SO ‘ZBOSHI
Ushbu so‘zboshi «Umumiy psixologiya»ning to'rtinchi nashriga muallif P.I.Ivanov tomonidan yozilgan so'zboshining qisman o‘zgartirilgan nusxa- sidir. «Umumiy psixologiya» kursi yuzasidan chiqarilgan ushbu qo‘llanma pedagogika institutlari va universitetlarining talabalariga, shuningdek, o‘qituvchi va tarbiyachilarga mo£IjalIangan. Darslik oliy o‘quv yurtlarining psixologiya dasturida ko‘zda tutilgan talablarga deyarli moslab tuzilgan.
Darslikning to‘rt bo‘limi bo‘lib, bu bo‘limlarga o‘n oltita bob kiradi. Shuningdek, uning uchta ilovasi bo‘lib, birinchisi psixologiya tarixiga, ikkinchisi psixologiyaning yaqin oradagi vazifalariga, uchinchisi esa “0 ‘zbekistonda psixologiya fanining taraqqiyoti” ga bag4ishlangan.
Umumiy psixologiyaning birinchi bo‘lim birinchi bobida psixologiyaning nima haqida bahs yuritishi, psixika haqida so‘z yuritiladi. Psixik jarayonlarning klassifikatsiyasi va psixik hodisalaming ayrim turlari haqida tushuncha beriladi. Shu bilan birga psixikaning turli-tuman barcha ko‘rinishlari, shu hodisalaming anchayin bir yigMndisi yoki tolplami emas, balki yagona odamzod ongining zuhur etilishi, umuman shaxsning namoyon boiishi ekanligi ta’kidlanadi. Shuningdek, psixologiyaning ahamiyati, psixik hayotni tadqiq qilish metodlari haqidagi ta’limot, psixik hayot hodisalarini o‘rganishda obyektiv yo‘l tutish- ning muhimligi va eksperimentning ahamiyati haqida fikr yuritiladi.
Ikkinchi bobda psixikaning nerv-fiziologik asoslari haqida fikr yuritiladi. Bunda nerv sistemasining tuzilishi, psixik jarayonlarning biologik negizi bo‘lmish yuksak nerv faoliyati haqidagi I.P. Pavlov ta’limoti, yuksak nerv faoliyatini o‘rganishdagi keyingi erishilgan muvaffaqiyatlar, retikulyar formatsiya faoliyati, qaytar aloqa, sinapslarning roli, psixologiyada shartli refieks metodining ahamiyati kabi masalalar bayon qilinadi.
Uchinchi bobda psixikaning taraqqiyoti haqida ta’limot keltiriladi. Bunda hayvonlar psixikasi, ongning tarixiy taraqqiyoti, yoshga qarab ongning rivojlanishi haqida m a’lumot beriladi.
Hayvonlar psixikasiga odam ongining tarix boshi deb qaraladi, odam ongining kelib chiqishida va tarixiy taraqqiyotida mehnat va ijtimoiy hayot shakllarining roli ta’kidlanadi.
Yoshga qarab ongning taraqqiy etishida ta’lim-tarbiyaning yetakchi roli, rivojlanayotgan odamning olzi ko4rsatayotgan faoliyatning yetakchi roli uqtirib o‘tiladi. Odam psixikasi tarixiy taraqqiyotida sifat jihatidan o‘zgarganligi va odam ongli mavjudod bo‘lib, shaxs sifatida shakllantirilganligi uqtiriladi. Birinchi bo‘limning oxirida shaxs to‘g‘risidagi umumiy m a’lumot keltiriladi, shaxsning asosiy belgilarining ijtimoiyligi, ongi, o‘z-o‘zini anglashi, odamga xos bo‘lgan ehtiyojlar, ijtimoiy faollik, ma’lum bir maqsadni ko‘zlab ish tu-
tish, ideallar (oliy maqsadlar), dunyoqarash, maslak ko‘rsatib o‘tilgan.
Qo‘llanmaning ikkinchi bo‘limida ayrim psixik funksiyalar: sezgi, idrok, xotira, tafakkur va shu kabilar bayon qilinadi. Ayni vaqtda psixikaning ayrim ko‘rinishlari — sezgi, idrok, xotira, tafakkur, nutq, his, irodaga psixikaning qismlari yoki ong va shaxsning tarkibiy qismlari deb emas, balki yagona ong ko‘rinishlari — funksiyalari deb qaraladi.
Odamning bilish, emotsiya va iroda faoliyatining ayrim ko‘rinishlari «psixologik jarayonlar» degan termin bilan ifodalanadi. Ularni psixik funksiyalar deb atash m a’qulroq bo‘lar edi. Funksiya tushunchasi mazmun va hajm ji- hatidan kengroq-da axir. Bu tushuncha psixik jarayonlarni ham, psixik holat- larni ham, psixik mahsullarni ham, shuningdek, faollik va ish-harakatlarini ham o‘z ichiga oladi. Funksiyalar qanday bo‘lmasin butun narsaning qismlari emas, balki shu butun narsa harakatining bir ko‘rinishi demakdir. Modomiki shunday ekan, psixikaning ayrim ko‘rinishlari - sezgi, idrok, xotira, xayol, tafakkur, nutq, diqqat, his, iroda — yagona ongning, yagona shaxsning o‘zaro chambarchas bog‘langan funksiyalaridir.
Ikkinchi bo‘limda yana har bir funksiyaning umumiy psixologik tarixi, psixik funksiyalarning nerv fiziologik asoslari, maxsus qonuniyatlari, boshqa psixik funksiyalar bilan bog‘langanligi, psixikaning umumiy strukturasida va odam faoliyatida har bir funksiyaning tutgan o‘rni va ahamiyati bayon qilinadi. Psixik funksiyalarning yoshga aloqador xususiyatlari, ta’lim va tarbiyada ana shu xususiyatlarining ahamiyati qisqacha bayon qilinadi.
Q ollanm aning uchinchi bo‘limi shaxsning individual xususiyatlariga bag‘ishlanadi. Bu bo‘limni psixologiya kursining sintetik (yakunlovchi) qismi desa bo‘ladi. Bunga temperament (mijoz), xarakter, shaxsning layoqat-qobili-
yatlari va qiziqish-havaslari haqidagi ta’limot kiradi.
Kitobning to‘rtinchi qismida ikkita ilova bor. Birinchi ilova «Psixologiya tarixidan» deb ataladi. Har bir fanning, shu jumladan psixologiya fani tarixi bilan tanishish saviya uchun muhim ahamiyatga egadir. Chunki u odamning psi- xologiyasiga doir bilimini kengaytirish bilan birga aqliy saviyasini ham oshiradi.
Ikkinchi ilova psixologiya fanining navbatdagi vazifalariga bag‘ishlanadi. Hayotning hamma sohalari juda tez yuksalayotgan, fan va texnika misli ko‘rilmagan darajada taraqqiy etayotgan hozirgi zamonda psixologiya fanining ham taraqqiyot yo‘llari va perspektivalari haqida masalalar o‘z aksini topadi.
Darslikning yangi nashri 0 ‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonuni va “ Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, Davlat ta’lim standartlari va o ‘quv dasturlari asosida qayta ishlandi.
Uning mazmuni deyarli shundayligicha saqlandi. Lekin unga Sharq mu- tafakkirlarining ruhiy jarayonlar haqidagi fikrlari, 0 ‘zbekistonda psixologiya fanining taraqqiyoti haqidagi materiallar kiritildi va hozirgi zamon ta’limi talablariga moslashtirildi.
Muallifdan
BIRINCHI QISM
I bob.
PSIXOLOGIYA NIMA HAQIDA BAHS YURITADI?
I. PSIXOLOGIYA NIMA HAQIDA BAHS YURITADI?
Psixologiya voqelikning alohida bir sohasi boigan psixik (yoki ruhiy) hayot sohasini o'rganadi. Har kimga m a’lum hodisalar — sezgilarimiz, idrok, tasawurlarim iz, fikr, his, intilishlarimiz va shunga o'xshashlar psixika hodisalari jumlasidandir. Shaxsning psixik yoki individual xususiyatlari deb
ataladigan xususiyatlar: odamning tem peram enti (mijozi), xarakteri (fe'l- atvori), qobiliyat, ehtiyoj, niayl va havaslari ham psixika sohasiga kiradi.
Psixik (ruhiy) hodisalaming butun majmuyi odatda psixika degan bir so‘z bilan ataladi.
Psixika o'zga alohida bir olam emas: u organik hayotning yuksak shakllaridan bo'lib, faqat hayvonlar bilan odamlarga xosdir. Hayvonlar bilan odam , o'simliklardan farq qilib, yolg'iz organik hayotga ega bo’libgina qolmay, balki, shu bilan birga, psixik hayotga ham egadir. Lekin. ma'lumki. hayvonlarning psixik hayoti odam ning psixik hayotiga qaraganda sodda- roqdir. O dam psixikasi hayvonlar psixikasidan sifat jihatidan farq qiladi. Odam da psixik hayotning yuksak shakli — ong bor. Odam ongli zotdir.
Psixik hayot hodisalari juda xilma-xil. am m o bir-biri bilan o'zaro bog'langan bo'ladi. Psixologiyaning vazifasi ana shu bog'lanish va m uno- sabatlarning qonuniyatlarini ochib berishdir. Psixik hodisalar va butun psixika rivojlanib kelgan va rivojlanm oqda. Shu sababli. psixologiya psixikaning taraqqiyot qonuniyatlarini ochib berishi kerak.
Psixologiya fanining ma'lumotlaridan amaliy maqsadda va aw alo ta ’lim- tarbiya ishida, shuningdek, ishlab chiqarishda, m ehnatni tashkil etish va ixchamlashtirishda, tibbiyotda, san'at va shunga o'xshash sohalarda fov-
dalanm oq uchun psixikaning taraqqiyot qonuniyatlarini bilish kerak.
Shunday qilib, psixologiya psixik hayot sohalari yoki, qisqacha qilib aytganda, psixikadan bahs yuritadi.
Psixologiya eng qadim iy fanlardan bo'lib, bundan 2,5 ming yil ilgari jon haqidagi ta’lim ot sifatida vujudga kelgan. VII—V asrlarda o'tgan qadimgi grek faylasuflarining asarlaridayoq kishining jonli va ruhiy hayoti to'g'risida juda ko'p xilma-xil fikrlar bayon qilinganligini ko'ram iz. Bu masalalar qadimgi Xitoy va qadimgi hind mutafakkirlarining m uhokam alarida ham
katta o‘rin tutadi.
Kishining psixikasi haqidagi muntazam ta ’limotni birinchi m arta Aris- totel (eram izdan oldingi 384—322-yillar) «Jon haqida» degan kitobida bayon qilgan. Shu sababli Aristotel alohida fan bo'lgan psixologiyani vu
judga keltirgan kishi yoki psixologiya fanining «otasi» hisoblanadi.
Uzoq vaqtgacha psixologiya mustaqil fan bo'lm ay, falsafa tarkibiga kirib kelgan. A lohida ilmiy fan m a’nosidagi «psixologiya» term ini ham yo'q edi. Bu term in XVI asr oxirida paydo bo'lib, XVIII asr o'rtalaridan boshlab ham m a ishlatadigan bo'lib qoldi. Psixologiya XVIII asrning oxirida va XIX asrning boshlaridagina mustaqil fan bo'lib shakllandi.
Qadimgi zam onlardan to bizning zam onim izgacha psixologiya sohasida idealizm bilan m aterializm o'rtasida kurash bo'lib keldi. Psixologiya- dagi bu kurash ham isha sinfiy kurashning in’ikosi bo'lib keldi. Psixika, ong nima degan masala, shu bilan birga, odam organizmida psixik jara
yonlar bilan fiziologik jarayonlar o'rtasidagi munosabat masalasi ham shu kurashda markaziy o'rinni egallab keldi.
Psixika va ong haqidagi ta ’limot idealistik va vulgar m aterialistik qarashlar ham da nazariyalarga qarshi kurashda chiniqa bordi.
Idealistlar, odam ning psixik hayotini odam tanasi bilan qandaydir nom a’lum yo'l bilan qo'shilib, odam da gavdalangan, jismi yo'q moddiy
bo'lm agan alohida bir narsaning, ya’ni ruh yoki jonning zohir bo'lishi deb hisoblaydilar. (So'zlashganim izda va adabiyotda ham «odamning joni» va «odamning ruhi» degan term in ishlatamiz. Ammo bu term inlarni biz moddiy bo'lm agan alohida bir narsani ifodalash uchun emas, balki «psixika»
so'zini qay m a’noda ishlatsak, o'sha m a’noda ishlatamiz). Idealistik psixologiya nam oyandalari psixik jarayonlar bilan fiziologik jarayonlarning o'zaro m unosabati haqidagi masalani talqin qilishda yo psixofizik paral- lelizm yoki psixofizik o'zaro ta ’sir nuqtayi nazarida turadilar.
Psixofizik parallelizm tarafdorlari fiziologik va psixik hodisalar bir- biriga bog'liq bo'lm agan holda yonma-yon (parallel ravishda) voqe bo'ladi, deb hisoblaganlar. Bu qarashga ko'ra, odam ning hayot faoliyati qo'shilib ketm aydigan ikki oqim — organik hayot bilan psixik hayotning harakat- lanishidan iborat emish.
Psixofizik o'zaro ta ’sir tarafdorlari ta’limotiga ko'ra, psixik hodisalar bilan fiziologik hodisalar o'z tabiati e ’tibori bilan har xil bo‘lsa-da, birbiriga o‘zaro ta ’sir etadi: fiziologik hodisalar psixik hodisalami vujudga keltiradi, psixik hodisalar esa fiziologik hodisalarga sabab bo'la oladi. Bu qarashga ko'ra, odam ning hayot faoliyati go‘yo harakatdagi zanjir boMib, unda fizik zveno bilan psixik zveno ketm a-ket kelaveradi.
Fanga xilof idealistik muhokamalarga qarama-qarshi o'laroq, dialektik materializm psixik hayot qandaydir alohida, moddiy bo‘lmagan bir narsa- ning zohir boMishi emas, balki materiyaning yuksak darajadagi mahsuli, ya’ni bosh miyaning xossasidir, deb ko'rsatadi. Demak, psixika yuksak dara
jada tashkil topgan materiyaning alohida xossasi bo'lib, bu xossa obyektiv voqelikni alohida bir yo‘sinda aks ettirish qobiliyatidan iboratdir.
Psixik jarayonlar miyaning alohida xossasi bo‘lib, faqat miyaning faoli- yatiga bog'liq holda ro‘y beradi.
Lekin psixikani materiyaning mahsuli deb bilish tushunchasini vulgar materializm namoyandalari targ‘ib qilgan soxta (u ham mexanistik) tushun- chadan farq qilishi kerak. Mexanist va vulgar m aterialistlar tabiatdagi barcha hodisalami — kimyoviy, biologik, fiziologik hodisalami, shuningdek, psixologik hodisalam i ham materiya zarrachalarining fazoda faqat mexa- nik sur’atda siljishdan iborat deb bilar edilar. U lar psixik jarayonlarni fiziologik jarayonlardan iborat bir narsa deb tushunar, psixik jarayonlar
bilan fiziologik jarayonning ikkovi bor narsa deb hisoblar edilar. M asalan: vulgar m aterializm ning namoyandalari (Byuxner, M oleshott, Faxz) ji- gardan o‘t chiqib turgani singari miyadan ham fikr chiqib turadi, deb bilar edilar.
M exanistlar nazarida, psixik hodisa fiziologik hodisaning o ‘zi-yu, uni odam faqat ichki, subyektiv tom ondan idrok etar emish.
Dialektik materializm nuqtayi nazaridan psixika, materiyaning m e- xanik harakati em as, balki harakatdagi m ateriyaning alohida xossasidir.
Shuningdek, psixik jarayon moddiy jarayonga bog'liq, degan so'zdan psixika, ong-fiziologik jarayonlardan boshqa bir narsa emas, degan m a’no aslo chiqmaydi. Fikr, ong — voqelikning sifat jihatidan boshqacha, o'ziga xos bir hodisasidir.
Psixika, ong — faqat yuksak darajada tashkil topgan m ateriyaning xossasidir.
Hayvonlar bilan odam lar organizmiga xos bo'lgan nerv sistemasi ana shunday yuksak darajada tashkil topgan materiyadir. Psixikaning bevosita moddiy substrati (asosi) — odam ning bosh miyasidir. Odam ning psixika
si, ongi — bosh miya funksiyasidir.
Psixika, ong materiya taraqqiyotining faqat yuksak bosqichlarida paydo bo'ladi. M ateriya taraqqiy qilib borgan sari turli qonuniyatlar va xos- salar — mexanik, fizik, kimyoviy, biologik va boshqa qonuniyat va xossa- lar paydo bo'ladi va taraqqiy qiladi, organik olam taraqqiyotining eng yuksak bosqichidagina materiyaning psixika, sezgi, ong, tafakkur deb ata- ladigan alohida xossalari vujudga keladi.
Olam taraqqiyoti tarixida psixika, ong bo'lm agan davr o'tgan. Psixika olam taraqqiyotining eng yuksak bosqichlaridagina paydo bo'ldi.
Psixika materiyaning alohida xossasi bo'lib, bu xossa obyektiv voqelikni alohida aks ettirish qobiliyatidan iboratdir. Aks ettirish degan so'zning m a’nosi har xil tushuniladi. Tevarak-atrofdagi voqelikni aks ettiradigan ko'pgina narsalar m a’lum, masalan, suv aks ettiradi, ko'zgu aks ettiradi va hokazo. Bu misollarda biz fizik hodisa sifatidagi aks etish (in’ikos)ni ko'ram iz. Psixik hodisalar haqida so'zlashganim izda esa sifat jihatdan boshqacha, o'ziga xos ravishda aks etishini nazarda tutm og'im iz kerak. Bu aks ettirish sezgilarda, xotirada, tafakkurda va boshqa shu kabilarda o'z ifodasini topadi.
Insonning aks ettirish jarayoni o'z mohiyati va xarakteri jihatidan 2 bosqichdan iboratdir: 1) hissiy (aks ettirish) bilish bo'lib, u sezish, hissiy
qabul qilish, xotira va tasaw urlardan iboratdir; 2) aqliy bilish bosqichi bo'lib, u tafakkurdan iboratdir.
Hissiy bilishning boshlang'ich shakli — sezgidir. Chunki hissiy bi- lishning boshqa shakllari — hissiy qabul qilish sezgiga nisbatan ancha murakkab bo'lib, u sezish asosida vujudga keladi. Hissiy qabul qilishning
sezishdan farqi shundaki, unda predm etlam ing ayrim xossalarni emas, balki predm et bir butun holda aks etadi.
Hissiy bilishning yana bir shakli tasaw urdir.
Tashqi ta ’sir natijasida vujudga kelgan nerv va miya qobig'ining m a’lum qismidagi qo'zg'alish — sezish, qabul qilish — m a’lum davigacha o'z izini qoldiradi, ya’ni tashqi ta ’sir to'xtagandan so'ng qo'zg'alishning, sezish- ning izi saqlanib qoladi. O 'sha ta ’sir etgan predm etga aloqador bo'lgan,
unga qandaydir m unosabatda bo'lgan hodisa ta ’siri natijasida izlar yana
qayta tiklanishi m um kin.
Miya qobig'ida saqlanib qolgan shu fiziologik izlam ing tiklanishi, qaytadan qo'zg'alishi tasaw ur, xotirani vujudga keltiradi.
Insonning bilish jarayoni hissiy bilish bilangina cheklanm aydi. Hissiy bilish yoki jonli kuzatish inson bilishining pastki bosqichida vujudga keladi, bu bosqich asosida ijtimoiy m ehnat jarayonida ikkinchi yuqori bos
qich — aqliy bilish, tafakkur paydo bo'ladi. Hissiy bilish orqali obyektiv reallikdan olingan «m ateriallar»ni qayta ishlash, ularni m unosabatlari, ichki xususiyatlarini aniqlash, m uhim va asosiy tom onlarini nom uhim - Iaridan ajratib olish, ulaming qonuniyatlarini ochish aqliy bilish va tafakkurda amalga oshiriladi.
Odam bilan uning tevarak-atrofidagi olam o'rtasida doim o o'zaro bir- biriga ta ’sir qilish jarayoni bo'lib turadi. Odam bu jarayonda dunyoni o'z psixikasi bilan aks ettiradi. Shu bilan birga, voqelik odam ongida ko‘zgudagi kabi passiv ravishda aks etmay, balki faol ravishda aks etadi: odam teva- rak-atrofdagi olam bilan o ‘zaro bir-biriga ta ’sir ko‘rsatar ekan, shu jara
yonda olamga ta ’sir etadi, uni o‘zgartiradi va uni o'z ehtiyojlariga m os- lashtiradi.
Psixologiya fani psixikani o ‘iganar ekan, uni yuksak darajada tashkil topgan materiyaning obyektiv voqelikni aks ettirishdan iborat boMgan alohida xossasi deb biladi. Materiyaning bu xossasi materiyaning boshqa xossalaridan sifat jihatdan farq qiladi va materiya taraqqiyotining faqat muayyan bosqichida vujudga keladi.
Psixik hodisani, idealistlar ta’lim bergani singari, fiziologik hodisadan ajratib qo‘yish yaramaganidek, psixik hodisani, vulgar materialistlari ta’lim bergani singari, fizik hodisaga tenglashtirish ham yaramaydi. Psixik ho
disa bilan fiziologik hodisa bir butun boMib bogMangandir. Buning m a’nosi shuki, psixologik va fiziologik hodisa sifat jihatidan boshqa-boshqa hodi- salardir, ammo fiziologik hodisa boMmasa, ya’ni nerv sistemasi ishlama- sa, psixologik hodisa boMishi mumkin emas; shunday qilib, psixologik hodisa ikkilamchi hodisa hisoblanadi.
Psixik hodisalar nechogMi murakkab boMmasin, ularni moddiy nerv- fiziologik negizidan ayirib o'rganish yaramaydi. Bunday ayirish idealizm- ga olib borishi m umkin, xolos. Shu sababli psixikani o'rganishda psixik hayotdagi hodisa va faktlami ilmiy asosda tushunib olish uchun psixikaning moddiy negizini, ya’ni bosh miya va uning faoliyatini, psixik jara-
yonlaming nerv-fiziologik mexanizmlarini bilib olish kerak.
I.P. Pavlov yuksak nerv faoliyati fiziologiyasiga doir genial asarlarida psixik hodisalar moddiy substratining faoliyatidagi asosiy qonuniyatlami va ayrim psixik jarayonlarning nerv-fiziologik mexanizmlarini ochib berdi.
II I . P S IX IK H O D IS A L A R N IN G K L A S S IF IK A T S IY A S I
Psixik hayot turli-tum an hodisalarda namoyon bo'ladi. Psixik hayot hodisalarida psixik jarayonlar, psixik mahsullar va psixik holatlar ajratiladi.
Psixik jarayon — psixik hodisaning qonuniy, ketma-ket o'zgarishi, uning bir stadiya yoki fazodan ikkinchi stadiya yoki fazoga o'tishidir.
Psixik mahsullar — psixik jarayonlarning natijasidir. Bularga sezgi va idroklarning obrazlari, tasaw urlar, m uhokam alar, tushunchalar shaklida
gi subyektiv psixik m as’ullar kiradi.
Yoqimli va yoqimsiz tuyg'ular, tinchlik-farog'at, hayajonlanish va m a’yuslanish, uyg'oqlik va uyqu holatlari, dadillik va taraddudlanib qo-
lish holatlarini boshdan kechirish psixik holatlarga kiradi.
Xilma-xil psixik hodisalami: bilish, emotsional soha (hissiyot sohasi)
va iroda sohasi deb uchga bo'lish qadim dan bor. Odam ongi faoliyatida
zohir bo'ladigan ana shu turlar psixik funksiyalar deb ataladi.
Bilish hodisalari boshqacha aqliy, intellektual jarayonlar deb ataladi. Sezgilar, idrok, xotira, xayol. tafakkur va nutq - bilish jarayonlaridir.
S e z g i 1 a r — muayyan paytda sezgi organlarimizga: ko'ruv, eshituv, tuyish, hid bilish va boshqa shu kabi organlarimizga ta’sir etib turgan narsalardagi ayrim xossalarning aks etishidir. Masalan, qizil, oqni, shirin,
achchiqni, og'ir, yengilni sezamiz.
I d r o k — tevarak-atrofimizdagi narsalarning yaxlit holda aks etishidir. Masalan, uy, gul, nutq, musiqa va boshqa shu kabilarni idrok etamiz. Narsalar sezgilar asosida idrok etiladi. Sezgi va idrok — tevarak-atrofimizdagi narsa va hodisalar hamda ulardagi xilma-xil xossalarning miyamizdagi obrazlaridir.
X o t i r a . Narsa va hodisalar ham da ulardagi xossalarning sezgi va idrok orqali hosil bo'lgan obrazlari nom -nishonsiz yo'qolib ketmaydi — ular miyamizda o'rnashib, saqlanib qoladi va qulay sharoitda yana esi- mizga tushadi. Ilgari idrok etilgan narsalarning esimizga tushirilgan obrazlari tasaw urlar deb ataladi. Sezgi va idrok kabi, ko'nglimizdan kechgan fikr, hislarimiz va qilgan ishlarimiz ham miyaga o'rnashib, saqlanib qoladi va yana esimizga tushadi. Idrok etilgan va ko'ngildan kechgan narsalarning miyamizga o'rnashib (esimizda qolib), saqlanishi va yana esimizga tu-
shishidan iborat bo'lgan ana shu psixik faoliyat xotira deb ataladi.
X a yo 1. Narsa va hodisalaming idrok orqali miyamizda hosil bo'ladigan obrazlardan tashqari, o'zim iz bevosita idrok etmagan narsalar haqidagi tasaw urlar ham miyamizdan katta joy oladi. Masalan, ibtidoiy odam ning hayot sharoiti haqidagi tasawurlarim iz, Marsdagi hayot haqidagi tasav- vurimiz va shunga o'xshashlar ana shundaydir. Bu tasaw urlar xotiram iz- da bor tasaw urlar asosida xayolda (fantaziyada) hosil bo'ladi.
T a f a k k u r . Idrok va tasawurlarimizda aks etadigan narsa tafakkurda taqqoslanadi, tahlil qilinadi va umumiylashtiriladi. Tafakkur - voqelik- ning umumiylashtirilgan bevosita va eng to'liq hamda eng aniq intihosidir. Tafakkur jarayonlaridagi fikrlar — muhokama va tushunchalar tushuniladi va vujudga keladi. Odam fikrlash faoliyati tufayli voqelikni idrok va tasav-
vurlaridagiga qaraganda aniqroq, to'Iaroq va chuqurroq bilib oladi.
N u t q . Tafakkur nutqqa cham barchas bog'liq. Fikrlarimiz — nutq yordami bilan shakllanadi va ifodalanadi. Kishilar nutq vositasida aloqa
qilar ekanlar, fikrlarini bir-birlari bilan o'rtoqlashadilar; odam ning hissi- yoti va intilishlari ham nutqda o'z ifodasini topadi. N utq - kishilarning til vositasi bilan aloqa qilish usulidir.
D i q q a t. Yuqorida ko'rsatilgan psixik jarayonlarning hammasi odam da diqqat mavjud bo'lgandagina yuzaga chiqadi. Diqqat — ongim izning o‘zimiz idrok etayotgan, tasaw ur qilayotgan, fikr yuritilayotgan va aytayotgan narsamizga qaratish, bir nuqtaga to'plash demakdir. Diqqat o‘ziga xos alohida bilish jarayoni emas, balki bilish jarayonlarning faol
borishi va sifatli boMishi uchun zarurdir, xolos.
Ba’zi psixologlar (m asalan, G.A.Fortunatov) diqqatni psixik holatlar- ga qo‘shadilar. Am m o, diqqat ong faolligining o‘ziga xos alohida bir ko‘rinishi ekanligini keyinroq yaqqol anglaniladi. Shu sababli diqqatni iroda sohasiga ham qo‘shish mumkin.
Odam ning idrok qilayotgan, tasaw ur etayotgan, fikr yuritayotgan nar- sasiga va qilayotgan ishiga nisbatan ko‘nglidan kechayotgan har xil yo- qimli va yoqimsiz, xush yoki noxush tuyg‘ular emotsional sohaga (yoki hissiyot sohasiga) kiradi.
Biz dilimizda xush yoki noxush tuyg‘uni, do‘stlik, vatanga m uhabbat - ni, urush olovini yoquvchilarga qarshi g‘azabni his qilamiz. Odam ning emotsional tuyg'ulari doim o uning ehtiyoj va manfaatlari bilan bogMiq boMadi. Odamning idrok qilayotgan, tasaw ur etayotgan va fikr yuritayot
gan narsasiga va qilayotgan ishiga ijobiy yoki salbiy munosabati hissiyotda o‘z ifodasini topadi.
Emotsiyalar ham jarayon, ham holat boMadi.
Psixik faoliyatning yuksak ko'rinishi, ya’ni niyatim izga (oldindan o ‘ylagan m aqsadim izga) yetm oq uchun shu maqsadga erishish yoMlari va vositalarini qam rab olib, shuningdek, uchraydigan qiyinchiliklarni bartaraf qilishda g‘ayrat ko‘rsatib qilinadigan faoliyat iroda sohasiga kiradi.
Ixtiyoriy (iroda bilan boMadigan) faoliyatni ixtiyorsiz (irodadan tashqari boMadigan) faoliyatdan ajratish kerak. Ixtiyorsiz faoliyat hayotimizdan tashqari va anglab, bilib g‘ayrat ko'rsatm asdan turib yuzaga chiqadi. Ixtiyoriy va ixtiyorsiz faoliyat diqqat-e’tiborda va ish-harakatda ko'rinadi. Shu sababli ixtiyorsiz diqqat bilan ixtiyoriy diqqat, ixtiyorsiz harakatlar bilan ixtiyoriy (iroda bilan boMadigan) harakatlar farq qilinadi.
Psixologik hodisalar subyektiv kechinmalar aks etiladigan narsa va ho- disalarning miyamizdagi obrazlari shaklida ro‘y beradi. Ammo, barcha subyektiv psixik hodisalar sirtda, organizmimizning xilma-xil o'zgarish va hara- katida: mimika, imo-ishora, nutq pantomimikada o'z ifodasini topadi.
Odam ning psixik hayoti organizm harakatlarida o'z ifodasini topadi, shu harakatlar yig'indisi esa xulq-atvor deb ataladi.
Psixika bir butun yaxlit bir narsadir. Psixikaning bu birligi va yaxlitli- giga sabab aw alo shuki, bosh miya faoliyati bir butun va yaxlitdir.
Psixik hayotning ham m a tom onlari: aql, his va iroda shaxsning faoliyatida namoyon bo'ladi. Shaxs olamni biladi, shaxs turli hislarni dildan kechiradi va shu shaxs ish-harakat qiladi.
Psixik faoliyatning barcha ayrim turlari yagona ong funksiyasi — shaxsning funksiyasidir.
Psixologlarning ko‘pchiligi psixik funksiyalar term ini o'm iga psixik jarayonlar term inini ishlatadi.
Ammo psixik funksiyalar term inidan foydalangan m a’qulroq. Funksi- ya tushunchasining mazmuni kengroq. Bu tushuncha psixik jarayonni ham , psixik holatni ham, faollikni ham , ish-harakatini ham o'z ichiga oladi. Funksiya qanday bo'lm asin yaxlit bir narsaning qismi emas, balki nam oyon bo'lishi, amal qilishi demakdir. Shuning uchun sezgi, idrok, xotira, xayol, tafakkur, nutq, diqqat, hislar, iroda — psixika qismlari emas, o'zaro yonm a-yon ro'y beruvchi jarayonlar emas, balki bir butun ongning funksiyalari — bir butun shaxsning funksiyalaridir.
IV . P S IX O L O G IY A N IN G A H A M IY A T I
Boshqa fanlarni o'rganish kabi, psixologiyani o'rganishning ham, av- valo, bilish, m a’lum ot olish uchun aham iyati bor. Biz psixologiyani o'rganib, voqelikning g'oyat katta va sifat jihatdan o'ziga xos sohasi — psixik hayot sohasi haqida bilim olamiz. Psixika qanday kelib chiqqan, hayvonot dunyosida psixik hayot shakllari qanday taraqqiy etgan, odam psixikasi tarixan qanday rivojlangan, har bir odam tug'ilish paytidan tor- tib uning ongi qaysi shart-sharoitlarga qarab taraqqiy etadi, xarakter qanday vujudga keladi, odamning qobiliyatlari qanday shakllanadi — psixo- logning ilmiy tadqiqotlari ana shu savollarimizga javob beradi.
Odam tevarak-atrofdagi dunyoni qanday idrok etadi, u qanday esida qoldiradi, qanday esga tushiradi va fikr yuritadi, u qanday hislarni ko'nglidan kechiradi, odam tevarak-atrofdagi dunyoni o'z ehtiyojlariga moslashtirib, yangi moddiy va m a’naviy boyliklarni vujudga keltirib, qanday ish ko'radi — psixologiyani o'rganish bilan ana shu masalalarni bilib olamiz.
Psixologiyani o'rganish odamni psixika haqidagi va psixik hayotning xilma-xil hodisalari haqidagi bilimlar bilan boyitibgina qolmay, shu bilan birga odam aqlini ham o'stirishga yordam beradi. Odam aqlini o'stirish, jum ladan, yangi bilimlar va ko'nikm alarni tezroq egallash, yangi nazariy va amaliy vazifalarni to'g'ri hal qilish qobiliyatini takomillashtirishda, o'z fikrlarini nutqda to'g'ri ifodalay bilish va boshqalarning nutqini to'g'ri tushuna bilishda ham o'z ifodasini topadi. Albatta, har bir fan bilan shug'ullanish odamni kamolga yetkazadi. Ammo psixologiya bu sohada alohida o'rin tutadi. Odam psixologiyani o'rganar ekan, aw alo o'z aql- idrokini, uning jarayonlarini bilib oladi, unga diqqat-e’tibor beradi, aql- ning faoliyatini kuchaytiradigan shart-sharoitni bilib oladi va shu bilan o'z aql-idrokining ko'proq o'sishiga yordam beradi.
Psixik hayot hodisalari haqidagi ilmiy bilimlami egallash shaxs dunyo- qarashining shakllanishida katta ahamiyatga egadir.
Psixologiyani bilish, psixikani chinakamiga ilmiy asosda tushunish kishilar ongidagi har xil diniy taassub va xurofotlarga qarshi kurashda
juda kuchli qurol bo‘lib xizmat qiladi.
Odam psixologiyani o‘rganar ekan, o'zidagi psixik hayotni va boshqa kishilar psixikasini bila oladigan bo‘lib qoladi. Bu bilim esa boshqa kishi- larni va o‘zini yaxshiroq tushunishga imkon beradi.
Psixologiyaning bilish, ma’lumot olish ahamiyati shulardan iboratdir.
Shu bilan birga psixologiya (jumladan, psixologiya metodlari) kishilar amaliy faoliyatining har xil turlarida — ta’lim-tarbiya, ishlab chiqarish, mehnat, tibbiyot, sud-huquqshunoslik, harbiy-mudofaa, san'at va boshqa sohalarda ham katta ahamiyatga egadir.
Pedagogika ishida, ya’ni yosh avlodni o'qitish va tarbiyalashda psixologiyaning ahamiyati, ayniqsa, katta.
Pedagog o'quvchilarga biron materialni tushuntirar ekan, shu mate- rialni bolalar qanday o'zlashtirayotganini — ko'ruvchilar qanday idrok
etayotganini, eslab qolavotganini, fikrlayotganini, ularda diqqat-e'tibor, hissiyot qanday namoyon bo'layotganini, bolalaming yosh xususiyatlariga qarab bu jarayonlar qanday ro'y berayotganini bilish lozim.
Hozirgi paytda ishlab chiqarish, ishlab chiqarish ta’limi va mehnatni tashkil etishning har xil turlarida psixologiyadan keng foydalanilmoqda. Ishning har bir turi, har bir kasb odamdan tegishli bilim va mahorat talab qilish bilan birga maxsus psixologik sifatlarni ham talab qiladi. Shu sababli, ixtisosga qarab murakkab va mas’-uliyatli mehnat operatsivalarini bajarishga to‘g'ri keladigan kishilar maxsus psixologik tekshirishdan o'tkaziladi. Masalan, dastlabki kosmonavtlarni tanlashda talabgorlar xotirasi juda yaxshi, fahmi o'tkir, diqqatini bir narsadan ikkinchi narsaga tez ko’chira oladigan, aniq uyg'un harakatlarni tez bajara oladigan kishilami ajratib olish maqsadida tekshirib ko'rildi.
Korxonalar va boshqa xo'jalik, madaniy va ma’inuriy muassasalari- ning hamda tashkilotlarning rahbarlari kadrlami tanlay bilishi. ularni joy- joyiga qo'ya bilishi, ularga rahbarlik qila olishi kerak. Buning uchun esa ularning qobiliyatlari, xarakteri, mehnatga munosabati va boshqa shu ka-
bilarning farqiga bora bilishi kerak.
Psixologiya tibbiyot bilan qadimdan bog'lanib keladi. Kasalliklar orasida psixik kasalliklar bo'ladi. Bunday kasalliklarni ham. asosan. psixologik vositalar bilan davolashga to'g'ri keladi. Shifokor psixik kasalliklarni yaxshiroq ajrata bilmoq uchun odamning normal psixologiyasini ham bilishi kerak. Boshqa kasalliklarni, ayniqsa, nerv kasalliklarini davolashda ham shifokor bemorning ruhiy holatini bila olishi va kasallikning borishiga
ruhiy holatning ta ’sirini nazarda tutishi lozim. Shifokor bemorga psixik ta’sir ko'rsatish vositalarini, ishontirish, maslahat berish va boshqa shu kabilarning ahamiyatini bilishi kerak.
Psixologiya sud ishida ham muhim rol o'ynaydi. Sud xodimi ayb- lanuvchining ruhiy holatini, guvohlarning so'roqda aytgan gaplarini psi
xologik jihatidan tahlil qila bilishi kerak. Kishilar biron ayb, jinoyat qil- ganlarida nima niyat bilan shunday qilganliklarini sud xodimi fahmlay bilishi kerak. Aybdorlarning individual xususiyatlarini ham bilib olishga to ‘g‘ri keladi. Bularning hammasida ustalik bilan ish ko‘rm oq uchun odam ning psixikasini bilish, psixologiyani o‘iganish kerak.
Psixologiyaning san’atdagi ahamiyatini ham ko'rsatib o’tm oq kerak. Har bir san’atkor (artist, musiqachi, rassom va shunga o‘xshashlar) kishilarga — tomoshabinlarga, tinglovchilarga o‘z ijodi bilan ta’sir ko'rsatishni maqsad qilib qo‘yadi. Buning uchun esa odamning qanday idrok qilishini, qanday fikrlashini va qanday his qilishini bilmoq kerak. San’at arbobi obraz yaratish ustida ishlaydi, shu obrazning biror badiiy vosita bilan gavdalanti- radi. Buning uchun san’atkor obrazni qanday elementlardan qay tariqa yaratilishini bilishi kerak. U ijodiy faoliyat psixologiyasini bilishi shart.
Psixologiyani bilish kundalik turmush uchun ham foydali. Har kim doimo boshqa kishilar o'rtasida boMadi, muayyan m unosabatlar — tanish- bilishlik, oshna-do‘stlik va boshqa shu kabilar tufayli boshqa kishilar bilan aloqa qiladi. H ar birimizga boshqa kishilarning xarakter, havas, kay- fiyatlarini bilib olishga, kishilarning bir-birini ajratishga va ularga ta ’sir ko‘rsatishga to ‘g‘ri keladi.
Bu yerda shuni aytish kerakki, odamzod faoliyatining turli sohalarida psixologik bilimlarning amalda qoMlanish psixik hayot hodisalari, uni qonuniyatlari haqidagi bilimlarini kengaytirish, chuqurlashtirish va oy- dinlashtirish uchun ham ko‘p material beradi va shu bilan psixologiyaning nazariy sohalarini boyitadi.
Psixologiyaning ilmiy bilish va am aliy aham iyati shundan ham ko’rinadiki, psixologiyaning tarixiy taraqqiyotida unda bir qancha maxsus tarm oqlar ajralib chiqdi. Psixologiyaning bu tarmoqlari hozirgi vaqtda mustaqil faniar darajasiga ko‘tarildi.
Psixologiyaning shu tarmoqlaridan bir qismi ko‘proq nazariy xarakterda boMsa, ikkinchisi ko'proq amaliy xarakterdadir.
V. P S IX O LO G IY A M E T O D L A R I
Psixologiyada tekshiriladigan psixik hayot hodisalari juda xilma-xil va murakkab hodisalardir. Bu hodisalar qanday m etodlar bilan, ya’ni qaysi voMlar bilan, qanday usullar bilan tekshiriladi, degan savol tugMladi.
Psixologiyada chinakam ilmiy bilimga ega bo'lm oq uchun psixikani tekshirish m etodlarini bilish va shu m etodlardan foydalana bilish kerak. H ar bir pedagog kishilar psixikasini tekshirish uchun loaqal eng oddiy usullami bilishi lozim.
H ar bir fan kabi psixologiya ham psixik (ruhiy) hayot hodisalarini chinakamiga ilmiy asosda bilib olish uchun quyidagi talablarga amal qilish lozim:
Tekshiriladigan har bir psixik hodisaga boshqa hodisalar bilan bog'langan deb qaralishi zarur. M asalan, psixik hodisani uning nerv- fiziologik asosdan ajratib o'rganish yaramaydi, xotirani tafakkur, diqqat va um um an shaxsdan ajratib o'rganish yaramaydi va hokazo.
H ar bir psixik hodisa va um um an shaxs vujudga kelish, taraqqiy etish va o'zgarish jarayonida ko'zdan kechirilishi zarur. Shuning uchun, masalan, bolalar va o'sm irlar psixikasining taraqqiyot qonunlarini bilm asdan
turib, voyaga yetgan odam psixikasini yetarlicha yaxshi bilib bo'lmaydi.
Psixik hayot hodisalarini ularni taraqqiyot jarayonidan o'rganganda m iqdor o'zgarishlarining sifat o'zgarishlariga o'tishini va bir sifat holati- ning ikkinchi sifat holatiga o'tishini ko'zdan kechirmoq kerak. Masalan,
odam psixikasining taraqqiy etishini o'rgana turib, bilim olish va to'plash
jarayonida odamning bilish qobiliyatlari: xotirasi, tafakkuri va nutqi, musho- hadakorligi sifat jihatidan o'zgarishni ko'rsatib bersa bo'ladi. Odam ongi uning tarixiy taraqqiyotida shakllanadi. Hozirgi mustaqillik sharoitida milliy ongning shakllanishiga taalluqli umumiy ilmiy qonuniyatlarni izlash, yan
gicha tafakkur qilish va dunyoqarashni shakllantirish milliy mafkura va milliy g'oyaning shakllanishiga ijobiy ta’sir ko'rsatadi.
Odamning tevarak-atrofdagi voqelikni bilishi kuzatishdan, tajribadan boshlanadi. Shu sababli, ilmiy psixologiya ham o'z mavzuini o'rganishni tajribadan, psixik hayot faktlarini aniqlash, tasvir etish va tahlil qilishdan boshlashi lozim. So'ngra, aniqlangan va tahlil qilingan faktlar asosida, psixik hayot qonuniyatlarini ochib, tegishli nazariy va amaliy xulosalar chiqarilishi lozim.
H ar bir fandagi kabi psixologiyada ham tajriba, kuzatish va eksperiment shaklida qo'llaniladi. Kuzatish va eksperimentdan tashqari, ilmiy
tekshirishning boshqa maxsus metodlari: suhbat m etodi, biografiya m eto
di, solishtirma tarixiy metod va boshqa m etodlar ham qo'llaniladi.
Psixik hodisalar hayotda, ya’ni tabiiy sharoitda, odamning turli-tu- man faoliyatida qanday ko'rinishda voqe bo'lsa, o'sha ko'rinishda kuzatish metodining yordami bilan o'rganiladi.
Psixik hayot hodisalarini o'rganishda aw alo tashqi kuzatish metodi tatbiq etiladi.
Kuzatishning asosiy xususiyati shundaki, bu metod yordami bilan psixik hayotni sezgi organlarimiz bevosita seza oladigan, o ‘zimiz bevosita idrok
qila oladigan faktlari aniqlanadi va tasvirlanadi. Kishining psixik hayotida: mimika, im o-ishora, nutq, turli harakatlar va um um an kishining butun xatti-harakati va faoliyatini bevosita kuzatish mumkin.
Psixik jarayonlar bilan bevosita bog'langan ba’zi bir fiziologik hodisalar yuzning o'zgarishi, nafas olish, qon aylanish va shu kabilarning o'zgarishi ham tashqaridan kuzatilsa bo'ladi. Kuzatish m a’lumotlarini so'zlar bilan tasvir etish bilan kifoyalanib qolmay, balki ko'rsatm a vositalari, suratga olish, kinoga olish, tovushni yozib olish va shu kabi yo'llar bilan ham qayd qilish mumkin.
Masalan, bolalar nutqini o'sib borishini kuzatish yo'li bilan tekshira olamiz. Bunda bolaning so'z boyligi qanday qilib sekin-asta orta borishini, nutqning fonetik tom onini, grammatik tuzilishini shu bola qanday
bilib olayotganini qayd qilsa bo'ladi.
O dam ning tevarak-atrofdagi voqelikni o'zgartirish va yangidan ko'rishida duch kelgan to'sqinlikni va qiyinchilikni yengish uchun uning qanday zo'r iroda bilan sabr-m atonat ko'rsatishini ham kuzatish yo'li bilan ko'zdan kechirsak va tekshirsak bo'ladi.
Psixik hayot hodisalarini o'rganayotganda psixologning o'z-o'zini kuzatish metodiga ham murojaat qilib turishiga to'g'ri keladi.
N om idan ko'rinib turibdiki, tadqiqotchi o'z-o'zini kuzatish bilan o'zidagi psixik hodisalami tekshiradi. Bu holda tadqiqotchi psixik jara
yonlar va holatlarning ichki tom oni - odam ning subyektiv kechinmalari qanday ro'y bersa, ularni shu holida tasvir etish va aniqlab olishga intila- di. Psixolog o'z tadqiqotlarida tekshirilgan kishilarning o'z-o'zini kuzatib olgan m a’lumotlariga ham asoslanadi.
Psixologiya vujudga kela boshlagan V asrdan tortib to bizning eramiz- gacha va XIX asrning deyarli oxirigacha o'z-o'zini kuzatish metodi yoki introspektiv m etod ruhiy hayot hodisalarini bilishning birdan-bir metodi
bo'lib keldi, desa bo'ladi.
XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab o'z-o'zini kuzatish metodiga tanqidiy ko'z bilan qaraladigan bo'lib qoldi. Bu m etodning bir qancha kamchiliklari borligi m a’lum bo'ldi. O 'z-o'zini kuzatishda tadqiqotchi ham, tekshiriladigan ham tekshiruvchi obyektga bo'linib qolishi bu m etodning eng m uhim kamchiligi ekanligi ko'rsatildi. Holbuki, normal kishilar shaxsining am alda bunday «bo'linib ketishi» mum kin emas. 0 ‘z-o ‘zini kuzatishda psixik hodisalami (masalan, shodlik yoki qayg‘u hissini, tafakkur
jarayonini) ham boshdan kechirish, ham shu hodisalam i o‘rganish juda qiyin ekanligi, ba’zan esa butunlay mumkin bo‘lmasligi ko‘rsatib o‘tildi. O 'z-o'zini kuzatish m etodining cheklanganligini ham uning kamchiligi deb bilish kerak. Psixolog o‘z-o‘zini kuzatish yo‘li bilan faqat o ‘z psixikasini o ‘rganadi-da, axir. Shunday bo'lgach, odam psixikasi haqidagi fan faqat psixologlaming o ‘z psixologiyasiga aylanib ketadi. Bunday psixologiya madaniy taraqqiyot jihatidan yuksak darajada turgan, o‘z ixtisosiga ko‘ra o‘zini-o‘zi kuzata oladigan va o‘zini-o‘zi m uhokam a qila oladigan kishilar psixikasi haqidagina bilim beradi. Ammo m adaniy taraqqiyotning past- roq bosqichida turgan kishilar psixikasi haqidagi ta ’limot ham , bolalar psixikasi haqidagi ta ’limot ham psixologiyaga qo‘shilishi kerak. M adaniy
taraqqiyotning pastroq bosqichida turgan kishilar va bolalar esa fan nuqtayi nazaridan o ‘z-o ‘zini kuzata olmasligi tabiiy. Dem ak, o‘z-o‘zini kuzatish yo‘li bilan odam psixik taraqqiyotining turli bosqichlari haqida bilim olib bo'lm aydi.
Nihoyat, o ‘z-o‘zini kuzatish metodining yana bir katta kamchiligi shu- ki, bu yo'l bilan olingan m a’lumotlar psixik hayot hodisalarini turli yo'sinda bir tom onlam a, subyektiv talqin qilishiga olib kelishi mumkin. M asalan, odamning xarakterini tekshirayotgan psixologning o'zi egoist bo'lsa, o'z- o'zini kuzatish natijalaridan, egoizm — har qanday xarakteming m uhim belgisidir, deb xulosa chiqarishi mumkin. Dunyoda saxiy, oliyjanob xarak- terli kishilar borligini bunday psixolog faqat o'z-o'zini kuzatish yo'li bilan bila olmaydi. Zohiran ko'rinadigan narsa bu yerda Haqiqat bo'lib tuyuli- shi, yakka hodisa umumiy hodisa bo'lib tuyulishi mumkin. Holbuki, har qanday ilmiy bilim obyektiv va chin bilim bo'lishi kerak.
O 'z-o'zini kuzatish yo'li bilan subyektiv ravishda ko'ngildan kecha- digan faktlami aniqlash, tasvirlash m umkin, am m o ularni har tom onlam a tushuntirish m um kin emas. Psixik hodisani tushuntirish — uning sababi- ni, nerv-fiziologik asosini topish va odam yashaydigan ijtimoiy sharoit bilan bog'langanligini aniqlash demakdir, bulam ing ham m asi esa o'z- o'zini kuzatish doirasidan tashqaridadir. Fanning vazifasi faktlarni tasvir etishdangina iborat emas, balki asosan shu faktlarni tushuntirish, ularning qonuniyatlarini kashf etishdan iborat. Obyektiv m etoddan foydalan-
gandagina bunga erishish mumkin.
Ammo, o'z-o'zini kuzatish metodining yuqorida aytilgan kamchiliklari bu m etodni psixologiyada keraksiz, g'ayriilm iy m etod deb butunlay rad etishga asos bo‘lmasligi kerak, albatta. Bu kamchilik va qiyinchilik- larning hammasi ham o'z-o'zini kuzatishda uchrashi m um kin, lekin ular hamisha, o'z-o'zini kuzatishning har qflnrlpyirla h<V1averm aydi A w a ln
odam o‘z-o‘zini kuzatish obyekti bo'lolm aydi, degan da’voni asossiz deb bilish kerak. Odam ongi taraqqiy etgan bo'lsa, m a’lum psixik jarayonlarni baravariga boshdan kechirishi ham , kuzatishi ham mumkin, odam ning xususiyati ham shundan iborat. O dam kuzatish bilangina chekJanib qol- may, psixik jarayonlarga ta ’sir o'tkazishi, turli psixik jarayonlarni yuzaga chiqarishi, o'zgartirishi, kuchaytirishi va to'xtatishi mumkin. Bu har kimga yaxshi m a’lum bo'lgan faktdir.
H ar qanday ishda uchraydigan qiyinchiliklar kabi o'z-o'zini kuzatishda uchraydigan qiyinchiliklar ham hamisha bartaraf qilib bo'lm aydigan qiyinchiliklar emas, albatta. Kuchli em otsional holatlardagina o'z-o'zini kuzatish mum kin bo'lm ay qolishi mumkin. Bundan tashqari, psixik hayot hodisalarini dastlab boshdan kechirish paytidagina o'rganish shart emas, ularni esga tushirib, ko'ngildan kechirish ham mumkin. K o'pincha hozir boshdan kechayotgan hodisalar emas, balki ilgarigi hodisalar o'z- o'zini kuzatish obyekti bo'ladi. Bo'lib o'tgan hodisalar dastlabki paytda- giday to'la va ravshan gavdalanmaydi, albatta. Uzil-kesil xulosa chiqar- ganda buni hisobga olish shart.
O 'z-o'zini kuzatish m etodini ilmiy asosda tatbiq etmoq uchun maxsus tayyorgarlik kerak, albatta. Ilmiy tadqiqotlardan birontasini ham maxsus tayyorgarliksiz olib borish um um an mum kin emas.
Psixologiya o'z-o'zini kuzatish m etodidan yagona metod sifatida foy- dalansa va psixik hayotning subyektiv hodisalari ularning tashqi ifo- dalaridan, ularga asos bo'ladigan nerv-fiziologik jarayonlardan alohida, odam ning faoliyatidan alohida ko'zdan kechiriladigan bo'lsa, faqat shun- dagina o'z-o'zini kuzatish m etodida bir tom onlam a xulosa chiqarish va subyektivizm ro'y berishi mumkin.
Lekin odam psixikasini faqat o'z-o'zini kuzatish metodi bilan o'rganib bo'lm asa, faqat tashqi kuzatish yo'li bilan, ya’ni o'z-o'zini kuzatish m a’lumotlari bilan bog'lanmasligi ham mum kin emas. O 'z-o'zini kuza
tish metodining ahamiyatini tam om ila inkor qilish — odamning yuksak darajadagi bilish qobiliyatiga, ijodiy qobiliyatiga, ongiga ishonmaslik de- makdir. Boshqa kishilami kuzatishning xususiyati shundaki, tadqiqotchi
shu kishilar xulq-atvorining tashqi ko'rinishlarini idrok etar ekan, ko'nglidan kechayotgan hislarini bir qadar biladi. Shu sababli psixolog tashqaridan kuzatish yo'li bilan va o'z-o'zini kuzatish m a’lum otlariga tayanib, odamning turli xatti-harakatlarini tasvir etish bilangina kifoyalanib qolmay, balki um um an psixik hayot hodisalari haqida, ularning tashqi va ichki (subyektiv) ko'rinishlari haqida xulosalar ham chiqarishi mumkin. Tadqiqotchi psixolog kishilar bilan m uom ala qilishda turmush tajribasiga va ilmiy tekshirish ishlarida yetarli amaliyotga ega bo'lganida psixik hayotning tashqi ko'rinishlarini kuzatar ekan, psixik jarayonlarning subyektiv suratda qanday kechishini ham ozm i-ko‘pmi ocha oladi. M asalan, tafakkurni kuzatish yo'li bilan tekshirganim izda ko'z, yuz muskullaridagi xilma-xil harakatlarni va yuzning o'zgarishini qayd qilibgina qolmay, balki, shu bilan birga, shu tafakkur jarayonlari qanday zabt va qanday tezlik bilan ro‘y berishini ham bir qadar bila olamiz. M odomiki, tafakkur ja rayonlari tashqi m uhitda o'z ifodasini topar ekan, tafakkuming m azm unini bila olamiz, tafakkur jarayoni qay shaklda ro‘y berayotganini, masala qanday kelib chiqayotgani, masalani yechish jarayoni qanday borayotganini ham kuzata olamiz.
Kuzatish metodi psixik hodisalam i faqat tasvir etish im konini berish bilangina cheklanib qolmay, balki shu hodisalami tushuntirish, ya’ni ularning tevarak-atrofdagi m uayyan tarbiyaga, odam ning faoliyat xarakteriga, organizmning umumiy ahvoliga va nerv sistemasining ishlash xususiyat- lariga bog'liq ekanligini ochib tashlash imkonini ham beradi.
Odamzod faoliyatining har xil turlarida psixikani tekshirish uchun kuzatish m etodidan foydalaniladi. Kuzatish yordami bilan bolalar psixikasi ham ulam ing o'yin, o'qish va m ehnat faoliyatida bem alol tekshirib o'rganiladi. Pedagog ta ’lim va tarbiya jarayonida o'quvchilam ing yosh va individual xususiyatlarini tekshirib o'rganishda ana shu m etoddan foy- dalanadi.
Kishilarning psixik sifatlari: tashabbuskorligi, ijodiy tafakkur jarayoni, yangilikni bayon qilishi, o'z oldiga qo'ygan maqsadga yetish yo'lida sabr- m atonat ko'rsatishlari kuzatish yo'li bilan tekshirib o'rganiladi. Fabrika- zavod sexlarida va madaniyatimizning boshqa sohalarida ishlayotgan kishi- larda biz shunday sifatlar nam oyon bo'lishini ko'ram iz.
Psixologiyada kuzatish m etodi odam hayoti va faoliyatining odatdagi sharoitidagina emas, balki shu bilan birga klinika sharoitida psixikaning kasallik oqibatida o'zgarganligini tekshirishda ham qo'llaniladi. Ayni vaqtda kasallikni tekshirish uchungina em as, shu bilan birga odam ning normal ahvolidagi psixik hodisalam i yaxshiroq tushunib olish uchun ham klinik kuzatish m a’lumotlaridan foydalaniladi.
Kuzatish m etodining ijobiy tom oni shundaki, bu m etod yordami bilan psixik hayot faktlari ulam ing tabiiy sur’atda ro'y berishida, borishida va o'zgarishida olib o'rganiladi, ya’ni Haqiqatda, kishilarning kundalik turm ushida qanday ro'y bersa, o'shanday holida tekshiriladi.
Ammo bu m etoddan foydalanganda ba’zi bir o'ng'aysizlik va qiyin- chiliklarni uchratishga to'g'ri keladi, masalan, bu yerda tadqiqotchi psi- xologning tekshirishi uchun qaysi psixik hodisalaming yuzaga chiqishi kerak bo'lsa, o'sha hodisalar yuzaga chiqqan kishilami qidirishga yoki biron kishida, ba’zan psixologning o'zida shu hodisalam ing yuzaga chi- qishini kutib turishga to'g'ri keladi. Eksperiment m etodidan foydalanganda bu o ‘ng‘aysizlik va qiyinchiliklar barham topadi yoki kamayadi. Psi
xologiyada eksperim entning ikki turi: laboratoriya eksperimenti va tabiiy eksperim ent tafovut qilinadi.
Laboratoriya eksperimenti. Laboratoriya eksperimentining mohiyati shundaki, tekshiruvchi kishi tekshiriladigan psixik hodisani qachon kerak bo'lsa o'sha vaqtda ataylab vujudga keltiradi. Bunda tekshirilayotgan psixik hodisa tabiiy sharoitda birgalikda sodir bo'ladigan boshqa psixik hodisalar
kom pleksidan ajratib olinishi m umkin. Tekshiriladigan psixik hodisalar eksperiment davomida o'zgartirilishi, boshqa psixik hodisalar bilan muayyan bir sur’atda bog'lanishi, kuch, tezlik, hajm va boshqa shu kabi jihatlari o'lchab ko'rilishi mumkin.
Bu yerda muayyan bir psixik hodisani vujudga keltirgan sharoit sun’iy yo'l bilan o'zgartirilishi, psixik hodisa davom etadigan sharoit o'zgartirilishi m um kin. Shuning uchun ham psixik hodisalaming qonuniyatlari metodi
bilan tekshirishda yaxshiroq ochiladi.
Eksperim ental tadqiqotlar o'tkazishda maxsus metodik m ateriallar — narsa, rasm va so'zlar, shuningdek, maxsus asboblar (m asalan, 1-rasm- dagi xronoskop) qo'llaniladi. Tekshiriladigan hodisalar shu material va asboblar yordami bilan vujudga keltiriladi, shuningdek, psixik hodisalar- ning tezligi, kuchi, hajmi va shu kabilar qayd qilinadi. Texnika juda taraqqiy
etgan hozirgi zam onda psixologik tadqiqotlar uchun (ayniqsa, mehnat psixologiyasi sohasida) elektron asboblar va kibernetik m etodlar, m asalan, modellashtirish usuli qo'llanilmoqda. Eksperimental tadqiqotlar asosan maxsus laboratoriya va institutlarda o'tkaziladi. Ayrim psixik hodisalami m ukam m al va aniq o'rganish maqsadida psixologiyaga doir ilmiy tekshirish muassasalarida maxsus binolar, masalan, tovushni va yorug'likni o'tkazmaydigan kabinetlar, yorug'lik ta’sirini o'zgartirishga moslangan kabi- netlar va shunga o'xshash xonalar quriladi.
Yosh psixologiyasi bilan pedagogik psixologiyaga doir ma- salalar yuzasidan ko'pgina eksperimental tadqiqotlar, odatda, bolalar bog'chalari va m aktab
larda o'tkaziladi. Bu tadqiqot- larda bolalar o'rganiladi.
X otira jarayonlarini te k shirishda qo'llaniladigan quyidagi usul laboratoriya eksperimentiga misol bo'la oladi: eksperiment qilayotgan kishi tekshirilayotgan kishining oldida o'n ikki so'z qilib beradi. Tekshirilayotgan kishi ana shu eshitgan so'zlarini belgilangan vaqtdan keyin aytadi. Ana shu so‘zlarning qanchalik to ‘liq, aniq va tez aytib berilishi tekshirish natijalaridan bilinadi. Xuddi shunday eksperimentlar qilib, so‘zlami, raqamlami yoki qanday bo'lm asin boshqa materialni yodlash tezligi, esda nechog‘li mahkam saqlash, unutish tezligi va shu kabilami aniqlash mumkin.
Eksperimental m etodni birinchi m arta fiziolog Veber (1795—1878) va fizik Fexner (1801 — 1887), sezgilarni tekshirishda qo'llanilgan eksperimental tadqiqot usullarini Vilgelm Vundt (1832—1920) m ukam m al ishlab chiqqan. 1879-yilda V. Vundt Leypsig universiteti huzurida eksperim ental psixologiya bo'yicha birinchi laboratoriyani ochgan. XIX asrning oxirida Rossiyada eksperimental psixologiya bo'yicha bir qancha laborato- riyalar vujudga keltirildi. Tokarskiy — Moskvada, Bexterev — Q ozonda, N.N.Lange — Odessada shunday laboratoriya ochishgan. 1911-yilda M oskva universiteti huzurida professor Chelpanov rahbarligi ostida eksperimental psixologiya instituti ochildi. Maxsus qurilgan binoga joylashtirilgan va yaxshi jihozlangan bu institut hozirgi vaqtda Rossiya Federatsiyasi Pedagogika fanlari akademiyasi sistemasiga kiradi. Toshkentda birinchi laboratoriya P.I.Ivanov rahbarligida TD PU da tashkil etildi.
Endilikda texnika taraqqiy etishi munosabati bilan laboratoriya eksperimenti tekshirilayotgan psixik hodisalarga aloqador bo'lgan fiziologik jarayonlarni, masalan, yurak va qon tom irlari, ichki sekretsiya bezlari faoliyatidagi o'zgarishlarni, amaliy ish vaqtida miyadagi elektr toklarining o'zgarishini ham nazarda tutish imkonini beradi. Ayniqsa, I.P. Pavlov- ning shartli reflekslar metodi psixologiya uchun g'oyat samarali metoddir.
Laboratoriya eksperimenti psixologiyani taraqqiy ettirishda katta aham iyatga ega. Yuqorida aytilganidek, bu metod tekshirilishi lozim bo'lgan psixik hodisalami qachon kerak bo'lsa, shu vaqtda vujudga keltirish va o'zgartirishga, tajribani ko'p m arta takrorlash yo'li bilan shu hodisalam i sinchiklab tahlil qilishga imkon beradi. Eksperiment bir xil psixik hodi- salarning ikkinchi xil psixik hodisalar bilan bog'lanishini aniqroq bilishga imkon beradi. Jum ladan, psixik jarayonlarning fiziologik mexanizmlari ko'proq eksperim ent yo'li bilan aniqlanadi. Laboratoriyada qilinadigan eksperiment metodlari bilan olib borilgan, tekshirib chiqqan natija va xulosalarni tekshirib ko'rishga ham imkon beradi.
Hozirgi zam on psixologiyasining ko'pgina muvaffaqiyatlari laboratoriya eksperimenti tufayli qo'lga kiritilgan. Eksperiment m etodining psixologiya sohasida qo'llanishi psixologiya m a’lumotlarini pedagogikaga keng tatbiq etishga imkon beradi.
Ammo psixologiyadagi laboratoriya eksperimentining kamchiliklari bor. Shu kamchiliklardan eng muhim i shuki, bu m etodda sun’iylik bor. Eksperiment o'tkaziladigan sharoitning o'zi tekshirilayotgan kishilarning psixik holatiga, dem ak, tekshirilayotgan hodisalarga va tekshirish natijalariga salbiy ta ’sir etishi mumkin. M asalan, o'quvchining o'ziga berilgan o'quv m aterialini nim a uchun xotirada qoldirish kerakligini bilib, m aktabda yoki uyda dars tayyorlashi uning uchun odatdagi bir ishdir, am m o xuddi shu o'quvchining laboratoriya sharoitida, maxsus asboblar qo'Ilaniladigan odat- dan tashqari eksperim ent sharoitida, ataylab tayyorlangan eksperiment m aterialini esga olib qolish jarayoni boshqacha tusda o'tishi mumkin. Shuning uchun ham laboratoriya eksperim enti psixik hodisalam i o'rganishda psixologiyaning boshqa m etodlari bilan birga qo'llaniladi.
Laboratoriya eksperim enti m etodidan foydalanganda tekshiriluvchi kishilarning psixikasiga va eksperim entning natijalariga ta’sir eta oladigan sharoitni nazarda tutm oq kerak. Laboratoriya eksperimentining natijalarini boshqa m etodlar yordami bilan tekshirib ko'rish kerak.
Tabiiy eksperiment. Tabiiy eksperiment metodi oddiy obyektiv surat - da kuzatish metodi bilan laboratoriya eksperim enti m etodi o'rtasida turadi. Bu m etodni professor A.F.Lazurskiy kuzatish va tajriba metodlarining kamchiliklaridan saqlanish va ikkala metodning foydali tomonlarini qo'shish m aqsadida yaratgan.
Tabiiy eksperiment metodining mohiyati shundaki, bu yerda tekshiruv - chi kishining o'zi tekshiriladigan kishida (yoki kishilarda) biron psixik jarayon (masalan, xotira, tafakkur, diqqat) ro'y berishi uchun yoki tekshiriladigan kishilarda individual xususiyatlarini (tem peram ent, havas) ro'y berishi uchun maxsus sharoit tug'diradi. Masalan, tekshirish lozim bo'lgan biron psixik
jarayon odatdagi dars vaqtida yoki o'yin paytida maxsus reja bilan tekshiri- luvchining o'ziga sezdirmasdan tajriba qilib sinaladi. Albatta, bu sharoit va unda tekshiriladigan psixik faoliyat dastlab analiz qilinadi. Masalan, bola- lardagi muayyan bir psixik jarayonlarni, muayyan bir xarakter xususiyatlarini, muayyan bir qobiliyatlami ulaming biron-bir o'yindagi faoliyati sharoitida tekshiriladigan bo'lsa, bolalaming tekshirish nazarda tutilgan psixik
jarayoni, xarakter xususiyatlari, qobiliyatlari qaysi o'yinda, ayniqsa, yaqqol ko'rinishi oldindan bilib olinadi. Tekshiriluvchi kishilar shundan keyin tek- shiruvchi kishi tom onidan maxsus ravishda, lekin tekshiriluvchi kishilar uchun tabiiy bo'lgan sharoitga, darsga yoki bu o'rinda o'yinga jalb qilinadi. Tekshiruvchi kishi bolalaming faoliyatini kuzatib turadi va tekshiriluvchi bolalar uchun tabiiy sharoitda kelib chiqadigan psixik jarayonlarni va bola- larning individual xususiyatlarini qayd qiladi. Ammo tekshirilayotgan bolalar, yuqorida aytilganidek, o'z faoliyatlari maxsus suratda kuzatib turilgan- ligini sezmasliklari lozim. Shu shartga rioya qilingandagina, tekshirilayot
gan bolalar kundalik hayot va faoliyatda o'zlarini qanday tutsalar, maxsus yo'l bilan atayin vujudga keltirilgan tabiiy sharoitda ham o'zlarini o'shanday samimiyat bilan tutadilar. Bunday eksperimentning tabiiy eksperimentligi ham shundadir.
Tabiiy eksperiment m etodining tashqi kuzatish m etodidan farqi shu- ki, tekshiruvchi kishi tekshiriladigan psixik hodisalam i zarur bo'lganda maxsus yo'l bilan ataylab vujudga keltiradi. So'ngra bu psixik hodisalami boshqacha bir tarzda vujudga keltirish m um kin va bunda shu psixik hodisalarning tabiiy suratda ro'y berm og'i uchun eksperiment yangi bir sharoitda o'tkaziladi.
Psixologik-pedagogik eksperiment yoki ta’sir ko'rsatuvchi eksperim ent
— tabiiy eksperim entning bir turidir.
Bu eksperim entning vazifasi o ‘qitish va tarbiyalash ishidagi har xil tadbirlar o'quvchilam ing o'zlashtirish darajasini oshirishga, shaxsning ayrim psixik sifatlari tarkib topishiga qanday ta’sir ko'rsatayotganligini aniqlashdir. Masalan, o'quvchilam ing o'zlashtirish darajasiga ayrim m etodik usullaming ta ’siri, o'quvchilarda turli havaslam ing tarkib topishiga to'garaklar, m a’ruzalar, suhbatlar, kino kartinalam ing ta’siri tekshiriladi.
Laboratoriya eksperim enti kabi, tabiiy eksperim ent m etodida ham tadqiqotchi ko'pincha tekshiriluvchilar bilan suhbat qilib turadi.
So'rash va suhbat m etodi psixik hodisalam ing asosan ichki, subyektiv tomonini tekshirish uchun qo'llaniladi. Bu m etodda tadqiqotlar taxm i- nan quyidagicha o'tkaziladi. Tadqiqotchi psixik hayot hodisalarining bi- rontasini, masalan, odam da shodlik hissi subyektiv ravishda qanday ke- chishini, poetik ijodiyot jarayoni qanday borishini, irodaga bog'liq ha- rakatlarda qaror qabul qilish jarayoni qanday ro'y berishini, biron m asalani yechganda tafakkur jarayoni qanday borishini va shunga o'xshash hodisalami tekshirishni oldindan vazifa qilib qo'yadi, tadqiqotchi suhbat vaqtida tekshiriluvchi kishiga beradigan savollarni oldindan belgilab oladi. Savollar shunday tartib bilan tanlab olinadiki, tekshiriluvchi kishida qaysi kechinmalar va ong jarayonlarini o'rganish kerak bo'lsa, u o'z javob- larida xuddi o'sha kechinmalarni va o'sha ong jarayonlarini oydinlash- tirib bersin.
Tekshirishning qanday borishiga va tekshiriluvchi kishining individual xususiyatlariga qarab, suhbat vaqtida savollarni o'zgartirish, to'ldirish, boshqacha qilib berish mumkin. Bu vaqtda tadqiqotchi tekshiriluvchi kishini kuzatib, masalan, nutqining xususiyatlarini, mimikasini va shunga o'xshash
xislatlarini qayd qilib turadi. Beriladigan savollarga tekshiriluvchi kishi te
gishli javob qaytaradi. Tekshiriladigan hodisaga va savollaming xarakteriga qarab, tekshiriluvchi kishi ichki kechinmalarini mukammal tasvirlab yoki so'z bilan istagancha hisobot berib, javob qaytarishi mumkin, ba’zan tekshiriluvchi kishi faqat «ha» yoki «yo'q» deb javob qaytarishi lozim bo'lib qoladigan tadqiqot davomida tekshiruvchining barcha savollari va tekshiri- luvchining barcha javoblari ipidan ignasigacha o'zgartirilmasdan to'la yozib olinadi, protokolda mukammal qayd qilinadi. lloji bo'lsa, tekshiriluvchi kishining javoblari magnitofon lentasiga yozib olinadi. Tekshiriladigan bir necha kishi bilan, ba’zan esa o'nlarcha va yuzlarcha kishilar bilan muayyan bir mavzuda savol-javob va suhbat qilinadi. Shu tariqa rejadagi dastlabki material sistemaga solinadi, statistik jihatdan ishlab chiqiladi, analiz qilinadi, klassifikatsiyaga solinib, xulosa chiqariladi.
So* rash va suhbat metodi o‘z-o‘zini kuzatish metodi bilan tashqi kuzatish metodining qo‘shilishidan iborat. Bu yerda o‘z-o‘zini kuzatish shunda nam oyon bo‘ladiki, tadqiqotchi tekshiriluvchi kishiga savollar berib, uning o'z ichki ongini chuqurroq bilib olishga majbur etadi. Tekshiriluvchi kishi tadqiqotchining topshiriqlariga muvofiq va tadqiqotchining yordami bilan (savollar ustalik bilan berilganda) o'zining ichki holatlarini ochib tashlab, tavsiya etadi va nutqida ifodalaydi, so'zlar bilan javob qaytaradi.
Tashqi kuzatish shunda nam oyon bo'ladiki, tadqiqotchi ong jarayonlarini o'zi ustida emas, balki boshqa kishilar ustida tekshiradi. Psixik ha
yot hodisalaridan bittasini tekshirish uchun bir kishi bilan emas, balki bir necha kishi, ba’zan esa ko'plab kishilar so'rash va so'zlash m etodi bilan tekshirilgani uchun obyektiv xulosa chiqariladi. Tekshiriluvchi kishilardan birontasining so'z bilan qaytargan javoblarini boshqalarining qaytargan javoblariga solishtirib, taqqoslab, tekshirish mumkin. Suhbat m etodining kamchiliklari haqida gapirganda, odatda, bu m etoddan foydalanishda tad
qiqotchining ta ’siri bo'lishi mumkin deb aytadilar. Tadqiqotchining ta ’siri bo'lishi mumkinligini, albatta, hisobga olish va tekshirishning boshlari- dayoq bunga yo'l qo'ymaslik kerak. Buning uchun savollar shunday be- rilishi kerakki, ularda qanday bo'lm asin muayyan javobga ishora ham
qolmasin. Bundan tashqari, savollar shunday berilishi kerakki, tekshiriluvchi kishining bir savolga qaytargan javoblarini boshqa savolga qayta- rilgan javoblar bilan nazorat qilish m um kin bo'lsin. Suhbatni o'ziga xos
tergovga aylantirib yubormaslik kerak. Suhbat samimiy, bemalol bo'lishi, tekshiriluvchi kishilarning psixik holatiga zo 'r kelmasligi kerak. Suhbat odam psixik hayotining bevosita kuzatish va eksperim entda aniqlab boim aydigan jarayon va hollari haqida m a’lumot olishga yordam beradigan birdan-bir m etoddir, deyish m umkin. M asalan, kosmosga parvoz qilish vaqtida odam ning psixik faoliyat xususiyatlari haqida bilim olm oq uchun tadqiqotchi kosmonavtlarning o'zi bilan suhbat qilishi kerak.
Suhbat m etodi shaxsning individual xususiyatlarini (e’tiqodlari, ha- vaslari, jamoaga munosabati, o'z vazifalarini tushunish) tekshirishda, shaxsning hayoti va faoliyatidagi maxsus voqealar, qahramonlik, ijodiy maqom va shunga o'xshashlarni tekshirishda qo'llaniladi. Bu metod o'qitish va tarbiyalashning psixik asoslarini tekshirishda, masalan, bolalaming kitob- xonlikka havasini, ayrim darslarga m unosabatini tek shirishda, o'quvchilam ing uyga berilgan topshiriqlam i bajarishda xotirada qoldirish usullarini, ayrim o'quvchilam ing darslam i sust o'zlashtirish sabablarini
aniqlashda qo'llaniladi. H ozir suhbat m etodi psixologiyada juda keng qo'llaniladi, jum ladan pedagogik psixologiya, m ehnat psixologiyasi, ijodiyot psixologiyasi, kosmik psixologiyada suhbat m etodidan foydalaniladi.
Biografiya metodi. Odam psixikasini tekshirish uchun ayrim kishi- larning hayoti va faoliyati haqidagi m a’lum otlar, ayniqsa. ularning o'zlari bergan m a’lum otlar (avtobiografiya, kundalik daftarlar, m em uarlar, xat- lar), shuningdek, boshqa kishilar yozib olgan biografiya m a’lum otlari (biografiyalar, esdaliklar, xatlar, xarakteristikalar va shunga o‘xshashlar) katta ahamiyatga egadir.
Bu m a’lum otlar psixik faoliyat nam oyon bo'lishining kuzatish va eksperim ent yo‘li bilan tekshirib boMmaydigan turlarini, masalan, ijodiy xa- yol — poeziya, musiqa, texnika va boshqa shu kabi sohalardagi ijodiyot yuksak jarayonlarini, ilmiy kashfiyotlarda nam oyon bo'ladigan tafakkur faoliyati yuksak jarayonlarini, kuchli iroda va m a’naviy yuksak sifatlar- ning alohida ifodasi bo‘lgan qahram onlikni, shuningdek, geniallik, ta- lantlilik va zo‘r qobiliyat kabi xislatlami ochishga yordam beradi. Odam ongi namoyon bo'lishining ana shunday turlari to ‘g‘risida eng atoqli kishilar bayon qilgan fikrlariga qarab yoki o ‘sha shaxslaiga yaqin yuigan kishilarning guvohliklariga qarab ko‘pgina fikr yuritish mumkin.
Bundan tashqari, biografiyaga doir m a’lum otlar odamning individual kamolotida tarbiya, shuningdek, kishining faoliyati va o‘zi ustida ishlashi qanday o ‘rin tutgani va qanday ahamiyat kasb etganini ham bilishga yordam beradi.
Faoliyat samaralarini tekshirish. Odamning faoliyat sohalarini, uning m ehnat natijalarini tekshirish psixikani bilish uchun m uhim vositadir. O dam ning kuch va qobiliyatlari u yaratadigan narsalarda gavdalanadi.
Odamzod faoliyatining samaralarini tekshiiganim izda biz, shu sama- ralarni barpo etgan kishilar qanday qilib fikr qilganliklarini, his qilganlik- larini, nim aga in tilg an lik larin i, ularning irodasi n aq ad ar kuchli bo'lganliklarini, ularda qanday m ahorat va malakalar bo'lganligini bilib olamiz. M asalan, biror uy-joyga diqqat bilan qarar ekanmiz, shu uyni qurgan kishilarning konstruksiya-texnika qobiliyatlari qanday bo'lgani, ularning estetik didi, m a’naviy sifatlari, halolligi, mas’uliyat sezishi va shunga o'xshashlar haqida fikr yurita olamiz. Ayrim kishilarning, m a’lum bir davr kishilarining, muayyan yoshdagi kishilarning psixikasini ularning faoliyat samaralariga qarab bilsa boMadi.
Kishilarning m ehnat va ijodiyot samaralari ulaming psixikasini bilish uchun juda muhim manbalardir.
Bu m etod turli yoshdagi bolalar psixikasining xususiyatlarini tekshirishda muvaffaqiyat bilan qo'llanilm oqda. M asalan, bolalam ing o'zi chizgan rasmlaridan, yasagan qo‘g‘irchoqlaridan ulam ing nazar doirasi naqadar kengligini, tasaw urlarining xarakterini va hajmini, tafakkur xususiyatlarini, qiziqish-havaslarini va shunga o'xshashlam i bilish mumkin.
O 'quvchilam ing bajargan ishlarini tahlil qilish pedagogning darsdagi materialni o'quvchilam ing o'zlashtirish va zarur malaka hosil qilish xu
susiyatlarini, shuningdek, bolalam ing qobiliyat va havaslarini tekshirib bilib olishiga yordam beradi. Kishilar psixikasini bilib olish uchun badiiy adabiyotning ham katta aham iyati bor.
to ‘plami esa miyaning oq moddasini tashkil etadi.
H ujayralar ularning | yadrolari va tolalari si- napslar degan m axsus mayda tolachalar yorda- | mi bilan bevosita bog'- lanadi (sinaps g rekcha. so‘z bo‘lib, «ilgak» degan I m a’noni bildiradi).
Nerv sistem asining I maxsus xossalari bor, b u ' xossalardan asosiylari q o ‘zg‘aluvchanlik va | o ‘tkazuvchanlikdir. Bu xossalar shundan iborat.
Agar nerv tolasining | biror joyiga tegilsa, issiq, sovuq, elektrtoki, kimyoviy m oddalar va boshqa |
shu kabilar bilan ta’sir etil- sa, yoki o‘zgartirilsa, nerv 3-rasm. Diffuz nerv sistemasi.
tolasining qo‘zg‘atilgan I
joyida maxsus fiziologik jarayonlar ro‘y beradi, buni qo‘zg‘alish deyiladi.
Agar nerv tolasi yetarli darajada qo‘zg‘atilsa, bu qo‘zg‘alish sodir bo'lgan joyidagina qolmay, balki nerv tolasi bo'ylab tarqaladi va bir nerv hu- jayrasidan ikkinchi nerv hujayrasiga o ‘tadi, nihoyat, qo'zg'atish kuchi muayyan darajaga yetganda qo'zg'alish butun nerv sistemasiga yoyilishi mumkin.
Nerv to'qimasida qo'zg'alish jarayoni yuz beiganda bir qancha hodisalar: elektr, kimyo, issiqlik hodisalari paydo bo'ladi. Yonma-yon turgan bir nerv hujayrasining aksoni bilan ikkinchi nerv hujayrasining tutashadigan joyi si- napslarborligi tufayli, qo'zg'alish nerv tolalarida bir tomonga tarqaladi. Mie-
lin pardasi borligidan, qo'zg'alish nerv tolasida ayrim-ayrim tarqaladi.
Odamning nerv sistemasi hayvonot olamining uzoq, evolutsiyasi jarayonida va odam ning tarixiy taraqqiyoti davomida vujudga kelgan.
Nerv sistem asi birinchi m arta kovakichli hayvonlarda ro'yirost ko'rinadi. Bu nerv sistemasi butun oiganizmga yoyilgan ayrim hujayralardan tuzilgan. Masalan, gidroid poliplam ing nerv sistemasi shunday boiadi.
Bu — diffuz tipda tuzilgan nerv sistemasidir (3-rasm).
M eduzalarda nerv elem entlarining talaygina qismi zontik tevaragida
ning ko'ndalang kesigidan ko'rish mumkin (6-rasm). Kulrang modda kesigi shaklan kapalakka o'x- shaydi. Orqa miya oldingi qismlari oldingi ildizchalar, orqadagi qismlari orqadagi ildizchalar deb ataladi.
Orqa miyada nerv tutam bo'lib joylashgan, qo'zg'alish periferiya- dagi nerv uchlaridan - skelet muskullari, teri, shilliq pardalar- dagi nerv uchlaridan shu nerv tola- larining tutamlari orqali nerv im- pulslari shaklida bosh miyaga yetib boradi va bosh miyadan periferi- yaga keladi. Nerv tolalarining ana shu tutamlari o ‘tkazuvchi yo‘llar deb ataladi.
Orqa miya ongli psixik jarayonlarning bevosita markazi bo'lmay, balki ongsiz reflektor harakatlarni idora etadigan mar- kazdir. U tana va qo'l-oyoq inus- kullarini, ko'z muskullarini idora qiladi, shuningdek, organizmda bo'ladigan bir qancha fiziologik jarayonlarni, ya’ni tomir harakatlari, ter chiqarish va boshqa shu kabi fiziologik jarayonlarni ham idora etadigan markazdir. Ana shu markazlardan bir qismi vegetativ nerv sistemasiga taalluqlidir.
Bosh miya (7-rasm) kalla qutisida joylashgan bo'lib, go'yo orqa miya tepasidagi ustki qavat hisoblanadi.
Bosh miya quyidagi qismlarga ajratiladi: 1) ketingi miya, 2) o'rta miya, 3) oraliq miya va 4) oldingi miya.
Ketingi miya. Ketingi miyaga
7-rasm. Odam bosh miyasining ко ‘ndalang kesigi:
I—bosh miya po'sti; II—oraliq miya: III—o'rta miya: IV—varoliy ko'prigi: V—uzunchoq miya: VI—miyacha.
IV vi
IV V
II Г^ .11mi__ Ivv
II III lY ^V S vi
8-rasm. Bosh miyaning ко ‘ndalang kesigi, odam va boshqa hayvonlarda.
uzunchoq miya, Varoliy ko‘prigi va miyacha kiradi. Uzunchoq miya bilan Varoliy ko'prigi orqa miyaning go‘yo bevosita davomidir. Lekin shu bilan birga, uzunchoq miya orqa miyaga qaraganda hiyla murakkabroq funksiyani o'taydi. Uzunchoq miya orqali orqa miyadan bosh miyaning yuqoriroqdagi bo'limlariga va aksincha, bosh miyaning yuqoriroqdagi bo limlaridan orqa miyaga impulslar o‘tib turadi. Uzunchoq miya yadro- lari emish, chaynash, yutish, so‘lak ajratish, me’da va me’da osti bezidan shira ajratish, qusish va shunga o'xshash bir qancha murakkab reflektor
jarayonlarda qatnashadi. Nafas olishni, yurakning ishlashini idora etadigan, qon tomirlar tonusini saqlaydigan markazlar uzunchoq miyadadir. Miyacha markaziy nerv sistemasining pastdagi hamma bo'limlariga, shuningdek, yuqoriroqdagi qismlariga ko'p yo'llar bilan mahkam bog'langandir. Miyachaning juda katta ahamiyatga ega ekanligi loaqal shundan ham ko'rinadiki, miyacha olib tashlangandan keyin tananing muvozanat va harakat funksiyalari juda ham buziladi, shakllanadi; harakatlar tartibsiz tuzilgan chalkash, poyma-poy bo'lib qoladi. Miyachasi olib tashlangan hayvon qaddini ko'tarib va boshini tutib turolmaydi; boshi va tanasi doim tebranib turadi; omonat, poyma-poy, haddan tashqari keskin harakatlar qiladi va hokazo.
0 ‘rta miya. Muskul tonusining normal taqsimlanishini va gavdaning tovush hamda yorug'lik singari qo'zg'ovchilarga, shuningdek, og'irlik kuchi-
ga nisbatan to'g'ri turishini idora qiladi.
Oraliq miya muhim funksiyalarni o'taydigan bir qancha nerv uchast- kalaridan iborat, gavdaning umumiy sezuvchanligini ham o'rta miya idora etadi. Pastroqdagi vegetativ markazlarning ishlarini birlashtiradigan va muvofiqlashtiradigan oliy vegetativ markazlar ham o'rta miyada deb taxmin qilinadi.
Uzunchoq miya, Varoliy ko'prigi, o'rta miya va oraliq miya hammasi birgalikda miya dastasi yoki miya stvoli deb ataladi.
Oldingi miya va uning po'sti bosh miyaning oliy qismlaridir. Hayvon biologik taraqqiyot bosqichining qancha yuqorisida tursa, oldingi miyasi bosh miyaning boshqa qismlariga nisbatan o'shancha ko'proq joy egal- laydi. Biologik taraqqiyotning turli bosqichlarida uchrovchi hayvonlar bilan odam, oldingi miyasining kattaligi 8-rasmda taqqoslab ko'rsatilgan. Odamda oldingi miya butun bosh miyaning katta bir qismini, taxminan 80 foizini egallaydi. Oldingi miya ikkita yarim shardan — o'ng va chap yarim shar- lardan iborat, bosh miyaning peshana bo'ladigan ensa bo'lagiga qarab boradigan katta egat bu yarim sharlami bir-biridan ajratib turadi. Oldingi miyaning o'ng va chap yarim sharlari qadoq modda deb ataluvchi jism yordami bilan o'zaro birlashadi. Yarim sharlarning miya po'sti deb atala- digan butun yuzasi shuncha chuqurroq va pushtalari ko'proq bo'ladi.
Odam miyasining yarim Tepa bo'lagi
sharlaridagi pushtalar
Peshana juda ko‘p va egatlari ko‘p bo ‘lagi darajada chuqurdir. Ensa
Egatlardan eng bo ‘lagiA yaqqol ko'rinib turadi- ganlari Silviy egati bilan roland egatidir. Silviy- ning ko'ndalang egati chakka bularini ajratib Miyacha
Chekka bo'lagi turadi. Roland egati esa tepa bo‘lakning o'rta- 9-rasm. Bosh miya. sidan peshana va chakka bo'laklarga qarab boradi. Bosh miya po‘sti miyaning kulrang moddasi- dan iborat. Miyaning turli qismlarida po'stning qalinligi 1 mm dan 4-5 mm gacha boradi.
Odamning bosh miya po‘stining butun yuzasi o‘rta hisob bilan 2000 kv. sm keladi. Bosh miya yarim shardagi po‘stining yuzasi odatda to‘rtta katta qismi - peshana qismi (eng kattasi), tepa qismi, ensa qismi va chakka qismiga bo'linadi (9-rasm). Ba’zi bir olimlarning hisobiga qaraganda, bosh miya po'sti va yarim sharlarida 15 milliardga yaqin nerv hujayrasi bor.
Katta yarim sharlar po'sti shakli va funksiyasi bilan bir-biridan farq qiladigan olti qavat nerv hujayralaridan tuzilgan (11-rasm). Oltinchi qa- vat o'z navbatida ikki qatlamga bo'linadi. Ammo bosh miya po'stining turli qismlari olti qavat hujayradan iborat emas, balki ikki, uch, to'rt qavatdan, ba’zi qismlari esa olti qavatdan iborat. Bosh miya po'stining hujayralar qavati bir xilda bo'lgan uchastkalari maydon hosil qiladi. Odam bosh miyasining po'stida hammasi bo'lib 52 ta maydon bor. Tuzilish jihatidan bir-biriga o'xshaydigan maydonlar sohalami tashkil etadi; bunday sohalar 11 tadir. Bosh miya po'stining uchinchi va beshinchi qavat - lari katta-katta piramidasimon hujayralardan tuzilgan, qolgan qavatlari esa mayda (donasimon) hujayralardan, uchburchak va dutsimon hu
jayralardan tuzilgan.
Bosh miya po'stida shu aytib o'tilgan hujayralar bilan birga nerv tola- lari ham bor. Bu nerv tolalari yarim sharlardan bittasi po'stining ayrim jamlananlik ham (assotsiativ tolalar), har ikkala yarim shar po'stining ayrim qismlarini ham (qo'shuvchi tolalar) birlashtiradi, shuningdek, bosh miya po'stini markaziy nerv sistemasining pastroqdagi boshqa bo'limlari
bilan birlashtiradi (proeksion tolalar).
Bosh miyaning po'sti ostidagi qismlari po'st ostidagi deb ataladi.
Po‘st ostidagi soha va po‘st ostidagi tugunlar difFerensiallashmagan va umumiy sezuvchanlik markazidir. Emotsiya va instinktlarimiz shu soha bilan chambarchas bogiiqdir. Harakatlarimizni idora etish uchun po‘st ostidagi tugunlardan targil jismning ahamiyati, ayniqsa, kattadir. Targ‘il
jism zararlanganda, odatda, harakat kuchayadi, ammo poyma-poy boiadi.
Yuksak darajada tashkil topgan hayvonlarda psixik jarayonlarning va odamda ongli jarayonlarning bevosita moddiy asosi bosh miya po‘stidir. Bosh miyaning pastroqdagi boshqa hamma qismlari, shuningdek, orqa miya — ongsiz reflektor harakatlarning markazlari boiib, xilma-xil fiziologik jarayonlarni idora etadi. Bu yerda yana shuni aytib o‘tish kerakki, bosh miyaning yuqorida aytilgan hamma qismlari va orqa miya markaziy nerv sistemani bosib o‘tgan taraqqiyot yoiining bosqichlari- dir. Bosh miyaning taraqqiyotidagi har bir qismi (pastdan yuqoriga qarab hisob qilganda) o‘zidan awalgi qismning ustiga qoplangan. Orqa miya, undan keyin esa uzunchoq miya markaziy nerv sistemasining eng qadimgi qismlaridir. Oldingi miya va po‘st genetik jihatdan miyaning eng yosh qismlaridir. Markaziy nerv sistemasining yuqorigi qismlari taraqqiy qilgunicha pastdagi (qadimgi) qismlari murakkabroq psixik funksiya- larni ham bajargan deb o'ylash mumkin. Markaziy nerv sistemasining yuqorigi qismlari tarkib topib taraqqiy qilishi bilan murakkabroq psixik funksiyalar miyaning yuksak taraqqiy qilgan qismlariga o‘tadi. Shu bilan birga psixik funksiyalar tobora murakkablashib va takomillashib bordi. Psixik funksiyalar miyaning yuksak taraqqiy qilgan qismlariga o'tishi bilan miyaning pastdagi qismlari muayyan refleks va instinktiv harakat- larinigina idora etadigan boiib qoldi. Buning haqiqatan ham shunday
ekanligini quyidagi hollar ko‘rsatib turibdi. Biologik taraqqiyotning ancha past bosqichlarida turgan hayvonlarning miya po'sti va oldingi mi- yasi olib tashlanganda, bu qismlaming funksiyasini pastroqdagi qismlar o‘tay boshlaydi (garchi mukammal shaklda boimasa ham, har holda, o'taydi). Masalan, oldingi miyasi olib tashlangan baqa tamomila normal baqaga o‘xshaydi. Bunday baqa odatdagicha o'tiradi; baqa turgan
taxta ag'darila boshlasa. u ag'anab tushmaslikka harakat qiladi; agar baqa chalqancha ag'anab tushsa, o'nglanib oladi. Shunday qilib, baqa miya yarim sharlaridan mahrum boisa ham harakat qilish va o‘z harakatlarini muvofiqlashtirish qobiliyatini saqlab qoladi.
Yarim sharlari olib tashlangan kaptar og'ziga solingan ovqatni yeydi, turtib yuborilsa yuradi; bunday kaptar turtinmasdan ucha oladi. Ammo kaptar turtib yuborilmasa, odatda, qimirlamay turaveradi. Agar it miyasining ikkala yarim shari olib tashlansa, sun’iy suratda boqilib borilsagina bir necha yil yashay oladi. Bunday it og'ziga solingan ovqatni yeydi, yura oladi. It urilsa vangillaydi, qattiq tovush eshitganda sapchib tushadi. Ammo bunday it o‘zicha ovqat qidirib topolmaydi va hatto yaqinidagi ovqatni ham topib yeya olmaydi. Bu it uni boquvchi kishilami tanimaydi. Awal hosil qilgan malakalari yo‘qoladi, shu bilan birga, yangi malakalar hosil
qilish qobiliyati ham yo‘qoladi.
Ba’zi fiziologlar maymunlaming yarim sharlarini olib tashlab tajribalar qilganlar. Maymunlar operatsiya qilingandan keyin psixik funksiyalari yo‘qolishi bilan birga, harakatlar, harakatni muvofiqlashtirish ham buzil- gan. Ular to‘ppa-to‘g‘ri o‘tirib tura olgan, shuningdek, narsalarni chan- gallay olgan, ammo, murakkabroq harakatlar, ayniqsa, yurish qobiliyati buzilgan, shunday qilib, evolutsiyaning yuqori bosqichlarida murakkab harakatlar va ulami muvofiqlashtirish funksiyalari ham miya po‘stiga o‘tadi.
I.P. Pavlov yuksak nerv faoliyatiga doir tekshirishlarida shunday hodi- salarni ilmiy asosda tushuntirib berdi. Hayvonlar bosh miyasining ayrim qismlarini olib tashlash ustidagi tajribalar shuni ko'rsatdiki, hayvon biologik taraqqiyotning qancha yuqori bosqichida tursa, quyi qismlarining
yuksak psixik funksiyalarni bajara olish imkoniyati o'shancha kam bo'ladi. Odamda miyaning quyi qismlari yuksak psixik funksiyalarni bajarishga mutlaqo qobil emas. Odam miyasining po'sti ostidagi qismlari po‘st funk- siyasini loaqal qisman ham bajara olmasa kerak. Yarim sharlarsiz tug‘ilgan bolalar (anzitsefallar) ni kuzatish bu holni juda ravshan tasdiqlaydi. Odatda, bunday bolalar uzoq yashamaydi. Shunday bolalardan birining faqat uch yil-u to'qqiz oy yashagani ma’lum. Bu bola doim yotgan, turishga biron marta ham harakat qilib ko‘rmagan. U narsalarni ushlashga hech urinmagan, hatto narsalarni qo'lda ushlab turishni ham bilmagan. Faqat yuzida ba’zi bir harakatlar ko‘rilgan; u ba’zan ijirg'angan; emganda va qoshiqlab ovqat berilganda lablari va tili harakatga kelgan. Bola tagi xo'l bo'lganda ham hech parvo qilmagan. Bu bola bilan gaplashish yoki unga biron narsa o'rgatish aslo mumkin bo'lmagan. Unda hatto eng oddiy ko'nikmalar ham hosil bo'lmagan. Yuqorida aytilganlardan, miyaning po'st ostidagi qismlarining psixik hayotga hech qanday aloqasi yo'q degan ma’no chiqmaydi. Yarim sharlar po'sti o'z tolalari bilan bosh miyaning hamma qismlariga va orqa miyaga bog'langan. Shu bilan birga, yuqorida aytilga- nidek, orqa miyadagi nerv hujayralarining tolalari va po'st ostidagi soha- laming tolalari yarim sharlar po'stining qismlariga bog'langandir. Shu sababli butun markaziy nerv sistemasi va uning faoliyati bo'lmasa, psixik hayot ham bo'lmas edi. Shu bilan birga, butera nerv sistemasining va butun organizmning faoliyatida bosh miya po'sti asosiy rol o'ynaydi. l.P. Pavlov ta’limotiga ko'ra, yarim sharlar po'sti oiganizmdagi hamma funksiyalarni idora etadi, katta yarim sharlar po'sti OTganizmning barcha funk- siyalarini boshqaradi.
Periferiyadagi nerv sistemasi markaziy nerv sistemasi bilan chambarchas bogMiq bo‘lib, undan ajralmasdir. Periferiyadagi nerv sistemasi nerv- lardan tuzilgan: bu nervlar markaziy nerv sistemasidan chiqib va butun organizmga tarmoqlanib, organizmning har bir qismini bosh miya va orqa miya bilan bog'laydi. Bosh miyadan 12 juft nerv, orqa miyadan 31 juft nerv chiqadi (2-rasm).
Periferiyadagi nerv tolalari orqa miya bilan bosh miyaning ichki qismlariga kiradi. Ular bosh miyaning hamma qismlari bilan, jumladan, bosh miya po‘sti bilan bog'lanadi.
Periferiyadagi nervlar bosh miya bilan orqa miyadan chiqqanda hiyla yo‘g‘on (ba’zilari juda ham yo‘g‘on) bo'ladi. Lekin bu nervlar organizm
ga yoyilib ketganda, ko'pgina juda ingichka ip va tolalarga bo'linadi, chekka tarmoqlar deb shularni aytiladi.
l.P. Pavlov ta’limotiga ko'ra, periferiyadagi nerv analizatorning bir
qismini, ya’ni uning retseptor qismini (chekka tarmoqlarini) va o'tkazuvchi yo'lni tashkil etadi.
Periferiyadagi nervlar ikkiga, ya’ni sezuvchi va harakatlantiruvchi nerv- larga bo'linadi.
Sezuvchi nervlar chekka tarmoqlaming qo'zg'atilishi natijasida hosil bo'lgan qo'zg'alishni markazga, ya’ni orqa miya bilan bosh miyaga o'tkazadi. Tevarak-atrofimizdagi voqelikni ana shu nervlar yordami bilan sezamiz va idrok qilamiz. Bu nervlar retseptor (sezuvchi), markazga inti- luvchi yoki afferent nervlar deb ham ataladi.
Harakatlantiruvchi (yoki motor) nervlar markazdan muskul va bez- larga impuls o'tkazadi. Shu nervlar yordami bilan muskullarimiz ha- rakatga keladi, xilma-xil ish-harakatlar qilinadi, turli bezlar (masalan,
so‘lak bezlari) ning faoliyati ham shu nervlar yordami bilan idora etiladi. Bu nervlar markazdan qochuvchi yoki efferent nervlar deb ham ataladi. Periferiyadagi nervlardan ba’zilari qo'zg'alishi periferiyadan markazga ham, markazdan periferiyaga ham o'tkazadi. Sezuvchi va harakatlantiruvchi nervlardan qo'zg'alish bir xil tezlik bilan o'tmaydi; sezuvchi nervlar qo'zg'alishni harakatlantiruvchi nervlarga nisbatan sekinroq o'tkazadi.
Sezuvchi nervlar ayrim sezgi organlariga yoyilib, har bir organning asosiy negizini tashkil etadi. Har bir sezuvchi nerv muayyan organga ko'ruv, eshituv, hid bilish va shunga o'xshash organlarning biriga xos
bo'lgan spetsifik qo'zg'alishlami o'tkazadi. Harakatlantiruvchi nervlar ayrim organlarning va muskul ayrim qismlari harakatini idora etadi.
Turli psixik funksiyalar faoliyati odatda bosh miyaning ayrim sistemasining qismlariga bogiiq boMadi.
I.P. Pavlovning tekshirishlariga qadar, funksiyalar lokalizatsiyasi haqidagi masalada noto'g'ri fikr yurar edi, ya’ni miya po'stida har bir psixik funksiyaning qat’iy aniq markazi boMadi, miyaning muayyan anatomik qismi muayyan psixik funksiyani idora etadi, deb hisoblanar edi.
Masalan, ko‘ruv markazi miyaning ensa qismida, eshituv markazi yuqori chakka pushtasining o'rta qismida, hid bilish markazi ilmoqsimon pushtada (bu pushta yarim sharlaming pastki yuzasida boMadi), nutq harakatlari markazi (Broka markazi) chap yarim shaming uchinchi peshana pushtasida, birovning nutqini tushunish markazi (Vernike markazi) chap yarim shardagi birinchi chakka pushtasining orqadagi va o‘rta qismida
joylashganligi aniq, deb hisoblanar edi. Xuddi shuningdek, oyoq, qoM barmoqlar, tana harakatlarining alohida-alohida markazlari bor, deb aytilar, «yozuv markazlari», «o‘qish markazlari» va shunga o'xshash markazlar bor deb, da’vo qilinar edi.
l.P. Pavlov funksiyalarni shu tariqa sof anatomik nuqtayi nazardan lokalizatsiyalashdan tamoman farq qiladigan boshqa lokalizatsiya haqida
yangi ta’limot ishlab chiqdi. l.P. Pavlovning tajribalari shuni ko'rsatdiki, analizatorlaming markaziy qismlarini miya po'stining bir-biridan uzil- kesil chegara bilan ajralgan boMaklari deb tushunish yaramaydi. Haqiqat - da bu «markazlar»ning bir-biriga o'tishi, bir-biriga qo'shilishi, bir-birini qoplashi aniqlandi. Masalan, optik analizatorning markaziy qismi, yadrosi, yorugMik ta’sirotlarini yuqori darajada sintez va analiz qiladigan organ — yarim sharlarning ensa boMaklaridadir. Ammo optik analizatorning hammasi shu yerda emas. Bu analizator keng tarqalgan katta yarim sharlarning balki hammasiga ham tarqalgan boMsa ehtimol. Boshqa analizator- larning «markazlari» to'g'risida ham gap shunday. l.P. Pavlovning fikriga
ko'ra, analizatorning po'stdagi qismi po'stga (ehtimol, butun po'stga ham) yoyilgan ikki xil hujayralami o'z ichiga oladi: bir xil hujayralar eng sodda analiz va sintez funksiyalarni o'taydi, ikkinchi xil hujayralar yadroni tashkil etadi, murakkab (kompleks) qo'zg'alishlar o'sha yadroda nozik analiz va sintez qilinadi, qo'zg'ovchilar juda aniq ajratiladi, ularni bunday ajratish organizm hayoti uchun nihoyatda muhimdir.
Vegetativ nerv sistemasini nerv tugunlari va bu nerv tugunlarini orqa miyadagi hamda orqa miyadan tashqaridagi maxsus birikma va chatishmalari tashkil etadi. Vegetativ nerv sistemasidagi nerv hujayralarining va nerv tugunlarining ayrim birikmalari hazm organlarida, qon aylanish, na- fas olish organlarida va shunga o'xshash organlarda bo'ladi. Vegetativ nerv sistemasi markaziy nerv sistemasi bilan bog'langan: vegetativ nerv sistemasining nerv tugunlari bosh miyaning gipotalamus (ko'ruv do'mboqlarining pastki qismi), to'rt tepalik va uzunchoq, miya sohasida, shuningdek, orqa miyaning ko'krak, yuqori bel va dumg'aza bo'limlarida
joylashgan.
Katta yarim sharlar po'stining peshana qismlarida periferik nerv sistemasining ham, vegetativ nerv sistemasining ham funksiyalarini birlashti- radigan yuksak markazlari bor. Bosh miya po'stidan periferik nerv siste- masiga ham, vegetativ nerv sistemasiga ham impulslar kelib turadi. Bino- barin, vegetativ nerv sistemasini, shuningdek, boshqa qism va markazlar- ni bosh miya po'sti idora etadi.
Vegetativ nerv sistemasi umumiy nerv sistemasining bir qismi bo'lib, ichki organlar hazm, nafas, qon aylanish organlarining ishlarini va ichki sekretsiya bezlarining faoliyatini idora qiladi. Vegetativ nerv sistemasi or- ganizmning umuman hamma hayotiy jarayonlarini idora etadi. Organizm jarayonlarining shu tariqa vegetativ nerv sistemasi tomonidan idora etilishi organlar faoliyatining kuchayishi va susayishida, ortishi va kamayishi- da ko'rinadi. Vegetativ nerv sistemasi ichki organlar bilangina bog'lanib qolmay, balki organizmning boshqa hamma qismlari bilan ham bog'langandir. Vegetativ nerv sistemasining markazdan qochuvchi tolalari hamma sezgi organlarida va teri hujayralarida bor. Vegetativ nerv
sistemasi o'sha tolalar orqali sezgi organlariga ta’sir etib, ularning faoliyatini kuchaytiradi yoki susaytiradi. Jumladan, vegetativ nerv sistemasi sez
gi organlarining adaptatsiyasiga (ya’ni moslanishiga) ancha yordam berar ekan. Vegetativ nerv sistemasi markaziy nerv sistemasining turli qismlariga, jumladan, bosh miya po'stiga ham ta’sir etadi. Shuning uchun ham
vegetativ nerv sistemasining ta’siri psixik jarayonlarda ham ko'rinadi. Vegetativ nerv sistemasi ikki bo'lakdan: simpatik nerv sistemasi va pa- rasimpatik nerv sistemasidan iborat. Simpatik nerv sistemasining markazlari gipotalamusda, orqa miyaning ko'krak va yuqori bel bo'limlaridadir. Simpatik nerv sistemasining tolalari tanadagi hamma organlarga yoyiladi. Parasimpatik nerv sistemasining markazlari to'rt tepalikda, o'rta miyada
(Varoliy ko'prigi), uzunchoq miyada va orqa miyaning dumg'aza bo'limidadir.
Simpatik va parasimpatik nerv sistemalari ichki organlar faoliyatini idora etishda «antagonistlar» rolini belgilaydi.
II. YUKSAK NERY FAOLIYATI.
l.P. PAVLOV TA’LIMOTINING ASOSIY QOIDALARI
Nerv sistemasining, ayniqsa, uning yuksak uchastkalarining faoliyati uzoq vaqtgacha tekshirilmasdan keldi. Rus olimlari nerv sistemasining fiziologiya- sini o‘iganish sohasida jahon miqyosida katta xizmat ko‘rsatdilar. Rus fiziologi- yasining otasi l.M.Sechenov (1829—1905) bosh miyaning materialistik flziologiya ilmini yaratish yo'llarini birinchi bo‘lib ko‘rsatib berdi.
1863-yilda uning «Bosh miya reflekslari» nomli mashhur asari bosilib chiqdi. Bu asarda Sechenov o‘sha vaqtdagi ilg‘or flziologlarning yutuq- lariga va o‘zi olib borgan tekshirishlarga asoslanib, odamning psixik faoliyati qandaydir ismi bor, jismi yo‘q, moddiy bo'lmagan ruh, jonning mahsuli bo‘lmay, balki faqat miyaning faoliyatidir, degan fikmi dadil aytdi. Fiziologiya olimi boMgan Sechenov materialistik monizmning tabiiy-il- miy asoslarini yaratib berdi. Chernishevskiy va undan oldin o‘tgan boshqa rus materialistlari materialistik monizmni taraqqiy qildirdilar. «Odamdagi psixik va fiziologik hodisalaming ikkovi ham bir xildagi, bir-biriga yaqin hodisalar, bir moddiy asosdan kelib chiqadigan hodisalardir», deb yozdi Sechenov. Psixik jarayonlarning negizi bosh miya reflekslaridir, degan taMimotni Sechenov birinchi boMib ilgari surdi. «Ongli va ongsiz hamma psixik hodisalar, — deb yozadi u, — o'zlarining kelib chiqish jihatidan aslida reflekslardir». Shu bilan birga l.M.Sechenov refleksning markaziy qismini, ya’ni miyada boMadi. P.I.Ivanov jarayonlarni ajratadi, bu jarayonlar, Sechenovning fikricha, psixikani vujudga keltiradi.
Miyaning reflektor faoliyatini o'rganish sohasida l.M.Sechenov bosh- lagan ishni l.P. Pavlov mustahkam eksperimental asosga qo‘ydi, refleks tushunchasiga yangi ma’no berdi, shartli reflekslarning vujudga kelish mexanizmlarini kashf etdi, yangi ilm yuksak nerv faoliyati fiziologiyasini
vujudga keltirdi, bu nerv faoliyati fiziologiyasi materialistik psixologiyaning tabiiy-ilmiy asosi, poydevoridir. l.P. Pavlov o‘z tekshirishlarining
psixologiya uchun ahamiyati borligini ko'rsatib o'tgan edi. «Bizning tek- shirishlarimiz, — degan edi u, — psixologlar uchun juda katta ahamiyatga ega boMishi kerak, chunki ular keyinchalik psixologiya ilmining asosiy poydevori boMishi kerak deb o'ylayman». l.P. Pavlovning fikricha, yuksak nerv faoliyatining fiziologiyasi vujudga kelishi bilan, «Psixologlar, ni- hoyat, o'zlari tekshiradigan asosiy hodisalaming umumiy mustahkam zaminiga, tabiiy sistemasiga ega bo'ladilar, shu bilan ulaming odamdagi son-sanoqsiz, tartibsiz tuyg'ularini sistemaga solishlari oson bo'ladi».
l.P. Pavlovning fiziologik ta’limotidagi asosiy tushuncha refleks tushunchasidir. «Ref- leks oiganizmning nerv sistemasi yordami bilan tashqi olam ta’sirlariga beradigan javob harakatlari reaksiyasidir». Masalan, igna san- chilsa, qo'limizni tortib olamiz. Og‘izga ovqat solinganda, so‘lak chiqa boshlaydi, yorug‘da ko‘z qorachiqlari torayadi, qorong'ida esa ken- gayadi. Bu misollarda qo‘lga igna sanchilishi, og‘izga ovqat solinishi, yorug‘lik qo'z- g'ovchilardir, so‘lak ajralishi, ko‘z qora- chig'ining torayishi va kengayishi organizmning
javob harakatlaridir. Refleks yoyi (reflektor dura) har qanday refleks quyidagi sxemaga muvofiq ro‘y beradi: qo‘zg‘ovchi (masalan, igna sanchilishi) sezuvchi nervning chekka tarmoq- larini qo‘zg‘aydi. Bu qo'zg'alish sezuvchi nerv orqali markazga, ya’ni orqa miyaga yoki bosh 10-rasm. Shartsiz refleks miyaga yetadi. Markazda qo'zg'alish sezuvchi larning reflektor yoyi. nerv hujayralardan harakatlantiruvchi nerv hu- jayralariga o'tadi. Harakatlantiruvchi nerv esa
muskulni harakatga keltiradi (masalan, qo'lning tortib olinishi) yoki qo'zg'alish sekreter nervga o'tadi, bu nerv esa bezning faoliyatini kuchay- tiradi (masalan, so'lak ajralishi).
Refleksda nerv qo'zg'alishi o'tadigan yo'l refleks yoyi (durasi) deb ataladi (11-rasm). Refleks yoyining uchta qismi bor: 1) sezuvchi yoki afferent qismi — qo'zg'alish periferiyadan markazga shu qism orqali o'tadi; 2) markaziy qism qo'zg'alish sezuvchi nerv hujayrasidan harakatlantiruvchi nerv hujayrasiga qism orqali o'tadi; 3) harakatlantiruvchi yoki ef- fektor qism qo'zg'alishni markazdan muskulga yoki bezga o'tkazadi. Reflekslar hayvon organizmining tashqi muhitga moslashuviga, muhit bilan aloqada bo'lishiga yordam beradigan nerv-fiziologik mexanizmlardir.
Hayvon organizmlari shartsiz va shartli reflekslar yordami bilan tashqi muhitga moslashuvini, shu muhit bilan aloqada boiishini l.P. Pavlov aniqlab bergan. l.P. Pavlovning buyuk xizmati shundaki, u shartli refleks- ni kashf etdi, bu refleksning shartsiz refleksdan farqini aniqladi va hayvon organizmining hayotida shartli reflekslarning qanday ahamiyati borligini ko’rsatib berdi. l.P. Pavlov ta’limotiga ko'ra, shartsiz refleks bilan shartli refleks o'rtasidagi farq quyidagidan iborat. Shartsiz reflekslar tug'ma bo'ladi. Ular organizm hayotining birinchi kunlaridanoq ko'rina boshlaydi va tabiiy ravishda davom etaveradi, chunki ular organizm bilan birga tug'iladigan harakatlantiruvchi mexanizmlardir. Yuqorida keltirilgan misollar igna san-
chilganda qo'lning tortib olinishi, og‘izga ovqat solinganda so‘lak ajralishi shartsiz reflekslarga misoldir. Shartli reflekslar tug'ma bo‘lmay, balki tug'ilishdan keyin, turmush tajribasida, shartsiz reflekslar asosida hosil boMadi. Masalan, it yoki boshqa biron hayvon ilgari ovqat yeb yurgan idishini ko'rgandayoq so'lagi oqa boshlaydi Bu yerda idish shartsiz
qo‘zg‘ovchi emas, balki shartli qo'zg'ovchidir. It o‘sha idishda yoki shunga o'xshash idishda ovqat yeb yurgandagina idishni ko‘rish bilan so‘lagi oqa boshlaydi.
Shartli reflekslar hosil boiishini akademik Pavlov metodi asosida tajriba qilib o'rganmoq uchun, ko'pincha, itlarda so‘lak ajratish reflekslari hosil qilish yoiidan foydalanadilar. Tajriba qilinadigan itlar dastlab shunday tayyorlanadiki, so‘lak bezlaridan bittasining so'lak chiqish yo'li og'izga ochilmay, jag'iga, lunjning sirtiga ochiladi. Bu esa bizga so'lak miqdorini maxsus asboblar bilan aniq o'lchashga imkon beradi. Shu tariqa tayyor
langan itni tajriba xonasiga olib kiriladi (13-rasm). Itga obyekt beriladi (ovqat shartsiz qo'zg'ovchidir). It ovqatni og'ziga olishi bilan so'lak chiqadi. Bu shartsiz refleksdir. Keyingi tajribada ovqat berishdan oldin, bevosita qandaydir boshqa biron qo'zg'ovchining ta’siri qo'shiladi, masalan, qo'ng'iroq chalinadi. Bu holda qo'ng'iroq tovushi nevtral, indifferent qo'zg'ovchidir. Shunday qilib, itga ikkita qo'zg'ovchi, ya’ni shartsiz qo'zg'ovchi (ovqat) va neytral qo'zg'ovchi (qo'ng'iroq tovushi) bilan ta'sir qilinadi. Shartsiz qo'zg'ovchi so’lak chiqishiga sabab bo'ladi. Ikkala qo'zg’ovchi yordami bilan ketma-ket bir necha bor ta’sir qilinadi. Shundan keyin itga ovqat bermasdan turib qo’ng'iroq chalinadi. Natijada it ovqat yemasa ham qo'ng'iroq tovushiga javoban, xuddi ovqat yeganday so'lak chiqaradi. Demak, itda shartli refleks hosil bo'ladi. Bu shartli refleks bevosita shartsiz refleks asosida hosil bo'ladi. Ammo keyinchalik, yaxshi o'rganib qolgan shartli refleks yordami bilan yangi shartli refleks ikkilamchi shartli refleks hosil qilmoq mumkin. Buning uchun shunday qilinadi. Itga ovqat bermay, qo'ng'iroq chalish oldidan (qo'ng'iroq so’lak chiqarish uchun signal bo'lib qolgach), qandaydir yangi neytral (indifferent) qo'zg'ovchi yordamchi bilan ta’sir qilinadi. Masalan, elektr yoqila-
di. Bu har ikki qo'zg'ovchi yordami bilan ketma-ket bir necha bor ta’sir qilgandan keyin faqat bitta yangi qo'zg'ovchining o'zi bilangina ta’sir qilinadi, ya’ni elektr yoqiladi. Endi elektr chiroqning o'zi ham so'lak chiqishiga signal bo'ladi. Bu ikkilamchi shartli refleksdir. Shartli refleks paydo bo'lishi uchun shartli qo'zg'ovchi shartsiz qo'zg'ovchidan sal-pal oldinroq ta’sir etishi kerak. Agar neytral qo'zg'ovchi shartsiz qo'zg'ovchidan birmuncha kechroq ta’sir eta boshlasa, shartli refleks hosil bo'lmaydi.
Masalan, it ovqat yeya boshlab, u ovqat yeb turgan paytda qo‘ng‘iroq chalinsa, qo‘ng‘iroq tovushiga javoban shartli refleks vujudga keladi. Shartli qo‘zg‘ovchi so'lak ajralishini bevosita qo‘zg‘amaydi, balki qo'zg'ovchi haqida faqat signal beradi; yuqorida keltirilgan misollarda qo'ng'iroq bilan elektr chiroq, ovqat haqida signal beradi. Shartsiz reflekslarning yoy- lari orqa miyada va bosh miyaning stvol qismida birlashadi. Bu masalan, quyidagi tajriba bilan isbot bo'ladi. Endigina boshi olib tashlangan baqaning oyog'i chimchilansa, oyog'ini tortib oladi. Agar kislota bilan xoilangan bir parcha paxta olib, shu baqaning orqasiga qo'yilsa, baqa oyog'i bilan orqasini qashiydi. Agar shu baqaning orqa miyasiga igna tiqib zarar yetka- zilsa, bu harakatlarning hammasi to'xtaydi. Demak, orqa miya shartsiz reflekslar markazidir. Miya stvoli va miyacha shartsiz reflekslarning markazlari ekanligi ham shunga o'xshash tajribalar bilan isbot etilgan.
Takomilining yuqori darajasiga chiqqan hayvonlarda shartli reflekslar bosh miya po'stida hosil bo'ladi. Bu ham akademik Pavlovning eksperimental tekshirishlari bilan isbot etilgan. Bu tajribalar quyidagicha qilingan. Itda masalan, qo'ng'iroq tovushiga javoban mustahkam shartli refleks hosil qilinadi. Shundan keyin, itning bosh miya po'sti operatsiya
qilib olib tashlanadi. It tuzalgandan keyin, yana tajriba xonasiga olib ki- riladi, shartli qo'zg'ovchi yordami bilan itga ta’sir qilinadi: qo'ng'iroq chalinadi. Ammo bu qo'ng'iroq tovushiga javoban itda so'lak ajralmaydi. Itga ovqat (shartsiz qo'zg'ovchi) beriladi, natijada so'lak chiqadi, shartli refleks itning kasallik va uni davolash davrida yo'qolishi mumkin, deb
faraz qilinadi. Shu sababli yana o'sha shartli qo'zg'ovchi qo'ng'iroq tovushi yordami bilan shartli refleks vujudga keltirila boshlaydi. Ammo ovqat bermasdan turib qo'ng'iroq chalishning o'ziga javoban so'lak chiqmaydi. Bosh miya po'sti boimasa, shartli reflekslar yo'qolib ketishi, yangi reflekslar esa vujudga kelmasligi shunday tajribalarda ko'rsatib berildi. Bosh miya po'stidan mahrum qilingan kaptar, it, maymun kabi hayvonlar xulq-
atvorining buzilishi shu bilan izohlanadi. Bosh miya po'sti shartli reflekslar markazi ekanligi shu tariqa isbot etildi.
Takomilining yuqori darajasiga chiqqan hayvonlarning bosh miya po'stida miyaning ayrim hujayralari va ayrim markazlari o'rtasida yangi
bog'lanishlar hosil bo'lishi mumkin. Shartli refleksning yoyi shartsiz ref- leksning yoyiga qaraganda murakkabroq bo'lar ekan. Shu bilan birga,
shartli reflekslarning yoyi albatta bosh miya po'stidan o'tadi.
Shartsiz reflekslar bilan shartli reflekslar o'rtasidagi farq yana shundaki, shartsiz reflekslar doimiy bo'ladi, shartli reflekslar esa susayishi yoki so'nishi mumkin.
Og'izga olingan ovqat hamisha so'lak ajralishiga sabab bo'ladi. Ammo qo'ng'iroq tovushiga javoban so'lak ajralishi doimiy bir narsa bo'lmay,
vaqtincha bir narsadir. Qo‘ng‘iroq chalish (shartli qo'zg'ovchi) bir necha marta takrorlangandan keyin ayni vaqtda ovqat (shartsiz qo‘zg‘ovchi) beril- masa, soMak ajralishi kamayadi, susayadi va nihoyat, butunlay to‘xtaydi. Qo‘ng‘iroq tovushi yana so‘lak ajralishiga sabab boMishi uchun shartli qo‘zg‘ovchini shartsiz qo‘zg‘ovchi bilan mustahkamlash kerak. Shartsiz va shartli reflekslar organizm hayotidagi turli ahamiyati bilan ham farq qiladi. Organizm shartsiz reflekslar yordamida tevarak-atrofdagi muhit bilan doimo bogManib turadi. Shartli reflekslarda esa o‘zgarib turuvchi muhit bilan yangi, muvaqqat bogManishlar vujudga keladi.
Hayvon organizmi atrofidagi muhit hech vaqt o‘zgarmasdan doimo bir xilda turganda edi, hayvon organizmlari muhit bilan faqat shartsiz reflekslar yordamida bogMana olar edi. Ammo organizm yashaydigan tashqi muhitning doimo o‘zgarib turishi ma’lum, shu sababli hayvonlarning
saqlanib qolishi uchun shartsiz reflekslarning o‘zi kamlik qiladi, demak, ularga yangi bogManishlar, shartli reflekslar qo‘shilishi kerak. Shuning uchun ham tashqi muhit tez o‘zgarganda quyi darajadagi hayvonlar, shuningdek, hasharotlar nobud boMadi, chunki ularda shartli reflekslar kam va buning ustiga juda sekinlik bilan hosil boMadi. Yuqori darajadagi hayvonlarda esa juda ko‘p shartli reflekslar tez hosil boMadi, shuning uchun bunday hayvonlar tevarak-atrofdagi muhitda tez-tez boMib turadi-
gan o‘zgarishlarga hiyla osonroq moslashadi.
Shartli reflekslar hosil boMganligi tufayli, shartsiz reflekslar hali shartsiz qo‘zg‘ovchilar yuz bermasdan ancha oldin voqe boMaveradi, hatto bu shartsiz qo‘zg‘ovchilar uzoq joyda yuz bergan hollarda ham voqe boMaveradi, shartli qo‘zg‘ovchi hayvon hayoti uchun muhim boMgan bi- ron-bir hodisa haqida, masalan, ofat borligi, xavf-xatar tugMlganligi haqida signal beradi. Shuning uchun ham l.P. Pavlov bosh miya po‘stining faoliyatiga signal faoliyati deb nom bergan edi. Shartli reflekslar hayvonlarda malaka va odatlar vujudga kelishining nerv-fiziologik asosidir.
l.P. Pavlov miyaning katta yarim sharlar po'sti shartli reflekslarning markazi ekanligini kashf etgandan keyin, yuksak nerv faoliyati qonuniyatlarini mukammalroq tekshirish uchun shu shartli reflekslar metodidan foyda-
landi.
2. Bosh miya po‘stining analiz va sintez qilish faoliyati
l.P. Pavlov shartli reflekslar metodidan foydalanib, miyadagi katta
yarim sharlar po'stining faoliyati tashqi muhitdan, shuningdek, organizm- ning ichidan nerv sistemasiga ta’sir qiladigan juda ko‘p qo‘zg‘ovchilarni
analiz va sintez qilishdan iborat ekanligini aniqladi. Bosh miya po'stining analiz qilish faoliyati «murakkab muhitning» organizmga foydali yoki zararli ta’sir etadigan «ayrim elementlarini» ajratishdan iborat.
Bosh miya po'stining sintez qilish faoliyati tashqi muhitning ana shu ayrim elementlarini muayyan bir komplekslarga birlashtirishdan iborat. «Sintez — nerv tutashish hodisasi bo'lsa kerak», deydi l.P. Pavlov. Katta yarim sharlar po'stining sintez qilish faoliyati tufayli shartli reflekslar vu
judga kelishi, ya’ni bosh miya po'stining turli qismlari o'zaro bog'lanishi mumkin. Masalan, ovqatni qo'yish bilan so'lak ajralish shartli refleksi
ko'ruv analizatori bilan ta’m bilish analizatorining miya po'stidagi qismlari o'zaro bog'langandagina vujudga kelishi mumkin.
Analiz va sintez l.P. Pavlov analizatorlar deb atagan maxsus nerv mexanizmlari yordami bilan voqe bo'ladi. Pavlov ta’limotiga ko'ra, ana- lizator — nerv-fiziologik apparat boiib, sezuvchi nervning periferiyadagi chekka tarmoqlari (retseptor), nervning o'zi (o'tkazuvchi yo'l) va miya po'stining muayyan qo'zg'alishini qabul qiladigan qismidan iborat. Har bir analizatorning periferiyadagi chekka tarmoqlari tegishli sezgi organlarida — ko'ruv organida (ko'z), eshituv organida (quloq), hid bilish orga- nida (burun — halqum) va boshqa organlarda bo'ladi.
Analizator — awalo sezgi va idroklarimizning nerv-fiziologik apparatidir.
Analizator quyidagicha ishlaydi: analizatorning chekka tarmoq egati
(retseptor) tegishli qo'zg'alishlami sezib, qaytadan ishlab, maxsus nerv qo'zg'alishiga aylantiradi. Masalan, ko'ruv retseptori tabiatdan yorugiik tebranishlarini, eshituv retseptori esa havo tebranishlarini ajratib oladi. Anali- zatoming ikkinchi bo'limi qo'zg'alishni periferiyadagi (chekka) tarmoqlardan bosh miya po'stiga o'tkazadi. Bosh miya po'stida juda nozik, yuksak dara
jadagi analiz jarayoni ro'y beradi. Qo'zg'alishlar boshqa qo'zg'alishlar bilan ham shu yerda bog'lanadi. «Markaziy nerv sistemasining shu yuksak dara
jadagi qismida, - deydi l.P. Pavlov, - juda nozik va cheksiz xilma-xil analizatorlarning chekka tarmoqlarini ko'ramiz, shu bilan birga, tashqi olamning analizatorlar tomonidan ajratiladigan eng mayda elementlari or
ganizm bilan doimo yangicha bog'lanib, shartli reflekslar hosil qiladi...».
Shu tariqa l.P. Pavlov taiimotiga muvofiq, bosh miya katta yarim sharlari analizatorlar yig'indisidan iborat, bu analizatorlar esa doim tashqi ta’sirlarni tarkibiy qismlariga ajratadi va ularni organizmning biror faoliyati bilan bog'laydi. Qo'zg'ovchilarning analiz va sintez qilinishi bosh miya po'stidagi yagona analiz-sintez qilish faoliyatining o'zaro bog'langan ikki tomonidir. Bosh miya po'stining bu faoliyati idrok, xotira, xayol, tafakkur va shu kabilarning asosiy mexanizmidir. l.P. Pavlov bosh miya po'stining analiz va sintez qilish faoliyati organizmning tevarak-atrofdagi muhit bilan naqadar keng va chuqur moslashuvi hamda muvozanatlashu-
vini belgilab beradi, deb hamisha uqtiradi.
Analiz va sintez yuksak nerv faoliyati haqidagi l.P. Pavlov taiimotining asosiy tamoyillaridan biridir.
3. Yuksak nerv faoliyatining asosiy qonuniyatlari
Yuksak nerv faoliyatining asosiy jarayonlari qo‘zg‘alish va tormozlanishdir. Bu jarayonlar betartib (xaotik ravishda) ro‘y bermay, ma’lum sabablar bilan yuzaga chiqadi, nerv faoliyatining muayyan qonunlariga bo'ysunadi.
Bosh miya po'stida qo'zg'alish bo'lgandagina shartli reflekslar hosil bo'ladi.
Yuqorida aytilganidek, shartli refleks birdaniga hosil bo'lmaydi, balki shartli qo'zg'ovchining shartsiz qo'zg'ovchilar bilan bir necha marta birga takrorlanishi natijasida hosil bo'ladi. Lekin bunda, shartsiz qo'zg'ovchi bilan shartli qo'zg'ovchining birgalikdagi ta’siridan hosil bo'lgan nerv qo'zg'alishi darrov miya po'stining qandaydir biron markaziga joylash- may, balki katta yarim sharlarga irradiatsiyalanadi, ya’ni tarqaladi, yoyi- ladi. Chunonchi, itda muayyan balandlikdagi tovushga, masalan, do to
vushiga (ya’ni 1024 tebranishda) shartli refleks hosil qilina boshlaganda, dastlab bu tovushning o'zigina emas, balki har qanday balandlikdagi to- vush ham itning og'zidan so'lak chiqaraveradi. Demak, bu yerda shartli qo'zg'ovchiga javoban faqat eshituv markazining biron muayyan nuqta- sida bog'lanish hosil bo'libgina qolmaydi: bu yerda miyaning shu qismi- dan tashqaridagi yarim sharlar sohasida ham bog'lanishlar hosil bo'ladi. Qo'zg'alishning tarqalishi (irradiatsiyasi) shartli reflekslarning umumiy- lashuviga (generalizatsiyasiga) olib keladi. I. P. Pavlov ta’limotiga ko'ra,
yoyilish (irradiatsiya) jarayoni, ayni shuni ko'rsatadiki, ayrim funksiya- laming markazlari miya po'stining muayyan qismlarida turgan emas, bu markazlar bir-biridan aniq chegara bilan ajralgan emas.
Nerv jarayonlarining irradiatsiyasi va konsentratsiyasi shartli qo'zg'ovchining takrorlanish soniga bog'liq bo'lishdan tashqari, yana qo'zg'ovchining kuchiga ham bog'liq. Sezgi, idrok va tasawurlarimizdan ba’zi birlarini awal boshda noaniq va mujmal bo'lishi kabi hodisalaming sababi qo'zg'alishning irradiatsiyasidir. Qo'zg'alishning konsentratsiyasi sezgi, idrok va tasawurlarimizni aniq va ravshan qiladigan mexanizmdir.
Tormozlanish
Tormozlanish qo'zg'alish jarayonining aksi bo'lgan jarayondir. Tormozlanish jarayonlari ham qo'zg'alish jarayonlari singari, irradiatsiya va konsentratsiya qonunlariga bo'ysunadi. Buning ma’nosi shuki, tormozlanish jarayoni yarim sharlaming bir necha qismiga va hatto butun miya po'stiga yoyilishi yoki bosh miya po'stining qandaydir birontagina qismi
ga turishi (konsentratsiyalanishi) mumkin.
l.P. Pavlov tormozlanish jarayonini shartsiz va shartli tormozlanish
deb ikkiga ajratadi.
Shartsiz tormozlanish bosh miya po'stidagina bo'lib qolmay, balki nerv sistemasining quyi bo‘limlarida ham bo'ladi. Shartsiz tormozlanish
tashqi tormozlanish va chegaradan tashqari tormozlanish degan jarayonlar shaklida ro'y beradi. Shartli refleks bironta kuchli begona qo'zg'ovchining ta’siri ostida susaysa yoki yo'qolib ketsa, buni tashqi tor
mozlanish deyiladi. Masalan, qo'ng'iroq chalinishi bilan itning og'zidan so'lak oqadi, agar shu vaqtda yalt etib elektr yoqilsa, itning og'zidan so'lak oqmay qoladi. It elektr yonib turgan tomonga qaraydi. Demak, bu hoi shartli refleksning tormozlanganligini ko'rsatadi.
Shartli qo'zg'ovchi haddan tashqari (maksimal darajada) kuchli ta’sir etganda voqe bo'ladigan tormozlanishni chegaradan tashqari tormozla
nish deyiladi. Masalan, itda tovushga javoban so'lak ajralish shartli refleksi paydo qilingan deylik; agar tovush kuchi haddan tashqari oshirilsa, so'lak chiqishi kamayadi va vaqtincha to'xtab ham qoladi.
Bu hoi tormozlanish jarayoni qo'zg'alish jarayoniga haddan tashqari zo'r kelishi munosabati bilan ro'y beradi va bosh miya po'stining hu-
jayralarini yemirilishdan saqlaydi.
Shartli tormozlanish ichki tormozlanish deb ham ataladi. Bu tormozlanish muayyan sharoitda hosil bo'ladi, namoyon bo'ladi va yo'qoladi, bunday tormozlanish faqat bosh miya po'stiga xos jarayondir.
l.P. Pavlov shartli tormozlanishning biologiya jihatidan juda katta
ahamiyati borligini ta’kidlaydi. Bu tormozlanish «organizmning tevarak- atrofdagi sharoitga yuqori darajada moslanishi yoki boshqacha aytganda, organizmning tashqi muhit bilan juda nozik va aniq muvozanatlanishi» demakdir (4-tom, 118-bet).
Shartli tormozlanish turlaridan biri so‘ndiruvchi tormozlanishdir.
Shartli qo'zg'ovchi shartsiz qo'zg'ovchi bilan «mustahkamlanmasdan» ko'p marta takrorlanganda shu xildagi tormozlanish hosil bo'ladi. Masalan, shartli qo'zg'ovchi — qo'ng'iroq tovushi ta’siri bilan itning og'zidan so'lak oqadi, agar shartli qo'zg'ovchi shartsiz qo'zg'ovchi (ovqat berish) bilan mustahkamlanmasdan turib, bir necha marta takror- langan taqdirda, so'lak ajralishi kamaya boshlaydi va so'ngra butunlay
to'xtaydi. Ammo bu xil tormozlanish shartli refleksning yo'qolishi degan gap emas, so'ngan refleks bir necha vaqtdan keyin hech qanday qo'shimcha qo'zg'ovchilar bo'lmaganda ham tiklanishi mumkin, shartsiz qo'zg'ovchi bilan mustahkamlangan taqdirda shartli refleks juda oson- lik bilan tiklanadi. So'ndiruvchi tormozlanish nihoyatda muhim mexanizm boMib, keragi bo'lmagan bog'lanishlarni yo'qotishga va shu ta- riqa organizm bilan muhit o'rtasidagi bog'lanishlarni o'zgartirishga,
qayta ko'rishga cheksiz imkon beradi.
Shartli tormozlanishning ikkinchi turi difTerensiallovchi tormozlanish- dir. Muvaqqat, shartli bog'lanish oydinlashganda, ixtisoslashganda shu xil tormozlanish voqe bo'ladi.
DifTerensiallovchi tormozlanish — tashqi qo'zg'ovchilami g'oyat aniq farq qilish mexanizmidir. Bu tormozlanish organizmning qo'zg'ovchilarga, o'z hayot sharoitiga juda aniq moslanishini ta’minlaydi.
Tormozlanishning bir turi uyqudir. l.P. Pavlov ta’limotiga ko'ra, uyqu bosh miya po'stiga yoyiladigan (irradiatsiyalangan) ichki tormozlanishidir. «Biz ichki tormozlanish deb ataydigan jarayon va uyqu — bir jarayondir».
(l.P. Pavlov, Полное собрание сочинений, IV tom, 264-bet.)
Agar uyqu vaqtida bosh miya po'stining ayrim qismlaridagi tormozlanish jarayoni susayib, ma’lum darajada qo'zg'alish jarayoni yuz bersa, odam tush ko'radi.
Bosh miya po'stining qisman qo'zg'alishi natijasida ham butun po'st tormozlanishi (uyqu bosishi) mumkin. Masalan, kuchsiz yoki o'rtacha kuchli qandaydir qo'zg'ovchi uzoq vaqt bir tekis ta’sir etib tursa (masalan, metronomning tebranishi), bu qo'zg'ovchi ta’sirida tegishli markaz- da tormozlanish jarayoni voqe bo'ladi. Bunday juz’iy tormozlanish butun postga tarqalishi mumkin. Shuning uchun ham, masalan, hadeb bir maqomda gapirish uyqumizni keltiradi. l.P. Pavlovning fikricha, gipnoz fiziologik jihatdan shu qonuniyatga asoslangan bo'lib, gipnoz vaqtida bosh miya po'stining kattaroq qismi tormozlanadi-yu, ayrim qismlari qo'zg'algan holda qolaveradi.
Qo'zg'alish va tormozlanish jarayonlari doimo bir-biriga ta’sir etib turadi. Bu ikki jarayon bir-biriga bog'liq bo'ladi, ya’ni qo'zg'alish jarayoni tormozlanish jarayonini paydo qiladi. Tormozlanish jarayoni esa
qo'zg'alish jarayonini paydo qiladi. Qo'zg'alish va tormozlanish jarayon- larining shu tariqa o'zaro ta’sir etishini l.P. Pavlov o'zaro induksiya qonuni deb atagan edi.
Induksiya biryo'la va ketma-ket bo'lishi mumkin. Biryo'la induksiya musbat va manfiy bo'ladi. Bosh miya po'stining biror qismidagi tormozlanish boshqa qismlarda qo'zg'alish paydo qilsa, bunday induksiyani musbat induksiya deyiladi. Bosh miya po'stining biror qismidagi qo'zg'alish jarayoni qo‘shni qismlarda tormozlanish jarayonini paydo qilsa, bunday induksiyani manfiy induksiya deyiladi.
Bosh miya po'stining biron qismidagi qo'zg'alish jarayoni bir necha vaqtdan keyin tormozlanish jarayoniga aylansa, va aksincha, tormozlanish jarayoni qo'zg'alish jarayoniga aylansa, bunday induksiyani ketma- ket induksiya deyiladi. Masalan, odamning uyg'oqlik holatiga xos bo'lgan uzoq qo'zg'alish jarayoni natijasida bosh miyaning butun po'sti tormoz-
lanadi, natijada kishi uxlab qoladi.
Bosh miya po'stining turli qismlari bir xil qo'zg'almaydi: bosh miya po'stida qo'zg'alish paydo bo'lganda hamisha optimal qo'zg'alish o'chog'i yoki qismi bo'ladi. Bu yerda muvaqqat bog'lanish (shartli reflekslar) tez- roq va mustahkamroq hosil bo'ladi. Optimal qo'zg'aluvchanlik o'chog'ining
hosil bo'lishi diqqatning fiziologik asosidir.
Bosh miya po'stining ayrim qismlari bir xilda tormozlanmasligi ham mumkin. Shuning uchun ham l.P. Pavlov «...yarim sharlar po'stining optimal qo'zg'aluvchanlikka ega bo'lgan qismlaridagina emas, balki ularning ozmi-ko'pmi tormozlangan qismlarida ham yangi bog'lanish hosil bo'lishi mumkin», deb hisoblaydi. Pavlovning fikricha, bizda, masalan, hosil bo'lgandan keyingina bilib olinadigan ba’zi bir odatlarning paydo bo'lishiga sabab shudir (4-tom, 413-bet). Bosh miya po'stining faoliyatidagi sistemalilik va dinamik stereotip.
l.P. Pavlov bosh miya katta yarim sharlari po'stini turli fiziologik rol o'ynaydigan ayrim nerv nuqtalarining son-sanoqsiz to'plamidan tuzilgan juda murakkab «mozaika» deb hisoblash bilan birga, shu turli nuqtalaming faoliyatini birlashtirish jarayonlari doimo voqe bo'lib turadigan muayyan sistema ham deb biladi. Muayyan vaqt davomida va muayyan tartibda takrorlanadigan qo'zg'ovchilarning ta’siri bilan bosh miya po'stida muayyan (qo'zg'ovchilarga mos keladigan) qo'zg'alish va tormozlanish jarayonlari tobora mustahkamlanib qoladi. Bu mustahkamlanish shundan iboratki, keyin bir xilda takrorlanadigan hamma jarayonlar juda osonlik bilan voqe bo'ladi, ularning voqe bo'lishi uchun «tobora kamroq nerv mehnati» kerak bo'ladi. Nerv jarayonlarining l.P. Pavlov dinamik stereotip deb nom ber
gan birmuncha tuig'un sistemasi shu tariqa tarkib topadi. Shu tariqa tarkib topgan bunday sistema o'z navbatida yangi qo'zg'ovchilar ta’siri bilan voqe bo'ladigan jarayonlarning xarakteriga (tezligiga, turg'unligiga) ta’sir etadi.
Bundan anglashiladiki, hayvonning har bir reaksiyasi shu paytda qaysi qo'zg'ovchining ta’sir etishi bilangina belgilanib qolmay, balki bosh miya po'stida qanday bog'lanish sistemasi tarkib topganligi, qanday dinamik stereotip borligi bilan ham belgilanadi. Mustahkam tarkib topgan dinamik
stereotip ayrim qo'zg'ovchi paydo bo'lganda butun boshli reaksiyalar sistemasining takrorlanishiga imkon beradi. Dinamik stereotip oiganizmning
takrorlanib turadigan bir xil tashqi ta’sirlarga moslanishi demakdir. Agar sharoit o'zgarsa, agar mavjud dinamik stereotipga mos kelmaydigan yangi qo'zg'ovchilar paydo bo'lsa, bu stereotip o'zgaradi, qayta quriladi.
Bu qayta qurilish ko'pincha nerv sistemasining ishini qiyinlashtiradi.
Mustahkam tarkib topgan stereotip l.P. Pavlovning so'zlari bilan aytganda, «qattiq urishib qolgan, ko'pincha qiyinchilik bilan o'rganadigan, yangi sharoit, yangi qo'zg'ovchilar arang yenga oladigan bo'lib qoladi». (I.P.Pavlov. Полное собрание сочинений. 2-kitob, III tom 333-bet). Nerv jarayon- larining sistemaliligi haqidagi l.P. Pavlov ta’limoti hayvonlaming xulq-
atvoriga o'tmish tajribasining ta’sir etish mexanizmlarini ochib beradi. Juda
mustahkam o'rnashib qolgan odat va malakalar stereotiplarga asoslanadi.
4. Odamning yuksak nerv faoliyatining xususiyatlari
Yuksak nerv faoliyatining yuqorida bayon etilgan qonuniyatlarini l.P.
Pavlov hayvonlar ustidagi tajribalarida ochib berdi. Pavlov ta’limotiga ko'ra, odamning yuksak nerv faoliyati ham o'sha qonuniyatlarga bo'ysunadi. «Katta yarim sharlarga jo bo'lgan yuksak nerv faoliyatining eng umumiy asoslari taraqqiyotning yuqori darajasiga chiqqan hayvonlarda, shuningdek, odam- larda bir xil ekanligiga shubha qilmasa bo'ladi, shuning uchun ham bu faoliyatning elementar hodisalari taraqqiysi yuqori darajaga chiqqan hay
vonlarda ham, odamlarda ham bir xil bo'lishi kerak» (O'sha kitob, IV tom, 415-bet). «Ammo takomil topib borgan hayvonlar olamida odam paydo bo'lishi bilan, - deydi l.P. Pavlov, — nerv faoliyati mexanizmlarida bunga qadar bo'lmagan yangi, g'oyat muhim qo'shimcha sodir bo'ldi». Odamda yangi shartli qo'zg'ovchi so'z, nutq paydo bo'ldi, hayvonlarda esa bunday qo'zg'ovchi yo'q. Odam so'zlashni bilganligidan undagi yuksak nerv faoliyati asosiy qonuniyatlarining ko'rinishlari hayvonlardagi yuksak nerv faoli-
yatidan sifat jihatidan tubdan farq qiladi.
«Odam bilan hayvonga ta’sir qiladigan hamma umumiy real shartli qo'zg'ovchilar singari, so'z ham odam uchun shartli real qo'zg'ovchidir, ammo, shu bilan birga, so'z hamma boshqa qo'zg'ovchilarga nisbatan shunchalik keng imkoniyatga egaki, bu tomondan hayvonlarga xos bo'lgan shartli qo'zg'ovchilar bilan uni sifat jihatidan sira taqqoslab bo'lmaydi. So'z ulg'aygan odamning o‘tgan butun umri ichida katta miya yarim sharlariga ta’sir qilib turgan barcha tashqi va ichki qo'zg'ovchilar bilan bog'langan bo'ladi, bulaming hammasidan signal beradi, hammasining o'mini bosadi va shu sababdan organizmning haligi qo'zg'ovchilar ta’siri bilan belgilana- digan barcha harakatlarini, reaksiyalarini yuzaga chiqara oladi» (O'sha ki
tob IV tom, 429-bet). Hayvonga voqelikdan darak beruvchi signallar faqat ko'rish, eshitish va organizmning boshqa retseptorlarining maxsus hujayrala- riga bevosita boradigan ta’sirlar va bulaming katta miya sharida qoladigan izlaridan iborat desak bo'ladi. l.P. Pavlov ta’limotiga ko'ra, «bu voqelikdan
signal beruvchi birinchi signal sistemasi bo'lib, bu sistema bizda ham, hayvonlarda ham bor» (O'sha kitob, III tom, 2-kitob, 335-336-betlar). «Ammo so'zlar, — deydi Pavlov, — voqelikning odamga xos bo'lgan ikkinchi, maxsus signal sistemasini tashkil etadi». So'z bevosita narsa va hodisalardan olingan signallaming o'mini bosadi, shuning uchun ham, Pavlov uni (so'zni) signallaming signali deb atadi. Har qanday so'z, eshitilgan, qilgan, baland ovoz bilan yoki ichida aytilgan so'z odamning tajribasi bilan bog'langan bo'lib, xilma-xil birinchi signallar haqida signal beradi.
Shunday qilib, odamning katta yarim sharlar po'stida birinchi signal sistemasidan tashqari, ikkinchi signal sistemasi ham bor, ikkinchi signal sistemasi odamning yuksak nerv faoliyatini hayvonlarning yuksak nerv faoliyatidan ajratadigan, sifat jihatdan yangi sistemadir.
Ikkinchi signal sistemasi mehnat jarayonida, kishilarning tarixiy taraqqiyoti jarayonida kelib chiqqan, shu bilan birga, u odamning ijtimoiy hayotining zarur shartidir.
Odam bilan muhit o'rtasidagi murakkab munosabatlaming hammasi ikkinchi signal sistemasi orqali voqe bo'ladi. Ikkinchi signal sistemasi «odamga jo bo'lgan munosabatlarda eng doimiy va qadimgi regulator» bo'lib qoldi. Ammo ikkinchi signal sistemasi birinchi signal sistemasidan ajralgan holda voqe bo'lmaydi, balki u bilan mahkam bog'langan holda voqe bo'ladi.
Ikkinchi signal sistemasining mexanizmlari tafakkur va nutqning fiziologik asosidir. Ikkinchi signal sistemasi, birinchi signal sistemasi bilan o'zaro ta’sir etar ekan, tafakkur faoliyati kuzatish, logik xotira, his va iroda bilan chambarchas bog'langan funksiyalarning ham fiziologik asosidir.
Ill bob.
Psixikaning taraqqiyoti haqida so‘zIaganda: 1) hayvonlar psixikasining taraqqiyotini, 2) odam ongining tarixiy taraqqiyotini, 3) odam psixikasining yoshga qarab taraqqiy qilishi nazarda tutiladi.
Yuqorida ko‘rsatilganidek, psixika organik hayotning taraqqiyoti jarayonida paydo bo'lgan. Organik materiyaning anoiganik materiyadan farq qiladigan xususiyatlaridan biri shuki, organik materiya seskanuvchandir, ya’ni tashqaridan bo'lgan ta’sirlaiga seskanib javob beradi. Muhitning ta’siri bilan qo‘zg‘aladi. Masalan, bittagina hujayradan iborat bo'lgan amyoba tashqi ta’sirga javob berar ekan, shu ta’sirga qarab harakatlanadi yoki undan qochadi.
Organik materiyaning bundan buyongi taraqqiyot bosqichlarida yangi xossa — sezuvchanlik, sezish xossasi paydo bo'ladi, ya’ni organizmga ta’sir etadigan narsalarning xossalarini aks ettiruvchi sezish qobiliyati paydo bo'lgan. Bu sezish xossasi nerv sistemasining kurtaklariga ega bo'lgan hayvonlar vujudga kelgan vaqtda, balki undan ham ilgariroq eng boshlang'ich shaklda paydo bo'lgan A.N.Leontev gipotezasiga ko'ra, sezuvchanlik «...genetik jihatdan olib qaraganda muhitning organizmni boshqa ta’sirlar bilan bog'lovchi, ya’ni organizmning muhitda oriyenti- rovka qilishga yordam beruvchi signallik vazifasini o'tovchi ta’sirlarga
seskanuvchanlikdan boshqa narsa emas» (A.N.Leontev. Проблемы развития психики. М., «Мысл», 1965, 45-bet). A.N.Leontev seskanuvchanlikdan sezuvchanlikka o'tish boshqacha hayot tarixi bilan bog'liq deb ko'rsatadi va yuksak tashkil topgan hayvonlarda sezuvchanlik taraqqiy etadi, sezgi a’zolari tarkib topadi, deb ko'rsatadi.
Sezish qobiliyatining paydo bo'lishi psixika taraqqiyotidagi dastlabki davrdir. Keyinchalik hayvonlar nerv sistemasining taraqqiysiga va jumladan sezgi organlarining taraqqiysiga qarab, tashqaridan bo'ladigan ta’sirni aks ettirish, sezish qobiliyati o'sib, tobora murakkablasha bordi. Masalan, maxsus sezgi organlari bo'lmagan eng sodda hayvonlarda, aftidan, faqat umumiy, differensiallashmagan sezuvchanlik mavjud bo'lsa kerak. Taraqqiyotning ancha yuqori bosqichlarida hayvonlarda sezgi organlari paydo boMadi, nerv sistemasining analiz qilish qobiliyati ham o‘sadi. Biologik taraqqiyotning yuqori bosqichlarida hayvonlarning ba’zi turlarida sezgi organlari hayron qolarlik darajada takomillashadi. Masalan, burgutning ko'rish organi, itning hid bilish organlari va hokazo.
Nerv sistemasi sezgi organlarining taraqqiyoti, shu bilan birga hayvonlar psixikasining taraqqiyotiga, hayvonlarning hayot kechirish tarziga, shu hayvonlarning qayerda, qanday yashashiga, qanday oziqlanishiga, qanday ovqat topishiga, kimga qarshi kurashishiga va shu kabilarga bogiiqdir. Masalan, parrandalar umrining ko‘p qismini havoda, uchib yurib o'tkazadi. Bunday hayot kechirish bepoyon bo'shliqlarda adash- maslik zaruriyatini tug'diradi. Shuning uchun ham parrandalarning, ayniqsa, yirtqich va ko'chib yuradigan parrandalarning ko'ruv organi va ко'rib idrok qilish xususiyatlari ham taraqqiy qilgandir. Maymunlar asosan daraxtlarda hayot kechiradi. Shunga ko'ra, maymunlaming ko'z bilan chamalash, harakatlarni uyg'unlashtirish va chaqqon ushlab olish xususiyati, darrov vaziyatga qarab ish ko'rish qobiliyati paydo boigan. Hayvonlar psixikasining taraqqiysida tevarak-atrofdagi tabiat xususiyatlari, o'sha
turga kiradigan hayvonlarning birgalashib yashashi katta ahamiyatga egadir. Uy hayvonlari psixikasining shakllanishida odamzod muhiti katta rol o'ynaydi. Bir sharoitdan ikkinchi bir sharoitga ko'chib o'tgan hayvonlarning psixikasi ham bir qadar o'zgarishi mumkin.
Hayvonlar o'z turiga kiradigan hayvonlar to'dasidan chetda o'sganda ularning xatti-harakatida ba’zi bir xususiyatlar paydo boiadi. Uy hayvonlari doimo odamga yaqin yurganidan, ularning xatti-harakatlari shu turga kiradigan yowoyi hayvonlar xatti-harakatiga qaraganda juda ham boshqacha boiib tuyuladi.
Hayvonlarda bo'ladigan xatti-harakatlarning ikki xil shaklini, ya’ni tug'ma (yoki nasldan-naslga o'tadigan) xatti-harakatlar bilan hayvonlarning o'z tirikchiligi tajribasi natijasida paydo qiladigan (yoki hosil qiladigan) xatti-harakatlarni bir-biridan farq qilmoq kerak. Ammo tug'ma xatti-ha- rakatlar shakllari bilan hayvonlarning o'z tirikchiligi tajribasida hosil qilingan (individual) xatti-harakatlar shakllarini bir-biriga qarama-qarshi qo'yish yaramaydi. Tug'ma xatti-harakatlar shakllarining o'zgarishi va individual xususiyatlarga aylanishi mumkin, individual xatti-harakat shakllari esa tug'ma xatti-harakatlar shakllari zaminida hosil boiadi. Buni
quyida ko'ramiz.
Hayvonlar xatti-harakatining asosiy tug'ma shakli instinktlardir. Hay- vonlaming o'z tirikchiligi tajribasi natijasida hosil bo'ladigan (individual) xatti-harakat shakllariga ko'nikmalar va kurtak holdagi fahm bilan aloqa- dor harakatlar kiradi.
Instinktlar hayvonlarning o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun qiladigan murakkab tug‘ma harakatlaridir. Masalan, ko‘p qushlar juda ustalik bilan in yasar ekan, material (cho'p-char, loy) tanlash va inni pishiq qilib qu- rish yo‘lida xilma-xil harakatlarni bajaradi. Qaldirg‘ochlarning ini bunga
yaxshi misol bo'la oladi. O'rgimchaklar garchi in to‘qish «san’atini» oldindan o'rganmagan bo'lsa ham, o'z inlarini zo‘r «mahorat» bilan to'qiydilar. Asalari o'z kataklarini, go‘yo puxta hisob qilib turganday, aniq reja bilan ko'radi. Hayvonlarning instinktlari juda xilma-xil boMadi. Hayvonlarning biologik ehtiyojlariga qarab, ularning instinktiv harakatlarini quyidagi turlarga bo'lish mumkin; ovqatlanish instinkti, saqlanish instinkti, nasi qoldirish instinkti va poda (to‘da) bo'lib yashash instinkti.
Ovqatlanish instinkti. Bu instinkt hayvonning o'zi uchun zarur ovqat qidirib topish, ovqat g'amlash va shu kabi harakatlarida zohir bo'ladi. Masalan, endigina tuxum po'chog'ini yorib chiqqan jo'ja donni va non uvoqlarini cho'qiydi, ularni qidirib topa biladi. Asalarilarning asal qidirib to'plashi va g'amlab qo'yishi hammaga ma’lum.
Saqlanish instinkti. Bu instinkt hayvonlarning dushmandan saqlanish tug'ma usullarida va dushmanga hujum qilish qobiliyatida zuhur etadi. Masalan, mushuk bolasi o'ziga tikilib turgan kuchukni birinchi marta ko'rganda yo shkafning tagiga kirib ketadi yoki stulning ustiga, daraxtga chiqib oladi. Bordi-yu, mushukning o'zi hujum qiladigan bo'lsa, kuchuk- ning nozik joylariga yuz-ko'ziga chang solmoqchi bo'ladi.
Nasi qoldirish instinkti. Bu instinkt jumladan, ota-onalik instinkti sifatida yaqqolroq ko'rinadi. Hayvonlar o'z bolalarini parvarish qilish tug'ma mahoratiga ega bo'lib, u naslining kelajagi haqida katta g'amxo'rlik qiladi. Hayvonlarning ba’zi bir turlari, xususan, hasharotlar, o'z avlodini ko'rmaydi, ammo, bolalari o'sib mustaqil hayot kechira olishi uchun, ular tuxum qo'yganda o'z nasliga qulay joy va ovqatni oldindan tayyorlab ketadi.
Ko'klamda yo'lda yoki yo'l yoqasida bir juft qo'ng'izning go'ngni dumalata-dumalata yumaloqlab ketayotganini ko'rish mumkin. Bu yuma- loqlangan go'ng qo'ng'izdan tarqaydigan nasi uchun turar joy va ovqat bo'ladi. Qo'ng'izlar go'ngni ma’lum kattalikda yumaloqlaydi. Urg'ochi qo'ng'iz shu yumaloqlangan go'ng ichiga tuxum qo'yadi, shundan keyin uning og'zini berkitib, xavf-xatarsiz joyga dumalatib boradi. Yumaloqlangan go'ng ichidagi tuxumdan bir necha vaqtdan keyin qurt chiqadi. Bu qurt go'ngdagi moddalar bilan oziqlanib o'sadi, qurt shu joyning o'zida g'umbakka aylanadi, keyin bu g'umbak qo'ng'izga aylanadi. Yosh qo'ng'iz yumaloq go'ng ichidan teshib chiqib, erkin hayot kechira boshlaydi. Shunday qilib, qo'ng'iz o'zining g'amxo'r ota-onasini ko'rmaydi, ota-onasi esa qo'ng'izni ko'rmaydi.
Poda (to‘da) boiib yashash instinkti. Bu instinkt hayvonlarning turli usullar bilan o‘zaro aloqa qilishida va xilma-xil shaklda birgalashib ya- shashida zohir bo‘ladi. Hayvonlarning ba’zi turlari, asosan, o‘txo‘r va sut emizuvchi hayvonlar doimo to‘da bo‘lib yashaydi, hayvonlarning boshqa turlari, asosan, yirtqich hayvonlar esa o‘ziga o'xshash hayvonlar bilan vaqt- bevaqt birgalashib yashaydi. Hasharotlar galasi, qushlar galasi, sut emizuv- chilar to'dasi — hayvonlarning poda (to'da) bo'lib yashash shakllaridir.
Instinktlar mashq qilish yoki o'rganish yo'li bilan hosil bo'lmaydi - ular ota-onadan naslga biologik irsiyat sifatida o'tadi. Instinktlarning nerv-
fiziologik asosi — shartsiz reflekslardir. l.P. Pavlov ta’limotiga ko'ra, instinktlar shartsiz reflekslarning o'zi-yu, lekin ancha murakkab turidir. l.P. Pavlov bunday deydi: «Hozirgi vaqtda instinktlarning ham reflekslardan iborat ekanligi, faqat biroz murakkabroq reflekslar ekanligi yetarli aniqlangan deb hisoblash mumkin» (I.P.Palov, Полное собрание сочинений, III tom, 2-kitob, 51-bet). Instinktlar — bir qancha shartsiz reflekslardan iborat bo'lgan reflekslar zanjiridir. Bu reflekslardan har birining harakatga kelgan payti navbatdagi refleks uchun qo'zg'ovchi bo'ladi. Awalo shuni aytish kerakki, hayvonlardagi instinktlarning obyektiv suratda bama’niligi bilan g'oyat ajablantiradi. Xo'sh hayvonlardagi instinktiv harakatlarning ro'yi rost ko'rinadigan bu bama’niligi va «oqilonaligi» qanday izohlanadi?
Instinktlarning qanday paydo bo'lganligini birinchi marta Ch. Darvin tushuntirib berdi. Darvin ta’limotiga ko'ra, hayvonlarning instinktlari uzoq, evolutsion taraqqiyot jarayonida, tashqi muhitga moslashish jarayonida, hayot sharoitiga bog'liq holda paydo bo'lgan.
Bu kurashda, tevarak-atrofdagi muhitga moslashishda foydasiz bo'lib qolgan harakatlar, shuningdek, befoyda organlar yo'qolib ketgan, zararli harakatlar hayvonni halokatga olib borgan, foydali harakatlar esa taraqqiyot jarayonida mustahkamlanib, nasldan-naslga o'tgan. Shu bilan biiga, instinktlar butun bir avlodga yoki hayvonlarning, butun bir turiga mus
tahkam o'rnashib qolgan harakatlardan iborat.
Instinktiv harakatlar hayvonlarga foydali bo'lgandagina ma’qul keladi, ya’ni bama’ni bo'ladi, ammo hayvonlardagi instinktlarning bama’niligi ham juda cheklangandir. Hayvonlarning instinktlari bir qolipda (shablon) bo'ladi. Hayvonlar yashaydigan sharoit salgina o'zgarishi bilan ularning
harakatlari bema’ni bo'lib qoladi. Masalan, o'rgimchak iniga pashsha tush- sa, darrov ta’zirini beradi: unga yopishib, yeb qo'yadi. Ammo o'rgimchak bilan pashsha boshqa joyda (masalan, stakanda) yonma-yon qo'yilsa, o'rgimchak pashshadan qochib ketadi.
Parranda o'z tuxumlarinigina emas, balki boshqa qushlarning tuxum- larini, gipsdan yoki yog'ochdan yasalgan sun’iy tuxumlarni, hatto tuxum- ga bir qadar o'xshaydigan boshqa har qanday narsalarni ham bosib yotaveradi. Holbuki, parrandaning bu harakatlari tamomila bema'nidir. Ichki sekretsiya bezlarining faoliyatidan kelib chiqadigan ichki ta’sirlar ko'pgina instinktlar uchun (masalan, jinsiy instinkt uchun) xarakterlidir. Hayvonni jinsiy instinktni ado etishga qo'zg'aydigan ichki mexanizmlar boimasa, tashqi ta’sirning bir o‘zi bu instinktni yuzaga chiqarolmaydi; jinsiy bezlari olib tashlangan ariga tashqaridan har qanday ta’sir bo'lishiga qaramay u in yasamaydi, nasi uchun ovqat g'amlamaydi va hokazo. Shu munosabat
bilan psixikaning emotsional jarayonlar kabi shakli vujudga keladi va yanada taraqqiy etadi.
Biror ehtiyoj va tegishli tashqi sharoit mavjud bo‘lgandagina bir turga kiradigan hayvonlar odatda hamma harakatlarni ko‘p nasllarning umri davomidagi muayyan bir namunaga muvofiq bajaradi. Ammo hayvonlarning hamma turlaridagi instinktlar barcha nasllarda doimo o‘zgarmasdan qolaveradi, deb o'ylash yaramaydi. Organizmlar ular uchun yangi boMgan hayot sharoitiga tushib qolsa, yangi xossalar paydo qilishi mumkin. Bu xossalar mustahkamlanib, nasldan-naslga o'tadi. Hayvonlarning instinktlari ham shunday yo‘l bilan 0 ‘zgaradi. Tashqi muhitga moslashish jarayonida, tajribaga va hayvon yashaydigan sharoitga qarab, ayrim instinktlar so‘nishi yoki aksincha, murakkablashishi, o'zgarishi mumkin. Masalan, qaldirg'ochlar doimo bir qolipda in qursalar ham, lekin, ba’zida, muhit o'zgarishlarining ta’sirida, bu inlarning salgina boshqacha qilib
qurilganini ko'rish mumkin. Uy hayvonlarining instinktlari ularning yov- voyi ajdodlari instinktiga qaraganda, ayniqsa, ko'p o'zgaradi. Demak, tug'ma nerv bog'lanishlari (shartsiz reflekslar) obyektiv sharoitga mos kelmay qolsa, turning taraqqiyot jarayonida sekin-asta o'zgarib, so'nib qolishi mumkin. Shu bilan birga, o'zgargan tashqi sharoitga qarab, hayvon miyasida nerv sistemasida yangi bog'lanishlar hosil bo'lishi mumkin, shunga ko'ra organizm muhitga ko'proq muvozanatlashadi, hayvon hayot sharoitiga yaxshiroq moslashadi.
Ko'nikma - hayvonlarning individual hayoti davomida paydo qiladigan harakatlaridir.
Masalan, o'rgangan it qo'l uzatilsa, oldingi oyog'ini beradi; it eshikni oyog'i yoki tumshug'i bilan ochadi, «o'yinga tushadi», keyingi oyoqlari bilan tikka yuradi, ot aravaga kiradi va hokazo. Bunday harakatlar ko'nikmalar deb ataladi. Hayvon instinktiv harakatlar yordami bilan qanday ehtiyojlarini qondirsa, hosil qilingan ko'nikma yo'li bilan ham o'sha
ehtiyojlarini qondiradi. Itning «o'yinga tushishi» yoki «oldingi oyog'ini berishi» uning ovqat olishiga yordam beradigan harakatlardir. Hayvonlarning ko'nikmalari shartsiz reflekslar, instinktlar asosida, shuningdek. ilgari hosil boMgan shartli reflekslar asosida vujudga keladi. Ko‘nikmalar hayvonning biron ehtiyojini qondirishga yordam beradigan yangi (instinktiv harakatlardan o‘zgacha) harakatlarni qayta-qayta takrorlash yo'li bilan vujudga keladi. Shunday qilib, ko‘nikmaning nerv-fiziologik mexanizmi shartli refleksdir. Ko‘nikma hosil qilish hayvonda shartli reflekslarning birinchi yoki butun bir sistemasini hosil qilish demakdir. Yangi harakat paydo qilish va uni mustahkamlab qolish awalo hayvon turgan sharoitga bogMiq. Masalan, itga ovqat beriladigan idishni uyga olib kirib, uy eshi- gini yopib qo‘yildi, deylik. It buni ko‘radi. It ovqatga ehtiyoj sezganda eshikka yugurib boradi, uni oyogM yoki tumshugM bilan ochishga urinib, ko'pgina poyma-poy harakatlar qiladi. Shu betartib harakatlar davomida it eshikni oyogM yoki tumshugM bilan bexosdan ochib yuboradi. Bu harakat bir necha marta takrorlanadi. Oyoq yoki tumshuqning o‘ng kelgan
harakatlari mustahkamlanib qoladi, natija bermaydigan foydasiz harakatlar esa yo'qoladi, it keyinchalik eshikni oyogM yoki tumshugM bilan be- malol ochadigan boMib qoladi. Hayvonda bama’ni harakatning yangi ko'nikmasi, yangi usuli taxminan shunday vujudga keladi. Hayvonlarning ko'nikmalari ota-onasidan «o'rganish» yoMi bilan ham hosil boMadi. Masalan, bo‘rilar bolalarini ovga shunday «o‘rgatadi»: qari bo‘ri qilgan harakatlarni yosh bo‘rilar takrorlaydi. Bu yerda «o'rganish» taqlid qilish instinktiga asoslangandir.
Uy hayvonlarini odam «o'rgatganida» ular ko'p ko'nikma hosil qiladi. Kishilarning hayvonlarda shu tariqa ko'nikmalar hosil qilishi o‘rgatish (dressirovka) deb ataladi.
Yuksak darajadagi hayvonlarning ba’zi ko'nikmalari juda murakkab boMadi va hatto aqllilik belgisi bo'lib ko'rinadi. Masalan, o'rgatilib, sirk sahnasiga olib chiqiladigan hayvonlarning ko'rsatadigan harakatlari: fillar raqsi, ayiqlaming velosiped minib yurishi, sherlarning akrobatik harakatlari, it, otlarining «matematik masalalarni» yechishi va hokazolar shun- daydir. Bulaming hammasi shartli reflekslar hosil qilishga asoslangandir. Hosil boMgan ko'nikmalar ayrim hollarda, hayvonlarning hayot sharoitiga qarab, mustahkamlanishi va irsiy bo'lib qolishi yangi instinktiv harakatlar shaklida nasldan-naslga o'tishi mumkin. l.P. Pavlov fiziologlar- ning 1913-yilda gronengenda bo'lib o'tgan xalqaro kongressida bunday
degan edi: «Yangi paydo qilingan shartli reflekslarning ba’zilari keyinchalik irsiyat yo'li bilan shartsiz reflekslarga aylanadi, deyish mumkin» (O'sha asar, III tom, 1-kitob, 273-bet).
Bir vildan keyin — 1914-yilda, Pavlov yanada ko'proq ishonch bilan bunday dedi: «Yangi paydo boMgan reflekslar birin-ketin bir qancha nasl- larda hayot sharoiti birday saqlangan taqdirda, uzluksiz ravishda doimiy reflekslarga aylanishi juda ham ehtimol (va bunga endi faktlar dalil bo'la
oladi). 0 ‘sha kitob, 281-bet.
l.P. Pavlov ta’limotiga ko'ra, hayvonlar paydo bo‘lib ularda nerv sis
temasi vujudga kelishi bilanoq shartli reflekslar, ya’ni organizm bilan tashqi muhit o'rtasidagi muvaqqat nerv bog'lanishlari vujudga kela boshlagan. Biologik jihatdan nihoyatda muhim va organizmning hayotini saqlash uchun zarur bo'lgan bu muvaqqat nerv bog'lanishlari bir qancha nasl- lardan-nasllarga o'tib, takrorlanib, doimiy (shartsiz) bog'lanishlarga, ya’ni instinktlarga aylangan. Hayvonlarda shartli reflekslar hosil bo'lish jarayonida nerv sistemasining o'zi ham o'zgargan va takomillashib borgan. Shunday qilib, l.P. Pavlov ta’limotiga ko'ra, yuksak nerv faoliyati hayvonlarning taraqqiyotida yetakchi rol o'ynaydi. Hayvonlar ko'nikmalar hosil qilish tufayli, tashqi muhitning o'zgaruvchi sharoitiga chaqqonroq va yax- shiroq moslashadigan bo'lib qoladi.
Yuqori darajada taraqqiy qilgan hayvonlarning (masalan, it, maymun- laming) ba'zi harakatlarini ko'rganimizda ba’zan ularga «ziyrak», «sez-
gir», «tiyrak» degan va boshqa shu kabi sifatlar beramiz. Hayvonlarda shunday harakatlar ko'rinadiki, bu harakatlardan bizga hayvon qanday bo'lmasin maqsadga yetish yo'llari yoki vositalarini tanlaganday, qanday bo'lmasin masalani hal etganday, awalgi tajribani yangi sharoitga qarab tatbiq etganday tuyuladi. Hayvonlarning tafakkuri haqidagi masala sohasida so'nggi vaqtlarda
g'oyat ko'p eksperi- } • ■--i mental tekshirish o'tkazildi, bu tajriba ishlarining ko'pchiligi maymunlarning turli zotlari ustida olib borildi. Masalan N.N.Ladigina Kots ning tekshirishlari shimpanzeda boshlang'ich abstraksiya
qobiliyatlari borligini ko'rsatadi: maymun- lar o'zi idrok qiladi
gan narsalarning rangini shakli va 11-rasm. Maymunlarda murakkab tanlash-ajrarish hajmidan ajratar qobiliyati borligini ко ‘rsatuvchi tajriba.
ekan, shuningdek, shaklni rang va jismdan ajrata olar ekan. Hatto tuban darajadagi maymunlarda ham anchagina murakkab tanlash-ajratish qobiliyati borligini tajriba ko‘rsatib berdi.
Professor Roginskiy mana bunday tajriba qilgan: maymunlar oldiga turli tomonga qaratib, uzun-uzun bir necha tasma va arqon uzala yotqizib qo'yilgan. Shu tasma va arqonlardan ba’zilarining uchiga yemish bog'lab qo'yilgan. Maymunlar bu tasma va arqonlarni bir-biridan farq qilmay bir necha marta ushlab ko'rganidan keyin, oxiri, tasma va arqonlaming qay
xilda cho'zilib yotganidan qat’i nazar, yanglishmay xuddi o'sha yemish bog'langan tasma va arqonlarni darrov ajratib, topib olganlar.
Maymunlaming sun’iy suratda yaratilgan sharoitda o'zlari uchun yangi, murakkab harakatlarni bajarishga qobil ekanliklari ma’lum bo'ldi. Maxsus tajriba qilib ko'rilganda shu narsa ayon bo'lganki, maymunlar baland joyga qo'yib qo'yilgan yemishlarni tushirib olish uchun yonlarida turgan yog'ochni «qurol» tariqasida ishlata olganlar, ayrim hollarda esa yemishlarni tushirib olish uchun yog'ochlarni bir-biriga ulaganlar yoki buyumlarni
qalashtirib, ustiga chiqib olganlar.
Maymunlaming tafakkurini tekshirishda l.P. Pavlovning xizmati, ayniqsa, kattadir. l.P. Pavlov sinchiklab tajriba qilib, maymunlaming fahm
bilan aloqador harakatlar qila olishini ko'rsatib berdi. Masalan, tajriba qilingan Rafael deb atalgan maymun eshiklarning turli xil zanjir va ilgaklarini ulaming har biriga yarasha asbob bilan ochishga, olovga suv sepishga, yashik- larni taxlab zinapoyacha qilib, balandga chiqishga o'rgandi.
l.P. Pavlov o'z tajribalariga, shuningdek, boshqa tekshiruvchilaming
tajribalariga asoslanib, maymunlaming fahm bilan aloqador harakatlarini materialistik asosda uqtirib berdi. Maymunlaming fahm bilan aloqador bu harakatlari ular miyasining shartli reflektor faoliyatidir, albatta.
l.P. Pavlov maymunlaming tafakkuri, fahmi o'ylashda emas (maymunlar
o'ylamaydi), balki harakatidadir, degan xulosa chiqaradi. «Maymunning tafakkurini uning harakatlarida o'z ko'zingiz bilan ko'rasiz», «maymunning goh uni, goh buni qo'liga olib ko'rib qilayotgan barcha ish-harakat- lari, o'z ko'zingiz bilan ko'rib tuiganingizdek, ish-harakatda namoyon bo'lgan tafakkurdir. Bu qisman awallari hosil qilingan, qisman hozir ko'z o'ngingizda hosil bo'Iayotgan, ko'z oldingizda bir-biriga qo'shilayotgan bir qancha as-
sotsiatsiyalardir. Albatta, bu fahm eng elementar fahmdir» — deydi I. P.Pavlov («Павловские среды», II tom, 431-bet).
Bu tafakkuming elementar tafakkuriigi shundaki, hayvonlar shu paytda o'zi idrok qiladigan voqelik doirasidagina «fikrlaydi», ulaming fahm bilan aloqador harakatlari faqat biologik ehtiyojlarni qondirish yo'lidagi harakat - lardir, xolos.
Hayvonlar o'ylamaydi, ulaming fikmi ifodalaydigan va ma’lum bir shakl- ga kiritadigan tili yo'q. Yuqori darajada taraqqiy qilgan hayvonlarda faqat birinchi signal sistemasining muvaqqat bog‘lanishlari tafakkurning nerv- fiziologik mexanizmlari boiib xizmat qiladi.
Hayvonlarda vujudga kelgan harakat usullari biridan ikkinchisiga o‘tmaydi. Bu harakat usullarini qaysi hayvon topgan boisa, faqat o‘sha ayrim hayvonniki bo‘lib qoladi. Hayvonlarning kurtak holidagi tafakkuri taraqqiy etmaydi. Bu tafakkurning zohir bo'lishi tafakkurning nav- batdagi, yuksak va murakkabroq shakllari taraqqiy etishi uchun bir bosqich bo'lolmaydi. Hayvonlarning tafakkuri namoyon bo'ladigan harakatlar ularning fe’l-atvorida asosiy o'rin tutmaydi. Hayvonlarning fe’l- atvori (xatti-harakatlari)dagi asosiy shakllari instinktlari bilan ko'nikmalardan iborat. Hayvonlarning ana shu oddiy kurtak holidagi tafakkur faoliyati ayni vaqtda hayvon psixika taraqqiyotidagi yuksak bosqich hisoblanadi.
Hayvonlar psixologiyasi — zoopsixologiya degan maxsus fan hayvonlar psixikasini tekshirish bilan shug'ullanadi. Bu fan hayvonlardagi psixik hayot shakllarining taraqqiyotini ulardagi nerv sistemasining taraqqiyotiga va biologik sistematikaga (hayvonlarning har xil turlariga), shuningdek, hayvonlarning hayot kechirish xususiyatlariga qarab o'rganadi. Zoopsixologiya turli hayvonlar psixikasining taqqoslab tekshirganidan chog'ishtirma psixologiya deb ham ataladi. Shu psixologiyaning o'zi psixika taraqqiyotini hayvon organizmlarining biologik tuzilishiga qarab tekshirgani uchun yana biologik psixologiya deb ham yuritiladi.
Hayvonlar psixikasining paydo bo'lishi va o'sib taraqqiy qilinishini yuksak darajada taraqqiy etgan psixikaning, ya’ni faqat insonga xos bo'lgan ongning ilk tarixi arafasi desa boiadi.
Inson ong egasi boiganligi tufayli hodisalaming o'zaro sababiyatlari, bog'lanishlarini va bu bog'lanishlarning natijalarini ochib ola biladi, o'z oldiga muayyan maqsadlar qo'yadi va shu maqsadlarga yarasha ish ko'radi. Odam ongi, psixikasi yuksak darajada tashkil topgan materiyaning, ya’ni miyaning xossasidir. Shu bilan birga, odam ongini ijtimoiy hayot sharoitiga bog'lagan holda taraqqiy qiladi. Ong insonning eng awalgi ota-bobosi qurol yasab, mehnat qila boshlagan va shu tufayli ijtimoiy hayot kechira boshla- gan paytdan e’tiboran paydo bo'lgan.
Odamning eng awalgi ota-bobolari to'da-to'da boiib yashagan. Mehnat jarayonida insonni jamiyatiga yaqinlashtiradi. Odam tashqi tabiatga ta’sir etib va uni mehnati bilan o'zlashtirish jarayonida o'zining tabiatini ham o'zgartirib boradi. Odamning eng awalgi ota-bobolari mehnat jarayonida qayta tuzilib odam organizmi takomillasha borgan.
