Turizmning tashkiliy rivojlanish tarixi.
Оценка 4.6

Turizmning tashkiliy rivojlanish tarixi.

Оценка 4.6
pdf
18.09.2022
Turizmning tashkiliy rivojlanish tarixi.
1-mavzu.pdf

1-Mavzu. Turizmning tashkiliy rivojlanish tarixi.

                                       Reja

1.   Turizmning vujudga kelishi va rivojlanishi.   

2.   O„zbekistonda turizmning rivojlanish. 

3.   O„zbekiston mustaqilligi davrida turizmning yangi  yo„nalishlari va ularning istiqbollari.

 

1. Turizmning vujudga kelishi va rivojlanishi. 

Turizm (sayohat) ijtimoiy-tarbiyaviy xususiyatlarga ega bo„lgan nazariy va amaliy fan sifatida o„qitiladi. U o„zining ijtimoiy tuzumlar (formatsiya) bilan bog„liq bo„lgan o„z tarixi hamda rivojlanish jarayonlariga ega. 

Turizm umumiy ma‟noda sayr-sayohatlar, sarguzashtlarni ifoda etadi. SHu sababdan ular ijtimoiy-turmush va mehnat jarayonlaridan tarkib topadi.

Turizm haqida ilmiy-ommabop risolalar, o„quv va uslubiy qo„llanmalar juda ko„p. Ularning mazmunida turli yoshdagi kishilar va aholining talablariga qarab sayr-sayohatlarni tashkil qilish yo„llari bayon etilgan. 

Turizmning vujudga kelish omillari va davrlari ijtimoiy turmush, madaniy hayot va mehnat jarayonlari bilan bevosita bog„liqdir. 

Eng qadimgi insonlar yashash uchun ov va mehnat qurollarini yaratishga harakat qilganlar. SHu tarzda tog„lar, daryo va ko„llarning sohillarida yashab, yovvoyi hayvonlarni ov qilganlar, ularni qo„lga o„rgatib o„z mehnatlarida foydalanganlar. Ov manzillari va dam olishga qulay bo„lgan joylarda ma‟lum bir belgilarni (tur) qo„yishgan va zarur bo„lgan paytlarda ana shu joylarga kelib hordiq chiqarishgan, turli o„yinlar tashkil qilib musobaqalashishgan.

Ishlab chiqarish va mehnat jarayonlarining takomillashuvi, ov va jang qurollarini yaratishining yangi usullari odamlarning uzoq joylarga borib ov va mehnat qilishi, shu asosda eng qulay va yaxshi joylarni tanlab dam olish, hatto o„troqlashib qolishlariga olib kelgan. SHu tariqa daryolar, ko„llar, dengizlarda ov qilish, sayr o„tkazish, izlanish uchun kemalar yasab, ulardan maqsadli foydalanganlar. Bu sohada Xristofor Kolumbning Amerika qit‟asiga borib qolishi (kashfiyot), turli sayohatchilarning Hindiston, Afrika, Avstraliya va boshqa qit‟alar, mamlakatlarga borganligi tarixdan ma‟lum.

XIX asrning ikkinchi yarmida bir qator rus sayyohlari, mutaxassis olimlari (asosan harbiylar) Markaziy Osiyoning iqlimi, tabiiy boyliklari, aholining madaniyati va boshqa jihatlarini o„rganish uchun tashrif buyurishgan. Ular orasida P.P.Semyonov Tyanshanskiy, Prejevalskiy kabilar tog„ sharoitlarini chuqur o„rganib, maxsus xaritalar tayyorlagan.

O„zbekistonda turizmning dastlabki rivojlanish davri asosan o„tgan asrning birinchi choragiga to„g„ri keladi. 1925–1930 yillarda Markaziy Kasaba uyushmalari kengashi qoshida maxsus turistik jamiyat, ya‟ni ishchi-dehqonlar turizm tashkilotini ta‟sis etgan. Bu jamiyat asosan mehnatkashlarning turli shaharlarga sayohatini (ekskursiya) uyushtirish, o„quvchi-yoshlarni tarixiy obidalar bilan tanishtirish, o„lkani o„rganish kabi tadbirlar bilan shug„ullangan. SHuningdek, dam olish kunlari ommaviy ravishda shahar atroflariga piyoda chiqish, chang„ida yurish, velosipedda sayr qilish kabi amaliy faoliyatlarni tashkil qilgan. Ularning asosiy maqsadi jismonan chiniqish, mehnat faoliyatini oshirish va mudofaa ishlariga tayyorgarlik ko„rishdan iborat edi. 

Ikkinchi jahon urushi yillarida (1941–1945) harbiy tayyorgarlik jarayonlarida  o„quvchi-yoshlar va mehnatkashlarning topografik bilimlarini oshirishga  alohida e‟tibor berildi.

Atroflarni chamalab (orentirovanie) topish, xaritani o„qish, mo„ljalga tez etib borish (jismoniy harakat) kabi turistik faoliyatlar keng rivojlandi. Bu jarayonlar o„sha davrlarda va hatto keyinchalik ham “mehnat va mudofaga tayyor” majmuyidan o„rin oldi. 

Urushdan keyingi yillarda (1950-1960) Markaziy Kasaba uyushmalarining tashabbusi bilan barcha viloyatlarda va ularning quyi tarmoqlarida turistik klublar tashkil etildi. Klublar turizm bo„yicha (piyoda yurish, tog„ turizmi, velosiped turizm va hokazolarni uyushtirish) seksiyalar, to„garaklar, jamoalar tashkil etib, musobaqalar tashkil etishga kirishdi. Keyingi 30-40 yil davomida (1955-1990)

Respublikalar, hududlar (Markaziy osiyo, Kavkaz, Boltiq bo„yi, Ural-Sibir va hokazo) miqyosida slyotlar (musobaqalar) tashkil etildi. Ularning dastur mazmunida kategoriyali (darajali) piyoda yurish, tog„ so„qmoqlari va dovonlaridan oshish, daryolardan kechib o„tish, arqonlarga osilib daryo, jarlarning ustidan o„tish hamda belgilangan joylarni kompas orqali va chamalab topish, gulxan yoqish, chodirlarni tez (vaqtga) o„rnatish, jarohatlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko„rsatish, jamoaning ish faoliyatlarini ifoda etuvchi albomlarni namoyish etish, qo„shiq-raqs bo„yicha ko„rik-tanlov o„tkazish kabi ko„p qirrali ijtimoiy–tarbiyaviy jihatlar o„rin egallagan edi. Bunday nufuzli turistik tadbirlar boshlang„ich jamoalarda (ta‟lim muassasalari, ishlab chiqarish korxonalari va hokazoga) ham u yoki bu darajada o„tkazilishi odatga aylandi.

Ommaviy piyoda yurish, shahar va tarixiy yodgorliklarni tomosha qilish sayr-sayohatlari asosan quyi jamoalarda yaxshi yo„lga qo„yildi. Markaziy shaharlar, viloyatlarda tashkil qilingan seksiyalardagi terma jamoalar tog„ turizmi, velosiped turizmi kabilar bilan shug„ullanib, ularda chamalab topish (orientirovanie) bo„yicha maxsus mashg„ulotlar tashkil qilindi. SHu asosda yuqorida zikr etilgan turlar maxsus sportga aylandi. Ularning qoidalari (nizomlar) ishlab chiqilib, sport razryadlari (1-2-3 darajalar, sport ustaligiga nomzod, sport ustasi, xizmat ko„rsatgan sport ustasi  va hokazo unvonlar) tasdiqlandi.

Belorussiya, Boltiqbo„yi, Ural, Sibir o„lkasida o„z hududlariga mos, asosan turizmning tog„ turizmi,chamalab topish, suv turizmi kabi turlari amalga oshirildi. Kavkaz, Qirg„iziston va shu kabi boshqa tog„li hududlarda esa tog„ turizmi (g„orlarni topish, qoyalarni zabt etish) ko„proq rivojlanadi. Boshqa hududlarda ommaviy piyoda yurish turizmi keng rivojlandi. 

Jamiyatdagi qayta qurish (1980–1990 y) tadbirlari boshqa sohalar kabi turizm ishlariga, ayniqsa jamoalarda ommaviy sog„lomlashtirish sayohatlarini tashkil qilishga salbiy ta‟sir ko„rsatdi, ya‟ni:   

- shug„ullanuvchilarning erk va istaklarini chegaralash, moddiy-texnik ta‟minotni bekor qilish, faollarning sa‟y harakatlarini to„xtatish kabi tadbirlar rasmiy ravishda amalga oshirildi. Buning oqibatlari hozirgacha turizmning rivojlanish jarayonida seziladi. 

2. O„zbekistonda turizmning rivojlanishi.

O„zbekiston hududidagi sayr-sayohatlar bayon qilingan juda ko„p manbaalarni uchratish mumkin. YA‟ni qadimgi ajdodlarimiz ijtimoiy turmush kechirish davomida ko„chmanchi sifatida ham har tomonga o„tib hayot kechirganlar. Oilaviy va urug„-qabila bo„lib, butun bor mol-mulkini turli ulovlarga

(tuya, ot, eshak, xachir, ho„kiz va hokazo) ortib yaylovlar, cho„llar, tog„li joylarda qo„nib, ko„chib yurganlar. 

Bunday yurish-turish albatta ularga oson bo„lmagan. Lekin tabiiy sharoitlarda, yaylovlarda mol boqish, hayot kechirish, zilol suvlardan miriqib ichish, oftob nurlarida  toblanish, sut-qatiq, go„sht va mevalarni iste‟mol qilishning o„ziga xos lazzatlarini tatiganlar. 

                Ajdodlarimizning    sayr-sayohatlarini    ko„z    oldimizga    keltirish      uchun

“Avesto”, “Alpomish”, “Go„ro„g„li”, “Qirq qiz”, “Tohir va Zuhra” kabi o„nlab dostonlar, “Temur tuzuklari”, “Boburnoma” kabi badiiy, ilmiy, geografik  asarlar misol bo„la oladi. Ayniqsa, buyuk sarkarda, Sohibqiron Amir Temurning jahonni kezishi, Boburning Hindiston tomon sarguzashtlari va u erda kechirgan hayotiy tafsilotlari sayr-sayohatning mazmunini yanada to„ldiradi.

