"Сонни икки хонали ва уч хонали сонга кўпайтириш" мавзусида дарс ишланма

  • Документация
  • docx
  • 17.01.2020
Публикация на сайте для учителей

Публикация педагогических разработок

Бесплатное участие. Свидетельство автора сразу.
Мгновенные 10 документов в портфолио.

"Сонни икки хонали ва уч хонали сонга кўпайтириш"
Иконка файла материала Sonni-ikki-xonali-va-uch-xonali-songa-kopaytirish.docx

Sinf: 4-“A”

Fan: Matematika

Sana:

Mavzu: Sonni ikki xonali va uch xonali songa ko`paytirish.

Maqsad:

a)      talimiy maqsad – o`quvchilarning sonni ikki xonali va uch xonali son-ga ko`paytirish yuzasidan olgan bilimlarini takomillashtirish.

b)      tarbiyaviy maqsad – o`quvchilarda vatanparvarlik, yuksak axloqiy si-fatlarni shakllantirish, iqtisodiy bilim berish, vaqtdan unumli foydala-nishga undash, o`quvchilarda estetik dunyoqarashni shakllantirish.

c)       rivojlantiruvchi maqsad – o`quvchilarning og`zaki va yozma hisob-lash malakalarini shakllantirish, mantiqiy fikrlashga undash, ularning fanga bo`lgan qiziqish va faolliklarini oshirish.

Dars tipi: Takomillashtiruvchi dars.

Dars uslubi: Ko`rsatmali amaliy.

Dars usuli:Noan`anaviy.(aqliy hujum, hamkorlik, guruhlar bilan ishlash.)

Dars jihozi: Mavzuga oid ko`rgazmalar, texnik jihozlar, tarqatma materiallar, rag`batlantiruvchi materiallar.

Dars rejasi:

1.Tashkiliy qism.(3 min)

     a) psixologik iqlim yaratish.

     b) o`quvchilarni guruhlarga bo`lish va baholash me`zoni bilan tanishtirish.

2.O`tilgan mavzu yuzasidan takrorlash.(5 min)

    a)matematik diktant(3 min)

    b)tezkor savol-javob(2min)

3.Yangi mavzu bayoni.(15 min)

     a) yangi mavzuni tushuntirish

     b) darslik bilan ishlash.

4.Dam olish daqiqasi.(2 min)

5.Mustahkamlash.(18 min)

     a) iqtisodiy masala

     b) amaliy ish

     c) sehrli kvadratcha

6.Yakunlash.(2 min)

     a) g`olib guruhni aniqlash.

     b) uyga vazifa

     c) darsni yakunlash.

 

 

 

 

Darsning borishi:

1.Tashkiliy qism.

a) psixologik iqlim yaratish.

O`qituvchi:    Bolajonlar hozir sizga ertak aytib beraman.

      Bir bor ekan, bir yo`q ekan.O`tgan zamonda emas hozirgi zamonda bir ajoyib maktab bor ekan.Har tong shu maktab tomon bir-biridan aqlli,odobli, bilimdon bolajonlar bilim egallash uchun shoshib kelarkan.14- mart ayni bahor tongida, ha shu bugun tongda 4 o`rtoq maktab tomon kelayotib yo`lda uchrashib qolishibdi. Ularga yana bir bola yetib olibdi.O`rtoqlar bir-birlari bilan qo`l berishib salomlashibdilar. Qani bolalar aytingchi qo`l berib ko`ri-shishlar soni jami nechta bo`ladi? Chizmada ko`rsating.

Javob: 10 ta

    

 

Javoblar tinglanadi. To`g`ri javob tanlanib rag`batlantiriladi.

“Salom” she`ri.

 O`qituvchi:  Qaysi darsni boshlaymiz?

 O`quvchi:     O`rgangaymiz hisob-kitob ilmini,

                      Matematika jumboqlarning tilisimi.

b) o`quvchilarni guruhlarga bo`lish va baholash mezoni bilan tanishtirish.

