Тема «Информационное кодирование» для 7-х классов
Оценка 5

Тема «Информационное кодирование» для 7-х классов

Оценка 5
Документация
docx
информатика
9 кл—11 кл +1
01.05.2020
Тема «Информационное кодирование» для 7-х классов
для школьников
Axborotlarni kodlash.docx

Mavzu:          AXBOROTLARNI KODLASH

Sana:                                                                                7-    sinf  

Darsning  maqsadi :

Ta`limiy : O`quvchilarga Axborotlarni kodlash haqida tushuncha berish.

Tarbiyaviy:  Bilimga tasnalik ruhida tarbiyalash.

Rivojlantiruvchi : Esda saglash malakasini o`stirish

Davlat  ta`limi  standartlarga  asosan  ta`lim  mazmunining  majburiy  minimumi .   

Tekis va notekis kodlash.

Dars  tipi       Yangi bilim beruvchi

(Yangi  bilim  beruvchi , bilimlarni  mustahkamlash  , bilimlarni  sinash  , umumlash –

tiruvchi   takrorlash , bilim  ko`nikma  va  malakalarini  rivojlantirish   aralash .)

Dars  turi     Muloqot

Sayohat , ertak , musobaqa , izlanib  o`rganish  birgalikda  o`qitish , sahnalashtirish ,

hamkorlik  ,  ponarama ,  viktorina ,  disput ,  muloqot , mustaqil   ijodiy   faoliyat ,

zakovat , sinov  , parlament  , mantiqiy  fikrlash  , tanlov  , kim ochdi ( auksion ) dars.

Dars  metodlari:  chuqurlashtirilgan maruza

 Foydalanilgan  adabiyotlar :  7- sinf darslik

Dars  jihozi : Kurgazma,tarqatma kartochkalar, darslik.

Darsning  plani.

Tashkiliy  qism .                  

O`tgan  mavzuni  so`rash .

Yangi  mavzuni  o`rganish .

Darsni  mustahkamlash

Uyga  vazifa 

Drsning borishi

Chaqiriq:     O`tilgan  mavzu bo`yicha aqliy hujum.

Ahamiyatni anglash:

Inson axborotiami yig'ish, saqlash va qayta ishlashda qulay hamda qisqa ko'rinishda bolishi uchun turli belgilashlardan foydalanadi Bunga touushlami harfva raqamlar orqali, musiqa tovushlarini notalar orqali, matematik, fizik, biologik qonuniyatlarniformulalar orqali ifodalanishini misol qilish mumkin.

Axborotlarni kodlash

Informatikada axborotlar ikki turga — analog va raqamli (diskret) axborotlarga bo'lib o'rganiladi. Analog axborotlar uzluksiz mavjud bo'lib, uni ixtiyoriy vaqtda qabul qilish mumkin, boshqacha aytganda, analog axborotlar atrof-muhitga (shu jumladan insonga ham) uzluksiz ta'sir etuvchi energetik signallardir.

Tabiatda bu signallarning ikkita aynan bir xil kombi-natsiyasi uchramaydi. Biz ikkita aynan bir xil tovush hatto bir daraxtda ikkita aynan bir xil yaproq uchratmaymiz. Ammo buning teskarisi, ya'ni bir xil shaklga ega bo'lib, turli mazmun kasb etadigan holat ham mavjud. Masalan, bitta nota qog'ozda bitta yagona belgi bilan ifodalansada, u turli musiqa asboblarida (g'ijjak yoki nayda) ijro etilganda, uning farqini darhol sezamiz.

Ta'kidlash lozimki, analog axborotlarni qayta ishlash uchun ularning biror davrdagi holatini ajratib olishimiz va tahlil qilishimiz lozim. Buning uchun esa bu axborotni boshqacha shaklga o'tkazishimiz lozim. Bunda turli belgilardan foydalanamiz. Har-xil ranglarni turli raqamlar bilan, tovushlarni esa notalar bilan belgilab, analog axborotni raqamli axborotga aylantirishimiz mumkin.

Inson tomonidan yaratilgan qurilmalar ichida analog axborotlar bilan ishlaydiganlari ham, raqamli axborotlar bilan ishlaydiganlari ham mavjud.

Analog qurilmalarga televizor, telefon, raqamli qurilmalarga shaxsiy kompyuterni misol qilish mumkin. Hozir raqamli televizor va raqamli telefonlar hayotimizdan keng o'rin olmoqda.