Inson kamolotini ta‟minlash, sihat-salomatligini doimiy ravishda yaxshilab borishda sayohatlarning (ko„l yoqalarida tunash, kemalarda yurish, tog„larga chiqish va hokazo) amaliy mohiyatlarini sharq tabobatining sultoni Abu Ali ibn

Sino ilmiy jihatdan o„rganib, ularni meros qilib qoldirganligi bugungi kunda muhim ahamiyatga egadir.

YUrtimizning geografik tuzilishi juda xilma-xildir. YA‟ni sharqda Tyanshan tog„larining shohobchalari (davomi), janubda Turkiston, Hisor tog„lari o„rtada esa

Zarafshon, Nurota tizma tog„larining suvli hamda ko„kalamzor maydonlarida aholi ko„proq yashaydi. SHu sabab u erlarda dam olish, hordiq chiqarish, sog„lomlashtirish maskanlari ko„plab qurilgan. Respublikaning g„arb va shimol tomonlari cho„l-sahrolar bilan tutashgan bo„lsada past, yassi tog„lar bilan o„ralib, CHimqo„rg„on, Arnasoy, Kattaqo„rg„on kabi suv omborlari, katta-kichik sun‟iy ko„llarning nam havosi ekologik jihatdan tabiiy muvozanatni saqlab turadi. Orol dengizi muammolari ham asta-sekin hal qilinish arafasidadir. 

Respublikada turizmning shakllanishi va rivojlanishi haqida bir qator ilmiyommabop kitoblar, o„quv-uslubiy qo„llanmalar yaratilgan. Ular orasida mutaxassis olimlar R.Abdumalikov, T.X.Xoldarov va boshqalar tomonidan tayyorlangan dasturlar, o„quv-qo„llanmalar muhim ahamiyatga ega. Respublika turizmi tarixida

I.G„.Xolmurodov, V.I.Kucheryavix (Samarqand), V.Ratsek, A.V.Kolbinsev (Toshkent) kabi iqtidorli mutaxassislarning o„rni e‟tiborga loyiqdir.

O„zbekistonda turizmni rivojlanishi yuqoridan berilgan ko„rsatmalar asosida faoliyat ko„rsatib keldi. Endilikda davr talablariga mos ravishda tarixiy shaharlarga sayr (ekskursiya) uyushtirishga katta e‟tibor berilmoqda. Bu yo„lda katta–katta shaharlar va chet ellardan tashrif buyurgan sayohatchilarni Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva kabi shaharlarda qabul qilish, ularga madaniy xizmat ko„rsatish borasida yuqori tajribalarga erishildi. 

Mahalliy sharoitda o„quvchi-yoshlar talabalar va mehnatkashlarning sayrsayohatlarini uyushtirish ham yuqori saviyada amalga oshirildi. Ayniqsa yoshlarni markaziy shaharlardagi (Moskva, Leningrad, Kiev va hokazo) tarixiy-madaniy joylar bilan tanishtirishda katta faoliyatlar ko„rsatildi. 

O„tgan bo„limda bayon etilganidek, respublikadagi turistik faoliyatlarga asosan kasaba uyushmalari kengashlari rahnamolik qildi. Turizm ishlari asosan jamoatchilik asosida boshqarildi. YA‟ni yirik shaharlar va viloyat markazlarida tashkil etilgan turistik klublar, seksiyalar turizm harakatining asosini tashkil etdi.

Ilg„or tajriba va imkoniyatlarga ega bo„lgan ishlab chiqarish korxonalari, oliy va o„rta maxsus ta‟lim muassasalari hamda ba‟zi bir umumta‟lim maktablarda turistik klub (seksiya) tashkil etildi. Ularning faoliyatida ommaviy piyoda yurish sayohati va turizm bo„yicha musobaqalar (slyot) tashkil etish, viloyat hamda respublika musobaqalarida ishtirok etish ustuvor turar edi. Bunday jamoalarda turistik faollarni (aktiv) tayyorlashga ham alohida e‟tibor berildi. 

Respublika turizmining rivojlanish tarixida Samarqand sayohatchi tashkilotchilarining o„ziga xos xususiyatlari mavjud. Bu to„g„rida R.Abdumalikov va T.X.Xoldarovlarning ba‟zi bir ma‟lumotlari bilan tanishish maqsadga muvofiqdir.

Samarqand eng qadimiy shahar sifatida tarixiy obidalarga boy bo„lishi bilan jahonga mashhurdir. SHu sababdan bu erga eramizdan oldingi 327 yilda bosqinchilik maqsadida kelgan Aleksandr Makedonskiy talon tarojlik bilan shug„ullangan bo„lsada, 1865-1870 yillarda rus bosqinchilari, sobiq ittifoq davrida esa markaz rahbarlari ham shaharni va baland minoralarni ko„rib lol qolishgan. 

Umuman olganda Samarqand o„zining qadimiy arxitektura qurilishi va tarixiy madaniy obidalari orqali yurtimizning shon-shuhrati hisoblanadi. SHu sababdan o„tgan davrda ta‟lim muassasalari, ishlab chiqarish korxonalarida tashkil etilgan sayr (ekskursiya) va piyoda yurish turizmi mazmun va mohiyat jihatdan e‟tiborga loyiq edi.

Ikkinchi jahon urushidan avvalgi davrlarda (1930–1940 y) o„quvchi yoshlarning piyoda yurish sayohatlari asosan Ohalik (shahardan 20–25 km janubda), Omonqo„ton (40km.janubda) va Zarafshon daryosi yoqasidagi Cho„ponota (shaharning g„arb tomonida 6–8 km) ziyoratgohiga ko„p tashkil etilgan. Ularning maqsadi atrof-muhitni o„rganish, jismonan chiniqish, o„simliklardan gerbariylar tayyorlashdan iborat edi. Urushdan keyingi dastlabki davrlarda (1950–1960) Ohalik, Mironko„l, CHo„ponota, Omonqo„ton va boshqa manzarali joylarga guruh-guruh (o„quvchi-yoshlar) bo„lib sayohat qilish odat tusiga aylandi. Ayniqsa Omonqo„ton g„ori (1946 yilda topilgan) mehnatkashlar va o„quvchi yoshlarning diqqatini ko„proq jalb etgan. CHunki mazkur g„orda bundan 40 ming yil avval yashagan odamlarning suyaklari topilib, uning tarixi ancha shovshuvlarga sabab bo„lgan. 

1951 yil pedagogika bilim yurti negizida jismoniy tarbiya pedagogika bilim yurtining tashkil etilishi (direktori Y.Y.Yusupov uzoq yillar rahbarlik qildi) katta voqelik bo„ldi. Bilim yurti o„quv rejasi asosida turizm maxsus fan sifatida o„qitila boshlandi. Uni geografiya o„qituvchisi Ibrohim G„aybullaevich Xolmurodov boshqardi. Xolmurodov bilim yurtidagi 50 yildan ortiq xizmati davomida juda ko„p tajribali sayohatchilarni etishtirish hamda ko„p mingli mutaxassis kadrlarni tayyorlashda faol xizmat qildi. E‟tirof etish lozimki R.Abdumalikov (1951–1955 yil) va T.X.Xoldarov (1965–1968 yillar) I.G„.Xolmurodovning ilk, qaldirg„och shogirdlari hisoblanadilar. 

Jismoniy tarbiya pedagogika bilim yurti o„quvchilari bilan “bir kunlik” (dam olish kunlari) va “ko„p kunlik” (yozgi imtihon sessiyasi oldidan) sayohatlarni o„tkazishning asosiy manzili CHo„ponota va Omonqo„ton, keyinchalik esa

Ohalikda tashkil etilgan (1962 yil) sog„lomlashtirish oromgohi  hisoblandi.

“Piyoda yurish” sayohatlari jarayonida nazariy bilimlar (yurish, dam olish, tunash, ovqatlanish, tabiatni kuzatish va hokazo) va amaliy ko„nikmalar chuqur o„rgatila boshlandi. SHahar va viloyat miqyosida tashkil etilgan musobaqalarda (slyot) barcha o„quvchi-yoshlarni (500–600 kishi) jalb etish yo„lga qo„yildi. Iqtidorli yoshlar va havasmand turistlarni jamlab (15–20 kishi) 13–15 kun davomida

Ko„likalon, Iskandarko„l, Morg„uzar ko„llariga sayohat uyushtirish ishlari yaxshi natijalar bera boshladi. Natijada shahar turistlar klubi tashkil etilib (N.Boykoni rahbar) turizmni targ„ibot qilishda muhim burilish bo„ldi. Uning faollari V.I.Kucheryavыx, B.Klimov, A.P.Avanesov kabilar ta‟lim muassasalari va ishlab chiqarish korxonalarida turistik to„garaklar tashkil etishdi. 

Samarqandda turizmning ravnaq topishi 1960–1970 yillarga to„g„ri keladi. Jismoniy tarbiya pedagogika bilim yurti tajribalari va turizmni targ„ibot qilishdagi ko„pgina faoliyatlar shahardagi xotin-qizlar pedagogika bilim yurti (R.Abdumalikov), oziq-ovqat texnikumi (J.Faxritdinov), tikuv fabrikasi (R.P.Suxareva) va boshqa jamoalarda turizmning ommalashuviga sabab bo„ldi.  

SHu sababdan xam viloyat “Spartak” sport jamiyati tarkibida turizm seksiyasi (boshqaruvchi) tashkil etilib, unga A.P.Avanesov rahbarlik qildi. 

Samarqand turizmining rivojlanishida xotin-qizlar pedagogika bilim yurtining faoliyati salmoqli o„ringa ega. 1955–1960 yillarda jismoniy tarbiya o„qituvchilari A.Sirojov, V.Tsintoe va rasm o„qituvchisi S.S.Xegay boshchiligida Zarafshon daryosi sohillari, Afrosiyob qazilmalari va shahar ichida dam olish kunlari sayr-sayohatlar tashkil etilib, o„quvchi qizlarning bilim doiralarini kengaytirishga xizmat qilishgan. Hatto ular Ko„likalonga (Tojikiston) sayohat uyushtirishga muvaffaq bo„lishgan.