O`qituvchi:  Rahmat barakalla, bolajonlar! Bugun biz sizlar bilan sonni ikki xonali va uch xonali sonlarga ko`paytirishning yozma usullarini o`rganamiz.

Sinf o`quvchilari uch guruhga bo`lingan: 1.Bilimdonlar

                                                                   2.Zukkolar

                                                                   3.Topqirlar

Demak,har bir guruhda beshtadan o`quvchi bo`lib, har bir topshiriq bajaril-ganda guruh uchun bitta baho qo`yiladi. Baholash mezoni quyidagicha:

Topshiriqlar to`liq va aniq bajarilganda – 5  bahoni bildiruvchi gul bilan;

Topshiriq chala bajarilganda – 4 bahoni bildiruvchi to`rtburchak bilan;

Topshiriq qoniqarsiz bajarilganda – 3 bahoni bildiruvchi uchburchak bilan o`quvchilar baholanadi.

2.O`tilgan mavzu yuzasidan takrorlash.

   Bolajonlar, bilim qaytarish va takrorlash mevasidir.Yangi mavzuni bosh-lashdan oldin o`tilgan mavzularni eslab, takrorlab olamiz.

-        Hozir qaysi fasl?

-        Kimning varragi bo`lsa, qo`lini ko`tarsin.

-        Varrak qachon uchiriladi?

-        Demak varra uchirish bizning qadimiy urf-odatlarimizdan biri ekan.

-        Qanday bolaning varragi baland uchadi? Musobaqa o`ynaymizmi?

Matematik diktant

1)eng kichik to`rt xonali son bilan eng katta uch xonali son ko`paytmasi-ni toping 

2)to`liqsizbo`linma 45 , bo`linuvchi 1625, qoldiq 6, bo`luvchini toping.

3)1million 85 ming 3yuzi 4.

4)2 soat 15 min – 1soat 45 min

-   Barakalla, hozirgi tezkor savollarga tez va aniq, chaqqonlik bilan qaysi guruh  javob bera olsa,shu guruhning varragi eng balandga uchgan hisoblanadi.

                     

             Savollar:                                              Savollar:                                              Savollar:

                1.Tenglama                                       1.Tog`ri to`rt-                                        1.Diametr

                    nima?                                           burchak nima?                                              nima?

            2.Radius nima?                                 2.Kvadrat yuzini to-                           2.Qoldiq nimadan

     3.Masofani qanday topa-                      pish formulasini ayting.                      kichik bo`lishi kerak?

                     miz?                                   3.Vaqtni qanday topamiz?                3.Tezlikni qanday aniqlaymiz?

4.Sonning kubini qanday topa-           4.11 ning kvadrati nimaga teng?        4.15 000 sm2 necha dm2ga teng?

                     miz?                                 5.Yurtboshimizning yozgan               5.Yurtboshimiz ma`naviyatga

  5.2011-yil qanday nomlangan                     eng so`nggi asari?                         qanday ta`rif berganlar? 

                     edi?

                  

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 O`quvchilar rag`batlantiriladi.Maxsus idishlar yordamida o`quvchilarning *-baholari  to`plab boriladi.     

3.Yangi mavzu bayoni.

a) yangi mavzuni tushuntirish.

                  x375                                            x 375

                      59                                               459

                  3375 – birlik      natijalarni          3375 – birlik        natijarni

                1875   – o`nlik    qo`shamiz         1875   – o`nlik      qo`shamiz

                22125                                         1500     – yuzlik 

                                                                   172125

 

 

     375 sonini avval 9 birlikka ko`paytiramiz natijani birlar xonasidan boshlab o`ngdan chapga qarab yozamiz, shunda birinchi to`liqsiz ko`paytma 3375 birlik hosil bo`ladi. So`ngra 375 sonini 5 o`nlikka ko`paytiramiz, natijani o`nlar xonasidan boshlab yozamiz. Ikkinchi to`liqsiz ko`paytma 1875 o`nlik hosil bo`ladi. To`liqsiz ko`paytmalarni qo`shamiz va natijani o`qiymiz.

