yonma-yon o‘tirib, ulardan musiqa sirlarini o‘rganishni, muloqotda bo‘lishni xayolimga ham keltirmagan edim. K.Otaniyozov va Yu.Rajabiy ansambllarida ishdashga muyassar bo‘lganimdan baxtiyor edim. Ularning ansambllari Xorazm, Buxoro va Farg‘ona, Toshkent an’anaviy musiqa yo‘nalishlarini o‘zlashtirishda men uchun katta maktab bo‘ldi».

Bilim yurtini 1955 yili tugatgach, Toshkeit davlat konservatoriyasining kompozitorlik fakultetiga o‘qishga kirdi, professor B.B.Nadejdin sinfida tahsil ko‘rdi va 1960 yili o‘qishni bitirdi. Shu yili O‘zbekiston maorif vazirligi qoshidagi pedagogika ilmiy tekshirish institutiga musiqa va badiiy san’at bo‘limi mudiri lavozimiga tayinlandi. 1962 ynldan esa M.Qoriyoqubov nomidagi-O‘zbek davlat filarmoniyasining musiqa bo‘limiga mudirlik qildi. Kompozitorlik mahoratini yanada oshirish maqsadida u 1965 yili konservatoriyaning aspinranturasida O‘zbekiston xalq artisti. professor A.Kozlovskin rahbarligida tahsil ola boshladi va 1968 yili bitirdi. Shu yildan boshlab konservatoriyada muallimlik qildi. 1975 yildan boshlab, to umrining oxirigacha A.Qodirny nomidagi Toshkeit davlat madannyat institutida cholg‘ulanshtirish va partitura o‘qish kafedrasini boshqardi.

Bastakorning ijodda qo‘shiq va musiqali drama janrlari ustun turadi. U ijodining 40 yildan ortiq davrida qo‘shiqchilik san’atiga e’tiborini qaratdi. Zamondosh shoirlar bilan hamkorlikda, turli mavzularda juda ko‘p qo‘shiq, yalla va ashulalar yaratdi. Shunisi diqqatga sazovorki. kompozitor qo‘shiqlarini mashhur xonandalar va ijrochi jamoalarnnng iltimoslariga ko‘ra yaratib, ularning repertuarlarini boyitdi. Masalan, O‘zbekiston xalq artistlari — Olmaxon Hayitova ijrosida «O‘zbekiston gullari» (A.Bobojonov so‘zi). «O‘zbekiston so‘zlagay» (N.Narzullayev so‘zi), «Xayol» (E.Oxunova so‘zi), «O‘tmasmikan» (Nilufar so‘zi), Kommuna Ismoilova ijrosida «Ey. sohibdil» (T.To‘la so‘zi), «So‘zim aytaman» (Xalq so‘zi), «Istar» (E.Samandarov so‘zi). Sultonposhsha O‘dayeva ijrosida «Xivam, mening do‘stlarim» (E.Samandarov so‘zi), Quvondiq Iskandarov ijrosida «Esingdaman» (Mirtemir so‘zi), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar: Hadya Yusupova ijrosida «O‘rgilay yor, bo‘yingdan» (A.Isroilov so‘zi), «Oh, agar ko‘rsam yana», (H.Boyqaro so‘zi), «Ovozingni eshitganda» (T.Qo‘chqor so‘zi), M.Dadaboyeva ijrosida «O‘zbekistonim» (J.Jabborov so‘zi), xonanda Ozoda Yorova ijrosida «Kechma muhabbatdan» (E.Samandarov so‘zi). G‘anijon Vahobov ijrosida «Qalam qoshga» (P.Mo‘min so‘zi) va boshqa xonandalar ijrosida konsert dasturlarida, radio efir to‘lqinlarida jaranglab kelmoqda. Bulardan tashqari. «Lazgi» vokal-xoreografik ansambli va o‘zbek xalq cholg‘ulari orkestrining ijro dasturida kompozitorning birtalay qo‘shiqlari o‘rin olgan.