1960 yil sentyabrda bilim yurtiga tajribali mutaxassis R.Abdumalikov taklif etildi. Abdumalikov avvalo bilim yurtining shart sharoitini o„rganib chiqdi.

So„ngra Xegay va boshqa o„qituvchilar bilan maslahatlashib birinchi marta 30 ga yaqin o„quvchi qizlar bilan Omonqo„tonga sayohat uyushtirildi.

 Chunki, R.Abdumalikovning xotirasida (1951–1956) Omonqo„ton chuqur iz qoldirgan edi. Sayohat mazmunli, qiziqarli bo„lib o„tdi. Sayohat yakunida bunday sayohatlarni har bahor va har kuzda tashkil qilish, yozgi ta‟tilda esa Iskandar ko„lga sayohat uyushtirishga kelishib olishdi. SHu tufayli bilim yurti o„quvchi qizlari “Spartak” jamiyati turizm seksiyasi va shahar turistik klub tomonidan uyushtirilgan qishki, bahorgi va yozgi ommaviy sayohatlarining eng faol, eng ommaviy jamoasiga aylandi. Qizlar har bir sayohatda 100-150 goho 300 dan ham ortiq tarkibda qatnashib, ko„rik sinovlarning g„olibligini qo„lga kirita boshladi. Ayniqsa Cho„ponota, Xishrov GES, Ohalik, Mironko„l kabi tog„li hamda xushmanzarali joylarda o„tkazilgan slyot (musobaqalar) dastur g„oliblarini (ommaviylik, albomlar namoyishi, qo„shiq-raqs, chodir o„rnatish, noma‟lum joyni topish, choy qaynatish va hokazo) Abdumalikov rag„batlantirib bordi. Bu haqda bilim yurti jismoniy tarbiya o„qituvchisi R.Abdumalikovning o„quv qo„llanmalari, gazetalardagi maqolalari guvohlik beradi.

Eng muhimi va e‟tiborli tomoni shundaki, R.Abdumalikov, S.S.Xegay, B.G„aniev rahbarligi va ishtirokida 1962–1967 yillar davomida xotin qizlar bilim yurti o„quvchi qizlari bilan Ko„likalon, Iskandarko„l, Morg„uzar (Tojikiston), SHohimardon (Farg„ona) va boshqa ko„p joylarga “ko„p kunlik” sayohatlar uyushtirildi. Shuningdek, Navoiy shahri, Moskva, Leningrad shaharlariga sayr

(ekskursiyalar) tashkil etilib, o„quvchi qizlarning bilim doiralarini kengaytirish, ularning jismoniy barkamolligini oshirishga o„z hissasini qo„shdi. 

1967 yil Samarqandda pedagogika instituti tashkil etilib, unda jismoniy tarbiya fakulteti ham faoliyat ko„rsata boshladi. Bunda tajribali mutaxassis sifatida R.Abdumalikovning xizmatlari kattadir. Mutaxassis kadrlarni tayyorlashda turizm fan sifatida o„z o„rniga ega edi. SHu boisdan o„quv-amaliy mashg„ulotlarini o„tkazish uchun eng avvalo Ohalikda turistlar bazasi, keyinchalik esa institut yozi oromgohi tashkil etildi. Omonqo„tondagi sport-sog„lomlashtirish maskanida ham oromgoh tashkil etildi. Bunda sayohatlar jarayonida tog„ oraliqlari va cho„qqilarida turli xil texnik mashqlar o„rgatildi. O„quv dasturi asosida bir haftalik amaliy mashg„ulotlarni o„tkazish va sayohatlarning ahamiyatini targ„ibot qilish maqsadida 1970 yil yozgi ta‟tilda talabalar sayohatini o„tkazish Issiq ko„lda (Qirg„iziston) amalga oshirildi, sayohat jarayonida Issiqko„l atrofi, uning sharqida joylashgan Prijevalsk shahri bilan tanishildi. 10 kundan oshiq davom etgan bu sayohat talabalar xotirasida chuqur iz qoldirdi. Keyingi davrlarda talabalarning “ko„p kunlik” sayohatlari yana Iskandarko„l, Morg„uzor ko„llari sohillari, baland qorli tog„ cho„qqilarida mazmunli davom ettirildi. 

O„zbekiston turizmi turnalar kabi baland uchdi. Yuqorida ta‟kidlanganidek Markaziy “Spartak” jamiyatining turizm seksiyasi tomonidan turli hududlarda turistik slyotlar o„tkazish davom etdi. Keyinchalik Kavkaz, Boltiq bo„yi va Markaziy Osiyo birinchiliklari tashkil etildi. Markaziy Osiyo hududidagi slyot Issiqko„lda bo„lib o„tdi.

Respublika terma jamoasi (rahbar, F.Tuxvatullin) tarkibida Samarqandlik turistlar R. Abdumalikov, J.Faxritdinov, R.Suxarevalar ishtirok etishdi. Slyot avgust oyining birinchi yarmida boshlandi. Slyot dasturida turistik texnika va taktika mashqlari bilan tanishtirish, jismoniy chiniqtirish, oziq-ovqatlarni jamg„arish, topografik bilimlar va shu kabi zarur tadbirlar haqida nazariy mashg„ulotlar o„tkazildi. Amaliy mashg„ulotlar Ananeva (Issiqko„lning sharqiy qismi) Oqsuv darasi va dovoni, kichik Olma ota ko„li Olmaota shahri – Medeo– Gorelnik marshruti (yo„nalishi) bo„yicha 180 km. Tog„li masofani 4 kunda piyoda o„tish amalga oshirildi. Gorelnik turistlar bazasida dam olib, hordiqlar chiqarilgach dasturning asosiy qismiga o„tildi. YA‟ni 10 dan ortiq jamoa (Moskva, Turkmaniston, O„zbekiston, Dog„iston, Omsk, Leningrad va hokazo) o„rtasida tehnik musobaqalar boshlandi. Bunda 50 m uzunlikdagi sim arqonda jarlik ustidan siypanib o„tish, tortilib o„tish, qiyaliklar va jarliklarda yugurib, belgilangan narsani chamalab topish (800 m), pastlikka tushib “jarohatlangan” kishiga tibbiy yordam ko„rsatish, chodirni tez o„rnatish va boshqa turlarda O„zbekistonlik 8 kishi (14 tadan) muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Musobaqalar tugagach, barcha jamoalar baland qorli tog„ dovonlardan oshib, tez oqar daryolarni kechib yana Issiqko„l sohiliga (Ananeva shahri) qaytib kelishdi. Mazkur slyotda ishtirok etgan qatnashchilar xotirasida bir umr saqlanib qolishi bilan birgalikda mamlakatda turizmni yanada ommalashtirishga katta xizmat qildi. 

Respublikaning iqtisodiy, madaniy va siyosiy salohiyatining o„sa borishi bilan yangi viloyatlarni tashkil qilish yuzaga keldi. 1974 yil yangi Jizzax viloyati tashkil etilib, unda Pedagogika instituti ham ochildi. Odatdagidek fakultetning o„quv rejasida turizm mustaqil fan sifatida o„qitila boshladi. Fakultetni tashkil etish va uning faoliyatini boshqarish uchun R.Abdumalikov taklif etildi. SHu bilan birgalikda T.Xoldarov, R.Bozorov, M.Pardaqulov, A.G„ulomov kabi yosh mutaxassislar ham jalb etildi. 

Avvaldan faoliyat ko„rsatayotgan o„qituvchilar X.Komilov, H.Meliev, Sh.Hasanov, P.Rajabov kabi yoshlar yangidan kelgan hamkasblari bilan jam bo„lishib fakultet faoliyatini shakllantirish va rivojlantirishga kirishdilar. Qishki imtihon sessiyasi tugagach (1977 yil fevral) talabalarning bir haftalik turistik mashg„ulotini o„tkazish uchun institutning Uchma qishlog„ida (Forish tumani) joylashgan sport sog„lomlashtirish maskaniga (oromgoh) yo„l olishdi. Maskan baland tog„ oralig„idagi soy yaqinida joylashgan bo„lib 20 dan ortiq talabalar hamda o„qituvchilar R.Abdumalikov va P.Rajabovlar boshchiligida

mashg„ulotlarda  ishtirok etishdi. Ular nazariy tushunchalarga ega bo„lgach, amaliy mashg„ulotlarni bajarishdi. Bunda tog„ sharoitidagi 10 km masofani yurish va yugurish bilan o„tish, 6 ta nazorat belgisini (punkt) avvaldan qo„yilgan narsani (yozma xat quti ichida) topib kelish vazifa qilib qo„yildi. Ikki jamoaga bo„lingan talabalar masofalarni belgilangan muddatda o„tib kelishdi. Qirrali toshlar, qoyalarga chiqish, jarliklardan o„tish, qiyaliklardan yiqilmay tushish kabi murakkab texnik mashqlar talabalarning mahoratini oshirish, tog„ turizmi bilan shug„ullanish kabi faoliyatlarini uyg„otishga katta hissa qo„shdi. 

Shu tariqa Jizzax viloyatida turizmni rivojlantirishning yangi qirralariga asos solindi.

Respublikada turistik kadrlarni tayyorlashda O„zbekiston Davlat jismoniy tarbiya institutining (O„zDJTI) hissasi beqiyos kattadir. Institut tashkil topgan davrdan boshlab (1955 yil) qishki (1965 yilgacha) va yozgi ko„p kunlik turizm o„quv dasturida turizmning jismoniy tarbiya tizimidagi o„rni, turizmni tashkil qilish, sayohatchilarni topografik bilimlar, ilmiy qidiruv ishlari, birinchi tibbiy yordam kabi mavzularda nazariy mashg„ulotlar va amaliy tadbirlar mazmun topgan. Shu asosda bo„lajak o„qituvchilar va murabbiylarning turistik faoliyatlari takomillashtiriladi. Bu o„z navbatida barcha turdagi ta‟lim muassasalari, ishlab chiqarish, mehnat jamoalari va turli muassasalarda sayr (ekskursiya) va sayohatlarni (turizm) tashkil qilish yo„llarini belgilab beradi. Institutdan ko„p kunlik sayohatlar Toshkent-Xo„jakent yo„nalishida poezdda va undan keyin Xo„jakent-Chimyon yo„nalishida piyoda borish va qaytib kelish (130 km) sharti bilan o„tkazilib kelindi. So„nggi 8–10 yil davomida esa Toshkent-Kumushkon  yo„nalishida avtobusda, keyin esa u erdagi institutning sog„lomlashtirish sport maskani atrofida piyoda yurish bilan dastur talablari bajariladi. Bu o„quv-amaliy mashg„ulotda 3-bosqich talabalari ishtirok etib, avvalo hisob (zachyot) va keyin esa 3-razryad (“Turist” inshoni) normativini bajarishdi. SHu tariqa mutaxassislar turistik bilim va malakaga ega bo„ldi. 