Inson ongining taraqqiy qilishida so‘zsiz mehnat jarayoni muhim rol o‘ynadi. Avlod-ajdodlarimiz mehnat qilish natijasida o‘z ehtiyojlari uchun kerak bo'lgan buyumlami tabiatdagi bor bo'lgan yog'och, tosh kabilardan yasash natijasida ulaming onglari takomillasha borgan.
Ayni mehnat qurollari tayyorlanishi, qo'ldan turli-tuman ishlarda foy- dalanishi tufayli odamzod qo'lining panjalari rivojlandi. Odam mehnat qil
gan sayin so'zlashni o'rgandi, nutq vujudga keldi, odamtilga kirdi, so'zlashni o'rgana boshladi, so'zlay berish munosabati bilan, nutq ila qilinadigan muomalada til taraqqiy eta bordi va mehnat bilan bir qatorda, odam bosh
miyasi va ongining yanada o'zgarishi, takomillashuvi uchun asosiy faktor bo'lib qoldi.
Odam miyasining nisbiy hajmi ham o'zgardi va ancha kattalashdi. Bosh miya po'stining yuzasi ham kattalashdi (2000 kv. sm), miyaning va miya po'stidagi ayrim qismlarning tuzilishi o'zgardi. Katta yarim sharlaming
peshana va tepa bo'laklari, ayniqsa, takomil etdi. Odam miyasining peshana bo'lagi miya po'sti yuzasining taxminan 30 foizini egallaydi. Bosh miya po'stining ensa bo'lagi odamda 12 foizini egalladi. Odam miyasining po'stida
yangi markazlar hosil bo'ldi, hayvonlarning miya po'stida esa bunday markazlar yo'q. Odam miyasining po'stida nutq markazlarining hosil bo'lishi, ayniqsa, katta ahamiyatga ega bo'ldi. Odamda ikkinchi signal sistemasi
vujudga keldi va tarkib topdi, ikkinchi signal sistemasining ishlashi odamdagi yuksak nerv faoliyatining hayvonlardagi yuksak nerv faoliyatidan farq qiladigan asosiy xususiyatidir.
Odamda moddiy dunyo taraqqiyotining muayyan bosqichida paydo bo'lgan ong taraqqiy qilib va o'zgarib bordi. Lekin ongning tarixiy taraqqi
yoti biologik qonunlar bilan emas, balki ijtimoiy qonunlar bilan belgilandi. Kishilar ongi ijtimoiy hayot shakllarining tarixiy o'zgarishlariga muvofiq ravishda taraqqiy qilib bordi. Jumladan, kishilar ongining tarixiy taraqqiyo
ti ishlab chiqarish usullariga, ishlab chiqarish munosabatlarining o'zgarishiga va shu jamiyat ideologiyasiga qarab bordi.
Ideologiya deb biron jamiyat, sinfning siyosiy, falsafiy, ma’naviy, estetik (san’at), diniy qarashlar sistemasini aytiiadi. Ideologiya, boshqacha ayt- ganda, ijtimoiy ong deb ataladi. Psixologiyada tekshiriladigan individual ongni, ya’ni har bir ayrim kishi ongini ijtimoiy ongdan farq qilish kerak.
Barcha kishilar tevarak-atrofdagi dunyoni seza va idrok eta oladilar.
Barcha kishilarda xotira va xayol bor. Barcha kishilar fikrlaydilar va til vositasi bilan o'zaro aloqa qiladilar. Barcha kishilar turli hislarni ko'ngildan kechiradilar va o'z irodalarini namoyon qiladilar.
Odam ongining ayrim tomonlari va funksiyalarining tarixiy taraqqiyoti
Odam ongining ayrim tomonlari va funksiyalari tarixan taraqqiy qilib kelgan. Kishilarda faqat ularning o'ziga xos bo'lgan, ehtiyojlar vujudga keldi va taraqqiy etdi.
Ehtiyoj odamning kun kechirishi, yashashi va kamolga yetishi uchun zarur narsalarning hammasi demakdir.
Odam yashash, hayot kechirish uchun o'z ehtiyojlarini qondirishi lozim.
Ehtiyoj hayvonlarda ham bor. Ammo hayvonlarda faqat biologik, tug'ma ehtiyojlar bo'ladi, ovqatlanish, o'z-o'zini himoya qilish, nasi qoldirish ehtiyojlari bor, xolos. Odamda bu biologik ehtiyojlardan tashqari, yana yuksak ehtiyojlar — bilish ehtiyojlari, ijtimoiy, ma’naviy, estetik va boshqa shu kabi ehtiyojlar bor. Bu ehtiyojlar tug'ma ehtiyojlar emas, ular tarixan taraqqiy etgan. Ijtimoiy zot bo'lgan odamning biologik ehtiyojlari ham tarixiy taraqqiyot jarayonida sifat jihatidan tubdan o'zgargan.
Kishilarning ehtiyojlari ijtimoiy tuzum shakllarining taraqqiyotiga qarab o'zgaradi.
Tarixda odam miyasi taraqqiy etishi bilan birga sezgi ko'ruv, eshituv, tuyg'u organlari, ayniqsa, yuksak kamolotga erishdi. Odam musiqani, nafis suratlarni va boshqa san’at asarlarini idrok etishga qodir bo'ldi. Qo'l asosiy mehnat organi bo'lish bilan birga asosiy tuyg'u organi ham bo'lib qoldi.
Odamning tarixiy taraqqiyotida uning idroki va xotira faoliyati ham takomillashib va sifat jihatidan o'zgarib turdi. Tashqi dunyodagi narsa va hodisalami anglab-bilib, shu bilan birga kengroq va chuqurroq idrok etadi
gan bo'ldi, o'z faoliyatidagi tajriba mahsulini anglab-bilib esda qoldiradi- gan va undan anglab-bilib foydalanish qobiliyatiga ega bo'ldi.
Inson tafakkuri ham tarixiy taraqqiyot mahsulidir
Odamzod tafakkuri dastlab elementar mehnat faoliyati bilan chambarchas bog'langan edi. Bu aniq-amaliy tafakkur edi. Keyinchalik tafakkur aniq tafakkurdan abstrakt tafakkur sari na amaliy tafakkurdan nazariy tafakkur
sari taraqqiy qilib bordi. Albatta, abstrakt va nazariy tafakkur tajribadan ajralmagan holda o'sib bordi. Mantiqiy tafakkur shakllari ham mehnat tajri- basida va dunyoni bilish jarayonlarida hosil bo'ldi va o'sib bordi.
Odam hodisalar o'rtasidagi muhim aloqa va munosabatlarni, tabiat va ijtimoiy hayot qonunlarini tafakkur yordami bilan ochib oladi. Insonning ong idora qiladigan faoliyati endi faqat oddiy qo'l mehnati qurollari, ovqat, kiyim-kechak va turar joyinigina yaratib qolmay, balki fan, san’at, murakkab texnikani ham yaratadi. Kishilar ilmga asoslangan dunyoqarash ya- ratishga intiladilar va shunga harakat qiladilar. Taraqqiy qilayotgan fan,
texnika va san’at esa o'z navbatida kishilar ongining o'sishiga, ulaming ma’naviy qiyofasiga, tafakkuriga ta’sir etadi.
Awalgi nasllaming tajriba va bilimlari tilda mustahkamlanib, keyingi nasllarga o‘tib keldi. Mehnat aloqalarida takomillashib boigan til o‘z navbatida kishilarning ongi va tafakkuri taraqqiyotiga ham ta’sir etdi. Yo- zuvning takomillashuvi tufayli kishilarning o'zaro aloqasi va bir-biriga ta’siri mislsiz darajada kengaydi va mazmundor bo'lib qoldi. Kishilar bir-birlari
bilan bevosita aloqa qilish orqaligina emas, balki uzoq masofadagi kishilar
bilan va ilgari o'tgan kishilar bilan bavosita «aloqa» bog'lash yo'li bilan ham ularning ongi, bilim va tajribasi bilan boyiydigan bo'lib qoladi. Til kishining butun ongli faoliyati bilan chambarchas bog'langandir. Yuqorida ko'rsatib o'tilganidek, til mehnat bilan bir qatorda inson jamiyati va ongini taraqqiy ettiradigan ikkinchi asosiy faktordir.
Mehnat jarayoni va ijtimoiy munosabatlaming tarkib topish jarayonida tafakkur va til bilan birga, odam irodasi ham paydo bo'ldi hamda tarixan o'sa bordi. Odam, ish ko'rishdan oldin o'z harakatlarini tasawur qiladi, shu harakatlarni oldin o'ylab ko'radi, qo'yilgan maqsadga yetish uchun anglab-bilib g'ayrat ko'rsatadi, ro'y bergan qiyinchiliklarni yengib o'tadigan
bo'lib qoladi. Iroda bilan bo'ladigan harakatlar — ongli harakatlar shakllanadi. Shu bilan birga, odamning iroda-ixtiyor bilan qiladigan harakatlari bo'ladi. Tevarak-atrofdagi muhitni o'zlashtirish, uni o'z ehtiyojiga mos- lashtirish imkonini paydo qildi. Odam iroda egasi bo'lganligi tufayli tarixiy taraqqiyot jarayonida tabiatni o'ziga asta-sekin bo'ysundirdi, uni o'ziga xizmat qilishga majbur etdi. Odam tabiatni, tevarak-atrofdagi olamni o'z maqsadlariga muvofiq qilib o'zgartiradi, unga yangilik kiritadi. O'sha tari
xiy taraqqiyot jarayonida, uzoq kurash yo'li bilan insonlar ijtimoiy muhi- tining stixiyali ta’siridan qutuladi, ijtimoiy taraqqiyot qonunlarini sekin- asta bilib olib, ijtimoiy hayotga uyushgan holda ta’sir ko'rsata boshlaydi, inson jamiyatining taraqqiyotini muayyan yo'lga sola boshlaydi.
Mamlakatimizda mustaqillikning g'alaba qilishi odamzod shaxsining — undagi barcha kuch va qobiliyatlarning yayrab-yashnashi uchun mislsiz katta imkoniyatlar yaratib berdi. Ishlab chiqarish vositalarining ijtimoiy mulkligi ishlab chiqarish munosabatlarining asosi ana shu yangi munosa- batlami aks ettiradigan yangi ong ham paydo bo'ldi. Kishilar ongidagi bu yangilik kishilar o'rtasidagi munosabatlaming o'zgarishida, mehnatga mu- nosabatning o'zgarishida, kishilar saviyasining o'zgarishi va kengayishida, ulaming o'z faoliyatida oldilariga qo'yadigan g'oyalaming o'zgarishida o'z ifodasini topdi. Kishilarning o'zaro munosabatlarida o'rtoqlarcha hamkor
lik va ishlab chiqarish jarayonida o'zaro yordam, hamkorlik qaror topdi.
Bizda kishilarning mehnatga munosabati ham tubdan o'zgardi: ilgari og'ir va mashaqqatli yuk deb hisoblangan mehnat shon-sharafga, shavkat va qahramonlik ishiga aylandi. Mehnatda zavq-shavq qo'zg'aydigan manbalar paydo bo'ldi. Bizda mehnat faqat yashash vositasi bo'libgina qolmay, balki, ehtiyojga shu bilan birga, shodlik va bardamlik manbalariga aylandi. Kishi- laming yuksak hislari — Vatanimiz baxt-saodati uchun ijodiy mehnat qili
shida yangilik yaratish, kashfiyot bilan shug'ullanishda o‘z ifodasini topmoq- da. Ozod kishilarning erkin mehnati zo‘r ijodiyot ekanligini, bu ijodiyotda kishining barcha jismoniy va ma’naviy kuchlari munosib ravishda qo‘shilishini, korxonalarimizning ilg‘orlari va tadbirkorlari amalda ko‘rsatmoqdalar.
Kishilarning o‘zaro munosabatlari o'zgarishi bilan mehnatga yangicha munosabat qaror topishi bilan kishilarning ongi ham o'zgardi. Ular o'z jamiyatiga qarshi bosh ko'taradigan kishilar emas, balki o'z jamiyatining a’zosi uning fidoiysidirlar. Ular Vatan oldidagi burchini, vazifalarini doimo
yaxshi anglaydigan kishilardir. Mustaqillik davrida kishilarning fikr-hislari, intilishlari va irodasi ham o'zgardi.
Kishilar ongining o'zgarishida ijtimoiy tuzum qancha yuqori bo'lsa, ijtimoiy muhitning o'sib kelayotgan avlod ongiga ta’siri shuncha ortadi. Mustaqillikka erishishimizning o'zi kishilarning ongini o'zgarishiga sabab bo'ldi. Jamiyatning bolalar ongiga ta’sir etishida ta’lim-tarbiyaning roli kattadir. Chunki bolalar yoshligidan atrofdagi kishilar bilan munosabatda bo'lib, bilimlar, ko'nikma va malakalami egallaydilar. Bolani o'rab olgan ijtimoiy muhit (tabiat, jamiyat, jamoa va guruh), mehnat va til faqat inson shaxsi taraqqiyotining shartlarigina bo'lib qolmay, bolalar uchun maktabda o'quv predmetiga aylanadi. Bilim va ko'nikmalarni egallash bolaning ma’naviy jihatdan o'sishiga yordam beradi, dunyoqarash shakllanadi.
Inson ongining o'zgarishida uning faollik ko'rsatishi ham muhim ahamiyatga ega. Agar bola tug'ilganidan boshlab faollik ko'rsata boshlasa, keyin- chalik bu faollik faoliyatga aylanadi. Faoliyat esa kishining o'zini o'rab olgan tabiatga, ijtimoiy muhitga va ayrim kishilarga ta’sir ko'rsatishidir. Bulaming hammasi kishilar ongining o'zgarishiga sabab bo'ladi.
Ma’lumki, har bir odamning ongi tug'ilish paytidan boshlab, butun umr bo'yi o'sib boradi. Odam ongining yoshga qarab o'zgarish sababi ni- mada, degan savol tug'ilishi tabiiy.
Turmushdagi kuzatishlar va biologlar, jamiyatshunoslar, psixologlar va pedagoglarning ko'pgina ilmiy tadqiqotlari bu savolga quyidagicha javob qaytarishimizga asos beradi: har bir kishi, ongining yoshga qarab taraqqiy etishi shu kishi organizmining o'sishiga, ijtimoiy muhit ta’siriga, ta’lim va tarbiyaga, shuningdek, odamning o'z faoliyatiga bog'liq.
Bola organizmi o'sib, kamolga yetib boradi. Organizmning ayrim a’zolari o‘sadi va takomil etadi, shu a’zolarning sifati o£zgaradi. Nerv sistemasi taraqqiy etib va chiniqib boradi. Masalan, bola bir yoshga tolguncha bosh miyasining oglrligi ikki marta oshadi, to‘rt-besh yoshlai^ga borganda bosh miya oglrligi uch marta oshadi. Miyaning o‘sishi 20 yoshgacha, ba’zan undan keyin ham davom etadi.
Bola shartsiz reflekslar bilan tuglladi, ammo hayotining birinchi oyi- dayoq, shartsiz reflekslar asosida, tashqi ta’sirlar tufayli shartli reflekslar ham vujudga kela boshlaydi. Bola bir yoshga tolib, ikkinchi yoshga qadam
qo‘yganda bosh miya po‘stining faqat odamga xos boigan yuksak funksiyasi tarkib topadi, l.P. Pavlov bu funksiyani ikkinchi signal sistemasi deb atagan edi. Yuqorida aytganimizdek, l.P. Pavlov ta’limotiga ko‘ra, ikkinchi signal sistemasining mexanizmlari tafakkur hamda og‘zaki va yozma nutqning nerv-fiziologik negizi hisoblanadi.
Takomil etuvchi nerv sistemasi, jumladan, bosh miya - taraqqiy etayotgan odam psixikasining moddiy substrati (asosi)dir. Ammo organizm o'sishining o‘zi hali odam shaxsini, undagi psixik hayot mazmuni va shakllarini belgilab bermaydi. Bola tayyor bilim va mahorat, tasawur va qobiliyat, tayyor havas va xarakter bilan tugllmaydi. Organizmning o‘sishiga bogliq boigan psixik hayot imkoniyatlari haqiqatan yuzaga chiqishi uchun bola anchayin o*sish bilangina qolmay, ijtimoiy muhitda, odamlar orasida yashashi va kamolga yetishi kerak.
Bolalarni go‘dakligida yowoyi hayvonlar (maymunlar, bo‘rilar) o‘g‘irlab ketishi, bu bolalaming tirik qolib, odamlarga aralashmasdan o‘sish hodisalari anchagina ma’lum. Ammo, bunday bolalarda odamga xos boigan psixik qobiliyatlar ulaming yoshiga yarasha taraqqiy etgan emas.
Bu faktlar shuni ko‘rsatadiki, organizmning inson jamiyatidan tashqa- rida o‘sishining o‘zi shaxsning psixik taraqqiyotini ta’minlay olmaydi.
Organizm o‘sishi bilan, jumladan, nerv sistemasi o‘sishi bilan psixik hayot mazmuni va shakllarining taraqqiysi uchun imkoniyat vujudga keladi, xolos. Bu imkoniyatlarning yuzaga chiqish boisi shuki, odam ijtimoiy muhitda yashaydi va kamol topadi. Odam biologik zot sifatida emas, balki ijtimoiy zot sifatida kamolga yetadi.
Umuman odam ongi ijtimoiy tarixiy hayot sharoitida vujudga kelib, kamolga yetgani kabi, har bir odam ongi ham faqat muayyan ijtimoiy muhitda kamol topadi.
Bola tug‘ilgan paytidanoq, muayyan ijtimoiy hayot sharoitida tarkib topgan ijtimoiy munosabatlar sharoitida, ijtimoiy ong shakllari qaror topgan bir sharoitda boiadi, bola mehnat sharoitining ta’sirida boiadi, tevarak-atrofdagi kishilar bilan so‘zlashib, aloqa qilib turadi. Go‘dak bolaning o‘zi mehnat qilmaydi, albatta. Ammo u mehnat sharoitida yashaydi va o‘sadi. Bolaning atrofida ijtimoiy ishlab chiqarish mahsuli bo'lgan narsalar turadi; u mehnat samaralaridan foydalanadi; katta yoshli kishilar bola uchun mehnat qiladilar, so‘ngra bola voyaga yetib, mehnatning biron turiga ki- rishadi, mehnatga biron munosabatda bo'ladi. Xuddi shuningdek, bola tug‘ilgan kuniyoq tilga kirmaydi. Ammo boshqa kishilar bolaning oldida unga murojaat qilib so‘zlaydilar. Bola so'zlashuvchilar orasida o‘sadi, so'ngra
bola ma’lum yoshga yetgach tilga kirib, so‘zlashadigan bo‘lib qoladi.
0 ‘sayotgan bola tilni bilib oladi, tilning yordami bilan esa awalgi nasl- laming to'plagan moddiy va ma’naviy tajribasini bilib oladi, ayni vaqtda o'zining psixik kuchlarini ham kamolga yetkazadi.
Odam kamolga yetadigan muhit qandaydir o'zgarmas bir narsa emas.
Har bir odamning, har bir bolaning ongi o'zgaruvchi muhit ta’sirida kamol topadi. Sinfiy jamiyatda bu muhit sinfiy bo'ladi. Shu sababli, aniq muhitga qarab, o'sayotgan odam ongi ham har xil tarkib topadi va kamolga yetadi.
Hamma sharoitda bola bolaligicha, yigit-yigitligicha qoladi, albatta. Ammo ijtimoiy hayot, turmush va madaniyat sharoitiga qarab, tarbiyaga qarab, o'smirlar va yigit-qizlaming xususiyatlari tarkib topadi.
Tevarak-atrofdagi ijtimoiy muhit odamning o'sayotgan ongiga, asosan, uyushgan tartibda ta’sir etadi. Ijtimoiy formatsiya qancha yuqori bo'lsa, ijtimoiy muhitning o'smir avlod ongiga uyushgan tartibdagi ta’siri shuncha
katta bo'ladi.
Inson jamiyati bolalar ongiga asosan tarbiya va ta’lim yo'li bilan uyushgan ta’sir ko'rsatadi. Bola tevarak-atrofdagi kishilar bilan xilma-xil o'zaro munosabatlarga kirishar ekan, go'dakligidanoq bilim, mahorat va malaka
orttira boshlaydi. U awal oila sharoitida yoki maktabgacha tarbiya muas
sasasida, so'ngra maktabda o'qiydi, ta’lim oladi. Tevarak-atrofdagi muhit (tabiat va jamiyat), mehnat va til odam shaxsini kamolga yetkazadigan sharoit bo'lish bilan biiga, bola o'sgan sayin maktabda o'rganadi, shuningdek, tarbiya vositasi sifatida foydalaniladi.
Ta’lim va tarbiya odamni kamolga yetkazadigan asosiy yetakchi fak- tordir. Buning sababi shular:
1. Organizm o'sishining o'zi va muhitning stixiyali ta’siri berolmay- digan narsani odam ta’lim va tarbiya jarayonida oladi. Masalan, bola ona tilini tevarak-atrofdagi muhitning «stixiyali» ta’sirida ham bilib olishi mumkin. Ammo, o'qish-yozishni faqat maxsus ta’lim olish yo'li bilan o'rganishi mumkin.
Odam qo'l-oyog'ining xilma-xil harakatlari organizmning o'sishi bilan birga va shu organizm yashaydigan sharoitga qarab takomil etadi. Ammo, maxsus mehnat va texnik ko'nikma hamda malakalarini odam faqat o'qib- o'rganish yo'li bilan egallab oladi.
2. Odamning noqulay organik takomil natijasi bo‘lgan nuqson ham ta’lim va tarbiya yo‘li bilan zarur tomonga qarab o‘zgartiriladi. Masalan, ba’zi bolalaming ayrim nuqsonlar bilan — ko‘r, kar (kar-soqov, ko'r-kar- soqov) bo‘lib tug'ilishi ma Ium. Ammo, maxsus tashkil etilgan ta’lim va tarbiya yordami bilan bunday bolalar aqli to‘la-to‘kis o‘sadi. Bunga ko'r- kar-soqov Olga Skoroxodova yorqin misol bo‘la oladi. Olga o‘qib, oliy maiumot oldi, bir qancha ilmiy asarlar va she’r to'plamlari yozdi.
3. Muhitning stixiyali salbiy ta’sir etish natijasi boigan kamchiliklar ham ta’lim va tarbiya yoli bilan zarur tomonga o‘zgartiriladi. Masalan, 9-
10 yashar bolalarda ba’zan muhit ta’siri bilan ba’zi yomon odat va mayllar — tamaki chekish, karta o‘ynash, so‘kinish va shunga o'xshash yaramas odatlar paydo bolishi mumkin.
Maxsus pedagogik usullar bilan ta’sir etib, bu yaramas odat va mayllar- ni bartaraf qilish va o'rniga boshqa yaxshi odatlarni singdirish mumkin.
4. Ta’lim va tarbiya shaxs taraqqiyotida progressiv ahamiyatga egadir. Muhitning stixiyali ta’siri odamning taraqqiyotini shu muhit darajasiga yetka- za oladi. Ta’lim va tarbiyada shu progressiv jamiyat darajasidan tashqariga chiqadigan maqsadlar (ideyalar) qo'yiladi. Masalan, pedagogik sistemamizda kelajak kishilarini, yanada mukammal kamol topgan shaxsni yetishtirishni maqsad qilib qo'yamiz. Bunday maqsad yosh avlodda psixikaning kamolga yetish xususiyatlarini ham belgilab beradi, yoshlarda haqiqiy maqsadga intilish, yashash va ishlashga intilishning taraqqiy etishini ta’minlaydi. Shunday maqsad qo'yilar ekan, tarbiya va ta’lim shaxs taraqqiyotida yoshda
progressiv ahamiyatga ega bo'ladi.
5. Ta’lim jarayonida bolalar o'z aqlini ilm bilan boyitib, bir qancha mahorat va malaka olib, shu bilan birga o'zlari ham kamol topadilar.
Bolalaming kamolga yetish darajasi biror bilim va malakalami o'zlashtirish imkoniyatiga bog'liq. Bilim va malakalami o'zlashtirish jara
yoni esa o'z navbatida bolalaming jismoniy va ma’naviy jihatdan kamol topishiga imkon beradi.
Ta’lim jarayonida bolalaming iroda va ma’naviy sifatlari takomillasha- di, ulaming dunyoqarashi tarkib topadi. Ta’lim — odamning tabiiy qobiliyatlarini uyg'otish va rivojlantirish uchun muhim shartlardan biridir.
Har bir shaxsning kamolga yetishi faqat organizmning o'sishiga, muhit hamda ta’lirn va tarbiya vositalarining ta’sir etishiga bog'liq bo'lish bilangina qolmaydi; har bir shaxsning kamol topishi shu kamolga yetayotgan kishining faol ishtiroki bilan bo'ladi. Bu faoliyat awalo shunda ko'rinadiki,
bola muhitning, tarbiyachilar va o'qituvchilaming o'ziga ko'rsatayotgan ta’siriga ijobiy yoki salbiy munosabatda bo'ladi.
Bolaning tashqaridan bo'ladigan ta’sirlaiga biror munosabatda bo'lishi awal organizmning tuzilish va faoliyat xususiyatlariga, shuningdek, unda kelib chiqqan ehtiyojlarga bogMiq. 0 ‘sayotgan organizmning xususiyatlariga
va paydo boMayotgan ehtiyojlariga qarab, bolaning ba’zi psixik xususiyatlari yoshlik davridan tarkib topa boshlaydi. Shunga qarab, takomil etayotgan odam o'ziga ko'rsatiladigan ta’sirlarni bolalik davridanoq, turlicha va turli darajada o‘zlashtiradi. Bola hayotining dastlabki kunlaridanoq ko‘rinadigan faol munosabat keyinchalik faoliyatga aylanadi. Bu faoliyat esa odamning tevarak-atrofdagi tabiiy muhitga, ijtimoiy muhitga va ayrim kishilarga ta’sir etishi demakdir. Agar bola mutlaqo qimirlamay turaversa (amalda bunday
boMishi mumkin emas, albatta) psixikasi taraqqiy etmagan bo'lar edi.
Har bir zotning o‘z taraqqiyoti uning kamolga yetishida katta rol o'ynaydi. Odamning o'z taraqqiyoti faoliyatda yuzaga chiqadi. Odamning o'z taraqqiyoti yosh sayin ongli jarayonga aylanib, faoliyatning o'z-o'zini tarbiyalash degan maxsus turiga aylanadi. Odam boshqalarni tarbiyalash bilangina qolmay, o'z-o'zini ham tarbiyalaydi. Shuning uchun har bir odam umrin- ing qandaydir yoshidan boshlab qandaydir darajada, maktab yoshidan boshlab esa o'zining xatti-harakatiga tegishli tarzda javobgar boMadi.
Yosh psixologiyasi degan maxsus fan odam psixikasining yosh sayin taraqqiy etishini tekshiradi. Bu fan odam yoshining turli bosqichlarida psixikaning ketma-ket taraqqiy etish xususiyatlari va qonuniyatlarini o'rganadi. Odam umri davomida (ontogenezda) ong va shaxs ketma-ket qanday tarkib topishini tekshirish, odam yoshining har bir bosqichida
go'daklik davridan tortib to keksayguncha bu psixika strukturasining qanday spetsifik xususiyatlari borligini bilish, odam psixikasining yoshga qarab taraqqiy etishi qanday faktorlarga bogMiq ekanligini aniqlash yosh psi- xologiyasining vazifasidir.
Yosh psixologiyasi sistemasida bolalar psixologiyasi alohida muhim o'rinni egallaydi. Bu fan chaqaloqlik, go'daklik, maktabgacha tarbiya yoshi, maktab yoshida psixika qanday taraqqiy etishini o'rganadi. Bu o'sish davr- lari odam shaxsi va ongining tarkib topish davri hamdir.
Psixologiyaning maxsus sohalari «Yoshlar psixologiyasi», «Kattalar psixologiyasi», «Keksalar psixologiyasi» ham yosh psixologiyasi sistemasida
o'ziga munosib o'rinni egallaydi.
Shaxs deb aniq bir kishini aytamiz. Har bir kishi jamiyat a’zosi bo'lib, tarixan tarkib topgan muayyan ijtimoiy munosabatlar sharoitida yashaydi va ishlaydi. Shaxsni ta’riflaydigan muhim psixologik belgilarga to‘xtab o'taylik.
Shaxsning ijtimoiyligi, ongi va o'zini anglashi
Odamning shaxs sifatidagi asosiy belgisi uning ijtimoiyligi, shu bilan birga psixik hayotning yuksak shakli boMgan ongi va kishilarning o'zaro so‘zlashib aloqa qilish vositasi bo'lgan tilidir. Inson hayotida o‘zaro munosabatlar muhimdir.
Shuningdek, o'zaro munosabatlaridan qat’i nazar, tug'ilish paytidanoq unga shaxsning butun asosiy psixik mazmuni xosdir, go'yo har bir odam o'zining tayyor «meni» bilan, o'zini anglashga tayyor bo'lib tug'ilgan deb
da’vo qiluvchi idealistik qarashlarga umuman qarshi qaratilgandir.
Jamiyatdan tashqarida odam odam bo'lolmaydi va kishilar o'rtasidagi ijtimoiy aloqa ularning amaliy faoliyatidagi, ijtimoiy ishlab chiqarish jara-
yonidagi munosabati bilan belgilanadi. Odam boshqa kishilarga munosabatda bo'lish tufayligina ongliroq bo'lib qoladi va uning psixik hayoti muayyan mazmunga ega bo'ladi. Ana shu munosabatlar nechog'li mazmundor va rang-barang bo'lsa, odamning psixik hayoti ham shunchalik mazmundor
va rang-barang bo'ladi. Odam ongining yuksak belgisi — uning o'zini anglash- idir, odamning o'zini anglashi ham shaxsning muhim belgisidir. Shaxsning
o'zini anglashi shundan iboratki, odam jamiyatda taraqqiy etar va ishlar ekan, tevarak-atrofdagi muhitda o'zining individligini, subyektligini ajrata- di. Odam tevarak-atrofdagi olamni biluvchi va shu dunyoga ta’sir etuvchi zot sifatida har bir odam subyektdir, odamning idrok etadigan, tasawur qiladigan, fikr yuritadigan, tilga oladigan va ta’sir ko'rsatadigan narsasi uning uchun obyektdir. Odamning o'zini anglashi subyektiv ravishda o'zini «men» deb his qilishida ifodalanadi.
Odam ijtimoiy zot bo'lganligidan unga o'zini anglash qobiliyati xosdir.
Ammo odam jamiyatning bir a’zosi va olamning bir qismidir, shu sababli odam tevarak-atrofidagi olamdan ajratsa ham, ayni vaqtda shu olam bilan bog'langanligini anglaydi. Odam o'z tevarak-atrofidagi olamdan o'zini ajral- gan holda o'zini «men» deb anglay olmaydi, chunki odam ongining, o'zini anglashining, «men»ining mazmuni o'sha odam atrofidagi real-voqelik in’ikosidir.
Shaxsning o'zini anglashi shunda ifodalanadiki, odam tevarak-atrofda- gi olamda o'zini ajratish bilan bir vaqtda, o'zining shu olamga uzviy ravishda bog'langanligini anglaydi, o'ziga, o'z faoliyatiga va o'z vazifalariga anglab- bilib munosabatda bo'ladi.
Shaxsning o'zini anglashi, «men» deb his qilishi hamisha muayyan mazmuni bilan yuzaga chiqadi. O'zining borligini anglashi, odamning o'zini kim deb bilishi — o'quvchi, ishchi, o'qituvchi, muhandis va shunga o'xshash deb anglashi, o'zining o'tmishini va kelajagini anglashi, boshqa kishilar bilan o'zaro munosabatini anglashi, o'z huquq va burchlarini anglashi, o'zining fazilat va kamchiliklarini va shunga o'xshashlami anglashi o'zini anglashga kiradi. Shaxs o'zini anglaganligidan o'zini-o'zi kuzata oladi va o'zini-o'zi bilib oladi, ko'nglidan o'tgan kechinmalami tushuna oladi, o'zining xatti-harakatlariga o'zi tanqidiy ko'z bilan qaray oladi. Shaxsning o'zini anglashi va o'zini bilishi o'z xulq-atvorini boshqarish uchun zarur shartdir, o‘zini-o‘zi tarbiyalash uchun o‘z aqlini o‘zi o‘stirishi uchun zarur shartdir.
Shaxsning biron maqsadni ko‘zlashi va dunyoqarashi
Shaxsning belgisi va o‘zini anglashining mazmuni — uning biron maqsadni ko'zlashi, shunga intilishidan iborat.
Shaxsning muhim xossasi shuki, u biron maqsadni ko‘zlaydi, shu maqsadga intiladi. Shaxs hamisha biron narsaga, biron maqsadga, biron obyektga ko‘z tikadi, unga intiladi, voqelikning real sohalari ana shunday obyekt boMadi, ammo haqiqatda yo‘q boMgan, xomxayoldan kelib chiqqan narsalar ham shunday obyekt boMmogM mumkin.
Shaxs o‘z hayotida muayyan bir ideal uchun, kishi istiqbolning o‘z umrida amalga oshirish lozim deb hisoblaydigan va amalga oshiradigan barkamol obrazi uchun intiladi va shuni o‘ziga oliy maqsad qilib oladi. Odam shu maqsadni deb yashaydi va hayotining ma’nosi shunda deb bila- di. Odamning intilishlari, hayot maqsadi muayyan va barqaror maqsad boMishi uchun shu yuksak ideal ham xomxayol mahsuli boMmasdan, balki haqiqatan ham hayotiy, barqaror va doimiy ideal boMishi kerak. Yuksak ideal yoki oliy maqsad kishining dunyoqarashidan kelib chiqqandagina
barqaror va ideal boMa oladi.
Dunyoqarashning boMishi ham shaxsning muhim belgisidir. Dunyoqarash odamning tabiat va ijtimoiy hayot hodisalari haqidagi qarashlari,
tasawurlari va tushunchalari sistemasidir.
Sinfiy jamiyatda yagona dunyoqarash yo‘q va boMishi mumkin emas. Dunyoqarash tashqi olam va inson tafakkurining jarayonlari haqida muntazam qarashlar sistemasini beradi. Bu dunyoqarash fanning yutuqlariga va insoniyatning ko‘p asrlik tajribasiga asoslanadi. Odamning ko‘zlagan maqsadi,
xatti-harakati dunyoqarashga mos boMib, shaxsning ehtiyojiga aylanganda bu dunyoqarash maslak boMib qoladi.
Ideallar (oliy maqsadlar) va dunyoqarashning mavjudligi ham odamning o‘z ongiga qo‘shiladi. Odam o‘z ideallarini anglab, o‘z dunyoqarashi va maslaklarini bilib olib, hayotda va jamiyatda tutgan o‘rnini aniqlaydi, nimani deb yashayotganligini va ishlayotganligini; o‘zini, o‘z faoliyatini qay yoMdan kamolga yetkaza borishi kerakligini, jamiyatda qanday kishi boMib yetishuvi zarurligini aniqlab oladi.
Shaxsning muhim belgisi faqat odamga xos maxsus ehtiyojlaming bor- ligidir.
Ehtiyojlar odamning kun ko‘rishi va yashashi uchun zarur narsalardir.
Odam yashamoq, kun kechirmoq uchun o‘z ehtiyojlarini qondirishi kerak. Ehtiyojlar hayvonlarda ham bor. Ammo hayvonlarda faqat biologik, tug'ma ehtiyojlar boMadi — ovqatlanish, saqlanish, nasi qoldirish ehtiyojlari bor, xolos. Odamda esa biologik ehtiyojlardan tashqari, yana yuksak ehtiyojlar — bilish ehtiyojlari, ijtimoiy ehtiyojlar, ma’naviy, estetik va boshqa shu kabi ehtiyojlar bor. Bu ehtiyojlar tug‘ma ehtiyojlar emas — ular tarixan taraqqiy etgan. Ijtimoiy zot bo'lgan odamning biologik ehtiyojlari ham
tarixiy taraqqiyot jarayonida sifat jihatdan o‘zgaigan.
Kishilarning ehtiyojlari ijtimoiy tuzum shakllarining taraqqiysiga qarab o'zgaradi. Har bir ayrim odamning ehtiyojlari ijtimoiy muhit, tarbiya va tajribasiga qarab taraqqiy etadi. Ehtiyojni qondirish jarayoni hayotning muhim bir tomonini tashkil etadi. Odam yuksak darajadagi ma’naviy ehtiyojlari borligi bilangina emas, balki o'zining ehtiyojlari (shu jumladan, biologik ehtiyojlami ham) anglashi bilan ham hayvonlardan farq qiladi. Ehtiyojlar odamni g'ayratga kirgizadi, uning faoliyatini hamma turlariga dalda beradi.
Yuqorida aytilganidek, hayvonlar o'zining ehtiyojlarini tug'ma instinktiv harakatlar yordami bilan va instinktlar asosida vujudga kelgan ko'nikmalar yordami bilan qoniqtiradi. Odam shaxs bo'lganidan o'z ehtiyojlarini ongli, oqilona harakatlar yordami bilan qondiradi. Shu bilan biiga, odam faqat insonga xos bo'lgan madaniy ijtimoiy ehtiyojlamigina emas, balki tabiiy, biologik ehtiyojlarini hamoqilona qondiradi. Shu bilan birga, odamning harakati hayvonlar harakatidan tafovut qilib, ijodiy xarakterda bo'ladi. Hay
vonlar tevarak-atrofdagi muhitga faqat moslashadi, undan tayyorini oladi. Odam muhitga moslashish bilangina qolmaydi, balki shu muhitni qayta ko'radi, o'zgartiradi, o'ziga moslashtiradi. Shaxsning oqilona iroda bilan bo'ladigan faoliyati ijodiy mehnatda sodir bo'ladi. Odam yangilik yaratadi, ijod qiladi, shu yangilikni tevarak-atrofdagi voqelikka qo'shadi, voqelikni
o'zgartiradi va to'ldiradi.
Kishilarning ijtimoiy mehnat faoliyati tufayli yer sharining butun qiyo- fasi o'zgardi — yangi geografik muhit vujudga keldi, deyish mumkin.
Shaxsning individual xususiyatlari uning belgisi hisoblanadi. Har bir odamning o'ziga yarasha shaxsiy xususiyatlari bor. Bir-biriga o'xshaydigan, ammo tamomila bir xil bo'lmagan kishilar bor. Odamning individual xususiyatlari aqlida, hislarida, irodasida namoyon bo'ladi. Har bir odam o'ziga yarasha idrok etadi, eslab qoladi, o'ziga yarasha fikr yuritadi va so'zlaydi.
Har kim turli hislarni o'ziga yarasha ko'ngildan kechiradi va turli sharoitda o'ziga yarasha ish qiladi. Har bir odamning o'ziga xos temperamenti va
xarakteri, o'ziga yarasha individual layoqat-qobiliyatlari va qiziqish-havaslari bor.
Yuqorida aytilganlardan, shaxsning mohiyati faqat yuqorida ko'rsatilgan psixik belgilardan iborat ekan, degan ma’no chiqmaydi. Shaxsning tarkibiy qismi odam organizmi — gavdasidir. Odamni shaxs deb aytganimizda umuman odamni — uning ongi va organizmini nazarda tutamiz.
IKKINCHI QISM
BILISH PSIXIK JARAYONLARI
IV bob. SEZGILAR
Tevarak-atrofimizda boMgan va bizga ta’sir etib turadigan narsa va hodisalaming xilma-xil xossalari bor. Bu xossalar ko‘ruv, eshituv, tuyg‘u organlari va shunga o'xshash sezgi organlari yordami bilan ongimizda bevosita aks etadi. Sezgi organlarimizga ta’sir etadigan narsalardagi ayrim xossalarning miyamizda shu tariqa bevosita aks etishi sezgi deb ataladi. Biz qizil, yashil ranglarni, shirin, achchiq ta’mlarni, og‘ir-yengilni, issiq- sovuqni va shu kabilami sezamiz. Sezgi organiga ta’sir etib, sezgini vujudga keltiradigan har bir narsa (yoki hodisa) qo‘zg‘ovchi deb ataladi, uning ta’siri esa qo'zg'alish deb yuritiladi.
Sezish jarayoni quyidagicha ro‘y beradi: 1) narsa yoki hodisalar sezgi organlariga (retseptorga) ta’sir etib, tegishli sezuvchi nervning chekka (peri- feri) uchlarini qo‘zg‘aydi; 2) shu yerda kelib chiqqan qo‘zg‘alish o‘sha nervning o‘tkazuvchi yoMi orqali bosh miya po‘stining tegishli markaziy
hujayralar sistemasiga o'tadi; 3) bu yerda nerv qo‘zg‘alishi psixik hodisa-
ga, ya’ni sezgiga aylanadi.
Sezish jarayonining ana shu 3 bosqichi l.P. Pavlov tomonidan analizator deb atalgan sezuvchi nerv apparatining tuzilishiga muvofiq ravishda o'tadi. Yuqorida aytganimizdek, har bir analizator sezuvchi nervning chekka tarmoqlaridan, o‘tkazuvchi yoMdan va bosh miya po'stining markaziy hujayralaridan iborat. Analizatorning yuqorida ko'rsatilgan qismlaridan birortasi zararlansa, sezgi hosil boMolmaydi. Nomidan ham ko'rinib tu- ribdiki, analizatorlar tevarak-atrofdagi olam ta’sirlarini analiz qilib bera
di. Analizatorlar insonning ko‘p asrlardan beri davom etib kelgan tarixida hayot uchun nihoyatda muhim bo'lib kelgan qo'zg'ovchilami boshqa
qo'zg'ovchilardan ajratadi, ularni bir-biridan ayirib beradi.
Har bir sezgi odatda xush yoki noxush tuyg'ular bilan bog'langan bo'ladi. Bu sezgining hissiy yoki emotsional toni deb ataladi. Masalan, shirin narsa kishiga huzur beradi, taxir-bemaza narsa ko'ngilni behuzur qiladi. Ba’zi sezgilarda hissiy ton juda kuchli bo'ladi. Masalan, ortiqcha to‘yish, ochiqish, og‘riq sezgilari shundaydir.
Sezish jarayonida tug'iladigan xush yoki noxush tuyg'u ayni vaqtda organizmning qo'zg'ovchi ta’siriga javoban reaksiyasiga sabab bo'ladi (bu reaksiya ba’zan arang bilinadi). Bu reaksiyalar bolalik davrida, ayniqsa, yaqqol ko'rinadi. Ana shu reaksiyalarga qarab, bolalaming biron sezgini boshdan kechirayotganini bilamiz. Ana shu reaksiyalaming borligi sezgining nerv-fiziologik mexanizmi refleksdan iborat ekanligini ko'rsatadi.
Sezgilar xilma-xil bo'ladi. Turli-tuman sezgini qaysi sezgi organlari yordami bilan hosil qilsak, ularni o'sha organlarga qarab odatda, quyidagi turlarga, ya’ni ko'rish sezgilari, eshitish sezgilari, hid bilish sezgilari, ta’m (maza) bilish sezgilari, teri sezgilari, muskul-harakat sezgilari va organik sezgilarga ajratiladi. Sezgi organlari qayerda ekanligiga va qayerdan qo'zg'alishiga qarab, ulami uch guruhga ajratish mumkin: eksteroretsep-
torlar, proprioretseptorlar va interoretseptorlar.
Eksteroretseptorlar organizmning sirtida bo'ladi — ko'rish, eshitish, hid bilish, ta’m (maza) bilish, teri sezgisi, muskul harakat sezgisi va or
ganik sezgi organlari shu jumladandir.
Bu a’zolar tashqi sezgi a’zolari deb ataladi. Organizmimizdan tashqari- dagi narsa va hodisalaming xossalari ana shu a’zolar yordami bilan aks ettiriladi. Shu a’zolar orqali kelib chiqadigan sezgilar (ko'rish, eshitish
sezgilari va hokazo) eksterioretseptiv sezgilar deb ataladi.
Proprioretseptorlar muskul, pay va boylamlarda bo'ladi. Organizmimiz va undagi ayrim a’zolaming turli harakatlarini va vaziyatini ana shu a’zolar yordami bilan sezamiz. Bu a’zolar proprioretseptiv sezgilar deb ataladi. Muskul harakat sezgilari (knestetik sezgilar) va muvozanat sezgilari (sta- tik sezgilar) shular jumlasidandir.
Interoretseptorlar gavdamiz ichidagi organlar — teri, me’da, ichak, jigar, o'pkada bo'ladi. Ovqat hazm qilish, nafas olish, qon aylanish organlari va shunga o'xshash ichki organlardagi jarayonlar (qo'zg'alishlar) vujudga keltiradigan sezgilar shu retseptorlar yordami bilan belgilanadi.
Bu sezgilar interoretseptiv sezgilar deb ataladi. Organ sezgilar degan sezgilar shu jumladandir.
Rang va yorug'likni sezish ko'rish sezgilariga kiradi. Biz sezadigan ranglar xromatik va axromatik ranglarga bo'linadi.
Yorug'lik nurlari uchburchak shisha prizma orqali o'tib, singanda hosil bo'ladigan ranglar xromatik ranglar deb ataladi. Xromatik ranglar kamalak
ranglari bo‘lib, bunga qizil, zarg‘aldoq, sariq, yashil, havo rang, ko‘k va binaf- sha ranglar kiradi. Bu ranglarning turlari nihoyatda xilma-xil bo'lib, juda ko'pdir.
Oq rang bilan qora rang, shuningdek, xilma-xil hamma kul- ranglar axromatik ranglar deb ataladi. Ko‘rish sezgilarining organi — ko'zdir. Bu organ ko'z soqqasi bilan undan chiqadigan ko'ruv nervidan iborat. Ko'z soqqasida uchta parda, ya’ni: tashqi, tomirli va to'r parda bor. Tashqi pardaning tiniqmas (oq) qismi sk- lera (qotgan yoki qattiq parda) deb ataladi. Tashqi pardaning oldingi birmun- cha qavariq qismi tiniq (muguz) parda deb ataladi.
Tashqi pardaning orqasida tomirli parda bor. Tomirli pardaning oldingi
12-rasm. Ko'zning sxematik kesigi:
I—ко ‘rish nervi; 2—to V parda;
3 —muguz parda; 4—oqsil parda;
5—rangdor parda; 6—tomirli parda; 7—sariq dog‘; 8—gavhar; 9—shishasimon jism.
qismi rangdor parda deb ataladi. Rangdor pardaning rangiga qarab, kishilarning ko'k ko'z, qo'y ko'z, qora ko'z deb ataymiz va hokazo. Rangdor pardaning o'rtasida yumaloq teshik bor, qorachiq deb ataladigan ana shu teshikdan ko'zning ichiga yorug'lik nurlari o'tadi. Yorug'likning oz- ko'pligiga qarab, qorachiq kengayishi va torayishi mumkin. Ko'zning uchinchi pardasi — to'r parda boiib, u ko'z soqqasining deyarli butun ichki yuzasini qoplaydi. Qorachiq bilan rangdor pardaning orqasida ikki tomo- ni qavariq, tiniq, jism — ko'z gavhari turadi, yorug'lik nurlari ko'z gavharida turib sinadi va natijadato'rpardaga narsaning aksi (surati) tushadi. Halqa shaklidagi ko'priksimon muskulning uzayishi va qisqarishi tufayli gavhar goh yassilanadi, goh qavaradi: narsa ko'zdan uzoqlashtirilganda gavhar deyarli yassi bo'lib qoladi, narsa ko'zga yaqinlashtirilganda esa gavhar deyarli shar shakliga kiradi. Ko'z gavharida shunday xossa borligidan, yaqindagi narsalarning aksi ham, uzoqdagi narsalarning aksi ham gavhardan o'tib, xuddi to'r pardaga tushadi. To'r parda rangni va yorug'likni sezish uchun asosiy ahamiyatga ega. Ko'ruv nervining tarmoqlari to'r pardada
joylashgandir. Bu tarmoqlaming chekka uchlarida maxsus nerv hujayralari — shaklan tayoqcha va kolbachaga o'xshagani uchun tayoqchalar va kol- bachalar deb ataladigan hujayralar boiadi (13-rasm). Odam ko'zining to'r pardasida 130 millionga yaqin tayoqcha va 7 millionga yaqin kol- bacha bor.
Kolbachalarning yorug‘likka sezgirligi kuchli emas. Kolbachalar yordami bilan biz faqat ravshan (kunduzgi) yorugiikda ko'ramiz. Xromatik ranglar kolbachalar yor
dami bilan ko'riladi. Shu sababli, kolbachalar kunduzgi yorugiikda ko'rish yoki rangni ayirish apparati deb ataladi. Tayoqchalar esa, aksincha, yorug‘likni yaxshi sezadigan bo'lib,
eng xira yorug‘likni ham seza oladi.
Tunda, qosh qorayganda va umuman xira yorug‘likda tayoqchalar yordami bilan ko‘ramiz. Tayoqchalar — g‘ira-shirada ko'rish apparatlaridir. Tayoqchalar yordami bilan faqat axromatik ranglar ko‘riladi. Shu sababli, g‘ira-shirada xromatik ranglar
13-rasm. Ко ‘z to ‘r pardasi- yaxshi bilinmaydi yoki butunlay bilinmay- ning tuzilishi: di, natijada hamma narsalar bizga kulrang
A—tayoqchalar, B-kol- boiib ko'rinadi bachalar.
To‘r pardaning eng sezgir joyi — sariq dog'ning asosan kolbachalar bilan toigan
markaziy chuqurchasidir. Nimaning aksi (surati) sariq dog‘ga tushsa, o‘sha narsani hamma narsadan ko‘ra ravshanroq ko'ramiz. Biron narsaga tikil-
ganimizda ko‘z muskullarining yordami bilan ko‘zimiz shunday buriladiki, natijada o‘sha narsaning aksi, albatta, har bir ko‘zimizdagi to‘r pardaning
sariq dog'iga tushadi. Bunday ko‘rishni to'g'ridan ko'rish deyiladi. Narsalar suratining sariq dog‘dan tashqarida — to‘r pardaning yon qismlarida aks etishi yondan ko'rish deb ataladi.
To‘r pardaning bir joyida rangni va yorugiikni sezadigan tayoqchalar bilan kolbachalar mutlaqo yo‘q. Bu — ko‘ruv nervining ko‘z soqqasidan chiqish joyidir. To‘r pardaning ana shu joyi yorugiikdan ta’sirlanmaydi va ko'r dog' deb ataladi.
Odatda, ko‘r dog'ning borligini payqamaymiz, chunki narsaning bir ko'zdagi ko‘r dog‘ga tushadigan tasviri ikkinchi ko‘z to‘r pardasining sezgir joyiga to‘g‘ri keladi.
14-rasmdan foydalanib, har kim o‘z ko‘zidagi ko‘r dogiii topishi mumkin.
Ko‘r dog‘ni topish uchun rasm ko'zdan 25 — 30 sm uzoqlikka qo‘yiladi, o'ng ko'zni yumib, chap ko'z bilan rasmning o'ng tomonida turgan doira-
gacha qaraladi. Suratni oldinga va orqaga dam-badam surib, shunday masofaga keltiriladiki, bunday masofada rasmdagi krestcha shakli ko'rinmay qoladi. Buning sababi shuki, krestchadan kelayotgan nur ko'zning ko'r dog'iga tushib qoladi.
Agar chap ko'zni berkitib, o'ng ko'z bilan krestchaga qaralsa, doiracha ko'rinmay qoladi. Tajriba vaqtida ko'zni chalg'itmaslik kerak, chunki ko'zning salgina chalg'ishi ham ko'r dog' harakatini o'zgartiradi, ko'z soqqasidan chiqadigan ko'ruv nervining tolalari yarim sharlardan o'tib, bosh miyaning ensa bo'lagiga boradi - bosh miya po'stining ko'ruv markazlari ham shu yerdadir.
Ko'rish sezgisini hosil qiladigan fizik sabab — yorug'likdir, ya’ni elek- tromagnit to'lqinlaridir. Bu to'lqinlar turlicha uzunlikda bo'lib, vaqt birligi hisobi bilan (bir soniya ichida) tebranish tezligi (chastotasi) ham har xil yorug'lik to'lqinJarining uzunligini millimikron (millimetming million- dan bir bo'lagi) hisobi bilan o'lchanadi. Odam ko'zi sezadigan ranglar taxminan 380 millimikrondan 780 millimikrongacha uzunlikdagi to'lqinlaming ta’siri bilan hosil bo'ladi. Yorug'lik to'lqinlarining tebranish tezligi darajasi (chastotasi) bu to'lqinlaming soniyasiga necha million marta tebranishiga qarab o'lchanadi. Eng uzun to'lqinlar (uzunligi 780 millimikron bo'lib, soniyasiga 450 billion marta tebranadigan to'lqinlar) qizil rang sezgisini hosil qiladi. Eng kalta to'lqinlar (uzunligi 380 millimikron bo'lib, soniyasiga 750 billion marta tebranadigan to'lqinlar) binaf-
sha rang sezgisini hosil qiladi.
Spektrdagi ayrim ranglarni ko'rish sezgisi yorug'lik to'lqinlari (millimikron hisobi bilan) quyidagicha uzunlikda bo'lganda hosil bo'ladi: to'lqin uzunligi 780—610 millimikron bo'lganda - qizil rang, 610 — 590 millimikron bo'lganda — zarg'aldoq rang, 590-575 millimikron bo'lganda — sariq rang, 560—510 millimikron bo'lganda — yashil rang, 480—470 millimikron bo'lganda — havorang, 470—450 millimikron bo'lganda ko'k rang, 450—380 millimikron bo'lganda — binafsha rang seziladi.
Ko'rish sezgilarining xossalari. Yorug'lik to'lqinlarining turlicha qo'shilishi va turlicha ta’sir ko'rsatishi umumiy rang toniga, seziladigan ranglaming ochiqlik va to'qlik darajasiga ta’sir etadi. Barcha xromatik ranglar shu xossalarga qarab ajratiladi. Axromatik ranglar faqat ochiqlik darajasi bilan farq qiladi. Rang toni deb bir rangni ikkinchi rangdan farq qiladigan spetsifik sifatiga aytamiz. Rang toni ko'zga ta’sir etadigan yorug'lik to'lqinining uzunligiga bog'liq. Odam ko'zi rang toni jihatidan 150 ga yaqin har xil tuslarni ajrata oladi.
Ochiqlik deb, muayyan rangni qora rangdan farq qilish darajasiga aytamiz. Ochiqlik — qaytarish koeffitsiyentlariga, ya’ni narsa yuzasiga tushadigan yorug'likning necha foizi o'sha yuzadan qaytishiga bog'liq. Oq rang eng ochiq rang hisoblanadi, chunki oq yuza o'ziga tushadigan yorug'likning deyarli hammasini qaytaradi. Qora rangning ochiqligi eng kam bo'ladi. Chunki qora yuza o'ziga tushadigan yorug'likni deyarli butunlay qaytarmaydi. Qulay sharoitlarda odam ko'zi ranglaming ochiqligi- ga qarab qora bilan oq rang o'rtasidagi 200 tacha tusni ajrata oladi.
Seziladigan ranglarning ravshanligi ochiqlikdan farq qilishi kerak.
Rangning ravshanligi ko'zga ko'rinib turgan rangli narsaning yaxshi yoki yomon yoritilib turishiga bog'liq bo'lgan ochiqlikdir. Ma’lum darajada quyuq bo'lgan har bir rangning ko'z ilg'aydigan ravshanlik darajasi 600 ga yetadi.
Rangning quyuqligi deb, ma’lum bir rangning ochiqlik jihatidan o'zi bilan bir xildagi kulrangdan qay daraja farq qilishini (yoki o'xshashligini) aytamiz. Boshqacha aytganda, rangning quyuqligi deb muayyan rang ton- ining yaqqollik darajasiga aytamiz. Rangning quyuq bo'lishi muayyan yuza rangi uchun xos spetsifik nurlar miqdori bilan o'sha yuzadan qayta- digan yorug'lik nurlarining umumiy miqdori o'rtasidagi nisbatga bog'liq. Muayyan yuzaning rang tonini belgilab beradigan nurlar yuzadan qancha katta joy egallasa, seziladigan rang shuncha to'qroq bo'lib tuyuladi. Rang tonini belgilab beradigan nurlarning kamayishi natijasida awalgi to‘q rangning tobora ochlashib borishiga
biror xromatik rangdan (masalan, qizil rangdan) sof oq rang
ga o'tish orasida uchraydigan rang tuslari misol bo'la oladi. Eng quyuq, eng to'q rang eng chekkadagi (qizil) rang bo'ladi; boshqa ranglar oq rangga yaqin- lashgan sayin to'qligi ketib, tobora oqarib borib, oxiri sof oq rangga o'tadi.
Ranglarning aralashib keti- shi, ko'z to'r pardasining biron 15-rasm. Ranglarni aralashtiradigan joyiga turli uzunlikdagi yorug'lik
charx. nurlari bir yo'la ta’sir etganda
sodir bo'ladi. Shuning natijasida biz faqat bir rangni sezamiz, lekin bu rang aralashib ketgan ranglarning hech biriga o'xshamaydigan, alohida rang bo'ladi. Ikkita xromatik rangning aralashib ketishidan nim rang hosil bo'ladi. Masalan, qizil rang bilan sariq rangning aralashishidan zaig'aldoq rang hosil bo'ladi, qizil rang bilan ko'k rangning aralashishidan binafsha rang hosil bo'ladi va hokazo. Spektrdagi hamma ranglarning aralashishidan neytral oq rang hosil bo'ladi. Spektrdagi ba’zi ranglarning ikkitasini qo'shib, xuddi boyagidek oq rang yoki och kulrang hosil qilish ham mumkin. Masalan, spektrdagi har bir rang o'ziga mos boshqa rang bilan qo'shilib, axromatik oq rang yoki kulrang hosil qiladi. Bunday ranglar qo'shimcha ranglar deb ataladi. Qizil rang bilan och havo rang, ko'k rang bilan sariq rang bir-biriga qo'shilib, qo'shimcha ranglar hosil qiladi. Ranglarning aralashib ketishida- gi ana shu qonuniyatlaming hammasini rangdor doiralar deb ataluvchi doiralarni maxsus asbobga kiygizib tekshirib ko'rish mumkin. Bu asbob «ranglarni aralashtiradigan charx» deb ataladi.
Charx tez aylanganda o'sha doiralardagi har xil ranglar aralashib, muayyan ranglar hosil qiladi. Ranglarning aralashib ketishi — periferik
jarayon emas, balki markaziy jarayon ekanligi hozirgi vaqtda aniqlandi. Ranglarning binokulyar aralashib ketish faktlari shundan dalolat beradi. Agar bir ko'zga sariq rang, ikkinchi ko'zga ko'k rang to'g'ri tutilsa, ranglarning oddiy aralashib ketishidagi kabi kulrangni sezamiz.
Rang va yorug'likni ko'rish organining yordami bilan sezish jarayoni qanday voqe bo'ladi? Rang va yorug'lik sezish jarayonlarining o'z xususiyatlari bor.
Rang sezish jarayonlarini tushuntirib beradigan eng mashhur nazariya «uch rangni ko'rish» nazariyasidir. Bu nazariyaning asosiy qonun-qoi- dalarini rus olimi М. V. Lomonosov 1756-yildayoq bayon qilib bergan edi. Ma’lum nemis fiziologi va fizigi Gelmgolts Lomonosovdan 100 yil keyin o'sha nazariyani to'la bayon qilib berdi. Bu nazariyaga ko'ra, to'r pardaning kolbachalarida uchta asosiy element bor. O'sha elementlardan birining alohida qo'zg'alishi qizil rang sezgisini, ikkinchi birining qo'zg'alishi yashil rang sezgisini va uchinchi birining qo'zg'alishi binafsha rang sezgisini hosil qiladi. Yorug'lik to'lqinlari birdaniga uchta ele- mentni bir xilda qo'zg'asa, oq rang sezgisi hosil bo'ladi. Lekin, yorug'lik to'lqinlari ikki yoki uch elementga ta’sir etsa-yu, ammo bu ta’sir bir tekisda bo'lmasa, u holda sezuvchi elementlardan har birining qanchalik qo'zg'alganligiga qarab, har xil rang sezgilari hosil bo'ladi.
Yuqoridagi rasm turli ranglarning qanday sezilish jarayonini yaqqol ko'rsatib beradi.
16-rasm. Uch rangni ko‘rish nazariyasining sxemasi.
Spektming rang sezuvchi ele- mentlar qo‘zg‘alish kuchiga qarab hosil boMadigan ayrim ranglarining bosh harflari sxema- da ko'rsatilgan. Sxemadagi figu- ralar rang sezuvchi elementlar- ning qo'zg'alish kuchini ko'rsatadi. «Uch rangni ko'rish» nazariyasi rang sezish jarayonlar- idagi ko'ruv organining rolini ochib berishda eng ma’qul naza- riya deb hisoblanadi. Ammo bu nazariya haqiqatda ehtimolga eng yaqin gipotezadir, chunki kol- bachalarda rang sezuvchi uch el-
ementning borligi hali aniq isbot etilgan emas, balki faraz qilinadi, xolos.
Hozirgi vaqtda psixologlar va fiziologlar ranglarni sezish yolg'iz to'r pardasidagi jarayonlar bilangina emas, balki boshqa miya po'stida bo'ladigan
jarayonlar bilan ham bogMiq ekanligini isbotlashga harakat qilmoqdalar. Yorug'lik sezishda ro'y beradigan spetsifik jarayonlar mukammalroq tek- shirilgan. Tayoqchalarda ko'rish purpuri degan maxsus modda bor ekan. Ko'zga yorug'lik ta’sir etganda ko'rish purpuri kimyoviy yo'l bilan par- chalanib, tarkibiy qismlariga bo'linib ketadi. Ko'rish purpurining shu tariqa parchalanish jarayoni ko'rish nervini qo'zg'ab, yorug'lik sezgisi hosil bo'ldi. Qorong'ida purpur yana tiklanadi.
Ko'rish sezgilaridagi bir qancha maxsus hodisalar ko'rish organidagi apparatlarning holatiga bogMiq. Rang kontrasti, «shapko'rlik» (qorong'ida va tunda yaxshi ko'ra olmaslik) va «rang ajratolmaslik» (rang turlarining farqiga bora olmaslik) shunday hodisalardan hisoblanadi.
Rang kontrasti. Qizil rangli kvadratni bir varaq oq qog'oz ustiga qo'yib tikilib qarasak, bir necha vaqtdan keyin shu kvadrat atrofida och havo rang hoshiyani, ya’ni qizil rangga qo'shimcha rangni ko'ramiz. Kontrast hodisasi ana shudir. Yuqorida keltirilgan misolda qo'shimcha rang asosiy rang bilan bir vaqtda seziladi. Bu bir vaqtdagi kontrastdir.
Bundan tashqari, izma-iz kontrast boMadi. Masalan, qizil doiraga uzoq vaqt qarab turib, keyin oq yuzaga ko'z tashlansa och havo rang — sariq rangli doira, ya’ni qizil rangga qo'shimcha rang ko'ramiz. Buning teska- risini ham qilib ko'rish mumkin. Izma-iz kontrast hodisasi ana shudir.
Rang kontrastining hosil bo‘lishiga sabab shuki, kishi uzoq qarab turganda kolbachalarning qizil rangni sezuvchi elementlari charchaydi, natijada ularning sezuvchanligi kamayadi. Ayni vaqtda qo'shimcha rangni sezuvchi elementlar qo‘zg‘alganicha qolaveradi, ularning sezuvchanligi kuchliroq bo'lib chiqadi. Shu sababli, ranglarning aralashish qonuniga muvofiq, qo'shimcha rang seziladi.
«Shapko‘rlik* shundan iboratki, odam kechqurun va tunda xira ko'radi yoki butunlay ko'rmaydi. Bu hodisaning sababi shuki, to'r par- dalaridagi tayoqchalar sust ishlaydi yoki butunlay ishlamaydi.
«Rang ajratolmaslik» xromatik ranglarni seza olmaslik va farq qila olmaslikdan iborat. Ba’zi bir kishilar ranglarni sira ayira olmaydigan bo'ladi. Bunday kishilar hamma ranglarni axromatik kulrangdek ko'radilar (xuddi fotografiyadagi singari). Ba’zi kishilar ranglarni qisman ayira olmaydigan bo'ladi. Bunday kishilar faqat ba’zi bir ranglarni ayira olmaydilar. Statis
tika ma’lumotlariga qaraganda, ranglarni ajrata olmaslik hodisasi erkaklar orasida taxminan 4 foiz va ayollar orasida 0,5 foiz uchraydi. Qizil va yashil rangni ayira olmaslik hodisasi ko'proq uchraydi. Binafsha rangni ajrata olmaslik hodisasi esa kamroq uchraydi. Ranglarni sira ayira olmaslik hodisasi juda kamdan-kam bo'ladi. Ranglarni ajrata olmaslik sababi
shuki, ko'zning to'r pardasidagi kolbachalar ishlamaydi yoki qisman ishlaydi. Shapko'rlik va rang ajratolmaslik haqiqatan ham kolbacha va tayoq- chalardagi nuqsonlarga bog'liq ekanligi turli hayvonlarning ko'rish or- ganlarini maxsus tekshirishda tasdiqlanadi. Kunduzgi yorug'likda hayot kechiradigan hayvonlar (kaltakesaklar, ilonlar, tovuq, kaptarlar) ko'zining to'r pardasida faqat kolbachalar bo'ladi, ular kechasi hech narsani ko'rmaydi, tunda hayot kechiradigan hayvonlar (ko'rsichqon, ko'rkalamush, kirpilar, boyqushlar, ko'rshapalaklar) ko'zining to'r pardasida faqat taskchalar bo'ladi, ular kunduz kuni ko'rmaydi.
Eshitish sezgilari
Eshitish sezgilari tovushlarni sezishdan iboratdir. Tovushlar musiqiy tovushlarga (ashula tovushi, cholg'u asboblarining tovushi) va shovqinli tovushlarga (taraq-turuq, tars-turs, sharaq-shuruq, taqir-tuqur va boshqa shu kabi tovushlarga) bo'linadi.
Tovushlar oddiy va murakkab tovushlarga ham bo'linadi. Oddiy tovushlar tonlar (yoki mikrotovushlar) deb ataladi, masalan, kamertonni jaranglatganimizda tonni sezamiz. Ohangli tovushlar murakkab tovush bo'lib, ular bir necha tondan tarkib topadi. Shu tonlardan biri asosiy ton
bo'lib, tovushning balandligini va kuchini belgilab beradi, boshqalari birga qo'shiluvchi tovushlar boiib, obertonlar deb ataladi. Obertonlar turli asboblardan, masalan, royal, skripka, gitaradan chiqadigan bir xil balandlikdagi tovushlaming o‘ziga xosligini belgilaydi. Tovushlarning ana shu
tariqa o'ziga xosligi tembr deb ataladi.
Nutq tovushlari ohangli tovushlar (asosan, unli tovushlar) bilan shov- qinlardan iborat (shovqinlarda undosh tovushlar ko‘proq bo'ladi). Eshi
tish sezgilari organi quloq bo'lib, u uch qismdan: tashqi quloq, o'rta quloq va ichki quloqdan iboratdir.
Tashqi quloq — quloq suprasi bilan eshituv yo'lidan iborat. Tashqi quloq havo to'lqinlarini yig'uvchi karnay desa bo'ladi. Tashqi quloq bilan o'rta quloq o'rtasida bir parda bor, u nog'ora parda yoki o'rta quloq pardasi deb ataladi. 0 ‘rta quloq — nog'ora parda va unga yopishgan uchta suyakcha: bolg'acha sandon va uzangidan iborat. Nog'ora parda, shuningdek, unga
yopishuvchi suyakchalar (bolg'acha, sandon va uzangi) havo tebranishlarini ichki quloqqa o'tkazadi. O'rta quloq maxsus kanal (Yevstaxiy nayi)
yordami bilan og'iz bo'shlig'iga va burun bo'shlig'iga tutashgan.
Ichki quloq yoki quloq labiranti o'zaro birlashgan uchta bo'lakdan iborat. Ichki quloqning yuqori qismi uchta yarim joyga kanaldan, o'rta qismi kameradan (u ichki quloq dahlizi deb ataladi) va pastki qismi chig'anoqdan iborat, ichki quloqning uchala bo'limi endolimfa nomli maxsus suyuqlik bilan to'la. Ichki quloqning asosiy qismi chig'anog'idir. Chig'anoqning ichida Kortiy organi deb ataladigan bo'lakcha bor. Bu
17-rasm. Quloqning tuzilishi: 1. Quloq suprasi. 2. Tashqi eshitish yo'li.
3. Nog'ora pardasi. 4. 0 ‘rta quloq.
5. Yevstxiy nayi. 6. O'rta quloq ichidagi suyuklar. 7. Ichki quloq dahlizi.
8. Yarim doira kanallari. 9. Chig'anoq.
organ gumbaz shaklida bo'lib, uning negizida asosiy membrana bor. Membrana — uzunligi sekin-asta qisqarib boruvchi elastik tolalardan iborat. Bu tolalar arfa yoki fortepianoning tarang tortilgan torlariga o'xshaydi. Asosiy membranani yuqori tomondan maxsus tayoq- chasimon hujayralar berkitib turadi, bu hujayralar Kortiy du- ralari deb ataladi. Asosiy mem- brananing tolalari endolimfaga eng ingichka qillari botib tura- digan maxsus hujayralar yordami bilan Kortiy duralari orqali eshitish nerviga bog'lanadi. Eshitish markazlari bosh miya po'stining chakka bo'lagidadir.
Eshitish sezgilarining fizik sababi — havo to'lqinlarining harakati bo'lib, bu havo to'lqinlari tovush chiqaruvchi jismlar tebranganda hosil bo'ladi. Musiqiy tovushlar to'lqinlaming tekis, ritmik harakatlari natijasida hosil bo'ladi, shovqinli tovushlar esa to'lqinlaming notekis harakatlaridan tug'iladi.
Tovush balandligi asosiy tonning balandligi bilan belgilanadi. Ton balandligi tovush to'lqinlarining vaqt birligi hisobi bilan tezlik darajasiga (chastotasiga) bog'liq. Tovush chiqaruvchi jismlar tebranish tezligi (chastotasi) qancha ko'p bo'lsa, eshitiladigan tovush shuncha yuqori bo'ladi. Sekundiga 16—20 dan tortib 20000—22000 tebranish bo'lganda odam qulog'i tonlarni seza oladi. Sekundiga 100 dan tortib, 5000 gacha tebranuv- chi o'rtacha balandlikdagi tonlarning farqi, ayniqsa, yaqqol seziladi. Musiqa asboblari (royal) soniyasiga 20 dan tortib, 4200 gacha tebranish doira- sida 7 oktavaga egadir. Odam nutqidagi tovushlarning registri soniyasiga 150 dan tortib, 2000 gacha tebranish o'rtasidadir.
Tovushning qattiqligi — tovushning subyektiv seziladigan kuchidir. Shu sababli, tovushning qattiqligi awalo tebranish energiyasiga bog'liqdir. Ammo tovushning qattiqligini tovush kuchi bilan tenglashtirish yaramaydi. Bir xil kuchdagi, ammo turli balandlikdagi tovushlar bizga qat
tiqligi jihatidan har xildek seziladi. Tovush kuchi oshgan sari tovushning qattiqligi oshavermaydi. Tovushning qattiqligi quloqning tovush manbaidan qancha masofada ekanligiga va tovush tarqaladigan sharoit
ga bog'liq. Tembr tovush to'lqinining shakliga bog'liq. Tovush to'lqinining shakli odam sezgilarida xilma-xil tonlarda aks etadi, bu tovush shu ton- lardan hosil bo'ladi. Tovush tembri bir qancha obertonlardan tashkil
topadi. Bu obertonlar
asosiy tonga qaraganda 2, L
3, 4 va hokazo marta ortiq tebranishi mumkin. Odam ovozining tembrlaridagi musiqa asboblarining
tembrlaridagi farqlar ober tonlardan qaysi birining Щ
kuchliroq jaranglashiga va ' ■
. . i i i j 18-rasm. Korte organmmg ко ndalang kesigi: bu obertonlarnmg baland- p,_kortiy dugalari; c-tukli hujayralar yoki ligiga bog liqdir. eshitish hujayralari; t—asosiy parda yoki membrana.
Eshitib sezishlar chog‘ida eshitish organida ro‘y beradigan spetsifik jarayonlar sababini anglatishda eng ko'p qabul qilingan nazariya Gelm- gols ishlab chiqqan rezonans nazariyasidir. Bu nazariyaga ko‘ra havo- ning to'lqinsimon harakatlari tashqi va o‘rta quloq orqali ichki quloq- dagi endolimfaga o‘tadi. Bu yerda endolimfaga botib turuvchi qillar orqali asosiy membrana tolalari harakatga keladi, ulardan eshitish nervi ham harakatga keladi.
Gelmgols eshituv sezgilarining sifat farqlarini (tonlarning farqlarini) tushuntirganda umumiy rezonans nazariyasiga tayanadi. Bu nazariyaga ko‘ra, har bir musiqa asbobi tashqaridan keluvchi biron tovushga javoban o‘sha tovushga bir tonda moslangan torini tebrantiradi, xolos. Gelmgols nazariyasiga muvofiq, odam qulog‘ida ham shunga o‘xshash hodisa voqe boMadi. Endolimfaga o‘tuvchi muayyan balandlikdagi har qanday tovushga javoban asosiy membrana o‘z tolalaridan birontasini tebrantiradi, qo'zg'alish o‘sha tola orqali eshitish nerviga o‘tadi. Eshi
tish haqidagi rezonans nazariyasi ko‘p faktlar bilan tasdiqlanishini aytib o‘tmoq kerak.
Asosiy membrana tolalarining soni odam qulog'i sezadigan tovush- laming soniga umuman baravar keladi, ya’ni 20000 tacha bo'ladi. So'ngra, arpa yoki guslining uzun torlari singari, asosiy membrananing uzun tolalari ham past (yo'g'on) tovushlarga rezonans (aks-sado) beradi, musiqa asbobining kalta torlari singari, asosiy membrananing kalta tolalari ham baland (ingichka) tovushlarga rezonans beradi. Bu, masalan, hayvonlar
ustida qilingan quyidagi tajribalar bilan isbot etiladi. Agar it qulog'ining asosiy membranasidagi uzun tolalar qirqib olinsa, u past (yo'g'on) to- vushlami sezmaydigan bo'lib qoladi, agar asosiy membrananing kalta tola
lari kesib olinsa, baland (ingichka) tovushlami sezmaydigan bo'lib qoladi.
Hid bilish sezgilariga hidlarni his qilish kiradi. Hidlar nihoyatda ko'p va xilma-xil bo'ladi. Hidlarni klassifikatsiya qilish uchun umumiy bir mezon yo'q. Hidlar odatda hidli narsalarning nomi bilan ataladi, masalan, rayhon hidi, non hidi, olma hidi va hokazo. Hidlar odatda, xush va noxush deb ikkiga bo'linadi, lekin bu taqsimot hidlarning mohiyatini ko'rsatib bermaydi, balki o'sha hidlarga qanday qarashimizni ko'rsatadi.
Hid bilish sezgilarining organi burun kovagining yuqori tomoni bo'lib, bu yerda hid bilish hujayralari va sezuvchi nervning tarmoqlari bor, sezuvchi nervning tarmoqlari «hid bilish sohasining shilliq pardasiga botib turadi.
Hidli moddalar sezuvchi nervni qo‘zg‘aydi, bu qo‘zgfcalish bosh miyaga o‘tadi, natijada biz turli hidlarni sezamiz. Hid bilish markazi bosh miya yarim sharlari orqa yuzasining pastki qismida deb faraz qilinadi.
Hidli moddalar hid bilish hujayralariga faqat gaz holatidagina ta’sir etadi va kimyoviy reaksiya yo‘li bilan ulami qo‘zg‘aydi. Ma’lumki, hidli moddalaming hammasi bug‘lanadi va eri- ydi. Gaz holatidagi moddalar nafasga olinadigan havo bilan burun kavagiga kiradi. , 19-rasm. Burunf .
kavagimng kesigi:
m , #l. , , 4 . 1-shilliq parda; 2~hid
Ta’m bilish (maza) sezgilari bilish so‘g‘oni.
Ta’m bilish sezgilariga shirin-achchiq, nordon-shirin his qilish kiradi.
Shu asosiy ta’m bilish sezgilaridan tashqari, umumiy klassifikatsiyasi bo'lmagan juda ko‘p va xilma-xil ta’m bilish sezgilari ham bor. Hid bilish sezgilari kabi ta’m bilish sezgilari ham, muayyan ta’mli narsa yoki mod- dalarning nomi bilan ataladi. Masalan, sutning mazasi, yog'ning mazasi,
go'shtning mazasi, nonning mazasi va hokazo deb ataymiz.
Ta’m bilish sezgilarining organi - tilning yuzasi va tanglayning yumshoq qismidir. Tilning shilliq pardasida maxsus ta’m bilish so‘rg‘ichlari bor.
Ularning ichida tayoqchasimon hujayralardan tuzilgan maxsus ta’m bilish «kurtaklari» yoki «sugonlari» bor. Har bir ta’m bilish sezgisining o'ziga xos tuzilgan «sugoni» bo'ladi. Spetsifik sifatlari bilan farq qiladigan bu ta’m bilish sugonlari til yuzasida bir tekisda taqsimlangan emas. Tilning asosiy yoki orqa qismi achchiq mazani, ayniqsa, yaxshi sezadi, til uchi, asosan, shirin mazani, ayniqsa, yaxshiroq sezadi, tilning chetlari esa nordon mazani yaxshiroq sezadi. Tilning o'rtasi ta'm sez- maydi. Ta’m bilish organlarining hujayrali qismlarida maxsus sezuvchi nervlarning chekka uchlari bor, bular maza (ta’m) bilish organidagi qo'zg'alishni bosh miyaga o'tkazadi. Ta’m bilish organi- ning miyadagi markazlari hid
bilish markazlarining yaqinida- 20-rasm. TiI shilliq pardasidagi dir, deb faraz qilinadi. ta’m bilish so'rg'ichlari.
Ta’m bilish sezgilari moddalaming kimyoviy xossalari tufayli hosil bo'ladi. Ta’m bilish sugonlari faqat suyuq suvda yoki soMakda erigan moddalar ta’siri ostida qo‘zg‘aladi (masalan, qand eriy boshlashi bilangina shirin mazasi sezilarli bo‘lib qoladi. Hid va ta’m bilish sezgilari bir-biri bilan chambarchas bog'langandir. Hid bilish sezgilari ham, ta’m bilish sezgilari ham sezgi oiganlariga kimyoviy moddalaming ta’sir etishi natijasida hosil bo'ladi. Ammo ta’m bilish sezgilarini hosil qilmoq uchun o'sha ta’mli narsa bevosita totib ko'rilmog'i kerak, hidli narsalarning isi esa uzoqdan ham sezilaveradi.
Teri sezgilariga tuyush va harorat sezgilari kiradi, bu sezgilaming teri sezgilari deb atalishiga sabab shuki, bu sezgilaming chekka nerv apparatlari (retseptorlar) terida va organizmimizning tashqi shilliq pardalarida bo'ladi.
Tuyush sezgilari — tegish, tarqalishni tuyush sezgilari yoki (21-rasm) tuyush tanachalari. Taktil sezgilar, shuningdek, silliq yoki g'adir-budurni tuyush sezgilaridir. Biror narsaning tegishini sezish tashqi ta’sir (qo'zg'alish) kuchayganda siqiq sezishga aylanadi. Qo'zg'alish yanada kuchayganda siqiq og'riq sezgisiga aylanishi mumkin. Ammo terida seziladigan har qanday ortiq teriga ta’sir etadigan tashqi qo'zg'alishga bog'liq bo'lavermaydi, albatta.
Tuyush sezgilari organi — teridagi va tashqi shilliq pardalardagi tuyush tanachalari degan maxsus tanachalardir. O'sha tanachalarning ichida, qisman esa tashqarisida (bevosita epiteliyda) tuyush nervining chekka
tarmoqlari bor. Ular terida va gavdamizning shilliq pardalarida bir tekis- da taqsimlangan emas. Bu tanachalar barmoqlarning uchida, til uchida, labda zich joylashgandir. Shuning uchun ham gavdamizning ana shu qismlari tekkan narsani, silliq va g'adir-budurni boshqa qolganlaridan eng
ko'p sezgiridir. Tuyush tanachalari orqa terisida juda siyrakdir. Tuyush tanachalari va sezuvchi nervning chekka tarmoqlari nechog'li zich taqsim-
langanligi esteziometr nomli maxsus asbob yordami
bilan aniqlanadi.
Bu asbob keriladigan ik- kita oyoqli sirkuldan iborat. Sirkul o'zagidagi darajalar oyoqchalarning uchlari
o'rtasidagi masofani ko'rsatib beradi. Biron masofada kerilgan ikki oyoq- cha bir vaqtda tekkanda, tekshiriluvchi kishi ikki yoki bir nuqtani sezayot- ganligini sinab ko'rish mumkin. Barmoqlarning uchlarida 1 mm dan 2 mm gacha masofada, qo‘l kaftida 10 mm masofada, orqada esa 60—70 mm masofada bir yo‘la ikki oyoqcha tegayotganligini sezish mumkin ekan
ligi shu yo‘l bilan aniqlangan. Oyoqchalar o'rtasidagi masofa kamaytirilgan- da terming o'sha qismlaridagi ikki ta’sir bir-biridan farq qilinmay, bitta ta’sir deb seziladi. (Bir yo'la ikki ta’sir faqat bitta ta’sir deb seziladigan teri qismlari «sezgi doiralari» deb ataladi.)
Tuyush markazi bosh miya po'stining orqadagi markaziy pushtasida deb faraz qilinadi. Tuyush sezgilarining tashqi, fizik sababi biron-bir bu- yumlarning teriga bevosita tegishidir. Bunda biz narsaga tegish bilan birga uni paypaslasak, uning bilan biron ish qilsak, tuyush sezgisi hiyla oshadi.
Bunday hollarda tuyush organlari muskul-harakat organlari bilan birgalikda ishlaydi. Harakat bilan bog'liq sezgilar (bu haqda quyidagi bo'limda so'zlanadi) taktil sezgilar ila birga qo'shilganda, narsalarning asosan, silliq yoki g'adir-budur ekanligi bilinadi. Tuyush sezgisida va paypaslashda qo'l, jumladan, qo'l barmoqlari, ayniqsa, katta rol o'ynaydi. Odamning faoliyatida, tevarak-atrofdagi olamni bilishida qo'l tuyush va paypaslashning maxsus organi bo'lib xizmat qiladi.
Harorat sezgilariga issiq va sovuqni sezish kiradi. Terida va shilliq pardalarda maxsus tanachalar bor, ularning ichida issiqni yoki sovuqni sezadigan maxsus nervlarning chekka tarmoqlari bo'ladi.
Harorat sezgilarining tashqi sababi biron haroratga ega bo'lgan qat- tiq, suyuq va gazsimon jismlarning organizmimizga tegib turishidir. Issiqni yoki sovuqni ayirish terimizga tegib turgan narsa (qo'zg'ovchi) harorati bilan badan harorati o'rtasidagi nisbat bilan belgilanadi. Agar qo'zg'ovchining harorati badanimiz yuzasining haroratidan pastroq bo'lsa, sovuq sezamiz, agar qo'zg'ovchining harorati badan haroratidan yuqoriroq bo'lsa issiq sezamiz. Issiq yoki sovuqning farqiga borish biz haroratini sezayotgan jismlarning issiq o'tkazuvchanligiga ham bog'liq. Shu sababli, baravar haroratda, masalan, 10 gradus sovuqda yaxshi o'tkazgich (masalan, temir) yomon o'tkazgichga (masalan, yungga) qaraganda sovuqroq bo'lib tuyuladi. Harorat sezgilari faqat (odam organizmiga nisbatan) tashqaridagi narsalar ta’siri bilangina emas, balki organizmning ichida asosan, qon aylanishining kuchayishi yoki susayishi natijasida ham hosil bo'lishi mumkin. Shu sababli, masalan, odam qattiq qo'rqqanda ba’zan «Qo'rqqanimdan dir-dirtitrab ketdim» deydi, qattiq uyalganda esa: «Uyal- ganimdan istmam chiqib ketdi» deydi. Birinchi holda qon tomirlari to-
rayadi, ikkinchi holda esa kengayadi.
Muskul-harakat sezgilari motor sezgilar yoki kinestetik sezgilar deb ham ataladi. Bu xil sezgilarga tazyiq (og'irlik)ni bilish sezgilari, qarshilikni (qattiqlik, yumshoqlikni) bilish sezgilari va ayrim organlarning ha- rakatini bilish sezgilari kiradi. Bu sezgilaming organlari — gavdamizdagi hamma muskullar, paylar va bo‘g‘im yuzalaridir. Hamma muskullarda, paylarda va bo‘g‘imlarda maxsus sezuvchi nervlarning chekka tarmoqlari bor, muskul-harakat sezgilari va statik sezgilar ana shu nerv tarmoqlari yordami bilan hosil bo'ladi.
Muskul-harakat sezgilarining tashqi, fizik sababi muskullarimizga ta’sir etuvchi narsalarning mexanik tazyiqi yoki qarshiligi, shuningdek, gavdamizning harakatlaridir. Shu sabablar ta’sirida muskullar, paylar, boylam-
lar va bo'g'im yuzalarida ishqalanish, taranglashish, cho'zilish, qisilish hodisalari yuz beradi. Bulaming hammasini biz tazyiq, qattiqlik, og'irlik, yumshoqlik deb his qilamiz.
Statik sezgilar gavdamizning fazodagi holatini bilish va muvozanat saqlash sezgilari deb ataladi. Gavdaning fazodagi holatini bilish va muvo
zanat saqlash sezgisi uchun ichki quloqdagi vestibulyar apparat retseptor vazifasini o'taydi. Quloq dahlizi va yarim doira kanallar vestibulyar apparat tarkibiga kiradi. Yarim doira kanallarni to'ldirgan endolimfada sezuv
chi nerv tarmoqlari bor, bu nerv gavdamizning fazodagi harakatini va holatni idora etadi. Gavdamiz turli harakatlar qilganda endolimfa teb- ranib, ana shu nervni qo‘zg‘aydi. Gavda muvozanatini saqlashda otolitlar katta rol o'ynaydi. Otolitlar — endolimfada otolit pardasi deb ataluvchi maxsus pardaning ustida suzib yuradigan mayda ohaktosh kristallaridan iboratdir.
Organizm, asosan, avtomatik suratda refleks yo'li bilan muvozanat saqlaydi, gavdamizning biron holati muvozanat buzilgandagina, ayniqsa, ravshan seziladi (bilib olinadi). Muvozanat organi zararlanganda odam biron organining (yoki butun gavdasining) holatini bila olmaydi va yurganda muvozanat saqlay olmaydi. Gavdamiz holatining sezilishida ko'rish, harakat (kinestetik) sezgilari bilan teri sezgilari ham katta ahamiyatga egadir.
Ochiqqanda, suvsaganda, ortiq to'yib ketganda, charchaganda, ko'ngil ayniganda, ichki organlarimiz og'riganda ichki sezgilar tug'iladi, bularni organik sezgilar deyiladi; kishining o'zini tetik, salomat, kasal his qilish- lari ham organik sezgilar jumlasidandir. Organik sezgilaming ko'pi differensiatsiyalanmagan va betayin bo'ladi. Bu sezgilaming retseptorlari ichki organlarda: qizilo'ngach, me’da, ichak, qon tomiriari, o'pka va shu
kabilarda bo'ladi.
Yuqorida aytganimizdek, ichki organlarda bo'lib turadigan jarayonlar organik sezgilar retseptorlarining qo‘zg‘ovchilaridir. Ammo ichki organlar salomat bo'lib, sog'lom ishlab turgan vaqtda biz ichki (organik) sezishlami yo payqamaymiz yoki bu sezgilar o'zimizni umuman «yaxshi» his qilish — tetiklik, sog'lomlik va boshqa shu kabi tuyg‘ular tarzida ifodalanadi. Ichki organlarimizning ishi izdan chiqqan taqdirda organik (ichki) sezgilar, ayniqsa, aniq bilinadi. Masalan, chanqov, ochlik, to‘yib ketish sezgilari, ichki organlarda og'riq his qilish sezgilari, ko‘ngil aynish sezgilari shundaydir.
Organik sezgilar ko'pincha xush va noxush tuyg‘ular qo‘zg‘atadi, kuchli hissiy tonda namoyon boMadi. Masalan, kishi och qolganda yoki biron yeri og‘riganda o'zini nihoyat darajada «yomon» sezadi, azob chekadi, ammo kishi salomat bo'lib, hech yeri og'rimasa yoki to'yib yaxshi ovqat yesa «huzur» qiladi — o'zini nihoyatda «yaxshi» sezadi.
III. SEZGILAR SOHASIDAGI BA’ZI BIR QONUNIYATLAR
Sezgilar biror-bir sezgi organining qo'zg'alishi natijasida hosil bo'ladi. Ammo qo'zg'ovchi retseptorga ta’sir eta boshlashi bilanoq, darrov sezgi tug'ilavermas ekan: qo'zg'ovchi ta’sir eta boshlagandan bir necha vaqt keyingina sezgi hosil bo'ladi. Turli sezgilarda bu vaqt 0,02 soniyadan 0,1 soniyagacha boradi. Shunday qisqa vaziyatni biz, odatda, payqamaymiz. Sezgi hosil bo'lgach, ma’lum muddat davom etadi. Sezgilar davom etish muddatiga qarab, qisqa va uzoq muddatli sezgilarga bo'linadi. Masalan, yalt etib chaqnagan bir uchqun yorug'ligini sezish yoki yerga tushib ket-
gan qalam tovushini sezish qisqa muddatli sezgilardan hisoblanadi. Kunduzgi yorug'likni sezish, zavodning yangrayotgan gudok ovozini eshitish uzoq muddatli sezgilardandir. Sezgilaming qancha muddat davom etishi tashqaridagi narsalarning sezgi organlariga nechog'li uzoq ta’sir etishiga bog'liq. Narsa ta’sir etib turar ekan, tegishli sezgi ham bo'ladi. Ammo narsaning ta’sir eta boshlashi va sezgining hosil bo'lishi bir vaqtga to'g'ri kelmagani singari, narsa ta’sirining to'xtashi va sezgining yo'qolishi ham mutlaqo bir vaqtga to'g'ri kelmaydi. Narsa ta’sir etmay qo'ygani holda sezgi yana bir necha vaqt davom etaveradi. Toming ovoz chiqarishi to'xtatilganiga qaramay, tovushni sezish yana bir necha vaqt davom etadi. Bunday xayollab qolgan sezgilar tutilib qolgan yoki izma-iz obrazlar deb ataladi. Tutilib qolgan obrazlar 0,05 soniyadan 1 soniyagacha (ba’zan bundan ham ortiq) davom etadi.
Yuqorida aytilgan ko'rish sezgilaridagi kontrast va izma-iz obrazlar- ning paydo bo'lishi sezgilaming hosil bo'lish tezligiga va davom etish muddatiga taalluqli qonuniyatlar bilan izohlanadi. Sezgilaming shunday
xususiyatlari borligidan tezlik bilan almashinuvchi qo'zg'ovchilar bir-biri bilan ketma-ket keluvchi yakka narsalar sifatida sezilmasdan, harakatdagi bir narsa bo'lib seziladi. Kinokartinani ko'rish jarayoni sezgilaming shu xossasiga asoslangan.
Sezgilaming kuchi turli darajada bo'lishi mumkin, boshqacha qilib aytganda kuchsiz va kuchli sezgilar bor. Yonib turgan bir gugurt cho'pi sochib turgan yorug'Iikni sezish kuchsiz sezgiga, havo ochiq kunda qu- yosh sochib turgan yorug'Iikni sezish esa kuchli sezgiga misol boia oladi. Sezgilaming kuchi awalo qo'zg'alishning kuchiga bog'liq. Qo'zg'alish qancha kuchli bo'lsa, hosil bo'ladigan sezgi ham shuncha kuchli bo'ladi. Odatdagi kuzatishlardan ham, maxsus tekshirishlardan ham ma’lumki, har qanday ta’sirdan sezgi hosil bo'lavermaydi. Qo'zg'ovchi hech qanday sezgi hosil qila olmaydigan darajada sust ta’sir etishi mumkin. Masalan, birgramm qandni bir stakan suvda eritib ichilsa, hech qanday shirin maza sezilmaydi. 0,1 kv sm keladigan kattagina qog'oz qo'l kaftiga qo'yilsa, hech qanday og'irlik sezmaymiz. Buning sababi shuki, kuchsiz qo'zg'ovchilar ta’siri bilan hosil bo'ladigan qo'zg'alish bosh miya po'stiga yetib bormaydi. Bu qo'zg'alish hali differensiallan- magan, arang bilinadigan dastlabki sezgini hosil qilmoq uchun ta’sir muayyan kuchga ega bo'lishi kerak. Qo'zg'alishning salgina sezila bosh-
lagan darajasini sezgining pastki yoki absolut chegarasi deyiladi. Agar shu qo'zg'alish kuchi salgina susaytirilsa ham sezgi yo'qoladi. Sezgi hosil qilmaydigan kuchsiz qo'zg'alishlar sezgi chegarasidan pastda turuvchi qo'zg'alishlar deb ataladi.
Maxsus tekshirishlar o'tkazib, ayrim sezgi turlarining absolut (pastki) chegarasi topilgan. Masalan, havo agar tamomila tiniq bo'lsa edi, bunda sham- ning mingdan bir qismi darajasida bo'lgan numi bir kilometr joydan turib ko'ra olar edik. Hidga bo'lgan sezgilar ham nihoyat darajada o'tkirdir. Masa
lan, bir litr havoda bir milligramm sun’iy mushkning 0,000005 hissasi bo'lganda ham uning hidi sezilishi maxsus tajriba bilan isbot etilgan. Xininning achchiq mazasi 0,0003 foizli eritmasida ham sezila boshlashi isbot etilgan.
Sezgi hosil qiladigan qo'zg'alishning kuchi o'zgarishi, ya’ni ortishi yoki kamayishi mumkin. Qo'zg'alish o'zgarganda sezgi kuchi ham o'zgaradi (oshadi yoki kamayadi). Agar uyda bitta lampochka yonib turgan bo'lsa, muayyan darajada yorug'lik sezamiz. Agar yana bir shunday lampochka yoqib qo'yilsa, yorug'lik sezgisi kuchayadi. Qo'limizdagi bir kilogramm og'irlikka yana bir kilogramm og'irlik qo'shsak, og'irlik sezgisi kuchliroq bo'lib qoladi. Ammo qo'zg'alish kuchining har bir o'zgarishi sezgining kuchini o'zgartira olmas ekan. Sezgilaming kuchi qo'zg'alish muayyan miqdorda oshganda yoki kamaygandagina o'zgarar ekan. Masalan, bir stakan suvda 6 g qand eritsak, muayyan darajada shirin maza sezamiz. Eritilgan shu qandga yana 1 g qand qo'shsak, shirin mazani bilish sezgisi o'zgarmaydi. Shirin mazani bilish sezgisi birmuncha ortishi uchun 6 g qandga yana 2 g qand qo'shish (ya’ni, butun qand miqdorining uchdan biricha qand qo'shish) kerak ekan.
Boshqa bir misol olaylik: agar uyga ikki yuz sham kuchiga ega bo'lgan lampochka yoqib qo'yilsa va unga bir yoki bir yarim sham kuchiga ega bo'lgan yorug'lik qo'shilsa, yorug'likning fizik o'zgarishi sezgiga ta’sir etmaydi. Yorug'likning payqaladigan darajada o'zgarganligi sezilmog'i uchun yorug'lik kuchini kamida yuzdan bir hissa oshirish, ya’ni keltirilgan misolda ikki yuz sham kuchiga kamida ikki sham kuchi qo'shish kerak. Ammo yorug'lik kuchining bu tariqa arang payqaladigan darajada o'zgarganligi sezgisini eksperiment sharoitidagina hosil qilish mumkin.
Yorug'lik kuchining payqaladigan darajada o'zgarganligi odatdagi sharoitda sezilmog'i uchun qo'zg'ovchini ikki sham kuchidan ko'proq kuchay
tirish kerak. Tovush kuchining payqaladigan darajada o'zgarganligi sezilmog'i uchun qo'zg'ovchi kuchini taxminan uchdan bir hissa kuchaytirish lozim; og'irlik kuchining payqaladigan darajada o'zgarganligi sezilmog'i uchun o'n yettidan bir hissa oshirish lozim.
Qo'zg'ovchilar ta’siri o'rtasidagi sezilar-sezilmas salgina farqni se- zishni farq qilish chegarasi deyiladi.
Qo'zg'alish kuchi shunchalik orta borishi mumkinki, bunda tegishli sezgi o'zining spetsifik sifatini yo'qotadi va og'riq hissiga aylanadi. Chu- nonchi, haddan tashqari kuchli yorug'lik ko'zda og'riqni keltirib chiqara- di — «ko'zni qamashtiradi». Kuchli tovush quloqni og'ritadi. Haddan tashqari og'ir narsa muskullarni og'ritadi va shuning singarilar.
Qo'zg'alish kuchining o'zgarishi bilan sezgi sifatidagi og'riq tomon (yoqimsiz) ro'y bergan sezilar-sezilmas o'zgarishga sezgining yuqori chegarasi deyiladi.
Shunday qilib, qo'zg'alish kuchining o'zgarishi bilan sezgi kuchining o'zgarishi o'rtasida parallellik va to'g'ri proporsionallik yo'q ekan. Qo'zg'alish kuchiga nisbatan sezgi kuchi sekinroq o'zgarar ekan. Bunday hodisalaming fiziologik sababi, aftidan, shunday bo'lsa kerakki, ma’lum bir qo'zg'ovchining kuchi sezilar-sezilmas o'zgarganda hosil bo'lgan qo'zg'alish ayni shu qo'zg'ovchining kuchi ma’lum darajaga yetmagun- cha dififerensiallanmaydi, ya’ni sezgining o'zgarganligi bilinmaydi, farq qilinmaydi. Farq qilish chegaralari qo'zg'alish kuchiga bog'liq bo'lishdan tashqari, boshqa sabablarga ham bog'liq. Masalan, eshitish sezgilarida farq qilish chegaralari tovushning balandligiga bog'liq bo'lsa, ko'rish sezgi
larida ranglarni (va tuslarni) ajratishga, taktil sezgilarda tegish nuqtalari o'rtasidagi masofaga bog'liq.
Qo'zg'alishning o'zgarishiga qarab, sezgining o'zgarishi haqidagi masalani birinchi marta XIX asrning ikkinchi yarmida Germaniyada fiziolog Veber bilan fizik Fexner tajriba qilib tekshirdilar. Veber ko'pgina tajriba- laiga asoslanib shuni aniqladiki, sezgi salgina, bilinar-bilinmas darajada ortishi uchun qo'zg'alish kuchi ma’lum miqdorda o'zgarishi kerak. Lekin bu miqdor oldingisiga qaraganda, muayyan nisbatda o'zgarishi lozim.
Fexner Vebeming tekshirishlarini davom ettirdi. U qo'zg'ovchining o'zgarishi bilan sezgi o'zgarishi o'rtasidagi nisbatga doirtekshirishlarining
natijalarini quyidagicha ifodaladi: qo‘zg‘aIishning tegishli o'zgarishlari geo-
metrik progressiyaga muvofiq borsa, sezgilar arifmetik progressiyaga muvofiq o‘zgaradi (ortadi yoki kamayadi). Qo‘zg‘alish kuchi bilan sezgi kuchining o‘zgarishlari o'rtasidagi ana shu nisbat Veber, Fexnerning psi
xofizik qonuni deb ataladi. Sezgining o'zgarishi bilan qo'zg'alish loga- rifmi o'rtasida turli proporsional bog'lanish borligini Fexner aniqlagan. Shu sababli, Fexner psixofizik qonunini yana: sezgi qo'zg'alish logarifmi- ga proporsionaldir, deb ta’rifladi. Sezgi kuchining o'zgarishi bilan qo'zg'alishning o'zgarishi kuchi o'rtasidagi shu nisbatni quyida ko'rsatilgan
jadvaldagidek sodda qilib ifodalash mumkin.
Ammo sezgi bilan qo'zg'alish o'rtasidagi bu nisbat yuqorida keltirilgan ta’rifga aynan muvofiq bo'lavermasligi keyingi tekshirishlarda ma’lum bo'ldi, shu bilan birga, bu qonun faqat o'rtacha darajadagi qo'zg'alish kuchiga tegishlidir, absolut chegaraga yaqinlashganda, shuningdek,
qo'zg'alish haddan tashqari kuchli bo'lganda qo'zg'alish kuchining dara
jasi doimo bir xilda oshmaydi, ya’ni doimiy darajada bo'lmaydi. Qo'zg'alish juda ham kuchli bo'lganda sezgi bilan qo'zg'alish o'rtasidagi nisbat proporsional nisbatga yaqin keladi. Qo'zg'alish kuchi bilan sezgi kuchi o'rtasidagi nisbat ba’zi xillarda shunday bo'ladiki, qo'zg'alish kuchining
salgina oshishi ham sezgi kuchini ancha payqarli o'zgartiradi.
Sezgi kuchining Qo'zg'alish kuchining Logarifmlarda oshishi oshishi oshishi
0 1 20
1 2 21 2 4 22
3 8 23
4 16 24
5 32 25
Sezgi chegaralarining darajasi (yoki, boshqacha aytganda, yuqoriligi) sensor sezgirlikning darajasini belgilab beradi. Bu sezgirlik sezgi chegaralarining darajasiga teskari nisbatda boMadi. Sezgi chegarasining darajasi qancha yuqori bo'lsa, sezgirlik shuncha zaif (past) bo'ladi va aksincha, sezgi chegarasining darajasi qancha past bo'lsa, sezgirlik shuncha kuchli bo'ladi. Sezgi chegaralariga qarab, absolut sezgirlik va farq qilish sezgirli-
gi ajratiladi. Sezgirlik darajasi yana sezgi o‘tkirligi deb ham ataladi; masalan, o'tkir, nozik sezgirlik deb gapiriladi, masalan: ko'rish o'tkirligi, eshitish o'tkirligi deb aytiladi.
Sezgi organlarining o‘ziga ta’sir etadigan qo‘zg‘ovchilarga moslani- shi, ko‘nikishi adaptatsiya deb ataladi. Qo'zg'ovchining ta’siri o'zgarishi bilan sezgirlik ham o'zgaradi. Qo'zg'ovchilar sust ta’sir etganda sezgirlik oshadi, kuchli ta’sir etganda sezgirlik kamayadi. Shu sababli, musbat va manfiy adaptatsiya farq qilinadi.
Adaptatsiya ko'rish sezgilarida, ayniqsa, yorug' joydan qorong'i joy- ga kirganda va aksincha — qorong'i joydan yorug' joyga chiqqanda yaqqol ko'rinadi. Masalan, yorug'joydan balandroq binoga kirganimizda awa- liga hech narsani ko'rmaymiz. Ko'rish organimiz kuchsiz yorug'likka moslashguncha bir necha vaqt o'tadi. Bu — qorong'ilik adaptatsiyasidir. Eksperimental tekshirishlardan olingan ma’lumotlarga qaraganda, qorong'ida yorug'likka sezgirlik yorug' joydagi sezgirlikka nisbatan 200 ming marta (bir soat mobaynida) oshadi. Qorong'idan yorug'ga chiqqanda ham ko'rish organlari yorug'likka yana moslashuvi uchun bir necha vaqt (taxminan 4 daqiqadan 5 daqiqagacha fursat) kerak. Bu yorug‘Iik adaptatsiyasidir.
Qorong'ilik adaptatsiyasida sezgirlikning juda ham ortib ketish sababi awalo shundaki, yorug'dan qorong'iga kirganda ko'z qorachig'ining sathi
17 marta kengayadi, binobarin, ko'z qorachig'i yorug'ni 17 marta ko'proq o'tkazadi. Ammo sezgirlikning 200 ming marta ortish sababini tushuntirib berish uchun bu kamlik qiladi, albatta. Bu yerda kolbachalar vositasi bilan ko'rishdan tayoqchalar vositasi bilan ko'rishga o'tishning katta ahamiyati bor. Tayoqchalar yorug'Iikni kolbachalarga qaraganda yaxshiroq sezadi. Qorong'ida ko'rish purpuri ko'proq turadi, natijada yorug'Iikni ko'rish sezgirligi oshadi.
Adaptatsiya harorat sezgilarida ham bor. Biz cho'milish uchun suvga tushganimizda yoki dush tagida turganimizda dastlabki paytda suv sovuq- roq tuyuladi, bir necha daqiqadan keyin esa o'sha suv unchalik sovuq
sezilmaydi va hatto iliqroq seziladi.
Hid bilish sezgilarida adaptatsiya tezroq boshlanadi. Masalan, biron hidi bor uyga kirganimizda awaliga shu hidni sezamiz, bir necha vaqtdan so'ng hidni sezmay qolamiz. Qilingan tajribalar hid sezilmay qoladigan darajada to'liq adaptatsiya, chunonchi: yodning hidiga 50—60 soniyadan keyin, kamfaraning hidiga 1,5 daqiqadan keyin hidi o'tkir sirga (pishloq- qa) 8 daqiqadan keyin paydo bo'lishini ko'rsatadi. Hid bilish sezgirligi adaptatsiyadan keyin to'la tiklanishi uchun 1 daqiqadan 3 daqiqagacha tanafFus kerak bo'ladi.
Tegish yoki zaif tazyiq sezgilarida adaptatsiya kuchliroq ko'rinadi.
Ko'pincha biz kiyim-kechakning badanimizga tegib va tazyiq qilib turganini sezmaymiz, doim taqib yuradigan ko‘zoynagimiz chakka- mizga botayotganini sezmaymiz. Narsa badanimizga tekkandan 3 soniya keyinroq sezgi kuchi qo'zg'ovchining ta’siri bilan hosil bo'ladigan sezgi kuchiga nisbatan beshdan biricha kamayishi tek- shirishlardan ma’lum.
Adaptatsiya ko'rish, harorat, hid bilish sezgilarida kuchliroq, eshitish va og'riq sezgilarida kamroq bo'ladi. Boshqa sezgi organlari ishlab turgan- da ayrim sezgi organlarining adaptatsiya jarayoni tezlashuvi mumkin. Masalan, harorat (sovuq), ta’m bilish, muskul retseptorlari va ichki organlardagi retseptorlar ta’sirlanganda ko'rish va eshitish sezgirligi tezroq kuchayadi. Olimlar o'tkazgan bir qancha tajribalar shuni ko'rsatadiki, sovuq suvga latta xo'llab yuz va bo'yinni artganda (issiq faslda), jismoniy tarbiya mashqla- riga o'xshash tipdagi yengil ishda — nafas olish tezlashganda va kuchaygan
da eshitish va ko'rish sezgirligi oshadi, musbat adaptatsiya tezlashadi. Shunday vositalardan foydalanib, qorong'ilik adaptatsiyasini odatdagidek 40—50 daqiqada emas, balki 5—6 daqiqada tezlatish mumkin.
Hozirgi vaqtda psixologlar adaptatsiya hodisasini l.P. Pavlovning analizatorlar va shartli reflekslar haqidagi ta’limoti asosida tushuntirib berish uchun maxsus tajribalar qilmoqdalar (Ye.N. Sokolov, E.A. Golubeva va boshqalar).
Ba’zi kishilarning sezgilarida sinesteziya degan hodisa ko'riladi. Sinesteziya — ikki sezgining yaxlit bir sezgi bo'lib qo'shilishi demakdir. Sinesteziyada sezgilardan birontasi muayyan paytda bevosita ta’sir etuv- chi qo'zg'ovchiga ega bo'lmaydi, balki qaytariladi. Sinesteziyaning ko'proq uchraydigan shakli «rangdor eshitish» deb ataladigan hodisadir. Bunda tovush sezgisi (shovqin, ton, musiqali akkord) ko'rish obrazini, ya’ni yorug'lik yoki rang tasawurini uyg'otadi.
Kompozitorlardan A. Skryabin, F. List, N. Rimskiy-Korsakovda «rangdor eshitish» qobiliyati bo'lganligi ma’lum. Ularga har bir tovush muayyan rangli bo'lib tuyulgan. Masalan, Skryabin «do»da «iroda baxsh etuv- chi qizil rang» bor,«re»da «nurafshon sariq rang» bor, «mi»da «havo rang» bor deb hisoblagan va hokazo.
Sinesteziya kishilarning taxminan 12 foizida uchraydi, «rangdor eshitish» kishilarning 4 foizida ko'riladi. Sinesteziya hodisalarini ko'rsatadigan ayrim so'zlami adabiy tildan topish mumkin. Masalan, «istarasi issiq», «basharasi sovuq», «yumshoq ko‘ngiI», «tosh yurak», «shirin so‘z», «sas- siq so‘z» deb gapiradilar va hokazo.
Sinesteziyaning mohiyati hali to‘liq aniqlanganicha yo‘q. Sezgilar- ning har xil turlariga xos bo‘lgan hissiy (emotsional) momentning umu- miyligi tufayli sinesteziya ro‘y beradi, deb hisoblanadi. Qanday bo'lmasin biron sezgi (masalan, tovush sezgisi) bo'lganda umumiy hissiy moment assotsiatsiya yo'li bilan boshqa bir tasawumi, masalan, rang tasawurini tug'diradi.
Sinesteziyaning fiziologik negizi, aftidan, shunda bo'lsa kerakki, bosh miya po'stining ayrim markazlari o'rtasida shartli bog'lanish hosil bo'lib, mustahkam o'rnashib qoladi.
Sezgi tevarak-atrofimizdagi moddiy dunyoni bilishning dastlabki shak- lidir. Sezgilar voqeiy narsa va hodisalaming haqiqiy xossalarini aks ettir- gani uchun ham atrofimizdagi moddiy olamni bila olamiz. Bilishda sezgi- larning ahamiyati haqidagi masalada fanga xilof, idealistik qarashlar bo'lgan edi, bu qarash vakillari sezgilarni ongimizdan tashqarida mavjud bo'lgan narsa va hodisalaming obrazlari emas, deb da’vo qiladi. Subyektiv idea- lizm namoyandalari bo'lmish Berkli, Yum, Max, Avenarius sezgilarni shunday deb hisoblar edilar, ularning burjua faylasuflar orasidan chiqqan maslakdoshlari ham sezgilarni shunday deb biladilar. XIX—XX asrlardagi idealistlar o'zlarining sezgilar haqidagi noto'g'ri, xato qarashlarini, jumladan, fiziolog Iogann Myullerta’riflab bergan «sezgilaming spetsifik ener-
giyasi to'g'risidagi qonun» deb ataluvchi qonunga asoslanib oqlab ko'rsatishga urindilar. O'sha «qonunga» ko'ra, sezgi qo'zg'ovchining tabia- tiga bog'liq emas, balki qo'zg'alish jarayoni qaysi organ, qaysi nervda ro'y bersa, sezgi o'sha organga yoki nervga bog'liq bo'ladi. Masalan, odam «tabiiy yorug'lik» deb ataladigan yorug'likning ko'z to'r pardasiga tushi- shi natijasida ko'rmaydi, balki ko'rish nervining o'ziga xos spetsifik ener-
giyasi ishga solinishi natijasida ko'radi. I. Myuller ta’limotiga ko'ra, nerv moddasi bir safar o'ziga o'zi nur sochadi, ikkinchi safar o'ziga o'zi tovush
chiqaradi, uchinchi safar o'zini o'zi his qiladi, to'rtinchi safar o'zini o'zi hidlaydi va mazasini totib ko'radi. I. Myulleming sezgilar haqidagi ta’limoti «fiziologik idealizm» deb ataladi. 1. Myullerning shogirdi Gelmgols sezgilar haqidagi shu qarashlami juda ochiq ifodalab berdi. Gelmgols sezgi organlariga ta’sir etganda sezgi hosil bo'lishini inkor qilmadi, lekin sezgi- larning o'zini narsalarning obrazlari deb hisoblamadi, balki narsalarning faqat belgilari — simvollari deb bildi.
O'rta Osiyoning emas, balki umuman Yaqin va O'rta Sharqning mashhur mutafakkiri bo'lgan Abu Nasr Forobiy bilish jarayoniga katta e’tibor
berdi va unda sezgilaming ahamiyati, sezgilaming moddiy asosi haqida fikr yuritdi. U «Majmuar Rassoil al-Xukamo» asarida (255-bet): «Inson- da uning boshlang'ich vujudga kelishida (tug'ilishida) oziqlantiruvchi quwat paydo bo'lib, uning yordamida inson ovqatlanadi. Bundan so'ng unda teri orqali sezish quwati vujudga kelib, bu quwat yordamida inson issiq, sovuq kabilarni sezadi. So'ng esa shunday quwat vujudga keladiki, uning yordamida ta’m — maza seziladi. So'ng hidni sezishni ta’minlovchi quv- vat paydo bo'ladi. Undan keyin esa shunday quwat paydo bo'ladiki, u orqali rang, yorug'lik va barcha ko'rinuvchi narsalar seziladi. Keyin in- sonda shunday quwat vujudga keladiki, u insonni sezayotgan narsaga diqqatini tortadi», — deb yozadi. U sezishning sifat va miqdori tashqi obvektning sezgi organlariga bo'lgan ta’siri natijasida paydo bo'lishi, o'zgarishini alohida qayd qiladi. Sezgilar o'z-o'zidan paydo bo'lmaydi. Sezgi a’zolariga nimalardir ta’sir etadi va ularning obrazi ongimizda aks etadi. Sezgilar amaliyotda tekshiriladi, obrazlarning haqiqiyligi yoki sox- taligi unda aniqlanadi. Shu bilan birga, sezgilar ayrim bir kishining tajri- basidagina emas, balki ijtimoiy tajribada ham sinaladi.
Albatta, har bir sezgi organining «spetsifik (o'ziga xos) xususiyatlari» bor, lekin bu spetsifik xususiyatlar tirik organizmlarning ko'p asrlardan beri evolutsiyasi (tadrijiy taraqqiysi) ularning tashqi qo'zg'ovchilar ta’sirini to'laroq, yaxshiroq idrok etishga moslashuv uchun intilib kelgani natijasida vujudga kelgan xususiyatlardir. Sezgi organlari tashqi qo'zg'ovchilar
ta’siri tufayli ixtisoslashgan, ya’ni spetsifik xususiyatlar kasb etgandir.
Shunday qilib, sezgi voqe narsalarda haqiqatan bor xossalarning in’ikosidir. Modomiki shunday ekan, sezgi — moddiy dunyoni bilish man- baidir.
Demak, inson bilimining manbai — sezgidir. Chunki inson o'zining birinchi va boshlang'ich bilimlarini sezgidan oladi. Uning qolgan barcha bilimlari shu birinchi boshlang'ich bilimi asosida vujudga keladi. Insonni obyektiv muhit bilan bog’lovchi eng birinchi yo'l ham sezgilar. Inson ongining tashqi olam bilan bevosita munosabati amaliyot jarayonida sezish orqali amalga oshiriladi.
S E Z G ILA R N IN G 0 ‘S IS H I
Bola ona qornida 7—9 oylik bo'lgan chog'laridayoq uning barcha sezgi organlari ancha o'sib yetilgan bo'ladi. Ammo bundan, bola dunyoga kelgan hamono tevarak-atrofdagi narsalarni katta yoshli kishilar bilan bab- baravar idrok qila olar ekan, degan ma’no kelib chiqmaydi. Bolalaming sezgi organlari tajribaga, tarbiyaga qarab o‘sadi, mustahkamlanadi, sezish qobiliyati mukammallashadi. Go‘dak bolaning sezgilarini biron qo'zg'ovchiga javoban ko‘rsatadigan reaksiyalariga qarab bilib olamiz, xolos. Shu reaksiyalarga qarab, bola hayotining dastlabki kunlaridanoq unda issiq va sovuqni teri sezgisi bilan sezish qobiliyati bor deb aytish mumkin. Tegishga javoban bo'ladigan reaksiyalar ham ancha yaqqol ko'rinadi.
Bolada ta’m bilish sezgilari ham bo'ladi: bolada shirin eritmaga (qandga) boshqa, achchiq eritmaga (xininga) boshqa reaksiya bo'ladi.
Bola dunyoga kelgan dastlabki kunlardanoq yorug'likning o'zgarishiga qarab, ko'z qorachig'i torayadi yoki kengayadi. Ammo bola ko'z harakatlarini hali muvofiqlashtira olmaydi (ko'zini tuta olmaydi): bir ko'zi bir
tomonga, ikkinchi ko'zning ikkinchi tomonga qarab turishi, bir ko'zini ochib ikkinchi ko'zini yumib yotishi mumkin. Bola har narsaga tikilib
tura olmaydi. Bola taxminan ikkinchi oy oxirida narsalarga tikilib qaray- digan bo'ladi; shu vaqtda bola tikilgan narsasi chetga surilsa, uni ko'zlari bilan birinchi marta qidira boshlaydi. Besh oylik bola yorqin ranglarni ancha ayiradigan bo'lib qoladi.
Bola tug'ilgan dastlabki kunlarda hech narsani eshitmaydi. Buning sababi shuki, yangi tug'ilgan bolaning o'rta qulog'iga maxsus modda to'lgan bo'ladi, bu modda tovushning o'tishiga to'sqinlik qiladi. Bu modda birinchi hafta davomida aksari shimilib ketadi, bola tovushga javoban reaksiya ko'rsata boshlaydi. Awallari bola faqat tovushning kuchiga javob bersa, ikki-uch oyligida tovushning qay tomondan kelayotganligini bila boshlaydi va tovush kelgan tomonga boshini bura boshlaydi. Bolaning tovushlarga sezgirligi o'sa boshlaydi, yoqimli ashula yoki musiqa tovushini eshit- ganda talpinib suyunadi va aksincha, qattiq tovushlar eshitganda, buni yoqtirmaganligidan chinqiradi.
Bola hayotining dastlabki 3—4 oyida sezgi organlarining hammasi o'z vazifasini o'taydigan bo'lib qoladi; keyinchalik shu organlar o'sadi va farq qilishga doir sezgirlik kuchayishi bilan sezgilar bir-biridan ajratila boshlaydi. Masalan, bola to'rt yoshligida ko'pgina ranglarni bir-biridan ayira- di. Ikki-uch yashar bolalarda eshitish sezgisi shu qadar o'sadiki, ular ayrim kishilarning ovozlarini va ayrim narsalarning tovushlarini bemalol ayirish bilan birga, murakkab kuylami ham ayira oladi va eng oddiy kuylarni ayta boshlaydi.
Maktabgacha tarbiya yoshida bolalaming har xil sezgilariga absolut sezgirligi ancha yuqori darajaga yetishi aniqlangan. Ammo maktabgacha
tarbiya yoshidagi bolada farq qilishga doir sezgirlik maktab yoshidagi bolaga yoki katta yoshli kishiga nisbatan hali ancha zaif bo'ladi.
Odam bolalik davridan biror faoliyatga kirishsa, sezgilari yaxshiroq o'sadi.
Maktabgacha tarbiya yoshida sezgilar turli o'yinlarda o'sadi. Bu o'yinlarda xilma-xil xossali o‘yinchoqlar katta o‘rin tutadi. Maktab yoshida o'qish, jumladan, moddiy narsalarning har xil xossalari bilan tanishish sezgilaming o'sishiga katta ta’sir ko'rsatadi. Maktab o'quvchilarida, asosan farq qilish sezgirligi o'sadi. Ko'rish va eshitish sezgirligi, ayniqsa, tez o'sadi.
7 yoshdan 10 yoshgacha bolalarda ranglarning tuslarini sezish 45 foiz ortishi, 10 yoshdan 12 yoshgacha bolalarda 65 foizgacha ortishi olimlar- ning maxsus tekshirishlarida aniqlangan. Maktab o'quvchilarini rasmga
o'rgatish ranglarni ayirish sezgirligining o'sishiga katta ta’sir ko'rsatadi.
Maktab yoshida eshitish sezgilari ham hiyla o'sadi. Ranglarni farq qilish sezgirligi bolalarga ashula o'rgatish munosabati bilan, ayniqsa, kuchli
suratda o'sadi.
Maktab yoshida harakat malakalarining vujudga kelishi munosabati bilan muskul harakat sezgirligi ham o'sadi. Maxsus tekshirishlardan olingan ma’lumotlarga qaraganda, 8 yoshdan 14 yoshgacha bolalarda bu sezgirlik 50 foizdan ziyod ortadi.
Odamning mehnat faoliyati sezgilaming o'sishiga kuchli ta’sir ko'rsatadi. Ma’lumki, biron mahsulotni tayyorlaganda, shuningdek, na-
zoratdan o'tkazganda moddiy narsalaiga bevosita tegish (ko'rish, eshitish, paypaslab sezish va hokazo) bilan birga, shu narsalarning sezib bili- nadigan ayrim xossalariga katta e’tibor berishga to'g'ri keladi, sezgi organ
larining farq qilish qobiliyatiga ortiqroq talab qilishga to'g'ri keladi.
Modomiki shunday ekan, maktabda ishlab chiqarish — mehnat ta’limini amalga oshirish o'quvchilarda sensor sezgirlikning turli tomonlarini o'stirishga yordam berishi shubhasiz.
Sezgilaming o'sishi uchun jismoniy tarbiyaning muhim ahamiyati bor.
Masalan, aniq harakatlar qilishga to'g'ri keladigan mashqlar muskul-harakat sezgilarini o'stiradi. Mashq qilish jarayonida sezgilaming hamma xillari o'sadi.
Sezgilaming ochiq-ravshan bo'lishida nutq katta rol o'ynaydi. Sezgilar so'z — ifodalar bilan bog'lansa, ochiq-ravshanroq bo'lib qoladi. Masalan, kuy tonlari tegishli terminlar bilan ifodalanmasa, ularni eshitishda kelib chiqadigan sezgilarni ta’riflab bo'lmaydi. So'z bilan ifodalanmagan narsa umumiy kompleksdan yaqqol ajralib turmaydi. Odamning sezgisi — aniqligi, ravshanligi, differensiallanganligi (bir-biridan ajralganligi) nutqning
taraqqiy etishi bilan o'sadi va ko'p jihatdan nutq tarbiyasiga bog'liq bo'ladi.
Bolalami to'g'ri tarbiyalash sezgilaming o'sishida katta ahamiyatga egadir. Bolaning sog'lig'i va jismoniy tarbiyasi haqida g'amxo'rlik qilish, jumladan, sezgi organlarining va sensor sezgirlikning o'z vaqtida o'sishini ta’minlashdan ham iborat. Sezgilar idrok tarkibiga kiradi, shu sababli, bolalarda idrokni o'stirish bilan ularning sezgilarini ham o'stirgan bo'lamiz. Mushohadani, kuzata bilishni tarbiyalash — sezgi organlarini ham tarbiyalash demakdir, farq qilish sezgirligini ham o'stirish demakdir.
Yuqorida aytilganidek, idrok sezgi a’zolarimizga ta’sir qilib turgan narsalarning ongda bevosita aks etishidir. Biz narsa va hodisalami yaxlit holicha idrok qilamiz, narsalarning ayrim xossalarini esa sezamiz. Ma
salan, quyoshni biz idrok qilamiz, uning yorug1 ini esa sezamiz, og‘zimizdagi chaqmoq qandni idrok qilamiz, uning shirinligini esa sezamiz. Ammo xossa va narsa bir-biridan ajralmasdir, shu sababli narsalarni idrok qilish ham sezgilardan ajralgan holda voqe bo'lishi mumkin emas. Biz bir nar- sani idrok qilayotganimizda uning ayrim xossalarini ham sezamiz.
Biror narsaning o'zini idrok qilmasdan hosil bo'ladigan sezgilar yangi tug'ilgan chaqaloq hayotining dastlabki kunlaridagina mavjud bo'lsa kerak; chaqaloq narsaning o'zini idrok qila bilmasa ham undan hosil bo'ladigan sezgilarni ajratadi, masalan, yorug' va qorong'ini, shirin va nordonni sezadi. Odamning murakkab psixik hayotida ayrim sezgilar faqat idrok jarayonida fikrni analiz va abstraktlashtirish yo'li bilan ajratiladi.
Sezgilar, odatda sodda, elementar psixik jarayonlar deb hisoblanadi, idrok esa murakkab psixik jarayondir. Biz idrok qilayotgan narsalar g'oyatda xilma-xildir. Bular jumlasiga, awalo turli buyumlar, chunonchi, binolar, daraxtlar, jihozlar, texnika buyumlari va hokazolar kiradi. Biz musiqa. surat, rasm va boshqa san’at asarlarini idrok qilamiz. Odamning hayotida nutqni - og'zaki va yozma nutqni idrok qilish eng katta va muhim o'rin
tutadi.
Atrofimizdagi narsa va hodisalar bir-biridan ajralgan holda emas. balki hamma vaqt idrok qilinib turgan narsa boshqa narsalar bilan makon va vaqt jihatdan bir-biri bilan bog'langan holda idrok qilinavotganini har bir kishi o'z kundalik tajribasidan yaxshi biladi. Masalan, stolni idrok qilayot
ganimizda biz uning joyini, atrofini o'rab olgan stullarni, shu pavtda ra- diodan eshitilayotgan musiqani ham idrok qilamiz. xona ichidagi radio- priyomnikni ham, kishilami ham bir vaqtda ko'ramiz.
Biz narsa va hodisalami makon va zamon sharoitida idrok qilamiz. Makon va zamon moddiy bog'liq shakli sifatida, barcha boshqa realliklar kabi idrok qilinadi. Buning ma’nosi shuki. biz narsalarni, ularga xos bo'lgan fazodagi shakllari (kub, uchburchak, doira va hokazo shakllari)ga. fazodagi katta-
95
kichikligi (katta, kichkina, mayda va hokazo)ga, fazodagi munosabatlari (bir- biriga va bizga nisbatan yaqin, uzoq, chap, o‘ng tomonda, yuqori va past turishlari)ga qarab idrok qilamiz, ular tinch yoki harakat holatlarida idrok qilinadi. Biz idrok qilib turgan narsa va hodisalami ma’lum vaqt (zamon) davomida paydo bo'lish va o‘zgarib borishlarida idrok qilamiz.
Idrokda idrok jarayonini, ya’ni ongimizning bevosita aks ettiruvchi faoliyatini va narsalarni idrok qilish (aks ettirish)dan hosil boMadigan subyektiv obrazni bir-biridan farq qilish lozim.
II. ID R O K N IN G M U R A K K A B LIG I
Idrok murakkab psixik jarayondir. Bu murakkablik, awalo shundan iboratki, har bir idrok tarkibiga ayni vaqtda bir necha sezgi kiradi. Masalan, qovunni idrok qilish uning shaklini (uzunchoq va hokazo), rangini
(ko‘k, oq va hokazolarni) sezish — bu ko'rish sezgilar idrok, hidini sezish (hid sezgilari), shirin, chuchukligini sezish (maza sezgilari), og'ir-yengil- ligini, qattiq-yumshoqligini sezish (muskul sezgilari) va boshqa sezgilardan
tarkib topadi. Idrok qilishda analiz yordamida ajratilgan shu ayrim sezgilar (retsepsiyalar) idrokning retseptiv tomonini tashkil qiladilar.
Shu xossalarning jamini sezishdan idrok qilayotgan narsaning dastlabki bevosita obrazi hosil bo'ldi, bu idrokning perseptiv tomonini tashkil qiladi. Bunda shu xossalar narsaning o'zida qanday bog'langan bo'lsa, ayni shu tarkibda seziladi. Shu sababli idrok qilinayotgan narsaning dastlabki obrazi ham sezgilaming mexanik jami (yig'indisi)dan iborat bo'lmay,
balki yaxlit, bir butun bo'ladi.
Idrokning nerv-fiziologik mexanizmlari ham sezgilardagiga qaraganda ancha murakkabdir. Idrokning fiziologik asosi bosh miya po'stining analiz - sintez faoliyatidan iborat bo'lib, bu faoliyat sezgi organlarimizga ta’sir qilib
turadigan narsa yoki hodisaning bitta xossasi bilan emas, balki bu xossalarning jami, butun bir kompleksi bilan vujudga keladi. Idrokning nerv-fiziologik mexanizmi narsalar xossalari jamining ta’siri bilan hosil bo'ladigan mu
vaqqat bog'lanishlar sistemasidan iboratdir. Har bir narsadagi xossalarning shu jamiga qarab, biz narsalarni bir-biridan farq qilamiz.
l.P. Pavlov qilgan tajribalardan ma’lum bo'Idiki, agar analizatorga bironta yakka qo'zg'ovchi emas, balki qo'zg'ovchilarning jami muntazam ta’sir qilib tursa, bundan tug'iladigan reaksiya har bir qo'zg'ovchining o'z xususiyatiga qarab emas, balki bu qo'zg'ovchilarning o'zaro qanday bog'lanishiga, o'zaro munosabatiga qarab tug'iladi. l.P. Pavlov bu hodisani munosabat refleksi deb atadi.
Bunday bog'lanishlarning ko'rish analizatorida hosil bo'lishi, masalan, muayyan bir figuralarning qanday rang bilan chizilganligi va katta-
96
kichikligidan qat’i nazar, ulaming konturlarini topib olishga imkon beradi. Bunday bog‘lanishlarning eshitish analizatorida hosil bo'lishi bironta kuyning baland yoki past (ingichka yoki yo'g'on) tonda ijro qilinishidan qat’i nazar, uni tanib olinishiga (bir xilda idrok qilinishiga) imkon beradi. Munosabat refleksi narsaning ayrim xossalarining o'zaro obyektiv bog'liqligini aks ettirishdan iboratdir.
22-rasm. a — uchburchak; b —doira.
Shunday qilib, idrok bitta sezgi oiganining ishi bo'lavermay, balki boshqa bir qancha sezgi organlari, bir qancha analizatorlarning faoliyati mahsulidir. Lekin har bir idrokda sezgi oiganlaridan biri eng muhim o'rin tutadi. Masalan, suratni idrok qilishda ko'rish organi, musiqani idrok qilishda eshitish organi bosh o'rinda turadi. Idrok ham sezgilar kabi, bosh o'rinda turadigan ana shu organlarga qarab: ko'rish, eshitish, hid, maza va boshqa idrok xillariga bo'linadi. Bulardan hayotimiz uchun eng muhim- lari ko'rish bilan eshitish idrokidir.
Bulardan tashqari, idrokning yana aralash turi ham bor. Idrokning bu turida yolg'iz bir sezgi organi emas, balki ikki, uch sezgi organi baravar muhim o'rinda turadi. Ovozli kinofilm yoki operani idrok qilishda ko'rish va
eshitish sezgisi baravar muhim o'rin tutishi aralash idrokka misol bo'la oladi.
Idrokning mazmuni uning tarkibiga kirgan sezgilaming faqat oddiy jami yig'indisidan iborat bo'lib qolmaydi (har bir idrok tarkibiga sezgilar kirishi bilan birga, odamning о ‘Imishida hosi! qilgan tajribalari va bilimlari
ham kiradi). Masalan, 22 «a»-rasmni uchburchak va 22 «b»-rasmni doira deb idrok qilamiz, holbuki birinchi rasmda uchburchak emas, balki uch chiziq, ikkinchisida esa yarim doiradan boshqa narsa yo'q. Birinchi rasmda yo'q burchaklarni va ikkinchi rasmda yetishmagan tomonini o'zimizdan, o'z tajribamizdan olib «qo'shamiz» va bu rasmlami uchburchak va doira deb idrok qilamiz. Biz o'tmishdagi tajribamizda uchburchak va doiralarni ko'p marta ko'rganmiz, bu figuralar bilan ko'p marta ish ko'rganmiz. Bu figuralarning obrazi miyamizda mustahkam o'rnashib qolgan. Shu sababIi, bu rasmlarni ko‘rishimiz bilan ilgari bizda hosil bo'lgan tasawurlar yana esimizga kelib, miyamizda uchburchak yoki doiraning yaxlit obrazi paydo bo'ladi. Atrofimizdagi hamma narsalarni idrok etish ana shunday amalga oshiriladi. Shunday qilib, idrok jarayonlariga xotira faoliyati ham qo'shiladi. Shu sababli idrokning fiziologik asosida awal hosil bo'lgan muvaqqat nerv bog'lanishlari ham mavjuddir. Agar idrok jarayoniga xo
tira ishtirok qilmay qo'ysa edi, u holda idrok unchalik mazmunli bo'la olmas edi, hamma buyum va hodisalar nazarimizda har gal yangi va nota- nish narsadek bo'lib ko'rinaverardi. Xotira tufayli biz narsalarni har gal aynan o'sha narsa yoki o'xshash narsa, yo bo'lmasa bir-biridan boshqa- boshqa narsa deb idrok qilamiz. Har bir idrok ma’lum darajada tanib olish va umumlashtirish jarayoni hamdir. Ko'p hollarda idrokimiz tarkibiga o'tmishdagi tajriba bilan birga xayol tasawurlari ham kiradi. Idrokning mazmuni ba’zan idrok qilinayotgan obyektning o'ziga qaraganda kengroq,
boyroq bo'ladi. Masalan, biz uy ichida turib, qirov bosgan deraza oynasiga qarasak, odatda, qirov allaqanday tropik o'rmon va gullarga o'xshab ko'rinadi. Kechqurun yoki oydin kechalarda bog' yoki o'rmondagi daraxtlar ba’zan xayoliy tus olib, ko'zimizga allaqanday g'alati bo'lib ko'rinadi.
Idrok qilinayotgan obyektlarning o'z tomonimizdan «qo'shib» shu tarzda kengaytirilishi xayolimiz mahsulidir. Lekin bunda xayol jarayonlari ham, xotira jarayonlari singari, idrokda ixtiyorsiz, ongimiz uchun
«bilinmaydigan» bir suratda sodir boiadi. Idrok jarayonlarida xayol ishtirok etganligi bizga idrok natijalarini analiz qilib ko'rganimizdagina maium boiib qoladi. Masalan, o'rmondagi to'nkaning qorasi bironta yowoyi hayvonga o'xshab ko'zga ko'rinsa, bu holda hayvonning obrazi bu to'nkani idrok qilayotgan kishining xayoli mahsulidir. Idrok tarkibiga tafakkur va nutq faoliyati ham kiradi. Bunda tafakkur va nutq, faoliyati, awalo idrok qilinayotgan narsa va hodisaning nomini ovoz bilan yoki o'z ichidan aytishda va bilishda ifodalanadi. Narsa va hodisaning nomini so'z bilan ifodalash — bu narsa va hodisaga nom berish va uni mavjud tushuncha doirasiga kiritish demakdir. Masalan, biz 28 «a»-rasmni uchburchak va 28 «b»-rasmni doira deb aytamiz va shu bilan birga ularni biz bilgan geometrik tushunchalar doirasiga kiritamiz. Idrok qilayotgan narsa va hodisalami anglab va tushunib olishimiz sababi ham shundadir. Agar idrok qilayotgan biron narsa yoki hodisamiz yangi, nomaium boisa, bizda
darrov fikr faoliyati boshlanib, «bu nima», «buning nomi nima» degan savol tug'iladi. Bu hoi ham idrok jarayonida tafakkurning ishtirokini ko'rsatadi. Har bir idrok hukm (gap) shaklida ifodalanadi, masalan: «bu kitob», «bu odam», «bu musiqa» va hokazo. Odamning idroki sezgi or- ganlariga ta’sir ko'rsatayotgan biron narsaning oddiygina obrazi emas, balki odamning tajribasi zaminida anglab, tushunib olinadigan obrazdir.
Narsa va hodisalaming nomini atab, biz idrokimiz mazmunini ochiq ravshan qilamiz, bu idrokimizni boshqa kishilar uchun ham aniqlaymiz.
Nutqni, rasmlami, badiiy suratlami, musiqa va boshqa san’at asar- larini idrok qilish, moddiy buyumlarni idrok etishga nisbatan ko‘p dara
jada murakkabdir. Shu jumladagi idrokning mazmuni, asosan, odam hosil qilgan tajribaning boyligi, unda tafakkur va xayolning nechog‘li taraqqiy qilganligi bilan belgilanadi.
Idrokimizda nutq ishtirok etganligidan, idrokning fiziologik asosi birinchi signal sistemasiga oid nerv tutashuvigina bo'lib qolmay, balki ikkinchi signal sistemaning ham nerv bog‘lanishlari idrokning fiziologik asosidir. Idrokda ikkinchi va birinchi signal sistemalari birlashgan holda amal qiladi.
Idrok jarayonlari faqat tevarak-atrofdagi narsalarning sezgi organlarimizga ta’sir qilib turishlari natijasidagina emas, balki shu bilan birga idrok qilayotgan odam o'zining olamni bilish va amaliy faoliyatida yon
atrofidagi narsalarga ta’sir ko'rsatishi natijasida ham vujudga keladi.
Idrokning faolligiga, awalo unga bog'liq bo'lgan hissiy kechinmalar sabab bo'ladi. Bu his-tuyg'ular, awalo shu paytdagi idrok tarkibiga kiradigan sezgilaming emotsional (hissiy) tomonidan iborat bo'ladi. Idrok qilinayotgan narsa va hodisalar to'g'risida o'tmishda tug'ilgan taassurot va fikrlar bilan bog'liq hissiyot ham shu jumladandir. Ko'pincha odamning idrokiga shu paytda kechirayotgan bironta hissiyoti — shodligi, xush- chaqchaqligi, g'amginligi, tajangligi va boshqa shu kabi tuyg'ulari ta’sir qilib, idrok qilinayotgan narsa yoki hodisaga ma’lum bir tus beradi. Shu sababli, kishining ta’bi xiralik vaqtida tabiat manzaralari unga allaqanday g'amgin, ma’yusdek ko'rinadigan bo'lsa, ta’bi chog' vaqtida gullar «kulib» turganday, hamma yoq «quvnoq» dek ko'rinadi va hokazo.
His-tuyg'ular idrok mazmunini jonli, yorqin qiladi, idrokni ma’lum bir tomonga yo'naltiradi. His-tuyg'ular idrokning faollik darajasini kuchay- tiradi, idrok sharoiti bo'lgan boshqa psixik jarayonlarning ildamlik darajasiga ta’sir qiladi: bu jarayonlarni tezlatadi yoki susaytiradi. Idrok bilan bog'liq hislar, jumladan, xayol jarayonlarini qo'zg'atib faollashtiradi. Masalan, kishi qattiq vahimaga tushganda har bir arzimagan narsadan ham xavfsiray- veradi, oddiy, arzimagan narsa ham nazarida allaqanday — dahshatli tuyu- ladi yoki kishi qattiq, xushvaqtlikda o'zini har narsadan mamnun sezadi, oddiy, arzimagan narsalardan ham zavqlanaveradi, shuning uchun ham:
«qo'rqqan ko'zga qo'sh ko'rinar» yoki «guli-gun xayol» deydilar.
Idrok jarayonlaridagi diqqat g'oyat katta ahamiyatga egadir. Diqqat
99
idrokning faolligini oshiradi va idrokning mukammal, raso va ravshan bo'lishiga xizmat qiladi. Diqqat, faollik darajasiga qarab, ixtiyorsiz va ixtiyoriy bo‘lmog‘i mumkin, shu sababli idrok ham ixtiyorsiz va ixtiyoriy
bo‘imog‘i mumkin.
Muayyan bir obyektni oldindan maqsad qilib olmasdan va maxsus tanlanmasdan, kuch sarf etmasdan idrok qilish jarayoni Ixtiyorsiz idrok deb ataladi. Bunday idrok jarayonlari diqqatimizni beixtiyor o‘ziga jalb qilayotgan obyektlaming ta’siri bilan qo‘zg‘aladi; masalan, biz uzoqdan kelayotgan poyezd ovozini beixtiyor eshitamiz, tunda qirda yonayotgan alangani uzoqdan beixtiyor ko‘ramiz. O'zining yorug'ligi, rang-barangli- gi, harakati, xushohangligi, kontrastligi bilan ajralib turadigan narsa yoki hodisalar, odatda, beixtiyor idrok qilinadi, shuningdek, ayni vaqtda bi- ronta ehtiyoj va manfaatimizga javob beradigan, shaxsiy tajriba va bilim- larimizga eng ko‘p darajada muvofiq keladigan va biz uchun g'oyat katta ahamiyati bo'lgan obyektlar ham beixtiyor idrok qilinadi. Ixtiyorsiz idrok
tetik, bardam vaqtimizda bizda to'xtovsiz bo'lib turadigan jarayondir.
Oldin belgilangan maqsadga qarab muayyan bir obyektni idrok qilishni ixtiyoriy idrok deb ataladi. Badiiy bir rasmni ko'rish, dokladni e’tibor
bilan eshitish, yozma ishlardagi imlo xatolarini chizib o'tish, operadagi ariyani tinglash, ko'pchilik orasida o'zimiz qidiigan bir shaxsni topib ajratish ixtiyoriy idrokka misol bo'la oladi.
Ixtiyoriy idrok ixtiyorsiz idrokdan ayrilgan holda bo'ladigan jarayon emas. Ixtiyorsiz idrok ixtiyoriy idrok uchun go'yo «fon» bo'lib xizmat
qiladi.
Kishining sistemali, davomli va rejali idrok qilish qobiliyati kuzatuv- chanlik deb ataladi. Kuzatish qobiliyati tevarak-atrofdagi narsa va hodi- salarni ma’lum bir maqsad bilan sistemali va rejali idrok qila bilishdir.
Har bir kishi ma’lum darajada kuzata bilish qobiliyatiga ega, bu qobiliyat har kimning o'z hayotiy tajribasi va bilish faoliyatida taraqqiy qilib boradi. Ammo har bir kishini ham razmi o'tkir, kuzatish mahorati zo'r deb bo'lavermaydi. Razmi o'tkir, kuzata bilish qobiliyati zo'r kishi deb, odatda, o'z oldiga jamiyat uchun foydali, ilmiy va boshqa muhim vazi- falarni qo'ya biladigan, tevarak-atrofdagi xilma-xil narsa va hodisalardan kerakli va eng muhim obyektlarni ajrata biladigan kishini aytiladi. Razmi o'tkir, kuzata biladigan kishi idrok qilinayotgan narsa va hodisalardagi o'xshashlikni va farqni darrov payqab oladi, bu narsa va hodisalaming eng muhimi, zarur xususiyatlarini ajrata biladi.
Razm sola bilish, kuzattivchanlik qobiliyati shaxsning nihoyatda qimmatli sifatlaridandir. U mavjud sharoitni turli tushunishga, o'rab olgan olamni samarali o'rganishga va xususan, o'quv materialini chuqur o'zlashtirishga imkon beradi.
l.P. Pavlov kuzatuvchanlik ilmiy bilishning asosiy sharti deb hisoblardi. Pavlov shahrida u tashkil qilgan biologiya stansiyasi binosining old tomoniga «kuzatuvchanlik va yana kuzatuvchanlik» deb bejiz yozilmagan edi.
K.D. Ushinskiy kuzatuvchanlikni o'stirish vazifasiga katta ahamiyat berardi. «Agar ta’lim bolalaming aqlini o‘stirmoqchi bo‘lsa, — deb yozgan edi K.D.Ushinskiy,— ulaming kuzatuvchanlik qobiliyatini mashq qildirish kerak» (Tanlangan asarlar, 6-tom, PFA, Moskva, 1949-yil, 267-bet).
Shuning uchun ham o‘sib kelayotgan yosh avlodda kuzatuvchanlikni tarbiyalash pedagogikaning muhim vazifalaridan biridir.
Yuqorida bayon qilinganlardan ma’lumki, odamning tajribasi, bilimi, xayol va tafakkurining faoliyati, hissiyot va diqqati, umuman odam psixikasining hamma mazmuni idrokida namoyon boMadi. Bu psixik hayotning idrokda aks etuvchi va idrokka ta’sir ko'rsatuvchi mazmunini ap- persepsiya deb ataladi. Appersepsiyalarning nerv-fiziologik mexanizmi, aftidan, o‘tmishdagi tajribadan hosil bo'lgan bog'lanishlar sistemasidan va ularning yangi hosil bo'layotgan muvaqqat bog'Ianishlarga ta’sir ko'rsatishidan iborat bo'lsa kerak.
Nerv bog'lanishlarning tarkib topgan sistemasi (ya’ni dinamik stereotip) bironta bo'shroq, hattoki bironta o'xshash qo'zg'ovchining ta’siri bilan ham qo'zg'almog'i mumkin. Bunda qo'zg'algan stereotipdan hosil
bo'lgan natija, shu stereotipni vujudga keltirgan jami qo'zg'ovchilar ta’sir ko'rsatgandagi natijasidan sira qolishmavdi.
Ayni bir narsa yoki hodisani ayrim kishilarning idrok etishida ko'rinadigan ba’zi xususiyatlar appersepsiya bilan belgilangan bo'ladi. Bu xususiyatlar odamning tajribasi va bilimlariga bog'liq xususivatlardir. Kishilar ayni bir narsa yoki hodisani yoshlari, ma’lumotlari, turmush tajribalari, kasblari, sinfiy chiqishlari, temperament, xarakter, qobiliyat va qiziqishlarida ko'rinadigan shaxsiy xususiyatlariga qarab, har xil idrok qiladilar.
Odamning aqli qanchalik yetuk. muayyan sohaga oid tasavvuri. fikri, tajribasi, bilimi qanchalik boy bo'lsa, uning shu sohada idroki ham shunchalik murakkab, chuqur va sermazmun bo'ladi. Bu xususiyatlar moddiy buyumlarni idrok qilishdayoq namoyon bo'ladi. Masalan, bironta yangi mashinani tegishli ixtisosi bo'lmagan kishi tomonidan idrok qilinishi, ixtisosi bor odamning idrokiga qaraganda, maz- munan torroq va yuzaki bo'ladi. Ayni bir obyektlarni tegishli ixtisosi bo'lmagan kishining kuzatishlariga qaraganda. olimning chuqur ilmiy kuzatishlari hiyla farq qiladi.
Ayni bir mevali bog'ni rassom, agronom va savdo xodimi har xil,
101
ya’ni har qaysisi o'z nuqtayi nazaridan e’tibor berib idrok qilishi mum-
kin.
Alifbe va boshlang'ich o'qish kitoblari yirik harflar bilan bosiladi, chunki endi savod chiqarayotgan kishilarda (bola va katta yoshlilarda) hali kitob o'qish tajribasi bo'lmaydi. Ko'p o'qigan, bu sohada katta tajribaga
ega bo'lgan kishilar mayda harf bilan bosilgan xatni ham (masalan, gazetani) jo'ngina o'qib ketaveradilar. Bizda hosil bo'lgan tajriba va bilim tufayli, biz chala yozilgan so'zlarni, tushib qolgan harflami payqamasdan, xato yozilgan bo'lsa ham, baribir, to'g'ri o'qiyveramiz. Masalan, taxistoskop bilan qilingan tajribalar shuni ko'rsatadiki, «avtombrus» deb xato terilgan so'z «avtobus» yoki «avtomobil» deb, «sinoatlantirish» deb terilgan so'z «sanoatlashtirish» deb o'qiyverar ekan va hokazo.
Idrokka subyektiv mazmun berish og'zaki materialni idrok etishda, ayniqsa, yaqqol ko'rinadi. Masalan, «ildiz» degan so'zni botanik o'simlik ildizi, matematik kvadrat yoki kub ildizi, tish doktori tish ildizi degan ma’noda idrok qilishlari mumkin. «Reaksiya» degan so'zni tarixchi bir ma’noda tushunsa, ximik yoki psixolog boshqa ma’noda tushunishi mumkin. Appersepsiya badiiy asarlar matnini, badiiy surat va rasmlami idrok etishda, ayniqsa, yaqqol namoyon bo'ladi. Biz bironta suratga ko'z solga- nimizda to'g'ridan to'g'ri faqat bo'yoq rang va chiziqlaming har xil chatishuvini ko'ramiz, xolos. Bu persepsiyadir. Rasm va suratni idrok qilganimizda esa, masalan, istiqbolni, odam va hayvonlarning ish-ha- rakatlarini biz o'tmishdagi tajribamiz, bilimlarimiz va xayolimiz faoliyati natijasida idrok qilamiz. Bu appersepsiyadir. Musiqani idrok qilishda ham
xuddi shu hoi yuz beradi.
Ayni bir narsa yoki hodisani ayni bir kishi turli vaziyatda turlicha idrok qilavermog'i mumkin, bu hoi har gal o'sha kishini kayfiyati, hissi- yoti, diqqati, manfaati, maqsadi va hokazolarga qarab ro'y beradi. Biron- ta murakkabroq vaziyatni idrok qilayotganimizda e’tiborimiz va manfaati mizning talabiga qarab, biz shu vaziyat tarkibiga kirgan yakka bir narsani yoki uning qismini ajrata olamiz. Masalan, o'rmonda biz uchun zarur bo'lgan bironta daraxtni hamma boshqa daraxtlardan ayrim idrok qilamiz. Musiqani eshitgani- mizda garmoniya ohanglaridan biz uchun
tanish bo'lgan bir kuyni ajratamiz.
23-rasmga qarasak, qora fon ustida vaza suratini yoki oq fon ustida ikki yuz- ning yonidan ko'rinishini (profillarni)
23-rasm. Ikkilangan tasvir. ko'rishimiz (idrok qilishimiz) mumkin. Bu holda idrokning ikkilanishi diqqatimiz nimaga (rasmning qaysi bir tomoniga) qaratilganligi bilan belgilanadi. Idrok jarayonida ba’zan uchrab keladigan subyektivizm ham appersepsiya natijasidir. Bu subyektivizm, masalan, vaqtni, harakatni idrok qilishda, qizg'in munozaralar borayotgan paytda bir kishining gapini idrok qilishda ko‘proq uchraydi.
Appersepsiya fazo, vaqt hamda harakatni idrok qilishda katta rol o'ynaydi. Illuziyalar esa hiyla darajada appersepsiya natijasidir.
Fazoni idrok qilish to'g'risida gapirar ekanmiz, biz narsalarning fazodagi shakllarini, ularning fazodagi katta-kichikligini va fazodagi o'zaro muno- sabatlarini ko'zda tutamiz. Ma’lumki, fazodagi shakllariga qarab, uch burchakli, to'rt burchakli, kub, silindr va shu kabi shakldagi narsalar ajra
tiladi; narsalar katta-kichikligiga qarab, nisbatan katta, kichikroq, o'rtacha va hokazo narsalarga ajratiladi; fazodagi munosabatlariga qarab, bu narsalar bizga va bir-biriga nisbatan yaqin, uzoq, chap tomonda, o'ng tomonda, yuqori yoki past bo'lishlari mumkin.
Fazoni biz uning hamma uch o'lchovida ko'rish, teri sezgilari va muskul-harakat organlari yordami bilan idrok qilamiz. Fazo munosabat- larini, narsalarning shaklini, narsalarning hajmi va katta-kichikligini biz
asosan ko'z bilan ko'rib idrok qilamiz.
Fazoni biz bir ko'zimiz bilan ham ko'rib, ya’ni monokulyar, ikki ko'zimiz bilan ham ko'rib, ya’ni binokulyar idrok qilamiz. Monokulyar idrok quyidagicha voqe bo'ladi. Biz ko'z bilan qaraganimizda, biz shu narsadan aks etgan nurlar ko'z gavharida sinib, ko'zning to'r pardasi (setchatka)da shu narsaning aks etgan surati fotoapparatdagiga o'xshab, to'nkarilib, teskari tushadi. Ammo bunga qaramasdan, biz narsani haqi- qiy-Jiolatida, haqiqiy shakli va katta-kichikligida ko'ramiz, idrok qilamiz («Idrokning konstantligi» nomli bobga qaralsin, 113-bet).
a, b; a—b o'qining teskari aksi; A—fiksatsiya nuqtasi; A—A, — ko'rish chizig'i; a, k, b—ko'rish burchagi.
Narsaning chetlaridagi nuqtalaridan aks etgan nurlar ko'z gavharida bir-birini kesib o'tadi va ularning kesilish joyida ko'rish burchagi hosil boiadi. Bu burchakning katta-kichikligi idrok qilinayotgan narsaning katta- kichikligiga hamda uning ko'zdan qanchalik uzoq-yaqin turganiga bog'liq boiadi. Narsa qanchalik katta boisa, ko'rish burchagi ham shunchalik katta boiadi va aksincha. Kattaligi bir xildagi ayni bir narsani yaqin masofadan ko'rayotganimizda ko'rish burchagi kattaroq, uzoqdan turib qara- sak kichikroq boiadi. Demak, ko'rish burchagining katta-kichikligi idrok qilinayotgan narsaning katta-kichikligini, shuningdek, uning qanchalik uzoqlashganini bildiradi.
Ko'zimiz bilan tik (to'ppa-to'g'ri) qaraganimizda, agar yorug'lik kuchli boiib, ko'rinib turgan narsalar o'rtasidagi ko'rish burchagi 50 dan kam
boimasa, ko'zimiz ayni bir vaqtda ikki narsani (ikki nuqtani) ko'ra oladi. Lekin, ko'rish burchagi kichikroq boisa, ikki narsa yoki ikki nuqta bitta- dek boiib ko'rinadi. Yon tomondan qaraganda ikki nuqta bittadek ko'rinadi va ko'rish burchagi hiyla katta boiadi. Shuning uchun ham uzoq maso- fadagi ikki yoki bir qancha narsa «biriashib ketib», bir narsadek idrok
qilinadi. Ikki narsani ayni bir vaqtda ko'rayotganda ko'rish burchagi qanchalik kichik boisa, ko'z shunchalik o'tkir hisoblanadi. Yaqin yoki uzoq- roq masofadagi narsalarning aks etgan surati to'ppa-to'g'ri ko'z to'r pardasi- ga tushmog'i uchun ko'z gavhari bo'rtiq yoki yassi holda boimog'i kerak. Yaqin turgan narsalarga qaragan paytda ko'z gavhari qorayib sharga o'xshash bo'rtiq shaklga, uzoqdagi narsalarga qaraganda esa cho'zilib, qariyb yassi shaklga kiradi. Ko'z gavharining va umuman, ko'zning ravshan ko'rish uchun uyg'unlashuvini akkomodatsiya deb ataladi. Ko'zning ak- komodatsiyasi 20-25 metr doirasida fazoning uchinchi oichovini, ya’ni olislikni, chuqurlikni, relyefni ko'z bilan idrok qilishda, ayniqsa, katta ahamiyatga ega.
Ko‘z xiralik — uzoqdan yaxshi ko'ra olmaslik va yaqindan yaxshi ko‘ra olmaslik. Ko'z gavhari qanchalik shar shakliga yaqinlashsa, yorug'lik nurining sinishi shunchalik kuchliroq boiadi va qaralayotgan narsaning
surati ham ko'z gavharidan shunchalik yaqin yerda aks etadi. Ko'z gavhari qanchalik ko'p cho'zilib yassi shakl olsa, numing sinishi ham shunchalik kuchsiz boiadi va qaralayotgan narsaning surati ham ko'z gavharidan shunchalik yiroq yerda aks etadi. Ko'z gavharining yassi shaklga yoki bo'rtib shar shakliga kira olish qobiliyati hamisha zo'r berib tikilishdan yoki odamning yoshiga qarab susayib bormog'i mumkin. Bunday hollarda normal ko'rish qobiliyati buzilib, uzoqdan yaxshi ko'ra olmaslik (yassilanish qobiliyatining zaifligi) yoki yaqindan yaxshi ko'ra olmaslik (bo'rtish qobiliyatining zaifligi) paydo boiadi. Uzoqdan yaxshi ko'ra olmaydigan odamlarning ko'z gavharida nurlarning sinishi kuchli boiadi; binobarin, bu sinayotgan nurlar ko'z to‘r pardasiga borib yetmasdanoq bir nuqtaga yig‘iladi. Buning natijasida narsaning surati ko'z to‘r pardasida xira, mujmal aks etadi. Shuning uchun ham uzoqdan yaxshi ko'ra olmaydigan odamlar botiq ko'zoynak taqib yuradilar, chunki botiq ko'zoynak nurlarni tarqatadi va bu nurlarning sinish nuqtalarini ko‘z to‘r pardasigacha yetkazadi.
Yaqindan yaxshi ko'rmaydigan odamlarning ko‘z gavharida nurlarning sinishi zaif bo'ladi, natijada nurlar ko'z to'r pardasining orqa yerida turadi. Ko'z to'r pardasining o'ziga esa hali bir nuqtada turmagan nurlar tushadi. Shu sababli, ko'z bu holda ham ravshan ko'ra olmaydi. Yaqindan yaxshi ko'ra olmaydigan odamlar bo'rtiq ko'zoynak taqadilar, chunki bo'rtiq oyna nurlarning sinishini kuchaytiradi va nurlarni xuddi ko'z to'r pardasiga to'playdi.
Uzoqdan yaxshi ko'rmaslik va yaqindan yaxshi ko'rmaslikning yana bir sababi shuki, ba’zi odamlarning ko'z soqqasi cho'zinchoqroq (uzoqdan yaxshi ko'ra olmaydiganlarda) yoki kalta (yaqindan yaxshi ko'ra ol- maydiganlarda) bo'ladi. Shuning uchun ko'zning bu kabi xiraligi bolalik
chog'idanoq ko'rinmog'i mumkin. Uzoqdan yaxshi ko'ra olmaydigan odamlar bilan yaqindan yaxshi ko'ra olmaydigan odamlarning ko'zida
nurlarning qanday sinishi 25-rasmda ko'rsatilgan.
Fazoni (monokulyar ko'rish yo'li bilan) bir ko'z bilan yetarli darajada aniq va mukammal ko'rib bo'lmaydi. Ayniqsa, fazoning uchinchi o'lchovini bir ko'z bilan (monokulyar) idrok qilish yo'li bilan ko'rishda to'la aniqlikka erishib bo'lmaydi. Odatda biz narsalarni fazo munosabatlari shakllari va katta- kichikligi bilan birlikda idrok qil- ganimizda ikkala ko'zimiz bilan, ya’ni binokulyar idrok qilamiz.
Shunisi qiziqki, bir narsaga qaraganimizda uning surati har qaysi ko'zimizning to'r pardasiga yakka-yakka tushsa ham, lekin bu narsa va nuqtalar ikkita bo'lib emas, balki bitta bo'lib ko'rinadi, buning sababi nima?
25-rasm. Nurlarning sinishi: 1 — normal ko'radiganlarda; 2 — uzoqdan yaxshi ko'ra olmaydiganlar; 3 — yaqindan yaxshi ko'ra olmaydiganlarda.
Bu hodisaning sababi shundaki, ko'rib turgan narsamizdan keladigan nurlar ikki ko'zimizda alohida simmetriya bo'lib barobar aks etadi. Bir narsani ikki ko'z bilan ko'rish shu narsadan keladigan nurlarning ko'z to'r pardasidagi alohida mos nuqtalarga tushishi yoki mos emas nuqtalar-
ga to'g'ri kelishiga bog'liqdir. Ko'z soqqalarining to'r pardalarida sariq dog'dan teng baravar uzoqlikdagi nuqtalami mos (yoki identik) nuqtalar deyiladi. Idrok qilinayotgan narsadan aks etgan nurlar xuddi shu mos nuqtalarga to'g'ri kelsa, narsa bitta bo'lib ko'rinadi. Masalan, 26-rasmda ko'rsatilganidek, 1, 2, 3 raqamlari bilan belgilangan nuqtalar ko'zdan
teng-baravar uzoqlikda bo'lib, bu nuqtalar ko'z to'r pardasining mos nuq- talarida aks etadi. Bu nuqtalarning har biri ko'zimizga bitta nuqta bo'lib ko'rinadi. Mos nuqtalarning xususiyati shuki, agar bu nuqtalar ayni bir vaqtda baravar qo'zg'alsa, narsaning surati bitta bo'lib, to'g'ri aks etadi.
To'r pardasining sariq dog'iga nisbatan har xil uzoqlikdagi nuqtalarini mos emas nuqtalar deb ataladi. Ma’lum bir narsaning surati shu mos
emas nuqtalarga to'g'ri kelsa, bitta narsa ikkita bo'lib ko'rinadi. Masalan, o'sha 26-rasmda ko'rsatilgan, ko'zdan uzoqligi baravar bo'lmagan A va В nuqtalari ko'z to'r pardalarining mos emas nuqtalariga tushadi; binoba- rin, A bilan В narsaning har biri ko'zimizga ikkitadan bo'lib ko'rinadi.
Agar biz ikkita narsa, masalan, qalam va ruchka olib, ularni bir- biridan 20—30 sm va ko'zimizdan ham 30 sm uzoqlikda ushlab turib, awalo qalamga tikilsak, u bitta bo'lib ko'rinadi, uning orqasidagi ruchka esa ayni vaqtda ikkita bo'lib ko'rinadi,
p chunki ruchkaning surati xuddi ikki
ko'zimizning to'r pardasidagi mos
emas nuqtalariga tushgan bo'ladi. Va, aksincha, orqasidagi ruchkaning o'ziga tikilib qarasak, ayni vaqtda qalam ikkita bo'lib ko'rinadi.
Biz fazo munosabatlarini ikki ko'zimiz bilan (binokulyar ko'rish yo'li bilan) mukammalroq va aniqroq idrok qilamiz. Masalan, uchinchi o'lchovni binokulyar aniqroq idrok qilamiz. Buning isboti uchun quyidagi sodda tajri- bani qilib ko'rish mumkin. Agar oq- langan devor oldida oq ip tortsak va uning ilinib turgan joylarini ko'rmasak,
26-rasm. lkkala ко ‘z pardasida bir ko'zimizni yumib turib ipga qara- nuqtalarning mos va nomoslik ganimizda bir ip bilan devor orasidagi sxemasi. masofani belgilashga ojizlik qilamiz.
Barmog'imizni ipga tekkizmoqchi bo‘lib urinsak, tekkiza olmaymiz. Xuddi shu ipga ikka- la ko'zimiz bilan qarasak, ip bilan devor orasidagi masofani aniq ko'ra va barmog'imizni ipga bexato tekkiza olamiz. Shuningdek, bir ko‘- zimizni yumib turib, nina ko'ziga ip o'tkazmoqchi bo'lsak, qiynalamiz.
Uchinchi o'lchovni (uzoqdalik, chuqurlik- ni) binokulyar idrok qilishda ko'zning konver-
gensiyasi, ayniqsa, katta ahamiyatga ega.
Konvergensiya ma’lum bir narsaga qaragan
27-rasm. da, ikkala ko'z soqqasining qanshar tomon ba Mos nuqtalar. ravar burilishidir. Ikkala ko'z soqqasi ana shunday burilganida ko'rish o'qlari biz qarab turgan narsaning o'zida bir- birini kesib o'tadi.
Idrok qilinayotgan narsa qanchalik yaqin tursa, ko'z soqqalari bir- biriga, ya’ni qanshar tomonga shunchalik yaqin buriladi, ko'rish o'qlari ham bir-birini shunchalik yaqin kesib o'tadi. Sechenov ta’biricha, ko'rish o'qlari «qamrab oluvchilar» bo'lib, biz qarab turgan narsa bizga yaqin- lashgan sari, «ko'rish o'qlari ham ko'zimizga yaqinlashadi, narsa uzoq- lashgan sari, ko'rish o'qlari ham ko'zimizdan uzoqlashadi».
Ko'zlarimizning konvergensiyasi, ayniqsa, masofani, yiroqni, chuqur- likni eng aniq, raso idrok qilishga imkon beradi, chunki konvergensiya vaqtida asosiy o'rinda turgan ko'rish analizatoriga harakat analizatori, ya’ni ko'z muskullarining ishi qo'shiladi. Biz qarab turgan narsalar yuziga tushgan ko'lankalar masofani, chuqurlikni, relyefni idrok qilishda katta rol o'ynaydi.
Bundan tashqari, uchinchi o'lchovni ikki ko'z bilan (binokulyar) idrok etishda eng ko'p daraja aniqlikka erishuvning sababi o'tmishdagi tajri- bamiz samarasi hamdir. Chunki biz kundalik hayotimizda narsalarni doimo ikki ko'z bilan qarab ko'ramiz, narsalarga faqat bir ko'zimiz bilan qarash hollari kamdan kam uchraydi.
Fazoni teri sezgilari va muskul-harakat vositasi bilan idrok etganda ko'z bilan qarab ham, ko'z bilan qaramasdan ham idrok qilaverish mumkin.
Maydaroq narsalarning shaklini, ularning katta-kichikligini, holatini biz teri sezgilari vositasi bilan, ya'ni uni ko'rib, bevosita idrok qilamiz. masalan, qo'limizdagi tanga pulning shaklini, katta-kichikligini, holatini
107
bevosita teri sezgilari vositasi bilan bilamiz. Teri sezgilari vositasi bilan biz, xususan ikki o'lchovni uzunlik (masofa) va sirt o'lchovlarini idrok qilishimiz mumkin, lekin narsalarning (hatto mayda narsalarning ham) shaklini, katta-kichikligini va fazodagi munosabatlarini yolg'iz teri sezgilari vositasi bilan idrok qilganda to'la aniqlikka erishib bo'lmaydi. Shu
sababli ko'pincha fazoni teri sezgilari vositasi bilan idrok qilish muskullar harakat vositasi bilan idrok qilish ila birgalikda o'tadi. Muskul-harakat organlarimiz vositasi bilan biz yirik va mayda obyektlarning (masalan, stol, xona, hovli va shu kabilarning) shaklini, katta-kichikligini, fazodagi munosabatlarini hamma uch o'lchovda idrok qilishimiz mumkin. Ko'r odamlar (yoki ko'r emaslar qorong'i tushganda) narsalarning shaklini, masofani va fazodagi munosabatlarni ana shu yo'l bilan idrok qiladilar. Mayda narsalarning shakli barmoq harakatlari (paypaslash) vositasi bilan idrok qilinadi. Yirik narsalarning shaklini va masofani ko'zimizni yumib yoki qorong'ida idrok qilganimizda biz qo'l harakatlarimizdan va qadam- lab yurishdan foydalanamiz. Ana shu harakatlardan tug'iladigan muskul- harakat sezgilarimizga o'tmishda hosil bo'lgan tajribamiz qo'shiladi, natijada biz ko'zimiz ko'rmasa ham, turgan joyimizni, fazoga oid munosabatlarni chama bilan bilib olamiz.
Fazoni ko'z bilan ko'rib idrok qilishning o'sishida teri sezgilari va muskul-harakat organlari katta rol o'ynaydi. Ko'r bo'lib tug'ilgan, ammo tegishli operatsiyadan keyin ko'zi ochilgan odamlarning fazoni qanday idrok qilishlarini tekshirish natijalari bunga dalil bo'la oladi.
Bir necha misol keltiraylik. Ko'r bo'lib tug'ilgan bir odam muvafifaqi- yatli operatsiyadan keyin ko'zi ochilgan bo'lsa-da, lekin dastlabki kun- larda u fazoni va narsalarning fazodagi holatini ko'zi ko'r emas (basir) odamlarga qaraganda boshqacha idrok qilgan, masalan, ko'ruv doirasiga kirgan hamma narsalarni juda yaqin va ko'ziga tegib turayotgandek his qilgan, shuning uchun bu odam ehtiyot yuzasidan ko'zini qo‘li bilan hadeb qoplayvergan. Narsalarning shaklini ham faqat ko'rish bilangina fahmlay olmagan, bu narsalarni qo'li bilan paypaslab ko'rganidagina, ya’ni o'tmish- dagi muskul-harakat sezgisiga asoslangan tajribasiga suyanganidagina narsalarning shakllarini taniy olgan.
Operatsiyadan so'ng ko'zi ochilgan yana bir odamga yog'ochdan yasal- gan, har ikkalasi ham bir xil bo'yalgan va diametri teng shar bilan kub ko'rsatganlar. U odam bu narsalarning turli buyumlarekanini ko'rib tursa ham, lekin ularni bir-biridan aniq farq qila olmagan: qaysisi dumaloq va qaysisi burchakli ekanini aniq aytib bera olmagan. Yana shu odamga shar bilan bir xil kattalikdagi doiraning, kub bilan bir xil kattalikdagi to'rtburchakning yassi shaklini yonma-yon qo'yib ko'rsatganlarida, ularni bir-biridan farq qila olmagan, faqat paypaslab ko'rganidan keyin sharni doiradan va kubni to'rtburchakdan ajratgan. Bu odam qilingan operatsiyadan tamomila sog'aygandan keyin, ko‘z bilan ko'rib idrok qilishni o'rganmoq uchun maxsus mashq qilgan. Masalan, oyog'idan etigini yechib irg‘itib yuborar, so‘ngra etikkacha bo‘lgan masofani ko'zi bilan chamalashga urinar ekan. Chama bilan bir-ikki qadam yurgandan keyin, qoiini uzatib etikni olishga harakat qilar ekan, lekin ko'zi bilan masofani aniq belgilay olmaganligidan yanglishar va paypaslab, qachon eshik qo'liga tegsa, uni shundagina ushlab olar ekan.
Yuqorida keltirilgan misollardan maium boidiki, ko'rlar ko'zlari ochilgandan keyin, ularda fazoni ko'z bilan ko'rib idrok qilish qobiliyati teri va muskul harakat organlarining ishtiroki bilan asta-sekin o'sib boradi. Demak, fazoga oid shakl, katta-kichiklik va munosabatlarni ko'rish, teri sezgilari va muskul-harakat organlari bir-biri bilan mahkam bogianib ishlaganlaridagina eng to'g'ri va mukammal idrok qilish mumkin.
Sezgi organlarimizning — tuyush, muskul-harakat va ko'rish organ- larimizning o'ziga xos xususiyati, jumladan, obyektiv mavjud fazoni ham idrok qilish qobiliyatiga ega boiishdadir. Idrokning hamma turlari singari, fazoni idrok qilish ham kishining tajribasi va umumiy kamoloti jarayonida boradi.
Biz idrok qilib turgan narsa va hodisalar maium bir (zamon) davomida paydo bo'ladi, taraqqiy qiladi va o'zgarib boradi. Shuningdek, obyektiv dunyo hodisalarini aks ettiradigan idrok, tasawur, fikr va hokazolardan iborat bo'lgan bizdagi subyektiv, psixik hodisalar ham vaqt davomida paydo bo'ladi, o'zgarib va almashib turadi. Maiumki, fazo singari vaqt ham materiyaning mavjudligi shaklidir. Har qanday bogiiqning asosiy shaklidir. U obyektiv reallikdir, ya’ni ongimizdan tashqari o'zi mavjuddir. Biz fazoni idrok qilganimizdek, vaqtni ham idrok qilamiz. Biroq, vaqtni idrok qilish to'g'risida gapirar ekanmiz, biz quyidagilarni nazarda tutamiz. Vaqtni idrok qilishni vaqt «boiaklarini» soat va boshqa xronometrik asboblar yor
damida o'lchash deb tushunish yaramaydi. Kishi xuddi bir xilda bo'lgan vaqt bo'lagi (daqiqa, soat yoki ko'p va hokazo)ning obyektiv davomini hamisha bir xilda sezavermas ekan. Ba’zan bir soat, bir daqiqada. o'tib ketadi yoki «bir soat bir yildek tuyuladi» deb gapiradilar.
Biz vaqtni hozirgi zamon (hozirgi payt) va undan kelgusiga borayot- gan real narsadek idrok qilamiz, uni tasawur qilamiz va fikrlaymiz. Shuning uchun ham o'tmish, hozirgi zamon va kelgusi ma’nosida olingan tushunchalar mavjuddir. Vaqtni idrok qilish haqida gapirar ekanmiz, biz hozirgi paytni nazarda tutamiz. O'tmish vaqt xotira faoliyati esga tushirish faoli-
109
yati bilan bog'liq bo'ladi. Kelgusi vaqtni esa biz faqat xayolga keltirishimiz yoki bu haqda o'ylashimiz mumkin, xolos. Obyektiv (matematik) nuqtayi nazardan, hozirgi payt bu o'tmishni kelgusidan ajratadigan bir nuqta (chegara)dir. Ammo psixologik, subyektiv nuqtayi nazardan, biz borayot- gan vaqtning «bo'laklarini» hozirgi payt (endimik) deb idrok qilamiz. Dars, ma’ruza yoki bironta musiqiy asarni eshitib o'tirish davomidagi vaqt ham mana shunday idrok qilinadi. Demak, vaqtning to'xtovsiz borishi, davomi hozirgi payt deb tuyuladi.
Biz vaqtni (uning to'xtovsiz borishi, cho'zilishini va davomini) idrok qiladigan maxsus bir organga ega emasmiz. O'tayotgan vaqt awalo atrofimizdagi narsa va hodisalaming o'zgarib va almashinib turishidan bilinadi. Shu sababli bizning idrok qilishimiz hamma sezgi a’zolarimiz faoliyati bilan bog'langan deb aytish mumkin. Vaqtni idrok qilish orga- nizmimizda borayotgan fiziologik jarayonlar bilan ham belgilanadi. Yurak tepish, nafas olish ritmikasi va organik sezgilar vaqtni idrok qilishda katta rol o'ynaydi, bu hoi maxsus tekshirishlar bilan aniqlangan.
Vaqt bizga «sekin o'tayotgandek» yoki «tez o'tayotgandek» tuyuladi. Buning sababi shunda ekanki, har birining davomi obyektiv suratda bir xilda bo'lgan vaqt boiagini, ya’ni soat, daqiqa, soniya va hokazoni ha- misha bir xilda sezavermas ekanmiz. Ba’zan biz «bir soat bir yilga o'xshab ketdi», ba’zan esa «uch soat ko'z ochib yumguncha o'tib ketdi», «bir kun
bir daqiqaday o'tib ketdi» deb gapiramiz.
Vaqtni tez yoki sekin o'tayotgandek sezishimiz shu paytda siz kechirayotgan psixik jarayonlarga bog'liq bo'ladi. Ichki organlarning sez
girligi yo'qolgan (anesteziya paydo bo'lgan) bemorlarda vaqt o'tishini bevosita his qilish qobiliyati yo'qolishi yoki zaiflanishi ma’lumdir.
l.P. Pavlovning fikricha tanamizda boiib turadigan hodisalaming takror-
lanib turishi vaqtni idrok qilishda katta rol o'ynaydi. «Bir kun davomida, — deb yozadi Pavlov, — bosh miya ta’sirlanadi, charchaydi, so'ngra yana kuchini tiklaydi. Ovqat hazm qiladigan yoilar vaqt-bevaqt ovqat bilan toiatiladi, ovqatdan bo'shab qoladi va hokazo. Binobarin, organning har bir holati katta miya yarim sharlarida aks etishi mumkin boiganligidan ana shuning o'ziyoq bir paytni boshqa paytdan ajratish uchun asos boia oladi». Shuning bilan birga, o'tayotgan vaqt tasawur, fikr, nutq, his va orzularning ongimizda almashib turishida subyektiv idrok qilinadi. Sub
yektiv idrok qilinadigan vaqtning davomi, cho'zilishi, borishi esa o'zgarib turadigan mavzuning qanchalik mazmundor bo'lishi bilan belgilanadi. Chunonchi, odamning psixik hayoti bedorlik vaqtida eng boy mazmunga ega boiadi, shu sababli vaqtning tez yoki sekin o'tayotgani his qilinadi va bilinadi. Tush ko'rmasdan qattiq uyqu davomida yoki bexush qolgan yoki sezgirlik tamom yo'qolgan (anesteziya) holatda vaqtning o'zi ham, uning borishi ham sezilmaydi. Ammo idrok qilinayotgan vaqt faqat ongimiz- ning mazmuni bilan belgilanib qolmay, balki odamning vaqtga va o'zgarib turgan ong mazmuniga qanday munosabatda bo'lishi bilan ham belgilanadi. Bu munosabat e’tiborning nimaga qaratilganligiga va odamning shu paytda kechirayotgan his-tuyg'ulariga bog'liq bo'ladi. Agar biz shu payt- da xushnud bo'lmasak va butun e’tiborimiz muayyan bir vaqtning ke- lishini toqatsizlik bilan kutishga yoki birovni poylashga qaratilsa, vaqtni juda ham sekin o'tayotgandek his qilamiz. Chunonchi, kechikkan tram- vay yoki poyezdni kutayotgan paytimizda vaqt juda sekin o'tayotgandek tuyuladi. Uyqusi qochgan odamga yoki bemorga bedorlikda o'tayotgan tungi vaqt juda sekin o'tayotgandek tuyuladi.
Aksincha, psixik tuyg'ular mazmundor va xilma-xil bo'lib, odamning butun fikri-zikrini o'ziga qaratib qo'ysa, vaqt juda tez o'tib ketayotgandek seziladi. Diqqatimizni tuyg'ularimizning mazmuniga qaratsak, vaqtning o'tayotgani biz uchun bilinmay qoladi. Ayniqsa, ongimizning mazmuni, ya’ni idrok, tasawur va fikrlarimiz xush emotsiyalar, yoqimli hislar uyg'otsa, vaqt juda tez o'tayotgandek seziladi. Masalan, ayni bir dars vaqti bir o'quvchiga juda tez o'tgandek sezilsa, boshqa bir o'quvchiga juda sekin borayotgandek tuyuladi, buning sababi bu o'quvchilaming diqqati nimaga qaratilishidadir. Agar o'quvchi diqqat-e’tiborini darsning mazmuniga qaratsa, dars bilan qiziqib, zavq bilan tinglasa, ko'ngli to'q bo'lsa, vaqtning o'tib ketganini bilmay qoladi. Darsga ahamiyat bermay, zerikib va dars vaqtining tezroq o'tishini sabrsizlik bilan kutib, hadeb soatiga qarab o'tirgan o'quvchiga vaqt «to'xtab qolgandek» seziladi, «tikilgan qozon qaynamas» degan xalq maqoli ham bunga misol bo'la oladi.