1991 -99 yillarda E.Samandarovning so‘zlariga «Yulduz bilan», «Istar», «Umid g‘unchasi», «Ketma, muhabbat», B.Boyqobilovning so‘zlariga «Biz Temur avlodimiz», Ra’no Uzoqova so‘ziga «Vafo qilmadi», Husayn Boyqaro g‘azallariga «Armon bo‘lmasin». «Ravshan aylagil», «Seni, agar ko‘rsam yana», «Jamolingdan ko‘zim ravshan» kabi qo‘shiq va kuylar yaratdi. Kompozitorning qo‘shiqlari 1985 yilda G‘.G‘ulom nashriyotida «O‘zbekistoi so‘zlagay» nomi bilan maxsus to‘plamda va turli boshqa to‘plamlarda chop etilgan.

1962 yili S.Hayitbosv bastakor K.Jabborov bilan hamkorlikda «Nodira» (H.Razzoqov pesasi) musiqali dramasini yaratdi, asar Andijon musiqali teatrida saxna yuzini ko‘rgandan boshlab kompozitorning ijodida katta burilish bo‘ldi. U shu janrga xos kuylar va yillar davomida 14ta musiqali drama, ikkita musiqali komediya va uchta televizion spektaklga musiqa bastaladi. Uning sahna asarlari Muqimiy nomidagi musiqali teatrda va viloyat teatrlarida saxna yuzini ko‘rdi. Masalan. Ogaxiy nomidagi Xorazm viloyat teatri 1964 yili «So‘nggi xon» (A.Bobojon va M.Muxamedovlar pessasi) musiqali dramani, shu teatr jamoasi 1972 yili «Qudalar» (O‘.Rashid psssasi) musiqali komediyani, 1973 yili «Mauzerli qiz» (Yu.Yusupov pesasi), 1985 yili «Ahmad bilan Oqbilak» (T.Mirza pessasi), Bobur nomidagi Andijon viloyat teatri 1969 yili «Saltanat shubxada» (Sh.Sa’dullo pesasi), 1971 yili Farg‘ona viloyat teatri «Yaylov tongi» (Tamkin pesasi) va 1973 yili «Zavqiy» (K.Maqkamov pessasi). Alisher Navoiy nomidagi Namangan viloyat teatri 1976 yili «Muxabbat yodgori» (M.Nazarov pesasi) va 1979 yili «Farzand deb» (O‘.Rashid pesasi), M.Toshmuxamedov nomidagi Qashqadaryo viloyati teatri 1978 yili «Chirog‘ boylar» (M.Nazarov pesasi) musiqali dramalarini, Yu.Rajabiy nomidagi Sirdaryo viloyat teatri 1990 yili «Ikki oshiq bir bo‘lsa» (T.Qahxor pesasi) musiqali komediyani tomoshabinlarga xavola qilgan edi. Muqimiy nomidagi musiqali teatr jamoasini esa 1966 yili «Bag‘ritosh» (H.Umarov pesasi), 1975 yili «Turkman qizi» (Tamkin pesasi), 1994 yili «Har kimga vafo qilsa» (H.Muhammad pesasi), bastakor A.Ismoilov va kompozitor M.Otajonovlar hamkorligida yozilgan «Bashorat» (E.Samandarov pesasi) musiqali dramalari 1995 yili saxna yuzini ko‘rdi. 1967 yili «Uvaysiy» (T.Qosimova pesalari), 1971 yili «Dilistonim mening», 1984 yili «Mashrab» (Ali Jamol pesasi) telespektakllarga musika bastaladi.