Yuqorida ta‟kidlanganidek, “mehnat va mudofaaga tayyor” majmui talablari asosida deyarli barcha turdagi ta‟lim muassasalarida yil davomida 1–2 marotaba ommaviy sayohatlar uyushtirilar edi. Shu sababdan o„quvchi-yoshlar va talabalarning 80-90 % sayohatlarda ishtirok etar, bu esa “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlari talablarida ham o„z ifodasiga ega edi. Lekin ommaviy sayr-sayohatlarni o„tkazish talab darajasida emas. Buning u yoki bu sabablari bor. Qanday sabab bo„lmasin o„quvchi-yoshlar va talabalar jismoniy barkamollikka erishish va kelajakda mehnat jamoasida sayohatlarni tashkil etish, ularda ishtirok etish va shu bilan bog„liq faoliyatlarni boshqarish uchun turistik malakaga ega bo„lishlari lozim. 

Xulosa qilib aytganda O„zbekistonning mustaqilligi va istiqlol yo„lidagi taraqqiyotida sog„lom avlod Davlat dasturi muhim ahamiyat kasb etmoqda. O„quvchi-yoshlar, talabalar va mehnatkash ommaning sihat salomatligini yaxshilash, ularning jismoniy barkamolligini oshirishda jismoniy tarbiyaning muhim vositasi sifatida turizm o„ziga xos tarbiyaviy ahamiyatga egadir. SHu sababdan barcha aholi turizmning u yoki bu turi bilan shug„ullanishlari maqsadga muvofiqdir.

 

3. O„zbekiston mustaqilligi davrida turizmning yangi  yo„nalishlari va ularning istiqbollari.

 Respublikamiz Birinchi Prezidenti I.A.Karimov “Jamiyatni ma‟naviy yangilashdan ko„zlangan bosh maqsad–yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq erkinligi va farovonligiga erishish, komil insonni tarbiyalash, ijtimoiy hamkorlik va millatlararo totuvlik, diniy bag„rikenglik kabi ko„p-ko„p muhim masalalardan iborat”,- deb mustaqillik jarayoni haqida fikr bildirgan. Bunda turizm, ayniqsa xalqaro turizmning  o„ziga xos xususiyatlari va katta ahamiyati mavjuddir.  Ma‟lumki, ijtimoiy-madaniy turmush sharoitlari davlat tasarrufidagi ko„p sohalar, boshqaruv organlari faoliyati bilan bevosita bog„liq bo„ladi. Ayniqsa iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy jarayonlar uning asosini tashkil etadi. Fan, sog„liqni saqlash, ta‟lim, jismoniy madaniyat va sport kabi eng muhim sohalar insoniyat uchun eng zarur hayotiy tadbirlar sirasiga kiradi.

 O„zbekiston mustaqilligi yangi yo„nalishdagi va o„z istiqbolidagi ijtimoiymadaniy hayotga yo„l ochdi. Shu asosda deyarli barcha sohalarda tub islohotlar jadallik bilan olib borilmoqda. Ta‟lim, kadrlar tayyorlash, sog„liqni saqlash tizimi, madaniyat va boshqa sohalardagi islohotlar o„zining ijobiy va samarali natijalarini bermoqda.

 O„zbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport to„g„risida” gi Qonunida (12–modda) belgilanganidek, “Sanatoriy-kurort muassasalarida, dam olish  uylari va turistik bazalarda jismoniy tarbiya sog„lomlashtirish ishlari” muhim ahamiyatga ega bo„lgan tadbirlardan biridir. Shu sababdan “Barcha sanatoriy– kurort muassasalarida, dam olish uylari va turistik bazalarda jismoniy tarbiya moddiy bazasi hamda yakka tartibda va guruh bo„lib o„tkaziladigan jismoniy tarbiya-sog„lomlashtirish mashg„ulotlari  uchun shart-sharoit yaratiladi”, - deb alohida ta‟kidlangan. Buning boisi shundaki, sayohatlar sog„lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya  vositalarining muhim tarkibiy qismidir.

 Aholining barcha qatlamlarida sog„lomlashtirish, hordiq chiqarish va ko„ngil ochish tadbirlarini yanada keng yoyish, bunda sayr-sayohatlarni (turizm) maqsadli tashkil qilishga katta e‟tibor berilmoqda.

 Buyuk  kelajak avlodlarini tarbiyalab etishtirish, ularning ma‟naviy va jismoniy kamolotini oshirishda sayohatlarning barcha turlari hamda shakllaridan keng foydalanish ko„zda tutilmoqda.

 O„zbekistonning mustaqilligi xalqaro madaniy-ma‟rifiy aloqalarni kuchaytirish hamda ularning ko„lamini kengaytirishni taqozo etmoqda. Xalqaro madaniy aloqalar mazmunida tarixiy shaharlar, ajdod-avlodlardan meros bo„lib qolgan turli xil obidalar, zamonaviy koshonalar,  muzey, teatr, sport inshootlari, aholi  istiqomat qiluvchi joylari muhim o„rinlarni egallaydi. SHu sababdan bu sohalarni yangilash, ta‟mirlash, sayqal va  zeb berish, ayniqsa sayohatchilar va mehmonlarga turistik xizmatlarni yaxshilash talab darajasida  bo„lmog„i zarur.

 Ana shunday keng qamrovli ijtimoiy-tarbiyaviy jihatlarni tashkil qilish va uyushtirish maqsadida Respublikada “O„zbekturizm” kompaniyasi tashkil etildi (1995). 

         Uning zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatilganligini eslatish lozim:

1.Aholining madaniy dam olishlari va sayohat qilishlarini ta‟minlash.

2.Qadimiy buyuk ipak yo„li o„tgan shaharlarga aholining sayr-sayohatlar qilishiga shart-sharoitlar yaratish.

3.Ulug„ allomalar xotirasiga bag„ishlab qurilgan maqbaralar, yodgorlik maskanlari va hokazolarga ziyorat qilish uchun sayohatlar uyushtirish.

4.O„quvchi-yoshlarning tarixiy yodgorliklarni sayohatlar orqali o„rganishi va sayr qilib, dam olishlarini ta‟minlash.

5. Xalqaro turizmni rivojlantirish, chet mamlakatlarga sayohat qilish, chet eldan keladigan sayohatlar guruhini ko„paytirishga alohida e‟tibor berish.

6.Tijorat, o„zaro hamkorlik va boshqa maqsadlarda sayohat tadbirlaridan keng foydalanishni yo„lga qo„yish.

7.Turizm bo„yicha madaniy xizmatlarni kengaytirish, ularga yoshlarni jalb etish va mutaxassis kadrlar tayyorlash ishlarini jadallashtirish va hokazolar.

Ta‟kidlash zarurki, mustaqillik sharoitida sayohatlarga bo„lgan talablar avvalgi davrlardagi turizmdan keskin farq qilmoqda. Bular o„z navbatida Respublikada turizmni rivojlantirishning yangi yo„nalishlari hamda shakllarini ochib bermoqda. Bunday jarayonlarni yanada rivojlantirish masalalari Respublika hukumatining diqqat-markazida turibdi. Buni  O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 y. 15 apreldagi “2005y.gacha bo„lgan davrda O„zbekistonda turizmni rivojlantirish Davlat dasturi to„g„risida” va 1999 y. 30 iyundagi “O„zbekistonda turizm uchun malakali kadrlar tayyorlash to„g„risida”gi

Farmonlari, shuningdek, O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O„zbekistonda turizm sohasi uchun kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to„g„risidagi” 1999 y. 2 iyuldagi 324 sonli Qarori va boshqalarda ko„rish mumkin. 1999 y. 2 iyuldagi qaror asosan mamlakatda turizm bo„yicha zamon talablari darajasida mutaxassis kadrlar tayyorlaydigan maxsus ta‟lim muassasalarini yaratish hamda shu asosda turizmning iqtisodiy salohiyatini mustahkamlash va uning samaradorligini yanada oshirish maqsad qilib qo„yilgan. SHunga ko„ra:

1.O„zbekiston Respublikasi Oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi “O„zbekturizm” milliy kompaniyasi bilan birgalikda 1999 yil 1 avgustga qadar tuzilgan rejalari amalga oshirilib, ya‟ni:

 Toshkent Davlat Iqtisodiyot universiteti tarkibida xalqaro turizm fakulteti faoliyat ko„rsatib turibdi.  

 Toshkent shahar mehmonxona xo„jaligi va turizm litseyi negizida Toshkent turizm kasb-hunar kolleji tashkil qilindi.

2.Toshkent Madaniyat institutidagi turizm fakultetiga rejalashtirilgan qabul

(80 ta) Toshkent Davlat Iqtisodiyot universitetiga o„tkazilsin, degan ko„rsatmalar amalga oshirildi.

3.Termiz, SHahrisabz, Samarqand shaharlarida turizm kasb-hunar kollejlari tashkil etildi. 

