Mavzu. Pedagogik boshqaruv.
Mashg`ulot rejasi:
1. Oquvchilar guruhlarida o‘zaro munosabatlarni boshqarish.
2. O‘quvchilar guruhiy faoliyatini tashkil etish.
3. Ta’lim jarayonini boshqarishda guruhning va o‘quvchilarning xususiyatlarini hisobga olish.
4. Guruh ichidagi o‘quvchining xususiyatlari.
O`quvchilar guruhlarida o‘zaro munosabatlarni boshqarish.
Boshqarish bu - ma`lum jarayonni yoki ish faoliyatini tartibga solish va yoʻnaltirish jarayoni; Boshqaruvda tarbiyaviy ishlar tizimida o’quvchi va o’quvchilar jamoasini o’rganish masalasi muhim ahamiyatga ega. Zero, tarbiyachi – o’qituvchi o’z qo’l ostidagi har bir o’quvchiga xos bo’lgan hususiyatlarni, ruhiy holatlarni hamda guruhdagi o’quvchilar jamoasining umumiy holati, shakllanganlik, tarbiyalanganlik darajalarini yaxshi bilmas ekan, tarbiya jarayonida qiyinchiliklarga duch keladi.
Demak, o’quvchi shaxsi va o’quvchilar jamoasini o’rganishdan ko’zlangan asosiy maqsad – har bir o’quvchining rivojlanganlik va shakllanganlik shuningdek, o’quvchilar jamoasidagi umumiy holat, intilish, qiziqish, faollik, uyushganlik kabilarning qay darajada ekanligini aniqlash asosida tarbiyaviy ta’sir ko’rsatishning maqbul bo’lgan usul, shakl, vositalarini belgilashdan iboratdir.
Adolatlilik qoidasi. O’quvchi shaxsi va o’quvchilar jamoasini o’rganishda mazkur qoidaga amal qilinmasa;
birinchidan, o’qituvchi bilan o’quvchi, o’quvchilar jamoasi o’rtasidagi munosabat salbiy tus oladi;
ikkinchidan, tarbiyaviy ishlarning ta’sir kuchi pasayadi, natijada ko’zlangan maqsad to’liq amalga oshmaydi.
O’quvchi shaxsini o’rganish ishi quyidagi yo’nalishlarda olib borilishi yaxshi natija beradi:
O’quvchi shaxsining rivojlanganlik darajasi. Bunda o’quvchining yoshi, jinsi, anatomo – fiziologik, ruhiy, nutqiy rivojlanganlik holati o’rganiladi.
O’quvchining aqliy taraqqiyoti. Mazkur yo’nalishda quyidagilarga e’tibor qaratiladi:
o’quvchining tevarak – atrofdagi yangiliklar, o’zgarishlar, voqea – hodisalarga bo’lgan munosabati;
dunyoqarash darajasi;
bilishga bo’lgan intilishi;
fikrlash va bayon etish uslubi;
mantiqan yondashuvi;
bilimlarni o’zlashtirishi;
O’quvchining ma’naviy kamolot darajasi.
Bunda:
xulq – odobi, o’zini boshqara olishi va tuta bilishi;
boshqalar bilan bo’ladigan munosabati;
ota – onasi, o’qituvchilar, o’rtoqlarini hurmat qilishi va o’rni;
xatti – harakati, yaqinlari, ona Vatan, xalqiga bo’lgan sadoqati;
shaxsiy manfaatdan umummanfaatni ustun qo’yishligi yoki aksinchaligi;
kiyinish, muomila odobi;
e’tiqodga sadoqatliligi.
O’quvchilar jamoasini o’rganishda esa:
Jamoaning tarkibi va tuzilishi.
- umumiy miqdori, qaysi jinsdan qanchaligi, yosh darajalari; yashash hududlari.
Jamoadagi uyushqoqlik va intizomlilik.
yakdillik va o’zaro hurmat darajalilik;
o’zaro xamkorlik va samimiyatlilik;
jamoadagi qoidalarga rioya qilishlik.
Bilimlarni o’zlashtirish darajasi:
jamoadagi o’quvchilarning fanlarga bo’lgan qiziqishlari (nechta o’quvchi qaysi yo’nalishdagi fanlarga qiziqadi);
fan to’garaklariga ishtiroki;
mustaqil ta’lim olishdagi faolliklari;
fan olimpiadalariga va tanlovlarga qatnashuvi;
ta’limiy tadbirlardagi ishtiroki.
Ijtimoiy ishlarga bo’lgan munosabat va faolliklari:
ijtimoiy topshiriqlarni qabul qilishlari;
jamoadagi o’quvchilarning ijtimoiy vazifalarining bajarishi (qanday topshiriqlarni bajarishadi);
ijtimoiy – foydali mehnat jarayonidagi faolliklari.