Kompozitor S.Hayitboyevning skripka va simfonik orkestr uchun konsert, simfoniya, simfonik syuita, rubob va o‘zbek xalq orkestri uchun «Konsertli lirik pesa», o‘zbek xalq cholg‘ulari orkestri uchun uchta syuita, o‘zbek xalq cholg‘ulari va doira uchun «Doira-raqs pesasi», qashqar rubobi va forteniano uchun «Ballada», fortepiano uchun pesa, variatsiya, prelyudiya, fuga kabi asarlar musiqa maktablar o‘quv dasturlariga kiritilgan. O‘zbek mumtoz «Feruz 1 va 2» ni, «Aliqambar» ashulalarini yakka xonanda va fortepiano uchun moslashtirgan. Bolalar uchun «Turnalar», «Orzu», «O‘qi, bilim ol», «Kimning xati chiroyli», «Internatchilar qo‘shig‘i» kabi qo‘shiqlari yakka ijrochi va bolalar xor jamoalarnning repertuar dasturlaridan joy olgan. S.Hayitboyev 1960-64 yillarda T.Husainov bilan xamkorlikda umumta’lim maktablarning 5 va 6-sinflari uchun «Musiqa» darsligini yaratdi va nashrdan chiqardi.

Sulton Hayitboyev 1988 yili «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi» faxriy unvoni, shuningdek, bir necha medallar bilan taqdirlangan.

 

 


II-bob. O‘quvchilarga kuylarni o‘rgatish moxiyati va uni ijro etish  usullari.

2.1.  Afg‘on rubobi cholg‘usi ijro imkoniyatlari va 5-sinf o‘quvchilariga qo‘yilgan talablar 

Bolalar musiqa va san’at maktabining asosiy maqsadi yosh avlodning musiqa va san’at turlariga qiziqishi va qobiliyatini rivojlantirish, ijtimoiy faolligini oshirish, ularni xalqimiz an’analariga va milliy qadriyatlarimizga nisbatan hurmat ruhida tarbiyalash, ma’naviy va ma’rifiy saviyasini har tomonlama oshirishdan iborat. Juladan:

o‘quvchilarning ma’naviy va estetik rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratish;

o‘quvchilarning iste’dodini har tomonlama kamol toptirish, madaniy saviyasini yuksaltirish;

o‘quvchilarni milliy va jahon musiqasi, tasviriy san’atning yuksak namunalaridan va o‘zbek xalqining mumtoz musiqa merosi durdonalaridan bahramand bo‘lishi uchun zarur sharoitlar yaratish;

milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarni uzviy birlashtirish asosida o‘quvchilarda yuksak axloqiy fazilatlarni shakllantirish;

o‘quvchilarga umumiy musiqa, xoreografiya, teatr san’ati, tasviriy va amaliy san’at yo‘nalishlari bo‘yicha bilimlarning boshlang‘ich asoslarini o‘rgatish orqali ularni musiqa va san’at olamiga jalb etish;

iqtidorli o‘quvchilarni musiqa va san’at yo‘nalishlari bo‘yicha o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalarida o‘qishini davom ettirish uchun tayyorlash.

Yosh avlodni o‘qitish va tarbiyalashda musiqa madaniyatini taraqqiy ettirish hamda o‘sib kelayotgan yosh avlodning musiqaviy-estetik tarbiyasini tobora uyg‘unlashtirishda bolalar musiqa va san’at maktablari katta rol o‘ynaydi.

O‘zbekiston respublikasi  xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan o‘quv dasturda maktab o‘quvchilariga musiqa o‘rgatish hamda ularni badiiy-estetik, vatanga muhabbat, axloq va tarbiya hamda milliy g‘oya ruhida tarbiyalashda bolalar musiqa va san’at maktablarining oldiga muhim masalalar qo‘yilgan.

Bolalarga umumiy musiqiy ta’lim berish, milliy musiqamiz va o‘zbek xalq mumtoz kuy va qo‘shiqlari, jahon musiqa madaniyati, rus va evropa klassik asarlariga  bolalar qalbida muhabbat uyg‘otish orqali ularni musiqaga va barcha musiqiy fanlarga qiziqish ortirish, hamda faol musiqa tinglovchilarini tarbiyalashda bolalar musiqa va san’at maktablari asosiy o‘rin tutadi.

Bolalar musiqa va san’at maktablarida o‘quv va tarbiya ishlarining acosiy vazifasi ixtisoslik bo‘yicha dars o‘tishdir.