 Ushbu qaror (5-band)da ko„rsatilishicha O„zbekiston Respublikasi Oliy va O„rta maxsus ta‟lim vazirligi, “O„zbekturizm” milliy kompaniyasi, “O„zbekiston havo yo„llari” milliy aviakompaniyasi, Tashqi  ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi turizm sohasidagi ta‟lim muassasalariga har tomonlama yordam berishlari ta‟kidlangan. Bunday ma‟muriy va tashkiliy ishlarni bajarishdan maqsad shundaki, Respublikada turizm xizmatlari  hamda ular bilan bevosita bog„liq bo„lgan amaliy faoliyatlarni yuqori darajaga ko„tarishdan iboratdir. Bu bilan yurtimiz shon-shuhratini jahonga tanitishdagi faoliyatlarda turizm muhim omillardan biri bo„lib xizmat qilishi ko„zda tutilganligini bilish va anglash qiyin emas, albatta. Respublikaning barcha ijtimoiy-madaniy salohiyatlarini yuqori darajaga o„tarish, ayniqsa aholi o„rtasida turizmni ommalashtirish asosiy tadbirlardan biriga aylanmoqda. Shu jihatdan uni huquqiy kafolatlash davri etib keldi. Buni esa O„zbekiston Respublikasining “Turizm to„g„risida”gi Qonuni (1999 y. 20 avgust) misolida ko„rish mumkin. Bu qonun 22 moddadan iboratdir. Ularning ba‟zi bir o„ta muhim jihatlarini namuna tariqasida keltirish lozimdir:

1–modda. Ushbu qonunning maqsadi turizm sohasidagi munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish, turistik xizmatlar bozorini rivojlantirish, shuningdek, turistlar va turistik faoliyat sub‟ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini  himoya qilishdan iborat.

3–modda. Asosiy tushunchalar. Turizm – jismoniy shaxsning doimiy istiqomat joyidan sog„lomlashtirish, ma‟rifiy, kasbiy-amaliy yoki boshqa maqsadlarda borilgan joyda (mamlakatda) haq to„lanadigan faoliyat bilan shug„ullanmagan holda uzog„i bilan bir yil muddatga jo„nab ketish (sayohat qilish): turist O„zbekiston Respublikasi hududi bo„ylab yoki boshqa mamlakatga sayohat qiluvchi (doimiy istiqomat joyidan turizm maqsadida jo„nab ketgan) jismoniy shaxs; 

Ekskursiya faoliyati-turistik faoliyatning tarixiy yodgorliklar, diqqatga sazovor joylar va boshqa ob‟ektlar bilan tanishtirish maqsadida oldindan tuzilgan yo„nalishlar bo„yicha ekskursiya etakchisi hamrohligidagi 24 soatdan oshmaydigan ekskursiyalarni tashkil etishga doir qismi;

11-modda. Turistik sayohat va turistik xizmatlar majmuyi. Turistik sayohat yakka tartibda yoki turistik guruh tarkibida amalga oshiriladi. Turistik xizmatlar majmuyi transport xizmati ko„rsatishni, yashash, ovqatlantirish, ekskursiya xizmati ko„rsatish, madaniy, sport dasturlarini tashkil etish va boshqa xizmatlarni o„z ichiga oladi.

Qonunning boshqa moddalarida turistlar va turistik tashkilotlarning huquqlari, vazifalari, turli xil shartnomalar va ular bilan bog„liq bo„lgan faoliyatlar o„z ifodasini topgan.

Mazkur qarorlar va qonun asosida uyushtiriladigan turizm asosan davlat ahamiyatiga molik bo„lgan tadbirlardir. Bular asosan yo„llanma (putyovka) va ruxsatnomalar (litsenziya) orqaligina amalga oshiriladi va turli xil ulovlarda (samolyot, poezd, avtobus, engil mashinalar va hakozolar.) yurish orqali amalga  oshiriladi.

E‟tirof etish lozimki, jahondagi juda ko„p mamlakatlarda, ayniqsa Mustaqil Davlatlar Hamdo„stligida (MDH) turizmning bu shakllari bilan bir qatorda havaskorlik turizmi (piyoda yurish, toqqa chiqish, transportlarda yurish, daryo, ko„llar va hakozolarda sayr qilish) ham asosiy hisoblanadi. O„zbekistonda havaskorlik turizmining shakllanishi va uning rivojlanishida kasaba uyushmalari tashkilotlari g„amxo„rlik qilib kelganligi yuqorida bayon etildi. Lekin mustaqillik davrida havaskorlik turizmi shaklan va mazmunan o„z kuchini qisman pasaytirdi.

Buning ob‟ektiv va sub‟ektiv sabablari bor, albatta. Ya‟ni moddiy ta‟minot, transport, jihozlar, xavfsizlikni saqlash, tashkiliy va xo„jalik ishlari hamda boshqa ko„p muammolar vujudga keldi. Shunga qaramasdan aholining salomatligini yaxshilash, o„quvchi-yoshlarning jismoniy kamolotini ta‟minlash yo„lida turizmning o„rni va mohiyati yo„qolgan emas. Bular davlat va jamoat tashkilotlari tomonidan e‟tirof etilmoqda. Bunday ijtimoiy-madaniy va tarbiyaviy jarayonlarni amalga oshirish  maqsadida “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlari majmuyi ishlab chiqilib, u 2000 y. 1 martdan boshlab amalga oshirib kelinmoqda. E‟tiborli tomoni shundaki, bu majmuyida barcha yoshdagi (6 yoshdan 60 yoshgacha) kishilar uchun mo„ljallangan sinov me‟yorlar tarkibida sayr-sayohatlar (piyoda yurish) o„rin egallagan. Ularni namuna qilib ko„rsatish maqsadga muvofiqdir:

1. Boshlang„ich sinf (1-4) o„quvchilari uchun dam olish kunlarida 2-5 km masofalarga sayr (ekskursiya) tashkil qilish, piyoda yurish bilan atrof muhitni kuzatish, tanishish.

2.5-8 sinf o„quvchilari bilan ta‟til paytlarida 10-12 km masofalik joylarga sayohat tashkil qilish yoki o„quv yili davomida kamida 2-3 marotaba 3-5 km masofaga sayohat qilish. Bunda turistik sharoitlar, jihozlar, chodir o„rnatish malakalarini oshirish.

3.9-11 sinflarda dam olish kuni sayohatlarini (yil davomida 2-3 marotaba) o„tkazish va 20-25 km uzoq masofalarga piyoda yurish. CHodir o„rnatish, kompas va boshqa vositalar orqali chamalab topish, madaniy dam olish va hakozolarni o„rganish.

4.                 Akademik-litseylar (yuqori sinflar), kasb-hunar kollejlari o„quvchiyoshlari hamda Oliy ta‟lim muassasalarining talabalari tunab kelish sayohatida qatnashishlari, turistik texnika bo„yicha musobaqalarda ishtirok etish va boshqa talablarni bajarishlari ko„zda tutilgan.

5.                 O„rta va katta yoshdagi kishilar ham dam olish kunlari hamda tunab kelish sayohatlarida faol qatnashishlari tavsiya etilgan.

Maxsus testlardagi turistik talablar va sinov me‟yorlari shug„ullanuvchi yoki qatnashchilarning yoshi, jismoniy tayyorgarligi, jinsi hamda sayohatlarga qiziqishlarini e‟tiborga oladi. O„z navbatida ularning jismoniy jihatdan rivojlanishi, salomatlikni yaxshilash, chiniqish kabi sifatlar hamda o„zaro hamkorlik, do„stlik, o„lkani o„rganish bilan Vatanga mehr-muhabbat, sadoqat, ekologik muhitni saqlashga ko„maklashadigan nazariy bilim hamda amaliy ko„nikmalarni yanada mustahkamlash, ularni boyitish fazilatlari ham mujassamlashtirilgan.

 

 

1-МАЪРУЗА МАШҒУЛОТИНИНГ ТАЪЛИМ ТЕХНОЛОГИЯСИ 

 

1-мавзу

Туризмнинг ташкилий ривожланиш тарихи.Туризм фани ўқув фан сифатида ва унинг тарихий ривожланиши.

 

1.1.   Таълим бериш технологиясининг модели

 

Машғулот вақти-2 соат

Талабалар сони:           та

Машғулот шакли

Кириш-ахборотли маъруза

Маъруза режаси

1.                 Туризм фани ўқув фан сифатида тутган ўрни.

2.                 Туризм фанининг асосий вазифалари ва унинг ахамияти

3.                 Туризмни тарихий ривожланиши (Ўрта Осиѐда Собиқ иттифоқ йилларида, ва мустақил

Ўзбекистон Республикасида) 

Ўқув машғулотининг мақсади: Туризм фани ўқув фан сифатида тутган ўрнини англатиш, туризм фанининг асосий вазифалари ва унинг аҳамиятлари, тарихий ривожланиши (Ўрта Осиѐда Собиқ иттифоқ йилларида, ва мустақил Ўзбекистон Республикасида) тўғрисида маълумотларга эга қилиш.   

Педагогик вазифалар:

              Туризм фани ўқув фан сифатида тутган ўрнини англатиш.

              Туризм фанининг асосий вазифалари ва унинг ахамияти ҳақида маълумотлар бериш.  Туризмни тарихий ривожланиши (Ўрта Осиѐда Собиқ иттифоқ йилларида, ва мустақил Ўзбекистон Республикасида) тўғрисида маълумотлар бериш. 

Ўқув фаолияти натижалари:

              Туризм фани ўқув фан сифатида тутган ўрнини англаб олиши керак.

              Туризм фанининг асосий вазифалари ва унинг ахамияти ҳақида маълумотларга эга бўлиши лозим. 

              Туризмни тарихий ривожланиши (Ўрта Осиѐда Собиқ иттифоқ йилларида, ва мустақил Ўзбекистон Республикасида) тўғрисида маълумотларга эга бўлиши керак.  

Таълим бериш усуллари

Кўргазмали, маъруза, суҳбат

Таълим бериш методлари

Маъруза, тушунтириш, Ечим дарахти, кластер, снектик услуби, суҳбат

Таълим бериш воситалари

Ўқув қўлланма, проектор, электрон ишланма 

Таълим бериш шароити

ЎТВ билан ишлашга мослаштирилган аудитория

Мониторинг ва баҳолаш

Ўз-ўзини назорат қилиш

 

 

 

1.2.   «Туризм фани ўқув фан сифатида ва асосий вазифалари, тарихий ривожланиши» маъруза машғулотининг технологик харитаси

 

Иш

босқич- лари ва вақти

Фаолият мазмуни

 

Таълим берувчи

Таълим олувчилар

 

Тайёргар лик

босқичи.