Demak, vaqtni bevosita idrok qilish («vaqt hissi») aniq bo'lmasdan, subyektiv bo'lar ekan. Shuning uchun ham biz ko'pincha vaqt davomini belgilashda xatoga yo'l qo'yib, o'zimizcha «vaqt tez o'tdi» yoki «sekin» o'tmoqda deb o'ylaymiz.
Bu esa odamning ham faoliyatiga, ham ruhiy holatiga ko'pincha salbiy ta’sir ko'rsatadi.
Ba’zan kundalik hayot va faoliyatda vaqtni subyektiv his qilish obyektiv usulda o'lchanadigan vaqtga muvofiq bo'lishi mumkin. Masalan, o'qituvchi va o'quvchilarda dars vaqti — 45 daqiqaning davomini to'g'ri belgilash qobiliyati hosil bo'ladi. Chopish sport bilan shug'ullanuvchilarda bu his, ayniqsa, yaxshi o'sgan bo'lar ekan. Ammo maxsus mashq qilib, o'tayotgan vaqtning ayrim hissalarini mumkin qadar aniq belgilay bilish qobiliyatini o'stirish mumkin. l.P. Pavlov itlarda oradan aniq, bir vaqt
o'tgach, reaksiya berishdan iborat bo'lgan shartli refleks hosil qilgan.
Odamda ham «vaqtga refleks» hosil bo'lmog'i mumkin. Kunda ma’lum bir vaqtda uyqudan uyg'onish odati bunga misol bo'la oladi.
Vaqt hissi odamda mehnat faoliyati jarayonida vujudga keladi. Ana shu tariqa hosil boMgan vaqt hissi o‘z navbatida mehnat harakatlarini tartibli ravishda idora qilishga ta’sir ko'rsatadi.
Biz narsalarning harakatsiz, sokin holatinigina idrok qilib qolmay, balki fazoda joy almashtirib turgan holatini, narsalarning harakatini ham idrok qilamiz. Harakatning hamma xillari singari, narsalarning ana shu mexanik harakatlari ham vaqt davomida voqe bo'ladi. Shu sababli, harakat tez yoki sekin bo'lmog'i mumkin. Harakatning tezlik darajasini obyek
tiv o'lchash uchun vaqtning bir miqdori, masalan, bir soniya olinib, bu harakatning tezligi jism shu vaqt ichida bosib o'tgan masofa bilan aniqla- nadi. Jism bir soniya ichida qancha katta masofa bosib o'tsa, harakat
shuncha tez hisoblanadi va aksincha.
Binobarin, harakatni idrok qilish ayni zamonda ham fazoni, ham vaqtni idrok qilish demakdir. Masalan, yurayotgan mashinani ko'rib turar ekanmiz, biz ayni vaqtda uning bizga nisbatan joyini ham va biror nuqta- ga nisbatan masofasi o'zgargan (yaqinlashgan yoki uzoqlashgan) vaqtini ham idrok qilamiz. Idrok qilinayotgan harakatning tezligi shu narsa harakatining obyektiv (haqiqiy) tezligiga hamisha teng baravar bo'lavermaydi. Ayni bir xildagi harakat tezligi, vaziyatga qarab, har xil idrok qilinishi mumkin: goho ildamroq, goho sekinlashgandek ko'rinadi. Tanamizga be
vosita tegib turgan narsalarning harakatini biz teri sezgisi, muskul va ko'ruv organlari vositasi bilan idrok qilamiz. Bizga nisbatan muayyan masofada
turgan narsalarning harakatini ko'z bilan ko'rib idrok qilamiz.
Harakatni ko'z bilan ko'rib idrok etish ikki xil usul bilan: birinchidan, harakatda bo'lgan narsaga ko'zni uzmasdan qaraganda uning surati ko'z to'r pardasida hosil bo'ladi, ikkinchidan, ko'zimizni harakatda bo'lgan narsa tomon yuritish, harakatini kuzatib borish bilan voqe bo'ladi. Ko'zimizni harakatlanuvchi narsa tomon yuritib idrok qilingan harakatga qaraganda, ko'zimizni uzmasdan (yuritmasdan) idrok qilingan harakat ancha tez harakatdek ko'rinadi. Odatda, harakat ana shu ikkala usul bilan
bir yo'Ia idrok qilinadi. Ikki usulning biriashgani uchun idrok qilinayotgan harakatning tezligi ancha aniq bilib olinadi.
Harakat idrokini nisbiy va g'ayri nisbiy idrok deb ataladigan ikki xilga bo'lish rasm bo'lgan. Harakatni nisbiy idrok qilish deyilganda, biz harakatlanuvchi narsa va shu narsaning harakati bog'langan yoki yonidan o'tgan sokin nuqta ham ayni vaqtda birgalikda idrok qilinishini tushu- namiz. G'ayri nisbiy idrok deb harakatda bo'lgan narsani boshqa narsalardan ayrim holida idrok etishni aytiladi. Obyektiv tezligi baravar bo‘lsa ham, nisbiy harakat ancha tez, g‘ayri nisbiy harakat esa ancha sekin harakatdek idrok qilinadi.
Harakatning tezdek yoki sekindek ko‘rinishi shu harakatning obyektiv tezligiga hamda harakatda boMgan buyumning ko‘zimizdan uzoq-yaqin boMishiga bogMiq: u bizdan qancha uzoq boMsa, uning harakati ham shuncha sekindek ko'rinadi. Idrok qilinayotgan harakatning tez yoki sekindek ko'rinishi buyumning muayyan vaqt davomida o'tadigan harakatini idrok qilganda hosil bo'ladigan qarash burchagining katta-kichikligi bilan belgilanadi. Harakatda bo'lgan buyumlarni idrok qilgan paytda qarash burchagi kattalashadi. Qarash burchagi harakatlanuvchi buyum bosib o'tayotgan fazo nuqtalaridan bir-birini kesib ko'zga keluvchi nurlardan hosil bo'ladi. Muayyan vaqt ichida (masalan, bir soniya ichida) hosil bo'lgan qarash burchagi qancha katta bo'lsa, harakat ham shuncha tez harakatdek idrok qilinadi.
Harakatda bo'lgan buyum ko'zimizdan qancha uzoqlashsa, qarash burchagi ham shuncha kichrayadi, binobarin, harakatning haqiqiy (obyektiv) tezligi o'zgarmasa ham, harakat sekindek ko'zga ko'rinadi. Odam idrok qilmog'i mumkin bo'lgan — eng sekin harakat shunday harakat- dirki, bunda harakatni nisbiy va to'g'ri qarab idrok qilganda hosil bo'ladigan qarash burchagi soniyasiga 1—2° ga baravar keladi. G'ayri nisbiy harakatni to'g'ri qaraganda ana shu burchakning kattaligi soniyasiga 15—20° dan kam bo'lmasligi shart. Sekundiga 15° dan kichikroq qarash burchagi hosil qiladigan harakat to'g'ri kelganda bevosita idrok qilinmaydi (masalan, soat strelkasining, quyosh, yulduz va hokazolarning harakati), harakatni yondan qarab idrok qilganda qarash burchagi hiyla katta bo'lmog'i kerak. 15° dan kichikroq qarash burchagi hosil qiladigan harakat haqida narsa- laming o'z o'rnini o'zgartirganliklariga qarab hukm qilamiz. Masalan, soat strelkalarining, quyosh, yulduz va shu kabilarning harakati haqida ana shu yo'l bilan xulosa chiqaramiz. Harakatda bo'lgan narsaning ovozi- ga qarab, ya’ni harakatni eshitib ham idrok qilamiz. Masalan, yurayotgan poyezdning o'zini ko'rmasak ham, lekin bizdan uzoq, yaqin yurib keta- yotganligini poyezd ovozining kuchayishi yoki pasayishidan bilamiz. Lekin bu harakatni bevosita idrok qilish emas, balki bavosita (ovoz orqali) idrok qilishdir. Harakatni bavosita idrok qilishda, asosan, o'tmishdagi tajribamizga va bilimlarimizga suyanamiz.
Idrokning konstantligi shundan iboratki, bironta narsani idrok qilish- dan hosil bo'lgan obraz, idrokning fizik sharoiti o'zgarib tursa ham, doimo shu obraz holicha qolaveradi.
Idrokning konstantligi ko'rish idroklarida, narsalarning katta-kichik- ligini, ularning shakli va ranglarini idrok qilishda, ayniqsa, yaqqol ko'rinadi. Bizga ma’lumki, biror narsadan uzoqlashsak, uning ko'zimiz to'r pardasidagi surati (aksi) kichrayadi, ammo shu narsaning obrazi bu bilan o'zgarmaydi, o'zgarganda ham bilinar-bilinmas o'zgaradi. Masalan, ayni bir qalamni 20 sm va 1 m masofadan turib idrok qilinsa ham, baribir uning uzunligi o'zgarganligi sezilmaydi, holbuki uning ko'z to'r pardasiga tushgan surati o'zgaradi, ya’ni qalamni 20 sm masofadan turib ko'rishga nisbatan 1 m masofadan ko'rilganda, qalamning ko'z to'r pardasiga tushadigan surati 5 marta qisqaradi. Shu qalamning sezilarli darajada kaltaroq ko'rinishi uchun uni hiyla uzoq masofadan turib ko'rish kerak bo'ladi.
To'g'ri burchakli stol bizdan 1 m yoki 10 m uzoqroqda tursa ham biz unga to'g'ridan yoki yondan qarasak ham, uning kattaligi va shaklining aksi ko'z to'r pardasida har safar o'zgarib turishiga qaramay, baribir hamisha o'z shakli va katta-kichikligini o'zgartirmagandek, boyagicha idrok qilina- veradi. Kosaga to'g'ridan qarasak, shakli dumaloq ekanini ko'ramiz, ammo ana shu kosaga yondan qarasak, qarash burchagi o'zgarganligidan uning ko'z to'r pardasiga tushgan surati tuxumsimon cho'zinchoqroq shaklda bo'ladi. Biz esa doimo uni dumaloq shaklida idrok qilamiz. Bu safar ham narsaning idrok qilinayotgan shakli, uning haqiqiy, obyektiv shakliga muvofiq bo'lib, doimo to'g'ri idrok qilinadi. Ayni shu kabi konstantlik ranglarni sezishda ham ro'y beradi. Yorug'lik darajasi turli xil bo'lganda ham narsalarning rangi, narsalar qaytargan yorug'lik nurlarining fizik tarkibi o'zgarishiga qaramay, biz doimo birtusda idrok qilaveramiz. Masalan, oq qog'oz elektr chirog'ining sarg'ish nurida ham, yoki u yashil barglar so- yasida yotsa ham baribir u bizga oppoq bo'lib ko'rinaveradi. Holbuki, bu ikki vaziyatda ham qog'oz yuzidan qaytariladigan nurlarning fizik tarkibi o'zgaradi. Yozuv qog'ozi qosh qoraygan paytda ham oppoq, qora bosma harf bilan yozilgan xat esa quyosh yorug'ida ham qop-qora bo'lib ko'rinaveradi, holbuki qosh qoraygan paytda qog'oz yuzidan qaytarilgan nurlarning kuchi, quyosh yorug'ida bosma xatdan qaytarilgan nurlarga qaraganda zaifroqdir. Ma’lumki, bir parcha ko'mirdan tushki vaqtda qaytariladigan nurlar miqdori tong yorishish paytida bundan qaytariladigan nurlar miqdoriga qaraganda bir necha marta ko'pdir. Holbuki, ko'mir
tush vaqtida ham qop-qora, bo'r esa tong otarda ham, g'ira-shira paytda ham, hatto tunda ham, baribir oppoq bo'lib ko'rinadi.
Konstantlik hodisasi shuni ko'rsatadiki, biz narsalarni ko'rib turgan paytimiz- da, ulaming ko'z to'r pardasiga tushgan suratiga aynan muvofiq holda ko'rmay, balki shu narsalar haqiqatda qanday mavjud bo'lsa, shu holda ko'ramiz.
Idrokning konstantligi odamning tajribasi jarayonida, amaliy faoliyatida vujudga kelib, mustahkamlanadi. l.P. Pavlov ko'z bilan ko'rib idrok etish konstantligi uchun fiziologik asos bo'lib xizmat qiladigan muvaqqat bog'lanishlarga oid reflektor faoliyatning tashkil topish xususiyatlarini ochib berdi, «bironta narsaning haqiqiy katta-kichikligi to‘g‘risida tasawur hosil qilmoq uchun,— deb yozadi Pavlov, — shu narsaning ko‘z to'r pardasiga tushgan surati ma’lum katta-kichiklikka ega bo‘lmog‘i va ko‘z soqqasi- ning sirti va ichki muskullarining ma’lum ravishda birlashib ishlamog‘i talab qilinadi. Ko'z to‘r pardasi va ana shu muskullardan keluvchi qo'zg'alishlarning muayyan kombinatsiyasi, muayyan kattalikda bo'lgan narsani teri sezgisi orqali idrok etishdan hosil boMgan qo'zg'alishlar bilan
bir necha marta ayni vaqtda to'g'ri kelaverib, narsaning haqiqiy kattali- gidan hosil bo'lgan shartli qo'zg'ovchi bo'lib qoladi» (Полное собрание сочинений, III tom, 1 -kitob, 121-bet).
l.P. Pavlov aytib o'tgan ko'z muskullari harakati bilan narsaning ko'z
to'r pardasiga tushgan surati o'rtasida ana shu tariqa hosil bo'lgan bog'lanishlar doimo turmushda mustahkamlanib turadi, shuning uchun ham bu bog'lanishlar idrok konstantligini nerv-fiziologik tomondan belgilab beradi.
Konstantlik hodisasi voqelikni bilishda, tevarak-atrofdagi muhitni fahm- lab, kunda amaliy ish ko'rishda juda katta ahamiyatga egadir. Idrokimiz- da konstantlik bo'lmaganida edi, biz har birqimirlashimizda, boshimizni salgina burganimizda, yorug'lik o'zgarib turganida, narsalar o'z joylari- dan andakkina siljiganida ham xuddi shu narsalarni har gal butunlay boshqa-boshqa, yangi notanish narsalardek idrok qilardik, biz hatto o'z narsalarimizni ham ulardan hatto yarim metr uzoqlashgan taqdirda, taniy olmasdik.
Ba’zi hollarda narsalar noto'g'ri, yanglish idrok qilinishi mumkin.
Narsalarni bu tariqa noto'g'ri idrok qilishni illuziya deb ataladi. Masalan, agar biz 28-rasmda ko'rsatilganidek, ko'rsatkich va o'rta barmog'imizni chalishtirib, no'xat yoki bironta dumaloq narsani chalishtirilgan ikkala barmog'imizning uchi bilan bosib turib, ayni bir vaqtda aylantiraversak (biz no'xatni aylantiraylik), barmoqlarimiz tagida bitta emas, balki ikki no'xat bordek his qilamiz. Ana shu holda bir narsaning ikki bo'lib sezil- ishini Aristotel (Arastu) illuziyasi deyiladi. Og'irligi aynan teng, ammo kattaligi har xil bo'lgan ikki buyumni ketma-ketiga ushlab turilsa, kattasi yengilroq, ikkinchisi og'irroqdek tuyuladi. Metalldan ishlangan 1 kg tar- ozi toshi, 1 kg paxtadan og'irroqdek his qilinadi. Bu hoi geometrik illuz- iyalar deb nom berilgan illuziyalarda, ayniqsa, yaqqol ko'rinadi. Masalan, uzunligi baravar bo'lgan ikki chiziqning chetlariga ikki xil burchaklar chizilsa, illuziya paydo bo'ladi, ya’ni burchaklari tashqariga qaratilgan chiziqqa nisbatan burchaklari ichkari tomonga qaratilgan chiziq kaltaroq bo‘lib ko'rinadi.
Bir nechta parallel chiziqlar ustidan qiya chiziqlar chizilsa, bu chiziqlar parallel emas, balki har xil tomonga qarab ketgan chiziqlardek tuyuladi (29-rasm).
Ikkita teng burchakdan bittasi chiziqlar bilan to'latilsa, ikkinchisiga qaraganda kattaroq bo‘lib ko'rinadi. Ikkita baravar doira shaklini chizib, bulardan birini shu doiradan kattaroq, ikkinchisini esa o'zidan kichikroq, doiralar ichiga olinsa, ikkinchi doira kattaroq ko'rinadigan bo'lib qoladi.
Illuziyaning yuqorida keltirilgan namunalari hamma aqli raso odam- larda albatta bo'ladigan illuziyalardandir. Bunday illuziyalarning muay
yan qonuniyatlari bor. Masalan, yuqorida bayon qilingan Aristotel illu- ziyasining paydo bo'lish sababi shuki, bunda bitta narsa barmoq uchla- rimizning terisi yuzidagi shunday ikki nuqtaga tegadi, odatdagi tabiiy sharoitda esa bitta narsa ana shu ikki nuqtaga hech qachon birdaniga tegib turmaydi. Og'irligi baravar bo'lib, kattaligi har xil bo'lgan buyum- lardan kichikrog'i kattarog'iga qaraganda og'ir ko'rinishining sababi shundaki, odam hajmi kattaroq buyumning hajmi kichikroq buyumdan og'ir ekanini o'z tajribasida doimo sinab kelgan, binobarin, hajmi har xil buyum- larni ko'z bilan idrok qilganda beixtiyor shu tajribasiga tayanadi-da, kattaroq buyumni ushlaganida ko'proq zo'r beradi, kichikroq buyumni qo'liga olganida uncha zo'r bermaydi, natijada og'irligi bara
var bo'lgani bilan zo'r berish yoki muskullar- ning qarshilik ko'rsatishi uchun sarf qilingan kuch darajasi har xil bo'lganligidan kichikroq buyum og'irroqdek his qilinadi.
28-rasm. Idrok qilib turgan shaxsning psixikasida
ro'y beradigan o'zgarishlar bilan tug'iladigan
tasodifiy illuziyalar ham bo'ladi. Masalan, cho'lda suvsagan kishi uzoqda yarqirab tur
gan sho'rxok yerni ko'l deb o'ylashi (lekin bu illuziyani sahrodagi sarobdan farq qila bilish kerak) yoki o'rmondagi to'nka odamning ko'ziga bironta yirtqich hayvonga
o'xshab ko'rinishi va hokazo shu kabi illuziyalar jumlasidandir.
Gap nutq sohasida ham illuziyalar ko'p uchrab turishi hammaga ma’lum. Bu xil illuziyalar shundan iboratki, birovning nutqi- dagi ayrim so'zlar boshqa tovush tarkibidagi yoki boshqa bir ma’noda aytilgan so'zdek eshitiladi. Bunday hollarda odamlar odatda «yaxshi eshitmay qold- im», «boshqacha tushunibman» deb gapiradilar. Eshitish organin- ing sog‘ bo‘lishiga qaramay, bi- rovning nutqini noto'g'ri eshitish
sababi suhbatdoshlardan birining gap borayotgan narsa haqida yetarli ma’lumoti bo'lmasligida yoki e’tibori boshqa narsaga 30-rasm. chalg'ib ketib, gapni chala eshit-
ganligidadir. Illuziyani gollutsinatsiyadan farq qilish lozim. Illuziya shu onda sezgi organlarimizga ta’sir qilib turgan bir narsani yanglish, noto'g'ri idrok qilish bo'lsa, gollutsinatsiya yo'q narsalarni, tashqi ta’sirotsiz «idrok qilinishidir»: o'rni tagida yo'q narsaning ko'zga bordek ko'rinishi, yo'q ovozlarning quloqqa eshitilishi, yo'q narsalarning isi dimoqqa urilishi va boshqa shu kabilar gollutsinatsiya mahsulidir. Gollutsinatsiya shaxsning go'yo biror narsani ko'rgandek, eshitgandek, ushlagandek, is bilgandek va boshqa shu kabi tasawuridir, xolos. Gollutsinatsiya ko'pincha kasal- likdan darak beruvchi alomatdir, u nerv sistemasi bironta zaharli narsa (alkogol, kokain, nasha) bilan ta’sirlanganda, nerv sistemasini buzadigan kasalliklar oqibatida ro'y beradi.
Idrokka xos sifatlar ajratiladi. Idrokning tezligi, to'laligi, ravshanligi va aniqligi yoki to'g'riligi uning sifatlaridandir. Idrokning tezligi idrok qilinayotgan narsaning sezgi organlarimizga ta’sir qila boshlagan paytdan, to bu narsa obrazini anglab olgunimizgacha o'tgan vaqt bilan o'lchanadi. Buni anglash odatda: «Bu falon narsa ekan» yoki «Men falon narsani ko'rayapman, eshityapman va hokazo» deb tasdiqlash (gapirish) da ifodalanadi. Obrazning aniqlab olinishi yana organizm idrok qilinayotgan narsani tanish (oriyentirovka) yuzasidan qilgan harakat reaksiyasida ham namoyon bo'lishi mumkin. Idrokning tezligi idrok asosida yotgan sezgi- larning tezligiga baravar, yoxud hiyla sekinroq ham bo'lmog'i mumkin. Idrokning u yoki bu darajada sekin o'tishi ma’lum darajada appersepsiya bilan ham belgilanadi. Idrokning tezligi soniyaning o'n, yuz va mingdan bir qismi, ba’zan esa soniyalar bilan o'lchanadi.
Mazmun jihatdan idrok to‘la yoki to‘la bo'tmasligi mumkin. Idrokning to'laligi narsaning ayni idrokda aks etgan belgilarining miqdori va xilma-xilligi bilan xarakterlanadi. Idrok qanchalik to'la va sermazmun bo'lsa, u shuncha aniq bo'ladi. Mazmunan to'liq bo'lmagan idrok obrazlari ayni vaqtda tussiz va siyqa bo'ladi. Idrokning aniqligi idrok obrazlari idrok qilinayotgan narsalarga qanchalik muvofiq bo'lishida bilinadi. Id- rokda faqat idrok qilinayotgan narsaning ayni vaqtda mavjud bo'lgan belgi-
lari aks ettirilsa, u aniq idrok bo'ladi. Idrokning mazmunida idrok qilinayotgan narsada yo'q bo'lgan belgilar ham bo'lsa, u noaniq idrok bo'ladi. Bunday belgilar biron sabab bilan awal idrok qilingan narsalardan olib qo'shiladi yoki xayolda yaratiladi. Yuqorida aytilganidek, har xil illuziyalar ana shunday noaniq idroklar jumlasidandir.
Butun psixik hayotimizda, faoliyatimizning hamma sohalari va xusu- san o'qish-o'qitishda idrokning ahamiyati kattadir. Shuning uchun hami- sha idrokning sifatiga alohida e’tibor berish lozim bo'ladi. Psixik hayo- timizning butun boyligi sezgi va idroklarimiz orqali hosil bo'lgan maz- mundan voqe bo'ladi. Idrok olamni bilish faoliyatimizning boshlang'ich, asosiy momentidir. Idrok qilish yo'li bilan hosil bo'lgan ma’lumotlar xoti- ramizda saqlanib qoladi va so'ngra ongimizning oliy jarayonlari — tafakkur,
xayol, iroda faoliyati uchun asos bo'ladi. Tasawurlarimizning qanchalik to'la va ravshan bo'lishi idrokning sifati bilan belgilanadi. Idrok xilma-xil hissiyot va xususan estetik hislar manbai bo'lib xizmat etadi. Shu tuyg'u hissiyotlarning xususiyatlari tegishli idroklarning u yoki bu sifatlariga hiy- la darajada bog'liq bo'ladi. Idrok sifat atrof-tevarakdagi sharoitni to'g'ri
va tez tushunib olish, inson faoliyatining har xil turlari — o'yin, mehnat, sport mashqi va musobaqalari uchun ahamiyati kattadir. Xususan, ta’lim- tarbiya ishida idrokning sifatini e’tiborga olish katta ahamiyatga egadir. O'qituvchi bergan har bir o'quv materialini o'zlashtirish uchun o'quvchi awalo uni idrok qilmog'i-ko'rmog'i, eshitmog'i va hokazo kerak. O'quvchi idrok qilgan narsasini esda qoldiradi, tushunib oladi. O'quvchi o'quv ma
terialini qanchalik tez, to'la, ravshan va aniq idrok qilsa, u bu materialni shunchalik yengil va to'g'ri tushunib, fahmlab oladi, shunchalik oson, to'la va mustahkam bilib oladi.
Shuning uchun o'qish o'qitishda idrokning sifatiga oid xususiyatlami e’tiborga olish, o'quv materialini eng yaxshi usulda idrok qilishni ta’min etish lozim, o'qish-o'qitish ishini shunday tashkil etish kerakki, o'quvchilar materi
alni tez, to'la, ravshan va. aniq idrok qila oladigan bo'lsin. Buning uchun o'quvchilar idrokning sifati qanday sabablaiga bog'liq ekanini bilishi kerak.
Idrokning sifati — uning tezligi, to'laligi, ravshan va aniqligi — tashqi shartlar, organik va psixik shartlar bilan belgilanadi. Biz idrok qilayotgan narsa va hodisalaming xossalari idrokning sifatini belgilovchi tashqi yoki
obyektiv shartlardir. Aniq va chiroyli qilib ishlangan rasm, kitob harfla- rining aniqligi, ravshan va to'g'ri talaffuz qilingan nutq tez, oson, to'la va aniqroq idrok qilinadi. Idrok qilinayotgan paytdagi sharoit ham idrok sifatini ta’minlovchi obyektiv shartlar jumlasidandir. Masalan, ko'rish id- roki uchun joyning yaxshi yoritilgan bo'lishi, eshitish idroki uchun —
jim-jitlik alohida ahamiyatga ega. Ko'rish yoki eshitish lozim bo'lgan narsalarga nisbatan masofa ham shunday shartlardandir.
Nerv sistemasi va sezgi organlarining holati idrok sifatini belgilovchi organik shartdir. Umuman idrokning yaxshi sifati nerv sistemasi va sezgi organlarining sog'lom, tetik bo'lishiga bog'liqdir. Nerv sistemasi kasal, charchagan yoki biror zahar ta’sirida buzilgan bo'lsa, idrokning sifati pasa- yadi; idrok qilish sekinlashadi, idrok obrazlari xiralashadi, ba’zan esa
juda ravshandek bo'lsa ham aslida noaniq, noto'g'ri bo'ladi. Sezgi organlarida biror nuqson bo'lsa, idrokning sifati ham o'zgaradi. Masalan, eshitish va ko'rish organi zaif bo'lganda eshitish va ko'rish idroki to'la va aniq
bo'lmaydi. O'qish-o'qitish ishida ko'rish va eshitish organlari, ayniqsa, katta ahamiyatga ega. Shuning uchun o'qituvchi har bir o'quvchining
sezgi organlari (tibbiyot tekshirishiga qarab) qanday holatda ekanini bilishi kerak. Ko'zi yaxshi ko'rmaydigan yoki qulog'i yaxshi eshitmaydigan o'quvchilami oldingi partalarga o'tkazish zarurdir. Shunday hollar uchray- diki, ayrim o'quvchilar dars materialini puxta esga olib qola olmaslik yoki, uni o'qib ololmaslikdan emas, balki yaxshi eshita olmasliklari yoki ko'ra olmasliklari oqibatida o'zlashtira olmaydilar.
Mavjud tasawurlar, tajriba va bilimlar, tafakkurning taraqqiyot darajasi, diqqatning faolligi, kishining hislari, qiziqish-havaslari va manfaatlari idrokning sifatini belgilovchi subyektiv yoki psixik shartlardandir.
Biror sohada tajriba, bilim kam bo'lsa, shu sohaga doir yangi narsani idrok qilishi sekinlashadi, idrok chala, xira va noaniq bo'ladi. Odamning qaysi bir sohada tajriba va bilimi qanchalik ko'p bo'lsa, u shu sohadagi narsalarni shunchalik tez idrok qiladi, idroki esa, mazmunan to'la, ravshan
va aniq bo'ladi.
■ Yuqorida ko'rsatib o'tilganidek, idrokning sifati uchun his-tuyg'ular, diqqat va tafakkurning ahamiyati katta. Idrokning aniqligi, ravonligi, fahm- langanligi diqqat va tafakkurning taraqqiyot darajasiga bog'liq. Illuziyalar tafakkur orqali tekshiriladi, aniqlanadi va shu tariqa idrokning aniqligiga erishiladi. Shuning uchun pedagog yangi materialni bayon qilishda awalo o'quvchilarda mavjud tasawur va bilimlarini hisobga olishi kerak. Didak- tikaning «ma’lumdan noma’lumga» degan asosiy qoidasidan, awalo, o'quvchilaming o'quv materialini tez, to'la, aniq idrok qilishni ta’minlash maqsadida foydalanish lozim. O'quvchilar idrokining to'la, ravshan va aniq bo'lishi uchun o'qituvchi ta’lim jarayonida o'quvchilaming diqqatini to'la
jalb qilish va tarbiyalashga, shuningdek, ularda kishiga nisbatan ijobiy hissiyot va qiziqishlar yaratish uchun harakat qilishi lozim.
Bolalarda idrokning o‘sishi haqida gapirar ekanmiz, idrokning ravshanligi, rasoligi, ongliligi, sermazmunliligi hamda kuzata bilish qobiliyatining o'sib borishini nazarda tutamiz. Idrokning o‘sishi sezgi organlari va analizatorlarning mukammal o‘sishi bilan belgilanadi. Shu bilan birga yuqorida («Sezgilaming o‘sishi» bobida 92-bet) aytib o'tilganidek, sezgi organlarining o'sishi ham idrokning o‘sishi bilan juda mahkam bog‘langandir. Idrok bolaga beriladigan tarbiya ta’siri, tajriba orttirish, bilim olish tufayli, tafakkur, xayol, diqqat, hissiyot, irodaning bir-biriga ta’sir qilib birgalikda o‘sishi yoki umuman shaxsning kamol topib borishi
jarayonida o'sib boradi.
Chaqaloq uch-to‘rt oylik davrida idrok qila oladigan narsalar doirasi hali juda tor bo‘ladi. Bola bu chog‘larda eng awal ko‘z oldidagi rang- barang, ovoz chiqaradigan va harakatlanadigan narsalarni ozmi-ko‘pmi ravshan idrok qila boshlaydi. Bola onasini uning ovozidan erta bila boshlaydi. Bola buyumlarni qo'liga olib, ular bilan turli harakat qila boshla-
gach, uning idroki mazmun jihatdan kengayib boradi. Chunki, bu vaqtda uning ko'rish va eshitish sezgilariga teri sezgisi, maza-ta’m bilish, issiq-
sovuqni, qattiq-yumshoqni, og'ir-yengilni bilish sezgilari qo'shiladi. Yarim yashar bola atrofdagi narsalarni, uy ichidagilarni taniydigan bo'lib qoladi. Bu shuni ko'rsatadiki, demak, bola olti oylik bo'lganda tevarak-
atrofdagi narsalarni bir-biridan ajratib idrok qila boshlaydi.
Bola u yoqdan-bu yoqqa awal emaklab, so'ngra mustaqil yura bosh- lagach, idrok qilinadigan narsalarning doirasi hiyla kengayib, idroki takomillashib boradi. Shu bilan bir vaqtda bolaning qo'l harakatlari taraqqiy qiladi, teri sezgisi takomillashadi. Narsalarni faqat ko'z bilan ko'rishning o'zi endi bolani qanoatlantirmaydi: bola har qanday narsalarning oldiga borib ularni ushlab ko'radi, qo'liga oladi, og'ziga eltadi, itaradi, irg'itadi va hokazo.
Bola narsalarning o'zi bilan faol ish-harakat qilar ekan, bunda u narsalarning turli-tuman xossalarini — ularning shaklini, katta-kichikligini, qat- tiq-yumshoqligini, og'ir-yengilligini yaxshiroq bilib oladi. Yurish va yugurish bilan bola masofani ham aniqlay boshlaydi. Ammo bu yoshdagi bolalar narsalarning qanchalik yiroq-yaqin turishini aniqlay olmaydilar. Ko'pincha bolalar o'zlaridan yiroq turgan bir narsani olmoqchi bo'lib qo'llarini uzatadilar, yoki uzoqdagi narsani, masalan, osmondagi oyni olib berishni kattalardan so'raydilar.
Bola awallari narsalar bilan bevosita amal qilib, shu narsalarning xossalarini bilib oladi, keyinchalik shu xossalarni muskul-harakat sezgilari, maza bilish va teri sezgisi organlarining bevosita ishtirokisiz, faqat ko'rish
bilan taniydigan bo'lib o'sadi. Masalan, 2—3 yasharbola olmani ko'rganida uning hamma xossalarini: rangi, mazasi, shakli, kattaligi va boladan qan
day masofada turganligini ko'zi bilan tanib bila oladi.
Bola musiqaga oid ritmni va sodda kuylami, masalan, allani erta yoshdan idrok qila boshlaydi. Bola cholg'u ovozini yoki ashulani eshitar ekan, bunga e’tibor berib jim qoladi, tinchiydi. Ikki-uch yashar bola o'zi ham sodda kuylarni ayta oladigan bo'lib qoladi. Bulaming hammasi shu kabi idroklarning yosh bolalarda paydo bo'lish, o'sib borishini isbot qiladi.
Bola ikki yoshga qadam qo'yganda narsalarni suratdagi tasviriga qarab ajrata boshlaydi. Bolaning suratda tasvir qilingan narsalarni, umu
man, suratlarni tanish qobiliyatining o'sishiga uning haqiqiy narsalarning o'zini ko'rishdan hosil bo'lgan tajribasi va kattalarning rahbarligi ostida tez-tez rasm va suratlar ko'rib turishi yordam beradi.
Shunday qilib, bolaning idroki yasli yoshidanoq (bir-uch yoshda) maz- munan ancha xilma-xil bo'ladi. Lekin shu bilan bir vaqtda, uning idroki hali aslo to'la takomil topmagan bo'ladi. Masalan, shu yoshdagi bolalar
vaqtni yaxshi ajrata (idrok qila) olmaydilar. Ular, odatda, bironta ish- harakat yoki voqeaning necha vaqt davom etayotganini, bu vaqtning sekin yoki tez o'tayotganligini, bironta voqea yoki ish-harakatning «ilgari» yoki «keyin» yuz berganini ajrata bilmaydilar. Bu yoshdagi bola idrok obrazlari ko'pincha tarqoq holda bo'lib, bir-biri bilan to'g'ri bog'lanmaydi, bu obraz- larning ma’nosiga bola tushunib yeta olmaydi, shu sababli, bu yoshda
bolaning idroki yetarli darajada ongli bo'la olmaydi. Bola idrok qilar ekan, ko'pincha, narsalarning muhim alomatlariga e’tibor bermay, balki yaqqol ayrilib turadigan tamonlariga: rangi, ovozi, harakati va shakliga e’tibor beradi. Shu bilan birga yosh bolalar ko'rib turgan narsalarining arzimay- digan mayda-chuyda tomonlarini, masalan, shkafning tabaqasida salgina darz ketgan joyini, suratdagi bolaning kiyimida bir tugmasi qadab qo'yilmaganini va hokazolarni ham payqaydilarki, katta yoshli kishilar buni payqamasliklari ham mumkin.
Yasli yoshidagi bolalaming idroki ko'proq, ixtiyorsiz bo'ladigan idrokdir. Bolalaming diqqatini beixtiyor o'ziga tortadigan narsalarni, bolalaming bevosita ehtiyojlari ta’siri ostida bo'layotgan ish-harakatlariga bog'liq bo'lgan narsalarni idrok qiladilar, xolos. Ammo katta yoshli kishilar bolani: «mana,
buni qara», «falon narsaga quloq sol» degan ko'rsatmalari bilan muayyan bir narsani idrok qilishga majbur etadilar. Lekin bu holda ham bolaning idroki turg‘un bo‘lmasdan, diqqati juda tez chalg‘ib ketadi, xususan idrok qilinmog‘i kerak bo'lgan narsa o'zining ko'rinishi, harakati, ovozi va shu kabi xususiyatlari bilan bolani qiziqtirmasa, idroki beqaror bo'ladi. Bu yoshdagi bolalar o'z idroklarini hali idora qila olmaydilar. Bolalar idrokining ravonlik, barqarorlik, mukammallik va onglilik darajasi, ulaming o'yin faoli
yatida hamda tafakkur va nutqlari o'sib borgan sari osha boradi.
Maktabgacha tarbiya va yasli yoshidagi kattaroq bolalaming hayotida o'yin katta o'rin oladi va yosh bolalaming tabiatiga xos bo'lgan ha- rakatchanlikdan, faoliyatga intilishdan tug'iladi, o'yin faoliyati bolada
tug'iladigan har xil ehtiyojlar: bilish ehtiyoji, ijtimoiy va estetik ehtiyojlar ta’siri ostida kuchayib boradi. Bola o'ynar ekan, atrofidagi muhit bilan turli-tuman, bevosita va faol aloqa bog'laydi, o'z o'yinida atrofdagi voqelikni aks ettiradi va shu voqelikka qarab ish-harakat qiladi.
Bolalar o'z o'yinlarida katta yoshli kishilarning ish-harakatlariga taqlid qiladilar. Katta yoshli kishilarning ish-harakatlariga taqlid qilmoq uchun esa bolalar kattalarning ish-harakatlariga, bu ish-harakatga aloqasi bo'lgan sharoit va buyumlarga e’tibor berib, razm solishlari kerak bo'ladi. Shunday qilib, o'yin jarayonida bola idrok qiladigan narsalarning doirasi va idrokning mazmuni kengayib, boyib boradi. Bola bir yoshga to'lib ikki yoshga qadam qo'ygan paytida uning idrokida nutq katta rol o'ynay boshlaydi. Bola boshqalaming gap so'zini tinglaydi va bu bilan uni bevosita o'rab olgan muhitdan tashqaridagi narsalarni bilib oladi. Nutq bolaning idrok qilayotgan narsalarini yaxshi anglab olishini o'stirishda katta ahamiyatga ega. Bola narsalarning nomini bilib oladi va o'zi idrok qilgan narsalarning nomini aytadi. Bironta narsaning nomini aytar ekan, bola bu narsani muayy
an narsalar jinsiga kiritadi. Idrokda onglilik darajasi o'sganligi shu yoshdagi bolalaming doimo: «Bu nima?», «Buning oti nima?», «Nega shunday?» va shu kabi juda ko'p savol bilan kattalarga murojaat qilishlarida ko'rinadi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda idrokning o'sishi
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda kattalarning rahbarligi ostida uy-ro'zg'or mehnatida ishtirok etish va o'yin faoliyati tufayli ixtiyoriy idrok qobiliyati ham o'sa boshlaydi. Ixtiyoriy idrok bolalarda tafakkur, iroda va ixtiyoriy diqqatning o'sishi bilan birga tarkib topadi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolada kuzata bilish qobiliyati ham ko'rina boshlaydi. Kuzata bilish qobiliyatining o'sishiga tabiat burchaklarida olib boriladigan ishlar, sayr va ekskursiyaga borib turishlar yordam beradi. Bola
lar narsalarni kattalarning rahbarligida kattalar belgilab bergan maqsadga muvofiq e’tibor berib kuzatadilar. Kuzata bilish maktabgacha tarbiya yoshida, asosan, tarbiya jarayonida o'sib boradi.
Maktabgacha tarbiya yoshida fazoni idrok qilish qobiliyati ancha taraqqiy qiladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bola o'yin vaqtida, maishiy hayotda turli-tuman narsalar bilan turli ish-harakatlar bajaradi. Bola ko'p yuguradi, ma’lum masofagacha yugurib yuradi. U rasm soladi, loydan biron narsa qiladi, tuzish-ko'rish bilan shug'ullanadi. Bu ishlaming hammasi bolaning fazo idroklarining o'sishiga yordam beradi. Bola ikki o'lchamli va uch o'lchamli (tekis va hajmli) narsalarni ajrata biladi. U
ancha uzoq masofada turgan narsalarning shaklini, katta-kichikligini, qaysisi uzoq, qaysisi yaqinroq turganini mo'ljal bilan ayta oladi.
Maktabgacha tarbiya yoshida vaziyatni idrok qilish qobiliyati ham ta- komillashadi. Shu yoshdagi bola «endi», «keyin», «ilgari», «awal» hamda «kech kelish», «vaqtida kelish», «uzoq poylash», «tez bo'lish» kabi so'zlaming ma’nosiga tushunadigan bo'ladi. Demak, bu yoshdagi bolalar vaqt haqida tasawur va ba’zi tushunchalarga ega bo'ladilar. Bolalaming o'yin faoliyati ularda vaqt hissining o'sishiga anchagina yordam beradi. O'yin vaqtida doimo o'z harakatlari va o'yinga qatnashgan sheriklarining harakatlariga e’tibor berishga, harakatlarning sur’atini, jadalligini hisobga olishga, o'yin (harakat) natijasini kutishga to'g'ri keladi. Shuningdek, bolalaming kuchiga yarasha mehnat qilganda ham harakatdagi ildamlik, chaqqonlik yoki sustkashlikka e’tibor berishi zarur bo'lib qoladi. Ko'pincha kattalar ham bolaning biron yumushni jadallik, chaqqonlik bilan bajarishini talab qiladilar. Bolalar katta yoshdagi kishilarning «tez bo'l» degan buyruqlarini bajarish uchun harakatlarini tezlatishga tirishadilar. Bolalaming o'zlari ham biron narsani «tezroq» bajarish uchun «jadal» harakat qiladilar.
Bolalar bog'chasida va oilada belgilangan qat’iy rejim bolalarda vaqt- hissini o'stirishga yordam beradi. Bolalar har kuni belgilangan bir mahal- da uxlashlari, ovqat yeyishlari, bir ish yoki o'yin va hokazolar bilan mashg'ul bo'lishlari lozim bo'ladi. Olti-yetti yashar bolalar vaqtni soatga qarab bila boshlaydilar.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda ancha murakkab musiqa asar- larini cholg'u va ashulani tinglash va tushuna bilish qobiliyati o'sadi. Bolalar bog'chada musiqa asbobida chalingan ma’lum bir kuyga moslab yuradilar, chopadilar, raqs tushadilar. Musiqa ohanglarini ajrata bilish qobiliyati ham bu yoshda ancha ulg'ayadi, shu sababli, bolalar musiqa va ashulani o'rganadilar.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda surat va rasmlarni ko'rib tushunish qobiliyati o'sa boshlaydi. Uch-to'rt yashar bolalar rasmda tas
vir qilingan narsalarni birma-bir ko'rsatadilar, ammo shu narsalarni rasmda tasvirlangan ish-harakatlarini va uni natijalarini hamma vaqt to'g'ri idrok qilavermaydilar. Olti-yetti yashar bolalar mazmuni ular uchun tushunarli bo'lgan surat va rasmlami ko'rganlarida uni hikoya qilib bera va muhokama qila oladilar, suratda tasvirlangan harakat va voqealami ham ko‘rib tushuna va ajrata biladilar.
Maktab yoshidagi bolalarda idrokning hamma turlari, asosan, ta’lim va tarbiya tufayli mazmun, aniqlik, ravshanlik jihatdan ko‘p daraja ta- komillashadi.
Ta’lim va tarbiya jarayonida bolalarda ixtiyoriy idrok va kuzata bilish qobiliyati o'sadi. Kuzata bilish muvaffaqiyatli o'qish uchun zarur shart- lardan biridir. O'quvchilarda kuzata bilish qobiliyati ulaming tafakkuri, irodasi, qiziqish-havaslari bilan birgalikda o'sib boradi. Kuzatish obyekt- larini tanlashda o'quvchilaming o'zlari tashabbus ko'rsata boshlaydilar. O'quvchilar o'z idroklarini mustaqil idora qila oladilar. Ammo hamma boshqa ixtiyorsiz jarayonlar singari, ixtiyorsiz idrok ham maktab yoshidagi bolalarda hali ko'p uchraydi. Shuning uchun ham o'quvchilarga beriladigan material, ular tomonidan ixtiyorsiz va ixtiyoriy idrok qilishini mo'ljallab berilmog'i kerak.
Fazo tasawurlari ham maktab yoshida ancha takomillashgan bo'ladi. Jumladan, o'quvchilarda ko'z bilan chamalash qobiliyati ancha taraqqiy qilgan bo'ladi. Boshlang'ich maktab o'quvchilari endi bu chog'da katta yoshdagi odamlardan deyarli qolishmasdan, to'g'ri chiziqni ko'z bilan chamalab ikki teng bo'lakka bo'la oladilar, narsa va chiziqlami katta-kichiklik darajasiga qarab taqqoslay oladilar, narsalarning fazoda turgan o'mini bulardan qaysi biri yaqinroq yoki uzoqroq, qaysi biri balandroq yoki pastroq
joylashganini taxminan to'g'ri belgilay oladilar. IV—V sinf o'quvchilari idrok qilinayotgan masofani ko'z bilan chamalab, shu masofani bosib o'tish
uchun talab qilinadigan vaqtni ham taxminan hisoblab oladigan bo'ladilar.
Ta’lim va tarbiya jarayonida o'quvchilaming ko'z bilan chamalash hamda narsalarning shakli va katta-kichikligini ajrata bilish qobiliyatining yana yaxshiroq o'sishiga jismoniy tarbiya, chizmachilik, rasm, geometri- ya, fizika darslari bilan shug'ullanish, shuningdek, geografiya kartalari va o'lchov asboblaridan foydalanish katta yordam beradi. Katta masofalarni ko'z bilan chamalash qobiliyatining o'sishiga ekskursiyalar, sayrga chi- qishlar, kattalar bilan birgalikda dala va boshqa yerlarda mehnat jarayonida ishtirok etish yordam beradi.
Maktab yoshida vaqtni idrok qilish ham takomillashadi. O'quvchilar vaqtning, hozirgi paytning «tez» yoki «sekin» o'tayotganini aniq sezadi- lar. V—VI sinf o'quvchilari, katta yoshdagi odamlar singari, ikki daqiqa, o'n daqiqa, bir soat, uch soat va shu kabi vaqtlarning o'tishini taxminan ayta oladilar.
O'quvchilarda vaqtni yana aniqroq idrok qilish qobiliyati, asosan, maktabda o'qish mashg'ulotlari to‘g‘ri uyushtirilishiga, mashg‘ulotlarni muayyan vaqtga qarab taqsimlanishi va vazifalarni ma’lum bir o‘quv soati (45 daqiqa) ichida tamom qilish talabiga bogiiq holda o‘sib boradi. O'quvchilaming o'zlari ham mustaqil suratda bajarishlari lozim bo'lgan turli darslarini tayyorlash uchun vaziyatni har bir fanga taqsimlab chi- qishga majbur bo'ladilar. Darsga kech qolmasdan maktabga borib yetish to'g'risida g'amxo'rlik o'quvchilardan vaqtning o'tishiga e’tibor berishni talab etadi. O'quvchilar ma’lum bir ishni bajarish uchun lozim bo'lgan ozmi-ko'pmi muddatni fikrda hisoblab chiqishga majbur bo'ladilar. Vaqt o'lchovlarini o'rganish, doimo soatdan foydalanish ham vaqtni aniq va to'g'ri idrok qilish qobiliyatini o'stiradi.
Katta yoshdagi odamlar singari, maktab bolalari ham suratda tasvir- langan voqea va harakatni to'g'ri ko'ra va tushuna oladilar. To'qqiz-o'n bir yashar bolalar narsalarning fazoda tutgan o'rnini va ulaming bir-biriga nisbatlarini o'z rasmlarida to'g'ri tasvirlay oladigan bo'ladilar.
Maktab bolalari murakkab musiqa asarlarini zavq bilan tinglaydilar, ular ton va yarim ton kabi ohanglarni ajrata oladilar, maktab xorida ishtirok etadilar va har xil cholg'u asboblarida chalishni o'rganadilar.
Yoshlar — o'g'il va qiz bolalar — murakkab musiqa asarlarini eshitish, badiiy rasmlar ko'rish bilan shu asarlaming g'oyaviy ma’nosiga ham tushu- nadigan bo'ladilar. Idrok qobiliyati bolalar ulg'ayib, ancha voyaga yetib
qolgan davrlarda yanada o'sib boradi. O'qish va mehnat jarayonida o'smir va yoshlarda muayyan idrok obyektlari ustida o'z diqqatlarini ancha uzoq vaqtgacha to'plab turish, murakkab kompleksli obyektlardan nazariy va amaliy maqsadlarga qarab muhim va zarurlarini ajrata bilish qobiliyati hosil bo'ladi va mustahkamlanib boradi. Yuqori sinf o'quvchilari endi shu yoshda tabiat va jamiyat hayotiga doir hodisalar ustida ilmiy yo'sindagi kuzatishlar olib bora oladilar.
VI bob. XOTIRA
Biz sezgan, idrok qilgan narsalar iz qoldirmasdan yo'qolib ketmaydi, balki ma’lum darajada esda olib qolinadi, ya’ni esimizda saqlanib qoladi va qulay sharoitda yoki kerak bo Iganda esimizga tushadi.
Shuningdek, kechirilgan tuyg'u, fikr va qilingan ish-harakatlarimiz ham esimizda saqlanib qoladi va keyinchalik esimizga tushadi. Buni har kim o‘z tajribasidan yaxshi biladi. Masalan, o'quvchilar maktabda o'qitilayotgan narsalarini esda olib qoladilar, esda saqlaydilar va esga tushiradilar.
Kundalik tajribamiz ko'rsatadiki, esda qolgan narsalarning hammasi ham esimizga tushavermaydi, ularning bir qismi unutiladi. Unutish ham xotiraga oid hodisadir.
Ta’sirotlarning ana shunday esda qoldirish va keyin esga tushirishning fiziologik asosi muvaqqat nerv bog'lanishlaridir, bu muvaqqat bog‘lanishlaming hosil bo'lish, mustahkamlanish va keyin jonlanish (tik- lanish) jarayonidir.
Esda qoladigan narsa xotira materialini, esda saqlanib turadigan va esga tushiriladigan narsa esa xotiraning mazmunini tashkil qiladi.
Eng awal bevosita idrok qilingan narsa va hodisalar (uylar, ko'chalar, daraxtlar, hayvonlar va hokazolar)ning obrazlari esda olib qolinadi, saqlanib qoladi va esga tushadi. Ko'rgan badiiy surat va rasmlar, eshitgan musiqa kuylari, ashulalar va hokazolar esda qoladi.
Ilgari idrok qilingan narsalarning esimizga tushgan obrazlari tasawur deb ataladi. Bu xotiramizda saqlanib qolgan idrok obrazlari bo'lib, maz- munan obrazli xotiraga taalluqlidir. Odam xotirasining asosiy mazmunini nutq-so‘z materiali tashkil etadi. Idrok qilingan narsa va hodisalaming nomlari, o'qilgan matnlar, so'zlar, gaplar boshqalarning nutqi esda olib qolinadi, esda saqlanib qoladi va esga tushiriladi. Lekin nutq esda olib qolinganda u yoki bu oddiy tovushlar birikish sistemalari emas, balki nutqda ifodalangan ma’no, o'zi va boshqalarning fikrlari esda qoladi,
saqlanadi va esga tushadi. So'zlarning ma’no jihatdan mantiqiy sur’atda bir-biriga bog'lanib esda qolishi va esga tushishi mazmunan so‘z logik xotirasi bo'lib, obrazli xotiraga nisbatan, ancha murakkab aqliy faoliyat- dir. Biz ko’ngildan kechirgan tuyg'ular, har xil muskul va ish-harakatlari ham xotira mazmunini tashkil qiladilar.
Shu sababli esda qoladigan materialning xilma-xil mazmuniga qarab, xotirani, odatda, obrazli, so‘z logik, emotsional (tuyg'u-hissiyot) va harakat xotirasi kabi xillarga ajratiladi. Albatta, xotiraning ana shu xillarga bo'linishi nisbiydir. Haqiqatda xotiraning shu hamma xillari bir-biri bilan chambarchas bog'langan, bironta narsaning esimizda qolgan va keyin esimizga tushirilgan obrazi gap bilan ifodalanadi, har bir tuyg'u-hissiyot bironta bir tasawurga, yoki fikrga, yoki ish-harakatga va hokazolarga bog'liq holda tug'iladi.
Shunday qilib, ongimiz aks ettirgan narsalarni mustahkamlash, saqlab qolish va keyinchalik tiklash (esga tushirish) dan iborat bo'lgan aqliy faoliyat xotira deyiladi.
Xotiraning ayrim jarayonlarini — esda olib qolish, esda saqlash, esga tushirish va unutish jarayonlarini ko'rib chiqaylik.
Xotira faoliyati esda olib qolishdan boshlanadi. Biz hamisha bir narsa yoki hodisani idrok qilishimiz, biron narsa haqida o'ylashimiz singari hamisha biron narsa yoki hodisani esda olib qolamiz. Esda olib qolish jarayoni eng awal miya po'stida idrok qilinayotgan narsalarning—buyum, surat, so'z, fikr va hokazolarning «izlari» hosil bo'lishidan va ayni vaqtda esda olib qolinadigan material bilan kishida mavjud bilim va tajriba o'rtasida, esda qoladigan materialning ayrim qismlari yoki elementlari o'rtasida bog'lanish vujudga kelishidan iboratdir.
Esda qolishning nerv-fiziologik asosi bosh miya po'stida yangi muvaqqat nerv bog'lanishlari hosil bo'lishidan iboratdir.
Esda olib qolishning tezligi, to'laligi, aniqligi va mustahkamligi har xil bo'lishi mumkin. Esda qoldirishning bu sifatlari esga tushirishning tezligi, to'laligi va aniqligiga, shuningdek, nechog'li tez yoki sekin unuti- lishiga qarab aniqlanadi. Tez, to'la va aniq esga tushirish va tezda unutib
qo'ymaslik esda qoldirishning eng yaxshi sifatlaridandir.
Jumladan, unutishning tezligiga qarab, esda qoldirishning mustahkam bo'lish-bo'lmasligi aniqlanadi: puxta esda qolgan material sekin unutiladi yoki sira unutilmaydi. Shu sababli esda olib qolishning har xil sifati nimaga bog'liq degan savolning tug'ilishi tabiiydir. Xotiraning sifatini belgilovchi shartlarni bilish pedagogika uchun amaliy ahamiyatga ega, chunki bu shartlarni bilganda, eng mustahkam va eng tez esda qoldirishga erishmoq uchun nimalar qilish va nimalarni hisobga olish kerak ekani ma’lum bo'ladi.
Turmushdagi kuzatishlar pedagogik amaliy va maxsus eksperimental tekshirishlar ko'rsatishicha, esda qoldirishning sifatlari — uning tezligi, to'laligi, aniqligi va puxtaligi, birinchidan, esda qoldirish xillariga, ikkinchidan, esda olib qolinayotgan materialga kishining (shaxsning) munosabatiga va uchinchidan, esda qoldirish uchun qo'llanilgan maxsus metodik usul va priyomlarga bog'liq bo'lar ekan.
Biroq har holda esda mustahkam olib qolish, albatta, eng awal nerv sistemasining ahvoliga bog'liqdir. Nerv sistemasi sog'lom va tetik bo'lsa, muvaqqat nerv bog'lanishlar tezroq hosil bo'lib, puxtaroq bo'ladi, bino- barin, esda olib qolish ham tez va puxtaroq bo'ladi.
Esda qoldirish jarayonining asosida yotgan bog'lanishlarning ikki xili ajratiladi. Bu bog'lanishlarning qaysi biri asosiy o'rin olganligiga qarab, assotsiativ va logik esda qoldirish xillari farq qilinadi.
Esda olib qolish faol jarayondir: bu faollik ikki xil bo'ladi, shu sababli ixtiyorsiz va ixtiyoriy esda qoldirish xillari ajratiladi.
Assotsiativ esda qoldirish. Bir vaqtda va bir yerda birin-ketin idrok qilingan ikki yoki bir qancha narsa va hodisalaming obrazlari o'rtasida miyada hosil bo'ladigan bog'lanish assotsiativ bog'lanish yoki assotsiatsi
ya deyiladi. Ana shu yo'sinda hosil bo'lgan assotsiatsiya yondoshlik assot- siatsiyadir. Masalan, bironta ashulani eshita turib, ayni zamonda shu ashulani aytayotgan odamning o'zini ham ko'rsak, shu ashulani (uning kuyi va so'zlarini) idrok qilish bilan birga, ashula aytib turgan kishining o'zini ham idrok qilish o'rtasida yondoshlik assotsiatsiya hosil bo'ladi. Bunday assotsiatsiyaning bizda hosil bo'lganligi shundan bilinadiki, ana shu ashulani takror eshitganimizda yoki uni esimizga tushirganimizda, ashulani aytgan odamning obrazi ham darrov ko'z oldimizga keladi, ashulani aytgan odamni tasawur qilganimizda yoki uni ko'rganimizda, ashulaning kuyi ham esimizga tushadi. Bunda musiqa kuyi bilan ashula aytgan kishining qiyofasi (obrazi) o'rtasida shartli bir vaqtli bog'lanish paydo bo'ladi. Shuningdek, kishining qiyofasi (obrazi) uning ismi, familiyasi, turgan joyi, ishlayotgan
joyi (biz uni awal shu yerlarda ko'rgan bo'lsak) o'rtasida shu xil assotsiatsiya (bog'lanish) hosil bo'ladi. Yondoshlik assotsiatsiyasidan tashqari
yana o'xshashlik va qarama-qarshilik assotsiatsiyasi farqlanadi.
0 ‘xshashlik assotsiatsiyalar — idrok qilinayotgan narsa bilan esga olinadigan narsa o'rtasida o'xshash belgilar bo'lganda vujudga keladigan bog'lanishlardir. Qush bilan samolyot yoki tarkibida bir-biriga o'xshash
tovushlar bor so'zlar o'rtasidagi assotsiatsiyalar shu jumladandir.
Qarama-qarshilik (kontrakt) assotsiatsiyalar hozir idrok qilinayotgan
narsa bilan ilgari idrok qilingan narsa o‘rtasida qarama-qarshilik yuz ber-
ganda hosil boMadigan assotsiatsiyadir (masalan, yoruglik va qorongMlik).
0 ‘xshashlik va qarama-qarshilik asosidagi assotsiatsiyalar ko'pincha tashqi, ahamiyatsiz va tasodifiy belgilar asosida hosil bo‘ladilar. Ular turli vaqtda esda olib qolingan tasawurlar o'rtasida ham hosil bolishlari mumkin. Bu xildagi assotsiatsiyalar bir-biridan batamom farq qilgan narsalar o'rtasida ham voqe boMmog'i mumkin. Daraxtning bir xilini majnun kishi obraziga o'xshatib, majnuntol deb atalishi bunga misol bo'la oladi (daraxtga berilgan nom shu bilan izohlansa kerak).
Mohiyati va ma’nosi jihatidan bir-biridan tamomila uzoq bo‘lgan so'zlar o'rtasida ham assotsiatsiya hosil boMmog'i mumkin. Masalan, mix va apelsin degan so'z bir necha marta ketma-ket takrorlansa, bu so'zlar o'rtasida assotsiatsiya hosil boMadi, natijada keyinchalik bu so'zlarning bittasi esga tushsa, ikkinchisi ham albatta esga tushadigan boiib qoladi. Bu so'zlar o'rtasida bogManishlar hosil bolishiga sabab, ularning faqat birin-ketin takrorlanishidir.
Shuningdek, ayni zamon yoki birin-ketin paydo boigan yoki ta'siri bir xil boigan sezgilar o'rtasida ham assotsiatsiyalar voqe boiadi. Idrokning mazmunga ega bolishi ham shu xil assotsiatsivalarni mavjudligi bilan izohlanadi. Ba’zan o'quvchi hisob jadvalini o'rganar ekan. u jadval-
dagi yonma-yon sonlarni ma’nosini o'qimasdan, masalan. uch-u uch to'qqiz, uch-u to'rt o'n ikki deb takrorlavverishi mumkin. Jadvalni shu usulda yod olgan o'quvchi odatda to'rt marta uch qancha boiadi. degan
savolga javob bera olmay qoladi.
Assotsiatsiya ma’no jihatdan bir-biri bilan sira bog'lanmagan ayrim bo'g'inlar o'rtasida ham paydo bo'lmog'i mumkin, masalan, «mich-tich». «babbi-mabbi» va hokazolar.
Bironta material (masalan, kitob matni)ning ma'nosini butunlay tu- shunmasdan faqat mexanik sur’atda aynan esda qoldirish mumkin. Esda olib qolishda qancha ko‘p va xilma-xil assotsiatsiyalar voqe boisa. esda qoldirish ham shunchalik mustahkam boiadi Ammo faqatgina assotsiativ bog'lanishlar asosida esda qoldirish, xususan biror matnni shu asosda yod olish kam natija beradi. Yolglz assotsiativ boglanishlarga suyanib esda
qoldirishni mexanik esda qoldirish deyiladi.
Materialni, uning ichki ma’nosini tushunmasdan va uni mustaqil o’ylab chiqmasdan mana shu usulda yod olinsa, bu quruq takrorlashdangina iborat bo'lib qoladi; bu usul ko‘p kuch sarf etishni talab qiladi-yu. ammo kam natija beradi va ko'p hollarda fovdasiz boiadi. Mexanik esda olib qolishning uchiga chiqqan usulini quruq yodlash deyiladi. Bu usul bilan yod olish matnni, so'z va gaplarning ma’nosini tushunmasdan faqat ko'p marta takrorlab borislidan iborat boiadi.
Assotsiativ bogManishlar esda qoldirish jarayonida voqe bo'ladilar. Ammo ulaming mavjudligi esga tushirish vaqtida namoyon bo'ladi, chunki assotsiatsiyalar esga tushirishda juda katta rol o'ynaydilar («Esga tushirish va uning turlari» bobi ko‘rilsin).
Ma’nosiga tushunib yoki mantiqan (logik) esda olib qolish jarayonida asosiy o'rinda fikrlash jarayonlari turadi. Esda qoldirilayotgan materialning ayrim qismlari va elementlari o'rtasidagi ma’no va logik (mantiqiy) bog'lanishlami fikr yuritish yo'li bilan ochiladi. Ma’no bog'lanishlarni ochish bironta narsaning obrazini oddiy esda olib qolish emas, balki narsa va hodisalarga xos bo'lgan eng muhim va zaruriy bog'lanishlarni ochish demakdir, bir guruh (sinf) doirasiga kirgan narsa va hodisalaming umumiy va muhim belgilarini, ular o'rtasidagi sababi va natija bogianishlarini aniqlash demakdir.
Assotsiatsiyalar asosida esda olib qolish singari ma’nosiga tushunib esda qoldirish bevosita idrok qilinayotgan narsalar, buyumlar, tabiat hodisalari va hokazo obrazlarini xotirada mustahkamlash jarayonida ro'y beradi. Ma’nosini tushunib esda olib qolish og'zaki materialni — nutq va kitob matnini esda qoldirishda, ayniqsa, katta rol o'ynaydi. Nutq tovush- lari va nutq belgilari (harf, raqam va shu kabilar)ning bir-biri bilan bog'lanishlarida ifodalangan ma’no, fikr idrok qilinadi, fikrlar o'rtasidagi ichki mantiqiy bog'lanishlar ochiladi va aniqlanadi, tushunib olinadi va mulohazalar yuritiladi.
Chunonchi, o'quvchi hisob jadvalini ma’nosiga tushunib yod olar ekan, u masalan, «uch-u to'rt — o'n ikki» deb takrorlaydi va ayni zamon- da to'rt — uch marta o'n ikki son tartibiga, uch esa to'rt marta kirganini fahmlab oladi va bu haqda o'ylaydi. Jadvalini shu usulda o'zlashtirgan
o'quvchi sonlarning tartibini o'zgartirib berilgan savolga to'g'ri javob beradi. Masalan, talaba o'quv materialini ma’nosiga tushunib esga olar ekan, uning tafakkuri ishga solinadi, ya’ni talaba matnda berilgan har bir so'zning
va gaplarning ma’nosini tushunadi, so'z va gaplarda ifodalangan fikrlarni fahmlab oladi, yoki gaplar, ayrim so'zlar o'rtasidagi mantiqiy (logik) bog'lanishlami o'zi mustaqil ochadi va hokazo.
Ma’nosiga tushunib esda qoldirish tez va puxta bo'lish bilan bir vaqtda kishining aqliy jihatdan o'sishining eng yaxshi shartidir.
Agar bironta materialni ma’nosiga tushunmasdan, uni obdan o'ylab chiqmasdan, mulohaza qilib ko'rmasdan yod olinsa, bu material miya uchun keraksiz gap bo'lib qoladi va kishi o'z hayoti uchun muhim bo'lgan yangi vazifalarni hal qilishda bu materialdan foydalana olmaydi. O'zlashtirib
olingan bilim lar asosida yangi masalalarni mustaqil hal qila bilish pedagogika psixologiyaning asosiy talablaridan biridir. Shuning uchun ham biz bilimni yuzaki, mexanik sur’atda yod olishni mutlaqo m a’qullay ol- maymiz. Xotirani o'stirish va takomillashtirish tayyor bilimlami faqat puxta o'zlashtirishdan iborat bo'lm ay, balki bilim lam i ongli ravishda mulohaza qilib chiqish qobiliyatiga ham ega bo'lishdan iboratdir. Bilimlami ongli ravishda m ulohaza qilish esa fikrlash demakdir.
Ta’lim -tarbiya ishida tushunib esda qoldirishning aham iyatini doim o esda tutish zarur. O 'quvchilam i esda saqlab qolish zarur bo'lgan m aterialning m azm unini yaxshi tushunib olib, so'ngra uni o'rganib olishga odat- lantirish kerak.
Tafakkur bilan cham barchas bog'langan nutq esda qoldirish jarayonida katta rol o'ynaydi. N utq esda olib qolinayotgan m aterial (obyekt)
gina bo'lib qolm ay, balki ham obrazli (aniq va ko'nsatm a), ham abstrakt materialni eng yaxshi esda qoldirishning juda m uhim sharti ham dir.
Insonlarning tarixiy taraqqiyoti jarayonida hosil qilingan bilim lar tovush tili bor bo'lgani tufayli m ustahkam lanib, saqlanib qoladi. Xuddi shuningdek, har bir kishi bilimni nutq vositasi bilan aloqa qilish jarayonida, til vositasi bilan hosil qiladi. Biz hosil qilgan bilim lar so'z bilan ifoda qilingan shaklda esda olib qolinadi. N utq faqat nazariy abstrakt materialni esda olib qolish sharti bo'lib qolmay, balki bevosita ko'rilayotgan, eshitayotgan ko'rsatm ali materialni esda olib qolishning ham zaruriy shar- tidir. Agar ko'rsatm ali materialga yana o'qituvchining og'zaki tushunti- rishlari qo'shilsa, bunday material yanada puxtaroq esda qoladi. Har bir kishi o'zi idrok qilayotgan narsani og'zaki yoki o'z ichida so'z, nutq bilan ifoda qila turib esda qoldiradi.
Turli narsalarni esda olib qolishda so'z maktabgacha tarbiya yoshidayoq hiyla katta rol o'ynaydi. To'rt-besh yoshli bolalar bilan professor L.V. Zan- kov qilgan tajribalar shuni ko'rsatdiki, bolalar turli narsalarni esda olib qolayotganlarida ularning nom larini aytadilar. Faqat so 'zlar mavjud bo'Iganligi tufayli material umumiylashtirilgan holda, turli logik ta’rif va iboralar shaklida esda qoladi.
Shuni ham e ’tiborga olish kerakki, tez va puxta esda qoldirish uchun nutqning m azm uni to'g'ri bo'lishigina kifoya qilm ajdi, balki uning sin-
taksis va uslub jihatdan ham to'g'ri shaklga solingan bo'lishi ahamiyatga egadir. Sintaksis jihatdan noto'g'ri tuzilgan nutq, bir til bilan ifodalangan fikrlarni tushunib olish ancha qiyin bo'ladi va esda turm aydi. Nazariy m aterialni esda olib qolishda nutqning tuzilishi, ayniqsa, katta aham iyat
ga ega, chunki bunday material, odatda, abstrakt tushunchalar va hukm (gap) shaklida ifodalanadi.
M a’nosini tushunib esda olib qolishning nerv-fiziologik asosi ikkinchi signal sistem asida voqelikda mavjud narsa va hodisalam ing ichki m uhim bog'lanishlariga muvofiq ravishda hosil bo'ladigan bog'lanishlardan iboratdir. Bu bog'lanishlar, albatta birinchi signal sistemasining ishtirokisiz hosil bo'lm aydi. Xuddi so'zning abstraktlashtiruvchi va umumiylashtiruvchi roli tufayli esda olib qolinayotgan m aterialning ayrim qismlari o'rtasidagi m uhim m unosabatlar ham aniqlanadi. Lekin shuni nazarda tutm oq kerakki, m a’nosini tushunib yod olish jarayoni assotsiativ bog'lanishlardan
batam om ayrilgan holda voqe bo'lm aydi. Assotsiatsiyalar shunday dastlabki bog'lanishlardirki, ular mantiqiy bog'lanishlar hosil bo'lishi va m a
terialni m a’nosiga tushunib yod olish uchun asos bo'ladi.
M exanik (assotsiativ) va m a’nosini tushunib (logik) yod olish tez va puxta bo'lishi uchun kishida m a’lum sohaga oid tajriba va bilim bo'lishi katta aham iyatga ega. Tajriba va bilim qanchalik boy bo'lsa, esda olib qolinadigan yangi m aterial bilan mavjud tajriba va bilim o'rtasida hosil bo'ladigan assotsiativ logik bog'lanishlar ham shunchalik xilma-xil bo'lishi mumkin.
Fiziologik jihatdan bu hodisa awal tarkib topgan nerv bog'lanishlari sistemasining yangi nerv bog'lanishlar voqe bo'lishiga ta’sir etishi va esda qoladigan m aterialning xarakteri bilan izohlanadi. Chunonchi, ancha m urakkab bog'lanishlar hosil bo'lishini talab qiladigan abstrakt-nazariy mate- rialga nisbatan yaqqol ko'rsatmali material tezroq va osonroq esda qoladi.
Esda olib qolish ixtiyorsiz va ixtiyoriy bo'lm og'i mumkin. Ixtiyorsiz esda qoldirish oldim izga hech bir qanday maqsad qo'ym asdan, esga olina- digan m aterialni oldin belgilamasdan va maxsus usullar qo'llam asdan, beixtiyor esda qoldirishdir. Masalan, biz, odatda, ko'chada tasodifiy ko'rgan kishilarning aft-basharasini, tasodifiy eshitib qolgan ba’zi gap va kuylarni beixtiyor esimizda (xotiramizda) saqlab qolamiz. Hayotimizda bo'lib o'tgan ko'p hodisa va voqealarni ham biz ana shunday beixtiyor esimizda saqlab
qolamiz. K o'pincha beixtiyor idrok qilingan narsa yoki hodisalar beixtiyor esda qoladi. O 'zining rang-barangligi, ovozi, harakati bilan ko'zga juda yaqqol ko'riqib turadigan, bizda kuchli hissiyot uyg'otadigan, o'tm ishdagi tajribamizga, mavjud bilimlarimizga, bizning kasb va faoliya- timizga oid, biz uchun alohida ahamiyati bo'lgan va bizda qiziqish-havas tug'diradigan shunday narsa yoki hodisalar xotiram izda beixtiyor saqlanib qoladi. K o'pincha ixtiyoriy atayin idrok qilingan narsa yoki hodisalar ham beixtiyor esda qolaveradi. K o'p hollarda biz bironta suratni ko'rishni,
bironta kitobni o'qib chiqishni, bironta m a’ruzani eshitishni o'z oldim izga maqsad qilib qo'yam iz, am m o ko'rilgan, o'qilgan, eshitilgan narsalaming m azm unini esda olib qolish niyatini o'ylaym iz, lekin, shunga qaramay, ixtiyoriy idrok qilingan kitob, surat. nutqning m azmunini beixti
yor eslab qolamiz.
Ixtiyorsiz esda saqlab qolish bizning havotimiz va faoliyatimizda juda katta o'rin tutadi. Ayrim hollarda bironta yorqin obrazlar, so'zlar, ayrim kishilarning aft-basharasi, o'qilgan yoki eshitilgan jum lalar ixtiyorsiz ra
vishda esda olib qolinadi va xotirada uzoq saqlanib turadi. Esda olib qolinadigan material bizning ehtiyoj va manfaatimizga muvofiq bo'lsa, bu material biz uchun alohida ahamiyatga ega bo'lsa, esimizda uzoq saqlanib turadi. Ixtiyorsiz esda olib qolishda hissiyot, ayniqsa, katta rol o'ynaydi. Bizda bironta hissiyot tug'diradigan material hissiyotimizga hech bir ta'sir qilmaydigan materialga qaraganda esimizda ham tezroq, ham m ustahkam roq o'rnashib qoladi. Ba’zan esa beixtiyor esda qoldirish ixti
yoriy esda qoldirishdan ko'ra samaraliroq bo'ladi. Lekin hissiyot esda qoldirish jarayoniga yomon ta ’sir qilmog'i ham mumkin. M asalan, esga olinm og'i lozim bo'lgan materialga sira aloqasi bo'lm agan sabablar bilan tug'ilgan hissiyot ana shunday ta’sir qiladi. Bunday hollarda diqqatimiz bo'linib, uni esda qoldirilm og'i lozim bo'lgan materialga yetarli darajada to'play olmay qolamiz, diqqatimiz bizning his-tuyg'um izga shu topda ta'sir etgan narsaga chalg'ib ketaveradi. Bundan ta ’lim-tarbiya ishida mana bunday xulosa kelib chiqadi. O'quvchilar o'qib-bilib olishlari lozim bo'lgan materialda ularning his-tuyg'ulariga ta ’sir etadigan m om entlar mumkin
qadar ko'proq bo'lm og'i kerak. O 'quvchilam ing his-tuyg'ulariga ta’sir etadigan bunday m om entlar o'quv m aterialining m azm unida ham, u m a
terialni bayon qilish usulida ham , sezgi organlari bilan idrok qilinayotgan tashqi xususiyatlarida (m aterialning darslikda qanday bayon qilinganligi, o'qituvchining qiziqtirarli hikoya qilib berishi, darslikdagi suratlar va dars- likning grafika ham da badiiy jihatdan qanday bezalganligida) ham ifo- dalanishi m um kin. Ammo, shu bilan birga, o'quvchining diqqatini o'quv m ashg'ulotlaridan chalg'itib yuborishga sababchi bo'ladigan kuchli hissi- yotlarning oldini olish uchun maktabda ham , uyda ham tegishli sharoit tug'dirish kerak.
Ixtiyorsiz esda olib qolish ixtiyoriy esda olib qolish jarayonidan bata- mom ayrilgan bo'lm aydi: ko'pincha ixtiyoriy esda qoldirishda ixtiyorsiz esda olib qolish yuz beradi yoki esda olib qolinadigan material biror amaliy faoliyat tarkibiga kirgan bo'ladi.
Ixtiyoriy esda qoldirish ko'zda tutilgan maqsadga muvofiq, tanlangan m aterialni ongli ravishda kuch berib maxsus esda qoldirishdir. Ixtiyoriy esda qoldirishda m aterialni puxta esda saqlab qolish m aqsadida biz maxsus usullardan foydalanam iz: diqqatim izni to'playm iz, idrok qilingan m aterialni takrorlaym iz, uning m azm unini o'qib olish uchun harakat qilamiz, ilgarigi tajriba va bilim larim iz bilan uni bog‘laymiz va
hokazo.
Sistematik ravishda esda qoldirish yodlab olish, o‘rganib olish deyiladi. Bizning o ‘quv ishlarimiz — bilimlami o‘zlashtirish, tegishli ko'nikm a
va malakalar hosil qilish asosan ixtiyoriy esda qoldirish yo'li bilan bo'ladi. Yodlab, o'rganib olish-tartib bilan esda qoldirish demakdir.
Ixtiyoriy esda qoldirish anglab-bilib esda qoldirishdir. Ixtiyoriy esda qoldirishning nerv-fiziologik asosi birinchi signal sistemasi bilan o'zaro m unosabatda ikkinchi signal hosil bo'ladigan bog'lanishlardir.
Ixtiyoriy (irodaviy) esda olib qolish eng samarali va puxta esda qoldirishdir. Bunda esda olib qolish maqsadini ko'zda tutishning esda olib qolish lozim boMgan m aterialni tanlashning o'ziyoq uni eng samarali yo'sinda esda qoldirishga sabab bo'ladi. Esda olib qolishda maMum materialni xo- tirada qoldirish zarur va kerak ekanini tushunish ahamiyatga egadir. Esda olib qolishga jazm qilish, maqsadni ko'zlash, kerak materialni tanlash, motivatsiya (nim a m aqsad bilan esda qoldirish kerakligini bilish) — bu-
larning ham m asi tafakkur faoliyati bilan bog'liq bo'ladi. Shu sababli ixtiyoriy esda qoldirish asosan m a’nosiga tushunib, ongli va binobarin, eng unumli ravishda esda qoldirishdir.
Ammo bilim va ko'nikm alarni muvaffaqiyatli o‘zlashtirish uchun jazm qilish, xohlash va oldindan m uhokam a qilishning bir o'zi kifoya qilaver- maydi. Ba’zi vaqtlarda (masalan, aniq, ilmiy ta ’rif va iboralarni, yangi term inlarni, chet tilidan kirgan so'zlarni va shu kabi materialni) esda olib qolishda kattagina qiyinchiliklarni yengishga to'g'ri keladi, bu qiyinchiliklar iroda va g'ayrat bilan yengiladi.
Ixtiyoriy esda qoldirish qilingan ishning natijasini tekshirib borish bilan birga boradi: o'quvchi biror materialni esda m ustahkam saqlab qolish uchun harakat qilar ekan, u m aterialning xotirada to'liq va aniq qolgan- qolmaganligini tekshirib ko'radi va murodiga yetm aguncha ishni davom ettiraveradi. Yodlab bilib olishda muvaffaqiyat qozonish kishining iroda bilan astoydil ishlashiga ko'p darajada bog'liq bo'lar ekan. Bundan shu xulosa kelib chiqadiki, o'quvchilar xotirasini o'stirish ularda irodani ham o'stirish bilan bog'liqdir.
Ixtiyorsiz esda olib qolish singari ixtiyoriy esda qoldirish ham assotsiativ va m a’no bog'lanishlari asosida voqe bo'ladi.
Assotsiativ va m a’no bog'lanishlari ham ixtiyoriy, ham ixtiyorsiz esda olib qolishda yuz beradi, deyish mumkin. Bunda assotsiatsiyalar ularning nerv-fiziologik asoslari bilan birga dastlabki va universal bog'lanishlardir. «Muvaqqat nerv bogManishlar, — deb yozadi l.P. Pavlov, — hayvonot olamida va bizning o'zim izda ham bo'ladigan eng um um iy (universal) fiziologik hodisadir. Shu bilan birga u psixik hodisa hamdir. Turli-tum an harakat, taassurot yo bolm asa harflar, so'zlar va fikrlar o'rtasida paydo boMadigan bog'lanishlardirki, bu bog'lanishlarni psixologlar assotsiatsiya deb aytadilar». Ixtiyoriy esda qoldirish jarayonida asosiy o'rinni ish «qiladigan hukm va tushuncha» shaklida ifodalanadigan m a’no bog'lanishlari ham assotsiatsiyalar asosida hosil bo'ladi.
Esda olib qolishning muvaffaqiyati ko'p darajada esda olib qolinayotgan materialga yoki shu material bilan aloqasi bo'lgan faoliyatga shaxsning ijobiy munosabati bilan bog'liq bo'ladi. Bu munosabat qiziqish, diqqat -
e ’tibor tarzida nam oyon bo'ladi. Qiziqish muvaffaqiyatli esda qoldirishning eng birinchi shartlaridandir. Bizda qiziqish tug'dirgan narsa tezroq
va m ustahkam roq esda qoladi. Biz, odatda, bizni qiziqtirmaydigan narsalarga e’tibor bermaymiz va ularni hatto payqamaymiz. O 'quvchilar qi- ziqqan, o'zlari «sevgan» fanlarining m azm unini puxta o kqib olishlarini har bir pedagog yaxshi biladi. Bu aytilganlardan ta ’lim-tarbiya ishida mana bunday xulosa chiqadi: o'quv m aterialini o'quvchilam ing xotirasida mahkam o'm atish uchun maktabda ta’lim ishini shunday olib borish kerakki, har bir fan o'quvchilarda qiziqish, havas tug'diradigan bo'lsin. Esda qoldiriladigan materialga qiziqish, diqqatim izni shu materialga qaratadi, his-tuyg'um izga ta’sir qiladi, zavqlantiradi va beixtiyor esda qoldirish jarayonlarini kuchaytiradi.
Qiziqish esda qoldiriladigan materialni, shaxsning o ‘zi va jamiyat uchun ahamiyatini tushunish bilan bog'liq bo'lsa, esda qoldirish sam araliroq bo'ladi. Diqqat esda mustahkam saqlab qolishning zaruriy shartidir. Diqqat esga olish lozim bo'lgan materialga nechogli kuchli su ratd a qaratilgan bo'lsa, u shunchalik tez va puxta esda qoladi, chunki diqqatning nerv- fiziologik asosi miya po'stining bir qismida kuchli qo'zg'alish (optimal qo'zg'alish) o'chog'ining paydo bo'lishidir. Ana shunday qokzg‘alish paydo bo'lishi bilan yangi nerv bog'lanishlar tezroq hosil b o iib , mahkam saqlanib qoladi. K o'pincha, ayrim kishilarning o'z xotirasining zaifligi. tez va puxta esda saqlab qololmasligi to'g'risidagi shikoyatlari analiz qilib ko'rilganda, esda yaxshi saqlab qololmasliklarining sababi ular diqqati- ning bo'shligida, tarqoqligida, miya po'stidagi tegishli q o 'zg ’alish
o'choqlarining zaifligida ekanligi m a’lum b oiadi. Bunday kishilar diqqat- larini bir nuqtaga jam lab qunt bilan ishlashga harakat qilishlari bilan ulardagi xotira ham kuchaya boradi.
Esda qoldirish usuli hayot va faoliyatning turli hollarida biror m uddatgacha nim anidir qisqa yoki uzoq vaqtgacha esda qoldirishga to'g'ri keladi. Shunday qilib, esda qoldirish usuliga yoki maqsadiga ko'ra xotira qisqa muddatli va uzoq muddatliga bo'linadi.
Muayyan (qisqa) vaqtdan keyin takror tiklash (eslash) maqsadida kerakli materialning esda saqlab qolingan vaqtlardagi xotira, qisqa muddatli xo
tira deb ataladi, qisqa m uddatli xotira bir lahzali xotiradir. Chunki bunda material bir m arta idrok qilinadi. Shunday keyin esa esda qolgan material qisqa muddatli xotiraga misol bo'ladi. Ongda uning keyingi eslab qolini- shi (saqlanishi)ga hech qanday zaruriyat yo'q. M asalan, odam ishdan qayta turib yo'l-yo'lakay bir qancha ishlar qilishni: pochtaga kirish, xat
tashlash, magazindagi yangi kitoblarni ko'zdan kechirish, non ham da shakar va shuning singarilar sotib olishni belgilab oladi.
O'quv tajribasida shunday hodisalar bo'lib turadi. Ba’zi bir o'quvchilar darsga yoki im tihonga tayyorlanar ekanlar, kerakli o'quv materialini shun
day usulda, ya’ni bu m aterialni faqat darsda yoki im tihonda eslash uchun-
gina yod oladilar.
Qisqa m uddatli xotira shunday holda, ya’ni kishi o'ziga berilgan qan- daydir vazifani aniq bajarganida nam oyon bo'ladi. Xotiraning bu turini
boshqacha qilib operativ xotira deyiladi. Xotira faoliyatning shunday turlarida, ya’ni kerakli m aterialni va, ayniqsa, o'quv materialini uzoq m ud- datgacha va butunlay esda saqlab qolishda uzoq m uddatli xotira tariqasi- da namoyon bo'ladi. O datda har qanday o'quv materiali ana shu usulda o'zlashtirib olinadi.
Esda qolish usuli qandaydir biror muddat va sifatga ham ta ’sir etib — esda qoldirishni mustahkamlaydi. Maxsus eksperim entlarda isbot qilin- ganki, kishining: «esimda uzoq saqlayman» yoki «esimdan aslo chiqar- mavman» deb jazm qilgan narsasi xotirada m ahkam o'rnashib qolar ekan. Aksincha, qisqa bir m uddat uchun (masalan, navbatdagi im tihonni berish uchun) esda qoldirishga jazm qilingan material tez unutiladi.
Bundan shu xulosa kelib chiqadiki, o'qituvchi ta ’lim jarayonida darsni tushuntirganida, uyga vazifa topshirganida, o'quvchi bilimini tekshirganida hamisha m a’lum ta ’rif, qoida, parcha, tarix sanalari va shu kabilarni puxta
va doimo esda saqlab qolishning zarurligini uqtirib borm og'i lozim.
Darsni so'raganda savolni faqat o'tgan safargi topshiriq yuzasidangina berib qolmav. balki bundan oldin o'tilgan m aterialdan ham savol berish kerak, bunday qilish o'quvchilam i har bir yangi darsni doim o puxta esda
saqlab tutish m aqsadi bilan o'qish yo'liga soladi va ular buni odat qiladilar. Bunday qilish o'quvchilam ing o'quv m aterialini puxtaroq esda qoldirishlariga yordam beradi.
M aterialning tez va puxta esda olib qolinishi, ko‘p darajada, biz esda olib qolish maqsadida foydalanadigan alohida metodik usullarga bogMiq boMadi. Esga olib qolinayotgan materialni idrok qilish usullari, takrorlash va hokazolar shu jumladagi usullardir.
Esda olib qolinayotgan materialni idrok qilish usullari
Tez va puxta esda qoldirish eng aw alo esga olinadigan materialning qanday idrok qilinishiga bogMiq. Tez, ravshan va raso, aniq idrok qilingan narsa, odatda, esda tez va mahkam saqlanib qoladi. Shuning uchun ham idrokning sifatini belgilovchi shart ayni vaqtda xotiraning sifatini ham, ya’ni uning tezligini va puxta boMishini ham belgilaydi.
Shunisi ham muhimki, materialni idrok qilishda qancha ko‘p sezgi organlari ishtirok etsa, material ham shuncha tez va puxta esda qoladi. M asalan, o‘quvchilar o‘quv materialini eshitish organlari vositasi bilan idrok qilib qolmay (faqat o'qituvchining darsiga, sheriklarining baland ovoz bilan o ‘qishiga quloq solish bilangina cheklanib qolmay), balki ko'rish organlari vositasi bilan (darslikni o'qish, undagi rasm lam i ko'rish, turli ko'rsatm a qurollardan foydalanish), shuningdek, muskul harakatlari (yozib olish, so'zlarni baland ovoz bilan aytish, o'z ichida shivirlab aytish) vositasi bilan ham idrok qilganlarida, bu materialni yaxshi va mustahkam eslab qoladilar.
M aterialni yaxshiroq esga olib qolmoq uchun har xil idrok usullari- dan foydalanish kerak. Masalan, chet tildagi so'z va gaplarni yodlab ol- m oq uchun ularni faqat o'qish va og'zaki qaytarish kifoya qilmavdi. balki bu so'z va gaplarni bir necha karra ko'chirib yozish va vozilganni ovoz bilan o'qish kerak, ana shunda material tezroq va puxta esda qoladi. She’r, ilmiy ta’rif, term in va shu kabilarni yodlab olishda ham ana shu usuldan foydalanish lozim.
«Bolaning esida biror narsaning mahkam o'rnashib qolishini xohlovchi pedagog bola sezgi organlarining mumkin qadar ko'prog'ini — ko'zi. qulog'i. tovush organi, muskul sezgisi va hatto, agar iloji bo'lsa, hidlash va ta’m bilish — organlarini esda tutib qolish jarayonida qatnashtirishga harakat qilishi kerak», — deydi K.D. Ushinskiy (Tanlangan pedagogik asarlar. O 'quvpeddavnashr, — Toshkent, 1959-yil. 367-bet).
K.D. Ushinskiyning bu fikrlari pedagogik jarayon ustidan olib bo- rilgan qator kuzatishlarda tasdiqlandi. Masalan, mana shunday bir tajriba qilib ko'rilgan. Sinalayotgan o'quvchilarga bir-biri bilan bog'lanm agan 12 so'z berib quyidagicha uch xil usul bilan yodlab olish talab qilingan:
— materialni bir karra (o'z ichida) o‘qib (faqat ko'z bilan) idrok qilish;
— materialni ham o'qish, ham eshitish yo'li bilan (ko'z va quloq bilan) idrok qilish;
— materialni o'z ichida o'qish, uni eshitish va yozib olish yo'li bilan (ko'z, quloq va muskul ishtiroki bilan) idrok qilish. Bu tajriba quyidagicha natija bergan:
Idrok Esda qolganining foiz hisobida qilish
usullari 5 daqiqadan keyin 7 kundan keyin
I 8% 526,6%
II 65% 33,3%
III 69% 40,0%
. Bu jadvaldan m a’lum bo'lganidek, uchinchi usul bilan idrok qilingan material xotirada mustahkam saqlanib qolar va unchalik unutilm as ekan.
Boshqa qilingan bir tajribada o'quvchilardan ayrim materiallam i faqat ko'rish bilan esda qoldirish talab qilingan. Bunday esga tushirishda o'quvchilar o'nta xato qilganlar. Boshqa o'quvchilardan shu m aterialni faqat eshitib yod olish talab etilgan. Bular esga tushirishda o'n to 'rtta xato qilganlar. Yana bir guruh o'quvchilarga ayni materialni ham ko'rib, ham
eshitib (ya’ni ovoz bilan o'qib) esga olib qolish tavsiya qilingan. Bular esga tushirishda faqat to'rtta xato qilganliklari aniqlangan. Idrok qilishda imkoni boricha ko'proq sezgi organlarining ishtirok etishi o'quvchilar
faoliyatining ongliligi va faolligini oshiradi. Qilib ko'rilgan tajriba va ku
zatishlar materialini puxta esga olib qolish uchun idrok qilishda muskul harakat organlarining, ayniqsa, nutq harakat organlarining ishtirok etishi alohida ahamiyatga ega ekanligini isbot qildi. O'quvchilar yozib olayot- gan, og'zaki takrorlayotgan material tez va mahkam esda saqlanib qoladi.
Kitob matnini yoki og'zaki berilgan materialni mahkam esda olib qolishga idrokning sur’ati (tempi) ta ’sir etadi. O'qituvchi tez, shoshib gapirsa, o'quvchilar darslik matnini shoshib, tez o'qisalar, faqat so'zlarni vuzaki o'zlashtiradilar, am m o bu so'zlarda ifoda qilingan fikrni to'la- to'kis va aniq uqib ola olm aydilar. O 'qituvchi shunday sur’at bilan
gapirmog’i kerakki, uning nutqida ifoda qilingan fikr va qoidalar o'quvchilar uchun ravshan va to'la tushunarli bo'Isin.
O'quvchi ham kitob m atnni shunday sur’at bilan o'qishi kerakki, bun- dagi har bir so'z va iboraning m a’nosi to'la-to'kis idrok qilinadigan bo'Isin. O'quvchi matnni o'qir ekan: «Oldingisini tushunib olmasdan keyingisiga o'tm ang» degan qoidaga rioya qilishga odatlanishi kerak.
Takrorlash: Bosh miya po'stida yangi puxta bog'lanishlar hosil bo'lm og'i uchun taassurotlar bir necha marta takrorlanishi shart. Bironta material qancha ko‘p takrorlansa, shuncha mahkam esda qolishini ham m a biladi. Takrorlash esda qoldirishning puxtaligiga ta’sir qiladigan eng muhim shart - lardan biridir. Ammo takrorlash har doim ham samarali bo'lavermaydi. Ba’zan takrorlash hech qanday natija bermasligi mumkin. Takrorlashning bir necha turlari bo'lib, ularning natijalari ham turlichadir. Aw alo passiv
va faol takrorlash usullarini farq qilish lozim.
Passiv takrorlash ayni bir materialni idrok qilishning o'zini takrorlay- verishdir. Passiv takrorlash ayni bir narsani bir necha karra ko'zdan kechirish, o'qib chiqish yoki eshitish demakdir. Ana shu tariqa takrorlash (ba’zan ko'p marta takrorlansa ham) ko'p vaqtlarda uncha katta natija bermaydi.
Faol takrorlash materialni esga tushirish asosida takrorlashdir. Faol takrorlash idrok qilingan materialni, masalan, o'qilgan, eshitilgan materialni bir necha marta esga tushirib takrorlash demakdir. Kitobdan ko'zni uzmasdan
takror-takror o'qib yod olishdan ko'ra, faol qaytarish eng yaxshi natija beradigan usuldir. Shu sababli, o'quvchi bir-ikki marta o'qib chiqilgan materialni kitobga nazar solmasdan og'zaki takrorlasa, material tezroq va puxtaroq esda
qoladi. Esga olinayotgan materialni boshqa bir kishiga gapirib berish mustahkam esda qoldirish uchun katta ahamiyatga egadir.
K.D. Ushinskiy o'z vaqtida shu ikki xil takrorlash to'g'risida gapirib, faol takrorlash eng samarali takrorlash ekanini ko'rsatib o'tgan edi.
Faol takrorlashning samarali bo'lishiga sabab shuki, ixtiyoriy esga tu shirish jarayoni idrokka, ya’ni kitobning m atnini qayta-qayta o'qishga qaraganda, faolroq jarayondir. Esga tushirishni idrok qilish bilan navbat- lab (ya’ni bir gal kitobga qarab, bir gal yoddan so'zlab) takrorlab borilsa, m ahkam roq nerv bog'lanishlari hosil bo'ladi, diqqat to'la safarbar qilinadi, fikrlash va nutq faoliyati faollashadi, esga olinm og'i lozim bo'lgan m aterialning m azm uni yaxshiroq tushunib olinadi. O'qilgan materialni yoddan so'zlab esda qoldirish o'z-o'zini tekshirib, g'oyat puxta va ravshan nazorat qilishga imkon beradi, bu esa materialning to'la-to'kis, to'g'ri va
puxta esda qolishiga yordam beradi. Esda qoldirish jarayonida o'z-o'zini tekshirib ko'rish (o'z-o'zini nazorat qilish) fikrlash va nutq faoliyatini faollashtiradi. Esga olinayotgan materialni boshqa bir kishiga yoddan so'zlab berganda alohida bir m as’uliyat hissi tug'iladiki, bu o'z navbatida, o'quvchilarda esda olib qolishning faollik darajasini oshiradi va esda qo- lishni sam araliroq qiladi.
Sidirg‘asiga takrorlash bilan taqsimlab takrorlash. Materialni faol usulda- mi, passiv usuldami, baribir, yo sidirg'asiga, ya’ni orada m a’lum vaqt o'tkazmay
takrorlash, yoki taqsimlab, ya’ni orada m a’lum vaqt o'tkazib takrorlash mumkin. Orada m a’lum vaqt o'tkazib takrorlash, sidirg'asiga, to'xtovsiz takrorlayverishga qaraganda, hiyla natija berar ekan. Bir talay maxsus tajribalar shuni isbot qildiki, orada vaqt o'tkazib takrorlaganda materialni puxta esda qoldirish
uchun takrorlash ancha kamroq talab qilinar ekan.
Lekin orada juda uzoq vaqt o'tkazib takrorlash ham m a’qul emas: bunday usulning ham foydasi kam. Masalan, professor Shardakov qilib ko'rgan tajriba shunday natija bergan: she’mi orada bir sutka o'tkazib yod olinganda 4 marta takrorlash, orada uch kun o'tkazib yod olinganda 6 marta takrorlash, orada 6 kun o'tkazib yod olishda esa 7 m arta takrorlash
zarur bo'lgan.
Esda olib qolishda materialni taqsim qilish usulining ham ahamiyati katta: materialni yaxlit yoki parchalarga bo'lib esda qoldirish mum kin. Material tushunarli va hajmi kichikroq bo'lsa, yaxlit esda olib qolinishi m a’qul. M aterial katta bo'lsa (masalan, katta bir she’r, doston), uni parchalarga bo'lib, aw al bir parchasini, keyin boshqa parchalarini birin- ketin yodlab olish kerak. M aterialni taqsim qilganda, uning har bir par- chasi tugal bir m a’no berishiga, mazmuni to'liq bo'Iishiga albatta rioya qilish kerak.
Eng yaxshisi, hajmi katta materialni kombinatsiya usuli deb aytiladigan usulda o'rganib-bilib olishdir, bunda awal materialni boshidan oxirigacha ko'rib (o'qib) chiqib, uning mazmunini tushunib olinadi va so'ngra parchalarga taqsim qilib, esda qoldiriladi. Bunday usulda esda olib qolish oson bo'ladi, kuch va vaqt kamroq sarf bo'ladi, material esda mahkam o'rnashib qoladi. Kombinatsiya usulida esda qoldirishning yaxshi natija berganligi M.N. Shardakov qilib ko'rgan maxsus tajribalar bilan isbotlangan. Esda qoldirilmog'i lozim bo'lgan materialni taqsimlashda kishining tafakkuri va diqqati faollashadi. Binobarin, materialni taqsimlash va rejalashtirish jarayonining o'ziyoq esda olib qolishning sifatiga ijobiy ta’sir qiladi.
O 'quv materialini esda olib qolishda har xil yordamchi usullar ham katta ahamiyatga ega: o'qituvchining so'zini yozib borish, kitoblardan ko'chirm alar olish, konspekt va jadvallar (masalan, tarixdan xronologik
jadvallar) tuzish, shuningdek, turli rasmlar chizish, sxemalar, chertyojlar qilish, tarix va geografiyadan xaritalar yasash kabi ishlar shu jum ladandir. Esda olib qolish jarayonida o'quvchilar shu jadval, sxema va suratlarni o'zlari qilsalar, m aterialni o'rganib bilib olish, ayniqsa, osonlashadi. O'quvchilar eng muvaffaqiyatli o'zlashtirishlariga erishmog'i m aqsadida so'nggi yillarda program m alashtirilgan o'qituv usuli yangi pedagogik
texnologiya, an ’anaviy va noan’anaviy usullardan, texnik vositalardan foydalanish usullarini ta ’lim-tarbiyaga tatbiq qilinmoqda. Bu usullar bilan o'qitishda ko'pgina hollarda kibernetika vositalari, o'rgatuvchi m ashina- lar, hisob-elektron sistemalar kompyuter, internet va shu kabilardan foy- dalanadilar.
0 ‘tmishda idrok qilingan narsalarning his-tuyg‘u, fikr va ish-hara- katlarning ongimizda qaytadan tiklanishini esga tushirish deyiladi.
Esga tushirishning nerv-fiziologik asosi bosh miya po'stida ilgari hosil bo'lgan nerv bog'lanishlarining qo'zg'alishidir.
Esga tushirishning: tanish, eslash, bevosita eslash, oradan m a’lum bir vaqt o'tkazib eslash, ixtiyorsiz va ixtiyoriy eslash xillari bo'ladi.
Tanish va eslash. Ilgari idrok qilingan narsa va hodisalami takror idrok qilganda, u narsa yoki hodisa esga tushadi, ana shuni tanish deymiz.
Oshnamizni yoki uyni tanish deganimizda, buning m a’nosi biz shu oshnamizni yoki uyni ilgari ko'rganim izda hosil bo'lgan obraz, his va flkrlaming oshnam izni yoki uyni ikkinchi ko'rganimizda ongim izda tiklanishi demakdir.
Tanish aniq (to'liq) va noaniq (yarim-yorti) bo'lm og'i m umkin. Yarim m etr taniganimizda shu narsani idrok qilish bilan bog'liq bo'lgan ba’zi bir tasaw ur, his va fikrlargina g'ira-shira esimizga tushadi, biz bu narsa bizga notanish emasligini his qilamiz, xolos. Lekin bu tasaw ur va fikrlar xuddi shu narsani ilgari ko'rganimizda tug'ilgan tasaw ur va fikrlarga bog'lanmagan holda esimizga tushadi: masalan, bir odam ko'zimizga issiq ko'rinadi-yu, am m o uni qachon, qayerda ko'rganimizni eslay olmaymiz.
Yarim -yorti tanishda shu narsa, um um an nima uchundir tanish ekani his qilinadi, lekin to'liq esga tushm ay turadi.
To'liq, aniq tanishda esa shu paytda idrok qilinayotgan bir narsaga doir ilgari hosil bo'lgan tasaw ur va fikrlar ongimizda tiklanadi. Ana shu
tasaw ur va fikrlar bir talay boshqa tasaw ur va fikrlar bilan bog'lanib esga tushaveradi. Bunday holda biz shu narsani qayerda va qachon ko'rganimizni ham bemalol eslay olamiz. Masalan, biz bir kishi bilan uchrashganimizda uning o'zini ham taniymiz va ilgari u bilan qayerda, qanday sharoitda uchrashganim izni, nim a to'g'risida gaplashganim izni va hokazolarni ravshan eslay olamiz. Ko'pincha, yarim-yorti tanish, umuman tanish ekani- ni his qilish bir necha vaqtdan keyin to'la, aniq tanishga o'tadi. Bunga shu narsa bilan ilgari uchrashgan yem i ikkinchi ko'rish yoki shu narsani ilgari qayerda ko'rganim izning esga tushirilishi yordam beradi.
Tanish jarayonida idrok qilinayotgan narsaning nomi katta rol o'ynaydi. Narsaning nomi bilan shu narsaning o'zi o'rtasida juda m ahkam assotsiatsiya hosil bo'ladi va biron narsaning nomi esga tushganda shu narsaga aloqasi bo'lgan juda ko'p boshqa tasaw urlar ko'z oldimizga keladi. M asalan, biz bir kishi bilan uchrashib qolganim izda uni tanib yeta olmasak, familiyasini eshitish bilan darrov kim ekani esimizga tushadi.
Biz o'zim iz ilgari idrok qilgan narsalarnigina tanib qolmay, balki ki141
tobdan o‘qib yoki boshqa kishilardan eshitib, xayolimizda yaratilgan obraz - larga qarab, ulam ing muvofig'i bo'lgan narsalarning o'zini ham tanib olamiz. Bu — tasvirotga suyanib tanishdir. Masalan, so‘z bilan tasvirlab berilgan bir uyni yoki bir odamni topib olish, kitobdan o ‘qib tasvirini bilib olgan bir hayvonni hayvonot bog‘ida ko'rib tanish m um kin.
Tanish m a’lum darajada har bir idrok jarayonining tarkibiy elementidir.
Eslash narsani, uning o‘zini shu paytda idrok qilmay turib, esga tu- shirishdir. Eslaganda xotirada qolgan obraz, his va fikrlar shu paytda sezgi organlarining ishtirokidan tashqari esga tushadi. M asalan, biz bo‘lib o'tgan voqealami, o'rganib olgan she’mi ana shunday esimizga tushiramiz. Tanish singari, eslash ham, to'lalik va aniqlik jihatdan har xil bo'lm og'i mumkin. Esda qolgan narsa qisman esga tushsa, buni yarim -yorti eslash deymiz. Ammo esga tushgan materialning mazmuni esda qolgan m aterialga m a’lum darajada muvofiq bo'lm asa, buni noaniq eslash deymiz.
Ba’zan esda qolgan bironta materialning mazmuni m ukam m al esga tushadi-yu, am m o shu material qachon, qayerda, qanday sharoitda esda olib qolinganligini yoki birinchi marta, boshimizdan kechirilgan paytini eslay olmaymiz. M asalan, biz she’rni yod aytib bera olsak ham , uni qachon va qayerda o'rganib olganimizni eslay olmasligimiz m um kin.
Kom pozitor Ippolitov — Ivanov o'zining xotiranom alarida kom pozi- tor Napravnikning «Ruslan va Lyudmila» operasidan Farlaf (Rando — musiqa asarida asosiy tem aning qaytarilib aytilishi. — Red) rondosini bir
kuni aytib berganda, bu operaga bir emas, ko'p marta dirijorlik qilgan bo'lsa ham, ana shu kuyning qaysi operadan olinganini xotirlay olm a-
ganini gapiradi. Ba’zan shunday hollar ham bo'ladiki, biz boshqa bir kishilarning fikrini uqib olamiz va keyinchalik bu fikr o'zim iz o'ylab top
gan fikrdek his qilina boshlaydi. Ana shu tariqa «boshqalarning fikrini o'ziniki qilib olish» bolalarda ko'p uchrab turadi.
M aterialning muayyan mazmuni bilan birga, bu material qachon, qayerda va qanday sharoitda esda olib qolinganligi ham aniq esga tushsa — xotirlash mukammal va to'la-to'kis bo'ladi. Masalan, she’rni yoddan aytib berar ekanmiz, bu she’mi yoddan bilib olishni kim buyurganini, uni qayerda va qanday qilib o'rganib olganimizni, bu vaqtda qanday qiynal- ganimizni, bungacha va bundan so'ng nimalar qilganimizni va hokazolarni ham eslashimiz mumkin. Ba’zan esa she’ming m azmunini yodim izdan chiqazgan bo'lsak ham , uni qachon va qayerda o'rganib olganimizni aniq eslay olamiz. Esda qoldirilgan materialning muayyan m azm uni, bu m aterialning qachon va qanday sharoitda esda olib qolinganligini aniq esga
tushirish bilan birga, shu material esda olib qolingandan oldin va keyin nim alar bo'lganligi va hokazolar ham esga tushirilsa, xotirlash to'la-to'kis va mukammal bo'ladi.
Eslash jarayoni tanish bilan mahkam bog‘langan. Kundalik faoliyati- mizda, ayniqsa, o'quv ishida, esga tushirish jarayoni ko'pincha tanishdan boshlanadi va shundan keyin esga keladi. K o'p hollarda bironta narsani mumkin qadar aniq va to'la eslash uchun tanish m om entlardan foydalanish kerak bo'lib qoladi, o'qilganni yoddan aytib berganda kitobga ahyon- ahyon ko'z tashlash, o'qituvchining yordamchi savoli shu jum ladandir. O 'rganib-bilib olish jarayonida tanish — esga olinadigan materialni takror idrok qilish vositasi bilan mustahkamlanishidir.
Bevosita eslash va vaqt o'tkazib esga tushirish ham tanish, ham eslash shaklida bo’lm og'i mumkin. Bevosita esga tushirish deb materialni idrok qilish ketidanoq, ya’ni esga olib qolish bilan esga tushirish o'rtasidagi paytda ongimizda esga olinadigan materialdan boshqa hech qanday jarayon yuz bermaganda boMadigan esga tushirishni avtiladi. Esga olish jarayonida biz ana shu xil esga tushirishdan, odatda. texnik bir usul tariqasida fovdalanamiz. M asalan, she’rni yod olganimizda biz, odatda, bir necha
satrni o'qigach, kitobga qaramasdan takrorlaymiz, ya'ni bevosita esga tu- shiramiz. Kishi biror topshiriqni tez bajarganda muayyan bir qarorga kelib. uni darrov amalga oshirganda bevosita esga tushirish yuz bergan boMadi.
Bevosita esga tushirishdan iborat bo'lgan xotira faoliyati ba'zan qisqa muddatli yoki operativ xotira tarzida namoyon bo'ladi. Yaxlit-yaxlit par- chalarni ana shu usulda bevosita esga tushirish esda olib qolish jarayonini jadallashtirishi mumkin.
Bir karra ko'zdan kechirilgan yoki eshitilgan materialning bevosita esga tushirilgan miqdoriga qarab, xotiraning koMarni (hajmi) aniqlanadi. M aterialning ko'p qismini bevosita esga tushira oladigan kishining xotira ko'lam i keng hisoblanadi. Xotiraning ko'lam ini. masalan. quyidagicha aniqlasa boMadi: sinalayotgan kishiga bir necha so'z yoki raqamlardan iborat materialni o'qib chiqish yoki eshitish va so'ngra bu materialni darrov to'la-to'kis va berilgan tartibda esga tushirish kerakligi uqtiriladi. Sinalayotgan kishining materialni qanchalik to'la va tartibini aynan saqlab
esga tushira olishiga qarab. uning xotira ko'lam i aniqlanadi. 6-7 raqam- dan yoki so'zdan 1-2 tasigina esga tushirilsa. xotiraning ko'lami tor hisoblanadi, 5-6 raqamni yoki so'zni eslab avtilsa xotiraning ko'lami keng hisoblanadi. Xotira ko'lam ini mashq qilish yo'li bilan o'stirish (kengaytirish) mumkin. Masalan, artistlar matnlardagi so*z va iboralarni esda qoldirish- ni hamisha mashq qiladilar, shu sababli. ularda so'z va iboralarni esda tutib qolish xotirasining ko'lami kengayadi. Hisob-kitob ishlarini yurita- digan xodimlarda sonlarni esda tutib qolish xotirasining ko'lam i kenga-
yadi. 0 ‘quvchilar juda ko‘p yillar davomida o ‘quv materiallarini esda qoldirib boradilar, shuning uchun ulaming ham xotira kolami kengayib boradi. Xotira kolamining kengayishi o‘z navbatida esda olib qolishni tezlatishga yordam beradi.
Vaqt o‘tkazib esga tushirish esda olib qolingan narsani oradan bir qancha, ba’zan ancha ko‘p vaqt o'tkazib esga tushirishdirki, shu orada ongimizdan boshqa jarayonlar (fikr-tuyg‘ular, tasawur va shu kabilar) ham o‘tgan bo.ladi. Masalan, hayotimizda bundan bir necha yillar ilgari boiib o‘tgan voqealarni ana shu tariqa eslaymiz. 0 ‘quvchining sinfda darsdan berilgan savolga javob bera turib, bundan bir necha kun yoki bir necha soat ilgari o‘rganib-bilib olganlarini xotirlashi ham shu jumladandir. Xotira faoliyatining asosiy xizmati vaqt o‘tkazib esga tushirishdadir. Xotiraning qiymati ham shundaki, biz xotira tufayli esda qolgan materialni ma’lum muddatdan keyin ham eslash imkoniyatiga ega bolamiz va binobarin, tajriba to‘play olamiz hamda hosil boigan tajribani esimizda uzoq vaqtgacha saqlab tura va undan foydalana olamiz. Xotiraning shu xususiyati tufayli biz bilim va malakalar hosil qilamiz va bu bilim hamda malakalardan zarur boigan holda bemalol foydalana olamiz.
Ixtiyorsiz va ixtiyoriy esga tushirish
Esga tushirish ixtiyorsiz va ixtiyoriy boiadi. Ixtiyorsiz esga tushirish o;z oldiga ma’lum bir maqsad qo‘ymasdan, esga tushirish uchun material
tanlamasdan va zo‘r bermasdan esga tushirishdir. Biron narsani beixtiyor eslaganda o;z-o‘zidan esga tushib qoladi. Ammo Haqiqatda o‘zidan sababsiz hech narsa vujudga kelmaydi, albatta. Beixtiyor esga tushirish ham hami
sha bironta sabab bilan boiadi. Bironta narsaning idrok qilinishi, bironta tasawur yoki fikrning tugllishi beixtiyor eslashga sabab bolishi mumkin. Masalan. «maktab» degan so'zni eshitgan yoki o‘qiganda bizning ko‘z o’ngimizda maktabning ichki ko'rinishi, o‘quvchiIar, o‘qituvchi!ar va shu kabilar beixtiyor gavdalanadi, shular to‘g‘risida tasawur tuglladi. Paydo boigan bir tasawur yoki fikr boshqa bir tasawur yoki flkrni uyg‘otmog‘i, bu fikr va tasawurlar o'z navbatida yana boshqa fikr va tasawurlami tug;dirmog;i mumkin va hokazo.
Tasawur va flkrlaming ana shu tariqa beixtiyor tugllib turishi tartib- siz sodir bolmaydi, balki ma’lum bir tartib asosida sodir boiadi. Bu tartib esda olinib qolishda hosil boladigan assotsiatsiyalar bilan belgilanadi. Shu sababli. beixtiyor esga tushirish yondashlik, o‘xshashlik, qarama-qarshilik assotsiatsiyalari asosida bolishi mumkin.
Yondashlik assotsiatsiyasi. Bu assotsiatsiya asosida awalo tasawurlar tuglladi. Ilgari ayni bir vaqtda yoki ketma-ket idrok qilingan va esda olib
qolingan narsalardan biri keyinchalik tasaw ur qilinsa, bu tasaw ur ikkinchi narsa haqidagi tasaw um ing tug‘ilishiga sabab boMadi. M asalan, biz ilgari A, B, D, E, F degan harflarni ayni bir vaqtda yoki ketm a-ket idrok qilib, agar bu narsalar mustahkam esda qolgan bo'lsa, A ni ikkinchi m arta ko'rganim izda, bizda beixtiyor В haqida, so'ngra D, E haqidagi tasaw urlar ham tug'iladi va hokazo. Daraxt degan so'zni eshitganim izda, bizda daraxtning tanasi, shoxlari, barglari, o'rm onzorlar haqida tasaw ur paydo bo'ladi. Shuningdek, parovoz so'zini eshitar ekanm iz, vagon, tem ir yoM, vokzal, gudok va shu kabilar beixtiyor ko'z oldimizga keladi. Yod olingan bir she’rtarkibidagi so'zlar, uning m azm uniga e’tibor berilm agan holda ham , yodlash assotsiatsiyasi asosida bir-biri bilan ulanib, esga tu- shaveradi. Ongim izda m ahkam o'rnashib qolgan fikr va odatlanilgan ish- harakatlar ham shu assotsiatsiya yo'li bilan batartib takrorlanaveradi. O 'tm ishda m a’lum bir fikr va tasaw urlar bilan birlikda tug'ilgan his- tuyg'ular ham keyinchalik ana shu fikr va tasaw urlar esimizga tushib qolsa, yondashlik assotsiatsiyasi tufayli u bilan birga boyagi his-tuyg'ular ham ko'nglim izdan kechadi.
0 ‘xshashIik assotsiatsiyasi umumiy (o'xshash) belgilari bo'lgan tasav- vurlam ing bir-birini tug'dirishidir. Bironta narsani idrok yoki tasaw ur qilinganda, shunga o'xshagan boshqa bir narsa ham beixtiyor tasaw ur qilinadi. M asalan, oshnam izning suratini ko'rar ekanm iz, uning obrazi ko'z oldim izda gavdalanadi. Sam olyotning ko'rinishi katta bir qush to'g'risida tasaw ur paydo qilishi mumkin. Va, aksincha, uchayotgan qush samolyotni eslatishi m um kin. Bir so'z o'ziga ham ohang yoki qofiyadosh so'zni eslatishi mum kin.
O'xshashlik assotsiatsiyasi biror narsa yoki hodisaning obrazi yoki bu haqida tug'ilgan fikr boshqa bir shunga o'xshash narsani eslatganda voqe bo'ladi. M asalan, ko'p hollarda suhbatdoshlar boshdan kechirilgan, eshit- gan, shohid bo'lgan va o'zlari xuddi o'xshash vaziyatlarda ishtirok qilgan turli voqealam i beixtiyor esga tushiradilar. Turli voqealarda, urushda, ovda va um um an, biror sarguzasht va shu kabilarda ishtirok qilganlari haqidagi hikoyalar o'xshatish asosida beixtiyor esga tushirish shu jum ladandir. O'xshashlik assotsiatsiyasi poetik metaforalar yaratishda, masalan, to'lqinlar shovqinini olom on shov-shuviga, m ajnuntolni m ajnun kishi obraziga o'xshatish kabi hollarda katta rol o'ynaydi.
Qarama-qarshilik assotsiatsiyasi - bironta narsa yoki hodisalar to'g'risidagi tasaw ur yoki fikrlar o'ziga qarama-qarshi fikr va tasaw urlar- ning tug'ilishiga sabab boMishidir. Masalan, qish-yoz haqida, oq-qora, kat- ta-kichik, yoshlik-qarilik haqida tasaw ur uyg'onishi m um kin va hokazo.
Maxsus o'tkazilgan tajriba va oddiy kuzatishlar ko'rsatganidek, beixtiyor eslash jarayonida eng ko'p o'rinni yondashlik assotsiatsiyasi ishg'ol qilar ekan. 0 ‘xshashlik va qaram a-qarshilik assotsiatsiyalari esa kamroq uchrab turar ekan.
Shunday qilib, assotsiatsiyalar esda olib qolishning qonuniy shartidir, ayni zamonda xotirada o'rnashib qolgan materialni ham esga tushirish yo‘llaridir.
Ixtiyorsiz va ixtiyoriy esga tushirish va idrok qilish jarayonida ayrim so‘zlar, gaplar, fikr va ish-harakatlar o ‘rtasida yangi va m urakkabroq assotsiatsiyalar sistemasi vujudga keladi. Sabab bilan natijaning bogManishlari, gram m atik qoidalar bilan yozuv o'rtasidagi va arifmetik qoidalar bilan hisob amallari o'rtasida hosil boMadigan bogManishlar shu jum ladandir. Assotsiatsiya jarayonlari har xil tezlikda voqe boMadi. Assotsiatsiyaning tezligi maMum bir vaqt ichida yuz berib, ongimizda almashib turadigan fikr yoki tasaw urlar m iqdori bilan belgilanadi. Assotsiatsiyalar tezligi alohida asbob-xronoskop bilan aniqlanadi va soniyaning o ‘n yoki yuzdan bir
hissasi bilan oMchanadi.
Assotsiatsiyalarning tezlik darajasi bir talay sabablarga; nerv sistemasining holatiga, esga tushadigan narsaning ongimizda nechogMi m ustahkam o'rnashib qolganligiga, kishining kayfiyati, his-tuyg‘ulari va shu kabilarga bogMiq boMadi.
Ixtiyorsiz idrok qilish singari, ixtiyorsiz esga tushirish ham bizda doimo boMib turadigan jarayondir. H ar bir idrokimiz tarkibiga o ‘tmishdagi tajriba va mavjud bilim larim izning qandaydir bir elem enti albatta kirgan boMadi. Xayol, tafakkur va nutq jarayonlari faqat ixtiyorsiz esga tushadigan tasav- vur va fikrlarimizga bogMangan holda voqe boMadi.
Ixtiyoriy esga tushirish — biron maqsad bilan esga olinishi kerak boMgan materialni tanlab, harakat qilib, maxsus esga tushirish demakdir. Bunda,
asosan, assotsiatsiya yoMi bilan esga tushirilgan materialdan faqat maqsad uchun kerak boMgani maxsus tanlanadi. Tanlashning o‘zi va esga tushir- moqchi boMgan narsani sistemaga solish esa tafakkur ishidir. Ixtiyoriy esga
tushirish bilib, anglab esga tushirishdir. Biroq, u assotsiatsiyalar va ixtiyorsiz tugMladigan m om entlardan ayrilgan holda voqe boMmaydi. Masalan, tarixiy voqealami, tarix sanalarini, tarixiy shaxslarning ismlarini, maMum joylaming nom larini, har xil ta ’riflami, qoidalarni va shu kabilami ixtiyoriy esga tushiriladi. 0 ‘quvchi darslam i ana shu tariqa esga tushiradi. Ixtiyoriy esga tushirishda ham materialni esda olib qolish jarayonida hosil boMgan assotsiatsiyalar katta rol o'ynaydi. Ixtiyoriy esga tushirish, odatda, assotsiatsiya jarayonlariga va faol fikrlashga bogMiq holda yuz beradi.
Esga tushirishda ko'pincha qiynalib qolish hollari boMadi va esga tu shirish jarayoni to ‘xtalib qolgandek boMadi. Biz ba’zan kerak boMib qolgan bir narsani, masalan, bir kishining ism-familiyasini, biror joyning nom ini, gram m atika yoki m atem atika ta ’riflarini va hokazolarni esga tu shirish uchun birm uncha kirishamiz. Bunday hollarda biz, odatda, har xil yordamchi usullardan foydalanamiz. Bir kishining esim izdan chiqazib qo'ygan familiyasini eslamoqchi bo'lib, bir qancha familiyalarni atayin aytib chiqam iz, har xil buyumlar nom ini tilga olamiz, alfavitning ayrim harflarini aytib qaraymiz, shu kishi bilan oxirgi m arta qachon, qayerda ko‘rishganligimizni xotirlashga harakat qilamiz. Eslab topish uchun maxsus usullardan foydalanishning yaqqol misoli A.P.Chexovning «Yilqibop familiya» nom li hikoyasida ko‘rish mum kin.
Shu singari qiynalish eslashdagina emas, balki tanish jarayonida ham uchrab turadi. Ana shunday qiynalib arang eslashni xotiraga keltirish
deyiladi.
Kuzatishlardan m a’lum bo'lganidek, ixtiyorsiz esda qolgan kitob m at- ni, ixtiyoriy esga olib qolingandagiday to‘liq va aniq esga tushmaydi. Bu faqat keyinchalik esga tushirish maqsadini ko'zlamay ixtiyorsiz esda qoldirish xususiyatlari bilangina emas, balki ixtiyorsiz esda olib qolingan narsani keyin esga tushirishning o'ziga xos xususiyatlari bilan ham izohlanadi.
Idrok qilingan narsalar miyamizda o'rnashib qolishi, esim izda turishi tufayli turli usulda esimizga tushishi m um kin.
Esda saqlash deyilganda, ilgari tug'ilgan taassurot, fikr, his-tuyg'u va ish-harakatlarning jonlanib, takrorlanib turishga moyillik paydo qilishi va m ustahkam lanishini tushunam iz. Ana shunday moyillikning hosil bo'lishi
va mustahkamlanib qolishiga sabab nerv sistemasining plastiklik deb ataluv- chi alohida xususiyatga ega bo'lishidir. Shuning uchun ham nerv sistem a
si ilgari bo'lib o'tgan taassurotlarni takrorlashga (tiklashga) tayyor turadi.
l.P. Pavlov: «M ustahkam qaror topgan yangi nerv bog'lanishlari uzoq
vaqtgacha saqlanib qoladi», — deb takror-takror uqtirib o'tgan edi.
Esda tutish haqida gapirar ekanm iz, xotirada qolgan materia! qay darajada va qachongacha unutilm asdan esda saqlanib tura oladi, degan savol tug'iladi.
M aterialning qanday va qancha vaqt esda saqlanib turishini biz m aterialni qay darajada eslay olishimizga qarab bila olamiz, xolos. Esga tu- shish haqida gapirilganda, ko'pincha, esga tushirishning faqat bir xilini, ya’ni ixtiyoriy esga tushirishni ko'zda tutiladi. Ammo ixtiyoriy esga tu
shirish eng ko'p kuch sarf qilishni talab etadigan jarayon bo'lganligidan va, shu bilan birga, bizga xuddi shu paytda kerak bo'lib qolgan m aterial, odatda, darrov esga tushaverm aganligidan, shunday bir fikr: esga olib qolingan m aterialning bir qismi (ba’zan ko'pi) go'yo tam om ila unutiladi, degan fikr tug'iladi.
Shu sababli, unutish hodisasini ilgarilari esda olib qolingan narsalarning ongimizdan tamomila yo‘qolishi, ya’ni uni esda tutishga batamom qarama-qarshi jarayon deb tushuniladi. Ammo bunday deb tushunish uncha asosli emas.
Shuni esda tutish kerakki, esga tushirish faqat xotiraga keltirish usuli bilangina emas, balki tanish vositasi bilan ham voqe bo'ladigan jarayon- dir. Biz ilgarilari esda qoldirgan har bir narsani keyinchalik qay darajada bo'lm asin tanib olamiz. Bundan tashqari, har bir idrokda tanib olish ele- menti bor. D em ak, xotiram izda ixtiyoriy esga tushiriladigan narsadan ko'ra xayolda ko'p narsa saqlanib turar ekan.
So'ngra, biz o'qib olgan material, biz uni esda olib qolgan vaqtda m azm unan va shaklan qanday bo'lgan bo'lsa, albatta aynan shunday
saqlanib turaverm aydi. Lekin bir qancha narsalar, masalan, odatlanilgan ish-harakat, ko'paytirish jadvali, m atem atika va grammatikaga oid har xil ta ’riflar, she’rlar, telefon nomerlari va shu kabilar esimizda m azm unan va shaklan o'zgarm asdan aynan saqlanib turishi mumkin. Ammo ko'p narsa esimizda aynan saqlanib qolmaydi, biz ba’zan esa esda aynan saqlab qolish kamdan kam uchraydi, deb o'ylaym iz.
Ammo esda qolgan ham m a m aterialni to'la-to'kis va aynan esga tu shirish mumkin emasligidan, shu material esimizda saqlanib qolm aydi, degan xulosa chiqarib bo'lm aydi. Esda qoldirilayotgan material, uni yod- ga olib qolish va esda saqlanib turish jarayonida qaytadan tuziladi, re- konstruksiya qilinadi. Rekonstruksiya, ko'pincha xotira mahsuli to'g'risida
fikrimizning faol ishlashi natijasida voqe bo'ladi. Xotirada qolgan m aterial kishining ongida mustaqil «ishlanib chiqilgandan» keyin shaxsning o 'z xazinasi bo'lib qolgandagina xotira qiymatli sifatga ega bo'ladi.
Shunday qilib, xotira faoliyatini keng m a’noda tushunish lozim, chunki xotira materialni mexanik ravishda esda qoldirish va uni aynan esga
tushirish qobiliyati bilan cheklanib qolmaydi. Bizning xotiramizda biz aynan esga tushira oladiganlarimizdan va esga tushirish kerak bo'lib qoladi-
ganlardan ko'ra juda ko'p narsa saqlanib turadi, deb o'ylashga haqimiz bor.
Psixologiyada hatto shunday bir fikr tug'ilganki, bu fikrga ko'ra, kishi idrok qilgan va esida olib qolgan ham m a narsa xotirada saqlanib qoladi-yu, am m o kerak bo'lib qolgan bir paytda ham m a narsa esga tushavermaydi: faqat esga tushishi uchun qulay sharoit mavjud bo'lgan narsagina esga tushadi. Qulay sharoit deb shunday sharoit hisoblanadiki, bunda bir narsani esga tushirish zaruriyati tug'iladi, nerv sistemasi sog' va tetik holda bo'ladi, esga tushiriladigan m aterialning ayrim qismlari o'rtasida mazmunan m ahkam bog'lanish, shuningdek, esga tushiriladigan material bilan shu paytda kishi ongining m azm uni o'rtasida bog'lanish mavjud bo'ladi.
Bunday sharoit bo'lm agan taqdirda, zarur materialni ixtiyoriy eslash jarayoni qiyinlashadi. K o‘p hollarda biz hatto maxsus yordam chi usullardan foydalansak ham zarur bo'lib qolgan m aterialni esga tushirishga ojizlik qilib qolamiz.
Shunday qilib, unutish deb, esga tushirishda ana shu tariqa qiynalib qolishni, shuningdek, zarur bo'lgan narsani shu onda esga tushira olm as- likni tushunam iz. Unutilgan deb, esda saqlanib qolmagan narsani emas, balki shu paytda esga tushira olmagan, esga tushish uchun qulay sharoit mavjud bo'lm agan narsani aytam iz. Shuning uchun, unutish — esda saqlashning aksi bo'lgan jarayon bo'lm ay, balki esga tushirishning aksi b o 'lg an jaray o n d ir. U n u tish n in g nerv-fiziologik asosi m uvaqqat bog'lanishlarning torm ozlanishidir.
Unutish darajasi har xil bo'ladi. M aterialni tamom yoki qisman unutish m um kin, ya’ni m aterial butunlay esdan chiqib ketadi yoki uning faqat bir qismi unutiladi.
M aterial tez orada yoki birm uncha vaqtdan keyin unutilishi mumkin. Biror narsa ancha vaqtgacha unutilib turilishi m um kin, ya’ni bir narsani ancha vaqtgacha xotiraga keltira olmay turishimiz mumkin. Odatda, unutish vaqtincha bo'ladi, biz shu paytda zarur bo'lgan bir narsani darrov eslay olmaymiz, ammo bir necha vaqtdan keyin u esimizga tushadi. Bu hodisaning sababi shuki, uzoq vaqt bir ish bilan m ashg'ul bo'lganda miya po'stining tegishli nerv hujayralarida charchash yuz beradi va charchash haddan oshishi natijasida nerv hujayralarida ehtiyot yuzasidan saqlovchi torm ozlanish paydo bo'ladi va vaqtincha esdan chiqarish ro'y beradi. Bir necha vaqt o'tgandan keyin charchash tugaydi, dam olgan nerv hujayralari norm al ishlay boshlaydi va vaqtincha unutilgan narsa esga tushishi m um kin bo'ladi.
M aterialni o'qib-o'rganib olinganidan keyinoq uni yaxshi xotirlay olmaslik, ammo orada bir necha vaqt o'tgandan keyin uni to'la xotirlay
olishlikning sababi m aterialni o'qib-o'rganib olish jarayonida ro'y beradigan charchashlikda bo'lsa kerak. l.P. Pavlov shuni aniqlaganki, shartli refleks vujudga keltirishda erishiladigan differensirovka (qo'zg'ovchini ajrata olish) darajasi tajriba ketidanoq, bevosita bilinmay, balki keyinroq bilinar ekan. Pavlov bu hodisaning sababini m ana bunday tushuntiradi, qiyinroq bir vazifani hal qilganda m iya po'stining tegishli markazlaridagi nerv hu
jayralarida charchash yuz beradi va bu charchash erishilgan differensirovka- ni qoplaydi. Bir necha vaqt o'tgandan keyin charchash tugaydi va nerv sistemasi endi qo'zg'ovchilam i yaxshiroq differensirovka qila boshlaydi.
Biror materialning unutilishiga uning ketidan esda olib qolgan material ta ’sir etadi. Kuzatishlardan m a’lumki, hozirgina yod olingan materialni esga tushirishga, uning ketidan esga olingan biror material to'sqinlik qilar ekan. Bu hodisa retrofaol (teskari amal qiluvchi) torm ozlanish deb ataladi.
Biror materialni o'rganib esda qoldirgandan keyin unga o'xshagan boshqa material yod olinsa, retrofaol torm ozlanishning salbiy ta ’siri, ayniqsa, ravshan seziladi.
A m m o shunday hollar ham bo'ladi: oldin yod olingan material undan keyingisini esda olib qolishga salbiy ta ’sir qiladi. Buni profaol torm ozlanish hodisasi deyiladi. Retrofaol va profaol torm ozlanish hodisalari max
sus o'tkazilgan tajriba yo'li bilan professor A.A. Smirnov tom onidan tek- shirilgan.
X otirada qolgan m aterialni esdan chiqib ketish darajasi yana shu m a- terialdan keyin anglab olingan m aterialning m azm uni qanchalik boy va yangi bo'lishiga ham bog'liqdir. Agar ilgari esda olib qolingan m aterial bilan undan keyin esda olib qilingan m aterial o'rtasida chuqur bog'lanish hosil bo'lsa, ilgari esda olib qolingan material osonroq esga tushadi va tez orada esdan chiqib ketmaydi, bora-bora esdan chiqadi. M asalan, m a’lum biron soatga doir bilimlami sistemali suratda va m a’nosiga tushunib anglab olgan kishi, odatda, shu bilim lam i qisman esdan chiqaradi va oradan ancha vaqt o'tgach unutadi. Kishi biron sohaga doir qancha ko'p bilim olsa, bu bilim lar shuncha puxta bo'ladi ham da juda oz qismi unutiladi, um um an esa bora-bora unutiladi.
M aterialning tez esdan chiqish-chiqm asligi yana bu m aterialning amalga tatbiq qilinish-qilinmasligiga ham bog'liqdir. O 'qib-bilib olingan narsa am alda ishlatilsa, binobarin, takrorlab turilsa, tez unutilmaydi yoki hech ham esdan chiqmaydi. Biz ona tilimizni unutm aym iz, chunki doim o shu tilda so'zlasham iz. Shuningdek, kasbimizga aloqasi bo'lgan bilim, ko'nikm a va m alakalar ham unutilm aydi, chunki biz ulardan ham isha foydalanib turam iz. Va, aksincha, egallab olingan bilim va m alakalam i
turm ush tajribam izda ishlatm ay qo'ysak, bu bilim va m alakalam i tez esdan chiqazib qo'yam iz. Agar o'z ona tilim izda uzoq vaqt gapirmay yursak yoki o 'z kasbimizni tashlab qo'ysak, hatto ona tilimizdagi so'zlam i va kasbga bog'liq bo'lgan bilim va m alakalam i ham unuta boshlaymiz.
Esda qolgan materialning esdan tez chiqish-chiqmasligi yana shu m aterialga bo'lgan qiziqishning naqadar barqaror bo'lishiga ham bog'liqdir. Qiz- iqish-havas tug'diradigan narsa ustida kishi o'z diqqatini faol to'playdi, bu narsa haqida ko'proq o'ylaydi, uni ko'proq eslaydi. Shu sababli, m a’lum bir
narsaga qiziqish-havas hanuz saqlanib tursa, bu narsa unutilmaydi, yoki uzoq
vaqt o'tgach unutiladi, agar havas yo'qolsa, material tez unutiladi. Masalan, bir odam ancha vaqt tarix bilan qiziqib yurib, bu sohada m a’lum bilimga ega bo'lsa, keyin bu bilimlar darrov unutilmay, bora-bora unutiladi.
Biz uchun o'z dolzarb aham iyatini va qim m atini yo'qotgan narsa tezroq esdan chiqadi. Bu xil unutishlarning nerv-fiziologik asosi ichki (yoki sh artli) to rm o zlan ish d an , y a ’ni am aliy aham iyati b o 'lg a n qo'zg'ovchilar bilan mustahkamlanib turm agan muvaqqat bog'lanishlarning yo'qolishi (so'nishi)dan iboratdir.
Esdan chiqarib qo‘yish-qo‘ymaslik hiyla darajada nerv sistem asining ahvoliga bogMiq boMadi. Charchash yoki kasaldan keyin nerv sistem asining bo'shashishi natijasida ba’zan unutish juda kuchayadi.
Biz esimizda olib qolgan narsalar, vaqt o ‘tishi bilan, m a’lum darajada unutilib boradi. Shu sababli, unutishning oldini olish, unutishga qarshi kurashish, ayniqsa, o'qish jarayonida bunga qarshi choralar ko‘rib borish kerak. Buning uchun, o'rganib, bilib olgan materialni vaqti-vaqti bilan takrorlab turish lozim. Esda qoldiriladigan materialni undan keyin olingan bilim bilan, hosil qilingan bilimni amaliyot bilan bog'lab borish kerak, har bir kishi nimaiki zarur va qiymatga ega bo'lsa, shuni o'qib-o'rganib olishga o'zida barqaror va xilma-xil qiziqish, havas o'stirib borm og'i lozim.
M aktab ta ’limining amaliy hayot bilan bog'lab olib borilishi bilim va ko'nikm alarni puxta o'zlashtirishning m uhim sharti va shuningdek, unutishga qarshi kurashish vositasi boMmog'i kerak.
Yuqorida aytib o'tilganidek, tasaw ur oldin idrok qilingan narsalarning ko'z oldimizga kelgan obrazlaridir. Idrok obrazlari voqelikda mavjud narsa va hodisalam ing obrazlari bo'lganligidan, tasaw urlar ham xuddi shu narsa va hodisalam i aks ettiradi. Ammo idrok bilan tasaw ur o'rtasida kattagina farq bor. Idrok narsa va hodisalam ing sezgi organlariga bevosita ta’sir qilishi natijasida tug'iladi.
Xotira tasaw urlari esa ilgari sezilgan va idrok qilingan narsalar asosida, sezgi organlarim izning bevosita faoliyatisiz hosil bo'ladi. Biz ilgarilari ko'rgan (idrok qilgan) bir narsaning obrazini ko'zim izni yum ib turib ko'z o'ngim izga keltira olamiz. Ilgarilari eshitgan bir kuyni, biror bu
yum ning og'ir-yengilligini tasaw ur qilm og'im iz mumkin.
Tasaw ur qilishning fiziologik asosi shartli reflekslarning hosil bo'lishida bosh miya po'stida paydo bo'lgan «izlan>ning jonlanishidir. T asaw ur bironta turtki ta’siri bilan tug'iladi. M asalan, bironta odam haqidagi tasav-
vurning tug'ilishi uchun «birinchi turtki bo'lib,— deb yozadi I.M . Sechenov, — m en shu odam ni ilgari uchratganim da hosil bo'lgan juda ko'p
taassurotlar o'rtasida shu paytda qo'zg'algan bironta tashqi taassurot xizmat qiladi; bu turtki ana shu odam ni ko'rishdan hosil bo'lib, izlar shaklida saqlanib qolgan ham m a sezgilarni uyg'otadi».
Odam da tasaw ur tug'diradigan spetsifik qo'zg'ovchi so'zdir. So'z bilan tasvirlash orqali turli tasaw urlar tug'iladi. M asalan, bizga shaxsan tanish bo'lgan bir kishining ismini eshitib qolganimizda uning obrazi (tasav- vuri) darrov ko'z oldimizga keladi. Tasaw urlar ravshanlik yoki boshqacha qilib aytganda, yaqqollik darajasi jihatidan idrok obrazlaridan farq qiladi, tasaw urlar idrok obrazlaridan ancha noravshan, xiraroq boMadi. Ilgari idrok qilingan narsalar haqidagi tasaw urlar, shu narsalarning o'zini bevosita idrok qilganda hosil boMgan obrazlarga qaraganda, uncha toMiq, ravshan va aniq boMmaydi. T asaw ur bironta narsani ko'pincha toMa- to ‘kis, barcha tom onlari va sifatlari bilan aynan aks ettira olmaydi. Tasav- vurning bu xususiyatini tasawurning fragmentligi deb ataladi. M asalan, biz ayrim kishilami tasaw ur qilganimizda, goh yuz-ko‘zini, goho ovozi- ni, goho ust-boshini va hokazolarni ko‘z oldimizga keltiramiz. Tasaw ur- lar ko'pincha idrok obrazlarini bir qadar o'zgartirish asosida tarkib topadi. Ko‘p hollarda tasaw urning m azm uniga idrok qilingan narsaning o'zida
bo'lm agan xayol obrazlari, fikr va hislar qo'shiladi.
Nihoyat, idrok obrazlari bilan tasaw ur o'rtasida barqarorlik jihatidan ham farq bor. T asaw ur qilingan obraz barqaror boMmaydi, o'zgarib turadi, idrok obrazlari esa ularning muvofiq boMgan narsalar sezgi organlariga
ta ’sir qilishdan to'xtam aguncha, ongimizda barqaror saqlanib turadi. Tasav- vurlar boshqa tasaw ur, fikr, his va ish-harakatlar bilan, idrok qilinayot
gan narsalar bilan bogMiq holda ixtiyoriy yoki ixtiyorsiz (assotsiatsiya yoMi bilan) tug'iladi. Tug'ilgan tasaw urlar ongim izda, ko'pincha, barqaror, uzoq saqlanib turm aydi, balki yangi tasaw urlar bilan almashinib turadi.
Tasaw urlar sifat jihatdan bir-biridan farq qiladi. Tasaw urning sifati uning idrok obraziga naqadar aynan o'xshashlik darajasiga bog'liqdir. T asaw ur qancha to'liq, ravshan va aniq bo'lsa, u idrok obraziga shunchalik yaqinlashadi. Tasaw urning sifatlari deyilganda, ularning to'laligi, ravshanligi, aniqligi va yaqqolligini tushunam iz. Ba’zi bir narsa yoki o'tm ishdagi biron voqea haqida tasaw urlarim iz, ayniqsa, to'la va ravshan boMadi. Dem ak, bunday tasaw urlarning m azm uni tasaw ur qilinayotgan narsaning eng ko'p sifat va alom atlarini qam rab olgan boMadi. M asalan,
bironta narsani xotiram izga tushirganimizda: «xuddi hozirgina bo'lganday ko'z oldim da turibdi», «boyagi ashula hozir ham xuddi qulog'imga eshiti- layotgandek tuyuladi» deb gapiramiz. Aksincha, noaniq, noravshan va xiraroq tasaw urlar ham boMadi. Dem ak, bunday tasaw urlarning m azm uni tasaw ur qilinadigan narsaning faqat ba’zi bir va ko'pincha uncha m uhim
bo'lm agan belgilarinigina aks ettiradi. Bu xil tasaw urlar ko'pincha faqat narsaning um um iy sxemasi shaklida gavdalanadi.
Tasaw urning sifati turli sabablarga bog'liqdir. Bu sifatlar, aw alo nerv sistem asining ahvoliga bogMiq boMadi. Nerv sistemasi sog'lom va tetik bo'lsa, bunday holda tug'iladigan tasaw urlar juda toMiq, juda ravshan va yugurik boMadi. C harchaganda yoki nerv sistemasi ba’zi kasalliklariga yoMiqqan hollarda, odatda, tasaw urlar xiralashadi. Am m o ba’zi bir kasalliklar orqasida (yoki nerv sistemasi zaharlanganda), aksincha, tasaw ur nihoyat yaqqol bo'ladi, ya’ni gollutsinatsiyaga aylanadi.
Tasawurning sifatlari yana idrokning puxtaligiga ham bog'liqdir bironta narsani qanchalik puxta esda olib qolinsa, tegishli tasawurlar ham shunchalik ravshanroq va aniqroq bo'ladi. So'ngra, tasawurning sifati his-tuyg'ularga, emotsional holatga bog'liq bo'ladi: bu his-tuyg'ular nechog'li kuchli va chuqur bo'lsa, tasaw urlar ham shunchalik to'la va yaqqolroq bo'ladi.
Tasaw urning sifatiga ixtiyoriy diqqat ham katta ta ’sir ko'rsatadi: idrok qilinayotgan narsa ustida diqqat qanchalik yaxshi to'plangan bo'lsa, keyinchalik bu narsalar to'laroq, ravshanroq va raso tasaw ur qilinadi. Diqqat tarqoq holda bo'lsa, idrok qilingan narsa yarim-yorti, chala, xira, noaniq tasaw ur qilinadi.
Tasaw ur sifatlarida odamlarning individual xususiyatlari nam oyon bo'ladi, qachondir idrok qilingan xuddi bir narsa yoki hodisani har kim o'ziyoq idrok qiladi. Tasawurning shu xil farqlari odamning kasbiga, qi-
ziqish-havasiga, xarakter va qobiliyatiga bog'liq bo'ladi. Ayrim kishilarda tasaw ur obrazlarning yaqqolligi va ravshanligi qariyb idrok obrazlari dara- jasigacha yetadi. Shu daraja ravshan yaqqol tasawurlarini eydetik obrazlar deb ataladi. Tasawurlari shu xildagi odamlarni esa eydetiklar deyiladi.
Ba’zi shaxmatchilaming shaxmat taxtasiga qaramasdan «ko'r-ko'rona» o'yin olib borishlari kabi, ayrim kishilarning murakkab ish-harakatlarida namoyon bo'ladigan ajoyib qobiliyatini ularda eydetik obrazlarning mavjudligi bilan izohlash m umkin. Shunday shaxm atchilar ham m a’lumki, ular ayni vaqtda bir necha taxtada o'yin olib borishga qobil bo'lganlar. M asalan, m ashhur rus shaxmatchisi A.A. Alyoxin Nyu-York shahrida 1924- yilda — 24 taxtada, Parijda 1925-yilda — 28 taxtada o'ynagan. Chikagoda 1933-yilda «ko'r-ko'rona:» o'yin olib borib, o'yinda ishtirok qilgan 32 shaxmatchi ustidan g'alaba qozonib, jahon rekordiga sazovor bo'lgan.
Tasaw urning sifati odamning yoshiga ham qaraydi. Katta yoshli odam larning tasaw uriga qaraganda bolalam ing tasaw ur obrazlari ancha yaqqol va ravshan bo'ladi, yosh bolalar o'rtasida eydetiklar, ayniqsa, ko'p uchraydi.
Bizda turli-tum an tasaw urlar tug'iladi. Idrok singari tasaw urlar ham sezgi organlariga muvofiq turlarga bo'linadi. Shu sababli, tasawurlar ko'rish, eshitish, hid bilish, maza (ta’m) bilish, teri sezgisi, harorat, m uskul-harakat, um um iy-organik tasawurlarga bo'linadi. Tasawurlarda aks etadigan voqelik sohalariga qarab ham tasaw urlar bir-biridan farqlanadi. M asalan, tabiat, jam iyat, texnika, fazo, vaqt va shu kabilar to'g'risidagi tasav- vurlar shular qatoridagi tasawurlardir. N ihoyat, tasaw urlar yana yakka va umumiy tasaw ur xillariga bo'linadi.
Yakka tasawur deb, bironta yakka narsa yoki hodisaning obrazini tasaw ur qilishga aytiladi. Masalan, mening o ‘z stolim , bironta oshnam, yurgan ko‘cham haqidagi tasaw urlarim yakka tasaw urlardandir.
Umumiy tasawur deyilganda, bir-biriga o‘xshagan, bir guruhga kir- gan narsalarning umumiy obrazini tushunam iz. U m um an uy, um um an hayvon, umuman daraxt, um um an o ‘simlik haqidagi tasaw ur shu jum ladandir. Bunda ko‘z o'ngimizga yakka bir hayvon yoki daraxt haqidagi tasaw ur kelmay, balki um um an hayvon va um um an daraxt obrazlari ko'z oldimizga keladi.
Albatta, umumiy tasaw ur bir talay bir-biriga o'xshagan yakka narsa- lami idrok qilish natijasida hosil bo'ladi. Shunday qilib, bir-biriga o'xshagan narsalarni tasaw ur qilganda umumiylashtirish jarayoni yuz beradi. U m umiy tasawurlarning paydo bo'lishida faqat ko'p m arta takrorlanib turgan idrok jarayonigina katta rol o'ynab qolmay, balki xayol ham da tafakkur bilan nutq ham katta rol o'ynaydi.
Tasawurlar yuqori taraqqiy qilgan hayvonga ham , odamga ham xos bo'lgan birinchi signal sistemasi asosida vujudga keladi. l.P. Pavlov ko'rsatib o'tganidek, ana shu sistemadagi signallar: «Eshitiladigan va o'qiladigan so'z mustasno, tevarak-atrofdagi ham umumtabiiy m uhitdan, ham ijtimoiy m uhitdan keladigan taassurot, sezgi va tasaw urlardan iborat» sig- nallardir. Ammo odam da endi umumiy tasaw urlarning tarkib topishida «birinchi» signal sistemasiga oid behisob ko'p signallarni umumiylashti- rishni amalga oshiruvchi ikkinchi signal sistemasi ham katta rol o'ynaydi (III tom, 2-kitob, 335-bet).
Odamda tasaw ur ham , idrok singari, narsalarning faqat «sof» obrazi shaklida tug'ilm asdan, balki hamisha ovoz bilan yoki o'z ichida ifodala- nadigan hukm va gaplar bilan birga tug'iladi. H ar bir narsa haqida bizda
tug'iladigan har bir tasaw ur hamisha shu narsaning nom i bo'lgan so'z bilan ifodalangan holda tug'iladi. Umumiy tasaw urlarda so'z asosiy rolni o'ynaydi. Bu insondagi umumiy tasaw urlarning xususiyatidir. Umumiy tasaw ur umumiylashtiradi, ammo uning umumiy m azm uni bunda yakka obraz shaklida tarkib topadi. Chindan ham , masalan, biz ayni bir imorat- ni ham bir qavatli, ham ikki qavatli deb, ayni bir mushukni ham qora, ham oq deb tasaw ur qila olmaymiz. Tasaw ur qilinadigan narsa hamisha
yakka obraz shaklida ko'z oldimizga keladi. Biz bironta uyni faqat muayyan kattalikda, muayyan ko'rinishda va rangda olib tasaw ur qilamiz. Yuqorida aytilganidek, umumiy tasaw urlarda umumiy belgilar mavjud bo'ladi. Ammo ana shu umumiy belgilarni biz yakka bir obrazga bog'lam asdan tasaw ur qila olmaymiz. Tasaw urlam i umumlashtirish shundan iboratki, bunda umumiy belgilar eng yaqqol va ravshan bo'lib, ju z’iy, tasodifiy belgilar xiralashib ikkinchi safga suriladi, yo'q bo'lib ketadi.
Ana shu um um iy belgilar idrok qilish jarayonidayoq bilinadi. C hu154
nonchi, stollarning har qandayini ham , baribir stol deb idrok qila- veram iz, chunki idrok qilish jarayonida har xil stollarda bo'ladigan um um iy o'xshash tashqi belgilar tasaw ur qilinadi. U m um iy tasaw u rlarda yakka tasaw urlardagiga qaraganda ravshanlik va yaqqollik kam roq bo'ladi. Bu tasaw urlar yakka tasaw urlarga nisbatan ancha be- qaror, beto'xtov bo'ladi. Ammo shu bilan birga, har bir um um iy tasav- vur bizda yakka tasaw u r sifatida tug'iladi va bir guruh yoki sinfga
kirgan narsalarni aks ettiradi.
VI. XOTIRADAGI INDIVIDUAL
Har kimning o'ziga xos xotira xususiyatlari bor. H ar kimning xotirasi- dagi farq xotiraning kuchida ifodalanadi, m a’lumki, xotirasi kuchli va xoti- rasi zaif odam lar bor. A.S. Pushkinning zamondoshlaridan biri: «Bir sahifa she’rni yod aytib berish uchun Pushkinga bu she’mi bir-ikki marta o'qib chiqish kifoya qilardi» deb gapirganligi ma’lum. Kompozitor Motsart bir- ikki marta eshitgan murakkab musiqa asarini esida qoldira olganligi va keyinchalik shu asarni notaga aynan yod ko'chira olganligi m a’lum.
K om pozitor Balakirevning ham xotirasi nihoyatda kuchli bo'lgan. Bir kuni u Chaykovskiydan simfoniya asarlaridan birini chalib berishni ilti- mos qilganda, Chaykovskiy o'zining shu simfoniyasini eslay olmagach, Balakirev Chaykovskiyning bu simfoniyasini konsertda bir m arta eshitgan bo'lsa ham, fortepianoda bexato, aynan chalib bergan.
Xotiraning sifati (kuchi) ga ko'pincha faqat esda olib qolish tezligiga qarab baho beradilar. Bunday fikr, ayniqsa, maktab o'quvchilariga nisbatan ko'p tarqalgandir. O'quvchi tez yod olar ekan, demak, uning xotirasi kuchli va aksincha, sekin esda olib qolar ekan — xotirasi bo'sh. Ammo bunday qarash noto'g'ri. Faqat esda olib qolish tezligiga qarab, xotiraning kuchli-kuchsizligiga baho berish yaramaydi.
Xotiraning kuchli-kuchsiz bo'lishini biz ham esda qoldirish va ham esdan chiqarib, ham ishning tezlik darajasiga qarab bilamiz. Tez esga olib, sekin, bora-bora unutish kuchli xotiraning xarakterli xususiyati bo'lsa, sekin esda olib qolish va tez esdan chiqarib qo'yish kuchsiz xotira belgi- laridandir. Ana shu xotira sifatlarining nerv-fiziologik asosi muvaqqat nerv bog'lanishlarining hosil bo'lishiga va ulam ing qanday ishlab turishi-
ga xos xususiyatlaridan iborat.
Esda olib qolish tezligi va esdan chiqarib qo'yish tezligiga qarab, har kimning xotirasidagi eng asosiy individual farqni aniqlab olish mumkin.
Bu farqlar quyidagilardan iborat.
Esda qoldirish Unutish
1-tip. Tez Sekin
2-tip. Sekin Sekin
3-tip. Tez Tez
4-tip. Sekin Tez
Xotiraning ana shu xillarini o'quvchilarda ham ko'rish mumkin. Ba’zi o'quvchilar birinchi tipga kiradilar, bunday o'quvchilam ing xotirasi kuchli,
ayniqsa, samarali bo'ladi; ular m aterialni, darsni tez bilib oladilar, buning uchun ularga materialni bir marta eshitish yoki bir karra o'qib chiqish kifoya, shu bilan birga, material bora-bora esdan chiqadi va materialni bu o'quvchilar to'la-to'kis ham da yanglishmasdan, raso esga tushiradilar. Bu
tipdagi o'quvchilam ing xotirasi yaqqol sezilib turadi.
Xotirasi ikkinchi tipdagi o'quvchilar materialni sekinroq bilib oladilar, lekin uzoq esdan chiqarmaydilar. Ular materialni o'rganib olish uchun ko'proq kuch sarf qilib, uni maxsus usullar yordami bilan takrorlaydilar, qayta-qayta o'qiydilar, eshitadilar, yozib oladilar, sxemasini chizadilar va hokazo; materialni puxta bilib oladilar va shu sababli, uni tez esdan chiqarm aydilar. X otiraning natijali bo'lishi jihatidan ular birinchi tipdagi o'quvchilardan qolishmaydilar.
Uchinchi tip — tez bilib olish va tez unutish xususiyati bilan ajraladi. Bu tipga kirgan o'quvchilar materialni ko'rish, eshitish, o'qituvchining og'zidan chiqishi bilanoq ilib olganday darrov bilib oladilar va keyinroq uni to'la-to'kis aytib bera oladilar. Ammo bu tariqa bilib olish va esga tushirish uzoqqa bormaydi. Bir necha vaqt (odatda, ikki yoki uch kun) o'tgandan keyin materialni unutib qo'yadilar: juda qiynalib, yarim yorti esga tushiradilar. Shunday qilib ular tez bilib olsalar ham, natijasizdir, chunki ular materialni tez unutadilar. Bunday o'quvchilarga materialni tez-tez takrorlab turishni maslahat berish, individual topshiriqlar berib, ularni tez-tez tekshirib turish lozim.
To'rtinchi tip xotiraning zaif tipidir. Bu tipdagi o'quvchilar m aterialni juda sekinlik bilan bilib oladilar va tez unutadilar. Bu o'quvchilar m aterialni o'rganib olish uchun ko'p kuch, vaqt sarf qiladilar, lekin ulam ing m ehnati kam natija beradi, ular materialni yarim-yorti va chala esga tu
shiradilar ham da uni tez esdan chiqarib qo'yadilar. Xotiraning bu tipi o'z vaqtida bironta sabab bilan maktabga qatnam agan va o'qishdan orqada qolib ketgan bolalarda uchraydi. Ulardagi xotiraning zaif bo'lishiga bironta nerv-miya kasalining asorati ta ’sir qilgan bo'lishi ham mumkin.
Bunday o'quvchilar anchagacha individual yordamga muhtoj bo'ladilar.
Ularga darslarni qanday o‘qish to'g'risida tegishli maslahat va alohida topshiriqlar berish lozim, ularni faqat nazorat qilib qo'ya qolmay, balki ularga m aterialni o'rganib olishda bir necha vaqt davomida bevosita yordam ham berib turish kerak. Tajriba ko'rsatganidek, to'g'ri tarbiya natijasida, bir necha vaqt o'tgandan keyin, bunday o'quvchilam ing xotirasi tuzaladi va ular ham ikkinchi tipdagi o'quvchilardan qolishmay, m aterialni mustaqil o'rganishga qobil bo'lib qoladilar. Ammo bunday hoi kasal- lik oqibatida ro'y bergan bo'lsa, tegishli davolash choralarini ko'rish zarur
bo'ladi.
Xotiraning naqadar kuchli bo'lishi xotira mazmuniga qarab bilinadi. Xotira mazmunsiz bo'la olmaydi. Biz hamisha muayyan bir narsani esda qoldiramiz, muayyan bir narsani xotirlaymiz va muayyan bir narsani unutib qo'yamiz.
Xotira ilmning hamma sohalarida barobar kuchli bo'lavermaydi. Bir xil odamlar adabiyotga doir materialni, bir xil odamlar matematikaga oid materialni va hokazoni yaxshiroq esda olib qoladilar. Bu xususiyatni o'quvchilarda ham ko'rish mumkin. Xotiraning shu xususiyati ko'p darajada o'quvchilaming ishga munosabati, o'quv fanlandan ba’zilariga qiziqishi va ko'proq e’tibor berishi bilan belgilanadi. Shuning uchun ham o'quvchilaming xotirasini o'stirish va boyitish maqsadida ularda maktabda o'tiladigan har bir fanga
qiziqish-havas uyg'otish lozim. Faqat bir xil mashg'ulotga bir xil fanga qiziqish xotiraning bir tomonlama o'sishiga sabab bo'ladi.
Esda olib qolinadigan material qaysi bir analizator vositasi bilan idrok qilinishiga qarab ham xotira xillari bir-biridan farq qiladi. Ba’zi kishilar har narsani ko'rib idrok qilsalar, masalan, o'z kuchlari bilan o'qisalar tezroq va
puxtaroq esda qoldiradilar. Bu yo'l ular uchun eng qulay va natijali yo'ldir. Boshqa birovlar eshitib idrok qilsalar, masalan, materialni o'zlari emas, balki boshqa birovning o'qiganini, so'zlab berganini eshitib tursalar, yaxshiroq uqib oladilar. Ba’zi kishilar esa materialni yozib olish, rasmini chizish, mehnat
harakatlari vositasi bilan tezroq va puxtaroq esda olib qoladilar.
Ana shu xususiyatlarga qarab, xotirani ko'rish, eshitish, harakat (m otor) tiplariga ajratiladi. Lekin xotiraning ana shunday sof tiplari kam uchraydi. K o'p kishilarning xotirasi aralash tipdagi, ya’ni ko'rish-harakat (buni- si eng ko'p uchraydi), harakat-eshitish yoki ko'rish-eshitish tipdagi xoti- radir. Shunga muvofiq ko'rish, eshitish yoki muskul harakat tasaw urlari ham bir-biridan farq qilinib, ba’zi kishilarda shu xil tasaw urlardan biri
ustunlik qiladi. Xotiraning yana neytral (befarq) tipi ham ajratiladi. Xotirasi shu tipda bo'lgan odam farq qilmasdan ko'rish orqali ham , eshitish orqali va muskul harakati orqali ham idrok qilingan narsalarni bemalol esida qoldiraveradi.
Xotiraning ana shu individual xususiyatlari tug'm a va o'zgarm aydigan, barqaror qattiq o'rnashib qolgan narsa emas. Bu xususiyatlar ham turmush tajribasida va ta ’lim-tarbiya jarayonida vujudga keladi. Ta’lim -tarbiya ishining vazifalaridan biri o'quvchilarda xotiraning ham m a xillarini, ya’ni ko'rish, eshitish, harakat tiplarini ham baravar o'stirishdan iborat bo'lm og'i kerakki, natijada o'quvchilar o'zlari o'qigan, eshitgan, yozib olgan, rasmini chizgan narsalarini tez va puxta uqib olishga qobil bo'lsinlar.
Lekin aytilganlardan, ham m a o'quvchilarda neytral xotirani paydo qilish mumkin, degan xulosa chiqarish yaramaydi, chunki xotira xususiyatlari faqat o'quv-tarbiya jarayonida tarkib topib qolmay, balki m aktabdan tashqi amaliy jarayonda ham tarkib topadi. Shu sababli, o'quvchilarda hosil bo'lgan xotira xususiyatlarini ulaming xotirasini o'stirish ishida nazarga olish talab qilinadi.
Xotiraga oid individual xususiyatlarning vujudga kelishiga odam ning kasb-kori ham ancha ta ’sir ko'rsatadi. C hunonchi, rassomlarda ko'rish xotirasi, musiqachilarda eshitish xotirasi va hokazo ko'proq taraqqiy qilgan bo'ladi.
Xotira inson hayotida g‘oyat katta ahamiyatga egadir
Xotira tufayli ongimizda faqat hozirgi paytdagi narsalar, hodisalar aks etib qolmay, balki o'tmishda idrok qilingan narsa va hodisalar, kechirgan tuyg'u, fikrlar ham aks etadi. Xotiraga ega boim aganim izda edi biz shu paytda idrok qilinayotgan narsa va hodisalamigina aks ettirar edik, shu bilan biiga, idrok qilinayotgan narsa va hodisalar ham m a vaqt bizga yangi, nota- nishdek ko'rinar edi. Odam xotira tufayli malaka va ko'nikmalar hosil qiladi, bilimini boyitadi va saviyasini kengaytiradi. Xotira boshqa psixik jarayon- laming faoliyati va taraqqiysi uchun katta ahamiyatga egadir. Idrok to'g'risidagi bobda biz, xotira idrokimizni boyitadi, deb ko'rsatib o'tgan edik. Xotira mahsuli bo'lgan tasawur, shuningdek, fikr bilim va bizning tajribalarimiz
xotiramizda mustahkam o'rnashib qolsa, bu bilan xayol, tafakkur, nutq, iroda va his faoliyati ham da taraqqiysi uchun sharoit ta’minlangan bo'ladi.
Odam ning tasaw urlari boyligi va xotirasida m ustahkam o'rnashib qolgan bilimlari boyligi qanchalik boy bo'lsa, uning idroki ham shuncha
lik mazmundor, to'la, aniq bo'ladi. Xayol, tafakkur, nutq va irodasining faoliyati ham samarali bo'ladi.
Xotira inson faoliyatining ham m a xillarida ancha muhim rol o'ynaydi. H atto yosh bolalar ham agar ularda ba’zi bir bilim, ko'nikm a va malakalar bo'lsagina o'ynay oladilar, bo'lm asa o'ynay olmaydilar. Har qanday mehnat xoh jismoniy, xoh aqliy mehnat zarur bilim, malaka va ko'nikm alar mavjud bo'lganidagina amalga oshmog'i m um kin.
Xotiraning aham iyati ta ’lim ishlarida, ayniqsa, yaqqol ko'rinadi.
M aktabdagi ta’lim ishlarining eng birinchi va asosiy vazifasi o'quvchilam i faniar asosi bilimi bilan qurollantirish, boyitishdir. Xotirada m ukam m al bilmay turib fan asoslarini o'qib olish m um kin emas. M aktablarda ta ’lim ishlari shunday yo'lga qo'yilmog'i kerakki, o'quvchilarga o'qitilayotgan material ularning xotirasida mustahkam saqlanib qoladigan bo'Isin. Shu
sababdan, o'qituvchi ta’lim jarayonida o'z o'quvchilarini o'rganib, har bir o'quvchisini yaxshi bilishi, jum ladan, har bir o'quvchisining xotirasi qanday ekanligini, bu xotiraning qanday o'sib borayotganligini, xotiraning o'sishiga nim alar sabab bo'layotganini va o'quvchilam ing xotirasini maktab ta’limi ishlari jarayonida qanday yo'l va vositalar bilan o'stirish kerakligini bilm og'i lozim.
V III. X O T IR A N IN G 0 ‘S IS H I
Xotira bola hayotining birinchi kunlaridanoq o'sa boshlaydi. Xotira nerv sistemasining o'sishi bilan birga, tarbiya va turli faoliyat (o'yin, o'qish, m ehnat) ham da nutq vositasi bilan aloqa qilish jarayonida o'sib, takom illashib boradi. Xotira ta ’limning asosiy shartidir, shu bilan birga, xotiraning o'zi ham , asosan ta ’lim-tarbiya jarayonida o'sib boradi.
Xotira o'sishining nerv-fiziologik asosi miya po'stida shartli reflektor nerv bog'lanishlarining asta-sekin ko'payib va murakkablashib borishidir. Birinchi shartli reflekslar taxminan ikki haftalik chaqaloqda ovqatlanish- ga bog'liq bo'lgan qo'zg'ovchilar asosida hosil bo'ladi. Besh oylik chaqaloqda shartli reflektor bog'lanishlar endi ham m a analizatorlarning ishti- rokida hosil bo'la boshlaydi va bu bilan xotira jarayoniarining paydo bo'lishiga imkoniyat tug'dirilgan bo'ladi.
Bolada xotiraning dastlabki alomatlari yonidagi yaqin kishilar va bu- yumlarni tanishida ko'rinadi. Juda ko'p turli-tum an va bir-biri bilan bog'langan shartli reflekslarning tobora ko'payib borishi tufayli bolaning tashqi qo'zg'ovchilarga javoban reaksiyalari murakkablashadi va qo'zg'ovchi ta’sirida shartli refleks tamoyili bo'yicha qo'zg'aladigan, ilgari hosil bo'lgan bog'lanishlarni o'z ichiga ola boshlaydi. Shu sababli m a’lum qo'zg'ovchi (narsa) ni idrok qilganda «tanib olish» hissi mavjud bo'ladi. Bu hoi bolaning butun harakatlarida ko'rinadi: tanish bo'lgan bir narsani, o'ziga yaqin kishilami ko'rganida bola «talpinadi», quvonadi va aksincha, notanish kishini ko'rganida yotsiraydi, undan yuzini o'giradi va hokazo. Xotiraning o'sishidagi bu davrda hali tasaw ur bo'lm aydi, chaqaloqning xotirasi idrok jarayonlarining o'ziga xos bir yo'l bilan, ya’ni idrok qilingani yana ko'rganda, eshitganda va hokazo «tanish bo'lganlik hissi» tug'ilish yo'li bilan o'sib boradi. Bola tanib olishga qobil bo'lar ekan, dem ak, u endi idrok qilgan narsa va hodisalami esda olib qoladigan bo'ladi.
Bir yoshga to ‘lib-to‘lmagan bolada xotiraning murakkabroq shakli shu paytda sezgi organlari orqali bevosita idrok qilinmagan narsani eslash
qobiliyati ko‘rina boshlaydi, ya’ni bu yoshdagi bolalar ilgari idrok qilgan, ko'rgan, nom ini eshitgan narsalarni tasaw ur qilish yo‘li bilan eslay oladilar. Ilgari m ustahkam lanib qolgan, murakkab bogManishlar tufayli endi ma'lum bir qo‘zg‘ovchi o‘z muvofig'i boMgan narsani tasawurida uyg‘otadi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar xotirasi yaqqol obrazli xotiradir, ya'ni idrok qilgan narsaning obrazini xotirada olib qoladi. M aktabgacha tarbiya yoshidagi bola m a’lum narsa va hodisalam ing obrazi so‘z bilan ifodalangan og‘zaki materialnigina esda olib qoladi. BoshlangMch sinf o'quvchilarining xotirasi asosan aniq obrazli xotiradir. U lar idrok qilgan va tasaw ur etadigan narsalarning yaqqol ko‘zga ko'rinadigan xususiyat va munosabatlariga tayanib turib, tegishli m aterialni oson va tushunib esda
qoldiradilar.
Yuqori sinf o'quvchilarida murakkablashib boradigan abstrakt nazariy materialni o'qib — bilib olish qobiliyati tobora ko'proq o'sib boradi. Shu bilan birga o'smirlarda tajriba, tafakkur va xayol qobiliyatining boyib, o'sib borishi munosabati bilan obrazli aniq xotira yanada murakkablashib boradi.
Turli yoshdagi bolalaming esda olib qolish xususiyatlari
Bolalarda mexanik va logik esda qoldirish. Bola hayotining dastlabki oylarida so'zlarning m a’nosiga tushunm asdan, mexanik ravishda esda qoldiradi. Bu davrda faqat harakat — assotsiatsiyaga oid xotira alom at- larini ko'rish m um kin. Bu xil xotirani bolaning harakatlaridan bilish mumkin. M asalan, bir-bir yarim oylik bolani emizish uchun qo'lga ol-
ganda, u oldindanoq og'zini ochib, lablarini qimirlatadi, ya’ni emish harakatlarini qila boshlaydi.
Burjua psixologiyasida shunday bir fikr: go'yo chaqaloqlarda va um uman bolalarda 6-7 yoshgacha yolg'iz mexanik xotira bo'lib, logik xotira, ya’ni m a’nosini tushunib esda qoldirish bo'lm aydi, logik xotira faqat katta yoshlardagina bo'ladi, degan fikr tarqalgan. Bu Haqiqatga, biz doim o kuzatib biladigan faktlarga tam om ila qaram a-qarshi fikrdir. Haqiqat shuki, bolalarda ular bir yoshga to'lar-to'lm asdanoq tafakkur va nutq qobiliyati ham o'sa boshlaydi. Albatta, yasli yoshidagi va maktabgacha tarbiya
yoshidagi bolalarda tajriba hali uncha ko'p bo'lm aydi. Shunga ko'ra, ularning tafakkurlari ham yetarli darajada o'smagan bo'ladi. Shu sababli, bolalar bir talay narsalarni mexanik ravishda esda qoldiradi. Ammo bolaning o'ziga yaqin va tushunchasiga loyiq bo'lgan narsalarni bola bu davrda ham ongli ravishda esda olib qoladi. M asalan, bolalam ing takror-takror eshitgan ertaklarini puxta esda olib qolishlari m a’lum. Shu bilan birga, bolalar ertakdagi so'zlarni m exanik ravishda esda qoldirm ay, balki, ko'pincha, ertakdagi gap-so'zlarning m a’nosini, ertakning m azm unini tushunib esda qoldiradilar. Bolalar ertakni eshitib va esda qoldirayotgan- da, ko'pincha ertakdagi qahram onlarning xatti-harakatlariga taalluqli turli savollar ham beradilar. Ertakning m azm uni bolalarga ta ’sir qilib, ularda m a’lum his-tuyg‘ular ham tug'diradi. Bulam ing ham m asi bolalar ertakning m azm unini tushunayotganligidan dalolat beradi.
Bolalar faqat (asosan) mexanik esda olib qoladilar, degan fikr xotiraning bu xilini biror materialni aynan yod olish bilan aralashtirib yu- borishdir, xolos. M a’lumki, mexanik ravishda, m a’nosiga tushunm asdan esda qoldirishni aynan yod olishdan farq qila bilish kerak: m azm uni aniq o'qib olingan biror m atnni aynan, so'zm a-so'z esda qoldirish mumkin. M ana shu tariqa yod olish ko‘pincha bolalarda uchraydi.
M aktab yoshiga kirgan bolalarda ta ’lim olish m unosabati bilan logik, ya’ni m a’nosiga tushunib esda qoldirish qobiliyati o'sib boradi, esda qoladigan m aterialning hajmi kengayib boradi, m aterialning m azm unini tu shunish ham chuqurlashadi va murakkablashadi.
T o'g'ri, shunday ham bo'ladiki, quyi sinf o'quvchilari ko'pincha hatto m azm uni tushunarli m aterialni ham m azm uniga e’tibor berm asdan, m exanik ravishda o'rganib oladilar. A m m o bu hoi shu yoshdagi bolalarda m uqarrar boMadigan narsa emas. M exanik esda qoldirishning ko'pincha
o'qituvchilar o'quvchilarda logik xotirani o'stirishga yetarli e ’tibor ber- magan hollarda ko'rish mumkin.
Yuqori sinf o'quvchilari o'zlari bu yoshda materialni m a’nosiga tushunib o'qib olishning afzalligini yaxshi tushunadilar. Lekin bu o'quvchilar ham ko'p vaqt mexanik sur’atda esda qoldiradilar. Bunday hoi, odatda, m aterial tushunish uchun og'irlik qilganda yoki qisqa qilib bayon qilingan
birorta materialni aynan yodlab olishga to ‘g'ri kelganda yuz beradi. Chu- nonchi, m atem atika aksiomalari va qoidalar, flzika, kimyo va shu kabi- larga oid qonunlarning aniq ta’riflarini ana shunday yod olinadi. Shuni unutm aslik kerakki, logik xotira, asosan, tarbiya ta ’siri bilan o'sadi. Shu- nisi ham borki, m a’nosiga tushunib ongli esda qoldirish qobiliyati ixti
yoriy esda qoldirish bilan birga o'sib boradi.
Bolalarda ixtiyorsiz va ixtiyoriy esda qoldirish. Esda qoldirish dastlab ixtiyorsiz bo'ladi. Bolalar ularning diqqatini o'ziga tortgan, ularni qi- ziqtirgan, ulaming chtiyojlariga javob beradigan, ular uchun yoqimli bo'lgan narsalarni beixtiyor esda olib qoladilar. Jonli nutq so'zlari, ertaklar,
qo'shiqlar, bolalam ing esida ana shu tariqa qolaveradi, ulardagi odat va ko'nikm alarning ham ko'p qismi shu yo'l bilan hosil bo'ladi. Odatda,
bolalar bir eshitgan ertaklarini kattalardan qayta-qayta aytib berishni talab qiladilar, lekin bunda ular shu ertaklarni yod olib qolish maqsadi bilan qayta aytib berishni talab qilmaydilar, balki ertaklarni eshitishdan zavqlanishlari sababli qayta-qayta eshitgilari keladi. Ertaklami zavq bilan qayta-qayta eshitish natijasida, bolalar shu ertaklarni beixtiyor puxta esda saqlab qoladilar. Logik xotira singari, ixtiyoriy esda qoldirish qobiliyati ham , asosan, tarbiya ta ’siri bilan o'sib boradi. Bironta narsani esda olib qolish maqsadi, nima va qanday esda olib qolinishi lozim ekanligi dastlab kattalar tom onidan aytiladi va uqtiriladi. M aktabgacha tarbiya yoshidagi (5—6 yashar) bolalam ing xotirasini o'stirib borishda tarbiyachi va ota- onalar tom onidan berilgan m aterialni ulam ing bevosita rahbarligi bilan esga olib qolish katta o'rin tutadi. M aktabgacha tarbiya yoshida ixtiyoriy esga olib qolishning paydo bo'lishi va taraqqiy etishiga bolalam ing o'z kuchlariga yarasha topshiriqlam i bajarishlari va didaktik o'yinlarda ishtirok etishlari, ayniqsa, yaxshi yordam beradi. Ammo ixtiyoriy esda qoldirish, ayniqsa, m aktab yoshida, o'quv ishida katta rol o'ynaydi. O 'quvchi o'qituvchining topshirgan m aterialini o'qib-o'rganib oladi. U materialni esda qoldirish uchun harakat qiladi, kuch sarf etadi, har xil yordam chi usullardan foydalanadi. U esda qoldirishni o'ziga maqsad qilib qo'yadi.
Esda qoldirish o'quvchining o'quv m ehnatidir. O 'quvchilam i kichkina yoshdanoq to'g'ri esda olib qolish usullaridan foydalana bilishga va turli aqliy am allarni bajarishga o'rgatib borish lozim.
M aktab o'quvchilari, ayniqsa, yuqori sinf o'quvchilari uchun shu narsa xarakterlidirki, ular esda qoldirishning eng m a’qul, eng samarali usul va yo'llarini izlaydilar, ular mavjud sharoitni esda qoldirish uchun qulay bo'lish-bo'lm asligini biladilar va esda qoldirish uchun talab qilinadigan vaqtning ham hisobiga bora oladilar. O 'quvchilar shaxsiy tajribalariga asos- lanib, m aterialni mumkin qadar m ahkam roq esda qoldirish uchun dars
vaqtida o'qituvchining tushuntirishlarini qanday tinglash, m aterialni qanday tartibda o'qish va uni takrorlash uchun qanday usullardan foydalanish kerakligi to'g'risida m uhokam a yurita boshlaydilar. Ular esda qoldirish uchun eng qulay payt qaysi payt ekanini ham hisobga ola biladilar. O 'quvchilar materialni puxta bilib-tushunib olish yo'llari to'g'risida beriladigan m aslahatlam i zo 'r havas va ishtiyoq bilan tinglaydilar. Yuqori sinf o'quvchilari tez va puxta esda qoldirishda tafakkur, diqqat, qiziqish va hissiyotning qanday ahamiyati borligini ham tushunadilar.
O'qish jarayonida ixtiyoriy esda qoldirish qobiliyatining o'zi ham borgan sari m ustahkam lanib boradi. A m m o bu qobiliyat iroda, ixtiyoriy diqqat, tafakkur va qiziqish-havaslarning o'quvchilarda o'sib borishiga bog'liq holda taraqqiy etib boradi.
Turli yoshdagi bolalarda esga tushirishning xususiyatlari yuqorida aytib o ‘tganimizdek, bola hayotining dastlabki oylarida esga tushirish, aftidan, faqat tanib olish yo'li bilan bo'lsa kerak. Am m o bolalam ing hali tili chiq- m agan vaqtlardayoq eslash xotirga tushirish tariqasida nam oyon bo'la
boshlaydi, ya’ni bu yoshdagi bolalar ilgari idrok qilgan, ko'rgan, nom ini eshitgan narsalarni tasaw ur qilish yo'li bilan eslay oladilar. Buni shundan bilish m um kin, bola, shu paytda ko'z oldida yo'q narsaning nom ini eshit- sa, uni ko'zi bilan «izlay» boshlaydi. Buning alom atlarini bir yoshga to'Iar- to'lm agan bolada ham ko'rish m um kin. Bir yoshga to'lib, ikkinchi yoshga qadam qo'ygan va, ayniqsa, gapira boshlagan bolada xotiraga keltirish yo'li bilan esga tushirish qobiliyati aniq ko'rina boshlaydi. U ch yashar bolaning tasaw urlar boyligi ancha kengaygan bo'ladi. M aktabgacha tarbiya yoshida va m aktab yoshidagi bolalarda xotiraga keltirish yo'li bilan eslash jarayoni to'la o'sgan bo'ladi. M aktabda o'qish uchun faqat tanish kifoya qilmaydi, bunda, asosan, xotirga keltirish yo'li bilan eslash aham iyatga ega bo'ladi.
Yosh bolalarda dastlab beixtiyor esga tushirish qobiliyati ko'rina boshlaydi. M aktabgacha tarbiya yoshida beixtiyor esga tushirish asosida ixtiyoriy esga tushirish qobiliyati o'sa boshlaydi. Am m o shuni unutm aslik kerakki, ixtiyoriy esga tushirish ixtiyoriy esda qoldirishga qaraganda, il-
gariroq o'sa boshlaydi. Ixtiyoriy esda qoldirish singari, ixtiyoriy esga tu shirish ham kattalarning ta ’siri ostida, tarbiya tufayli o'sib boradi. O ta- onalar, tarbiyachilar va bola bilan doim o aloqada bo'lganlar, odatda, bolaga: qayerda bo'lganligi, u yerda nim a qilganligi, kimni va nim alarni ko'rganligi haqida savol beradi, bilgan ertagini, qo'shig'ini, she’rini aytib berishni buyuradi. Bunday vaqtda bola o'zidan talab qilingan narsani esga tushirish uchun harakat qiladi, kuch sarf etadi, dem ak, unda ixtiyoriy esga tushirish jarayoni voqe bo'ladi. Bunda m uayyan m aterialni esga tu shirish maqsadini bolaning o'zi qo'ym asa ham , esga tushirish maqsadga qaratilgan bo'ladi. Bolada ikki-uch yashar bo'lgandayoq, o'z-o'ziga, kat- talarga, o'z sheriklariga yoki qo'g'irchoqlariga bir nima gapirish istagi tug'iladi. Demak, m aktabgacha tarbiya yoshidayoq bolalar o'z tashab- buslari bilan bir narsani ixtiyoriy ravishda esga tushirishga qobil bo'ladilar.