O’quvchi shaxsi va o’quvchilar jamoasini yuqoridagi yo’nalishlar asosida o’rganish quyidagi imkoniyatlarni tug’diradi:
o’quvchi shaxsi va o’quvchilar jamoasi haqidagi tushuncha, tasavvur va xulosalarning to’liq, yorqin bo’lishiga;
o’rganish ishini tartibli, bosqichma – bosqich amalga oshirilishiga;
o’rganish jarayonida diagnostikalash (aniqlash, belgilash) va korrektsiyalash (tuzatish, to’g’rilash) ishlarini amalga oshirilishiga;
o’quvchi shaxsi va o’quvchilar jamoasining tarbiyalangan darajalarini aniqlanishiga;
istiqboliy ishlarning rejalashtirilishiga.
O‘quvchilar guruhiy faoliyatini tashkil etish
Har bir inson shu jumladan o’quvchilar ham ma’lum bir muhit, jamoada (oila nazarda tutiladi) dunyoga keladi, yashaydi va balog’atga yetadi. Uning qanday shaxs bo’lib yetishligi avvalo oila muhiti, jamoasiga bog’liqdir. Agarda oilada sog’lom muhit mavjud bo’lsa, shu oilada dunyoga kelgan boladasog’lom fikr, insoniy sifatlar shunchalik tez shakllanadi va ular barqaror tusda bo’ladi.
Bola muhiti uning rivojlanishi bilan yanada kengayib boradi. Boshqacha qilib aytganda, uning maktabgacha ta’lim, maktab, oliy ta’lim, mehnat jamoalarida bo’lishi tufayli u ham aqliy, ham ijtimoiy – ma’naviy jihatdan shakllanishiga olib keladi. Demak, bolalar (o’quvchi, talaba)dagi barcha fazilatlarni tarkib topishi va rivojlanishida jamoaning tutgan o’rni beqiyosdir.
Shu boisdan ham o’tmishdagi allomalar, qomusiy olimlar, ma’rifatparvarlar, pedagog – tadqiqotchilar bolalar va o’quvchi – yoshlar hayotida jamoaning tutgan o’rnini yuksak baholaganlar va qadrlaganlar.
Jumladan, buyuk alloma Farobiy o’zining “Fozil odamlar shahri” nomli mashhur didaktik asarida qaysiki mamlakatning rahbari sog’lom fikrli, odil va o’z navbatida qat’iyatli bo’lsa, o’sha yurtda (shahar nazarda tutiladi) odamlar ham fozil bo’lishligini alohida ta’kidlaydi.
O’quvchilar jamoasining shakllanishi murakkab jarayondir. Bundan, shunday xulosaga kelish mumkinki, maktab ostonasiga ilk bor qadam qo’ygan o’quvchilar guruhini hali to’laqonli holdagi o’quvchilar jamoasi deb bo’lmaydi. Tadqiqotchi L.I.Navikova uzoq muddat davomida olib borgan ilmiy – tadqiqot ishlarining natijasiga asoslangan holda o’quvchilar jamoasining shakllanish va rivojlanish darajasini shartli ravishda to’rt bosqich bo’ladi.
Birinchi bosqich – hali jamoa tusini olmagan bo’lib, ta’lim muassasasida aniq va belgilangan kun tartibiga amal qilinishi, pedagogik ta’sirlarning natijasida asta – sekinlik bilan uyushib boradi va keyinchalik jamoa shaklini oladi. Buning boisi shundaki, maktabga yangi kelgan o’quvchilar bir – birlarini yaxshi bilishmaydilar qolaversa, ular turli oilaning farzandlari hamda turlicha hususiyatga egadirlar.
Ikkinchi bosqichda
– ta’lim muassasasining talablari ortib borishi, pedagogik ta’sirlarning uzluksiz va izchil holda amalga oshirilishi, o’quvchilarning o’z – o’zini boshqarishga o’rganib borishlari, muhimi o’quvchilarning bir – birlarini yaqindan bilishlari, ta’lim – tarbiyaviy faoliyatlarni birgalikda bajarishlari tufayli jamoa rivojlanib boradi.
Uchunchi bosqich
– bu davrga kelganda o’quvchilar o’rtasida uyushqoqlik takomillashadi, ular o’rtasida do’stlik – o’rtoqlik tarkib topadi, faoliyatlarni bajarishda bir – birlariga yaqindan yordamlashadilar, o’z – o’zini boshqarish jarayoni rivojlanadi.
To’rtinchi bosqich
– haqiqiy o’quvchilar jamoasi shakllanadi, bir kishi hamma uchun hamma bir kishi uchun qabilida bir yoqadan bosh chiqarib kurashadilar.
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.