 

1. Мавзу бўйича ўқув мазмунини тайѐрлаш.  2. Кириш маърузаси учун тақдимот слайдларини тайѐрлаш.

3. Талабалар ўқув фаолиятини баҳолаш мезонларини ишлаб чиқиш.

4.Ўқув        фанини       ўрганишда фойдаланиладиган        адабиѐтлар рўйхатини тузиб чиқиш.

Маъруза машғулотига керакли бўлган барча          ўқув

қуролларини тайѐрлаб қўйиши лозим. 

1. Мавзуга кириш

(15 дақиқа)

1.1. Маърузанинг мавзуси, режасини эълон қилади, ўқув машғулотининг мақсади, педагогик вазифалар ва ўқув фаолияти натижаларини тушунтиради. (1 илова).

1.2. Талабалар ўқув фаолиятини баҳолаш мезони билан таништирилади (2 илова).

Тинглайдилар, ѐзиб оладилар

 

Тинглайдилар, ѐзиб оладилар.

 

2-босқич

Асосий босқич   (55 дақиқа)

Power Point дастури ѐрдамида слайдларни намойиш қилиш ва изоҳлаш билан мавзу бўйича асосий назарий жиҳатларини тушунтириб беради. 

2.                 1.Мавзу режасининг биринчи пункти режаси бўйича маъруза қилади (3-илова)  Маъруза бўйича «Ечим дарахти» усулидан фойдаланган ҳолда талабаларга қуйидаги савол билан мурожаат қилади: “Туризм жисмоний тарбия воситаси сифатида?” (4илова)

2.2. Мавзу режасининг иккинчи пункти бўйича маъруза қилади (5-илова).

 Маъруза бўйича «Кластер»  усулидан фойдаланган холда талабаларга қуйидаги савол билан мурожаат қилади: Туризм

туркумлари? (6-илова) 

2.3.Мавзу режасининг 3 пункти бўйича маъруза қилади (7-илова).

Маъруза бўйича Снектик усулидан фойдаланган холда талабаларга қуйидаги савол билан мурожаат қилади: Алпомиш ва Барчиной синов меъѐрларида туризм ўтилиши? (8-илова) Талабалар билимларини фаоллаштириш ва мустаҳкамлаш мақсадида саволлар беради (9 илова)

Тинглайдилар, ѐзадилар.

Ўтилган ахборотни

анализ-синтез қилиб,

тизимлаштиради

лар.

 

Саволлар билан мурожаат

этадилар, аниқ тасаввурлар

тизимига эга бўлишади.

Тинглайдилар, ѐзадилар.

Талабалар берилган

саволларга жавоб берадилар.

3.

Якуний босқич (10 дақиқа)

3.1. Мавзу бўйича талабаларда юзага келган саволларга жавоб беради, якунловчи хулоса қилади. 

3.2. Мустақил ишлаш учун   «Туризм ва уни ўқитиш методикаси» номли ўқув қўланмани

Саволлар берадилар.

Вазифани ѐзиб оладилар.

 

3 – 26 бетларидаги мавзу ўқув материаллари мазмунини ўрганиб келишларини тавсия этади. 

 

 

1-илова

 

Мавзу: Туризм фани ўқув фан сифатида ва унинг тарихий ривожланиши. Режа 1. Туризм фани ўқув фан сифатида тутган ўрни.

2.   Туризм фанининг асосий вазифалари ва унинг ахамияти

3.   Туризмни тарихий ривожланиши (Ўрта Осиѐда Собиқ иттифоқ йилларида, ва мустақил Ўзбекистон Республикасида)

Ўқув машғулотининг мақсади: Туризм фани ўқув фан сифатида тутган ўрнини англатиш, туризм фанининг асосий вазифалари ва унинг аҳамиятлари, тарихий ривожланиши (Ўрта Осиѐда Собиқ иттифоқ йилларида, ва мустақил Ўзбекистон Республикасида) тўғрисида маълумотларга эга қилиш.    

Ўқув фаолияти натижалари:

  Туризм фани ўқув фан сифатида тутган ўрнини англаб олиши керак.

Туризм фанининг асосий вазифалари ва унинг ахамияти ҳақида маълумотларга эга бўлиши лозим. 

  Туризмни тарихий ривожланиши (Ўрта Осиѐда Собиқ иттифоқ йилларида, ва мустақил Ўзбекистон Республикасида) тўғрисида маълумотларга эга бўлиши керак. 

 

 

 

2-илова Баҳолаш мезони

Туризм ва уни ўқитиш методикаси фанидан бакалаврларни баҳолаш мезони. Бакалаврлар билимини баҳолашда қуйидаги намунавий мезонлар инобатга олинади. 

Балл 

Баҳо 

Бакалаврнинг билим даражаси 

86-100

Аъло 

Туризм хақида умумий тушунчалар ва уларнинг пайдо бўлиши, жисмоний тарбия тизимида туризмнинг мохияти ва ўрни, туризмнинг меъѐрий дастури ва ташкилий асослари тавсифи,  туризмда техника ва тактика, туризмда Ўзбекистон Республикасида ўлкашунослик ва туристик тушунчалар, табиатни мухофаза қилиш, туризм элементлари бўйича оммавий тадбирлар ва мусобақалар ҳақида маълумотлар бериш. Берилган йўналишларни харитага аниқ тушириш, чодирни тўғри ўрнатиш ва ўрнатиш учун қулай жой танлаш,

 

 

хавфсизлик чораларини ишлаб чиқиш, белгиланган синов меъѐрини талаб даражасида бажарса. Ижодий фикрлай олиш, мустақил мушоҳада юритиш. Амалда қўллай олиш, моҳиятини тушунтириш керак.

71-85

Яхши 

Туризм хақида умумий тушунчалар ва уларнинг пайдо бўлиши, жисмоний тарбия тизимида туризмнинг мохияти ва ўрни, туризмнинг меъѐрий дастури ва ташкилий асослари тавсифи,  туризмда техника ва тактика, туризмда Ўзбекистон Республикасида ўлкашунослик ва туристик тушунчалар, табиатни мухофаза қилиш, туризм элементлари бўйича оммавий тадбирлар ва мусобақалар ҳақида маълумотлар бериш. Берилган йўналишларни харитага аниқ тушириш, чодирни тўғри ўрнатиш ва ўрнатиш учун қулай жой танлаш, хавфсизлик чораларини ишлаб чиқиш лозим.

55-70

Қониқарли 

Туризм хақида умумий тушунчалар ва уларнинг пайдо бўлиши, жисмоний тарбия тизимида туризмнинг мохияти ва ўрни, туризмнинг меъѐрий дастури ва ташкилий асослари тавсифи,  туризмда техника ва тактика, туризмда Ўзбекистон Республикасида ўлкашунослик ва туристик тушунчалар, табиатни мухофаза қилиш, туризм элементлари бўйича оммавий тадбирлар ва мусобақалар ҳақида маълумотлар бериш керак.

0-54

Қониқарсиз 

Белгиланган талабларни умуман бажара олмаса, Аниқ тасаввурга эга бўлмаслик, билмаслик. 

           

 

 

 

Максимал балл – 100 балл

Саралаш – 55 балл

ЖН макс балл – 45 

86-100 балл – 5 баҳо 

ОН макс балл – 25 

71-85 балл – 4 баҳо 

ЯН макс балл – 30   

55-70 балл – 3 баҳо 

 

0-54 балл – 2 баҳо 

 

 

Назорат тури

Назорат шакллари

Ҳар бир назорат учун белгиланган

максимал балл

Назоратлар сони

Назорат шакллари бўйича

белгиланган макс балл

Жорий

назорат

(ЖН)

1- амалий

15

1

15

2- амалий

15

1

15

3-амалий

15

1

15

Жами

 

45

3

45

Оралиқ назорат

(ОН)

1-ѐзма

25

1

25

жами

 

25

1

25

Якуний назорат

(ЯН)

 1-амалий

30

1

30

Ҳаммаси

 

100

5

100

 

 

3-илова

1. Туризм фани ўқув фан сифатида тутган ўрни. 

 

             Туризм илмий ва ўқув фан хисобланади. Туристик походлар, амалий машғулотлар, слѐтлар турли мусобақалар жараѐнида илмий - тадқиқот ишларини ташкил қилишга асос яратади. Бунда туризм билан шуғулланувчиларнинг жисмоний тайѐргарлиги, уларнинг фаоллиги, фикр доиралари, харакат малакаларининг ривожланиш шароитлари эксперемент илмий йўл билан ўрганилади. Олинган натижалар эса шу предмет орқали ўкув гурухлари, командаларда ва хаваскор туристлар фаолиятида тадбиқ қилинади ва синаб кўрилади.

   Туризм хам ўкув дарс сифатида ўтказилади. Ўқув жараѐнида талабалар педагогикасининг барча жабхаларидаги каби демократик тарбиянинг таркибий қисми бўлган жисмоний тарбия; унинг мақсад ва вазифалари билан танишадилар. Давлат ўқув режасига кўра туризм жисмоний тарбия институтларида ва педагогика институтларининг жисмоний тарбия факультетларида  махсус курс сифатида ўтилади. Юқори курсларда эса спорт махоратини ошириш, факультатив ѐки тўгарак шаклларида (секция формаларида) ташкил қилинади. 

   Ўқув дастурларида туризмнинг форма ва методлари, мактаб ўқувчилари билан туристик тадбирларини ташкил қилиш усуллари, туристик саѐхатларга тайѐрланиш ва унга керакли бўлган жихозлар, озиқ-овқатлар, дори-дормонлар хамда шикастланганда биринчи медицина ѐрдами кўрсатиш тадбирлари, топография билан талабаларни таништириш кўзда тутилади. Дастур, шунингдек ўлкани ўрганиш, жамоат жойларида фойдали хизматлар кўрсатиш, табиатни мухофаза қилиш, турли қидирув ишларини олиб боришга доир материалларини хам ўз ичига олади. Дастур талабларига асосан 1-8 кунлик саѐхат ташкил қилиш, 130 километрли масофани (пиѐда юриш туризмида) пиѐда ўтиш, туристик техникага доир мусобақалар ташкил қилиш, топографиядан турли машғулотлар ўтказиш мўлжалланган. Барча машғулотлардан кейин туризм бўйича синов (зачет) ўтказилади. Синовда назарий билимлар сухбат тариқасида мустахкамланади.