Birinchi sinf o'quvchilaridan boshlab, m aktab yoshidagi bolalarda ixtiyoriy esga tushirish qobiliyati yetarli darajada o'sgan bo'ladi, o'qish jarayoni uchun ixtiyoriy esda qoldirish ham, ixtiyoriy esga tushirish ham barobar
talab qilinadi. Busiz o'qish jarayonining norm al borishi m um kin emas. O'quvchidan faqat o'rganib-bilib olishgina talab qilinmasdan, balki o'rganibbilib olganini xotirlay olish ham talab qilinadi. O 'quv materialini muayyan sistema bilan xotirlash faqat ixtiyoriy esga tushirish yo'li bilan bo'lishi mumkin. Ixtiyoriy esda qoldirish ta ’lim jarayonining zarur sharti bo'lishi
bilan birga, u ta’lim jarayonida o'sib boradi va takomillashadi. Ixtiyoriy esda qoldirish singari, ixtiyoriy esga tushirish qobiliyati ham iroda, ixtiyoriy diqqat va tafakkurning o'sishi bilan birga o'sib boradi.
Ixtiyoriy esga tushirish jarayonida o'tm ishdagi voqealarni xronologik tartibda birin-ketin esga tushirish qobiliyati ham o'sadi. Bu qobiliyat bola hayotining shunday bir davrida paydo bo'ladiki, bunda bola «o'zini eslay
oladi»: ya’ni 5-6 yashar bola o'z hayotida bo'lib o'tgan voqealarni, ko'rgan- eshitganlarini ketm a-ket va ulam i boshqa voqealar bilan bog'lab xotirlay
oladigan bo'lib qoladi. M asalan, bu yoshdagi bolalar odatda: «M en onam bilan vokzalga borganim da, u yerda parovozni ko'rdim» va hokazo deb gapiradilar. Esga tushirishning ana shu usuli eng keyingi navbatda o'sa boshlaydi. Bolalar aksari o'zini 5-6 yoshdan bila boshlaydi, ya’ni shu
yoshda nim a bo'lganini eslay oladi. Bola va ulg'aygan kishilar bilan qilin
gan maxsus tekshirishlardan ko'rinadiki, tekshirilganlam ing ko'pchiligi 4 yoshgacha hayotida nima voqealar bo'lib o'tganini sira xotirlay olmagan. Tekshirilganlam ing eng kam qismi shu yoshgacha bo'lib o'tgan ba’zi bir voqealarnigina eslay olgan, lekin bu voqealar bir-biri bilan hech bir bog'lanm agan va har qaysisi ayrim holda esda qolgan. Shu bilan birga, ikki-uch yasharlikda eng kuchli ta ’sir qilgan, favqulodda bo'lib tuyulgan yorqin voqealargina esida saqlanib qolgan. Tekshirilganlardan biri: «M en pechkadan yiqilganimni xotirlayman» (bu voqea u, bir yarim yoshda eka- nida yuz bergan), ikkinchisi esa 2 yarim yashar vaqtida bo'lib o'tgan
voqeani: «M en suvda suzib yurgan m ayda baliqlar va ularni bolalar ov- layotgan bir paytni eslayman» deb o'zining eng birinchi esdaliklarini
gapirgan.
Besh-olti yashar bolalar ayrim voqealarni o'z hayotlarining ayrim paytlari bilan bog'lab, esga tushira boshlaydilar. Shu davrdan boshlab, bolalar o'z hayotlarida bo'lib o'tgan voqealarni bir-biriga bog'lab xotirlay oladilar: qaysisi burun, qaysisi keyin yuz berganini aniq esga tushiradilar. Shu usulda xotirlash asosida, keyinchalik, o'qish jarayonida bolalarda tarixiy perspektivani tushunish qobiliyati, ya’ni tarixiy xotira o'sa boshlaydi.
I. X A Y O L T O ‘G ‘R IS ID A U M U M IY T U S H U N C H A
Bizning ongimizda o ‘zimiz ilgari idrok qilgan obyektlar to ‘g‘risidagina em as, shu bilan birga, biz idrok qilmagan obyektlar (narsalar, voqealar, shaxslar, joylar va shu kabilar) to ‘g‘risida ham tasaw urlar bor. M asalan, garchi biz Antarktikada, Janubiy qutbda bo'lm agan, Mirniy pasyolkasidagi tadqiqotchilarning hayotini va ishini ko‘rmagan bo'lsak ham , lekin ular haqida bizning tasaw urim iz bor, biz Vatanim izning uzoq o ‘tm ishidagi voqealar to ‘g‘risidagi tasaw urga egamiz, o ‘n, yuz va ming yillardan keyin nim alar bo'lishini tasaw ur qilamiz va hokazo. Biz kosmik kem alarning Oyga va boshqa planetalarga uchishini tasaw ur qilishimiz m um kin. Bu tasaw urlam i xayolimiz yaratib beradi, xotira tasaw urlaridan farq qilgan bu tasaw urlar xayol tasaw urlari yoki fantaziya tasaw urlari deb ataladi.
Xayol vujudga keltirayotgan obrazlar (tasaw urlar) faqat ongning subyektiv mazmunigina bo'lib qolmaydi, shu bilan birga, bu obrazlar odam larning hayoti va faoliyatida og'zaki va yozma nutqda ifodalanadilar; narsa- larda, bo'yoqlarda, tovushlarda, she’r va proza tariqasidagi adabiy asar- larda va san’atning boshqa turlarida gavdalanadi.
Shunday qilib, xayol ong faoliyatidir, bu faoliyat ilgari biz idrok qil- magan, tajribamizda uchratilmagan narsa va hodisalaming obrazlarini mavjud tasawurlarimiz asosida miyamizda yaratishda ifodalanadi.
Odam ning miyasida ilgari vujudga kelgan muvaqqat bog'lanishlarning miyada gavdalanishini va bu bog'lanishlar bir-biri bilan tutashib, yan
gicha paydo bo'lishini xayolning nerv-fiziologik negizi deb hisoblamoq kerak.
Ongning boshqa funksiyalari kabi xayol ham , tarixan, aw alo odam ning m ehnat faoliyatida rivojlanib kelgan. O dam lar o'z ehtiyojlarini qondirm oq uchun odam aralashm asdanoq tabiat berayotgan m ahsuldan ham k o 'ra k o 'p ro q m ahsul olish niyatida te v a ra k -atro f olam ni o'zgartirganlar va uni o'zlariga buysundirganlar. O 'zgartirm oq va yarat- m oq uchun esa istalgan narsani oldindan tasaw u r qilish, shunday
o'zgartirishga qanday yo'llar bilan erishishni va uning natijalarini tasav- vur qilish lozim bo'lgan.
Bora-bora odam ning xilma-xil ehtiyojlari — ijtimoiy, bilish, estetik va shu kabi ehtiyojlari rivojlana boigan sari xayol ham rivojlana borgan.
Jam iyatdagi odamlarning ijodiy faoliyatida namoyon bo'layotgan xayol ham ijtimoiy hayot sharoitiga va um um iy madaniy rivojlanish darajasiga qarab, shu jamiyatdagi odam larning asosiy intilishlariga qarab, alohida xarakter, alohida yo'nalish kasb qilaveradi.
I I . X A Y O L Q IL IS H J A R A Y O N I
Xayol tasaw urlarining idrok obrazlaridan va xotira tasaw urlaridan farqi shuki, xayol tasawurlari tajribamizda orttirilgan obyektlarga ega emas. X o‘sh, odam larning ongida bu obrazlar qayerdan va qanday qilib paydo bo'ladi, degan savol tug'iladi. A lbatta, bu obrazlar biror m anbaga ega bo'lm ay, yo'q narsadan paydo bo'lishi m um kin emas. M uayyan bir ehtiyoj mavjud bo'lgan taqdirda xayolning tegishli obrazlari xayol tasaw urlari insonning tajribasiga va xotira tasavvurlariga asoslanib hosil bo'lishi va
tarkib topishi m umkin. Bu tasaw urlar xayol tasaw urlarini vujudga kelti- rishga asos bo'ladigan m aterialdir. M asalan, biz m uzlar to'g'risida,
qorong'ilik va yorug'lik to'g'risida, sovuq to'g'risida, suv to'g'risida, ko'p
va shu kabilar to'g'risida tajribada orttirgan tasaw urlarim iz bo'lgani sababli, A ntarktika va Janubiy qutb to'g'risida tasaw ur qilishimiz m um kin. Xayol jarayonida bizda mavjud bo'lgan kerakli tasaw urlar albatta ko'z o'ngim izda gavdalanadi.
Lekin xayol jarayoni tasaw urlam i gavdalantirishdan va ularni shun- chaki bir-biriga qo'shishdan iborat bo'lm aydi. Xayol jarayonida xotira tasaw urlari shunday qayta ishlanadiki, buning natijasida yangi tasaw ur- lar hosil bo'ladi. Xayolning spetsifik faoliyati xotira tasaw urlarini o'ziga
xos analiz va sintez qilishdan iborat bo'ladi.
Xayol uchun material bo'ladigan tasaw urlar xayol yaratib berayotgan obrazlarga, ko'pincha, to'liq holda kirm asdan, balki qisman kiradi. Shu sababli, xayol jarayonida mavjud tasaw urlam i gavdalantirish bilan birlik- da yoki uning ketidan analiz qilish, ya’ni tasaw urlam i bo'lak-bo'lak qilib bo'lish va shu tasaw urlarning ayrim qismlarini ham da elementlarini ajratib olish faoliyati ro'y beradi. So'ngra xayolning sintez qilish faoliyati ro'y beradi. M uayyan tasaw urdan ajratib olingan elementlarni boshqa tasav- vurlar bilan yoki boshqa tasaw urlarning elem entlari bilan qo'shish va bir
turkum qilish jarayoni ro'y beradi. M ana shunday sintez qilish faoliyatida yangi tasaw ur — xayol tasaw uri vujudga keladi. Xayolning sintez qiluvchi faoliyatining oddiy shakli agglyutinatsiyadir. Agglyutinatsiya — ayrim el- em entlam i yoki bir necha buyum lam ing qismlarini bitta obraz qilib qo'shish va shulam ing kombinatsiyasidir. M asalan, xalq xayolining mahsuli bo'lgan rusalka (suv parisi) obrazi xotin (bosh va gavdasi), baliq (dum i) va yashil suv o ‘simligi (sochlari) obrazlaridan yaratilgan. Xuddi shuningdek, bul- buli go‘yo deganim izda xalq tasaw urida har bir narsani bilib aytib beradigan odam sim on (boshi odam , tanasi qush) birjonivor gavdalanadi, bunda ham biz odam va qush obrazidan bitta obraz yaratilganligini ko‘ramiz. Yozuvchilar adabiyotdagi badiiy obrazlarni yaratayotganlarida xayolning sintez va analiz qiluvchi m urakkab faoliyatining xarakterli xususiyatlari, ayniqsa, yorqin nam oyon boMadi. H ar bir badiiy obraz bitta obrazda, o ‘ziga xos ravishda birlashtirilgan tasaw urlarning qismlari, elem entlaridir yoki butun bir tasaw urlarning o‘zidir.
L.N.Tolstoy: «M en N atasha obrazini («Urush va tinchlik») yaratayot- ganim da uning ayrim belgilarini xotinim Sofiya Andreyevnadan, boshqa xil belgilarini singlisi T atyanadan olganm an, shularning ham m asini «yanchib aralashtirganman» va shu tariqa N atasha obrazi kelib chiqqan», — deb yozgan edi.
Xotira tasaw urlarini qayta ishlash, yangi obrazlar yaratish jarayonida xayol faoliyati tasaw ur qilinadigan buyumlarni kattalashtirishda yoki kich- raytirishda ifodalanishi m umkin. Bu kattalashtirish yoki kichraytirish ba’zi hollarda buyumning ham m a qismlariga nisbatan m utanosib, proporsional boMishi mumkin. C hunonchi, rus ertaklarida pahlavonlarni «qad koMargan daraxtdan baland, sayr qilib yurgan bulutdan sal past» qilib ko‘rsatiladi.
M ahm ur «qozi M uham m ad Rajab to ‘g‘risida...» nomli hajviy she’rida Qozi M uham m adning bo‘yini terakka o ‘xshatib, «Bo‘yi chunonam uzun- ki, misli terak, osmon shipiga ilsang boMadi tirgak» deydi. Sviftning «Gul- liverning sayohati» rom anidagi juda katta odam lar bilan liliputlarning
obrazlari mana shunday obrazlardir. 0 ‘zbek xalq ertaklaridagi «boshi bu- lutga tegadigan pahlavonlar» yoki «kichkina m itti xonxo‘jani yiqitti» so‘zlarida ifodalangan obraz ham shunday obrazlardir.
Kattalashtirish yoki kichraytirish mutanosib boMmasligi, proporsional boMmasligi ham mumkin, xayol jarayonida buyum ning faqat ayrim qisrn- larigina kattalashtirilishi yoki kichraytirilishi m umkin. Buyumning faqat bir qismini bunday kattalashtirish yoki kichraytirishni aksentirovka deyiladi. Aksentirovka, asosan, karikatura tariqasidagi tasaw urlarda va surat- larda namoyon boMadi. C hunonchi, san’atkor biron imperialistning karikatura tariqasidagi obrazini yaratm oqchi boMsa, uning ogkzini juda katta, tishlarini sulohmonday, panjalarini uzun va chovut solib turganday, qornini qappayib chiqqan qilib, b o ‘rttirib ko‘rsatadi.
San’atkor ko‘p shaxslarga xos boMgan o‘xshash belgilarni o\\shata olish, bo‘rttirib aksentlash va um um lashtirish yoMi bilan tipik obrazlar yoki tiplar yaratadi. Lerm ontovning aytishiga qaraganda, uning asarida tasvirlangan Pechorin «aynan ko‘chirilgan surat boMsa ham lekin yolgMz bir kishining surati emas, bu surat hozirgi bo‘g‘indagi barcha ayb va nuq- sonlarni o'zida to'la ifodalagan suratdir».
Tip — individual obrazdir, am m o bu obrazda butun bir guruh, sinf, millat kishilarining eng xarakterli belgilari birga bo'lib, yaxlit aks ettiriladi
yoki ifodalanadi.
Xayolning xarakterli xususiyati yana shuki, u bevosita vaziyatdan «ajra- lib» chiqa oladi va makon ham da zam on jihatidan hozirgi vaziyatdan uzoqlashgan yangi vaziyatga «o'ta oladi». Shuning uchun ham ko'pincha «Xayol osm onida sayr qilib yurish kabi bir narsa»,— deb gapiradilar. Xayol faoliyati tufayli biz, hozirgi paytda bizning oldimizda bo'lm agan narsa- Iaming obrazlarini yaratamiz. Biz bu obrazlarni uzoq o'tm ishga nazar tashlab, tarixiy voqealarni, tarixiy shaxslarni tasaw ur qilib yaratishimiz yoki kelajakka — ertagi, bundan bir yil, besh yil va yuz yillar keyingi davrga — o'z turm ushim izning kelajagiga nazar tashlab, o'z kelajagimiz- ning obrazlarini va ideallarini yaratishim iz mumkin. Biz jahonning ham ma mamlakatlarini xayolimizda kezib chiqib, geografik obyektlaming obraz
larini yaratamiz, yulduzlarva planetalar ham da raketalarda bo'lishi mumkin bo'lgan hayotni tasaw ur qilib, yulduzlar olam ida kezamiz. Xayolning bunday «ko'chish» qobiliyatining qay darajada o'sganligi xayolning nechog'li keng va boy bo'lishini ko'rsatadi.
Xayol jarayonlaridagi odam tafakkuri katta o'rin oladi. Biror yangi obraz yoki tasaw urlar sistemasini yaratishda odam ning o'ylab qo'ygan biror m urodi amalga oshiriladi, biror vazifa hal qilinadi. K o'pincha har
turli abstrakt nazariy fikrlar xayol yo'li bilan yaratiladigan aniq obrazlarda ochib beriladi. Odatda, har bir rassom, shoir, kom pozitor ijod qilish jarayonida biror masalani hal qiladi, o'ziga biror nimani aniqlab oladi yoki boshqalarga tushuntirib beradi. Lekin u o'zining fikrlarini um um iy va abstrakt tushunchalarda ochib berm asdan, balki aniq obrazlarda ochib beradi. M asalan, I.A.Krilov «Oqqush, qisqichbaqa va cho'rtanbaliq» m a- salida «O 'rtoqlar ahil bo'lm asa, ularning ishi yurishmaydi», — degan fikr- ni obrazli qilib ochib beradi. Biz har bir she’riy asardan, har bir badiiy
suratdan, musiqa asaridan shu asarlarda yaqqol, obrazli qilib ochib beriladigan asosiy fikmi, asosiy g'oyani qidiramiz.
Xayol tasawuridagi abstrakt tushunchalar ham har xil allegoriyalarda, m etaforalarda va boshqa simvolik obrazlarda aniqlashgan bo'ladi. C hu
nonchi, kuch yoki g'urur to'g'risidagi fikr azaldan beri sher yoki Sem urg' qushning yaqqol obrazida simvolik tarzda ifodalanadi, imillab yurish to'g'risidagi fikrtoshbaqa obrazida ifodalanadi va hokazo. So'ngra, tafakkur, xayol faoliyatini tartibga, sistemaga solib turadi.
C hunonchi, yozuvchi ko'p iboralardan iborat badiiy asar yaratayotga-
nida uning tafakkur faoliyati shu obrazlarni muayyan tartibga keltirishda,
bir butun qilib birlashtirishda ifodalanadi.
Ixtirochi yangi mashina yaratayotganida unda dastlab, shu m ashina- ning ayrim qismlari va detallari ham da ularning qanday tuzilishi va ish- lashi to ‘g‘risida um um iy bir fikr va tasaw ur hosil boiadi. Ixtirochi fikr yuritish jarayonida m azkur ayrim tasaw urlardan hosil bo'lgan bo'lajak mashinaning bitta murakkab obrazini yaratadi. Xayol jarayonlari m ana shu xususiyatning nerv-fiziologik asosi bosh miya po'stining ishida muayyan sistema borligida b o isa kerak.
Tafakkur tufayli xayol jarayonlari tartibga va sistemaga solinibgina qolm asdan, shu bilan birga, «to'xtatilib», nazorat qilinib ham turiladi. Tafakkur yaxshi o'sm agan boisa, bilim kam boisa, fantaziya juda uzoq- qa «uchib ketishi» va voqelikka hech qanday o'xshashlik tom oni qolmas- ligi mumkin. Qadimgi greklar yaratgan mifologiya (afsonalar) ko'p darajada ular bilim ining cheklanganligi va tafakkurlarining shu bilim darajasiga yarasha boiganligi mahsulidir.
Xayol tasaw urlarining paydo boiishida nutq katta rol o'ynaydi. Har kimga ham m aium ki, shu tasaw urlarning ko'pi boshqa kishilar aytib
bergan hikoyalarning ta ’siri ostida, shuningdek, o'qish jarayonida, ayniq
sa, she’riy asarlarni va badiiy adabiyotning boshqa turlarini o'qish chog'ida paydo boiadi. Bunda yana quyidagilarga e’tiborni jalb qilish zarur.
Xayol obrazlari, garchi tasawurlar deb atalsa ham, lekin bu tasav- vurlar o'zlarining bir qancha xususiyatlari bilan xotira tasaw urlaridan farq qiladi.
1. Yuqorida aytib o'tilganidek, xotira tasawurlari ilgari idrok qilingan buyum lar obrazining gavdalanishidir. Xayol tasawurlari esa xotira tasav- vurlarini murakkab ijodiy qayta ishlash natijasida vujudga keladi. Xayol tasaw urlari xotira tasaw urlarining takrorlanishi emas, balki yangicha hosil boigan tasaw urlardir.
2. Xayol tasaw urlari ko'pincha o'zining ko'proq to iiq boiishi, lo’nda va yorqin boiishi bilan xotira tasaw urlaridan farq qiladi. Shu jihatdan qaraganda, xayol tasaw urlari idrok obrazlariga vaqinroq boiadi.
3. Tasaw ur obyekti bilan tanishlik hissi va shu obyekt real mavjud b o iib turibdi yoki mavjud boigan, tasaw urning mazmuni obvektga m uvofiq keladi degan ishonch xotira tasawurlariga xos belgilardir. Bunda mana shunday ishonch idroklaming obyektivligiga boMgan ishonchga va- qinroqdir.
Ammo xayol tasaw urlari esa hamisha alohida bir «yangilikni* va
«nom aium likni» his qilish tuyg'usini beradi. Shu sababli xotira tasavvur- lari tasaw ur qilingan narsaning mavjudligiga yoki haqiqatnn mavjud boiganligiga yoxud mavjud boiajagiga alohida ishonch hissi bilan bogMangan boMadi va tasaw urning mazmuni shu narsaga muvofiq degan alohida hisni vujudga keltiradi.
Bunda tasaw ur qilingan narsaning realligiga toMa ishonch boMishi mumkin va buning realligiga shubhalanish, ishonmaslik va hatto bu real- likning inkor qilinishi ham mumkin.
Xotira tasawurlari o £tm ishda ko‘rilgan va eshitilgan narsalarning esga tushishi bilan bogMangan boMib, passivroq xarakterga egadir. Xayol tasav- vurlarining ko‘pchiligi o ‘zining faolligi bilan farq qiladi: bu tasaw urlar masofa yoki vaqt jihatdan birmuncha olisroqqa intilish bilan bogMangandir.
Xayol tasawurlarining bu xususiyatlarini shu narsa bilan izohlash m um- kinki, bu tasaw urlar ehtiyojning kuchli ravishda namoyon bo£lishi nati
jasida, insonda qiziqish va ideallar borligi sababli, insonda xilma-xil his- siyotlar va jum ladan yangilikni his qilish tuyg‘ulari paydo boMganligi natijasida vujudga keladi.
I I I . X A Y O L T U R L A R I
Xayol har xil turlarda namoyon boMadi. Tasaw ur xayoli, ijodiy xayol, ixtiyorsiz va ixtiyoriy xayol — xayol turlari jumlasidan bo‘lib, ular bir-
biridan farq qiladi.
Tasawur xayoli va ijodiy xayol. Tasawur xayoli deb, hozir yoki 0 ‘tmishda aslida mavjud boMsa ham, lekin bizning tajribamizda hali uchramagan va biz idrok qilmagan narsa va hodisalar to‘glrisida tasawur hamda obrazlar yaratishdan iborat bo‘lgan xayol turini aytamiz. Bu narsalarning obrazlari boshqa kishilarning aytib bergan so‘zlari asosida, shuningdek, yozma va boshqa hujjatlar asosida yaratiladi.
Mana shu hamma misollardagi tasaw ur obyektlari hozir yoki o‘tmishda aslida boMgan boMsa-da, lekin biz o‘zimiz bevosita idrok qilmagan obyektlardir. Tasawur xayoli jarayonida odam o‘zi ko‘z oldiga keltirayotgan obrazning obyekti haqiqatan ham muayyan joyda boMganligini yoki muayyan vaqtda boMganligini anglaydi. Tasawur xa- yolining xarakterli xususiyati ham mana shudir. Masalan, arxiv hujjat- lari va tarixiy yodgorlik bilan ishlayotgan tarixchining xayoli ham shu
jumladandir, chunki u tarixda boMib o‘tgan voqealarni shu materiallar asosida ko‘z oldiga keltiradi.
Kimdir — birov maMum bir sistemaga solgan, undagi obrazlarni ham yaratgan tayyor material asosida biron-bir obraz yaratayotganda qilingan
xayol ham tasawur xayoli boMadi. Masalan, badiiy asarni 0‘qiganimizda, badiiy suratni ko‘rganimizda, texnika chertyojlarini va sxemalarini o‘qiganimizda, hikoya eshitganimizda bizning ongimizda shaxslarning, suratlarning, tabiat manzaralarining, voqealarning obrazlari paydo boMadi.
Bunda boshqa shaxslar yaratgan tayyor obrazning o ‘zigina o ‘zlashtiriladi, deyish mumkin. Bunda muayyan birobrazni tasaw ur qilish ko‘p jihatdan muallifning yaratgan obrazi qanday usullar bilan bunyod qilinganiga bog'liq boMadi, muallifning badiiy mahoratiga bogMiq boMadi, lekin, shu bilan birga, tasaw ur qilinayotgan obrazning muayyan bir darajadagi mazmuni, toMiqligi, yorqinligi shu obrazni idrok qiluvchi odam xayolining qay darajada o'sganligiga ham bogMiq boMadi. H ar bir kishi o ‘qiyotganida, k o ‘rayotganida, eshitayotganida obyektga m uvofiq o 'z obrazini yaratadi. M asalan, L.N.Tolstoyning «Anna Karenina» romanini o'qigan har bir kitobxon Anna, Vronskiy, Levin va boshqalarning maMum dara
jada o'ziga (shu kitobxonga) xos boMgan obrazini yaratadi.
Geografik kartalarga ko'z yuritilgan vaqtda va geografiyaga doir kitoblarni o'qigan vaqtda ham , odam da real geografik obyektlarning - tog'lar, daryolar, dengizlar, o'rm onlar va shu kabilarning obrazlari vujudga keladi. Chizm alar va suratlarni ko'zdan kechirayotgan kishida ishlab turgan mashinalarning tegishli obrazlari vujudga keladi.
O 'qitish jarayonida o'quvchilarda tasaw ur xayoli ularning shaxsiy tajribalarida uchram agan yoki zam on va makon jihatidan ularga uzoq boMgan obyektlar to'g'risidagi bilim lam i o'zlashtirishlarida nam oyon boMadi. M asalan, tarixga, geografiyaga, kosmografiyaga va boshqa shu kabi fanlarga doir bilim lar m ana shunday tasaw ur xayoli jarayonida
o'zlashtirilgan bilim lardir.
Ijodiy xayol deb, bizning tajribamizda bo'lm agan va voqelikning o'zida ham uchramagan narsa va hodisalar haqida tasaw ur va obrazlar yaratish-
dan iborat boMgan xayol turini aytiladi.
Odam o'zining ijodiy xayolida o'zi biror yangi, original narsa yaratadi. M asalan, yozuvchi o'z asari uchun personajlarning tipik obrazlarini yaratayotganida uning xayoli mana shunday ijodiy xayol boMadi. Ixtirochi- ning yangi mashina, yangi asbob loyihasini yaratayotganidagi xayoli mana
shunday ijodiy xayoldir. Tadqiqotchining biror gipoteza yoki eksperiment rejani yaratayotganidagi xayoli mana shunday ijodiy xayoldir. Ijodiy xa
yolning o'ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat boMadi. A w alo yara- tilayotgan obrazning obyekti haqiqatda yo'qligi, qandaydir biron yangi narsa yaratilayotganligi anglanadi. So'ngra, jam iyatning va shu muayyan kishining ehtiyoj va m anfaatlari o'sha obrazni yaratishga rag'batlantiradi, shu obrazning yaratilishi o'sha obrazni yaratayotgan odamdagi shaxsiy tasaw urlar va bilimlar boyligiga, shuningdek, o'sha odam xayolining alohida ijodiy xislatlariga bogMiq boMadi. Ijodiy xayol obrazlari so'zlarda
yoki moddiy obyektlarda gavdalantirilishi, tasvir qilinishi mumkin.
Ijodiy xayol san’atning hamma turlarida — poeziyada, musiqada, tasviriy san’atda (suratkashlikda), arxitekturada, qishloq xo'jaligidagi novatorlikda, fan va texnika sohasidagi ixtirolarda nam oyon bo'ladi. Ijodiy xayol jarayonida odam o‘z ongida faqat yangi m azm un yaratibgina qolmaydi, shu bilan birga, obyektiv olamda yangi real narsalar ham yaratadi. Shuni nazarda tutish kerakki, tasaw ur xayoli bilan ijodiy xayol o'rtasidagi farq faqat nisbiy farqdir. Ijodiy xayol jarayonida bo'lgani kabi, tasaw ur xayoli jarayonida ham obyektlarning obrazlari yaratiladi, yangidan ijod qilinadi. Xayolning bu ikki turi ham aslida ijodiy jarayondir.
Orzular va shirin xayol surishlar ijodiy xayolning alohida turlaridir.
Orzu - ijodiy xayolning tilakdagi kelajakka qaratilgan faoliyatidir. Orzu qilish — ko'nglimizga yoqadigan istiqbol obrazlarini yaratish demakdir. Chunonchi, yosh yigit kelgusida pedagog, muhandis, tokar, vrach, trak- tor haydovchi, uchuvchi va hokazo bo'lishni orzu qiladi. Boshqa bir yigit kelajakda Vatan faxrlanadigan katta qahramonlik ko'rsatishni orzu qiladi.
Shirin xayol surish muayyan bir narsaga qaratilmagan muayyan bir sistemaga ega bo'lm agan xayol jarayonidir. Shirin xayolga botgan vaqtda turli obrazlar ko'z o'ngidan birin-ketin betartib o'ta beradi. Bu tasaw urlar jarayonini tafakkur tartibga solmaydi. Orzularda bo'lgani kabi, shirin xayol surishda ham , asosan, o'zim iz xush ko'rgan obrazlar paydo bo'ladi. Shu sababli, ko'pincha, shirin xayol surish odamga huzur baxsh etadi.
Shirin xayolga botish, odatda, odam passiv, irodasi bo'shashgan paytda, masalan, qattiq charchagandan keyin istirohat qilayotgan vaqtda, ko'z uyquga ketayotgan va uyqudan uyg'ongan vaqtda (odam uxlab borayot- gan yoki uyqudan uyg'onayotgan paytlarda) paydo bo'ladi. Shirin xayol surish nerv sistemasi betoblanib holsizlangan vaqtda, ba’zan psixik kasalliklar vaqtida, isitma chiqayotganida, nerv sistemasi (alkogol, kokain, morfiy bilan) zaharlangan vaqtda paydo bo'ladi.
Ixtiyorsiz xayolda oldindan belgilangan maqsad bo'lmaydi, bunda iroda faol ishtirok etmaydi. Bu holda obrazlar o'z-o'zidan paydo bo'ladi.
Ixtiyorsiz xayol aw alo qondirilm agan shu topdagi ehtiyoj sababli tug'iladi. M asalan, odam suvsiz cho'l-biyobonda yurib, juda chanqab qolgan vaqtida uning xayolida buloq, daryo va suv kabilarning obrazlari beixtiyor paydo bo'la boshlaydi. Biror narsa yoki hodisani idrok qilish, tasaw ur qilish, biror fikr, nutq, hislarning ta ’siri bilan ham ixtiyorsiz xayol suriladi. Chunonchi, tarix, geografiyaga oid kitoblarni, texnikaga doir kitoblarni va, ayniqsa, badiiy asarlarni o'qigan vaqtda bizning ongimizda turli joylarning, voqealarning, shaxslarning va boshqa shu kabilarning obrazlari beixtiyor paydo bo'ladi. Musiqa tinglagan vaqtda ham xuddi shunday bo'ladi. Badiiy asarlarning xususiyati shundaki, biz bu asarlarni idrok qilayotganimizda (o‘qiyotganimizda, ko‘rayotganimizda, tinglayot-
ganimizda) ular bizda beixtiyor xayol paydo qiladi.
Orzu va shirin xayol surish, ko'pincha, beixtiyor paydo bo'ladi. Bizning tush ko'rishimiz ham ixtiyorsiz xayol faoliyatidir. Odatda, kishi qattiq ux- lamagan vaqtida tush ko'radi; uyqu vaqtida, garchi zaif holda bo'lsa ham, har holda, tug'iladigan sezgilar, kishi organizmining holati va ehtiyojlari, shuningdek, kishi bedor yurgan chog'ida tuyg'usida kechirgan hissiyotlar, uyqu vaqtida beixtiyor paydo bo'ladigan tasawurlar odamning tush ko'rishiga sabab bo'ladi. Masalan, biz salqin uyda issiq ko'rpa yopinib, uxlab qoldik; kechasi qo'limiz yoki oyog'imiz ochilib qolganida biz sovuq qota boshlaymiz. Mana shu sovuqni sezish xayolni ishga soladi, o'shanda, masalan, biz shunday tush ko'ramiz biz qor bosgan yo'lda oyoq yalang ketayotgan bo'lamiz, o'zimizni sovuqdan panaga olishga harakat qilamiz, issiq binoga kirib olishga ko'p urinamiz-u, iekin buni uddalay olmaymiz va hokazo.
l.P. Pavlovning fikricha, tush ko'rishning fiziologik asosi «ilgarigi ta ’sirotlarning» nervda qoldirgan izlari juda kutilmagan bir tarzda bir-biri bilan bog'lanishidadir. Xayolning beixtiyor jarayonlari betartib ravishda o'tm ay, balki muayyan bir narsaga yo'nalgan bo'ladi. Bu yo'nalish shaxsning ehtiyojlari, maqsadlari, hissiyotlari, tevarak-atrofdagi voqelikni idrok qilishi, uning ustun turgan tasawurlari va fikrlari bilan belgilanadi.
Ixtiyoriy xayol oldindan belgilangan maqsadga yo‘na!gan bo'ladi, muayyan obrazni yaratish uchun zarur bo‘lgan materialni tanlash, iroda kuchini ishlatish yo‘Ii bilan vujudga keladi. Shaxs tashabbusi bilan o'z oldiga maqsad qo'yishi m um kin, masalan: rassom, shoir o'zi chizmoqchi bo'lgan suratning yoki o'z she’riy asarining mavzusini o'zi belgilaydi. Albatta, badiiy asarda ijtimoiy vazifalar ifodalanadi, lekin asarning aniq mavzusi, shu temaga muvofiq keladigan kompozitsiya rassomning, shoir- ning o'z tashabbusi bilan belgilanadi.
San’at asarlarining hammasi, aw alo — ixtiyoriy xayol mahsullaridir. Ixtiyoriy xayol ixtiyorsiz xayoldan ajralgan holda ro'y bermaydi: ixtiyoriy xayol jarayoni ham isha beixtiyor qilinadigan xayol momentlarini o'z ichiga oladi. M a’lumki, musiqa ijodiyotining she’riy yoki boshqa bir ijodiyot- ning ixtiyoriy faoliyat tariqasida o'tadigan murakkab jarayonlari ko'pincha
beixtiyor qilinadigan xayol faoliyatini ham o'z ichiga oladi. Shoirlar, rassomlar muayyan mavzuda o'z asarlarini (ixtiyoriy ravishda) yaratayot-
ganlarida, ba’zan beixtiyor paydo bo'lgan obrazlar, hislar, fikrlarga berilib ketgandek bo'ladilar.
Ijodiy xayolning mahsuldorligi, asosan, iroda ko'rsatib, g'ayrat bilan ishlashga bog'liqdir. Xayol faoliyatini qo'zg'atish tegishli obrazlarni yara
tish uchun ulug' kishilarning ham ko'p fikr ishlatishlari, zo'r iroda ko'rsatib, g'ayrat bilan, ko'p m ehnat sarf qilib, tirishib ishlashlari lozim bo'lgan.
IV . X A Y O L Q IL IS H D A G I IN D IV ID U A L F A R Q L A R
Xayol faoliyati kengligi, mazmundorligi, kuchi va realligi jihatlaridan farq qiladi. Xayolning bu xususiyatlari ayrim kishilarda turlicha nam oyon
bo'ladi va har bir shaxsning o'ziga xos xarakterini belgilaydi.
Ikkinchi tomondan, odamning vujudga kelgan individual xususiyatlari ham uning xayol qilish faoliyatida namoyon bo'laveradi. Shu sababli, xayol qilish
jarayonlariga va xayol obrazlarning hosil bo'lishiga odamning dunyoqarashi,
ijtimoiy-siyosiy qarashlari va axloqiy tamoyillari ham ta’sir qilaveradi.
Xayol kengligi va mazmundorligi
Xayol kengligi voqelikning kishilar xayol faoliyati uchun obyekt bo'ladigan sohalari doirasi bilan belgilanadi. Tabiatning hozirgi va kelajak holati, odamlarning o'tmishdagi va kelajakdagi tarixiy hayoti, yer ostidagi narsalar, osmon va undagi yulduzlar, texnika va san’at xayol faoliyati uchun obyekt bo'ladigan ana shunday sohalar jumlasidandir. Odamning xayoli shunday sohalaming naqadar ko'pini o'z ichiga olsa, uning xayoli shunchalik keng bo'ladi. Kishining xayoli ko'pincha real voqelikdan, mavjud bo'lgan va ro'yobga chiqarilishi mumkin bo'lgan narsalar doirasidan chet-
ga chiqib ketadi. Buni «sof fantastika sohasi» deb ataydilar, odam ko'pincha o'z orzulari va shirin xayollarida mana shu «sof fantastika sohasi»ga chiqib ketadi. X ayolning m azm undorligi biror obyektga nisbatan xayolda tug'ilayotgan tasawurlarning boyligi, xilma-xilligi va m a’nodorligi bilan belgilanadi. Shuning uchun ham falon kishining xayoli m azm undor (xayoli boy) va falon kishining xayoli kam mazmun (xayoli kambag'al) deb ga- piramiz. Xayol kengligi va mazmundorligi, odatda, bir-biri bilan cham barchas bog'langan bo'ladi. Kosmik kema vujudga keltirilganligi ham, ichiga odam tushgan shu kemaning uchishi ham inson fantaziyasi g'oyat yuksak darajaga ko'tarilganligining mahsulidir. Lekin shu kemaning real obrazini yaratmoq va kemaning o'zini yasamoq (qurmoq) uchun katta bilimlardan hamda fizika, kimyo, matematika, astronomiya va shu kabi xilma-xil fan- larning muvaffaqiyatlaridan foydalanish zarur bo'ldi.
Tajriba va bilim xayol jarayonida qayta ishlanadigan materialgina bo'lib qolmasdan, balki, shu bilan birga, xayol faoliyatining m a’lum biryo'ldan borishini ham belgilab beradi.
Xayol kuchli va kuchsiz bo'lishi mumkin. Biz xayol kuchiga xayolda yaratilayotgan obrazlar voqelikni idrok qilishdan hosil bo'lgan obrazlarga qanchalik yaqinlashganligiga qarab baho beramiz. Ba’zan xayol shunchalik kuchli sur’atda ishlaydiki, biz xayol obyektlarini xuddi ko'zim iz bilan ko'rib turgandek, qulog'im iz bilan eshitib turgandek yoki qo'lim iz bilan ushlab sezayotgandek bo'lam iz. Bunday hollarda real voqelik bilan fan
taziya obrazlari o'rtasida tafovut qolmagandek bo'ladi.
Xayol kuchi aw alo odam ehtiyojining, qiziqishlarining va istaklari- ning kuchiga bog'liq bo'ladi. Faqat shu bugunnigina o'ylaydigan, shu bugungisiga m ag'rur yoki o'zi-o'ziga m ag'rur kishilarda xayol juda kuch
siz bo'ladi.
T asaw ur xayolning kuchi, jum ladan, nutqda, suratlarda, bo'yoqlarda, chizm alarda, ohanglarda va boshqa shu kabilarda obrazning naqadar m ahorat bilan ifodalanganligiga va gavdalantirilganiga bog'liq bo'ladi. Masalan, biz Navoiy, Bobur, Muqimiy asarlarini o'qiyotganim izda, shu asarlarda tasvirlangan ayrim personajlar, voqealar, tabiat m anzaralari ko'z oldimizda yorqin va yaqqol gavdalanadi. San’atning asosiy vazifalaridan biri ham shuki, u tom oshabinlar va tinglovchilarning ko'z o'ngida eng
jonli va ravshan, juda yorqin va yaqqol obrazlar gavdalantirishdir.
Xayol kuchli hissiyotga bog'liq bo'ladi, bu hissiyotlar xayoliy obrazlar tufayli tug'iladi va shu bilan birgalikda xayol faoliyatini ham rag'batlantiradi. Bu hislar qanchalik kuchli bo'lsa, xayoliy obrazlar ham shunchalik kuchli, yorqin va jonli bo'ladi. Hissiyoti kuchli, ehtirosli odamlarning xayoli ham kuchli bo'ladi. Hissiyoti kuchsiz, sovuqqon odam larning xayoliy obrazlari odatda nursiz va zaif bo'ladi. Xayol kuchi diqqatga va tevarak- atrofdagi voqelikning idrok qilinishiga bog'liq bo'ladi. Agar bizning diqqatim iz tevarak-atrofdagi vaziyatni idrok qilish bilan band bo'lsa, u holda xayol jarayoni susayib ketadi. Agar diqqatimiz xayol qilinayotgan obyekt - ga batam om band bo'lib qolsa, u holda idrok qilish susayib ketadi. Ba’zan kishi «xayol surib», tevarak-atrofdagi narsalarni (go'yo ko'rm ayotgan va eshitmayotganday) payqamay qoladi.
Kishi uxlagan vaqtida tevarak-atrofdagi hodisalami idrok qilmaydi, shuning uchun ham xayol jarayoni tush ko'rish tariqasida namoyon bo'ladi va tushdagi narsalar real idrok qilingan narsnlardek ravshan ko'rinadi.
Xayol kuchi ko'p darajada kishining umumiy ahvoliga va nerv sistem asining liolatiga, kishining tetikligiga yoki charchab qolganligiga, sog'lig'iga yoki bctobligiga bog'liq bo'ladi. Ko'p kishilarga m a'lum ki, kishining harorati ko'tarilganda uning fantaziyasi zo'r berib ishlaydi, uning xayolida paydo bo'layotgan obrazlar g'oyat yorqin va tez-tez takrorlanadigan obrazlar bo'lib qoladi. Bu holda kishining xayoli beixtiyor xayol surish tarzida o'tadi. Nerv sistemasi kasallanishi natijasida, fantaziya obrazlari ko'pincha real idrok qilingan narsalardek kuchli va yorqin bo'ladi. gollutsinatsiyaga (alahsirashga) aylanadi. Gollutsinatsivaning o'./i aslida
xayolning kuchli namoyon bo‘lishidir. Bunday holatda xayoliy obrazlar kishining nazarida xuddi idrok qilinayotgan obrazlardek gavdalanadi. Nerv sistemasi kasallanishi natijasida ko‘pincha real narsalarni ham kishi noto‘g‘ri idrok qiladi — illuziya hosil boMadi.
Xayol jarayonlarining nerv sistemasining kasallik holatiga bogMiq boMgan bu xususiyatlari patalogik hodisalar sohasiga taalluqli xususiyat- lardir. Biz kuchli xayol to‘g‘risida ijobiy ma’noda gapirgan vaqtimizda,
nerv sistemasining normal holatida oMadigan xayolni nazarda tutamiz.
Xayol jarayonlaridagi voqelik o‘zgargan tarzda aks ettiriladi. Bunda xayol yaratayotgan obrazlar voqelikka mos kelishi, voqelikni to‘g‘ri aks ettirishi mumkin va bu voqelikka mos kelmasligi ham mumkin. Voqelikni to‘g‘ri aks ettirgan obrazlar real obrazlar deb aytiladi.
Xayol yaratgan obrazlar turmushda gavdalantirilgan va gavdalantiri- layotgan taqdirda, turmush shu obrazlarga muvofiq qayta ko‘rilayotganida,
yangi boyliklar yaratilayotganida bunday xayol ham real xayol boMadi.
Odamning kosmosga uchishi yaqin-yaqingacha ham ro‘yobga chiq- maydigan orzu, deb hisoblanib kelgan edi, endilikda esa kosmonavtlari kosmosda bir necha o‘n million kilometr masofani bosib o‘tdilar. Endi biz Oy, Mars, Venera, Koinotning boshqa planetalariga uchishni orzu qilmoqdamiz. Bu orzu ham real orzudir. Bu orzu ham amalga oshiriladi.
Binobarin, agar xayolda yaratilgan obrazlar amalga oshirilishi mumkin boMsa va haqiqatan amalga oshirilayotgan boMsa, bunday obrazlarni yaratib bergan xayolni real xayol deb aytamiz. Texnikaning, san’atning ham m a turlari mana shunday real xayol mahsullaridir. Maktab o‘quvchisining «kelgusida qahramon boMaman» degan orzusi va shu or- zuning haqiqatan amalga oshirilganligi mana shunday real orzudir. Kuchli real xayol ilmiy bashoratning, fan istiqbolini oldindan ko‘rishning eng muhim tarkibiy boMakiaridan biridir. Masalan, К. E. Siolkovskiy mana
shunday juda kuchli real xayol qilish quvvatiga ega edi. Bu haqda Yu. A. Gagarin quyidagilarni yozadi: «Shuni aytish mumkinki, Siolkovskiy o‘zining «Yerdan tashqarida» degan kitobida men o‘zim uchgan vaqtda ko‘rgan narsalarning hammasini juda ravshan tasawur qilgan. Kosmosga koMarilgan insonning ko'zi oldida gavdalangan olamni Siolkovskiy hammadan ko‘ra ravshanroq tasawur qilgan edi».
Xayolning realligi odamning tajribasiga, uning bilimlariga, undagi tanqidiy tafakkurning qay darajada o\sganligiga vn odamning turmush tajribasi bilan qay darajada aloqasi borligiga bogMiqdir.
Xayolda yaralilayolgan obrazlar amalda ro'yobga chiqarilmaydigan
bo'lsa yoki bu obrazlarni amalga oshirish keraksiz, bem a’ni bir narsa bo'lsa, bunday xayol real xayol bo'lm aydi. Xayoli m ana shunday real bo'lm agan kishilami «quruq xayolparast», «fantazyor» deb aytadilar.
Puch fantaziyachilarxayolparastlar ko'pincha shaxsiy tajribasi oz, bilimi kam , tanqidiy tafakkuri o'sm agan, irodasi kuchsiz, turmush tajribasi bilan tuzuk bog'lanm agan kishilardir. Bular g'ayrati yo'q, lapashang kishilardir. Ularning fantaziyasi hech bir narsa bilan chegaralanmaydi, hech bir narsa bilan nazorat qilinmaydi, shuning uchun ham ular juda g'alati, aqlga sig'm aydigan va amalga oshm aydigan obrazlar yaratishlari mum kin.
V . X A Y O L N IN G A H A M IY A T I
Xayol jarayoni ongimizning m azm unini faqat biz idrok qilgan narsalar to'g'risidagi tasaw urlar bilangina boyitib qolmasdan, shu bilan birga, ilgari biz idrok qilmagan narsalar to'g'risidagi tasaw urlar bilan ham bo
yitadi, shu bilan birga, ilgari biz idrok qilmagan narsalar to'g'risidagi tasaw urlar bilan ham boyitadi.
Shunday qilib, xayol tufayli olam bizning ongimizda kengroq va xilma-xil aks etadi, bizning nazar doiram iz kengayib, shaxsiy tajribam iz doirasidan ancha chetga chiqadi.
Xayol boshqa psixik jarayonlarning faoliyatini boyitadi
Xayol natijasida bizning idrokimiz, garchi hamisha raso bo'laverm asa- da, lekin har holda, to'liqroq va yorqinroq bo'ladi. M asalan, nutq badiiy suratlar, musiqa va boshqa shu kabi san’at asarlarining qanchalik to'liq idrok qilinishi ko'p darajada xayol faoliyati bilan bog'liq bo'ladi. Xayol faoliyati qanchalik kuchli bo'lsa, shunchalik mukammal, m azm uni ham shunchalik keng idrok etiladi.
Xayol jarayonlari xotira faoliyatida kattagina o'rin oladi. Xayolda yara- tilayotgan tasaw urlar esda olib qolish vaqtida va esga tushirish vaqtida bog'lanishlar vujudga keltirish uchun tayanch bo'ladi. Xotira tasaw urlarining mazmuni ko'pincha xayol faoliyati bilan o'zgartiriladi va to'ldiriladi.
Xotira tasawurlari kabi, xayol tasaw urlari ham tafakkur uchun tayanch material bo'ladi. Tafakkurning umumiylashtirish, abstraksiyalash, aniqlashtirish kabi jarayonlari xayolga ko'p daraja bog'liq bo'ladi. Jum ladan, tafakkur jarayonlaridagi yaqqollik ko'p jihatdan xayol faoliyati tufayli hosil bo'ladi.
Xayol yaratib berayotgan obrazlar, shuningdek, xayol jarayonlarining o'zi ham har xil hissiyotlarimiz uchun eng boy manbadir. Xayol faoliyati tufayli tug'iladigan hislar ko'pincha ancha kuchli va barqaror hislar bo'ladi.
177
Xayol tufayli odam o'z tevarak-atrofidagi voqelikni idrok qilib va o'z turm ushining o'tm ishidagi hodisalami esga tushirish bilan bog'liq bo'lgan
tuyg'ularni his qilib qolm asdan, balki, shu bilan biiga, kelajak to'g'risidagi — kutilayotgan yoki istakdagi narsalar, orzu va maqsadlar to'g'risida tasav- vurlar tug'dirgan tuyg'ularni his qiladi. Masalan, tilakdagi maqsadni tasaw ur qilish kishida ijobiy hislar tug'diradi, bunday hislar esa kishini tetik qiladi va uning g'ayratiga g'ayrat qo'shadi. C hunonchi, charchab qolgan kishi o'z m ehnatining natijalarini tasaw ur qilganida, bu tasaw ur uning ishini
bitkazishiga yordam beradigan kuch va tetiklik bag'ishlaydi.
Albatta, xayol tufayli shunday obrazlar ham tug'iladiki, bu obrazlar salbiy hislarni: sog'inish, m a’yuslik, qo'rqish, sababsiz g'azablanish va boshqa shu kabi hislarni vujudga keltiradi yoki kuchaytiradi. Shunday
ham bo'Iadiki, xayol jarayonlarining o'zi salbiy emotsional holat sababli, ya’ni yom on kayfiyat, ko'ngil g'ashlik, xavotirlik va boshqa shu singari holat sababli vujudga keladi va bu holat o'sha jarayonlarni kuchaytiradi, so'ngra esa vujudga kelgan tasaw urlar o'sha salbiy hislarni yanada kuchay- tirib yuboradi. Hammaga m a’lumki, qo'rqoq kishilar xatarli ahvolni tasaw ur qilishlari bilanoq haqiqatda bo'lishi m um kin bo'lganidan beshbattarroq enka-tenkalari chiqib ketadi.
Xayol faoliyati bizning ijtimoiy hislarimizni do'stlik va jam oa his- larini ko'p darajada kuchaytiradi. Xayol tufayli odam o'zini boshqa kishining o'rnida deb tasaw ur qilishi, uning hislari va intilishlari bilan ya-
shashi, xayrixohlik, birdamlik deb ataladigan va boshqa shu kabi tuy
g'ularni his qilishi mumkin.
Xayol bizning irodam izni ishlatishim izda ham katta rol o'ynaydi. M a’lum ki, odam bir ishga kirishmasdan oldin o'z oldiga muayyan maqsad qo'yadi, shu maqsadga erishish yo'llarini va vositalarini belgilab oladi, o'z harakatlarining natijalarini tasaw ur qiladi, rejalashtiradi. M ana shu tasaw urlarning hammasi esa xayol vositasi bilan vujudga keltiriladi. Shu sababli, irodasi kuchli, o'tkir, xarakteri m ustahkam kishilarda xayol ham juda o'sgan bo'ladi. Inson faoliyatining hamma turlarida: o'yinda, o'qishda, m ehnatda, fan va ijodiyotda xayolning katta ahamiyati bor.
B olalikdagi o'yinlar — asosan, bolalar fantaziyasining nam oyon bo'lishidir. Bolalam ing ijodiy o'yinlarida ularning organizmi kamol topadi va m ustahkam lanadi, aqli, irodasi, m a’naviy va estetik hislari o'sadi.
Xayol bo'lm asa, o'qish ishlarining samarali bo'lishi mumkin emas.
O'quvchilar o'zlari bevosita idrok qilolmaydigan narsalar to'g'risidagi bilim- larni xayol mavjud bo'lganidagina yaqqol tushunib, bilib olishlari m um kin. C hunonchi, o'quvchilar geografiya va tarixga doir bilim lam i mana
shu tariqa yaqqol idrok qiladilar.
Xayol jarayoni o'quvchilarga darsda m avhum , abstrakt shaklda berilayotgan materialni aniqlashtirishga yordam beradi. O 'quvchilar m atem atika, gram m atika va boshqa fanlarga doir misollami ko'p jihatdan xayol ishtiroki bilan «o'ylab topadilar» va tanlab oladilar.
Xayol bo'lm asa, odam ning m ehnat qilishi ham mumkin bo'lm aydi. M ehnat qilish vaqtida ham isha shu m ehnatdan kuzatilgan maqsad oldindan belgilab olinadi, shu m ehnatning qanday natijalar berishi oldindan tasaw ur qilinadi. Shunday qilinm asa, ishlab bo'lm aydi. Erishilm oqchi bo'lgan maqsadni belgilash, oldindan ko'rish, cham alashning o'zi shu maqsadni va natijalami xayolda tasaw ur qilish demakdir, xayolning bo'lishi insonning har qanday ishni ijodiy bajarishiga yoki bu ishga ijodkorlik
elem entlarini kiritishga im kon beradi. Aks holda m ehnatning har bir turi ilgari o'rganib olingan usullar va harakatlarni shunchaki takrorlash yo'li bilangina bajarilishi mum kin.
Ilmiy kashfiyotlarda va texnikaga doir ixtirolar qilishda juda katta aham iyati bo'lgan ilmiy gipotezalar yaratishda xayolning roli, ayniqsa, katta.
G ipoteza — haqiqiy sabablari nom a’lum bo'lgan hodisalam ing faktlarni izohlamoq uchun fanda qo'llaniladigan taxmindir. Odatda, gipote- zalarning ko'pchiligi olimlaming xayolida ayrim faktlar yoki farazlar asosida vujudga keladi. Vujudga keltirilgan gipoteza eksperim entlar qilish yoki faktlar tanlash yo'li bilan tanqidiy ravishda tekshirib ko'riladi. Eksperim entning natijalari va to'plangan faktlar shu gipotezaning rostligini tas-
diqlasa, u holda gipoteza ilmiy nazariya bo'lib qoladi. M asalan, qadim iy fiziklar va astronom lar m eteorlarning va yulduzlar uchishining sabablarini izohlashga urinib, bu hodisalar Y erdagi qattiq m oddalam ing bug'lanishidan boshqa narsa emas, suv bug'lari kabi mazkur qattiq m od- dalarning bug'lari ham yuqori ko'tarilib va so'ngra lovillagan toshlarholi- da yerga tushadi, deb faraz qilgan edilar. Lekin bu gipoteza faktlar bilan isbot bo'lmaganligi sababli rad qilindi. So'ngra, m ana shu hodisalam i m eteorlarni izohlamoq uchun boshqa bir gipoteza vujudga keltirildi: Oyda
vulqonlar bor, shu vulqonlar g'oyat zo 'r kuch bilan lava chiqarib turadi, bu lavaning bir qismi m eteoritlar tariqasida yerga tushadi, deb faraz qilindi. Lekin bu gipoteza ham isbot bo'lm adi: Oyda hech qanday vulqon yo'qligi va lavalar chiqarmasligi m a’lum bo'lib qoldi. Keyingi vaqtlarda bunday gipoteza vujudga keldi: shu gipotezaga ko'ra, benihoya ko'p m iq- dorda kichik va mayda jism lar bor, planetalar singari, bu jism lar ham quyosh atrofida aylanib yuradi. Ba’zan bu jism lar Yeming tortish kuchi doirasiga tushib qoladi, buning natijasida ular yerga tushadi. Bu gipoteza haqiqatga eng yaqinroq bo'lib chiqdi va hozirgi vaqtda ham m a tom oni
dan qabul qilingan ilmiy nazariya bo'lib qoldi.
G ipotezalar ilm -fanning olg'a borishi uchun m uhim shartdir.
Odam ning butun ijodiy faoliyatida xayolning juda katta aham iyati
bor, xayol bo‘lmasa, qishloq xo'jaligida novatorlik, texnikada ixtirochilik
va barcha san’at tarm oqlari ham bo'lm agan bo'lar edi.
A lbatta, real xayolgina inson faoliyatida ana shunday ijobiy aham iyatga egadir.
Aksincha, real bo'lm agan xayol — quruq xayolparastlikdir, bunday quruq xayolparastlik har qanday faoliyatga to'sqinlik qiladi. Keng, m az- m unli, kuchli va real xayolgina inson faoliyatining ham m a sohalarida ijobiy aham iyatga ega bo'ladi, albatta. M ana shunday xayolni o'stirish aqliy tarbiyaning muhim vazifalaridan biri bo'lishi lozim.
V I. X A Y O L N IN G 0 ‘S IS H I
O dam da xayol ilk bolalik chog'idanoq o'sib boradi. Bolalardagi xayol ularning faoliyati jarayonida taraqqiy qilib boradi: dastlab o'yinlarda, so'ngra esa o'qishda va m ehnatda o'sib boradi. Bolalarda tajriba to'plana borishi ham da xotira tasaw urlarining boyligi hosil bo'la borishi bilan ularda xayol ham o'sib boradi va ulardagi ehtiyojning o'sishi uchun yo'l ochadi.
Psixikaning boshqa jihatlari kabi, bolalardagi xayol ham , asosan, tarbiya va o'qitishning ta ’siri ostida o'sadi.
Ikki yoshga kirgan bolada xayolning dastlabki kurtaklari o'yinchoqlar bilan har xil o'yinlar qilishda, qo'liga tushgan m ayda-chuyda narsalar — tayoqchalar, toshlar, qog'ozlar va boshqa shu kabilar bilan o'ynashda, egri-bugri chiziqlardan iborat rasm chizishda nam oyon bo'ladi. Bolalar xayolining m ana shu ham m a dastlabki ko'rinishlari beixtiyor voqe bo'ladi. Bola ko'zi ko'rgan, qo'liga olgan va ishlatayotgan narsalarning o'zi uni shu narsalar bilan o'ynashga qiziqtiradi. Bunday holda bola o'zining ha- rakatidan zavqlanib va o'z faoliyatida qandaydir biror yangilik paydo
bo'lganini ko'rib ovunib yuradi, xolos.
Bolada nutq paydo bo'la boshlashi bilan kattalarning ta ’siri ostida u o'z «ijodini» tushuntira boshlaydi. «Bu qilgan narsang nima?», «Nim a- larning suratini chizding?» deb berilgan savollarga bola terib qo'ygan ku- biklarni ko'rsatib: «M en uy qildim», o'zi chizgan suratlarini ko'rsatib:
«Bu — laycha» deb javob beradi va hokazo.
Yasli yoshidagi bolaning xayoli hali tor va mazmuni kambag'al bo'ladi.
Uning xayoli tevarak-atrofida ko'rgan narsalar doirasidan chetga chiq- maydi va asosan, o'z tevaragida, o'zi yashab turgan uy sharoitidagi narsa va hodisalarga taqlid qilish tariqasida nam oyon bo'ladi.
M aktabgacha tarbiya yoshidagi bolada o'yin, m ashg'ulot jarayonida, tarbiya ta ’siri bilan tasaw ur boyligi ancha kengayadi, tafakkur o'sadi, yangi ehtiyojlar paydo bo'ladi, faollik ortadi, shular sababli, bu yoshdagi bolalarda xayol faoliyati ham kengroq va m azm unliroq bo'lib qoladi.
Yasli yoshidagi bolalarda bo'lgani singari, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda ham xayol, asosan, o'yin jarayonida paydo bo'ladi va o'sib boradi.
Bolalar uch-to'rt yoshga yetganlarida ularda o'zlarini katta yoshdagi odam - lardek qilib ko'rsatish va shunday katta bo'lishga intilish, o'zlari hali uddalay olmaydigan narsalarni qilish ehtiyoji juda yaqqol paydo bo'la boshlaydi. Bola o'zi o'ynayotgan o'yinlarida goh o'zini ot minib chopib borayotgan chavan- doz deb, goh o'zini uchuvchi deb, goh haydovchi deb, goh vrach deb, goh o'qituvchi deb xayol qila boshlaydi. Bu o'yinlarda, albatta, bolalaming turli harakatlarga taqlid qilishlari katta o'rin oladi. Lekin, har holda, mana shu o'yinlarda ham xayolning ijodiy faoliyati namoyon bo'laveradi. Bu o'yinlarda bola o'ynab turgan joyni ham, qo'liga tushgan narsalarni ham boshqacha
tarzda tasaw ur qilaveradi: u atrofiga dengiz, o'rm on deb, yog'ochni ot deb, stulni avtomobil yoki samolyot deb, cho'plam i, qaldirg'ochlami uchuvchilar va haydovchilar deb tasaw ur qiladi.
M aktabgacha tarbiya yoshining birinchi yillarida xayol jarayonlari ixtiyoriy ravishda ham, ya’ni oldindan qo'yilgan maqsad asosida sodir bo'la boshlaydi. Dastlab bu maqsadni bolaning o'zi qo'ym aydi, balki bolaga bu maqsadni kattalar ko'rsatib beradi. Bolaga: «Kubiklardan uy yasagin», «M ushukning suratini chizgin» degan m azm unda topshiriqlar beriladi. Bola ham bu topshiriqlam i o'z kuchiga va o'zining uquviga yarasha bajaradi. Keyin bola o'z faoliyatida o'zi ham o'z oldiga m uayyan m aqsadlar qo'ya boshlaydi, keyin bu maqsadlarni o'z o'yinlarida, ko'rish o'yinlarida, loy va plastilindan yasagan buyum larida, chizgan rasmlarida gavdalanti- radi. Endilikda buyum lar — kubiklar, tayoqchalar, qalam lar, qog'ozlar va boshqa shu kabilar bolaning qo'lida ijodiy faoliyatni uyg'otadigan buyum - largina bo'lib qolmasdan, balki shu bilan birga, m ana shu faoliyat uchun m aterial va hosil qilingan natijalarni ifodalash vositasi ham bo'lib qoladi.
Lekin maktabgacha tarbiya yoshining birinchi yillarida boladagi xayolning ixtiyoriy ijodiy jarayonlari juda beqaror bo'ladi. Bola maqsadni amalga oshirayotgan vaqtida ko'pincha shu qo'yilgan maqsadni o'zgartirib yubo- radi. O 'yin jarayonida o'yinning sujeti o'zgartiriladi, bola chizayotgan suratlardagi obrazlar o'zgaradi: tasodifiy (beixtiyor) ravishda biror chiziq, ortib ketish bilan suratdagi ot kapalakka, uy itga aylanib ketadi va hokazo. Keyinroq bolalam ing yoshi osha borgan sari, bolalam ing o'yinlari m urakkablasha boradi, shu o'yinlarda nam oyon boMadigan ixtiyoriy xa
yol ham ancha barqaror boMib qoladi.
M aktabgacha tarbiya yoshida bolalam ing xayoli kattalar bilan gapla- shishning ta ’siri ostida ham paydo boMadi va o'sadi. Bolalar uzoq m am - lakatlar to'g'risidagi, o'rm onlar va dengizlar to'g'risidagi ham da shu
o'rm onlar va dengizlarda qanday jonivorlar va nim alar borligi to'g'risidagi, qutbda ishlayotgan kishilarimizning hayoti to'g'risidagi, qahram onlari- m izning urush vaqtida va ishlab chiqarishda ko'rsatgan bahodirliklari
to'g'risidagi, tabiatni o'zgartirish to'g'risidagi hikoyalarni zavq bilan ting- laydilar. Bolalar ertaklarni, ayniqsa, qiziqib tinglaydilar: bolalaming o'zlari ham ertak aytishni yaxshi ko'radilar, kattalar aytib bergan ertak va hikoyalar ta ’siri bilan bolalarda o'zlari idrok qila olmaydigan narsalar to'g'risida, shu jum ladan, hech qachon bo'lm agan va bo'lm aydigan narsalar to'g'risida olam jahon obrazlar paydo bo'ladi.
Shunday qilib, xayol jarayonlarida m aktabgacha tarbiya yoshidagi bolaning aqliy tafakkuri kengayadi, uning shaxsiy tajribasi doirasidan chetga chiqadi. Saviya kengaya borgan sari, m aktabgacha tarbiya yoshidagi bolaning psixik hayoti ham m azm unliroq boMib qoladi, buning esa bolani m aktabda o'qishga tayyorlashda katta aham iyati bor.
M aktabgacha tarbiya yoshidagi bolalam ing xayoli ancha kuchli boMadi.
Bolalam ing o'yin vaqtida yaratayotgan obrazlari, ulam ing hikoyalaridagi va ertaklaridagi obrazlar yorqin, jo'shqin obrazlar boMadi. Bu obrazlar idrokka yaqinlashib qoladi, deyish m um kin. C hunonchi, yog'ochni «ot» qilib chopib borayotgan bolalar o'zini xuddi chinakam otda chopib borayot- gandek his qilishadi, bolalar o'yin qoidasining buzilishiga biror katta ishning buzilishi deb qaraydilar. Bolalam ing xayoli hissiyot jihatidan juda kuchli boMadi, lekin tanqidiy tafakkur jihatidan kuchsiz, turm ush tajribasi jihatidan kam bag'al, bilim jihatidan cheklangan boMadi.
A m m o shunday bo'lsa ham , bolalam ing o'yin faoliyatida va ularning ertaklaridagi obrazlarda reallikni his qilish butunlay boMmaydi, deyish noto'g'ridir. Agar bola «ot» qilib chopayotgan yoki «samolyot» qilib ucha- yotgan stul haqiqatan ham chopib uchib ketganida edi, buni o'ynayotgan bola, hech shubhasiz, hayron bo'lib qolur yoki qo'rqib ketgan bo'lur edi. Bolalar odatda o'yin bilan ertakni, «yolg'on» bilan «rost»ni bir-biridan farq qiladilar.
Bolalik yoshida, asosan, 5—7 yoshlarda, bolalar xayolda gavdalantiri- ladigan obrazlam i (xayolda ilgari vujudga kelgan va xotirada saqlanib qolgan obrazlam i) ko'pincha xotira tasaw urlariga aynan o'xshatadilar. Bola o'z hikoyalarida ko'pincha o'zining fantaziyasida saqlanib qolgan obrazni haqiqatda bo'lgan, o'zi ilgari idrok qilgan fakt deb gapiradi. Bolalar yolg'onni m ana shu tariqa beixtiyor chin deb gapiradilar, xayol mahsuli bo'lgan bu yolg‘onni bolalam ing tafakkuri ham yetarli ravishda nazorat qila olmaydi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda xayolning rivojlanishida shu yoshdagi bolalarga xos individual xususiyatlar sezilarli ravishda paydo bo‘la boshlaydi. Bu xususiyatlar, aw alo, bolalar yashab turgan vaziyatdan, ularga berilayotgan tarbiyadan, bolalardagi faollikning namoyon qilinishi uchun mavjud boMgan imkoniyatlardan, bolaning umumiy o‘sishidan kelib chiqadi. Bolalik chogMdagi xayollarning juda rivojlanib ketishiga biror individual iste’dod va qobiliyatning erta uyg‘onishi va o ‘sishi ko'pincha sabab boMadi.
Maktab yoshidagi bolalarda xayolning o‘sishi
M aktab yoshidagi bolalarda xayol qilish, asosan, o'qitishning ta ’siri ostida yana o ‘sa boradi.
M aktabning birinchi sinfiga kirgan bolada xayol yetarli ravishda rivoj topgan boMadi va u xilma-xil tasawurlarning kattagina boyligiga ega bo'ladi. Birinchi sinflarda o'qish natijasida u faqat idrokka va xotira tasaw urlari- gagina tayanib qolm asdan, balki, shu bilan birga, xayolida yaratilgan tasav- vurlarga ham tayanib, o'qitilayotgan m aterialni asosan yaqqol tarzda o'zlashtira beradi.
M asalan, geografiya, tarix, adabiyot singari sohalardagi bilim lam i yaqqol tarzda o'zlashtirishda maktab o'quvchisining xayol qilish faoliyati,
ayniqsa, katta rol o'ynaydi, chunki bu fanlarning obyektlarini o'quvchilar bevosita idrok qilolm aydilar va tajriba qilib ko'rolm aydilar. O 'quvchi o'qituvchining geografiyaga, tarixga, adabiyotga va boshqa fanlarga doir darslarini tinglab yoki kitoblarni o'qib, ham isha m uayyan bir joyni, o'sim liklar va hayvonlar olamini tasaw ur qilib turishi, uzoq o'tm ishdagi odam larning hayotini va faoliyatini, ayrim tarixiy voqealarni ko'z oldiga keltirishi lozim. Shunday tasaw urlar bo'lm asa, o'qitilayotgan m aterialni o'zlashtirish faqat o'qituvchining so'zlarini yoki darslikda yozilgan gaplarni yodlab olishdangina iborat bo'lib qoladi.
Fanga qiziqish mavjud bo'lganda yoki tasaw urlar boyligi yetarli bo'lgan taqdirda bilimlami o'zlashtirish chog'ida yangi obrazlar o'qituvchi o'qitgan darsning yoki darslikda yozilgan gaplam ing ta ’siri ostida beixtiyor paydo boM averadi. Lekin b a’zan geografiya, tarix, adabiyot yoki fizika m ashg'ulotlarida o'quvchilar m uayyan bir tasaw um i yaratm oq uchun ko'proq kuch sarflashlari lozim bo'lib qoladi.
Bilimlar ko'rsatmalilik asosida o'zlashtirilganida o'quvchilaming xayoli rivojlana boradi, keng va mazmunan boy bo'lib qolaveradi. O'qitish jarayonida yeming keng va kattaligi to'g'risidagi tasawurlar vujudga keladi, uzoq o'tm ish to'g'risida, chin va uzoq, kelajak to'g'risida yangi tasawurlar paydo bo'ladi.
O 'qitish jarayonida xayolning o'sishiga faqat o'qitilayotgan m aterialning m azm uniga yordam berib qolm asdan, shu bilan birga, o'quvchilarga shu m aterialni o'qitishda qo'llanilayotgan usullar, m etodlar ham yordam beradi. O 'quvchida xayolning taraqqiysi uchun o'qituvchining jonli nut- qi, darslikda yetarli m iqdorda bo'lgan obrazli, aniq material, shuningdek, badiiy m ahorat bilan yasalgan o'qish qurollari — suratlar, sxemalar, jad
vallar, kartalar, m odeller va boshqa shu kabilar katta ahamiyatga egadir.
O 'quvchilam ing ijodiy xayolini taraqqiy qildirish uchun sinfda va sinf- dan tashqi o'tkaziladigan musiqa, rasm m ashg'ulotlari, loy va plastilindan har xil buyum lar yasash m ashg'ulotlari, insho, badiiy adabiyot o'qish,
to'garaklarda (adabiyot, dram a, aviam odelchilik to'garaklarida va boshqa shu kabi to'garaklarda) qatnashish katta aham iyatga egadir. Bunday m ashg'ulotlarda bolaning turli narsalarga qiziqishi: uning bilishga qiziqi- shi, uning ijtimoiy-siyosiy, m a’naviy, estetik qiziqishlari, texnikani va shu kabilami bilishga qiziqishi xayolning o'sishiga yordam beradi. Bu qiziqishlar o'sm irlarda, ayniqsa, sezilarli ravishda nam oyon bo'la boshlaydi.
Badiiy adabiyot asarlarini o'qish, shuningdek, jurnallarda va gazeta- larda bizning qurilishlarimiz to'g'risida, ilmiy kashfiyotlar va texnika sohasidagi kashfiyotlar to'g'risida, qishloq xo'jaligidagi novatorlar to'g'risida yozilgan m aqolalarni o'qish keng, m azm unli va real xayolning o'sishi uchun katta aham iyatga egadir.
M aktab yoshidagi bolalam ing o'ynaydigan o'yinlarida ham ulardagi xayolning o'sishi davom etaveradi. O 'quvchilar o'yinchoq ustaxonalar, zavodlar, tem ir yo'llar yasab o'ynaydilar, o'z o'yinlarida turli «ekspeditsi- yalarga» boradilar. Oyga, M arsga, boshqa planetalarga «kosmik sayohat qilib uchib» boradilar va shu kabi o'yinlarni o'ynaydilar. Bunday o'yinlarda har bir o'quvchi m azm undor taassurotlar oladi va unda turli tasaw urlar hosil bo'ladi, uning ijodiy ko'rish-yasash va badiiy qobiliyatlari o'sadi.
O 'quvchining va o'sm irning o'sib borayotgan xayoli o'zining kengligi va m azm undorligi jihatidangina o'zgarib qolm asdan, balki yo'nalish jihatidan ham o'zgaradi. M aktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar o'z ehti- yojlariga bog'liq bo'lgan biror tasaw ur yaratishlari bilan darhol shu tasav- vurlami o'z harakatlarida, o'yinlarida, suratlarida va shu kabilarda namoyon qiladilar. Bola, asosan, hozirgi hayot bilan yashaydi va unda o'zi yara- tayotgan obrazlam i ro'yobga chiqarishni kelajakka qoldirish mayli bo'lm aydi. Yuqori sinf o'quvchilarida xayol faoliyati, asosan, kelajak obrazlarini yaratishga — ideallar yaratishga, kasb tanlashga qaratilgan bo'ladi.
O 'quvchilarda va o'sm irlarda xilma-xil qiziqishlar va ideallar, jum ladan, kasbga qiziqishlar o'sib borishi bilan ulardagi xayol orzu tariqasida nam oyon bo'la boshlaydi. Bizning maktablarimizdagi o'quvchi bolalar, o'sm irlar, yigitlar va qizlar o'zlarining kelajak faoliyatlarini, m am lakatimizda ijodiy m ehnat qilishni, yangi ulug‘ kashfiyotlar, ixtirolar qilishni orzu qiladilar. Bizning yoshlarimiz o'zlari orzu qilayotganlarida bizda m ana shu orzularni ro'yobga chiqarm oq uchun butun sharoit yaratib be- rilganligini va shu orzuni amalga oshirish faqat o'zlariga, o'zlarining qunt
bilan ishlashlariga bog'liq ekanligini biladilar.
O'quvchi va o'sm irning xayoli o'zining barqarorligi bilan m aktabgacha tarbiya yoshidagi bolaning xayolidan farq qiladi. M aktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda ixtiyoriy xayol ham , ayniqsa, ularda ko'proq uchraydigan beixtiyor xayol ham g'oyat beqaror bo'ladi.
M aktab yoshidagi bolada ixtiyorsiz xayol ham , ixtiyoriy xayol ham borgan sari barqaror bo'lib boraveradi. Xayolni tug'diradigan qiziqish yoki ideyalar mavjud bo'lganda ixtiyorsiz xayol barqaror bo'ladi. O'quvchilarda ixtiyorsiz xayol ko'pincha ularning ixtiyoriy xayolidagi ayrim m om entlar
tariqasida namoyon bo'ladi. Bunday ixtiyorsiz xayol yangi materialni tushunish va o'zlashtirishda, turli masalalarni hal qilishda, insholar yozishda,
surat chizishda, har xil buyum lar shaklini yasashda va shu kabi m ashg'ulotlarda katta rol o'ynaydi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda bo'lgani singari, o'quvchilarda ham xayol katta kuch bilan namoyon bo'ladi. O 'quvchilar va o'sm irlarning o'z xayolida, ayniqsa, o'z orzularida yaratayotgan obrazlari juda yorqin va jonli obrazlar bo'ladi. Shu bilan bir vaqtda, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalardan o'quvchilam ing farqi shundaki, katta yoshdagi kishilar singari, maktab o'quvchilari ham shu obrazlami idrok qilinayotgan narsa- lardan aniq farq qiladilar va o'z xayollaridagi o'tm ish obrazlarini xotira
tasaw urlari bilan aralashtirib yubormaydilar. M aktab yoshidagi bolalarda reallikni mana shunday sezish hissi katta tajriba, to'plangan bilimlar tu fayli va tafakkurning ancha o'sganligi tufayli vujudga keladi.
Odam larning barcha yoshdagi keng, m azm undor, barqaror va real xayol ularning faoliyatida tafakkur, iroda, qiziqish va ehtiyojlarining taraqqiysi bilan birlikda taraqqiy qilib boradi.
V I I I B O B . T A F A K K U R
I. T A F A K K U R H A Q ID A U M U M IY T U S H U N C H A
Tafakkur — inson aqliy faoliyatining yuksak shaklidir. Tafakkur atrof- dagi olamni bilish qurolidir va inson oqilona amaliy faoliyatining vujudga kelishi uchun shartdir.
Tafakkur jarayonida fikr paydo bo'ladi, bu fikrlar insonning ongida muhim tushunchalar shaklini oladi. Tafakkur nutq — til bilan chambarchas bog'langan. Insonda tafakkur va nutq bo'lganligi tufayli u hayvonlardan farq qiladi va shu sababli u ongli mavjudotdir. Inson o'z atrofidagi olamda bo'lgan buyumlar va hodisalami ongli ravishda idrok qiladi, ongli ravishda eslab qoladi hamda esga tushiradi va ongli ravishda harakat qiladi.
Sezgi va idroklarga, xotira va tasaw urlarga nisbatan tafakkur odam larning bilish va amaliy faoliyatida alohida ahamiyatga ega.
Chunonchi, kishi fikr qilish faoliyati jarayonida o'z idroki, tasaw uri va fikrlarining to'g'riligini, aniqligini va haqiqiyligini belgilab oladi, bulaming voqelikka muvofiqmi yoki muvofiq emasligini belgilab oladi.
M asalan, biz quyoshning har kun Sharqdan chiqib, G 'arbga botayot- ganligini ham m am iz ko'ram iz (idrok qilamiz). Biz Yerning qim irlam ay turganligini, quyosh esa yer atrofida aylanayotganligini ko'ram iz. K o'p asriar davomida juda ko'p kishilarning qilgan fikriy faoliyati natijasida- gina, uzoq davom etgan kuzatishlar va tadqiqotlar natijasidagina haqiqat - da quyosh yer atrofida aylanmasdan, balki yer o'z o'qi atrofida va quyosh atrofida aylanayotganligi aniqlandi. D em ak, quyoshning harakati to'g'risidagi bizning bevosita idrokimiz voqelikka, haqiqatga to'g'ri kel- mas ekan, voqelikning to'g'ri aks etishi, ya’ni haqiqat — bunda tafakkur yordami bilan aniqlandi. Yuqoriroq bosqichlarda bunday fikrlash tafakkur
jarayonlaridagi hosil bo'lgan hukm lar va tushunchalar ulam ing chinligini yoki chin emasligini aniqlashda ifodalanadi.
Yoqelik tafakkurda idrok va tasawurlardagiga qaraganda chuqurroq va to‘Iaroq aks etadi.
Biz sezgi, idrok va tasawur vositasi bilan bilib olishimiz mumkin bo'lmagan narsa yoki hodisalami, bu narsa yoki hodisalaming xususiyatlarini, ulaming bog'lanish va munosabatlarini tafakkur vositasi bilan bilib olamiz. Masalan, bizga m a’lumki, agar yorug'lik nuri shisha prizma orqali o'tkazilsa, bu nur
spektming yetti rangiga ajralib ketadi, bu ranglarni biz idrok qilamiz (ko'zimiz bilan ko'ramiz), lekin fizikadan bizga shu narsa m a’lumki, bu nurlardan bo'lak, yana boshqa nurlar ham bor. Bu nurlar, infraqizil va ultrabinafsha nurlar deb ataladi. Bu nurlarni biz ko'rmaymiz, idrok qilmaymiz. Bunday nurlarning borligi tafakkur yordami bilan kashf qilingan.
Tafakkur — voqelikning umumlashtirib aks ettirilishidir. Biz ayrim- ayrim narsalarni va hodisalam i, masalan, alohida stolni yoki stulni idrok qilamiz va tasaw ur qilamiz, am m o um um an stol va stul to'g'risida, um um an mebel va um um an narsa to'g'risida esa fikrlashimiz m um kin. U m u- m iylash natijasida bir hukm ning o'zida ayni vaqtda yakka bir narsa to'g'risidagina fikr qilib qolmasdan, balki, shu bilan birga narsalarning butun bir turkum i to 'g 'risid a ham fikr yuritish m um kin. M asalan, «O'zbekistonning fuqarolari teng huquqlidirlan> degan hukm da ayrim bir kishi haqida fikr yuritm asdan, balki O'zbekistonning ham m a fuqarolari haqida fikr yuritiladi.
Narsa yoki hodisalar o'rtasidagi eng muhim bogManishlar va munosabatlar tafakkur yordami bilan ochiladi. Bunday bir misolni olib ko'raylik.
Siz qalam ni barmoqlaringiz bilan stoldan 20 santim etr balandda ushlab turibsiz. Barmoqlaringizni ochib yuborsangiz qalam stol ustiga tushadi, uning taqillagani (tovushi) eshitiladi. Biz bu hodisalam i birin-ketin idrok qilamiz va ularni xuddi shu tartibda tasaw ur qilishimiz m um kin. Lekin biz bunda hodisalam ing m a’lum vaqt ichida birin-ketin sodir bo'lishini idrok qilamiz, xolos, am m o ayni vaqtda tafakkur yordami bilan bu hodi- salarning bir-biriga qonuniy bog'lanishidagi chuqurroq sabablar va bundan kelib chiqadigan natijalar ochiladi. Biz hodisalam ing birin-ketin o'tayotganliginigina qayd qilib qolaverm aym iz, balki birinchi hodisa bo'lgani uchun ikkinchi hodisa ro'y beradi, undan keyingi hodisalam ing har qaysisi (m asalan, tovush) oldingi hodisa ro'y berganligi uchun (qalam stolga urilganligi uchun) sodir bo'ldi, deb aniq aytamiz va oldingi hodisaning ro'y berganligi keyin shu hodisani m uqarrar keltirib chiqargan- ligini anglaymiz. Bu hodisalarda ulam ing m a’lum bir vaqt ichida birin- ketin sodir boMganligini idrok qilganimizdan tashqari, ular o'rtasida sabab- natija bog'lanishi, ya’ni qonuniy bog'lanish bor, deb aniq qilib aytamiz. Biz bu sabab-natija tariqasidagi bog'lanishning o'zini bevosita idrok qila olm aym iz, uni sezgi organlarim iz vositasi bilan his qilolm aym iz (ko'rm aym iz, ushlab ko'rm aym iz, eshita olmaymiz), balki shu bog'lanish borligini idrokimizga asoslanib turib fikr qilish yo'li bilan topam iz.
So'ngra, ayrim hodisalardagi sabab-natija bog'lanishlari ochilganligi- ga asoslanib, um um iylashtirish yo'li bilan voqelikning um um iy qonuniyatlarini topib olamiz.
M asalan, suvning yaxlab qolganligiga haroratning pasayganligi (0° dan pastga tushib ketganligi) sabab bo‘lganligi aniqlangan bo'lsa va bu hodisa boshqa bir qancha hollarda ham aniqlangan bo'lsa ana shu hollam i um u- miylashtirish natijasida: «Harorat 0° dan past bo'lganida suv hamisha muzlaydi» degan hukmda ifodalangan qonun topilgan. Hodisalar o'rtasidagi mavjud sabab-natija bog'lanishlarini bilganligimiz uchun, hodisalam ing o'zgarish va taraqqiysi qonunlarini bilganligimiz uchun biz hozirgi paytda mavjud bo'lm agan yoki hozirgi paytda bizning oldimizda ro'y bermagan
hodisalaming yuz berishini oldindan aytib berishimiz m umkin. M asalan,
term om etrda haroratning 0° dan past tushganligini ko'rishim iz bilan, endi suv muzlaydi, deb oldindan ayta olamiz. A stronom lar osmondagi jism - laming harakat qonunlarini bilganliklari uchun quyosh yoki oy qachon tutilishini aniq qilib oldindan aytib beradilar. Ijtimoiy turmushning asoschi- lari ochib bergan qonunlarini bilish ijtimoiy-siyosiy voqealarning qanday bo'lib borishini oldindan ko'rib turish imkoniyatini beradi.
O ldindan ko'rish o'z oldim izga m aqsadlar qo'yishim izga va shu maqsadlarga muvofiq harakat qilishimizga im kon beradi.
Oldindan ko'rish va atrofimizdagi buyum lam ing xossalarini bilish tu fayli insoniyatning hozirgi tajribasi vujudga kelgan, bu esa xilma-xil mehnat bilan shug'ullanish imkoniyatini ochib bermoqda.
Binobarin, tafakkur insonning shunday aqliy faoliyatidirki, bu faoliyat voqelikni eng aniq (to'g'ri), to'liq, chuqur va umumiylashtirib aks etti- rishga (bilishga), insonning yanada oqilona amaliy faoliyat bilan shug‘ullanishiga imkon beradi.
Bosh miya po'stining biron-bir uchastkasi emas, balki bosh miyaning butun po'sti qilayotgan faoliyat tafakkurning nerv-fiziologik negizidir. Ana- lizatorlam ing miyaga borib tutashgan uchlari o'rtasida vujudga keladigan murakkab muvaqqat bog'lanishlar tafakkur qilish uchun birinchi galda
ahamiyatga ega.
Yuqorida aytib o'tilganidek, ikkinchi signal sistemasi bilan birinchi signal sistemasining bir-biriga ta’sir o'tkazishida muvaqqat bog'lanishlarning vujudga kelishi tafakkurning spetsifik nerv-fiziologik m exanizm laridir.
l.P. Pavlov aytganidek, «aw alo, um um insoniy empirizmni, (insonning
tajribasi, orttirgan bilimlari) nihoyat atrof olamni va insonning o'zini ham bilish uchun oliy qurol bo'lgan fanni ham yaratuvchi maxsus insoniy, oliy tafakkur» ayni shu bog'lanishlar asosida voqe bo'ladi (Пособие собрание, III tom , 2-kitob, 232-bet).
Tafakkurni yo'naltirib turadigan asosiy nerv-fiziologik negiz shunday yo'l ko'rsatib turuvchi refleksdirki, bu refleks tafakkur qilish jarayonlarida katta rol o'ynaydi.
Odam tevarak-atrof olamni shaxsan bilib olayotgan chog'ida yoki o'zi harakat qilayotgan chog'idagina em as, balki shu bilan biiga, u o'zining (og'zaki yoki yozm a) nutqi bilan o 'z fikrlarini boshqa odam larga o'tkazayotganida ham da boshqa odam larning fikr va bilim larini o'zi o'zlashtirib olayotgan chog'da ham fikr qilaveradi.
O dam ning bilish va am aliy ehtiyojlari, tevarak-atrof va hayot to'g'risidagi o'z bilimlarini kengaytirish va chuqurlashtirishga intilishi tafakkur qilish faoliyatini vujudga keltiradi va bu faoliyatni kuchaytira- veradi. Shu sababli tafakkur qilish jarayonlarining muayyan maqsadga qaratilgan bo'lishi shu jarayonlarning m uhim xususiyatidir.
I I . F IK R Y U R IT IS H O P E R A T S IY A L A R I
Tafakkur qilish jarayoni biror psixik elementlarning shunchaki bir- biri bilan almashinishi tarzida voqe bo'lm asdan, balki alohida aqliy operat- siyalar — biz idrok qilayotgan yoki tasaw ur qilayotgan narsalar (obyektlar) ustida, biz umumiylashgan va abstrakt tushunchalarga ega bo'lgan obyektlar ustida aqliy harakatlar qilish tarzida voqe bo'ladi.
Tafakkur qilish — operativ jarayondir.
Taqqoslash, analiz va sintez, abstraksiya va umumiylashtirish, aniq- lashtirish, klassifikatsiya va sistemaga solish aqliy operatsiyalarning asosiy
turlaridir.
Bizda yangi hukm lar ana shu operatsiyalar jarayonida hosil bo'ladi, real olamdagi narsalar va hodisalar to'g'risidagi tushunchalar vujudga keladi.
Taqqoslash — shunday bir aqliy operatsiyadirki, bu operatsiya ayrim narsalar o'rtasida o'xshashlikni yoki tafovutni, tenglik yoki tengsizlik bor
ligini, bir xillik yoki qaram a-qarshilik borligini aniqlashda ifodalanadi.
K.D.Ushinskiy tafakkur va bilish jarayonlaridagi taqqoslashning juda m uhim ahamiyati borligini uqtirib, bunday degan edi: «...taqqoslash har qanday tushunishning va har qanday tafakkurning asosidir. Olamdagi narsalarning hammasini taqqoslab ko'rish yo'li bilan bilolmasak boshqa yo'l bilan bilolmaymiz, agar biz hech narsa bilan solishtirishimiz va farqi- ni bilib olishimiz mumkin bo'lm agan biron yangi narsaga duch kelgani- m izda edi (basharti shunday narsa bor bo'lsa), u holda biz shu narsa to'g'risida hech qanday fikr hosil qila olmagan bo'lur edik va uning to'g'risida biror so'z ayta olmagan bo'lur edik» (И збранные сочинения, II tom , 1939-yil, 436-bet).
Narsalarning o'xshashligi yoki tafovuti dastlab bevosita sezgilarda va idroklarda aks etadi. Taqqoslash fikr qilish jarayoni bo'lib, bu jarayon idrok qilinayotgan narsalarning o'xshashligi yoki tafovutini aniqlash lozim bo'lganda, yoxud sezgilarda va idrokda bevosita aks etm agan o'xshashlik va tafovutni topish lozim bo'lgan hollarda voqe bo'ladi. Amaliy
taqqoslash bir narsani ikkinchi narsaga solishtirib ko'rilayotganda, m asalan, bir qalamni ikkinchi qalamga, o'lchov chizig'ini taxtaga va shu kabi- larga solishtirib ko'rilayotganda sodir bo'ladi. Biz masofani santimetrli lenta bilan o'lchayotganim izda, og'irlikni tortib ko'rayotganim izda va boshqa shu kabi hollarda taqqoslash jarayoni sodir bo'ladi. Taqqoslash tasaw ur qilinayotgan yoki o'ylanilgan narsalarni bir-biriga fikran solish
tirib ko'rish yo'li bilan ham bo'ladi. M asalan, biz o'zim iz turgan binoni boshqa ko'chadagi binolar bilan taqqoslab ko'rib, ularning o'rtasidagi o'xshashlik va tafovutni topishimiz mumkin. Psixologiyani o'rganayotgan
vaqtimizda biz ham isha ayrim psixik hodisalami bir-biri bilan taqqos- laymiz va ulardagi o'xshashlikni ham, tafovutni ham topamiz. Ayrim kishilami bir-biriga taqqoslab, ulaming qobiliyatlarida, xarakterida, qarashlarida va hokazolarda tafovut yoki o'xshashlik borligini topam iz, ikkita m atematik ifodani: 6 + 2 bilan 10—2 ni taqqoslab, bu ifodalar qiymat jihatidan
bir-biriga barobar (aynan) ekanligini bilib olamiz.
Voqelikni chuqurroq va aniqroq bilish uchun bir-biriga juda o'xshash narsalardagi tafovutni va bir-biridan juda ham farq qiladigan narsalardagi bir-biriga o'xshashlik tom onlarini topa olish qobiliyati, ya’ni tafakkurning mana shunday qobiliyati, ayniqsa, katta ahamiyatga egadir.
«Agar siz,— deb yozgan edi Ushinskiy, — tashqi tabiatning biror nar- sasini ravshan tushunib olishni istasangiz, uning o'ziga juda o'xshash bo'lgan narsalardan bo'lgan tafovutini topingiz va uning o'zidan juda uzoq bo'lgan narsalar bilan o'xshashlik tom onlarini topingiz. Ana shunda siz shu nar
saning eng muhim ham m a belgilarini payqab olasiz, demak, shu narsani tushunib olasiz» (O 'sha kitob, 436-bet).
Analiz - narsani (buyumlarni, hodisalami, jarayonni) tarkibiy ele- mentlarga, qismlarga yoki tarkibiy belgilarga bo'lish demakdir.
Analiz jarayonida butunning uning qismlariga uning elem entlariga bo'lgan munosabati aniqlanadi. Biror moddiy narsani uning moddiy elementlariga ajratib bo'lish eng oddiy shakldagi analizdir. Stolni ayrim qism
larga bo'lish — uning oyoqlarini, yashiklarini va boshqa shu kabilami bir- biridan ajratib olish m umkin. Kimyogar suvni vodorod bilan kislorodga ajratib yuboradi. M ana shu hollaming hammasida analiz narsalar va hodisalar bilan qilinadigan ish-harakatlarda ifodalanishi mumkin.
Analiz obyektlarni amalda ajratib bo'lmaydigan elementlarga yoki belgi-
larga bo'lishda ham ifodalanishi mumkin. Bu fikriy analiz, ya’ni fikrda qilinadigan analizdir. Chunonchi, stolni analiz qilgan vaqtimizda biz uning
tusini, og'irligi va boshqa shu kabi belgilarini bilib olamiz. Suvning ti- niqligini, og'irligini, bug'lanishini, haroratini, zichligini ham fikran ajra
tish mum kin.
Psixologiyani o'rganayotganimizda biz har bir psixik hodisani bir-biri bilan taqqoslabgina qolmasdan, balki, shu bilan birga, analiz ham qilamiz.
O'qish mashg'uloti vaqtida tafakkurning analiz qilish faoliyati katta o'rin tutadi. Chunonchi, savod o'rgatish, odatda, nutqni analiz qilishdan: gapni so'zlarga, so'zlam i bo'g'inlarga, bo'g'inlarni tovushlarga ajratish- dan boshlanadi. M atem atika masalasini yechish analiz qilishdan — dast- lab bir qancha m a’lum sonlarni, so'ngra esa nom a’lum sonlarni topish- dan boshlanadi.
Sintez — analizning aksi yoki teskarisi bo'lgan tafakkur jarayonidir. Bu jarayon obyektning ayrim elem entlarini, qismlarini, belgilarini bir butun qilib qo'shishdan iboratdir. Sintez jarayonida murakkab bir butun narsa, yoki hodisa tarkibiga kirgan elem entlar, yoki qismlar tariqasida olingan buyum yoki hodisalaming shu murakkab bir butun narsa yoki hodisaga bo'lgan munosabati aniqlanadi.
Sintez elem entlarning, narsa va hodisalaming qismlarini bir butun qilib qo'shishdan iboratdir, amaliy analiz bo'lgani singari, sintez ham am aliy bo'lishi mumkin. Chunonchi, mashinaning ayrim detallari bir- biriga tegishli tarzda biriktirilganda, ya’ni ular sintez qilinganda, yaxlit, butun m ashina, masalan, odimlovchi ekskavator hosil bo'ladi. Kislorod bilan vodorodning kimyoviy birikishi natijasida suv hosil bo'ladi. Mana shu va shunga o'xshash hollarning ham m asida sintez fikr qilish jarayon- larida va ish-harakatlarda sodir bo'ladiki, bu ish-harakatlar natijasida bir butun, yaxlit moddiy narsa hosil bo'ladi.
Analiz singari, sintez ham , fikran bo'lishi mumkin, ya’ni sintezda ayrim elem entlam i faqat fikrda bir butun qilish m umkin. M asalan, biz chet tilning o'zim izga m a’lum bo'lgan so'zlaridan m azmunli gap tuzayot- ganim izda yoki ana shunday m a’lum so'zlardan tarkib topgan tayyor gapni o'qib tushunayotganim izda xuddi shunday jarayon sodir bo'ladi.
Analiz singari, sintez ham, o'qish jarayonida katta o'rin tutadi. Masalan, o'qishga o'rgatish vaqtida tovushlar va harflardan b o 'g 'in lar, bo'g'inlardan so'zlar, so'zlardan gap tuziladi. M ana shuning o'zi — sin- tezdir. Adabiy asarlardagi ayrim qahram onlarning yoki tarixiy arboblar- ning qilgan ishlarini, fikrlarini, hislarini tasvirlash va analiz qilish yo'li
bilan ham da sintez qilish natijasida shu arboblarning, shu qahram onlarning xarakteristikasi hosil bo'ladi.
Analiz va sintez yo'li bilan muayyan bir butun narsaning har bir ayrim qismining, har bir ayrim elem entining shu butun narsadagi roli va aham iyati, shu qismlar va elem entlam ing bir-biriga bog‘lanishi, narsaning asosiy (muhim) belgilari va ikkinchi darajali belgilari aniqlanadi.
Analiz va sintez hamisha birlikda o'tadi. Bir butun narsa analiz qilinadi. Binobarin, sintez analizni taqozo qiladi. M uayyan qism lam i, ele- m entlarni, belgilarni bir butun qilib birlashtirmoq uchun aw alo shu qism lam i, shu elementlarni va belgilarni analiz natijasida ajratib olish lozim.
«Tafakkur, — deb yozgandi l.P. Pavlov, — albatta assotsiatsillardan, sintezdan boshlanadi, so'ngra sintezning ishi shu analiz bilan qo'shiladi. Analiz, bir tom ondan, retseptorlarimizning, periferiya uchlarining anali- zatorlik qobiliyatiga, ikkinchi tom ondan esa, bosh miya katta yarim shar- larining po'stida takomil topuvchi va voqelikka muvofiq bo'lm agan narsa- lami voqelikka muvofiq bo'lgan narsalardan ajratib turuvchi torm ozlanish jarayoniga asoslanadi.
Odam bosh miyasi katta yarim sharlarining po'stida qilinadigan analiz va sintez ham birinchi, ham ikkinchi signal sistemalarining signallarini o'z ichiga oladi. Birinchi signal sistemasi bergan behisob signallaming yangi umumlashuvlari ham ikkinchi signal sistemasida yuksak analiz va sintez qilinadi.
Abstraksiyalash, umumiylashtirish va aniqlashtirish
Abstraksiya — shunday bir fikrlash jarayonidirki, bunda tafakkurda aks etilayotgan bir yoki bir necha obyektlarning biror belgisi (xususiyati, harakati, holati, m unosabati) shu obyekt yoki obyektlardan fikran ajratib olinadi. Bu jarayonda obyektdan ajratilgan bir belgining o'zi tafakkurning mustaqil obyekti bo'lib qoladi. Abstraksiya, odatda, analiz jarayonida yoki
analiz natijasida sodir bo'ladi.
Masalan, sinfdagi doskani tasviriy analiz qilish jarayonida uning faqat bir belgisini — qoraligini ajratib olish mumkin va qora doska to'g'risida emas, balki doskaning qoraligi to'g'risida, so'ngra esa um um an qoralik to'g'risida fikr qilish mumkin. Biz odamlar, samolyotlar, suv, ot va hoka- zolarning ko'z oldimizdagi harakatini kuzatib turib, ulam ing bitta um umiy belgisini — harakatini fikran ajratib olishimiz va um um an harakat to'g'risida fikr qilishimiz mumkin. Chunonchi, abstraktlash yo'li bilan bizda uzunlik, kenglik, miqdor, tenglik, son, qiymat va boshqa shu kabi
lar to'g'risida abstrakt tushuncha hosil bo'ladi.
Buyumlami bir-biri bilan taqqoslash chog'ida ham abstraksiyalash jarayoni sodir bo'ladi. Biron muayyan jihatlar hamisha bir-biri bilan taqqoslanadi, buyum lar yoki hodisalam ing muayyan belgisiga (tusiga, shakliga, ha- rakatlarining tezligiga va shu kabilarga) qarab, ular bir-biri bilan taqqoslanadi.
l.P. Pavlov fikr qilish faoliyatida abstraksiyaning alohida ahamiyati
borligini uqtirib, bunday degan edi:
«Umumiylashtirishga keng imkoniyat ochib bergan so‘zning alohida xususiyati bo'lmish abstraksiya tufayli biz voqelikka bo‘lgan munosaba- timizni vaqt, makon, sababiyat kabi umumiy tushunchalar shakliga sol- ganmiz» («Павловские среды», III tom, 320-bet).
Nutq til bo‘lganidagina abstraksiya qilish mumkin. So‘z bo‘lmasa, hech bir tushunchani ifodalab bo‘lmaydi.
Umumiylashtirish — tafakkurda aks etgan bir turkum narsalarning o'xshash, muhim belgilarini shu narsalar to'g'risidagi bitta tushuncha qilib, fikrda birlashtirish demakdir. Masalan, olmalarda, noklarda, o‘riklarda, apelsinlarda va boshqa shu kabilarda bo'lgan o'xshash belgilar bitta tushun- chada birlashadi, biz buni meva degan so‘z bilan ifodalaymiz. Daraxtlar, o'tlar, gullar va boshqa shu kabilar «o'simlik» degan tushunchada umu- miylashtiriladi, o‘simlik va hayvonlar «organizm» degan tushunchada umumiylashtiriladi, harf va raqamlar «belgi» degan bir tushunchada umu- miylashtiriladi.
Umumiylashtirish tafakkurning abstraktlashtiruvchi faoliyati bilan chambarchas bog'langandir. Abstraktlashtirish jarayonida ayrim narsalarning o'xshash belgilari aniqlanadi va shu o'xshash belgilar umumiylashtiriladi.
Abstraktlashtirish singari, umumiylashtirish ham so‘z yordami bilan hosil bo'ladi. Har qanday so'z yakka bir narsani yoki hodisani emas, balki o'xshash yakka-yakka obyektlarning ko'pchiligini ifodalaydi. Chunonchi, biz stol degan so'zni aytganimizda, bu bilan biz yakka-yakka ko'p stollar-
ga taalluqli bo'lgan fikrni ifodalaymiz.
Fikrdagi abstraktlashtirish va umumiylashtirish jarayonlari ikkinchi signal sistemasining spetsifik, o'ziga xos mexanizmlariga tayanadi. «Nutq signallari (suz) tufayli, — deydi l.P. Pavlov, — ...nerv faoliyatining yangi tamoyili — abstraktlash va shu bilan birga, oldingi sistemaning behisob signallarini umumiylashtirish vujudga keladiki, bunda ham o'z navbatida ana shu umumiylashtirilgan yangi signallar tag'in analiz va sintez qilina- veradi...» (Полное собрание сочинений, 111 tom, 2-kitob, 215-bet).
Aniqlashtirish bir jihatdan qaraganda abstraksiyalash va umumiylashtirish jarayoniga qarama-qarshi yoki shu jarayonning teskarisidir.
Aniqlashtirish, birinchidan, umumiy abstrakt belgini yakka obyektlar- ga tatbiq yoki mansub qilishda ifodalanadi. Masalan, biz «oq» deganimiz- da ko'z oldimizga qor, qog'oz, paxta va shu kabilar kelishi mumkin. Biz «kuch» deganimizda odamni, mashinani, yorug'Iikni va shu kabilarni tasav- vur qilishimiz mumkin. «To'rtburchakli» deganimizda bu belgi kvadrat- ga, trapetsiyaga, parallelogrammga, kitoblarga va shu kabilarga tatbiq qilinishi mumkin. Ikkinchidan, aniqlashtirish umumiy va yakka belgilari kamroq bo'lgan umumiylikni ochishda ifodalanadi. Masalan, biz olma, olxo'ri, uzumni mevalar qatoriga; stol, stul, divan va shu kabilami mebel qatoriga qo‘shamiz. Umumiy fikrlarni bayon qilish va izohlash chog‘ida biz, odatda, keltiradigan misollarning hammasi aniqlashtirishning o'zidir.
Atrofdagi olamni bilish uchun bitta narsani emas, balki ko‘pchilik va xilma-xil narsalarni o'rganishga to‘g‘ri keladi. Shu sababli o'rganish uchun qulaylik tug‘dirish maqsadida, shuningdek, amaliy maqsadlarda mana shu ko'pchilik narsalarni guruhlarga — turkumlarga bo'lishga to‘g‘ri keladi. Ko‘pchilik narsalarni (narsalarni va hodisalami) guruhlarga bo'lish klassifikatsiya yoki turkumlaiga bo‘lish deb ataladi. Har bir guruhdagi muayyan narsaga xos bo‘lgan biror belgiga qarab, shu narsalar turkumlarga bo'linadi. Narsalarning umumiy belgisi borligi ularni biror jihatdan bir-biriga o'xshash qilib qo'yadi. Masalan, kutubxonada kitoblar muqovasiga, formatiga, mazmuniga va shu kabi belgilariga qarab turkumlarga bo'linishi mumkin. O'quvchilami, odatda, yosh yoki jinsiy belgilari bo'yicha, ulgurishlariga va shu kabilarga qarab turkumlarga bo'ladilar.
Turkumlarga bo'lish uchun asos qilib olingan belgi turkumlarga bo'lishning asosi deb ataladi.
Sistemaga solish shundan iborat bo'ladiki, bunda ayrim narsalar, faktlar, hodisalar va fikrlar muayyan tartibda makondagi, vaqtdagi tutgan o'rniga
qarab yoki mantiqiy tartibda joylashtiriladi. Shu sababli makoniy xronologik
va mantiqiy belgilar asosida sistemaga solish turlari ajratiladi. Mebelning xonadagi joylashtirilishi, daraxtlarning boqqa o'tqazilishi makoniy sistema namunasi bo'la oladi. O'tmishda bo'lib o'tgan voqealaming xronologik tartibda joylashtiril ishi shu voqealaming vaqtiga qarab sistemaga solish namunasi bo'la oladi. Matematikaga, falsafaga, mantiqqa doir darslik- larda ilmiy materialning joylashtirilishi mantiqiy sistemaga solishning namunasidir.
Sistemaga solish, odatda, turkumlarga bo'lish asosida o'tkaziladi va mana shu turkumlarga bo'lishning yakuni desa bo'ladi.
* * *
Xulosa chiqarish tafakkurning spetsifik fikr yurituvchi operatsiyasidir, lekin hukmlar masalasini bayon qilayotganimizda bu operatsiya to‘g‘risida gapirish maqsadga muvofiqroq bo‘ladi.
Tafakkur qilish jarayonida, ayrim fikr yuritish operatsiyalarida bizda paydo boMadigan fikrlar hukm tariqasida shakllanadi. Hukm — biror narsa (yoki biror kimsa) haqida biror nimani tasdiqlash yoki inkor qilish demakdir. Masalan, «Bu stol — yog‘och stol», «Tuyaqushlarucha olmaydi», «Hamma faniar foydali». Hukmda biror nima haqida yoki biror kimsa haqida tasdiqlangan yoki inkor qilingan narsa hukm mavzui boMadi. Hukmlarda buyumda biror belgilaming borligi yoki yo‘qligi — uning boshqa buyumlar bilan bogManishi va munosabatlari tasdiqlanadi yoki inkor qilinadi. Shu sababli hukmlar sifatiga qarab bir-biridan farq qilinib, tasdiqlovchi hukm va inkor qiluvchi hukm deb aytiladi. Shu hukmlarda tasdiqlangan yoki inkor qilingan narsalar esa hukmlaming mazmunini tashkil qiladi.
Hukm mavzui va uning mazmuni idrok qilinishi, tasawur etilishi va fikrga keltirilishi mumkin, ya’ni tushunchalar tarzida ifodalanishi mumkin. Binobarin, idroklar, tasawur tushunchalar ikki elementining (mah- sullarining) mazmunini hukmning psixologik (subyektiv) jihatini tashkil etadi. Lekin elementlaming bu qo‘shilishini ularning assotsiatsiyalar asosida ketma-ket bir-biri bilan almashinish tariqasidagina tushunish yaramaydi. Bunda shunday bogManish ham boMishi mumkin. Lekin tasdiqlash yoki inkor qilishning o‘zidagi mazkur elementlaming bogManishi hukm (fikr)
spetsifikasini tashkil etadi. Hukmning tuzilishini quyidagi sxema tarzida tasvirlash mumkin.
Bu yerdagi ikki to'garak — S bilan P hukm elementlaridir. С chizigM tasdiqlashni yoki inkor qilishni ifodalaydi. Nuqta A chizigM boMishi mumkin boMgan assotsiatsiyali bogManishni ifodalaydi.
Yuqorida keltirilgan misollardan ko‘rinib turibdiki, hukmlar so‘zlarda — gaplarda ifodalanadi. Gapda boMgani kabi hukmda ham hukmning ikki boMagi — egasi yoki subyekti (S) hamda hukmning kesimi yoki predikati (P) boMadi. Hukmning gapdan farqi faqat shuki, hukmdagi ega va kesim so'zlardan emas, balki idroklardan, buyum va uning to‘g‘risida so‘z bilan ifodalanadigan tasawur va tushunchalardan iborat boMadi. Shu sababli, hukmning so‘z bilan ifodalanishi uchun ham
tilning grammatik tuzumi, ayniqsa, katta ahami d>£®
yatga ega. Fikr hukm to‘g‘ri grammatik shaklda ifodalanganligi uchun ham uni (fikrni) izoh qil
gan kishi uchun va boshqa kishilar uchun aniq
va ravshan boMib qoladi. 4 ____✓
Bizning hukmlarimiz yo bir buyumga, yoki buyumlarning butun bir turkumiga, yoxud bu- * yumlar turkumining biror qismiga taalluqli 31-rasm. Hukm sxemasi. bo'lishi mumkin. Bir buyumga yoki bir hodisaga taalluqli hukmlar yakka hukm deb ataladi.
Masalan: «Toshkent — O'zbekistonning poytaxti», «Bugun havo ochiq». Buyumlaming bir butun turkumiga taalluqli hukmlar umumiy hukmlar deb ataladi. Masalan, «Motorlarning hammasi elektr tokini o'tkazadi». Buyumlarning biror turkumi qismigagina taalluqli bo'lgan hukmlar juz’iy hukmlar deb ataladi. Masalan, «Ba’zi jismlar elektr tokini o'tkazmaydi».
Hukmlar voqelikka munosabati jihatidan ham bir-biridan farq qiladi, hukmlar voqelikka muvofiq kelishi yoki muvofiq kelmasligi mumkin. Shu jihatdan qaraganda, ularchinakam hukm, noto'g'ri (xato) hukm va taxmi- niy bo'lishi mumkin.
Voqelikka muvofiq bo'lgan, shu voqelikni to'g'ri aks ettiradigan hukmlar chinakam hukmlar deb ataladi. Masalan, «Andijon O'zbekistonning eng yirik sanoat shahridir» degan hukmlar chinakam hukmlardir.
Biror buyum to'g'risidagi chinakam hukmlar shu buyum to'g'risidagi bilimdir. Bilim hukmlarda shakllanadi, lekin har qanday hukm ham bilim bo'lavermaydi.
Voqelikka muvofiq kelmaydigan, uni noto'g'ri aks ettirayotgan hukmlar yolg'on yoki xato hukmlar deb ataladi. Masalan, «Ikki karra uch sakkiz» degan hukmlar mana shunday noto'g'ri hukmlardir. Bu xato, noto'g'ri hukmlar bilmaslikni ifodalaydi.
Chin yoki yolg'on hukm bo'lib chiqishi mumkin bo'lgan, ya’ni buyumga muvofiq kelishi mumkin bo'lgan, muvofiq kelmasligi ham mumkin bo'lgan hukmlar taxminiy hukmlar deb ataladi. Masalan, «Ertaga
yomg'ir yog'ishi mumkin», «Ehtimol, Marsda hayot bordir» kabi.
Tevarak-atrof olamni bilish jarayonida tafakkur narsalar va voqelik hodisalari to'g'risida hamisha chin hukmlar chiqarishga yo'nalgan bo'ladi.
Fikr yuritish jarayonlarining natijalari hukmlarda gavdalantiriladi. Lekin ayni vaqtda hukmlar ham tafakkurning shaklidir. Bizda tafakkur faoliyati odatda, muhokama shaklida o'tadi. Muhokama esa bir-biri bilan bog'langan hukmlar «zanjiri» dir, ammo bu «zanjir» da ayrim hukmlar shunchaki biri ketidan biri kelavermaydi, balki ayni vaqtda tafakkurning biror muayyan
narsasiga (yoki masalasiga) taalluqli bo'lib, bir-biri bilan bog'lana boradi. Shu tufayli muhokamalarning sistemali, muayyan. va mantiqiy bo'lishiga erishiladi.
Tafakkur jarayonlari qo'yilgan maqsadga muvofiq hukmlar shunday bir tartibda ketma-ket kelishi (bir-biriga taalluqli bo'lishi) mumkinki, hukm- larning bunday tartibda kelishining o'zida yangi hukmlar paydo bo'ladi va shakllanadi, shuningdek, mavjud hukmlarning chinligi yoki yanglish- ligi ravshan bo'lib qoladi.
Bunda shuni nazarda tufish kerakki, hukmlar har qancha mantiqiy boisa ham ularning vujudga kelishida va muhokamalarida assotsiativ jarayonlar ham hamisha katta o‘rin tutadi.
Taqqoslash, analiz va sintez qilish, abstraktlashtirish va umumiylashtirish jarayonlarida awalo bizning sezgi organlarimiz bevosita sezib olishi mumkin bo'lgan hodisalar va narsalarning xususiyatlari, ularning bog'lanishlari hamda munosabatlar aks ettiriladi. Shu yo'l bilan bizda bevosita idrok va tasawurlarga asoslangan hukmlar hosil bo'ladi. Masalan, «Kecha bugungiga qaraganda issiqroq bo'ldi» (taqqoslash), «Daraxt ildizlar, tana, butoqlar, shoxlar va barglardan iborat boiadi» (analiz) de
gan hukmlar mana shunday hukmlardir.
Lekin, ilgari aytib o'tilganidek, voqelikni bilish jarayonida awal bizning idrok va tasawurlarimizda bevosita aks etmagan narsa yoki hodisa-
larni, bu narsa yoki hodisalaming xususiyatlarini, ularning bog'lanish va munosabatlarini ochib berishga to'g'ri keladi. Bunday narsa yoki hodisa
lar bavosita, asosan, xulosa chiqarish yo'li bilan aks ettiriladi (bilinadi).
Xulosa chiqarish — tafakkurning tarixan tarkib topgan mantiqiy shak- lidir, tafakkurning shu mantiqiy shakli vositasi bilan bir yoki bir necha ma’lum hukmlar (asoslar) dan yangi hukm — xulosa chiqariladi. Masalan, «Osmondagi hamma jismlar singari Quyosh ham, Yerdagi kabi elementlardan tarkib topgandir», «Quyoshda geliy elementi bor» degan ikki
ta hukm bor. Mana shu ikki hukmdan: «Demak, Yerda ham geliy bor» degan yangi hukm chiqariladi.
Yerda geliy borligi dastlab xuddi ana shunday xulosa chiqarish yo'li bilan kashf qilingan edi. So'ngra bu xulosa amaliyotda ham tasdiqlandi.
Xulosa chiqarishning uch turi bor. Bular — induktiv xulosa chiqarish, deduktiv xulosa chiqarish va analogiyaga asosan xulosa chiqarishdir.
Induktiv xulosa chiqarish (yoki induksiya) xulosa chiqarishning shun- day bir turidirki, bunda bir necha yakka yoki ayrim hukmlardan bitta umumiy hukm chiqariladi. Masalan, shunday hukmlar bor: «Yogkoch qizdirishdan kengayadi», «Temir qizdirishdan kengayadi», «Suv isitish- dan kengayadi», «Havo qizdirishdan kengayadi» va hokazo. Biz mana shu hukmlar (asoslar) dan yangi umumiy hukm (xulosa) chiqarib, demak, «jismlar qizdirishdan kengayadi» deb aytamiz.
O'qitish jarayonida ko'pincha, o‘quvchiIarning o'zlari bir qancha ayrim hodisalarga, ayrim hukmlarga asoslanib, matematika yoki grammntika- dan umumiy qoidalar chiqarib oladilar. Masalan, o'quvchilar kitob degan so'zning oxirida b yoziladimi yoki p yoziladimi, deb shubhalanib qoladilar. Bunday holda o'qituvchi o'quvchilarga aniq eshitilmayotgan undosh tovushning aniq eshitilmog'i uchun bu so'zni unli tovush bilan boshqa- radigan qo'shimcha qo'shib turlashni taklif qiladi. O'quvchilar bu so'zni unli bilan boshlanadigan qo'shimcha qo'shib bir necha marta turlab (ki- tobim, kitobing, kitobi) mashq qilganlaridan keyin, p emas, balki b yozish kerakligini bilib oladilar. O'quvchilar, yana ozod, tuz, Ahmedov, Yo ‘Idoshev kabi so'zlarni yozishdan ham d, z, v undosh tovushlarini aniqlash uchun shu so'zlarni xuddi haligidek turlaydilar (ozoda, tuzi, Ahmedova,
Yo'ldosheva). So'ngra shunday so'zlardan bir nechtasini turlab mashq qilingandan keyin, o'quvchilar o'qituvchining yordami bilan: «Yozish vaqtida so'zlardagi aniq eshitilmaydigan undosh tovushlami aniq eshitilmog'i uchun shu so'zlarni unli tovushlar bilan boshlanadigan qo'shimcha qo'shib turlash kerak ekan» degan xulosaga (umumiy hukmga) keladilar. Mana shuning o'zi induksiyaning yoki induktiv fikr qilishning misolidir.
Umumiy hukmda yakka hukmga o'tish yo'li bilan xulosa chiqarishni deduktiv xulosa chiqarish (yoki deduksiya) deb ataymiz. Masalan:
«Jismlarning hammasi qizdirishdan kengayadi». Asos. «Havo jismdir». Asos.
«Demak, havo ham qizdirishdan kengayadi» — xulosa. O'qitish jarayonida umumiy qoidalami juz’iy, yakkalarga tatbiq qilish vaqtida o'quvchilar deduksiya yo'li bilan fikrlaydilar.
Masalan, o'quvchilarga oxiridagi undosh tovush aniq eshitilmaydigan so'z uchrab qoladi (kitob, ozod va hokazo). Ular umumiy qoidani bilgan- liklari sababli o'sha qoidani mana shu juz’iy holda tatbiq qiladilar va aniq eshitilmayotgan undosh tovushning aniq eshitilmog'i uchun so'zni turlab, uni to'g'ri yozadilar.
Analogiya yo'li bilan, ya’ni o'xshashligiga qarab xulosa chiqarish — juz’iy yoki yakka hukmlarga asoslanib juz’iy yoki yakka hukm keltirib chiqarishdir. Bog'cha yoshidagi bolaning quyidagi muhokamasini misol qilib keltirish mumkin. Bola bunday muhokama yuritadi: «Ana, xolam kelayotir. U menga konfet beradi». Agar bolaning shu muhokamasini analiz qilib ko'rsak, uning fikr yuritishi quyidagi tarzda borganligini
ko'ramiz.
«O'tgan safar xolam kelgan edi». Asos.
«O'shanda xolam menga konfet olib kelgan edi». Asos.
«Yana xolam kelayotir». Asos.
«Demak, xolam menga yana konfet beradi» — xulosa. Yana bir misol:
«O'tgan yil iyun oyining boshida sel yoqqan edi». Asos.
«Iyun kelayotir». Asos.
«Demak, tez orada qattiq, sel yog'sa kerak» — xulosa.
Xulosa chiqarishga doir keltirilgan bu misollar kengaytirilgan mantiqiy shaklda beriladi. Fikr qilish jarayonida xulosa chiqarishning ayrim qismlari, odatda, tushirib qoldiriladi. Ko'pincha, ayrim asoslar hammaga ma’lum hukm bo'lganligi, shu sababli, takrorlab o'tirishning hojati yo‘qligi
tufayli tushirib qoldiriladi.
Masalan: «Fanlarning hammasi foydalidir. Psixologiya — fandir. Demak, psixologiya foydalidir», degan mazmundagi kengaytirilgan shaklda
xulosa chiqarish o'miga biz, odatda, shu xulosa chiqarish yo'lini qisqartirilgan shaklda ifodalab, bunday deymiz: «Hamma faniar foydalidir, demak, psixologiya ham foydalidir», yoki «Psixologiya — fandir, demak, u foydalidir», yoki «Psixologiya foydalidir, chunki hamma faniar
foydalidir».
Biz o'zimizning yoki boshqalarning fikrlarini tekshirib ko'rish, asos- lab berish, isbotlab berish lozim bo'lgandagina xulosa chiqarishning to'liq, kengaytirilgan mantiqiy shaklidan foydalanamiz.
Hukm yuritishning murakkab jarayonlari hamisha tutash xulosalar chiqarishdan iborat bo'lib, bu jarayonlarda xulosalaming hamma turlari bir-biri bilan chatishib ketadi.
Tafakkur jarayoni hamisha obyektiv dunyoda mavjud narsa-hodisalar to'g'risida chin xulosa chiqarishga, shuningdek, xato xulosa va hukm- lardan qutulishga qaratilgan bo'ladi.
Mana shunday chin haqiqatni qidirayotgan kishida, odatda, o'zi tayyor holda o'qib olayotgan yoki fikrlash jarayonida paydo bo'layotgan hukm- larning chinligiga, haqligiga ishonch yoki shubha hissi tug'iladi. Ishonch yoki shubhalanish darajasi turlicha bo'ladi. Biz biror hukmning chinligiga, muhokamalarimizning to'g'riligiga to'la amin bo'lishimiz, ishonishimiz yoki aksincha, shubhalanishimiz yoxud butunlay ishonmasligimiz mumkin.
Shunday hukmlar, xulosalar borki, ularni o'qib olishda yoki hosil qilishda kishida shubhalanish hislari, ya’ni ishonchdan ishonchsizlikka o'tish va aksincha, shubhadan ishonchga o'tish hislari paydo bo'ladi.
Voqelikni bevosita idrok qilish, sezishga asoslangan hukmlar bizda katta ishonch hissi tug'diradi. Odatda, biz bunday hukmlarni ko'rinib turgan, o'z-o'zidan ravshan haqiqat deymiz. Lekin idrok qilish vaqtida noto'g'ri idrok qilish hollari ham bo'lganligi sababli, mana shunday id- roklarga asoslangan hukmlar bizda ba’zan ishonchsizlik yoki shubhalanish hislarini tug'diradi. Ba’zan biz «o'z qulog'imizga va o'z ko'zimizga ishonmay qolamiz».
Xotira tasawurlariga asoslangan (o'tmishni esga tushiigandagi) hukmlar ba’zan kishida shubha tug'diradi va ularga kamroq ishonch bilan qaraymiz.
Xulosa chiqarish yo'li bilan hosil qilinadigan hukmlar xotira tasav- vurlariga asoslangan hukmlarga qaraganda ko'p daraja inobatli, ishonchli bo'ladi, lekin, shunday bo'lsa ham, biz xulosa chiqarish yo'li bilan hosil qilingan yoki shu yo'l bilan hosil qilinadigan hukmlardan hamma vaqt ham qanoat hosil qilavermaymiz. Buning sababi, birinchidan, mana shu chiqarilgan xulosaga negiz bo'lgan asoslaming qanchalik to'g'riligiga, ya’ni shu hukmlarda voqelikning to'g'ri aks ettirilganligiga qay darajada ishonch borligiga va ikkinchidan, kishi xulosa chiqarishning mantiqiy
shakllarini qanchalik egallab olganligiga bog'liq bo'ladi. Agar kishi xulosa chiqarish shakllarini to'la egallab olmagan bo'lsa, u to'g'ri va chin asoslar bo'lgan taqdirda ham xato xulosa chiqarishi yoki chin xulosani noto'g'ri xulosa deb qabul qilishi mumkin.
Odamning mavjud ehtiyojlari va manfaatlari hukmning chinligiga va muhokamaning to'g'riligiga hamda qay darajada ishonch bilan qarashiga ta’sir qiladi. Bizning ehtiyojlarimizga va manfaatimizga mos kelgan hukmlar darrov chin hukm deb aytila beradi, bizning manfaatimizga mos kelma- gan hukmlami, xulosalarni esa, ko'pincha, biz noto'g'ri xulosalar deb qabul qilamiz.
Hukm chiqarishda ishonchning qay darajada osonlik bilan vujudga kelishi har bir shaxsning individual xususiyatlariga ham bog'liqdir.
Odamlar hissiyotga berilib yoki o'z manfaatlarini ko'zlab hukm yuri- tishlari mumkin, shu sababli bir tomonlama, g'arazgo'ylik bilan chiqarilgan va binobarin, haqiqatni aks ettirmaydigan xato hukmlar bo'lishi mumkin.
Ishonmaslik, shubhalanish hislari haqiqatni qidiraverishga yo'llaydi, tajribada sinalgan hukmlar eng ko'p ishonch bilan qabul qilinadigan, inobatli hukmlardir. Shu sababli, odamning fikr qilishi va bilish faoliyati jarayonlaridagi tafakkur jarayonlarini, ayrim hukmlarni tajribada sinab ko'rish va tanqiddan o'tkazish zaruriyati, ehtiyoji tug'ilgan.
Haqiqatni isbot qilish, noto'g'risini rad etish ehtiyoji tug'ilgan. Shu sababli, yana kengaytirilgan mantiqiy shakldagi hukm chiqarish, hamma dalil va asoslami birma-bir keltirib xulosa chiqarish zaruriyati ham tug'ilgan. Tafakkurning ikkilamchi jarayonlari, ya’ni nazorat qiluvchi yoki tanqidiy tafakkur shu tariqa vujudga keladi va tashkil topadi. Bu tafakkur kishining yoshi o'tgan sari, tarbiya ta’siri ostida o'sadi. Nazorat qiluvchi tafakkurning o'sganligi odamning aqli yuksak darajada o'sganligini, odamning mustaqil fikr yuritayotganligini ko'rsatadi. Hukmlarni mufassal turkumlarga ajratish, xulosa chiqarishning hamma turlariga doir qoidalar tuzib berish, shuningdek, shubha tug'diradigan hukmlarni asoslash va isbotlash shakllarini hamda qoidalarini tuzib berish bilan logika (mantiq) fani shug‘ullanadi. Shu qoidalar va shakllarga muvofiq keladigan tafakkur mantiqiy tafakkur deb ataladi.
Yuqorida aytib o'tilganidek, bizda fikrlar hukmlar tarzidagina shakl- lanib qolmasdan, shu bilan birga atrofimizdagi olam va hayot to'g'risidagi
tushunchalar tarzida shakllanadi. Tushuncha narsalar to‘g‘risida — ularning xususiyatlari, holatlari, bog'lanishlari va munosabatlari to‘g‘risida bir-biri bilan bogMangan hukmlardan hosil boMadi. Biror narsa to‘g‘risida tushuncha hosil qilish — shu narsa to'g'risida bir qancha hukmlar yuritish demakdir. Tushunchani ochib beradigan hukmlar jami shu tushuncha- ning mazmunini tashkil qiladi. Biror narsa to'g'risida qancha ko'p hukm
yurita olsak, tushunchaning mazmuni ham shunchalik boy boMadi. Narsaning shu hukmlarda ifodalangan belgilari qanchalik muhim bo'lsa, tushunchaning mazmuni ham shunchalik chuqur boMadi.
Tushunchaning ikki turi bor: biri aniq tushuncha, ikkinchisi — abstrakt tushuncha.
Bir butun narsaga taalluqli boMgan tushuncha, masalan, stol to'g'risidagi, odam to'g'risidagi, o'simiik va boshqa shu kabi narsalar to'g'risidagi tushuncha aniq tushunchadir.
Narsa va hodisalaming o'ziga taalluqli bo'lmasdan, balki narsa va hodisalardan, fikran ajratib olingan ayrim xususiyat, sifat va holatlarga, shuningdek, ayrim narsa va hodisalar o'rtasidagi munosabatlarga va bog'lanishlarga taalluqli boMgan tushunchalar abstrakt tushunchalar deb ataladi. Masalan, «og'irlik» to'g'risidagi, «uzunlik» to'g'risidagi, «tenglik» to'g'risidagi, «harakat» to'g'risidagi, «qiymat» to'g'risidagi va boshqa shu kabi tushunchalar mana shunday abstrakt tushunchalardir.
Tushunchani idrok va tasawurdan farq qilmoq kerak. Ilgari aytib o'tilganidek, sezgi va idroklar narsa va hodisalaming bizning sezuv organlarimizga ta’sir qilishi jarayonida hosil boMadi. Sezgi va idroklar sezuv organlari faoliyatining mahsulidir. Tasawurlar yo xotiraning mahsuli, yoki xayolning mahsulidir.
Idrok va tasawurlar faqat yakka narsalarning obrazlaridir. Tushunchalar esa faqat yakka bir narsaga emas, balki ko'p narsalarga, narsalarning butun turkumiga ham taalluqli bo'lgan, umumiylashtirilgan bir mazmunni aks ettiradi. Masalan, «stol» (umuman stol) degan tushuncha hamma
stollarga taalluqli tushunchadir.
Tushuncha — o'zining psixologik tuzilishi jihatidan fikran umumiy- lashtirilgan obrazdir.
Tushunchaga taalluqli obyektlarning miqdori tushunchaning ko'lamini (hajmini) tashkil qiladi. Tushunchalar ko‘lam jihatidan ikkiga bo'linib, yakka tushunchalar va umumiy tushunchalar deb ataladi.
Ayrim, yakka narsalarga taalluqli tushunchalar yakka tushunchalar deb ataladi. Masalan, Amudaryo to'g'risidagi, Navoiy to'g'risidagi, bir stol to'g'risidagi va hokazolar haqidagi tushunchalarimiz mana shunday yakka tushunchalardir. Ammo yakka tushunchalarning mazmuni, garchi bitta narsaga taalluqli bo'lsa ham umumiylashtirilgan tarzda bo'ladi. Masalan, Amudaryo to'g'risidagi tushunchada shu daryoni ko'p martalab kuzatish va u haqida bir qancha xilma-xil hukmlar chiqarish natijasida hosil qilingan va umumiylashtirilgan mazmun ifodalanadi.
Yakka tushunchalarning xususiyati shuki, bu tushunchalarda hamisha yaqqol obraz mavjud bo'ladi, chunki bu tushunchalar bevosita yo idrok- ka, yoki tasawurga asoslanadi.
Butun bir turkum, bir-biriga o'xshash tushunchalar umumiy tushunchalar deb ataladi. Masalan: imorat to'g'risidagi, odam to'g'risidagi, o'simlik to'g'risidagi, organizm va hokazolar to'g'risidagi tushunchalar mana shunday tushunchalardir. Umumiy tushunchalar ham tasawurlar-
ga asoslanadi. Lekin mana shu tushunchalarda paydo bo'ladigan tasawurlar ayrim hollarda va ayrim kishilarda turlicha bo'lishi mumkin. Masalan, bizning fikrimizda «hayvon» degan tushuncha paydo bo'lganida, bizning ongimizda yo ot to'g'risidagi, yoki sigir to'g'risidagi, yoki it to'g'risidagi, yoxud shu hayvonlarning butun bir to'dasi to'g'risidagi tasawur tug'ilishi mumkin. Aniq tushunchalarda tug'iladigan tasawur har qancha xilma-xil bo'lsa ham shu tushunchalar shu tushunchada ifodalanadigan narsalarning bir turiga, bir turkumigagina taalluqli bo'ladi.
Abstrakt tushuncha hamisha umumiy bo'ladi. Abstrakt tushuncha- laming xususiyati shuki, bu tushunchalar idrok yoki tasawurlarga bevosita tayanadi. Bu tushunchalarda yaqqol obraz bo'lmaydi, abstrakt tushunchalarda sezgi elementlari bo'lmaydi.
Garchi abstrakt tushunchalardan miyamizda biror tasawur tug'ilsa ham, bu tasawurlar shu tushunchaning o'ziga bevosita taalluqli bo'lmasdan, balki bavosita va hatto juda olis munosabatda bo'ladi. Masalan, «cheksiz- lik» degan abstrakt tushuncha bir odamda uzun yo'l to'g'risida tasawur
tug'dirsa, ikkinchi bir kishida bir g'altak ip to'g'risida tasawur tug'diradi, uchinchi bir kishida osmon to'la yulduzlar to'g'risida tasawur tug'dirishi, to'rtinchi bir kishida cheksizlik alomati bo'lgan matematik belgi to'g'risida tasawur tug‘dirishi mumkin va hokazo. Abstrakt tushunchalar aniqlash- tirilgandagina tasawurlar muayyan xarakter kasb etadi. Masalan, «baland- lik» to‘g‘risidagi, «oqlik» to'g'risidagi tushunchalarda yaqqol obraz yo‘q, lekin «imoratning balandligi» to'g'risidagi, «qoming oqligi» to'g'risidagi tushunchalarda yaqqol obraz, tasawur bor.
Tushunchalar o'zining mazmuni jihatidan ham idrok va tasawur obraz- laridan farq qiladi. Sezgi oiganlari yordami bilan bevosita aks ettirilgan belgilar narsalar to'g'risidagi idrok va tasawurlarning mazmunini tashkil qiladi.
Tushunchaning mazmunini hukmlar sintezining majmuini tashkil qiladi, bu hukmlarda o'sha idrok qilinayotgan belgilar, shuningdek, sezish organlarimiz his qilolmaydigan belgilar ko'rsatiladi. Bunda narsaning belgilari uning boshqa narsalar va tushunchalar bilan muhim bogMan ishlarini
va munosabatlarini ifodalaydi. To'g'ri fikr qilingan taqdirda, voqelik tushunchalarda, sezgi va tasawurlardagiga qaraganda chuqurroq, to'liqroq va aniqroq aks etadi. Masalan, biz Quyoshni nur sochib turgan katta doira shaklida idrok qilamiz, lekin bizning quyosh to'g'risidagi tushun- chamiz bir qancha hukmlarni ham o'z ichiga oladi. Bu hukmlarda, id- rokka nisbatan, ko'proq bilim mavjuddir. Masalan: Quyosh Yerdan qa- riyb bir yarim million marta katta, lovillab turgan shardir. Quyosh bilan Yerning orasi 150 million kilometr. Quyosh Yer, shuningdek, osmondagi hamma jismlar tarkib topgan elementlardan tarkib topgan va hokazo.
Tasawurlar bilan tushunchalar o'rtasidagi tafovutlar to'g'risida aytil- gan bu gaplardan tasawurlar bizning ongimizda o'zicha paydo bo'la be- rar ekan, tushunchalar esa o'z yo'li bilan hosil bo'lar ekan, degan ma’no
chiqarish yaramaydi. Tasawurlar bilan tushunchalar bir-biri bilan chambarchas bog'langandir.
Hamma tushunchalar tajriba asosida hosil bo'ladi; shu sababli hamma tushunchalar — aniq tushunchalar ham, abstrakt tushunchalar ham — idrok va tasawurlar asosida tashkil topadi.
Ikkinchi signal sistemasining muvaqqat bog'lanishlari tushunchalar hosil boMishining nerv-fiziologik mexanizmlaridir; lekin, ilgari necha martalab aytib o'tganimizdek, ikkinchi signal sistemasining faoliyati hamisha birinchi signal sistemasi asosida va bir-biriga o'tkazayotgan ta’siri natijasida sodir boMadi. Tushunchalar birinchi signal sistemasining sig- nallarini abstraktlash, umumiylashtirish, yuksak darajada analiz va sintez
qilish natijasida vujudga keladi.
«Tevarak-atrofdagi narsalarga taalluqli boMgan sezgilarimiz va tasav- vurlarimiz esa, — deydi I. P. Pavlov, — biz uchun voqelikning birinchi signallaridir, aniq signallardin> (Полное собрание сочинений, III tom, 2-kitob, 232-bet).
Tushuncha bilan so‘z bir-biriga chambarchas bog‘langandir: so‘zsiz tushuncha bo'lishi mumkin emas. So‘z tushunchaning «moddiy» ifodasi va tushunchaning tayanchidir. Tushunchalar yo bir so‘z, yoki bir necha so‘z bilan ifodalanadi. Masalan, «odam» degan tushuncha bir so‘z bilan ifodalangan, lekin «0‘zbekiston fuqarosi» degan tushuncha esa ikki so‘z bilan ifodalangan, «0‘z Vatanini sevgan kishi» degan tushuncha to‘rt so‘z bilan ifodalangan.
Ko'pincha tushunchalar alohida shartli belgilar — savollar vositasi bilan ifodalanadi. Masalan, matematikada + (plus), — (minus), = (teng- lik) va boshqa shu kabi belgilar ishlatiladi. Ko‘p tushunchalar ayrim harf- lar — a, b, c, x, у va boshqa shu kabi harflar bilan ifodalanadi. Bunday
belgilar, odatda, so‘z bilan ifodalanadigan iboralarning o'rnida ishlatiladi va shartli ahamiyatgagina ega bo'ladi — so'zlashgan vaqtda bu harflar
o'miga og'zaki tildagi so'zlar va gaplar ishlatish mumkin.
So'zlar va belgilar faqat tushunchalarning ifodasigina bo'lib qolmasdan, balki, shu bilan birga, tushunchalar hosil qilish uchun ham vosita bo'ladi. Tushunchalar sezgi, idrok, tasawurlar asosida, so'z, nutq yordami bilan tafakkur jarayonida hosil bo'ladi.
Tushunchalar hosil qilishda fikrlashning asosiy jarayonlari bo'lgan umumiylashtirish va abstraktlash faqat so'zlar yordami bilangina ro'yobga chiqishi mumkin. So'zlar, terminlar tafakkur jarayonlaridagi tushunchalarning mazmunini ifodalaydi, ongda tushunchalarning «vakili» bo'lib xizmat qiladi, so'z birinchi signal sistemasining hamma signallarining sig- nallaridir; shu signallaming hammasini ifodalaydi, shu signallaming ham- masini umumiylashtiradi (Pavlov).
Har bir so'z muayyan mazmunni va muayyan hajmdagi tushunchani ifodalaydi, shu sababli, so'zlar aloqa qilishga va tushunchalarni anglab olishga xizmat qiladi. Har bir tushuncha so'zlar vositasi bilan boshqa shaxslarga bildirilishi mumkin. Tushunchalarni hamma anglab olishi mumkin. Biz o'zimizdagi tushunchalarning ko'pchiligini boshqa odam- lardan tayyor holda olganmiz. Odamlarning hamma keyingi avlodlari o'zlarida bo'lgan tushunchalarning katta qismini o'zlaridan oldingi bo'g'inlardan tayyor holda oladilar. Keyingi bo'g'indagi odamlar awalgi bo'g'indagi odamlar yaratgan tushunchalarni o'qib olib, ularni chuqur- lashtiradilar, aniqlaydilar, boyitadilar. Shu bilan birgalikda, keyingi av- lodlar shu tariqa o'qib olingan tushunchalarga va o'z tajribalariga asoslanib, voqelikning oldingi bo‘g‘indagi kishilar tushuncha yaratib berma-
gan narsa va hodisalar to‘g‘risida yangi tushunchalar yaratadilar.
O'qitishning mohiyati ham tayyor tushunchalarni (bilimlami) mana shu tariqa berish va o‘qib olishdan iboratdir.
Tushunchalarning mana shunday boshqalarga berilishi va uqib olini- shi bu tushunchalarning takomillashuviga ham sababchi boMadi. Voqe- likdagi narsa va hodisalar to'g'risidagi tushunchalar tarixan — insoniyat olamining taraqqiyoti davomida va har bir kishining bolalikdan boshlab to umrining oxirigacha ongida takomillashib boradi. Tushunchalarning takomillashib borishi ularni chuqurlashtirishdan va ularning mazmunini aniqlashdan, shuningdek, ularning hajmini kengaytirish va aniqlashdan iborat boMadi. Masalan, bundan besh yuz yil muqaddam odamlarning Yer to'g'risidagi, Quyosh to'g'risidagi va Yer bilan Quyoshning bir-biriga nisbati to'g'risidagi tushunchalari unchalik to'liq va aniq tushunchalar bo'lmagan edi. O'sha vaqtdagi odamlarning nazarida, Quyosh nur sochib turgan birgardish bo'lib, osmon gumbazi bo'ylab, Yer tevaragida aylanar edi. Hozirgi vaqtda bizning Quyosh to'g'risidagi, Yer to'g'risidagi va ularning bir-biriga nisbati to'g'risidagi tushunchalarimiz butunlay o'zgarib ketdi. Bu tushunchalar yangi mazmun bilan boyidi, aniqroq va to'g'riroq bo'lib qoldi. Endi biz Quyoshning nur sochib turgan gardish emas, balki juda katta lovillab turgan gazsimon shar ekanligini, Quyosh Yer tevaragida aylanmasdan, balki Yer o'z o'qi tevaragida va Quyosh tevaragida aylanayotganligini bilamiz va hokazo.
Quyoshning fizik, kimyoviy va atom tarkibi to'g'risida endi odamlar ko'pgina narsalarni bilib olishdi, Quyosh nurlarining Yerga, atmosferada va kosmosdagi ta’siri haqida ham odamlar ko‘p narsalarni bilib olishdi.
Har bir kishining yoshiga qarab, tarbiya va ta’lim ta’siri bilan hamda kishining faoliyati jarayonida uning ongidagi tushunchalar rivojlanib boradi. Chunonchi, biz bolalik chog'imizdayoq turli o'simliklar to'g'risida
va umuman o'simliklar to'g'risida ba’zi bir tushunchalarga ega bo'lamiz.
Maktabda botanika va boshqa tabiyot fanlarini o'qish tufayli, o'simliklar to'g'risidagi tushunchalarimiz boyiydi va aniqlanadi.
Hukm, xulosa chiqarish va tushunchalar fikrlash faoliyatida bir-biri bilan chambarchas bogMangan boMadi. Tushunchalar hukmlarda ochib beriladi. Muhokama yuritish jarayonida o'zimizda boMgan hukmlar aso
sida xulosa chiqarish yo'li bilan yangi hukmlarda narsalarning yangi (ya’ni, shu vaqtgacha noma’lum boMgan) belgilari ochib beriladi va shu bilan birlikda, bu narsalar to'g'risidagi tushunchalar tag'in ham ko'proq boyiydi, chuqurlashadi va aniqlanadi.
Odamlarning ehtiyojlari, hayotiy qiziqishlari va faoliyatlari juda xil- ma-xildir. Shu sababli, odamning tafakkuri ham turli hollarda har xil turda namoyon bo'ladi. Bilish uchun kerak bo'lgan vazifalarni va har xil amaliy vazifalarni hal etishga to'g'ri kelib qolinganida, shuningdek, boshqa odamlarning fikrlarini nutq orqali va amaliy muomalada bilib olishga,
tushunib olishga to'g'ri kelinganida odam o'z fikrini ishlatadi. Mana shundan ijodiy tafakkur va tushunish deb ataladigan tafakkur kelib chiqadi. Tafakkurning faolligi qay turda bo'lishiga qarab, u ixtiyoriy va ixtiyorsiz tafakkuiga bo'linadi, tafakkurning umumiylashganlik darajasiga qarab, u aniq va abstrakt tafakkurga, yo'nalishiga qarab, u nazariy va amaliy tafakkuiga bo'linadi.
Paydo bo'lgan savollaming javobini odam o'zi qidirib topsa, qo'yilgan vazifalarni odam o'zi hal qilsa, odamning ongida yangi hukmlar va tushunchalar paydo bo'lsa, bunday hollarda ijodiy tafakkur paydo bo'ladi.
Savollaming paydo bo'lishi yoki qo'yilganligi fikr qilish, tafakkur jara- yonlaridagi boshlang'ich momentdir (yoki fazadir).
Idroklarda, tasawurlarda, fikrlarda va nutqda biror yetishmagan, mukammal ifodalanmagan narsa sezilib qolganida, o'zining yangiligi, kutil- maganligi bilan e’tibomi jalb qiladigan narsa va hodisalar idrok qilingani- da hamda shunga o'xshash fikrlar paydo bo'lganida bizning ongimizda savollar tug'iladi. Idrok, tasawur va fikrlar bir-biri bilan «to'qnash» kelib qolganida, bir-biriga zid tushib qolganida savollar paydo bo'ladi. Bunday hollarda taajjublanish, hayratda qolish hissi tug'iladi va shu hislar bilan birlikda savollar ham ifodalanadi.
Inson faoliyatining hamma turlarida uning ehtiyojlari sababli savollar paydo bo'laveradi, faoliyat jarayonining o'zida bizda yangi savollar tug'iladi,
yangi vazifalar qo'yiladi.
Nutq orqali muomala qilganimizda, kitoblarni o'qiyotgan vaqtimiz- da, narsalarni ko'zdan kechirayotganimizda, texnikaga va mexanikaga doir xilma-xil mashinalar bilan tanishayotganimizda va shu kabi hollarda bizda turli savollar tug'iladi.
Tafakkur jarayonining o'zi ham, bilish jarayonining o'zi ham muttasil har xil savollar tug'ilishiga sabab bo'ladi. Odam qanchalik ko'p bilaversa, uning oldida noma’lum narsalar shu qadar ko'p paydo bo'laveradi, unda shu qadar ko'p savollar tug'ilaveradi va uning o'zi shu qadar ko'p savol beraveradi. Bilishga qiziqish savollar qo'yishda katta rol o'ynaydi.
206
Kundalik hayotda shunday ham bo'ladiki, savol berilishi bilan darrov uning javobi ham topiladi. Masalan, «Bugun nima kun?» «Bugun shanba», «Ikki marta uch qancha bo'ladi?» «Ikki marta uch — olti». Shunday qilib, bunday tafakkur jarayonida savolga javobni idrok qilinayotgan yaqin vazi- yatning o'zi beradi yoki hammaga ma’lum ochiq-oydin haqiqatlar javob bo'lib xizmat qiladi. Kundalik hayotimizdagi nutqni bevosita tushunish- ning o'zi ham oddiy tafakkurga taalluqlidir.
Bu — tafakkurning oddiy, elementar jarayonlaridir. Bu ayrim hukmlar bizning idrokimizda ifodalanadi hamda tasawurlar va tushunchalar ta- riqasida xotiramizda mustahkam o'rin oladi.
Ijodiy tafakkur to'g'risida gapirganimizda biz murakkab aqliy jara- yonni nazarda tutamiz. Bu jarayon bir qancha bosqichlar (yoki fazalar) va momentlardan iborat bo'ladi.
Ijodiy tafakkur murakkab jarayon bo'lib, bu murakkab jarayonda qo'yilgan savol ketidan (shu savolning murakkabligiga qarab) dastlab vazifa ifodalanadi, so'ngra esa vazifani, masalani yechish jarayoni, ya’ni qo'yilgan savollarga javob qidirish jarayoni boshlanadi.
Vazifa, masala — yechilishi, hal qilinishi talab etilgan savoldir. Ifodalangan vazifa maqsadni ham o'z ichiga oladi. Bu maqsad noma’lumni topishga va shu tariqa hayronlik, taajjublanish va gumon hislaridan qutu- lishga intilishdan iboratdir. Tafakkurning murakkab jarayonlaridagi masalani ifodalashning o'zi, ko'pincha, murakkab faoliyat bo'ladi. Bunda nimalar ma’lum va noma’lumligini hisobga olishga, masala qanday vaziyatda yechilayotganligini hisobga olishga, yechilayotgan masalaning ahamiyatini tushunib olishga to'g'ri keladi.
Tafakkur jarayonining shundan keyingi bosqichi — javobni izlash- dan, masalani hal etishga olib keladigan yo'llarni, vositalarni, qoi- dalarni, usullarni qidirish va tatbiq qilishdan iborat bo'ladi. Qo'yilgan savollarga beriladigan javoblarni ba’zan idrok qilinayotgan tevarak- atrofdagi vaziyatdan qidirishga to'g'ri keladi. Bunday hollarda tafakkur jarayonlaridagi odamning kuzatuvchilik qobiliyati katta ahamiyatga ega bo'ladi.
Ba’zan lozim bo'lgan javob «xotira zapaslari» orasidan — tajriba va bilimlarimizdan topiladi. Imtihon berayotgan o'quvchining fikri, ko'pincha, shu tariqa ishlaydi. Ko'pincha tafakkur jarayonlarida kerakli javoblar xayol yordami bilan topiladi. Masalan, har xil taxminlar, ilmiy gipotezalar shu tariqa vujudga keladi, ko'pgina kashfiyotlar, texnika sohasida har xil ixtirolar qilinadi.
Ko'pincha, tafakkur jarayonlaridagi kerakli javoblarni muhokama qilish va o'ylab ko'rish, faraz qilish tafakkurning mantiqiy usullarini qo'llanish yo'li bilan topiladi. Masalan, matematika masalalari ana shu yo'l bilan yechiladi. Masala va vazifalarni yechish, qo'yilgan savolga javob qidirish jarayonida biz ba’zan yanglishamiz, shu masalani yechishga olib boradi- gan to'g'ri yo'ldan adashamiz. Olingan javobning o'zi yoki masalani hal etish usulining o'zi bizda shubha tug'diradigan paytlar ham bo'ladi. Bunday hollar tafakkur jarayonida yana bir payt — shu jarayonning natijalarini tanqidiy tekshirib chiqish payti keladi. Ba’zan bu tanqidiy tekshirish masalani, vazifani hal etish jarayoni bilan ayni bir vaqtda, bab- baravar bo'laveradi. Fikr qilish jarayonining mana shu nazorat qiluvchi paytida mantiqiy jarayonlar xulosa chiqarish, isbotlash, rad etish jarayonlari, ayniqsa, katta o'rin tutadi. Harakatning oxiigi va asosiy mezoni odamning tajribasidir.
Masalani, vazifani hal etish yo'llarini va qo'yilgan savollarga beriladigan javoblarni ko'pincha boshqa odamlardan qidirishga to'g'ri keladi. Faoliyatning boshqa turlarida bo'lgani kabi, tafakkur sohasida ham, odam o'zining ijtimoiy mavjudot ekanligini ko'rsatadi. Turli masalalarni, vazifalarni hal etish vaqtidagi tafakkur jarayonlari, ko'pincha, boshqa odamlar bilan nutq orqali aloqa qilish yo'li bilan voqe bo'ladi. Bu aloqa esa suhbatlashish, muhokama qilish, bahslashish va boshqa shu kabilardan iborat bo'ladi.
Tarixga kirgan va ulug' kishilarning nomlari bilan bog'liq bo'lgan ilmiy kashfiyotlar, falsafiy va ilmiy tushunchalar, turli nazariyalarning ko'pchiligi ayni vaqtda ko'p jihatdan jamoa tafakkurining, ba’zan bir necha bo'g'indagi odamlar tafakkurining mahsulidir.
Tafakkur jarayonidagi tushunish boshqa bir kishining og'zaki va yozma nutqini idrok qilish va uqib olish jarayonida sodir bo'ladi. Nutqni tinglayotganimizda yoki biror yozma matnni o'qiyotganimizda, odatda, biz o'zimiz eshitayotgan yoki o'qiyotgan so'z birikmalarini to'g'ri idrok qilishga («payqab olishga») intilamiz.
Texnika buyumlari, mashinalar, ishlab chiqarish korxonalari bilan, avtomat va elektron apparatlar bilan, asbob va shu kabilar bilan tanishish
jarayonida ham bizda tushunish sodir bo'ladi.
Bunday holda tushunish muayyan bir texnikaviy obyektda gavdalan- gan fikrlar sistemasini idrok qilishda («payqab olishda»), obyektning, masalan, umuman hisoblash mashinasining va undagi ayrim detallarning ma’nosi va vazifasi nimaligini tushuna olishda namoyon bo'ladi.
Jumladan, o'zimiz idrok qilayotgan yoki tasawur qilayotgan narsalarni o'zimizdagi mavjud tushunchalar qatoriga o'tkazishning o'zi ham tushunishimizning ifodasidir.
Texnikani tushunmoq uchun qandaydir texnikaviy tajribaga ega bo'lish, loaqal oddiy asboblardan foydalana bilish va loaqal oddiy mashinalar bilan tanish bo'lish kerak.
Tushunish ijodiy tafakkurdan farq qiladi, gavdalantiruvchi xayol bo'lgani kabi, tushunishni ham gavdalantiruvchi tafakkur deb ta’riflash mumkin.
Tushunish asosan, tayyor bilimlami va ko'nikmalarni o'zlashtirishda sodir boMadigan tafakkurdir.
Maktabda o'qitish jarayonida tushunish katta rol o'ynaydi. O'quvchilaming bilimlami uqib olishdagi muvaffaqiyatlari ulaming shu bilimlami qay darajada tushunishlariga bog'liq bo'ladi.
Odamning aqliy faoliyatida tushunish va mustaqil ijodiy tafakkur jarayonlari bir-birini istisno qilmaydi. Shuni nazarda tutish kerakki, tafakkurning bu ikkala turi ayni bir xil operatsiyalardir: taqqoslash, analiz, sintez
qilish va shu kabilarda sodir bo'laveradi.
Ba’zan tushunish jarayonida ham savollar qo'yishga va masalalarni hal qilishga to'g'ri keladi. Og'zaki nutqni idrok qilish chog'ida yoki kitobni o'qiyotganimizda, yoxud biror texnika va mexanizmlarni ko'zdan kechirayotganimizda tushunib bo'lmaydigan, tushunish qiyin bo'lgan narsalar uchrab qoladi. Bunday hollarda «buni qanday tushunmoq kerak» degan savol tug'iladi, bu savolning javobini qidirish boshlanadi. Bundan tashqari, biror vazifani mustaqil hal qilmoq uchun, biror masalani mustaqil hal etmoq uchun biror nimani tushunish ham kerak. Masalan, hukm yuritishda chin xulosaga kelmoq uchun shu hukm yuritishga asos bo'lgan shart-sharoitning mazmunini to'g'ri tushunib olmoq kerak. Matematika masalasini yechayotgan o'quvchi awalo shu masalaning mazmunini tushunib olishi, ya’ni matnda ifodalangan fikmi (hukmni va tushunchalarni) uning mantiqiy bog'lanishida to'g'ri uqib olishi, so'ngra esa masalani yechishga kirishuvi, ya’ni tushunilgan materialga asoslanib turib, har xil fikrlash jarayonlarini tatbiq qilish yo'li bilan noma’lum sonni qidirishi va
topishi lozim bo'ladi.
Tushunish (idrok qilishdan iborat fikr yuritish jarayoni) va masalani mustaqil yechish (ijodiy fikr qilish) jarayonlari odam faoliyatida bir-biri bilan chambarchas bog'langan holda sodir bo'ladi va o'tadi.
Boshqa aqliy jarayonlar singari, tafakkur jarayoni ham, ixtiyoriy va ixtiyorsiz sodir bo'lishi mumkin.
Boshqa aqliy faoliyat turlariga (idrok, esda qoldirish, esga tushirish, xayolga) nisbatan tafakkur ko'proq ixtiyoriy jarayondir. Fikrlash faoliya
tida ko'pincha maxsus savollar qo'yiladi, masalalar ifodalab beriladi. Javob- larni qidirish, yangi masalalarni yechish vaqtida ko'pincha biz ma'lum darajada kuch sarflaymiz, irodamizni ishga solamiz, bunda ba’zan katta qiyinchiliklarni, to'sqinliklarni yengishga to'g'ri keladi.
Ixtiyoriy tafakkur muhokama qilish tarzida o‘tadi. Matematikadan har qanday masalani yechish jarayoni ixtiyoriy tafakkurga misol bo‘la oladi. Nazorat qiluvchi tanqidiy tafakkur ham, asosan, ixtiyoriy tafakkur
jarayonidir.
Tafakkur jarayonlari ixtiyorsiz tarzda ham boMadi. Bunda ixtiyorsiz jarayonlar ko'pincha ixtiyoriy tafakkur bilan chambarchas chirmashib ketadi. Ba’zan faoliyatning turli sohalariga: maishiy, amaliy, ilmiy-bilish faoliyatlariga doir savollar beixtiyor tug'ilib qoladi. Qo'yilgan savollar- ning javoblari ham, xuddi shuningdek, ba’zan beixtiyor qidiriladi va topiladi. Bunday hollarda fikrlash jarayonlar sezilmasdan o'taveradi, savol- larning javoblari esa fahmga kelganday bo'ladi. Ba’zan shunday ham bo'ladiki, biz qattiq fikr qilib turgan vaqtimizda butunlay boshqacha fikrlash bizda beixtiyor (biror nimaning ta’siri bilan) paydo bo'ladi, shu fikrlar ongimizga o'rnashib olib, bizning e’tiborimizni asosiy ishdan, shu onning o'zida ongli ravishda qo'yilgan vazifadan chetga tortadi. Ko'pincha biz biron-bir vazifani ixtiyoriy ravishda o'z oldimizga qo'yib, uni hal etayotganimizda, shu onning o'zida bizning oldimizda turmagan boshqa masalalarni ham yo'lakay hal qilib qo'yamiz. Shunday hollar ham bo'ladiki, ixtiyoriy ravishda zo'r berib, fikr qilingan vaqtda hal etilmay qolgan ma-
salalar biroz vaqt o'tgach, biz kutmagan holda, o'z-o'zidan hal qilinib qoladi.
Yirik mutafakkirlar beixtiyor fikr qilib turgan paytlarida ilmiy kashfiyotlar qilganliklari singari hollar ham oz emas. Chunonchi, shu narsa ma’lumki, qadimiy grek mutafakkiri Arximed solishtirma og'irlik qonunini shu masala ustida zo'r berib fikr qilgan vaqtida kashf qilolmasdan, balki o'zi sira kutmagan bir paytda, vannada cho'milib turgan vaqtida beixtiyor kashf qilgan.
Mendeleyevning aytishiga qaraganda, u elementlaming davriy sistemasi jadvalini tuzmoqchi bo'lib, uch kecha-kunduz tinmay ishlagan. Ammo shunda ham bu vazifani hal qila olmagan. Shundan keyin juda charchab o'rniga yotgan-u, shu onda uxlab qolgan. «Men tushimda, — deydi Mendeleyev, — shu elementlar batartib joylashtirib qo'yilgan jadvalni ko'rdim».
Mendeleyev darhol o'rnidan turib, shu jadvalni bir parcha qog'ozga yozib qo'ygan.
Masalaning bunday beixtiyor ravishda, kutilmagan holda hal etilishi ilgari zo'r berib qilingan, lekin bitmay qolgan tafakkur jarayonining tu-
gallanishi bo'lsa kerak.
O'zlari masalani mana shunday beixtiyor hal etgan va shu jarayonni kuzatgan kishilar bu jarayonni mana shu tariqa izohlab berganliklarini ko'ramiz. Masalan, professor Bexterevning aytishiga qaraganda, u tushi- da yoki ertalab uyg'onishi bilanoq, masalani to'satdan yechishga muvaffaq bo'lar ekan. Bunday hollarda o'rganilayotgan masala ustida uxlash- dan oldin ham qattiq o'ylash va diqqat-e’tibomi shu masalaga to'plash katta rol o'ynasa kerak.
Beixtiyor tafakkur jarayonlarida muvaqqat bog'lanishlarning vujudga kelishida oriyentirovka reflekslari katta rol o'ynaydi, oriyentirovka ref- lekslari mana shu bog'lanishlarni faollashtiradi va shu bog'lanishlarning
yo'nalishiga ta’sir qiladi.
Taajjublanish va hayratda qolish hislari, qiziqish hissi, ishonch, ishonchsizlik hissi, shubhalanish hissi va, ayniqsa, yangilikni sezish hissi ixtiyorsiz tafakkur jarayonlarini faollashtirishda katta ahamiyatga egadir.
Bu hislar fikrlash jarayonlarining tug'ilishiga sabab bo'ladi yoki shu hislarning o'zi tafakkur jarayonlari sababli tug'iladi va o'z navbatida shu jarayonlarning borishiga ta’sir qiladi.
Tafakkur — aniq tafakkur va abstrakt tafakkur deb ikkiga bo'linadi. Agar biz fikr yuritilayotgan narsani idrok qilsak yoki tasawur qilsak, bu tafakkur aniq tafakkur deb ataladi.
Bizning o'zimiz shu onda turgan xonamiz to'g'risidagi muhokama- larimiz mana shunday aniq tafakkurning bir misolidir. Biz tasawur qilishimiz mumkin bo'lgan biror daryo to'g'risidagi, biror qurilish to'g'risidagi, biror tarixiy voqealar to'g'risidagi muhokamalar ham aniq tafakkurga misol bo'la oladi.
Bu — narsalarning obrazlariga bevosita tayanuvchi tafakkurdir. Bu — yaqqol tafakkurdir.
Aniq tafakkur ham predmetli-yaqqol tafakkur va yaqqol-obrazli tafakkur deb ikkiga bo'linadi.
Tafakkur obyekti bevosita idrok qilinadigan tafakkur predmetli-yaqqol tafakkur deb ataladi.
O'zimiz turgan xona to'g'risidagi, biz derazadan ko'rib turgan daraxt to'g'risidagi muhokamalarimiz mana shunday predmetli-yaqqol tafakkurga misol bo'la oladi.
Dars vaqtida o'qituvchi biror gulning tuzilishini izohlash bilan birga shu gulni o'quvchilarga ko'rsatayotganida o'qituvchining va o'quvchilaming tafakkuri predmetli-yaqqol tafakkur bo'lishi mumkin. Tafakkurning bu turi, asosan, idrokka tayangan holda voqe bo'ladi.
Predmetli-yaqqol tafakkur faqat nuihokamalardagina emas, shu bilan birga bevosita harakatlarda ham namoyon bo’ladi. Bunday tafakkur pred- metli-harakatii tafakkurdir.
Tafakkurning bu turini, masalan, kubiklami u yoki bu tartibda terayot- gan yoki joylashtirayotgan bolalarda ko'rish mumkin.
Katta yoshdagi kishilar ro‘zg‘orga taalluqli turli buyumlar bilan va xilma-xil mehnat qurollari bilan ish olib boravotganlarida ularning kundalik amaliy faoliyatida ham mana shunday tafakkur ishga solinadi. Tafakkur qilinayotgan narsani idrok qilmasdan, balki faqat tasawur qilgan vaqtimizdagi tafakkur obrazli-yaqqol tafakkur deb ataladi. Bunday tafakkur xotira tasawuriga yoki xayol tasawuriga tayanadi.
Kecha bo'lib o‘tgan voqealar to‘g‘risidagi muhokamalar, Marsda hayot bormikin, deb qilayotgan bizning muhokamalarimiz yaqqol-obrazli tafakkur namunalari deb hisoblanishi mumkin. Dars vaqtida o‘qituvchi biror gul- ning tuzilishini o'quvchilarga tushuntirayotgan bo‘lsa-yu, lekin bu gul o‘quvchilarga o‘z tajribalaridan ma’lum va shu sababli o'quvchilar shu gul ko‘rsatilmasa ham, uni tasawur qilishlari mumkin deb hisoblab, o‘z darsini davom ettirayotganida o‘qituvchi va o‘quvchilardagi tafakkur yaqqol-obrazli tafakkur boMadi.
Har bir kishi murakkab narsalarni (masalan, mashinalami, tabiat hodisalarini) bevosita idrok va tasawur qilgan hamma hollarda ham shu kishi
aniq tafakkur qiladi.
Abstrakt tafakkur umumiy va abstrakt tushunchalarga asoslanadi. Bu — tushunchalardan tarkib topgan tafakkurdir, umumiylashtirilgan tafakkurdir, bu tafakkur, asosan, ikkinchi signal sistemasining, nutq, signal sistemasining faoliyati tufayli vujudga keladi.
Bizning algebra masalalarini yechish vaqtidagi muhokamalarimiz abstrakt tafakkurga misol boMa oladi.
Ma’lumki, algebrada biz umuman miqdorlami va ularning turli nis- batlarini ishlatamiz, masalan: a+b = c. Bunda a va b harflari qandaydir bir miqdomi ifodalaydi, ularni qo‘shgan vaqtda yangi miqdor — с hosil boMadi. Shu miqdorlarni juda xilma-xil aniq narsalarga, masalan, falon miqdor pulga, falon kilogramm nonga va falon kilometr masofaga va boshqa shu kabilarga tatbiq qilishimiz mumkin. Lekin biz bunda (algebra misolida) mana shu narsalarning ayrim aniq miqdori to‘g‘risida fikr yuritmasdan, balki mana shu narsalar o‘rtasida boMgan umumiy miqdor munosabatlari to'g'risida fikr yuritamiz. Bunda biz yakka obrazlar yordami bilan emas, balki umumiylashgan tushunchalar yordami bilan fikr qilamiz.
Abstrakt tafakkur aniq tafakkurdan o'zining g'oyat kengligi bilangina farq qilib qolmasdan, balki, shu bilan birga, voqelikni juda chuqur bilish
ga imkon berishi bilan ham farq qiladi. Bunda biz bir hukmning o'zida hamma narsalarga va hodisalarga aloqador bogManishlar va qonunlar
to'g'risida fikr yuritishimiz mumkin. Ayrim abstrakt muhokamalarda biz idrok ham qilib bo'lmaydigan, tasawur ham qilib bo'lmaydigan narsalar to‘g‘risida fikr yuritishimiz mumkin. Biz tabiat to‘g‘risida, umuman qonun to'g'risida, miqdor to'g'risida, sifat to'g'risida, tenglik to'g'risida, borliq to'g'risida abstrakt fikr yuritishimiz mumkin (va fikr yuritamiz). Biz chek- sizlik to'g'risida ham fikr yuritishimiz mumkin.
Abstrakt tafakkur haqiqatga erishishga va voqelikni yana ham chu- qurroq hamda to'laroq bilishga olib boradigan yo'llardir.
Ammo biz abstrakt tafakkurning xususiyatlari to'g'risida gapirgani- mizda shuni nazarda tutishimiz lozimki, bu tafakkur va aniq tafakkur odamning yaxlit tafakkurini tashkil qiladi, bu ikkala tafakkur bir-biriga chambarchas bog'langandir.
Bu bog'lanish awalo shundaki, abstrakt tafakkur tarixan aniq tafakkur asosida taraqqiy qilgan. Xuddi shuningdek, har bir kishining individual hayotida ham abstrakt tafakkur aniq tafakkur asosida taraqqiy qilgan. Bolaning eng dastlabki tafakkuri aniq tafakkurdir. Bolaning aniq tafakkuri jarayonida tushunchalar hosil bo'la boshlaganida va shu tushunchalar o'zlashtirila boshlaganidagina shu paytdan boshlab, bolada abstrakt tafakkur ham paydo bo'ladi.
Ikkinchidan, abstrakt tafakkur bilan aniq tafakkurning birligi shundaki, har qanday aniq fikr abstrakt fikrga muayyan bir darajada kiradi va har bir abstrakt tafakkur jarayoni aniq tafakkurga tayanadi. Hatto eng oddiy yakka aniq muhokamalarda ham abstraktlik momenti bor. Masalan, «Bu — to'rtburchak stol» va «Bu — to'rtburchak quti» degan aniq muhokamalarda «to ‘rtburchak» degan so'zning o'zi abstrakt tushunchadir.
Shu misollarda biz idrok qilayotgan narsalar — stol va quti — bizda mavjud bo'lgan «to'rtburchak» degan tushunchaga tatbiq qilinadi, xolos. Bunda abstrakt, umumiylashtirilgan tushuncha aniq (idrok qilinayotgan yoki tasawur qilinayotgan) tushunchani o'z ichiga oladi.
Shuningdek, abstrakt tafakkur ham aniq tafakkur bilan chambarchas bog'langan holda sodir bo'ladi.
Har qanday abstrakt fikr juda ko'p aniq fikmi albatta o'z ichiga oladi va shu aniq fikrga tayanadi. Masalan, shunday bir abstrakt qoidani olib ko'raylik: «Yakka-yakka holida uchinchi miqdorga teng bo'lgan ikki miqdor bir-biriga tengdir». Muhokama aniq mazmun olishi mumkin bo'lgan taqdirdagina bu fikr chinakam fikr bo'ladi. Aks holda bu qoida quruq gap, «yodlab olingan qoida» bo'lib qoladi, xolos. Bu qoidani aytgan kishi haqiqatan ham chin bir fikrni ifodalayotganligini isbotlamoq uchun, shu umumiy va abstrakt qoida tarkibiga kiradigan yakka va aniq hollardan bir qancha misollar topib bera olishi lozim.
Biz aniq tafakkumi abstrakt tafakkurdan ayirib gapiramiz ham, lekin aslida biz odamning tafakkurida yo aniq, yoki abstrakt elementlaming ustunlik qilishini nazarda tutamiz.
Tafakkurning yo‘nalishiga qarab nazariy va amaliy tafakkur turlari ajratiladi.
Hodisalami izohlashga qaratilgan tafakkur nazariy tafakkur deb ataladi. Biror narsani izohlab berish noma’lum narsani ma’lum qilish demakdir. Buning uchun esa noma’lum narsani ma’lum narsa bilan bog'lash lozim. Demak, turli va ayrim tushunchalar o'rtasidagi bog'lanishlarni va munosabatlarni ochib berish hamda shu bog'lanishlarni muhokamalarda izohlab berish kerak bo'ladi.
Jumladan, izohlab berish izohlanayotgan hodisaning sababini topish demakdir; bunday izohlash izohlanayotgan narsani shu narsa mansub bo'lgan turkum to'g'risidagi tushuncha doirasiga kiritib, uning farq qiladigan belgilarini ko'rsatib berish demakdir; biror hodisaning maqsadini, uning nima uchun mavjudligini, uning ahamiyatini va vazifasini ko'rsatib berish demakdir.
Izohlovchi tafakkur jarayonlarida bir qancha savollarga, masalan: «Buning o'zi nima?», «Nega?», «Nima sababdan?», «Nima uchun?», «Falon xil hodisalar yoki tushunchalar o'rtasida qanday o'xshashlik yoki farq bor?» degan va shu kabi savollarga javob beriladi. Masalan: «gul — o'simlikdir», «Psixologiya — fandir», «Ko'cha xo'l, chunki yomg'ir yog'di», «6—1 va 3 + 2 miqdorlari bir-biriga teng». Mana shu misollarning ham- masida biz hodisalar o'rtasidagi bog'lanishlar va munosabatlarni qayd qilamiz va ochib beramiz, izohlaymiz. Agar izohlovchi tafakkur umumiy
(abstrakt) hukmlarda ifodalansa, bunday tafakkur nazariy tafakkur deb ataladi. Nazariy tafakkur ayni vaqtda abstrakt tafakkur hamdir. Masalan, «Hamma jismlar qizdirilganida kengayadi», «Ayrim olganda uchinchi miqdorga teng bo'lgan ikki miqdor bir-biriga tengdir», «Har qanday mexanik harakat ishqalash natijasida issiqlikka aylana oladi» degan muhokamalar
ayni vaqtda ham nazariy, ham abstrakt tafakkurdir. Arifmetika yoki gram- matikaning har qanday qoidasi nazariy tafakkurga misol bo'la oladi.
Nazariy tafakkurda voqelikda mavjud bo'lgan umumiy, muhim bog'lanishlar va munosabatlar aks etadi. Shu tufayli biz u yoki bu xil ayrim hodisalaming kelishini (masalan, quyosh va oy tutilish vaqtini) oldindan ko'rish imkoniyatiga ega bo'Iamiz.
Biror sohadagi hodisalaming muhim qonuniyatlarini, bog'lanishlarini va munosabatlarini aks ettiruvchi fikrlar (hukmlar va tushunchalar) sistemasi nazariya deb ataladi.
Nazariy tafakkur — oldindan ko'rish imkoniyatini beradigan umum- lashtirilgan tafakkurdir.
Tevarak-atrofdagi voqelikni o'zgartirish yo'li bilan o'zimizga kerakli real narsalarni va hodisalami olishga yoki yaratishga qaratilgan tafakkur amaliy tafakkur deb ataladi. Amaliy tafakkur jarayonlari bir qancha savollar berishdan, masalan: qo'yilgan maqsadga erishmoq uchun «Nimalar qilish kerak?», «Qanday qilish kerak?», «Qay tarzda?», «Buning uchun nimalar qilish lozim?» degan savollar tuzilishi bilan boshlanadi. Amaliy
tafakkurning shundan so‘nggi jarayoni ish-harakatlarda yoki qo'yilgan savollarga javob beruvchi ish-harakatlarni tasawur qilish va o'ylashda voqe bo'ladi. Masalan, ishlab chiqarishni ratsionallashtirish, mashinani takomillashtirish kerak bo'lganida, biz falon xil parrakni soniyasiga o'n marta aylanadigan qilishimiz lozim. Buning uchun shu parrakni trans- missiya orqali yoki tishli parrak orqali diametri kattaroq bo'lgan boshqa
parraklarga tutashtiramiz va shu tariqa o'sha parrakni o'zimiz xohlaga- nimizdek, soniyasiga o'n marta aylanadigan qilamiz.
Tevarak-atrofdagi voqelikni biz asosan mehnat qurollari yordami bilan, asboblar yordami bilan o'zgartiramiz. Shu sababli amaliy tafakkur, boshqacha qilib aytganda, texnik tafakkur deb ham ataladi.
Voqelikni o'zimiz xohlaganimizdek o'zgartirishimiz natijasida yangi bir hodisa paydo bo'lganligi, voqelik qayta ko'rilganligi, biror real mah- sulot vujudga keltirilganligi, masalan, stol, mashina, uy va shu kabilar
vujudga keltirilganligi sababli, amaliy tafakkur konstruktiv tafakkur ham deb ataladi.
(«Amaliy tafakkun> degan terminni «amal», «amaliyot» degan termin bilan qorishtirib yubormaslik kerak. Amal, amaliyot deganimizda, odatda, odamlarning xilma-xil moddiy boyliklar yaratishiga yordam beradi
gan harakatlar sistemasini — buning uchun kerak bo'ladigan ko'nikma, malaka va usullarni tushunamiz. Odamning amaliy faoliyati tafakkursiz
vujudga kela olmaydi. Ammo subyektiv jarayon bo'lgan amaliy tafakkur esa amaliy harakatlar bo'lmasa ham ro'y beraverishi mumkin.)
Nazariy tafakkur kabi amaliy tafakkur ham muhokamalarda ifodalanadi. Lekin bu muhokamalarning tuzilishida o'ziga xos xususiyatlar bor.
Nazariy muhokamalarda, odatda, obyektlarda biror belgilarning, bog'lanishlarning, qonuniyatlarning borligi qat’iy qilib tasdiqlanadi yoki rad qilinadi.
Bu muhokamalarda subyekt (ega) bilan predikat (kesim) «bor» yoki «yo'q» degan ma’no bilan qat’iy ravishda bog'lanadi.
Amaliy muhokamalarda odamning obyektlarga muayyan maqsadda ta’sir o'tkazish yo'li bilan shu obyektlami o'zgartirish mumkinligi qat’iy qilib aytiladi yoki rad qilinadi.
Bunday muhokamalarda subyekt bilan predikat o'rtasidagi bog'lanish odatda «bu mana shunday qilinadi», «buni bunday qilish mumkin yoki bunday qilib bo'lmaydi» degan jumlalarda ifodalanadi.
Amaliy tafakkur odamning xayol qilishi va o'zi mo'ljallaganidek harakat qilishi, irodasi bilan chambarchas bog'langan.
Tafakkurning mana shu ikki turini — nazariy va amaliy tafakkumi, shuningdek, aniq va abstrakt tafakkurni, faqat tafakkurni o'rganish uchun bir-biridan ajratishimiz mumkin. Tafakkurning mana shu ikki turi ha- qiqatda birlikka ega bo'lgan tafakkurdir. Lekin ulaming paydo bo'lishi
jihatidan qaraganimizda, amaliy tafakkur birlamchidir. Nazariy tafakkur amaliyotda, odamning mehnat faoliyatida rivojlanib keldi va rivojlanadi.
Amaliyot muhokamalarimizning chinligini bildiruvchi asosiy mezondir, kriteriydir.
Tafakkur boshqa psixik jarayonlardan ajralgan holda voqe bo'lmaydi, balki, aksincha, tafakkur idrok bilan, xotira bilan, xayol va nutq bilan diqqat, his, iroda bilan chambarchas bog'langandir. Tafakkur qanchalik murakkab
bo'lsa, unda boshqa psixik jarayonlar shunchalik ko'p joy oladi.
Ayrim psixik jarayonlarning tafakkurdagi ahamiyati, jumladan, qu- yidagilardan iboratdir.
Biz idrok qilayotgan voqelik, biz turgan vaziyat tafakkurning birinchi va doimiy mavzuidir. Idrok qilish chog'ida turli savollar paydo bo'ladi, savollar esa tafakkur faoliyatini yanada davom ettiradi. Bizning birinchi fikrlarimiz, birinchi muhokamalarimiz idrok qilinayotgan narsalar
to'g'risidagi muhokamalardir. Ba’zan odam hatto abstrakt masalalarni hal qilish paytida ham narsalarni bevosita idrok qilishga yoki shu narsalar
to'g'risidagi tasawurlariga murojaat qiladi va bunday qilish ish uchun katta foyda keltiradi.
Biroq, odamning tafakkuri faqat idrok doirasidagina sodir bo'lib qolmaydi. Odam o'zi idrok qilayotgan narsalar to'g'risida ham o'zidagi tajriba-
ga tayanib, mavjud tasawurlarga tayanib, fikr qiladi.
Shu sababli tafakkur jarayonlarida xotiraning faoliyati, jumladan, esga tushirish jarayoni katta o'rin oladi.
Xotira tasawurlari, shuningdek, ilgari o'zlashtirib olingan fikrlar va bilimlar shunday materialdirki, tafakkur jarayonlari shu material yordamida voqe bo'ladi. Biz eslab qolgan va tasawur qilgan voqelik, shuningdek, biz idrok qilayotgan voqelik tafakkurimizning mavzui bo'lib xizmat qiladi.
Turli tasawur, fikrlarni esga tushirish va to'qnashtirish jarayonida yangi savollar paydo bo'ladi va tafakkurning yangi jarayoni tug'iladi.
Qo'yilgan savollarga odatda xotiramizga murojaat qilib javob qidiramiz va shu javoblarni topamiz. O'zlashtirib olingan qoidalar, usullar, sxema- lar turli vazifalarni yechishda katta ahamiyatga ega va ayni vaqtda tafakkur
jarayonlarida esga tushadi.