O‘quvchilarni axloqiy jihatdan pok, jismonan sog‘lom va barkamol qilib tarbiyalash hamda ularning badiiy estetik didini kun sayin o‘stirish, har taraflama mukammal rivojlangan ijrochi – sozandalarni etishtirib chiqarish, tarbiyalash har bir musiqa o‘qituvchisining zimmasidagi eng mashaqqatli, ayni paytda sharafli vazifadir.O‘qituvchi shu sharafli vazifani umumiy ta’lim fanlari o‘qituvchilari bilan va bolalarning ota-onalari bilan yaqindan aloqa bog‘lagan holda amalga oshiradi.

Umumiy musiqa ta’limini amalga oshirish bilan bir qatorda bolalar musiqa va san’at maktablarida o‘quv yillari mobaynida yaxshi natijalarga erishgan va ko‘rik-tanlovlarda cholg‘u ijrochiligi bo‘yicha yuqori o‘rinlarni qo‘lga kiritgan, iqtidori bilan ajralib turuvchi o‘quvchilarni maxsus san’at yo‘nalishidagi kollejlariga tayyorlab berishlari ham muhim ahamiyatga egadir.

    Dars o‘tish jarayonida har-bir mutaxassis o‘qituvchi o‘zining mutaxassisligi bo‘yicha cholg‘uning tarixiy manbalariga nazar solib, ushbu cholg‘uni mohirona ijro etib o‘tgan mohir sozandalar, bastakorlar va cholg‘u yasovchi ustalar haqidagi ma’lumotlardan o‘quvchini bahramand etish maqsadga muvofiq.

1-2 torlari  bir xil sozlanib fortepianodagi LYA birinchi oktava notasiga;

3-4 torlari  bir xil sozlanib fortepianodagi MI birinchi oktava notasiga;

5 tori  fortepianodagi LYA  yoki Si kichik oktava notasiga sozlanadi.

Afg‘on rubobini chalayotganda chap oyoq polga qo‘yiladi, o‘ng oyoqning to‘piq oldi esa chap oyoq tizzasi ustiga qo‘yiladi. Mashg‘ulot davomida o‘quvchining qo‘llari tolmasligi va qattiq charchamasligi kerak. Afg‘on rubobni o‘rganishda avval «lya» va «MI» torlarida chalishni o‘zlashtirish tavsiya etiladi. Afg‘on rubobda  tenikaviy ijrochilik mahoratni rivojlantirishda gamma, arpedjio, turli mashq va etyudlarni muntazam ravishda o‘rganib borish katta ahamiyatga egadir. Gamma, arpedjio, mashq va etyudlar ustida ishlashda ijrochilikning sifatiga, mezrob (mediator)ning mayin harakatiga va uning yumshoq ijrosiga, tovushning nafisligiga, ritmni aniq his etishga, barmoqlarning  aniqliligiga, pozitsiyalarning erkin almashinuviga ayniqsa musiqaviy sado (intonatsiya) ning aniqliligiga va hokazolarga e’tibor berish zarur.

TO‘RTINCHI SINF talablar

1.                      SHtrixlar ustida ishlash, ularning birmuncha murakkab bo‘lgan turlarga almashinuv uslublarini egallash. Pozitsiyalarni o‘zlashtirish.

2.                      Qo‘shma notalarda pozitsiyalarni birlashtirish ustida ishlash.

3.                      6-7 ta ikki oktavali gamma a arpedjio turli xillarini o‘rganish, 2-3 ta qo‘shma notada gamma,

4.                      8-10 ta etyud,

5.                      8 ta pesa (ulardan ikkitasi yirik formali bo‘lishi lozim) kiritiladi..

Albatta o‘quvchi bosqichma-bosqich sinfdan-sinfga o‘tib borar ekan talab etilgan vazifalarni mukammal bajarib borishi zamirida etuk kadr bo‘lishiga ishonch bildiriladi. SHunga qo‘ra Bolalar musiqa va san’at maktabi 5 sinf yani yakuniy sinfda taxsil olishi uchun 1 chidan to 4 sinfgacha bo‘lgan oraliqdagi vazifalarni bajarib borishi maqsadga muvofiq va albatta shart.