Туризм сўзи лотинча сўз бўлиб, у “айланма бўйлаб харакат қилиш”, айланиш деган маънони билдиради. Кенг маънода буни кишиларнинг хаѐтда харакатда бўлишларини тушуниш мумкин. Шунингдек туризм “тур”, белги ўрнатиш, яъни тоғ, адирлар, узоқ масофаларга саѐхат қилиш, сўнгги манзилга белги қўйиш ѐки чўққига чиққанликни билдириш учун бирон бир белги (ѐзув, хайкал ва хокозо) қолдириш кабиларни билдиради.   Туристик походлар, саѐхатлар турли формаларда ташкил қилинади. Буларда пиѐда юриш, тоғ туризми, сув туризми, велосипед, мотоцикл ва бошқа транспортларида қилинадиган туристик походлар киради.  Пиѐда юриш, тоғ туризми бир кунлик, бир неча кунлик ва кўп кунлик шаклларда (формаларда) ташкил этилади. Туристик походларда, спортча чамалаб топиш, волейбол, футбол, енгил атлетика ва бошқа спорт турларидан кенг фойдаланилади.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

4-илова

1-ўқув топшириқ «Ечим дарахти» 

Муҳим муаммонинг ечимини топишга ѐрдам беради ва “Ечим дарахти” технологияси орқали муаммо ҳал қилинади.

                                                                                                               

                                                                                                               

                                                                                                               

                                                                                                               

                                                                                                               

                                                                                                               

                                                                                                               

                                                                                                               

                                                                                                               

                                                                                                               

                                                                                                               

                                                                                                               

                                                                                                               

                                                                                                               

                                                                                                               

                                                                                                               

                                                                                                               

                                                                                                               

                                                                                                               

                                                                                                               

                             

Туризм жисмоний тарбия воситаси сифатида? 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

5-илова

 2. Туризм фанининг асосий вазифалари ва унинг аҳамияти. 

 

Туризм фанининг асосий вазифалари куйидагилардан иборат: 

1.   Бўлажак мутахассис кадрларни туризмнинг форма ва методлари билан қуроллантириш.

2.   Талабаларда, академик лицей, касб-хунар коллежлари, мактаб, болалар муассасалари, ахоли турар жойлари, махалаларда, ишлаб чиқариш корхоналарида туристик иш формаларини ташкил этиш ва малақаларини хосил қилиш.

3.   Дастурдаги барча материаллар билан қуроллантириш.

4.   Назарий, амалий машғулотлар ва туристик походларда талабаларни жисмоний чиниқтириш, туристик талабларни бажартириш.

   Жисмоний тарбия бўйича кадрларни тайѐрлашда талабаларга туризм бўйича билим, малака бериш билан биргаликда мехнат жамоаларида, ахоли яшайдиган жойларда, айниқса ўқувчи ѐшлар ўртасида жисмоний тарбия ва спортни тарвиғот ва ташвиқот қилиш, туризмни кишилар   хаѐтида   кенгроқ  жорий   қилиш   усулларини ўргатиш, жамоатчилик (коллективчилик), дўстлик рухида яшаш ва ишлаш, мехнатсеварлик ғояларини сингдириш каби мухим жараѐнларга эътибор қаратилади. Мана шу вазифаларга суянган холда талабаларнинг туризм бўйича билим кўникма ва малакаларин синашда асосан қуйидагиларга эътибор берилади:

1.              Мактаб ўқувчилари билан туристик саѐхатларни уюштириш назарияси ва методлари хақида сухбат. 

   Бунда туризмни жисмоний тарбия тизимидаги ўрни, унинг тараққиѐти хамда туристик ишларнинг форма ва методлари ѐритилади ва академик лицей ва касб-хунар коллеж хамда мактаб ўқувчиларининг туризми, унинг ташкилий формалари, ўқувчиларга қўйиладиган талаблар баѐн қилинади. Талабалардан туристик саѐхатлар жараѐнида олиб бориладиган тадбирлар, ўлкани ўрганиш материаллари, топографик билимлар, ўқувчиларни жисмоний тайѐрлаш ва бошқа педагогик жараѐнлар хақида тўла билимга эга бўлиш талаб этилади. Умуман, туризмга доир барча назарий билимлар мустахкамланади.

2.              Талабалар ўқув йили давомида уюштирилган барча туристик тадбирларда бевосита қатнашиши, шунингдек, саѐхатлар давомида бериладиган барча топшириқларни (навбатчи, командир, йўл бошловчи, санитар, ошпаз, комендант, хўжалик мудири, мухбир ва хоказо) бажариши ва бу борада маълум малака хосил қилиши шарт.

3.              Барча машғулотлар ва туристик саѐхатларда кундалик дафтар тутиш ва унга энг мухим ва қизиқарли воқеаларни, топшириқларни (саѐхат таассуротлари, ижро этилган вазифалар, гимнастика машқлари комплекси, табиат манзаралари, турли мусобақалар, ўсимлик ва хайвонат дунеси, жойларнинг номи, мехнат илғорлари хаѐти ва хоказо- мунтазам ѐзиб бориш қўзда тутилади.

4.              Уй вазифаларини амалий ва ѐзма равишда бажариш (схема, карта, топографик шартли белгиларни чизиш ва жойларнинг тарихини ѐзиш, фотомонтаж тайѐрлаш ва хоказо), жойларни расмга олиш. 

5.              Туристик саѐхатлар давомида ташкил қилинган барча мусобақа ва тадбирларда (жойларни чамалаб топиш, азимут бўйича юриш, арқонда осилиб ўтиш, биринчи медицина ѐрдами кўрсатиш, чодирни вақтида қуриш, овқат пишириш, деворий газета чиқариш, ашула ѐки шеър айтиш ва хоказо) фаол қатнашиш.

6.              I-II курс давомида барча саѐхатларда фаол қатнашиш ва нормативни бажарган холда биринчи категорияли туристик саѐхатда (130 километрли масофани 6-8 кун давомида пиѐда ўтиш) қатнашиб, пиѐда юриш туризми бўйича учинчи разряд нормасини бажариш.

 

 

6-илова

 

Янги педагогик технология методи бўйича тарқатма материал 

Фан бўйича «Кластера» методи

«Туризм» фани бўйича

1-вариант 

 

Туризм туркумлари?

                                      

                             

 

 

Изох: Бу метод ўкувчиларни фикрилаш фаолиятини жаддалаштириш ҳамда кенгайтириш учун хизмат қилиши мумкин. Шунингдек, ўтилган мавзуни мустахкамлаш, яхши ўзлаштириш, умумлаштириш ҳамда талабаларни шу мавзу бўйича тасаввурларини чизма шаклида ифодалашга ундайди. 

 

7-илова   3. Туризмни тарихий ривожланиши (Ўрта Осиѐда Собиқ иттифоқ йилларида, ва мустақил Ўзбекистон Республикасида)

           Туризмни тарихий ривожланиши. Туризм Ўрта Осиѐда қадимдан мавжуд бўлган. Қадимги аждодларимизнинг дарѐ, кўл сохилларида, чўлу биѐбонларда сайр қилиши, тог чўққиларига чиқиши, овчилик қилганликлари хақида бизга кўпгина тарихий манбалар, халқ оғзаки ижодидан маълум. Чунончи Махмуд Қошғарийнинг “Девонул луғатит турк” асари, Абу Али ибн Сино, Умар Хайѐм, Рудакий, Фирдавсий, Алишер Навоий, Захириддин Мухаммад Бобур ва кўпгина бошқа алломаларнинг асарлари, шунингдек “Алпомиш”, “Кунтуғмиш”, “Интизор”, “Рустамхон”, “Равшан”. “Қирқ қиз” достонлари, қиргиз халқининг “Манас” эпоси ва бошқа халқ оғзаки ижоди манбаларида туризмининг илк дебочалари ўз аксини топган. Афросиѐб, Тешиктош, Далварзин, Сирдарѐ сохиллари ва Тошкент атрофида ўтказилган археологик қазилмалар натижаси хам юқоридаги фикримизни тўла тасдиқлаши мумкин. Айниқса бу ўринда Захриддин Мухаммад Бобурнинг “Бобурнома” асари алохида ахамиятга эга. Бу асарда авторнинг музлар ўлкаси Хиндиқуш тоғларидан Хиндистонга ошиб ўтиш эпизоди айниқса мароқли тасвирланган

   Умуман, қадимги аждодларимиз ов қилиш мақсадида узоқ - узоқларга сафар қилганлар, тоғ ва дарѐ йўлларини ўрганганлар, ѐшларни қўрқмас, ботир, чидамли ва чаққон қилиб тарбияланганлар ва хоказо. Ана шуларнинг оқибатида саѐхат қилиш - туризм ривожланган ва хозирги кунимиздаги туризмнинг юзага келишида мухим омил бўлган

Ўзбекистон Республикасининг барча вилоятлари бўйича хам туристик маршрутлар, саѐхат йўллари хақда қўлланмалар тайѐрланган бўлиб, пиѐда юриш, тоғ туризмига оид адабиѐтлар  хам мавжуд. Чунончи, В.Рацекнинг “Чимѐн”, “Ўрта Осиѐ йўллари бўйлаб!, А.Колбинцевнинг “Ўзбекистон йўллари бўйлаб”, “Фаргона водийси бўйлаб”  саѐхатчи  ўзбекистонлик В.Кучерявихнинг  “Фаиск тоғлари бўйлаб саѐхат маршрутлари”, Р. Абдумаликовнинг “Саѐхат сахифалари” ва бошқалар  шулар жумласидандир.

 Барча элат, миллат халқлари каби ўзбек халқининг хам маданий тараққиѐтида туризм мухим ўрин тутмоқда. Қадимги аждодларимизнинг тарихи, буюк алломалар, адиблар, ўрта аср намоѐндаларининнг ўлмас асарларида, ўзбек, тожик, қирғиз, қозоқ, туркман халқ оғзаки ижодида юқорида айтиб ўтилганидек, илк туризм дебочасига асос солинганди.