Ilgari hosil bo'lgan muvaqqat bog'lanishlar - assotsiatsiyalar tafakkur jarayonlarida katta rol o'ynaydilar. Xotirada mustahkamlanib qolgan tajriba va bilimlar odam tafakkurining mazmunli va samarali bo'lishini hiyla darajada belgilaydilar. Tafakkur jarayonlarida xayol (fantaziya) katta o'rinni oladi. Tafakkur uchun kerakli aniq obrazli material xotiradan olinga- nidek, fantaziyadan ham olinadi. Bu xayol obrazlaridir. Masalan, kelajakka
qaratilgan tafakkur jarayonlari xayol yaratib berayotgan obrazlarga tayanadi. Bizning ko'pgina tushunchalarimiz ham xayol yaratib bergan tasav-
vurlarga tayanadi. Xayol faoliyati, masalan, umumlashtirish, taxmin qilish, faraz (gipoteza), abstraksiyalash singari fikrlash operatsiyalarida namoyon bo'ladi. Shu jarayonlarning hammasi xayolning ishtirokisiz ro'yobga chiqmagan bo'lur edi.
Xayol tafakkurning kengligiga va sermahsul bo'lishiga ta’sir qiladi, tafakkurga ijodiy va original tus beradi. Xayol qilish qobiliyati sust rivojlangan kishilarda, tafakkur ularning o'zlarida bo'lgan tajriba va bilimlar doirasida voqe bo'ladi. Bu tafakkur atrofdagi narsalarga «yopishib qol- ganligi», kam mahsulligi, o'zining original bo'lmasligi va biron nimani ixtiro qilmasligi bilan farq qiladi, ko'pincha yuzaki va mayda-chuyda narsalar to'g'risida fikr yuritish bilan cheklanadi. Shu sababli, keng, kuchli
va real fantaziyani rivojlantirish keng, mazmunli, original va ijodiy tafakkurni rivojlantirishning eng muhim shartlaridan biridir.
Diqqat fikrlash faoliyatining zarur shartidir.
Tafakkur jarayonlarining birligi, barqarorligi va batartibligi diqqatga bog'liqdir. Har bir fikrlash operatsiyasi faqat diqqat bo'lganidagina ro'yobga chiqadi. Diqqat sust, zaif bo'lganida fikrlash jarayoni sekinlashadi yoki to'xtalib qoladi. Agar diqqat zaif bo'lsa, fikrlash tez uziladi, o'zining ipini yo'qotib qo'yadi, chalg'iydi. Odamning diqqati uzoq vaqt davomida muayyan vazifaga qaratilgan taqdirdagina va diqqat o'zgarib turuvchi va shu maqsadni hal qilishga olib keluvchi ko'pgina muhokamalar, tushunchalar va tasawurlar ustida o'z ichiga to'planib turganidagina, murakkab tafakkur jarayoni ro'yobga chiqadi.
Ba’zan, ayrim o'quvchilar matematik amallarni yechishni bilmagan- liklari yoki bunga o'quvlari bo'lmaganligi natijasida emas, balki ularning diqqati yetarli ravishda kuchli, barqaror, keng ravishda rivojlanmaganligi natijasida bir necha amaldan iborat bo'lgan ba’zi matematik masalalarni
yecholmay qoladilar. Shu sababli tafakkurni rivojlantirish kuchli va barqaror diqqatni tarbiyalashga ko'p jihatdan bog'liqdir.
Tafakkur jarayonlari hayratda qolish, taajjublanish, qiziqish, bilishga intilish, yangilikni sezish singari emotsional kechinmalar bilan bog'langan. Mana shu hislarning hammasi tafakkur jarayonlarini tug'diradi va rag'batlantiradi, bu jarayonlarni maroqli, zavqli qiladi va jonlantiradi. Yuqorida aytib o'tilganidek, ayrim muhokamalarning chinligi yoki chin emasligiga, muhokamalarimizning to'g'ri yoki noto'g'riligiga bo'lgan ishonch yoki shubhalanish hissi tafakkur jarayonlarida katta o'rin oladi.
Fikrlash faoliyati paytida odamdagi umumiy emotsional holat yoki kayfiyat ham tafakkur jarayonlarida ancha ahamiyatga ega. Har qanday ijobiy (quvonchli, yoqimli) kayfiyat odatda odamning fikrlash faoliyatini ham oshiradi. Odam yomon, noxush kayfiyatda bo'lganida (xafa bo'lib, qo'rqib tuiganida) uning fikrlash jarayonlari ham pasayib ketadi. Biroq, agar ijobiy hislar juda kuchayib ketsa, bu ijobiy hislar ham tafakkur jarayonlarini bo'shashtirib yuborishi mumkin. Odamda kuchli hislar paydo
bo'lganidan ko'pincha uning fikri «chuvalib ketadi», «to'xtalib qoladi».
Emotsional holat fikrlarimizning yo'nalishiga ta’sir qiladi. Kayfiyat- ning va shaxsiy manfaatning ta’siri ostida bizning ayrim narsalar to'g'risidagi muhokamalarimiz g'arazli, bir tomonlama bo'lishi va shu sababli haqiqatni aks ettirmaydigan xato muhokamalar bo'lishi mumkin.
Odamning irodasi ba’zi hislaming tafakkur jarayonlariga salbiy ta’sirini bosish, yo'qotishda katta rol o'ynaydi. Tafakkur jarayonlaridagi iroda, awalo, u yoki bu vazifani hal qilishga, qo'yilgan savolga javob topishga intilishda, u yoki bu narsalar to'g'risida chin va to'la ravishda asosli muhokamalar hosil qilishga intilishda namoyon bo'ladi.
Biroq, vazifani hal qilmoq uchun, haqiqatga erishmoq uchun birgina istakning o'zi kifoya qilmaydi. Vazifani hal qilish, qo'yilgan savolga javob
topish, tushunish jarayonida muhokamalarning to'g'riligini belgilab olish, fikrlarni shakllantirish va so'z bilan ifodalash paytlarida bir talay qiyinchiliklar, ba’zan katta to'sqinliklar uchraydi, ularni bartaraf qilmoq uchun irodani ishga solishga, sabr va matonat bilan harakat qilishga to'g'ri keladi.
Iroda, asosan, odamning amaliy faoliyatida namoyon bo'ladi. Amaliyot esa muhokamalarimizning chinligini ko'rsatib beruvchi asosiy me-
zondir.
Tafakkur nutq til bilan chambarchas bog'langan. Bu haqda quyidagi bobda gapiramiz.
Ayrim kishilarning tafakkuri o'zining mazmundorligi, chuqurligi va kengligi jihatidan, mustaqilligi, samaraliligi va tezligi jihatidan turli hollarda turlicha namoyon bo'ladi. Bular tafakkurning sifatini tashkil qiluvchi belgilardir.
Tafakkurning mazmundorligi, awalo, u yoki bu narsalar yoki hodisalar to'g'risidagi, voqelikning u yoki bu sohalari to'g'risidagi muhokamalar
va tushunchalar odamning ongida qanchalik o'rin olganligidan kelib chiqadi. Odamda fikr nechog'li ko'p bo'lsa va bu fikrlar nechog'li xilma-xil bo'lsa, uning tafakkuri shu qadar mazmunli bo'ladi, uning aqli shu qadar boy bo'ladi. Lekin tafakkurning mazmundorligi mavjud fikrlarning miqdori bilangina belgilanmaydi, tafakkurning mazmundorligi shu fikrlarda nimalar aks ettirilganligi bilan ham belgilanadi. Shu sababli tafakkur faqat boy bo‘lganidagina emas, shu bilan birga, u ham chuqur bo'lganida, bunday tafakkur mazmundor tafakkur deb hisoblanadi.
Voqelikning eng muhim xossalari va sifatlari, eng muhim bog'lanishlari va munosabatlari tafakkurda aks etganida bunday tafakkur chuqur tafakkur deyiladi.
Tafakkurning mazmundorligi (boyligi va chuqurligi) odamning faoli- yatiga, bilimiga va tajribasiga, odamda xayolning qay darajada rivojlan- ganligiga va odamda qiziqish, havaslarning borligiga bog'liqdir.
Tafakkurning mazmundorligi va chuqurligi uning kengligi bilan chambarchas bog'langan, voqelikning eng ko'p sohalarini o'z ichiga olgan, hozirgi vaqti, uzoq o'tmishni va uzoq kelajakni o'z ichiga olgan tafakkurni biz keng tafakkur deb hisoblaymiz. Tafakkuri keng bo'lgan kishilami odatda biz aqli keng, saviyasi baland va nazar doirasi keng kishilar deb, xilma-xil ma’lumotli kishilar deb ataymiz. Keng tafakkur ba’zan unchalik chuqur bo'lmasligi, yuzaki bo'lishi mumkin. Shunday odamlar ham bo'ladiki, ular hamma narsa to'g'risida fikr yuritaveradilar, lekin ularning muhokamalarida kundalik tajribadan har bir kishiga ma’lum bo'lgan narsalarga nisbatan yangilik juda kam bo'ladi.
Voqelikning asosan biror kichik (tor) qismini o'z ichiga olgan tafakkur tor tafakkur deb ataladi. Tor tafakkur ham mazmuni, hatto chuqur bo'lishi mumkin. Bunday tafakkur biror «tor ixtisos» ga ega mutaxassislarda uchray
di. Lekin tor tafakkur ba’zan o'z mazmuni jihatidan ayni bir vaqtda no- chor, mayda va yuzaki bo'ladi.
Fikrning kengligi ham odamning tajribasiga va bilimiga hamda shu- larga bog'liq bo'lgan qiziqish-havaslariga ham bog'liqdir.
Tafakkur o'zining mustaqilligi jihatidan turlicha bo'lishi mumkin: tafakkur mustaqil va nomustaqil bo'lishi mumkin.
Odam yangi vazifalarni qo'yishda o'zi tashabbus ko'rsatib, shu vazifalarni boshqa odamlarning yordamisiz, o'zining alohida yo'llari bilan hal qilaversa, shu odamning tafakkuri mustaqil tafakkur bo'ladi. Jumladan, tafakkurdagi mustaqillik aqlning sertashabbus bo'lishida, pishiq bo'lishida
va tanqidiy fikr yuritishida ifodalanadi.
Aqlning sertashabbusligi yangi, o'zining masala va vazifalarini o'zi qo'yishda hamda shu vazifalarni hal qilish uchun o'zining yo'llari va vositalarini o'zi qidirishga va topishga intilishda ifodalanadi.
Biror ijtimoiy foydali nazariy va amaliy vazifalarni jamoa bo'lib hal etishda faol ishtirok etgan odamning ham tafakkur qilishida mustaqillik namoyon bo'ladi.
Aqlning pishiqligi vazifalarni hal qilishdagi odat qatoriga kirgan, shablon bo'lib qolgan (ko'pincha, eskirib qolgan) usullardan xoli bo'la bilishda, vazifalarni hal qilishning yangi usullarini tez topa olishda
yoki tanlay olishda va shu usullarni joy-joyiga qarab ishlata bilishda ifodalanadi.
Aqlning tanqidiyligi o'zining yoki o'zgalarning fikrlarini haqiqatga mos bo‘lish-bo‘lmaslik jihatidan tekshira bilishda va shu fikrlarga baho
bera bilishda ifodalanadi. Aqlning tanqidiyligi aytilgan flkrlaming turmush uchun amaliy qiymatini aniqlay bilishda ham ifodalanadi. Aqlning «tanqidiyligi» odamning o‘z fikrlariga va o'zganing fikrlariga tanqidiy nazar bilan qarashi demakdir.
Fikrlash vazifalari boshqa kishilar tomonidan qo‘yilganidagina va qo'yilgan vazifalar faqat tayyor shakllarga asoslanib va boshqa kishilarning bevosita yordami bilan hal qilinayotganidagina ozmi-ko'pmi faol ravishda ishga solingan tafakkur nomustaqil tafakkurdir.
Tafakkurning mustaqilligini uning boshqa kishilarning tafakkuridan to‘la ravishda mustaqil va ajralgan tafakkur tariqasida tushunish yaramaydi, albatta. Tafakkurning mustaqilligi haqiqatga olib kelganidagina, odam o'zining fikrlash faoliyatida ilmiy asoslarga, progressiv tashabbuslarning hammasiga tayangandagina bunday mustaqillik qimmatga ega bo'ladi. Shu sababli tafakkurning mustaqilligi avtoritetni, obro'ni, nufuzni e’tirof etishni istisno qilmaydi. Tafakkurning mustaqilligi odamning o'z faoliya
tida ilg'or fikrlarni, ulug' kishilar tafakkurining mahsullarini o'zlashtira
va foydalana bilishda ham ifodalanadi. Mustaqil fikrlash ilg'or kishi uchun mo'tabar qo'llanmadir.
Fikrning mustaqilligi uning mahsuldorligi bilan chambarchas bog'langan.
Fikrning mahsuldorligi biron vaqt davomida biror jihatdan qimmatli bo'lgan va mustaqil ravishda vujudga keltirilayotgan flkrlaming miqdori- da ifodalanadi. Tafakkurni biz sermahsul va kam mahsul yoki mahsulsiz tafakkur deb aytishimiz mumkin.
Agar odam muayyan bir vaqt ichida biror jihatdan qimmatli va yangi fikrlarni (masalan, ilmiy sohada) ko'p yaratayotgan bo'lsa, agar u ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan yangi nazariy va amaliy vazifalarni hal qilayotgan bo'lsa, bunday kishining tafakkurini biz sermahsul, original tafakkur deb ataymiz.
Tafakkurning tezligi qo'yilgan savolga uzil-kesil javob olingan vaqt bilan belgilanadi. Albatta, bu vaqt oddiy tafakkur jarayonlarida ancha qisqa bo'ladi va murakkab tafakkur jarayonlarida uzunroq bo'ladi. Oddiy tafakkur jarayonlari shu bilan farq qiladiki, bunday tafakkur jarayonlarida savollar qo'yilishi bilanoq darhol shu savollaming javobi kelib chiqadi. Shunday kishilar borki, ularda murakkab fikrlash operatsiyalari ham juda tez o'tadi. Bunday kishilami hozirjavob, zehni o'tkir kishilar deb ataymiz. Ayrim kishilarda tafakkur jarayoni sekinroq o'tadi, hatto oddiy tafakkur jarayonlarida ham bunday odamlar qo'yilgan savolga tayyor javobni birmuncha vaqt o‘ylab turib javob beradilar, ba’zan savolni qay- tarib so‘raydilar. Tafakkurning tezligi bir qancha faktorlarga: fikrlash uchun kerakli materialning xotirada mustahkam o'rnashib qolganligiga va shu materialni qanchalik tez esga tushira olishga, jumladan, assotsiativ jarayonlarning tezligiga, odamdagi hislarning mavjudligiga, odamning diqqatiga, qiziqishiga, shuningdek, nerv sistemasining holatiga ham
bog'liqdir. Tafakkurning tezligi odamning bilimlariga, ilmiga, mantiqiy shakllarni va tafakkur qoidalarini qay darajada egallab olganligiga, fikrlash faoliyatining epchilligiga, fikrlash ko'nikmalarining qay darajada rivojlanganligiga bog'liqdir.
Tafakkurning tezligi faqat shu shartlargagina bog'liq bo'lib qolmasdan, shu bilan birga, hal qilinishi lozim bo'lgan vazifaning xarakteriga, mazmuniga va qay darajada murakkabligiga ham bog'liqdir.
Bola tug'ilgan kunidan boshlab ba’zi narsalarni sezish va ba’zi hislarni kechirish qobiliyatiga ega bo'ladi. Lekin hali bu bolada fikr qilish bo'lmaydi; bola o'sgan sari, tajriba to'play borgan sari nutq orqali aloqa qilish imkoniyati kengayib, faoliyati o'sib borgan sari ta’lim va tarbiya jarayonida uning tafakkuri ham o'sa boradi.
Bolalar tili chiqib, yaxshi gapira borgan sari, ularda fikrlar, ya’ni muhokamalar va tushunchalar shaklida ifodalanadigan tafakkur jarayonlari ham o'sib boradi. Lekin idrok va tasawurlarning obrazlariga tayanuv- chi hamda ish-harakatlarda ifodalanuvchi boshlang'ich aniq tafakkur bolalarda tili chiqmasdan oldin paydo bo'la boshlaydi.
Boladagi mana shunday boshlang'ich tafakkurni uning o'zi o'yinchoqlar, ba’zi buyum va idishlar bilan qilayotgan ba’zi harakatlarida ham ko'rish mumkin. Masalan, sakkiz-to'qqiz oylik bola shaqildoqni, qo'ng'iroqchani qo'liga olib, ulami tovush chiqaradigan qilib qimirlatadi. Bolani kattalar ovqatlantirmoq uchun ovqat tepasiga olib kelganlarida, u qoshiqni olib, kosaga tiqmoqchi bo'ladi, so'ngra esa qoshiqni og'ziga olib boradi.
Bolalar bir yoshga yetganlarida kattalarning aytgan so'zlarini tushuna boshlaydilar. Kattalarning: «Qani qoshiq?», «Qani kosa?», «Soat qani?» degan savollariga javoban, bola shu narsalarga qayrilib qaraydi yoki qo'li bilan shu narsalarni ko'rsatadi. Bolaning atrofidagi kishilar aytgan so'zlarni tushunayotganligi uning endi fikr qila boshlaganligini ko'rsatadi.
Bola ikki yoshga yetganida uning tafakkuri hukmlarda ifodalana boshlaydi, bu davrda uning tili chiqib, yaxshi gapira oladigan bo'ladi. Bola o'z atrofidagi odamlar bilan nutq orqali aloqa qilib, tafakkurning mazmunini va shakllarini ko'proq egallay boradi. Keyin bolaning tafakkuri nutqning o'sishi bilan birgalikda o'sib boradi.
Yasli yoshidagi bolalaming tafakkuri hali juda cheklangan bo'ladi. Yasli yoshidagi bola, asosan, o'zi shu onda idrok qilgan narsalari to'g'risida fikr qiladi. Ushinskiy degan ediki: «Bola agar shunday deb aytish mumkin bo'lsa, shakllar, bo'yoqlar, tovushlar, umuman sezgilar orqali fikr qiladi» (K.D. Ushinskiy. Избранные педагогические сочинения, II tom, Uchpedgiz, 1939, 156-bet).
Yasli yoshidagi bolalarda fikr qilish jarayonlari ularning hali sodda nutqlarida ifodalanadi. Bu nutq ko'pincha boshqa kishilarga murojaat qil- may, o'ziga gapirishdan iborat bo'ladi. Bu fikr qilish jarayonlari ayni vaqtda idrok qilinayotgan narsalar bilan qilingan ish-harakatlarga bog'liq bo'ladi.
Bu yoshdagi bola narsalarni birining ustiga birini qo'yib yoki yonma- yon qo'yib taqqoslaydi: masalan, o'z o'yinchog'ini bo'lak-bo'lak qilib sindirib, uni analiz qiladi; kubiklardan yoki cho'plardan «uy» yasab, sin
tez qiladi; kubiklarni rangiga qarab terib, ularni turkumlarga ajratadi va umumiylashtiradi. Bu yoshdagi bolalami hali o'z oldiga biror maqsad qo'ymaydi va o'z harakatlarini rejalashtirmaydi. Bola idrok va harakat qilar ekan, ayni vaqtda fikr ham qiladi.
Bolaga biror narsani ko'rsatib va «Bu nima?» deb savol berib, shu narsaning nomini aytish taklif qilinganida u «Stol» deb javob beradi, ya’ni o'z hukmini aytadi, «Qani aytchi, bu nima?» deyilgan savolga, «Bu kosa» deb javob beradi va hokazo. Agar bola narsaning nomini bilmasa, u savol bergan kishiga burilib, odatda, uning shu narsa nomini aytib berishini kutadi. Idrok qilinayotgan narsaning nomini aytishning o'ziyoq hukmdir. Lekin bolalar narsalar to'g'risida mana shunday bevosita hukmlar aytish shu narsalarning nomini aytib berish bilangina cheklanmaydilar, bolalar narsalarning ayrim belgilarini, sifatini, harakatini, ya’ni o'zlari o'z tajriba-
larida tanishgan, o'zlari idrok qilgan belgilarini ham aytib beradilar.
Yasli yoshidagi bolalarda amaliy tafakkur jarayonlarida va so'zlarni o'zlashtirib olish yo'li bilan tajriba to'plana borgan sari, ularda boshlang'ich tushunchalar tarkib topib boradi. Yasli yoshidagi bola bir so'z bilan shu so'z ifodalagan narsalarga o'xshash hamma narsani atayveradi, ya’ni umumiylashtiradi, masalan, u o'zi qurgan stollarning qanday shaklda va qanday ishga mo'ljallanganidan qat’i nazar, ularning hammasini «stol» deb ataydi, begona erkaklarning hammasini u «amaki» deb ataydi. Bola so'zni va uning umumiy ma’nosini kattalardan o'rganib oladi. Lekin bola tushunchaning butun mazmunini hali o'zlashtirib olishi mumkin emas, albatta.
Yasli yoshidagi bola o'zi o'zlashtirib olgan so'zlardan foydalanib, o'zi ham umumiylashtira boshlaydi. Lekin u hali narsalarning muhim belgilarini umumiylashtira bilmaydi. Bola ko'p vaqtgacha narsalarning tashqi,
ko‘pincha, unchalik ahamiyati bo‘lmagan belgilariga qarab, ya’ni o'zi idrok qilayotgan, o'z tajribasida tanishib olgan belgilariga qarab umumiy- lashtiradi. Shuning uchun ham, masalan, shu yoshdagi ko'p bolalar faqat har bir mushuknigina emas, shu bilan birga, mo'yna po'stinni ham, mo'yna telpakni ham miyov deb atayveradilar.
Yasli yoshidagi bola ayni o'zi idrok qilayotgan narsalar to'g'risida fikr qiladi. Yasli yoshidagi bolaning tafakkuri, asosan, aniq-yaqqol tafakkurdir.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaning tafakkuri ham, asosan aniq- amaliy va aniq-yaqqol tafakkur bo'ladi.
Lekin tarbiya ta’siri bilan tajriba va bilimlar to'planishi sababli hamda umuman aql-idrokning birmuncha o'sganligi sababli, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaning tafakkuri yasli yoshidagi bolaning tafakkuriga nisbatan ancha mazmunli bo'lib qoladi. Uning fikrlash jarayonlari ham ancha takomillashadi: uning taqqoslashi ancha aniqroq bo'ladi, analizi ancha mufassalroq, umumiylashtirishlari ancha aniq va kengroq bo'ladi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bola biror ishni qilayotganida shu ishning maqsadini oldindan belgilab qo'yadi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaning mana shunday fikrlash jarayoni ancha murakkabroq bo'lgan o'yin faoli
yatida va uning uyidagi o'zi uddalaydigan mehnat faoliyatida namoyon bo'ladi hamda o'sib boradi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bola o'yinda va mehnatda
boshqalarning harakatlariga ko'pincha taqlid qilib qolmasdan, balki, shu bilan birga, ba’zi vazifalarni o'zi ham mustaqil qiladigan bo'lib qoladi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bola nutqning o'sib borishi va uning kattalar bilan nutq orqali qilayotgan aloqasi kengayib borishi undagi tafakkurning shakllanishida, ayniqsa, katta ahamiyatga ega bo'ladi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaning fikr qiladigan narsalar doirasi ham kengaya boradi. Bu narsalar doirasi bola o'zi bevosita idrok qilinayotgan narsa chegarasidan ham chetga chiqadigan bo'lib qoladi. Maktab
gacha tarbiya yoshidagi bola o'zi shu onda idrok qilayotgan narsalar to'g'risidagina fikr qilib qolmasdan, balki o'zi ilgari idrok qilgan narsalar to'g'risida ham fikr qiladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bola xayolining o'sib borishi sababli u yaqin kelajak to'g'risida ham, ya’ni ertagi kun to'g'risida, bo'ladigan bayram to'g'risida, yaqinda yoz bo'lishi to'g'risida va boshqa shu kabilar haqida fikr qiladigan bo'lib qoladi. Ertaklardagi voqealarni xayol qilishi maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaning tafakkuri uchun material bo'ladi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bola o'z hukmlarida faqat idroklarga- gina tayanib qolmasdan, balki, shu bilan birga, tasawurlarga ham tayanadi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaning tafakkurida boshqa kishi-
lardan tayyor holda olingan hukmlar katta o'rin oladi, shu bilan birga, bu hukmlar inobatli hukmlardek his qilinadi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi
bola katta yoshdagi kishilarning (masalan, otasi yoki onasi va hokazo) biron-bir fikrini ko'pincha chin deb qabul qiladi, chunki u bu fikrning
qat’iyligi uchun shu kishining e’tiboriga suyanadi: «Oyim shunday de
gan» vajni keltiradi). Bu yoshdagi bolalarda tanqidiy tafakkur hali uncha o'smagan bo'ladi; bu yoshdagi bolalaming hammaga va hamma narsaga ishonaverishi ma’lum. Lekin maktabgacha tarbiya yoshidagi bola o'zi tushu- na oladigan materiallar doirasida to'g'rini noto'g'ridan farq qiladi, u o'zi idrok qilayotgan so'zlarning real voqelikka muvofiq kelishi yoki kelmas- ligini aytib bera oladi, yopishmagan biror narsa yoki hodisaning
bema’niligini payqab oladi. Masalan, to'rt yashar qiz suratga qarab turib, bunday deydi: «O'rmondan archa olib kelishyapti, nega archada yulduz bor? Yulduz archaga uyda taqiladi-ku?». Yana bir misol: otasi qiziga poyezdning suratini chizib berdi. Vagonning eshigini suratga chizdi-yu, ammo zinaning suratini solmadi. Qiz otasidan so'raydi: «Vagonning zi- nasi qani?» Otasi: «Narigi tomonda» deydi. Qiz: «Nega vagonning zinasi narigi tomonida?». «Undoq bo'lsa nega bu yerda eshigi bor?».
Bog'lanishli nutq o'sib borgan sari maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaning tafakkuri faqat ayrim-ayrim hukmlardagina ifodalanib qolmasdan, balki, shu bilan birga, muhokamalar tariqasida ham ifodalanadi. Lekin bu muhokamalarda hamisha muayyanlik va izchillik bo'lavermaydi, maktabgacha tarbiya yoshidagi bola o'z muhokamalarida ko'pincha bir narsadan ikkinchi narsaga «sakrab» o'taveradi, o'zining tasdiqlab va inkor qilib aytgan so'zlarida zidlik borligini payqamaydi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar o'z muhokamalarida, asosan, analogiya (bir-biriga o'xshatish) yo'li bilan xulosa chiqaradilar. Maktab
gacha tarbiya yoshidagi bolalar maktab yoshiga yetay deb qolganlarida, ularda deduksiya va induksiya yo'li bilan xulosa chiqarish qobiliyati o'sa boshlaydi. Bolalar bunday xulosalar chiqarish shaklini kattalardan nutq
bilan birgalikda o'rganib oladilar.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaning miyasida ko'pgina aniq tushunchalar turadi, bu tushunchalar maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaning turmush tajribasida va kattalar bilan nutq orqali qilingan aloqa jara
yonida hosil bo'ladi.
Yasli yoshidagi bolaning tushunchalariga nisbatan maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaning tushunchasi anchagina sermazmun bo'ladi, ya’ni uning tushunchasida narsaning belgilari ko'proq aks etgan bo'ladi. Lekin, shu bilan bir vaqtda, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaning tushuncha- larida narsalarning unchalik ahamiyatli bo'lmagan belgilari ham bo'ladi: bu belgilar, asosan, o'zining yorqinligi, chiroyliligi, harakatchanligi va boshqa shu kabi xususiyatlari bilan bolaning diqqatini o'ziga tortgan belgi-
lardir. Masalan, maktabgacha tarbiya yoshidagi boladan: «Kapalak qanaqa bo'ladi?» deb so'ralsa, u: «Kapalakning qanoti bor, uchib yuradi», deb javob beradi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bola, odatda, narsaning iste’mol qilinishini narsaning eng muhim belgisi qilib ko'rsatadi; masalan, «Piyola nima?», «O't nimaga kerak?», degan savolga maktabgacha tarbiya yoshidagi bola bunday javob beradi: «Piyolada choy ichiladi», «O't yerda o'sadi, o'tni qo‘y va sigir yeydi».
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bola faqat o'zi idrok qilgan va o'zi tasav- vur qilishi mumkin bo'lgan narsalar to'g'risidagina tushunchaga ega bo'ladi.
Umuman, maktabgacha tarbiya yoshidagi bola tevarak-atrofdagi narsalarga ko'proq qiziqadi va ulami ko'proq bilishga intiladi, bu esa uning tafakkurini faollashtiradi. U yangi narsalarni tomosha qilish va ushlab ko'rishni yaxshi ko'radi, o'zi tushunadigan narsalar to'g'risida aytib berilgan yoki o'qilgan hikoyalami tinglashni yaxshi ko'radi.
To'g'ri tarbiya qilingan taqdirda bola yetti yoshga yetganida mantiqiy tafakkurning elementar shakllarini hukm va xulosa chiqarishning asosiy turlarini o'zlashtirib oladi. Endi u maktabda o'qishi mumkin.
Bolalarga beriladigan va asosan maktabda amalga oshiriladigan ta’lim bolalar tafakkurining o'sishi uchun g'oyat katta ahamiyatga egadir.
Ta’lim va maktabda beriladigan bilimlami o'zlashtirish jarayonida, kuzatuvchanlik, xotira va xayol o'sib borishi bilan maktab yoshidagi bolalar tafakkuriga material bo'ladigan narsalar doirasi kengaya boradi, bolalarda mantiqiy tafakkur va tanqidiy fikrlash o'sib boradi. Ta’lim jarayonida tafakkur katta o'sish yo'lini — aniq tafakkurdan abstrakt — nazariy
tafakkurga o'tish yo'lini o'tadi.
Maktab yoshidagi kichik bolalaming tafakkuri hali ham amaliy, aniq tafakkur bo'ladi, lekin ta’lim jarayonida bunday bolalaming aniq tafakkuri, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalaming aniq tafakkuriga qaraganda, murakkabroq va mazmunliroq bo'lib qoladi, ulardagi fikrlash jarayonlarining hammasi takomillasha boradi. Maktabda o'quvchi bola tobora murakkabroq narsalarni va o'zi idrok qilayotgan narsalarni hamda hodisalamigina emas, balki, shu bilan birga, tasawur qilayotgan narsalar va hodisalami ham bir-biriga taqqoslashni, analiz qilishni va sintez qilishni o'rganib oladi.
Bolani maktabda o'qitish jarayonida unda abstraktlash qobiliyati o'sa boshlaydi. Arifmetika o'qitish vaqtida, amaliy, aniq sanashdan abstrakt hisoblashga o'tilgan vaqtda, shuningdek, ona tili darslarini o'qish davrida bu qobiliyat sezilarli sur’atda o'sadi, so'ngra maktabdagi hamma fanlarni o'qitish davrida bu qobiliyat yanada o'sadi. O'quvchi bola analiz qilish, abstraktlash va taqqoslashni, mashq qilish yo'li bilan narsalarning muhim belgilari bilan ahamiyatsiz belgilarini bir-biridan farq qilishni va muhim belgilarga qarab to‘g‘ri xulosalar chiqarishni o'rganadi.
Boshlang'ich maktabning o‘zidayoq bolalar birinchi sinfdan boshlab ko'p miqdorda xilma-xil tushunchalarni — grammatikaga, arifmetikaga, tabiiyotga doir va ijtimoiy-siyosiy tushunchalarni o'zlashtirib oladilar. O'quvchilar o'zlashtirib oladigan tushunchalar doirasi asosan, har qaysi sinf uchun har qaysi fan yuzasidan tuzilgan o'quv dasturi bilan belgilanadi. Muayyan ilmiy mazmunga ega bo'lgan tushunchalar o'quvchilarga mantiqiy ifodalangan shaklda bayon qilib beriladi. O'quvchilaming o'zlari
ham tushunchalarni mantiqiy ta’riflab, ularning jins va turlariga doir belgilarini ko'rsatib, aytib berishni o'rganadilar. O'quvchilar tushuncha va qoidalami ta’riflab berolmay qolganlarida yoki ta’riflash mumkin bo'lmagan paytlarda tasvirlab, taqqoslab, xarakterlab, misollar bilan ko'rsatib be- radilar.
O'qitish jarayonida o'quvchilaming fikr qilish faoliyatining u yoki bu tomonini faollashtiradigan maxsus usullar qo'llanilganida o'quvchilaming tafakkuri samaraliroq rivojlanadi.
Bunday bir misol keltirish mumkin. N.N. Ne’matov birinchi sinf o'quvchilarida tafakkurning umumlashtirish faoliyatini rivojlantirishga doir ish olib bordi.
Shu maqsadda tajriba o'tkazilayotgan sinfda dars berish chog'ida maxsus usullar qo'llanildi. O'quvchilarga savollar berib, ularning diqqat-e’tiborini kitob o'qish vaqtida, suhbat chog'ida, suratlarni idrok qilish paytida, te
varak-atrofdagi vaziyatni kuzatish chog'ida uchraydigan narsalarni umu- miylashtirishga qaratadigan maxsus usullar qo'llanildi.
Shu tajribalar natijasida o'quv yilining oxiriga borib, muayyan ko'rsatkichlarga erishildi, ya’ni tajriba o'tkazilib kelingan sinfning umumiylashtirish faoliyati darajasi boshqa sinflardagilarning umumiylashtirish faoliyatiga nisbatan yuqoriroq bo'lib, buni quyidagi jadvaldan ham bilish mumkin.
0 ‘quv yilining boshidagiga nisbatan
Umum iylasht iri lgan umumiylashtirish faoliyatining oshish narsalar (foiz hisobida)
tajriba o ‘tkazilgan oddiy sinfda sinfda
Idrok qilinayotgan narsalar 40 20 rasm la r 34 17
Og‘zaki (tasawur qilinadigan)
26 10
material
Bunda shu narsa ma’lum bo‘ldiki, o'quvchilaming fikr qilish faoliyatini faollashtirish maqsadida qo'llanilgan usullar ayni vaqtda tajriba sin- fidagi o'quvchilaming darslardan ulgurish darajasini oshirishga ham yordam berdi: shu sinfda o'quvchilaming darslami o'zlashtirishdan olgan baholari boshqa oddiy sinfdagi o'quvchilaming bilimlariga qo'yilgan ba- holardan yuqoriroq bo'lib chiqdi.
Ikkinchi sinfda shu tariqa tajribalar o'tkazilganda ham aynan shunday natijalarga erishildi.
O'quvchilar ongida mustahkam o'rnashgan tushunchalar asosida abstrakt tafakkur o'sadi. O'rta maktab o'quvchilarida abstrakt tafakkur, ayniqsa, tez o'sadi. Bunda tafakkurning o'sishiga grammatika, algebra, geometriya, fizika, tarix, O'zbekiston Konstitutsiyasi singari fanlarni o'rganish, ayniqsa, yordam beradi. Yuqori sinflarning o'quvchilari shu faniar bilan shug'ullanib eng umumiy, abstrakt tushunchalarning ko'pini o'zlashtirib oladilar va o'zlarining fikrlash faoliyatlarida shu tushuncha- larga tayanadilar.
Har bir o'quvchi o'qish jarayonida va turmush tajribasida xilma-xil masala va vazifalarni hal qilishga majbur bo'ladi. Maktab o'quvchisining
o'zi savollarni to'g'ri qo'yishni va vazifalar belgilashni, to'g'ri muhokama yuritishni o'rganadi. Yosh oshgan sari bu muhokamalar tobora ko'proq, mantiqiy muhokamalar bo'lib qoladi. O'qish-o'qitish ishlari
to'g'ri yo'lga qo'yilganida o'rta maktab o'quvchilarining muhokamalarida muayyanlik va izchillik bo'ladi.
Maktab o'quvchisi muhokama yuritish yo'li bilan to'g'ri xulosalar — deduktiv va induktiv xulosalar chiqarishni o'rganadi. Masalan, ular matematika mashg'ulotlarida doimo umumiy qoidalarga asoslanib, xu
losalar chiqaradilar, til darslarida o'zlashtirib olingan qoidalarni imlo- ning ayrim hollariga tatbiq qilishga to'g'ri keladi va hokazo. O'quvchilar bir qancha misollar asosida (albatta, o'qituvchining yordami bilan) grammatika va arifmetikaga doir qoidalar chiqarish yo'li bilan induktiv xulo
sa chiqarish yo'llarini egallab oladilar. Yuqori sinflarning o'quvchilari tabiiyot, fizika va kimyo fanlarini o'rganish jarayonida umumiylashtirilgan ancha keng xulosalarni o'zlari mustaqil ravishda chiqaradilar.
Yuqori sinf o'quvchilari induksiya va deduksiyani egallay borish natijasida kuzatishlar va tajribalarga asoslanib turib, ayrim hodisalaming sabablarini mustaqil qidirib topishlari, so'ngra esa tabiatning ayrim qonunlarini ham fahmlab olishlari mumkin. Yuqori sinf o'quvchilari ayrim hodisalami izohlayotgan vaqtlarida, o'zlariga ma’lum bo'lgan qonun- larni dalil qilib ko'rsatadilar.
O'qitish jarayonida abstrakt va mantiqiy tafakkur o'sadi. Shu bilan birga o'quvchilaming tanqidiy tafakkuri ham o'sadi. Boshlang'ich maktab- danoq o'quvchilardan savollarga faqat to'g'ri javoblar berishnigina talab qilib qolmasdan, shu bilan birga ulardan «nega shundayligini» ham izohlab berish talab qilinadi. Agar o'quvchining bergan javobi noto‘g‘ri bo‘lsa, sinfning o‘zida uning xatosi nimadan iborat ekanligi aniqlanadi, shu xatoni qanday qilib tuzatish kerakligi tushuntirib beriladi.
Maktab o'quvchilari bilimlami o'zlashtira borganlari sari, turli qoi- dalarni asoslashni, isbotlashni, rad qilishni, tekshirib ko'rishni ham o‘rganib boradilar. Jumladan, ular misollar, faktlar, umumiy qoidalar va aksiomalardan dalillar tariqasida foydalanishni o'rganadilar. 0 ‘rta maktab o'quvchilari, ayniqsa, yuqori sinflarning o'quvchilari, boshqa kishilarning murakkab muhokamalaridagi, shuningdek, o'zlarining ham muhokamalaridagi ziddiyatlarni, mantiqsizlikni, asoslanmagan jihatlar- ni ochib bera oladilar. Ona tili, arifmetika mashg'ulotlari, tanqidiy, is- botli tafakkurning o'sishi uchun, ayniqsa, katta ahamiyatga ega. 0 ‘rta maktab o‘quvchilari ijtimoiy-tarixiy fanlarga doir va darvinizm asosla- riga doir mashg'ulotlarda isbotlaydigan va rad qiladigan dalillardan har doim foydalanadilar.
Maktab o'quvchilarining havaskorlik to'garaklarida ishtirok etish- lari, ko‘rilgan masalalarni muhokama qilishda faol qatnashishlari tanqidiy, isbotli va mustaqil tafakkurning o'sishida va rivojlanishida katta rol o'ynaydi.
Bolalami o'qitish davrida ularda nazariy tafakkur bilan birgalikda amaliy tafakkur ham rivojlantiriladi. Bunga awalo, shu yo'l bilan erishi- ladiki, maktabda ko'pgina fanlarni (masalan, fizika, kimyo, botanika, zoologiya fanlarini) o'qitish o'quvchilaming olgan bilimlami sanoatda, qishloq xo'jaligida tatbiq qilishlari bilan bog'lab olib boriladi.
Boshlang'ich va o'rta maktabda o'quvchilaming hammasida ham tafakkurning o'sishi va rivojlanishi bir tekis va bir xil bo'lavermaydi, albatta. O'quvchilaming individual xususiyatlari ko'p darajada boshqa psixik jarayonlarning — xotira, xayol, nutq, diqqat, irodaning o'sishi bilan belgilanadi; bu individual xususiyatlar o'quvchilaming qiziqishla- riga, ta’lim va amaliy ishlardagi faolliklariga, shuningdek, o'quvchilaming
o'z-o'zlarini tarbiyalashlariga bog'liq bo'ladi. Bizning maktablarimiz- dagi barcha ta’lim-tarbiya ishlari o'quvchilaming faol, ongli ishtirokida olib boriladi. Shu sababli bizning maktabimiz bolalarda keng mazmunli, mustaqil va mantiqiy jihatdan to'g'ri tafakkurning o'sishiga ko'p darajada yordam beradi.
I. NUTQ TO‘G‘RISIDA UMUMIY TUSHUNCHA
Nutq — odamlar til orqali bir-biri bilan muomala va aloqa qilishning alohida usulidir. Odam o'z nutqi orqali o'zining bilimlari, fikrlari, hislari va istaklarini boshqa kishilarga aytib bera oladi va boshqa kishilarning fikrlarini o'zlashtirib oladi, boshqa kishilarning hislari va istaklarini bilib oladi.
Odamlar o'zlarining faoliyatlari va kundalik hayotlarida bir-birlari bilan shu tarzda aloqa qilib turadilar.
Nutq vositasi bilan aloqa bog'lash jarayonida har bir kishi bilimlar- ning ko'p qismini boshqa kishilardan oladi.
Nutq vositasi bilan aloqa bog'lash odamning doimiy ehtiyoji bo'lib, bu aloqa fikr olishga xizmat qiladi.
Odam boshqa kishilar bilan nutq orqali muomala qilmay yashay olmaydi. Odam yakka o'zi qolganida, ko'pincha, xayolidagi suhbatdoshlar bilan «o'z ichida» gaplashadi. Odam o'ziga notanish bo'lgan bir yoki bir necha kishi o'rtasiga tushib qolsa, unda nimalamidir aytish yoki shu kishi
lardan nimalarnidir eshitish ehtiyoji albatta paydo bo'ladi. Bu ehtiyoj
qondirilmay qolsa, odamda ma’yus qiladigan «o'ng'aysizlik» hissi tug'iladi. Odamning «aytadigan hech bir gapi» bo'lmagan taqdirda ham shunday ehtiyoj paydo bo'ladi. Bunday hollarda u «nima qilishini» bilmay qoladi. Bunday hollarda unda «nimani gapirsam ekan?», «nimadan gap boshla- sam ekan?», «qanday gap boshlasam ekan?» deb gap mavzuini qidirish boshlanadi.
Uchinchi bobda aytilganidek, nutq tarixiy taraqqiyot jarayonida, ong bilan baravar, insonlarda til vositasi bilan aloqa bog'lash, bir-birlariga biron narsa aytish ehtiyoji tug'ilishi natijasida paydo bo'lgan. Kishi nutqi mehnat jarayonida o'sib borgan.
Har bir kishining nutqi bolalik chog'idan boshlab o'sib boradi, buning sababi ham boshqa kishilar bilan aloqada bo'lish ehtiyojidir.
Nutq to'g'risida, shu bilan birga, til to'g'risida gapirganimizda quyidagilarga e’tibor berishimiz kerak.
«Nutq» va «til» degan terminlar ko'pincha bir xil ma’noda ishlatiladi. Ammo bu terminlarning ma’nosini bir-biriga aralashtirib yuborish yaramaydi. Garchi nutq bilan til bir-biriga chambarchas bog'langan bo'lsa ham, lekin ularning ikkovi bitta narsa emas.
229
Biz biror kishiga: «Siz qaysi tilda (yoki tillarda) gaplashasiz?» deb savol berganimizda, biz shu kishining nutqi, gapi bilan uning o‘z nutqida qanday til (yoki tillar)dan foydalanishini aniq farq qilamiz.
Har bir kishining yoshiga, bilimiga, umumiy izlanish saviyasiga qarab, uning nutqi o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo'ladi. Ayrim kishilar kasbining xususiyatlari, shu kishilarning nimalarga qiziqishi, mijozi va
shu kabi xususiyatlari ularning nutqlarida namoyon boiadi. Har bir kishi bir yoki bir necha tildan foydalanib, o'zicha gapiradi. Har bir kishining o‘z nutqi bor.
Odam ongining alohida funksiyasi bo'lgan nutq psixologiya fani tomonidan o'rganiladi. Til esa ijtimoiy hodisadir. Til ayrim kishida musta
qil ravishda mavjuddir. Tilning ijodkori esa xalqning o'zidir, tarixan tarkib topgan millatning o'zidir. Rus tili, o'zbek tili, xitoy tili, nemis tili va hokazo deganimizda, biz mana shu ma’noda gapiramiz. Har bir avlod o'zidan oldin o'tgan avlodlar ishlab chiqqan tilga duch keladi va shu tilni egallab oladi, ya’ni o'zining nutq orqali qiladigan muomalasida shu tildan foydalanadi.
Nutq bilan til bir-biridan farq qiladi, lekin ayni vaqtda ularni bir- biridan ajratib bo'lmaydi; nutq ham, til ham bir-biriga bog'langan, ular birlikda mavjuddir. Bu birlik shundan iboratki, har bir til tarixiy taraqqiyot davomida odamlarning nutq vositasi bilan aloqa bog'lash jarayonida vujudga kelgan va o'sib borgan. Har bir tilning yashab turishi kishilarning shu tilda gaplashuvlariga bog'liq. Agar odamlar biror tilda gaplashmay qo'ysalar, bu til ham yo'q bo'lib ketadi: u «o'lik til» bo'lib qoladi. Biz «o'lik» tillar borligini shu til aks ettirilgan yozma yodgorliklardan bilamiz. Masalan, qadimgi grek (yunon), lotin tillari mana shunday «o'lik» tillardir.
Til bilan nutqning birligi yana shunda namoyon bo'ladiki, har bir kishi o'z nutqida biror tildan foydalanadi, ba’zilari esa bir necha tildan foydalanadilar.
Gapirish va boshqa odamlarning nutqini tushunish uchun til bilish, shu til sistemasini bilish, shu tilning tuzilishini bilib olish kerak.
Odamlarning o'zaro aloqalarida ularning nutqlari turli ma’nolarda yoki funksiyalarda namoyon bo'ladi.
Nutqning asosiy vazifasi, demak, uning asosiy funksiyasi — odamlarning bir-birlari bilan aloqa qilish vositasi bo'lishdir.
Bu aloqa asosan odamlarning o'z fikrlarini bir-birlariga aytishlaridan iborat boiadi. Aloqa jarayonida fikrlar nutq yordamida shakllanadi, ifodalanadi, aytiladi va tushunib olinadi. Og'zaki yoki yozma nutqda ifodalab berilgan fikrlar shu fikrlarni aytuvchi kishi uchun ham ravshanroq bo‘lib qoladi. Shunday qilib, nutq aloqa jarayonida tafakkur quroli bo'lib
xizmat qiladi.
Shu bilan birga mana shu aloqa jarayonida nutq ifodalash vositasi bo'lib, biror nima bildirish vositasi bo'lib, ta’sir o'tkazish vositasi bo'lib ham xizmat qiladi.
Nutqda bizning fikrlarimiz bilan birlikda his-tuyg'ularimiz ham ifodalanadi. Og'zaki nutqda hissiyotlarimiz (emotsional kechinmalarimiz) so'z yordami bilan qilingan tasvirlarda, ohangda, qofiyada, xitob va sa- vollarda, gaplashish vaqtidagi pauzalarda va, ayniqsa, intonatsiyalarda namoyon bo'ladi. Chunonchi, biz biron kishining ismini ataganimizda, shu kishiga bo'lgan turli hislarimizni va munosabatlarimizni o'zimizdagi mehr- ni, g'azabni, g'ururni, muhabbatni, hurmatni, nafratni, mensimaslikni va boshqa shu kabilarni atayin yoki beixtiyor namoyon qilishimiz mumkin. Shu bilan birga, gapiruvchining intonatsiyasida uning holati ham, char- chaganligi, umuman hayajoni, o'ziga boigan ishonchi yoki ishonchsizligi va shu kabilar ham ifodalanadi.
Lirik she’rlar, ashulalar, romanlar, ariyalar singari nutq shakllarida odamlarning asosan xilma-xil his va tuyg'ulari ifodalanadi.
Turli hissiyotlar bizning og'zaki nutqimiz bilan birgalikda, odatda yuz harakatlarimizda va imo-ishoralarimizda ham yorqin namoyon boiadi.
Nutqda bizning irodamiz maqsad-muddaomiz, istagimiz, niyatimiz, qarorimiz ham, shuningdek, iroda jarayonlarining ayrim sifatlari — qat’iyat va qat’iyatsizlik, dadillik, kishining o'zini tuta bilishi, kishidagi qunt va boshqa shu kabilar ham namoyon boiadi.
Odamning nutqida uning fikrlari va xilma-xil ichki holati — emotsional kechinmalari va irodasigina ifodalanib qolmasdan, shu bilan birga hamisha biror obyektiv narsa ham bildiriladi.
Sayrash va qichqirish tarzidagi xilma-xil tovush birikmalari hayvonlarda ham boiadi, lekin bu tovush birikmalari faqat tug'ma reaksiyalardir — tashqi yoki ichki ta’sir sababli tug'iladigan shartsiz reflekslardir.
Qushlarning sayrashi va hayvonlarning qichqirishi, shuningdek, ularning xilma-xil harakatlari (masalan, itning dumini likillatib turishi) ular
dagi instinktlarning va shu instinktlar bilan bog'langan hislarning ifodasi hamda tarkibiy elementidir, xolos.
Bu tovush birikmalari va harakatlar ifodasi boshqa hayvonlar uchun signal vazifasini ham bajaradi. Masalan, hayvon biror xatami sezganida alohida tovush bilan qichqiradi, bu qichqiriq uning bolalarida instinkt ravishda mudofaa harakatini (yashirinish yoki onasining oldiga yugurib
kelish harakatini) vujudga keltiradi.
Xuddi shu hayvonning qulay vaziyatdagi qichqiriqlari boshqacha xa- rakterga ega bo'lib, bu qichqiriqlar farog'atga, xavfsizlikni, ovqat topilgan-
ligini va shu kabilami bildiruvchi signallar bo'lib xizmat qilishi mumkin.
Hayvonlarda xos bo'lgan xilma-xil tovush birikmalari va harakatlar aslo nutq emas. Hayvonlarda nutq bo'lmaydi.
Odamning nutqida namoyon bo'ladigan xilma-xil tovush birikmalari uning ichki holatini ifodalabgina qolmasdan, shu bilan birga obyektiv ravishda mavjud bo'lgan narsalar va hodisalaming nimaligini bildiruvchi vosita bo'lib ham xizmat qiladi. Har qanday so'z biron narsaning ma’nosini bildiradi. Masalan, stol degan so'z birikmasi ham nutq bo'lagi bo'lib qoladiki, bunda shu tovush birikmasi yordami bilan muayyan buyumning ma’nosi bildiriladi. So'zlar bizning ongimizdan tashqarida mavjud bo'lgan
buyumlar va hodisalaming hamda ularning xislatlari, holatlari,
bog'lanishlari, munosabatlari va shu kabilarning ongimizdagi bamisoli bir vakillaridir.
Yakka bir narsani, masalan, Moskva, Volga, Toshkent va shu kabilar- ni bildiradigan so'zlar bor. Lekin so'zlarning ko'pchiligi bir-biri bilan biror munosabatda bog'langan buyumlar va hodisalaming butun bir tur- kumini bildiradi. Bizning ongimizda voqelik in’ikos etganida so'z shu in’ikosni umumlashtiruvchi vositadir. So'z bilan hamisha umumiylikni ifodalaymiz. Shu sababli stol degan so'zni aytganimizda, bu so'z bilan biz xuddi shu onning o'zida bizning ko'z o'ngimizda turgan bitta stolnigina ifodalab qolmasdan, balki umuman «stol» tushunchasini ifodalaymiz. O'zimiz idrok qilayotgan yoki tasawur qilayotgan bitta stolning nomini aytganimizda, biz mana shu bitta stol degan so'zda umuman «stol» to'g'risidagi o'zimizda bo'lgan umumiy tushunchani nazarda tutamiz. Shu sababli umumlashtirilgan ma’noga ega bo'lgan so'z faqat yakka narsalarga mansub bo'lmasdan, shu bilan birga narsalarning butun bir turkumiga ham mansubdir.
Nutq va ayrim so'zlar narsalarning faqat belgilari — «yorliqlari» gina emas. Narsalarni ifodalovchi nomlar nutqning xususiy funksiyalaridan biridir, xolos. Har bir so'zning bundan tashqari yana ichki mazmuni ham bor, har bir so'z maium tushunchani ifodalaydi.
Nutq — ta’sir ko‘rsatish vositasi bo'lib xizmat qiladi. Ta’sir ko'rsatish — biz nutqimizni kimga qaratayotgan bo'lsak, shu kishida biz istagan hislar, intilishlar va harakatlarni tug'dirish, ularning fikrini biz istagan tomonga burish, ularni o'zimiz xohlaganimizcha o'ylashga majbur etish, ularni ishontirish demakdir. Ma’lumki, nutq yordami bilan boshqalarda xursandlik, qo'rquv, g'azab, ruhlanish hislarini tug'dirish mumkin, boshqalarda biz istagan intilishlarni, harakatlarni kuzatishimiz mumkin.
Yozuvchi badiiy asar yaratayotganida odamlarda muayyan fikr, his, intilish tug'dirishni, turmushga muayyan qarash hosil qilishni nazarda tutadi. Agitator o'z nutqi bilan odamlarda muayyan siyosiy kayfiyat, qarashlar, muayyan yo'lda harakat qilish istagini tug'dirishga intiladi.
Nutq ta’sir vositasi bo'lib, u tibbiyot tajribasida katta rol o'ynaydi. Shu narsa hammaga ma’lumki, shifokorning so'zi, ya’ni uning bemor bilan bevosita nutqiy aloqasi kuchli sur’atda ta’sir qiladigan vositalaridan biridir. So'z og'riqni bosadigan, darmon kiritadigan va boshqa shu kabi shifobaxsh vositadir. Tajribali tabibning aytishlariga qaraganda, so'z kasal- ning jismoniy va ma’naviy alamlarini ba’zan doridan ham yaxshiroq yengil- lashtirar ekan. Masalan, shifokorning maslahatlari, kasalning xavfsizligi va tezda tuzalib ketishiga bemorda ishonch va e’tiqod hosil qilishi ham ana shunday ta’sir ko'rsatadigan nutqiy vositalar jumlasiga kiradi.
O'qituvchi va tarbiyachi so'z orqali ta’sir ko'rsatish yo'li bilan o'quvchilarda muayyan intizom va xatti-harakat vujudga keltiradi. Ta’sir ko'rsatish vositasi bo'lgan nutq ta’lim-tarbiyaning asosiy qurolidir.
Amr-farmon berish, o'tinib so'rash — iltimos qilish, maslahat berish, o'git-nasihat qilish, dalil-isbotlar keltirish va boshqa shu kabilar so'z vositasi bilan ta’sir ko'rsatish shakllaridir. Nutq ta’sir ko'rsatish vositasi bo'lib xizmat qiladi, chunki so'zlab turgan kishining nutqida uning hissiy inti- lishlari, iroda va e’tiqodi aks etadi.
Nutqning ta’sir o'tkazuvchi funksiyasida intonatsiya katta rol o'ynaydi.
Intonatsiyada nozik va murakkab hislar va iroda xususiyatlari — norozi- lik, istak, talab hislari va shu kabilar namoyon bo'lishi mumkin. Shu sababli, o'quvchilarda tabiat va turmushdagi biror hodisaga qiziqish paydo qilish, bilimni yanada mustahkamroq bilib olishga ishtiyoq uyg'otish uchun, shuningdek, ularni ma’lum bir harakatga yo'llash uchun o'quvchilarga ta’sir ko'rsatmoqchi bo'lganida o'qituvchi o'z nutqida ta- laffuzga, ayniqsa, alohida e’tibor bermog'i lozim.
Har bir kishi, awalo, o‘z atrofidagi kishilar so'zlashadigan tilni bilib oladi. Lekin odam maxsus o‘qib o'rganish yo‘li bilan yoki boshqa millat kishilari bilan muttasil aloqada bo'lib turish natijasida boshqa xalqlarning
tillarini ham bilib olishi mumkin.
Tilni bilib olish (masalan, rus, o'zbek, ukrain va hokazo tillami bilib olish) —shu tilning fonetikasini, lug'at tarkibini va grammatik tuzilishini bilib olish demakdir.
Odam o'z fikrlarini boshqalarga bildirmoq uchun shu fikrlarni seziladigan, ya’ni sezgi organlari orqali ta’sir qiladigan moddiy vositalarda ifo- dalashi lozim. Odam ovozini tovushlari va tovushlar birikmasi nutqining mana shunday moddiy vositalaridir.
Odamlar nutq orqali bir-birlari bilan muomala qilishda foydalanadi- gan tillarning hammasi tovush tilidir.
Odam nutqining tovushlari odatda fonemalar deb ataladi.
Bu tovushlarning alohida belgilari bor. Masalan, a fonemasining o'z belgilari, b fonemasining o'z belgilari, sh fonemasining va hokazolarning ham o'z belgilari bor, biz shu belgilarga qarab, ayrim so'zlarni fahm- laymiz. Bu belgilar, odatda, fonematik belgilar deb ataladi.
Biz gapirayotganimizda, odatda, mimika va imo-ishoralardan foy- dalanamiz. Lekin mimika va imo-ishoralarni alohida til deb hisoblab bo'lmaydi.
Mimika va imo-ishoralar nutqning emotsional (hissiyot) tomonlarini ifodalab beradigan ixtiyorsiz harakatlardan iborat bo'ladi, yoki gapiruvchi odam o'z nutqining ayrim joylarini uqtirmoq bo'rttirib ko'rsatmoq uchun
atayin ixtiyoriy ravishda qiladigan harakatlaridan iborat bo'ladi.
Ba’zan odamlar vaziyatga qarab, mimika va imo-ishoralardan nutqning qo'shimcha vositasi tariqasida foydalanadilar. Masalan: zarur jimlik- ni buzmay biror fikmi bildirmoq uchun yoki nutqni eshittirish qiyin bo'lgan, lekin o'zi ko'rinib turgan masofaga biror fikmi xabar qilmoq uchun mimika va imo-ishoralardan foydalaniladi. Lekin bu hollarda mimika va imo- ishoralar tovush tilining so'z va gaplarini ifodalovchi faqat belgi bo'lib,
ayrim so'zlar va gaplarning o'rnida ishlatiladi.
Odamlarning imo-ishoralarini, mimikasini va pantomimikasini es- latuvchi xilma-xil harakatlarni biz hamisha hayvonlarda, ayniqsa, oliy hayvonlarda — maymunlarda ham borligini ko'ramiz. Biroq, hayvonlarning bu harakatlarini odamlarning imo-ishoralari, mimikasi bilan bir xil-
234
dagi harakatlar deb hisoblash mumkin emas. Odamlar o'zlarining imo- ishoralarida, mimikalarida va o'zlarining ayrim tovush birikmalarida o'zlarining ichki his va tuyg'ularini ifodalaydilar. Lekin, shu bilan bir
vaqtda, odam bu harakatlardan nutq elementlari tariqasida ham foydalanishi mumkin, jumladan, odam shular orqali narsalarning ma’nosini ifodala
nishi, u yoki bu narsalarni ko'rsatishi, narsalarni tasvirlab berishi mumkin.
Kar-soqov (gung) odamlar imo-ishora va mimikadan aloqa vositasi tariqasida foydalanishga majburdirlar, chunki ular og'zaki nutq tovush-
larini eshitmaydilar.
Yozuv ham nutqning moddiy vositasidir. Lekin yozuv tilning qandaydir alohida turi emas, yozuv — tildan foydalanishning faqat alohida usulidir. Og'zaki nutqda ham, yozma nutqda ham biz ayni bir tovush tilidan foydalanamiz. Og'zaki nutq eshitish organlari vositasi bilan idrok qildirishga mo'ljallangan nutqdir. Yozma nutq esa harflar va belgilar yordami bilan tovushlami, so'zlarni,
gaplarni ko'z bilan idrok qildirishga mo'ljallangan nutqdir.
Ko'rlar uchun o'ylab chiqarilgan maxsus yozuv (Brayl sistemasi) bor, u muskul-teri sezgisi organlari yordami bilan idrok qildirishga mo'ljallangan nutq vositasidir. Bu yozuv ham tovush tili asosiga ko'rilgan yozuvdir.
Kar-soqovlar (gunglar) ham o'qitish natijasida yozma nutqni bilib oladilar, ular shu nutq vositasi bilan tovush tilining butun boyligini ham bilib oladilar. Ular yozma nutqdan foydalanib, boshqa kishilar bilan to'la- to'kis aloqa bog'laydigan bo'lib oladilar va hamma normal kishilar singari kamol topaveradilar.
Nutqning fonetika jihatini bilib olish ma’lum bir tildagi har bir to- vushni va har bir so'zni og'zaki nutqda to'g'ri aniq va ravshan qilib ayta olish demakdir, yozma nutqda esa shu tildagi har bir so'zni to'g'ri yozish demakdir.
Tilda bo'lgan hamma so'zlarning jami tilning lug'at tarkibi deb ataladi. Biror tilning lug'at tarkibi naqadar boy va xilma-xil bo'lsa, bu til shu qadar boy va rivojlangan til bo'ladi. Har bir kishi foydalanayotgan va foydalanishi mumkin bo'lgan lug'at tarkibi qanchalik boy va taraqqiy qilgan bo'lsa, uning nutqi ham shunchalik boy va taraqqiy qilgan bo'ladi. Odam o‘z nutqida foydalanayotgan so'zlarning miqdori shu odam nutqining lug'at (yoki leksika) jihatini, nutqning lug'at tarkibini tashkil qiladi.
Har bir so'zning o'z ma’nosi bor, ya’ni har bir so'z muayyan bir narsaga yoki narsalar turkumiga, shuningdek, narsalarning muayyan bir
belgilariga, ularning xususiyatlariga, bog'lanishlariga, munosabatlariga va boshqa shu kabi belgilariga taalluqlidir. So'zning ma’nosi odamlarning nutq amaliyotida bir-biri bilan bo'layotgan o'zaro aloqasida ma’lum bo'ladi.
So'zning ma’nosi odamlarning bir-birlarini tushunishlarini ham ta’minlaydi. Bir-biri bilan gaplashayotgan ikki kishi bir-birini tushunadi, chunki gaplashayotgan kishilarning har biri muayyan bir narsa to'g'risida muhokama yuritadi va har qaysi so'zni muayyan bir ma’noda ishlatadi.
Aristotel ham o'z vaqtida bunday degan edi: «Bahslashayotgan har ikkala tomon ayni bir fikrni tushunmoqlari uchun, awalo, ishlatilayotgan
so'zlarning mazmuni ham ma’nosi haqida kelishib olmoq kerak».
Kishining o'z nutqda har bir so'zning ma’nosini aniq, tushunib foydalanayotgan va foydalanishi mumkin bo'lgan lug'at tarkibi shu kishining nutqi qay darajada o'sganligini ko'rsatadi.
Har bir kishi nutqining lug'at tarkibi tilning grammatik tuzilishidan ajralgan holda mavjud boiishi mumkin emas. Xuddi, shuningdek, har bir kishi o'z tilining lug'at tarkibini shu tilning grammatik tuzilishi asosida egallaydi.
Har bir so'zning o'z ma’nosi bor, lekin har bir so'z o'z shaklini o'zgartirib, grammatika qoidalari asosida tuzilgan biror gap tarkibiga kir-
ganidagina muayyan bir ma’no oladi. Grammatika qoidalari asosida tuzilgan nutq so'zlardan iborat boiadi. Lekin bunday gaplarda ifodalangan fikr shu gaplar tarkibiga kirgan so'zlar ma’nosiningjamidan iborat boiadi, degan ma’no chiqmaydi. Gapda ifodalangan fikr yoki boshqacha qilib aytganda, nutqning ma’nosi, shu gapni tashkil etgan so'zlar ma’nosining jamida hamisha keng va boy boiadi. So'zlarning ma’nosi bilan nutqning mazmuni bir-biriga aynan teng bo'lmaydi. Buni shundan bilish mumkin- ki, muayyan bir ma’nodagi so'zlar, ularning shakllari va gapdagi o'rinlari o'zgarishiga qarab, turli ma’no oladi. Masalan: 0 ‘qituvchi, o'quvchi, ga- pirmoq degan so'zlarning har birining o'z ma’nosi bor. Lekin bu uch so'z hali hech qanday fikrni ifodalamaydi. Endi bu so'zlarni biriktirib, bunday bir gap tuzaylik: 0 ‘qituvchi 0 ‘quvchiga gapirdi. Bunda biz so'zlar ma’nosining jaminigina tushunib qolmay, balki shu bilan birga nutqdagi fikrni ham tushunamiz. Shu so'zlarni boshqa bir tartibda o'zgartirib biriktirsak, boshqacha fikr hosil boiadi: o'quvchi o'qituvchiga gapirdi.
O'zbek tilida gapdagi so'zlarning o'mini o'zgartirmasdan, bitta so'zning shaklini salgina o'zgartirish bilan nutqning va har qaysi so'zning ma’nosi ham o'zgaradi. Masalan: «U akasini yubordi», «U akasiga yubordi».
Boshqa birovning nutqini eshitgan vaqtingizda ba’zan shunday gaplar uchraydiki, bu gaplardagi har bir so'zning ma’nosi tushunarli boisa ham, lekin gapda ifodalangan fikr noaniq boiib, tushunilmay qoladi. Mana shu misolning o'zi ham maium bir gap tarkibidagi so'zlar ma’nosining jami bilan shu gapda ifodalangan fikr bir-biriga teng emasligini ko'rsatadi.
Tilning grammatik tuzilishining ahamiyati shuni ko'rsatadiki, yakka odam nutqining qay darajada o'sganligi, qay darajada takomillashganligi faqat so'z boyligining boyligiga va xilma-xilligigagina bog'liq bo'lib qol- masdan, balki awalo, shu kishining o'zi gaplashadigan tilining gramma-
tikasini (morfologiyasini va sintaksisini) qay darajada bilib olganligiga bog'liqdir. Odam nutqining silliq va tushunarli bo'lishi uning gramma- tikani qay darajada bilib olganligiga bog'liq bo'ladi, gaplarda ifodalangan fikrning tushunarli bo'lishi ishlatilayotgan so'zlarning ma’nosi qay dara
jada tushunib ishlatilganiga bog'liq bo'ladi. Fikrlarimizni to'g'ri yoki noto'g'ri ifodalab berishimiz va bu fikrlarni moddiy qobiqda, ya’ni til bilan ifodalab berishimiz, grammatikani qay darajada bilib olganligimizga bog'liq bo'ladi. Bizning nutqimizni boshqa odamlarning to'g'ri yoki noto'g'ri tushunishi va boshqa odamlarning nutqini biz ham to'g'ri yoki noto'g'ri tushunishimiz shunga bog'liq bo'ladi.
Umuman biz odam nutqining qay darajada o'sganligiga shu odamda bo'lgan lug'at tarkibining boyligiga qarab baho berib qolmasdan, balki, shu bilan birga, shu nutqning turli-tumanliligiga, ya’ni shu odamning nutqida o'zi gaplashayotgan tilning grammatika shakllari va qoidalariga
qanchalik rioya qilayotganligiga qarab ham baho beramiz.
Bosh miya po'stidagi alohida markazlarning faoliyati va nutqqa oid muskul apparati nutqning anatomik-fiziologik asosini tashkil qiladi.
Tovush nutqining (fonetik nutqning) muskul apparati uch qismdan — nafas olish, ovoz va artikulatsiya apparatlaridan iborat. Nafas olish apparati diafragmadan, o'pkadan, o'pkani, bronxni va bo'g'izni harakatga keltiruvchi muskullardan iborat. Nafas olish apparatining vazifasi nutq apparatining ovoz qismiga havo kiritib turishdan iborat.
Ovoz apparati — nafas olinadigan bo'g'izning davomi bo'lgan kekirdak bo'lib, to'rtta tog'aydan iboratdir.
Shu tog'aylar o'rtasidagi bo'shliqda ikkita gorizontal elastik muskullar bor, bu ovoz muskullari deb ataladi. Nafas bo'g'izdan chiqib turgan havo bu muskullarni harakatga keltirib, tebratib turadi.
Tog'aylar mana shunday tebranib turishi tufayli ovoz muskullari taranglanishi yoki susayishi mumkin: bu muskullar bir-biriga yopishib
yoki bir-biridan ajralib turishi natijasida ularning o'rtasida ovoz teshigi deb atalgan bo'shliq hosil bo'ladi.
Agar ovoz muskullari tarang bo'lib tursa yoki bir-biriga yaqinlashib qolsa (ya’ni, ovoz teshigi yopilib qolsa), u holda nafas yo'lidan chiqqan havo shu teshikka kirib, ovoz muskullarining chetlarini tebratadi (vi-
32-rasm.
Bo ‘g ‘izning uzu- nasiga kesigi.
bratsiya qiladi), natijada tovush hosil boMadi. Agar ovoz muskullari bir-biriga yetarli ravishda yaqin- lashmagan bo'lsa, nafas oladigan bo‘g‘izdan chiqayotgan havoning ovoz muskullariga yengil ishqalanib o'tishi natijasida pichirlagan tovush hosil boMadi. Erkin, tovushsiz nafas olinganida ovoz muskullari tarang boMmasdan qoladi, ovoz
teshigi esa toMa ravishda ochiq bo'lib qoladi.
Artikulatsiya apparati ogMz bo‘shligMdan va burun bo‘shligMdan iboratdir. Bu bo'shliqlar bo'g'in ustidagi tovushga bamisoli sayqal beruvchi truba kabi bir narsadir (rezonatordir).
OgMz bo‘shligM bo‘gMzda paydo boMgan to- vushlarning asosiy rezonatori boMib xizmat qiladi. Agar tovush toMqinlari ogMz bo‘shligM orqali hech bir to'siqqa uchramay o'tayotgan boMsa, unli tovushlar hosil boMadi. Unli tovushlarning (a, e, i, o, u) farqi og‘iz bo‘shlig‘ining katta-kichik boMishiga va shaklining o'zgarishiga bog'liq bo'ladi. Og'iz bo'shlig'ining shakli ko'p jihatdan til va lab- laming holatiga va og'izning qay darajada ochi- lishiga bog'liqdir. Til — nutqning eng serharakat organidir: til ko'tarilishi, tushirilishi, oldinga cho'zilishi va orqasiga qaytarilishi mumkin. Lab- lar cho'zilishi, cho'chchaytirilishi mumkin.
33-rasm. Bo‘g‘izning Undosh tovushlar tovush to'lqinlarining og'iz ко ‘ndalang kesigi. bo'shlig'idan bemalol o'tishiga katta yoki kichik biror to'siq paydo bo'lishi natijasida hosil bo'ladi. Bu to'siqlar lablami yumish yo'li bilan vujudga keltirilganida p, b, m tovushlari hosil bo'ladi, bu pastki lab va yuqori tishlar bilan vujudga keltirilganida /, v tovushlari hosil bo'ladi, til va ustki tishlar bilan vujudga keltirilganida t, d, n, s, z tovushlari hosil bo'ladi, til va tanglayning biror qismi bilan vujudga keltirilganida r, sh, k, tovushlari hosil bo'ladi. Burun bo'shlig'i tovushlami hosil qilishda turlicha rol o'ynaydi. Burun bo'shlig'i ochiq yoki yopiq bo'lishiga qarab, turlicha tovushlar hosil bo'ladi. Agar burun bo'shlig'i yopiq bo'lsa, burundan chiqmaydigan tovushlar (a, u,
yu), agar bu bo'shliq ochiq bo'lsa, burundan chiqadigan undosh tovushlar (j, n) hosil boMadi.
Tovushlar turli ravishda bir-biriga qo'shilganda bo'g'in va so'zlar hosil bo'ladi, so'zlardan esa gap hosil bo'ladi. Bizning og'zaki nutqimiz shu tariqa vujudga keladi.
Nutq yozuv vositasi bilan ifodalanganda so'zlarning tovush tuzilishi yozma, grafik belgilar sistemasiga ko'chiriladi. Nutqning yozma ifodasi qo‘l va barmoq muskullari yordami bilan hosil qilinadi. Lekin bunda yozish jarayoni artikulatsiyadan ajralgan holda emas, balki artikulatsiya asosida voqe boMadi. Yozishning artikulatsiya bilan bunday bogManganligi savod chiqarishning dastlabki bosqichlarida, ayniqsa, sezilarli boMadi. Endigina savod chiqarayotgan o'quvchi har bir so'zni yozayotganida shu so'zni albatta gapirib yoki pichirlab aytib turadi. Yozish malakasi rivojlanib ketganida (avtomatik tus olganida) ham bo‘gMzning yengil harakat qilishi davom etaveradi, buni alohida asboblar yordami bilan qayd qilish mumkin (32—33-rasm).
Ikkinchi signal sistemasining mexanizmlari tafakkurning asosi boMgani kabi, nutqning ham nerv-fiziologik asosidir (uchinchi bobga qaralsin). Hayvonlarning tashqi dunyo bilan munosabati ularning faqat bevosita taassurotlari orqali voqe boMadi. Odamning tarixiy rivojlanishi natijasida esa unda «ikkinchi signal sistemalari, ana shu birlamchi signallaming signallari so'zlar tariqasida paydo boMdi, rivojlandi va nihoyat darajada takomillashdi». Qo'zg'ovchi vosita sifatida, so‘z uch shaklda namoyon boMishi mumkin: 1) eshitish organini qo‘zg‘ovchi shaklda — eshitiladi- gan so‘z; 2) ko‘rish organini qo‘zg‘ovchi shaklda — yozilgan so‘z; 3) kinestezik qo‘zg‘ovchi shakl sifatida - aytilayotgan yoki yozilayotgan so‘z (l.P. Pavlov, Полное собрание сочинений, III tom,
2-kitob, 232-bet). Shu shakllar orasida l.P. Pavlov organlarining kinestezik qo‘zg‘alishi alohida ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlaydi: «Nutq, awalo, nutq organlaridan bosh miya pastiga o‘tuvchi maxsus kinestezik qo‘zg‘alishdir. Nutq ikkinchi signallardir, signallaming signalidir». Eshi- tilib turgan, aytilayotgan va ko‘rinib turgan (yozuv) so‘z qo‘zg‘ovchi boMibgina xizmat qilmasdan, shu bilan birga, qo‘zg‘alishga javob reaksi- yasi boMib ham xizmat qiladi. Bunda javob reaksiyasi boMgan so‘z o‘z navbatida — ikkinchi signal sistemasidagi jarayonlarni vujudga keltiradi-
gan qo'zg'ovchidir.
Qo'zg'ovchi nutq va javob so'z reaksiyasi bo'lgan nutq, bosh miya po'stining maxsus uchastkalari bilan — nutq markazlari bilan bog'langan. Nutq markazlari eshitish markazi, harakatlantirish markazi va ko'rish markazi deb uch xil markazga bo'linadi.
Eshitish markazi so'l chakkaning orqa bo'limida joylashgan. Miyaning bu uchastkasi eshitilgan so'zlarni idrok qiladi, boshqalarning nutqini
tushunish va o'zlashtirishni vujudga keltiradi, bu markaz buzilib qolganida nutq chuvalab ketadi, buni sensorli afaziya deb ataladi. Bunday kasalga duchor bo'lgan kishi o'zgalarning nutqini tushunmaydi: tovush va so'zlarni eshitadi-yu, lekin so'zlarning mazmunini bilmaydi, gapning ma’nosini tushunmaydi.
Nutqning harakatlantirish markazi chap yarim shaming uchinchi manglay qismida joylashgan. Bu markaz gapiruvchi kishining faol nutqini vujudga keltiradi. Bu markaz buzilib qolganida odam gapirolmaydigan bo'lib qoladi. Nutqning bunday buzilishi harakat afaziyasi deb ataladi.
Nutqning ko'rish markazi bosh miyaning orqa qismiga joylashgan. Yozilgan xatni o'qiganda va yozgan vaqtda yozuv belgilari shu markaz tufayli idrok qilinadi. Bu markaz buzilib qolgan taqdirda odam harflarni tanimaydi, o‘qiy olmay qoladi (aleksiya kasalligi), yozolmay qoladi (agra- fiya kasalligi).
Biroq, akademik l.P. Pavlovning tadqiqotlari shuni ko'rsatdiki, bosh miya po'stining boshqa markazlari kabi bu nutq markazlarining qat’iy chegaralari yo'q va bir-biridan ajralgan holda harakat qilmaydi. Bu markazlar bir-biri bilan qo'shilaveradi va bir-birining vazifasini bajara- veradi, bosh miya po'stining boshqa markazlari bilan ham qo'shilaveradi. Nutq markazlari deb nom berilgan markazlar bosh miya po'stining u yoki bu xil nutq jarayonlarida ko'proq ahamiyatga ega bo'lgan uchast- kalaridir, xolos. O'zgalarning nutqini va gapirayotgan kishining o'z nutqini idrok qilish bosh miya po'stining faoliyatiga va asosan, bosh miya po'stining ikkinchi signal sistemasi bilan bog'lanishlarni vujudga kel- tiruvchi qismiga bog'liqdir.
Nutq tafakkur bilan chambarchas bog'langandir. Odam nutq bo'lmasa, til vositalari bo'lmasa fikr qilolmaydi. Yuqorida aytib o'tilganidek, nutq fikrlash qurolidir. Tafakkur bo'lmasa nutq til boiishi ham mumkin emas.
Fanga xilof boigan burjua idealistik taiimot uchun xarakterli narsa shuki, u tafakkurni nutqdan, til shakllaridan ajratib qo'yadi. Masalan,
psixologlarning Vyursburg maktabi deb atalgan idealistik psixologiya namoyandalari (Byuller, Messer, Kyulpe, Ax va boshqalar) odamdagi tafakkur jarayonlari obrazlardan — idroklar va tasawurlardan mustaqil ravishda, shuningdek, nutq tildan mustaqil ravishda sodir boiadi, deb isbot qilmoq uchun, buni hatto tajriba qilib ko'rsatishga ham urinib ko'rdilar.
Obrazlardan va nutqdan mustaqil mana shunday «sof» tafakkur boiishi mumkin, degan idealistik taiimot butunlay asossiz taiimotdir. Tafakkur idrok va tasawurlardan mustaqil sur’atda o'sa olmaydi. Nutq bo'lmasa, tafakkur ham bo'lmaydi, til materiali bo'lmasa, fikrni ifodalab berib bo'lmaydi.
Bizning hukmlarimiz, mantiqiy ta’riflarimiz, xulosalarimiz til material- lari va gaplar yordami bilan ifodalanadi. Til materiallari va gaplar vositasi bilan analiz va sintez qilinadi, abstraksiya qilinadi va umumiylashtiriladi.
240
Til materiallari boMmasa, biz hatto eng oddiy hukmni ham o‘zimiz uchun ifodalay ololmaymiz — biz shu onning o‘zida idrok qilib turgan buyumlar to‘g‘risida ham biror nimani tasdiq qilib yoki inkor qilib aytol- maymiz. Biz so‘zlar boMmasa, bitta ham tushunchani fikrimizga joylash-
tira olmaymiz.
Faqat til yordami bilangina odamlar bir-birlariga o‘z fikrlarini ayta oladilar. Odamlar nutq orqali bir-birlari bilan aloqa bogMaganlarida, tafakkur natijalarini va o‘tmish ajdodlarning bilish sohasida erishgan muvaffaqiyatlarini til yordami bilan o‘zlashtirib oladilar va ayni vaqtda
o‘z fikrlarini va bilimlarini avlodlariga topshiradilar.
Inson tafakkuri ham tarixiy taraqqiyot jarayonida, til yordami bilan boMadigan nutq aloqalarida oksdi — tafakkurning mantiqiy shakllari ishlab chiqildi.
Har bir kishining tafakkuri uning butun umri davomida til yordami bilan boMadigan nutq aloqalari jarayonida o‘sib boradi.
Lekin biz tafakkur, nutq va til bir-biriga chambarchas bogMangan deganimizda shuni ham nazarda tutishimiz kerakki, nutq bilan tafakkur aynan bir narsa emas, nutq bilan tafakkurni, fikr bilan tilni bir-biriga aynan teng deyish yaramaydi. Biz ba’zi buijua psixologlarining tafakkur bilan nutq aynan bir narsa, deb da’vo qiluvchi soxta taMimotini qat’iyan rad qilishimiz lozim.
Amerika psixologiyasi deb atalgan oqimining namoyandalari boMgan bixevioristlar nutq bilan tafakkur bir-biriga aynan teng bir narsa degan mana shunday mexanistik ta’limotni, fanga butunlay xilof boMgan ta’limotni
targMb qilishga, ayniqsa, zo‘r berib urindilar.
Ularning ta’limotiga ko'ra, tafakkur nutqdan iborat boMadi. Faqat nutqning o‘zigina real mavjuddir. Tafakkur esa u ham o‘zi bir nutqdir, lekin tovushsiz yoki tormozlantirilgan nutqidir. Bixevioristlaming ta’limotiga ko‘ra, nutq nerv-muskul harakatlaridan tarkib topadi, u alohida ko‘nikmalardan iboratdir, demak, tafakkur ham faqat mana shu malakalardan iborat boMishi lozim. Shu ta’limotga qaraganda, biz muskullar yordami bilan fikr qiladigan boMib chiqamiz. Bixevioris- tlarning shu taMimotiga ko'ra, tafakkur muammosining okzi ham boMishi mumkin emas, tafakkur masalasi batamom nutq masalasining o‘zi boMib qoladi. Nutq bilan tafakkur aynan bir narsa, degan ta’limotni burjua psixologlari tafakkurning rcalligini rad qilmoq uchun, shu bilan birlik- da, mchnatkash kishilarning faoliyatida ongning faol roli borligini ham rad qilmoq uchun obylab chiqardilar. Bixevioristlaming tafakkur nutqdan iborat, degan bu taMimoti voqelikka butunlay zid taMimotdir. Nutq
bilan tafakkur aynan bir narsa emasligini ko‘rsatadigan juda ko*p fak-
11 a r bor.
Masalan, ma’lumki, boshqa birovning nutqini tushunib olishda ba’zan birmuncha qiynalamiz. Odatda, biz, boshqa birovning nutqini eshitayot- ganimizda yoki yozma nutqni ichimizda o‘qiyotganimizda, shuningdek, boshqa birovning nutqini baland ovoz bilan takrorlayotganimizda, bu nutqlarda ifodalangan fikrlarni ayni shu vaqtda tushunib ololmaymiz. Ko‘pincha, hamma nutq organlari toMa-to‘kis harakat qiladi (to‘g‘ri ta- laffuz qiladi), lekin bunda ham nutqdagi fikrni ayni shu vaqtda darrov
tushunib boMmaydi. Ba’zan nutqni tushunmoq, ya’ni uning ma’nosini bilib olmoq uchun aniq ta’riflarni (og‘zaki yoki yozma) bir necha marta takrorlashga to‘g‘ri keladi.
Agar nutq bilan tafakkur aynan bir narsa boMganda edi, boshqa birovning nutqini faqat eshitish yoki birinchi takrorlash bilanoq, tushunib
olingan bo‘lur edi. Modomiki, birovning nutqini faqat eshitish yoki birinchi takrorlash bilanoq tushunib bo‘lmas ekan, binobarin, tafakkur bilan nutqni ham aynan bir narsa deb boMmaydi.
Shunday ham boMadiki, ayni bir fikrning o‘zini turli odamlar va ayni bir kishining o‘zi turli hollarda, turli so‘zIarda, turli iboralarda ifodalaydi. Misol uchun matematikaning quyidagi ta’rifini ko‘rsatish mumkin: plus- plusga ko‘paytirilganida va minus-minusga ko‘paytirilganida plus hosil boMadi, plus minusga ko'paytirilganida esa minus hosil boMadi. Shu fikrning o‘zi boshqa bir iborada ifodalanishi mumkin: bir xildagi alomatlarga
ega boMgan raqamlar bir-biriga ko‘paytiriIganda musbat raqam hosil boiadi, alomatlari turlicha boMgan raqamlar bir-biriga ko'paytirilganida manfiy raqam hosil boMadi. Nutq bilan tafakkur aynan bir narsa boMganida edi,
bunday hodisalaming boMishi mumkin boMmas edi.
T a fa k k u r bilan nutq o'rtasida farq borligini shu faktdan h a m bilish m u m k in k i, ayni bir fikrni g ra m m a tik tuzilishi turlicha boMgan turli tillarda (m asalan, rus, o'zbek, xitoy va boshqa tillarda) a ynan bir m a ’no bildira- digan qilib ifodalash m u m k in .
A g ar til bilan tafakkur aynan bir narsa boMganida edi, u holda h a m m a tillarda g ra m m a tik tu/.ilish h am ay n an bir-biriga o'xshash boMishi kerak edi, yoki h a r qaysi millatda shu millat filming g ra m m a tik tuxilishiga m u vofiq ravishda, tafakkur shakllarining tuzilishi h a m turlicha boMishi kerak edi. H a r bir xalqda o'ziga xos m an liq boMishi lozim edi. Lekin bun d ay h o ld a , turli millat o d a m l a r i n in g bir-b irlarin i tu s h u n ish lari m u m k i n boMmadi, a y n a n bir fikrni bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilish m u m k in boMmadi. f'il bilan lafakkurning bevosita aloqasi laqat tilning tafakkur u c h u n boMgan aham iyatidagina ifodalanib qo lm asd an , balki, shu bilan
birga, tafakkurning til uchun boMgan aham iyatida h a m ifodalanadi. la f a k k u rn in g taraqqiyot larixida tilning roli qanchalik kalta boMsa,
tilning taraqqiyot larixida ham tafakkurning roli shunchalik kattadir. ( i r a m -
matika qonunlarini, shakllarini va qoidalarini tuzishda hamda ularning takomillashib borishida tafakkur, ayniqsa, katta ahamiyatga ega boiadi.
Har bir kishidagi tafakkurning o‘sishi shu kishi nutqining o‘sishi bilan bab-baravarboMganidek, shu kishi nutqining o‘sishi ham undagi tafakkurning o‘sishiga bog‘liq boMgan. Grammatika shakllari va qoidalarini o‘zlashtirish jarayonining o‘zi odamning o‘z tafakkurini zo‘r berib ishla- tishini talab qiladiki, bu hammaga maMumdir.
Shunday qilib, tafakkur bilan nutq turli hodisalardir, lekin ayni vaqtda bu ikki hodisa bir-biri bilan chambarchas bogMangan, bir-birini taqozo qiluvchi va bir-biridan tashqarida voqe boMmaydigan va o‘sa olmaydigan hodisadir. Nutq va tafakkur bir-biri bilan dialektik birlik asosida bogMangandir.
Nutq bilan tafakkurning birligini Pavlovning ikkinchi signal sistemasi to‘g'risidagi taMimoti ham isbotlab beradi, ikkinchi signal sistemasi birinchi signal sistemasi bilan bir-biriga o'zaro ta’sir qilgan holda nutqning ham, tafakkurning ham nerv-fiziologik negizini tashkil qiladi.
Nutq o‘zining tashqi ifodalanish usuliga qarab og‘zaki va yozma nutqqa ajralib qolmasdan shu bilan birga, qanday vazifani bajarishiga va sintaktik tuzilishining xususiyatlariga qarab ham bir-biridan farq qiladi.
Nutq o‘zining bajaradigan vazifasiga qarab, ichki va tashqi nutqqa boMinadi.
Ichki nutq shunday bir nutqdirki, uning yordami bilan fikrlar boshqa odamlarga ma’lum qilinmasdan oldin ichda ifodalanadi.
Ichki nutqning o'z xususiyatlari bor. Bu nutq, ko'pincha tovushlar ovoz chiqarib aytmaydigan nutqdir, bu nutq odam «o'z ichida gapiradi- gan» nutqdir. Ba’zan ichki nutq «tashqariga» chiqadi, ya’ni tovushlar ovoz chiqarib aytiladi. Biror nimani fikr qilayotgan odam qandaydir qi- yinchilikka uchrab qolganida, shuningdek, hissiyoti qattiq qo'zg'alish natijasida hayajonlanib ketganida yoki o'zining oldida boshqa odamlar bo'lmagan vaziyatda u, o‘zi sezmagan holda, «ovoz chiqarib o'vlaydi» — ovoz chiqarib o'z-o'zi bilan gaplasha boshlaydi. Odam yakka qolib, o’z ichida o‘ylab o'tirganida ko'pincha imo-ishora va mimikadan ham foy
dalanadi. Kichkina bolalar ko'pincha «ovoz chiqarib o‘ylaydilar», gaplashib va harakat qilib turib fikr qiladilar.
Shakl jihatidan ichki nutq ko'proq monolog tarzida sodir bo'ladi,
ichki nutqni odamning o‘z-o‘zi bilan va o'zicha gaplashuvi deyish mumkin. Lekin ba’zan ichki dialog shaklida, xayoldagi suhbatdosh bilan gapla- shish yoki munozara qilish tarzida ham sodir boiadi.
Sintaksis tuzilishi jihatidan ko'pincha ichki nutq qisqartirilgan, boiak- boiak gaplardan iborat boiadi. Ichki nutqda gapning faqat ayrim boiaklarigina, asosan ega birmuncha aniq qilib ifodalanadi («ichdan, o'z- o'ziga» aytiladi). Ichki nutq ovoz chiqarib «aytib yuborilganida» ham o'zining shu xususiyatini saqlab qoladi. Masalan, poyezddan kechga qolgan yoiovchi vokzalga yaqinlasha turib soatga qaraydi va shu onning o'zidayoq, o'ziga kerakli poyezdning ketgan yoki ketmaganligini o'zicha hal qilib, o‘z fikrini ovoz chiqarib aytilgan: «Eh, ketib qolibdi-уа!» degan so‘z bilan ifodalab yuboradi. Bunda faqat kesimning o‘zigina ifodalanadi. Lekin shu kishining ichki nutqida (ichida, o‘z-o‘zicha nutqida), albatta, gapning boiaklari, boshqa so'zlar ham boiadi, faqat gapning shu boiaklari unchalik shakllanmagan boiadi, shu sababli, gapning shakllanmagan shu boiaklari darhol tashqariga chiqmaydi, eshittirilib aytila qolmaydi. Bu holda faqat birgina kesim bilan aytilgan fikr poyezdga xuddi shu kishidek shoshilib kelayotgan va mana shunday shubhaga tushib qolgan boshqa kishilargagina tushunarli boiadi. Ichki nutqning toiiq boimasligiga, boiak- boiak boiishiga sabab shuki, tafakkur obyekti va shu tafakkur sodir
boiayotgan vaziyat fikr qiluvchi kishining o'ziga ravshandir va toiiq gap bilan qayd qilinishini talab etmaydi. Nutq tafakkur obyektida tasdiqlana- digan yoki inkor qilinadigan narsa ustidagina to'xtaladi.
Ichki nutq, odatda, ixtiyorsiz ravishda o'tadi. Bunda tafakkur jara- yonlarining o'zi ixtiyoriy ravishda, maium kuch sarflash yoii bilan ham borishi mumkin. Lekin ixtiyoriy tafakkur jarayonining borishiga yordam bergan ichki nutq ixtiyorsiz ravishda o'z-o'zicha maydonga chiqadi deyish mumkin. Ichki nutq dialog shaklida sodir boigan hollardagina ixti- yoriylik momentlari paydo boiadi. Bunday hollarda ichki nutq o'zining
sintaksis tuzilishi jihatidan ham tashqi nutq tuzilishiga yaqinlashib qoladi. Ichki nutqning xarakterli belgisi shuki, bunda tovushlarning artikulatsiya- si ko'zga ko'rinmaydi. I.M. Sechenov buni quyidagicha tasvirlaydi: «Men fikr qilayotganimda juda ko'p vaqt og'zimni ochmay va yopib turib, ga- piraveraman, ya’ni og'iz bo'shlig'idagi til muskullari harakat qilaveradi. Biror fikrni, asosan boshqalarga uqtirmoqchi boiib, ifodalashga uringan hollarning hammasida esa shu fikrni albatta pichirlab takrorlab turaman»
(Избранные философские и психологические произведения,
Gospolitizdat, 1947, 142-bet).
Ichki nutqning ko'zga ko'rinmaydigan mana shunday artikulatsiyasi borligi hozirgi vaqtda eksperimental yo'l bilan isbotlangan.
Tashqi nutq boshqa odamlar bilan aloqa qilishimizda foydalaniladi- gan nutqdir.
Bu nutq biron kishiga qaratilgan, biron nimani xabar qiladigan nutqdir.
Tashqi nutqning o‘zi ham og‘zaki va yozma nutqqa bo'linadi.
Og'zaki nutq — boshqa kishilar bilan bevosita qilayotgan aloqamizda foydalanilayotgan nutqdir. Bu nutq odatdagi gaplashuv nutqidir. Bu nutq hamisha boshqa kishilarning eshitish organlari yordami bilan idrok qi- lishlari uchun mo'ljallangan «tovushli» nuqtadir. Shu sababli, odatda, og'zaki nutq ovoz bilan va (ba’zan) shivirlab aytiladi. Og'zaki nutq vaqtida. odatda, gapirayotgan kishi bu nutqni mimika, imo-ishoralar bilan ishlatadi.
Og'zaki nutqning xarakterli xususiyati shuki, bu nutq suhbatdoshlar o'rtasida boiadi. Suhbatdoshning yoki suhbatdoshlarning bunday ishtirok etishi ularning gapirayotgan kishining nutqiga diqqat qilib turishi,
savollar berib turishi, so'z tashlab turishidan iborat boiadi; suhbatdoshlar gapirayotgan kishining fikriga e’tiroz bildiradilar, yoki bu fikrga o'zlarining rozi boiganliklarini izhor qiladilar, yoxud shu fikrni kengaytiradilar.
Suhbatdoshlarning og'zaki nutqda qatnashishlari qay xarakterda va qay darajada boiishiga qarab, og'zaki nutq ikki shaklga bo'linadi. Bu- larning biri dialog nutq (dialog) va ikkinchisi monolog nutq (monolog) deb aytiladi.
Ikki yoki ko'p suhbatdosh o'rtasidagi gaplashish tariqasida bo'ladigan nutq dialog deb ataladi. Suhbatdoshlar navbatma-navbat gaplashaveradi- lar — biri so'raydi, biror narsani aytadi, boshqalar esa uni tinglaydilar,
javob beradilar.
Odam bitta o'zi gapirsa-yu, boshqa kishilar bu gapga faol qatnashmay faqat uning nutqini tinglab tursalar, nutqning bu shakli monolog deb atala
di. Masalan, lektorning, dokladchining nutqi, sudda, kengashlarda va boshqa shu kabi joylarda so'zlanadigan nutq monolog nutqdir yoki monologdir.
Og'zaki nutq so'zlayotgan kishi o'z fikrini suhbatdoshlari to'g'ri tushunib olishiga harakat qiladi. Shu sababli, og'zaki nutqda ega, kesim, aniq- lovchi, to'ldiruvchi so'zlarni ham to'la aytishga to'g'ri keladi. Durust, ba’zi og'zaki nutq ham qisqartirilgan holda, ayrim gap boiaklarini tushirib qoldir-
gan holda gapiriladi. Ba’zi hollarda gaplashuv, dialog ham faqat kesimlar bilangina ifodalanishi mumkin. Masalan, yarim kechada bir necha kishi
gaplashib, tramvay kelishini kutmoqda, ulaming hammasi tramvay keladigan tomonga ko'z tikib turibdi. Ular o'rtasida taxminan shunday gaplar boMadi: «Ko'rinyaptimi?» — «Yo‘q, ko‘rinmayapti». Oradan biroz o'tgach: «Kelyaptimi?» — «Ha, kelyapti». Bu gaplar faqat kesimlaming o'zidangina iborat gaplardir. Ammo, shunday boMsa ham, gaplashayotgan kishilarning hammasi bir-birlarining fikrlarini tushunadilar.
Og'zaki nutqning sintaksis jihatidan to'liq bo'lmasligiga, awalo, sabab shuki, gap mavzui ham, shu gap sodir bo'layotgan vaziyat ham, odatda, gaplashib turgan kishilarga aniq va ravshandir. Shu sababli, og'zaki nutq, vaqtida gap bo'laklarining hammasini, ega, kesim, aniqlovchi, to'ldiruvchi va hokazolami gapda har safar to'liq aytishga hojat qolmaydi. Bundan tashqari, mimika va imo-ishoralar, intonatsiyalar, pauzalar, mantiqiy urg'ular va shu kabilar, xullas nutqimizni jonlantiradigan vositalarning hammasi og'zaki nutqni boyitadi. Jonli nutq tinglanibgina qolmasdan, uni odamlar ko'rib ham turadilar, his ham qiladilar. Bunday nutq,
ko'pincha, og'izdan chiqishi bilanoq tushuniiaveradi.
Og'zaki nutq ixtiyorsiz yoki ixtiyoriy boMadi. Gapirayotgan kishi so'z va grammatika shakllarini maxsus tanlamay, og'ziga kelganicha so'zlashsa, bu holda nutq ixtiyorsiz nutq boMadi. Gapirayotgan kishi o'z so'zlari uchun alohida mas’uliyat sezib gapirganida, shu nutqni tinglayotgan kishi
gapirayotgan kishi uchun alohida ahamiyatga ega boMganida, bunday hollarda nutq ixtiyoriy xarakterga ega bo'lib qoladi. Masalan, o'quvchining o'z o'qituvchisi bilan gaplashayotgan vaqtidagi nutq mana shunday ixtiyoriy nutqdir. Bunday hollarda gapirayotgan kishi lozim boMgan so'zlarni tanlab, joy-joyiga qo'yib ishlatishga, grammatika qoidalariga rioya qilishga intiladi va harakat qiladi.
Dialog — ikki yoki bir necha odam o'rtasida boMadigan gapdir, bunda suhbatdoshlarning gapi bir-biriga bogManadi, ulanib ketadi, ya’ni gaplashib turganlar bir-birlariga savol-javob qilib, bir-birlariga e’tiroz qilib gapni ulab, davom ettiradilar. Shuning uchun dialog ma’nosi bir-biriga ulangan nutqni ancha osonlashtiradi. Monolog nutq esa ancha og'ir ko'chadi. Monolog — gapirayotgan kishidan juda ko'p diqqat-e’tibor berishni talab qiladi, gapirayotgan kishining faqat o'z nutqining mazmunigagina diqqat- e’tibor berib qolmay, balki, shu bilan birga, bu nutqning tashqi tuzilishiga ham, fikrlarni ifodalashda muayyan sistema, tartib bo'lishiga ham rioya
qilishi lozim boMadi.
Monolog nutq tuzilishi jihatidan yozma nutqqa yaqindir.
Og'zaki nutq (dialog ham, monolog ham) ichki nutq singari, tafakkur qurolidir. Bunda boshqalar bilan gaplashish jarayonida gapirayotgan kishining o'z fikrlari ham o'ziga ravshan bo'lib qoladi.
Ko'pincha mana bunday boMadi: miyamizda paydo boMgan, lekin unchalik ravshanlashmagan fikr o'zimiz muhokama qilib ko'rishimiz va boshqalarga bayon qilishimiz jarayonida o'zimizga ham ravshan bo'lib
qoladi — pishib yetiladi. Ba’zi bir fikrlarimizni pishitib yetishtirishda, boshqalarning fikrini uqib bilib olish (tushunib olish) vaqtida biz ko‘pincha bu fikrlarni go‘yo biron suhbatdoshga aytayotgandek yoki 0'z-o‘zimizga ovoz chiqarib ifodalashimizning sababi ham ana shunda.
Bunday hodisalar ichki nutq bilan tashqi nutq o‘rtasida ajralish yo‘qligini ko'rsatadi: fikrni nutq bilan ifodalash faoliyatida hamisha ichki nutqdan tashqi nutqqa va aksincha, tashqi nutqdan ichki nutqqa o'tish hollari boiib turadi.
Yozma nutqning xususiyati shuki, bu nutq bevosita aloqa boglash vositasi bo'lmasdan, balki, ko‘pincha, boshqa vaziyatda, boshqa bir joyda turgan yoki turishi mumkin boigan odamlar bilan aloqa bog’lash vositasidir. Masalan, biz o‘z do'stimizga yoki qarindoshimizga xatimizda yozib yuborgan xabarimizni u ehtimolki bir kundan keyin, ikki kundan keyin, bir haftadan keyin, boshqa shaharda yoki boshqa qishloqda o'qib bilishi mumkin. Biz bundan yarim yil, bir yil, hatto bir necha o‘n va yuz yil muqaddam yozib qoldirilgan kitoblarni o'qib, shu kitoblardagi bilimlami
bilib olamiz.
Yozma nutq ham monolog shaklida va dialog shaklida boiadi. Masalan, ilmiy asarlar hamisha deyarli monolog shaklida yoziladi. Badiiy- adabiy asarlar dialog shaklida ham, monolog shaklida ham yoziladi. Ba’zan oddiy maktublar ham dialog shaklida yoziladi, shu maktubni yozavotgan kishi uni o'qiydigan kishini tasawur qilib, unga maktubda o'zi savollar
beradi va shu savollarga o’zi javob qaytaradi.
Sintaksis jihatidan qaraganda yozma nutq eng toiiq va mukammal nutqdir. Har bir kishi oddiy maktubni yoki ilmiy maqolani yozayotganida
grammatika qoidalariga, og'zaki nutqdagiga qaraganda, ko'proq rioya qiladi. Yozma nutqda gap bolaklaridan biri tushib qolsa, bu yozma nutqni o'qigan kishilar uni qiynalib tushunadilar yoki butunlay tushunolmay- dilar. Yozma nutqning sintaksis jihatdan toiiq bolishi shuning uchun ham zarurki, og'zaki nutq uchun xarakterli boigan mimika, imo-isho- ralar, intonalsiyalar va boshqa shu kabi qo'shimcha elcmcntlarni yozma nutqda ishlatib bo'lmaydi.
Yozma nutq, asosan, ixtiyoriy nutq bo'ladi. Maktub, doklad, ma’ruzalar va boshqa shu kabilarni vozayotgan kishi so'zlarni ongli ra
vishda tanlaydi, gaplarni yaxshiroq qilib tu/.ishga intiladi. Ko'pincha o'z fikrlarimizni o'qiydigan kishilarga so'zlar vositasi bilan g'ovat ravshan va tushunarli qilib ilodalamoq uchun ancha-muncha kuch sarllashimiz lozim bo'ladi.
Yozma nutq fikrlarimizni ifodalab berishning eng yaxshi vositasidir.
Yozma nutqda fikrning mazmuni va shaklidagi ayrim kamchiliklar ochiq ko'rinib qoladi va fikrning o'zi mazmun va shakl jihatidan eng ravshan, aniq qilinib ifodalanadi. Shuning uchun ham biz aqliy ish bilan shug'ullanayotganimizda, biror masalani hal qilganimizda yoki tayyor bilim- larni o'zlashtirayotganimizda ish natijasini yoki olgan bilimimizni ko'pincha, xatga yozib qo'yamiz, ba’zan esa bir necha marta ko'chirib yozamiz. Shu sababli, har xil yozma ishlar — hikoya qilib yozib berish, insho yozish, konspekt olish — tafakkurning o'sishi uchun katta ahamiyatga egadir. Shu bilan birgalikda, yozma nutqni egallash kishining og'zaki nutqini takomillashtirishga ham yordam beradi, natijada og'zaki nutq
o'zining lug'at tarkibi jihatidan boyroq bo'lib qoladi, grammatika jihatidan to'g'riroq ifodalanadigan bo'ladi, ancha muntazam va sistemaga tush
gan nutqqa aylanadi. Mana shuning o'zi og'zaki nutq bilan yozma nutq hamisha bir-biri bilan bog'liq ekanligini ko'rsatadi.
Og'zaki nutq bilan yozma nutq o'rtasida o'rtacha joy oladigan nutqlar borki, bu nutqlar monologning alohida turlaridir. Og'zaki dokladlar: ma’ruzalar, nutqlar, o'qituvchining darsni tushuntirib berishi va boshqa shu kabilar monolog nutqning mana shunday alohida turlaridir. Bu nutqlar o'zining sintaksis tuzilishi jihatidan yozma nutqqa yaqinroqdir: odatda, ma’ruza, doklad qilmoqchi, nutq so'zlamoqchi, dars bermoqchi bo'lgan kishi buning uchun tayyorgarlik ko‘radi.
Mana shu tayyorgarlikning o'zi, ko'pincha, qilinadigan dokladlarni, ma’ruzalami va boshqa shu kabilami oldin yozma bayon qilishdan iborat bo'ladi. Ammo bu nutqlar amalga oshirilish texnikasi jihatidan, ko'pincha (agar yozilgan materialni o'qib berilmasa), og'zaki nutqqa yaqinlashadi. Bunday hollarda bu xildagi nutqlar o'zining sintaksis tuzilishi jihatidan ham og'zaki nutqda yaqinlashadi. Odatdagi og'zaki gaplashuv nutqida bo'lganidek, monolog nutqning bu turlarida ham mimika, imo-ishoralar, intonatsiya va boshqa shu kabilardan foydalaniladi. Shu sababli, bu xil nutq o'zining «jonli» bo'lishi jihatidan ham og’zaki gaplashuv nutqiga yaqinlashadi.
Nutq vositasi bilan bog'lanadigan aloqada hamisha ikki yoki bir necha kishi ishtirok etadi, bulardan bittasi biron narsani yo og'zaki, yoki yozma bayon qiluvchi kishi bo'lsa, qolgani, yoki qolganlari shu nutqni idrok qiluvchi — eshituvchi yoki o'quvchi kishi, yoki kishilar bo'ladi. Shuning uchun ham nutqni faol nutq va passiv nutq deb ajratiladi
Biz biror narsani ifodalab, boshqa kishilarga og'zaki yoki yozma bayon qilsak, bizning bu nutqimiz faol nutq deb ataladi. Faol nutq biror narsa gapirayotgan vayozayotgan kishining nutqidir. Shuningdek, kishi biror shaxsga maktub yozayotgan, olim maqola, kitob yozayotgan, yozuvchi o‘zining ada-
biy asarini yaratayotgan vaqtidagi nutq ham faol nutq boMadi.
Boshqa birovning faol nutqini idrok qilish va tushunish jarayoni passiv nutqdir. Gapirayotgan kishining so‘zini tinglab turgan yoki yozilgan narsani o'qiyotgan kishi boshqa bir kishining faol nutqini o'zicha takror- lagandek boMadi. Masalan, o'qituvchi darsni tushuntirib berayotganida, o'quvchilar esa uning darsini eshitayotganlarida o'qituvchining nutqi faol nutq boMadi, o'quvchilaming shu nutqni idrok qilish, ya’ni tushunish
jarayoni esa passiv nutq boMadi.
Boshqa birovning nutqini, shu nutq so'zlanayotgan tilni o'zimiz bil- ganimiz taqdirdagina bu nutqni idrok qilishimiz va o'zlashtirishimiz mumkin. Ammo shunda ham o'sha nutqni idrok qilishimiz hamisha bayon qilinayotgan nutqqa aynan teng va muvofiq boMavermaydi. Ba’zan boshqa bir kishining nutqini tushunmaslik, bu nutqni bir tomonlama, noto'g'ri tushunish, so'z illuziyalari va boshqa shu kabilarning hosil boMishiga sabab ham shudir. Passiv nutqning bu xususiyatlari idrok qilayotgan kishining aqli qay darajada yetukligiga bogMiq boMadi. Gapirayotgan kishi o'z nutqining mazmunini va shaklini shu nutqni tinglovchilarning qay darajada idrok qilishini ko'zda tutib tuzadi. Chunonchi, o'qituvchi o'z nutqining
o'quvchilar qanchalik tushuna olishini nazarda tutib, so'zlayotgan nutqini shunga qarab tuzadi.
Har bir kishi passiv nutqni faol nutqqa qaraganda, birmuncha oldin- roq egallaydi. Yosh bola oldin kattalarning gapini tushunadigan boMadi,
so'ngra o‘zi ham tilga kirib, gapira boshlaydi. Xuddi shuningdek, boshqa bir tilni o'rganish vaqlida o'rganilayotgan tilda faol nutqni egallash passiv
nutqni egallashga qaraganda birmuncha keyinda qolib boradi.
Bolalar, odatda, ikki yoshga o'tganida, o‘rta hisobda o‘n yetti-o‘n sakkiz oylik boMganida faol nutqni egallay boshlaydilar. Bolaning nutqi egallash vaqtigacha boMgan davrni va shu davrdagi o‘sib borish vaqtini uning tili chiqmagan davri yoki til chiqmagan bosqich deb aytiladi. Bolaning o'sishidagi bu davr nutqni egallashga tayyorgarlik davri boMadi.
Bola nutqi o'sishining tayyorgarlik davrida uchta bosqich: chinqirish bosqichi (ingalash), guvrash bosqichi, til chiqa boshlash bosqichi borligini ko'rish mumkin.
Ma’lumki, chaqaloq tug'ilgan paytdan boshlab, chinqira boshlaydi: u yig'laydi. Chaqaloqning chinqirib yig'lashi uning o'zini bezovta qilayotgan organik va tashqi qo'zg'ovchilarning ta’siriga — ochlikka, og'riqqa, sovuqqa, tagi ho'llikka va shu kabilarga bo'lgan reaksiyasidir. Chaqa- loqlarning chinqirib yig'lashi ularning o'sishida ijobiy ahamiyati ham bor: chinqirib yig'lash tufayli chaqaloqning nafas olish va nutq apparati o'sadi va mustahkamlanadi. Shu sababli, bolalaming chaqaloqlik vaqtidagi chinqirib yig'lashlari keyinchalik ular nutqning o'sishi uchun zarur shartlar- ning biridir.
Chaqaloq ikki yo uch oylik bo'lganida, odatdagi chinqirib yig'lashdan tashqari «а», «и», «guv-guv», «ruv-ruv», «ga», «agu-guv», «bu» va boshqa shu kabi tovush birikmalarini chiqara boshlaydi. Bu tovushlar guvrashning boshlanishidir. Bu xil tovushlarni chaqaloq yayrab yotganida chiqaradi: chaqaloqqa go'yo o'z nutq apparati bilan «o'ynashayotganidan» huzur qilgandek bo'lib, shunday tovushlarni chiqarayotgandek ko'rinadi. Bu vaqtda chaqaloq tovushlarga taqlid qilishni hali bilmaydi. Chaqaloqning mana shunday ayrim tovushlar chiqarishi uning nutq apparatini o'stiradi, mustahkamlaydi, shuningdek, unda bir qancha yangi tovushlar hosil bo'ladi.
Bola uch-to'rt oylik bo'lganida и til chiqara boshlaydi. Chaqaloqda, masalan, «buv-va», «nan-nan-nan», «gi-gi-gi», «dad-dad-da» va boshqa shu kabi tovush birikmalari paydo boMadi.
Bolaning til chiqarishida boshqa odamlar nutqining ta’siri sezila boshlaydi. Go'dak tevarak-atrofdagi kishilarning nutqini eshitib, shu nutq tovush birikmalariga o'zi anglamagan holda taqlid qila boshlaydi. Gung (kar-soqov) bolalarda ham qichqirish va guvrash bo'ladi, lekin faqat normal bolalargina til chiqara boshlaydi. Bolalaming til chiqara boshlashi nutqning o'sishi jarayonida tayyorgarlik rolini o'ynaydi: til chiqara bosh- lash vaqtida tovushlar va bu tovushlar birikmasi hosil boMadi, nutq apparati mustahkamlanadi.
Bolalar yetti-sakkiz oylik boMganida u lam in g boshqalardan eshitgan so'zlari bilan sh u so 'z la rd a ifodalangan narsalar o'rtasidagi dastlabki bogManishlar h a m hosil boMadi. Bolalar o'zlariga aytilgan so'zga javoban harakat qiladilar. M asalan, «tik-tak» deyilgan vaqtda bolaning ko'zi soat- ga buriladi, «ауа» degan so'zni aytganim izda bola boshini onasi to m o n g a buradi, bu — passiv nutqni cgallashning boshlang'ichidir.
K e y in ro q bola to 'q q i z yoki o 'n oylik boM ganida, o'zi o g 'z id a n chiqarayolgan tovushlar birikmasini maMum bir narsa bilan bogMaydi. C h u n o n c h i: bola soatga qarab «tik-tik» deb ayta boshlaydi. Bola bu to vush birikmasini taqlid yoMi bilan aytadi, lekin shu tovush birikmalari- ning o'zida faol nutq boshlang'ichi borligini ko'rish m u m k in .
Bola tovushlarni birga qo'shib, narsalarning nomini va o'z fikrlarini ifodalashga qadam qo'yishidan boshlab, u tom ma’noda nutqni egallay
boshlaydi.
Abstraksiyalashga va umumiylashtirishga imkon beradigan ikkinchi signal sistemasi o'sa borishi bilan ma’noli nutq paydo bo'la boshlaydi.
Tarbiyaning belgilovchi ta’siri ostida tafakkur o'sa boshlaydi va shu bilan chambarchas bog'langan holda nutq ham o'sadi.
Bola tilga kira boshlagan dastlabki paytlarda u nutq tovushlarini hali mukammal ayta olmaydi. Bolalar ba’zi tovushlarni noto'g'ri talaffuz qiladi-
lar. Masalan, r — o'miga I, sh o'miga s, к o'miga rtovushini talaffuz qiladilar. Masalan, oyoq degan so'zni oloq, Karim o'miga Tayim, qand o'miga ant, osh o'rniga os, Raxim o'miga Layim deydilar va hokazo. Ko'pincha so'zlardagi ayrim tovushlarni va hatto butun-butun bo'g'inlami tushirib qoldiradilar, masalan, ber deyish o'miga be, olib kel deyish o'miga opte deb aytadilar va hokazo. Ko'pincha tovushlarning o'mini almashtirib yuboradilar, masalan, holva o'miga havla, saiyog* o'miga sayroq deydilar va hokazo.
Endi tili chiqib kelayotgan bolalar nutqining fonetik jihatdan to'liq bo'lmasligining (nutq tovushlarini to'la ajrata olmaslikning) sababi shuki, bunday bolalarda nutq (artikulatsiya) apparati yetarli sur’atda o'smagan bo'ladi. Shuningdek, bunga yuksak nerv faoliyatining o'sishidagi xususiyatlar ham sabab bo'ladi. Fonetika kamchiliklariga yana bir sabab shuki, bola ayrim so'zlarda o‘zi idrok qilayotgan tovushlarni hali yetarli farq qila olmaydi, umumiylashtira va so'z tarkibiga kirita olmaydi.
Bola besh yoshga tolib, olti yoshga o'tganida, odatda, u o'z ona tilining fonetikasini egallab oladi.
Ba’zan tovushlarni talaffuz etishdagi nuqsonlar maktab yoshidagi bolalarda ham uchraydi. Bu nuqsonlar ayrim hollarda nutq apparatining nuq- sonlariga bog'liq bo'ladi. Bunday hollarda nutqni to'g'irlamoq uchun mutaxassis shifokorga murojaat qilmoq kerak. Ko'pincha esa noto'g'ri
tarbiya bola nutqidagi mana shunday fonetika nuqsonlarining ancha vaqt
gacha saqlanib qolishiga sabab bo'ladi. Katta yoshdagi kishilarning o'zlari ham juda ko'p hollarda bolalaming chuchuk tiliga taqlid qilib, xuddi shu bolalardek, fonetika jihatidan nuqsonli til bilan gaplasha boshlaydilar va bolalaming nutq tovushlarini talaffuz qilishidagi kamchiliklarni o'z vaqtida tuzatmaydilar. Natijada bolalaming nutqidagi kamchiliklar ularda qattiq o'rnashib qoladi. Bolalaming nutqi to'g'ri o'sib borishi uchun bolalar bilan va bolalar oldida to'g'ri gapirish hamda ularning nutqidagi kamchiliklarni o'z vaqtida tuzatib turish kerak. Bunday qilinganda bolalaming nutqi hamisha nazorat qilinib turiladi, bolalar kattalarning to'g'ri nutqiga taqlid qilishga intiladilar, shu tariqa, o‘z nutqlaridagi kamchiliklarni ham tez to'g'rilab va tuzatib oladilar.
Bolalar nutqida lug'at tarkibining oshib borishi. Bolalaming tili chiqqa- nidan boshlab, ularning o'z nutqlarida foydalanayotgan so'zlar tez ko'paya
boshlaydi. Ayni bir yoshdagi bolalarda so'z boyligi turlicha boMadi. Masalan, ba’zi psixologlarning qilgan hisoblariga qaraganda, ikki yashar bola- larning so'z boyligi 250—400 so'zga yetadi, bolalar yetti yoshga yetganla- rida ulardagi so'z boyligi 3000-3500 ga boradi. Tevarak-atrofdagi odamlar bilan doimiy gaplashib turish sharoitida tarbiyalangan bolalaming nutqidagi so'z boyligi esa ular ikki yashar chog'ida 285 taga, uch yashar chog'ida esa 2050 taga yetadi. Bolalarda so'z boyligi ko'paya borgan sari ular nutqining semantik jihati ham rivoj topaveradi, so'zlarning ma’nosini tushunishlari ham rivoj topaveradi. Bolalar o'z nutqlarini o‘sib borishi- ning dastlabki bosqichlarida, ko'pincha, so'zlarni noto'g'ri ma’noda ish-
latadilar. Ko'pincha bola tasodifiy belgilariga qarab, ba’zi so'zlarga butunlay boshqacha ma’no beradi.
Chunonchi, supurgi bilan polni supurayotgan ikki yashar qizdan «Nima qilayapsan?» deb so'ralganida, u «changitayapman» deb javob bergan. «Nega changitayapsan?», «Toza boMsin, pol iflos», ya’ni «Polning iflosini tozalamoq uchun changitayapman» deb javob bergan. Bu qizcha changi- tish so'zini «supurish» ma’nosida ishlatgan. Keyin ma’lum bo'lishicha, qizcha onasiga taqlid qilib, supurgi bilan supura boshlaganida onasi hamisha «Changitma, changitma» deb uni koyib, qo'lidan supurgini olar ekan. Shu sababli, qizchada changitish degan so'z supurish degan noto'g'ri ma’noda o'rnashib qolgan.
Dastlab bola bir so'zni faqat bitta narsaning ifodasi deb va bir ma’nodagina tushunadi. Chunonchi, u stol degan so'zni faqat o'zi bilgan bitta stol deb, piyola deganda o'zi-o'zining piyolasini tushunadi. Lekin bola
so'zlarning umumiylashtirilgan ma’nosini juda barvaqt (ikki yoshga kirga- nidan boshlab) egallay boshlaydi. Bir so'z bilan bir-biriga o'xshash ko'p narsalar ifodalanave^ganligi va shu so'z qayta-qayta shu ma’noda takror- lanaverganligi ta’sir qilib, shu tufayli, bolada so'zlarning umumiylashtirilgan ma’nosini tushunish o'sa boshlaydi. Nutq orqali aloqa bog'lash tufayli, bola, masalan, bitta stolning o‘zigina emas, balki hamma stolning ham stol
deb aytilishini, piyola deb bitta piyolaning o'zinigina emas, balki hamma piyolalarning ham aytilishini bilib oladi. Shu tariqa, bolaning nutqi o'sa borishi, o‘z atrofidagi kishilarning tilini o'zlashtira borishi bilan unda faqat narsalar to'g'risida idrok va tasawurlar paydo bo'lib va o‘sibgina qolmasdan, balki, shu bilan birga, tushunchalar ham hosil bo'la boshlaydi.
Tilga kira boshlagan bola o‘z nutqida dastlab, bosh kelishikda keladigan bir necha otlarni va infinitiv hamda buyruq shaklda keladigan ba’zi fe’llami ishlatadi.
Bolalaming dastlabki gaplari bir so‘zdan iborat bo'ladi. Shu bilan birga, bolaning aytgan bitta so'zi — gapi bir necha ma’noga ega bo'lishi mumkin. Masalan, bola: sut (shut) deyar ekan, bundan: «Sut ber», «Sut ichaman», «Ana sut» degan va boshqa shu kabi ma’nolarni ifodalashi mumkin. Shuningdek, bola: «mushuk» der ekan, bu bilan: «mushuk meni timdaladi», «mushukni menga ber», «mushuk bilan o'ynayapman» degan gaplarni aytayotgan bo'lishi mumkin.
Bolalaming tili chiqishining mana shu dastlabki bosqichida ba’zan ularning gapi bir necha (ikki-uch) so'zdan iborat bo'lishi mumkin. Lekin bu so'zlar biriktiruvchi yuklamalar yordami bilan yoki shu so'zlarning shaklini o'zgartirish yo'li bilan bog'lanmagan bo'ladi. Masalan, bola qo'liga qog'oz ushlab olib onasiga: «Sulat, qaypoq», deb murojaat qiladi. Bolaning onasi ilgari unga shunaqa qog'ozga surat solib bergan, yoki qog'ozdan qalpoq yasab berganligi uchun ham, u bolasining nima demoqchi bo'lganini tushunadi. Bola: «Oyi, menga qog'ozdan qalpoq qilib ber, qog'ozga chi- zib ber» degan ma’noni ifodalab, keyinchalik uzun gapni ikkita so'z bilan aytib qo'ya qoladi, ya’ni: surat, qalpoq.
Bola bir yoki bir necha so'zdan iborat gapni aytish bilan o'z fikrida bo'lgan va aytmoqchi bo'lgan narsasini qo'l yoki imo-ishora bilan ko'rsatib berganidagina bolaning oldida turgan kishilar uning mana shu chala- chulpa gapini tushunishlari mumkin. Tilga kirgan bola bilan bir vaziyatda turgan vaqtingizdagina uning gapini tushunish mumkin.
Lekin bola bir yarim yoshga to'lgandan keyin, ayniqsa, uch yoshga qadam qo'yganda ona tilining grammatik tuzilishini egallay boshlaydi.
Bola oz va ko'p tushunchasini juda erta farq qila boshlaydi. Bola ikki yoshga to'lgunicha katta va kichik tushunchasini ham farq qila boshlay- digan bo'lib qoladi (aka, opa, «ninni», uka). Shuningdek, bola kelishik- larni ham juda erta (ikki yoshgacha) farq qila boshlaydi. Ammo qaratqich kelishigi o'mida, ko'pincha, tushum kelishigi ishlatadi (bizni uyimiz). Bolalar bu yoshda fe’llami shaxs va zamon e’tibori bilan ham birmuncha to'g'ri ishlatadigan bo'lib qoladi. Bolalar buyruq fe’lini ancha tez va barvaqt o'zlashtirib oladilar.
Bola ikki yoshga to'lib, uch yoshga o'tganida sodda gaplarni to'g'ri tuzib gapirishni o'rganadi. Bola: «Sut ber», «Bobov suyak yeydi», «Surat qilib ber», «Uyqim keldi» deb gapiradigan bo'lib qoladi. Endi bola nutqi bevosita o'zi turgan vaziyatdan tashqaridagi narsalar, shu paytdagi biron ish-harakat bilan bevosita bogManmagan narsalar haqida ham gapira boshlaydi, ya’ni o‘zi bevosita ko‘rib turmagan narsalar to‘g‘risida gapira boshlaydi.
Bu xildagi nutq esa tasawurlarga asoslanib fikr qilishning ifodasidir.
Ikki yarim yoshdan besh yoshgacha boMgan bolalaming o'zicha so‘z yasay boshlashi maktabgacha tarbiya yoshida boMgan bolaning kattalardan eshitgan so‘zlarinigina takrorlab qolmasdan, balki, shu bilan birga, grammatika shakllarini haqiqatdan egallay borganliklarni ko‘rsatuvchi belgidir. Bu so‘z yasash shundan iborat boMadiki, shu yoshdagi bolalar o‘zlari bilgan so‘zlarning shakllariga o‘xshatib so‘z tuza boshlaydilar: «поп» — «nanna», «osh» — «oshsha», «u yerga» — «o‘ttaga» va hokazo.
Bolalar to‘g‘ri tarbiyalanib borganlarida, ayniqsa, maktabgacha tarbiya yoshiga yetganlarida, ularda tilning grammatika shakllarini amaliy ravishda egallash juda tez qadam bilan olg‘a qarab boradi. Shu yoshda bolalar murakkab gap sintaksisini ham egallab oladilar. Bolaning nutqida bir-biri bilan bog'langan qo£shma gaplar paydo boMadi. Bolalaming nutqda sodda gap. bosh gap, ergash gap va hokazolar aniq ko‘rina boshlaydi. Ularning nutqlarida murakkab gaplar ishlatiladi. Bu gaplarda biror sabab, maqsad, xulosa, izoh, shart va shu kabilar aks ettirila boshlaydi. Nutqning tuzilishidagi bu murakkab shakllar tafakkurning murakkabroq shakllari o‘sib borishiga bogMiqdir. Bolalarda nutq o‘sishining ana shu bos
qichida hodisalaming sabablari va bir-biriga bogManishi to'g'risida turli savollar tugMlaveradi. Shu yoshdagi bolalar kattalardan muttasil: «Nega?», «Nima uchun?» deb so'rayveradilar.
Bola yetti yoshga yetganida og'zaki nutqning grammatikasini amaliy yoM bilan egallab oladi, deyish mumkin. Bolaning nutqni ana shunday amaliy egallab olishi keyinchalik savod chiqarish va tilning grammatikasini o'rganishga imkon beradi.
Bolalar nutqining o'sishida ularning maktabda o'qishi, ayniqsa, katta rol o'ynaydi.
Bola maktabga kirmasdan oldin o'zi qanday gapirayotgan!igi ustida o'ylab o'tirmasdan, o'z nutqidan aloqa va bilish vositasi tariqasida foydalanadi.
Maktabda esa bola gaplashayotgan til o'qitiladigan va o'rganiladigan ilm boMib qoladi. Maktabda o'qiyotgan bola o'z ona tilining grammatika-
si bilan shug'ullanish natijasida, o‘z nutqini grammatika qoidalariga muvofiq sur’atda ongli ravishda tuzishni o'rganadi. Grammatikani o'qib o'rganish jarayonida bola nutqining fonetika jihati aniqlanadi, nutqning morfologiya jihati to'g'ri boMib boradi, nutqning sintaksis tuzilishi ancha takomillashadi.
Nutqning ayrim jihatlariga xos boMgan bu sifatlar faqat grammatikani o'qib o'rganish natijasidagina o'sib qolmasdan, balki, shu bilan birga, maktabda o'qitilayotgan boshqa fanlarning ta’siri ostida ham o'sadi.
Maktabda o'qitilayotgan hamma fanlarni o'rganish va shu faniar bilan shug'ullanish jarayonida o'quvchi nutqining lug'at boyligi boyiydi, so'zlarning mazmuni chuqurlashadi va kengayadi, har qaysi so'zning, har qaysi terminning ma’nosi aniqlanadi. Adabiyot darslari bilan shug'ullanish o'quvchilar nutqining o'sishiga, ayniqsa, katta ta’sir qiladi. O'quvchilar adabiyot darslarida to'g'ri tuzilgan nutqning eng yaxshi namunalari bilan tanishadilar.
Tilga doir maxsus mashg'ulotlarda, shuningdek, boshqa fanlarni o'qitish vaqtida, o'qituvchilar o'quvchilar oldiga o'z nutqlarini muayyan talablarga javob beradigan qilib tuzish, masalan, muayyan savolga to'liq va keng javoblar berish, muayyan reja asosida hikoya qilib berish, bir narsani hadeb takrorlayvermaslik, ravon tuzilgan, to'liq gaplar bilan to'g'ri gapirish va boshqa shu kabi vazifalarni qo'yadilar.
Bolalaming yozma nutqni egallashlari ularning nutqini o'stirishda muhim bosqich boMadi. O'quvchi yozma nutqni to'g'ri tushunishni o'rganib oladi, o'z fikrlarini yozma nutq holida bayon qilish va boshqalarga tushun- tirishni o'rganadi. Kitob o'qish va, ayniqsa, o'zidagi fikrlarni yozma tarzda ifodalab, bayon qilib berish tilning grammatika tuzilishini egallamoq uchun katta ahamiyatga egadir. Yozma bayon qilish vaqtida fikrni to'liq tushun- tirib berish zarurligi o'quvchini o'zi yozayotgan narsaning mazmunigagi- na diqqat berib qolmasdan, balki, shu bilan birga, o'zining qanday qilib vozayotganiga ham e’tibor berishga majbur qiladi, uni o'zi yozgan fikrni qayta-qayta o ’qib, o'z nutqini analiz qilib ko'rishga majbur qiladi. 0 ‘quvchi yozib bayon qilayotganida, k o 'p in ch a , bu ishini bir necha marta qayta ko'rib chiqishga, o'zgartirishga, to'ldirishga, qaytadan ishlab chiqishga majbur boMadi.
O'quvchi o'qituvchining topshirig'iga binoan yozma ishlar bajarayot- ganida o'zining shu ishiga baho berilishini, ammo bu baho ishning faqat mazmuniga qarabgina herilib qolmasdan, balki, shu bilan birga, o'z fikrining «qanday til» bilan bayon qilinganiga qarab ham baho berilishini oldindan bilib turadi. Mana shu hollarning hammasi bolani o'z nutqini grammatika va mantiq talablariga muvofiq keladigan qilib, ongli ravishda tuzishga majbur etadi.
Yozma niilqni egallash og'zaki nutqni va ayniqsa, monolog nutqni to'g'ri va kengroq qilib 111/ ishga yordam beradi.
O'quvchi maktabda berilgan topshiriqni tayyorlash vaqtida shu top- shiriqni o'/iga-o'zi gapirib berishni mutlasil mashq qilib turishi o'quvchi nulqining o'sishiga kalta ta’sir qiladi. O'quvchi darslami tayyoiiayotgan
vaqtda shu darslami kitobdan o‘qibgina qolmasdan, balki, odatda, u kitobdan o'qigan narsalarini kitobni yopib qo'yib, o'ziga yoki yonidagi sherigiga so'zlab ham beradi. Bunday hollarda o'quvchi o'zi tayyorlayot- gan darsni grammatika qoidalariga to'g'ri rioya qilgan holda, ayniqsa, tushunarli qilib og'zaki gapirib berishga intiladi. O'qituvchi o'quvchining nimalarni bilganligi va bilganlarini qanday gapirib berishi bilangina ki- foya qilmasdan, balki, shu bilan birga, shu bilgan narsasini qanday qilib va qay tariqa gapirib berayotganiga ham e’tibor berishini o'quvchi yaxshi biladi.
O'quvchi ovoz chiqarib, aynan, yoki o'z so'zlari bilan takrorlash yo'li bilan o'zining artikulatsiya apparatini mashq qildiradi, o'z nutqining qay
darajada to'g'riligini nazorat qiladi, shu bilan birga, o'zi o'zlashtirgan bilimlarning to'g'riligini va mustahkamligini ham nazorat qiladi.
Albatta, o'quvchi nutqining o'sishida o'qituvchining nutqi katta rol o'ynaydi, chunki o'qituvchining nutqi o'quvchilar uchun namunali nutq hisoblanadi. Shu sababli, har bir o'qituvchi o'quvchilar nutqini o'stirishga intilib, o'zi ham o'z nutqini takomillashtirish ustida to'xtovsiz va tinmay ishlashi lozim.
Mazmunli, to'liq fikrli, to'g'ri tuzilgan va uslub
jihatidan chiroyli bo'lgan nutqni o'stirish maktabda bolalaming o'qitish
sohasida qo'yilgan muhim vazifalarning biridir.
I. DIQQAT TO‘G‘RISIDA UMUMIY TUSHUNCHA
Biz bundan oldingi boblarda aqliy faoliyatning ayrim turlarini bayon qilganda diqqatning ahamiyati haqida gapirib o‘tgan edik. Aqliy faoliyatning barcha turlarida diqqat ishtirok etadi. Bizning ish-harakatlarimiz ham diqqat ishtiroki bilan sodir boiadi.
Diqqat deb, ongni bir nuqtaga to‘plab, muayyan bir obyektga faol qaratilishini aytamiz; biz o‘z faoliyatimiz jarayonida idrok va tasawur qiladigan har bir narsa, har bir hodisa, o‘zimizning qilgan ishlarimiz, o;v va fikrlarimiz diqqatning obyekti bola oladi.
Diqqat paytida ongning bir nuqtaga to‘planishi ong doirasining tora- yishidan iboratdir; bunda go‘yoki ong doirasi anchagina tig'izlanadi. Ana shunday torayish va tormozlanish tufayli ong doirasi juda ham yorqin- lashadi. Ongning eng tormozlangan va binobarin, eng yorqin nuqtasi diqqatning fokusi (ya’ni markazi) deb ataladi. Ana shu fokusga tushgan barcha narsalar (idrok qilinayotgan predmetlar, tasawurlar, fikrlar) juda tola, yorqin hamda juda aniq aks ettiriladi.
Diqqatga hamma vaqt u yoki bu darajadagi faollik xosdir. Bunday faollik ongning bir nuqtaga to‘planishining kuchayishi va malum vaqt mobaynida diqqat qaratilgan narsaga ongning faol yo'naltirilishini saqlab
turishdan iboratdir.
Diqqatimiz qaratilgan obyektlar ongimizning to‘plangan «zonasida» juda aniqlik va yaqqollik bilan aks ettiriladi. Bu yerda yana shuni ham nazarda tut ish kerakki, diqqat — idrok, xotira, xayol, tafakkur va nutq singari alohida psixik jarayon emas. Diqqat hamma psixik jarayonlarda ko'rinadi. Biz
«shunchaki» diqqatli bola olmaymiz, balki biz diqqat bilan idrok qilamiz (qaraymiz, eshitamiz), diqqat bilan esda olib qolamiz, o'vlaymiz, diqqat bilan muhokama vuritainiz, gaplashamiz. Diqqat aqliy jarayonlarning sifatini ta’minlaydigan ichki faollikdir. Diqqat har qanday faoliyatning zaru- riy shartidir. Mana shu hoi fransuz olimlaridan Kyuvcni o'z zamonasida
geniallikni chidamli diqqat deb ta'riflashga undagan edi. Masalan, u Nyu- tonning genialligi diqqatining kuchi va barqarorligidadir, deb ko'rsatadi. Nyutonning o'zi «Siz butun dunyo tortilish qonunini ochishga nima tufayli muyassar bo'ldingiz» deb berilgan savolga: «Fikri-zikrim doimo shu n:isa- laga qaratilganligidan muyassar bo'ldim», deb javob bergan.
257
Albatta, diqqatga bunday baho berish uning ahamiyatini haddan tashqari oshirib ko'rsatishdir. Lekin bu baho diqqatning inson faoliyatining barcha turlari uchun ahamiyati katta ekanligini ko'rsatib beradi. Darhaqiqat, o‘tin yorish, yer chopish kabi eng oddiy ishlarni ham, mashinalar bilan ishlash, ilmiy tekshirishlar olib borish kabi eng murakkab ishlarni esa diqqatning ishtirokisiz bajarib bo'lmaydi.
Diqqat o'qish ishining ham zaruriy shartidir. O'quvchilaming dars materiallarini muvaffaqiyat bilan o'zlashtirishlari, dastawal diqqatning mavjud bo'lishiga bog'liqdir. K.D.Ushinskiyning aytishicha: «Diqqat ruhiy hayotimizning shunday yagona bir eshigidirki, ongimizga kiradigan narsalarning barchasi shu eshik orqali o'tib kiradi».
Ayrim o'quvchilarda uchraydigan o'zlashtira olmaslik holatining sa- babini, awalo, ular diqqatining yetarli emasligidan qidirish kerak. Xotiraning bo'shligi, o'quv materiallarini o'zlashtirishning bo'shligi, asosan,
diqqatning bo'shligidan kelib chiqadi.
Mana shuning uchun ham pedagog o'qitish ishida yuksak muvaffaqi- yatga erishishni istar ekan, o'quvchilar diqqatini va, xususan, eng barqaror va eng kuchli diqqatini uyushtirish hamda tarbiyalash haqida jon kuydiri- shi lozim.
Diqqatning fiziologik asosini bosh miya po'sti qismidagi «optimal qo'zg'alish nuqtasi» tashkil qiladi. Bunday joyni yaqqol qilib ko'rsatish uchun l.P. Pavlov shunday tasvirlaydi: «Agar bosh suyagiga qaraganda uning ichidagi miya ko'rinadigan bo'lsa, agar katta miya yarim sharlarida optimal qo'zg'alish uchun eng yaxshi sharoit tug'ilgan nuqtasi yiltillab ko'rinadigan bo'lsa edi, ongi sog'lom bo'lib, bir narsani o'ylab turgan
odamning miyasiga qaraganimizda, uning miyasining katta yarim sharlarida juda g'alati jimjimador shakl bo'lib, surati va hajmi har lahzada bir
o'zgarib, turlanib, jimir-jimir qilib turuvchi yorug' narsaning u yoqdan- bu yoqqa yugurib qimirlab turganini va miya yarim sharining bu yorug' narsa atrofidagi boshqa yerlari birmuncha xira tortib turganini ko'raredi» (Полное собрание сочинений, III tom, 1-kitob, 248-bet).
Optimal qo'zg'alish nuqtasi manfiy induksiya qonuniga ko'ra, bosh miya po'stining boshqa joylarida tormozlanishni vujudga keltiradi.
«Miya yarim sharlarining optimal qo'zg'alishga ega bo'lgan qismida, — deydi 1. P. Pavlov, — yangi shartli reflekslar yengillik bilan hosil bo'ladi va differensirovkalar muvaffaqiyatli ravishda paydo bo'ladi. Shunday qilib, optimal qo'zg'alishga ega bo'lgan joy ayni chog'da bosh miya yarim sharlarining ijodga layoqatli qismi desa bo'ladi. Miya yarim sharlarining sust
qo‘zgkalgan boshqa qismlari bunday xususiyatga qobil emas. Ularning ayni chog‘dagi funksiyasi, juda nari boi^anda, tegishli qo‘zg‘ovchilar asosida ilgari hosil qilingan reflekslami bir tartibda qayta tiklashdan iboratdir. Bunday qismlarning faoliyati biz ongsiz, avtomatlashgan faoliyat deb atay- digan subyektiv faoliyatdan iboratdir» (0‘sha kitob, 277—278-bet). Bosh miya yarim sharlarining tormozlangan qismiga ta’sir qiluvchi qo'zg‘ovchilar idrok va tasawurning yorqin obrazlarini tug‘dira olmaydi.
Miya po'stining optimal qo'zg‘algan joyi («yiltillab turgan nuqtasi») o‘z o'rnini almashtirib turishi diqqatning bir narsadan ikkinchi narsaga ko‘chishini va shuning bilan birga, ongimizning ma’lum narsa, ma’lum faoliyat turiga qarata yo‘naltirilishi va to‘planishini shartlaydi.
Diqqatning fiziologik asosi bo'lmish optimal qo'zg'alish o‘chog‘i haqidagi l.P. Pavlov ta’limoti bilan akademik A.A. Uxtomskiyning olib borgan tekshirishlari bir-biriga to‘g‘ri keldi. Bu tekshirishlar natijasida quyidagilar ma’lum bo'ldi. Agar nerv sistemasiga bir qancha qo‘zgkovchilar bir vaqtda ta’sir etsa, bosh miya po'stida shu onning o'zida bir necha qo'zg'alish o‘choqlari paydo boMadi. Shu bilan birga, har bir qo‘zg‘alish o'chogM bosh miya po'stining hamma yeriga tarqalishga, irradiatsiyala- nishga moyildir. Shuning uchun ayrim qo'zg'alish o'choqlari o'rtasida to'qnashish va «kurash» sodir boMadi. Bu kurash natijasida qo'zg'alish o'choqlaridan biri hukmron (dominanta) bo'lib oladi. Mana shu hukm- ron bo'lib olgan qo'zg'alish o'chog'ini akademik Uxtomskiy «dominan
ta» deb ataydi. Uxtomskiyning bergan ta’rifiga ko'ra, dominanta — bu ayni chog'da markazda sodir bo'ladigan reaksiyalar xarakterini bir qadar belgilab beruvchi hukmron qo'zg'alish o‘chog‘idir.
Dominantalar mavjud bo'lgan paytda boshqa qo'zg'alish o'choqlari («sub- dominantalari» — nisbatan kuchsiz qo'zg'alish o'choqlari) ko'pincha yo'qolib ketmaydilar. Ular dominantaga qo'shilib, uni kuchaytiradilar yoki dominanta bilan kurasha boshlaydilar. Bu kurash jarayonida subdominanta dominanta bo'lib olishi mumkin, ilgarigi dominanta esa subdominanta bo'lib qolishi mumkin. Hukmron qo'zg'alish o‘chog4 bo'lgan dominanta diqqatimizning ma’lum narsaga yo'naltirilishi va to‘planishining fiziologik asosidir.
Diqqatning sirtqi alomatlari, odatda, organizmning alohida moslashuv harakatlarida tashqaridan ko'rinadi. Masalan, muayyan bir narsani e’tibor bilan idrok qilganimizda, biz bu narsaga alohida tarzda razm solamiz; bunda biz narsaga anchagina sinchiklab qaraymiz, hidlab ko'ramiz va unga diqqat bilan tikilamiz. Biron narsani diqqat bilan eshitishda o‘ng yoki chap qulog'imiz orqali yaxshi o'qib olish uchun boshimizni shunga moslagan holda buramiz. Bunda biz gapga quloq solib, diqqat bilan ting- laymiz. Agar diqqatimiz o'z fikrimizga qaratilgan bo'lsa, u paytda ko'zlarimiz bir qadar cho'kib, go‘yoki «chuqurlashib» ketganday bo'ladi.
Agar diqqatimiz ijodiy xayol bilan bog'liq bo'lsa, bunda ko'zlarimiz «uzoq- larga» tikilgan bo'ladi.
Diqqatning orta borishi bilan nafas olish ham o'zgaradi. Bunday holatda nafas olish biroz susayib, havo olish va chiqarish goho sekinlashadi, goho chuqurlashadi. Ba’zan nafas olishimiz to'xtab ham qoladi. Biron narsani eshitayotgan yoki ko'rayotgan paytimizda nafasimiz ichimizga
tushib ketadi.
Diqqat paytida muskullar sistemasida ham o'zgarish paydo bo'ladi. Barcha ortiqcha harakatlar to'xtatilib, organizm qimirlamay qoladi. Muskullar sistemasi ayrim bir tarang holatda bo'ladi. Diqqat paytida organizm alohida vaziyatda bo'ladi. Ammo bu vaziyat diqqatning faqat tashqi ifodasi bo'libgina qolmay, balki uning ma’lum yo'nalishi va barqaror- ligini saqlab turuvchi shartlardan biri hamdir. Odatda, biz ishimizda organizmning diqqat paytida sirtdan moslashuviga e’tibor beramiz. Shuning uchun ko'pincha, biror ishni boshlashdan oldin organizmimizni shu ishga moslab, muayyan bir vaziyatda turib olamiz.
Diqqat dastawal o'zining faolligi jihatidan - ixtiyorsiz va ixtiyoriy deb farqlanadi. Diqqat asosan ikki turga, ya’ni ixtiyorsiz va ixtiyoriy diqqat turiga ajratiladi. Biron tashqi sabab bilan va bizning xohishimizdan tashqari hosil bo'ladigan diqqatni ixtiyorsiz diqqat deyiladi.
Ixtiyorsiz diqqatni tug'diruvchi sabablar, awalo, bizga ta’sir qiluvchi qo'zg'ovchilarning qandaydir mashhur xususiyatlaridir: chunonchi, ularning go'zalligi, yorqinligi, kuchi, kattaligi, harakatchanligi, uzoq davom
etishi, to'satdan sodir bo'lishi, kontrastligi va hokazo. Masalan, shiqildoqli chiroyli va yaltiroq o'yinchoq bog'cha yoshigacha bo'lgan bolalaming diqqatini o'ziga jalb qiladi. Qattiq tovush — momaqaldiroq, otilgan o'qning ovozi — beixtiyor ravishda diqqatimizni o'ziga tortadi. Chunonchi, kutil- magan holda to'satdan sinfga uchib kirgan kapalak yoki qovoqari ixtiyor
siz ravishda o'quvchilaming diqqatini o'ziga tortadi. Shuningdek, Moskva- ning ko'chalaridagi juda katta baland binolar diqqatimizni beixtiyor o'ziga
jalb qiladi. Jimjitlik davom etib turgan bir paytda to'satdan paydo bo'lgan shovqin-suron va. aksincha, shovqin-surondan so'ng sodir bo'lgan jimjitlik ham beixtiyor ravishda diqqatimizni jalb qiladi.
Bundan tashqari, ixtiyorsiz diqqat bizning faoliyatimiz, turmush tajri- bamiz bilan bog'liq bo'lgan va ehtiyojlarimiz, qiziqishlarimizga javob bera oluvchi hamda bizda ma’lum bir hissiyot uyg'ota oluvchi narsalarning ta’siri bilan ham vujudga keladi.
Ixtiyorsiz diqqatning yuzaga kelishi odamning ayni chog'dagi holati-
ga ham bogMiq. Bir xil narsalar va hodisalar diqqatimizni o‘ziga tortishi mumkin va mutlaqo tortmasligi ham mumkin. Bu narsa odamning ayni
chog'dagi holati bilan bogMiq boMadi.
Ixtiyorsiz diqqatning dastlabki fiziologik asosi oriyentirovka yoki tekshirish reflekslaridan iborat.
Bu reflekslarni akademik l.P. Pavlov boshqacha nom bilan «bu nima ekan» refleksi deb ataydi. Shu bilan birga, Pavlov kishilarda «bu refleks
juda ham yuksak taraqqiy qila borib, nihoyat fanni yarata oladigan bilim- ga havas tarzida ko‘rinadi» deydi (Полное собрание сочинений, IV tom, 28-bet).
Diqqatimiz qaratilishi lozim boMgan narsani oldin belgilab olib, ongli ravishda qo‘yilgan maqsad bilan ishga solingan diqqatni ixtiyoriy diqqat
deyiladi.
Bu diqqatning boshlanishi va, ko£pincha, butun qilinayotgan ish mobay- nida davom ettirilishi kuch va zo‘r berishni, ya’ni irodaning ishtirokini
talab qiladi. Shuning uchun uni irodaviy diqqat deyiladi. Ixtiyorsiz diqqatning kuchi asosan qiyinchiliklarni yengish bilan bogMiq boMgan irodaviy zo‘r berish darajasi bilan xarakterlanadi.
Masalan, bu yerda ana shunday qiyinchiliklarni ayni chog'dagi ishga hech qanday aloqasi boMmagan va ixtiyorsiz tarzda yuzaga keladigan ke- raksiz taassurot, tasawur, fikr, hissiyot va mayllarni yenga bilish orqali ifodalab berish mumkin.
Ixtiyoriy diqqat fiziologik tomondan, asosan, ikkinchi signallar sistemasining faoliyati bilan belgilanadi.
CVquvchining tushuntirilayotgan yangi darsni eshitib oMirishi shu ixtiyoriy diqqat bilan ishlashning misoli boMa oladi. Bunda o‘quvchi «eshitib o‘tiraman» deb, ilgaridan o‘z oldiga maqsad qo‘yadi va o4z diqqatini faqatgina o‘qituvchining so‘ziga qaratish uchun kuch sarf qiladi. Shuning bilan birga, olquvchi beixtiyor ravishda paydo boMib, o'qituvchining so'zini eshitishga xalaqit beruvchi idrok, fikr, hissiyot, xayol kabi boshqa psixik jarayonlarni yo‘qotish uchun ongli ravishda harakat qiladi. Ixtiyoriy diqqat, masalan, ninaga ip taqish kabi juda oddiy ishda, ayniqsa, ochiq ko‘rinadi. Juda ko‘p har xil ishlar borki, ular asosan, ixtiyoriy diqqatni talab qiladi, masalan: musahhihning ishi, gMsht teruvchining ishi, ekskavatorda ishlash va shuning kabilar. Bu ishlar boshlanishdan oxirigacha ixtiyoriy diqqat asosida bajariladi.
Ixtiyoriy va ixtiyorsiz diqqat turlari o‘rtasidagi farq yana shundan ibo- ratki, ixtiyorsiz diqqat bilan qilinadigan faoliyat ko'pincha unchalik zo‘r
bermay, ancha yengillik bilan va deyarli toliqmasdan amalga oshiriladi; ixtiyoriy diqqat bilan amalga oshiriladigan har qanday faoliyat esa anchagina zo‘r berishni talab qiladi va birmuncha toliqarli boMadi. Yuqorida ko'rsatilgan ixtiyorsiz va ixtiyoriy diqqat o'rtasidagi ayirmalarga ikkita alohida funksiya deb qarash yaramaydi. Ixtiyorsiz va ixtiyoriy diqqatning ham muhim belgilari bir xildir. Bunday belgilar biron faoliyat davomida biz idrok va tasawur qiladigan hamda uning haqida fikr yuritadigan ma’lum narsaga ongimizning qaratilishi va to'planishidan iboratdir.
Bir xil ish jarayonida va, shu jumladan, o'qish jarayonida ham, ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqatga va, aksincha, ixtiyorsiz diqqat ixtiyoriy diqqatga o'tib ketishi mumkin. Masalan, qandaydir o'qish materialini o'zlashtirishning boshlanishi o'quvchilardan ixtiyoriy diqqat talab qiladi.
Lekin, ko'pincha, o'zlashtirish jarayonida bu ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqatga o'tib ketadi. Diqqatning bunday o'zgarishi o'qish materiali maz- munining ba’zi xususiyatlari (masalan, uning ma’nodorligi, qiziqarlili-
gi) tufayli yoki bayon qilishning xususiyatlari — ko'rgazmali bo'lishi, jonliligi va shuning bilan birga, o'quvchilaming o'qish materiali mazmuniga qiziqishlari tufayli sodir bo'ladi. Ixtiyoriy diqqatning ixtiyorsiz diqqatga mana shunday o'tib ketishi bilimlami o'zlashtirish jarayonini ancha yengillashtiradi.
Buning aksincha holati ham bo'ladi. Agar biron faoliyat jarayonida (masalan, bilim egallash jarayonida) qandaydir qiyinchilik uchrab qolsa, bunday paytda ixtiyorsiz diqqat ixtiyoriy diqqatga o'tib ketadi.
Faoliyat jarayonida, ko'pincha, diqqatning ixtiyorsiz ravishda asosiy ishdan bo'lak narsalarga ko'chib turishi uchraydi. Bunday hodisani
diqqatning chalg'ishi deb ataladi. Diqqatning chalg'ishi ishga yomon ta’sir qiladi. Shu sababli, diqqatni, garchi salgina bo'lsa ham chalg'itmaslik uchun ish jarayonida ora-sira ixtiyoriy diqqatni kuchaytirishga hamda beixtiyor paydo bo'lib, ishga aloqasi bo'lmagan idrok tasawur va fikrlarni bosmoq uchun zo'r berishga to'g'ri keladi.
Ixtiyorsiz diqqat ham, ixtiyoriy diqqat ham o'zining yo'nalishiga ko'ra tashqi va ichki bo'lishi mumkin.
Manbai bizning ongimizdan tashqarida bo'lgan diqqatga tashqi diqqat deb ataladi. Tashqi diqqat dastawal bizning idroklarimiz jarayonida namoyon bo'ladi. Haydovchi, vagon haydovchisi, tikuvchining ishida sodir bo'ladigan diqqat tashqi diqqatga misol bo'la oladi. O'quvchining o'qituvchi bayonini tinglashdagi, kitob o'qishdagi, suratlarni ko'rishdagi va tabiat hodisalarini kuzatishdagi diqqati ham tashqi diqqatdir.
Narsa va hodisalami qaysi sezgi a’zoimiz bilan idrok qilayotganimiz- ga qarab, tashqi diqqatni ko'rish, eshitish va shuning bilan birga, tuyish, hid bilish va ta’m bilish turlariga ajratish mumkin.
Tashqi diqqat faqat idrok qilishimiz jarayonidagina namoyon bo'ladi deb hisoblab bo'lmaydi. Tashqi diqqat biz tasawur qilayotgan va fikr qilayotgan narsalarimizga ham qaratilishi mumkin. Masalan, muhandis o'z xonasida ishlab o'tirib, ko'rilayotgan binoning ko'rinishini tasawur qilayotganda va bu binoning qurilishi bilan bog‘liq boMgan matematik hisoblami chiqarayotganda uning diqqati tashqi diqqat tarzida namoyon boMadi.
Manbayi bizning tasawurlarimiz, fikrlarimiz, hissiyotlarimiz va maylla- rimizdan iborat boMgan diqqatga ichki diqqat deb ataladi.
Biz ongimizning o‘zida sodir boMayotgan jarayonlarni kuzatayotga- nimizda, ya’ni o‘z hissiyotlarimizni, fikrlarimizni, istaklarimizni va shuning kabilami kuzatayotganimizda ichki diqqat namoyon boMadi. Masa
lan, biz o‘z fikrlarimizni kuzatayotganimizda, bu fikrlarni tekshirayotga- nimizda, pushaymon qilish hissini boshimizdan kechirayotganimizda, o'z- o‘zimizni tanqid qilayotganimizda va o'z istaklarimizni mulohaza qilayot-
ganimizda ichki diqqat namoyon bo'ladi.
Ta’lim jarayonida o'qituvchi darsning borishini va o'z fikrlarining bayon etilish sistemasini kuzatib borishida ichki diqqat namoyon bo'ladi. O'quvchilarda ichki diqqat aqliy hisoblash ishi bilan shug'ullanayotganlarida va xususan ular qandaydir qiyinchiliklarga duch kelganlarida namoyon bo'ladi. Diqqatning bu turi odamning o'z-o'zini tarbiyalash ishida juda yaqqol ko'rinadi. Ichki diqqat odamning o'z-o'zini tarbiyalashi bilan uz
viy bog'liqdir. Ichki diqqat o'z-o'zini tarbiyalashning tarkibiy qismlari- dan biri hisoblanadi.
Ichki diqqat tashqi diqqatdan o'zining ortiq kuchliligi bilan farqlana- di va ko'proq ixtiyoriy bo'ladi.
Diqqat bir qancha xususiyatlarga ega bo'lib, ulardan asosiylari — diqqatning ko'chuvchanligi, bo'linishi, ko'lami, kuchi va barqarorligidir.
Bu xususiyatlarning qanchalik yaqqol ifodalanishiga qarab, har turli faoliyat jarayonida ayrim odamlar diqqatining ma’lum bir (ijobiy yoki salbiy) sifatlari belgilanadi.
Diqqatning ko'chishi deganda, biz uning bir narsadan ikkinchi boshqa bir narsaga, faoliyatning bir turidan boshqa turiga o'tishini tushunamiz. Masalan, odam o'z diqqatini kitob o'qishdan surat ko'rishga, surat ko'rishdan esa o'z fikrlarini bayon etishga ko'chirishi mumkin. O'quvchilar o'z diqqatlarini bir fanni o'qishdan boshqa fanga ko'chiradilar, chunonchi, matematikadan tarixga, tarixdan rus tiliga va shuning kabilar. Diqqatning ko'chishi ixtiyorsiz va ixtiyoriy tarzda sodir bo'lishi mumkin.
Diqqatni ko'chirishning nerv-fiziologik asosi, asosan, ikkinchi signallar sistemasining signallari orqali bosh miyaning po'stida paydo bo'lgan optimal qo'zg'alish o'chog'ining o'rin almashtirishidir.
Diqqatning ko‘chiriIishi ko‘p hollarda qiyinchiliklar bilan bogMiq boMadi. Masalan, ba’zan diqqatni bundan oldingi obyektdan ajratish qiyin boMsa, boshqa hollarda oldingi ishining ketidan qilinadigan yangi ishga kirishib ketish qiyin boMadi. Diqqatni ko'chirishning yengillik yoki qiyinligi bir qancha sabablarga bogMiqdir. Bu sabablardan biri — ketma- ket qilinadigan ish mazmunlari o'rtasida bogMiqlik bor yoki yo'qligidir; agarda bunday bog'liq yo'q bo'lsa, diqqat tez va yengillik bilan ko'chishi mumkin. Diqqatni ko'chirishning yengillik yoki qiyinlik sabablaridan yana biri diqqat qaratilgan narsalarga va bajarilayotgan ishlaiga nisbatan kishining munosabatidadir. Masalan, agar kishi ilgari qilgan ishiga zo'r qiziqish bilan qarab, undan keyingi qilinadigan ishga aytarli qiziqmasa, bunday paytda ilgarigi ishdan diqqatni ko'chirish qiyin bo'ladi va sekinlik bilan amalga oshiriladi. Aksincha, agar keyingi qilinadigan ish oldingisiga qara
ganda qiziqarli va yoqimliroq bo'lsa, diqqat tez va osonlik bilan ko'chadi. Agar qilinayotgan ish to'la tugallansa, u paytda kishi o'z diqqatini bir faoli- yatdan ikkinchisiga yengillik bilan ko'chira oladi, aksincha, agar oldingi
ishni oxirigacha yetkazmay turib, qandaydir sababga ko'ra, diqqatni yangi
bir faoliyatga ko'chirish lozim bo'lib qolsa, bu narsa ancha qiyin bo'ladi.
Eng yaxshi diqqat, albatta, bir narsadan ikkinchi narsaga tez ko'cha oladigan diqqatdir. Diqqatning mana shunday xususiyati tufayli, kishi atrofidagi muhitga tez moslasha oladi hamda o'zgaruvchan sharoitdagi turli elementlaming ahamiyatlarini tezlik bilan belgilay oladi. Diqqatning tez ko'chuvchanligi kishining ishini ham tezlashtiradi.
Diqqatning tez ko'chuvchanligi, uning boshqa sifatlari kabi kishining amaliy faoliyati jarayonida taraqqiy etadi.
Diqqatning boMinishi
Ma’lum faoliyat jarayonida diqqat birgina narsaga emas, balki ikki va uch narsaga ham qaratilishi mumkin. Diqqatimiz ayni vaqtda ayrim faoliyat turlariga bo'lina oladi. Faqat birgina narsaga qaratilgan diqqatni konsentrat- siyalashgan (yig'ilgan) yoki to‘plangan diqqat deyiladi. Masalan, ninaga ip taqishdagi, qo'lda biror narsa tikishdagi, matematik masala yechishda- gi, ma’riza eshitishdagi diqqatimiz shunday diqqatdir. Agarda diqqat faqat bir murakkab ish jarayonining o'zida ikki yoki uch narsaga qaratilgan va faoliyatning turli usullari bilan bog'liq bo'lsa, bunday diqqatni bo'Iingan yoki taqsim qilingan diqqat deyiladi. Masalan, tramvay haydovchisi o'z ishi davomida diqqatni ayni bir vaqtda piyoda yuruvchilar, avtomobillar
va boshqa tramvaylar harakatini hamda shuning bilan birga, motorning ishlashini na konduktorning signallarini kuzatib boradigan qilib taqsim- lashi lozim. Haydovchi ham o'z diqqatini xuddi shunday taqsimlashi kerak. O'qituvchi darsni tushuntirish paytida o'z diqqatini o'quvchilar xul-
qiga, ko‘rgazma qurollarni ko‘rsatishga, sinf doskasiga va shu kabilarga taqsimlashi lozim.
Konsentratsiyalanish va boMinishlik har qanday diqqatga xos boMgan xususiyatdir. BoMingan diqqat aynan bir vaqtning o'zida bir necha narsalarga qaratilgan boMmasa kerak, deb o‘ylash lozim. BoMingan diqqat bu diqqatning bir narsadan ikkinchi narsaga juda tezlik bilan ko'chishidir.
Yuliy Sezar haqida shunday qissa saqlanib qolgan. U go‘yoki bir vaqtning o'zida bir narsani yozib, boshqa narsa haqida o'ylash, uchinchi narsani eshitish va to'rtinchi narsa haqida gapirish kabi murakkab ishlarni bajara olgan emish. Psixologiya nuqtayi nazaridan, bunday hodisaning
boMishi mutlaqo mumkin emas. Har holda Yuliy Sezar diqqatini bir narsadan ikkinchi narsaga tez ko'chirish qobiliyatiga ega boMgan boMsa kerak. Shu sababli, Yuliy Sezar o'z diqqatini bir vaqtning o'zida to'rt xil faoliyatga qarata oladi, deb o'ylaganlar.
Shunday hollar ham boMadiki, bunda kishi biron doklad yoki ma’ruza eshitib o'tirar ekan, ayni shu vaqtning o‘zida xayol surishi, qandaydir boshqa narsalar haqida o‘ylashi, kitob yoki gazeta o'qishi mumkin. Bu narsa hammaga o'z turmush tajribasidan ma’lum. Bunday hollarda diqqat bir narsadan (doklad eshitishdan) boshqa bir narsaga (kitob yoki gazeta o'qishga) tezlik bilan «o'tib turadi». Bizga esa ikki xil ongli faoliyat bir vaqtda bajarilayotganday tuyuladi.
Kishi faqat shunday holda ikkita ishni birdaniga bajara olishi mum- kinki, bunda qilinayotgan ishlardan biri ma’lum darajada avtomatlashgan boMishi kerak. Masalan, biz ayni bir vaqtning o'zida doklad yoki ma’ruzani ham eshitib, ham yozib borishimiz mumkin. Bunda ma’ruzani deyarli avtomatik ravishda yozib boriladi; lekin vaqt-vaqti bilan ongimiz nazorat qilib turadi. Diqqatning bunday boMinishida unchalik zo'r berishni talab qilmaydigan, ya’ni odat boMib qolgan ish, miya po'stining ma’lum darajada tormozlangan qismlari orqali «boshqarilishi» mumkin. «Biz, asosan, bir ish, bir fikr bilan band boMganimizda, albatta, shu asosiy ishimizga alo- qasi boMgan miya yarim shari nuqtasi kuchli qo‘zg‘algan holda boMganda, ayni zamonda biz juda yaxshi ko'nikkan bir ishni bajara olishimiz, ^ ya’ni miya yarim sharlarining tashqi tormozla- nish mexanizmi asosida tormozlangan qismlari bilan ishlay olishimiz oddiy bir narsa emasmi, axir», — deydi l.P. Pavlov (IV tom, 428-bet). 34-rasm. Taxistoskop.
Inson diqqatining ijobiy xususiyati o'z diqqatini bir narsa ustida to'play olish va faoliyat xarakteriga qarab, uni tegishli ravishda bo'la olishdadir.
Ayrim kishilar bu jihatdan bir-biridan shu bilan farq qiladilarki, ularning bittasida asosan, konsentratsiyalashgan diqqat taraqqiy qilgan bo'lsa, boshqasida bo'lingan diqqat taraqqiy qilgan bo'ladi. Odamlar diqqatidagi bu ayirma har bir kishining qiladigan faoliyati va kasbiga qarab, amaliy
ish jarayonida hosil bo'ladi.
Diqqatning ko‘lami
Diqqatning ko'lami — diqqatga eng qisqa vaqt ichida (go'yoki bir- daniga) sig'ishi mumkin bo'lgan narsalar soni bilan belgilanadi. Diqqat ko'lami jihatidan tor yoki keng bo'lishi mumkin.
Tajriba qilib tekshirishda diqqatning ko'lami, odatda, tekshirilayotgan odamga ayni bir vaqtning o'zida bir qancha o'zaro bog'lanmagan harflarni, so'zlarni, narsalarni va turli shakllarni ko'rsatish yo'li bilan aniqlanadi.
Tekshirilayotgan kishi bu narsalardan ayni vaqtda qanchalik ko'pini birdaniga idrok eta olsa (diqqat doirasiga sig'dira olsa), uning diqqat doirasi shunchalik keng bo'ladi.
Diqqatning ko'lamini aniqlash uchun taxistoskop degan maxsus asbob qo'llaniladi. Bu asbob yordamida kishiga idrok ettiriladigan narsalar juda tez ko'rsatiladi. Bunda idrok qilinadigan narsalar taxistoskopning ekrani- dagi teshikdan ko'rsatiladi va bu teshik juda qisqa vaqt ichida bekilib qoladi.
Taxistoskop vositasi bilan o'tkazilgan tajribalar ko'rsatishicha, katta yoshli odam ayni vaqtning o'zida diqqat doirasiga uchtadan to oltita- gacha bir-biriga bog'liq bo'lmagan narsalarni, masalan, undosh harflarni, shakllarni sig'dira oladi.
Lekin idrok qilinadigan narsalar ma’no jihatidan bir-biri bilan bog'liq bo'lsa va yoki bu narsalar yaxlit bir narsaning elementlari bo'lsa, bunda diqqat doirasiga shu kabi narsalarning ko'pi sig'ishi mumkin. Masalan, taxistoskopda alohida-alohida harflar emas, balki uch-to'rt harflardan
tuzilgan so'zlar ko'rsatilsa, savodli kishi bunday so'zlardan uch-to'rttasini, ya’ni to'qqiztadan tortib, to o'n oltitagacha harfni idrok eta oladi, chunki savodli kishilar ayrim-ayrim harflarni donalab o'qimay, balki butun so'zlarni birdaniga o'qiydi.
Taxistoskop vositasi bilan diqqat ko'lami yuzasidan o'tkaziladigan eksperimental tekshirishlarda diqqatning ayrim individual xususiyatlari ham aniqlangan.
Masalan, shunday odamlar borki, ularga taxistoskopdan nima ko'rsatilsa, shuni o'zlaridan hech narsa qo'shmay, aniq idrok etadilar. Bunday odamlar «obyektiv» tipdagi odamlardir. Yana shunday odamlar ham bo'ladiki, ularga bir narsa ko'rsatsang, bunga o'zidan boshqa narsa-
larni qo'shib idrok yetadi. Bunday odamlar «subyektiv» tipdagi odam- lardir. Lekin mashq qildirish yo‘li bilan subyektiv tipdagi odamlarni taxis-
toskopda ko‘rsatilgan narsani aniq idrok qilishiga erishsa boMadi.
Diqqat koMamining kengligi aniq idrok etish bilan birga qo‘shilgan taqdirdagina yaxshi sifatlardan hisoblanadi. Diqqat koMamining keng boMishi, masalan, sinfda mashg'ulotlar o'tkazilayotgan paytda 0‘qituvchi uchun zarur-
dir; o'qituvchi sinfda o‘tirgan barcha o'quvchilarga nazar solib turishi lozim. Lekin diqqat koMamining torligi ham hamma vaqt yomon boMavermaydi. Faoliyatning ayrim turlarida diqqat koMamining tor boMishi, lekin shu bilan bir vaqtda, chuqur va konsentratsiyalashgan boMishi talab yetiladi. Masalan, bunday diqqat odamga mikroskop bilan ish qilganda zarurdir.
Diqqat koMamining fiziologik asosi miya po'stida optimal qo'zg'algan joyning kengayishi yoki torayishidan iborat. Bunda miya po'stidagi optimal qo'zg'algan joy ayni vaqtda ta’sir qilib turuvchi boshqa qo'zg'atuvchilar bilan hosil qilingan qo'zg'alish jarayonlarining qo'shilishi tufayli kengayadi, ichki tormozlanish jarayonlarining kuchayishi natijasida esa bu joy torayadi.
Diqqatning kuchi va barqarorligi
Diqqatning kuchi va barqarorligi uning muhim xossasidir. Diqqatning kuchi turli darajada boMishi — diqqat kuchli va kuchsiz boMishi mumkin. Diqqat qanchalik kuchli bo'lsa, u diqqat obyektiga shunchalik ko'p to'planadi, boshqa, ayni vaqtda keraksiz boMgan narsalarga shunchalik kam chalgMydi. Biz tashqi tomondan diqqatning kuchi to'g'risida asosan, uning chalg'ish darajasiga qarab hukm chiqaramiz. O'quvchining diqqati har xil, hatto kuchsiz darajadagi chetki qo'zg'ovchilardan, chunonchi, qalamning tushib ketishiga, qo'shni partadagi o'rtoqlarining pichirlash- ganiga, koridorda bo'layotgan gaplarga chalg'ib ketaversa — bu ayni vaqtda o'quvchining diqqati kuchsizligidan dalolat beradi. Agar o'quvchi bunday chetki qo'zg'ovchilar (ba’zan hatto kuchli qo'zg'ovchilar) ta’sirini ham go'yo «sezmay», balki muayyan bir ishga berilib qunt bilan ishlasa, bu ayni vaqtda o'quvchi diqqatining kuchliligidir.
Eng kuchsiz diqqat, odatda, tarqoq diqqat, parishon diqqat yoki to'g'ridan to'g'ri parishonlik deyiladi. Parishonlik odamning o‘z diqqatini biron-bir muayyan ishda tutib tura olmasligidir. Parishonlikda odamning diqqati bir narsadan boshqa bir narsaga beixtiyor ravishda o'tib turadi, bu narsalardan birontasida ham to'xtab turmaydi. Parishonlik holatini biz bolalar hayotining dastlabki kunlarida uchratishimiz mumkin: yosh bola diqqatini hali hech bir narsa ustida tutib tura olmaydi. Parishonlik holati katta yoshdagi odamlarda ham boMadi, masalan, charchaganda nerv kasal- ligiga duchor bo'lganda, nerv sistemasi zaharlanganda. Maktabda pari- shonxotir o'quvchilar uchrab turadi. Bunday o'quvchilar hamisha ham-
ma yoqqa «alang-jalang» qilaveradi, biron narsa ustida diqqatini tutib tura olmaydi. Bolalaming parishon bo‘lib qolishlariga, ko'pincha, yasli va maktabda ular diqqatini yetarli darajada tarbiyalamaslik sabab bo'ladi.
Parishonlikni odamning hech bir narsaga diqqat qila olmasligi deb tushunish yaramaydi. Odam hamisha diqqat qila olish qobiliyatiga egadir, lekin odam diqqatining to'planish darajasi hamma vaqt bir xil bo'lavermaydi. Parishonlik — bu eng kuchsiz diqqatdir, miya po'stida qo'zg'algan joyning kuchsiz bo'lishligidir.
Diqqat haddan tashqari kuchli bo'lganida ham alohida parishonlikni ko'rish mumkin. Eng kuchli diqqatda ongimiz diqqat qaratilgan narsaga batamom to'planadi va kam chalg'iydi yoki hatto boshqa kuchli qo'zg'ovchilar ta’sir qilib turganida ham sira chalg'imaydi. Odam narsaga juda berilib ketganda vaziyatni unutib qo'yadi, tevarak-atrofdagilarning gapi qulog'iga kirmaydi, o'zining odatlangan ish-harakatlarini sezmay qoladi. Diqqat kuchli bo'lgan vaqtda odamning parishon bo'lib qolishini har bir kishi o'z tajribasidan yoki boshqa odamlarda ko'rganlaridan yaxshi biladi. Masalan, odam haddan tashqari quvongan vaqtda mana shunday parishon bo'lib qoladi. Odamning quvonishiga sabab bo'lgan narsa, hodisalar ba’zan odam ongini o'ziga shu qadar jalb qilib oladiki, boshqa hech bir narsa uning ongiga borib yetmaydi yoki yetsa ham, juda qiyinchiliklar bilan borib yetadi. Odam haddan tashqari xursand vaqtida shu
xursandchilik uyg'otgan obyektga taalluqli narsalarnigina idrok qiladi, faqat shu narsalar to'g'risidagina o'ylaydi. Ba’zan biron-bir juda qiziqarli roman o'qiganda, matematikadan murakkab bir masalani yechganda va umuman biron faoliyatga juda berilib ketgan vaqtda bizda ham shunday
parishonlik holati sodir bo'ladi.
P. Pavlov bunday parishonlikning fiziologik asosini ko'rsatib bergan:
«O'yga cho'mib ketganimizda, biror ishga juda berilganimizda tevarak- atrofimizda bo'layotgan narsalarni ko'zimiz ko'rmaydi, qulog'imiz eshit- maydi — bu yaqqol manfiy induksiyaning yuz berishidir» (III tom, 2- kitob, 335-bet). Buning ma’nosi, bosh miya po'stining bir uchastkasida
sodir bo'lgan qo'zg'alish po'stning boshqa uchastkalarini tormozlaydi, demakdir.
Diqqatning barqarorligi. Diqqat ma’lum darajada barqaror va beqaror bo'lishi mumkin.
Uzoq muddatgacha bir narsaning o'ziga qaratilib tura oladigan diqqat barqaror diqqat deyiladi. Agar diqqat biron-bir faoliyat jarayonida boshqa narsalarga, keraksiz narsalarga chalg'iyversa yoki tez sustlashib va so'nib qolsa, bunday diqqat beqaror diqqat deyiladi. Masalan, o'quvchi butun dars davomida darsning borishiga diqqat qilib o'qituvchining tushunti- rishlarini boshqa narsalarga chalg'imay tinglab borsa, biz o'quvchining diqqatini barqaror diqqat deymiz. Bordi-yu, o'quvchi o'qituvchining tu- shuntirishlariga awal boshda quloq solib borib, lekin 10—15 daqiqadan keyin boshqa narsa bilan shug'ullansa, yoki boshqa narsalar to'g'risida xayolga berilib ketsa, yoki o'qituvchining tushuntirishidagi ayrim mo- mentlarni «eshita olmay qolibman» desa, yo bo'lmasa kitob o'qisa-yu, uning mazmunining ayrim momentlariga «e’tibor bermabman» desa, bunday diqqat beqaror diqqat deyiladi.
Diqqatning barqaror diqqat yoki beqaror diqqat turiga kirishini ko'rsatuvchi qat’iy belgilangan biror-bir me’yor, ko'rsatkich yo'q va bunday me’yor, ko'rsatkichning bo'lishi mumkin ham emas. Diqqatning barqarorligini diqqatning turi — ixtiyoriy va ixtiyorsizligiga qarab, shuningdek, biron-bir turdagi diqqat bilan bajarilayotgan ishning mazmuni va xarakteriga qarab har xil baho berish mumkin.
Har bir kishining diqqati amaliyotda, faoliyat jarayonida, tarbiya qilish va o'z-o'zini tarbiyalash yo'li bilan o'sib, ma’lum darajada kuchli va barqaror diqqat bo'lib qoladi.
V. DIQQATNING KUCHI VA BARQARORLIGINI TA’MIN ETADIGAN SHART-SHAROITLAR
Odam faoliyatining barcha turida, albatta, nihoyatda kuchli (eng ko'p to'plangan) va nihoyatda barqaror diqqatning ahamiyati juda kattadir.
Diqqatning kuchli va barqaror bo'lishi bir qator shartlarga: diqqat obyektining mazmundorligiga, faoliyatga, ish bajarilayotgan vaziyatga,
odamning ruhiy holatiga, irodasiga va qiziqishlariga bog'liqdir.
Diqqat obyektining xarakteri va ishning mazmundorligi: Diqqatning kuchli va barqaror bo'lishi diqqat obyektining mazmundorligiga ko'p jihatdan bog'liqdir. Diqqat obyekti qanchalik mazmundor bo'lsa, diqqat ham shu qadar kuchli va barqaror bo'lishi mumkin. Mazmunsiz narsalarga diqqatni qaratish va tutib turish ancha mahol ish. Masalan, bir
varaq toza qog'ozga chizilgan doiraga uzoq vaqt diqqat bilan qarab turish yoki qimirlamay turgan nuqtaga tikilib qarab turish ancha qiyindir.
Shuningdek, tinimsiz bir xil balandlikda va bir xil kuch bilan chiqayot- gan tovushni ancha muddatgacha eshitib turish ham qiyin (ba’zan mumkin ham emas). Bu singari mazmunsiz narsalar ustida diqqatni to'xtatib turishlikka urinib ko'rsak, diqqatimiz har 3—5 soniyadan keyin boshqa narsalarga chalg'iydi yoki tebranib turadi, ya’ni har 3—5 soniya oralig'ida odam goh qunt bilan diqqat qiladi, goh diqqati sustlashadi, bu ikki hoi biridan ikkinchisiga o'tib turadi.
Diqqatning tebranish holatini, masalan, quyidagi misolda ko'ra olamiz.
Agar kesik piramidaning rasmiga bir necha vaqt tikilib qarab tursak, bunda piramidada-
gi kichik to‘rtburchak goh yuqoriga bo‘rtib, goh ichkariga botiq boMib ko‘rinadi.
Diqqatning shunga o‘xshash tebranishi- ni jimjit sharoitda cho‘ntak soatining chi- qillashiga quloq solib ko‘rilganda kuzatish mumkin: soatning chiqillashi goh sekin
lashadi, goh to‘xtab qoladi; goh, soat yana chiqillay boshlaydi. Idrok qilishdagi bunday o‘zgarishlar - diqqat tebranishining natijasidir. Diqqatning tebranishi, ya’ni qunt bilan diqqat qilish va diqqatning sust- lashishi ba’zan bir daqiqa ichida 25—30
martagacha boMadi. Rus psixologi N.N.Langening tekshirishlarida ko‘rsatilishicha, diqqat 2—3 soniyagacha, ko‘pi bilan 12 soniyagacha teb- ranmay tura oladi. Odam charchagan vaqtida diqqat tebranishining tezli
gi ortadi.
Ammo diqqat qaratiladigan narsaning mazmuni har xil boMsa va ayniqsa, bu narsa harakat qilib tursa, diqqat ancha barqaror boMadi. Odam mazmundor ishga diqqat qilganida, uning diqqati 15—20 daqiqa va undan ko‘p vaqt hech bir narsaga boMinmay hamda chalgMmay to‘xtab tura oladi. Diqqatning muttasil 20 daqiqa qaratilgandan keyin boshqa yoqqa bir necha soniya chalgMshi ishning borishiga deyarli yomon ta’sir etmay- di. Bunda oz-moz 2—3 soniya dam berilishi bilan diqqat bir necha soat davomida barqaror turishi mumkin.
Shu bilan birga, ish qanchalik mazmunli boMsa, bu ishda xotira, xayol va fikrlash jarayonlari qanchalik samarali va xilma-xil boMsa, odamning
shu ishga qaratilgan diqqati shunchalik kuchli va barqaror boMadi. Idrok, esga tushirish va shuning kabi hissiy faoliyatlarga nisbatan tashqi harakatlar bilan bogMiq boMgan faoliyatlarda diqqat kuchli hamda barqaror tarzda namoyon boMadi.