 

BESHINCHI SINF talablarI

1.                      Bitiruv imtixoni dasturini tayyorlash.

2.                      O‘tilgan barcha gamma va arpedjiolarning hamma shakllarini takrorlash.

3.                      Etyud va gammalarni turli texnik darajada o‘rganish.

4.                      Bitiruv imtixoni dasturidan tashqari o‘quvchi yana 4-5 ta musiqa asari o‘rganishi lozim (ulardan bittasi yirik formali, 2 tasi o‘zbek xalq kuylaridan bo‘lishi lozim).

2.2. O‘quvchilarga S.Xayitboevning “Norim-norim” asari taxlili va uni o‘rgatish  uslublari

 

NORIM-NORIM (fors. — anor so‘zidan) — Xorazmda keng tarqalgan kuy va an’anaviy erkaklar raqsi. Xalq bayramlari va turli tomoshalarda xalq cholg‘u ansambli jo‘rligida ijro etiladi, ko‘pincha qayroq ham jo‘r bo‘ladi. Ijrochilar (2—4 erkak) qarama-qarshi turib raqsga tushadi. Raqs ikki qismdan iborat. Birinchisi tantanavor tarzda to‘rt chorakli (4/4) usulda ijro etiladi, asosan, qo‘llar ro‘baro‘ holda tutilib, yuqoridan pastga, pastdan yuqoriga harakat qiladi. Ikkinchisi sho‘x va ildam ufar (6/8) usulida oyoq va butun gavda harakati bilan ijro etiladi. Norim-norim kuyi va ufarisining ashula variantlari mavjud.

Fortepiano jo‘rligida chalish o‘quvchilarni ansamblda chalishga o‘rgatadi. Bu esa o‘quvchilarning garmonik eshitish qobiliyatini rivojlantiradi.

O‘quvchi uchun o‘zlashtirishi qiyin bo‘lgan o‘quv materialini yonlab o‘tmay, balki o‘quvchida bunday qiyinchiliklarni engishga ko‘nikma hosil qilish, o‘zlashtirishda yaxshi natijalarga olib keladi. Faqat engil o‘quv materiallari ustida ishlash esa o‘quvchining murakkab texnik ijrochilik rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaydi, ma’lum darajada uning umumiy musiqaviy ijrochilik rivojlanishini cheklab qo‘yishi mumkin. Har bir o‘quvchining asosiy imkoniyatlariga qarab o‘qituvchi unga aniq vazifa berishi va uning bajarilishini muntazam ravishda tekshirib bormog‘i maqsadga muvofiqdir.

Tovush to‘lqinlanishi (vibratsiya) xarakteri ham afg‘on rubobi ijrochisining  ijrochilik maqsadlari bilan chambarchas bog‘liqdir. Tovush to‘lqinlanishini ijro etayotganda mushaklarning ortiqcha zo‘riqishiga yo‘l qo‘ymaslik tovush to‘lqinlanishini hosil qilish malakasini o‘zlash-tirishdagi muhim omildir.

Musiqa asarini o‘rganishga kirishishdan avval o‘rganilayotgan asarni tahlil etish yuzasidan o‘tkaziladigan muntazam mashg‘ulotlar o‘quvchining ijrochilik kamolotida katta rol o‘ynaydi. Masalan: yangi asarni o‘rganishdan avval o‘quvchini musiqa asarining kalit oldi belgilari, qaysi tonallikda yozilganligi, asarning musiqa bezaklari, uning dinamik belgilari va boshqalar bilan tanishtiriladi. Musiqa asarining murakkab joylari  o‘quvchiga tushuntiriladi va hokazolar...

YAngi asar berilayotgan vaqtda o‘qituvchi avvalam bor ushbu asarni o‘quvchiga o‘zi jo‘rnovoz bilan birgalikda aniq ijro etib berishi maqsadga muvofiqdir.