    375 sonini 459 soniga ko`paytirish ham xuddi shu tartibda amalga oshirila-di.Bunda uchinchi to`liqsiz ko`paytma hosil bo`ladi.1500 yuzlik va 3 ta to`-liqsiz ko`paytma qo`shiladi va natija o`qiladi.

b) darslik bilan ishlash.

Oqituvchi:   Bugungi dars davomida kitobdagi 708, 709, 710 misol-masala-larni yechishni belgilab olganmiz. Har bir guruh 1 ta misol yoki masalani to`-liq yechib, tushuntirib berishi lozim.  (Har bir guruhdan bittadan o`quvchi chiqib qura tashlash yordamida o`zlari ishlaydigan masala yoki misolni tan-laydilar.)

Masalan: 1-guruhga №708 misol tushdi.

4 ta o`quvchi 4 ta misolni doskaga bajarib, tushuntirib beradi.

392*458          645*384                  972*418                  727*641

Bitta o`quvchi savollarga javob beradi.

Savollar.

1.    Ko`paytirish nima?

2.    Ko`paytirishning taqsimot va guruhlash qonunlarini ayting.

3.    Ko`paytirishni qanday tekshiramiz?

4.     a sonini 5 ga ko`paytirish nima degani?

Shu kabi savollar beriladi.

2-guruhga  №709 masala tushdi.

Bir kunda – 1 soat 50 min

Olti kunda - ?

O`n to`rt kunda - ?

Ye: 1) 1 soat = 60 min

       2) 60 min + 50 min = 110 min

       3) 110*6=660 min

       4) 660: 60 = 11 soat ( 6 kunda )

       5)110 * 14 = 1540 min

       6) 1540: 60 = 25 soat 40 min

    1 ta o`quvchi masalaga qisqa shart tuzadi. 2 ta o`quvchi masalaning ye-chimlarini topadi. Ikkita o`quvchi savollarga birma-bir javob beradi.

Savollar.

1.    Masala nima?

2.    Qanday o`lchov birliklarini bilasiz?

3.    Vaqt o`lchov birliklarini tartib bilan ayting.

4.    Siz vaqtdan qanday foydalanasiz?

5.    O`quvchi qachon dars tayyorlashi kerak?

Shu kabi savollar beriladi.

3-guruhga №710 topshiriq tushdi.

                B                             Shakldagi kesmalarni bir o`quvchi topadi. 2- o`quv- 

   chi shaklni doskaga chizadi.3- o`quvchi     shakldagi                  uchburchaklarni aniqlaydi. Qolgan 2 ta o`quvchiga

      A      D          E         C      savollar beriladi.

Savollar.

1.    Kesma nima?

2.    To`g`ri chiziq nima?

3.    Nur nima?

4.    Uchburchak nima?

5.    Qanday uchburchaklarni bilasiz?

6.    Qanday fazoviy shakllarni bilasiz?

Shu kabi savollar beriladi.

Guruhlar rag`batlantiriladi.

4.Dam olish daqiqasi.

       Salqin saharlarda bodom gulida,

       Binafsha labida yerlarda bahor.

       Qushlarning parvozi, yellarning nozi,

       Bahmal vodiylarda,qirlarda bahor.

-        O`quvchilar bu she`r sizga tanishmi?

-        Bilasizmi o`quvchilar, har yilgidek 8-mart kuni prezidentimiz tashab-busi bilan tashkil qilingan “Zulfiyaxonim”mukofotiga bir qancha qizlar  sazovor  bo`ldilar. Ular orasida sportchi va ijodkor qizlar ko`pchilikni tashkil etdi. Ha, bugungi kunda bu kabi iqtidorli yoshlar uchun juda yaxshi imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Xo`sh bizning sinfda ham sportchi qizlarimiz bormi? Shoiralarimiz-chi?