Ish sharoiti va diqqat. Diqqatning kuchi va barqarorligi biror yumush bajarilayotgan va odam idrok qilib turgan sharoitga bogMiqdir.
Bu sharoitda biron-bir narsa odam diqqatini beixtiyor ravishda jalb qilsa, diqqatning barqarorligiga halal berishi, diqqat kuchi esa zaiflashishi mumkin. Masalan, sinfning eshigi ochilib-yopilib tursa, sinfda ikki-uch
o‘quvchi gaplashib o‘tirsa yoki koridorda to‘po!on boMib tursa va shunga
o‘xshash hollarda o‘quv ishi jarayonida diqqatning barqarorligiga halal beradi va diqqat kuchi zaiflashadi. Shuningdek, sinf doskasidagi muayyan darsga bevosita aloqasi boMmagan har xil yozuvlar, rasmlar ham diqqatni chalgMtadi. Bulaming hammasi o‘quvchilarning zarur narsalarga qaratil
gan diqqatini bo‘shashtiradigan ikkinchi darajali taassurotlardir.
Albatta, diqqatni sira chalgMtmaydigan sharoit kam uchraydi. Fabrika va zavod sexlaridagi mashinalarning shovqin-suronlari orasida g‘oyatda kuchli va barqaror diqqatni talab qiluvchi ishni bajarishga to‘g‘ri keladi. Bunday sharoitda diqqatning to‘planishi va barqarorligini saqlab turish uchun uni chalgMtadigan qo‘zg‘ovchilar ta’sirini yengishga to‘g‘ri keladi. Diqqatning kuchsizligi, uning beqarorligi, jumladan, odam diqqatini chalgMtuvchi qo‘zg‘ovchilar ta’sirini yenga olmasligida ko‘rinadi.
Yana shu narsani ham koczda tutish kerakki, har qanday o‘zga qo‘zg‘ovchilar diqqatning kuchi va barqarorligiga hamma vaqt ham yomon ta’sir qilavermaydilar. Juda ko‘p hollarda unchalik kuchli boMmagan ikkinchi darajali qo‘zg‘ovchining to‘xtovsiz bir tekisda ta’sir etib turishini biz payqamaymiz. Bunday qo‘zg‘ovchining ta ’siri diqqatimizni chalgMtmaydi hamda uning kuchi va barqarorligini buzmaydi. Masalan, biz kitob o‘qib yoki hikoya eshitib turgan paytimizda soatning chiqillashi- ni, o‘zimiz tushib ketayotgan tramvay yoki poyezdning shovqinini payqamaymiz. Ma’lumki, mana shunday ikkinchi darajali qo‘zg‘ovchilar ba’zan, hattoki diqqatimizni kuchaytiradi. Ba’zi vaqtda shamolning ovo- zi, sekin eshitilib turgan musiqa sadosining ta’siri ostida biron narsani o‘qir yoki fikr yuritar ekanmiz, bizda g‘oyat to‘plangan diqqat yuz beradi. Bunday holat ikkinchi darajali qo‘zg‘ovchi ta’siri bilan tug‘ilgan qo‘zg4alishning diqqat markazida turgan narsadan keladigan qo‘zg‘alishga qo‘shilishi tufayli sodir boMsa kerak, lekin qo‘zg‘alishning bunday «kucha- yishi» ikkinchi darajali qo‘zg‘ovchi «sezilib» turishiga qaramay, uning ta’siri diqqat markazida turgan narsaning ta’siridan anchagina sust boMgandagina yuz berishi mumkin.
Hissiyot va diqqat. Diqqatning kuchi va barqarorligi hissiyotga bogMiq.
Bu yerda hissiyotning roli ikki xil — ijobiy va salbiy boMishi mumkin.
Hissiyot diqqat qaratilgan narsa bilan bogMiq boMgan taqdirdagina diqqat uchun ijobiy ahamiyatga ega boMadi: bunday hissiyot qanchalik kuchli boMsa, diqqat ham shunchalik kuchli va barqaror boMadi. Ixtiyor
siz diqqatning kuchi va barqarorligi, asosan, hissiyotga bogMiq. Kishining faoliyati bilan bogMiq boMgan hislar, emotsiyalar ham ixtiyoriy diqqatning kuchi va barqarorligini mustahkamlaydi va zo'raytiradi. Bilish va amaliy faoliyat jarayonida kishining ongi tobora ko‘proq yangi narsalar bilan
boyib borar, bilmagan va oz bilgan narsalarini bilib borar ekan, diqqatning to'planishi va barqarorligi ham ortib boradi. Yangilikni sezish hissi kishining bilish faoliyatini kuchaytiradi, faollashtiradi, shu bilan birga, diqqatning kuchini va barqarorligini mustahkamlaydi.
Diqqatning kuchi va barqarorligiga kishining ayni paytdagi umumiy kayfiyati ham ta’sir qiladi. Yaxshi kayfiyat har qanday ishda diqqatimiz- ning kuchini oshiradi.
Diqqat obyektidan boMak sabablar tufayli qo'zg'algan his-tuyg'ular diqqatning kuchi va barqarorligiga salbiy ta’sir qiladi. Bunday his-tuyg'ular diqqatni chalgMtadi va kuchsizlantiradi hamda uning barqarorligini buza- di. Masalan, qo'shni sinfdagi musiqa yoki ashula ovozi tufayli tugMlgan hissiyot o‘quvchilarning darsga qaratilgan diqqatlarini bo'shashtiradi.
Iroda va diqqat. Ixtiyoriy (irodaviy) diqqatning kuchi iroda kuchi bilan saqlab turiladi. Ko'pincha, ixtiyorsiz diqqatning barqarorligi ham faoliyat jarayonida irodaning zo'ri bilan ushlab turiladi. Shuning uchun iroda, asosan, diqqatda ko'rinadi, desa boMadi. Agar kishi diqqatli boMishni xohlab, buning uchun zo'r bersa, diqqat kuchli va barqaror boMadi; bunda kishi ixtiyorsiz ravishda paydo boMadigan va diqqatning obyektiga munosabati bilmagan taassurotlar, tasawurlar, fikr va hissiyotlami siqib
chiqarish va yo'q qilib yuborish uchun zo'r harakat qiladi.
Irodaning ishga solinishida kishining bir maqsadga intilishi, uning ishga shaylanib, hozirlanib turishi katta ahamiyatga egadir. Shuning uchun, kuchli va barqaror diqqat hosil qilishda ma’lum ishga moyillik va tayyor
boMishlik katta rol o'ynaydi. Bu ishga shaylanish, yoM tutishdir. Chunonchi, agarda o'quvchi uy vazifasini tayyorlashga shaylansa, o'qish ishiga hafsala qo'ysa, uning diqqati butun ish davomida unchalik zo'r berishni talab qilmaydi. Shuning bilan bir vaqtda, uning diqqati kuchliroq va barqarorroq boMadi. Diqqatning g'oyat darajada mujassamligini va barqarorligini saqlab turish uchun kishining ishga muvofiqlanishi, ishlashga odat- lanib qolganligi katta ahamiyatga egadir.
Ma’lumki, deyarli har qanday ish boshda qiyinchiliklar bilan bogMiq boMadi, kishidan alohida kuch bilan zo'r berishlikni talab qiladi. Bironta yangi ishning boshlanishida unga qarata birdaniga diqqatni to'plash qiyin boMadi. Biz, ko'pincha, o'zimizni ma’lum bir ish bilan «shug'ullanishga» majbur qilamiz. Masalan, fanning biz uchun qandaydir yangi boMgan sohasi bo'yicha kitoblarni sistemali ravishda o'qiymiz. Bunday hollarda diqqatimizni to'plash uchun, ko'pincha, anchagina zo'r berishga, ko'p kuch sarf qilishga to'g'ri keladi. Lekin, ma’lum bir vaqt davomida aynan bir sharoit va ayni bir vaqt ichida ma’lum ish bilan shug'ullanar ekanmiz, natijada bunday ishga o'rganib qolamiz. Masalan, kitob bilan ishlashni olsak, unga o'rganib qolgan sharoitimiz bilanoq aytarli zo‘r bermay va unchalik kuch sarf qilmay o'qiy boshlaymiz. Faoliyatimizning boshqa turlarida ham diqqat berib turish uchun bizda hosil boMgan odatlar xuddi
shunday ahamiyatga egadir.
Shunday yo'l bilan biz uchun misli odat bo'lib qolgan diqqat, ya’ni maMum bir tashqi ifodaga ega boMgan va organizmning ayni ish sharoitiga odatlanib ko'nikishi tufayli doimo ishga tayyor diqqat hosil boMadi.
Bunday diqqat psixologiyada, boshqacha qilib aytganda, odat bo‘lib qolgan diqqat deb ataladi.
Bunday odat bo'lib qolgan diqqatning hosil bo'lishida ishdagi saran- jomlik, jumladan, ma’lum ish joyining tayin bo'lishligi, muayyan bir ishning ma’lum reja bilan qilinishi (o'qish mashg'ulotlarining qat’iy jadvaliga rioya qilinishi), mehnat asboblarining va materiallarining joy-joyida bo'lishi katta ahamiyatga egadir. Maktabda partadagi o'rinni tez-tez almashtirib turish, uyda doimiy ish joyining bo'lmasligi — bulaming hammasi o'quvchining diqqatiga salbiy ta’sir qiladi.
Odat bo'lib qolgan diqqat ishda saranjomlik bo'lishi uchun juda muhim- dir. Bizdagi odatlar mashq natijasida hosil bo'ladi. Shuning uchun, kuchli va barqaror .diqqat ham mashqning mahsulidir.
Qiziqishlar va diqqat. Diqqatning to'planishi va barqarorligini saqlab turishda kishining qiziqishlari katta ahamiyatga egadir. Ixtiyorsiz diqqatning barqarorligi, asosan, kishining ayni faoliyatiga bevosita qiziqishiga, ishti- yoqiga bog'liq. Bevosita qiziqish — bu ayni ish jarayonining, ish-harakat- larning o'ziga, ish usullariga bo'lgan qiziqishdir.
Ixtiyoriy diqqatning kuchi va barqarorligi, asosan vositali qiziqishga, ya’ni faoliyatning maqsadi, ishning natijasi bilan qiziqishga bog'liq. Ixtiyoriy diqqat asosida qilinadigan ish jarayonining o'zi zo'r berishni talab qilish tufayli noxush bo'lishi mumkin. Bunday ish davomida diqqatning to'planishi va barqarorligi erishilgan maqsadni, ish natijalarining zarurligi va ahamiyatini anglash orqali saqlab turiladi. Yoshlaming qiziqishlari, ularning asosiy va hayotiy maqsadlari O'zbekistonning mustaqilligini mus-
tahkamlashi, uning kelajagini, faolligini ta’minlashdan iboratdir. Bunday maqsadlarni anglash o'z ishi jarayonida diqqatining g'oyat darajada to'planishi va barqarorligini ta'min etuvchi eng muhim shartlardandir.
Bolalar diqqati juda erta — hayotlarining birinchi oylaridayoq ko'rina boshlaydi. Dastawal ixtiyorsiz diqqat namoyon bo'ladi. Bola o'z diqqatini biron jihati bilan — rang-barangligi, ohangdorligi, harakatchanligi bilan ajralib turuvchi ma’lum bir narsalarga (tovushlarga va shuning kabilarga) qaratadi. Bolalaming yoshlari ulg'aygan sari, o'yin faoliyatlari davomida, tarbiya ta’siri bilan ixtiyorsiz diqqatlari taraqqiy qila boradi. Ixtiyorsiz diqqatning taraqqiysi o'sib borayotgan hissiyot, ehtiyoj va qiziqishlar bilan bog'liqdir. Ixtiyorsiz diqqatning taraqqiysi shundan iboratki, bunda ixtiyorsiz diqqatni tug'diruvchi narsalar doirasi orta boradi. Bundan tashqari, ixtiyorsiz diqqat anchagina kuchli va barqaror bo'la boradi.
Ixtiyorsiz diqqat inson faoliyatining barcha turlarida katta o'rin oladi.
273
Jumladan, ixtiyorsiz diqqat ish jarayonida katta ahamiyatga egadir. Ixtiyorsiz diqqat o‘qish materialini o'zlashtirishni yengillashtiradi va 0‘quvchilarni unchalik toliqtirmaydi. Bunday material yengil va ko'pincha juda puxta o'zlashtiriladi. Shuning uchun, o'qish jarayonida o'quvchilaming ixtiyorsiz diqqatlaridan mumkin qadar foydalanish lozim. O'qitishning ko'rgazmali va jonli bo'lishi, o'qish materialini o'quvchilardagi bor bilimlar
bilan bog'lab bevosita qiziqarli qilib berish ixtiyorsiz diqqatni saqlab tu- rishga yordam beradi.
Lekin o'qish jarayonining hammasini faqatgina ixtiyorsiz diqqat asosida olib borish yaramaydi.
«Biroq, passiv diqqatning bir o'zi kifoya qilmaydi, hatto uning juda erta va haddan tashqari tez hamda faol diqqatning yordamisiz o'sishi bir xil ruhiy dardga aylanib ketishi mumkin. Bunda ruh kuchsizlanib, yalqov- lanib, hamisha qiziq-qiziq hikoyalar yoki qiziq-qiziq kitoblar bilan ta’sirlanib turishni talab qiladigan bo'lib qoladi» (K.D.Ushinskiy. Избранные педагогические сочинения, II tom. Uchpedgiz.l939-y., 171-bet).
Ta’lim va umuman inson faoliyatining barcha turlari, asosan ixtiyoriy diqqat bilan amalga oshiriladi.
Ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqat asosida o'sib boradi. Ixtiyoriy diqqat yosh ulg'ayishi bilan, inson faoliyati davomida va asosan tarbiyaning ta’siri ostida o'sib boradi.
Dastlab katta kishilar bolalaming diqqatini biron-bir narsaga qaratadilar.
Odatda, bolalarga shunday deydilar: «bu yoqqa qara», «mening gapimni eshit», «ashulaga quloq sol» va shuning kabilar. Kattalar tomonidan qara- tiladigan mana shu tarzdagi ixtiyoriy diqqat bolaning ikki yoshga qadam qo'yishi bilanoq ko'rina boshlaydi. Bunda bola diqqatining to'planishi va bir qadar barqarorligini saqlab turishi uchun yoshlik paytidan boshlab beix
tiyor o'ziga jalb qiladigan qo'zg'atuvchilarning taassurotini yengishga to'g'ri keladi. Katta kishilar bolani tozalikka, tartibli, yakka, intizomli bo'lishga va jamiyat ichida yashash qoidalariga o'rgatadilar. Bulaming hammasi ixtiyoriy diqqatni taraqqiy qildiradi. Keyinchalik, 3—5 yoshlardan boshlab,
ixtiyoriy diqqat bolaning o'z tashabbusi bilan ham o'sa boshlaydi.
Bolaning mana shu yoshlarida va butun bog'cha yoshi davrida ixtiyoriy diqqatning o'sib borishi uchun o'yin juda katta ahamiyatga ega. O'yin paytida bolalar diqqatlarini bir joyga to'plab, o'z tashabbuslari bilan ma’lum maqsadlami ilgari suradilar. Ma’lum bir o'yin qoidalarini bolalaming o'zlari tanlab oladilar, bunga o'z harakatlarini moslashtiradi- lar va bir-birlarining harakatlarini kuzatib boradilar. Mana shularning hammasida faqat ixtiyorsiz diqqat emas, balki bolalardagi ixtiyoriy diqqat ham ko'rinadi, bog'cha yoshidagi bolalarda ixtiyoriy diqqatning o'sib borishi uchun o'yin bilan bir qatorda, ularning uyidagi ishlaming ba’zi birlarida qatnashishlari, jumladan, o'zlariga tegishli ishlarni o‘zlari bajarishlari katta ahamiyatga ega.
Bolalardagi ixtiyoriy diqqat, maktab yoshidan boshlab, xususan tez o‘sa boshlaydi. 0 ‘qish ishida — darsni eshitish, kitob o'qish, masalalarni yechishda, asosan, ixtiyoriy diqqat talab qilinadi. Shuning bilan birga, o‘qish jarayonining o‘zi ixtiyoriy diqqatning hamda uning turishi va barqarorligining o'sishiga yordam beradi.
Bolalarda ixtiyoriy diqqat bilan ishlash qobiliyatini o‘stirib borish maxsus tarbiya vazifalaridan biridir. Maktabda ta’lim-tarbiya ishlari sohasidagi vazifalarga, jumladan, o'quvchilar irodasi va intizomini tarbiyalash bilan bog'liq bo'lgan ixtiyoriy diqqatni tarbiyalash vazifasi ham kiradi.
Bolalaming yoshlari ulg'aygan sari, diqqatning ayrim sifatlari, uning ko'lami, ko'chuvchanligi, bo'linuvchanligi, kuchi va barqarorligi o'sa boradi.
Bolalaming diqqati, awalo, ko'lamning torligi, bir narsadan ikkinchi narsaga sekinlik bilan ko'chishi va zo'rg'a bo'linishi bilan ajralib turadi. Bir yoshgacha bo'lgan bolalarda biz, faqatgina juda tor konsentratsiya- lashgan diqqatni ko'rishimiz mumkin. Masalan, agar bir qo'lida olma ushlab turgan bolaning ikkinchi qo'liga ham olma bersak, u paytda ik
kinchi olmani olishi bilanoq, awalgi ushlab turgan olmasini tashlab yubo- radi. Demak, bunda bolaning diqqati o'z qo'lida ushlab turgan ikkita narsaga ham taqsimlay olmaydi. Keyinchalik diqqatning bo'linuvchanligi kattalar yordami bilan bolalaming o'yin faoliyatlarida, o'qish jarayonida va amaliy mehnat jarayonida o'sib boradi.
Bolalaming yoshlari ulg'aygan sari, diqqatning kuchi va barqarorligi o'sa boradi. Diqqatning bu xususiyatlari bolalaming o'yin faoliyatlarida, mehnatda va asosan o'qish jarayonida o'sadi.
O'qish jarayoni uchun diqqatning ma’lum darajada kuchli va barqaror bo'lishligi talab qilinadi. Diqqat barqarorligining o'sishiga bolalar ongining mazmunan boyishi va xususan, ular tafakkurining o'sishi katta yordam beradi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar diqqatining kuchi va barqarorligi ularning tabiatidagi hissiyotchanlik bilan ko'p jihatdan bog'liq. Bu yoshdagi bolalaming hissiyotlari davomli va barqaror bo'lmaganidek, ularning diqqatlari ham aytarli barqaror bo'lmaydi. Lekin bolalaming hissi
yotlari ko'pincha juda kuchli bo'ladi. Shuning uchun ularning diqqatlari, garchi qisqa vaqt ichida davom etsa ham, kuchli bo'ladi.
Maktab yoshidagi bolalaming hissiyotlari anchagina barqaror bo'la boshlaydi. Shuning uchun pedagog o'qish materialini hissiy momentlar bilan boyitar ekan, bu bilan diqqatning barqarorligi va kuchini saqlab turishga yordam beradi. Shuning uchun diqqatga doir bu sifatlaming keyingi taraqqiyoti ham irodaning taraqqiyoti bilan bog'liqdir.
Kishi biror narsani idrok va tasawur qilganida, eslab qolganida va esga tushirganida, fikr qilganida va gapirganida hamda harakat qilganida
biror yoqimli (xush) yoki yoqimsiz (noxush) holatni kechiradi, bu holat huzur qilish yoki ranjishdan, maza qilish yoki qiynalishdan iborat bo'ladi. Bu kechirmalarda odamning o‘z tevarak-atrofidagi narsalarga (hodisalarga), odamlarga va o'ziga nisbatan subyektiv munosabati ifodalanadi. Yoqimli yoki yoqimsiz kechinma hissiyotimizning (emotsiyalarimizning) birinchi belgisi va elementidir.
Voqelikning ayrim hodisalari kishini quvontiradi, ayrim hodisalar xafa qiladi, ba’zi hodisalarga kishi qoyil qoladi, ba’zi hodisalardan g'azablanadi, odam ba’zi hodisalami ko'rib jahli chiqadi, ba’zilaridan qo'rqadi. Xur- sandlik, xafalik, qoyil bo'lish, g'azablanish, qahr, qo'rquv va shu kabi- Iaming hammasi emotsional kechinmalarning xilma-xil turlaridir, odamning voqelikka bo'lgan turli subyektiv munosabatidir, odamning o‘ziga
ta’sir qilayotgan va uning o'zi ta’sir qilayotgan narsalardan tug'iladigan kechinmalardir.
Yoqimli kechinmalarda odamning voqelikdagi ayrim narsalarga, hodisalarga va o‘ziga nisbatan ijobiy munosabati ifodalanadi, yoqimsiz kechinmalarda esa bunga odamning salbiy munosabati ifodalanadi. Shuning uchun ham subyektiv kechinmalardan iborat bo'lgan hissiyotlar ijobiy va salbiy hissiyotlar deb ajratiladi. Lekin hissiyotlar yoqimli yoki yoqimsiz subyektiv kechinmalar bo'lish jihatidangina emas, shu bilan birga obyektiv, ijtimoiy ahamiyatlari jihatidan ham ijobiy va salbiy hissiyotlar deb farq qilinadi. Hissiyotlarga shaxsiy nuqtayi nazardan beriladigan baho bilan ijtimoiy nuqtayi nazardan beriladigan baho hamisha bir-biriga muvofiq
bo'lavermaydi. Sub’ektiv ravishda noxush, kishini ranjitadigan kechinmalar tariqasidagi ko'pgina hissiyotlar, ijtimoiy nuqtayi nazaridan qara
ganda, ijobiy hissiyotlar hisoblanadi. Masalan, kishidagi uyalish vijdon azobi yoqimsiz va hatto qattiq azob hissi bilan kechiriladi. Lekin ijtimoiy nuqtayi nazardan qaraganda, bu hislar yuksak, ijobiy axloqiy hislardir.
G‘azab va qahr hissi har bir kishida salbiy, noxush kechinma holatida o'tadi. Ammo ijtimoiy nuqtayi nazardan qaraganda, bu hissiyot nima sababdan tug'ilganligiga va nimaga yo'nalganligiga qarab ijobiy yoki salbiy hissiyot bo'lishi mumkin. Agarbu hissiyotlar axloq tamoyillarga to'g'ri kelmaydigan nojo'ya ish qilib qo'ygan kishiga nisbatan tug'ilgan bo'lsa, bu hissiyot ijobiy axloqiy hissiyotdir. Ammo bu hissiyot biror shaxsiy norozilik sababli, masalan, majlisda qilingan haqli tanqid sababli tug'dirgan
bo'lsa, bunday hissiyot o'zbek kishisiga nomunosib, past hissiyotdir.
Hissiyot biz idrok qilayotgan, tasawur qilayotgan va fikr qilayotgan hodisalar va tasawurlar, shuningdek, bizning harakatlarini iz va qiliqla- rimiz ta’siri bilan tug'iladi. Narsalar idrok, tasawur va fikr qilinayotgan- ligi uchungina bizda ayrim tuyg'ular tug'ilib qolmasdan, balki, asosan, bu narsalar bizning ehtiyojlarimiz, manfaatlarimiz bilan ma’lum bir darajada
bog'langanligi uchun ham bizda turli tuyg'ular tug'diradi, biz idrok, tasawur va fikr qilayotgan narsalar bizning ehtiyojlarimizga va manfaatlarimizga aloqasi bo'lmagan taqdirda bizda sezilarli hissiyotlar tug'ilmaydi. Bunday narsalar ko'pincha e’tiborimizdan chetda qolaveradi.
Shunday qilib, hissiyotlarning manbalari (yoki sabablari), bir tomondan, bizning ongimizda aks etayotgan tevarak-atrofdagi voqelik bo'lsa, ikkinchi tomondan, bizning ehtiyojlarimizdir.
Ko'p hollarda emotsional kechinmalarimizning mazmuniga bizning intilishlarimiz ham kiradi. Intilishlar esa hamisha ehtiyojni ifodalaydi. Lekin hissiyotlar ehtiyojlar sababli paydo bo'lishi tufayli, intilishlar bilan hissiyotlar bir-biriga «qo'shilib ketib» bitta tuyg'u, kechinma holida namoyon bo'ladi. Bunday hollarda hissiyotlar, odatda, intilishlami tug'diradi yoki mavjud intilishlarni kuchaytiradi, shuning uchun ehtiyojlarning o'zi ham faol kechinmalar bo'lib qoladi. Hissiyotlarning yo'nalishi, faolligi intilishlarda namoyon bo'ladi.
Shunday emotsional holatlar ham bo'ladiki, bunda intilish juda sust bo'ladi yoki butunlay bo'lmaydi. Bu xil samarasiz, passiv hissiyotlami, odatda, sentimentallik deb ataydilar. Sentimentallik — harakatsiz hissiyot bo'lib, odatda, faqat so'z bilan cheklanib, oh-vohlar qilish, ba’zan ko'z yoshi to'kishdan nariga bormaydi.
Hissiyotlarning faollik darajasi kishidagi qo'zg'alish va kuchlanish holatida yoki tinchish va bo'shashish holatida, yoki kishidagi hamma kuch- larg'ayratga kirgan holatda, yoxud bu kuchlar zaiflashgan va bo'shashgan holatda namoyon bo'ladi. Hissiyotlarning mana shu faollik darajasiga qarab, ular stenik va astenik hissiyotlarga bo'linadi.
Kishining hayotiy faoliyatini oshiradigan, g'ayratini orttiradigan hissiyotlar stenik hissiyotlar deb ataladi. Masalan, nihoyatda xursandlik, g'azablanish hislari stenik hissiyotlar qatoriga kiradi. Kishining hayotiy faoliyatini pasaytiradigan, g'ayratini susaytiradigan hissiyotlar astenik his
siyotlar deb ataladi. G'am-g'ussa, ma’yuslik, afsuslanish kabi hissiyotlar mana shunday astenik hissiyotlardir.
«His» degan termin ko'pincha «sezgi» degan termin bilan bir ma’noda ishlatiladi. Masalan, ba’zan: «Men yorug'Iikni his qilyapman, men issiq- likni his qilyapman» deyish o'miga: «Men yorug'Iikni sezyapman, men issiqlikni sezyapman» deb ham aytishadi. Shu vaqtgacha biz psixologiyada ham sezgi organlari deyish o'rniga his qilish organlari deb aytishga odatlanib qolganmiz.
Sezgi bilan hisni bir-biridan farq qilish kerak. Sezgi odamdan mustaqil ravishda mavjud bo'ladi, u narsalar va hodisalaming in’ikosidir. His
siyot esa odamning shu narsalarga va hodisalarga munosabatini ifodalovchi tuyg'ular, kechinmalardir. Sezgilar bizga narsalar va hodisalaming o'zini bildiradi, ammo hissiyot esa odamning shu narsalarga va hodisalarga munosabatini, bu narsalar va hodisalar odamda qanday holat tug'dirganligini (xush yoki noxush holat tug'dirganligini) bildiradi.
Emotsional kechinmalar organizmdagi alohida fiziologik jarayonlar, o'zgarishlar bilan bog'liq ekanligi har kungi tajribada ko'rinib turibdi. Masalan, emotsional kechinmalar chog'ida qon aylanishi o'zgaradi, yurak urishi tezlashadi yoki susayadi. Bir xil emotsional kechinmalar chog'ida odam qizaradi, boshqa bir xil emotsional kechinmalar chog'ida esa odam oqaradi yoki bo'zaradi. Emotsional jarayonlarning yurak faoliyatidagi o'zgarishlar bilan bog'liq ekanligi shu qadar ayon sezilib turadiki, hatto oddiy tilda «his» bilan «yurak» degan so'z bir-biriga o'xshash ma’noda ishlatiladi. Odatda, «yuragim orziqib ketdi», «yuragim orqamga tortib ketdi», «yuragim yorilay dedi» deb gapirilganida, «yurak» so'zi bilan qo'rqib ketish, sevinish kabi hislar ifodalanadi.
Emotsional kechinmalar vaqtida nafas olish ham o'zgaradi: ayrim kechinmalar vaqtida nafas olish tezlashadi, ayrim kechinmalar vaqtida esa nafas olish susayadi. Shuningdek, ovqat hazm qilish jarayonlari va ichki sekretsiya bezlarining faoliyati ham o'zgaradi. Emotsional jarayonlar butun organizmning faoliyatiga ta’sir qiladi.
Odamdagi hissiyotning fiziologik asosi, awalo, bosh miya po'stida sodir bo'ladigan jarayonlardir.
Bosh miya po'sti hissiyotlarning kuchini va barqarorligini idora qilib turadi. Buni shu bilan isbot qilish mumkinki, miya yarim sharlari olib tashlangan hayvonlar eng arzimas sabablar bilan muttasil va shu bilan
birga kuchli ravishda hayajonga kelaveradi. Miya po'sti zaiflangani nati-
278
jasida bet muskullari falaj bo'lgan kishilar har xil narsalarga, hatto juda arzimas narsaga ham hamisha va qattiq kula beradilar. Bosh miya po'stining faoliyati buzilishi natijasida ba’zi kishilarda har xil taassurot, bu taas- surotga butunlay muvofiq bo'lmagan teskari emotsional alomatlarni qo'zg'atadi — kuldiradi yoki yig'latadi. Bunday hollarda bemor kishilar ko'pincha o'zlari kulib tursalar ham, aslida g'amgin bo'ladilar, ko'z yoshi
to'ka turib esa xursandlik his qiladilar.
l.P. Pavlov tarkib topgan dinamik stereotip faoliyatidagi buzilishlar
ko'pgina hissiyotlarning fiziologik asosi ekanligini ko'rsatib o'tgan. U dinamik stereotipdagi buzilishlarni ko'p kuzatish natijasida chiqargan xulosani ta’kidlab bunday deb yozadi: «Mening fikrimcha, katta miya yarim sharlaridagi boya bayon qilingan fiziologik jarayonlarni, odatda, o’zimizcha subyektiv tarzda, umuman ijobiy va salbiy deb ataydigan hislarga muvofiq keladi, deb o'ylash uchun yetarli asos bor... Bular qiyinlik va yengil tor-
tish hissi, tetiklik va charchash hissi, mamnunlik va norozilik, suyunish, tantana va umidsizlik hissi va hokazo.
Menimcha, ko'pincha odatdagi turmush tartibining o'zgargan payt- larida, odat bo'lib qolgan bironta mashg'ulot to'xtatilganida, yaqin kishidan
judo bo'lganda, aqliy iztirob chog'ida, maslak va e’tiqodlarda keskin bu- rilishlar ro'y bergan chog'da kechiriladigan og'ir hissiyotlarning fiziologik
asosi xuddi eski dinamik stereotipning o'zgarishi, uning yo'qolishi va yangi dinamik stereotipning qiyinlik bilan hosil bo'lishidan iborat bo'lsa kerak» (111 tom, 2-kitob, 243—244-bet).
Hissiyotlar bosh miya po‘stining ostki qismlari faoliyati bilan ham bog'langandir. Jumladan, ko'rish bo'rtig'i hislarni ifodalaydigan ixtiyorsiz harakatlarning markazlaridir. Buni shu bilan isbot qilish mumkinki, ko'rish bo'rtig'ining shikastlanishi natijasida, hissiyotni ifodalovchi yuz harakatlari ham izdan chiqadi. Bosh miya po'sti ostidagi markazlardan mahrum bo'lgan hayvonlarda hissiyotlami ifodalovchi harakat belgilari bo'lmaydi.
Bosh miya po'sti ostidagi qismlarda vegetativ nerv sistemasini boshqa- aivchi markazlar bor. Bu markazlar emotsional kechinmalar bilan mustahkam bog'langandir.
Ba’zi hissiyotlar vegetativ nerv sistemasi faoliyatining hamda bu sistema boshqarayotgan organlar faoliyatining oshib ketganligi sababli tug'iladi. Shu sababli, ba’zi emotsional kechinmalar vaqtida qon aylanish organlarining faoliyati, ovqat hazm qiladigan organlar faoliyati kuchayganligini, nafas olish o'zgarganligini, ko'zning nurlanishini, rangning qizarganligini ko'ramiz va hokazo. Bunday hollarda ichki sekretsiya bezlarining faoliyati oshib ketib, ular nerv sistemasini oziqlantiruvchi va qo'zg'atuvchi kerakli moddalarni organizmga ajratib beradi. Bunday emotsional holat
chog‘ida biz g'ayratimiz oshib ketganligini sezamiz, o‘zimizni bardam, ishchan his qilamiz.
Aksincha, boshqa ba’zi bir hissiyotlar vegetativ nerv sistemasi faoliyatining va shu sistema boshqarayotgan organlar faoliyatining pasayishi sababli tug'iladi. Qayg'u, g‘am, qo‘rquv singari mana shunday salbiy emot- siyalar chog‘ida qon aylanish, ovqat hazm qilish, nafas olish o'zgaradi, kishining rangi oqarib-bo'zarib ketadi, uning ko‘zlari nursizlanadi va hokazo.
Ba’zi salbiy hissiyotlar, masalan, g‘azab, vahima ba’zan vegetativ nerv sistemasining faoliyatini oshirib yuboradi. Lekin bunday hollarda ham shu hissiyotlarning salbiy xarakteri shu narsada namoyon bo'ladiki, bun
day hissiyotlar tugashi bilan organizm bo'shashib ketadi, kishining tinkasi quriydi, ba’zan esa kishida alohida asabiy betoblik vujudga keladi.
Biz o'zimiz sababini anglamagan emotsional holatning, ya’ni bizga sababi ma’lum bo'lmagan tuyg'ularning bizda tug'ilishi vegetativ nerv sistemasida va bu sistema boshqaradigan organlarda bo'ladigan o'zgarishlar bilan izohlanadi. Chunonchi, odamda ba’zan besabab xushchaqchaqlik,
besabab xavotirlanish, ko'ngil g'ashlik va shu kabi holatlar paydo bo'ladi.
Biroq, shuni nazarda tutish kerakki, vegetativ nerv sistemasi bosh miya po'sti bilan bog'langan bo'lib, odam organizmida bo'ladigan vege
tativ jarayonlarning hammasi bosh miya po'stiga bo'ysunadi. l.P. Pavlov ta’limotiga ko'ra, nerv sistemasining oliy bo'Iimi bo'lgan bosh miya «badan- da bo'ladigan hodisalaming hammasini idora qilib turadi» (O'sha kitob, 410-bet).
Bundan chiqadigan xulosa shuki, emotsional kechinmalarning hammasi bosh miya po'stining faoliyati bilan ma’lum darajada bog'langandir.
Ikkinchi signal sistemasi odamning emotsional kechinmalarida katta rol o'ynaydi, ikkinchi signal sistemasidagi bog'lanishlar insoniy oliy his-
larning— intellektual, axloqiy, estetik hislarning — nerv-fiziologik asosidir. Ikkinchi signal sistemasi birinchi signal sistemasi bilan uzilmas ravishda bog'Ianganligi va shu orqali bosh miya po'sti ostidagi qismning faoliyatiga ta’sir qilib turishi sababli, odam o'z hissiyotlarini ongli ravish
da o'zi boshqarib tura oladi.
Psixik jarayonlarning hammasi organizmning tashqi o'zgarishlarida va harakatlarida ma’lum darajada ifodalanadi. Lekin odamning hissiyotlari ayniqsa, yaqqol ifodalanadi. Emotsional kechinmalar organizmning
tashqi o'zgarishlarida shu qadar yaqqol alomatlarda ifodalanadiki, odatda, biz odamning tashqi ko'rinishiga qarab unda qanday hissiyotlar yuz berayotganligini — u xursandmi, yoki xafami, g'azablanganmi yoki biror
280
nimadan qo‘rqib turganmi, unda muhabbat paydo bo'lganmi yoki nafrat paydo bo'lganmi, shodlik paydo bo'lganmi yoki uyalish paydo bo‘lganmi, xullas, mana shu hislaming ko‘pini aytib bera olamiz. Rang ko‘r, hoi so‘r, degan hikmatli so'zning psixologik ma’nosi bunga misol bo'la oladi. hissiyotlarning tashqi alomatlarini ifodali harakatlar deb ataladi.
Emotsional kechinmalar awalo muskullarning ixtiyorsiz bo'ladigan harakatlarida ifodalanadi. Ijobiy hissiyotlar vaqtida bu harakatlar, odatda, shu hislarni tug'dirgan narsa tomonga yo'nalgan bo'ladi, salbiy hissiyotlar vaqtida esa bu harakatlar shu hislarni tug'dirgan narsadan teskari tomonga yo'nalgan bo'ladi. Masalan, biz bir badiiy suratni ko'rib undan zavq- lansak, bizda yoqimli his tug'iladi, shuning uchun beixtiyor shu suratga yaqinlashamiz. Shuningdek, qalin do'stimiz bilan to'satdan uchrashib qolganimizda, biz shu do'stimizga tomon beixtiyor harakat qilamiz, ya’ni unga yaqin borib qolganligimizni o'zimiz ham sezmay qolamiz.
Ayrim salbiy hissiyotlar vaqtida bizning harakatlarimiz shu hisni tug'dirgan narsadan chetlatishga intiladi. Boshqa ba’zi salbiy hissiyotlar vaqtida, masalan, g'azab, nafrat hislari vaqtida bizning harakatlarimiz shu emotsional kechinmalarga sabab bo'lgan narsa tomonga yo'naladi. Buning sababi shuki, bizda shu narsani yo'q qilish yoki uning harakatini bostirish harakati tug'iladi va biz shunga intilamiz. Mustaqil vatanimiz- ning dushmanlari, terrorizmga, diniy aqidaparastlikka, vahobizmga nis
batan bizdagi g'azab va nafratning ajoyib ahamiyati bor, chunki bu g'azab va nafrat dushmanni yo'q qilishga qaratilgan emotsional kechinmalardir.
Bizning emotsional kechinmalarimiz mimikada, gavda harakatlarida va imo-ishoralarda ayniqsa yaqqol ifodalanadi. Kishining emotsional kechinmalari fiziologik jarayonlarda yig'i, kulgi va boshqa shu kabilarda ham namoyon bo'ladi.
Hissiyotlarning harakatlarda, mimikada, gavdada, imo-ishoralar va ma’noli ko'z qarashlarda, boshqa shu kabilarda mana shu tariqa tashqi ifodalanishlarining hammasi suratga va kinoga olish yo'li bilan qayd qilinishi mumkin.
Kishining emotsional kechinmalari uning nutqida ifodalanadi. Turli emotsional kechinmalar vaqtida uning tezligi o'zgaradi, ko'pincha, nutqning sintaksis tuzilishi buziladi, ritmika va intonatsiya o'zgaradi. O'tkazilgan tekshirishlar shuni ko'rsatdiki, g'amginlik va ma’yuslik hislarini ifodalovchi nutq vaqtida shu nutqni so'zlovchi kishining ovozi beixtiyor pasayib ke
tadi, nutqning o'zi susayib qoladi, so'zlayotgan kishining tovushi ham bo'linib-bo'linib chiqadi. Xursandlik holatida bir nima so'zlayotgan kishining nutqida bunga butunlay teskari holat namoyon bo'ladi. Turli emotsional kechinmalar vaqtida ovozning titrashi va uning past-balandligi turlicha o'zgaradi.
Hissiyotlarning mana shu tashqi ifodalari, odatda, ixtiyorimizdan tashqari namoyon boMadi. Shuni ham aytib o'tish kerakki, ayrim hislar o'ziga xos shaldda ifodalanadi. Masalan, qo'rquv vaqtida kishining ko‘z qorachiqlari kengayib ketadi, badani qaltiraydi, yuzi oqarib-bo‘zarib ke
tadi. Xursandlik hissi vaqtida kishining ko‘zi yarqirab ketadi, yuzida qi- zarish paydo boMadi, harakatlar tezlashadi va hokazo.
Ammo odam o'zining ifodali harakatlarini o‘zgartirishi mumkin: u ba’zi harakatlarni tiyib turishi, ba’zilarini esa kuchaytirishi mumkin. Odam sun’iy ravishda yangi ifodali harakatlar yaratishi va shu ifodali harakatlar yordami bilan o'zidagi emotsional kechinmalarni toMiq va xilma-xil qilib ochib berishi mumkin.
Odam o'zining mimikasi va gavda harakatini, shuningdek, tovushini atayin chiroyli qilib ko'rsatishi mumkin. U garchi o‘zi muayyan hissiyotlami kechirmayotgan boMsa ham, ammo shu hissiyotlami ifodalaydigan harakatlar yaratishi mumkin. Chunonchi, artistlar sahnada o'z hislarini emas, balki sun’iy mimika, imo-ishoralar, nutqining intonatsiyasi va shu kabilarni yaratish yo'li bilan muayyan ifodali harakatlarni tasvirlab ko'rsatishlari lozim boMadi. Har bir kishi ham o'z hissiyotlarining tashqi ifodalarini ma’lum darajada o'zgartirishi mumkin.
Mana shu o'zgartiriladigan va yangidan vujudga keltiriladigan ifodali harakatlar, ya’ni emotsional kechinmalarning tashqi alomatlari kishida mustahkam o'rnashib qolishi, ko'nikma va odatga aylanishi, so'ngra esa hislaming tabiiy ifodasi tariqasida beixtiyor namoyon boMishi mumkin.
Hissiyotlar paydo bo'lish tezligi, kuchi va davomiyligi (barqarorligi) jihatidan bir-biridan farq qiladi.
Hissiyotning paydo bo‘lish tezligi. Emotsional kechinmalar turli hollarda turlicha tezlik bilan paydo boMadi. Ba’zan hissiyotlar juda tez to'satdan, darhol paydo boMadi, masalan, kishi birdan xursand bo'lib ketadi, darhol g'azabga keladi, darhol achchiqlanadi va hokazo. Lekin
ba’zan shu hissiyotlarning o'zi daf atan o'zgarmaydi, balki asta-sekin tugMla boshlaydi. Xursandlik ham, g'azab ham, asta-sekin qo'zg'aladi. (Bunday holatni biz «qo'rqqanligi» yoki «suyunganligi darrov bilinmadi» deb
aytamiz.)
Lekin shunday emotsional kechinmalar borki, ularning qay darajada tez paydo boMganligini belgilash qiyin yoki butunlay belgilab boMmaydi.
Masalan, bizdagi kayfiyatlarning ko'pchiligi shular jumlasiga kiradi.
Hissiyotning kuchi. Emotsional kechinmalaming kuchi turlicha boMishi mumkin. Hissiyotning kuchi, awalo, yoqimli yoki yoqimsiz tuyg‘ularning naqadar kuchli boMishidadir. Shuning uchun ham «juda xursand boMdim», «unchalik yoqmadi» va shu kabi iboralar ishlatiladi. Subyektiv jihatdan olganda, hissiyotning kuchi shu hissiyotni shaxsning naqadar ehtiros ila kechirayotganligi bilan ham belgilanadi.
Hissiyotning kuchi intellektual (aql-idrok) jarayonlarga ham sezilarli ravishda ta’sir qiladi. Emotsional qo‘zg‘alishning ma’lum bir darajasida intellektual jarayonlar kuchayadi: idrok va tasawur yaqqolroq boMadi,
tafakkur jarayonlari jadallashadi. Lekin ba’zan, ayniqsa, kuchli emotsional kechinmalar vaqtida intellektual jarayonlar cheklanadi, sustlashadi va
hatto aql-farosat qochadi. Odam o‘z hissiyotlarini tiyib tura olmaganlari- da ko'proq shunday boMadi. Paydo boMgan tasawurlar va fikrlar to'xtalib qoladi yoki yo'qoladi, mantiqiy bogManishlar susayadi, tafakkurning nazorat qiluvchi, tanqidiy faoliyati bo'shashadi yoki butunlay to'xtab qoladi. Odam mana shunday qattiq emotsional iztirob holatida qattiq haya- jonga tushgan yoki hovliqqan paytlarida ko'pincha nojo'ya ishlar qilib qo'yadi, mantiqqa sig'maydigan, subyektiv, haqsiz, g'arazli xulosalar chiqaradi, eng oddiy masalalarni ham hal qila olmay qiynalib qoladi. O'z atrofidagi vaziyatni yaxshi payqay olmaydi. Agar kuchli hissiyotlami bizning ongimiz boshqarib tursa, bu hissiyotlar bizning tamoyillarimiz tufayli tug'ilgan bo'lsa, bunday kuchli hissiyotlar ijobiy ahamiyat kasb qiladi. Ifodalovchi harakatlarning muskul-harakatlantiruvchi sohadagi va nutq- dagi eng sezilarli o'zgarishlar bilan birga kuchayishi yoki kuchsizlanishi sirtdan qaraganda hissiyotlarning kuchi qay darajada ekanligini bildirib turadi. Hissiyot naqadar kuchli bo'lsa, uning sirtqi ko'rinishi shu qadar ifodali bo'ladi.
Muayyan narsaga zo'r intilish bilan namoyon boMadigan kuchli hissiyotlar katta-katta to'siqlami yenga oladigan kuchli harakatlarda ifodalanadi.
Sensor hissiyotdan farqli boMgan emotsional hissiyot his-tuyg'ular paydo bo'Iishining tezligi va kuchi bilan belgilanadi.
His-tuyg‘ularning barqarorligi. Emotsional kechinmalar qanchalik uzoq davom etishi (barqarorligi) bilan ham bir-biridan farq qiladi. Paydo boMgan kechinmalar uzoq vaqt davom etilsa, bunday his-tuyg'ular barqaror kechinmalar deb ataladi. His-tuyg'ular paydo boMishi bilan darrov so'nib qolsa, yoki boshqa biror emotsional kechinmaga tez o'tib ketsa. bunday his- tuyg'ular beqaror his-tuyg'ular deb ataladi.
His-tuyg'ulaming kuchi va barqarorligini ularning chuqurligidan farq qilmoq kerak. His-tuyg‘ularning chuqurligi, odatda, tasawurlar va fikr- larning, shuningdek, mana shu konkret emotsional kechinma sababli paydo boMgan va shu kechinmalarga muayyan bir ma’no berayotgan intilishlaming xilma-xiiligi va boyligi bilan belgilanadi. Odamning e’tiqodlari, dunyoqarashi, qiziqishlari va mayllari bilan aloqador tasawurlarga, fikr- laiga va intilishlarga boy bo'lgan his-tuyg'ular chuqur his-tuyg'ulardir. Chuqur his-tuyg'ular o'tib ketganidan keyin ham, odatda, ularning izi uzoq vaqt saqlanib qoladi. Ko'pincha tasodifiy idrok qilishlar va tasav-
vurlar bilan bog'liq bo'lgan beqaror his-tuyg'ular, ya’ni «havas» deb ataladigan his-tuyg'ular chuqur bo'lmaydi. Bunday vaqtincha havaslar, odatda, odamning xotirasida biror sezilarli iz qoldirmaydi.
His-tuyg'ulami qo'zg'atuvchi emotsiyalarning xususiyati — paydo bo'lish tezligi kuchi va barqarorligi bir qancha sabablarga, ya’ni nerv sistemasining holatiga, muayyan paytda paydo bo'lib qolgan ehtiyojlar- ning kuchiga, shu hislaming paydo bo'Hshiga sabab bo'lgan hodisalaming
shaxsiy va ijtimoiy ahamiyatini odam qay darajada anglaganligiga, shu his-tuyg'ular paydo bo'layotgan va o'tayotgan vaziyatga, shaxsning indi
vidual xususiyatlariga bog'liqdir.
Hislarning ayni vaqtda naqadar tez, kuchli va barqaror bo'Hshiga qarab, emotsional holatlarning turlari farq qilinadi. Emotsional holatlarning asosiy turlari — kayfiyat, ehtiros, ruhlanish va affektlardir.
Kayfiyat zaif yoki o'rtacha kuchga ega bo'lgan va, odatda, ancha barqaror emotsional holatdir. Odamdagi ba’zi bir kayfiyat bir necha kun, bir necha hafta, bir necha oy va undan ham ko'proq davom etishi mumkin. Quvnoq kayfiyat, ma’yus kayfiyat, g'amginlik kayfiyati, g'azab kayfi- yati va shu kabi kayfiyatlar, yaxshi yoki yomon kayfiyatlar bo'lib turishi hammaga ma’lum. Biz biror kishidan, ahvollaringiz qalay, deb
so'raganimizda, biz, asosan, uning kayfiyatini nazarda tutamiz.
Odamdagi turli kayfiyat turlicha sabablar tufayli tug'ilishi mumkin.
Odamning shaxsiy yoki ijtimoiy hayotida sodir bo'lgan va shu odam uchun katta ahamiyatga ega bo'lgan biror voqea mana shu xildagi kayfiyatning tug'ilishiga sabab bo'lishi mumkin. Biror ishning muvaffaqiyatli baja- rilganligi odamda bir necha kun davom qiladigan xursandlik, shodlik kayfiyatini tug'dirishi mumkin. Biror ishning muvaffaqiyatli bajarilganligiga mo'tabar kishi yoki muassasa tomonidan berilgan yuksak baho odamning
kayfini chog' qilib yuboradi. Ishdagi chatoqlik, muvafTaqiyatsizlik, odamning qilgan ishiga past baho berilganligi uning ruhini tushirib yuboradi, unda
ma’yuslik tug'diradi, uning o'z kuchiga ishonchsizlik vujudga keltiradi.
Odamdagi nerv sistemasining holati va umuman odam sog'lig'ining holati odamda ma’lum bir kayfiyatning tug'ilishiga sabab bo'lishi mumkin. Ba’zan kishi o'zida muayyan kayfiyat tug'dirgan sabab nimaligini anglamaydi. Bunday hodisa ko'pincha organizmning holati, jumladan, nerv sistemasining holati sababli vujudga keladi.
Odatda, muayyan kishida u yoki bu xil kayfiyat ustunlik qilishi mumkin. Odatda, qay xildagi kayfiyatning ustunlik qilganiga qarab, biz ba’zi kishilami quvnoq, xushchaqchaq, bardam kishilar deymiz, ba’zi kishilar- ni esa g‘amgin, ma’yus, beparvo kishilar deymiz. Mana shunday ustunlik
qilgan kayfiyat odam xarakterining xislati bo'lib qoladi.
Odamning barcha psixik jarayonlarida va faoliyatida kayfiyat katta rol o'ynaydi. Tasawurlar va flkrlaming o'tishidagi tezlikka, shuningdek, tasav- vur va fikrlarning mazmuniga hamda yo'nalishiga kayfiyat ta’sir qiladi. Odamdagi boshqa emotsional kechinmalaming hammasiga kayfiyat, odatda, o'zining ta’sirini o'tkazib turadi, bu kechinmalaming, intilishlarning
va harakatlarning faolligida shu kayfiyat o'zgarishini ko'rsatadi. Masalan, odamning kayfi chog' bo'lsa, u ancha faolroq bo'ladi, odam ma’yus bo'lsa, unchalik faol bo'lmaydi. Odamning kayfiyati uning tevarak-atrofdagi kishilarga va narsalarga munosabatiga ta’sir qiladi. Chunonchi, odam xursand bo'lib turganida uning ko'ziga hamma narsa yaxshi bo'lib ko'rinadi, odam xafa va ma’yus bo'lib turganida, uning ko'ziga hamma narsa yomon ko'rinadi. Ijobiy kayfiyat, xushchaqchaqlik va xursandlik kayfiyati ustun bo'lib turganida, odam vaqtincha muvaffaqiyatsizliklarni vaxafagarchilikni ham osonlik bilan o'tkazib yuboradi.
Odamzod onglidir, binobarin, u salbiy kayfiyat bilan kurashmog'i: ma’yuslikka, bo'shanglikka, sababsiz tajanglikka berilmasligi mumkin va lozim. Odamning o'zida va boshqa kishilarda bardamlik, xursandlik, xush
chaqchaqlik kayfiyati tug'dira bilishi uning eng yaxshi xislatidir.
Odamning o'zidagi e’tiqod, maslak, qiziqish hamda o'zi yashab va ishlab turgan vaziyat undagi muayyan kayfiyatning davom ettirilishi uchun katta ahamiyatga egadir. Bardamlik, xushchaqchaqlik kayfiyati bizning kishilarimizning asosiy xususiyatidir. O'zbek xalqi mustaqillikka erishishini o'z maqsadi va maslagi deb biladi. U o'z mehnatining erkinligini anglab, Vatani uchun sidqidildan harakat qilish ularda mana shunday kayfiyatni vujudga keltirdi. Bizda har bir kishi nima uchun mehnat qilayotganini, kim uchun mehnat qilayotganini biladi. Mehnatning tagi rohat ekanligini
his qiladi.
Ma’lumki, mehnat ijtimoiy foydali, moddiy yoki ma’naviy mahsulot ishlab chiqarishga qaratilgan faoliyatdir. Mehnat faoliyati o'zining amalga oshirilishi uchun yuksak psixologik funksiyalarni talab qilish bilan birga, insoniyat taraqqiyoti jarayonida ularni tarkib topishi uchun shart- sharoitlar yuzaga keltiradi. Bu esa inson kayfiyatiga ta’sir qiladi. Kayfiyatning chog'ligi mehnat unumdorligini oshiradi. Uni sermahsul qiladi.
Mustaqillikka to'la erishib olgunga qadar qancha uqubatli mehnatlar- ga duch kelindi. Xalqimiz tushkunlikka tushmay, qiyinchiliklarga bar- dosh berib, to'siqlarni yengib, ko'tarinki kayfiyat bilan mehnat qilib o'z
maqsadlariga erishdilar. Xalqimiz qiyinchiliklarni qunt bilan yengishga doim tayyordirlar.
Baxtlidir yaxshi nom qoldirgan inson».
Shayx Sa ’diy
Ehtiros ham uzoq davom qiladigan va barqaror bo'lgan emotsional holat dir.
Lekin kayfiyatdan ehtirosning farqi shuki, ehtiros muayyan harakatga, muayyan obyektga muttasil intilishda kuchli sur’atda ifodalangan kuchli emotsional
holatdir. Ehtiros hamisha aniq bir narsaga qaratilgan boMadi. Masalan, odamlarda bilimga, ixtirochilikka, musiqaga boMgan ehtiros mana shunday aniq ehtirosdir. Bular ijobiy ehtiroslarga misol boMa oladi. Bizning axloqimiz nuqtayi nazaridan qaraganda, salbiy ehtiroslar ham bor.
Masalan, ichkilikbozlikka, alkogolga, qimorga, kartabozlikka hirs qo'yish, pulparastlik mana shunday salbiy ehtiroslardir. Ijobiy ehtiroslar odamni ulkan ijodiy faoliyat yo'liga yetaklovchi kuchdir.
K.E. Siolkovskiyda kosmosga uchish masalalarini ilmiy jihatdan ishlab chiqishga xuddi mana shunday katta ehtiros bor edi. U butun umr bo'yi mana shunday ehtiros bilan yashadi. l.P. Pavlov yoshlarga yozgan o'zining mashhur xatida ilmiy tadqiqot sohasidagi ehtirosning ulug' ahamiyati borligini ko'rsatib bunday degan edi: «Um-fan odamda ko'p kuch sarflab, zo'r ehtiros bilan ishlashni talab qiladi. O'zlaringizning ishingizda va qidirishlaringizda ehtirosli bo'lingiz».
Emotsional holatning bir turi boMgan ruhlanish xilma-xil faoliyat- larda namoyon boMadi. Kishidagi ruhlanish muayyan faoliyatga katta kuch
va istak bilan intilishdan iboratdir.
Faoliyatdan kuzatilgan maqsad ravshan boMganida va bu faoliyatning natijasi ochiq ko'rinib turganida hamda kerakli, qimmatli natija ekanligi bilinib turganida birdaniga va tez ruhlanish paydo boMishi mumkin. Faoliyat jarayonining o'zida shu faoliyatning qimmatli va ijtimoiy ahamiyatli ekanligi aniqlanib qolgan hollarda ham bunday emotsional holat asta-sekin vujudga kelishi mumkin.
Ruhlanish ba’zan qisqa muddat, ba’zan esa uzoq muddat davom etadi. Ruhlanish ijobiy emotsional holatdir. Ruhlanish faqat ayrim kishining o'zigagina xos holat bo'lmasdan, shu bilan birga, juda ko'p vaqt butun bir
jamoaga mushtarak kechinma tariqasida ham namoyon boMadi. Bir xildagi vaziyatda, bitta faoliyatning o'zi bilan shug'ullanayotgan vaqtda, bitta muayyan g'oyani amalga oshirayotgan vaqtda bir kishida yoki bir guruh odamlarda paydo boMgan ruhlanish boshqa odamlarga tez o'tishi mumkin.
Bunday hollarda shu tariqa ruhlangan odamlar qanchalik ko'p bo'lsa, shu guruhdagi har bir kishida bu ruhlanish hissi shunchalik kuchli bo'ladi.
Inson faoliyatining hamma turlarida o'ziga xos ruhlanish voqe bo'lishi mumkin: bunday faoliyat jamiyat uchun va ayrim shaxs uchun alohida ahamiyatga ega bo'lgan hollarda ham, faoliyat natijalari g'oyat maroqli bo'lgan hollarda ham odamlarda mana shunday ruhlanish paydo bo'ladi.
Bu emotsional holat odamlarning ijodiy faoliyatida, ayniqsa, tez-tez va g'oyat yorqin namoyon bo'ladi. Ruhlanish — odamning o'zidagi eng yaxshi ruhiy kuchlaming hammasini safarbar qilishi demakdir. Bu his mehnat va ijodiy faoliyatda muvaffaqiyat qozonishni va dushmanga qarshi kurashda muvaffaqiyat qozonishni ta’minlaydigan hal qiluvchi faktorlaming biridir.
Tez paydo bo'ladigan, nihoyat darajada kuchli, g'oyat jo'shqinlik bilan o'tadigan qisqa muddatli emotsional holatlar aflektlar deb aytiladi. Masalan, birdaniga achchiqlanish, g'azablanish, to'satdan qo'rqish va shu kabi holatlar affektlarning bir ko'rinishidir. Affektlar ko'pincha to'satdan paydo bo'ladi va ba’zan atigi bir necha daqiqa davom etadi. Affekt holatida kishining ongi, tasawur qilish va fikr qilish qobiliyati torayadi, susayib qoladi. Mana shunday kuchli emotsional qo'zg'alish shiddatli ha- rakatlarda, tartibsiz gaplarni gapirib yuborishda, ko'pincha, baqirib yu- borish tarzida namoyon bo'ladi. AfTektlar vaqtida odamning harakatlari kutilmagan tarzda, «portlash» singari, birdaniga boshlanib ketadi.
Ba’zan affektlar tormozlanish holati tariqasida namoyon bo'ladi va bunday holatda organizm bo'shashib, harakatsiz bo'lib va shalvirab qoladi. Chunonchi, kutilmagan bir quvonchli holatni ko'rib suyunib ketgan kishi «o'zini yo'qotib qo'yadi» va «nima deyishni bilmay qoladi». Bunday holat ko'pincha odam birdaniga qo'rqqanida, to'satdan quvonganida, birdaniga g'azablanganida va shu kabi hollarda, ayniqsa, yaqqol namoyon
bo'ladi.
Affektlar kishining irodasi bo'shashgan vaqtda paydo bo'ladi, affektlar odamning o'zini tiya olmasligini, o'zini tuta bilmasligini ko'rsatadigan alomatdir. Affekt — emotsional xatti-harakatning ibti
doiy shaklidir.
Lekin har bir kishi o'zi yetarli daraja ongli bo'lganligi uchun, o'zida affekt paydo bo'Hshiga yo'l qo'ymasligi yoki affekt paydo bo'lishi bilanoq o'zini darhol bosib olishi mumkin. Odam affekt juda zo'r kuch bilan paydo bo'lgan vaqtda ham «o'zini tutib qolishi» mumkin. Albatta, buning uchun kishida kuchli iroda bo'lishi, unda o'zini tuta bilish, o'zini tiya
bilish singari iroda sifatlari mavjud bo'lishi kerak. Odamda bu sifatlar tarbiya va o'z-o'zini tarbiya qilish yo'li bilan paydo qilinadi.
Yoqimli va yoqimsiz kechinmalar odamdagi hissiyotlarning birinchi belgisi ekanligi yuqorida aytib o'tilgan edi. Lekin hissiyotlami faqat shu kechinmalardangina iborat deb bo'lmaydi. Har bir kishiga ma’lumki, yoqimli va yoqimsiz kechinmalar, zavqlanish, huzur qilish yoki zavqlan- maslik holati turli hollarda kishida turlicha o'tadi. Odam o'zining och-
ligini yoki chanqovini qondirganida huzur qiladi, ammo shu odamning o'zi musiqa tinglaganida, do'stlari bilan uchrashganida, biron ma’naviy zavq bag'ishlaydigan ish qilganida va shu kabi hollarda boshqacha huzur qiladi. Suvsash odamda yoqimsiz bir his tug'diradi, lekin shu biron qiyin vazifani bajara olmay qolganida, unda boshqacha bir yoqimsiz his tug'iladi. Ammo ayni shu odam axloq doirasiga sig'maydigan yomon ish qilib qo'yganida va biror narsadan yoki ishdan uyalganida, vijdon azobiga tushib qolganida esa unda butunlay boshqacha yoqimsiz his tug'iladi va hokazo. Hissiyotlami bir-biridan farq qiladigan mana shu xususiyatlarning hammasi hissiyotlarning mazmunini tashkil qiladi.
Hissiyotlarning mazmuni, bir tomondan, odamning ehtiyojlari bilan belgilansa, ikkinchi tomondan, shu hissiyotlarning tuzilishiga sabab bo'lgan faoliyat va idroklar, tasawurlar, fikrlar bilan belgilanadi. Odamga, awalo, biologik (tabiiy) ehtiyojlar xosdir, shu sababli odamga biologik ehtiyojlar bilan bog'liq bo'lgan hislar ham xosdir. Ochlikni, chanqashni va to'yishni his qilish, sog'liqni, tetiklikni, charchashni his qilish, og'riqni his qilish, shuningdek, organizmning holati va faoliyati bilan bog'liq bo'lgan boshqa hislar ham mana shunday ehtiyojlarga bog'liq (ijobiy va salbiy) hislar jumlasidandir.
Odamga tarixan rivojlangan yuksak yoki ma’naviy ehtiyojlar xos bo'lganligi sababli, bu ehtiyojlar bilan bog'liq bo'lgan yuksak hislar — intellektual, ma’naviy, estetik va boshqa shu kabi hislar ham unga xosdir.
Yuksak hislar tufayli odamning tabiiy (biologik) hislari ham ma’naviy tus oladi desa bo'ladi: bu hislar intellektual va axloqiy hislarni ham, estetik hislarni ham qisman o'z ichiga oladi, hatto organik, biologik ehtiyojlar va jarayonlar sababli tug'ilgan hissiyotlami — ochlik va to'yish hissi, sog'liq, kasallik va charchash kabi hislarni ham odam ijtimoiy mavjudot sifatida, shaxs sifatida kechiradi.
Odamning boshqa organik ehtiyojlari singari ochlikni qondirishi uning ma’naviy va estetik hislari bilan chambarchas bog'langandir.
Odamning tarixiy rivojlanish jarayonida uning hissiyotlari ham o'zgaraveradi Huzur qilish va ranjish, sevgi, g'azab va nafrat, xursandlik va g'amginlik singari hislar hamma odamlarga xos hislardir, albatta. Lekin shu hislarning kechishiga sabab bo'ladigan narsalarning hammasi, shu hislar yo'nalgan narsalarning hammasi odamning ijtimoiy turmushi bilan belgilanadi. Ishlab chiqarish usullari o'zgaraverdi, odamlarning ishlab chiqarish munosabatlari o‘zgaraverdi, ularning qarashlari, ulaming dunyoqarashi o'zgaraverdi, ehtiyojlar o‘zgara va rivojlanaveradi, shular bilan birgalikda odamlarning hislari ham o‘zgaraverdi.
Ijtimoiy turmush sharoitida hissiyotlarga ijobiy hissiyotlar va salbiy hissiyotlar deb beriladigan baho ham o‘zgardi. Endi bundagi baholar faqat subyektiv shaxsiy jihatdan qarabgina berilmasdan, shu bilan birga obyektiv qiymatiga qarab ham beriladi.
Odamning aqliy faoliyati bilan bog'liq boMgan hislar intellektual hislar deb ataladi. Bilishga qiziqishlik taajjublanish va hayron qolish hislari, ishonch, ishonchsizlik va shubhalanish hislari intellektual hislar qatoriga
kiradi. Bunday hissiyotlar har xil nazariy va amaliy savollar tugMlganida, vazifa va masalalarni hal qilish chogMda, kashfiyotlar, ixtirolar qilinayotgan chog‘da, biror yangilikni o'zlashtirish va bilish chogMda paydo boMadi va his qilinadi.
Intellektual hislarning ba’zi bir ayrim ko‘rinishlariga to‘xtalib o'tamiz.
Urinchoqlik. Bu hisning nomidan ko'rinib turibdiki, bunday his odamning bilimlarga ijobiy munosabatida ifodalanadi. Biror sohada yoki turli sohalarda eng chuqur va aniq bilim olishga intilishdan iborat boMgan bu his juda uzoq (ayrim odamlarda umrbod) davom etadi. Urinchoqlik bilishning turli yoMIarini va vositalarini izlashga (maxsus adabiyotlarni o'qishga, radio va televideniye eshittirishlarini, ma’ruzalarni tinglashga, mutaxassislar bilan suhbatlashishga, tajribalar o'tkazib turishga) hamda shu yo'llar va vosi-
talardan foydalanishga rag'batlantiradi. Ayni vaqtda bu murakkab hislar olingan bilimlarning odamning o'zi uchun va boshqalar uchun Qamiyat uchun) naqadar ahamiyati borligini ijobiy baholashga yordam beradi.
Bilishga qiziqish urinchoqlikning alohida bir turidir. Ba’zan bu ikki termin (urinchoqlik va bilishga qiziqish terminlari) hatto bir xil ma’noda ishlatiladi. Bilishga qiziqish ba’zan biror nimadan xabardor bo'lishga kuchli intilish tariqasida va shuni bilib olgach, undan mamnun bo'lish tariqasida namoyon bo'ladi Lekin bunda (bilishga qiziqishda) mana shu intilish va mamnuniyat hissi ko'pincha qisqa boMadi, bevosita yaqin tevarak-atrof
dagi hodisalar va voqealarni, odatda, odamning o'zi qiziqayotgan hodi- salarni ko'pincha bevosita idrok qilib olishdan iboratdir: ko'rib, eshitib, qo'lda ushlab bilib olishdan iboratdir.
Bilishga qiziqish degan termini ba’zan salbiy ma’noda ishlatiladi, odamning bilimini kengaytirmaydigan, aksincha, uning pastkashligi, befahmligidan dalolat beradigan tarzda mayda-chuyda va arzimas narsa- lami va hodisalami bilishga intilish mana shunday salbiy ma’nodagi bilishga qiziqishning o‘zidir.
Bilishga qiziqaverish maktabgacha tarbiya yoshida bolalarga xos xu- susiyatlardir. Normal turmush sharoitida va o‘qitish jarayonida, yoshi ulg‘ayib, tajriba orta borgan sari, oqilona urinchoqlik rivoj topa boradi. Bu his odamning ilmiy-tadqiqot ishlari bilan samarali shug‘ullanishini rag‘batlantiruvchi asosiy faktordir.
Taajjublanish hissi. Bunday his bizga qandaydir yangi, odatdan tashqari, noma’lum biror narsa ta’sir qilganida tugMladi. Biz kutmagan voqealar
sodir boMganida bunga taajjublanamiz. Bilish jarayonida taajjublanish hissi xursandlik tariqasida o£tadi. Bu hoi samarali bilish faoliyatining doimiy yoMdoshidir. «Voqealarni kuzatib borayotganimizda biz o‘zimizda tugMlgan hislardan mamnun boMamiz, bu mamnuniyat esa intellektual xursandlik- dir» (D.» R.Dekart).
Kutilmagan bir narsa sababli tugMlgan taajjublanish bizni dastlabki qarashda kam uchraydigan va odatdan tashqari boMib ko‘ringan narsalarni diqqat bilan ko‘zdan kechirishga majbur etadi. Shunday qilib, taajjub
lanish bizni hodisalami bilishga g‘oyat darajada rag‘batlantiradi.
Hayron qolish hissi. Tadqiq qilinayotgan faktlaming sabablarini topish- da qiynalib qolganimizda, bu faktlami o‘zimizga shu damgacha maMum boMib turgan hodisalar guruhiga kiritolmay qolganimizda, bogManishlaming aniqlangan turlari qatoriga bu faktlarni kiritolmay qolganimizda va shu kabi hollarda bizda hayron qolish yoki hayron boMish hissi tugMladi. Bu his ham bilish faoliyatini yanada kuchaytirishga yoMlovchi zo‘r vositadir.
Ishonch hissi. Narsa va hodisalar o‘rtasidagi bogManishlar va munosa- batlarning to‘g‘riligi tafakkur jarayonida aniqlanib, mantiqiy ravishda chiqarilgan xulosalar bilan va amaliyotning o'zida yaqqol isbot boMganida ishonch hissi tugMladi.
Shubhalanish hissi biz o‘zimiz chiqargan qoidalar yoki gipotezalar faktlarga yoki nazariyalarga zid boMib, shular bilan to‘qnashib qolganida
tugMladigan hissiyotdir. Bu juda muhim hissiyot, chunki to‘plangan faktlarni va biz aytgan qoidalarni har tomonlama tekshirib ko‘rishga rag‘batlantiradi. «Samarali ilmiy faoliyat uchun doimo shubha bilan qara- moq va o‘z-o‘zingni tekshirib turmoq zarur» (l.P. Pavlov).
Nazariy va amaliy vazifalarni hal qilish jarayonida odam yangilik hissi degan alohida ijobiy hisni kechadi. Bu his alohida xursandlik holatida o‘tadi va odamda g'ayratni qo‘zg‘atib yuboradi. Hal qilinayotgan vazifa katta ijtimoiy ahamiyatga ega boMganida, tamoyili xarakterdagi masalalar hal etilayotganida odamdagi bu his, ayniqsa, kuchli boMadi.
Intellektual hissiyotlar odamning bilish faoliyati sababli paydo boMibgina qolmasdan, ular hamisha aqliy jarayonlar tarkibiga kiradilar va shu bilan birga bu hissiyotlar aqliy faoliyatni rag'batlantirib turadi, kuchaytiradi, tafakkurning tezligiga, samaraliligiga, bilimlarning mazmunli va aniq bo'lishiga ta’sir qiladi. Masalan, taajjublanish va bilishga qiziqish hislari odamni xilma-xil masalalarni hal etishga, tobora ko'proq bilim olishga majbur qiladi. Shubhalanish hissi dalillar qidirishga, fikrlarimizni asos- lash yo'llarini topishga, tug'ilgan masalalarga to'g'ri javoblar qidirishga majbur etadi.
Yangilik hissining ta’sirchanligi, ayniqsa, kuchli bo'ladi. Bu his kishilarga - ilmiy tadqiqot institutlarida va laboratoriyalarda ishlayotgan kishilarga, shuningdek, dalalarda va fabrika, zavod sexlarida ishlayotgan kishilarga ham xos bo'lib qoldi. Yangilik hissi yangi, ba’zan tag'in ham murakkab muammolami hal etish bilan bog'liq bo'lgan faoliyatni davom ettirish istagini tug'diradi, ko'pincha bu istak zo'r ehtiros bilan intilishni
vujudga keltiradi.
Odamning muhokamalarida muayyanlik, izchillik, ravshanlik bo'lib turganida, bu muhokamalar dalillar bilan yaqqol asoslanib va isbotlanib turganida mantiqiy tafakkurdan mamnun bo'lish ham intellektual hissiyotlar qatoriga kiradi. Aksincha, tafakkurimiz mantiqiy bo'lmay qolganida, jumladan, odam o'z muhokamasida hech bir bog'lanishsiz bir narsadan ikkinchisiga sakrab o'taverganida, uning muhokamalarida muayyanlik, izchillik, ravshanlik bo'lmaganida, bu muhokamalarda ziddiyatlar paydo bo'lib qolganida, odamning fikri asossiz, ishontirarli bo'lmay qol
ganida bizda noxush his paydo bo'ladi.
Suhbatdoshning, dokladchining, ma’ruzachining nutqi to'g'ri va ravon bo'lganida bular bizda ijobiy his tug'diradi. Tilning grammatika shakllarini buzib gapirish, nutqda keraksiz so'zlarni ko'p ishlatish, tushunilishi og'ir bo'lgan va zavqlantirmaydigan nutq bizda yoqimsiz, salbiy his tug'diradi.
Umuman, intellektual hissiyotlar o'zining murakkabligi va xilma-xil- ligi bilan farq qiladi, zotan odamning aqliy faoliyati ham murakkab va xilma-xildir.
Odamlar o'zlari yashab turgan jamiyat tomonidan qabul qilingan axloqiy tamoyillarni ado etishlari yoki buzishlari sababli odamlarda paydo
bo'ladigan hislar ma’naviy yoki axloqiy hislar deb ataladi. Bu tamoyillar, shuningdek, odat qatoriga kirib qolgan axloqiy normalar va qoidalar nimalarni «yaxshi» va «yomon», nimalarni «adolatli» va «adolatsiz», nimani «haq» va «nohaq» deb hisoblash kerakligini belgilab beradi.
Odamlarning axloqiy qoidalariga va qarashlariga muvofiq boMgan harakatlari va qiliqlari ma’naviy, axloqiy harakatlar va qiliqlar deb hisoblanadi, shu axloqiy qoidalarga va qarashlarga to‘g‘ri kelmagan, shu qoidalar
va qarashlarni buzadigan harakatlar esa axloqqa to'g'ri kelmaydigan harakatlar yoki axloqsizlik deb hisoblanadi.
Ma’naviy hislar axloqiy ongning eng umumiy fundamental (asos) qism- laridandir. Ular jamiyatda mavjud axloqiy munosabatlar, tasawur va qa- rashlaming muhim, ijtimoiy mohiyatli jihatlarini o‘zida aks ettiradi.
Axloq tushunchalarida elat, millat, jamiyat axloqining tarixi, bugungi holati va uning kelajak yo'nalishlari ham o‘z ifodasini topadi. Axloq- odob qoidalari, urf-odatlar dunyoning turli xalqlarida turlicha bo'lishiga qaramay, axloq tushunchalarini tushunishda umumiylik bor. Buning sababi
shundaki, axloq tushunchalarida insoniyat axloqining mushtarak mohiyati, mag‘zi bo'lgan insoniylik aks etadi. Shunga ko'ra, axloq tushunchalarini umuminsoniy axloqiy qadriyatlar deyish mumkin. Ular jamiyat insoniyat kamoloti ehtiyojlarini ifodalab, jamiyatda real, mavjud axloqiy munosabatlar va tasawurlardan yuqoriroq turadi va aynan shu xususiyat tufayli axloqiy ideal vazifasini bajaradi, har bir insonni, jamiyatni axloqiy yuk- salishga undaydi.
Jamiyatning axloqiy yuksalishi insoniyatning manfaatlarini va ideal- larini ifodalaydi.
Axloq voqelikning eng umumiy hodisalarini ifodalovchi ilmiy tushuncha hamdir. Chunki u obyektiv reallik, ijtimoiy bog'liq ifodasidir. Axloq kategoriyalari mavjud ijtimoiy-tarixiy sharoit, insonlarning manfaat va ehtiyojlaridan ajralib qolsa, ular mavhum kuch, xayoliy orzu-istaklarga aylanib qoladi. (Masalan: adolat, burch, va h.k.) Amaliyot uchun, kundalik hayot uchun foydasi bo'lmaydi. Axloqiy ongning axloqiy tushun- chalari ham bo'lib, ular kundalik hayotda kishilar xulqini baholash, boshqarishda ishlatiladi. Ularni axloqning «ishchi tushunchalari» deyish mumkin. Masalan: ehson, ezgulik, saxovat, sadoqat, hayo, vafo, oliy- janoblik va h.k. axloq kategoriyalari jamiyat axloqining eng yuksak, umumiy ifodasi bo'lsa, axloqning «ishchi tushunchalari» kategoriyala- rining mazmunini ochuvchi, aniqlashtiruvchi yo'ldosh shakllardir. Masalan: yaxshilik kategoriya bo'lsa, ehson, rahm-shafqat,'saxiylik uning aniq ifodalari, ko'rinishlaridir. Demak, axloq kategoriyalari — axloqiy ongning birlamchi tushunchalaridir. Axloq kategoriyalari — axloqiy ongning mujassam tushunchalaridir. Axloq talablarini bajarish kishilarning burchidir. Tashqi majburiyat yoki buyruq sababli bajariladigan vazifa emas, balki, awalo har bir insonni jamiyat oldidagi va o'zi oldidagi axloqiy mas’uliyat sababli bajarilishi lozim bo'lgan vazifadir. Dilga jo bo'lgan ma’naviy e’tiqodlar ta’siri ostidagina qilinadigan harakatlar ma’naviy burchning oliy ko'rinishidir, bunday holda mana shunday harakatlar qilish kishi uchun ma’naviy ehtiyoj bo‘lib qoladi.
Axloq tamoyillarini yoki ayrim qoidalami bajarish yoki buzish odamlarda xilma-xil axloqiy hislar vujudga keltiradi. Odamning boshqa odam- larga munosabati, mehnatga munosabati, ayni vaqtda o‘z-o‘ziga ham munosabati ana shu hislarda ifodalanadi.
Kishining boshqa odamlarga munosabatini ifodalaydigan hislar juda xilma-xildir. Kishining boshqa odamlarni yoqtirish yoki yoqtirmaslik hislari, ya’ni ijobiy yoki salbiy munosabati mana shu hislarning asosiy, boshlang'ich bosqichidir (o'ziga xos elementlaridir).
Ba’zan ayrim kishilarga beparvo munosabatda bo'lindi, deb ham aytiladi. Haqiqatda esa bunda «beparvo» degan so'z, ko'pincha, yoqtirmaslik hislarining salkam ifodasidir.
Mana shu boshlang'ich emotsional hislar asosida murakkab, sermaz- mun va kuchli hislar — jamoatchilik, o'rtoqlik va do'stlik hislari, muhabbat, rashk, yoqtirmaslik, nafrat hislari, insonparvarlik, vatanparvarlik hislari paydo bo'ladi.
Insonparvarlik hissi kishilarning o'zaro munosabatlarida namoyon bo'Iayotgan asosiy ma’naviy hisdir. Bu his har bir mehnatkash kishining qadr-qimmatini izzat va hurmat qilishda ifodalanadi.
Har bir mehnatkash kishining turmushi va farovonligiga baho berish- lar bilan bog'liq bo'lgan insonparvarlik hissi kishilarning butun dunyoda tinchlik uchun olib borayotgan kurashiga asoslanadi.
«Kishi — kishiga do'st, o'rtoq va birodar» degan yuksak axloqiy tamoyili, odamlarning bir-birlarini hurmatlash tamoyili hozir bizda hamma joyda turmushga singib bormoqda.
Kishilarning kechiradigan ma’naviy hislari nuqul individual tuyg'ular, ya’ni kishilarning shaxsiy (o'z) xatti-harakatiga bog'liq bo'lgan hislar bilangina cheklanib qolmaydi. Kishilardagi ma’naviy hislarning xususiyati shundan iboratki, boshqa kishilarning xatti-harakati axloqqa muvofiq bo'lgan taqdirda, u xursand bo'ladi, bu xatti-harakatlar axloqqa nomu- vofiq bo'lganda g'azablanadi.
Bir kishi yuksak ma’naviy xatti-harakat qilganda shu jamoaning hamma a’zolaridagina emas, ko'pincha, butun xalqda ham yuksak ma’naviy
qoniqish va shodlik hislari tug'iladi.
Kishilardagi jamoatchilik ularning boshqa odamlarda tug'ilgan hislarni o'zlaridek his qila bilish qobiliyatlarida ifodalanadi: kishi boshqa kishilarga xayrixoh boMadi, boshqa kishilarning dushmanga g‘azabi, nafratiga
sherik boMadi. Shu sababli jamoa turmushda odamlar bir-birlariga xayrixoh boMganlarida ulaming xursandliklariga xursandlik qo'shiladi, g'am-
g‘ussani birgalikda tortib, bu bilan ularning g‘amlari ham yengillashadi.
Mana shu xilma-xil hislar va ularning roli jamoada, oilada, maktab sinfida, muassasada, korxona va shu kabilarda, ayniqsa, yaqqol namoyon boMadi.
Jamoatchilik hislari shu jamoa hayotidagi va faoliyatidagi umumiy- likni anglashda o'zaro mas’uliyatni his qilishda butun jamoaning va shu jamoadagi har bir a’zoning farovonligi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishda, shu jamoa oldida turgan vazifalarni muvafifaqiyatli bajarish istagida ifo
dalanadi.
Jamoa va gumanizm hissi odamlarning o'rtoqlik va do‘stlik singari o'zaro munosabatlarida yana ham yorqinroq namoyon boMadi.
0 ‘rtoqlik va do‘stlik hissi kishilar xayrixoh boMib bir-birini hurmat qilishida ifodalanadi. Bu hislar odamlarning umumiy mehnat va o‘qish faoliyatidagi o'zaro munosabatlarda tug'iladi va namoyon boMadi.
O'rtoqlik va do'stlik munosabatlari, odatda, kishining bolalik chog'idan boshlanadi. Bolalar bir-birlariga o'rtoqdirlar, chunki ular bir-birlari bilan bir xildagi o'yinlarni o'ynaydilar, bir xildagi vaziyatda birga bo'ladilar va shu sababli ularda umumiy qiziqish tug'iladi. Ular bir-birlarini ko'rib va bir-birlarini eslab shodlanadilar.
Maktabda o'quvchilar bir-birlariga o'rtoqdirlar, chunki ular bir maktabda, bir sinfda o'qiydilar, ular uchun o'qituvchilar ham, darsliklar ham umumiydir. Maktab bolalarda o'rtoqlik va do'stlik hislarini tarbiyalash sohasida katta ish olib bormoqda, bolalami bir-biriga, bir sinfda o'qiydigan bolalarni boshqa sinfda o'qiydigan bolalar bilan o'rtoq, do'st qilib tar- biyalamoqda.
Maktab o'quvchilari bilimlami egallamoq uchun birgalikda kurashadilar, bir-birlarining muvaffaqiyatlari va muvaffaqiyatsizliklari uchun shodlik va qayg'urish hislarini birga kcchiradilar, bir-birlariga o'rtoqlarcha yordamlasha- dilar. Shu tariqa, ularda o'rtoqlik va do'stlik hissi mustahkamlanadi. Maktabda
vujudga kelgan o'rtoqlik hissi ko'pincha umrbod saqlanib qoladi.
Bir korxonada, bir muassasada ishlayotgan kishilarda o'rtoqlik hissi vujudga keladi. Hukumatimiz har qanday sharoitda ishlayotgan kishilari- ga o'zaro munosabatlarida o'rtoqlik va do'stlik hislarini namoyon qilish- lari uchun butun shart-sharoitni yaratib bergan.
Do'stlik hislari ayrim kishilar o'rtasidagi munosabatlar doirasida chck- Ianib qololmaydi.
Mamlakatimizdagi hamma xalqlar o‘rtasida boMgan munosabatlar ham do‘stlik hislariga asoslangan. 0 ‘rtoqlik va do‘stlik hislarining paydo bo‘lishiga, awalo sabab shuki, kishilarning turmushga qarashlari birdir, ular milliy dunyoqarash ruhida tarbiyalanib kelmoqdalar, ularning ijtimoiy manfaatlari, istaklari ham birdir, ularning maqsadi mustaqillikni mustahkamlash, butun dunyoda tinchlik o‘rnatishdir.
Bundan, hamma jihatdan bir-biriga o‘xshash boMgan odamlar orasi- dagina do‘stlik boMishi mumkin, degan ma’no chiqmaydi. Qobiliyati turlicha boMgan, turli kasbdagi, turli madaniy saviyadagi odamlar ham bir- birlariga do‘st boMishlari mumkin. Lekin umumiy qarashlari, umumiy intilishlari boMmagan kishilarning bir-birlari bilan do‘st boMishlari mumkin emas.
Xalqlarimiz o‘rtasida o‘rtoqlik va do‘stlik hislari bir-birlarini muttasil qoMlab-quvvatlashda, o‘z ishlarida bir-birlariga yordamlashib va ko‘maklashib turishlarida namoyon boMadi. 0 ‘rtoqlik, do‘stlik va mehr- muhabbat hislari g‘oyaviy umumiylik va ko‘pincha asosiy manfaatlarning umumiyligi bilan xarakterlanadi. Shu bilan birga o‘rtoqlikka nisbatan do‘stlik yaxshiroq va mustahkamroq boMadi. 0‘rtoqlik, do‘stlikdagi g‘oyaviy umumiylikning natijasida kelishib va birgalashib ishlash qaror topadi, busiz ularning boMishi mumkin emas.
0 ‘rtoqlik va do‘stlik hislari shu qadar kuchli va jozibadorki, yigit va qizlar ularni tushunishga, o‘z kechinmalarini, kishilarga munosabatlarini tushunib olishga intilmasdan qolmaydi.
Do'stlik umumiy faoliyat, havas va intilishlar, e’tiqodlarda tarkib topadi.
Dotting kimligi boshingga kulfat tushganida bilinadi, deb bejiz aytilma- gan. O'rtoqlik va do'stlik ularning bir-birlari bilan qilayotgan muomala- laridagi o‘zaro samimiyatda, bir-birlarini tushunib, izzat-hurmat qilish- larida namoyon boMadi.
Do‘st bilan uchrashib, gaplashib va suhbatlashib, u bilan bir qancha masalalarni bamaslahat hal qilib olish, boshingga biror baxtsizlik tush- ganda do‘stdan maslahat olish yoki uning xayrixohlik bildirishi, biror ish o'ngidan kelganida do‘st bilan birlikda quvonish, zarur boMib qolganida do‘stdan biror yordam olish, do‘stni biror muhim ishga tortish kishiga huzur va nash’a bag‘ishlaydi.
Bir-biriga chinakam do‘st boMgan kishilar bir-biridan sir yashirmavdi.
Ba’zan kishida o‘z ko‘nglini do'stiga ochish, ko'nglidagi hamma gaplarni unga birma-bir aytib berish ehtiyoji tugMladi. Do'stlar bir-birlarini «tushunishga» qobil boMganlaridagina ular bir-birlari bilan mana shunday dilkashlik qiladilar. Shu sababli, kishi o'z do'stiga o'zining shubhalarini va o'zining qilib qo‘ygan xatolarini oshkora aytib beradi, chunki o'zi nima demoqchi boMganligini do‘sti tushunib, shunga yarasha maslahat berishini va yordamlashuvini biladi; garchi do‘st kishi boshqalarga qaraganda qattiqroq qoralasa ham, lekin shu xatolami tuzatishga yordam beradi, seni qo‘llab-quwatlaydi, mushkul ahvoldan qutulish yo'llarini va vositalarini ko'rsatib beradi. Do'stlar o'z do'stlarining kamchiliklarini va xatolarini yashirmaydi, bu kamchiliklarni ko'rsatib beradi, bu kamchilik- larga baho beradi, kishi o'z do'stining o'sishiga yordam beradi, unda yaxshi, yangi sifatlar paydo boMganligini ko'rib quvonadi.
Dunyoqarashning birligi, ideallarning birligi, umumiy faoliyat, o'zaro yordamlashish va bir-biriga bo'layotgan munosabatlardagi samimiyat kuchli, mustahkam va barqaror o'rtoqlik hamda do'stlik hislarining negizidir.
O'rtoqlik va do'stlik hislarida faollik va amaliy natija berish xususiyati juda kuchli bo'ladi. Bu hislar odamlarni birlashtiradi va ularni qahra- monlik qilishga ruhlantiradi, odamning g'ayratiga g'ayrat qo'shadi, mehnat unumdorligini oshirishga yordam beradi.
O'rtoqlik va do'stlik turmushimizni sermazmun, yorqin va zavqli qiladi. Do'stlik dunyoqarashimizning tashkil topishi va mustahkamlanishiga yordam beradi, hayotiy ideallarimizni amalga oshirishni yengillashtiradi, kishilarning eng yaxshi xislatlarini — insof, rostgo'ylik hislarini, ish uchun umumiy javobgarlik hissini, har qanday yolg'onga, munofiqlikka, ikki yuz- lamalikka mutlaqo murosasiz bo'lish hissini o'stirishga yordam beradi.
Mehnat yuksak ma’naviy ahamiyatga ega bo'lgan faoliyat turidir. Bizning xalqimiz o'z faoliyatini ijtimoiy burchini bajarilishini, o'z vijdoniy burchini bajarish deb biladi. Shu sababli u har qanday ishni bajarishga o'zining ma’naviy javobgarligini his qilib kirishadi.
Ma’lumki, mehnat — shaxs va jamiyatning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish uchun zarur bo'lgan ijtimoiy mahsulotlarni yetishtirishga qaratilgan faoliyatdir. Mehnat qilish orqali inson ongi har tomonlama shakllanadi. Mehnat orqali voqelik o'zgartiriladi, yangilik yaratiladi, ijod qilinadi. Tevarak-atrofdagi voqelik o'zgartirib yuboradigan mehnat jarayonining o'zi kishilarda ma’naviy mamnuniyat, xursandlik hissini paydo qiladi. Bu hislar esa kishining kuchiga-kuch, g'ayratiga-g'ayrat baxsh etadi.
O'z burchini anglagan, o'z Vatani, xalqi uchun jon kuydirib mehnat qiladigan kishilar odatda o'z ishlarini bajarganlarida biror g'arazli, xud- binlik maqsadlarini ko'zlamaydilar. Jamiyat foydasiga bo'ladigan ishlarni bajarayotganlarida yuksak ma’naviy hislarga to'lib-toshadilar va shu tariqa turmush gashtini suradilar, buni o'zlari uchun baxt deb biladilar. Shu ma’naviy burch hissi pedagogik mehnat jarayonida ko'proq va xilma-xil namoyon bo'ladi. Shu narsa yaxshi ma’lumki, yosh avlodni o'qitish va tarbiyalash jarayonida muallimlar va tarbiyachilar hamisha ma’naviy mas’uliyat, tashvish, xursandlik va mamnuniyat his qiladilar. Ko'pchilik muallimlarimiz yosh avlodni 0 ‘qitish va tarbiyalash borasidagi o‘z ishlarini zo‘r zavq-shavq va mamnuniyat bilan, 0‘zlarining ma’naviy burch- larini yaxshi anglab bajaradilar.
Maktabda o‘qiyotgan har bir bola ham, har bir talaba ham o‘z ma’naviy burchini va o'zining ijtimoiy vazifasini bajarayotganligini his qilib, mam- nun boMadi.
Bajarilayotgan va bajarilgan ma’naviy burchni anglashning o‘zi tetik- lik va xursandlik hissini, o‘z kuchlariga ishonch hissini, yuksak optimizm hissini tug'diradi. Kishilardagi optimizm real go'zal kelajak uchun xur
sandlik hissidir. Ma’naviy his mustaqil jamiyat ko‘rayotgan, butun dunyoda tinchlik uchun kurashchi boMgan va bu bilan yuksak vazifani bajarayot- gan fuqaroning shon va sharaf hissidir. Barcha ma’naviy hislar kabi, mehnat faoliyatida namoyon boMayotgan hislar ham iroda bilan chambarchas bogMangan boMib, kishining ma’naviy xislatlarini belgilab beradi.
Ma’naviy burch hissi kishining boshqa odamlarga munosabatini ifoda- laydigan boshqa emotsional hislarning ham doimiy tarkibiy qismidir, bu munosabat insonparvarlik hissida, o‘rtoqlik va do'stlik hissida ifodalanadi.
Uyalish va vijdon hissi. Axloq normalarining buzilishi, axloqiy burch- ning, jamiyat oldidagi vazifalaming bajarilmay qolishi, berilgan biror
va’daning ustidan chiqmaslik yoki jindak yolg‘on gapirib qo‘yish kishida, odatda, uyalish va vijdon azobi singari hislar tugMlishiga sabab boMadi.
Kishida uyalish hissi paydo boMganida u o'zida alohida o‘ng‘aysizlik, bezovtalik va yuzi shuvutlik sezadi. Uyalib xijolat tortayotgan kishi boshqa odamlar bilan uchrashganida (ba’zan yakka o'zi qolganida ham) uning axloqiy qoidalarni buzganligidan xabardor boMgan odamlarning ko'ziga tikilib qaray olmaydi, qizaradi.
Muayyan ijtimoiy muhitda yo'l qo'yib boMmaydi, deb hisoblangan harakatlar va qiliqlami qilib qo'ygan kishida uyalish, xijolat hissi paydo boMadi. Masalan, jamiyatda qaror topgan qoidalarni, turmushdagi odatlarni buza- digan xatti-harakatlar va qiliqlar kishini mana shunday uyaltiradi.
Kishi biron nojo'ya xatti-harakat va qiliqlami qilmasdan oldin ham uyalishi mumkin, kishi biron nojo'ya ish qilishga qaror bergan zamonoq va axloqqa xilof qilib qo'yishi mumkinligini hatto xayoliga keltirganida ham uyalib, qizarishi mumkin. Bunda, albatta xayolning katta ahamiyati bor, chunki kishi o'zi qilmoqchi boMgan xatti-harakat va qiliqni hamda uning oqibatlarini, jumladan, tevarak-atrofdagi kishilarning bu qiliqni yomon ko'z bilan qarab ta’na qilishlarini o'z xayolida yorqin tasawur qiladi. Bunday bolalarda uyalish hissi kishining ma’naviy sezgirligini kuchaytirishi va uni shunday axloqqa xilof ishlar qilishdan tiyishi mumkin. Odamning ma’naviy sezgirligi vijdon hissida. ayniqsa, yorqin namo-
yon boMadi. Vijdon hissi, vijdon «azobi» uyatning, kishi o'zining nohaq ekanligini anglaganligining, o'z niyati va qilayotgan nojo'ya harakati uchun ayrim kishilar oldidagi, jamiyat oldidagi mas’uliyatni anglaganligining eng kuchli ko'rinishidir.
Kishi axloqiy qoidalarni buzganini boshqalar ko'rmagan bo'lsa ham, boshqa kishilar shu kishining axloqqa xilof biror nojo'ya harakat qilgani haqida, hatto shubhalanmagan bo'lsa ham, lekin shunday hollarda ham
kishi vijdonan siqilib, hayajonlanib turadi.
Vijdon hissining barqarorligi, uzoq davom qilishi bu hisning o'ziga xos xususiyatidir.
Odatda, kishi o'zining axloqqa xilof ravishda qilib qo'ygan nojo'ya harakati keltiigan oqibatlarni tuzatmaguncha ko'ngli sira tinchimaydi.
Vijdon azobi kishining yuragida chuqur ichki kurash hissini tug'diradi. Kishining yomon bir ish qilib qo'yganini, bu qilmishning unga munosib emasligini anglashi, bir tomondan, «vijdonini qiynaydi», «vijdon azobiga soladi», kishi «afsus yeb», pushaymon qiladi, ikkinchi tomondan, u axloq talablariga xilof ish qilish bilan odamlardan malomatga qolishini, ularda o'ziga nisbatan salbiy hislar tug'ilishini ham anglaydi.
Kishining o'z qilmishlarining axloqiy tamoyillarga zid emasligini, balki haq va to'g'riligini anglashi, ya’ni «vijdoni pokligini» anglashi unda o'zidan
xursandlik hissini tug'diradi.
Kishi axloqiy tamoyillar sig'diradigan xatti-harakat qilayotganida o'z irodasining kuchi bilan va shu irodani ishga solib, o'zini axloqqa xilof ish qilishdan tiyadi, ko'nglida tug'ilgan yomonlik mayllarini bostiradi. Ana
shunday hollarda kishining o'zini bu tariqa tiyishi vijdoniga ham «ma’qul tushadi», kishida vijdoniy «tinchlanish» hissi, o'z-o'zidan mamnun bo'lish hissi tug'iladi.
Kishining biron yomon ish qilib qo'yib vijdon azobiga tushishi va vijdon azobi kishiga qanday ta’sir qilishini ko'rsatuvchi bir misol kelti- ramiz. IX sinf o'quvchisi Holiqnazarova Fotima degan qiz «Tong yuldu
zi» gazetasiga o'zi haqida quyidagilarni yozgan: «Men oltinchi sinfda o'qiyotgan vaqtimda algebradan juda qiynaldim. Nazorat ishi berilgan vaqtda bitta ham misolni yecha olmas edim, shu sababli ikki baho olmaslik uchun daftarimni o'qituvchiga topshirmadini.
Men, o'qituvchi bu daftarni o'zim yo'qotib qo'ygandirman, deb o'ylasa kerak, degan xayolda edim. Uyga qaytgandan keyin bu qilmishimni juda ko'p o'yladim. Boshimga og'ir o'ylar keldi. Dardimni birovga ayta ol- masligim qilgan ishimning alamini tag'in ham kuchaytirib yubordi, chunki mening bu ishimni hech kim ma’qullamasligini bilar edim. O'qituvchini aldaganim uchun o'zimdan-o'zim uyaldim va o'qituvchiga bu voqeani boshdan-oxir aytib bermagunimcha bu azobdan qutulmasligimni tushundim. 0 ‘zimga har qancha og‘ir boMsa ham, aybimga iqror boMdim. 0 ‘qituvchi garchi men bilan qattiq gaplashgan bo‘lsa ham, lekin, har holda, men yengil tortdim. Keyinchalik, algebra mening eng sevimli fan- larimdan biri bo‘lib qoldi.
Men shu narsani yaxshi tushunib oldimki, burch hissi, vijdoning nimani aytsa, turmushda hamisha shunday qilish kerak».
Vijdon — nima narsaning yaxshi va nima narsaning yomon ekanligini aytib, baho berib turadigan ichki «ovozdir». Shu «ovozning» mavjudligi kishi ijtimoiy-axloqiy normalarni o‘z talablari tariqasida, shaxsiy xatti- harakat normalari tariqasida his qilayotganligini ko‘rsatadi. Odamda uyalish va vijdon hissi boMmasligi yoki susayib ketishi uni pastkash qilib qo'yadi. Shu sababli, biron kishiga «sen vijdonsiz», «uyating ham yo‘q», «vijdoning ham yo‘q» deb aytish uning odamlik qadr-qimmatini yerga urish boMadi, bu gap unga haqorat boMib tushadi.
Agar kishi o‘z xatti-harakatida axloq tamoyillariga amal qilmasa, agar uning uyati ham, vijdoni ham yo‘q boMsa, bunday kishi haqiqatan ham odamgarchiligi qolmagan kishi boMadi.
Odamlar chiroyli narsani ko‘rganlarida, shu narsalarni tasawur qil- ganlarida va ular to‘g‘risida fikr yuritganlarida ularda paydo boMadigan ijobiy hislarni biz estetik hislar deb ataymiz. N. G. Chernishevskiy bunday degan edi: odam estetik hislarni «biz uchun sevikli boMgan dilbar oldimizda turganida bizda paydo boMadigan nash’ali shodlik tariqasida kechiradi. Biz go‘zallikni benihoyat sevamiz, go‘zallikka qarab zavqlana- miz, quvonamiz. N. G. Chernishevskiyning ta’riflab aytishicha, «go‘zallik turmushning o‘zidir», «biz o'zimizdagi tushunchalarga ko‘ra o'zimiz tasawur qilgan turmushning ifodasi deb bilgan narsamiz biz uchun go'zallikdir; o'zida turmushni ifodalagan yoki bizga turmushni eslatib turgan narsaning o'zi go‘zallikdir...». (Избранные философские сочинения. 1 tom, 1950, 59-bet).
Bizni qurshab olgan dunyo va undagi turmush xilma-xil namoyon bo'ladi. Shu sababli, odamning estetik hislari mazmunining boyligi bilan farq qiladi.
Atrofimizdagi tabiat estetik hislarning birinchi va asosiy manbai bo'lib xizmat qiladi. Quyosh chiqishini va botishini kuzatayotgan, kechqurun, kechasi va tong saharda yulduzlar charaqlab turgan osmon go'zalligini tomosha qilayotgan odamda estetik hislar paydo bo'lib, u shularning ham- masidan zavqlanadi. Odam o‘rmonlardagi yo'llardan yoki shu o'rmon chekkasidan oMganda, uning ko'z oldida bug'doy/or va paxtazor dalalar,
299
ko'm-ko'k maysazoro'tloqlarva chamanzorlarjilva qilib turganida, atrofi daraxtzorlar va tepachalar bilan qurshalgan soylar, jarlar, ko'llar va irmoq- lami ko'rganida g'oyat huzur qiladi (ya’ni unda haqiqatan estetik hislar paydo boMadi). Qushlarning sayrashini va jonli tabiatning boshqa tovushlarini eshitganimizda zavqlanamiz. Bahor, yoz, kuz va qish fasllarida tabiat manzaralarining o'zgarib, jilva qilib turishi estetik hislar tug'diruvchi manbadir.
Tabiat hodisalarini ko'rib bevosita idrok qilganimizdagina emas, balki ulami eslagan va tasawur qilgan vaqtimizda ham bizda mana shu tarzda estetik hislar paydo bo'lib, buning gashtini suramiz.
Odamlarning o'zi ham bizda estetik hislar tug'diruvchi manbadir. Cher- nishevskiy inson shaxsini hamisha ulug' deb bildi va hamma narsalarning mezoni, jahondagi eng go'zallik «insonning o'zi» deb hisoblanadi. A. M. Gorkiy bunday degan edi: «Men odamdan ko'ra yaxshiroq, murakkabroq, qiziqarliroq boshqa biror narsa borligini bilmayman. Shulaming hammasi odamning o'zida mavjud».
Sog'lom, quvnoq, ishchan kishilami, oliyjanob maqsad yo'lida, uchraydigan har qanday to'siq va g'ovlami, mushkulliklami yenga oladigan kishilami ko'rganimizda o'zimizda estetik hislar paydo boMadi, buni ko'rib xursand bo'lamiz. Odamlarning axloqiy ish va xatti-harakatlari ham bizda estetik hislar qo'zg'atadi. Odamlarning odobli xatti-harakatlarini biz ko'pincha, chiroyli xatti-harakatlar deb ataymiz. Ma’lumki, go'zallik hissi odamlami bir-biriga yaqinlashtiradi, ularda birdamlikning o'sishiga yordam beradi. Ma’naviy axloqlami mustahkamlaydi va ularning axloqiy xatti-harakatlarini rag'batlantiradi.
Ayrim hollarda bizda estetik hislar xursandlik yoki zavqlanish tarzida namoyon bo'ladi. «Luna-10» avtomat stansiyasi 1966-yil 3-aprelda oy atrofi- dagi orbitaga chiqarib qo'yilganligi to'g'risidagi xabar buyuk xursandlik hissini qo'zg'atib yubordi va umumxalq shodligini vujudga keltirdi.
San’at, musiqa, rassomlik, poeziya va shu kabilar ham estetik hislar manbaidir. Odamning san’at asarlari yaratishdagi ijodiy faoliyatini, asosan, estetik ehtiyojlar rag'batlantiradi. Bu faoliyat vaqtida ijodkor kishi chuqur
estetik zavq oladi va o'zi yaratgan san’at asarini maroq bilan huzur qilib, tomosha qiladi. San’at asarlari odamlarning ongiga, asosan, estetik hislar orqali ta’sir qiladi.
San’at asari ko'rsatayotgan mana shu ta’siming xususiyati shundaki, san’at asarlari idrok qilinavotganida voqelik odamlarning ongida shu voqelikni bevosita idrok qilingan vaqtdagiga qaraganda to'liqroq va chuqur- roq aks etadi.
Odamlar hayotidan olingan sujetlar (maishiy dramatik, kulgili va shu kabi sujetlar) rassomlaming rasmlarida, badiiy adabiyotda tasvirlanganida, sahnada (haqiqatdan ham badiiy mahorat bilan ijro etilganida bu sujetlar, ko‘pincha real turmushdagiga qaraganda chuqurroq va toMiqroq idrok qilinadi hamda taassurot qoldiradi.
Estetik hislar manbai boMgan san’at asarlarini idrok qilishdagi yana bir xususiyat shuki, kishi bu asarlarni ko‘rib, huzur qilibgina qolmasdan, shu bilan birga, asami mazmuniga qarab kishida ijtimoiy-ma’naviy va intellektual hislar ham tugMladi. Badiiy asarlar voqelikni haqqoniy va to‘g‘ri aks ettiigan taqdirdagina ulaming badiiy estetik ta’sir ko‘rsatishi samarali boMadi.
San’at asarlari o‘zining shunchaki shakli bilan, so‘zlar, tovushlar, bo‘yoqlar va shu kabilarni shunchaki majmui bilangina bizda estetik his
lar vujudga keltira va o‘stiravermaydi. San’at asaridagi so‘zlar, tovushlar, bo‘yoqlarni o'ziga xos (ya’ni badiiy) majmuidagi turmush va undagi kurash, olg‘a boMayotgan harakatlar, yaxshi kelajakka intilish aks etganligi tufayli bu asarlar odamlarda estetik hislar tug‘diradi. San’atda shaklni mazmuni- dan ajratib qo‘yish, san’atdagi formalizm, «san’at — san’at uchun» degan shior chinakam - estetik hislar tug‘dira olmaydi va bu narsa san’atning o‘zini inqirozga olib boradi.
Chinakam san’at turmushni to‘g‘ri bildiradi, zamonning eng o‘tkir va toMqinlantiruvchi savollariga javob beradi. Bunday san’at ilg‘or ideallami xalq orasiga yoyadi, xalqqa xizmat qiladi, olg‘a borishga yordam beradi. San’at asari voqelikni nechog'li chuqur va toMa haqqoniy aks ettirsa, u odamlarda shu qadar ko‘p estetik zavq qo‘zg‘atadi, bu asar estetik hislarni manbai va estetik tarbiya vositalari sifatida shu qadar ko‘p qadrlanadi.
Voqelikning o‘zi tug‘dirayotgan estetik hislar, shuningdek, san’at asar- larining o‘zi ham faqat mushohadaviy hisla^gina boMib qolmay, balki bu hislar inson faoliyatining hamma turlarida namoyon boMadi. Bu faoliyatni rag'batlantirib va faollashtirib turadi. Estetik hislarning ta’sirchanlik kuchi ana shunda. Odam biror buyumni yaratayotganida, shu jumladan,
san’at asarlarini ham yaratayotganida, shu narsalarning go‘zal boMishiga ham harakat qiladi. Har bir usta o‘zi terayotgan g‘ishtning mahkam 0‘rnashib qolishigagina intilib qolmasdan, uni chiroyli boMib ko‘rinishiga ham harakat qiladi, o‘zi qurgan binoni birinchi boMib ko‘rib zavqlanadi. Dehqon haydab qocygan dalani, yam-yashil nihollarini, oppoq paxtazor- larini ko‘rib quvonadi. Zavod ishchisi o‘zi qurgan yangi mashinaning qudratini va go‘zalligni ko‘rib zavqlanadi.
Hamma sohada — sanoatda, transportda, shahar va qishloqlarda qurilish keng avj olib ketgan hozirgi vaqtda katta va kichik barcha binolami faqat mustahkam va qulay boMishigagina emas, shu bilan birga chiroyli boMishiga ham ahamiyat berilmoqda.
Bizda sanoat va transport estetikasi masalalariga, texnika estetikasi masalalariga katta e’tibor berilmoqda.
Estetik hislarning o‘ziga xos xususiyati shuki, bu hislar beg‘araz his- lardir. Bu xususiyat shundan iboratki, biror go‘zallikni, masalan, tabiat manzarasini, badiiy suratni, musiqa, konsertni bir vaqtning o‘zida nechogli ko‘p odam birga ko‘rsa (yoki suhbat chog‘ida eslasa) shu odam ularning har biri va birgalikda hammasi kuchliroq estetik zavq oladi. Mana shunday estetik kechinmalar choglda ko‘pchilik odamlar o‘rtasida do‘stona suhbatlar boshlanib ketadi. Shu sababli estetik hislar ma’naviy hislar bilan chambarchas boglangandir.
0 ‘zbek xalqining san’ati — jahonda eng ilg‘or san’atlardan biridir. Jahondagi barcha mamlakatlarning ilg‘or kishilari uchun chinakam faol emotsional kechinmalar manbaidir. Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent- dagi me’morchilik san’atiga, binolardagi turli-tuman naqshlar, rangi ket- mas chizmalarga, har bir binoning takrorlanmas san’atiga qoyil qolmagan kishilar bolmasa kerak. Bizdagi kulolchilik, kashtachilik, zardo‘zlik, kishi- larni hayratda qoldiradigan so‘zanalar, misgarlik buyumlari san’ati va ulami yuksak mahorat va did bilan, mehr kuchi bilan bajarilganligi — 0 ‘zbekiston san’atini dunyoga tanitish manbai hisoblanadi. 0 ‘zbek maqomchilik san’ati, milliy xalq qo‘shiqlari, bir-biridan go‘zal nozik ohang taratuvchi milliy musiqa asboblari kishilarimizni tinchlik, mustaqillik uchun kurashga ruh- lantirmoqda.
Jahon madaniyatiga buyuk hissa qo‘shgan Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Ulug4bek kabilarning ilmiy-falsafiy meroslari original mazmun va
shaklga ega boigan Nizomiy, Umar Hayyom, Navoiy, Sa’diy, Bedil, Furqatlarning ijodlari jahondagi mamlakatlarga namuna boiib xizmat qilmoqda. Bular biz uchun, butun ilg‘or insoniyat uchun badiiy-estetik va ma’naviy taraqqiyot bosqichlari namunasidir.
Vatanparvarlikning o‘ziga xos xususiyatlari
Vatanparvarlik hissi - yuksak va murakkab hisdir. Bu his murakkab va xilma-xil hislarning: ma’naviy, intellektual, estetik hislarning sintezi (birlashmasi) dir. Bu hislar bir-biriga qo‘shilib, bitta hisga — Vatanga muhabbat, o‘z yurtiga muhabbat hissiga aylanadi.
Vatanparvarlik — umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlikning asosiy tamoyillaridandir. Vatan - arabcha so‘z boMib o‘zbek tilida «Ona yurt» degan ma’noni anglatadi. Vatanga muhabbat, yurtga muhabbat har bir millat kishisiga xos boigan muqaddas qadriyatdir. Vatanparvarlik har bir
kishida o‘z uyiga, tugllib o‘sgan yurtiga, ota-ona va opa-ukalariga boigan munosabatida aks etadi. Vatanparvarlik bu umuminsoniy qadriyatlarga xos boiib, u sadoqat bilan xizmat qilish, uning sarhadlarini tashqi dush-
manlardan, terrorizmdan himoya qilish, uning mustaqilligi, tinchligi, oso-
yishtaligini saqlashda faol ishtirok etmoqdir.
Vatanparvarlik Vatanni his qilishda, Vatanga boigan tuyg‘usida ifodalanadi. Vatan tuyg‘usini o‘zida mujassam etgan kishigina jamiyat va xalq manfaati, uning baxt-saodati uchun kurashadi. Vatanparvarlik umuminsoniy qadriyatlarga boigan sadoqatning negizi sifatida hayotimizni farovon, erkin qilish yolida, yurtimiz uchun, xalqimiz uchun jon fido qilishga tayyor boigan yoshlarni voyaga yetkazishni talab qiladi.
Qadimgi yunon adiblaridan biri «Vatan sha’niga» asarida «mening bu gaplarim g‘oyat eski gaplar, lekin haqiqat shunday o‘z otasini hurmat qilmagan farzand o‘zganing otasini ham hurmat qila olmaydi, o‘z Vatanini
sevmagan kishi o‘zga Vatanini qadrlay olmaydi», — deb yozgan edi.
Vatanparvarlik hissi yuksak hisdir, u ijtimoiy hisdir u odamlarni ahil, bir oila qilib birlashtiradi.
Vatanparvarlik manbaalari
Vatanparvarlik hislarining manbai xilma-xildir. Vatanparvarlik tuyg‘usi biz tugllib o'sgan yerga, biz «turmush lazzatini dastlab totigan», o‘sib ungan, o‘qib kamolga yetgan, ota-onalarimiz, yori-birodarlarimiz, qarin- dosh-urug'larimiz, o'rtoqlarimiz yashagan va ishlab turgan, xalqimiz yashab turgan yerlarning o'ziyoq, ya’ni, mahalla, qishloglmiz, tuman, shahar, viloyat, vatanparvarlik hislarining manbalaridir.
Kishilar o‘z Vataniga nazar solib, uning bepoyon yerlarini, boyliklarini, go'zalligini saxovatli xalqini tasawur etganida, unda o‘z Vataniga qoyil qolish va unga mehr-muhabbat bilan qarash hislari, o'z mamlakati uchun faxr- lanish va uning ulug‘vorligidan xursand bolish hislari beixtiyor paydo bo'ladi.
Mamlakatimizning shonli o'tmishi, uning tarixi. erkinlik va mustaqillik uchun olib borgan kurash tarixi vatanparvarlik manbaidir.
Shuningdek, jahon madaniyatiga buyuk hissa qo'shgan Forobiy, Ibn Sino,
Beruniy, Ulug‘beklarning jasorati-chi? Ibn Sino jahon tabobat ilmining mu- vaflaqiyatlariga osonlikcha erishmadi. U o‘sha zamonlarda din kuchli bo'lgani uchun kasallik sirlarini yashirincha o‘rgandi, ya’ni yangi murdalarni kechasi qabrdan kovlab olib, sham yoriglda ulami tekshirib ko'rdi. Ulug'bek esa koi- not sirlarini o‘rganishda ham kuchli qarshiliklarga duch keldi. Yoki A.Navoiy, Nizomiy, Umar Hayyom, Bobur, Furqatlar ham buyuk qahramonlik evaziga original mazmun va shaklga ega bo'lgan asarlarni meros qoldirdilar. Bu tarix- dagi qahramonlik, vatanparvarlik uchun manba rolini o'ynaydi.
Vatanparvarlikning eng muhim bclgilaridan biri qat’iylikdir. Bu inson xulqidagi o'z qarashlarini ongli va izchil himoya qilishdir. U insonni
o‘tkinchi narsalarga, tasodifiy ta’sirlarga, salbiy xislatlarga, qaysarlikka berilmaslikda, balki o'zining e’tiqodiga qat’iy amal qilishda namoyon bo'ladi. Qat’iylik, mardlik va rostgo'ylikka juda yaqin turadi. Faqat o'z ishining haqligiga ishongan kishigina qat’iyatlidir va u har qanday holatda ham o'zligicha qoladi, pastkashlik, razillik qilmaydi, sotqinlikka yuz tutmaydi.
Alisher Navoiyning fikricha, kishi qat’iyatli bo'lishi hamda maqsadga erishish imkoniyati oldida ikkilanmasligi, haqiqat uchun xormay kurash- ishi va uni dadil izlashi lozim. Navoiyning bosh qahramonlaridan biri Farhod xuddi mana shunday axloqiy fazilatlar sohibi edi. U faqatgina dono kishi sifatidagina dong taratib qolmasdan, balki yengib bo'lmas pah- lavon bo'lib, qat’iy xarakterga ega edi va u haqiqat uchun sabot-matonat bilan kurashadi. Hisrav bilan Farhod o'rtasida bo'lib o'tgan savol-javobni eslash kifoyadir. Farhod Hisravning asiri bo'la turib, o'zining izzat-naf- sini mardonavor himoya qilibgina qolmay, balki podshohning axloqiy qashshoqligini dadillik bilan fosh etdi. Insonni ko'p jafolarga duchor qi
luvchi, uning kamolotiga to'sqinlik qiladigan salbiy xislatlar kishilarda vatanparvarlik hislarining shakllanishiga salbiy ta’sir qiladi.
Odamlarimizdagi yuksak ma’naviy xislatlar vatanparvarlikning manbai- dir. Mamlakatimizda mustaqillik uchun kurash bizning eng yaqin istiqboli- mizdir. Shu ideallarni tasavvur qilish va har birimiz mana shu burilishning qatnashchisi ekanligimizni anglash zo'r xursandlik hislarini tug'diradi. Va-
tanparvarlikdagi faollik uning eng muhim xususiyatidir. Vatanparvarlik passiv va ishda ko'rilmaydigan his emas, balki bu his amalda sinaladi.
Ba’zi bir kishilar Vatanimiz ravnaqi yo'lida uchraydigan qiyinchiliklar va kamchiliklar haqida gap borganda o'zlarini bilimdon qilib ko'rsatib «buni bunday qilish kerak, uni bu yo'l bilan emas, balki bu yo'l bilan hal qilish lozim, bunday qilsa bo'lmaydi» — deb turli yo'llarni ko'rsatadi- lar-u, ammo o'zlari uni sidqidildan bajarishga kirishmaydilar, bu ish- lardan o'zlarini doimo chetga tortib yuradilar. Go'yo ular bilimdon-u, ulkan yumushlarni bajarishga kirishgan shaxslar, faol harakat qilayotgan kishilar bilimsiz, uquvsizdek bo'lib qoladi. Yo'q, bunday iztirobdan sira foyda yo'q. Hamma Vatan istiqboli yo'lida qo'ldan kelganicha harakat
qilmog'i kerak.
Xalqimiz vatanparvarlik hissi qudratli, hayotbaxsh kuchga egadir. Bu his kishilarga hamma qiyinchiliklarni va to'siqlami o'z yo'llaridan olib tashlab, muttasil olg'a borish uchun kuch va g'ayrat bag'ishlaydi. Vatanparvariik- dagi faollik kishilami ma’naviy jihatdan boyitadi va oliyjanob tuyg'ularga to'ldiradi, undagi butun ijodiy kuchlarni safarbar qiladi.
Emotsional kechinmalar va holatlarning hamma turlari har bir kishiga xosdir. Lekin ayni vaqtda har bir kishining emotsional hayoti o'ziga xos xususiyatga ega.
Awalo, turli kishilarda hissiyotlar o'zining tezligi, kuchli bo'lishi va barqarorligi jihatidan bir xilda o'tmaydi. Shunday odamlar borki, ularda hislar sekinlik bilan tug'iladi, o'rtacha kuch bilan o'tadi va barqaror bo'ladi. Bular «bir maromdagi», «osoyishta odamlar». Shunday odamlar borki, ularda hislar tez paydo bo'ladi, kuchli ravishda o'tadi va barqaror bo'lmaydi. Bular «serharakat», «qizg'in», «jizzaki» odamlardir. Ba’zi odamlarda faqat biror favqulodda voqealar natijasidagina, ochiq ifodalangan hislar tug'ilishi, aksincha, ba’zi odamlarda arzimagan bir narsa kuchli emotsiyalar vujudga keltirishi mumkin. Bunday kishilarda shok va affektlar holati tez paydo bo'ladi.
Emotsional jihatdan odamlar yana shu narsa bilan farq qiladilarki, ular mazmuni turlicha bo'lgan har xil hissiyotlarga bir xilda berilaver- maydilar. Organik emotsiyalarga ko'proq beriladigan odamlar ham bo'ladi. Bunday odamlarning hayotida ovqatlanish bilan, o'zlarining sihat-salo- matliklari, dam olishlari va shu kabilar bilan bog'langan va kechinmalar
eng ko'p o'rinni oladi. Ular o'z xislatlarini qondirib, huzur qilishni hayotning zavqi deb biladilar. Shunday kishilar borki, ularning hayotida intellektual (aqliy) hissiyotlar eng ko'p o'rinni oladi. Ular hayot zavqini tadqiqotlar bilan shug'ullanishdan, yangilikni bilishdan, ilm-fan bilan shug'ullanishdan iborat deb biladilar va shunday ishlar bilan shug'ullanib huzur qiladilar. Shunday kishilar borki, ularning hayotida ijtimoiy, este
tik emotsiyalar, o'zlarini saqlashga intilish, o'zlariga baho berish hislari birinchi o'rinda turadi.
Odamlar emotsional jihatdan yana shu bilan ham farq qiladilarki, ba’zi bir kishilar ijobiy emotsiyalarga — xursandlikka, o'yin-kulgiga ko'proq moyil bo'ladilar, oq ko'ngil bo'ladilar, ba’zi kishilar salbiy emotsiyalarga — g'azablanish, qo'rqish, vahima, ma’yuslik, g'amginlik hislariga ko'proq moyil bo'ladilar.
Har bir kishida o'ziga xos u yoki bu xil kayfiyat bo'ladi. Biz odamlar- ni quvnoq kayfiyatli kishilar deb, g'amgin kishilar deb, jahldor kishilar deb yoki ma’yus kishilar deb farq qilamiz va hokazo.
Emotsiyalar sohasidagi mana shu individual xususiyatlarning hammasi qisman organik sabablarga (asosan, nerv sistemasining holati va faoli
yatidagi xususiyatlarga) bog'liq bo'ladi, lekin ko'p jihatdan odam yashab, o'sayotgan muhitga va qay holda tarbiyalanganligiga bog'liq bo'ladi. Kishi- larimiz quvnoq mehnat sharoitida yashaydilar.
Shuning uchun ham quvnoqlikka, ruhlanishga, ulfatchilikka, o‘rtoqIikka, do‘stlikka hamda boshqa yuksak ijtimoiy va ma’naviy emotsiyalarga moyillik vujudga keladi. Mamlakatimizning hayoti va ijtimoiy mehnatda faol qatnashish, Vatanga cheksiz mehr, Vatanni dushmanlardan himoya qilishda fidokorlik hislarini vujudga keltirdi.
Emotsiyalar va hissiyotlar sohasidagi mana shu individual xususiyat- larning hammasi odam mijozining, xarakterining belgilaridir va odam
ning nimalarga qiziqayotganligini ko‘rsatuvchi belgilardir.
Bizning psixik hayotimizda hislar alohida o‘rin tutadi. Bizning intellektual jarayonlarimizda obyektiv dunyo sezgilar, idroklar, tasawurlar
va fikrlar tariqasida in’ikos qiladi. Intilishlar va iroda jarayonlarida odam o'z miyasida in’ikos (aks) etayotgan dunyoga ta’sir qiladi. Hislar esa odamning o‘z atrofidagi obyektiv voqelikka va o‘ziga munosabatidan hosil
bo'ladigan tuyg‘ulardir.
Shu bilan bir vaqtda bu tuyg'ular shaxsning quruq, mazmunsiz holati emas: aqliy jarayonlarning hammasi — sezgi va idroklar, xotira, tafakkur va nutq xilma-xil emotsional komponentlardan (yoki momentlardan) tarkib topadi.
Hislar bo'lmaganida edi bizning idrok qilishimiz, xotira, tafakkur, tasawur jarayonlari nursiz, jonsiz bo'lib qolur edi, sezilmaydigan bo'lib o'tar edi yoki umuman vujudga kelmas edi. Yuqorida aytib o'tganimizdek, hislar idrokimizning yorqin va juda to'liq bo'lishini ta’minlaydi, tez va
mustahkam eslab olishimizga ta’sir qiladi. Emotsional tuyg'ular bilan bir
galikda eslab qolingan narsalar xotiramizda tez va mustahkam o'rnashib qoladi. Xotiramizdagi narsalarni ko'z oldimizga tez keltirish hislarga bog'liqdir. Hislar fantaziyamizni ishga soladi. Fantaziya obrazlari emot
sional hislar tufayli yorqin va jonli bo'lib qoladi yoki, aksincha, tafakkur jarayonlarini to'xtatib qo'yadi. Hislar fikrlarimizning yorqin va jonli bo'lishini ta’minlaydi.
Hislar nutqimizni burro qiladi, nutqimizning ishonchli, yorqin va jonli bo'lishini ta’minlaydi. Hislar tafakkur va iroda bilan birgalikda bizning harakatlarimizni tug'diradi va rag'batlantiradi. Bizdagi beixtiyor harakatlarning ko'pchiligi emotsional harakatlardir. Iroda harakatlarining kuchi
va shiddati ko'p jihatdan hislarimizga bog'liqdir.
Mana shu intellektual va iroda jarayonlarida hislarning o'zi ham ser- mazmun bo'lib qoladi, intellektual va iroda komponentlari bilan tasav- vurlar, tushunchalar, intilishlar bilan boyiydi. Hislar inson hayotining mazmunini boyitadi. Emotsional kechinmalari oz va kuchsiz bo'lgan kishilar quruq, mayda gap kishilar bo'lib qoladilar, o'z faoliyatlarida va o'zlarining ayrim xatti-harakatlarida formalist bo'lib qoladilar.
Ammo kishining hayotida turli hislar turlicha ahamiyatga ega bo'ladi,
Ijobiy hislar, masalan, xursandlik, ruhlanish bizning hayotiy, ijodiy faoliya- timizni oshiradi. Aksincha, salbiy hislarning ko'pi hayotiy, ishchanlik faoli- yatimizni pasaytirib yuboradi. Masalan, xavotir, g'amginlik, tashvish, ma’yuslik, o'z kuchimizga ishonmaslik hislari mana shunday salbiy hislardir.
Hislar odam faoliyatining hamma turlarida katta rol o'ynaydi, o'yinlarni, o'qish va o'rganishni hamda mehnatni jonlantiradi va faol- lashtiradi. Hislar zaif bo'lganida odamning faoliyati bo'shashib ketadi,
ya’ni odam lanj bo'lib qoladi.
Bolalaming o'yinlari emotsiyalarga boy harakatlardir. Hislar o'yinlarning tug'ilishiga sabab bo'ladi va ayni vaqtda shu o'yinlarning o'zi bolalarda xilma-xil ijobiy tuyg'ular tug'diradi. Bu tuyg'ular esa bola- larimizga tetiklik va xushchaqchaqlik bag'ishlaydi.
Mehnatda ham hislarning ahamiyati kattadir. Ijobiy hislar g'ayratimizni, mehnat qobiliyatimizni oshiradi. Ijobiy emotsional holatda ishlayotgan kishining mehnati sermahsul bo'ladi va kishini kamroq charchatadi.
Odamda maqsadga muayyan ijobiy emotsional munosabat bo'lgandagina bunday maqsad faol ijodiy faoliyatni vujudga keltiradi.
Ijod qilmoq, yaratmoq uchun kishining o'z ishiga mehr-muhabbati zo'r bo'lishi, ijodkorlik mashaqqatlari va shodliklaridan zavqlanishi kerak. Xalqimizning hayoti va ijodiy faoliyati ta’sirchan emotsional tuyg'ularga boydir. Mehnatdagi xursandlik va ruhlanish yangilik hissi, o'rtoqlik va
do'stlik hissi, milliy iftixor hissi vatanparvarlik hissi kishilarimiz hayotining mazmunini tashkil etadi. Yangilik hissi bo'lmagan odamlarga salbiy nazar bilan qaraymiz, vatanparvarlikka qarshi har qanday harakat- lami ko'rganimizda, ayrim kishilarning qo'rqoqlik qilganligini, ularda o'rtoqlik va do'stlik hislari yo'qligini ko'rganimizda biz bunga
g'azablanamiz va bunday kishilardan nafratlanamiz. Emotsional ruhlanish va zavq bizda ilg'orlar va novatorlar harakatining o'sishiga va rivojlanishiga olib kelgan sabablardan biri bo'ldi. Hislar odamning ijodiy faoliyatini faollashtirib yuboradigan «uchqundir», «olovdir». Ijodiyotning hamma turlarida obrazlar va g'oyalami gavdalantirishda kishidagi hislar ishtirok qiladi. Xuddi shuningdek, yangilik uchun kurash kuchli hislar bo'lganidagina olib borila oladi. Biror nimani yaratish va uning uchun kurashish uchun shu narsani sevish va unga mehr qo'yish kerak, biror nimaga qarshi kurashish uchun esa shu narsaga kishida nafrat tug'ilishi
kerak.
Jamiyatga nisbatan yuksak ijodiy hislarni o'stirish yosh bo'g'inning juda muhim vazifasidir.
XII bob. IRODA
Psixik jarayonlarning va shaxsning eng muhim tomoni ularning faol- ligidir. Bu faollik ixtiyorsiz va ixtiyoriy boMishi mumkin.
Ixtiyorsiz harakatlar u yoki bu hollarda kishida oldindan belgilanma- gan biron maqsadsiz voqea boMadi; bunday harakatlar biron-bir tashqi sabablar tufayli paydo boMadi. Ixtiyorsiz harakatda ongli ravishda zo‘r berish boMmaydi.
Ixtiyoriy yoki irodaviy harakat oldindan qo‘yilgan maqsad asosida, bizning xohishimiz bilan boMadigan faollikdir. Bu harakat bizning «o‘zimiz» bilan bogMiqdir va u ongli ravishda zo‘r berishimiz natijasida sodir boMadi.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilganidek, ixtiyorsiz va ixtiyoriy harakat diqqat jarayonida va u bilan bogMiq boMgan boshqa aqliy jarayonlarda sodir boMadi. Shuning uchun, ixtiyorsiz va ixtiyoriy idrok, ixtiyoriy va ixtiyorsiz esda olib qolish hamda esga tushirish, ixtiyoriy va ixtiyorsiz xayol hamda tafakkur deb, farq qilinadi.
Psixikaning faolligi ish-harakatlarda juda yaqqol sodir boMadi. Ish- harakatlar ham ixtiyorsiz va ixtiyoriy (irodaviy) boMadi. Biz iroda haqida
gapirar ekanmiz, faoliyatimizda sodir boMadigan ongli harakatni ko‘zda tutamiz.
Irodaviy harakatlar deganda faqat jismoniy (ya’ni muskullar bilan bogMiq boMgan) harakatlarnigina emas, balki shuning bilan birga axloqiy harakatlarni ham tushunish lozim. Aqliy ishlar jarayonida odam ko‘pincha qiyinchiliklarga duch kelib qoladi. Bunday hollarda irodaviy zo‘r berishga to‘g‘ri keladi. Lekin shunga qaramay, iroda haqida gapirganimizda, asosan odamning tashqi harakatlarida namoyon boMadigan ongli faolligini nazarda
tutamiz.
Shunday qilib, iroda, kishining shunday faolligidirki, bunday faollik oldindan biror m aqsad qo'yib va shu m aqsadga erishish vositalarini ol
dindan belgilab, ongli ravishda zo'r berish natijasida voqe bo'ladi.
Irodaviy harakatlar deyarli hamma vaqt ixtiyorsiz faollik bilan bogMiq ravishda sodir boMadi.
Reflektor harakatlar, masalan, yoMalish, chuchkurish, ko‘z pirpira- tish, qoMga bexosdan nina qadalganda yoki qoM sinib qolganda qoMni siltab tortib olish ixtiyorsiz harakatlar jumlasidandir. Bunday harakatlarning nerv-fiziologik asosi shartsiz reflekslardir.
Impulsiv harakatlar ham reflektor harakatlar jumlasiga kiradi. Bunday harakatlar organizmda yig‘ilib qolgan nerv quwatining bo'shalib ketishi tufayli yuzaga keladi. Impulsiv harakatlar go‘yo portlashga o'xshagan ha- rakatlardir. Sof holda uchraydigan impulsiv harakatlar bolalarga xos boMadi. Masalan, sogMom, qorni to'q bola uyqudan so‘ng odatda butun gavdasini ko'tarib, qoM va oyoqlarini qimirlatib yotadi. Impulsiv harakatlar o'yinlarda va umuman kichik yoshdagi bolalaming xatti-harakatlarida katta o'rin egallaydi.
Instinktiv harakatlar murakkab ixtiyorsiz harakatlardandir. Bunday harakatlarning nerv-fiziologik asosi bir-biri bilan ulanib ketgan qator shartsiz reflekslardir.
Ixtiyorsiz harakatlarning maxsus turi avtomatlashgan harakatlar, ya’ni malaka va odatlardir. Bunday avtomatlashgan harakatlar odamning amaliy hayoti davomida hosil qiladi. Malaka va odatlarning nerv-fiziologik asosida shartli reflekslar yotadi.
Ixtiyorsiz harakatlarga kishining hissiy (emotsional) kechinmalari bilan bogMiq boMgan harakatlar ham kiradi.
Kishining hissiyoti bilan bogMiq boMgan (emotsional) harakatlari turli (instinktiv) va odatlanib qolgan harakatlarida namoyon boMadi. Emotsional harakatlarning nerv-fiziologik mexanizmlari shartsiz va shartli reflekslardir.
Ixtiyorsiz harakatlarning xususiyati shundan iboratki, odatda bunday harakatlar ongsiz ravishda voqe boMadi. Ammo ixtiyorsiz harakatlarning ko'pchiligini kishi maMum darajada o'sha ish-harakatlar voqe boMgan paytda va ayniqsa ular bo'lib o'tgandan keyin bilib-anglab oladi. Bunday anglash ixtiyorsiz qilingan harakatlarning zarurligi, foydaliligi va axloqiyligi jihatidan baho berish tufayli qanoat hosil qilish yoki tioro- zi bo'lishda ifodalanadi. Aqliy va axloqiy taraqqiyot darajasiga qarab, kishi xuddi ixtiyoriy harakatlar singari bu harakatlarni ham o'zi ma’qullaydi yoki qoralaydi.
Irodaviy harakatlar, ixtiyorsiz ish-harakatlardan farqliroq ongli ravishda qilinadi. Bu holda ongning faoliyati harakat maqsadini belgilashda, bu maqsadga erishish vositalari va yo'l-yo'riqlarini oldindan belgilashda, ma'lum bir qarorga kclishda hamda bu qarorni ijro etishda namoyon bo'ladi.
Irodaviy jarayon va irodaviy harakatning dastlabki momenti maqsad qo‘yishdan iboratdir. Maqsad deganda biz odam nima qilishi kerakligini, nimaga erishishi kerakligi va qanday qiyinchiliklarni yengishi lozimligini anglashni tushunamiz.
Nima qilish kerakligini anglash va maqsad qilib qo‘yish bajariladigan ish-harakatlaridan kelib chiqadigan natijalami o‘ylash va tasawur qilish bilan muayyan darajada bogMiq boMadi. Qilinadigan harakatning aniq maqsadi hamma vaqt shu maqsadga erishtiruvchi vositalar va yo'I- yo'riqlarni tasawur etish bilan ham bogMiq bo‘ladi. Biror narsani maqsad qilib qo'yish maMum sabablar, muayyan faktorlar va inson ayni shu chog'da idrok qilayotgan sharoitning o‘zi bilan belgilanadi. Masalan, odam ba’zan qiyin ahvolga tushib qoladi va u bu ahvoldan qandaydir yoM bilan chiqib ketishni o‘z oldiga maqsad qilib qo'yadi. U xalaqit qilayotgan narsalarni
yo'qotib, sharoitni o'zgartiradi va yangi sharoit yaratadi.
Maqsad qilib qo'yish shaxsiy yoki ijtimoiy manfaatlar nuqtayi nazari- dan muayyan bir harakatlarni bajarish zaruriyati bilan belgilanadi. Masalan, davlat chegaralarini qo'riqlashda qo'yiladigan maqsadlar.
Maqsad qilib qo'yish va shu maqsad asosida harakat qilish odamning mehnati, kasbi bilan bog'liq bo'lgan vazifalari bilan belgilanadi. Odamning jamiyatda va jamoada tutgan o'rni uning o'z oldiga muayyan bir narsani maqsad qilib qo'yishini belgilaydigan muhim faktorlardandir.
Ayrim odamlar tomonidan qilinadigan harakatlarning maqsadi, ko'pincha boshqa odamlarning biror maslahati, iltimosi, buyrug'i va shuning kabilar ta’siri bilan belgilanadi. Xuddi shuning singari, maqsadga erishtiruvchi vosita va yo'riqlar ham, ko'pincha, tashqaridan (maslahat, iltimos buyruq tariqasida) ko'rsatiladi.
Nima qilish kerakligini anglash va maqsad qilib qo'yish ko'pchilik hollarda, odamning biologik va ruhiy ehtiyojlari bilan belgilanadi.
Ehtiyojlarning faol tomoni intilishlarda ko'rinadi. Intilish ehtiyojni qondira oladigan narsaga, shu ehtiyojni qondirish uchun qidirib topish yoki yangidan yaratish, o'zgartirish va hokazo lozim bo'lgan narsaga qaratilgan bo'ladi. Yuqorida aytib o'tilganidek, intilishlar hissiyotlarning muhim elementlaridandir.
Intilishlar turli darajada anglanishi mumkin. Intilishlami anglash darajasi kishi ehtiyojining kuchiga, hayotiy tajribasi va bilimlariga hamda uning tafakkuri va xayolining taraqqiyotiga bog'liqdir. Anglash darajasiga ko'ra, odatda, inti- lishlaming quyidagi turlari yoki fazalari bo'ladi: istak, tilak va xohish.
Istak — intilishning shunday bir turidirki, bunda kishi faqatgina o'zining hozirgi holatidan norozi ekanini his qilib tursa ham, lekin qanday maqsadga intilayotganini binobarin, bu maqsadga erishishning yoM-yo'riqlarini aniq bil- maydi. Istak shunday bir holatdirki, bunda kishi o‘ziga allanima kerakligini,
allanima yetishmayotganini his qilib turadi-yu, ammo bu narsaning nima ekanligini aniqlab ololmaydi, ya’ni tasawur qila olmaydi, fahmiga yetmaydi. Bun
day hollarda «U nima istayotganini o‘zi ham bilmaydi» deyishadi.
Istak paytida kishi qanday maqsadga intilayotganini, bu maqsadni amalga oshirish yo‘l-yo‘riqlarini anglab yetmas ekan, demak, istakni bevosita amalga oshirib yuborish mumkin emas.
Kishi, nima istayotganini o‘zi anglab yetolmagan paytda, odatda, bir xil ko‘ngli g'ashroq holatida bo‘ladi, ya’ni zerikkandek, nimagadir ko‘ngli g‘ashdek va qandaydir noaniq bir holatda boMadi. Istak bolalarda juda yorqin namoyon boMadi. Buning sababi shundaki, bolalar o'zlarida tugMlgan ehtiyoj va intilishlarini turmush tajribalari va bilimlarining yetarli dara
jada emasligi tufayli aniq anglay olmaydilar. Bolalar bunday holatda ko'pincha injiqlik qiladilar.
Istak tarzida intilishlar, ko'proq biron ish bilan shug'ullanmaydigan, ma’lum hayotiy qiziqishlari bo'lmagan va kam harakatroq kishilarda uchraydi. Kishida hosil bo'lgan istak ma’lum darajada anglashilsa, tilak- havasga aylanib ketishi mumkin. Tilak havasni dastawal shunday tushunish kerak.
Tilak-havas intilishning shunday bir turidirki, bunda kishi faqatgina qanday maqsadga intilayotganligini biladi, lekin bu maqsadga erishish yo'llarini aniq bilmaydi. Bunday tilak ba’zan zo'r xayol surish bilan, ba’zan esa «cheksiz» orzu bilan bog'liq bo'ladi.
Bunday tilak bo'lgan paytda, ko'pincha yangi intilish paydo bo'ladi, ya’ni tilakka erishish uchun vosita va yo'llar qidirish, ba’zi paytda esa o'zida tug'ilgan tilakni bosishga intilish hosil bo'ladi. Agar amalga oshirish uchun vosita va yo'llar topilib qolsa, u paytda tilak — to'la anglangan intilishga aylanadiki, bu holda kishi faqat qanday maqsadga intilayotganligini aniq bilib qolmay, balki bu maqsadni amalga oshirish vositasi va
yo'llarini ham biladi.
Mana shunday qilib, tilak tobora anglashilib borishi natijasida xo- hishga aylanib ketishi mumkin.
Xohish — to'la anglangan intilishdir. Bunda faqat intilishning maqsadi va bu maqsadni amalga oshirish vositalarigina emas, balki maqsadni amalga oshirish imkoniyati, ma’lum bir maqsadda harakat qilishga tayyor va qilinadigan harakatlardan kelib chiqadigan natijalar ham anglashiladi.
Irodaviy harakatlar — ilgaridan mo'ljallangan xohish bilan amalga oshiriladigan harakatlardir. Irodaviy harakatlar ixtiyorsiz harakatlardan dastawal shuning bilan farq qiladiki, ularda oldindan mo'ljallangan va to'la ang- lanilgan intilish bo'ladi.
Xohish bilan turli-tuman tegishli harakat boshlanib ketishi mumkin. Bunday harakatlar oddiy irodaviy harakatlar yoki oddiy irodaviy aktlar deb ataladi. Masalan, odam o'rnidan turishni xohlar ekan, u o‘rnidan turadi, biron qalamni olishni xohlasa, uni bemalol oladi.
Lekin bizning irodaviy harakatlarimizning ko‘pchiligi murakkab ha- rakatlardir. Bu murakkablik shundan iboratki, xohish bilan uni amalga oshirish o'rtasida yana ma’lum bir maqsadni belgilash, bu maqsadni amalga oshirish vositasi va yo'llarini belgilash hamda ma’lum qarorga kelish kabi
jarayonlar bo'ladi.
Bizning kundalik faoliyatimizda, ko'pincha, bir xil maqsadlar qo'yishga va bu maqsadlami bir xil yo'l-yo'riqlar bilan amalga oshirishga to'g'ri keladi. Bunday hollarda, albatta, maqsadni amalga oshirish vositalarining
to'g'riligi shubhalanishga va maqsadni amalga oshirish vositalarini tanlash uchun vaqt sarf qilishga to'g'ri kelmaydi.
Agar odam o'z oldiga yangi maqsad va yangi vazifalar qo'ysa-yu, lekin bu maqsad va vazifalarni amalga oshirish vositalari hali tajribada sinab ko'rilmagan bo'lsa, asosan, ana shunday hollarda irodaviy jarayonlar murakkablashadi. Shuning uchun oddiy harakatlarga qaraganda, murakkab irodaviy harakatlar vaqt jihatidan davomliroq bo'ladi.
Kishida ayni bir vaqtning o'zida bir necha tilak va istaklar tug'ilishi mumkin, chunki kishining ehtiyojlari juda ham xilma-xildir. Masalan, kishi kechqurun bo'sh bo'lgan paytida teatrga yoki biror do'stining oldiga borishni xohlashi mumkin. Bundan tashqari, ayni bir istak, ayni bir maqsadga erishish yo'li va erishish vositasi turlicha bo'la olishini tasawur
etish istak va maqsadga erishmoq uchun qilingan ish-harakatlardan chi- qadigan turli xil natijalarni oldindan tasawur etish mumkin.
Bir necha maqsad yoki ularga olib boruvchi bir necha yo'l bo'lgan taqdirda, bulardan muayyan bir maqsadni hamda shu maqsadga olib bo- radigan ma’lum bir yo'lni tanlab olish lozim bo'ladi.
Biron maqsad va uni amalga oshirish vositalarini tanlash jarayonida ularning ma’qul yoki noma’qul ekanliklari chamalab ko'riladi. Biron maqsad va bu maqsadni amalga oshirish yo'llarini belgilab beruvchi yoki belgilab bermovchi har qanday narsa harakatning motivi deb ataladi. Motiv deb — kishi nima uchun o'z oldiga boshqa bir maqsadni emas, balki ayni shu maqsadni qo'yishi kerak, nima sababdan u o'z maqsadiga erishmoq uchun, boshqa bir yo'llar bilan emas, balki xuddi shu yo'l bilan harakat
qilishi kerak, degan savollarga javobdir.
Irodaviy harakatlarning ixtiyorsiz harakatlardan farqi yana shundan iboratki, ular motivlar asosida amalga oshiriladi.
Inson irodaviy faoliyatining motivlari xilma-xildir. Bu motivlardan awalo kishining intilish va xohishlarini tug'diruvchi ehtiyojlarni ko‘rsatish mumkin. Ma’lum maqsad va unga erishish yoMlarini tanlash ko‘pincha biror ehtiyojning mazmuniga va ahamiyatiga bogMiq. Kuchliroq ehtiyoj boshqa motivlar orasida kuchliroq motiv boMishi mumkin.
Irodaviy harakat natijalari to‘g‘risidagi tasawurlarimiz ham irodaviy harakat motivlari boMa oladi, chunki bu natijalar ma’lum ijtimoiy va shaxsiy ahamiyatga ega boMishi mumkin. Biz tasawur qilgan maqsad va bu maqsadga erishish yoMlari turli hissiyotlarimiz bilan bogMiq boMishi bilan
birga, ma’lum darajada jozibali boMishi mumkin. Bu jozibalilik ham harakat motivi boMa oladi.
Biron maqsad va unga erishish yoMlarini tanlaganda har bir kishi ma’lum darajada o‘z dunyoqarashiga, axloqiy prinsiplariga, estetik did-
lariga, shaxsiy va ijtimoiy manfaatlariga asoslanadi.
Jamoatchilik fikri va odamning bu fikrga boMgan munosabati ham maMum qarorga kelish motivlaridan biri hisoblanadi. Biron maqsadni tanlash jarayonida, odatda, tafakkur va hissiyot ishtirok etadi.
Bu yerda tafakkur faoliyati eng awal har bir motivga «qarshi» yoki
«tarafdor»likni muhokama qilib asoslashdan iborat boMadi. Motivlarni muhokama qilishda va asoslashda kishi, odatda, ayni hodisa yuzasidan yoki o‘zining xatti-harakatlarida doimo asoslanadigan maMum bir fakt- lardan, tamoyil va qoidalardan foydalanadi. Motivni shunday muhokama qilish va asoslash motivizatsiyalash deb ataladi.
Biron maqsadni tanlashga hissiyotlar sabab boMadi. Hissiyotlar ayrim tasawur va motivlarni yorqin, jonli va biz uchun jozibali qilib ko‘rsatadi. Hissiyot biron narsaga intilishni faollashtiradi yoki sustlashtiradi, ya’ni hissiyot, ma’lum maqsad va maMum harakat yoMlarini tanlashga sabab
boMadi.
Biron maqsad va uni amalga oshirish yoMlarini tanlash ba’zi paytda har xil kuch va har xil jozibaga ega boMgan bir qancha motivlar qatna- shishi tufayli ichki kurash xarakterini kasb qiladi. Mana shuning uchun ham bu jarayon motivlar kurashi nomi bilan yuritiladi.
Motivlar kurashi jarayonida motivlardan ba’zi birlarining anchagina asosliligi, boshqalarning esa bir qadar asossizligi maMum boMadi ba’zi bir motivlar kuchliroq tuyg‘ular bilan, boshqalari esa kuchsizroq tuyg'ular
bilan bogMiq boMadi.
Ko‘pincha motivlar kurashi tafakkur (aql) bilan hissiyotning o'rtasidagi kurashdan iborat boMadi; odam ba’zan go'yo ikkiga boMinib ketadi; «Aql uni deydi, hissiyot (koMigil) buni deydi».
Biron maqsad yoki biron maqsadga olib boruvchi yoMlar aqlga muvofiq kelsa-yu, lekin kishida noxush hissiyotlar tug'dirsa va, aksincha, biron maqsad yoqimli hislar tug‘dirsa-yu, lekin aqlga muvofiq kelmasa, ana
shunday bo‘ladi.
Motivlar kurashi ba’zan turli hissiyotlar o'rtasidagi kurash tarzida, masalan, burch hissi bilan qandaydir uning qarama-qarshisi bo'lgan boshqa
shaxsiy hissiyot tarzida sodir bo'ladi.
Bu motivlar, ko'pincha, bir-birlariga teskari ta’sir etishlari tufayli biron qarorga kelish va bu qarorni bajarishga to'sqinlik qilib, irodaviy jarayonini sekinlashtiradilar. Motivlar o'rtasidagi ana shunday kurash odamda ichki ixtilof holatini yuzaga keltiradi.
Albatta, shunday holat odamda g'oyat ko'ngilsiz, og'ir tuyg'u sifatida o'tadi. Agarda odamning dunyoga hamda turmushga bo'lgan qarashlari aniq bo'lsa, shuning bilan birga u o'zining xatti-harakatlarida axloq tamoyillariga asoslansa va uning shaxsiy motivlari ijtimoiy manfaatlar bilan qo'shilib ketsa, ana shunday ko'ngilsiz, og'ir holatning oldini olishi yoki batamom qutulishi (yo'qotib yuborishi) mumkin.
Motivlar kurashi bilan bog'liq bo'lgan biron maqsadni amalga oshirish yo'llarini tanlash jarayoni qarorga kelish bilan tugaydi. Qarorga kelish — ma’lum bir maqsad va bu maqsadni amalga oshirishning biron usuli yoki ma’lum yo'llari haqida to'xtash demakdir. Bu esa motivlardan biri hal qiluvchi rol o'ynaydi, demakdir. Masalan, kechqurun qayeiga borish kerak: teatrgami yoki do'stimning oldigami degan fikrdagi motivlar kurashi natijasida kishi do'stining oldiga borishga qaror qiladi. Kasb tanlash tufayli paydo bo'lgan motivlar kurash natijasida bir o'smir traktorchi bo'lishga qaror qilsa, boshqasi pedagogika institutiga kirishga qaror qiladi.
Ba’zi hollarda kishi qabul qilinadigan qarorning amalga oshirish im- koniyatlariga ishongan holda juda tez ma’lum bir qarorga keladi. Buni biz qat’iyat deb ataymiz.
Boshqa bir hollarda esa, motivlar kurashi uzoq, vaqtga «cho'zilib ketadi» va qaror bajarilishiga ishonchsizlik hamda ikkilanishlar bilan qabul qilinadi. Bu — qat’iyatsizlikdir. Masalan, o'rta maktabni tugatayotgan va
tugatgan ba’zi bir yoshlar qaysi institutga kirish masalasini juda tez hal qiladilar, boshqa birlari bo'lsa juda uzoq vaqt ikkilanib o'ylab yuradilar. Qat’iyat, odatda, jiddiylik vaziyatning yengillanishi, mamnunlik tuyg'usini tug'dirsa, qat’iyatsizlik esa ikkilanish hissi, jiddiylik tuyg'usi va alohida og'ir noaniq holat bilan birga sodir bo'ladi.
Biror qarorga kelishning sur’ati bir qancha sabablarga, jumladan: ehtiyojga, hal qiluvchi motiv kuchiga, sharoitga, hissiyotlarga, tafakkur va xayolning taraqqiyot darajasiga, turmush tajribasi va bilimlariga, kishining dunyoqarashiga, uning temperamenti va xarakteriga hamda boshqalarning maslahatlariga, buyruqlariga, iltimos va takliflariga bo‘ysunishga bogMiq boMadi.
Biron qarorga kelishning sur’ati, asosan, oldinga qo'yilgan maqsad- ning ahamiyatiga, biror qarorga kelishga olib boruvchi faoliyatning xarakteriga bogMiq boMadi.
Shunday hollar ham boMadiki, biron qarorga kelish oldidan awal o‘ylab, andisha va ehtiyotlik bilan har bir motivni hisobga olib va solishtirib ko'rish lozim boMadi. Boshqa bir hollarda murakkab faoliyat boMsa ham, hech bir ikkilanib oMirmay, uzil-kesil qarorga kelish lozim boMadi. Bunday qat’iyat urush sharoitida zarurdir. Bunday paytda anchagina fahm va ziyraklik hamda sharoitning barcha murakkabliklarini hisobga olish zarur boMishiga qaramay, tezlik bilan qarorga kelish talab qilinadi.
Ana shunday murakkab tarzdagi motivlar kurashi va qarorga kelish faqat shunday hollarda boMadiki, bunda odamning hayoti va faoliyati uchun muhim ahamiyatga ega boMgan yangi maqsadlar qo'yiladi va bu maqsad- larni amalga oshirish uchun yangicha vosita hamda usullar talab qilinadi.
Kundalik hayotimizda juda ko‘p ongli irodaviy harakatlarimiz uzoq davom etadigan va jiddiy tusdagi motivlar kurashisiz amalga oshirilavera- di. Bunday hollarda biron qarorga kelish ilgaridan odat boMib qolgan bir tarzda yoki belgilangan qoida asosida, yo boMmasa, mazkur qaror va harakatlarni maMum turdagi xatti-harakatlarga rioya qilish tarzida amalga oshiriladi.
Qabul qilingan qaror keskin va mustahkam yoki bo‘sh, sabotsiz — o'zgaruvchan boMishi mumkin. Bir marta qabul qilinib, keyinchalik o'zgarmaydigan va maMum vaqt davomida albatta bajariladigan qaror qat’iy va mustahkam qaror deb ataladi. Qaror o'ylab qabul qilingan ijtimoiy vazifalar va shuning bilan birga, kishining hayotiy manfaatlariga, uning dunyoqarashi va ishonchlariga moslashtirilgan boMsa, bunday qaror ko'pincha mustahkam boMadi. Qat’iy va mustahkam qarorga kelish — irodaning yuksak sifatidir.
Bir marta qabul qilishgan qarorni kcvinchalik o'zgartirish yoki boshqa yangi qaror bilan almashtirish, yoki boMmasa, batamom bekor qilib yu- borish subutsizlik deyiladi.
Qat’iy qaror qila olmaslik — kishi irodasi bo'shligining alomatidir.
Qabul qilingan qarorning o'zgarishi, ya'ni beqarorlik, subutsizlik, ko'pincha yana bu qaror to'g‘risida yetarli darajada o'ylamaslikdan, emot
sional holatning o'zgarishidan, yoki boMmasa kishi harakat qilib turgan sharoitning o'zgarishidan kelib chiqadi. Qarorning o'zgarishi, ko'pincha, motivlar kurashining qaytadan boshlanib ketishiga va oxirgi mana qat'iy qaror qabul qilishga olib keladi.
Qat’iyatsizlik va beqarorlikni, odatda, qabul qilingan qaromi oldindan rejalashtirilgan harakatlar bilan bog‘lash orqali yengish mumkin. Rejalash
tirish — oldinga qo'yilgan maqsadga olib boradigan eng qulay usul va vosi- talarni qidirishdan iborat bo‘lgan murakkab aqliy faoliyatdir. Rejalashtirish jarayonida boMishi mumkin boMgan va zaruriy barcha harakatlar duch kelib qoladigan qiyinchilik va qarama-qarshiliklar hisobga olinadi hamda qilinadigan ishlardan kelib chiqadigan natijalarga oldindan baho beriladi.
Shunday qilib, irodaviy harakatlar ixtiyorsiz harakatlardan farq qilib, ular ilgaridan qabul qilingan qaror va ilgaridan tuzilgan reja asosida amalga oshiriladi.
Biron qaror shu qarorga muvofiq keladigan choralar ko‘rish va ish- harakatlar qilish uchun qabul qilinadi. Qarordan harakatga o£tishni ijro qilish, bajarish deyiladi. Irodaviy jarayonlarda eng muhim narsa qabul qilingan qarorni bajarishdir. Kishining irodasi xuddi mana shu qarorni bajarishda namoyon boMadi deyish mumkin.
Odatda, ikki turli irodaviy harakat farqlanadi: jismoniy va aqliy. Jismoniy harakatlarga har turli mehnat operatsiyalari, o‘yin hamda sport mashg‘ulotlari va boshqalar kiradi. Aqliy harakatlarga boMsa — hisob ishlari, yozma ishlar, dars tayyorlash, ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish va shuning kabilar kiradi. Ko‘p vaqt takrorlab, o‘zlashtirilib ketgan, koMiikma va odat boMib ketgan harakatlar ham murakkab irodaviy harakatlardan- dir. Iroda, yana ayni chog‘da keraksiz harakatlarni to'xtatish, tugatish yoki 0 ‘zgartirishda ham namoyon boMadi.
Qarorni ijro etish, odatda, maMum vaqt va maMum muddat bilan bogMiq boMadi. Qarorning hech kechikmay, belgilangan vaqtida ijro etilishi irodaning ijobiy sifatidan dalolat beradi. Bu esa ishchanlik va puxta- likni bildiradi.
Biroq, qabul qilingan qaror hamma vaqt bajarilavermaydi va ayrim hollarda esa o‘z vaqtida bajarilmaydi. Masalan, irodasi kuchsiz boMgan kishilar ko'pincha juda ko'p yaxshi qarorlarga kelishlariga qaramay, bu qarorlarning ijro etilishini sustlashtirib, cho'zib yuboradilar va boshqa muddatlarga qoldiradilar. Bajarilishi galdan-galga qoldiriladigan yoki bata- mom bajarilmaydigan qarorlarni niyat deb ataladi. Shuning bilan birga, ancha vaqtdan soMig boMsa ham, lekin maMum vaqt davomida bajarilishi shart boMgan qarorlarni ham niyat deb ataladi. Masalan, talaba o'qish yilining boshida qishki va yozgi sessiyadagi imtihonlarni faqat «аМо» ba- hoga topshirishni niyat qilishi mumkin.
Ba’zan odam sharoitning o'zgarishiga qarab qabul qilingan qarorni bekor qilib yangi qaror qabul qilishiga to'g'ri keladi. Undan so'ng o'zgargan sharoitga mos holda yangi qarorni bajarishga kirishadi.
Qabul qilingan qaror to'g'ridan to'g'ri, avtomatik ravishda amalga oshirilavermaydi. Qabul qilingan qarorni bajarish uchun, yana, ongli ravishda irodani ishga solib zo'r berish kerak. Irodaviy zo‘r berishni kishi ongli jiddiylik tarzida his qiladi. Bunday jiddiylik irodaviy harakatga o'tish bilan tarqalishi mumkin.
Irodaviy zo'r berish butun nerv va muskullarni alohida tarang holga keltiradi va bu sirtqi alomatlarida ko'rinadi. Irodaviy zo'r berishning ana shunday sirtqi alomatlari irodasini ishga solgan kishilami tasvirlovchi badiiy asarlarda yaqqol tasvirlanadi.
Qabul qilingan qarorni zo‘r berish bilan ijro etish irodaning muhim belgisini tashkil etadi, deyish mumkin. Z o‘r berish juda muhim xususi- yatlardan biri bo'lib, bu xususiyat orqali irodaviy harakatlar va ixtiyoriy psixik jarayonlar ixtiyorsiz psixik jarayonlardan farq qiladi.
Irodaviy zo‘r berish motivlar kurashi va qarorga kelishdayoq seziladi.
Bunday zo'r berish fikrlash jarayonlarini ishga solib, muhokama yurgiz- ishda va shuning bilan birga, keraksiz hissiyotlami yengishda o'z ifodasini
topadi. Ko'pincha motivlar kurashi va qarorga kelish g'oyat jiddiylik hamda juda katta irodaviy zo'r berish bilan hosil bo'ladi.
Juda ko'p hollarda qarorga kelingandan so'ng ham uni bajarish uchun yana «kurash» davom etadi. Bu kurash natijasida qarorni ijro etishga qaratilgan irodaviy zo'r berish maydonga keladi.
Irodaviy zo'r berish va irodaviy harakat maqsadga erishish yo'lida uchraydigan to'siqlarni yengishda namoyon bo'ladi. Kishining irodasi juda katta qarshiliklarni yengishga to'g'ri kelgan paytda, ayniqsa, yaqqol ko'rinadi. Bunday qarshiliklar ikki turli bo'lishi mumkin: ichki va tashqi qarshiliklar.
Ichki qarshiliklar kishining o'ziga xos bo'lgan maMum holatidir. Kishi tinch, harakatsiz va hech qanday faoliyatsiz holatda boMishi mumkin. Masalan, bunday holat dam olayotganda, uxlayotganda, toliqqan paytda va kasal paytda boMadi. Biron ish bilan shug'ullanmay harakatsiz o'tirishga, ya’ni yalqovlikka undovchi mayl ham shunday holatdandir.
Irodaviy zo'r berish vositasi bilan, awalo, organizmning passiv holatini o'zgartirib, uni faol holatga keltirish lozim boMadi. Masalan, o'rinda yotgan kishi, tursammikan yoki turmasammikan, deb biroz o'vlagandan so'ng (motivlar kurashi), turishga qaror qiladi hamda o'zini majbur qilib o'rnidan turadi. Yalqovlikni yengish uchun ba’zan juda ko'p zo'r berish
ga to'g'ri keladi.
Irodaviy zo'r berish vositasi bilan kishining aqliy faoliyati ham faol holatga keltiriladi. Masalan: ma’ruza boshlanishi bilanoq talaba iroda kuchini ishga solib, diqqatini bir yerga to£playdi, irodaning barqarorligini saqlab turadi, tafakkur va esda olib qolish jarayonlarini kuchaytiradi.
Ko'pincha, kishining o'zida bo'ladigan ixtiyorsiz harakatning paydo bo'lishini irodaviy zo'r berish bilan yengishi, susaytirishi va yo'q qilib yuborilishi lozim bo'ladi. Ayni shu chog'da keraksiz harakatlarni o'zgartirish yoki to'xtashiga to'g'ri keladi. Juda qattiq singib ketgan, lekin salbiy,
zararli odatlarga qarshi irodaviy zo'r berish bilan kurash olib borish va tashkil topgan stereotiplarni, ya’ni bir qolipga tushib qolgan salbiy harakatlarni buzish lozim bo'ladi.
Paydo bo'layotgan ixtiyorsiz harakat, ko'pincha, qabul qilingan irodaviy qarorga nisbatan boshqacha (ba’zan qarama-qarshi) yo'nalishga moyil bo'ladi. Masalan, kishining hissiyotini aks ettiradigan ba’zi ish-harakat- lari shular jumlasidandir. Ixtiyorsiz harakatning paydo bo'lishi kerakli irodaviy harakatni susaytirib yoki batamom to'xtatib qo'yishi mumkin. Shuning uchun qabul qilingan qarorni bajarishda paydo bo'ladigan ixtiyorsiz harakatni irodaviy zo'r berish bilan yengishga to'g'ri keladi. Masalan, parashutchilar birinchi marta o'zlarini samolyotdan tashlaganlarida (irodaviy harakatlarida) tabiiy ravishda paydo bo'ladigan qo'rqish hissini yengib borishlari lozim bo'ladi.
«Harakat qilishning o'ziga qanday o'rganilgan bo'lsa, — deydi l.M.Sechenov, — harakatni to'xtatib qolishni boshqarishga ham xuddi shunday o'rganish kerak». (Избранные произведения, T.G.M.L. izd.APl. 1952, 96-bet).
Kishi irodaviy zo'r berganida, ixtiyorsiz harakatni batamom yo'qotib yubormaydi, balki uni biroz o'zgartiradi yoki bunday harakatning paydo boMishiga yo'l qo'ymaydi. Ixtiyorsiz harakatni bosishga vazminlik deb ataladi. Vazminlikning nerv-fiziologik asosi ikkinchi signal sistemasining birinchi signal sistemasi orqali miya po'stining ostki qismiga tormozlantiruv- chi ta’sir o'tkazishdan iboratdir.
Iroda, awalo, kishining o'z-o'zini, o'z intilishlari, hissiyotlari va ehti- roslarini qo'lida tuta bilishi demakdir. Iroda — kishining o'z-o'zini iroda qila bilishi, o'z xulqi va faoliyatini ongli ravishda tartibga solish hamda boshqara olish qobiliyatidir.
Odamning ichki to'lqinlarini yenga olish, o'zini boshqarish va o'z usti- dan hukmronlik qila bilish qobiliyatini odatda ichki iroda deb yuritiladi. Tashqi qarshiliklarni yengish
Kishi irodaviy zo'r berishi bilan yengishi lozim bo'ladigan tashqi qarshiliklarni tevarak-atrofdagi voqelikda uchratadi.
Kishi o'z oldiga qo'yiladigan maqsadni amalga oshirishga qarshilik qilayotganda to'sqinliklarni yengadi, voqelikni o'z maqsadiga muvofiq ravishda o'zgartiradi va uni o'z ehtiyojlarga moslaydi.
Kishi tabiatni o'zgartiradi. Bunda u tabiatning qarshiligini yengadi, uning stixiyalariga, ya’ni suv, sovuq bo'ron, olov kabi tartibsiz, halokatli harakatlariga qarshi kurashib, uni o'zgartiradi, qayta ko'radi. Kishi masofani yengib bir joydan ikkinchi joyga ko'chadi, og'ir narsalarni ko'tarib, ularni bir joydan ikkinchi joyga olib boradi. Kishi irodaviy zo'r berish va irodaviy harakat yordami bilan ijtimoiy qiymatga ega boMgan yangi narsalar: uylar, fabrikalar, zavodlar, yo'llar, mashinalar, san’at asarlari va shuning kabilarni yaratadi. Inson faoliyatining barcha turlari va har qanday mehnat kishidan irodaviy zo'r berishni talab qiladi. Inson mehnati undagi irodaning namoyon bo'lishidir. Odamning irodasi mehnatda paydo boMgan, u mehnatda o'sgan va o'sib boradi.
Odamning tashqi to'sqinliklarni tashqi qiyinchiliklarni yenga olish qobiliyatini tashqi iroda deb yuritiladi. Biroq, faqat shartli ravishda iroda- ni ana shunday tashqi va ichki deb bo'lish mumkin. Inson irodasi yolg'iz birginadir, lekin u tashqi olamdagi hodisalami o'zgartirish va boshqarish-
ga yo‘naltirilishi hamda shuning bilan birga o'zining shaxsiy, ya’ni subyektiv holatini va jarayonlarini boshqarishga yo'naltirilishi mumkin. Shuning uchun irodaviy faoliyatda tashqi qarshiliklarni yengish ichki qarshiliklarni yengish bilan uzviy bogiiqdir.
Obyektiv voqelikka ta’sir qilishda kishi iroda kuchining yordami bilan dastawal o'z organizmini harakatga solishi lozim va shu bilan birga, har qanday ixtiyorsiz harakatni doimo bosib va o'zgartirib turishi kerak. Shuning uchun kishining tashqi qarshiliklarni yengishga qaratilgan irodaviy zo'r berishlari va irodaviy harakatlari ayni vaqtning o'zida kishining ichki holatini ham o'zgartiradi. Kishi tashqi muhitni o'zgartirishi bilan birga, u o'z-o'zini ham o'zgartiradi.
Odatda, qaror bajarilgandan so'ng va ba’zan esa bajarish jarayonidayoq qilingan ishlarga baho beriladi. Qarorni bajarish yuzasidan qilingan ishlarga baho berish bu qaror va ishni m a’qullash yoki qabul qilingan qarorni hamda qilinadigan ish-harakatni qoralashdan iborat boMadi. Bu baho qabul qilingan qaror va bajarilgan harakatlardan mamnun yoki mamnun emaslik tufayli hosil boMgan alohida hissiy kechinmalarda ifodalanadi.
Salbiy baho, ko'pincha, qilingan ishlarga achinish, uyalish va afsuslanish kabi hissiyotlar tugMlishiga sabab boMadi.
Qilinayotgan yoki qilingan ishlarga baho, asosan, ijtimoiy-siyosiy, axloqiy estetik nuqtayi nazaridan beriladi. Mana shunday baho berishdan hosil boMadigan his va hukmlarda kishining dunyoqarashi, uning axloqiy sifatlari va tamoyillari hamda, shuning bilan birga, uning xarakteri va qiziqishlari yaqqol namoyon boMadi.
Qarorni bajarish yuzasidan qilingan ishlarga faqat kishi o'zi baho berib qolmaydi, balki qilingan ish-harakatlarga jamiyat tomonidan ham baho
beriladi. Jamiyat tomonidan kishilarning harakatlariga berilgan baho tanqid va o‘z-o‘zini tanqidda juda yaqqol ifodalanadi.
Qilingan ish-harakatga jamiyat tomonidan berilgan baho kishining faoliyati uchun juda katta amaliy ahamiyatga egadir. Bu baho kishining
keyingi faoliyati uchun rag‘batlanish va motiv bo'lib qoladi. Salbiy baho, odatda, ayni faoliyatni to'xtatish yoki o'zgartirish uchun sabab bo'ladi. Ijobiy baho faoliyatni davom ettirish, kuchaytirish va yanada yaxshilash, jumladan, mehnat unumini oshirishga rag'batlantiradi.
Kishining irodasi o'z sifatlari, ya’ni kuchi, axloqiyligi, mustaqilligi jihatidan ayrim hollarda turlicha namoyon bo'ladi.
Iroda m a’lum kuchga ega bo'ladi; ba’zi hollarda kishining irodasi kuchli sur’atda namoyon bo'lsa, boshqa hollarda kuchsiz namoyon bo'ladi.
Iroda kuchi irodaning muhim sifatidir. Iroda kuchining turli darajasi butun irodaviy jarayonlarda ko'rinadi. Iroda kuchi, awalo, intilishlarda ko'rina boshlaydi; biz kuchli hamda kuchsiz intilishlarni, kuchli va kuchsiz xohishlarni farq qilamiz. Iroda kuchi yana tezlik bilan qarorga kela olishda va qarorning mustahkamligida ko'rinadi.
Yuksak g'oyaviy tamoyillarga asoslangan ongli qat’iyat va sabotlilik kuchli iroda belgilaridandir; qat’iyatsizlik, ikkilanish, qabul qilingan qarorning bajarila olishiga shubha bilan qarashlik va sabotsizlik kuchsiz iroda belgilaridandir. Iroda kuchi qat’iyatlikda ifodalanadi. Qat’iyat qarorning bajarilishiga to'la ishonish va qarshilik hamda qiyinchiliklar qanchalik katta bo'lmasin (yoki katta bo'lib ko'rinmasin) uni albatta amalga oshirishga otlanishdir.
Jazm o'z-o'ziga buyruq berishdir. Vijdoniy burch talabi yoki yuksak maqsadni amalga oshirish tufayli odamning kerak bo'lib qolgan paytda o'lim bilan hayot o'rtasidan birontasini darhol tanlab ola bilishida ko'rinadigan jazm, kuchli iroda dalilidir. Bunday jazmning misoli sifatida Usmon Nosir, Cho'lpon, Abdulla Qodiriylarning mardona jasoratini ko'rsatishimiz mumkin.
Iroda kuchi qabul qilingan qarorni o'z vaqtida bajarishda ko'rinadi.
Shuning uchun qarorni bajarmaslik yoki uning bajarilish muddatini doim «galdan-galga» qoldiraverish va boshlangan ishni oxirigacha yetkaza olmaslik kuchsiz irodaning alomatidir. Ammo berilgan qarorni bajarish-
ning, qilingan ish-harakatning hammasi ham irodaning kuchli ekanidan darak beravermaydi. Iroda kuchi, asosan, irodaviy harakatlar yordami bilan qanday to‘siqlar yengilgani va buning bilan qanday natijalarga erishilganligi ila aniqlanadi. Biz irodaviy zo‘r berishlar vositasi bilan yen-
gadigan qarshilik va qiyinchiliklar darajasi va xarakteri iroda kuchining obyektiv ko'rsatkichi bo'lib xizmat qiladi.
Agar kishi katta to'sqinlik va qiyinchiliklarni, qarshi harakatlarni irodaviy zo'r berish va irodaviy harakatlar yordami bilan yengib, katta mu- vaffaqiyatlarga erishar ekan, bunday holda biz shu kishining kuchli iroda- ga ega ekanligi va kuchli iroda ko'rsatgani haqida gapira olamiz.
Kishi irodasining kuchsizligi uning juda arzimas qarshiliklarni ham yenga olmasligida ko'rinadi. Masalan, ba’zan kishi biron kerakli xatni yozishga yoki biron zarur ishni boshlashga o'zini majbur eta olmaydi.
Irodaning kuchsizligi, odatda, irodasizlik deb ataladi.
Iroda kuchi, ayniqsa, o'zini tuta bilishda, jasurlikda, qat’iyatda, ma- tonatda va chidamlilikda namoyon bo'ladi.
0 ‘zini tuta bilish. Mana shu so'zning o'zidan ko'rinib turibdiki, o'zini tuta bilish — kishining o'z-o'zini qo'lga ola bilishidir. O'zini tuta bilish — kishining oldiga qo'ygan maqsadlarini amalga oshirishga qarshilik ko'rsatuvchi ichki holatini yengishda ko'rinadigan kuchli irodadir. O'zini
tuta bilish — toliqish hissini, og'riqni, qo'rqinchni, shuning kabilarni yen
gishda ko'rinadi, o'zini tuta bilish ayni paytda keraksiz bo'lgan reflekslar- ga, odatlarga, mayllarga yo'l qo'ymaslikdir. Yu.A.Gagaringa murojaat qilib: «Uchish paytingizdagi ba’zi vaqtlarda qo'rqish hissi paydo bo'lganmi?» deb savol berilganda, kosmonavt shunday deb javob bergan: «Albatta, hamma tirik odamlardagi kabi menda ham bo'lgan. Biroq, men qo'rqinch
hissini tezda yengib tashladim».
O'zini tuta bilish va qo'rqmaslik odamning qo'rqinch hissini kechir- masligida emas, balki ongni yo'qotib qo'ymay, o'z irodasining kuchi bilan bunday hissiyotlami bosishi va batamom yo'qotib yuborishidadir. Bu degan so'z — o'zini idora qila bilish degan ma’noni bildiradi. O'zini tuta bilish — vazminlikka oid yuksak fazilatdir. Kishi o'zini biron narsadan tiyish uchun ba’zan anchagina irodaviy zo'r berishga, ya’ni iroda kuchini ishga solishga majbur bo'ladi.
Irodasi kuchli kishilar deganda, biz o'zini mahkam tuta biladigan bosiq kishilami tushunamiz. Ikkinchi jahon urushi yillarida bizning askar- larimiz, razvedkachilarimiz, qahramon uchuvchilarimiz va temir yo'lchilarimiz kuchli irodaning yuksak namunalarini ko'rsatdilar.
Irodaviy zo'r berish orqali hushidan ketib qolmaslik va hattoki o'limni to'xtatib qolish kabi hodisalar qadim zamonlarda ham bo'lib o'tgani ma’lum. Masalan, asrimizdan oldingi V asrda Gretsiya bilan Eron urushi paytida bir askargreklaming eronliklar ustidan qozongan g‘alabalari haqida xabar yetkazish uchun Marafon degan joydan Afinaga chopib kelgan. Biroq bu xabarni yetkazgan-u shu zahoti jon bergan. Ana shu askarning xotirasini abadiylashtirish maqsadida sport musobaqalaridan bir turiga, ya’ni 42 kilometr-u 195 metrga yugurishga — «Marafon yugurishi» deb nom berilgan.
0‘zini tuta bilishning aksi deganda, biz ixtiyorsiz harakatlar tomonidan yengilib, ya’ni yo‘q qilib yuboriladigan irodani tushunamiz. Odamning bunday xususiyatini o'ziga kuchi yetmaslik, o'zini tiya olmaslik deb ataladi. O'ziga kuchi yeta olmaslikning eng keskin ko'rinishi beboshlik, pastkashlikdir. Bunday odam o'zida beixtiyor tug'iladigan salbiy tuyg'ulaiga, instinktlarga berilib, o'z nafsini tiya olmaydi. Bu hayvonlik holatiga tu-
shib qolish demakdir.
Dadillik — kishining hayot va omonligi uchun xavfli bo'lgan qarshiliklarni yengishda ko'rinadigan iroda kuchidir. Masalan, parashutchi har gal samo- lyotdan o'zini tashlaganida dadillik qiladi. Dushmanning orqa tomoniga o'tib olgan razvedkachilar ham dadillik namunasini ko'rsatadilar. Dadillik o'zini tuta bilish bilan mahkam bog'liqdir. Dadil harakat qilish uchun, awalo, o'zini tuta bilish kerak. Dadillik bor joyda o'zini bilish ham bor.
Biron maqsadni amalga oshirishda hamisha dadillik ko'rsatish mard- lik va jasorat deb ataladi.
Har qanday faoliyatning, jumladan o'qishning ham muvaffaqiyati qat’iyatga bog'liqdir. Bilim egallash uchun qat’iyat kerak bo'lganidek, malakalar ortti- rish (masalan, musiqa malakalari) uchun ham qat’iyat kerak.
Chidam va toqat. Maqsadlarni amalga oshirishda yengishga to'g'ri keladigan qarshilik va qiyinchiliklar kishidan kuch hamda vaqt sarf qilishni talab qilibgina qolmay, balki unga, ko'pincha, jismoniy va ruhiy azob beradi.
Kishi o'z faoliyati davomida, ba’zan sovuq va issiqdan, yomg'ir va qordan, qattiq toliqish va och qolishlikdan hamda turli kasalliklardan azob chekadigan hollari bo'ladi. Agar, mana shunday qarshiliklarga qaramay, kishi o'z oldiga qo'ygan maqsadiga sodiq bo'lib, uni amalga oshi- rishga urinaversa, bunday harakatlarda ko'rinadigan irodani chidam va
toqat deb ataladi.
Kosmonavtlaming jasoratlari g'oyat zo'r chidam va toqatliligi bilan xarak- terlidir. Irodaning bunday sifati ulardan taxminiy mashqlar o'tkazish davri- dayoq talab qilingan edi. Lekin irodaning bu sifati, xususan, o'qish paytida, ya’ni ular g'oyat zo'r jismoniy va asabiy o'zgarishlami toqat bilan kechirish- lariga to'g'ri kelgan paytda kuchli namoyon bo'ladi. Shuning bilan bir vaqtda
bu qahramonlar jiddiy keskinlikla^ga chidab o'qish davomida turli yo'l tut- moq va harakat qilmoq uchun onglarini juda ravshanlikda saqlab qolishlari lozim edi. Tibbiyot va psixologik tekshirishlaming ko'rsatishicha, shu qadar jiddiy vazifani ado etishga faqat mustahkam sog‘liq hamda kuchli irodaga ega boMgan kishilargina chiday olishlari mumkin edi.
Odamdagi qat’iyat va chidamlilik aniq maqsad va o‘zining anchagina barqarorligi bilan ajralib turadigan kuchli motivlaming mavjudligiga bogMiq.
0 ‘zini tuta bilish, dadillik, qat’iylik, chidam va toqat paytlarida namoyon boMadigan kuchli irodaga m ardlik deb ataladi.