Biz axborotlarni turh'-tuman signallar holatida qabul qilamiz. Signallarning turli-tumanligi axborotlarni qayta ishlash jarayonini murakkablashtiradi. Shuning uchun ham axborotlarni to'plash, saqlash, qayta ishlashni osonlashtirish maqsadida ular bir xil shaklga keltiriladi. Ya'ni, axborot aniq bir qoidalar asosida qayta ishlash uchun qulay bo'lgan belgilar bilan almashtiriladi. Bu jarayon axborotni kodlash (shifrlash) deyiladi. Axborotlarni kodlash faqat qayta ishlash qulay bolishi uchun emas, balki insoniyat tomonidan axborotni mahfiy saqlash uchun ham qo'llanilgan.

                       Qadimda axborotlarni kodlash

Hayotda axborotni kodlashning ko'pdan ko'p usullari mavjud. Birinchi kodlashni qo'llagan inson Qadimgi Gretsiyaning sarkardasi Lisandra hisoblanadi. U axborotni mahfiy saqlash, ya'ni kodlash uchun ma'lum bir qalinlikdagi "Stsital" tayoqchasini o'ylab topgan. Kodlashning bu usuli o'rin almashtirish usuli deb ataladi.

"Stsital" tayoqchasiga misol        Matn: "VATAN-ONA"

Kodlash natijasi:

VAOANNT -A

Qadimgi grek imperatori Yuliy Sezar ham axborotni mahfiyligini saqlash uchun matnni kodlash usulini o'ylab topgan. "Sezar shifri" matndagi harfni alifboda o'zidan keyin kelgan uchinchi harfga almashtiradi. Bunda alifbo doiraviy yozilgan hisoblanadi. Bu kodlash usuli alifboni surish usuli deyiladi.

Matn:

"O'zbekiston — kelajagi

buyuk davlat"

"Sezar shifri" usuli qollanganda: "Ashfhnlvxrq—nhoemejl fyo"yn gezoex"

Sezar usulidan foydalanganda belgini istalgancha surish mumkin.

                           Axborotlarni kodlashning usullari

Semyuel Morze 1837-yilda elektr magnit telegraf qurilmasini ixtiro qilgan va 1838-yilda shu qurilma uchun telegraf kodini ishlab chiqqan. Axborotlarni kodlashda ishlatiladigan usullardan biri axborotlarni telegraf kodi yordamida kodlash usulidir. Unda turli harf va raqamlar nuqta va tirelarning maxsus ketma-ketligi ko'rinishida ifodalangan. Ya'ni axborot uchta belgi yordamida kodlanadi: «uzun signal» (tire yordamida ifodalanadi), «qisqa signal» (nuqta yordamida ifodalanadi), «signalsiz» (bo'shliq, pauza bilan ifodalanadi). Mazkur kodlash usuli hanuzgacha qo'llanib kelinmoqda. Morze kodlash usulini notekis (o'zgaruvchi) kod deb yuritiladi. Insoniyatga ma'lum belgilar bu usuldagi ikki yoki undan ko'p belgilar yordamida ifodalanadi. Umuman, kodlash usulida ishtirok etgan belgilar soni (hajmi) bir xil bo'lsa tekis kodlash usuli, belgilar soni (hajmi) bir xil bo'lmasa notekis kodlash usuli deb ataladi.

 

 

 

Harf

 

Morze usulida ifodalanishi

 

Belgilar soni

 

 

 

Harf

 

Morze usulida ifodalanishi

 

Belgilar soni

 

N

 

— •

 

2

 

K

 

_ . _

 

3

 

T

 

-

 

1

 

E

 

• •   _   • •

 

5

 

A

 

• _

 

2

 

R

 

•   —   •

 

3

 

L

 

• — • •

 

4

 

 

 

O

 

---

 

3

 

Mazkur usul yordamida «elektron» so'zini yozsak, u quyidagi ko'rinishga ega bo'ladi.

•  —  ••     • —  ••     * •  _ ••      _  •  _      —    • —  •      _ _ _   _  •

Majmuaga kirgan belgilarning turli boshqa belgilar bilan hamda ularningbir nechasi bilan ifodalanishi mazkur usulning keng qo'llanilishiga to'siqlik qilsa, uning faqat ikki belginuqta va tiredan iboratligi uni texnik vositalarda qo'llash imkonini beradi.