Ўзбекистон Республикаси ташкил топган дастлабки пайтларданоқ хукумат қарорлари, кўрсатмалари асосида ўқувчиларнинг туристикэкскурсия ишларини йўлга қўйиш, ахолининг маданий хордиқ чиқариши учун дам олиш зоналарини ташкил қилиш ишлари жадаллаша бошлади. Айниқса Тошкент, Самарқанд, Фарғонада бу иш яхши йўлга қўйилди. Лекин ѐш республикамизда туризмни ташкил қилиш ишларини етарли даражада амалга ошиши қийин эди. Чунки 1924-1930 йилларда Ўрта Осиѐда, хусусан Ўзбекистон шароитида миллий буржуазия қолдиқларини тузатиш, ѐшларни ўқитиш, зарарли урф-одатларга бархам бериш борасида катта кураш олиб бориш керак эди. Лекин шунга қарамай тиббиѐт ва бошқа зарур соатлар қаторида жисмоний тарбия, спорт ва туризмнинг ривожланишига хам имкониятлар яратилди.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

8-илова Алпомиш ва Барчиной синов меъѐрларида туризм ўтилиши?  “Снектик” технологияси орқали муаммо ҳал қилинади. 

 

МТМ да  

Мактабда 

АЛ ва КҲКда

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

9-илова 

 

Талабалар билимларини фаоллаштириш ва мустаҳкамлаш мақсадида саволлар беради

 

1.       Туризм турларини классификацияси. 

2.       Болалар жамоаларида туризмни ташкил қилиш.

3.       Туризм бўйича разрядлар ва категориялар қийинчилиги.

4.       Касб-ҳунар коллежларда ўлкашунослик ва ижтимоий ишлар.

5.       Пиѐда юриш туризм.

6.       Академик лицейларда ўлкашунослик ва ижтимоий ишлар.

7.       Умумтаълим мактабларда туризмни ахамияти.

8.       Умумтаълим мактабларда ўлкашунослик ва ижтимоий фойдали ишлар.

9.       Академик лицейларда туризмни аҳамияти.

10.   Касб-ҳунар коллежларда туризмни аҳамияти.

11.   Туризм фанининг мақсади ва вазифалари.

 

Mavzu. Turizmning tashkiliy rivojlanish tarixi

Mavzu. Turizmning tashkiliy rivojlanish tarixi

Hindiston, Afrika, Avstraliya va boshqa qit‟alar, mamlakatlarga borganligi tarixdan ma‟lum

Hindiston, Afrika, Avstraliya va boshqa qit‟alar, mamlakatlarga borganligi tarixdan ma‟lum

Bunday nufuzli turistik tadbirlar boshlang„ich jamoalarda (ta‟lim muassasalari, ishlab chiqarish korxonalari va hokazoga) ham u yoki bu darajada o„tkazilishi odatga aylandi

Bunday nufuzli turistik tadbirlar boshlang„ich jamoalarda (ta‟lim muassasalari, ishlab chiqarish korxonalari va hokazoga) ham u yoki bu darajada o„tkazilishi odatga aylandi

Ajdodlarimizning sayr-sayohatlarini ko„z oldimizga keltirish uchun “Avesto”, “Alpomish”, “Go„ro„g„li”, “Qirq qiz”, “Tohir va

Ajdodlarimizning sayr-sayohatlarini ko„z oldimizga keltirish uchun “Avesto”, “Alpomish”, “Go„ro„g„li”, “Qirq qiz”, “Tohir va

Mahalliy sharoitda o„quvchi-yoshlar talabalar va mehnatkashlarning sayrsayohatlarini uyushtirish ham yuqori saviyada amalga oshirildi

Mahalliy sharoitda o„quvchi-yoshlar talabalar va mehnatkashlarning sayrsayohatlarini uyushtirish ham yuqori saviyada amalga oshirildi

Ayniqsa Omonqo„ton g„ori (1946 yilda topilgan) mehnatkashlar va o„quvchi yoshlarning diqqatini ko„proq jalb etgan

Ayniqsa Omonqo„ton g„ori (1946 yilda topilgan) mehnatkashlar va o„quvchi yoshlarning diqqatini ko„proq jalb etgan

Samarqand turizmining rivojlanishida xotin-qizlar pedagogika bilim yurtining faoliyati salmoqli o„ringa ega

Samarqand turizmining rivojlanishida xotin-qizlar pedagogika bilim yurtining faoliyati salmoqli o„ringa ega

Ohalikda turistlar bazasi, keyinchalik esa institut yozi oromgohi tashkil etildi

Ohalikda turistlar bazasi, keyinchalik esa institut yozi oromgohi tashkil etildi

Respublikaning iqtisodiy, madaniy va siyosiy salohiyatining o„sa borishi bilan yangi viloyatlarni tashkil qilish yuzaga keldi

Respublikaning iqtisodiy, madaniy va siyosiy salohiyatining o„sa borishi bilan yangi viloyatlarni tashkil qilish yuzaga keldi

So„nggi 8–10 yil davomida esa Toshkent-Kumushkon yo„nalishida avtobusda, keyin esa u erdagi institutning sog„lomlashtirish sport maskani atrofida piyoda yurish bilan dastur talablari bajariladi

So„nggi 8–10 yil davomida esa Toshkent-Kumushkon yo„nalishida avtobusda, keyin esa u erdagi institutning sog„lomlashtirish sport maskani atrofida piyoda yurish bilan dastur talablari bajariladi

Ayniqsa iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy jarayonlar uning asosini tashkil etadi

Ayniqsa iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy jarayonlar uning asosini tashkil etadi

Aholining madaniy dam olishlari va sayohat qilishlarini ta‟minlash

Aholining madaniy dam olishlari va sayohat qilishlarini ta‟minlash

Toshkent shahar mehmonxona xo„jaligi va turizm litseyi negizida

Toshkent shahar mehmonxona xo„jaligi va turizm litseyi negizida

Qonunning boshqa moddalarida turistlar va turistik tashkilotlarning huquqlari, vazifalari, turli xil shartnomalar va ular bilan bog„liq bo„lgan faoliyatlar o„z ifodasini topgan

Qonunning boshqa moddalarida turistlar va turistik tashkilotlarning huquqlari, vazifalari, turli xil shartnomalar va ular bilan bog„liq bo„lgan faoliyatlar o„z ifodasini topgan

Akademik-litseylar (yuqori sinflar), kasb-hunar kollejlari o„quvchiyoshlari hamda

Akademik-litseylar (yuqori sinflar), kasb-hunar kollejlari o„quvchiyoshlari hamda

Туризм фани ў қув фан сифатида тутган ўрнини англатиш, т уризм фанининг асосий вазифалари ва унинг аҳамиятлари, тарихий ривожланиши (Ўрта

Туризм фани ў қув фан сифатида тутган ўрнини англатиш, т уризм фанининг асосий вазифалари ва унинг аҳамиятлари, тарихий ривожланиши (Ўрта

Тайёргар лик босқичи. 1

Тайёргар лик босқичи. 1

Якуний босқич (10 дақиқа) 3

Якуний босқич (10 дақиқа) 3

Аъло Туризм хақида умумий тушунчалар ва уларнинг пайдо бўлиши, жисмоний тарбия тизимида туризмнинг мохияти ва ўрни, туризмнинг меъѐрий дастури ва ташкилий асослари тавсифи, туризмда техника…

Аъло Туризм хақида умумий тушунчалар ва уларнинг пайдо бўлиши, жисмоний тарбия тизимида туризмнинг мохияти ва ўрни, туризмнинг меъѐрий дастури ва ташкилий асослари тавсифи, туризмда техника…

Максимал балл – 100 балл

Максимал балл – 100 балл

Туризм хам ўкув дарс сифатида ўтказилади

Туризм хам ўкув дарс сифатида ўтказилади

Ечим дарахти» Муҳим муаммонинг ечимини топишга ѐрдам беради ва “Ечим дарахти” технологияси орқали муаммо ҳал қилинади

Ечим дарахти» Муҳим муаммонинг ечимини топишга ѐрдам беради ва “Ечим дарахти” технологияси орқали муаммо ҳал қилинади

Туризм фанининг асосий вазифалари ва унинг аҳамияти

Туризм фанининг асосий вазифалари ва унинг аҳамияти

Талабалар ўқув йили давомида уюштирилган барча туристик тадбирларда бевосита қатнашиши, шунингдек, саѐхатлар давомида бериладиган барча топшириқларни (навбатчи, командир, йўл бошловчи, санитар, ошпаз, комендант, хўжалик мудири,…

Талабалар ўқув йили давомида уюштирилган барча туристик тадбирларда бевосита қатнашиши, шунингдек, саѐхатлар давомида бериладиган барча топшириқларни (навбатчи, командир, йўл бошловчи, санитар, ошпаз, комендант, хўжалик мудири,…

Изох: Бу метод ўкувчиларни фикрилаш фаолиятини жаддалаштириш ҳамда кенгайтириш учун хизмат қилиши мумкин

Изох: Бу метод ўкувчиларни фикрилаш фаолиятини жаддалаштириш ҳамда кенгайтириш учун хизмат қилиши мумкин

Республикаси ташкил топган дастлабки пайтларданоқ хукумат қарорлари, кўрсатмалари асосида ўқувчиларнинг туристикэкскурсия ишларини йўлга қўйиш, ахолининг маданий хордиқ чиқариши учун дам олиш зоналарини ташкил қилиш ишлари…

Республикаси ташкил топган дастлабки пайтларданоқ хукумат қарорлари, кўрсатмалари асосида ўқувчиларнинг туристикэкскурсия ишларини йўлга қўйиш, ахолининг маданий хордиқ чиқариши учун дам олиш зоналарини ташкил қилиш ишлари…

Талабалар билимларини фаоллаштириш ва мустаҳкамлаш мақсадида саволлар беради 1

Талабалар билимларини фаоллаштириш ва мустаҳкамлаш мақсадида саволлар беради 1
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
18.09.2022