Irodaning axloqiyligi deganda, biz, odatda, kishi oldiga qanday maqsadlar qo'yganligini, bu maqsadlarga qanday vositalar yordami bilan erishilishini, irodaviy intilishlar (xohishlar) qanday mayllar tufayli tug'ilishini, ma’lum
bir qarorga kelishda kishi qanday tamoyillarga tayanishini nazarda tutamiz.
Irodaviy harakatlarda kishining axloqiy sifatlari namoyon boMishi tufayli iroda kuchi ijobiy sifat hisoblanadi. Boshqa bir tomondan olganda, odamlarning axloqiy sifatlari haqida quruq gaplarga qarab emas, balki shu odamlarning axloqiy qiyofalari namoyon boMadigan irodaviy ha- rakatlariga qarab hukm chiqaramiz. Shuning uchun kuchli irodaning — mardlik, o'zini tuta bilish, qat’iyatlik, chidamlilik va botirlik kabi xususiyatlari bizda inson axloqiy sifatlarining namoyon boMishi hisoblanadi.
Odam u yoki bu qarorga kelishida o'zining qarori va xatti-harakatlari uchun axloqiy jihatdan javobgar ekanligini sezsa hamda anglay olsa, iroda axloqiy boMadi.
Axloqiylikning darajasi irodaviy jarayonning fazalarida, ya’ni motivlar kurashida ham, ma’lum qarorga kelishda ham, qarorni amalga oshirishda ham va qilingan ishlarga keyin baho berishda ham ko'rinadi.
Motivlar kurashi va qarorga kelishda axloqiylik ma’lum bir motivni asoslashda ko'rinadi. Shuning uchun qabul qilingan qarorlar axloqiy tomondan asoslangan yoki asoslanmagan boMishi mumkin. Motivlar kurashi- dagi hissiy mayllar ham axloqiy yoki axloqqa xilof boMishi mumkin, chunki kishining axloqiy holati kechirgan hissiyotlarida va intilishlarida ham ifodalanadi. Axloqiy tamoyillarga muvofiq sur’atda qabul qilingan qarorlar
va amalga oshirilgan harakatlar axloqiy qarorlar deb ataladi.
Kishining axloqiy qiyofasi qabul qilingan qaror va amalga oshirilgan harakatlarga keyinchalik baho berishda ham ko'rinadi. Agar kishi yuksak ma’naviy
fazilatlar egasi bo'lsa, u yaramas qaror qabul qilishdan va nojo'ya xatti- harakatdan o'zini tiyadi, buning oqibatini oldindan o'ylaydi. Shu tariqa, kishi o'z harakatlarining natijalarini oldindan ko'rib qabul qilinishi mumkin boMgan qaror va harakatlarni noma’qul topishi yoki ma’qullashi mumkin.
Axloq dunyoqarash bilan uzviy bog'liqdir.
Kishining irodaviy harakatlarida muhim rol o'ynaydigan hayotiy maqsadlari va tamoyillari xuddi ana shu dunyoqarashdan kelib chiqadi.
Shuning uchun dunyoqarash va axloq tamoyillariga muvofiq ravishda amalga oshiriladigan maqsadlar, qarorlar va harakatlar yuksak iroda ko'rsatishdir. Axloq nuqtayi nazaridan, iroda kishining o‘z shaxsiy, individu
al intilishlarini jamiyat manfaatiga bo'ysundira olishiga qarab baholanadi.
Mana shuning uchun biz o'z intilishlarida, qaror va harakatlarida mehnatkashlarning manfaatlariga sodiq bo'lgan, vatanga muhabbat qo'ygan
va unga sodiq boigan, mehnatni sevuvchi, qat’iy barqaror, dadil, sabotli, chidamli va o'zini tuta biladigan kishilami yuksak qadrlaymiz.
Kishilarning irodaviy harakatlariga ularning mustaqillilik darajasi jihatidan ham baho beriladi. Biz, odatda, mustaqil va mustaqil bo'lmagan harakatlar haqida gapiramiz.
Irodaviy harakatlarning mustaqilliligi, awalo, kishining tashabbuskor- ligida ko'rinadi. Tashabbuskorlik biron-bir ishni shaxsan boshlab yuborish- dir. Tashabbus ko'rsatish ma’lum ko'rsatma bo'lishini kutib o'tirmay, biron maqsadni ilgari surish, uni amalga oshirish yo'l va vositalarini tanlash hamda belgilangan maqsadga mustaqil sur’atda erishish demakdir. Tashabbuskorlik, odatda, atrof-tevarakdagi sharoit hamda ijtimoiy hayot talabini epchillik va mohirlik bilan hisobga olish va ko'pincha, yangilikni oldindan ko'ra bilish qobiliyati bilan bir vaqtda ko'rinadi.
Tashabbuskorlik hayotimizning hamma sohasi uchun zarur bo'lgan juda ham qimmatli sifatdir.
Tashabbuskor kishilar hamma vaqt ishda va o'qishda faollik ko'rsatadilar. Ular jamiyat, jamoa va guruhlarda tashkilotchilik qilishga qobiliyatli bo'ladilar va har qanday qiyin muammolarni ham osonlikcha amalga oshira oladilar, yo'l-yo'riqlarini topa oladilar va muvaffaqiyat qozona oladilar.
Mustaqillilik amalga oshirilayotgan va amalga oshirilgan xatti-harakatlar uchun javobgarlikni sezishda ko'rinadi.
Javobgarlikni sezish deganda, biz, ayni shu harakatlarning to'g'riligiga, maqsadga muvofiq ekanligiga va zarurligiga ishonch hosil qilishni tushu-
namiz. Qandaydir xato va yanglishga yo'l qo'yib yuborilgan vaqtda javob
garlikni sezish — o'z xatolariga samimiy, beg'arazlik bilan va ochiq tan berishda hamda haqqoniy tanqidga diqqat bilan quloq solishda ko'rinadi. Javobgarlikni sezish — o'z xatolarini tuzatishga tayyor turish va haqiqatan ham uni tuzatish demakdir.
Irodaning mustaqilligi yana boshqa kishilarning fikrlarini, maslahat- larini va takliflarini tanqidiy mulohaza qilib qarashda ham ko'rinadi. Kishi boshqa odamlar bergan maslahat va takliflarining to'g'riligiga ishonib harakat qilar hamda bu maslahat va takliflaming jamiyat manfaatiga va axloq tamoyillariga mos ekanliklarini tushunar ekan, buning bilan u o'z mustaqilligini namoyon qilgan bo'ladi.
Mustaqillilikni irodaning negativizm va qaysarlik kabi salbiy ko'rinishlaridan ajrata bilish lozim.
Negativizm boshqa kishilarning hamma takliflga, ya’ni buyruqlarga, qoidalarga, maslahatlarga va boshqa yo'l bilan o'tkaziladigan qanday bo'lmasin ta’sirga asossiz qarshilik qilish demakdir. Negativizm ikki turli bo'ladi: passiv va faol negativizm. Passiv negativizm shundan iboratki, bunda kishi taklif qilingan ishni qilmay, o'z holatida qolaveradi. Faol negativizm esa boshqalar xohlagan va taklif qilgan ishni qilmay, uning aksini qilishdan iborat bo'lgan terslikdir.
Negativizm hodisasini uch yoshdan yetti yoshgacha bo'lgan bolalarda, ayniqsa, kattalar tomonidan suyultirib yuborilgan va barcha ishlarini boshqa kishilar qilib beradigan bolalarda uchratish mumkin. Bunday o'jarlik bolalarda, ko'pincha qandaydir mustaqil faoliyat sohasida o'z faolliklarini ko'rsatish imkoniyati berilmagan taqdirda paydo bo'ladi.
Negativizmning xarakterli xususiyati harakatlarning asossizligidan iboratdir. Odatda, negativizm holatida kishi sen nega bunday qilyapsan, nima uchun boshqalarning taklifini bajarmayapsan, degan savolga hech qanday
javob qaytarmaydi; u indamay, aytilgan narsaning aksini qilaveradi.
Qaysarlik — boshqa kishilarning aytgan hamma gapiga, ya’ni buyruq va takliflarga atayin qarshilik qilishdir. Qaysarlik qilayotgan odam o'zi deganini qilaveradi va nima sababdan shunday qilayotganini obyektiv ravishda asoslab bermaydi: «Bu mening ishim», «O'zim bilaman» deb
subyektiv dalil keltiradi, xolos.
Qaysarlik, asosan, mana bunday hollarda, masalan, kishi biron narsadan xafa bo'lgan yoki g'azablangan, jahli chiqqan yoki bo'lmasa manmanligi oshib ketgan paytda ko'rinadi. Bunday hollarda kuchli hissiyot ta’siri tufayli kishining ongi o'tmaslashib ketadi. Qaysarlik tutgan paytda kishi obyektiv nuqtayi nazardan qaray olmaydi va boshqacha emas, balki aynan shunday harakat qilish shart ekanligiga obyektiv asoslar keltira olmaydi. Qaysar odamni
juda yaqqol dalillar yordami bilan har narsaga ko'ndirish yoki undan qaytarish qiyin. Qaysarlik ko'rsatishda biron narsaga intilish va kuchli hissiyot bo'ladi, lekin yetarli tafakkur unda ishtirok etmaydi.
Mustaqilsizlik shunday hollarda ko'rinadiki, bunda kishi ma’lum bir xatti-harakatlami faqat boshqa odamlarning bevosita ta’siri ostida (ularning maslahatlari, takliflari bilan) qiladi va o'zining qarorlari hamda harakatlarida faqat boshqa odamlar fikriga tayanadi.
Kishi mustaqillik ko'rsata olmasa, boshqa odamlar irodasini amalga oshiruvchi bo'lib qoladi, xolos.
Mustaqilsizlik tashabbuskorlikning yo'qligi, har bir ishni yuzada bo‘lgan sharoit va boshqa odamlarning ta’siriga berilib, bajarishlik va qilinayot
gan ish-harakatining sababini kishi o'zi bilmasligida ifodalanadi. Bunday holda, odatda asossiz motivlar yoki hech qanday motivlarsiz qarorga ke
linadi. Mustaqilsizlik ko'pincha, kishining prinsipsizligi bilan bog'liq bo'ladi. Mustaqilsizlikning xarakterli belgisi o'zining qabul qilgan qarori va ha- rakatlariga nisbatan javobgarlik hissining yo'qligidan iboratdir.
Mustaqilsizlik va irodasizlikning yaqqol ifodasi boshqalarning ta’siriga berilib, laqmalik bilan harakat qilishdan iboratdir. Laqmalik paytida harakatlar boshqa odamlarning qarorlari asosida amalga oshiriladi. Biroq boshqa odamlarning qarorlarini laqma odam go'yo o'zining qarori va o'z irodasining namoyon bo'lishi deb bilaveradi.
Laqmalik bilan qilinadigan harakatlarda boshqa odamlarning masla- hatlari va takliflariga nisbatan tanqidiy munosabat bo'lmaydi. Ana shunday paytda odam boshqa odamlarning ta’siriga yoki yot unsurlarning ta’siriga osonlik bilan berilib ketishi mumkin. Laqmalik bilan qilinadigan harakatlarni negativizm va qaysarlikka qarama-qarshi xususiyat desa bo'ladi.
Odam boshqa kishilar ta’siri bilan harakat qilish xususiyatiga laqmalik deyiladi. Laqmalik qilish ma’lum darajada har bir kishiga xosdir. U iroda va umuman faollik zaiflashgan paytda hamda tanqidiy fikr qilish yo'qolib, fikr yuritish qobiliyati cheklangan va sustlashgan paytda sodir bo'ladi. Aql-idrokning ishlamay qolishiga faqat affektiv holat sababchi bo'lmay, balki psixik faoliyatning umumiy susayishi ham sabab bo'ladi.
Bunday holat har bir odamning toliqqan paytida va endi uxlay bosh- lagan paytida bo'lishi mumkin. Uzoq vaqt davom etgan xavotirlik hissi va
zo'r xursandchilik tufayli ham kishi laqmalik qilib qo'yishi mumkin. Kishi gipnoz holatida haddan tashqari laqmalik qiladi.
Mustaqilsizlik orqasida qilinadigan ana shunday harakatlar, albatta irodaga taalluqli salbiy xususiyatlardandir. Lekin shuni nazarda tutish kerakki, boshqa odamlar buyrug'i va maslahatlari bilan qilinadigan har qanday harakatlarni ham mustaqilsizlik deb hisoblayverish yaramaydi. Bizga boshqa odamlar tomonidan beriladigan buyruqlar, taklif va masla- hatlar o'zimizning asoslangan shaxsiy qarorlarimizga mos kelishi mumkin. Bunday holda boshqa odamning buyrug'i bilan qilingan harakat mustaqil harakat bo'ladi. Tashqi ko'rinishi jihatidan bir xil bo'lgan ikkita
harakatdan biri mustaqil bo'lmasligi, ikkinchisi esa mustaqil boMishi mumkin. Masalan, ayrim bir o'quvchi buyruq tarzida bildirilgan maktab inti- zomi qoidalarini qo'rqqanidan bajaradi. Bunda bu o'quvchi majburiyat ostida o'z xohishiga qarshi harakat qiladi Boshqa bir o'quvchi bu qoi
dalarni ongli ravishda bajaradi. Chunki u bu qoidalarning zarur ekanligi- ga tushunib, qanoat hosil qiladi. Ongli intizom mustaqil irodaning ifodasidir. Kishi biron buyruq yoki intizomga shuning uchun so'zsiz itoat qi- ladiki, u bunday itoat qilishning axloqiy jihatdan zarur va maqsadga muvofiq ekanini tushunadi, anglay oladi.
Har bir kishi o'zining ko‘pchilik harakatlarida «Kamolot» Yoshlar
Ijtimoiy Harakati jamoa qarorlariga asoslanishi kerak. Ammo jamoa ruhida rahbarlik qilish — har bir jamoa a’zosini mustaqillikdan mahrum qilingan egasizlik demak emas. Kishi o‘z mustaqiliigining hamma alomatlarini,
ya’ni tashabbuskorligini, topshirilgan ishning bajarilishiga javobgarlik hissini va o‘z-o‘zini tanqidni faqat jamoadagina ko‘rsata olishi mumkin.
Kishining o‘z vijdoniy burchini bajarishga qaratilgan harakatlarida uning mustaqilligi namoyon boMadi. Kishining mustaqilligi va irodasining erkinligi o‘z qaror va harakatlarini axloqning yuksak tamoyillarga ongli ravishda bo‘ysundirishning uddasidan chiqa olishda va o‘z harakatlarini shu tamoyillarga asoslanib baholashida ko'rinadi.
Mustaqillilik ayni vaqtning o'zida iroda kuchining belgisi hamdir. Iroda kuchi faqat katta to'siqlami yenga olish qobiliyati bilangina belgilanib qolmay, balki tashabbuskorlik, o'z mustaqilligini anglash, o'z qat’iyati va qabul qilingan qaror hamda o'z harakatlari uchun javobgarlikni sezish bilan ham belgilanadi.
IV. IRODAVIY HARAKATLARNING NERV-FIZIOLOGIK
Odamning turli xildagi faoliyatlarida namoyon bo'ladigan u yoki bu irodaviy faollik dastawal nerv sistemasining holatiga va irodaviy harakatlarni amalga oshiradigan nerv-fiziologik mexanizmlarining ishiga bog'liqdir.
«Odatda, ixtiyoriy deb ataladigan barcha ongli harakatlar, — deydi Sechenov, — o‘z mohiyati jihatidan aks ettirilgan harakatlardir». Bu degan so'z «barcha insoniy harakatlarning dastlabki sababi odamdan tashqa- rida, ya’ni tashqi muhitga bog'liqdir» (Избранные философские и психологические произведения. Госполиздат, 1947, стр 148, 174).
Irodaviy harakatlarning nerv-fiziologik asosida shartli reflekslar yotadi.
l.P. Pavlov ta’limotiga ko'ra, irodaviy harakatlarning hamma mexamzmi yuksak nerv faoliyatining butun qonunlariga bo'ysunuvchi shartli bog'lanishlardan, ya’ni assotsiativ jarayonlardan iboratdir. Irodaviy harakatlar mexanizmlarida, asosiy rolni kinestezik qo'zg'atuvchilar tufayli, ya’ni mus
kullar harakati tufayli yuzaga keladigan maxsus shartli reflekslar o'ynaydi. Kinestezik hujayra va harakat analizatori turli-tuman qo'zg'atuvchilar bilan muvaqqat aloqa bog'lay olishligi I. P. Pavlov hamda uning hamkorlari
tomonidan o'tkazilgan maxsus tajribalarda isbotlab berilgan.
Irodaviy harakatlar ongli harakatlar sifatida optimal qo'zg'alish man-
327
baining faoliyati bilan bog‘liqdirlar: «...Mening tasawurimcha, ong, — deydi l.P. Pavlov, — ayni shu chog‘da, xuddi shu sharoitning o'zida ma’lum darajada optimal (har holda, o'rtacha bo'lsa kerak) qo'zg'alishga ega bo'lgan katta miya yarim sharlarining ayrim joylaridagi nerv faoliyatidan iborat. Ana shu momentda katta miya yarim sharlarining qolgan hamma qismlari birmuncha bo'shroq qo'zg'alish holatida bo'ladi» (O'sha kitob, 247-b.).
Irodaviy harakatlar ongli harakatlar sifatida ikkinchi signal sistemasining faoliyati bilan bog'liqdirlar. Xususan, ichki nutqqa tegishli so'zlar kerakli harakatlarni yuzaga keltiruvchi va boshqaruvchi signal hisobla- nadilar. l.P. Pavlov fikricha, ikkinchi signal sistemasi odam xulqi va xat-
ti-harakatlarining oliy regulatori, ya’ni boshqaruvchisidir.
Ikkinchi signal sistemasining mexanizmlari birinchi signal sistemasining signallariga va ixtiyorsiz harakatlarning miya po'sti ostki markazla- riga bularning ishlarini tartibga solish yuzasidan ta’sir etib turadi. Ha- monki, ongli faoliyatlarimizning nerv-fiziologik asosida ikkinchi signal sistemasi yotar ekan, demak, bu signal sistemasining induksiyasi, ya’ni yaqin atrofga tarqalishi birinchi signal sistemasiga va miya po'stining ostki qismlariga ta’sir etadi. Shuning uchun, chunonchi, vazminlik va o'zini tuta bilish kabi irodaviy hollaming fiziologik mexanizmi ikkinchi signal sistemasi tomonidan birinchi signal sistemasi va miya po'stining ostki qismidagi markazlarda yuzaga keltiriladigan tormozlanishdan iboratdir.
Agar ikkinchi signal sistemasi tormozlansa, bunday holatda «voqelik bilan deyarli hisoblashmaydigan va asosan miya po'stining ostki markaz- larining emotsional ta’siriga bo'ysunadigan» faoliyat haqida gapirish mumkin. Ana shunday paytda odam, masalan, afifektiv holatda bo'ladi. Shun
day qilib, l.P. Pavlovning oliy nerv faoliyati haqidagi ta’limotiga ko'ra, irodaviy harakatlarning fiziologik asosi birinchi va ikkinchi signallar sistemasi doirasida yuzaga keladigan murakkab muvaqqat aloqalar sistemasidan iboratdir. Lekin bunda ikkinchi signal sistemasining roli g'oyat kattadir. Irodaviy harakatlar paytidagi miya po'stining optimal qo'zg'algan holatida ikkinchi signal sistemasi ayrim muvaqqat aloqalarini tormozlantir-
sa, boshqalarini kuchaytiradi.
Nerv sistemasining tetik hamda sog'lom holati har qanday faoliyat va odamning unumli ishchanligi uchun asosiy sharoitdir.
Nerv sistemasining kuchsizlanishi irodaning zaiflanishi va inson faol faoliyatining susayishiga asos bo'ladi. Bunday sustlik holati xususan toli- qish paytida yorqin namoyon bo'ladi.
Har qanday faoliyatning o'ziga tegishli ravishda va asosan mehnat faoliyatida quwat sarflanadi. Odam qanchalik o'ziga zo'r bersa, quv- vatning sarflanishi ham shunchalik tezlashadi. Bunda quwat sarflanishi bilan ayni bir vaqtda u tiklanib ham boriladi. Biroq, ma’lum bo'lishicha, quwatning tiklanishi sarflanishiga qaraganda, sekinroq borar ekan.
Shuning uchun odam ishning u yoki bu bosqichida kuchi yetmayot- ganligini, toliqishni yoki, boshqacha qilib aytganda, charchaganligini seza boshlaydi. Mehnatning ikki asosiy (jismoniy va aqliy) turiga muvofiq ravishda ikki xil toliqish, ya’ni jismoniy va psixik toliqish farqlanadi.
Jismoniy toliqishning asosiy belgisi muskullar ishchanligining susayishidir. Masalan, jismoniy toliqish, jumladan, muskul kuchlarining zaiflanishi, harakatlarning sekinlashishi, harakatlar miqdorining kamayishi, ishdagi jadal- likning sekinlashuvi, harakatlardagi aniqlikni, moslikni, tekislikni va bular- ni boshqarishning buzilishi bilan harakatlanadi. Jismoniy toliqish odam butun organizmining madorsizlanish holati bilan xarakterlanadi.
Psixik jihatdan toliqish aqliy faoliyat unumdorligining pasayishi, ya’ni diqqat va xotiraning kuchsizlanishi, biron narsaga e’tibor berishning qiyinlashuvi hamda tafakkur va nutq faoliyatining sekinlashuvi bilan xarakterlanadi.
Toliqishning ana shu yuqorida ko'rsatilgan psixik alomatlari ko‘p jihatdan jismoniy toliqishda ham namoyon bo'ladilar: jismoniy toliqishda ham diqqat va xotira kuchsizlanadi, tafakkur va nutq faoliyati sekinlashadi, boshqa tomondan olganda, psixik jihatdan toliqish ham xuddi jismoniy toliqishdagi kabi, odam butun organizmining madorsizlanish holati bilan xarakterlanadi.
Bu ikki turli toliqish o'rtasidagi umumiylikni shuning bilan tushuntirish mumkinki, jismoniy toliqishning ham, psixik toliqishning ham aso
sida bir xil nerv-fiziologik mexanizm yotadi. I. P. Pavlovning oliy nerv faoliyati haqidagi ta’limotiga muvofiq, toliqishning yuzaga kelishi bosh miyaning po'sti qismida mudofaa qiluvchi (saqlovchi) tormozlanishning paydo bo'lishidir. Tormozlanishning bu turi nerv markazlarining ishlash faoliyatidan to'xtashi va bosh miya po'sti qismidagi nerv hujayralarining tamomila darmonsizlanishlaridan saqlab qolish bilan ifodalanadi.
Ishdan charchashni pasaytirish va toliqishning holdan toyish holatiga yetib ketmasligiga yo'l qo'ymaslikning eng muhim chorasi mehnat bilan dam oiishni to'g'ri taqsimlash (almashtirib turish)dir. Dam olish ishni to'xtatib tanaffus qilishdir. Agar ana shunday tanaffus o'zaro davom etadi
gan (bir soat, ikki soat) bo'lmasa, unday paytda, dam olishning eng yaxshi turi uxlashdir (ya’ni tinchlik holatidir), uzoq davom etadigan dam oiishni (dam olish kuni, mehnat ta’tili) hech narsa bilan shug'ullanmaydigan uzluksiz osoyishtalikka aylantirib yuborish yaramaydi. Dam olish uchun ajratilgan bo'sh vaqtni jiddiy zo'r berishni talab etmaydigan yoki har turli tuyg'ulaiiga boy bo'lgan faoliyatning boshqa bir turlariga sarflansa, dam olish ancha foydali bo'ladi. Iroda, shuningdek, nerv sistemasining har turli yo'l bilan zaharlanishi natijasida ham kuchsizlanadi. Masalan, nerv sistemasi alkogol bilan zaharlanganda iroda kuchsizlanadi.
Nerv sistemasining kasalligi irodani haddan tashqari susaytirib yuboradi. Bunday holatni abuliya deb ataladi. Abuliya holat idagi kishi juda chanqab turgan bo'lsa ham, o'z oldida turgan stakandagi suvni olib ichishga o'zini majbur qilolmaydi.
Ayrim harakat nerv hujayralari falaj bo'lgan taqdirda shu hujayralar bilan bog'liq bo'lgan organlami hech qanday iroda kuchi bilan ishga solib bo'lmaydi.
Shuning uchun nerv va muskul sistemasini mustahkamlaydigan hamma narsa ayni chog'da kishi irodasini mustahkamlashga ham yordam beradi. Shu sababli, jismoniy tarbiya irodani mustahkamlashda ijobiy ahamiyatga ega. Katta qarshiliklarni yengish hamda qiyinchiliklar bilan kurashish uchun faqat xohish va qarorga kelishgina ahamiyatli bo'lib qolmay, balki sog'lomlik, mustahkam nerv va mustahkam muskullar ham katta ahamiyatga ega.
Ana shu yuqoridagi aytilganlardan ko'rinib turibdiki, iroda boshqa psixik jarayonlar bilan mahkam bog'liqdir.
Irodaviy harakatlar biz idrok qilib turgan u yoki bu sharoitda yuzaga keladilar. Qaroiga kelishda, harakatlarni rejalashtirishda (mo'ljallashda) va
amalga oshirishda odam ayni shu sharoitni tushuna olishi kerak. Bu tushunish va binobarin, qilinadigan harakatlarning muvaffaqiyati juda ko'p jihatdan sharoitni idrok qilishning tezligi, to'laligi, aniqligi va to'g'riligiga bog'liq. Idrok ana shunday sifatlarga ega bo'lmagan paytda irodaviy harakatlar kechi- kishi, batamom amalga oshirilmasligi, o'zgarishi, xato bo'lishi mumkin.
Irodaviy jarayonlarda xotira katta rol o'ynaydi. Kundalik hayotimizda juda ko'p irodaviy harakatlarimiz taxminan bir xil qiyofada takrorlanadi- lar. Biron maqsad qo'yishda, harakat usullarini tanlashda, qarorga kelishda va qilingan harakatlarga baho berishda kishi dastawal o'zining turmush tajribasi hamda bilimlariga asoslanadi.
Biroq hamma irodaviy harakatlar ham faqat ilgarigi harakatlarning oddiy qaytarilishidan iborat emas. Sharoitning o'zgarib turishi davomida ehtiyoj va qiziqishlarga qarab, odam har doim yangi maqsadlar qo'yishiga hamda harakatning yangi usullarini qidirib topishiga to'g'ri keladi. Bu o'rinda irodaga xayol yordam qiladi.
Irodaviy jarayonning muhim tomoni biron maqsad qo'yishdir. Biz o'z harakatlarimiz qaratilgan maqsadni har xil aniqlikda tasawur qilishimiz mumkin: ba’zan maqsadni shu qadar aniq, yorqin va jonli tasawur qi- lamizki, go'yo kishi o'z harakatlaridan kelib chiqadigan natijani oldindan ko'rayotgandek bo'ladi; ba’zan esa maqsad noaniq va xira tasawur qilinishi mumkin. Maqsad qanchalik aniq bo'lsa, unga intilish ham shunchalik
330
kuchli bo'ladi. Maqsadning aniq boMishi shu maqsadga yetishish yo'lini
qat’iyat bilan, uzil-kesil va ongli sur’atda tanlashga imkon beradi. Maqsadning aniqligi yana harakatning kuchli boMishiga, dadillik, sabot bilan ish ko'rishga va chidamli bo'lishga madad beradi.
Kishining kuchli iroda ko'rsatishida uning o'z oldiga qo'ygan maqsadlarini amalga oshirishga mo'ljallangan va amalga oshiradigan yo'l va vositalami tasawur
qila olishi ham katta ahamiyatga ega. Bu yo'l va vositalami kishi qanchalik aniq tasawur qilsa, bu vositalardan birini shunchalik tez tanlab olib, ma’lum qarorga keladi va shunchalik zo'r ishonch bilan harakat qiladi.
Harakatlar qaratilgan maqsadlarni hamda ulami amalga oshirish yo'l va vositalarini, irodaviy harakatlardan kelib chiqadigan natijalarni yaqqol tasawur qilish va shuning bilan birga, iroda kuchi kishining tajribasi va bilimlariga hamda uning xayoli, tafakkuri va nutqining taraqqiyot darajasiga bogMiq.
Maqsad va bu maqsadga erishtiruvchi vosita va yo'llami tasawur qilishning aniqligi turmush tajribasi hamda bilimlarga asoslangan xayolning kengligi va kuchiga bog'liq.
Irodaviy jarayonlarning va irodaviy harakatlarning barcha moment- larida nutq bilan chambarchas bogMiq boMgan tafakkur, ayniqsa, katta rol o'ynaydi. Irodaviy harakatlar aql bilan qilinadigan harakatlardir.
Kishi bor tajribasi va bilimlariga asoslangan holda o'ylab biron maqsadni qo'yadi va harakat qiladi, o'ylab ma’lum qarorga keladi, o'ylab maqsadni amalga oshirish yo'li va vositalarini tanlab oladi, o'z harakatlaridan kelib chiqadigan natijalarni oldin o'ylab ko‘radi va o‘y!ab harakatga kirishadi. Kishi o'zining harakatlarini oldindan rejalashtiradi.
Rejalashtirish, o'ylash, fikr qilganda ham puxta fikr qilish demakdir. Tafakkur va nutq faoliyati tufayli biz o'z intilishlarimizni juda yaxshi anglab olamiz, harakatlarda ko'zda tutgan maqsadlarimiz juda ham aniq- lashadi, qabul qilingan qarorlarimiz yanada mahkamroq asoslanadi va u asosli qaror boMadi, qiladigan harakatlarimiz esa rejalashgan, rejali va tartibli boMadi. Tafakkur faoliyati vazminlik va o'zini tuta bilish, qat’iyat va chidamlik kabi kuchli iroda sifatlarini belgilaydi.
Iroda kuchiga hissiyotlar juda katta ta’sir ko'rsatadi. Hissiyotlar iroda jarayonining dastlabki fazasi bo'lmish intilishlar bilan mustahkam bogMiqdir. Hissiyotlar intilishning kuchiga ta’sir qiladi, maqsad va uni amalga oshirish yo'li va vositalari haqidagi tasawurlami oydinlashtiradi hamda jon- lantiradi. Motivlar kurashida hissiyotlarning roli kattadir. Hissiyotlar bizni muayyan bir qarorga kelishga undaydi. Bunda hissiyotning iroda jarayonlaridagi roli ikki turli boMishi mumkin: ijobiy-faollashtiruvchi va salbiy-tormozlashtiruvchi rol o'ynashi mumkin.
Agar biron maqsadni tasawur qilish kishining kuchli hissiyotlarini yo'qotsa va bunday hissiyot ta’siri bilan kishi asoslangan qarorga kelsa, bunday paytda hissiyotlar irodamizni faollashtiradi hamda uni mustahkamlaydi. Bunday hollarda hissiyotlar maqsadga erishishda bizning qat’iyatimizni, kuchimizni, dadilligimizni, barqarorligimizni va sabotimizni ta’minlaydi. Qilinadigan katta ishlarda yo'nalish, ishonch, g'ayrat va ijobiy ehtiroslarning naqadar katta ahamiyatga ega ekanligi hammamizga ma’lum. Yuksak siyosiy-ijtimoiy va axloqiy hissiyotlar, vijdoniy burch hissi va xususan vatanparvarlik hissi irodamizni mustahkamlaydi, uni kuchli
va sabotli qilib, qo'yilgan maqsadni amalga oshirishimizga ishonch bag'ishlaydi.
Hissiyotlarimiz, agar irodamiz qaratilgan maqsadga mos kelmasa, u holda hissiyotlar irodaga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Bunday hollarda hissiyotlarning ta’siri irodani tormozlashtiradi. Ko'pincha qat’iyatsizlik, beqarorlik va irodaning ojizligi shunday hissiyotlar ta’siri ostida voqe bo'ladi. Ba’zan iroda kuchini ishga solib, ortiqcha ixtiyorsiz harakatlarni quwat- lovchi hissiyotlami cheklashga, ularni kuchsizlantirishga yoki batamom yo'qotib yuborishga to'g'ri keladi. Yuqorida aytib o'tilganidek, mana shunday hollarda iroda kuchining alohida turi bo'lgan vazminlik va o'zini tuta bilish sifatlari ko'rinadi.
Kishining dunyoqarashi irodaga va iroda kuchining namoyon bo'Hshiga katta ta’sir ko'rsatadi. Dunyoqarash kishilarning mehnat va ijodiy faoliyat- laridagi har qanday qiyinchiliklarni yengishlarida ularning irodalarini harakatga keltiruvchi buyuk kuchdir. Ishonch-e’tiqodlar kishining intilishlari va harakatlarini ongli intilish va harakatlar bo'Hshiga yordam beradi. Inti- lishlarimiz va harakatlarimiz, ongli intilish hamda harakatlar bo'lsa va harakatlarimiz qaratilgan maqsad muhim bo'lsa, bu harakatlar ham juda aniq,
qat’iy va barqaror bo'ladi. Ulug' maqsadlar ulug' g'ayrat (energiya) tug'diradi.
Kishi o'z harakatlarida asoslanadigan axloqiy tamoyillar va bu harakatlarni amalga oshirishda dilidan kechiradigan axloqiy hissiyotlar kuchli iroda ko'rsatishda katta ahamiyatga egadirlar.
Irodaviy faollik kishilarning faoliyatlarida turli-tuman sifatlari bilan namoyon boMadi.
Inson faoliyati odamlarga xos boMgan har xil ehtiyojlar asosida yuzaga keladi. Faoliyatning o'zi ehtiyojlarni qondira oladigan yo'l hamda vositalami izlash va shuning bilan birga, ehtiyojni qondiradigan harakatlardan iborat boMadi.
Faoliyatning asosiy turlari — mehnat, o'yin va o'qishdan iboratdir.
Faoliyatning istalgan turi odamda tegishli ko'nikma va malakalar bilan amalga oshiriladi.
Ko'nikma — shunday aqliy hamda jismoniy harakatlar, usullar va yo'l-yo'riqlardan iboratdirki, bular yordami bilan qandaydir maqsadga erishiladi yoki ayni bir faoliyat amalga oshiriladi. Masalan, ayrim harflarni yozish usullari, ko'paytirish va bo'lish usullari, boltani ushlash va mix
qoqish yoki temirni toblashda bolg'a urish usullari shular jumlasidandir.
Ko'nikmalami bilim bilan aralashtirish yaramaydi. Albatta, har qanday ko'nikma bilim bo'lishini taqozo etadi. Lekin bilimning ko'nikma bilan bogMiq boMishi shart emas. Masalan, tarix, geografiya va adabiyot- shunoslikka doir bilimlar shular jumlasidandir.
Bilimlar, asosan, voqelik to'g'ri aks ettiriladigan hukm va mulohaza- larda ifodalanadi.
Ko'nikmalar esa, ko'proq aqliy yoki jismoniy harakatlarda ifodala- nadilar. Ko'nikmalar oldindan belgilangan maqsadga mos bo'lishi' lozim. Har qanday ko'nikma («а» harfini yozish, bolg'a bilan mix qoqish), albatta, ayrim harakatlarning to'la va aniq bo'lishini talab etadi. Yassi dumaloq shaklni yoki ilmoqli to'g'ri chiziqchani seza olmaslik, ruchka yoki
qalamni to'g'ri ushlay olmaslik «а» harfini yoza olmaslikdan dalolat beradi. Bolg'achani sopidan to'g'ri ushlay bilmaslik va bolg'a urishda qoMning noto'g'ri harakat qilishi mix qoqa bilmaslikni ko'rsatadi. Bunda o*quvchi «а» harfining qanday yozilishini va bolg'acha bilan qanday qilib mix qo- qilishini bilishi va hatto gapirib berishi mumkin.
Ko'nikmalar qay daraja o'sganligi jihatidan bir-biridan farq qilishi mumkin. Shuning uchun ko'nikma faqat bilim talab qilibgina qolmay,
333
balki, albatta, qandaydir maqsad amalga oshiriladigan o'zaro mos ha- rakatlarda ham ifodalanadi. O'quvchilar ko'nikma bilan bog'liq bo'lmagan bilimlaiga ega bo'lishi mumkin. Masalan, o'quvchi kasrlami ko'paytirish qoidasini bilishi mumkin, lekin bunday hisob amalini bajara olmasligi ham mumkin, yoki o'quvchi orfograflya qoidalarini bilgani bilan savodli
yoza olmasligi mumkin. Ko'nikmalar amaliy faoliyatga, bilimlami amalda qo'llay bilishga oiddir.
Yuqorida aytib o'tganimizdek, bilimlarga odatlanmagan hech qanday ko'nikma bo'lishi mumkin emas. To'g'ri yozish uchun grammatika qoidalarini bilish shart. Shu bilan biiga, ko'nikma hosil qilish uchun o'quvchi tegishli natijalaiga erishtiruvchi to'g'ri usullarni ham bilishi lozim. Shuning uchun o'qituvchi yozishga o'rgatar ekan, ruchkani qanday qilib to'g'ri
ushlashni, daftaming qanday holatda turishini, yozishda ruchkani qan
chalik bosish kerakligini va shu kabilarni ko'rsatadi.
Yozishga o'rgatish paytida o'qituvchi ayni chog'da kalligrafiya jihatidan aniq va chiroyli qilib yozilgan harflar namunasini beradi, ya’ni boshqacha qilib aytganda, qanday natijaga erishishlari lozimligini o'quvchilarga aniq sur’atda ko'rsatadi. Agar harakat yanglish, maqsadga to'g'ri kelmaydigan usullar bilan bajarilayotgan bo'lsa, bunday holda maqsadga tamoman erishib bo'lmaydi yoki yomon natijalarga olib keladi. O'quvchi yozishning to'g'ri usullarini bilmasligi tufayli, aji-buji o'qib bo'lmaydigan va xunuk yozishi mumkin.
Ish usullarini bilib olgandan so'ng, yoki bilib olish davomida o'quvchi, o'igatilgan qoida yoki ko'rsatilgan namunalarga mos ravishda, ishning
hadisini ola boshlaydi.
Shunday hollar ham bo'ladiki, o'quvchi oldin tegishli bilimlami o'zlashtirmasdan turib, berilgan nusxalarga taqlid qilish yo'li bilan ba’zi ko'nikmalar hosil qiladi. Lekin bunday holda ham ko'nikmalar har holda berilgan nusxani mustaqil kuzatish yo'li bilan olingan bilimga asoslanadi. Ammo bunday bilimlarning aniq bo'lmasligi tufayli ko'r-ko'rona taqlid qilish yo'li bilan orttirilgan ko'nikmalar yetarli darajada o'qib olinmagan va to'la takomillashmagan bo'ladi.
Ko'nikmalar murakkablik darajalari jihatidan ham bir-biridan farq qiladi. Ko'nikma oddiy yoki murakkab bo'lishi mumkin. Masalan, harf- laming elementiaridan chiziqcha yoki aylana yozish oddiy ko'nikma bo'lsa, butun bir so'zlarni yozish murakkab ko'nikmadir.
Murakkab bo'lgan yozish ko'nikmasi o'z ichiga bir qator oddiyroq ko'nikmalami oladi. Masalan, ruchkani to'g'ri ushlash, yozishda ruchkaning bosimini to'g'ri nazorat qila bilish ko'nikmalari.
Sonlarni kvadrat yoki kub ildizdan chiqarishga qaraganda ulami arif- metika usulida qo'shish oddiy ko'nikma bo'ladi.
Ninaga ip taqish va tugmacha chatish — oddiy uquvdir, lekin xuddi shu nina bilan ko'ylak yoki kostum tikish — murakkab uquvdir.
Odamning hayotida ko'nikmalaming ko‘pi malakalar tarzida namoyon bo'ladi. Har qanday malaka ko'nikmadir, lekin har qanday ko'nikmani malaka deb bo'lmaydi. Faqat avtomatlashgan ko'nikmagina malaka deb ataladi. Malakalar, odatda, ongli faoliyatdan, ya’ni mehnat faoliyatlari- dan ajralgan holda namoyon bo'lmaydi.
Malakalar — biron ish-harakatning mustahkamlangan va avtomatlashgan yo'l va usullari bo'lib, bu yo'l va usullar, odatda, murakkab ongli faoliyatni bajarishda qo'llanadi. Masalan, maktabdagi dars o'qituvchi uchun ham, o'quvchilar uchun ham murakkab ongli faoliyatdir. Lekin dars paytida o'qituvchi ham, o'quvchilar ham malaka bo'lib qolgan bir qator avtomatlashgan, ko'nikilgan harakatlar qiladilar: qalam yoki ruchkani qanday ushlash kerakligi haqida hech bir o'ylamay, ishlataveradilar; ayrim harf
va so'zlarni yozishda qalam yoki peroni qanday yurgizish kerakligini o'ylab o'tirmay, yozaveradilar. Bu harakatlarning hammasi dastlab (savod chiqarishda), ya’ni 1-sinfda bajariladigan ongli, ixtiyoriy va ko'nikilgan harakatlardir. Lekin juda ko'p marta takrorlayverish tufayli, bu harakatlar mustahkamlanib qolgan va endi ular ongning bevosita ishtirokisiz, av-
tomatik ravishda qilinaveradi. Shunday qilib, malakalarning o'zi avtomatlashgan harakatlar bo'lishiga qaramay biron-bir murakkab ongli faoliyatdan tashqari, mustaqil ravishda hosil bo'la olmaydi.
Kishining har qanday ongli faoliyati bir butun malakalar sistemasi yordami bilan amalga oshiriladi.
Malakalar avtomatlashish darajasi jihatidan o'zaro farqlanadilar. Masalan, kaliigrafik (chiroyli) yozuvda avtomatlashish juda katta ahamiyatga ega,
o'qish uslubida esa avtomatlashish bilan birga har doim onglilik ham talab etiladi. Malakalar avtomatlashgan harakatlar sifatida o'qish jarayonida ham, inson faoliyatining barcha turlarida ham katta ahamiyatga egadirlar.
Malakalar maxsus zo'r berishsiz hamda ongli harakatlarga nisbatan tez sodir bo'lishi tufayli, faoliyatning ayrim turlari va murakkab ko'nikmalarining amalga oshirilishini yengillashtiradi.
Ammo avtomatlashgan harakatlar bo'lgan malakalami ongli ravishda amalga oshiriladigan harakatlardan batamom ajratib tashlash yaramaydi. Har bir malaka muayyan bir sharoitdagi faoliyat jarayonida ong-
335
Ii harakatga aylanishi mumkin. Aksincha, juda ko‘p ongli harakatlar faoliyat jarayonida malakaga aylanib qolishi ham mumkin. Hosil qilin
gan malakalardan ratsional foydalanilsa, ular yanada ortiqroq takomil- lashgan, ongli ijodiy faoliyat uchun asos va sharoit bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
0 ‘qituvchilar hosil qilgan ko'nikma va malakalami uch turga bo'lish mumkin: ta’lim, unumli mehnat va sport sohasiga doir ko'nikma hamda malakalar.
Maktabdagi o'qishning hamma bosqichlarida har bir predmetni o'zlashtirish bilan birga, bir qator o'quv malakalarini egallash ham talab etiladi.
O'qish jarayonida o'quvchilar dastawal yozish, o'qish va hisoblash ko'nikmasi hamda malakasi hosil qilishlari kerak bo'ladi. Bu ko'nikma va malakalar dastlabki, ya’ni boshlang'ich ko'nikma va malakalar hisoblanadi. Keyinchalik, ana shular asosida orfografiya va matematika sohasida murakkab ko'nikma va malakalar hosil qilinadi.
Ta’limiy ko'nikma va malakalar hosil qilishda o'quvchilaming aqliy faoliyatlari, ayniqsa, katta o'rin tutadi. Bunday ko'nikma va malakalar
hosil qilish jarayonida o'quvchilar juda ko'p narsalarni kuzatishlari, o'ylab ko'rishlari, eslarida olib qolishlari va tasawur etishlari lozim bo'ladi.
Juda ko'p ta’limiy ko'nikmalarda, ayniqsa, orfografiya va matematika sohasidagi ko'nikmalarda qilinadigan ish, asosan, aqliy mehnatga ega bo'ladi. Lekin bir qator ta’limiy ko'nikma va malakalarda (masalan, yozish, chizmachilik, rasm kabilarda) muskul harakatlari ham asosiy rol o'ynaydi. Ta’limiy ko'nikma va malakalarning tarkib topishi zo'r diqqat
va iroda talab etadi.
O'quvchilaming ayrim hollarda orfografiya jihatidan savodsizligiga
(grammatika qoidalariga doirbilimlari bo'lsa ham) xatolarni tuzatish uchun yetarli diqqat qilmasliklari sabab bo'ladi. Ta’limiy ko'nikma va malakalarda avtomatlashish hech qachon to'la bo'lmaydi va to'la bo'lishi ham lozim emas. Bunday ko'nikma va malakalarda avtomatlashish, ko'pincha,
faqat qilinadigan ishning sodda elementlariga qaratilgan bo'ladi.
Unumli mehnatga oid (texnikaviy) ko'nikmalar va malakalar, asosan, harakat a’zolari bilan bog'liq ko'nikma va malakalardir.
O'quvchilarda unumli mehnat ko'nikma va malakalari, asosan, poli- texnika ta’limi jarayonida hosil bo'ladi. Bundan tashqari, ana shunday ko'nikma va malakalar sinfdan tashqari mashg'ulotlarda, texnika to'garaklarida va texnik stansiyalarda hosil bo'ladi. Boshlang'ich sinflarda o'quvchilar mehnat ko'nikma va malakalarini qo‘l mehnati darslarida qog'ozdan, kartondan, gazmollardan, plastilindan va boshqa shu kabi ishlanishi jihatidan bolalaming qurbi yetadigan materiallardan sodda narsa
lar tayyorlash yo'li bilan hosil qiladilar. V—VIII sinflarda o'quvchilar maktab o'quv ustaxonalarida yog'och va metallni ishlash jarayonini o'rganish va fizika, kimyo, tabiiyot hamda boshqa fanlardan amaliy vazifalarni bajarishlari jarayonida birmuncha murakkabroq mehnat ko'nikma va malakalari hosil qiladilar. Yuqori sinf o'quvchilari ishlab chiqarish ta’limi jarayonida va korxonalarda o'tkaziladigan ishlab chiqarish amaliyoti davomida texnikaga oid ko'nikma va malakalar orttiradilar.
Har bir unumli mehnatning asosiy maqsadi (xomashyo yoki polufabri- kat, biron mahsulotning ayrim qismi yoki hammasi to'la ishlanishidan qat’i nazar) biron moddiy, ya’ni amaliy qimmatga ega bo'lgan mahsulot berishdir.
Ishlab chiqarish mehnatiga doir ko'nikma va malakalar ko'proq muskul harakatlarida, asosan, qo'l harakatlarida, ba’zan esa qo'l va oyoqning birgalikda qiladigan harakatlarida ifodalanadi.
Duradgorlik ustaxonalarida orttirilgan qo'l harakatlariga doir ko'nikmalarning misoli tariqasida arralash, qirqish va randalash kabilarni ko'rsatish mumkin. Metallga qo'l bilan ishlov berishda urish harakatlari (zubilo bilan chopish yoki kesish va temir qirqadigan arrani bosish) katta rol o'ynaydi. Bolg'a yoki boshqa asbob bilan ishlayotgan odamning qo'li tobora ortib boruvchi tezlik bilan harakat qiladi. Bunda urish harakati ishlanayotgan narsadan qat’i nazar tezlashib boradi. Shuning uchun urish
harakatida mo'ljalga tushirish birinchi o'rinda turgan maqsaddir. Aksincha, bosish bilan bog'liq bo'lgan harakatlarda qo'ldagi asbob ishlanilayot-
gan materialga bab-baravar tegib, tekis harakat qiladi.
Berilgan vazifani mohirlik bilan bajarish uchun o'quvchilardan ko'pincha tez va aniq harakat qilish, ish davomida ko'z va qo'l harakat- larining bir-biriga mosligi hamda dadillik, mustaqillik va saranjomlik kabi shaxsiy sifatlar talab etiladi.
O'quvchilar jismoniy tarbiya ko'nikmalari va malakalarini egallashlari davomida tezlik hamda baquwatlik, moslashgan harakatlar va chaqqonlik kabi sifatlarga ega bo'lgan har turli muskul harakatlarini hosil qiladilar. Saflanish usullari hamda gimnastik tarzda qayta saflanish, tirmashib chiqish va oshib tushish, sakrash, muvozanatni saqlash, yurish va yugurish, irg'itish, to'siqlami yengib o'tish va shuning kabi harakatlar ana
shular jumlasidandir.
Maktabdagi jismoniy tarbiya mashg'ulotlari o'quvchilami jismoniy jihatdan har tomonlama taraqqiy qilishlariga, ularning badan tarbiyasiga,
ayrim sport turlarining texnikasini egallashlariga. va shuning bilan birga GTO ning ta’limiy hamda umumiy kompleks normalarini topshirish uchun tayyorgarlik ko'rishlariga yordam berishi kerak.
Maktabdagi turli sinflarda jismoniy tarbiyadan o'tkaziladigan mashg'ulotlaming mazmuni va metodlari o'quvchilaming yosh xususiyat- lariga hamda ulaming jismoniy imkoniyatlariga mos bo'lishi kerak.
Jismoniy tarbiya — o'sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash, o'quvchilaming salomatliklarini mustahkamlash, ularni unumli mehnat faoliyati va vatan mudofaasiga tayyorlash vositalaridan biridir.
Ko'nikma va malakalar hosil bo'lishning nerv-fiziologik asosi shartli reflekslardir. Har bir malaka va har bir odat, o'z fiziologiyasi asosiga ko'ra, shartli refleks bog'lanishlari sistemasidan iborat. Malaka va odat- larning hosil bo'lishida, shuningdek, ulaming o'zgarishida shartli refleks- laming hosil bo'lishi, o'zgarishi hamda tormozlanishiga oid bo'lgan barcha qonunlar, jumladan, dinamik stereotip hosil bo'lishi qonuniyatlari amal qiladi. Malaka va odatlarni o'rganishda l.P. Pavlovning quyidagi so'zlarini nazarda tutish lozim: «Bizdagi tarbiya, ta’lim, intizomning barcha turlari, har qanday odatlar qator-qator tuzilgan juda ko'p shartli reflekslardan iborat bo'lsa kerak. Muayyan sharoit, ya’ni muayyan
qo'zg'ovchilar bilan harakatlarimiz o'rtasida hosil bo'lgan va mustahkam- langan bog'lanishlar ko'pincha, hattoki ataylab qarshilik qilishimizga qaramay, doimo o'z-o'zidan takrorlanaverishini kim bilmaydi? Bu narsa muayyan bir harakatlarni bajarishga va shuning bilan birga, bunday ha- rakatlami to'xtata bilishga, ya’ni ham musbat, ham manfiy reflekslarga
baravar taalluqlidir. Shuningdek, ba’zan o'yin paytida yoki turli san’at mashg'ulotlarida ishda uchraydigan ortiqcha harakatlarni yo'qotish uchun lozim bo'lgan tormozlanish tug'dirish oson emasligi ma’lumdir» (Полное собрание сочинений, IV tom, 415-bet).
Psixikaning taraqqiyoti degan bobda ko'rsatib o'tilganidek, malaka va ko'nikmalar hayvonlarda ham hosil bo'ladi. Hayvonlarda malaka va
ko'nikmalar ulaming ehtiyojlariga, yashash sharoitiga bog'liq holda, taqlid yo'li bilan va shuning bilan biiga, odamlar tomonidan o'igatish yo'li bilan hosil bo'ladi. Hayvonlarda malaka va ko'nikmalar birinchi signal sistemasi doirasidagi bog'lanishlar asosida vujudga keladi. Odamda malaka va ko'nikmalaming hosil bo'lishida birinchi signal sistemasi bilan o'zaro munosabatda bo'lgan ikkinchi signal sistemasi ko'proq ahamiyatga egadir.
Biron narsaning uddasidan chiqa oladigan bo'lish uchun kishi, dastawal qanday harakatlarga intilish kerakligini va bu harakatlarning qay yo'sinda amalga oshirilishini bilib olishi va esida saqlab qolishi kerak. Shundagina kishi talab qilingan natijaga erishishi mumkin. Ishning bajarish usullarini bilgandan so'ng yoki bilish mobaynida kishi birovning tushuntirishi bo'yicha yoki nusxaga qarab, xuddi shunday harakatlarni qila boshlaydi. Masalan, endigina yozishni o'rganayotgan bola «а» harfini qanday yozish kerakligini o'qituvchining tushuntirishidan va nusxadan qarab bilib oladi. So'ngra bu harfni uning o'zi ham yoza boshlaydi. U awal yarim doira shaklini chizadi va buning o'ng tarafiga pastki tomoni biroz qaytarilgan to'g'ri chiziq qo'shadi. Bu bolaning «а» harfini o'igana boshlashi demakdir.
Biron ishning uddasidan chiqishni o'rganishning bu dastlabki davrida har bir yangi harakat ongli ravishda bajariladi. Kishining diqqati, odatda, bajarilayotgan ishning o'ziga emas, balki, ko'proq o'zining ayrim ha- rakatlariga qaratilgan bo'ladi. Biron ishning uddasidan chiqishni o'rganishning bu davri tegishli ish-harakatlami yoki zehniy ishni amalga oshirishda kerak bo'ladigan usullarni ongli ravishda tanlashdan iborat
bo'ladiki, bu usullarning birga qo'shilishi natijasida maqsadga muvofiq va to'g'ri ish harakatlar qilinadi. Ammo biron ishning uddasidan chiqishni o'rganishning dastlabki davridagi harakatlar ko'pincha bir-biriga qovush- magan bo'ladi. Masalan, bola xat yozishni o'rganar ekan, «а» harfini faqat bitta harakat yordami bilan emas, balki eng kamida ikkita harakat yordami bilan yozadi, u yarim doira shaklini alohida chizib oladi va so'ngra esa bunga pastki tomoni biroz qayrilgan chiziq qo'shadi.
Biron ishning uddasidan chiqishni o'rganishning dastlabki davriga xos bo'lgan xarakterli xususiyatlardan biri ortiqcha kuch sarf etishni talab qiluvchi yanglish va qo'shimcha harakatlarning ko'p bo'lishidir. Masalan, endi yozishga o'rganayotgan bolalar, ko'pincha, yozish paytida tillari, yuz muskullari, butun badanlari bilan zo'r berib harakat qiladilar, ba’zan oyoqlarini ham qimirlatadilar.
Biron ishning uddasidan chiqishni o'rganishning bundan keyingi davri — bilib qilinadigan ongli harakatning mustahkamlanish va takomilla- nish davridir. Bunda ko'nikmalar mashq qilish orasida mustahkamlanadi. Mashq — ko'nikma hamda kerakli usul va harakatlarni mustahkamlash hamda takomillashtirish maqsadida ulami ko'p marta takrorlashdir. Mashq jarayonida harakatlar faqat mustahkamlanibgina qolmay, balki o'zgaradi va aniq, tez hamda puxta bajariladigan bo'ladi.
Yozishni endigina o'rganayotgan bola har bir harfni to'g'ri va chiroyli
qilib yozishga intiladi. Lekin bola dastawal boshdan shoshib yozadigan bo'lsa, bunda u juda ko‘p kalligrafik va orfograflk xatolarga yo‘l qo'yib yuborishi mumkin. O'quvchi faqat uzoq vaqt davomida mashq qilishi orqali to'g'ri va chiroyli yozishni saqlab qolgan holda, tez yoza oladigan bo'ladi. Agar o'quvchi hali birinchi chorak davomida o'qishning elementar usullarini egallamagan bo'lsa-yu, lekin tez o'qishga intilsa, bunday qilganda, odatda, o'qishda ham juda ko'p xatolar (ayrim so'zlarni tashlab
ketish, matnni yanglish o'qish) ro'y beradi. Yil oxiriga kelib, o'qish texni- kasining tobora takomillashishi bilan o'quvchining o'qish tezligi ham te
gishli ravishda ortib boradi.
Mashqlar jarayonida kishining ixtiyoriy diqqati butun ishga ham, uning ayrim tomonlariga ham qaratilgan bo'ladi. Bunda harakatlarning to'g'ri bajarilayoganligi, asosan, ko'z bilan nazorat qilinadi.
Biron ishning uddasidan chiqishni o'rganishning bu davrida ayrim harakatlarning bir-biriga muvofiqlashuvi (koordinatsiyasi) takomillasha- di. Bir necha harakatlar bir butun murakkab harakat, amal bo'lib bir- lashadi, umuman qattiq zo'r berish ozayadi va ko'p ortiqcha harakatlar
yo'qola boradi.
Ortiqcha va qo'shimcha harakatlarning yo'qotilishi differensirovka hosil bo'lishning natijasidir: muvaffaqiyatli natija bilan quwatlanmagan harakatlar asta-sekin tormozlanadi, kerakli natijaga olib boruvchi turli harakatlar esa mashq qilish davomida tobora mustahkamlanadi.
Harakatlarning avtomatlashish davrida ko'nikmalar faqatgina juda yaxshi mustahkamlanib qolmay, balki yanada takomillashadi, bu davrda ortiqcha harakatlarning yo'qola borishi davom etadi, kerakli harakatlar esa yanada aniqroq, ixchamroq va tezroq bo'la boradi.
Malakaning mustahkamlanishi va avtomatlashishi maxsus mashqlar va o'rganish davrida tugallanmaydi. Malakalar faoliyatning o'zida ham takomillashaveradi. Masalan, agar kishiga umrida juda ko'p yozish va o'qish to'g'ri kelsa, uning orfografiya malakasi juda mustahkam bo'ladi. Barcha mehnat malakalari mehnat jarayonining o'zida takomillashadi. Malakani egallash uchun qilinadigan maxsus mashqlar faqat tayyorgarlik ahamiyatiga egadir.
Shunday hollar ham bo'ladiki, bunda malakalar maxsus mashq va o'rganish natijasida hosil qilinmay, balki faoliyat jarayonida hosil qilina- veradi, hatto ishni uddalay bilishni avtomatlashtirish ko'zda tutilmagan taqdirda ham faoliyat jarayonida hosil qilinaveradi.
Avtomatlashgan harakatlar, ya’ni ko'nikma va malakalar ong nazorati- dan batamom chiqib ketmaydi. Sharoit o'zgarib qolgan paytda ular yana ongli ravishda takrorlanaveradi, bunda qilinadigan ayrim ishlarni o'ylab olinadi.
Avtomatlashgan harakatlar biron-bir to‘siqqa duch kelib qolgan payt- larida shunday boMadi. Masalan, yurish juda ham avtomatlashgan va mus- tahkamlangan malakadir. Ammo yoMda to'satdan o‘ra yoki keng ariq uchrab qolsa, kishi bu to‘siqdan xatlab o'taymi yoki aylanib o‘taymi, bulardan qay biri ma’qulroq deb o'ylay boshlaydi.
Taxtani randalash paytida ko‘zli joyga to‘g‘ri kelib qolish mumkin.
Ana shunday holda bu ko‘zni nima qilish kerak, tashlab o'tish kerakmi, yoki ko'rib turib qattiqroq randalab yuborish kerakmi, degan ma’noda ongli ravishda biron usul qidirila boshlanadi.
Faoliyatning sharoiti o'zgarib qolganda, yangi vazifalar qo'yilganda kishi ulami ongli ravishda boshqa yo'l va usullar bilan bajarishga o'tishda ham shunday boMadi. Bu shu narsadan dalolat beradiki, ko'nikmalar ustidan ongli nazorat qilish batamom yo'qolmas ekan.
O'quvchilaming ishlab chiqarish mehnatiga doir ko'nikma va malaka- larni egallashlari tufayli maktabning turmush bilan bog'lanishi va o'quvchilami amaliy faoliyatga tayyorlash amalga oshiriladi.
\ O'qish jarayonida hosil boMadigan hamma ko'nikma va malakalar o'zaro bir-biri bilan bogMangan holda hosil boMadi. Chunonchi, o'qish ishlari bilan bogMiq boMgan ko'nikma va malakalarning shakllanishi ishlab chiqarish mehnatiga doir ko'nikma hamda malakalarning o'zlashtirilishiga yordam beradi. Ishlab chiqarish mehnati va sport sohasiga doir malakalarning o'zlashtirilishi ham o'zaro bogMiq boMgan hodisadir.
Maktablarda va kasb-hunar kollejlarida asosiy diqqat o'quvchilarda ishlab chiqarish mehnatiga doir ko'nikma va malakalami hosil qilishga qaratilgan. Ana shunday ko'nikma va malakalami yuzaga keltirish o'quvchilardan alohida jiddiylik bilan aqliy kuchlarini, ya’ni idrok, xotira, xayol, tafakkur, diqqat va irodalarini qattiq zo'r berib ishga solishni talab etadi. Inson psixikasining ana shu hamma tomonlari ko'nikma va malakalar egallashning dastlabki davrida xususan yaqqol namoyon boMadi.
Shuning bilan bir vaqtda ko'nikmalar hosil bo'lish jarayoni o'quvchilaming aqliy taraqqiyotlariga ta’sir qiladi. Harakatlar yordami bilan bajariladigan ishga oid ko'nikmalarda bu harakatlar qaratilgan narsa- lami idrok qilish chuqurlashadi hamda aniqlashadi.
Qanday bo'lmasin bir ishni qila bilish tafakkur va xayolning taraqqi- yotiga yordam beradi. Malaka egallash jarayoni juda ham to'plangan hamda barqaror diqqat va irodaning taraqqiyotiga yordam beradi.
Ishlab chiqarish mehnatiga doir ko'nikmalar o'quvchilardan turli xildagi a’zoi badan harakatlarini hamda a’zoi badanning zo'r berishi talab qilinadi va shu bilan o'quvchilar muskul sistemalarining mustahkamla- nishiga yordam beradi.
Shuning uchun ishlab chiqarish mehnatiga doir ko'nikmalarni hosil qilish maktabdagi o'qitish jarayonining birdan-bir maqsadi bo'lib qolmay, balki boshqa o'quv predmetlari singari, o'quvchilami aqliy va jismoniy jihatdan har tomonlama rivojlantirish vositasi sifatida ham xizmat qiladi.
Malakalar hosil bo'lish jarayoniga xos bir qator qonuniyatlar bor. Ulardan asosiylarini ko'rsatib o'tamiz.
Malakalar hosil qilish jarayonida ijobiy yutuqlar bilan bir qatorda, ba’zan xato, noto'g'ri harakatlarga ham yo'l qo'yiladi. Mashqlaming muvaffa- qiyati — ijobiy yutuqlaming o'sishi va ko'payishidan, ya’ni to'g'ri harakatlarning ko'payishidan, xatolar sonining kamayib borishidan iboratdir.
Ijobiy yutuqlaming o'sishi birtekisda bo'lmasligi mumkin, ya’ni ma’lum bir darajada ancha vaqt to'xtab, birdan ko'tarilib ketib va vaqtincha yana pasayib ketishi mumkin. Har bir takrordan so'ng, xatolar sonining kama-
yishi ham xuddi shunday notekis bo'ladi.
Malaka hosil bo'lish jarayonini mashq egri chiziqlari deb ataluvchi ko'rsatkichlar yordami bilan grafik ravishda ifodalab berish mumkin.
Mashq egri chizig'i, odatda, shunday tuziladi; gorizontal chiziq yoki abssissa baravar masofalarga bo'linib, bular orqali takrorlash miqdori yoki ishning ketma-ket borish vaqti (soat, kun, hafta va boshqalar) ko'rsatiladi. Tik chizish yoki ordinata ham baravar masofalarga bo'linib, ular orqali ish miqdori yoki sifatining muvafifaqiyati ko'rsatiladi. Abssissa va ordina- talardagi bo'linmalarga muvofiq ravishda egri chiziq, ishning miqdori va
О
O’
5 10
36-rasm. Harakat malakasi 3 7-rasm. Harakat malakasi bo'yicha mashq bo'yicha mashq egri chizig'i. egri chizig'i: xatolar sonining kamayishi.
342
sifati oshganda yuqoriga ko'tariladi, pasayganda esa pastga qarab tushadi.
Quyidagi egri chiziqlar mashq jarayonida erishilgan ijobiy ko'rsatkich- laming o‘sishi va salbiy ko‘rsatkichlaming kamayishi qanday boiganligiga misol bo‘la oladi. Egri chiziq ko‘tarilishining yoki pasayishining tikligi mashqning qanchalik tez va muvaffaqiyatli borayotganini ko'rsatadi.
Mana shu yuqorida keltirilgan mashq egri chiziqlardan ko‘rinib turib- diki, malaka hosil qilishdagi muvaffaqiyat hamma vaqt ham takrorlash miqdori va mashqlar vaqtining ortishiga munosib ravishda o‘savermaydi. Bu yerda ikki xil natija boMishi mumkin. Ba’zi malaka hosil qilishda mashq egri chizig'i dastlabki daviga nisbatan sekin ko'tariladi (38-rasm), ijobiy yutuqlaming eng ko‘p o‘sishini mashqlaming o‘rta davrida ko‘rish mumkin. Oxiriga kelib, egri chiziqning o‘sishi sekinlashadi. Bu shunday hollarda boMadiki, bunda harakat usullari murakkab boMadi va shu sababli biron ishni uddalashga o'rganish uchun ko‘p vaqt sarf qilishga to‘g‘ri keladi. Agar harakat usullari mashqning dastlabki davrida murakkab boMmasa, egri chiziq tik ko‘tarilib ketadi (39-rasm). Mashqning ikkinchi davrida bu egri chiziqning ko'tarilishi sekinlashadi, bundan keyin esa yanada ko‘proq sekinlashadi.
Biron kasb yuzasidan tajribaning ortishi va shu kasbga doir mohirlik- ning uzluksiz ravishda yuksalishi malakalarning takomillashishiga yor
dam beradi.
Mashq egri chiziqlarida, ko'pincha, plato deb ataladigan holatni ko‘rishimiz mumkin. Bu malaka taraqqiyoti davomidagi muvaffaqiyat- ning o‘sishini yoki salbiy momentlaming pasayishini vaqtincha to'xtab
qolishidir. Mashq egri chiziqlarda plato deyarli gorizontal ravishda davom etuvchi bir boMak chiziq tarzida aks ettiriladi (40-rasm). Plato ho- disasining sodir boMishiga toliqish, mashqqa boMgan qiziqishning susayi-
60
/
50
/
UiO j= 10 40
i
15 N 30
— Jxi /
— 20
f
10
0
1 2 3 4 5
38-rasm. Koptokni otish va ilib olish 39-rasm. Belbog‘ о ‘yini bo'yicha bo'yicha qilingan mashq egri chizig'i. qilingan mashq egri chizig'i.
shi, zerikish, ishning bir xildaligi va shuning kabilar sabab bo'lishi mumkin. Harakat usullarining mukammal bo‘lmasligini ham shu sabablar qatoriga qo'shish mumkin, ba’zan bu usullar malakaning samaraliligini ma’lum darajagacha olib chiqib, undan keyin taraqqiy ettirmay susayishi mumkin. Bunday holda mashq egri chizig'i ma lum bir darajada to'xtab qoladi. Agar bordi-yu yangicha harakat usullari egallab olinsa, bunday paytda dastawal, ya’ni yangi harakat usullari o'zlashtirilguncha mashq egri chizig'i ham ma’lum bir darajada to'xtab turaverishi mumkin. Mashq egri chizig'ining keyingi, ya’ni platodan so'nggi ko'tarilishi, yangi harakat usullarining ilgarigilariga qaraganda ancha takomillashganligini ko'rsatadi.
Malaka hosil qilishda ba’zan ko'tarilgan mashq egri chizig'ining goh pastga tushib ketishini ham ko'rish mumkin. Bunda mashq egri chizig'i kungura-kunguradek ko'rinadi. Bu hodisa, birinchidan, mashqning tasodifiy noqulay sharoitda o'tishiga, ya’ni kayfiyatning yomonligiga, toliqishga,
diqqatning boshqa narsalarga chalg'ib ketaverishiga va shuning kabilarga bog'liq. Ikkinchidan, boshqa murakkabroq, takomillashganroq ish usuliga o'tish ham mashq egri chizig'ining quyi tushishiga sabab bo'lishi mumkin. Bunday holatda mashq egri chizig'ining ham, platoning ham vaqtincha quyi tushishi batamom qonuni hodisa bo'lishi mumkin.
Mashq kunlari
40-rasm. Otish malakasi bo'yicha mashq egri chizig'i.
Kishining turli faoliyat xillarini amalga oshirishida va faoliyat jarayonining o'zida har xil malakalar hosil qilishi va o'zlashtirishi lozim bo'ladi. Yangi malakalar ilgari hosil qilingan va mus- tahkamlangan malakalar asosida hosil bo'ladi. Yangi hosil qilinayotgan malakalar ilgari o'zlashtirilgan malakalar bilan ma’lum munosabatda bo'ladi. Ilgari o'zlashtirilgan malakalar, odatda, yangi malakalami o'zlashtirish jarayoniga ta’sir qiladilar. Bizda bor bo'lgan malakalar yangi malakalami tezroq va mustahkam o'zlashtirishga yoki, aksincha, o'zlashtirishni tormozlab, to'xtatib qo'yishga ta’sir ko'rsatishlari mumkin.
Ilgari mustahkamlangan malakalarning yangi malakalar hosil qilishga ijobiy ta’sir ko'rsatishi malakani ko'chirish deb ataladi.
Bu qonuniyat awalo shundan iboratki, ma’lum bir sohada hosil qilingan malaka shunga yaqin sohaga doir boshqa malakalami ancha yengillik bilan egallashga moyillik tug'diradi. Masalan, ma’lum bir mashinada, epchillik bilan ishlaydigan ishchi bundan ko'ra murakkabroq yoki boshqa- charoq mashinada ishlashni tez orada o'rganib oladi. Bir xil musiqa asbo- bida chalish texnikasini egallagan kishi boshqa asboblarda chalishni yengillik bilan o'rganadi. Ma’lum bir chet tilini o'rganishda qilinadigan mashqlar boshqa tillami o'zlashtirishni ham yengillashtiradi.
Malakalarning ko'chish hodisasining bir necha sabablari bor. Bu yerda turli malakalami hosil qilishda o'xshash elementlaming borligi va aynan yoki o'xshash psixik jarayonlarning borligi katta ahamiyatga egadir. Masalan, tillami o'rganishda bir xil alfavit va ayrim tovushlarni ishlata bilish rol o'ynaydi; musiqaviy malakalami hosil qilishda bir xil nota belgilari, yuksak musiqiy ohang eshita bilish qobiliyati, ko'rish va harakat koordi- natsiyasi va shuning kabilar katta rol o'ynaydi.
Malakalarning ko'chishiga ishning va mashqning umumiy usullari ham yordam ko'rsatadi. Masalan, qandaydir bir chet tilini egallashda kishida ayrim so'zlar, gaplar talaffuzining bir qator maxsus usullari, o'rganilayotgan materialni tartibga solish usullari va esda olib qolish usullari hosil qilinadi. Yangi tilni o'rganishda shu usullarning hammasi ko'chiriladi va ular yangi til malakalarini tezroq egallashga yordam beradi.
Nihoyat, malakalami ko'chirish uchun ilgarigi malakalami hosil qilishda maqsad qilib tutgan yo'l katta ahamiyatga egadir. Har qanday malaka orttirish kishini epchil qiladi, ya’ni uni boshqa malakalar va xususan o'xshash malakalami egallashga uquvliroq qiladi. Ilgarigi malakalami o'zlashtirish jarayonida kishida yangi malakalami o'zlashtirishga alohida «malaka», ya’ni malakalar hosil qilish layoqati paydo bo'ladi.
Malakaning ko'chishi, yana shunda ko'rinadiki, muayyan bir a’zoimizda malaka hosil qilish shu harakatlarni maxsus mashqlarsiz boshqa
a’zolarimiz bilan ham bajaraverish imkoniyatini tug'diradi. Bir a’zoimizni mashq qildirganimizda boshqa a’zolarimiz ham shunga qo'shib mashq qildiriladi. Masalan, har birimiz o'ng qo'limiz bilan xat yozishga mashq qilganmiz, lekin birmuncha yomonroq bo'lsa-da, chap qo'limiz bilan ham yoza olamiz. Tajriba, masalan, shu narsani ko'rsatganki, o'ngqo'lda ikki
ta koptokni otib o'ynay bilish qobiliyati chap qo'lga ham o'tar ekan.
Malakaning bu xildagi ko'chishining sababi shundadirki, malaka hosil qilish o'z fiziologik mexanizmi jihatidan faqat periferiya nerv sistemasi- gagina bog'liq bo'lib qolmay, balki markaziy nerv sistemasiga ham bog'liq bo'lgan jarayondir. Har xil malakani hosil qilishda butun nerv sistemasi qatnashadi. Biron-bir yakka a’zo, chunonchi, qo'lning o'zigina emas, balki kishining butun vujudi mashq qiladi. Bu mashq jarayonida bosh miya yarim sharlarining po'stida tegishli dinamik stereotip vujudga keladi
va u boshqa o'xshash dinamik stereotipning hosil qilinishiga ta’sir ko'rsatadi. Lekin, albatta, eng samarali malaka mashq qildirilgan a’zoda hosil bo'ladi, chunki bunda mashq markaziy nerv sistemasining, asosan shu a’zo bilan bevosita bog'liq bo'lgan periferiya qismlari o'rtasidagi o'zaro munosabat negizida voqe bo'ladi.
Mustahkamlashib ketgan malakalar yangi malakalar hosil qilishga salbiy va tormozlantiruvchi tarzda ta’sir qilishi mumkin. Malakalarning mana shunday o'zaro salbiy munosabatlarini, odatda, malakalar interferensiyasi deb ataladi. Bu yerda malakalarning o'zaro salbiy munosabatlari shundan iboratki, ilgari hosil qilingan malakalar yangi malakalar hosil qilishni qi-
yinlashtiradi yoki ularning samaraliligini pasaytiradi. Masalan, agar mashinistka alfaviti ma’lum tartibda joylashgan mashinkada ishlashga odatlanib qolgan bo'lsa, alfaviti boshqacha tartibda joylashgan mashin- kaga o'tishda katta qiyinchiliklar tug'diradi.
Bunday tormozlanish yoki interferensiyaning sababi malakalar va shu malakalami harakatga keltiruvchi qo'zg'ovchilar o'rtasida hosil bo'lgan assotsiatsiyalardan iboratdir. Bu shundan iboratki, agar A qo'zg'ovchisi bilan В reaksiyasi o'rtasida mustahkam shartli bog'lanish — assotsiatsiya hosil qilingan bo'lsa, bunday holda xuddi shu L qo‘zg‘ovchisi bilan yangi harakat reaksiyasi bo'lgan В о Vfasidagi assotsiatsiya qiyinchilik bilan hosil qilinadi. Bu yerda assotsiativ tormozlanish sodir bo'ladi.
Interferensiyaning boshqacha turi ham bo'lishi mumkin. Yangi malaka qanday bo'lmasin hosil qilinadi va mustahkamlanadi. Lekin shunday bo'Hshiga qaramay, ayni shu malakaning qo'llanishi kerak bo'lib qolgan paytda shu malaka bilan aloqasi bo'lgan stimul bor bo'lsa ham bu malakani qayta tiklashda (demak, qo'llanishda ham) biroz kechikish hosil bo'lishi mumkin yoki bo'lmasa yangi malakaning o'rnini ilgari mustahkamlangan, ammo hozir keraksiz bo'lgan malaka egallab olishi mumkin. Masalan, mashinistka ba’zan kerakli harfning o'miga ilgari ishlangan bo'lak mashinka klaviaturasining xuddi shu yerda tur
gan boshqa harfni urib yuboradi. Bu yerda biz ilgari o'zlashtirilgan malakani qayta tiklashda sodir bo'ladigan interferensiya holatini ko'rdik. Bu reproduktiv tormozlanishdir.
Malakalarning interferensiya hodisasi bilan ta’lim ishida tez-tez to'qnashib turishga to'g'ri keladi. Masalan, malakalarning interferensiyasi yozish, o'qish, ayrim so'zlarni talaffuz qilish va shuning kabilar yuzasidan hosil qilingan yanglish malakalami tuzatishda ko'rinadi. Bunday hollarda ayrim malakalami boshqalari bilan almashtirishga, ba’zilarini esa qayta o'rganishga to'g'ri keladi.
Hosil qilingan malakalar qo'llanishi va takrorlanishiga qarab, yuksalishi yoki pasayishi mumkin.
Qaysi bir malaka faoliyatda qancha ko‘p qo‘llanilsa va turishda qancha ko‘p takrorlansa, u shunchalik mustahkam va avtomatlashgan boMaveradi. Masalan, hammaga ma’lumki, yozish malakasi juda mus- tahkamlanib va avtomatlashib ketgani tufayli, kishi hattoki ba’zan bir
grammatika qoidalarini esidan chiqarib qo‘ysa ham, baribir, to‘g‘ri yoza- veradi. Malaka va odatlaming yuksalishi bu malaka hamda odatlaming juda ham takomillashuvi va avtomatlanishidadir. Bu esa faoliyatning muvafifaqiyatini ta’minlaydi. Agar hosil qilingan malakalar uzoq vaqt da
vomida qo'llanilmasa, ular so‘na boshlaydi, ya’ni pasaya boshlaydi.
Malakalar pasayishining nerv-fiziologik asosi ichki (yoki shartli) tormozlanish, ya’ni amaliy ish bilan mustahkamlanmagan muvaqqat bog'lanishlarning so‘nishidir.
Malakalarning so‘nishi, awalo, shunda ko'rinadiki, bunda avtomatik harakatlar sekinlasha boradi va bu harakatlarda yanglish va xatolar ro‘y bera boshlaydi. So'ngra malakalarning so‘nishi avtomatlashgan harakatlarning yo‘qolishida ko'rinadi, buni deavtomatizatsiya deyiladi, ya’ni ilgari avtomatlashgan harakatlarni bajarish endi yana o‘ylashni va maxsus qaratilgan diqqatning, ong nazoratining bo'lishini talab qiladigan bo'lib qoladi.
Nihoyat, malakalarning so'nishi ulami batamom esdan chiqarib yu- borishda ko'rinadi. Kishi bir qancha vaqtdan so'ng lozim bo'lib qolgan
sharoitda qachonlardir malaka sifatida o'zlashtirilgan harakatlaridan foydalana olmay qoladi.
Malakalarning pasayishi faqat vaqtgagina bog'liq bo'lib qolmay, balki bir qator boshqa sabablarga ham bog'liqdir. Uzoq davom etgan toliqish, kuchli kechinmalar va o'z kuchiga ishonmaslik natijasida malakalar bu- zilishi va pasayishi mumkin. Ba’zi bir asabiy kasalliklar ham malakalami pasaytirib yoki buzib yuboradi.
Bir qator harakatlar va turli usullarni talab qiladigan murakkab malakalar, ayniqsa, tezda pasayadi va buziladi. Yaxshi mustahkamlangan malakalar uzoq saqlanib qoladi. Ma’lumki, bolalikda hosil qilingan malakalar puxta esda qoladi va eng barqaror malakalar bo'lib qoladi.
Ammo shuni nazarda tutish kerakki, malakaning pasayishi. ba’zi hol- lardagina batamom yo'qolib ketish darajasigacha yetishi mumkin. Malaka buzilganda yoki uni esdan chiqarib yuborilganda, odatda, undan ba’zi bir «izlar» qoladi. Mana shu qolgan izlar tufayli, malaka qayta tiklanishi mumkin.
Malakaning qayta tiklanishi uchun ham mashq qilish kerak bo'ladi.
To‘g‘ri malakani dastlab hosil qilish va mustahkamlashga nisbatan uni qayta tiklashda ancha kam mashq talab qilinadi. Bu holat shuni ko'rsatadiki, hosil qilingan malaka iz qoldirmasdan уo‘qolib ketmaydi.
Malaka hosil bo‘lish jarayonining tezligi har xil bo'lishi mumkin. Ayni bir kishidagi ayrim malakalar va turli kishilardagi bir xil malakalar turlicha tezlik bilan hosil bo'lishi mumkin. Malaka hosil bo'lish tezligi zaruriy harakatlarni takrorlash soni va malaka hosil qilish uchun sarf qilingan vaqt bilan aniqlanadi. Malaka hosil qilish uchun sarf qilingan vaqt soat, kun, oy, ba’zan esa yillar bilan o'lchanadi.
Malaka hosil qilish tezligi, dastawal shu malakaning murakkablik darajasiga bog'liq bo'ladi.
Malaka qanchalik murakkab bo'lsa, u shunchalik sekin hosil qilinadi.
Masalan, mix qoqishda bolg'achani to'g'ri urish malakasi, shu mixlarni ustaxonada (qo'l bilan) tayyorlashda bolg'a bilan ishlash malakasiga qaraganda, juda tez hosil qilinadi. Orfografiya va sintaksisning barcha qoidalariga rioya qilib yozish malakalarini egallashga qaraganda yozishning oddiy texnikasini egallash uchun kamroq vaqt talab qilinadi.
Hosil qilayotgan malaka qanchalik murakkab bo'lsa, uni o'zlashtirishga shunchalik ko'p vaqt, shunchalik ko'p bilim va harakatlarni bir-biriga shunchalik yaxshi moslashtirish talab qilinadi. Mana shularning ham- masidan foydalanilgan holda hosil qilinadigan malaka esa albatta, ham
ko'p vaqt, ham tez-tez takrorlashni talab qiladi.
Malaka hosil qilishning tezligi va uning mustahkamligi kishining yoshiga ham bog'liq bo'ladi.
Ayrim malakalar kishining yoshlik davrida tez hosil bo'lsa, boshqalari esa kishi katta bo'lgandan so'ng yengilroq hosil bo'ladi. Masalan, til malakalari 3—4 yoshdayoq yengillik bilan hosil bo'ladi. Buning sababi shundaki, bolaning nutq apparati nutqning fonetika va morfologiyasini egallashga batamom tayyor bo'ladi. Uning tafakkuri esa oddiy nutqning ma’nosini anglash va ayrim so'zlarni tushunish uchun yetarli darajada o'sgan bo'ladi. Shu yoshdan boshlab, bolalar gaplashish jarayonida faqat o'z ona tillari- dangina fonetika va morfologiyaning asosiy malakalarini osonlik bilan o'zlashtirib qolmay, balki boshqa tillardan ham fonetika va morfologiyaning asosiy malakalarini osonlik bilan o'zlashtira oladilar.
Olti-yetti yoshli bolalarda yozish va o'qish malakalari yengillik bilan hosil bo'la boshlaydi. Shu yoshdan boshlab, bola mashq qilsa, musiqa as- boblarini chalish malakalari ham unda ancha yengil hosil bo'la boshlaydi.
Hunar va texnika malakalari 14—15 yoshdan boshlab juda yaxshi o‘zlashtirila boshlaydi. Buning sababi shuki, bunday malakalami hosil qilish uchun yetarli darajada o'sgan tafakkur va tajribadan tashqari, yana organizm va muskul sistemasining chiniqqan va yetarli darajada o‘sgan
bo'lishi shart.
Kishi ulg‘aygan sari unda malakalarining hamma turlari hosil boMishi mumkin.
Xuddi shuning singari juda ko‘p odatlaming hosil qilinishi ham yosh bolalik davridan boshlanadi. Masalan, bola o‘z-o‘ziga xizmat qilishga o'rganishi, yaxshilab kiyinish va yechinishga, o'yinchoqlarini ehtiyot qilish hamda maMum tartibda saqlashga o'rganishi davomida unda ijobiy odatlar yuzaga keladi.
Malaka hosil bo'lish tezligi va uning mustahkamligi ko'p darajada kishining nerv sistemasining holatiga bogMiq boMadi. Nerv sistemasi sog'lom va tetik bo'lsa, odatda, malaka va odatlar ham juda tez hamda juda yaxshi mustahkamlanadi. Aksincha, nerv sistemasi kasal, toliqqan yoki zahar- langan bo'lsa, malakalar ham sekinlik bilan hosil bo'ladi. Ayrim hollarda mashq egri chiziqlaridagi plato ham, malakalar hosil bo'lishning pasayishi ham, avtomatlashgan harakatlar va malakalarning buzilishi ham nerv sistemasining toliqqanligi va kasalligiga bogMiq boMadi.
Ana shu munosabat bilan mashg'ulotni muvaffaqiyatli amalga oshirishda mashq qilish vaqtini to'g'ri taqsimlash muhim ahamiyatga egadir. Agar bir xildagi mashq uzoq vaqt mobaynida to'xtovsiz davom ettirilaversa, natija yaxshilanish o'rniga toliqish tufayli aksincha pasayib ketadi. Shuning uchun ayrim mashqlar haddan tashqari uzoq davom ettirilmasligi
kerak. Mashqning birturini boshqa bir turi bilan almashtirib turish lozim. Kishining ongliligi malaka hosil qilishda samarali natijalarga erishtiruvchi eng muhim shartdir. Onglilik, awalo, bilimlami o'zlashtirishda va mahorat qozonishda kerakdir: unda faqat ish harakatlarni bajarish, bu harakatlarni bir-biriga qo'shish va birini biri bilan muvofiqlash ila chek- lanib qolmay, balki qanday qilib bu harakatlarni to'g'ri, yaxshi, maqsadga muvofiq qilib bajarish, qanday yo'l bilan ularni bir-biriga to'g'ri qo'shish va birini biri bilan qanday qilib to'g'ri muvofiqlashtirish haqida o'ylash va, xususan, bulaming hammasi nima uchun qilinayotganligini anglash ham lozim boMadi.
Mahoratni mustahkamlash va malakalar hosil boMishi uchun qilinadigan mashqlar ham onglilikni talab etadi. Bu yerda onglilik hosil qilinayotgan malakaning maqsadi va ahamiyatini tushunishda, mashqlar na
tijasini tasawur etishda va, shuning bilan birga, kerakli harakatlarning qoidalarini va usullarini bilishda namoyon boMadi. Ongli ravishda mashq qilish, demak, mazkur mashqlarning nima uchun kerakligini, bu mashqlarning qanday usul bilan olib borilishini, bu mashqlaming natijasi qanday bo'lishi kerakligini hamda bu mashqlar tufayli qanday malaka hosil qili- nayotganligini va bu malaka faoliyatning ma’lum bir turlarida qanday
o‘rinni olishi kerak ekanligini bilish demakdir.
Malakalar hosil qilishda xotiraning ongli jarayonlari katta rol o‘ynaydi.
Mashq jarayonida birinchi marta takrorlashda biz har doim bu harakat awalgi galda qanday qilinganini va harakatning qoidasini eslaymiz. Masalan, 0‘quvchi yozish malakasini hosil qilishda awalo qaysi harfning ilgari
qanday yozilganligini, o'qituvchi qanday tushuntirganini, qanday xatolaiga yo'l qo'yilganini va ulami qanday tuzatilganini esga tushiradi. Undosh tovush aniq talaffuz etilmaydigan so'zlarni (maktab, Ahmad) yozishda dastawal qoida esga tushiriladi, undan keyin esa yoziladi. Bundan keyingi mashq davomida idrok tasawur obrazlari ko'z oldiga keltirilmaydi, maxsus fikr yuritilmaydi, faqat yozish harakatining o'zi takrorlanaveradi.
Malakalami mustahkamlashning muvaffaqiyati hiyla darajada zo'r berish, intilish, chidam va qat’iyat darajasiga ham bog'liq bo'ladi. Malakalar hosil qilish uchun kishi qanchalik ongli ravishda zo'r bersa va bunga qanchalik ko'p intilsa, unda kerakli malakalar shunchalik tez hosil bo'ladi. Masalan, skripka va boshqa musiqa asboblarida chala bilish malakasini egallash har qanday odamdan, hatto talantli odamlardan ham zo'r mato- nat va chidam talab qiladi.
Onglilik mashq jarayonini va undan kelib chiqadigan natijalarni baholashda, ularga tanqid ko'zi bilan qarashda va yo'l qo'yib yuborilgan xatolarni anglay bilishda ifodalanadi: masalan, o'quvchi noto'g'ri yozgan so'zi yoki gapida nima uchun xatoga yo'l qo'yib yuborganini bilishi lozim. Ongli ravishda malaka hosil qilish malakalar ko'chishi va tormoz- lanishining xususiyatlarini belgilab beradi. Malakaning ko'chishi qancha- lik ongli bo'lsa, u shunchalik yengil tatbiq qilinadi va bundan keyingi malakalami hosil qilish jarayonidagi tormozlanish shunchalik kuchsiz bo'ladi. Malakalar hosil qilishdagi onglilikning mana shunday roli kuza
tish va maxsus eksperimentlar vositasi bilan isbot qilingan.
Jumladan, irodaviy zo'r berish va matonat yordami bilan malakalar interferensiyasini — assotsiativ va reproduktiv tormozlanishni yengish mumkin. Bu shuni ko'rsatadiki, interferensiya qandaydir o'zgarmas qonu- niyat emas, uni matonat kuchi bilan yengish mumkin.
Maqsad va qoidalar yaxshi tushunib olinmay va yo'l qo'yib yuborilgan xatolarni anglab olmay qilingan mashq, hatto uzoq vaqt davomida juda ko'p takrorlangan taqdirda ham kam natija beradi. Ongli ravishda mashq o'rganish demakdir. Ongning ishtirokisiz mashq qilishni — dres- sirovka deyiladi. So'z materiallarini ongning ishtirokisiz o'zlashtirish ustida mashq qilish esa quruq yod olishdir.
Malakalar hosil qilish tezligi kishining shu hosil qilinayotgan malaka- larni o‘z ichiga olgan faoliyatiga nisbatan qanday munosabatda boMishiga qaraydi. Bu munosabat muayyan bir malakalami hosil qilishga kishining qanchalik qiziqishi va buning zarur ekanligini anglashida hamda, shuning bilan biiga, hosil qilayotgan malakalariga bogMiq boMgan hissiy kechinma- larida ifodalanadi. Masalan, mamlakatga ko‘p ko'mir yetkazib berish kerakligini juda yaxshi anglay olgan shaxtyorda ko‘mir qazish malakalarini egallashga qiziqish paydo boMadi va shuning bilan birga, bu malakalar tez hosil qilinadi. Agar kishi malakalar hosil qilishda bu malakalarning kerakli ekanini anglasa va agar unda o‘z kuchlariga hamda mashqlari orqali erisha- digan yiituqlariga ishonch hissi boMsa, bunday holda malakalar tez hosil boMadi. Agarda mashqlar ishga e’tiborsizlik bilan va o‘z kuchiga ishonmay qilinsa, bunday holda malakalarning hosil boMishi sekinlashadi.
Kishining umumiy salbiy emotsional holati, ya’ni zerikish, qo'rqish, xafalanish, g'amginlik, ruhiy tushkunlik va shuning kabilar ham malakalar hosil qilish jarayoniga ta’sir qilib, uni sekinlashtiradi. Bu emotsional holatlar avtomatlashish momentining boshlanishiga to'sqinlik qiladi va ular hattoki ilgari hosil qilingan malakani buzib yuborishi mumkin. Malaka- laming qoMlanish jarayonida bunday hissiyotlarning tugMlishi, bu malakalarning avtomatligini buzib yuboradi va shunday qilib, bu malakalar qat- nashadigan faoliyatning borishini chalgMtadi va buzadi. Bu yerda, awalo, nerv sistemasining tiplari ahamiyatga egadir. l.P. Pavlov nerv sistemasining faoliyatidagi farq, nerv jarayonlarining asosiy xususiyatlari — kuchi ildamligi va muvozanati bilan belgilanishini uqtirgan edi. Turli kishilarda nerv jarayonlarining mana shu xususiyatlariga qarab, malakalarning asosi boMgan yangi muvaqqat bogManishlar har xil tezlikda hosil boMadi.
Professor A. Ivanov—Smolenskiy va u bilan birga ishlovchi ilmiy xodimlar maktabgacha tarbiya va maktab yoshidagi juda ko‘p bolalarda muvaqqat bogManishlar hosil boMishining individual xususiyatlari ustida, ya’ni miya po'stining shartli reflekslar facliyati ustida tekshirish ishlari olib borganlar. Tiplami sistemaga solishda nerv jarayonlarining muvo
zanat va ildamlik prinsiplari asos qilib olingan.
Bu tekshirishlar natijasida, muvaqqat bogManishlar hosil boMish masala- sida miyaning to‘rt xil tipdagi faoliyati aniqlangan: 1) labil (ildam) tip, bunda musbat va manfiy muvaqqat bogManishlar yengillik bilan va tez hosil boMadi; 2) inert (sust) tip, bunda musbat va manfiy muvaqqat bogManishlar bab- baravar ravishda sekinlik bilan hosil boMadi; 3) qo‘zg‘aluvchan tip, bunda musbat muvaqqat bogManishlar juda yengillik bilan va tez hosil boMadi, ammo manfiy muvaqqat bogManishlar, aksincha, qiyinlik bilan va sekin hosil boMadi; 4) tormozlanuvchan tip, bunda musbat muvaqqat bogManishlaming hosil boMishi va mustahkamlanishi sekinlik bilan boradi, manfiy muvaqqat bogManishlar esa, aksincha, yengillik bilan va tez hosil boMadi.
Muayyan bir malakalarning hosil bo'lish tezligi hiyla darajada kishining xarakteriga ham bog'liqdir. Boshlangan ishni oxirigacha olib bora bilish, maqsadga erishishdagi qat’iyat, chidam kabi xarakterning shunday xislatlari g'oyat murakkab malakalar va ijobiy odatlaming muvaffaqiyatli ravishda hosil bo'Hshiga yordam beradi. Albatta, xarakter xislatlarining ko'plari uzoq muddat davomida qilingan mashqlaming mahsulidir va shuning uchun ular turli odatlarda namoyon bo'ladi.
Maxsus malakalami o'zlashtirishdagi eng katta muvaffaqiyat kishining qobiliyatlariga va shuning bilan biiga, uning hosil qilinayotgan malaka-
larni o'z ichiga olgan faoliyat bilan qiziqishiga bog'liq.
41-rasmda ikki kishini o'qishga bir xil sharoitda va bir xil metod bilan o'rgatishda ularning o'qish malakasi mashqini kuzatishdan olingan egri chiziqlar ifodalangan.
Malakalar hosil qilish tezligi va ularning mustahkamligi o‘qitish me- todlariga ham bog‘Iiqdir. Bunda o'qituvchining tushuntirishi ham, ma’lum bir harakatlarni vujudga keltiruvchi usullar ham. mashq jarayonida qo’llanadigan usullar ham ahamiyatga egadir. Masalan, harflarni bir-biri- ga qo'shish metodi bilan savod chiqarishda o'quvchilar o'qish malakasini taxminan bir yildan so'ng o'zlashtirganlar. Hoziigi vaqtda tovush metodi bilan o'qishga o'rgatishda bu malakalar ikki oydayoq hosil qilinadi. Ayni
bir vaqtning o'zida o'qish va yozishga baravar o'rgatilsa, o'qish malakalari ham, yozish malakalari ham tezroq hosil bo'ladi.
Malakalarning muvaffaqiyatli hosil bo'lishida qilinadigan ishni ko'rsatish, misollar va taqlid qilish uchun namunalar katta ahamiyatga egadir. Ma’lumki, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda malaka va odatlar, asosan, kattalarga taqlid qilish yo'li bilan hosil bo'ladi. Ammo misol va namunalarga taqlid qilish maktab yoshida ham o'z ahamiyatini yo'qotmaydi. O'qituvchining to'g'ri va chiroyli xati o'quvchilar uchun namuna bo'ladi. Yozishga o'rgatishda yaxshi husnixat ijobiy ahamiyatga
50
.a r
40
■§
-Si 30
-s: ^ /L s'
20
b .be r
<55»* С 10 JL/
5 0
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12
Sinov Mashq
41-rasm. O'qish malakasining oshib 42-rasm. Har xil metod bilan borishi egri chizig'i. о 'rgatishdagi mashq egri chiziqlari.
egadir. 0 ‘qish malakalarini o‘zlashtirishda o'qituvchining, badiiy so'z ustasining, artistning va suxandonning o'qishi namuna bo'ladi. Ishlab chiqarish ta’limi berishda ishlab chiqarish ilg'orlari va novatorlarining ish usullari taqlid qilish uchun namuna bo'ladi.
Muayyan bir malakalami o'zlashtirishda faqatgina tayyor misol va namunalarga taqlid qilish bilan cheklanib qo'ya qolish yaramaydi, hatto bunday misol va namunalar eng yaxshi bo'lganda ham faqat shular bilan cheklanib qolish yaramaydi. Chunki bunday yo'l bilan hosil qilingan malakalar o'zgarmas shaklga kirib qoladi va faoliyat bir tusdagi xarakterga ega bo'la boshlaydi. Shuning uchun o'qituvchilar o'quvchilarda malakalar hosil qilar ekanlar, ularning mustaqillikka, ijodkorlikka intilishlarini tarbiyalashga zo'r diqqat bilan qarashlari kerak. Mehnat novatorlarining eng yaxshi namuna va ibratlaridan foydalanib, o'quvchilarda o'z shaxsiy mehnat usullarini va yaxshi takomillashgan malakalami hosil qilish uchun
ularning ijodiy ish qobiliyatlarini tarbiyalash kerak. Bu narsa mehnat unu- mini oshiradi va kishi faoliyatini o'stiradi.
42-rasmda ikki xil metod bilan qilingan mashq egri chiziqlari ko'rsatilgan (A — egri chizig'i) ko'proq, takomillashtirilgan metod va (B — egri chizig'i) ozroq takomillashtirilgan metod.
Kishi o'z hayoti va faoliyati davomida har doim juda ko'p miqdorda turli-tuman ish-harakatlar qiladi. U bu harakatlar yordami bilan o'z ehtiyojlarini qondiradi va har xil maqsadlarni amalga oshiradi. Bu harakatlarning ko'pi malaka va odatlardan iboratdir.
Malaka va odatlar kishining hayoti va faoliyatini yengillashtiradi, chunki ular ongli harakatlarga qaraganda tezroq va ong bilan zo'r bermasdan amalga
oshiriladi. Mustahkam o'zlashtirilgan malaka va odatlar har bir harakatni o'ylab qilishdan iborat bo'lgan ko'p diqqattalab ish «yukidan» kishining ongini «biroz yengillashtiradi» va buning bilan uning vaqti va quwatini tejaydi. Agar kishining har bir ish harakati albatta tafakkur va iroda kuchining ishtiroki
bilan bajarilishi shart bo'lganda edi, kishining istagan bir faoliyati naqadar murakkab, naqadar davomli va naqadar ko'p diqqattalab ishga aylanib ket
gan bo'lur edi. Hosil qilingan va avtomatlashtirilgan malakalar bosh miya po'stining ishini tejaydi. Bu haqda Sechenov ham gapirgan edi.
Malakalar kishi faoliyatini yengillashtirish bilan birga bu faoliyatning eng samarali bo'lishiga ham yordam beradi. Malakalar inson faoliyatining barcha turlari uchun zarurdir. Har qanday ixtisos uchun ma’lum malakalar sistemasining bo'lishi shart.
Bu malakalar qanchalik puxta bo'lsa, shu ixtisos bo'yicha ishlaydigan
kishi o'z ishini shunchalik yaxshi bajaradi. Mehnat unumini oshirish uchun boMgan kurashda, boshqa choralar qatorida, shu ixtisosga tegishli malaka- larni takomillashtirish va ularni to‘la ravishda egallash ham ko‘zda tutila- di. Har qanday mehnat ratsionalizatsiyasi ko‘p jihatdan yangi mahorat yaratish va yangi malakalar hosil qilishdan iboratdir.
Hattoki kishining bilish faoliyati ham o‘z tabiati jihatidan g'oyat ong- liligi bilan ajralib turishiga qaramay, malakalarsiz amalga oshirila olmaydi. Masalan, o'quvchilar hisob masalalarini yechishda qo'shish, olish, ko'paytirish va bo'lish malakalaridan foydalanadilar.
Malaka va odatlar faqat kishining faoliyatini yengillashtirishi uchun- gina emas, balki bizning malaka va odatlarimizga aylanib qolgan harakatlardan «ozod bo'lgan» ongni shu faoliyat orqali qo'lga kiritiladigan maqsad ustida to'plana olishiga imkon berishi uchun ham muhimdir. Shu tariqa ozod bo'lgan ong ish jarayonining o'zida shu faoliyatning samarali davom etishiga yordam beradigan harakatlarning yangi turlariga ko'chishi mumkin. Masalan, o'quvchi yozishni mashq qila boshlaganda, dastawal, uning butun diqqati va tafakkuri harfni qanday qilib to'g'ri yozish bilan band bo'ladi. Mana shu vaqtda o'quvchi boshqa bir narsa haqida o'ylay olmaydi va hattoki, ko'pincha, yozayotgan so'zlarining ma’nosini ham tushunmaydi. Lekin yozish malakaga aylangandan so'ng, o'quvchi ayni bir vaqtning o'zida o'qituvchining gaplarini eshitishda davom etib, bu gaplarni avtomatik ravishda (ayrim harf va so'zlarni qanday qilib yozish kerakligini o'ylamasdan) yoza oladigan va shuning bilan birga, yozayot
gan narsalarni tushuna oladigan bo'ladi.
Kishining turli mehnat faoliyatlarida avtomatlashtirilgan harakatlardan «ozod bo'lgan» tafakkuri mehnat jarayonlarini ratsionalizatsiyalashga, texnika ijodiyotiga va boshqa shuning kabilarga qaratilishi mumkin. Mustahkam malaka va odatlar asosida yuzaga kelgan har qanday mehnat ijodiy xarak-
terga ega bo'lishi mumkin.
Shunday qilib, malaka va odatlar kishi aqlining tobora o'sib borishiga xizmat qiladi. Agar bizning barcha kundalik ish-harakatlarimiz va ixti- sosiy harakatlarimiz faqat ongli sur’atdagina bajariladigan bo'lganda edi, bunday holda ana shu ishlar bizning hamma diqqat va tafakkurimizni o'ziga bog'lab olgan bo'lar edilar. Bunday sharoitda aqliy taraqqiyot juda sekinlik bilan borgan bo'lar edi.
Mehnat va o'qish jarayonida ko'nikma hamda malakalar bilan birga odatlar ham katta o'rin egallaydi.
Odatlar, xuddi malakalar singari, yangidan hosil qilingan, mustahkam- langan va avtomatlashtirilgan ish-harakatlardir, lekin malaka va odat aynan bir narsa emas, ular bir-biridan farq qilinadi.
Ma’lum sharoit ta’siri ostida vujudga kelib va mustahkamlanib qolgan va bajarilib turishi kishining ehtiyojiga aylangan amal harakatlarni odat deb aytiladi.
Bunday harakatlarni (odatlarni) to'xtatib qolish, odatda, tajanglik va norozilik hissini uyg'otadi. Masalan, bunga quyidagi odatlarni ko'rsatish mumkin: masalan, bir vaqtda uyqudan turish, ovqat oldidan qo'lni yu-
vish, ishda asboblarni ma’lum bir joyga qo'yish va shuning kabilar.
Odatlanib qolgan harakatlar ko'pincha shunchalik mustahkam singib ketadiki, ular kishiga tabiiy bo'lib ko'rinadi. «Odat kishining ikkinchi tabiatidir» («o'rgangan ko'ngil o'rtansa qo'ymas») degan maqol ham mana shundan kelib chiqqan.
Odatlar ham, malakalar singari, har xil bo'ladi, masalan, shunday odatlar bo'ladi: kasb va mehnat odatlari (ishga o'z vaqtida kelish, bosh- langan ishni oxirigacha yetkazish, har qanday ishni oldindan o'ylab, reja bilan ishlash, ish uchun zarur bo'lgan barcha narsalarni ma’lum bir joyga qo'yish va boshqalar), gigiyena odatlari (badan va kiyimlarning tozaligini saqlash, tishni tozalab turish, ovqat oldidan qo'llarni yuvish va boshqalar), estetik odatlar (sochlarni yaxshilab tarab, kiyimlarni ozoda qilib yurish, uyni tartibli va chiroyli qilib tutish, nutq madaniyatiga rioya qilish va
boshqalar), axloqiy odatlar (rostgo'y, sofdil va halol bo'lish).
Faqat ijobiy odatlar bo'lib qolmay, balki salbiy odatlar ham bo'lishi mumkin. Salbiy odatlarga misol qilib — ishdagi yuzakilik va tartibsizlikni, irkitlik- ni, qo'pol iboralar, ya’ni, masalan, xo'sh kabi keraksiz so'zlarning ishlati- Iishini, timoqlarni kemirish odatini, shuning kabilami ko'rsatish mumkin.
Odatlarni hosil qilish jarayoni, xuddi malakalami hosil qilish jarayoni singari, ya’ni bir xildagi harakatlarni asosan ko'p martalab takrorlash orqali sodir bo'ladi. Odat va malakalar hosil bo'lish qonuniyatlari birdir. Odat- larning nerv-fiziologik asosi ko'nikma va malakalarning nerv-fiziologik asoslari bilan birdir.
Odatlaming ahamiyati. Odatlar, malakalar singari, odamning faoliyatlarida katta o'rin egallaydilar. Odatlar bizning hayotimizni va faoliyati- mizni saranjom-sarishta hamda tartibli qiladi. Gigiyena malakalari, maishiy, mehnat va estetik malakalar shular jumlasidandir. Chunonchi, mehnatning ratsional rejimiga rioya qilish odatlari, sanitariya-gigiyena odatlari, yaxshi madaniy xulq-atvor odatlari mehnat unumdorligini oshirishning muhim shartlaridandir. Salbiy xarakterga ega bo'lgan odatlar, aksincha, bizning hayotimizni bebosh qiladi va intizomsizlikka sabab bo'ladi.
Odatlar inson ongining barcha faoliyatini va xususan, tafakkur hamda diqqatini tartibli qiladi, bizda o‘ylash odati va o‘ylashning odat boMib
qolgan usullari, diqqatli boMish odati va odat bo‘lib qolgan diqqat vujudga kelishi mumkin. Juda ko‘p odatlar xarakterimizning xislatlariga aylanib qoladi. Shuning uchun ijobiy odatlarni paydo qilish kishini eng
kichik yoshdan boshlab tarbiyalashning muhim vazifalaridan biridir.
Odatlaming yuzaga kelishi juda yosh bolalik davrdan boshlanadi. Odatlaming dastawal boshlab yuzaga kelishida bolalaming kattalarga taqlid qi- lishlari katta rol o‘ynaydi. Bolada odatlaming yuzaga kelishi ko‘p jihatdan kattalarning xulq-atvoriga bogMiq. Maktabda odatlar o‘qituvchi talablari - ning ta’siri hamda o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarning qilgan ishlari va
xulq-atvorlariga sistemali tarzda baho berib borish orqali yuzaga keltiriladi. 0 ‘quvchilarda ijobiy odatlarni yuzaga keltirishda sinf jamoasi hamda «Ka- molot» Yoshlar Ijtimoiy Harakati ijtimoiy fikrining ta’siri alohida ahamiy
atga egadir. Maktabda mehnat qilishga odatlanishni hosil qilish alohida muhim o‘rinda turishi kerak. 0‘quvchilarda mehnat faoliyatiga tegishli ijo
biy odatlarni yuzaga keltirish lozim. Masalan, bajaradigan mehnat vazifasi- ga javobgarlik bilan qarash, ish joyini to‘g‘ri tashkil qilish, ish asboblari, materiallar va mashinalarga nisbatan ehtiyotkorlik bilan munosabatda boMish, harakatlarni vaqt mobaynida ratsional (to‘g£ri) taqsimlash, qilinayotgan ishlarni sistemali ravishda nazorat qilib borish, qiyinchiliklarni yengish, mehnat usullarini yaxshilash yoMida tashabbus va ijodkorlik ko‘rsatish hamda mehnat unumdorligini oshirishga intilish odatlari shular jumlasidandir. Ijobiy odatlarni hosil qilish bilan bii^ga salbiy odatlarni yo‘qotish yuzasidan ham ish olib
borish lozim. Salbiy odatlarni yo‘qotish uchun asosan bunday odatlarga qarshi sistemali ravishda va muttasil kurash olib borish kerak. Salbiy odatlaming oldini olish zarur, agar sharoit imkon bergan joyda, paydo boMgan
salbiy odatlarni ijobiy odatlar bilan almashtirib yuborish kerak.
Maktabda to‘g‘ri hosil qilingan va mustahkamlangan odatlar maktab tugatilgandan so‘ng xulq-atvorning barqaror shakli boMib qoladi va shaxsning ancha mustahkam xislatiga aylanadi.
Malaka va odatlar kishining xulq-atvori va faoliyatining barcha turlari uchun zarurdir. Ammo kishining faoliyati va xulq-atvorini faqat malaka va
odatlardan iborat deb boMmaydi. Malaka va odatlar bilan birga, kishining ongli ijodiy faoliyati ham yuksak darajada o\sishi va namoyon boMishi lo
zim. Kerakli malaka va odatlarni tarbiyalash bilan bir^n, kishida okz xulq- atvori va o‘z faoliyatiga nisbatan ongli munosabatda boM ishni ham o‘stirmoq kerak.
UCHINCHI QISM .
Temperament va xarakter odamning ijtimoiy munosabatlarida yaqqol namoyon boMadigan individual xususiyatlardir. Kishining temperament va xarakter xususiyatlari bir-biriga shunday yaqindan boglanib (to‘g‘rirog‘i qo‘shilishib) ketgandirki, ularning qaysi biri xarakter xususiyatlariga taalluqli ekanligini, odatda, hayot sharoitida ajratish qiyin boiadi.
Temperament lotincha «temperamentum» degan so‘zdan olingan boiib, uning ma’nosi «aralashma» demakdir.
Temperament deganda biz, odatda, kishining tabiiy tug‘ma xususiyatlari bilan bog'liq boigan individual xususiyatlarini tushunamiz.
l.P. Pavlov temperamentni quyidagicha ta'riflaydi: «Har bir ayrim kishining va shuningdek, har bir ayrim hayvonning ham eng umumiy xaraktcristikasidir, har bir individning butun faoliyatlariga muayyan qi- yofa beradigan nerv sistemasining asosiy xaraktcristikasidir» (Полное собрание сочинении, III tom, 2-kitob, 103-bet).
Temperament, psixologik jihatdan olganda, kishidagi hissiyotning qokzg'alishlarida va kishidagi umumiy harakatchanlikda ko'rinadigan individual xususiyatdir.
Har qaysi kishidagi hissiyotning qolzg'alish tezligi, kuchi va barqarorligi har xil boiadi. Bir xil odamlarning hissiyoti tez, kuchli qo'/g'aladi va barqaror bo'ladi. Ba’zi kishilarda esa bunday qo'zg'alish sust, zaif bo'lib, uzoqqa bormaydi. Temperamentning bunday xususiyatlari kishidagi his
siyotning qoV.g‘alishlari bilan birga, organizmning at rolciagi muhit la’siriga javoban ko'rsatadigan ixtiyorsiz reaksiyalarida, ayniqsa, vaqqol ko'rinadi. Bu xususiyatlar tashqi tomondan kishining mimikalarida, pantomimika- larida, har xil beixtiyor ish-harakat va imo-ishoralarida ko'rinib turadi.
357
Kishi hissiyotining bunday qo‘zg‘aluvchanlik xususiyatlari diqqatning kuchi va barqarorligida, iroda sifatlarida, aqliy jarayonlar, jumladan, nutq tezligida aks etadi. Mana shunday ixtiyorsiz faollikning qanday yuz berishiga qarab, bir xil odamlami «tez», «betoqat», «serg'ayrat», «jo‘shqin» deymiz. Ba’zilarini esa «sustkash», «lapashang» va hokazolar deb yuritamiz. Bu xildagi individual xususiyatlardan kishining temperamenti (mijozi) tarkib topadi.
Ayrim temperamentlaming alomatlari kishining bolalik chog‘larida yaqqol namoyon boMadi.
Har bir kishining o‘z temperamenti bo'ladi. Lekin har qaysi odamning temperamentlarida mana shunday individual tafovutlar bo'lishi bilan birga, bu temperamentlaming umumiy, o'xshash belgi va alomatlari ham bo'ladi. Hamma xilma-xil temperamentlarni mana shunday umumiy belgilariga qarab ajratish, ya’ni klassifikatsiya qilish mumkin.
Barcha temperamentlarni qadimdan to'rt tipga: 1) xolerik, 2) sang- vinik, 3) melanxolik va 4) flegmatik temperamentga ajratish rasm bo'lgan.
Xolerik temperament — hissiyotning tez va kuchli qo'zg'aluvchanligi, barqaror bo'lishi bilan farq qiladi. Xolerik temperamentli kishilarning hissiyotlari ularning imo-ishoralarida, mimikalarida, harakatlari va nutqlarida yaqqol ko'rinib turadi. Xoleriklar qizg'inlik va tajanglikka moyil bo'ladilar. Bunday temperamentli kishilar chaqqon, umuman harakat- chan, serg'ayrat va har doim urinuvchan bo'ladilar.
Bu xil temperamentli bolalar serg'ayrat bo'ladilar. Ular bir ishga tez kirishadigan va boshlagan ishini oxiriga yetkazadigan bo'ladilar. Ular ko'pchilik bilan jamoa o'yinlar o'tkazishni sevadilar va bunday o'yinlarni ko'pincha o'zlari boshlab, oxirigacha faol qatnashadilar. Xolerik temperamentli bolalar arazchan, serjahl va tajang bo'ladilar. Bir narsadan xafa
bo'lsalar, bu xafalik ularda uzoq saqlanadi. Ulardagi kayfiyat ancha barqaror
va davomli bo'ladi.
Sangvinik temperament — hissiyotning tez, kuchli qo'zg'aluvchanligi, lekin beqaror bo'lishi bilan farq qiladi. Sangvinik temperamentli kishilarning kayfiyati tez-tez o'zgarib, bir kayfiyat o'ziga teskari bo'lgan ikkinchi bir kayfiyat bilan tez almashib turmog'i mumkin. Sangviniklardagi psixik jarayonlar, xoleriklardagi singari, tez o'tadi. Bu xil temperamentli kishilar ildam, chaqqon, serharakat va jo'shqin bo'ladilar. Sangvinik temperamentli kishilar tevarak-atrofdagi voqealardan tez ta’sirlanadilar va muvaffaqiyatsizliklar hamda ko'ngilsiz hodisalar uncha qattiq xafa qil- maydi. Ular ko'p ishga tez va g'ayrat bilan kirishadigan bo'ladilar, lekin ishdan tez soviydilar. Bir zayldagi ishlarni uzoq davomli sur’atda ba
jarishga moyil bo'lmaydilar.
Sangvinik temperamentli bolalar juda serharakat, ildam va chaqqon bo'ladilar. Ular har qanday ishga qatnashish uchun doim tayyor bo'ladilar.
Ko'pincha, bir qancha vazifalarni birdaniga bo'yinlariga oladilar. Lekin, har bir ishga ishtiyoq bilan tez kirishganliklari singari, boshlagan ishdan tez qaytishlari ham mumkin. Sangviniklar chin ko'ngildan va’dalar be- rishlari, lekin, ko'pincha, va’dani unutib, uni bajarmasliklari ham mum
kin. Bu xil temperamentli bolalar o'yinlaiga tez va zavq bilan kirishadilar, lekin o'yin davomida, o'z rollarini tez-tez o'zgartirib turishga moyil bo'ladilar. Ular darrov xafa bo'lishlari va yig'lashlari mumkin, lekin ular xafalikni tez unutadigan bo'ladilar. Ulaming yig'isi kulgi bilan tez al- mashadi.
Melanxolik temperament — hissiyotning sekin, lekin kuchli qo'zg'aluvchanligi va barqaror bo'lishi bilan farq qiladi. Melanxoliklar barqaror, davomli bir kayfiyatga moyil bo'ladilar, lekin hissiyotlarining tashqi ifodasi juda zaif bo'ladi. Melanxolik temperamentli odamlar sust- kash bo'ladilar. Melanxolik temperamentli odam ishga birdan kirishmas- ligi mumkin, lekin bir kirishsa, boshlagan ishni oxiriga yetkazmay qo'ymaydi.
Bunday temperamentli bolalar mo'min-qobil, yuvosh bo'ladilar, ko'pincha, birov savol bilan murojaat qilsa, uyalib, tortinib javob beradi- lar. Ularni darrov xafa yoki xursand qilish yengil emas, lekin bir narsadan xafa bo'lsalar, bu xafalik uzoq davom etadi, barqaror boiadi. Ular bir ishga yoki o'yinga tez yopishib kirishmaydilar, lekin qandaydir ish yoki
bir o'yin boshlasalar, bunda chidam va matonat ko'rsatadilar.
Flegmatik temperament — hissiyotning juda sekin, kuchsiz qo'zg'alishi va uzoq davom etmasligi bilan farq qiladi. Flegmatik temperamentli kishilar hissiyotlarining tashqi ifodasi kuchsiz bo'ladi. Bu xil temperamentli odam- larni xursand qilish, xafa qilish yoki g'azablantirish ancha qiyin.
Flegmatiklarning psixik jarayonlari sust bo'ladi. Bu xil temperamentli odamlar nihoyat og'ir, yuvosh, bosiq, harakatlari salmoqli bo'ladi. Agar bir faoliyatga kirishsalar, uni qat’iyat bilan davom ettiradilar.
Flegmatik temperamentli bolalar yuvosh, mo'min qobil bo'ladi. Ular ko'pchilikka aralashmaydigan, tortinchoq va hech kimga tegmaydigan, birovni ranjitmaydigan bo'ladilar. Agar birov ular bilan urish chiqarmoq- chi bo'lsa, o'zlarini chetga olishga harakat qiladilar. Ular shovqin-suron- li, harakatli o'yinlarga moyil bo'lmaydilar. Bu xil temperamentli bolalar
jizzaki bo'lmaydilar va odatda ular o'yin-kulgilarga moyil emaslar.
Flegmatik temperamentli kishilar (bolalar) tashabbus ko'rsatishga moyil bo'lmaydilar, lekin ular faoliyati yo'lga qo'yilsa, ancha qunt bilan ish ko'radilar, yaxshi o'qib ketishlari mumkin.
Har qaysi odam temperamentini batamom bir tip doirasigagina «sig'dirib» bo'lmaydi, albatta. Tip tushunchasining o'zi faqat bir-birlariga o'xshash bir guruh odamlarnigina o'z ichiga olishligini nazarda tutadi. Har qaysi odam temperamentida o'ziga xos individual xususiyatlari bo'ladi, bu xususiyat- lami batamom muayyan bir temperament tipiga kiritib bo'lmaydi. Bu xu
susiyatlar ayni individual xususiyatlardir, ya’ni shu shaxsning o'zigagina xos xususiyatdir. Ko'pchilik odamlarda bir tip temperament alomatlari ikkinchi bir tip temperament alomatlari bilan qo'shilgan bo'lishini ko'ramiz; chunonchi, xolerik temperamentli kishida melanxolik yoki flegmatik temperament alomatlari bo'lishi, sangvinik temperamentli kishida xolerik va flegmatik temperament alomatlari bo'lishi mumkin va hokazo.
Odamlarni faqat ularda qaysi temperament belgilari ustun bo'lsa, shunga qarab, ma’lum bir temperament tipiga kiritish mumkin.
Temperament haqidagi ta’limot dastlab qadimgi (bizning eramizdan oldingi 460-356-yillarda yashagan) grek olimi Gippokrat tomonidan yaratilgan. Uning ta’limotiga muvofiq sur’atda, keyinchalik «temperament» termini ham ishlatiladigan bo'ldi, shuningdek, hamma to'rt tip temperament nomlari o'rnashib qoldi.
Gippokrat ta’limotiga muvofiq, odamlarning temperament jihatidan turlicha bo'lishi, ulaming oiganizmidagi suyuqliklarning (xiltlarning) turlicha nisbatda bo'lishi bilan bog'liqdir. Gippokrat fikricha, odam tanasida to'rt xil suyuqlik (xilt) bordir. Chunonchi, o't yoki safro (grekcha — shole), qon (lotincha — sandus), (qora o't — grekcha melanhole) va balg'am (grekcha — rhlegma) bordir. Bu suyuqliklarning har biri o'z xususiyatiga ega bo'lib, ularning o'z vazifasi, ishi bordir. Chunonchi, o'tning xususiyati — quruqlikdir. Uning ishi — organizmdagi quruqlikni saqlab turish, ya’ni badanni quruq tutishdir. Qonning xususiyati — issiqlikdir. Uning ishi — organizmni isitib turishdir. Qora o'tning xususiyati — namlikdir. Uning ishi badan namligini saqlab turish, uning namligini tutib turishdir. Balg'am (shilimshiq modda)ning xususiyati sovuqlikdir. Uning ishi — badanni so- vitib turishdir. Gippokrat fikriga muvofiq, har qaysi odamda shu to'rt xildagi suyuqlikdan biri ko'proq bo'lib, ustun turadi. Bu aralashma (lotincha — temperamentum) lardan qaysi biri ustun bo'lishiga qarab, odamlar
temperament jihatdan har xil bo'ladilar. Xoleriklarda sariq o't ustun; sang- viniklarda — qon; melanxoliklarda — qora o't; flegmatiklarda esa balg'am (shilimshiq modda) ustun bo'ladi, deb ko'rsatadi.
Gippokratning mana shu to'rt xil moddalar aralashmasi to'g'risidagi ta’limotidan kelib chiqqan temperament so'zi qadimgi zamonlardan beri hozirgacha saqlanib kelmoqda.
Temperament xususiyatlarining ilmiy sabablari l.P. Pavlovning yuksak nerv faoliyat tiplari haqidagi ta’limotida ochib berildi. l.P. Pavlov yuksak nerv faoliyat turlari deganda hayvon bilan odam nerv sistemasining faoliyatidagi eng muhim xususiyatlarning chatishuvini tushunar edi.
l.P. Pavlov itlar ustida ko'p tajribalar o'tkazib, reflekslarni tekshirishi
natijasida, hayvonlar nerv sistemasining a) qo'zg'alish va tormozlanishning kuchiga, b) bu jarayonlarning muvozanatiga va d) ularning ildamlik
darajasiga qarab bir-biridan farq qilishini aniqladi.
l.P. Pavlov ajratishicha, nerv sistemasining kuchi hujayralardagi
fiziologik moddalaming zapas miqdori bilan belgilanadi.
Kuchli tipdagi nerv sistemasida bunday zapas ko'p miqdorda bo'lib, kuchsiz tipda ozdir.
Nerv sistemasining kuchi qo'zg'alish jarayoniga ham, shuningdek, tormozlanish jarayoniga ham tegishlidir. Nerv sistemasining kuchi, awalo, kuchli qo'zg'ovchilarga «bardosh» bera olish qobiliyatida ko'rinadi.
«Nerv jarayonlari kuchining ahamiyati shundan ravshan ko'rinib turadiki», — deydi l.P. Pavlov,— atrofdagi muhitda odatdan tashqari, favqulodda hodisalar, zo'r kuchga ega bo'lgan qo'zg'ovchilar ma’lum dara
jada tez-tez voqe bo'lib turadi, shu bilan birga, tabiiy ravishda, ko'pincha, bu qo'zg'ovchilarning ta’sirini boshqalarning talabiga va shuningdek, undan ham qudratli bo'lgan tashqi sharoitning talabiga muvofiq bosmoq, to'xtatib turmoq zaruriyati tug'iladi. Nerv hujayralari esa o'z faoliyatining bunday haddan tashqari zo'riqishiga bardosh berishi kerak» (l.P. Pavlov, Полное собрание сочинений, III tom, 2-kitob, 268-bet).
Nerv sistemasidagi muvozanat, l.P. Pavlov ta’limotiga muvofiq, nerv sistemasining qo'zg'alish va tormozlanish jarayonlarining kuch darajasini teng baravar holda tutib tura bilish qobiliyatida ko'rinadi. Qo'zg'alish va tormozlanish baravar darajada kuchli yoki kuchsiz bo'lganda, nerv sistemasida muvozanat bo'ladi. Shu jarayonlardan biri kuchliroq yoki kuch-
sizroq bo'lsa, nerv sistemasida muvozanat bo'lmaydi.
Nerv sistemasining ildamligi (labilligi) miya po'stining biron qismidagi qo'zg'alishning tormozlanishi bilan yoki, aksincha, tormozlanishning qo'zg'alish bilan naqadar yengil almashinishidan iborat. I. P. Pavlov
nerv sistemasining bu xususiyatiga, ayniqsa, katta ahamiyat bergan edi. «Ravshanki, eng muhimi ildamlikdir, — deydi u, — hayot o'zi deganicha qilaveradi, hamma sharoitni o'zgartirib yuboradi, u juda ham o'zgamvchan, kimki sergaklik bilan bu o'zgarishlarni darrov payqab ola bilsa, ya’ni il
dam esga ola biladigan nerv sistemasi bo'lsa, o'sha yutadi» («Павловские среды», 11 tom, 244-bet).
Yuqorida ko'rsatilgan belgilariga qarab, nerv sistemasining quyidagi to'rt asosiy tiplarini ajratiladiki, bular l.P. Pavlov fikricha, Gippokratning to'rtta temperament tipiga to'g'ri keladi:
a) kuchli muvozanatli va epchil tip. Serharakat tip. Bu tip sangvinik temperament asosini tashkil etadi;
b) kuchli, muvozanatli inert (sustkash) tip og'ir vazmin tip. Flegma
tik temperamentning asosini tashkil etadi;
d) kuchli, lekin muvozanatsiz, ya’ni qo‘zg‘alish tormozlanishdan us
tun chiqadigan, qizg‘in, jo‘shqin, tip. Bu — xolerik temperamentning asosini tashkil etadi;
e) kuchsiz tip. Melanxolik temperamentning asosini tashkil etadi.
l.P. Pavlov nerv faoliyatining bunday tiplari odamlarga ham xos deb hisoblaydi. «Hayvonlar nerv sistema tiplarini klassifikatsiyalashning elementar fiziologik asoslariga suyanib turib, — deydi I. P. Pavlov, — ana
shu tiplami ko'pchilik odamlarga nisbatan ham qabul qilish lozim».
Shunday qilib, temperament, I. P. Pavlov ta’limotiga muvofiq, yuksak nerv faoliyat tiplarining kishi xulqida namoyon bo'lishidan iboratdir.
Ammo temperament haqida bayon qilingan bu fikrlardan odam tem- peramentining barcha xususiyatlari albatta nerv sistemasining tuzilish xususiyatlari bilan qat’iy ravishda belgilanadi va o'zgarmaydi, degan xulosa chiqarish yaramaydi. Nerv sistemasining ma’lum bir tipi faqat shaxsda
ma’lum sifatlarga moyillik vujudga keltiradi, unga zamin hozirlaydi, xolos. Temperamentga xos bo'lgan xususiyatlami kishi o'z irodasi, istagi bilan o'zi o'stira oladi, birmuncha yo'qota yoki o'zgartira oladi. Kishi temperamenti xususiyatlaridagi bunday o'zgarishlar kishining shaxsiy istagi bilangi
na vujudga kelib qolmay, balki, kishining hayot tajribasi jarayonida, teva- rak-atrofdagi muhit ta’siri, asosan tarbiya ta’siri ostida ham vujudga keladi.
Nerv faoliyatining o'zi qandaydir o'zgarmaydigan bir narsa emasligini l.P. Pavlov takror-takror uqtirib o'tgan. U nerv sistemasining faoliyati «turmush beradigan tarbiya ta’siri bilan» o'zgarishi mumkin va bir shaklga kirgan nerv faoliyati faqat tug'ma nerv sistema tipi bilangina belgilan- masdan, balki organizm hayotining butun tarixi bilan ham belgilanadi,
deb hisobladi.
«Odam bilan hayvonning xatti-harakati, — deydi l.P. Pavlov, — faqat nerv sistemasining tug'ma xususiyatlarigagina bog'liq bo'lib qolmay, balki oiganizmning individual hayotida unga doim ko'rsatilgan va ko'rsatilayotgan ta’sirlaiga ham bog'liqdir, ya’ni, keng ma’noda olganda, doimiy tarbiya yoki o'igatishga bog'liqdir. Buning sababi shuki, nerv sistemasining yuqorida ko'rsatilgan xossalari bilan bir qatorda, uning eng muhim xossasi bo'lgan
eng yuksak plastikligi ham to'xtovsiz kor qilib turadi. Demak, agar gap nerv sistemasining tabiiy tipi to'g'risida borar ekan, u vaqtda tug'ilgan ku- nidan boshlab mana shu organizmga ta’sir etgan va hozirgi vaqtda ham ta’sir etib turgan hamma ta’sirlami hisobga olmoq kerak» (Полное собрание сочинений, III tom, 2-kitob, 269-bet).
Kishining temperamenti o‘zicha ayrim ravishda namoyon boMmaydi, u kishining xarakteri tarkibiga kiradi.
«Xarakter» yunoncha «xaraktir» degan so‘zdan olingan boMib, «qalqiq chiziq» ma’nosini anglatadi. Bu yerda tanga, chaqa yuziga tushirilgan bo‘rtma tamg‘a ko‘zda tutiladi.
Xarakter deganda, shaxsda muhit va tarbiya ta’siri ostida tarkib topgan va uning irodaviy faolligida, tevarak-atrofdagi olamga (boshqa kishilarga, mehnatga, buyumlarga), o‘z-o‘ziga boMgan munosabatlarida namoyon boMadigan individual xususiyatlarini tushunamiz.
Shaxsning xarakteriga tegishli boMgan xususiyatlarni xarakter xislatlari deyiladi. Xarakter xislatlari kishida tasodifiy uchraydigan xususiyat boMmay, balki kishining xulqidagi doimiy, barqaror xususiyatlar boMib, bu xususiyatlar shaxsning o‘zigagina xos boMadi.
Har bir odam ayrim paytlarda mardlik, salobatlilik, rostgo‘ylik, sof- dillik ko‘rsatishi mumkin. Lekin kishining hayoti va faoliyatida ayrim paytlardagina yuz beradigan bunday xususiyatlar hali uning barqaror xarakter xususiyatlari boMa olmaydi. Biz kishi xarakterini ta’riflamoqchi boMganimizda, bu odam mardlik qildi yoki rostgo‘ylik, sofdillik ko‘rsatdi demasdan, balki bu odam mard, rostgo'y, sofdil deb gapiramiz. Bu degan so‘z, mardlik, to‘g‘rilik, sofdillik shu odamga xos fazilat, uning xarakter xislati degan so'zdirki, tegishli paytda mardlik, rostgo‘ylik, sofdillik ko‘rsatishni biz muqarrar ravishda bu odamdan kuta olamiz. Agar biz bir kishining xarakter xususiyatini bilsak, bu odamning tegishli paytda qanday xatti-harakat ko‘rsatishni oldindan to'g'ri taxmin qila yoki ayta olamiz.
Kishi xarakteri tarkibiga kiradigan ayrim xislatlari ijtimoiy munosa- batlarning taraqqiyotiga bogMiq holda, tarixiy ravishda vujudga kelgan va o‘zgargan. Sinfiy jamiyatda xarakterning ham sinfiy xislatlari tarkib topgan. Kishilar xarakteridagi ayni bir xislatning o‘zi turlicha ijtimoiy muhitda turlicha baholanadi: bir ijtimoiy sinf, bir tarixiy davr uchun ijobiy hisoblangan xarakter xususiyati ikkinchi bir sinf, ikkinchi bir ijtimoiy davr uchun salbiy bo'lib qoladi.
Ijtimoiy munosabatlaming o‘zgarishi bilan u maMum bir guruhga yoxud sinflarga xos bo'lgan ko'p xarakter xislatlari qaytadan tarbiyalanadi yoki yo‘qolib ketadi, shu bilan birga yangi xarakter xislatlari paydo bo'ladi.
XX asrning yakuniy bosqichi buyuk ijtimoiy o'zgarishlar va burilishlar davri boMib tarixga kirayapti. Bu o'zgarishlarning eng ulug'i SSSR deb atalgan kommunistik imperiyaning barbod bo'lishi va sobiq ittifoqdosh respublikalaming, jumladan, jumhuriyatimizning mustaqillik, milliy tik-
lanish va demokratik yoMiga kiravotganidir. Bu xalqlar insoniyatning hay
otida sinalgan tabiiy-tarixiy taraqqiyot yoMi — bozor iqtisodiyotiga o‘tyapti, bevosita jahon iqtisodiy-ijtimoiy oqimiga qo‘shilyapti.
Ushbu ulkan tarixiy jarayonlar kishilarning ruhiyatiga, xarakteriga, axloq-odobiga, o£zaro munosabatlariga chuqur va ziddiyatli ta’sir ko‘rsatyapti. Bu ta’sirlar xalqimizning milliy tiklanishi va milliy qadriyat- larigagina emas, balki kishilarimizning xarakter xislatlarini ham o‘zgartirishga sabab boMmoqda.
Xarakter va uning shakllanishi, namoyon boMishi uchun kishilarimiz- ni o‘rab olgan muhiti, turli faoliyatla^ga turlicha munosabatlar, yashab turgan jamiyatimizdagi munosabatlar sabab boMadi. Bu esa xalqimizda yangicha xarakter xislatlarining shakllanishiga, asriar davomida avlod- dan-avlodga o‘tib kelayotgan saxiylik, samimiylik, o‘zaro hamkorlik, bir- biriga yordam, iffat, sharm-hayo, kamtarlik, mehmondo‘stlik kabi sifatlar barqaror xususiyatlarga aylanib qolmoqda. Bu xususiyatlar yana avlod- dan-avlodga o‘tadi va mazmun, sifat jihatidan o‘zgaradi va u kishilami o‘z-o‘ziga, jamiyatga, mehnatga, narsalar va hodisalarga boMgan muno- sabatlarda yangicha xarakter xislatlarni shakllantiradi.
Zahmatkash xalqimizning xarakteridagi irodaviy, axloqiy va fahm- farosatga bogMiq boMgan xislatlar mustaqillikni mustahkamlashda yana ham rivojlandi. Xarakterning bu sifatlari terrorizmga qarshi kurashda,
diniy aqidaparastlik, vahobizm, narkomaniya va shu kabi illatlarga qarshi kurashda yaqqol namoyon boMdi. Qancha begunoh kishilarning yostigM quridi, lekin xalqimiz o‘zining matonati, qat’iyati bilan o‘z xarakterini namoyon qildi.
Hozirgi kunda laganbardorlik, xushomadgo‘ylik, takabburlik, egaizm, tamoyilsizlik kabi salbiy illatlar o‘rnini o‘zaro muruvvat, hamkorlik, kishi- larni hurmat qilish, ularga qoMlaridan kelguncha yordamlashish, mehr- saxovat, adolat, savobli ishlar qilish, halol va haromni, vijdonni his qilish yaxshilik kabi ijobiy sifatlar egallab bormoqda.
Bizda yangicha xarakter xislatlari tarkib topmoqda. Bu kishilarning mehnatiga yangicha munosabat, jamiyat manfaatlariga sodiqlik, mehr- muruvvatli boMish, yordamga muhtoj kishilarga iltifotli boMish kabi yuk
sak fazilatlar shakllanmoqda.
Kishilarimizning xarakter xislatlari ularning dunyoqarashi va c’tiqodlari bilan belgilanadi va ularning qiziqish, qobiliyatlari bilan mahkam bogMangandir. Dunyoqarash va e’tiqodlar Vatanimizga fidoko- rona muhabbat, jasorat, mehnatsevarlik, mardlik, sabot va rostgo'ylik singari xarakter xislatlarini shakllantiradi va nohaqliklarga nisbatan sez- girlik singari xarakter xislatlarining vujudga kelishi, ko'proq kishining
hissiyotlarida zohir boiadi. Kishi xarakterida markaziy o‘rinni ishg'ol etadigan sifatlar mazkur odamning iroda sifatlari va ma’naviy qiyofasida ifodalanadigan sifatlardir.
Kishining xarakteri uning o'ziga xos xislatlarining majmuidir. Ana shu xislatlar orasida shu kishini jamiyat a’zosi sifatida xarakterlab beruvchi xususiyatlar eng muhim ahamiyatga egadir.
Kishidagi mustahkamlanib, uning shaxsiy xususiyatiga aylanib qolgan iroda sifatlari xarakteming iroda bilan bogliq boigan xislatlaridir. Shu sababli, xarakter haqidagi ta’limotda ham o‘zini tuta bilish, dadillik, qat’iyat singari iroda sifatlari ustida yana to‘xtalib o'tishga to‘g‘ri keladi. Lekin bu yerda biz
ulaming kishida ahyon-ahyonda ko‘rinishi ustida emas, balki bunday sifatlar kishining shaxsiy fazilatlariga aylanib ketishligi to‘g‘risida, ulaming ayrim kishi xarakteri xislatlari tariqasida namoyon bolishi haqida gapiramiz.
Kishining iroda bilan bogliq boigan xarakter xislatlari, odatda, undagi emotsional xususiyatlar bilan muayyan nisbatda namoyon boiadi. Ba’zi odamlarning irodasi tuyg'u-hissiyotlarida ustun turadi. Bunday odamlar o'z maqsadiga yetishiga xalal berish mumkin boigan har qanday his- tuvg'ularini darhol bostira oladi. Odatda, bunday odamlarni irodasi kuchli, mustahkam irodali odam deyiladi.
Shunday odamlar ham boladiki, ularning xatti-harakatida hissiyot ko'proq o'rin oladi; bunday odamlar o‘z xatti-harakatlarida ko'pincha tasodifan tug'iladigan his-tuyg'ulari ta’siri ostida ish ko'radilar. Bunday odamlarning hissiyoti kuchli bo'lib, tasodifiy kayfiyat va tuyg'u-hissivot- ga tez beriluvchan boladilar, shu sababli ularning xarakteri hissiy xarak- tcr deb ta’riflanadi. Ba’zi odamlarda esa irodaviy faollik undagi tuyg‘u- hissiyotlar bilan birlikda «monand ravishda» namoyon bo'ladi. Masalan, mehnatsevarlik mana shunday xarakter xislatiga ega bolishdir. Mehnat faoliyati kishidan chidam va irodaviy zo'r berishni talab qiladi, buni esa unda mehnatga bo'lgan muhabbat hissi yengillashtiradi, mehnatni seru- num qiladi. Iroda bilan tuyg'u-hissiyotlarning mana shunday nisbati be- qusur, uyg'un xarakter alomatidir.
Odamlarning o'zaro, kundalik munosabatlarida ham, ish sharoitida ham kishi xarakteri lo‘gkrisida gapirilganda, odatda, uning xarakter kuchi va mustahkamligi qay daraja namoyon bolishiga qarab hukm chiqariladi. Kishi xarakteridagi bunday xislat, awalo, uning o‘z mehnat faoliyatlari va xatti- harakatlarida koV.lavdigan maqsadning aniqlik darajasidan iboral boiadi.
Kishidagi irodaviy faollik intilislulan boshlanishi, intilishlar esa qanchalik anglab olinganligiga qarab bir-biridan farq qilishi sababli, odamlar xarakteri ham, ularda qanday intilish ustun boMishiga qarab, bir-birlari- dan farq qiladilar.
Ba’zi odamlarning qiladigan harakatlarida hali yaxshi anglab olinma- gan intilish, ya’ni moyillik ustunlikni egallaydi. Bunday kishilarning inti- lishi, ko‘pincha, noaniq, mazmunsiz boMadi. Bunday kishilar hamma vaqt nimanidir qidiradilar, nimanidir qumsaydilar, doimo ularga nimadir yetishmaydi, nimadir istaydilar, ammo uning nima ekanligini o‘zlari ham bilmaydilar. Bunday odamlarni hech narsa qanoatlantirmaydi. Ularda hamma vaqt zerikish, xomushlik, «nolish», «tajribasizlik»ni ko‘ramiz. Bunday odamlarda, ko‘pincha, ko‘ngli notinchlik, bezovtalik va hovli- qish boMadi. Bunday odamlarning xatti-harakatlarida rejasizlik, tanglik ko‘p boMadi.
Ba’zi odamlar nimaga intilayotganliklarini anglaydilar, lekin uni amalga oshirish uchun faoliyat ko‘rsatmaydilar. Ular hamisha nimanidir qumsaydilar, noliydilar, o‘zlarini va atrofdagi kishilami tanqid qiladilar. Bunday odamlar orzu-xayollar (ko‘pincha, «yaxshi» niyatlar) ga beriladilar, goho-goho g‘ayratlari jo‘sh uradi, ammo aslida ular faoliyatsiz, sustkash boMadilar.
Bunday xislatlar, asosan, tarixiy oMmish kishilari xarakteri alomatlari boMib, zamonamiz kishilari xarakteridan uzoqlashib bormoqda.
Kishi xarakterining muhim ijobiy xislati maqsadga intilishdir, kishida muayyan xohish tariqasidagi batamom anglab olingan intilishning ustun turishidir. Bunday kishilar istaklari nima ekanligini, maqsadlari nimada- ligini va unga erishish uchun nimalar qilmoqligi va qanday qilmoq lozimligini hamisha biladilar. Bunday kishilar aniq maqsadga ega boMib, shu maqsadga muvofiq harakat qiladilar. Iroda bilan bogMiq boMgan xarakter
xislati ayni vaqtda aql-farosat bilan bogMiq iroda xislati hamdir.
Xarakterning iroda bilan bogMiq boMgan xislati qat’iyatlilik va barqaror- likdir. Ba’zi odamlarni biz qat’iyatli, barqaror deymiz, ba’zilarini esa
qat’iyatsiz, mujmal, beqaror deb ataymiz.
Qat’iyatli, barqaror odam deb, ortiqcha ikkilanmasdan, tez bir qarorga keladigan kishilami aytamiz. Qat’iyat kishining shu o'rinda qay daraja
aql-larosat bilan ish ko‘rishiga qarab turli tus oladi.
Qat’iyalning o'zi, albatta, kishi yuksak g‘oyaviy va axloqiy tamoyillarga asoslnngandagina ijobiy xislat boMa oladi. Har doim muhokama qilib, asosli ravishda, kerak boMib qolganda shoshilmasdan, donolik bilan ish kolradigan odamni aqlli, dono, vazmin odam deb aytamiz.
Lekin xarakteri e’tibori bilan qat’iyalli boMgan kishilar ichida ayrim tuygMilarga berilib, kayliyatiga qarab tez, shoshqaloqlik bilan qarorga ke- luvchi kishilar ham boMadi. Bunday odamlar emotsional, impulsiv tabiat-
Ii boMib, ular odatda, o'zlarining shoshma-shosharliklari, yengiltakliklari va betayin bo'lishliklari bilan ajralib turadilar.
Qat’iyat ortiqcha ikkilanmasdan o'ylab, to'g'ri qaror chiqara olganda va ularni dadillik bilan amalga oshira bilgandagina kishi xarakterining ijobiy xislati boMa oladi.
Kishi xarakteridagi bu xislat bir qancha narsa yoki imkoniyatlardan bittasini darrov, tezlik bilan ajratib olib hal etishni talab etadigan va ba’zan tavakkal bilan jur’at qilishni talab etadigan murakkab bir vaziyatda, ayniqsa, yaqqol ko'rinadi.
Qat’iyatsizlik, jur’atsizlik salbiy xarakter xislatlaridandir.
Qat’iyatsiz, jur’atsiz kishi juda sekinlik bilan qaror chiqaradi, o'zining chiqargan bunday qarorlarini ham, ko'pincha, vaqtida bajarmaydi. Bunday odam har xil imkoniyatli, ehtimolli va, ayniqsa, tavakkal bilan jur’at qilish talab etadigan ishlarni bajarishda o‘z qarorining to'g'riligiga ishon- may, shubhalanadigan boMadi.
Barqarorlik qat’iyat bilan yaqindan bogMangan boMib, ijobiy xarakter xislatidir. Bunday xarakter xislatiga ega boMgan odamlar, odatda, bergan qarorlarini o'zgartirmaydilar, bekor qilmaydilar va bajarmay qo'ymaydilar. Bunday odamlar o'z so'zida, va’dasida turadigan, saxovatli boMadilar; ularning so'zi bilan ishi bir-biriga mos boMadi. Bunday odamlar o'z so‘zida mustahkam, ularga ishonsa, suyansa boMadi.
Beqaror odamlar deb, o'z qarorlarini tez-tez o'zgartirib turadigan yoki aynib turadigan odamlarni aytamiz. Bunday odamlar o'z so'zida, va’dasida turmaydilar, subutsiz boMadilar Bunday odamlarning so'ziga ishonib va umid qilib boMmaydi.
Xarakterning iroda bilan bogMiq boMgan eng yaqqol xislati kishi irodasining kuchi va mustahkamligida ifodalanadi. Bunday xislatlar har kimning xarakterida ham ma’lum darajada namoyon boMaveradi. Xuddi shunday kuchli iroda va mustahkam xarakterga ega boMgan kishilar bizda yuksak qadrlanadi.
Xarakterning kuchi va mustahkamligi o'zini tuta bilishlik, dadillik, chidam va matonatda ko'rinadi.
0 ‘zini tuta bilish tariqasida namoyon boMadigan xarakter xislati kishining o'z xalti-harakalini nazorat qila bilishda, o'zini tuta bilishida, taso
difiy yuz beradigan ixtiyorsiz harakatlarini idora qila olishda, tilini tiya bilishda, muayyan sharoitda nojo'ya yoki zararli deb isbotlangan harakatlardan o'zini tiya bilishda ko'rinadi. Bunday kishilar vazmin, o'zini tuta biladigan bo'ladilar. Bunday odamlar saranjom-sarishta boMadilar.
Xarakter kuchi dadidikda ham ko'rinadi. Dadil odamlar har qanday mashaqqal va lo'siqlarga qaramay, koV.langan maqsadiga crishadigan boMadilar. Bunday kishilar boshlagan bir ishni o'z tinchligining buzilishiga, hatto o‘zining hayoti uchun xavfli boMishiga qaramay, oxiriga yetkazadi
gan, sabotli boMadilar. Bunday odamlar jur’atli, botir va jasur kishilardir.
Matonat shunday xarakter xislatidirki, bu xislatlarga ega boMgan odam sobitqadam, chidamli, ko‘zlangan maqsadni amalga oshirishda duch kelgan hamma qiyinchiliklarga bardosh bera oladigan va ularni yenga oladigan boMadi.
Xarakter xislati tariqasida namoyon boMadigan matonat, sabotlilik ba’zi odamlarning barcha faoliyatlarida yuz bersa, ba’zilari esa o‘zlari qiziqadi-
gan ayrim faoliyatlari sohasidagina yuz beradi.
Matonatli kishilar boshlagan ishlarini hamma vaqt oxiriga yetkaza oladigan boMadilar.
Matonatli odam muvaffaqiyatsizlikka duch kelib qolganda ruhi tush- maydi, aksincha, ko‘zlagan maqsadga yetish yoMida yanada qat’iyat bilan
kirishib, yangi yoM va vositalar izlaydi va maqsadiga erishadi.
Matonatli odamlar o‘ziga va boshqalarga nisbatan talabchan boMish bilan ajralib turadilar. Bunday kishilar o‘z kuchiga ishonadigan boMadilar.
Bular moMjallangan narsani amalga oshirishda duch kelgan har qanday to‘siqlarga qarshilik ko‘rsata oladigan, sabotli boMadilar.
Bunday kishilar chidamli, o‘z maqsadlariga erishish yoMida uchragan to‘siqlarga qarshi kurashlarda jismoniy va ruhiy azob hamda musibatlarga bardosh beradigan boMadilar. Bular sabr-toqatli, har qanday sharoitda ham o‘zini tuta oladigan, dadillik, jasorat, matonat ko‘rsatishga qodir odamlardir. Xarakter xislati bunday odamlar zo‘r qahramonliklar ko‘rsatishga qodir boMadilar. Ular o‘z hayotini bir asosiy maqsadga bo‘ysundirdi va har qanday mashaqqat hamda to‘siqlardan qaytmay, asosiy maqsadi yoMida kurashadi.
Bunday xarakterli odamlarga optimistik kayfiyat xos boMib, hayotga doimo zavq-shavq bilan qaraydilar, porloq istiqbolga zo‘r umid bogMaydilar. Ular odamlarga, ulardagi boMgan imkoniyatlarga va o‘z kuchlariga, mehnat imkoniyatlariga ishonadigan boMadilar.
Xarakterning salbiy xislatlaridan biri kishi irodasining bo‘shIigidir.
Iroda bo‘sh yoki xarakteri zaif deb, hatto arzimaydigan to‘siq va qiyinchiliklarni ham yenga olmaydigan odamlarni aytiladi. Bunday odamlar qo‘rqoq, jur’atsiz boMib, ozgina qiyinchilik yoki muvaffaqiyatsizlikka duch kelsalar, o‘zlarining qilayotgan ishlarini to‘xtatishlari, o‘z qarorlarini o‘zgartirishlari, ko‘zlangan maqsaddan voz kechishlari mumkin. Ular sharoit talab qilgan darajada sabot, sabr-toqat, matonat va chidam ko‘rsata olmaydilar. Bunday odamlar yuraksiz, landovur, dangasa, ko‘ngli bo‘sh boMadilar. Bunday odamlarning xatti-harakatlarini, odatda, o‘zlaridan ko‘ra ko‘proq tashqi sharoit idora qiladi.
Bunday xarakterli odamlar umidsizlikka moyil boMib, hayotga, turmushga noshukurlik bilan qaraydilar. Ular hamma vaqt hamma yerda, hamma odamlarda faqat salbiy, yomon tomoninigina ko'radilar. Ularning fikricha, o‘zlaridagi barcha shaxsiy kamchilik va yetishmovchiliklar- ga boshqalar aybdor. Bunday tipdagi ba’zi odamlar beparvo, ko‘ngilchanlikka moyil boMadilar.
Bunday xarakter xislatlari bizdan yo‘qolib bormoqda.
Kishida muayyan darajada namoyon boMadigan mustaqillik shaxsning iroda bilan bog'liq boMgan individual xususiyatlariga kiradi.
Bunday xarakter xislatlari: tashabbuskorlik, tanqidiy qarash va mas’uliyat his qilishdan iboratdir.
Tashabbuskorlik — xarakterning qimmatli xislati boMib, bu xislat ko‘pchilik kishilarda ommaviy tus olgandir.
Tashabbuskor odam o'zining shaxsiy hayotida ham, ijtimoiy faoliyatlarida ham sharoitni, qo'yilgan talablarni ustalik bilan hisobga olib, o'rtaga
yangi vazifalar qo'yadi, qo'yilgan vazifalarni hal etish yoMlarini, vositalarini topadi va bu vazifalarni bajarishda o'zi ham faol ishtirok etadi. Tashabbuskor odam jamoa mehnatda davlat reja va topshiriqlarini amalga oshirishning eng samarali vosita va yo'llarini qidirib topadi, musobaqalar tashkil etadi, orqada qoluvchilarga yordam beradi. Tashabbuskor kishilar — faol kishilardir, ular novatorlardir.
Kishidagi tanqidiy ko'z bilan qarash xislati boshqalarning aytgan fikr va mulohazalarini diqqat-e’tibor bilan tekshirib ko'ra bilish qobiliyatida namoyon bo'ladi. Shunday xislatga ega bo'lgan odam boshqa kishilarning fikrlariga, qarashlariga, bergan maslahatlariga e’tibor bilan quloq solib ularning hammasini u, muayyan tamoyillar nuqtayi nazaridan, yaxshilab o'ylab ko'radi, ijobiylarini qabul qiladi va foydalanadi, noma’qul, salbiy, foydasi bo'lmaganlarini asosli ravishda rad qiladi. Shunday xislatga ega bo'lgan kishi boshqa odamlar aytadigan fikr va mulohazalarning hammasini dunyoqarash va axloq tamoyillariga tayanib tekshirib chiqadi va ma’qullarini tanlab oladi.
Mas’uliyat his qilish shu odamning mustaqilligini ko'rsatuvchi tipik xarakter xislatidir. Mustaqil odam topshiriq yoki o'z tashabbusi bilan qilinayotgan ish uchun mas’uliyatni dadillik bilan ustiga oladi va boshlagan ishni oxiriga yetkazadi. U hamma vaqt adolatli tanqidni qabul qilishga,
o'z xatosini bo'yniga olishga va uni tuzatishga tayyor turadi.
O'z-o'ziga tanqidiy qaraydigan kishi doimo o'zida mas’uliyatni his qiladi va unga beparvolik yotdir. U erishgan narsasi to'g'risida emas, balki erishmagan narsasi haqida ko'proq o'ylaydi, u uchun muvaffaqiyat kelgusidagi ishga rag'bat stimuliginadir.
Tashabbuskorlikning, tanqidiy qarashning boMmasligi, o‘z xatti-ha- rakatlarida mas’uliyat sezmaslik kishidagi mustaqilsizlikning alomati, undagi xarakterning bo'shligini ko'rsatadi.
Mustaqil bo'lmagan odam hamisha sustkash bo'lib, hammadan orqa- da qolib yuradi, o'zining to'mtoqligi bilan ajralib turadi. Bunday odamlar, odatda, o'z ishidagi muvaffaqiyatsizlikning sababini o'zidan qidirmay, obyektiv sharoitga to'nkaydilar. Ular boshqalar tomonidan qilinadigan tanqidni qabul qilmaydilar va o'z xato hamda muvaffaqiyatsizliklarining
gunohkori deb boshqalarni hisoblaydilar.
Kishining intizomlilik tariqasida namoyon bo'ladigan xarakter xislati jamiyat talablariga ongli va ixtiyoriy ravishda bo'ysunishda ifodalanadi. Jumladan, intizomlilik belgilangan tartib-intizomlarga aniq rioya qilishda, o'z burchiga sadoqatli bo'lish bilan biiga bergan va’dalarini vijdonan bajarishda ifodalanadi.
Intizomli odamga mustaqillik, tashabbuskorlik, ishchanlik va shu bilan bir vaqtda jamiyat manfaatiga va axloq tamoyillariga bo'ysuna bilishlik xos
dir. Belgilangan qoida va axloqiy tamoyillaiga bo'ysunmaydigan mustaqillik esa shaxsning o'zboshimchalik, o'zbilarmonlik, adabsizlik va ba’zan axloqiy jihatdan chetga chiqib ketish singari salbiy sifatlarida namoyon bo'ladi.
Xarakter kuchi va mustahkamligini ifodalaydigan barcha xislatlar ularda shaxsning axloqiy maslagi, ma’naviy qiyofasi namoyon bo'lgani uchun ijobiy qimmatga ega bo'ladi.
Axloqiy yoki ma’naviy xarakter xislatlari deb kishining axloqiy e’tiqodlarini aks ettiradigan xislatlariga aytiladi. Ma’naviy xarakter xislatlari, jumladan, kishini boshqa odamlarga, jamiyatga, mehnatga va
shuningdek, o'z-o'ziga munosabatida namoyon bo'ladi.
Kishining ma’naviy qiyofasi haqida, awalo, uning xatti-harakati va xulqiga qarab hukm qilamiz. Kishining ma’naviy qiyofasi, awalo, uning xatti-harakatlari va xulqida namoyon bo'ladi.
Axloqli odam deb, o'zlarining intilishlarida, qarorlarida va harakatlarida har doim gumanistik axloq prinsiplariga amal qiluvchi kishilami
aytamiz.
Qat’iyat, sabot, dadillik, matonat, tashabbuskorlik, mas’uliyat hissi, intizomlilik va shu kabi iroda xislatlari kishining axloqiy qiyofasini, uning mustahkam e’tiqod va barqaror axloqiy hissini ifodalaganligi sababli, biz
bu xislatlarni yuksak sifatlar deb taqdirlaymiz.
Ular qaysi kishi xarakterining ma’naviy darajasi, awalo, o'z faoliyatlarida yoki o'zining ayrim xatti-harakatlarida, tamoyillarida asoslanadi- gan motivlarida namoyon boMadiki, kishi o'z intilish, qarorlarini va o'z harakatlarini, shuningdek, boshqalar tomonidan chiqariladigan qaror va harakatlarini shu nuqtayi nazaridan baholaydi. Xalqimizning azal-azal- dan, masalan, To'maris, Shiroq, Farhod va bugungi kunning boshqa ko'pgina qahramon yigit va qizlari xarakterining mustahkam matonatli bo'lganligi ulardagi e’tiqod, ulaming vatanparvarlik, o'z xalqiga, davlati-
ga fidokorona sadoqat ruhida tarbiyalanganliklari samarasidir. Kishilarning ma’naviy fazilati — rostgo'ylik, to'g'rilik, xalq manfaatlariga, Vatan manfaatlariga sadoqatliliklaridadir. Axloqli kishilar davlat manfaatlarini shaxsiy manfaatlaridan yuqori qo'yadigan kishilardir.
Milliy xarakterning oliyjanob axloqiy fazilati — Vatan va o'z xalqining baxt-u saodati uchun, jamiyat ideallarini amalga oshirish uchun kurash- larda o'z hayotini qurbon qilishga tayyor turishdir.
Kishining boshqa odamlarga va mehnatga boMgan munosabatlarida ifodalanadigan xarakter xislatlari
Kishining boshqa odamlarga boMgan munosabatlarida ifodalanadigan xarakter xislatlari odamning xatti-harakatlari va nutqida yaqqol namoyon boMadi.
Kishining boshqa odamlarga boMgan munosabatlarida ifodalanadigan ijobiy xarakter xislatlari, awalo, kishining boshqa odamlar bilan nechog'li
el bo'lib ketishidadir. Bu xarakter xislati kishining hamisha boshqa odamlar bilan birgalikda bo'lishga, jamoaning umumiy manfaatlari bilan nafas olishga, birgalikda qilinadigan ishlarda qatnashishga intiluvida namoyon boMadi. Kishilarga el bo'lib ketadigan odamlar, hatto biroz muddatga bo'lsa ham yakka qolgan paytlarida ich-ichlaridan eziladilar.
Xarakter xislati boMgan el bo'lib ketishning, o'z navbatida, har bir kishida ba’zi bir xususiyatlari ham boMadi. Chunonchi, kishi naqadar el bo'lib ketaveradigan bo'lmasin, shunga qaramay har bir kishining boshqa odamlarga ijobiy munosabati bir xil bo'lavermaydi, har bir odamning boshqalar
ga qaraganda o'ziga eng yaqin ko'rgan, ko'ngliga yoqqan oshna-og'aynisi boMadi. Har bir odamning o'z o'rtoqlari, do'stlari boMadi. Buni boshqacha qilib aytganda, kimgadir mehr-muhabbat qo'yishi (sadoqat) deyiladi.
Odamlar bilan munosabat, el bo'lib ketish doirasi har bir kishida turlicha namoyon boMadi. Bir xil odamlarning o'rtoqlari, do'stlari ko'p boMadi, boshqa birovlarining oshno-og'aynilari, do'stlari kamroq boMadi. Odamlar do'stlik munosabatlari va mehr-muhabbatlarining barqarorligi yoki beqarorligi jihatidan ham bir-birlaridan farq qiladilar. Bir xil odamlar o'z do'stlik munosabatlarida sobitqadam, vafodor, mehr-muhabbatlaridan hech qachon aynimaydigan boMadilar. Bu —xarakterning ijobiy xislatidir, albatta.
Ammo odamlar bilan munosabatida yoki birodarligida beqaror, subut- siz, aynama kishilar ham bo'ladi, bunday kishilarning do'stlik va mehr- muhabbatida tuturiq bo'lmaydi. Ulardagi yor birodarlik hissi ba’zan juda ham jo'sh urib ketishi, shuningdek, darrov so'nib, yo'qolib ketmog'i ham mumkin. Bunday odamlar boshqa bir kishi bilan do'stlashib ketaveradi,
bunisidan aynib, unisi bilan do'stlashadi.
Odamlar bilan munosabatdagi bunday tuturiqsizlik ham xarakter xis- latidir, lekin u salbiy xislat.
Odamlar bilan keng doirada va barqaror el bo'lish xislati, odatda, optimizmdan iborat ijobiy xarakter xislati bilan chambarchas bog'liq bo'ladi. Bu xislat olam va hayotga beg'ubor hamda quvnoq nazariya bilan qarash- da ifodalanadi. Xarakteri e’tibori bilan optimist odam hatto hayotida ba’zi bir qiyinchilik yoki muvaffaqiyatsizliklarga duch kelgan paytlarda ham
ertangi kunining beg'ubor bo'lishligiga qattiq ishonadi.
Xarakterning e’tibori bilan odamga el bo'lmaydigan, yakkalanib yu- ruvchi kishilar bo'ladi. Ular shaxsiyatparast, xudbin bo'ladilar, butun ha
yotida fikru-zikri va xatti-harakati faqat o'zining shaxsiy manfaatini qondirishga qaratilgan bo'ladi. Bunday odamlar faqat o‘z rohat farog'ati, o'z foydasinigina o'ylaydi, xolos. Bunday shaxsiyatparast va xudbin kishilar orasida odamlar bilan chiqisha olmaydigan, jizzaki, odamlarni yoq- tirmaydigan, odamlar ham ularni yoqtirmaydigan shaxslar bo'ladi. Bunday kishilar, ko'pincha, o'taketgan xudbin bo'ladi, ular hech bir narsada biror yaxshi tomon ko'rmaydilar va ko'rishni istamaydilar. Odamlarga ishonmaydilar, o'z kuchlariga ishonmaydilar.
Kishining odamlar bilan el bo'lib ketish darajasi bir odamning barcha xatti-harakatida ayrim xulq-atvorlarida va so'zlarida namoyon bo'ladi.
Kishining xatti-harakatlari va so'zlarida uning boshqa odamlarga bo'lgan sifatlari, chunonchi, samimiylik, haqqoniylik kabi sifatlari namoyon bo'ladi.
Samimiy va haqqoniy odam deb xatti-harakati va nutqida har doim to'ppa-to'g'risini, haqiqatni aytuvchi kishilami aytamiz. Bunday odamlar qalbi pok, hamma vaqt to'ppa-to'g'risini odamning bctiga dangal aytuv
chi kishi bo'ladilar.
O'z so'zi va xatti-harakatlarida samimiy bo'lmagan odamlarni, boshqacha «ikkiyuzlamachi», «munofiq» deb aytadilar. So'z boshqa-yu, ishi boshqa bo'lib qolsa, bu juda ham yomon bir holdir. Bu hoi munofiq-
likka olib boradi.
Kishi xarakterining bunday salbiy xislatlari uning ko'zbo'yamachilik, aldamchilik, qalloblik, firibgarlik singari xatti-harakatlarida namoyon bo'ladi. Hayot shuni ko'rsatdiki, bunday xatti-harakatlami faqat ayrim kishilarga nisbatangina qoMlanib qolmaydi, hattoki o‘z jamoasiga va o‘z davlatiga nisbatan ham qoMlaydigan odamlar uchraydi.
Samimiyat va haqqoniylik kishi xarakterining eng muhim xislatlari- dan biridir. Bu xislatlami o‘stirish tarbiyaning muhim vazifasidir.
Kishi xarakterining yana bir ijobiy xislati gumanizm «insonparvarlik»dir, ya’ni har bir mehnatkash kishi bilan munosabatda uning qadr-qimmatini zokr e’tibor va se^gaklik bilan saqlashdir. Xarakterning bu xislati kishilar
to‘g‘risida g‘amxo‘rlik ko‘rsatishda, har bir kishida uning yaxshi, ijobiy, qimmatli tomonini topa bilishda ifodalanadi. Gumanizm mehribonlikda, ziyraklikda, kishilarning ruhiy holatini, dilidagi tuyg‘ularini tushuna bilishda, ularning ehtiyojlarini avaylay bilish va yordam ko‘rsatishga tayyor tura bilishda ifodalanadi. Mehribon boMish — xushmuomala bo‘lish demakdir.
Kishiga e’tibor, mehribonlik va hushmuomalalik ham har bir kishining xatti-harakatida va so‘zida namoyon boMadi. Kishining so‘zi naqa
dar kuchli ta’sir ko‘rsatishini biz bundan oldin ham so‘zlab o‘tgan edik. Kishilarga mehribon, e’tibor bilan qaraydigan odamning shirin so‘zi ularning ruhini koMaradi, ularga madad beradi, g‘am-g‘ussalarini yengillash
tiradi, ularga umid bag‘ishlaydi, dillarini shod qiladi.
Insonparvarlik bilan birga qo‘shilgan haqqoniylik yuksak ijobiy xarakter xislatidir.
Afsuski, xarakterida salbiy xislatga, ya’ni insonparvarlikka zid boMgan dag‘allik ancha o‘rin olgan kishilar hali ham uchrab turadi. Bunday salbiy xarakter xislati ham shunday odamlarning xudbinligi natijasidirki, u odamlar faqat o‘zingni bil, o‘zgani qo‘y «misolida» ish kokradilar va boshqa kishilarga, hatto o‘z yaqin odamlariga ham har qadamda faqat yomonlik sogMnishga tayyor turadilar. Bunday odamlarning xatti-harakatida ham,
gap so'zida, odatda, har doim zaharxandalik, mensimaslik, dag"allik va beparvolik sezilib turadi, ularning boshqa odamlar bilan munosabatdagi xatti-harakati kishining dilini vayron qiladi, kayfiyatini buzadi, kishida o'z kuchiga ishonmaslik, ma’yuslik, umidsizlik tuyg‘ularini uyg‘otadi. Xudbin, toMig odam boshqa kishilar bilan munosabatlarida ko‘pincha so‘zda ham, ishda ham berahm va adolatsiz boMadi. Bunday odamlar o'zlarining salbiy xususiyatlarini, odatda, boshqalarga toMikaydilar. Har qanday, hatto chittakkina muvaffaqiyatsizliklari sababini o'zlaridan emas, balki boshqa kishilardan ko‘radilar.
Bunday salbiy xarakter xislatlari oMmish qoldigM boMib hozirgi vaqtda barham topib bormoqda. Xarakterning bunday salbiy xislatlari batamom barham topib ketmogM uchun bizda hamma sharoitlar yaratilgandir. Xudbin, toMig kishining har qanday noloyiq xatti-harakati har bir jamoada darhol amaliy zarbaga uchraydi, keng jamoatchilik bunday noloyiq xattiharakatni qattiq tanqid ostiga oladi. Ma’lumki, jamoatchilik tanqidiy tarbi
yalash va qayta tarbiyalashning eng samarali vositasidir.
Kishi xarakterining mehnatga bo‘lgan munosabatida ifodalanadigan xislat ayni vaqtda uning iroda kuchini ko'rsatadigan, shuningdek, kishining boshqa odamlarga, eng awalo, o‘z jamoasiga bo'lgan munosabatini ifodalaydigan xislat hamdir. Axir, har bir kishi boshqa odamlar bilan, o'z jamoasi bilan faqat kimlargadir ijobiy va kimlaigadir salbiy munosabatda bo'lishi orqaligina bog'liq bo'lib qolmasdan, balki, asosan, mehnat faoli
yatidagi real ishtiroki orqali bog'liqdir.
Kishi xarakterining ijobiy xislati mehnatni sevish, ya’ni mehnatsevar- likdir. Bunday xarakter xislati kishining biror ishni shunchaki bajarish ehtiyoji bilan bog'liq bo'lmay, balki uni yaxshilab bajarish ehtiyoji bilan bog'liqdir. Bunday xislat kishining mehnat faoliyatidagi halolligi, saran-
jom-sarishtaligi va intizomliligi bilan bog'liqdir. Kishida bunday xarakter xislatining mavjudligi, mehnatning bu kishida ehtiyojga aylanib qolgan- ligidan dalolat beradi. Mehnatni sevish, tejash, ehtiyot qilish xislati bilan yaqindan bog'liqdir.
Tejab, ehtiyot qilib xo'jalik yuritadigan davr kishisi jamiyatning mu- qaddas va daxlsiz asosi bo'lgan mulkni mustahkam saqlaydi va qo'riqlaydi. Ehtiyotkor odam mol-mulkning buzilib, yorilib ketmasligi uchun, shuningdek, o'z buyumlarining butunligi uchun ham qayg'uradi. Bu uning o'z zarur ehtiyojlarini buzish hisobiga dunyo orttirish emas, albatta.
Kishi xarakterining salbiy xislati dangasalik, ehtiyot qilmaslik mehnatga beparvolik bilan qarash, topshiriqlami yuzaki bajarishlikdir. Bunga ayrim kishilar ongida bo'ladigan mehnatga boyvachchalarcha mensimay muno
sabatda bo'lish singari eskilik qoldiqlari ham kiradi.
Kishi xarakterining bunday salbiy xislatlari ko'pincha ma’naviy javobgarlikni sezmaslik bilan bog'liq bo'ladi. Halol mehnat qilish, jamiyat bax- ti-saodati, uchun kurashish bizning asosiy tamoyillarimizdan biridir. .
Kishining o‘z-o‘ziga bo'lgan munosabatlarida ifodalanadigan fe’l-atvor xislatlari
Kishining boshqa odamlarga bo'lgan munosabatlarida va xatti-harakatlarida uning o‘z-o'ziga bo'lgan munosabatlarini ifodalovchi xarakter xislatlari ham namoyon bo'ladi. Bu o‘z-o‘ziga baho berish deb ataladigan
xarakter xislatidir.
Jamiyat o'rtasidagi xilma-xil munosabatlarida odam ixtiyoriy yoki ixtiyorsiz ravishda o'zini boshqalar bilan taqqoslaydi va o'zida boshqalarga o'xshash yoki farq qiladigan xislatlar topadi. Odamda o'zi haqida. uning o'zligi haqida ma’lum bir fikr paydo bo'ladi.
O'z-o'ziga yuksak baho berish odamning o'zligini anglashning muhim
bir tomonini tashkil etadi. Kishining o‘z-o‘ziga beradigan bahosi uning haqiqiy sifatlariga mos bo6lishi yoki mos boMmasligi ham mumkin. Odam o'zidagi sifatlarga ortiqcha baho berib yuborishi yoki ularga yetarli baho bermasligi ham mumkin. Shunday odamlar ham boMadiki, ular ko‘pchilik tomonidan e’tirof etilgan maMum bir fazilatlarga ega boMib, bu fazilatlariga o'zi ham yuksak baho beradi. 0 ‘z-o‘ziga baho berish kishining o‘z qadr- qimmatini, o‘z sharafini bilish, yuksak singari xarakter xislatlarida ifodalanadi.
O'z-o'ziga yuksak baho berish ba’zi odamlarda iftixor tariqasida ifodalanadi, bunday odamlar o‘zidagi mavjud bir fazilatni doim qayd qilib- gina qolmay, balki o'zini boshqalardan afzal tomonlari borligini ham qayd etadi. O'z qadr-qimmatini, izzat-nafsini bilish, faxr salbiy xislat emas, albatta. Bu yerda ayrim kishida boMadigan guruhlanish ko‘zda tu- tilmay, balki bu odamning nima bilan faxrlanishini, o‘zi uchun faxr deb nimani tushunishini ko‘zda tutishga to‘g‘ri keladi.
Faxr, izzat-nafs, o‘z qadr va martabasini bilish, faqat xudbinlikdan, egoistlikdan iborat boMib qolsa, u vaqtda bunday xarakter xislati salbiy deb hisoblanadi. Bunday xususiyat, ko‘pincha, takabburlik, manmanlik, dimog‘dorlik, kibrlanish, g'ururlanish tariqasida ifodalanadi.
Shunday odamlar borki, oliyjanob xislatlarga ega boMadi, ammo hech vaqt bu xislatini odamlarga pesh qilmaydi, hech bir holda bu xislati bilan kerilmaydi. Bunday odamlar kamtar, oddiy kishilar boMadilar; bunday odamlarning xatti-harakatida, gap so'zida takabburlik, dimog'dorlik, manmanlik
boMmaydi. Kamtarlik va soddadillik kishi xarakterining ijobiy sifatidir.
Kamtar odam umum orasidan o'zini ajratib ko'rsatishga. haqiqatdagi yoki ayniqsa, o'rni-tagi yo'q xizmatlarini bo'rttirib pesh qilishga urin- maydi. U o'zining boshqalardan afzallik tomonlarini, agar shunday tomonlari boMsa, ko'z-ko'z qilishga intilmaydi, hammaning diqqatini o'ziga
qaratishga harakat qilmaydi.
Kamtar kishi odamlarga o'zini savlat qilmaydi, uning odamlarga boMgan muomalasi, kiyimi, yurish turishi, nutqi, o'zini tutishi va odatlari har doim tabiiy va samimiy boMadi.
Ijtimoiy va shaxsiy hayotda oddiylik hamda kamtarlik alohida ahamiyatga egadir.
Kamtarlik o‘z-o‘zini tanqid va o'ziga nisbatan qatMy talabchanlik bilan o'z ishiga to'g'ri baho bera bilish, ishidagi kamchiliklarni ko'ra bilish,
o'z xatti-harakati va faoliyatini tahlil qila bilish ham baho berish bilan o‘z kamchiliklarini dadil ochib tashlash va ularga iqror etish hamda ularga halollik hamda vijdonan bartaraf qilish choralarini ko‘rish bilan cham
barchas bog'liqdir.
Kishidagi kamtarlik ba’zan tortinchoqlik, uyatchanlik tarzida namo-
yon bo‘Iadi. Yana shunday odamlar ham uchrab qoladiki, biron g‘arazni, o'z shaxsiy manfaatini ko'zlab va bunga yetishmoq uchun boshqa odamlar oldida o'z insonlik qadr-qimmatini yerga urishga tayyor turadi. Bun
day odamlarning xatti-harakatlarida hushomadgo'ylik, tilyog'lamalik, la- ganbardorlik singari nihoyat past qiliqlari ko'rinib turadi. Odamlardagi laganbardorlik, tilyog'lamalik, hushomadgo'ylik salbiy xarakter xislatidir.
Ba’zi odamlar borki, ular haqiqatda o'zlarida bo'lmagan fazilatlarni o'zlarida bor deb ko'rsatmoqchi bo'ladilar. Bunday odamlar o'ziga bino qo'ygan maqtanchoq, manman ko'zbo'yamachi bo'ladi, o'zini katta tutib, gerdayib yuradi. Bunday kishilar, ko'pincha, juda katta ketib gapiraveradi- lar-u, lekin amalda, haqaqatdan tuturiqsiz, noshud, puch odam bo'ladilar.
Kishining o'zida yo'q sifatni bor degani bilan bu gap hali uning xa- rakteridagi haqiqiy ijobiy xislat bo'la olmaydi. Balki, aksincha, kishining o'zida yo'q sifatni bor deb ko'rsatishga urinishi, kishining o'zini ma’lum
bir fazilat egasi deb o'ylab yurishi uning xarakteridagi xislat bo'lib qoladi. Shunday qilib, kishining chinakam oliyjanob xislatlari uning o'zida bor deb hisoblangan, lekin aslida yo'q xislatlar bo'lmay, balki shu kishi
to'g'risida uning ishiga qarab jamoatchilik o'rtasida tug'ilgan fikr tasdiqlagan xislatdir. Ta’lim-tarbiya jarayonida salbiy xislatlaming oldini olish bizning asosiy vazifamizdir.
Biz kishida xilma-xil ko'rinishda va turlicha namoyon bo'ladigan bir qancha xarakter xislatlari bilan tanishib chiqdik.
Har qaysi xarakter xislati bir-biridan ajralgan bo'lmay, balki ular bir- birlari bilan bog'liq holda namoyon bo'ladilar. Shuning uchun bir xarakter xislatining o'zi ham turlicha odamlarda turlicha namoyon bo'lmog'i mumkin. Chunonchi, dadillik bilan qilinadigan bir xatti-harakatning o'zi ma’qul yoki noma’qul, axloqda muvofiq yoki nomuvofiq bo'lmog'i mumkin. Kishidagi mardlik singari xarakter xislati faqatgina undagi iroda bilan bog'liq bo'lmay, balki aql-idrok va tuyg'u-hissiyotlar bilan bog'liqdir. Mardlik ayni vaqtda axloqiy xislat hamdir. Har bir kishining xarakteri kishi shaxsida mujassamlanadigan turlicha xislatlaming alohida bir tarzda
birlashuvidir.
Kishilar xarakterini klassifikatsiya qilishga yoki xarakter tiplarini aniqlashga urinish hollari psixologiya tarixida ko'p martaba uchragan. Shunga
qaramay, hanuzgacha bir xarakter klassifikatsiyasi va tipologiyasi yaratil- gani yo'q.
Shu sababli ayrim kishilami xarakterlashda, odatda, shu kishiga xarakterli bo'lgan bir-ikkita muhim belgisi ko'rsatiladi. Chunonchi, ba’zi kishilami mustahkam, kuchli xarakterli desak, ba’zilarini kamtar, mehnatsevar, yana boshqalarini esa xushmuomala, dilkash va hokazolar deb ataymiz.
Kishining o‘z faoliyatlarida, tuyg‘u-hissiyot va nutqlarida, uning boshqalarga va o‘z-o‘ziga munosabatlarida namoyon boMadigan xarakter xislatlari bu kishining o‘z hayotida qanday maqsadlarga amal qilishga
qarab, o‘z hayotini va qiladigan ishlarini qanday tushunishga qarab, ijobiy yoki salbiy boMmog'i mumkin.
Shuning uchun ham uning barcha xarakter xislatlari yuqori axloqiy sifat kasb etadi. Ekspluatator sinflar sharoitida qat’iyat, matonat, mustaqillik singari xarakter xislatlari, ekspluatatorlik maqsadiga qaratilganligi tufayli axloqqa zid, yaramas xarakter xislatlari deb hisoblanadi.
Shunday kishilar ham uchraydiki, ularning xarakterini aniqlash qiyin boMadi. Bunday odamlar haqida xalqimiz juda o‘rinli ravishda: «na rah- monga chiroq va na shaytonga kasov, shunchaki bir odam» deb ataydilar.
Yuqorida ko‘rib oMganimizdek, kishi temperamenti uning xarakteri tarkibiga kiradi, shu sababli ham xarakterning fiziologik asosi nerv sistemasining tipidan iborat.