Notani varaqdan o‘qish va tahlil etishda o‘quvchining musiqa bilimini oshirish uchun shaxsiy o‘quv rejasidagi asarlardan tashqari ularga turli mazmundagi bir necha musiqa asarlarini varaqdan o‘qish vazifasi topshiriladi. Mutaxassislik sinfida notani varaqdan o‘qish ishlari o‘quvchilarning o‘zlashtirishiga har tomonlama yordam beradi. SHu sababli o‘quvchi ikkinchi sinfdan boshlab notani varaqdan o‘qishni o‘rgana borishi zarur. Nota nomlarini varaqdan o‘qish va tahlil etish bir biriga bog‘liqdir.

O‘qituvchi o‘quvchiga varaqdan o‘qish va taxlil etish uchun tegishli musiqa asarlarini puxta o‘ylab tanlashi kerak, bunda o‘quvchilarning darsga qiziqishi va talablarini, qobiliyati va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish kerak. O‘quvchilarning ansambl va orkestrda ijro etishlari ham notani varaqdan ongli ravishda to‘g‘ri va tez tahlil etish malakasini rivojlantirish uchun ularga musiqa adabiyoti bilan mustaqil tanishishga intilish hissini o‘yg‘otish zarur.


Xulosa.

Yosh avlodni milliy istiqlol g‘oyalari ruhida tarbiyalash, qadriyatlarimizni va milliy musiqa madaniyatimizni har qachongidan chuqurroq o‘rganish, hamda xalqimizning o‘zligini anglash, o‘z urf-odatlarini saqlay bilishi, ularni tiklab,avaylab, e’zozlab, yangi o‘sib kelayotgan yosh avlodga yetkazib berish bugungi kunning muhim masalalaridan biri hisoblanadi. Yosh avlodni milliy-ahloqiy qadriyatlar ruhida tarbiyalashning muhim vositalaridan biri sifatida ularni har taraflama estetik badiiy did sohibi bo‘lib yetishishida milliy musiqa merosining cholg‘uchilik san’ati orqali tanishtirib borish alohida ahamiyat kasb etadi. Dutor nafaqat O‘zbekistonda, O‘rta Osiyo xalqlari, hususan tojik, uyg‘ur, qoraqalpoq, turkman xalqlarida ham keng tarqalgan. Bu cholg‘uda milliy kuylar bilan bir qatorda,barcha chet el kompozitorlari tomonidan yozilgan har jihatdan murakkab asarlarni ham moxirona ijro etish mumkin. O‘zbekistonda taniqli sozandalardan Orif Qosimov, Turg‘un Alimatov, Abdusamad Ilyosov , G‘ulom Qo‘chqorov, Boqijon Rahimjonov, Abdurahim Hamidov, Ro‘zibi Hojiyeva, Sulton Qosimov singari mohir sozandalar dutorni xalqimiz ichida yanada sevimli va ommaviy bo‘lishida katta hissa qo‘shdilar. Dutorda asarlarni mustaqil o‘rganish va ularni ongli ravishda o‘zlashtirish,ijro etish sozanda uchun tanlagan kasbini sevishi, tinimsiz mehnat qilishi zarur bo‘ladi.

Ushbu malakaviy ishda Norim-norim asarini o‘quvchilarga o‘rgatish xamda mazmun moxiyatini  yoritish bo‘yicha tavsiyalar berib o‘tildi. Malaka ishining kirish qismida yurtimizda amalga oshirilayotgan isloxotlar, qaror va farmonlar xamda ularning ijrolari qayd etilgan. Pedagogikaga oid ko‘rsatmalr, yosh avlodga kelajakda o‘z o‘rnini topishlari uchun bilim va ko‘nikmalar xamda ularga berayotgan shart-sharoitlar to‘g‘risida batafsil yoritib berilgan.

Menga ushbu mavzuni yoritishimda, malaka oshirish jarayonida darslardan olgan bilimlarim  yordam berdi. Bundan tashqari ko‘plab adabiyot va internet tarmoqlaridan foydalandim, natijada o‘zimga etarli bilim,ko‘nikma,malakalarga ega bo‘ldim. Yangicha pedagogik uslublarni o‘rgandim. Malaka oshirish kurslardan olgan bilimlarimni kelajakda o‘quvchilarga tadbiq etaman xamda yoritilgan mavzuni bolalar musiqa va san’ati o‘qituvchi,o‘quvchilarga o‘z ish faoliyatlarida qo‘llash uchun tavsiya etaman.