Odamlar o'zaro muloqat qilganda, ularning har biriga tushunarli bo'lgan belgilar, tovushlardan va ularni bog'lovchi qonun-qoidalardan foydalanadilar. Ana shu belgilar, qonun-qoidalar majniui shu o'rinda kod vazifasini bajaradi.

Biror belgilar yordamida yozilgan axborotni kodlangan axborot deb qarashimiz mumkin. Chunki mazkur alifbo bilan tanish bo'lmagan kishi uning yordamida tayyorlangan axborotni qabul qila olmaydi va qayta ishlash imkoniga ega bo'lmaydi. Shuning uchun ikki taraf o'zaro axborot almashganda oldindan biror qonun va qoidaga kelishib oladi. Masalan, avtomobil signalini eshitish bilan o'zimizni chetga olamiz, yoki chorraxadan o'tishda svetofor signallaridan foydalanamiz, demak signallardan foydalanish oldindan kelishib olingan qat'iy qoidaga rioya qilish kodidir.

Axborotni kodlashning yana bir eng sodda usuli — bizga ma'lum bo'lgan alifbodagi harflarni ularning tartibini ko'rsatuvchi sonlar bilan almashtirishdan iborat:

A

 

B

 

D

 

E

 

F

 

G

 

H

 

I

 

J

 

K

 

L

 

M

 

N

 

O

 

01

 

02

 

03

 

04

 

05

 

06

 

07

 

08

 

09

 

10

 

11

 

12

 

13

 

14

 

P

 

Q

 

R

 

S

 

T

 

U

 

V

 

X

 

Y

 

Z

 

Ch

 

0'

 

Sh

 

G'

 

15

 

16

 

17

 

18

 

19

 

20

 

21

 

22

 

23

 

24

 

25

 

25

 

27

 

28

 

Bu usuldan foydalansak, masalan, «Bugun havo issiq» degan gap quyidagi ko'rinishni oladi:

02 20 06 20  13 07 01 21   14 08 18 18 08  16

Bu holda tinish belgilari va boshqa kerakli belgilarni ham maxsus sonlar bilan ifodalash va ularni matnga kiritish mumkin. Qaralayotgan masalaga qo'shimcha shart kiritamiz: Efirda uzatilayotgan axborotni ixtiyoriy tinglovchi qabul qilish va yuqoridagi usulda qayta kodlab olishi mumkinligini bilgan holda, biz harflar ketma-ketligi tartibini o'zgartiramiz. Ammo, axborot kimga belgilangan bo'lsa, yangi tayyorlangan ketma-ketlikni u albatta bilishi kerak, aks holda uzatilgan axborotni qayta kodlash masalasi yuzaga keladi. Alifbodagi harflar ketma-ketligini tartiblashning anchagina usuli mavjud. Masalan, quyidagi tartibni olamiz:

19

A

 

B

 

V

 

G

 

D

 

J

 

Z

 

I

 

Y

 

K

 

L

 

M

 

N

 

12

 

03

 

16

 

14

 

04

 

25

 

20

 

11

 

31

 

24

 

19

 

07

 

27

 

0

 

P

 

R

 

S

 

T

 

U

 

F

 

X

 

Ch

 

Sh

 

Q

 

H

 

G'

 

17

 

08

 

22

 

28

 

10

 

18

 

23

 

29

 

02

 

13

 

21

 

34

 

01

 

Bu aralashtirilgan alifbo usuli deyiladi. Havo issiqligi to'g'risidagi yuqoridagi matn bu holda quyidagi ko'rinish oladi:

03 18 14 18 27 34 12 16 17 11 28 28 11 21

Mazkur axborotni yuqorida keltirilgan jadvaldagi ma'lumotlarni bilmasdan qayta kodlash juda qiyin ish hisoblanishini ko'rish qiyin emas.


 

Mavzu: AXBOROTLARNI

Mavzu: AXBOROTLARNI

Sezar usulidan foydalanganda belgini istalgancha surish mumkin

Sezar usulidan foydalanganda belgini istalgancha surish mumkin

Mazkur axborotni yuqorida keltirilgan jadvaldagi ma'lumotlarni bilmasdan qayta kodlash juda qiyin ish hisoblanishini ko'rish qiyin emas

Mazkur axborotni yuqorida keltirilgan jadvaldagi ma'lumotlarni bilmasdan qayta kodlash juda qiyin ish hisoblanishini ko'rish qiyin emas
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
01.05.2020