-        Keling ularning ijodidan namunalar eshitamiz.

5.Mustahkamlash. 

       a) iqtisodiy masala.

    -  Bolajonlar yurtboshimiz tomonidan 2012-yil qanday nomlandi?

    -  Kelinglar hozir bir mustahkam katta oilaning bir oylik daromadi, xara-jatlari, foydasini hisoblaymiz. Va ana shu oila yurtimizda ishlab chiqarila-yotgan mashinalardan birini qancha vaqtda sotib olishlari mumkinligini aniqlaymiz.

   Oila 6 kishidan iborat:bobo,buvi,ota,ona va ikki nafar bola.Shulardan oilaga daromad keltiradigan kishilarning taxminiy bir oylik maoshlari ko`rib chi-qamiz.

                                                       Turli

                                                       to`lovlar

                                                        80 000               Oziq-ovqat          $12000 

                                                                                    300 000           1$=2400so`m

 

                                                 Kiyim-kechak           Kunlik

                                                   250 000                   xarajat

                                                                                   150 000

                                                                                 

Savollar:  Oila qancha vaqtda mashina oladi?

I guruh.

1.    Oilaga eng ko`p mablag`ni kim olib kelarkan?

2.    Bobo va buvi ishlab pul topadimi?

II guruh

     1.Talaba aka-chi?

 2.Agar oila xarajatlari kamaytirilsa foyda ortadimi?

III guruh

1.Qaysi xarajatlarni qisqartirish mumkin?

     2.Ona otadan qancha kam oylik oladi?

     Guruhlar rag`batlantiriladi.

b) amaliy ish.

  -  Biz daromadni 10 ulush deb olsak, xarajatlar   ulushni, foyda  ulushni tashkil qiladi. Hozir biz siz bilan amaliy ish bajaramiz. Har bir o`quvchining oldida tarqatma materiallar bor. Siz shakllarning ko`rsatilgan qismini bo`ya-shingiz kerak.

     

      Chorak qismini                8 dan 3 qismini             Nimchorak qis-  

          bo`yang.                         bo`yang.                      mini bo`yang.

 

 

          

           qismi                              qismi                              qismi

 

 

          Yarmini                     Nimchoragi-                        Choragini 

           bo`ya                            ni bo`ya                              bo`ya

 

          Nimcho-                         qismi-                             qismi-

           ragini                          ni  bo`ya                            ni bo`ya

           bo`ya

           

           12 sm                                                   15 sm                                             7sm           

    

    Kesma - ? sm           Bo`yalgan qism - ?sm             Kesma - ? sm

   O`quvchilar ishi tekshirib baholanadi.

c)   sehrli kvadrat

-        Biz qanday shakllarning qismlarini bo`yadik? Hozir sehrli kvadratcha-ga, I guruh, 1 dan 9 gacha , II guruh, 3 dan 11 gacha, III guruh, 2 dan 10 gacha bo`lgan sonlarni shunday joylashtiringki, natijada har bir to-monlar yig`indisi bir xil bo`lsin.

4

9

2

3

5

7

8

1

6

      -  Siz bu topshiriqni qanday usullardan foydalanib bajardingiz?

     Guruhlar ishi tekshirilib rag`batlantiriladi.

6.Yakunlash.  

   a) g`olib guruhni aniqlash

  - Aziz o`quvchilar shu bilan bugungi darsni yakunlaymiz. Endi g`olib gu-ruhni aniqlab olamiz. Faol qatnashgan o`quvchilarni rag`batlantiramiz.

   b) uyga vazifa

   №711- 712 misol-masalalar. 

   с) bugungi darsdan nimalarni bilib oldingiz va yana nimalarni bilishni    xohlaysiz? Rahmat, bolajonlar, shu bilan darsimiz o`z nihoyasiga yetdi.

 

 

Скачивание материала доступно только для авторизованных пользователей.