Xulosa qilib aytganda, bugungi kungacha qilingan ishlarimiz, erishgan yutuqlarimizni dengizdan tomchi deb xisoblaymiz. Yosh avlod ilm fanga, madaniyat va san’atga chanqoq, xalq cholg‘ularida ijrochilik san’atining dovrug‘ini jaxonga taratadigan ishtiyoqmand aqliy saloxiyat egalari oramizda ko‘p. Bu cholg‘u asbobi bilan shug‘illanayotgan maktab, kollej o‘quvchilari faqat o‘zbek xalq musiqasi bilangina chegaralanib qolmasdan, boshqa davlatlarning torli asboblar uchun yaratilgan musiqa asarlari, jaxon musiqachilari ijro etadigan musiqalarini o‘rganishlari va ularni yuksak darajada ijro etib, musiqa ixlosmandlarini baxramand etishi lozim. Orzu – niyatlarimizni ro‘yabga chiqarishda yoshlarimiz uchun shart – sharoitlar yaratish maktablari, biz  o‘qituvchilarning birinchi navbatdagi vazifalari xisoblanadi. Musiqa ijrochisini tarbiyalashda dastlab musiqa, so‘ngra texnik imkoniyat, undan keyin dinamika va xokazolar deyish xato bo‘ladi. Chunki asarning barcha jixatlari bir vaqtda, o‘zaro bog‘liq xolda olib boriladi.O‘quvchining musiqa soxasiga qo‘ygan birinchi qadamidan boshlab, butun ijodiy faoliyati davomida bu jarayon davomi etadi. Musiqada millat, til yo‘q.U qaysi xalq tomonidan yaratilgan bo‘lsa xam, xammaga tushunarli bo‘ladi.Uni xammaga tushunarli qilib ijro etish san’atini o‘rganish esa biz kadrlarning vazifamiz xisoblanadi.

 


 

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.

 

1.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi

2.O‘zbekiston Respublikasining Ta’lim to‘g‘risidagi qonuni

3.Urmanova L., Trigulova A., Ibrahimjanova G. Musiqa nazariyasi.  Toshkent, 2013.

4.M.A.Ilxomov. CHolg‘u ijrochiligi. ”Mehnat nashriyoti”, T., 2010.

6.SH.N.Rahimov. CHolg‘u ijrochiligi T., 2011.

7.X.Nurmatov – Qashqar rubobi. Toshkent. O‘qituvchi nashriyoti. 2003.


Скачано с www.znanio.ru

Mavzu: O'quvchilar bilan S.Hayitboyevning 5-sinflar uchun yaratgan "Norim-norim" asari ustida ishlash

Mavzu: O'quvchilar bilan S.Hayitboyevning 5-sinflar uchun yaratgan "Norim-norim" asari ustida ishlash

Kirish. O'zbek musiqa merosini o'rganish va uni munosib darajada kelajak avlodga yetkazish azal-azaldan ijrochilik an 'analarining ustoz-shogird qabilida amalga oshirib kelinayotgan mezonidir

Kirish. O'zbek musiqa merosini o'rganish va uni munosib darajada kelajak avlodga yetkazish azal-azaldan ijrochilik an 'analarining ustoz-shogird qabilida amalga oshirib kelinayotgan mezonidir

Mavzuninig dolzarbligi Xozirgi davrda fan va ma'daniyatni eng so‘ngi yutuqlari asosida kelajagimiz bo‘lgan yosh avlodni xayotga tayyorlashning samarali shakl va uslublarini izlash nixoyatda zarurdir

Mavzuninig dolzarbligi Xozirgi davrda fan va ma'daniyatni eng so‘ngi yutuqlari asosida kelajagimiz bo‘lgan yosh avlodni xayotga tayyorlashning samarali shakl va uslublarini izlash nixoyatda zarurdir

O‘zbek bastakorlarining xalq cholg‘ulari uchun yaratgan asarlarining o‘rni xamda afg‘on rubobi cholg‘usida kuylarni ijro qilishda nazariy jixatalari

O‘zbek bastakorlarining xalq cholg‘ulari uchun yaratgan asarlarining o‘rni xamda afg‘on rubobi cholg‘usida kuylarni ijro qilishda nazariy jixatalari

I-bob. O‘zbek bastakorlarining xalq cholg‘ulari uchun yaratgan asarlarining o‘rni xamda afg‘on rubobi cholg‘usida kuylarni ijro qilishda nazariy jixatalari

I-bob. O‘zbek bastakorlarining xalq cholg‘ulari uchun yaratgan asarlarining o‘rni xamda afg‘on rubobi cholg‘usida kuylarni ijro qilishda nazariy jixatalari

Rubobning qadimdan qo'llanilib kelinayotganliJi haqldagi ma'iumotiarni

Rubobning qadimdan qo'llanilib kelinayotganliJi haqldagi ma'iumotiarni

Kompozitor bo‘lish orzusi bilan

Kompozitor bo‘lish orzusi bilan

Hadya Yusupova ijrosida «O‘rgilay yor, bo‘yingdan» (A

Hadya Yusupova ijrosida «O‘rgilay yor, bo‘yingdan» (A

Dilistonim mening», 1984 yili «Mashrab» (Ali

Dilistonim mening», 1984 yili «Mashrab» (Ali

II-bob. O‘quvchilarga kuylarni o‘rgatish moxiyati va uni ijro etish usullari

II-bob. O‘quvchilarga kuylarni o‘rgatish moxiyati va uni ijro etish usullari

Umumiy musiqa ta’limini amalga oshirish bilan bir qatorda bolalar musiqa va san’at maktablarida o‘quv yillari mobaynida yaxshi natijalarga erishgan va ko‘rik-tanlovlarda cholg‘u ijrochiligi bo‘yicha yuqori…

Umumiy musiqa ta’limini amalga oshirish bilan bir qatorda bolalar musiqa va san’at maktablarida o‘quv yillari mobaynida yaxshi natijalarga erishgan va ko‘rik-tanlovlarda cholg‘u ijrochiligi bo‘yicha yuqori…

O‘quvchilarga S.Xayitboevning “Norim-norim” asari taxlili va uni o‘rgatish uslublari

O‘quvchilarga S.Xayitboevning “Norim-norim” asari taxlili va uni o‘rgatish uslublari

O‘quvchilarning ansambl va orkestrda ijro etishlari ham notani varaqdan ongli ravishda to‘g‘ri va tez tahlil etish malakasini rivojlantirish uchun ularga musiqa adabiyoti bilan mustaqil tanishishga…

O‘quvchilarning ansambl va orkestrda ijro etishlari ham notani varaqdan ongli ravishda to‘g‘ri va tez tahlil etish malakasini rivojlantirish uchun ularga musiqa adabiyoti bilan mustaqil tanishishga…

Xulosa. Yosh avlodni milliy istiqlol g‘oyalari ruhida tarbiyalash, qadriyatlarimizni va milliy musiqa madaniyatimizni har qachongidan chuqurroq o‘rganish, hamda xalqimizning o‘zligini anglash, o‘z urf-odatlarini saqlay bilishi,…

Xulosa. Yosh avlodni milliy istiqlol g‘oyalari ruhida tarbiyalash, qadriyatlarimizni va milliy musiqa madaniyatimizni har qachongidan chuqurroq o‘rganish, hamda xalqimizning o‘zligini anglash, o‘z urf-odatlarini saqlay bilishi,…

Musiqa ijrochisini tarbiyalashda dastlab musiqa, so‘ngra texnik imkoniyat, undan keyin dinamika va xokazolar deyish xato bo‘ladi

Musiqa ijrochisini tarbiyalashda dastlab musiqa, so‘ngra texnik imkoniyat, undan keyin dinamika va xokazolar deyish xato bo‘ladi

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
25.06.2022