Ijtimoiy muhitning ta’siri, tarbiya va mehnat faoliyati jarayonida kishi xarakterining tarkib topishida, shubhasiz uning nerv sistemasida ham 0‘zgarishlar yuz beradi. Bunday o‘zgarishlar nerv sistemasining plastiklik deb ataluvchi xususiyatiga ko‘ra yuzaga keladi.
Xarakter xislatlari shaxsning keyin hosil qilinadigan va mustahkam- lanib qoladigan xususiyatlari boMganligi tufayli, xarakterning fiziologik asosi ham individual hayot jarayonida nerv sistemasining o‘zgargan xu- susiyatlaridan iborat.
Hayvon nerv faoliyati tiplarini analiz qilib, l.P. Pavlov bunday deb yozadi:
«Tip hayvon nerv faoliyatining tug‘ma konstitutsion turi — genotip- dir. Lekin hayvon tugMlganidan boshlab tashqi sharoitning g‘oyat xilma- xil ta’sirlariga duch keladi va bunga muayyan faoliyatlari orqali u muqar- rar javob berishi lozim boMadiki, ko‘pincha, bu faoliyatlar mustahkam- Ianib, nihoyat butun hayotining oxirigacha saqlanib qoladi, shu sababli hayvonning batamom tarkib topgan nerv faoliyati tipga oid belgilar bilan tashqi muhit ta’siri ostida hosil boMgan o'zgarishlarning qotishmasidir — fenotip, xarakterdir».
l.P. Pavlov o‘zgaruvchan nerv sistemasi tipini katta miya yarim shar-
lari po‘stining sistemalilik ishi bilan va nerv jarayonlarining tarkib top
gan, muvozanatli sistemasidan iborat boMgan dinamik stereotip bilan bogMaydi.
Stereotip shaxsdagi mustahkam odat boMib qolgan xususiyatlaming, jumladan, xarakter xislatlarining ham nerv-fiziologik asosidir.
Xarakterning nerv-fiziologik asosini tushunish uchun l.P. Pavlovning ikkinchi signal sistemasidagi ta’limoti katta ahamiyatga egadir. Ikkinchi signal sistemasi nutq va tafakkurning fiziologik asosi bolishi bilan birga kishi xulqini ham idora qiladi.
«Normal o‘sgan odamda, — deb yozadi l.P. Pavlov, — ikkinchi signal sistemasi odam xulqining oliy boshqaruvchisidir». Xarakterning fiziologik asosi to‘g‘risida gapiiganda barcha xarakter xislatlari go‘yo faqat nerv sistema
tipi xususiyatlari bilangina belgilanadi deb tushunish yaramaydi, albatta.
Xarakterning fiziologik asosi xarakterning mazmunini tashkil qiladigan sifatlarni, chunonchi, ijtimoiy maslak, mardlik, o‘z burchiga sado- qatli bo‘lishlarni o‘z ichiga olmaydi va ololmaydi ham, albatta. Xarakter psixologiyasining mazmuni o£zining kelib chiqishi jihatidan ijtimoiy kate- goriyadir; psixologiya xarakterning mazmunini tashkil qilgan tomonlarini yoritishligi tufayli, u ijtimoiy faniar qatoriga kiradi.
Kishi xarakteri tabiiy, tug‘ma bo‘lmay, balki keyin hosil boMadi va tarbiyalanib yetishadi. «Xarakter tarkib topadi, xarakter hosil boMadi» degan iboralar shuni ko‘rsatadiki, odamlar kishi xarakterining tarbiya ta’siri bilan o‘zgarishi xususiyatiga ega ekanligini o‘zlarining kundalik oddiy ku
zatib borishlaridan bilib olganlar.
Burjua olimlaridan bir qanchasining Krechmer va uning izidan boruv- chilar, odam xarakteri va uning taraqqiysi tamomila kishining tana tuzilishi bilan, faqat shu bilan belgilanadi, deb isbotlashga urinishlari fanga xilof reaksion urinishdir. Bunday olimlar xarakterning tarkib topishida, shuningdek, shaxsning psixik hayotining taraqqiy etishida ijtimoiy sharoit ham, insonning faoliyati ham, tarbiya ham hech qanday rol o‘ynamaydi, deb da’vo qiladilar.
Kishining xarakteri tug‘ma, doimiy va o‘zgarmaydigan narsa emas. Hech bir bola mehnatsevar yoki dangasa, rostgo‘y yoki munofiq, botir yoki qo‘rqoq, intizomli yoki intizomsiz boMib tug‘ilmaydi.
Har bir odamning xarakteri temperamenti asosida, ijtimoiy muhit ta’siri bilan, tarbiya, amaliy faoliyat jarayonida va kishi o‘z-okzini tarbiyalash bilan taraqqiy qilib, o‘zgarib boradi.
Xarakterning taraqqiysi kishining irodasi, aql-idroki va hissiyotlarining taraqqiy qilib borishi bilan mustahkam bogMiqdir. Shu sababli, kishining irodasi, aql-idroki va tuyg‘u-hissiyotlarining taraqqiy qilib borishi va ularning tarbiyalanishi haqida aytilgan flkrlaming hammasi kishi xarakterining taraqqiysiga ham tegishlidir.
Kishining butun hayoti davomida uning xarakterining tarkib topishiga ijtimoiy muhit, awalo, shu kishi birga yashab va ishlab kelgan jamoa katta ta’sir ko‘rsatadi.
Xarakterning taraqqiysida muhitning roli kishining bolalik chogMaridan boshlaboq nihoyat kattadir. Ma’lumki, bola kichik yoshdan boshlaboq taqlidchan boMadi. Bolalar ota-onasiga va atrofdagi boshqa yaqin kishi- lariga o‘xshashlikka moyil boMadilar. Ular kattalarning yurish-turishlari, xulq-atvori, imo-ishoralari, dasturxon ustida o‘zlarini qanday tutishlari va kichkina bolalarga munosabatda boMishlariga va ularning gap-so'zlariga, hattoki, ularning gap ohanglarigacha hamma mayda narsalarigacha taqlid qilishga urinadilar. Shuning uchun ham ijtimoiy muhitning ta’siri ostida boladagi ayrim xarakter xislatlari juda yoshiikdan boshlaboq, go'yo o'z o'zicha hosil boMgan xususiyat tariqasida mustahkamlana boshlaydi. Kat- talarga taqlid qilish xususiyati bolalaming o'sib borish davrida ham saqla- nadi. Shuning uchun ham bola xarakterining taraqqiyotida kattalarning
bolaga juda yoshlikdan boshlab ibrat boMishlari katta rol o'ynaydi.
Bolalar xarakterining tarkib topishida taqlidning roli katta ekanligini hisobga olib, ota-onalar va katta yoshdagi kishilar faqat o'z bolalarigagina e’tibor bilan qarab qolmay, balki o'zlariga ham har doim e’tibor bilan qarashlari lozim, o'zlarida ijobiy xarakter xislatlarini har doim tarbiyalab borishlari lozim.
Bolalarda, ayniqsa, juda yoshlikdan boshlab, ijobiy, irodaviy va axloqiy sifatlar tarbiyalab yetkazmoq uchun ota-onalar va tarbiyachilarning o'zlari bunday sifatlarni o'zlarida tarbiyalashlari va ko'rsatish lari lozim. Ota-onalar o'z farzandlarida qanday sifatlarni tarbiyalab yetkazmoqchi bo'lsalar, ular okzaro bir-birlari va boshqa odamlar bilan munosabatlarida ham xuddi shunday sifatlarni aks ettirishlari lozim.
Xarakterning o'sishida tarbiya va o'z-o'zini tarbiyalash asosiy rol o'ynaydi.
O'sib kelayotgan yosh avlodning xarakteri, awalo, oilada va maktabda tarbiyalanadi. Bolalaming xarakterini tarbiyalashda katta mas’uliyatli vazifa ota-onalar, o'qituvchilar, bolalar bog'chalari, kasb-hunar kollejlari va internat-maktablar tarbiyachilari zimmasiga tushadi.
Xarakterni tarbiyalash shundan iboratki, tarbiyachi maktab o‘quvchisiga namuna boMishi mumkin boMgan kishilami bolaga, o'quvchiga ataylab ibrat qilib ko'rsatadi; shu kishining qilayotgan ishlari, xalti-harakatlariga tarbiyalanuvchi e’tiborini jalb etadi va bu ish xatti-harakatlarning qaysi biri. yaxshi, ijobiy, qaysi biri salbiy, yomon ekanligini aytadi. Tarbiyachi bolaning xatti-harakatlaridagi yaramas qiliqlami yo‘qotish va yaxshi, foydali odatlarni mustahkamlashga yordam beradigan vositalami izlab topadi va ulami tatbiq etadi. Tarbiyaviy ish yana shundan iboratki, pedagog tarbiyalanuvchida muayyan ijobiy sifatlarni o'z xarakterida o'z-o'zi paydo qilish zaruriyati ongini uyg‘otishi va bu ongni o'stirishi lozim.
Pedagog bolalarda xarakterni tarbiyalayotganida ularda tarbiyalanadi- gan temperamentni bilishi, har bir temperamentning ijobiy va salbiy tomonlarini bilishi zarur.
Agar temperament va uning tug'ma xususiyatlari o‘z holicha qolaver- sa, odamda yomon xarakter xislatlari tarkib topishi mumkin. Masalan, xolerik temperament odamni cho'rtkesar, qo'pol, o'zini tuta olmaydigan qilishi mumkin. Sangvinik temperament sabotsizlikka, diqqatni bir joyga qo‘ya bilmaslikka sababchi bo'lmog'i mumkin bo'lganidek, flegmatik temperament sustkashlikka, loqaydlikka olib borishi mumkin. Melanxolik temperamentli kishida o'z kechinmalariga ortiqcha berilishlik, pismiqlik paydo bo'lishi mumkin.
Xarakterni tarbiyalash, jumladan, temperamentning ijobiy tomonlarini o'stirishdan, uning salbiy tomonlarini va bu salbiy tomonlarni xarakterning ijobiy xislatlari bilan «almashtirishdan» iboratdir. Masalan, xolerik temperamentli bolalami tarbiyalashda ulami o'ylab ish qilish, o'zini tuta bilish, atrofdagi odamlar bilan yaxshi muomalada bo'lishga odatlantirish va ularda shu sifatlarni o'stirishga alohida e’tibor berish lozim. Sangvinik temperamentli bolalami sabotli bo'lishga, diqqatini bir joyga qo'ya bilishga, ishga qunt qo'ya olishga, boshlagan ishni oxiriga yetkazishga odat- lantirmoq kerak. Melanxolik temperamentli bolalami odamga ko'proq aralashishga, jamoachilikka, ildam harakat qilishga odatlantirmoq, ularda shu sifatlarni tarbiyalamoq kerak. Flegmatik temperamentli bolalami tashabbuskorlikka, faollikka, kishilarga el bo'lishga, quvnoqlikka odatlantirmoq lozim.
Xarakterning salbiy tomonlarini yo'qotmoq uchun, ijobiy tomonlarini tarbiyalab yetkazmoq uchun tarbiyalanuvchini o'z temperamenti- ni o'zi idora qila bilishga o'rgatish lozim, uni shunday tarbiyalash kerakki, u temperamentini o'zi idora qilish zaruriyatini o'zi anglasin va haqiqatan uni idora qila olsin, temperamentiga bo‘ysunmaydigan bolsin. O'z temperamentini idora qila bilish xarakterning muhim ijobiy xislatidir.
Xarakter tarbiyasini faqat temperamentning salbiy tomonlarini ayrim ijobiy sifatlari bilan almashtirishdan iborat deb tushunish yaramaydi. Xarakterni tarbiyalashda pedagog, awalo muayyan idealni yoki davrimizning oliyjanob kishilari obrazini asos qilib o!mog‘i lozim. Bu ma’naviy boylikni, axloqiy soflikni va jismoniy kamolotni o'zida garmonik holda mujassamlashtirgan yangi odamlardir. Bunday yangi odam xarakterining xislati ijtimoiy va shaxsiy hayotda halollik va rostgo‘ylik, axloqiy poklik, oddiy- lik va kamtarlikdir. Bizga yuksak ma’naviy fazilatga ega boMgan, halol vijdonli kishilar, tetik va xushchaqchaq kishilar, qiyinchiliklardan qo'rqmaydigan, mustaqil jamiyat qurish yoMida har qanday qiyinchilik- larga bardosh bera oladigan, ularni bartaraf qilishga tayyor turgan kishilar kerak.
Bola xarakterining tarkib topishida jamoaning tarbiyaviy roli nihoyat kattadir. Inson yakka, bir-biridan ajralgan tanho hayot kechirmaydi, muayyan bir jamoada, chunonchi, muayyan oilada, maktabda, sexda,
dalada hayot kechiradi. Jamoa shaxs bilan jamiyat o‘rtasidagi bogMovchi zvenodir. Odamning faoliyati o'yin, o'qish va mehnati xuddi mana shu jamoada voqe boMadi. Jamoa shaxsning eng yaqin aniq muhiti boMibgina qolmay, balki shaxsni tarbiyalaydi ham. Kishi xarakterining kerakli ijobiy xislatlari faqat jamoadagina tarbiyalanmogM mumkin va haqiqatan ham jamoada tarbiyalanadi.
Har bir o'qituvchi va tarbiyachi bola xarakterining ayrim xislatlarini tarbiyalashda faqat jamoa orqali ta’sir etgandagina, ijobiy natijalarga erishmogM mumkin.
Xarakterning tashabbuskorlik, qat’iylik, dadillik, sabotlilik singari ijobiy xislatlari bolalar bog'chasidayoq bola o'yinlarida tarkib topa boshlaydi.
Bolada maktabgacha tarbiya yoshida tarkib topa boshlagan xislatlar maktab jamoasida o'sadi va yanada yaxshiroq mustahkamlanadi. To'g'ri uyushtirilgan maktab jamoasi sharoitida o'quvchilarda uyushqoqlik, inti- zom, saranjom-sarishtalik, o'z-o'zini tuta bilish, o'zini idora qilish, o'ziga nisbatan talabchan boMish kabi xarakter xislatlari tarbiyalanib yetishadi. Xarakter maktab ta’lim-tarbiyaviy ishlari va o'qituvchining har tomonlama ta'sirida, o'qituvchi boshchilik qilgan o'quvchilar jamoasi, «Kamolot» Yoshlar Ijtimoiy Harakati ta'sirida, ijtimoiy foydali mehnatda tarkib topadi.
O'rtoqlari bilan yaqindan aloqada bo'lishda bolalarda o'z shaxsiy in- tilishlarini jamoa irodasiga bo'ysundirish ko'nikma va malakalarini o'stiradi, jamoachilik — o'rtoqlik va do'stlik hislarini taraqqiy ettiradi.
Keyinroq maktabni (yoki oliy o'quv yurtini) bitirgandan keyin egal- langan ixtisos va mehnat jamoasi inson xarakterining tarkib topishiga
o'zini tarbiyalovchi ta’sirini ko'rsatadi.
Maktab va mehnat jamoasi sharoitida jamoa oldida qabul qilingan qarorni (berilgan va'dani) yoki majburiyatni bajarish yuzasidan olingan o'zaro va shaxsiy majburiyatni xarakterni, jumladan, xarakterning irodaviy belgilarini tarannum ettirishning muhim vositasi deb hisoblamoq lozim. Buning samaraliligi shundaki, kishi o'zi uchun shaxsan qaror qabul qilganida u hech bir qiynalmasdan o‘z qarorini bajarilishini kechiktirishi yoki uni bajarishdan voz kechishi mumkin. Bordi-yu, u shu qarorni boshqalarga, bu ishni falon vaqtgacha sifatini yaxshilab bajaraman, deb va’da (majburiyat) tarzida ma’lum qilgan bo'lsa, o'zining bergan bu va’dasini bajarmasdan qo'ymaydi. Bunday xatti-harakat (bergan va’dani bajarmaslik) kishiga «nomunosib» xatti-harakatdek tuyuladi. Bu esa uning nomusiga, tabiiyki, izzat-nafsiga tegadi. Bunday hollarda kishi o'rtoqlari oldida uyalib va juda noqulay ahvolga tushib qolishi mumkin. Kishi majburiyatni bajarmasa, noqulay ahvolga tushib qolishi mumkinligini oldindan
.bilib, shunday hoi yuz bermasligi uchun o'zining irodaviy faolligini ishga soladi va va’dasini o'z vaqtida bajaradi. Jamoa a’zolari oldida xuddi shu tarzda ixtiyoriy ravishda berilgan va’dalar va olingan majburiyatlar o'z- o‘zidan tirishqoqlik, matonatlilik, mas’uliyatni his etish va intizomlilik kabi iroda sifatlari tarbiyalash vositasiga aylanadi.
Jamoa sur’atda bajariladigan ma’lum bir mehnat faoliyati kishida ijobiy xarakter xislatlarini tarbiyalashga yordam beradi. Har bir kasb o'zining
spetsifikasiga ko'ra, kishidan alohida xarakter xislatlari bo'lishini talab etadi va bu xislatlaming o'sishiga yordam qiladi.
Kishi jamoa a’zosi sifatida boshqa odamlarga, mehnatga va o'z-o'ziga munosabatida o'z xarakterining har xil xususiyatlarini namoyon qiladi. Kishi
jamoada muomala qilish jarayonida boshqalarning va o'zining xarakter xususiyatlarini bilib oladi. Xarakterning bir xili ijobiy, boshqa bir xili salbiy ekanligini ajratib oladi. Bunday sharoit kishini o'z xarakterni o'zi tarbiyalash, jumladan, o'z xarakterini qaytadan tarbiyalash yo'liga soladi.
Kishi xarakteri faqat pedagoglar tomonidan olib boriladigan tarbiyaviy ta’sir etishning samarasi bo'libgina qolmay, balki o'z-o'zini tarbiya- lashining ham mahsulidir. Shu sababli har bir kishi ma’lum yoshdan boshlab
o'z xarakteri va uning ayrim sifatlari uchun o'zi javobgardir. O'z xarak
terini tarbiyalashda u kishi, awalo, yaxshi fazilatlarni, shaxs idealini o'zida tarbiyalab yetkazishni ko'zda tutmog'i lozim. Shu bilan bir vaqtda kishi o'z xarakteridagi salbiy tomonlarni o'zi tan olishi, kamchiliklariga o'zi iqror bo'lishi kerak.
O'z kamchiliklariga o'zi iqror bo'lish kishi xarakterining ijobiy, progressiv xislatidir. O'z kamchiliklariga iqror bolish kishini o'z-o'zini tarbiyalash yo'liga boshlaydi. O'z kamchiliklariga iqror bolmaslik, ulami ko‘rmaslik kishi xarakterining eng yomon xususiyatidir. 0 ‘z kamchiliklarini ko‘ra bilmagan odam oldinga qarab harakat qilishga, o'sish va kamolotga yetishga layoqatsiz odamdir.
Yomon xislatlarni yo‘qotishga faollik bilan kirishmasdan, o‘zida ularning borligiga iqror boMishning o‘zigina kifoya qilmaydi. Iqror boMish
zaif iroda va xarakterning mavjudligidan dalolat beradi, xolos. Bunda tashabbuskorlik va iroda kuchini ham ishga solish kerak.
Maktab o'quvchisi xarakterining tarkib topishida o‘z-o‘zini tarbiyalash katta o'rin egallaydi. 0 ‘z-o‘zini tarbiyalashga harakat qilish ko‘p jihatdan atrofdagi odamlarning ta’siri va awalo pedagogning ta’siri ostida tugMladi va taraqqiy etadi. Tarbiyaviy ish o‘sib kelayotgan yosh avlodda, jumladan o‘z xarakterida muayyan ijobiy xislatlarni o'zi tarbiyalash zaru- riyatini paydo qilish va o‘stirish hamdir.
Ota-onalar, o‘qituvchi va tarbiyachilar boshqa tarbiyaviy ishlar bilan bir qatorda bolalarga o‘z kamchiliklarini bilib olish va bu kamchiliklarni yo'qotish uchun harakat qilish hamda o‘zlarida ijobiy iroda va axloqiy sifatlarni paydo qilish ustida mashq qilish zarurligini uqtirishlari lozim.
0 ‘z-o‘zini tarbiyalashga intilishni paydo qilishda jamoaning roli katta. Ta’lim-tarbiya ishlari to'g'ri yoMga qo‘yilgan taqdirda o‘rta yoshdagi maktab davrining birinchi yillaridayoq o‘quvchilarda o‘z xarakterini o‘zi
tarbiyalashga intilish istagi sezilarli ravishda ko‘rina boshlaydi.
O'smirlarda o'z-o'zini anglashning tarkib topishi asosida kishi shaxsiga xos boMgan yaxshi fazilatlarni o'zlarida paydo qilish masalasi tugMladi. 0 ‘smirlar ko‘pincha o'z harakatlarida faqat katta yoshdagi kishilarga yoki o‘rtoqlariga taqlid qilibgina qolmay, balki har bir ishni o‘z xohlagan- laricha qilishga, mustaqillikka, boshqalarga o‘xshamaslikka intiladilar.
Albatta, bu davrda ham bolalarda mustaqillikni uyg‘otish va uni qo'llab- quwatlash bilan birga pedagoglar bola shaxsining tarkib topishi jarayonida ulami doim yoMga solib turishlari kerak boMadi. Lekin tarbiyachilik bunda o'smirlaming o'z ijodiy faoliyatlarini, tashabbuslarini ustalik bilan yoMga sola bilishlari va ulaming o‘z oldilariga qo‘ygan maqsadlariga erishishda ko'rsatayotgan o‘rinli qat’iyatliklarini bo‘gMb qo‘ymasliklari lozim. 0 ‘smirlardagi faollik va mustaqillikka boMgan intilishini tegishli izga solmoq kerak.
Kishi shaxsiga xos boMgan yaxshi fazilatlarni o'zida paydo qilishga intilish yuqori sinf bolalarida yana ham kuchliroq boMadi. Bunday intilish o'z-o'zini anglashning yana ham o'sib borishi, ulardagi dunyoqarashning tarkib topishi va bu yoshdagi bola shaxsida g'oyaviy yo'nalishning shakllanishi munosabati bilan, ayniqsa, yaqqol ko'rinadi.
Katta yoshdagi maktab bolalari axloq va xarakterning ijobiy xislatlari to'g'risidagi masalalar bilan juda ham qiziqadilnr. Yigit va qizlarimiz kuchli va mustahkam irodaga ega boMishni istaydilar va shuning uchun ham ular, odatda, o'z iroda va xarakterlarini tarbiyalash hamda o'zlarida iroda
va xarakter tarbiyalab yetkazish masalalari bilan juda ham qiziqadilnr.
Ular iroda, xarakterni o'stirish masalalariga oid ma'ruzalar tinglashni va suhbatlar o'tkazishni, shu masalalarga oid adabiyotlar o‘qish va muno- zaralar o‘tkazishni sevadilar.
Yigit va qizlarimiz, qat’iyat, sabot-matonat va qiyinchiliklarni bartaraf qilish, tamoyillik, dovyuraklik singari xarakter xislatlarini o‘zlarida tarbiyalab yetkazishga harakat qiladilar.
Xarakterning irodaviy sifatlari tarkib topishida maktab o‘quvchilari qiziqishlarining o‘sishi katta ahamiyat kasb etadi. Ko‘pchilik yigit va qiz- larda yuqori sinflarda o‘qiyotgan davrlarida muayyan hayot ideallari bunyodga keladi, ular o‘zlarining bo‘lg‘usi kasblarini tanlab oladilar. Bu qiziqish va g‘oyaIar sabot-matonatning o‘sishiga, jasurlik, tashabbuskorlik, subutlilik kabi irodaviy sifatlarning taraqqiy etishiga imkon beradi.
0 ‘quvchilarda xarakterning ijobiy irodaviy va axloqiy sifatlari tarkib topishiga ularning dunyoqarashlari, jumladan axloq tamoyillarini puxta egallab olishlari katta ta’sir ko'rsatadi. Agar odam o‘zining kundalik kay- fiyatlari va xatti-harakatlarini ana shu tamoyillar asosida baholab borsa, unda o‘z faoliyatini o‘zi baholash tufayli xarakterning tegishli belgilari ham tarkib topadi.
Yuksak irodaviy va axloqiy sifatlari bilan hammaga manzur boMgan kishilar namunasi o‘z-o‘zida xarakter tarbiyalashning (umuman 0‘z-o‘zini tarbiyalashning) juda muhim vositasidir. Odamlar o‘z intilishlari va xatti-harakatlarida o‘sha hammaga manzur boMgan kishilarga taqlid qilishlari kerak.
Yoshlarda xarakter xislatlarni shakllanishida, uni tarbiyalashda ota-bobola- rimiz bosib o‘tgan mashaqqatli yoMlariga e’tiqodli boMishni o'rgatish, ular haqida bilim berish ahamiyatlidir. Chunki ularo‘z Vatani, xalqining farovonligi yoMida hatto oMimdan ham qo‘rqmaganlar, o‘z oldiga qo‘ygan maqsadni amalga oshirish imkoniyati boMmaganda ham imkoniyat topganlar.
Qomusiy olim, sharq mutafakkiri, tabobat ilmining asoschisi Abu Ali ibn Sino o‘z davrida kasallik sirlarini (o‘rganish man etilganiga qaramay) kechalari, sham yorugMda qabristonda yangi ko‘milgan murdalar qabrini
ochib, ularni kesib (operatsiya) kasallik sababini o‘rgangan. Ulug‘bek esa osmoniy jismlarni o‘rganish Xudoga shak keltirishi deb qaralgan davrda osmoniy jismlarni o4rgangan.
Nomus, insof va haqiqatgo‘ylik buyuk yozuvchimiz Abdulla Qodi- riyning hayotiy tamoyili edi. U 1926-yil 15-iyun, Samarqand shahrida
sud qilinganida shunday ma’ruza qiladi:
«So‘zim oxirida odil sudlardan so‘rayman: garchi men turli bo‘xton, shaxsiyat va soxtalar bilan... ikkinchi oqlanmaydigan boMib qoralandim. Loaqal ularning, qoralovchi qora ko‘zlarning ko‘ngli uchun boMsa ham menda eng oliy boMg‘on jazosi bera ko‘ringiz. KoMiglida shamsi gMiboroti, teskarichilik maqsadi bo'lmagan sodda, ... vijdonli yigitga bu qadar xo'rlikdan o'lim tansiqroqdir. Bir necha shaxslaming orzusicha ma’naviy o'lim bilan o'ldirildim. Endi jismoniy o'lim menga qo'rqinch emasdir.
Odil sudlardan men shuni kutaman va shuni so'rayman». A. Qodiriy haqiqat yo'lida o'limni afzal ko'rdi.
O'zbek she’riyati osmonida yorqin yulduzdek, ko'zni qamashtiruvchi chaqmoqdek paydo boMgan Usmon Nosimi awal Toshkentda, keyin Magadan, Kemirova turmalarida inson tasawuriga sig'mas usullar bilan qiynashdi. Shunda ham shoir o'zligiga sodiq bo'ldi. Gunohsiz kishilami badnom qilmadi, yovuz tuzumning qonxo'r teigovchilari talab qilganidek beayb odamlarga tuhmat qilmadi. Adoqsiz qiynoqlar, odam zoti chidab bo'lmaydigan sharoit, tutqunlik azobi U. Nosimi o'ttiz ikki yoshida 1944- yilda hayotdan olib ketdi. Yurtini, yurtdoshlarini jonidan ortiq ko'rgan shoir begona yurtda, begona kishilar orasida, begona qabrda qoldi.
Bashoratchi shoirning jismini millatimiz, mustaqilligimiz, ozodligimiz dushmanlari qora yerga tiqqan bo'lsalar-da, uning jarangdor she’riyatini, ozodlikka chorlovchi Erkin ruhini yo'qota olmadilar Toki yurtimizda haqiqatga tashna, go'zal so'zga intiq, erkka chanqoq kishilar bor ekan Usmon Nosirning ismi boqiydir. Uning hayot yo'li yoshlar uchun namuna-
dir. Ulardan yoshlarimiz ibrat olib o'z-o'ziga, xalqiga, yurtiga, mehnat va o'qishga boMgan munosabatlarida, o'z xarakterini tarbiyalashda ularga taqlid qiladilar. Yoshlarimiz zahmatkash xalqimizni kechani-kecha, kun- duzni-kunduz, qishning chillasi, yozning issig'i demay ko'rsatgan jasorat- lari yoshlar uchun namuna bo'lib qolaveradi.
Ota-onalar, o'qituvchilar, tarbiyachilar bolalatga taqlid uchun misol bo'la oladilar, albatta. Shuning uchun ota-onalar ham, o'qituvchilar ham, tarbiyachilar ham o'z xatti-harakatlarida xalqimizning ijobiy sifatlarini namoyish qilishlari lozim. Bunday sifatlarni namoyish qilish uchun esa kishining o'zi ularni egallagan boMishi kerak. So'zlar vositasida har bir narsa o'rgatilsa, namuna yordamida taqlidchanlikka qiziqish uyg'otiladi, deydilar.
Xarakterni tarbiyalash va o'z-o'zini tarbiyalashda faqat qanday xislat- larni o'stirish kerakligini anglab yet ishning o'zigina kifoya qilmaydi, ijobiy xarakter namunalarini bilishning o'zigina kifoya qilmaydi, ayrim xarakter hislarining qimmatli ekanligini tushunishgina ham kifoya qilmay
di, balki yana shu xislatlarga muvofiq ish qilish, bu xislatlarga ega boMish uchun ko'p mashq qilish ham kerak boMadi. Kishi xarakteri kishining faoliyatlarida, uning boshqalar bilan qiladigan munosabatlarida namoyon
bo'ladi va ayni shu faoliyat hamda munosabatlarda tarkib topadi.
Insonning yaxshi xarakter fazilatlari Vatanimiz gullab-yashnashida faol ishtirok etish jarayonida tarkib topadi.
Shaxsning barcha individual xususiyatlari faoliyat jarayonida namoyon bo'ladi. Qobiliyat va qiziqish-havas shaxsning asosiy individual xu- susiyatlaridir.
Kishilar turli sohalardagi faoliyatlarida — mehnat, o‘yin, o'qish va ijodiyotda biror narsani tez yoki sekin bajarishlari bilan bir-birlaridan farq qiladilar. Ba’zi bir odam bir ishni sekinlik bilan bajarsa, bir kishi tezlik
original usullami ko'proq qo'llasa, ba’zi bir kishilarning ishlarida esa bunday usullar kamroq ko'rinadi. Kishilar faoliyatining mana shu xususiyatiga qarab, biz ularning qobiliyatlari qandayligini aniqlab olamiz.
Kishilar qobiliyati nihoyatda xilma-xil bo'ladi. Har bir kasb kishidan mehnatda, ijodiyotda va o'qish faoliyatlarida tegishli qobiliyat talab etadi. Kishi faoliyatining har xil turlariga muvofiq, nazariy va amaliy qobiliyat- larni, matematika, texnika, musiqa, adabiyot, pedagogika, xo'jalik, tashki- lotchilik va boshqa sohalaiga oid qobiliyat turlari bo'ladi.
Inson qobiliyatining barcha turlari hamma odamlarga xosdir — har qaysi odam ma’lum darajada kishi faoliyatini barcha turlariga layoqatli bo'ladi, lekin, shu bilan bir qatorda, ko'pchilik faoliyatning bir necha
sohasidan yoki hatto bir sohasida salohiyat ortiqroq bo'ladi.
Biror sohada qobiliyati sezilarliroq bo'lib ko'rinadigan ayrim kishilar- ni qobiliyatli kishi (umuman) qobiliyatii matematik, qobiliyatli musiqachi, konstruktor, rassom va hokazo deydilar.
Faoliyatning biror turi sohasida qobiliyatning paydo bo'lish darajasi muayyan kishining individual xususiyati bilan xarakterlanadi.
Qobiliyatning bunday xususiyatlari maktab bolalarida ham ko'rinadi.
Ba’zi bir o'quvchilar o'zlarining zchni o'tkirliklari bilan, boshqalari poe- tik asarlarni aniq idrok qilishliklari bilan, uchinchisi esa, texnik ijodkorligi bilan, to‘rtinchisi esa, o'zining laboratoriya mashg'ulotlariga usta bo'lish
va hokazolar bilan ajralib turadi.
Ayrim kishilarning qobiliyati birgina sohada emas, balki bir necha sohalarda yaqqol namoyon bo'ladi. Bunday kishilar har tomonlama qobiliyatli kishilardir.
Odamning qobiliyatlarida tug'ma xususiyatlar ham namoyon bo'ladi. Shaxsning rivoj topib, qobiliyatlarida namoyon bo(ladigan tug'ma xususiyatlari iste’dod deyiladi.
Kishining iste’dod darajasini undagi muayyan qobiliyatlarning qanchalik tez o'sishiga, bilim va malakalami qanchalik egallashiga hamda o'z ishini qanchalik muvafTaqiyat bilan va samarali bajarishiga qarab aniqlaymiz.
Qobiliyat va iste’dodda kishining aqli (intellekti) ham, ya’ni idrok va kuzatuvchanligining, tafakkur, xayol, nutq va xotiraning qanchalik o'sganligi ham ko'rinadi. Aql faoliyati diqqat va iroda bilan bog'liq bo'lgani uchun qobiliyat va iste’dod diqqat va irodaning qanchalik kuchli va barqarorligida ham ko'rinadi. Kishining qanchalik kuzatuvchan ekanligi, bilimlami qanday o'zlashtirishi, nazariy va amaliy masalalarni qanday hal qilishi, qanday qimmatli yangiliklar yaratishi, o'z bilim va malakalarini turmushga qanday tatbiq qila bilishidan ham, kishining qobiliyat va iste’dodini bilish mumkin.
Qobiliyat va iste’dodni bilim yoki ma’lumotga teng baravar deb, ya’ni u bilan aynan bir narsa deb qarash yaramaydi. Kishining muayyan bir xildagi qobiliyati va iste’dod darajasi uning ma’lum sohada bilim va ko'nikma hosil qilish tezligi darajasi bilan belgilanadi. Shuningdek. qobiliyat amalda qo'llay olish va ijodiyotda undan foydalana bilishda ham ko'rinadi. Bilim olish va ko'nikma hosil qilish esa, o'z navbatida, qobiliyat va iste’dodning yuzaga chiqishiga hamda o'sishiga sabab bo'ladi.
Ma’lum soha yoki biror ixtisos bo'yicha faoliyat samarasi jihatidan odamlarning qobiliyat darajasi har xil bo'ladi. Ba’zi odamlar o'zining yuksak darajali qobiliyatlari bilan boshqa odamlardan ajralib turadi. Bunday odamlarni talantli va genial deyiladi, ularning yuksak qobiliyatini esa
geniallik va talantlilik deyiladi.
Qobiliyat, odatda, ishtiyoq va moyillik bilan bog'liq bo'ladi. Muayyan faoliyatga bo'lgan moyillik va unga bo'lgan qobiliyat, ko'pincha, bir- biriga mos keladi, birgalikda o'sadi. Kishidagi moyillik ko'pincha, undagi mavjud qobiliyatlarning ko'rsatkichi bo'ladi.
Genial yoki geniy deb, biz shunday kishilami aytamizki, ular nihoyatda katta masalalarni hal qiladilar, butun bir sinf yoki xalqlar uchun, barcha insoniyat uchun ahamiyatli bo'lgan, misli ko'rilmagan qimmatli narsalar yaratadilar. Bunda ular yaratgan narsalar tarixda go'yo burilish nuqta
si bo'lib xizmat qiladi, tarixni oldinga progressiv tomon harakatga kel- tiruvchi madad bo'lib xizmat qiladi. Masalan, biz Alisher Navoiyning
genial shoir deb hisoblaymiz, chunki, u shunday asarlar yaratdiki, uning asarlari dunyodga kelishi bilan o'zbek adabiyotida o'zbek tili taraqqiyotida yangi bir davr boshlandi.
Talantli deb shunday odamlarni aytiladiki, ular ma’lum sohada murakkab nazariy va amaliy masalalarni hal qilishga, yangilik va progressiv
ahamiyatga ega bo'lgan qimmatli narsalar yaratishga qodir bo'ladilar. Talantli odam, talantli yozuvchi va talantli shoir, talantli rassom, talantli konstruktor deganda biz buni ana shu ma’noda tushunamiz.
Talantli deb, shuningdek, bilimlami tez, muvaffaqiyat bilan o'zlashtirib oladigan va shu bilimlami turmushda, o'z faoliyatlarida to'g'ri tatbiq qiladigan odamlarni ham aytiladi. Talantli o'quvchi, talantli talaba, talantli
skripkachi va talantli pianist, talantli muhandis deganda biz buni ana shu ma’noda tushunamiz.
Geniy — bu yangilik yaratuvchi va kashf qiluvchi odam, talantli deb, bu yangiliklarni tez o'zlashtirib oladigan va shu bilimlami turmushda tatbiq qilib, ularni oldinga suradigan odam deyish mumkin. Har bir geniy talantli ham bo'ladi, biroq har bir talantli odamni genial deb bo'lmaydi.
Genial va talantli odamlarning aql-idroki nihoyat o'sib, voyaga yet- gan, zehni o'tkir, xotirasi kuchli, xayol va tafakkuri barkamol kishilar bo'ladi. Ammo geniallik va talantlilik faqat aqlning kuchli sur’atda o'sganligidagina ko'rinib qolmaydi. Kuchli, barqaror diqqat, zo'r ehtiros, kuchli va mustahkam iroda ham yuksak qobiliyat va iste’dod belgisidir.
Hamma genial odamlarning o'z ishiga muhabbati va ehtirosi zo'r bo'lgandir. Genial odam o'zini ham unutib, butun borlig'ini ishga bag'ishlaydi. Butun hayotini o'z ishiga ehtiros bilan bag'ishlagan genial kishilarning irodasi nihoyat kuchli va sabotli bo'ladi. Ular kishini hayratda qoldiradigan darajada mehnatsevar va mehnat qobiliyatiga ega bo'ladilar.
Bunday kishilar faoliyatining serunum bo'lishi ulardagi butun bilish qobiliyatlarini, ijodiy, emotsional va iroda kuchlarini ma'lum narsaga to'play bilish qobiliyat lariga bog'liqdir.
Talantli va genial kishilarning juda ko'pi har tomonlama qobiliyat Ii bo'lganlar. Chunonchi. Aristotel, Leonardo da Vinchi, Lomonosovlar, Abu Ali Ibn Sino, M.Ulug'bek, Al-Forobiy, Navoiy, Qori Niyoziy, Us- mon Nosir va boshqalar mana shunday bo'lganlar.
Tarixda bunday kishilami ko'plab uchratish mumkin. Ular ulug' tashki- lotchi va jamoat arbobi bo'lganlar.
Har bir odamning qobiliyat va iste’dodi taraqqiyot mahsulidir. Insonning qobiliyati uning tug'ma layoqati asosida, muhitga bog'liq ravishda olayotgan ta’lim-tarbiyasiga qarab, shuningdek, kishining o'z ustida ish- lashi bilan bog'liq holda o'sib, kamol topib boradi. Inson o'z mohiyati bilan ijtimoiy tabiiy zotdir. Shuning uchun ham unga xos bo'lgan barcha ruhiy holat va jarayonlar tabiiy kuchga, hayotiy kuchga egadir. Bu tabiiy kuchlar har bir insonga ota-onadan bevosita o'tadi va ular instinktlar, tug'ma layoqatlar tariqasida ijtimoiy munosabat va faoliyat jarayonida namoyon bo'ladi.
Tug'ma layoqat — tayyor, kamolotga yetgan qobiliyat emas, balki qobiliyatning o'sishi uchun faqat tabiiy zamindir, u kelgusida qobiliyatga aylanmog'i mumkin. Bunday imkoniyatlar faqat tegishli sharoit mavjud bo'lgandagina ro'yobga chiqa oladi.
Tug'ma layoqatni irsiyat bilan aynan bir narsa deb tushunish yaramaydi. Layoqat irsiyat natijasigina bo'lib qolmay, balki, shu bilan birga ona homilasida o'sish natijasi hamdir. Layoqat — kishidagi tug'ma im-
koniyatdir.
Layoqat kishining butun umri davomida o'zicha o'sib, kamolotga yet- maydi. Layoqat hali kishida «mudrab yotgan» imkoniyatlardir. Bu layo- qatning «uyg'onib» yuzaga chiqishi uchun tegishli ijtimoiy muhit ham bo'lmog'i lozim. Layoqatni xuddi uruqqa o'xshatish mumkin, urug'dan o'simlik ko'karib chiqishi, yetilib meva qilishi uchun qulay sharoit: tuproq, havo, quyoshning bo'lishi darkor. Kishidagi tug'ma layoqatning o'sib kamol topishi uchun zarur bo'lgan sharoitning asosi ijtimoiy muhitdir.
Ijtimoiy muhit layoqatlarning o'sib, kamol topishi uchun qulay yoki noqulay bo'lmog'i mumkin.
Qulay muhit kishidagi «mudrab yotgan» layoqatlarni uyg'otadi. Layoqatning o'smog'i uchun qulay sharoit bo'lishi kishining bolalik chog'larida, ayniqsa, muhimdir. Bolalar o'z o'yinlarida, odatda, kattalarga taqlid qiladilar. Taqlid qilish jarayonida bolalarda ma’lum bir layoqatlar dastlab uyg'ona boshlaydi. Musiqachilar, rassom yoki shoirlar, texnik xodimlar muhitida o'sgan bolalaming ko'pchiligida layoqatning juda barvaqt uyg'onishi sababi ko'proq mana shundadir.
Noqulay ijtimoiy muhit sharoitida kishidagi tug'ma layoqatlarning
«uyg'onmay» qolib ketishi mumkin. Bunday noqulay muhit kishida tasodifiy ravishda ko'rina boshlagan biron qobiliyat va iste’dod alomatlarini yo'qotib
yuborishi yoki ulaming paydo bo'lish vaqtini cho'zib yuborishi ham mumkin.
Milliy an’analar urf-odatlarimizning tiklanishi, milliy, umumbashariy
va umumma’naviy qadriyatlarimizni hayotimizga tatbiq etilishi xalqimizning turmush sharoitini o'zgarishiga olib keldi. Jamiyatimiz uchun bilim- don, fidokor, iste’dodli yoshlarni tarbiyalash imkoniyati yaratildi. O'zbek
xalqi yuksak aql-zakovatga, dunyoni boshqarish qudrati, salohiyati, qobiliyatiga ega bo'lgan sohibqiron Amir Temur kabi sarkardalar, Al-Bu- xoriy, At-Termiziy, Bahovuddin Naqshband, Xo'ja Ahmad Yassaviy kabi ulug' muhandis majtahid ulamolari, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino kabi qomusiy olimlari bilan birgalikda Ul-Umaviy,
Hofiz Sheroziy kabi musiqashunos olimlari, Nizomiy Ganjaviy, Abdu- rahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Ulug'bek kabi mutafakkirlari bilan faxr- lanib qolmay, ulaming ishlarini davom ettirishga, fan sohasida yangiliklar
yaratishga ham qodirdirlar.
Shuningdek, mamlakatimizda nomlari jahon fani tarixiga kirgan olim- larimiz ko'plab topiladi. Bizda madaniy saviyani oshirish, xalqimiz ora
sida ko'plab bunyodga kelgan talant va salohiyatlami kamol toptirish uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan.
Iste’dodning o'sib kamol topishi uchun faqat muhit ta’sirining bir o'zi kifoya qilmaydi. Bunda eng muhim narsa ta’lim va maxsus tarbiyadir. Qobiliyat ta’lim jarayonida, bilimlami o'zlashtirish jarayonida, bilimlaming ijodiy qo'llanishida, tegishli ko'nikma va malakalar hosil qilish jarayonida inson faoliyatida kamol topadi. Masalan, musiqachi bo'lish uchun tabiiy
qobiliyat va qulay sharoit bo'lishining o'zi kifoya qilmaydi, balki o'qish, musiqa nazariyasini o'rganish, texnikani va maxsus fanlarni bilish kerak
bo'ladi. Yaxshi uchuvchi, muhandis, umuman qanday bo'lmasin har bir sohada mutaxassis bo'lish uchun tegishli ma’lumot va tarbiya olish kerak.
Ta’lim jarayonida kishi maxsus ko'nikmalar va faoliyat texnikasini egallaydiki, ularsiz uning na iste’dodi yuzaga chiqadi va na qobiliyati o'sib yetiladi. «Men foydalangan texnikaning rivojlanganligi soyasidagina, — deb yozgan edi A.N. Rimskiy-Korsakov, — mening ijodiyotim yangi jonli kuchga ega bo'ladi va mening bundan buyon ijodiy faoliyatim uchun yo'l ochildi».
Ma’lumki, barcha yuksak iste’dodli kishilar ko'p va tirishib o'qiganlar. Iste’dod ayni ta’lim-tarbiya jarayonida, kishining tarkib topayotgan qobiliyatlarida ravshanroq ko'rina boshlaydi. Chunonchi, kishining, masalan, musiqa, adabiyot, texnika, matematika va boshqa shu kabilarga bo'lgan
iste’dodi ta’lim-tarbiya jarayonida oshkor bo'ladi.
Qulay sharoit, o'qitish va tarbiya odamdagi layoqatning barvaqt uyg'onishiga imkon beradi. Masalan, Rimskiy-Korsakov onasi kuylagan kuylarni ikki yoshdanoq. otasi pianinoda chalgan kuylarni to'rt yoshida takrorlar, xirgoyi qilar edi va otasidan eshitgan kichik musiqa asarlarini tez kunda fortepianoda o'zi chala boshlagan. Motsart uch yoshdan boshlab klavesinani (pianinoga o'xshash musiqa asbobini) chala boshlagan, eshitgan musiqa asarlarini hayron qolarli darajada darrov esida qoldirgan. To‘rt yoshida o‘zi ham musiqa asarlari yarata boshlagan. Gaydida to‘rt yoshidayoq musiqaga bo'lgan qobiliyat ko'rina boshlagan. Prokofev sak- kiz yoshida kompozitor bo'lib tanila boshlagan.
Rassomlik sohasida Rafaelning ijodiy qobiliyati sakkiz yoshida, Mike- lanjeloda o'n uch yoshida, I.Ye. Repin bilan V.A. Serovda to'rt yoshida, V.I. Surikovda olti yoshida ko'rina boshlagan. Aleksandr Ivanov o'n bir yoshidayoq tasviriy san’at Akademiyasiga kirgan. Igor Grabar o'zi haqida: «Rassomlikka necha yoshda havas qo'yganligimni eslay olmayman, ammo rasm solmagan vaqtimni xotirlay olmayman», deydi.
Poeziya sohasida Pushkin va Lermontovlarning ijodiy qobiliyatlari juda erta ko'rina boshlagan. Pushkin to'qqiz yoshida, Lermontov o'n yoshida, A. Navoiy 5 yoshida ijod qila boshlagan. Ularning 7—13 yoshla- ridayoq asarlari bosilib chiqa boshlagan. Bayron bilan Shiller o'n olti yoshda yoza boshlagan.
Bizning maktablarimizdagi ta’lim-tarbiya ishlari bolalarga faqat bilim berish bilangina cheklanib qolmay, balki bolalaming barcha qobiliyatlarini o'stirishni nazarda tutgan holda olib boriladi.
Kishilar o'zidagi turli faoliyatlarga boMgan tug'ma layoqatlarini jamoada, o'z ustida tinmay ishlash jarayonida ro'yobga chiqaradilar. Maktab- lardagi sinf hamda jamoa, guruhlar, ilmiy to'garaklar, fan olimpiadalariga ishtirok etish, ilmiy anjumanlarda ishtirok etish tugMna layoqatlarning
qulay imkoniyatlaridir. Shuningdek, o'quv va mehnat faoliyatida odamning layoqatlari uyg'onadi va qobiliyatlari o‘sadi, xalq talantlari shular
jarayonida oshkor boMadi.
Har bir shaxsning o'zi faol harakat qilgandagina ijtimoiy muhit, o'qish va tarbiya kishining layoqatini uyg'otmogM va iste’dod hamda qobiliyatlarini okstirmogM mumkin. Kishining qobiliyatlari uning faoliyatini belgi- labgina qolmay, balki kishining qobiliyatlari mana shu faoliyatda o'sadi va tarkib topadi.
Kishining o‘z faoliyatiga qanday munosabatda boMishi katta ahamiyatga egadir. Agar kishi o'z ishini sevib, mehr bilan qilsa, u vaqtda kishining bu sohadagi salohiyatlari kuchliroq yuzaga chiqa boshlaydi, uning
qobiliyat va mahorati tezroq o'sib boradi. Ishga muhabbat qo‘yish — u ishga qiziqish, havas qo'yish demakdir. Shu sababdan kishining qobiliyati uning qiziqish-havaslari bilan mustahkam bogMiq va qiziqishning obsib borishiga qarab, kishi qobiliyati ham o‘sib boradi. Qiziqishlar esa hammadan ko'ra ko‘proq, faoliyat jarayonida va o‘sib borayotgan qobiliyat-
larga bog'liq ravishda o'sadi.
Yuksak va oliyjanob maqsadlar kishining barcha ruhiy kuch va qobili- yatlarining o'sishiga katta stimul bo'lib xizmat qiladi.
Durust, ayrim vaqtlarda kishining qobiliyati bilan havaslari bir-biriga mos bo'lmasligi ham mumkin, masalan, kishi maMum bir sohada qobiliyat ko'rsatadi, ayni vaqtda boshqa bir sohaga ham qiziqadi. Bunday hodisa ko'proq kishining qobiliyatlari hali to'liq tarkib topib yetmagan va oshkor bo'lmagan davrlarda uchraydi.
Qobiliyatning o'sishida muayyan faoliyatga qiziqish va muhabbat qo'yish bilan bir qatorda, kishi o'z ustida ishlashi, uning mehnat faoliyati hamda bilimlari, ko'nikma va malakalarini ijodiy ravishda qo'llay olishi ham katta ahamiyatga egadir.
Ayrim kishilar bolalik va o'quvchilik chog'larida, ular uchun qulay sharoit bo'Hshiga qaramay, hech qanday o'z zehni va qobiliyatlarini ko'rsata olmaganliklari maMumdir. Bunday kishilar keyinchalik sabot va chidam bilan o'z ustlarida mustaqil ishlashlari natijasida o'zlarining zo'r qobiliyatga ega ekanliklarini ko'rsatganlar.
MaMumki, maktabdagi o'quvchilar orasida darslardan ulgurmaydigan bolalar ham uchraydi. Bunday o'quvchilaming darslardan ulgurmasdan orqada qolish sababini sinchiklab tekshirish shuni ko'rsatadiki, ularda
o'qishga moyillik boMmaydi yoki ular dars tayyorlash yo'llarini bilmay- dilar. Tajriba shuni ko'rsatadiki, ularda o'qishga bo'lgan qiziqish va istak
tug'dirish, shuningdek, ularda dars tayyorlash malakasini hosil qilish ularning darsdan ulgurib borishlariga imkoniyat beradi.
Shuning uchun taMim-tarbiya jarayonida har bir pedagog o'quvchilarga muayyan fanlardan bilimlar berish, malaka hosil qilish, ularning his va irodasiga ta’sir etish bilan bir qatorda, ularning har birini jamiyatning munosib quruvchilari bo'lib yetishishlari uchun tinmay o'z ustilarida ish
lash lozim ekanligini ular ongiga singdirish kerak.
O'quvchilaming kelajak mehnat faoliyatlaridagi muvaffaqiyatlari faqat ularning maktabda oladigan bilim va malakalariga bog'liq bo'lmay, balki, asosan, o'zlarining bundan keyingi o'z ustilarida tinimsiz ishlashlari orqali yangi bilimlar hosil qilib borishlariga bog'liq ekanligini ularga uqtirib o'tish
zarurdir.
Kishining qobiliyat va iste’dodi mehnatda namoyon bo'ladi, shu bilan birga kishi qobiliyatining o'zi ham faqat sabot bilan mehnat qilish, tirishib tegishli bilim va malaka hosil qilish orqali kamol topadi.
Qiziqish-havas iborasini biz ko‘pincha maroqli, ajoyib, yoqimli ma’nolarda ham ishlatamiz. Qiziq spektakl, maroqli roman, ajoyib odam
va hokazolar deganimizda, odatda, shu ma’noda gapiramiz.
Bunday ma’noda tushuniladigan qiziqish-havasni bevosita qiziqish- havas yoki qisqa muddatli qiziqish-havas deymiz. Bu xildagi qiziqish- havas, asosan, kishidagi ixtiyorsiz diqqat jarayonida ro‘y beradi va u kishining individual xususiyatlari tarkibiga kirmaydi.
Bevosita qiziqish-havasni uzoq muddatli, nisbiy barqaror qiziqish - havasdan farq qilmoq kerak. 0 ‘ziga xos tor ma’noda ishlatiladigan qiziqish so‘zi aslida shu xildagi barqaror qiziqish-havasni bildiradi.
Qiziqishning bu xili (barqaror qiziqish-havas) shaxsning diqqat-e’tiborini muayyan narsaga, voqelik va hayotning muayyan sohasiga, muayyan bir faoliyatga birmuncha uzoq vaqt va barqaror qaratilishida ifodalanadi.
Qiziqish-havas, jumladan, kishining o‘zini qiziqtirgan narsaga erishu- viga doimo intilishida, bu narsani bilib ishga, shu narsani o‘ziga yaqin- lashtirish va uni egallab olish uchun har doim intilishida ifodalanadi.
Odamlarga xos boMgan turli xil qiziqishlar orasida har bir kishining biron-bir sohaga asosiy qiziqish-havasi boiadi.
Shunday qiziqish-havasning bolishi shaxsning individual xususiyatini tashkil etadi.
Individual qiziqish-havas — kishining o‘z hayotida, dunyoda ma’lum bir narsani eng muhim, eng qimmatli hisoblab, shu narsaga erishmoq uchun intilishidir.
Shaxsning asosiy hayot yo‘li individual qiziqish-havaslarida namoyon boiadi.
Qiziqishning bu turi faoliyatning uni qiziqtirgan narsaga movilligida, shu narsani eslaganda har doim yoqimli tuyg'ular his qilishida, shuningdek, shu narsa va u bilan bogMiq boMgan ishlar haqida doim gapirishga movil- likda ko‘rinadi.
Bu qiziqish butun diqqat-e’tiborimizni o'sha bizni qiziqtirgan narsaga qaratishimizda, shu narsaga nimaiki yaqin aloqador boMsa, shuni tez-tez esga olishimizda, xayolimizning hadebshu narsa tevaragida aylanaverishida, fikrimizni o‘sha biz qiziqtirgan narsa bilan bogMiq boMgan masalalar juda ham chulg'ab olishida ifodalanadi.
Individual qiziqishni kishidagi diqqatning individual xususiyatlari bilan, yoki his-tuyg'ular bilan yoki undagi orzu, intilishlar bilan aynan bir narsa deb tushunish yaramaydi. Qiziqish-havas — shaxsning individual
xususiyati boMib, uning diqqat-e'tibori real olamdagi muayyan bir sohaga muttasil qaratilishidir. Lekin kishidagi bu xil qiziqish-havas uning diqqate’tiborida ham, hissiyotlarida ham, intilishlarida ham, fikrlarida ham, faoliyatlarida ham namoyon bo‘ladi.
Qiziqish hammadan ko‘ra ko'proq kishining kasbi, ixtisosi bo'yicha qiladigan mehnati, o'qishi bilan bog'liq bo'ladi. Odamda shaxsiy qiziqishlar bilan birga, u ijtimoiy ozod bo'lgani tufayli, unga yana ijtimoiy, siyosiy va ma’naviy qiziqishlar ham xosdir.
Odamlardagi qiziqishlarni biz, awalo, bu qiziqishlaming mazmuniga qarab turlarga ajratamiz. Qiziqishning mazmuni keng ma’noda olingan
voqelikdagi qanday narsalar yoki soha bilan qiziqilganligiga bog'liq bo'ladi, shular bilan belgilanadi. Kishilarning mazmunan, har xil bo'lgan qiziqish- havaslarini bu qiziqishlaming ijtimoiy qimmatiga qarab ijobiy qiziqish, yuksak, oliyjanob qiziqish-havas deb baholasak, boshqa bir qiziqishlarga salbiy qiziqish, past, bachkana va hatto zararli qiziqish deb baho beramiz.
Ijtimoiy-siyosiy qiziqishlari ham mavjuddir. Bu qiziqishlar jamiyatga foyda keltiradigan yoki reaksion jamiyat uchun zararli, yemiruvchi qizi
qish bo'lmog'i mumkin.
Progressiv ijtimoiy-siyosiy qiziqishlar kishidagi eng yuksak, qimmatli qiziqishdir. Kishilarning individualligi faqat unda ijtimoiy qiziqishlaming mavjudligi bilan emas, balki yana mana shu ijtimoiy qiziqishlaming undagi
shaxsiy qiziqishlar bilan bo'lgan nisbatida hamdir. Kishidagi ijtimoiy qiziqishlar uning shaxsiy qiziqishlaridan ustun bo'lganda, undan ham muhimrog'i, kishining shaxsiy qiziqishlari ijtimoiy qiziqishlar bilan mos
bo'lgandagina shaxsning ma’naviy hayoti ko'rkamroq bo'ladi.
Intellektual (aqliy) qiziqishlar yuksak ijobiy qiziqishlardir. Ana shunday qiziqish egalari uchun o'z hayotlarida eng muhim narsa — fan bilan mashg'ul bo'lish, kerakli nazariy va amaliy masalalarni hal etishdir. Chunonchi, buyuk sarkarda, sohibqiron Amir Temur, musiqashunos, olim, maqol janrining ijodkori, Muhammadjon Mirzayev, matematik, fizik olim Qori Niyoziy, O'zbekiston FA akademigi I.S. Salimov va boshqalar ana shunday qiziqish bilan yashadilar.
Estetik qiziqishlaming o'ziga berilib ishlaydigan kishilar ham bo'ladi. Bunday odamlar uchun o'z hayotlarida eng asosiy narsa san’at va unga xizmat qilish qimmatbaho san’at asarlari yaratishdir. Chunonchi, rus kom- pozitorlaridan Glinka, Musorgskiy, Chaykovskiy va Moskva badiiy teat- riga asos solgan Stanislavskiylar mana shunday kishilardandir.
Ayrim kishilarda past va sayoz qiziqishlar ham bo'ladi Bunday past qiziqishga faqat o'zining hissiy ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan qiziqishlar kiradi. Ana shunday qiziqishlar quli bo'lgan odamlar uchun hayotlarida eng muhim bo'lgan narsa ular hatto moddiy jihatdan ta’minlangan boMsalar ham ovqat yeyish, ichish, uxlash va umuman olganda nafsini qondirishdan iboratdir. Chunonchi, Gogolning «Qadimgi zamon pomesh- chiklari» povestidagi Afanasiy Ivanovich va Pulxeriya Ivanovnalar xuddi shu tipdagi odamlardir.
Shuningdek, faqatgina shaxsiy boylikka — pul yig'ish, dunyo to'plashga qiziqadigan pastkash odamlar ham bor. Bunday odamlar o'zining eng zarur ehtiyojlarini qondirishdan ham voz kechib, yemay, ichmay, kiyin- may, faqat dunyo to'plashga, mol yig'ishga harakat qiladi.
Faqat o'z nafsini ko'zlash, dunyo to'plash, molparastlikka qaratilgan tuban qiziqishlar nuqul xudbinlik xarakteridagi qiziqishlardir. Bunday qiziqishlar nuqul jamiyat manfaatlariga zid bilib, boshqa kishilar farovonli-
giga zarar yetkazadi. Shu bilan birga, bunday qiziqishlar kishi ongini nihoyatda chegaralab, uni puch, pastkash bir shaxsga aylantirib qo'yadi.
Kishidagi qiziqishlar doirasi har xil bo'ladi. Odamlar o'zidagi qiziqish doirasining keng yoki tor bo'Hshiga qarab ham bir-biridan farq qiladilar. Faqat birgina narsaga qiziqish bilan cheklanib, boshqa narsalarga e’tibor bermaydigan odamlarni qiziqish doirasi tor kishilar deb ataladi.
Voqelikdagi ko'p sohalarga qiziqadigan kishilarning qiziqish doirasi xilma-xil va keng bo'ladi. Lekin shu bilan birga bunday kishilarda bir qiziqish asosiy, markaziy o'rinni oladi.
Qiziqish-havaslar doirasining keng, xilma-xil bo'lishi, ko'pincha bu qiziqish-havaslarning yuksak va chuqur mazmunli bo'lishi bilan ham bog'liqdir. Yuksak qiziqish-havaslarga berilib yashaydigan kishilarning qiziqish-havas doirasi ham keng va xilma-xil bo'ladi.
Ayni bir xildagi qiziqish-havaslarning kuchi turli kishilarda turli darajada bo'ladi. Kuchli qiziqishda ko'pincha kuchli hissiyotlar bilan bog'liq bo'lib, kishida ehtiros tarzida namoyon bo'ladi. Shuning uchun ham, odatda, «ehtirosli qiziqish», «zo'r havas» degan iboralar ishlatiladi. Kishidagi zo'r havas chidam, sabr-toqat va sabotlilik singari iroda sifatlari bilan bog'langan bo'ladi.
Muayyan bir darajadagi kuch bilan namoyon bo'ladigan qiziqish-havaslar, yana kishilarda barqarorlik yoki doimiylik darajasi bilan ham bir- biridan farq qiladi. Ba’zi kishilar bo'ladiki, ularda hosil bo'lgan muayyan qiziqish-havaslar doimiy bo'lib, umrbod saqlanib qoladi. Chunonchi, Lomonosov, Michurin, Prjevalskiy, Gorkiy singari kishilarda bo'lgan qiziqishlar shunday doimiy, barqaror qiziqishlardandir.
Ba’zi odamlar bir narsaga juda qattiq qiziqadilar, kuchli, zo'r havas qo'yadilar, lekin ulardagi qi/.iqish-havaslar uzoqqa bormaydi; bunday odamlardagi biron narsaga, biron-bir faoliyatga bo'lgan zo'r qiziqish-havas o'rnini darrov boshqa bir xil va shunday zo'r qiziqish-havas oladi.
Bunday kishilarning qiziqish-havaslari tez o'zgaradi. Bunday odam- lami, odatda, «juda qiziqib ketadigan» ishqiboz kishilar deb yuritiladi.
Ba’zi odamlar bo'ladiki, ularda paydo bo'lgan qiziqish havaslar nihoyat kuchsiz bo'lib, tez o'tib ketadi yoki biron-bir qiziqish o'mini boshqa bir yangi qiziqish oladi. Bunday kishilar faqat «shu kungi» qiziqish-havaslar bilan kifoyalanadi. Bunday kishilami ko'pincha muayyan orzu- havasi bo'lmagan odamlar deyiladi.
Odamlardagi qiziqish-havaslar tarixan o'zgarib turadi. Shu bilan birga, faqat ijtimoiy qiziqishlargina emas, balki individual qiziqishlar ham o'zgaradi. Qiziqishlarni kishining boshqa xususiyatlariga qaraganda ko'proq darajada ijtimoiy munosabatlar va ijtimoiy turmush sharoitlari bilan belgi- lanadigan individual xususiyatlari deyish mumkin.
Biz shaxsiy manfaatparastlikka asoslangan qiziqish-havaslarga berilgan odamlarni yoqtirmaymiz. Biz odamlardagi bunday qiziqishlarga barham berish uchun kurashamiz. Bizdagi boshqaruv va tarbiya ishlarimiz, jumladan, yosh avlodlarimizda yuksak va xilma-xil ijobiy qiziqish-havaslar o'stirishga qaratilgandir.
Kishida muayyan qiziqish-havaslarning bo'lishi shuni ko'rsatadiki, kishi shaxs sifatida faqat kun kechirish bilan, shu bugungi hayoti bilangina ovora bo'lib qolmasdan, balki istiqbol bilan ham qiziqadi. Kishidagi qiziqishlar uning dunyoqarashi, e’tiqodi va ideallari bilan bog'liq bo'ladi. Qiziqish-havaslar odamning hayotini mazmundor va ma’nodor qiladi. Kishilardagi individual qiziqish-havaslari uning Vatanini manfaatlari bilan mos keladi. Bunday qiziqish-havaslar kishida qanchalik xilma-xil va yuksak bo'lsa, uning hayoti shunchalik ma’noli va mazmunli bo'ladi. Bunday kishilarning ijtimoiy qimmati shunchalik yuksak bo'ladi.
Qiziqish-havaslari pastkash yoki tuturiqsiz bo'lgan odamlarning ma’naviy hayoti mazmunsiz va betayin bo'ladi. Bunday odamlar o'zlarining nima
uchun yashayotganliklarini, ko'pincha, o'zlari ham bilmaydilar. Kishidagi qiziqishlaming susayib yoki yo'qolib ketishi uning aqlini ham pasaytirib qo'yadi, faoliyatini susaytirib yuboradi va boshqa ma’naviy fazilatlariga putur yetkazadi, kishini bekorchilikka moyil, yalqov qilib qo'yadi. Bular bo'sh qolgan vaqtlarida nima bilan mashg'ul bo'lishlarini bilmay, zerikadilar yoki vaqtni o'tkazadigan biron bekorchi ermak topishga urinadilar.
Muayyan oliyjanob qiziqish-havaslarga ega bo'lgan kishilar har doim tetik, faol bo'ladilar. Bunday kishilarning hayoti ma’noli va sermazmun bo'ladi.
Shaxsning individual xususiyati bo'lgan qiziqish-havaslar uning hamma psixik jarayonlariga ta’sir ko'rsatadi. Yuqorida ko'rib o'tganimizdek, kishining bir talay xarakter xislatlari ham, shuningdek, qobiliyatlarining o'sishi ham ma’lum darajada undagi qiziqish-havaslar bilan belgilanadi. Kishidagi qiziqish-havaslar uning barcha psixik jarayonlarida namoyon bo'ladi. Bizdagi idrok etish, esda qoldirish, esga tushirish, xayol, tafakkur va iroda jarayonlari qiziqish-havas orqali faollashadi. Qiziqish-havaslar esda qoldirishning tez va mustahkam bo'Hshiga ta’sir ko'rsatadi, xayol va tafakkur faoliyatini muayyan izga solib yuboradi. Qiziqish-havaslar kishi diqqatining kuchli va barqaror boMishiga yordam qiladi, bizning tuyg'u- hissiyotlarimizning, shuningdek, bevosita qiziqishlarimizning ham kuchli va barqaror boMishiga yordam beradi.
Qiziqish-havaslar kishining mehnat faoliyati uchun nihoyatda katta ahamiyatga ega. Qiziqish-havaslar kishini faoliyatga rag'batlantiradi, uning g'ayratiga-g'ayrat qo'shib, tashabbus ko'rsatishga, faol harakat qilishga, ijod etishga, yangiliklar yaratishga yo'llaydi. Qiziqish-havaslar kishining kuch-quvvatini oshiradi. Shuning uchun ham kishining qiziqish- havaslariga mos keladigan ishlar tezroq, osonroq va unumliroq bajariladi.
Qiziqish o'qituv ishlarida katta ahamiyatga egadir. O'quvchilarda o'quv fanlariga, umuman bilimga va o'zining kelgusidagi kasbiga qiziqish-ha-
vasning boMishi bilimlami ongli va mustahkam o'zlashtirishning muhim shartidir. Shuning uchun har bir pedagog o'z o'quvchilaridagi mavjud qiziqish-havaslarni bilishi, bu qiziqish-havaslarning qanday o'sib borayot-
ganligini bilishi, o'quv ishlariga va mehnatga barqaror, mustahkam qiziqish paydo qilishga harakat qilishi, yordam berishi zarur.
Bolalar bir yasharlik vaqtlaridayoq yorqin, ta’sirli, o'tkir tovushli, ha- rakatli narsalarga va birinchi marta ko'rgan narsalariga qiziqadigan boMadi. Shuningdek, bola endigina qila boshlagan bir xil harakatlarni qayta-qayta takrorlayverishga ham qiziqadi. Bunday bevosita qiziqishlar bolalaming ta’sirli buyumlarga ixtiyorsiz diqqat qo'yishida, ularni idrok qilishida va o'zining qilayotgan harakatidan zavq qilishda ko'rinadi.
Bolalardagi birmuncha barqaror qiziqishlar esa ularning yoshi ulg'ayib borishi, atrof-muhitning ta’siri bilan o'qish va tarbiya jarayonida paydo bo'la boshlaydi. Bolalik davrida qiziqish-havaslarning o'sishiga bolaning atrofidagi odamlarda boMgan qiziqish-havaslar katta ta’sir ko'rsatadi. Atrofdagi odamlarning bunday ta’sirlari, ayniqsa, boladagi o'sib kelayot- gan qobiliyat va layoqatlarga mos bo'lsa, uning qiziqish-havaslarining tarkib topishida, ko'pincha, hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'ladi.
Bolalar maktabgacha tarbiya yoshidanoq, kattalar nima qilsa, o'zlarining o'yin faoliyatlarida shularni aks ettira boshlaydilar. Jamoatchilikning yangi qurilishlariga bo'lgan zo'r qiziqishlari bolalaming suv, to'g'on, hovuz singari narsalar bilan qiziqishlariga katta ta’sir etadi. Jamoatchilikning sun’iy Yer yo‘ldoshi uchirilishiga, kosmonavtlarimizning qahramonona parvoz- lariga qiziqish, ayniqsa, bolalaming qiziqish-havaslariga zo'r ta’sir ko'rsatadi. To'g'ri, bolalarda bo'ladigan qiziqishlar hali qisqa muddat davom etadigan havaslar bo'lib, bunday «qiziqishlar» tez gurullab ketib, tez so'nib qolishi mumkin. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda qiziqish muayyan bir narsalar bilan qisqa bir muddat qiziqish tarzida tarkib topa boshlaydi.
Albatta, hali ularda uzoq muddat davom etadigan, barqaror qiziqish- larning bo'lishi ham mumkin emas. Chunki, ulaming hali tajriba va bilimlari nihoyatda kam, kelajak haqida orzu hali ularda ko'rinmaydi. Bog'cha
yoshidagi bolalami kelgusidagi narsalar emas, hozirgi narsalar qiziqtiradi.
Birmuncha barqaror qiziqish bolalarda maktab yoshida, asosan, o'qish jarayonida tarkib topa boshlaydi.
Bola maktabga endi muayyan maqsad bilan boradi. Endi unda mak- tabga, o'qishga qandaydir qiziqish paydo bo'ladi.
Boshlang'ich sinflarda o'qish jarayonida bola qaysi fandan muvaffa- qiyat qozonsa, hammadan ko'proq o'shanga qiziqadi.
Bilimlami muvaffaqiyat bilan o'zlashtirish o'quvchi bolani har doim xursand qiladi. Muvaffaqiyatdan zavqlanish o'quvchida ishga qiziqish tug'diradi, binobarin, muvaffaqiyatdan zavqlanish qanchalik kuchli bo'lsa, ishga qiziqish ham shunchalik kuchli bo'ladi. O'quvchilarda qiziqish o'quv
fanlarining mazmuni bilan ham, o'qitish metodlari bilan ham hosil qilinadi. O'quv fanlariga bo'lgan qiziqish dastlab bevosita qiziqish bo'lib, mashg'ulot jarayonining o'zida huzur qilishda namoyon bo'ladi. Keyinchalik, mashg'ulotlar davomida, o'quv fanlarining mazmuni, ahamiyati borgan sari ko'proq anglashilib boradi. Shu bilan birga bolada ma’lum bir o'quv faniga bo'lgan qiziqish ham davomliroq bo'la boshlaydi. Keyinchalik esa qiziqish endi shaxsning muayyan narsaga tobora barqaror diqqat-
e’tibor berishi tarzida tarkib topa boshlaydi.
Bolalarda bunday qiziqish dastlab bir qancha o'quv fanlariga birdaniga yoki oldinma-keyin tug'ilishi va so'ngra esa barchasiga baravar qiziqish paydo bo'lmog'i mumkin. O'quvchilarda hamma bilimlarga, umuman bilimga qiziqish mana shunday tug'iladi.
Kichik yoshdagi o'quvchilardayoq kelgusida kim bo'lish masalasiga qiziqish ko'rina boshlaydi. Ulardagi bunday qiziqish o'z ota-onalari va katta yoshdagi maktabdoshlarining gaplari ta’siri bilan, shuningdek, turli kasb-
dagi kishilar: binokorlar, shifokor, o'qituvchilar, traktorchilar, kombayn- chilarva boshqalarning qilgan ishlarini kuzatishlari natijasida paydo bo'ladi.
Kelgusida bunday kasb-hunar egasi bo'lish masalasi dastlab bolalar- ning faqat orzu-xayoli, bolalar ideali sifatida voqe bo'ladi. Boladagi kasbga boMgan dastlabki qiziqishlar hali ularning о' q ib - о' rga nayot gan fanlari bilan bogManadi. Shuning uchun ham ulardagi bunday qiziqish ularning dars o'zlashtirishlariga ta’sir ko'rsatmaydi.
V—VIII sinf o'quvchilaridagi qiziqishlaming o'sishi uchun o'quv mashg'ulotlari bilan bir qatorda, turli to'garaklarda: texnika, adabiyot, san’atshunoslik singari to'garaklarda o'tkaziladigan mashg'ulotlar ham katta ahamiyatga ega.
O'quvchilarda paydo bo'la boshlagan qiziqishlar ma’lum bir to'garakni tanlashda aniqlanadi, to'garaklardagi mashg'ulotlar vaqtida esa bu qiziqishlar o'sib mustahkamlanadi, ancha barqaror tus olib boradi. O'quvchilar maktab yoshida bilim va tajribalar to'plashi, umumiy aqliy saviyasining kengayishi munosabati bilan, atrofdagi kishilar bilan ancha va murakkab aloqa bog'lay boshlaydilar, hayotning turli sohalari va faoliyat turlari bilan tanishadilar, xilma-xil qiziqishlaiga ega boMgan kishilar bilan uchrashadilar va har xil kasblar bilan tanishadilar. Bularning hammasini o'quvchilar faqat o'zlarining bevosita kuzatishlari yo'li bilangina bilib qolmay, balki katta- larning hikoyalaridan, o'zlarining o'qigan kitoblaridan ham bilib boradilar.
Shunday qilib, o'quvchilarda muayyan o'quv fanlariga yoki umuman bilimga boMgan bevosita qiziqishlar bilan birga muayyan kasbga, hayotning muayyan sohasiga qiziqish mana shunday vujudga keladi. Bolalarda paydo boMgan kasbga qiziqish esa, o'z navbatida, tanlagan kasbni egal- lashning sharti boMgan muayyan bilimlarga qiziqishni faollashtiradi.
Maktab boialaridagi qiziqishlar faqat yuqorida bayon etilgan tartibda- gina hosil boMishi shart emas, balki boshqa yo'llar bilan ham hosil bo'lmog'i mumkin: chunonchi, bolada turli faoliyatga, kasbga qiziqish dastlab atrof- muhitning ta’siri bilan hosil bo'lmog'i va so'ngra bu qiziqish bilimga, o'quv faniga, to'garak mashg'ulotlariga qaratilmog'i mumkin. Bunday qiziqishlar
o'qish va to'garak mashg'ulotlariga qatnash davomida yana mustahkam- lanib, qat’iylanib, ancha kuchli va barqaror tus olmog'i mumkin.
V—VI sinf o'quvchilaridagi qiziqishlar hali uncha barqaror bo'lmaydi. Bunday qiziqish-havaslar ko'pincha birdaniga boshlanib ketadi va shuningdek, tez yo'qolib ham ketadi. Boladagi birqi/iqish o'rnini boshqa bir qiziqish egallaydi. Shuning uchun ham qiziqishlarni tarbiyalash, ya’ni bolada ijobiy barqaror qiziqish-havaslar paydo qilish zarurdir.
Albatta, to'g'ri yo'lga qo'yilgan ta’lim ishlarining o'ziyoq o'quvchilarda qiziqishlar tarbiyalaydi. Har qaysi o'quv fani va har qanday bilim qiziqar- lidir. O'quvchilarda qiziqish paydo qilish va uni barqaror qilish o'qiiuvchilarga bog'liq. O'quvchilarda qiziqish paydo qilish va uning barqarorligini saqlab qolish uchun awalo o'qitiladigan darslaming emotsional, yorqin va jonli bo'lishi, o'quvchilarga beriladigan materiallami amaliyot bilan bog'lab borish, so'ngra esa o'qib o'rganiladigan fanlarni turmushning turli sohalaridagi rolini, ko'rilishimizdagi ahamiyatini bilim- laming kelgusida kasb egallash va ma’lumotni oshirish uchun zarurligini anglab olishi katta ahamiyatga egadir.
Masalan, fizika darsida M.G.Davletshin tomonidan maxsus psixologik tajribalar o‘tkazilib, bunda u fizikaning texnikada qo'llanishiga o'quvchilar e’tiborini jalb etish yo'li bilan maktab bolalarida texnikaga qiziqish ancha ortganligini ko'rsatadi. Texnikaga qiziquvchi o'quvchilar soni 14% ga oshdi. Shu bilan bir qatorda tajriba olib borilgan guruhdagi o'quvchilaming qiziqishi chuqur bo'lganligi va bundagi motivlar ham ancha ongli bo'lganligi aniqlangan. Fizika fanini o'qitishda bunday ishlar olib borilmagan guruh o'quvchilarida esa texnikaga qiziqish ancha past bo'lganligi aniqlangan.
O'quvchilarda fanga qiziqishni paydo qilish va uning barqarorligini saqlab qolishda o'qituvchining fanga bo'lgan munosabati katta rol o'ynaydi. Agar o'qituvchi o'z fanini sevsa, unga qiziqsa, u vaqtda o'quvchilarda ham shu fanga ko'p darajada barqaror qiziqish, umuman va shu bilim bilan bog'liq bo'lgan vaziyatda qiziqish-havas paydo bo'ladi.
O'smirlik davrida fanga bo'lgan qiziqish mustahkamlanish bilan birga, kelajak kasbga birmuncha barqaror qiziqish shakllana boshlaydi.
VI1—VIII sinf o'quvchilari kelgusida o'zlarining qiladigan ishlari va kasblari to'g'risida jiddiy o'ylay boshlaydilar. 14—15 yoshdagi o'smirlaming kelajagi masalasi oila sharoitida ham jiddiy muhokama mavzui bo'lib qoladi.
IX sinflarda kasb tanlash o'quvchilaming asosiy masalasi bo'lib qoldi.
Ular qiziqishlariga qarab akademik litsey yoki kasb-hunar kollejlarida ta’lim oiishni davom ettirishlari mumkin.
O'smirlar o'zlariga kasb tanlab olishda, albatta, ota-onalarining, yaqin kishilarining, birinchi navbatda, o'qituvchilarining, tarbiyachilarining yor-
damlariga (maslahatlariga, yo'l-yo'riq ko'rsatmalariga) muhtoj bo'ladilar.
Yuqori sinf bolalari hayotida kasb-hunarga qiziqishlari katta o'rin egallaydi. Maktablarimizning hozirgi vaqtdagi vazifasi o'quvchilarga faqat nazariy bilimlar berishgina bo'lmay, balki ularni turmushga aniq mehnat
ga tayyorlash hamdir. Katta yoshdagi o'quvchi bolalar maktabni bitir- gach, o'zlarining unumli mehnatda ishtirok etishlari kerakligini yaxshi biladilar. Shuning uchun ular o'qib turgan vaqtlaridayoq ishlab chiqarishga qatnashuvlari lozimligini tushunadilar.
Lekin o'smirlar faqat yaqin kelajakdagi hayot va faoliyatlari to'g'risidagina emas, balki uzoq kelajakdagi hayot va faoliyatlari to'g'risida o'ylash va orzular qilishga moyil bo'ladilar.
Katta yoshdagi o'quvchilarga, shuningdek, VII—IX sinf o'quvchilariga ham bo'lg'usi kasbni tanlashda ota-onalari, o'qituvchilari va boshqa yaqin kishilari yordamlashadilar, yuqori sinf o'quvchilari ular bergan maslahat va ko‘rsatmalarini hisobga olib, ko‘pchilik hollarda qat’iy qarorni o‘zlari qabul qiladilar. Ular bu qarorni qabul qilishda amal qiladigan motivlarini asoslab bera oladilar.
Yuqori sinf o'quvchilari har xil kasblardan, ayniqsa, o'zlari tanlagan kasblardan yaxshi xabardor bo'ladilar. Ular o'zlariga biron-bir kasbni tan- labgina qolmay, balki shu bilan bir qatorda bu tanlangan kasblari qanday bilimlar talab etishi va shu kasbning qay sohada ko'proq foyda keltirishi masalalari bilan ham qiziqadilar.
O'quvchilarda kelajak kasb tanlash jarayoni ayrim fanlarga, ayniqsa, o'zlari tanlagan kasb bilan bog'liq bo'lgan fanlarga bo'lgan qiziqishlarini faollashtiradi. Shu bilan birga yuqori sinf o'quvchilarining o'zlariga oldindan kasb tanlashlari, shu haqda o'ylash, fikr yuritish jarayonining o'zi ularning xarakterlari tarkib topishiga ta’sir ko'rsatadi.
O'quvchilaming qiziqishlari ularning qobiliyatlarining o'sishi, dunyoqarashning tarkib topishi munosabati bilan o'sib boradi.
Yosh yigit-qizlarimiz umumta’lim, akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga kirib, o'rta maktabni bitirib yetuk, unumli mehnatda ishtirok etishga tayyor bo'ladilar va o'z kelajak hayot yo'llarini belgilab oladilar. Yoshlarimizning bundan buyongi individual qiziqish va qobiliyatlari ularning kasb faoliyatlarida mustahkamlanib boradi.
Yoshlarimizning qiziqishlari g'oyat xilma-xildir. Lekin ulardagi bu xilma-xil qiziqishlar jamiyatimizni yana ham gullab-yashnashida umumiy maqsadlar bilan qo'shilib boradi.
l-ILOVA
Psixologiya tarixi boshqa faniar tarixi singari, qiziq va mazmundor bilimlar sohasidan iborat.
Psixologiya tarixi — bu awalo insoniyat tomonidan hayvonlaiga va insonga xos boMgan psixik hayot hodisalari haqidagi bilirrilarning asta- sekin to‘planib borish tarixidir. Insonning o‘z-o‘zi haqidagi bilimlami to‘plab hamda chuqurlashtirib borishidir.
Biz psixologiya tarixi bilan tanishar ekanmiz, inson va hayvonlar psixik hayotini o'rganishga boMgan intilish kishilar hayotning har xil tarixiy bos
qichlarida ularning qanday nazariy va amaliy ehtiyojlari bilan taqozo qil-
ganligini, ba’zi bir ma’lumotlar, ya’ni psixik hodisalar qay tarzda kashf qilingan, qaror topgan va aniqlanganligini, ular qanday tushuntirilgan- ligini, ularning ba’zi qonuniyatlari qanday ochilganligini bilib olamiz. Bundan tashqari, psixologiya tarixi tarixiy hayotning har xil bosqichlarida, fan va madaniyatning umumiy taraqqiyoti munosabati bilan psixologik bilimlar sohasi qanday kengayib borganligi hamda dastlab yakka-yu yagona boMgan psixologiya qay tarzda taraqqiy etib, butun bir psixologiya fanlari sistemasi darajasiga ko'tarilganligi haqida ham ma’lumot beradi.
Psixologiya tarixida psixikani yanada chuqur va aniq bilish imkoniyatini beradigan, psixologiya fani taraqqiyotiga ko'maklashadigan foydali ilmiy-tekshirish metodlarining izlanishi va yaratilishi katta o‘rin tutadi.
Psixologiya hech qachon ajralgan fan boMmagan: u hamisha boshqa bilim sohalari bilan bogMiq holda taraqqiy etib borgan. Umumfan taraqqiyoti tarixida bu bogManishlar kengaydi va chuqurlashdi. Boshqa fan- laming yutuqlari psixologiya taraqqiyotiga qanday ta’sir ko'rsatganligini,
bilim sohalarining taraqqiyotida psixologiyaning roli qay darajada boMganligini, psixologiyaning ilmiy yutuqlari amaliyotda qanday tatbiq qilinganligini kuzatib borish juda qiziqarlidir.
Psixologiyaning butun tarixi (shuningdek, falsafa tarixi) davomida idea- lizm bilan materializm o'rtasida kurash ketgan. Bu kurash psixologiyaning mohiyatini turlicha tushunishda, insondagi psixik va fiziologik ho- disalarning o'zaro munosabatlarini tushunishda hamda psixologiya predmetini tushunishda ifodalangan. Shuning uchun, psixologiya fani sistemasining o‘zi ham, uning metodlari, mazmuni va vazifalari ham turlicha
talqin qilingan.
Albatta, psixologiya tarixida turlicha qarashlar va yo‘nalishlarbo‘lishiga qaramasdan, bu fanning predmeti, ya’ni hayvon va insonlarga xos boMgan psixika, psixik hayot birdayligicha qolaverdi. Tarixiy jihatdan psixologiyaning o'rganish predmeti emas, balki shu predmetni tushunish, psixik hayot mohiyatini tushunish o'zgarib keldi.
Psixologiya predmetini tushunishdagi muhim o'zgarishlar, yangi psixologik tekshirish metodlarining yaratilishi hamda ularning keng tatbiq qilinishi ilmiy-falsafiy tafakkurning umumiy yo'nalishi psixologiya fani
ning tarixiy taraqqiyotidagi xususiyatlarni belgilab bordi.
«Psixologiya» termini XVI asrning oxirlarida paydo bo'lib, faqat XVlll asrning oxiri va XX asrning boshlaridagina keng qo'llaniladigan bo'ldi.
Lekin keyinchalik «Psixologiya» deb atalgan ta’limotning o'zi bundan ikki yarim ming yil oldin Gretsiyada paydo bo'lgan.
VII— V asrlardagi qadimgi grek faylasuflari boshqa dunyoning mohiyatini, uning kelib chiqishini bilishga uringanlar. Shu munosabat bilan ular tabiat haqida, inson haqida, uning olamda tutgan o'rni haqida, xususan, uning ruhi va ruhiy hayoti, uning taqdiri haqida fikr yuritganlar. Darvoqe, o'sha davrlarda ruh haqidagi ta’limotda bir-biriga qarama-qarshi bo'lgan, binobarin, o'zaro doimo kurashadigan ikki oqim — materialistik va idealistik oqimlar paydo boMgan.
Qadimgi grek faylasuflarining ta’limotiga ko'ra, dunyoning asosida qandaydir bitta moddiy narsa yotadi. Ularning fikricha, inson ham dunyoning bir qismi sifatida shu moddadan tashkil topadi. Masalan, Falesning (624—547-yillar) ta’lim berishicha, butun mavjudotning, shu jumladan, inson tabiatining ham asosi suvdir. Inson ruhi va ruhiy hayoti par (bug1) shaklida tasawur qilingan.
Anaksimen (b.e.a. 588-525) «Butun mavjudot zichlashish va siyrak- lashish qobiliyatiga ega bo'lgan havodan tashkil topgan, deb ta’lim beradi. Ruh — bu juda siyraklashgan havodir», — deydi.
Geraklit-Tyomniy (b. e. a. 544—483) tabiatning asosi o't (olov)dir deb hisoblagan. «Hamma narsa olovdan paydo bo'ladi va hamma narsa yana olovga aylanadi. Butun dunyo, alohida narsalar, shuningdek, inson ruhi ham olovdan kelib chiqadi» — deydi u.
Geraklitning Fikricha, ruh — bu dunyoning abadiy harakatlanadigan va o'zgarib turadigan asosining — olovning o'tkinchi holatlaridan biridir.
Hamma narsaning asosi tuproq, uning zarrachalaridir deb hisoblagan mutafakkirlar ham bo'lgan.
Empedokl (Sitsiliya orolidan, 483—423) «Tabiat haqida» degan poe- maning muallifi bo'lib, u dunyoning asosida qandaydir bitta stixiya (suv,
havo, tuproq yoki olovdan bittasi) emas, balki to'rtala stixiyaning hammasi, ya’ni suv, havo, tuproq, va olov yotadi», — deb ta’lim bergan. Empe- doklning ta’limotiga ko'ra, dunyodagi narsa va hodisalaming turli-tuman- ligi shu to'rtala elementning birikishi bilan izohlanadi. Shu to'rt element haqidagi ta’limot inson haqidagi ta’limotda ham o'z ifodasini topgan. Gip- pokratning (460—356) temperamentlar haqidagi ta’limoti bunga misoldir.
Demokrit (b.e.a. 460—370) o'z ustozi Levkippning (b.e.a. 500—440) qarashlarini rivojlantirib, dunyoning asosida tabiatning qandaydir bitta yoki bir qancha stixiyasi emas, balki bitta manba yotadi, olov ham, suv ham, tuproq ham, havo ham, dunyodagi barcha turli-tuman narsa va hodisalar ham shu manbadan paydo bo'ladi, degan ta’limotni ilgari surdi.
Butun mavjudotning negizi bu materiya deb atalgan edi. Demokritning ta’limotiga ko'ra, materiya atomlardan, ya’ni juda mayda, ko'zga ko'rinmaydigan zarrachalardan — moddalardan tashkil topgan.
Barcha atomlar doimo harakatlanib turadi (Demokritning fikricha, ular bo'shliqqa tushib turadi). Atomlar faqat shakl jihatidangina bir-biridan farq qiladi. Burchaksimon, ilmoqsimon, g'adir-budur atomlar bo'lib, harakat- langanda ular bir-biriga tegib ketadi, shuning uchun ham ular sekin ha- rakatlanadi. Shu atomlaming birikishidan qattiq jismlar hosil bo'ladi. Dumaloq, oval shaklidagi, sirg'anchiq atomlar ham bo'ladi, ular esa sekin harakatlanadi. Bu atomlaming birikishidan suyuq gazsimon jismlar hosil bo'ladi.
Demokritning ta’limotiga ko'ra, tan va ruh egasi bo'lgan inson xuddi shu atomlardan tarkib topadi. Odamning tanasi qo'polroq ilmoqsimon, g'adir-budur va sekin harakatlanadigan atomlardan tashkil topadi, ruhi esa eng silliq, dumaloq. sirpanchiq, binobarin, eng harakatchan atomlardan tashkil topadi. Ruhning har bir ayrim atomi, hatto uning kichkina guruhlari ham sezuvchanlikka ega emas. Ularning bir qanchalari birla- shibgina sezuvchanlik qobiliyatiga ega bo'ladi. Ruh atomlari butun ba- danga tarqalgan, lekin ularning ko'pchiligi ko'zda, quloqda, panja uch- larida, yurakda hamda bosh miyada joylashgan. Bizning sezgilarimiz, his- larimiz va fikrimiz shu ruh atomlarining maxsus harakatidir. Atrofimiz- dagi narsalardan doimo dumaloq, yengil atomlar ajralib chiqib, fazoda uchib yuradi. Agar shu atomlardan birortasi ko'zimizga tushsa, biz ko'ramiz; qulogMmizga tushsa eshitamiz, burnimizga kirsa, biror narsaning hidini sezamiz va hokazo. Bizning fikrlarimiz — bu bosh miyadagi ruh atomlari- ning harakati. Bizning hislarimiz intilish — ehtiroslarimiz — bu yurakdagi ruh atomlarining harakati. Demokritning ta’limotiga ko‘ra, ruhiy hayotning markazi yurakdir. Ruhimizni tashkil qiluvchi atomlar tanamizdan
chiqib ketmaguncha biz o‘z-o‘zimizni anglaymiz. Shu atomlaming bir qismi tanamizdan chiqib ketganda uyqu va shunga o‘xshash ongsiz holat ro‘y beradi, agarda deyarli barcha atomlar tanamizdan chiqib ketsa, yarim oMik holat (behushlik holati) ro‘y beradi. Barcha ruhiy atomlaming
tanadan butunlay ajralib chiqib ketishi oMimga olib keladi. Demokrit ruh- ning abadiyligini inkor qilgan. Uning ta’limotiga ko‘ra, tana oMishi bilan ruh ham oladi: u — moddiy narsadir, maydalanib dunyo atomlarining umumiy yig‘indisiga qo‘shilib ketadi.
Idealistlar. Sokrat va Platon
Idealistik falsafaning asoschilari, antik dunyoning ikkita buyuk muta- fakkiri Sokrat (469—399) va Platon (427—347)Iar ham Demokrit bilan deyarli bir vaqtda yashadilar va ijod etdilar. Bular quldorlik aristokratiyasi mafkurasining namoyandalari edilar.
Sokrat ham, Platon ham jon va tan mutlaqo har xil, hatto qarama- qarshi boigan ikkita mohiyatdir, deb ta’lim berganlar. Tana moddiydir. uni tashqi sezgi organlari bilan idrok qilishi mumkin: uni ko‘rish va se
zish mumkin, u fizik jismdir.
Jon moddiy emas, balki ruhiydir: uni sezgi organlari yordami bilan idrok qilish mumkin emas. U tanaga qarama-qarshi boMib, fizik jism emas, balki metafizik, sezib boMmaydigan narsadir. Jon moddiy dunyoga emas, balki boshqa ideal dunyoga, haqiqatan yashayotgan ideyalar (g‘oyaIar), «obrazlar» dunyosiga taalluqlidir. Jon inson tanasiga o‘sha dunyodan kelib qo‘shiladi. Uning tana bilan birga boMishi vaqtinchalik- dir, tana oMishi bilan jon yana ideal dunyoga qaytib ketadi.
Yerdagi hayot davomida jon tanaga mahkum etilgan, u zindondagi narsa kabi, doimo ideya (g‘oya) lar dunyosiga chiqib ketmoqchi boMib intilib turadi.
0 ‘z ongini oshirish yo‘li bilan shu dunyo haqida eslash insonga haqiqiy, demak, Platon fikricha, haqiqiy bilimning birdan-bir manbai — gloyalar dunyo- sidir. Bizning atrofimizdagi dunyoni sezishimiz va idrok qilishimiz esa, faqat - gina 0‘zgarib turadigan beqaror hodisalar haqida bilim beradi, xolos.
Biroq jonning (ruhning) ideal holda namoyon boMishi kolpchilik kishilarda to‘silib turilishi va moddiy tanaga bo'ysundirilishi mumkin. Oqibatda,
jon g'oyalar dunyosini go‘yo esdan chiqarib, materiyaga g'arq bo1mog‘i mumkin.
Shuning uchun ham yer yuzidagi hayot sharoitlarida inson joni, materiyaga qanchalik g‘arq boMish darajasiga qarab, go‘yoki uch qismga
bo'linadi. Н аг bir kishida ularning har biri har xil darajada namoyon bo'ladi. Eng oliy qismi — bu insonning ideya (g'oya)larni ko'rish — bilish darajasigacha ko'tarila olish qobiliyatiga ega bo'lgan yuksak aqldir, jonning bu qismi insonning boshidan o'rin oladi; jonning faol qismi, g'azab, shuhrat - parastlik, oliyjanoblik ehtiroslari va m a’naviy fazilatlar manbaidir, u yurak- da joylashgan. Jonning uchinchi qismi turli xush-noxush hislar. U his va kayf-safoga doir his-tuyg'ular manbai bo'lib, qorinda joylashgan bo'ladi.
Jonning qaysi qismi ustun chiqishiga qarab, kishining har xil individual xususiyatlari — hayotining yo'nalishi, xarakteri, mayl va qobiliyatlari paydo bo'ladi.
Aristotel
Qadimgi grek materialistlari, shuningdek, idealist Sokrat va Platonlar ham o'zlarining psixologik qarashlarini yozib sistemali bayon qilingan mukammal asar sifatida qoldirmaganlar. Ularning bu fikrlari asosan ayrim-
ayrim m ulohazalar tariqasida saqlanib qolgan. Platonning psixologik fikrlari esa har xil falsafiy asarlarida — dialoglarda sochilgan.
Grek faylasuflaridan birinchi bo'lib, ruh va ruhiy faoliyat haqida sistem ali ta ’lim ot yaratgan kishi Aristotel (384—322) bo'lgan. Aristotel Platonning shogirdi bo'lib, Aristotel o'z falsafiy ta ’limotida idealizm bilan m aterializm o'rtasida ikkilanib qolgan.
Aristotel maxsus ilmiy predm et sifatidagi psixologiyaning asoschisi va otasidir, u bir qancha asarlar — traktatlar yozib, ularda psixologiya m asalalari bo'yicha o'z ta ’limotini bayon qiladi. Bulardan eng muhim i «Peri
psixis», ya’ni «Ruh haqida» deb nom langan traktatidir.
Aristotel ruh tana bilan uzviy bog'langan, deb hisobladi. Lekin uning fikricha, ruh m oddiy, jismiy ham bir narsa emas.
Aristotel jon (ruh) ning uch qismi haqida Platon ta ’lim otidan farq qilib, uch xil jon (ruh) haqida vegetativ, sezuvchi va aqliy ruh turlari haqida ta ’lim ot yaratdi. Vegetativ ruhning faoliyati ovqatlanishda va ko'payishda ifodalanadi. Ruhning bu turi o'sim liklarda, hayvonlarda, in- sonlarda ham bo'ladi. Sezuvchi ruhning faoliyati sezgi va hislarda, xotira va tasaw urlarda nam oyon bo'ladi. Ruhning bu turi hayvonlarda ham . insonlarda ham bo'ladi. Aqlli ruhning faoliyati tafakkurda, bilim da va ixtiyoriy harakatlarda yuzaga chiqadi.
Aqlli ruh faqatgina insonlarga xosdir. Shu aqliy insoniy ruh va uning faoliyati haqidagi m ulohazalar Aristotel psixologiyasida asosiy o'rin tu ta
di. Uning fikricha, bu ruhning mohiyati yashirin, ilmiy yo'l bilan bilib bo'lm aydigan botir kuchdan iborat. «Ruh haqida aniq tushuncha berish, — deydi Aristotel, — har jihatdan haddan tashqari qiyin ish, ruh bu jism em as, balki o'shanga xos bir narsadir...U m avhum tushunchadir». Aristotelning fikricha, aqlli ruh ilohiy yo‘l bilan paydo bo'lgan, u tanadan tashqarida ham yashay oladi. Tana o'lgandan keyin «aqlli ruh ilohiy ruh bilan qo'shilib ketadi».
Aristotel ruh va tananing o'zaro m unosabati masalasiga katta e’tibor bergan. «Ruh, — deydi u, — o'z tabiatiga ko'ra hukm ron asosdir, tana esa tobe narsadir». Shakl materiyaga nisbatan qanday bo'lsa, ruh ham tanaga nisbatan xuddi shunday. U hayotga m a’no va yo'nalish beradi. Ruh ta ’sir qiladi va harakatlantiradi, tana esa ta ’sirlanadi va harakatga keladi. U ruhning birlamchiligi haqidagi um um iy tezisini quyidagi so'zlarda ifo- dalagan: «Ruh tirik tananing sababi va manbaidir».
Aristotel ruhning mohiyati va uning tana bilan o'zaro munosabati haqidagi bu o'ziga xos fikrlar bilan birga, birinchi bo'lib, o'z-o'zida kuzatish mum kin bo'lgan ruhiy hodisalami tasvirlab yozgan va klassifikatsiyalashtir- gan. Uning psixologiyasida hozirgi zam on psixologiyasiga asos bo'lgan ko'pchilik tushunchalarni uchratish mumkin, chunonchi tashqi beshta sez
gi va sezgilar haqida, hush va nohush hislar haqida, ixtiyoriy va ixtiyorsiz jarayonlar haqida, tasaw ur va assotsiatsiyalar haqida, tafakkur haqida, tushunchalar va xulosa chiqarishlar hamda hokazolar haqida ta’limot yaratdi.
Aristotel inson sezgilari tashqi moddiy qo'zg'ovchilar ta ’siri tufayli hosil bo'ladi, degan fikrni ta ’kidlagan. Tafakkur haqidagi ta ’litnotida u Platonning um um iy va mavhum tushuncha — ideyalar narigi dunyodan kelib chiqqan, degan ta ’limotini inkor qildi. Aristotel tushunchalarida ifodalangan umum iylik yakka narsalardan tashqarida yoki yakka narsalar- dan aw al o'zi bor bo'lgan emas, balki yakka narsalarning o'zida bo'ladi, degan ta ’lim otni ilgari surdi.
Qadimgi grek faylasuflari birinchi bo'lib m antiqiy tafakkur $hakllari- ning m ukam m al sistemasini ishlab chiqdi.
Shunisi diqqatga sazovorki, Aristotel psixik hodisalam i tasvirlar va analiz qilar ekan, organizm dagi ruhiy va fizik (fiziologik) hodisalar o'rtasidagi bog'lanishlarni izladi. Uning psixologiya masalalarini hal qi- lishdagi m aterialistik tendensiyalari m ana shunda ko'rinadi.
Qadimgi grek va rim faylasuflari Aristoteldan keyin Demokrit (materialistik psixologiya), Platon va Aristotel (idealistik psixologiya) lar yaratgan psixologik ta ’limotlar sistemasiga deyarli hech qanday yangilik kiritmadilar. Demokritdan keyin materializmning ko'zga ko'ringan vakillari grek faylasufi Epikur (342—271) va rim shoiri-faylasufi Lukretsiy Karr (99—55) edilar.
Epikurning fikricha, ruh g'ayri jism oniy bir narsa em as, «Jismsiz bo'shliqdan boshqa hech narsani fikrlash m um kin emas. Ruhni g'ayri jismiy narsa degan kishilar alahsirayaptilar». Epikur m oddiy bo'lm agan substansiyaning mavjudligini m utlaqo inkor qilib, «ruh, butun organizm - ga tarqalgan juda nozik jismdir» deb hisobladi.
Lukretsiy o'zining «Narsalarning tabiati haqida» degan asarida atomistik materializm falsafasini, xususan ruh haqidagi materialistik ta’limotni poetik
shaklda bayon qiladi. U moddiy bo‘lmagan ruhning mavjudligini inkor qildi. «Jon, ruh yoki aql moddiy bo'lib, faqat inson tanasiga xos bo'lgan kuchlami- gina tashkil qiladi»... Ruh ham, jon ham jismiy tabiatga ega.
Lukretsiy psixik hodisalam ing tanaga bog'liqligini tajribaga asoslanib isbot qiladi. U: «Aql ham tana bilan birga o'sadi va so'ladi, aql ham tana singari kasallikka duchor bo'ladi, mastlik natijasida xiralashadi», — degan va shunga o'xshash dalillab keltiradi. Lukretsiy bu m aterialistik dalillarga asoslanib, ruhning abadiyligi to'g'risidagi ta’limotning yolg'onligi haqida xulosa chiqaradi.
Lukretsiy Karr psixik hayotning ba’zi bir hodisalarini analiz qilish bilan ham shug'ullandi. M asalan, u sezgi organlarga ta ’sir etib turgan har qanday qo'zg'ovchi ham sezgi hosil qilavermaydi, balki m a’lum bir kuchga ega bo'lgan qo'zg'ovchigina sezgi hosil qiladi, deb aniqlagan. U birinchi bo'lib sezgi chegaralari haqida ta ’limot yaratdi, uyqu va tush ko'rishning sabablarini tushuntirdi.
Psixologiyadagi idealistik oqim Platon izdoshlari tom onidan targ'ib qilindi. Uning ruhning kelib chiqishi haqidagi ta’limoti nihoyatiga yetka- zilib, Am m oni Sakksning (b.z.a. I asr), ayniqsa, Plotonining (b.e. 205— 270) ta ’limotidagi diniy mistik qarashlar bilan qo'shilib ketdi.
O'RTA ASR (METAFIZIK, RASIONALISTIK) PSIXOLOGIYASI
Platon bilan Aristotel yaratgan ruh haqidagi ta ’lim ot o 'rta asrlarda
Sharqda ham , G 'arbda ham hukm ron bo'lib keldi. Psixologiyadagi bu oqim keyinchalik (XVIII asrda) metafizik yoki ratsionalistik psixologiya deb nom oladi.
Bu psixologiyaning metafizik deb atalalishiga sabab, uning tekshirish predm eti bo'lgan — ruh, psixik jarayonlar — fizik hissiy dunyo chegarasi- dan tashqarida mavjud m ohiyat, g'ayri jismiy bir narsa deb tushuntiriladi; shuning uchun ham ratsionalistik deb ataladiki, uning tekshirish metodi
tajribadan ajratilgan faqat quruq m ulohazadan iborat edi.
O 'rta asr mutafakkirlarining ruh va ruhiy hayot haqidagi m ulohaza- lari. asosan, ruhning m ohiyati haqidagi, uning kuchi, qobiliyatlari va kelib chiqishi haqidagi, uning tana o'lgandan keyingi taqdiri haqidagi, ruhning
tanaga bo'lgan m unosabati haqidagi masalalarga qaratilgan edi.
Ruhning mohiyati haqidagi masala, odatda, Platon va Aristotellarda qanday hal qilingan bo'lsa, xuddi shunday hal qilinar edi. Ruh o 'z tabiatiga ko'ra barcha m oddiy va jism oniy narsalarga qaram a-qarshi qo'yilar edi.
Ruh o ‘z tabiatiga ko‘ra alohida qobiliyatlarga egadir, deb fikr yuritilardi.
Shuningdek, o ‘rta asr mutafakkirlari iroda masalasiga alohida e ’tibor ber- dilar. Masalan, Avgustin Ipponskiy (353—430) birinchi boMib, kishining
boshqa ruhiy qobiliyatlari orasida irodaning muhim ahamiyatga ega ekanligi haqida fikr yuritgan. Irodaning ustunligi haqida, ayniqsa, Dune Skott (1265—1308) ning ta’limoti juda yaqqoldir. Uning aytishicha, iroda aqldan ham yuqori turadi butun o ‘rta asr tarixi mobaynida, undan keyingi vaqt- larda ham, faylasuf va psixologiyada iroda erkinligi haqidagi tortishuv juda katta o ‘rin egalladi. Bu masala bo‘yicha V asrdayoq ikkita oqim — determ inizm va indeterm inizm paydo boMgan.
Deterministlar (lot. Determ inare — belgilamoq) inson irodasi ham, dunyodagi ham m a narsalar singari, sababiyat qonuniga bo‘ysunadi, bino- barin, insonning barcha irodaviy harakatlari ham erkin emas, balki zaru- riyat bilan, o ‘z sabablari bilan belgilanadi, deb ta’lim berdilar.
Indeterministlar, aksincha, inson irodasi va uning xatti-harakatlari har qanday sababiyatdan xoli erkin hamda zaruriyatga bogMiq emas, deb ta ’lim berdilar. Indeterm inizm sof idealistik ta’limot edi. Determ inizm da esa, materialistik tendensiyalar ifodalangan edi.
Um um iy va mavhum tushunchalar haqidagi masala ham iroda erkinligi haqidagi masaladan kam tortishuvlarga sababchi boMmadi. Bunda ikki oqim—realistlar bilan nom inalistlar o‘rtasida tortishuv ketadi.
Realistlar — umumiy tushunchalar («universallilar» o‘sha vaqtda shunday deb atashardi) real, obyektiv holda mavjuddir va inson aqlida yakka narsalarga bogMiq boMmagan holda aks etadi, deb da’vo qildilar. Shunday qilib, realistlar faqat Platonning narigi dunyo ideya (g‘oya)lar dunyosi haqidagi, har bir kishi aqlidagi bu g‘oyalarning tug‘ma ekanligi haqidagi
ta ’limotini takrorladilar, xolos.
Anzelm Kenterberiyskiy (1033—1109) va Shampolik Vilgelm (1121 — 1170) lar realizmning eng ko‘zga ko‘ringan vakillari edi.
Nominalistlar (lot. nominale — nom, ot) umumiy tushunchalarni faqat yakka predm etlarning nomlaridir, deb hisobladilar. Realistlarga qarama- qarshi oMaroq, nom inalistlar faqat individual sifatlarga ega boMgan alo- hida-alohida narsalargina real mavjuddir, deb da’vo qildilar. Umumiy tushunchalar esa faqat biz butun bir klassga kiradigan predmetlarning hammasiga tatbiq qilinadigan so‘zlardir. Nominalistlarning ta’limotida ba’zi bir o ’rta asr mutafakkirlarning materialistik tendensiyalari ham ifodalangan. Marks nominalizm o ‘rta asrdagi materializmning ilk ifodasidir («M uqaddas oila»da) deb yozgan, Nom inalizm ning eng ko'zga ko‘ringan vakillari 1. Rostselin (1050—1125), Duns Skott (1265-1308), Vilyam Okkam (1200—1349) lar edilar.
Ayrim psixik jarayonlarni tushuntirishda ham ba’zi bir psixologlarda materialistik element va tendensiyalar namoyon bo'ldi. M asalan, Roziy (28-avgust 865), Ibn Sino (980-1037), Forobiy va boshqalar o'zlarining ruhiy jarayonlar haqidagi fikrlarini bayon qildilar. 0 ‘rta osiyolik tabib va faylasuf Ibn Sino (980—1037) va arab mutaffiakkiri Ibn Rashid (1125- 1198)lar Aristotelga ergashib, «sezuvchi ruhning harakatlanuvchi va jozi- bador kuchlarini» o'rganish uchun harakat qildilar. U lar sezgilarni ulam i keltirib chiqargan qo‘zg‘ovchilardan farq qilish zarurligi haqidagi m asa
lani qo'yadilar, ong faoliyati bilan fiziologik jarayonlar o'rtasida yaqin aloqa va bog'lanishlar o'rnatishga intiladilar.
Qadimgi rusda kitob madaniyatining boshlanishi bilan (X—XI asr- larda) psixologiya sohasida G 'arb va Sharq mutafakkirlarida qanday tarkib
topgan bo'lsa, xuddi o'sha holda fikr va bilimlar tarqala boshlaydi.
Bu bilimlarning eng muhim manbai Vizantiya mutafakkirlari Ioann
Damaskinning (673—777) grek tilidan slavyan tiliga tarjima qilingan «Dia- lektika» va «haqiqiy imon haqida» degan asarlari edi.
I. Damaskin ta’limotiga ko'ra, ruh alohida ilohiy substansiyadir. U so'z, aql-idrok hamda erkin irodaga ega bo'lgan g'ayri jismiy, oddiy, tirik va abadiy mohiyatdir. Ayni vaqtda ruh inson tanasi bilan birikib bitta mavjudotni tashkil qiladi. Uni insonning o'sish va ko'payish kabi funksiyalaridan ajratish mumkin emas. Ruh tana organlaridan o'z qurollari sifatida foydalanadi va xulq hamda xatti-harakatlarda nam oyon bo'ladi.
Ayni vaqtda Damaskin ruh tanaga bog'liq. Masalan, u biologik o'sishga va boshqa tashqi sabablarga qarab o'zgaradi, deb ta ’kidlaydi.
Biroq Damaskin ruh va tananing birligini yashirin, qanday birlash- ganligi sirli bir hodisa va insonning aqli buni bilishda ojizlik qiladi, deb hisoblaydi. Bu fikrlarda Aristotelning ta’siri va obro'si ko'rinib turibdi.
Ratsionalistik psixologiya psixologiya fani taraqqiyotidagi bosqichlaming biridir. Hozirgi vaqtda bu psixologiyani bilish tarixiy jihatdan qiziqarli, xolos. Bu psixologiya qandaydir ilmiy yoki amaliy ahamiyatga ega emas. Shu psixologiya negizida ishlab chiqilgan terminologiyanigina undan qolgan meros deb hisoblash mumkin.
O 'rta asrlarda psixologiya falsafaning bir qismi edi. Falsafaning esa mustaqil ahamiyati yo'q edi, u teologiyaning — dinning xizmatkori deb hisoblanardi. Psixologik ta ’lim otlar ham shulardan kelib chiqqan edi, chunki faqat mulohaza qilish yo'li bilan dinning ba’zi qonun-qoidalarini — ruhning abadiyligi, odamning kelib chiqishi, narigi dunyodagi hayot va hokazolarni asoslash mumkin edi.
Binobarin, kapitalizmning taraqqiyoti va shu munosabat bilan ilmiy m etodlarning kelib chiqishi va mukammallashuvi tufayli sxolastik falsafa, uning bilan birga ratsionalistik psixologiya ham o'z o'rni va aham iyatini yo'qotgan.
SHARQ MUTAFAKKIRLARINING RUHIY
JARAYONLAR HAQIDAGI FIKR LARI
Roziy Abu Bakr Muhammad ibn Zakariy (28-avgust 865) o‘rta va yaqin Sharq xalqlarining ilg'or ijtimoiy va falsafiy olimlaridandir. U um - rini tabobat ilmiga, shuningdek, falsafani o'rganishga bag'ishladi. U aql masalasiga (tafakkur) alohida e’tibor berdi va aql bilan inson hayvonot dunyosidan ustun turishini, aql orqali o ‘z xohish va istaklarga yetishish mumkinligini uqtiradi. «Aql orqali biz o'zim izni ulug‘lovchi, ziynatlovchi va hayotim izni xayrli qiluvchi ham m a narsani bila olam iz», — deb ko'rsatadi. Aql yordamida ye ming shakli, quyosh va oyning kattaligi, yul- duzlar harakati, ularning uzoqligini va oqishini bilib olamiz, deydi.
Roziy falsafa ilmini nihoyatda ulug'Iaydi... Kimki falsafani o'rganish bilan mashg'ul bo'lsa, u haqiqat yo'lidan borishga loyiqdir. H aqiqatdan ham kishilarning ruhi bu dunyoning chirkinlari va qorong'uliklaridan musaffo bo'lish va farog'atga yetishishi faqat falsafani o'rganish bilan bo'ladi. Agar inson falsafani o'rgansa, biz tasaw ur qila olishimiz m um kin bo'lgan darajada oz qismini bo'lsa ham egallay olsa, u o'zining jonini chirkinlik qorong'ulikdan tozalaydi va qutqaradi, deb ko'rsatadi. U ilmiy tadqiqot ishlariga alohida e’tibor berdi. Bu tadqiqotlar kishi ruhiga ta ’sir etishi, uni aql-idrokini shakllantirishga alohida urg'u berdi.
O 'rta Osiyoning emas, balki umuman Yaqin va O 'rta Sharqning m ashhur mutafakkiri, qadimgi yunon ilmi va falsafasining Sharqdagi eng yirik targ'ibotchisi va uning rivojiga hissa qo'shgan olimlardan biri Abu N asr Forobiydir. U o'z davrining faylasufi, musiqachisi, shoiri, qomusiy olim bo'lib noni qozondi. U «Aql haqidagi risola», «Falsafadan oldin nimani o'rganish kerak», «Falsafa maktablari», «Logikaga kirish» kabi ko'plab risolalar yaratdi. Faylasuf — falsafaning eng muhim masalalari bo'yicha qator asarlarning muallifi sifatida shuhrat qozondi. U Sharqda qadim yunon falsafasi, ayniqsa, qadimgi dunyoning qomusiy olimi, psixologiya fanining otasi Aristotelning asarlarini o'rganish, ularga sharhlar yozish, g'oyalarini targ'ib etish va yanada rivojlantirishga ulkan hissa qo'shdi. Aristotel «birinchi muallim» deb nom olgan boisa, butun Sharqda Foro- biy «ikkinchi muallim» unvoniga sazovor bo'ldi. U insonning ruhiy jarayonlari haqida fikr yuritadi. Forobiyning fikricha, mavjudotning eng buyuk va yetuk mahsuli — bu insondir, u o'zining ongi, aqli, sezish organlari orqali olamni har tom onlam a o'rganish qobiliyatiga egadir. Aql yordam ida inson uni o'rab olgan mavjudotning mohiyatini tushunadi. U mavjudotning yashash shakllari, olamni bilishning yo'l va vositalari, unda ilm-fanning o'rni va ahamiyati masalasiga alohida e’tibor qaratadi. Uning- cha, inson tanasi, miyasi, sezgi organlari tug'ilishida mavjud, lekin aqliy bilimi, m a’naviyligi, ruhi, intellektual va aqliy xislatlari, xarakteri, dini, urf-odatlari bilan muloqotda vujudga keladi. Uning aqli, fikri (tafakkuri), ruhiy yuksakligining eng yetuk mahsuli boMadi va inson o'z bilimlarini, aqlini rivojlantirib, so'ngra mavjudotning ibtidosi, boshlanishi haqidagi ilmga yetib boradi, deb ko'rsatadi.
Forobiyning ruhiy jarayonlar haqidagi ta ’limoti psixologiya ilmining rivojlanishi va ravnaqiga katta hissa qo'shdi. Uningcha, mineral lar to 'rt element — olov, tuproq, havo, suv — ya’ni sodda substansiyalarning o'zaro aralashuvi murakkab substansiyalarni vujudga keltirdi. Undan aw alo mine- rallar, ya’ni noorganik jismlar keyin esa o'sim lik olami tashkil topdi. O'simliklar olami o'sish, rivojlanish qobiliyatiga egadir. O 'sim liklardan so'ng hayvonlar vujudga keldi, ular harakat qilish, bir joydan ikkinchi joyga ko'chish, ko'payish, sezish qobiliyatiga ega edilar. Olam jismlari rivojlanishining oliy bosqichi — insonning vujudga kelishidir, deb ko'rsatadi.
Forobiy o'sim lik, hayvon va insonga xos xususiyat va qobiliyatlarni quw at deb atadi va uni o'sish quw ati, hayvoniy quw at va insoniy quw at deb uchga ajratadi. Uning quvvatlar haqidagi klassifikatsiyasi organizm - dagi jarayonlarni biologik, fiziologik-psixik va fikrlash jarayonlariga ajratish demakdir. Bundan shunday xulosa chiqarmoq joizdir, ya’ni biologik jarayon barcha tirik organizmga, fiziologik-psixologik jarayon — hayvon- larga, aqliy intellektual jarayon, ong faqat insonlarga xosdir.
Forobiy dunyoni bilish, inson aqlini bilim bilan boyitish, uni ilmli, m a’rifatli qilishga xizmat qiladigan psixik jarayonlarga alohida e’tibor berdi. U bilishning ikki bosqichi - hissiy bilish va uning darajalarini va aqliy bilishni har tom onlam a asoslab berdi. U «M ajmuar Rasoil al-H ukam o» (225) asarida «Inson bilimlami aql va sezish organlari orqali q o lg a kiri- tadi... seziluvchi obrazlar his qilish orqali, aqliy obrazlar esa seziluvchi obrazlar orqali bilinadi», — deb yozadi, ya’ni u aqliy bilish hissiy bilishsiz
vujudga kelmasligini ta ’kidlaydi. U hissiy bilishning darajalari, kelib chiqishi haqida fikr yuritadi. Sezgilarni hissiyot, tafakkur kabi psixik holatlar bilan bog'lashga urinadi. U sezgilarni o'ziga xos klassifikatsiyalaydi.
Oziqlantiruvchi quwat: so'ngra ichki va tashqi quwatlar vujudga keladi.
Tashqi ruhiy quvvatlar, ya’ni tashqi buyumlar sezgi a ’zolariga bevosita ta’sir qilganda vujudga keladigan quvvatdir, deb ko'rsatadi.
Sezgilaming kelib chiqishi va murakkabligi jihatidan besh turli tashqi quw atni Forobiy quyidagicha talqin qiladi:
teri-badan sezgisi;
ta’m bilish sezgisi; hid bilish sezgisi; nutq sezgisi (eshitish sezgisi nazarda tutiladi); ko'rish sezgisi.
Bulaming hammasini Forobiy sezish quw ati deb ataydi.
Ichki quwatlarga:
1) xotira-tasaw ur quw ati,
2) xayol quw ati,
3) tuyg‘u, emotsiya quw ati,
4) nutq quw ati,
5) quw at notiqa tarkibida mantiqiy fikrlash quw ati.
Bu Forobiy fikricha, mantiqiy operatsiyalarni bajarib, murakkab narsa- larni bilib olish uchun xizmat qiladi. U, insonda kishining g‘azabi va nafratlanishi, ya’ni his-tuyg‘usini boshqaruvchi quvvatlar mavjud ekan
ligini aytib o ‘tadi.
Xayol qilish, so‘zlash, fikr yuritish, aql quw atini Forobiy faqat inson- ga xos deb to ‘g‘ri tushunadi. Forobiy odam organizmining markazi yurak- dir, chunki yurak butun tana va uning a’zolarini qon bilan ta’minlaydi, qon yurak orqaii, butun organizmga tarqaladi. Ikkinchi markaz miyadir. Miya ham qon bilan tirik boMgani singari, yurakka bo‘ysunadi, ya’ni yurak- dan qon oladi. Lekin, shu bilan birga, u butun organizm va uning a’zolariga rahbarlik qiladi, o'z buyrug'iga bo‘ysundiradi, deb ta ’kidlaydi.
Forobiyning bu fikrlaridan, birinchidan, insondagi ruhiy jarayonlar bilan fiziologik-anatomik jarayonlar psixika bilan organizm o‘zaro bogMiq holda mavjud, degan xulosa, ikkinchidan yurak insonning biologik hayo- tini, miya esa uning ruhiy-m a’naviy hayotini boshqarib turadi, degan xulosa kelib chiqadi.
Forobiyning bu ta ’limoti ruhiy jarayonlarning paydo boMishini nerv- fiziologik jarayonga bogMiq ekanligini ko‘rsatadi. U tashqi olam, muhit, odam organizmi o'zaro sababiy bogMiqligini yoritib berishga harakat qiladi va u o‘zining psixologik taMimotida O 'rta Osiyo, Eron, Hindiston va qadimgi Gretsiyaning tabiiy-ilmiv bilimlar sohasida erishgan yutuqlariga suyanadi.
Forobiy ruhiy jarayonlarni psixolog sifatida emas, balki faylasuf sifatida talqin qiladi, chunki u davrda psixologiya hozirgidek mustaqil fan hisoblanmay, balki umumiy falsafiy bilimlar tuzilishiga kirgan edi. Uning
bilish jarayonining ikki bosqichi hissiy va aqliy bilish ta’limoti, ayniqsa, muhimdir. U hissiy bilishni sezgilar orqali aniq va moddiy narsalarning bevosita ta ’siri natijasida hosil boMadi, degan boMsa, aql orqali bilish aniq moddiy jism lar orqali emas, ularning ta’sirisiz va ulardan tashqari faqat ruhiy obrazlar asosida vujudga keladi, deb uqtiradi. Forobiy «Aql m a’nolari haqidagi risola»sida aql-intellekt tushunchasini bir tom ondan, psixik jarayon ekanligini va ikkinchi tom ondan. u tashqi ta’sirning, ta ’lim-tarbiyaning natijasi deb anglaydi. Uning fikricha, «Aql faqat insongagina xos boMgan tug‘ma quw at — ruhiy kuch bilan bogMiqdir. Inson tushunish, fahmlash, muhokama qilish. o‘ylab topish, fikrlash quw atiga ega va bu xususiyatlar bolaning o'sib, kamolga yetib borishi bilan rivojlanib boradi» (M . Xayrul- layev. «Forobiy ruhiy jarayonlar va ta ’lim-tarbiya to'g'risida», «O'qituvchi» nashriyoti, — Т., 1967-y.).
Forobiy «Fozil odam lar shahri», «Hikmat asoslari», «Aql m a’nolari» kabi asarlarida inson psixikasi haqida falsafiy mushohadalar yuritadi. Forobiyning ruhiy jarayonlar va dunyoni bilish haqidagi fikrlari hozir ham psixologiya fanida katta ahamiyatga egadir.
Forobiydan keyin jahon madaniyatiga ulkan hissa qo'shgan olim lardan biri buxorolik Abu Ali ibn Sinodir. U tibbiyot, falsafa, psixologiya, m atem atika kabi fanlarning rivojlanishiga e’tibor berdi. U mavjudodni, ya'ni barcha mavjud narsalarning kelib chiqishi, o'zaro munosabati, biridan ikkin- chisiga o'tishini har tom onlam a o'rganadi. Ibn Sinoning fikricha. olam yaxlit murakkab bog'liqdir. Bu bog'liqni har tom onlam a tekshirish uchun u zaruriyat, imkoniyat, voqelik va sababiyat tamoyillarini asos qilib oldi. Uningcha, materiyaning eng sodda bo'laklariga bo'linm aydigan shakli to'rtta, ya’ni havo, o't, suv, tuproqdan iborat. Ularning o'zaro turli xil birikuvi natijasida murakkab moddiy narsalar tashkil topadi, deb yozadi. Bu moddiy narsalarning moddiy asosi bo'lgan havo, o 't, suv, tuproq o'zgarmaydi ham, yo'qolmaydi ham. M ateriya — harakat, vaqt, fazo bilan uzviy bog'liqdir, deb ta ’kidlaydi. Ibn Sino Aristotelning jon haqidagi ta ’limotini tabiatshunoslikdagi va tibbiyotdagi o'sha davrning yutuqlariga asoslanib yangi asosda qayta qurdi. Ibn Sinoning ishlarida «jon» tushunchasi organizmni sezish. eshitish, ko'rish qobiliyati deb tahlil qilingan. U
jon haqida ajoyib ta’limot yaratdi. Bu haqdagi fikrlar uning «Tib qonun- 1 ari» kitobida o'z aksini topgan. Bu o'zining yo'nalishi bo'yicha m aterialistik ta’limotdir. Ulug' olim bu kitobida asab tizimining tashqi bog'liq va tananing harakati, tana sezgisini ta ’minlab turuvchi bog'liq funksiyasini juda yaxshi tushungan holda psixologik hodisalami fiziologik jarayonlar bilan bog'liqligi to'g'risidagi fikrlarni birinchilardan bo'lib oldinga surdi. Asab tizimi, bosh miya bu psixikaning yuz berishi asosi deb ko'rsatdi. Tana va muhit, a ’zo va uning funksiyasi har doim o'zaro bog'liqlikda bir butunlikdadir, jon miyaning funksiyasi deb takidladi. Ibn Sino bu fikrlarini rivojlantirib ruhiy kasalliklar miya ishining o'zgarishi bilan bog'liqdir
deb ko'rsatadi. Olim psixik jarayonlarning markazlari miyada degan fikrni ilgari suradi. U sezgi markazi miyaning old qismida, xotira markazi miyaning orqa qismida, xayolning markazi miyaning o'rtasidagi jo'yagining
oldingi qismida o'ylash, fikrlash bilan bog'liq markaz o'rta jo'yakda, ixtiyoriy harakatlanishi qobiliyati miyaning orqa jo'yagiga joylashgan», — deb yozadi (Абу Али ибн С и н о. «К онон В рачебной Н ауки», кн. 1 .Т.Ан.УзССР, 1954-стр. 134-137).
Ibn Sinoning ruhiy jarayonlar va dunyoni bilish haqidagi fikrlari ham muhim ahamiyatga ega. U dunyoni bilish nazariyasini materialistik asosda
tushuntiradi. U bilish sezgilar yordamida hissiy bilish va tushunchalar yordamida fikrlash orqali bilishdan tashkil topadi, deb yozadi. Sezish bu shunday quwatki, u tashqi narsalarning o'zi bo'lmay, balki bizning hislarimizda vujudga keladi. Sezgida narsa va hodisalaming ayrim tashqi belgilari, aniq tomonlari bilinsa, aql ularning mohiyatlarini, ichki tomonlarini mavhum- lashtirish yordamida bila oladi, deb ko'rsatadi. Ibn Sino ham bilishning ikki bosqichi, ya’ni sezgilar va tafakkur jarayoniga alohida e’tibor beradi.
Abu Ali ibn Sino Sharq tabobatida keng qo'llaniladigan «mijoz» tushunchasiga alohida e’tibor berdi. Uningcha, «mijoz» insonning xususiyati uning sifati, tana va ruhga tashqi muhit faktorlarining ta’sirini idrok qilishdir.
U: «Unsurlarning nihoyat darajada mayda bo'laklaridagi qarama-qarshi kayfiyatlarning bir-biriga ta’siri m a’lum bir chegaraga yetganda paydo boMgan kayfiyatni mijoz deyiladi», — deb ko'rsatadi (Tib qonunlari. A.Qodiriy nomidagi Xalq merosi nashriyoti, 1993-y., 15-bet).
«Mijoz» organizmning ruhiy va jismoniy barqarorligini ko'rsatgan jismoniy va psixik idrok hamda turli ta’sirlarga javob boiib, bu so£z qadimgi grek tabibi Gippokrat tomonidan ishlatilgan. Keyinchalik, u oiganizmda boMadigan 4 suyuqlik qon, safro, balg'am, qora o't haqida ta’limotni ishlab chiqdi.
Ibn Sino tibbiyot muammolarini hal qilishda Gippokrat ta ’limotiga suyanadi. «Tib qonunlari» asarida bir necha bor tibbiyot fanini otasi G ippokrat fikrlaridan foydalanadi. Ibn Sino organizm tashqi ta’sirlarni idrok qilish va uni organizmni javob reaksiyasini berishda mijozni turlicha, ya’ni: issiq, sovuq, quruq, nam, kuchli va kuchsiz paydo boMishini aniqladi. Ular odam da mijoz shaklida tabiiy ravishda boMishini va bular orqali odam ovqatlarni, havo haroratini, yoqimli va yoqimsiz narsalarni bir- biridan farq qiladi, deb ta’kidladi. «Issiqlik» va «sovuqlik» tushunchasi farq qiladi va issiq mijozli, sovuq mijozli kishilar farqlanadi, deb ko'rsatadi. Yuksak kaloriyali mahsulotlar, ya’ni: yogMi ovqat, qo'y go'shti, tuxum, qant, yong'oq, qora choy qon aylanishini, kuchni, haroratni oshiradigan; sut, mastava, ko'k choy, baliq, o'sim lik va boshqalar sovuqlikni oshiradi, deb ularning organizmga, mijozga ta'sirini ko'rsatib beradi. «Issiq odam» tabiatan issiq, bu issiq ovqatlarni. «sovuq odam» tabiatan sovuq bo'lib, u sovuq ovqatlarni iste’mol qiladi, deydi.
«Issiqlik» va «sovuqlik» tushunchasini Ibn Sino inson tanasiga xos deydi. Ular ikki bir-biriga qaram a-qarshi funksiyalarni (faollik va sezish, jabr qilish), tabiatdagi o'zgarishlar, shunga o'xshash qarama-qarshi hodisalam i (yil fasllarining o'zgarishi. issiq, sovuq, muzlash va erish, uyqu va uyg'oqlik, yoshlik va qarilik, hayot va o'lim ) aniqladi.
Ikki bir-biriga qarama-qarshi tushuncha: quruq va namlik tana hamda a’zolaming funksional holatini, sog‘lig‘i va kasalligini aks ettiradi, deydi.
«Quruq» — odam organizmdagi suyaklar bo'lsa, «namlik» — bu qon, yog* deb ta’kidlaydi. Ibn Sino hatto «turli xalqlarning, turli chehralar»ning, «har bir a’zo»ning mijozini aniqlashga harakat qildi.
Qadimgi grek ta ’limotiga binoan mijozning fizik (fiziologik) asosi haqidagi 4 modda, ya'ni olov, havo («yengil» elem entlar), suv, yer («og‘ir» elementlar) va uning xususiyatlarini tahlil qilib, olov — issiq va yengil, havo — issiq va nam, suv — sovuq va nam, yer — quruq va sovuqligini va
bular asosida mijozni issiq, o‘rtacha va sovuq bo'lishini aniqladi.
Ibn Sino «mijoz» haqidagi ta ’limotni ishlab chiqish jarayonida tibbi- yotda buyuk grek olimi Gippokrat tom onidan ko‘p ishlatiladigan tem perament so‘ziga e’tibor qaratdi va u o ‘z faoliyatida tem peram entning shakllanishida o‘rab olgan muhit va organizmning individual xususiyatlarini hisob
ga olish kerakligiga e’tibor berdi. Gippokrat kasalni, ya’ni kasal joyni emas, kasallanuvchi kishining organizmini, individual xususiyatlarini va unga ta’sir etuvchi atrof-m uhitni o ‘rganishga qaratish lozimligi haqidagi fikriga asoslanib ish ko‘rdi. U tashqi muhit ta ’siri natijasida shakllanadi- gan moddiy va ruhiy hodisalami aniqlash muhimligini ta ’kidladi va u kishilami 4 asosiy tipga ajratdi. Bunda Gippokrat organizmdagi qon, saf- ro, balg'am va qora o'tning rolini alohida qayd qildi va ularga asoslanib odamlarni sangvinik, xolerik, flegmatik, melanxolik tem peram ent tipiga ajratadi, ya’ni: organizmida qon ko'p bo'lganlar sangvinik, xoleriklarda safro, flegmatiklarda balg'am , melanxoliklarda qora o't ahamiyat kasb etishini ko'rsatadi. Shu nuqtayi nazardan «mijoz» bu tem peram ent yoki fe’l, xulq emas, deb ta’kidlaydi.
Gippokrat tem peram ent — inson psixikasining kompleks dinam ik xa- rakteristikasi, shaxsning individual psixologik xususiyatlari integratsiya- sidir, deydi. U o'zida emotsionallik va faollik kabi 2 asosiy kom ponent- larni birlashtiradi. Emotsionallik va insonning hissiyotini kuchi, barqarorligi va kayfiyatini (xursandlik, g'azab, qo'rquv, tushkunlik), faollik esa tashqi muhitga, odamlarga munosabatlaridagi tem pi, ritmi, tezligi bilan belgilanadi, deb to'g'ri ta ’rif bergan bo'lsa, Ibn Sino mijoz odam organizm ining xususiyatini ifodalanishi, u tashqi muhit faktorlarini sifati, jism oniy va ruhiy idrok qilinishidir degan fikrni ilgari surdi. Mijoz organizm m ohiya
tini o'zida chuqurroq va to'laroq aks ettirishidagi jismoniy va ruhiy tabi- atning o'zaro munosabatlari shartidir. U turli-tum an ta ’mlarni farqlash malakasi va sifati bilan xarakterlanadi, degan g'oyani ilgari suradi.
Ibn Sino mijozga dalolat beradigan belgilarni ko'rsatib berishga harakat qildi. U bu belgilar: ushlab, ko'rib sezish, go'sht va yog'dan olinadigan (qizil go'sht ko'p bo'lsa, mijozning issiqligi va ho'lligidan dalolat beradi) belgilar, m o‘yning rangi, a’zolarining tuzilishi (issiq mijoz alom a- ti keng ko‘krak, qo‘l-oyoqlarining kaltaligi), uyquning ko'pligi (ho‘llik, sovuqlik; ortiqcha uyg'oqlik — quruqlik, issiqlik), harakatlar (harakatning
tezligi mijozning issiqligi, sustligi, sovuqligi), nafsoniy quw at (kuchli g‘azab, serzardalik, zukkolik, tushunuvchanlik, yaxshi fikr yuritish, surbetlik, qattiq ko'ngillilik, dadillik, xursandlik, mardonavorlik, yalqovlikka kam m oyillik, ta ’sirchanlik — issiqlikdan dalolat beradi. ularning aksi — mijozning
sovuqligini ko‘rsatadi) mijozning qandayligidan dalolat berishni ko'rsatdi.
Keyinchalik XX asr boshlarida rus fiziologi l.P. Pavlov markaziy nerv sistemasi ustida tajribalar olib borib, u asab tizimining o‘ziga xos xususiyatlarini, ya’ni uning ildamligi, muvozanati va barqarorligini, faolligi, plastikli- gi, yarim sharlar orasida o‘zaro munosabatlarni aniqlaydi va bu xususiyatlar- ga asoslanib, u oliy asab tizimining 4 asosiy tipini ko'rsatib beradi, ya’ni: 1) kuchli, muvozanatli, epchil tip; 2) kuchli, muvozanatli, sustkash tip; 3) kuchli, lekin muvozanatsiz jo'shqin tip; 4) kuchsiz tip. Asab tizimining bu tiplari Gippokratcha temperament tiplami to‘la va chuqur izohlab berish imkoniyatini beradi. Temperament tiplari va uning xususiyatlari aniqlandi.
Lekin «mijoz» hozirgacha ilmiy jihatdan yetarli ishlanm agan. U XXI asrning psixologiya fani oldida turgan asosiy nazariy vazifalaridan biridir. Bu vazifani hal qilish Ibn Sinoning ilmiy qarashlarini rivojlantirish d emakdir. Eng m uhim i, tem peram ent inson tabiatining xususiyati insonning tashqi dunyo taassurotlarini singdirish xususiyati, shaxsning em ot
sional qo'zg'aluvchanligi va um um iy harakatchanligi bilan sifatlanadigan individual xususiyat sifatida uni o'zaro m unosabatlarini, uning biologik mohiyatini va klassifikatsiyasini aniqlash; 2-dan «issiq» va «sovuq» mijoz haqidagi Ibn Sino qarashlarini ilmiy jihatdan asoslab berishdan iboratdir.
Ibn Sinodan keyingi buyuk ensiklopedist olimlardan biri Abu Rayhon
Beruniy (973-1048) ham o'zining falsafiy fikrlarida Forobiy va Ibn Sino kabi insonning ruhiy jarayonlar haqidagi qarashlarga e’tibor berdi. U ham ular kabi to'rtta narsani — suvni, olovni, havoni, yerni moddiy olam ning asosi deb ko'rsatadi (M .G.Davletshin, F.R.Abduraxmonov. «Qadimgi Sharq mamlakatlarida psixologik fikrlar taraqqiyoti». Т., 1995-y.).
Yuqoridagi buyuk m utafakkirlam ing ruhiy jarayonlar haqidagi fikrlari hozirga qadar psixologiya fanining rivojlanishida m uhim aham iyat kasb etm oqda.
XVI-XVII ASRLARDA EMPIRIK PSIXOLOGIYANING PAYDO
BO‘LISHI VA DASTLABKI TARAQQIYOTI
XVI asrning oxiri va XVII asrning boshlarida kapitalizm haqida burjua jam iyatining rivojlanishi m unosabati bilan G 'arbiy Y evropada falsafa va ilmiy tafakkur sohasida keskin burilish ro'y beradi. Fanda tajribaga asoslangan yangi oqim (em pirik oqim ) rivojlana boshlaydi. Ilm iy tafakkurdagi bu burilish, odatda, ingliz m utafakkirlari F. Bekon,
G obbs, Lokklarning, shuningdek, fransuz faylasufi R. D ekartning nomi bilan bog‘langan.
Frensis Bekon (1561 —1725) va Tomas Gobbs (1588—1679)
F. Bekon «ingliz materializmining va um um an tajriba fanlarining» asoschisidir. Bekon, aw alo, shuning bilan mashhurki, u o‘rta asr sxolastik falsafasini qattiq tanqid qildi va ilmiy bilimning yangi yoMlarini belgilab
berdi. Bekon ta ’limotiga ko‘ra, fan, birinchi navbatda atrofdagi tabiatni, uning ba’zi bir hodisa va qonunlarini o'rganish bilan shug'ullanmog'i kerak. Tabiatni o'rganish uning ustidan hukmronlik qilish uchun kerak. Tabiatni o'rganish m etodi umumiy og'zaki m ulohazalardan emas, balki tajribadan iborat boMmog'i kerak. Bekon ratsionalistik deduktiv metodni fanda befoy- da deb inkor qildi va tajribaga asoslangan induktiv metodni asoslab berdi. Bekon o'zining metod haqidagi ta ’limotini go'yo Aristotel «Organon»i zid- diga va o'm iga yozilgandek «Yangi organon» deb atalgan kitobida bayon qildi. Ayni vaqtda Bekon ruh va ruhiy hayot haqidagi masalalarni ham qo'zg'agan. Bekon ruhni ikkiga boMadi: aqliy va hissiy ruhlar. Birinchisi, ilohiy nafasdan kelib chiqadi, ikkinchisi, moddiy Oismiy) bo'lib, barcha organik mavjudotlarga xosdir, hayvonlarning tanasi hissiy ruh organidir, insonda esa tana aqliy ruh organi bo'lib xizmat qiladi.
Biroq, aqliy ruh ilmiy bilish predm eti bo'la olmaydi. U faqat teologi- ya — dinning predm eti boMishi mumkin.
Bekonning ta ’limotiga ko'ra, hissiy ruh m oddiydir, lekin issiqlik bilan siyraklanishi natijasida ko'zga ko'rinm aydigan bo'lib qolgan, u suyuqlik- ka o'xshagan bo'lib, o'z tabiatiga ko'ra havo va o‘tga yaqindir. Bekon ruhning asosiy turadigan joyi miyadir, lekin nervlar va arteriyalar orqali butun organizm bo'ylab harakatlanadi, deb hisoblaydi.
Bekon ruhning qobiliyatlari haqida gapirar ekan, fahm, aql, xotira, istak, irodalarni ko'rsatadi. Lekin uning ta ’lim otining butun qismi rivoj- lantirilm agan. Psixologiya masalalarida u ayrim -avrim tasodifiy m ulohazalar bilan cheklanib qolgan.
Bekon fizik olam qonuniyatlarini inson psixik hayotiga ko'chirish, psixikani tajriba va kuzatish yo'li bilan o ’rganish mumkin, deb taxmin qildi. Bekonning fikricha, «birinchi psixik elem ent» (o'ziga xos psixik atom ) tasaw urdir. Psixologiyaning ideali «tabiiyotdagi atom lar mexani- kasidan nam una olib, «tasaw urlar mexanikasini» yaratishdir.
Bekonning tasaw urlar mexanikasi haqidagi fikrlarini boshqa bir ingliz faylasuf — m aterialise Gobbs yanada m ukam m alroq rivojlantirdi. U ruhiy hayot falsafasining ham, bogosloviyaning ham emas, balki tabiat fanining predm etidir. U ning fikricha, ruh singari moddiy bo'lm agan m ohiyatning bo'lishi m um kin emas. Gobbsning fikricha, psixik hayotning asosini go'yoki o'ziga tortuvchi, jalb qiluvchi (huzur, istak, m uhab
bat) va ranjitadigan (og'riq, qo'rquv, nafrat) kuchlaridan iborat bo'lgan ehtiroslar tashkil etadi. Psixologik hodisalam ing o'zi moddiy tartibdagi faktlardir. Ularning rivojlanishi nutqning rivojlanishi bilan bog'liqdir. Gobbs yangi materialistik psixologiyaning asoschisidir.
Rene Dekart (1 5 9 6 - 1650)
Fransuz faylasufi, matematigi va tabiatshunosi R. Dekart ham Bekon va Gobbslar singari, tabiat fanlaridagi tajriba metodiga katta ahamiyat beradi. Lekin, ayni vaqtda u ratsionalistik metodning himoyachisi ham bo'lib chiqdi. Dekartning aytishicha, bu m etod, hatto tajriba (empirik m etodi)dan ham mukammalroqdir. Dekart misol tariqasida deduktiv metodga asoslangan, binobarin, eng aniq fan bo'lgan matematikani ko'rsatadi. Dekartning fikricha, to'liq ilmiy falsafa sistemasi, shu jum ladan psixologiya ham , faqat ratsionalistik metod asosidagina ko'rilishi mumkin.
Dekart o'zining psixologiya sohasidagi ta’limotini, asosini o'zining «Ruh ehtiroslari haqida» degan asarida bayon qilgan.
Dekart tana bilan ruhni bir-biriga mutlaqo qarama-qarshi deb hisob- laydi. Tananing mohiyati, barcha moddiy narsalarniki singari, o'rin ishg'ol qilish, fazoviylikdir, ruhning mohiyati esa tafakkurdir (Dekart sezgi, tasav- vur va irodani ham shunga kiritadi). Dekartning fikricha, ruh faqat inson- Iarga xosdir, hayvonlar esa aksincha, ruhga ega emas. Hayvonlar — m urakkabroq mashinadir, xolos. Inson tanasi ham xuddi shunday murakkab mashinadir. Ruhning faoliyati sezgilar, xotira, tafakkur, iroda — o'z qonu- niyatlariga, ya’ni ruhiy qonunlarga binoan ro'y beradi, tananing faoliyati (harakat) esa mexanika qonunlariga binoan ro'y beradi. Shunday qilib, psixik va fiziologik (moddiy) jarayonlar parallel holda ro'y beradi. Shuning uchun ham Dekart XX asrgacha bo'lgan psixologiyada keng tarqalgan nazari- yaning, ya’ni psixofizik parallelizm ta’limotining asoschisi hisoblanadi.
Dekart ta’limotiga ko'ra, ruh va tananing bir-biri bilan aloqasi ruhning tanada bo'lishidan kelib chiqadi, xolos. Dekart ruhning makoni m i
yaning asosida joylashgan shishasimon bez deb taxmin qildi. Dekart za- monasida shishasimon bez faqat odam lardagina topilgan edi. Biroq tez vaqt ichida u bir qancha hayvonlarda ham topildi, albatta, bu D ekartning ruh va tananing munosabati haqidagi ta’limotini rad etilishiga sabab bo'ldi.
Dekart inson organizm ini o'rganishga katta e’tibor berdi. U ning ta ’limotiga ko'ra, organizm ning faoliyati ayrim-ayrim iplar singari orga- nizmga tarqalgan va bir markazda — miyada birlashadigan nervlar yordami bilan amalga oshiriladi. Shu nervlar sistemasi orqali organizm sezadi, idrok qiladi va atrofdagi olam hodisalarini biladi. N erv iplari orqali miya
dan u yoki bu javob — mushak harakatlariga beriladi. M asalan, Dekart birinchi b o ‘lib, nerv-fiziologik jarayonlarning m exanizm ini aniqladi, fiziologiyaga «refleks» tushunchasini kiritdi. Xususan, keyinchalik «shartli reflekslar» deb nom olgan nervlar o'rtasidagi yangi bog'lanishlar m e- xanikasini ham u tasvirlagan.
Shuning uchun ham rus fiziologi l.P. Pavlov o 'z institutida fransuz faylasufi D ekartning haykalini o'm atgan.
Dekart tajribaga asoslangan tekshirish yo'li bilan hosil qilinadigan bilimlarga katta aham iyat bergan. Lekin shuning bilan birga, m atem atika
va falsafaga doir eng umumiy tushunchalar tajribadan hosil qilinmaydi, balki ular bizda tug'm a holda mavjuddir. Bu yerda Dekart Platon va o'rta asr realistlari tom onidan targ'ib qilingan «tug'm a ideallar» haqidagi ta’lim otni quw atlantirdi.
Shunday qilib, Dekart psixika (ruh) haqidagi ta ’limotida o'taketgan idealist, tabiat haqidagi, hayvon va inson haqidagi ta ’lim otda esa mexa- nistik m aterialist edi.
Xullas, D ekart mutafakkir sifatida bir oyog'i bilan O 'rta asrlarda, ikkinchi oyog'i esa Yangi davrda turgan deyish mumkin.
Jon Lokk (1632-1704)
Ingliz olimi va pedagogi Jon Lokk Bekon kashf qilgan ilmiy m etod- ning bevosita davomchisi edi. Lokk psixologiya ham boshqa tabiat fanlari singari, og'zaki mulohazalarga emas, balki tajribaga asoslanmog'i kerak, deb hisoblaydi. Shuningdek, u ruhning va uning kuchlarining asl mohiyatini bilish m um kinligini inkor qildi. «M en, — deydi Lokk, — ruhning m ohiyati nim adan iborat yoki hayotiy ruhim izning qanday harakatlari sezgi- larga yoki tasaw urlarga olib keladi degan tekshirishlar bilan o'zim ni qiy- nab o'tirm aym an, chunki bu quruq mavhum fikr yurgizishdir». Lokkning
aytishicha, faqat ruhiy hodisalam i o'rganish kerak. Bu hodisalam i o'rganishning birdan-bir metodi tajriba va kuzatishdir.
J. Lokkning asarlari tufayli psixologiyada em pirik tajribaga suyangan psixologiya deb ataladigan yangi oqim paydo bo'ldi.
Lokkning fikricha, asosiy hamda birlamchi psixik hodisa sezgidir. Ruhiy hodisalaming barcha qolgan turlari, qanchalik murakkab bo'lmasin, faqat sezgilaming bir-biriga munosabati va qo'shilishidir. Ruhda (Platon va Dekart aytganidek) tug'm a ideallar yo'q. Ruh o'zining barcha ideallarini tashqi tajriba sezgilaridan (birlamchi sifatlar) va qayta ishlangan ichki tajribadan, reflekslar, xotira, farq qilish, taqqoslash, murakkab tasaw ur va boshqalardan (ikkilamchi sifatlar) hosil qiladi. Yangi tug'ilgan bolaning ruhi go'yo hech narsa yozilmagan toza qog'oz yoki toza taxtdir, lekin tarbiyachi va hayot tajribasi bunga sezgilar orqali xohlagan narsani yozishi mumkin.
Sezgilar haqidagi ta ’lim otida J. Lokk birlamchi va ikkilamchi sifatlar- ga ta ’rif berdi. Narsalarning sezgi organizmlariga bevosita ta ’sir etishi natijasida hosil bo‘ladigan sezgi obrazlari birlamchi sifatlar yoki obrazlar
deb ataladi; bu obyektiv sifatlar. Lokk birlamchi yoki obyektiv sifatlarga harakatni, o'tkazm ovchanlikni, zichlikni, zarrachalarning ulanishini, figu- rani, hajmni va boshqalam i sezishni kiritadi. Lokk ta ’limotiga ko‘ra, ikki
lamchi yoki subyektiv sifatlar «narsalarning o ‘zida emas», balki birlam chi sifatlarga bogMiq boMib, subyektiv ravishda varatiladi.
M.V. Lomonosov birlamchi va ikkilamchi sifatlar haqidagi ta’lim otni tanqid qilib chiqdi. Uning ta ’limotiga ko‘ra, ikkilamchi subyektiv sifatlar yo‘q: bizning ham m a sezgilarimiz obyektivdir.
Ingliz faylasuft J. Berkli (1689—1753) va uning izdoshlari Lokkning ikkilamchi sifatlar haqidagi ta ’lim otini haddan oshirib yubordilar. U larning ta ’limotiga binoan, bizning ham m a sezgilarimiz subyektiv boMib, ongimiz tom onidan yaratilgandir.
J. Lokk hodisalaming tasodifiy bir vaqtda sodir boMish natijasida tasav- vurlar o'rtasida hosil boMadigan bogManishlarni belgilash uchun birinchi boMib, psixologiyaga «assotsiatsiya» term inini kiritdi.
Xristian Volf (1679-1754)
Tajriba psixologiyasining paydo bo'lishi bilan awalgi ratsionalistik psixologiya darhol o'z kuchini yo'qotm adi. Ratsionalistik psixologiya O 'rta asr
g'oyalari hamda ratsionalistik metod haqidagi Dekart ta ’limotining ta ’sirida, ruh haqidagi ta ’limot sifatida, empirik psixologiya bilan birgalikda ya- shashni davom ettirdi. Shuning uchun ham nemis faylasufi X. V olf ikki psixologiya fanining — «ratsionalistik» va «empirik» psixologiyaning birgalikda yashashi qonuniyligi haqidagi fikmi ilgari surdi. U o'zining «R atsionalistik psixologiya» va «Empirik psixologiya» degan ikkita katta asarida bu ikki oqimni asoslab beradi. Ratsionalistik psixologiyaning predm eti ruh va uning m ohiyatidan iborat. Uning m etodi esa aqliy-ratsiona- listik metoddir. Ratsionalistik psixologiya falsafa fanlari sistemasiga kirishi kerak. Empirik psixologiyaning predmeti ruh hodisalarini, ya’ni ichki tajriba faktlarini kuzatish va tajribaga suyanib o'rganishdan iborat. Volf ta’limotiga ko'ra, empirik psixologiya tabiat fanlari sistemasiga taalluqlidir.
U m um an, shuni aytish kerakki, XVIII asrda Yevropaning barcha m am - lakatlarida, ayniqsa, Angliyada empirik psixologiya yagona hukm ron psi
xologiya sistemasi bo'lib qoldi.
M etafizik ratsionalistik psixologiyaning masalalari ba’zi bir faylasuflar (Leybnits, Kant va boshqalar) tom onidan bahs qilinadigan bo'lib qoldi va o'shalar orqaligina idealistik psixologiya nam oyandalariga o'z ta ’sirini o'tkazdi.
M A T E R IA L IZ M
Fandagi, shu jum ladan, psixologiyadagi yangi yo'nalish, ya’ni tajribaga asoslanish materialistik psixologiyaning taraqqiyotiga yo‘l ochdi.
Yuqorida aytilganidek, ingliz materialisti G obbs psixik hayotni m aterialistik tushunishni asoslashga urindi. Lokk psixologik ta ’limotining negizida ham m aterialistik tendensiyalar yotadi. Dekart ruhiy hayotga nisbatan m exanistik-m aterialistik qarashlarni asoslashga intildi.
XVIII asr fransuz materialistlari
XVIII asr fransuz materialistlari Kondilyak (1715— 1780), Kabanis (1757-1808), Lam etri (1709-1751), G elvetsii (1715-1771), Golbax (1723—1789) psixika haqida izchil m aterialistik ta ’limot yaratdilar.
XVIII asr fransuz materialistlari birdan-bir asos — materiya deb ta ’lim berdilar. U lar materiya tushunchasini qadimgi grek materialistlaridan ol
gan edilar, ya’ni materiya atom lardan tashkil topgan bosh negizdir deb fikrladilar. Tabiatdagi har xil narsalar faqat bitta materiyaning ko'rinishidir, deb qaradilar. Inson, tabiatning bir qismi sifatida, o ‘zining ham jismoniy, ham psixik mohiyatiga ko'ra moddiydir, deb tushunildi. Bu m aterialistlar ruhning mustaqil holda mavjud bo'lishini inkor qildilar va psixik jarayon
larning m ohiyatini fiziologik jarayonlarga tenglashtirib qo'ydilar. Fransuz m aterialistlarining qoidasi psixika miyaning fiziologik jarayoni, u moddiy
jarayondir, degan fikrdan iborat. Bu qoida spiritualizm va um um an idea- lizmga, uning moddiy bo'lm agan psixika va ichki tajriba haqidagi ta’limotiga
qaram a-qarshi qo‘yilgan edi. Lametri (vrach) aniq materiallarga, ayniqsa, patologiya sohasidan olingan m a'lum otlaiga asoslanib o'zining «Inson — mashina» degan mashhur kitobini yozdi. Asarda u shunday deb yozadi: «Ruhning barcha qobiliyatlari miyaning va butun gavdaning tuzilishiga bog'liq bo'lganligi uchun ravshanki, ular shu tuzilishning o'zidan iboratdir».
Psixikani fiziologik jarayonlar bilan bunday tenglashtirish Kabanis tomonidan uning «Insonning jismoniy va axloqiy tabiaii o'rtasida m unosabat» nomli asosiy asarida keskin qo'yiladi. Buni Kabanis quyidagicha ifodalaydi: «Fikrni keltirib chiqaradigan jarayonlar haqida aniq tushuncha hosil qilish uchun oshqozon va ichaklar ovqat hazm qilganday, jigar o't ajratib chiqarganday, quloq oldi, jag' osti va til osti be/lari so'lak ajratgan- day bosh miyani ham faqat fikr ishlab chiqarishga tayinlangan alohida oigan deb qaramoq kerak. Biz bosh miya m a’lum m a’noda taassurotlami qaytadan ishlaydi, u organik holda fikr ajratib chiqaradi, deb hisoblaymiz».
Biz bunday fikrlarni XVIII asrning boshqa m aterialistlarida ham uchratamiz. Bunda, XVIII asr materialistlari psixik hayotning barcha hodisa va jarayonlari, barcha tabiat jarayonlari va hodisalari singari, m exanika qonunlari bilan tushuntiriladi. Engels XVIII asr fransuzlarining kam chiliklari haqidagi mulohazalarida shunday deydi: «O'simlik va hayvon or-
ganizmi juda kam tekshirilgan edi, uning ishlari sof mexanistik sabablar bilan tushuntirilar edi. Dekartning nazarida odam hayvon bo'lgani singari, XVIII asr materialistlarining nazarida odam m ashina bo'lgan. Psixik hayotni mexanistik tushunishning sababi shundaki, XVIII asrda boshqa faniar orasida eng taraqqiy qilgani mexanika edi. Fransuz m aterialistlari odam da ro'y bergan ham m a hodisalam i shu mexanika qonunlari asosida tushuntirishga urindilar. Fizika, kimyo, biologiya fanlari o'sha vaqtlarda endigina bosh ko'tara boshladi. F. Engels fransuz materialistlarining m exanistik qarashlari asossiz deb ko'rsatadi.
XVII va XVIII asrlarda psixologiya (falsafaning qismi sifatida) Kiyev- Mogilyan akademiyasida (1632—1815) va Moskvadagi Slavyan-Grek-Latin akademiyasida (1687—1814) o'qitish predmetiga aylandi.
Bu akademiyalaming professorlari psixologiyaga oid (asosan talabalar uchun qo'llanma tariqasida ko'pgina asar yozganlar), ularda ruh haqidagi metafizik mulohazalar emas, balki tajriba qilib ko'rish mumkin bo'lgan ba’zi psixik hodisalar haqidagi kuzatishlardan olingan ma’lumotlar asosiy o'rinni egallagan edi. Masalan, kiyevlik olimlar inson aqliy faoliyatida tashqi tajriba
ga alohida e’tibor berdilar. Ular tafakkur faoliyati faqat sezgilar asosidagina ro'y berishi mumkin, deb hisobladilar. Lokkdan 45 yil oldin (1690-y.) In- nekentiy Gizel asarida quyidagicha qoida yozilgan ekan: «Agar sezgilardagi narsalar bo'lmaganda edi, intellektda (inson aqlida) hech narsa bo'lmas edi».
Endi shu narsa m a’lumki, Kiyev olimlari 1. M yullerdan 200 yil ilgari sezgi organlarining maxsusligi haqidagi masalani qo'ydilar va uni hal qilishga intildilar. Innekentiy Gizelning talqin qilishicha, sezgi organlarining maxsusligi bu organlarga tashqi olamdagi (obyekt) predm et va hodi-
salarning ta’sir etishi tufayli paydo bo'lgan, Kiyev faylasuflarining asarlarida m onokulyar va binokulyar ko'rish haqidagi, xotira tasaw urlari va
xayol tasaw urlarining farqlari haqidagi, em otsiyalarning fiziologik asoslari haqidagi, iroda va uning emotsiya ham da tafakkurning birlashishidan rivojlanishi haqidagi masalalar ham talqin qilingan.
Kiyev akademiyasining olimlari Dekart ta ’siriga berilmadilar, hayvonlarda ham ruhiy hayotning borligini ta ’kidladilar. Ular inson psixikasining hayvon psixikasidan m uhim farqiga to'xtalib, insonga nutq va aqlli iroda xosdir, deb ta ’kidladilar.
Moskva—Slavyan—Grek—Latin akademiyasida o'quv ishlari (xususan psixologiya bo'yicha ham) Kiyev—Mogilyan akademiyasi namunasida o'tkazildi.
Psixologiyaning dastlabki kurslari Ioannikiy Lixud tom onidan asosan
A ristotel, loan Damaskin va Fom a Akvinat ruhida yozilgan edi. K eyin-chalik (taxm inan 1700-yillarda) Feofilakt Lopatinskiy va boshqalarning asarlarida D ekart, Volf, Leybnits va dastlabki em pirik oqim psixologla- rining ta ’siri ko‘zga tashlanadi. F. Lopatinskiy o ‘zining ruh haqidagi m ulohazalarida ovqatlanish haqida, qon aylanish haqida, tem peram ent haqida va turli yoshdagilarning xususiyatlari haqidagi ta ’lim otni bayon qiladi. Tashqi va ichki hislarni tekshirishga alohida e ’tibor beriladi.
Psixologiya kurslarida asosiy o'rinni ruh, aql va iroda haqidagi boblar ishg'ol qilgan edi.
XVIII asrning oxiri va XIX asrning boshlariga kelib, Moskva hamda Kiyev akademiyasining olimlarida 0 ‘rta asr ratsionalistik psixologiyasidan faqat inson psixik hayotiga oid barcha hodisalaming g‘ayri jismiy substan-
siyasi hisoblangan ruh haqidagi ta ’limot qoldi, xolos. Bu idealistik psi
xologiya edi. Biroq, XVIII asr rus psixologiyasida materialistik qarashlar tashkil topa boshlaydi. 0 ‘sha zam on materialistik psixologiyasining eng ko'zga ko'ringan vakillari M.V. Lomonosov ham da A. P. Radishchevlardir.
M.V. Lomonosov (1711—1765) o'zining asarlarida psixologiya masalalariga, xususan, sezgilar sohasiga katta e’tibor berdi va bir qancha ho- disalarni m aterialistik jihatdan tushuntirdi. M asalan, sezgilaming manbai sezgi organlarim izga tashqi predm etlarning fizik ta ’sirotidir, deb ko'rsatdi. U sezgilar inson tom onidan atrofdagi olamni bilishning shartidir, chunki ular inson ongiga bog'liq bo'lm agan holda mavjud bo'lgan moddiy pred- m etlam ing miyaga bevosita ta ’sir qilishining natijasidir, deb hisobladi.
Lomonosov o'z zam onasida keng tarqalgan sezgilar sohasidagi, «birlamchi va ikkilamchi sifatlar» haqidagi ta ’limotga qarshi chiqdi.
Uning ta ’limotiga ko'ra, ikkilamchi subyektiv sifatlar yo'q. Bizning barcha sezgilarimiz obyektivdir.
A.P. Radishchev (1749—1802) asosan inson tabiatini tushunishdagi dualizmga, ruhiy hayotni moddiy hayotdan ham miyadan ajratib qo'yishga, nutqni tafakkurdan ajratib qo'yishga qarshi chiqdi.
U psixikani miyadan ajratish mum kin em as va uning manbai hissiy idrok qilinadigan olam dir, deb ta ’kidladi. «Ruh tan bilan birgalikda
o'sm aydim i, uning bilan birga ulg'ayib mustahkamlanmaydimi, uning bilan birga so'lib o'tm aslashm aydim i? Sen barcha o'z tushunchalaringni his- dan olmaysanmi?» — deb yozgan edi u. Miya — psixikaning moddiy asosi, busiz inson aqlli mavjudod bo'la olmaydi.
Radishchev inson ongining taraqqiyotida nutqning katta ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlagan, nutq «fikrlarni bir joyga to'plash vositasidir; modomiki, narsaga nom berilmas ekan, narsa haqidagi fikr so'zlar bilan ifodalanmas ekan, u bizning aqlimizga yotdir va busiz bizning aqlimiz ishga solinmaydi».
XIX asrning boshidan boshlab m aorifning o ‘sish bilan psixologiya bilimlari sistemasida em pirik psixologiya hukm ron mavqeini egallay bosh
ladi, buning ichida esa materialistik olim lar tez o ‘sa boshladi.
XIX va, ayniqsa, XX asriarda psixologiya faqat empirik (tajribaga asoslangan) fan sifatida taraqqiy etadi. Bu davrda uning predm eti, ya’ni o‘rganadigan voqelik sohasi kuchli ravishda kengaydi, bu fanning alohida yangi sohalari paydo boMadi va shakllanadi, yangi, yanada samaraliroq tekshirish metodlari kashf qilinadi. Psixologiyaning bergan ma’lumotlaridan amaliy faoliyatning turli sohalarida foydalanila boshlandi. Ayni vaqtda, XIX va XX asriarda idealizm bilan materializm o'rtasidagi kurash yanada chu- qurlashadi, bu kurashning yutuqlari esa falsafaning tantanasi va mustahkam-
lanishi uchun idealizmga qarshi umumiy kurashning vositasi boMib qoladi.
Assotsiativ psixologiya
Bekon va G obbsdan boshlab empirik psixologiyaning vazifalaridan biri psixik hodisalar tarkib topgan elem entlarni aniqlashdan iborat edi. Yuqorida aytilganday, Bekon bilan Gobbs tasaw ur ham da sezgini shunday elem entlardir, deb hisobladilar. Psixologlar psixik elem entlar m urakkab struktura (tarkib) va jarayonlarga birikishida bo'ysunadigan qonun- larni topishga intildilar. M asalan, Gobbs psixik hodisalar intilish va qo- chish qonuniga bo'ysunadi, deb hisoblagan.
XVIII asrning ikkinchi yarmida ingliz psixologlari Yum va Gartli har xil psixik hodisalar va elem entlar g‘oya tasaw urlarning yaxlit boMib birla- shishining asosiy qonuni sifatida assotsiatsiyalar haqidagi ta’limotni ilgari surdilar. Assotsiatsiyalar haqidagi bunday ta’limot bir vaqtda idealistik, ham materialistik yo‘nalishda paydo boMdi. Idealistik yo‘nalishning vakili (va umuman assotsiativ oqimning asoschisi) David Yum (1711—1776) edi. Uning ta’limotiga ko‘ra, ongning barcha murakkab hodisa va mahsullari va o'zining «men» ekanligini (o‘z-o‘zini) anglash, o'zaro tashqi bog'lanishlar — assotsiatsiyalar bilan bog'langan «tasawur birikmalari» dir, xolos.
M aterialistik oqim ning vakillari David Gartli (1705-1757) va uning shogirdi Jozef Pristli (1733—1804) edilar. U lar assotsiativ tasaw urlam i miyadagi fiziologik bog'lanishlarga tenglashtirib qo'ydilar. G artli psi
xologiyaga ruhning fizikasi deb qaradi.
Pristli barcha psixik jarayonlar miyaning tebranishlaridir, deb jar soldi. U psixik va fizik hodisalar o'rtasidagi prinsipial farqni inkor qildi va psixologiyaga fiziologiyaning bir qismi deb qaradi.
Assotsiatsiyalar va ularning inson psixik faoliyati tarkibidagi m uhim roli haqida ta ’limot XIX asrda juda keng tarqaldi. Empirik psixologiya
ning ichida «assotsiativ psixologiya» deb atalgan alohida oqim paydo bo'ldi. Bu oqim XIX asrning uch choragi mobaynida hukm ron mavqeini egallab qoldi. XIX asrda assotsiativ psixologiyaning tarafdorlari Angliyada Jem s Mil (1773—1836), Jon Styuart Mil (1806—1873), Aleksandr Ben (1818—
1903), G erbert Spenser (1820—1903) edilar. Bularga Fransiyada T. Ribo
(1829—1916), Germ aniyada Teodor Sigen (1862—1950) larni va qisman Yulius Ebbingauzni (1850—1909) ham kiritish mumkin.
Assotsiativ psixologiyaning vakillari barcha murakkab psixik jarayonlar (xotira, tafakkur va nutq, xayol va iroda) bir xil birlamchi psixik elem entlar boMgan sezgilardan va ularning nusxasi boMgan tasaw urlardan
hosil boMadilar, deb da’vo qildilar. Ayrim sezgi va tasaw urlar assotsiatsi- yalaming qonunlariga binoan, o'zaro mexanik bogManishlar bilan bir- lashadilar. M asalan, xotira jarayonlari assotsiatsiyalarga tenglashtirib qo'yiladi, ya’ni esda qoldirish yangi assotsiatsiyalar hosil qilishdir, esga tushirish esa aw al mustahkamlangan assotsiatsiyalarning jonlanishidir. Assotsianistlaming fikricha, tafakkur ruhning alohida bir qobiliyati yoki maxsus psixik qobiliyati emas, tafakkur ham faqat tasaw urlarning assot
siatsiyalar qonuniga binoan harakatlanishidir. Masalan, m uhokam a faqat ikkita tasaw urning assotsiatsiyaga binoan bogManishidir. Bunda ongning boshqa m om entlari yo'q. Xulosa chiqarish ikki yoki bir qancha hukm - larning assotsiatsiyasidir, bulardan ham assotsiatsiya bo'yicha yangi hukm hosil qilinadi, ya’ni xulosa chiqarildi. Tushunchalar ham so'zlarning bir qancha o 'z a ro o'xshash ta sa w u rla r bilan b o 'lg an assotsiatsiyasi (bog'lanishi)dir, deb ta ’riflanadi.
Assotsiativ psixologiya vakillarining fikricha, nutq ham tasaw urdir. Masalan, Ebbingauzning aytishicha, nutq bu «ikki elementning» mustahkam assotsiatsiyalari bo'lib qo‘shilish\d\x', bir tom ondan, so'z va gaplar- ning m a’nolari bilan, ikkinchi tom ondan, esa so'z va gaplarning narsalar
bilan birikishidir. G ap va so'zlarning haqiqiy mohiyati nutq organlari faoliyati tufayli hosil boMadigan, «ohang va shovqinlar»dan va bu faoliyat natijasida harakat va holatni sezishdan, ya’ni eshituv va kinestetik yoki
nutq ta’sirotlaridan iboratdir.
Qayd qilingan har ikkala so'z elementlari ham o'zaro m ustahkam assotsiatsiyalar bilan bogMangan, deb ta’kidlaydi Ebbingauz. N utq jarayonlarida, ya’ni fikrning shakllanishida, fikrni o'zgalarga bayon qilishda
va o'zgalarning fikrini o'zlashtirishda assotsiativ jarayonlar, alohida tasav- vurlar, xususan so'zlarning asosiy elementlari boMgan harakat (kinetetik) tasaw urlar bilan tovush tasaw urlari o'rtasida bogManishlar hosil boMadi. N utq m axsus funksiya sifatida tafakkur bilan tashqi — assotsiativ bog'lanishlardan tashqari hech qanday m unosabatda boMmaydi.
Bu psixologlaming ta’limotiga kocra, diqqat ongimizda qolgan barcha tasawurlami siqib chiqargan, qandaydir bitta tasawurlar guruhining hukmron boMishi bilan izohlanadi, emotsiyalar xush va noxush hislarni anglash bilan birlashgan sezgi hamda tasawurlarning yig‘indisidir va hokazo. Assot- sionistlar inson shaxsining o‘zini ham o‘z tanasini sezishga va shunga mos keladigan tasawurlarda («tasawurlar birikmasi»ga) asoslangan ancha barqaror
va doimiy psixik hodisalar komplekslari deb tushundilar. Assotsiativ psixologiya vakillarining xizmati shundan iboratki, ular ongning yuksak murakkab jarayonlarini, ya’ni tafakkur, nutq, va irodalami tajriba asosida (asosan 0 ‘z- o‘zini kuzatish yo‘li bilan) o‘rganishni diqqat markazida tutdilar.
Biroq keyinchalik assotsiativ psixologiya vakillari va boshqa psi- xologlarning bu ta’limoti amalda o‘zining yaroqsizligini ko‘rsatdi. Psixik hayotning murakkab hodisalarini faqat assotsiativ jarayonlarga tenglash- tirib qo‘yish m umkin emasligi m a’lum bo‘ldi.
Tafakkur jarayonini har tom onlam a analiz qilish shuni ko‘rsatdiki, tafakkurda mavjud boMgan ba’zi m om entlarni tasawurlarning oddiy assotsiatsiya yoMi bilan oddiy bogManaverishlariga tenglashtirish mumkin emas va shu m om entlar bilan tafakkur oddiy assotsiativ jarayonlardan
tubdan farq qiladi.
Biz assotsiativ jarayonda, awalo, tasaw urlar harakatini ko‘ramiz, bunda ongimizda yangidan hosil boMgan har qanday tasaw ur awalgi tasaw urlar
yoki idrok tufayli hosil boMadi. Lekin bir xil turtki (idrok yoki tasaw ur) orqali birin-ketin paydo boMgan tasaw urlar o‘z yoMida har xil yo‘nalishga ega boMishlari mumkin.
Birinchidan, tafakkurda ham albatta, tasaw urlar yoki boshqa psixik mahsullarning harakati sodir boMadi. Lekin bu yerda bu harakat awalgi idrok va tasaw urlar turtkisi sodir boMmasdan, balki dastawal qo‘vilgan maqsad va vazifa bilan belgilanadi hamda boshqariladi. Tafakkur maqsadga muvofiq yo‘naltirilgan jarayondir. Tafakkur jarayoni hamma vaqt birorta masalani hal qilishga yo'naltirilgan boMadi.
Ikkinchidan, assotsiativ jarayonlar esa passiv jarayonlardir. Assotsiat- siv qonunga binoan tasaw urlar harakati go‘yo o ‘z-o‘zicha ro‘y beradi, bu harakat oldindan belgilanmasdan, ongli kuch sartlamagan holda borave- radi. Agar tasaw urlarning assotsiativ oqim ida faollik boMsa ham , u beix
tiyor faollikdir.
Bu o ‘rindagi beixtiyor faollik shaxsning emotsional holati bilan yoki mavjud tasaw urlar tufayli ro'y beradigan emotsional m om entlar bilan
belgilanadi.
Tafakkur esa, aksincha, oldindan ongli kuch (diqqat) sarflash yoMi bilan sodir boMadigan faol jarayondir. T o‘g‘ri, tafakkur jarayonlaridan ham passiv m om entlar boMadi, lekin ular bu o'rinda faqat qo'shim cha va yordamchi ahamiyatga ega bo'ladilar. Passiv m om entlar tafakkur mohiyatini belgilab bermaydilar, ular birlamchi emas, balki ikkilamchidir, ko'pincha
aqliy taraqqiyotning yuksak bosqichlarida paydo bo'ladilar.
Uchinchidan, assotsiativ jarayonlarda faqat esga tushirish tajribadan hosil bo'lgan, sezilgan va idrok qilingan narsalardan nusxa ko'chirishgina
bordir. Tasaw urlar assotsiatsiyasi faqat reproduktiv (takrorlovchi) jarayondir. Bu jarayonlar ongimizda yangi mazmun hosil qilmaydi.
Tafakkur m ahsuldor (produktiv) jarayondir.
Bunda ongimiz yangi mazmunga, yangi mahsulotga ega bo'ladi. Bu yangi mahsulot obyektiv borliqning shunday m om entlarini aks ettiradiki, bu m om entlam i bevosita sezgi organlari orqali bilish mumkin emas, bino- barin, tasaw urlarda ham takrorlash mumkin emas.
Eksperimental psixologiya
M a’lumki, XIX asr fizika, biologiya, fiziologiya, kimyo va boshqa tabiat fanlarining gurillab o'sishi bilan xarakterlanadi. Fanda paydo bo'lgan eksperimental metodning keng qo'llanishiga fanning bunday o'sishiga yordam berdi.
XVIII asrning oxiri XIX asrning boshlaridayoq, psixologlar o'rtasida psixik hodisalami o'rganishda eksperimentni tatbiq qilish mum kin emas- mikan, degan masala maydonga chiqdi.
Bu masala bo'yicha faylasuf Kant o'z fikrini aytdi. Uning fikricha, psixologiyada eksperimentning bo'lishi mumkin emas, chunki psixik hodisalami o'lchash mumkin emas, ularga matematikani tatbiq qilish mumkin emas.
Psixik hodisalami o'lchashning mumkinligi, binobarin, psixologiyada eksperimentning bo'lishi mumkinligi haqida nemis psixologi I. Gerbart (1776—1841) ijobiy fikr aytgan. U «psixologiyada matematikani tatbiq qilish mumkin va zarurligi haqida» shunday degan: «M ening tekshirish- larim amalda faqat psixologiyaning o'zi bilan cheklanib qolmasdan, balki fizikaga va um um an tabiat fanlariga ham qisman aloqadordir».
Gerbartning fikricha, asosiy psixik elem ent tasaw urdir, qolgan barcha jarayonlar — hissiyot, iroda, tasaw urlar kombinatsiyasidan va m uno-
sabatlaridan iboratdir. Ruhiy holatlar doimo o'zgarish jarayonida bo'ladilar. Tasaw urlarning bu doimiy o'zgarish va almashish jarayonida m a’lum darajada doimiylik qonuniyati bor. Bu doimiylik miqdori tomonini o'lchash mumkin. Shuning uchun ham, Gerbartning fikricha, psixologiyaga m ate
matikani tatbiq qilish mumkin.
Gerbart garchan psixologiyada eksperimentdan foydalanishning zarurligi va foydaliligini isbotlagan bo'lsa ham, lekin uning o'zi bu m etoddan foydalanmadi.
Psixologiyada eksperimentni tatbiq qilish bo'yicha dastlabki ishlarni fiziolog Veber (1796—1878) va fizik Fexner (1 8 0 3 -1887)lar amalga oshir- dilar. Veber va Fexnerning maqsadi tashqi ta ’sirotlar (fizik omillar) va ularning muvofiqi — sezgilaming o'zaro munosabatlari sohasidagi qonu- niyatlami topishdan iborat edi. Fexner eksperimental m etodlar asosida sezgilaming ortib borishi bilan ularni qo'zg'atuvchi taassurotlar ta ’siridagi qiyosiy m unosabatni aniqlab, sezgi qo'zg'atgich logarifmasiga propor- sionaldir degan psixofizik qonunni kashf etadi. Veber va Fexnerlar o'tkazgan tajribalar «Psixofizika» degan alohida fanning paydo bo'lishiga olib keldi.
Veber va Fexner ishlarining ahamiyati, asosan, shundan iboratki, ular birinchi bo'lib psixologiyani, tabiat fanlari singari, eksperimental fanga
aylantirish mumkin ekanligini isbotladilar. Shu vaqtgacha faqat kuzatish, asosan, o'z-o'zini kuzatishdan foydalanib kelayotgan psixologiya endi aniq fanlardagi obyektiv m etoddan foydalana boshlaydi.
V. Vundt
Eksperimental psixologiya taraqqiyotida, ayniqsa, nemis fiziologi va psixologi Vilgelm Vundt (1832—1920)ning ishlari katta ahamiyatga ega bo'ldi. Vundtgacha faqat ichki tajribadan va o'z-o'zini kuzatishdan foydalanib kelgan psixologiya faqatgina tasviriy fan edi. Vundt eksperiment va o'lchash m etodlarini zarur deb topib, psixologiyani izohli fanga ay- lantirishni maqsad qilib qo'ydi.
Vundt psixologiya uchun klassik m etodlar bo'lib qolgan bir qancha m etodlarni, ya’ni qo'zg'atish metodi, ifodalash metodi va reaksiya m e
todlarini kashf etdi ham da rivojlantirdi.
Vundt 1879-yili birinchi eksperim ental psixologiya laboratoriyasini kashf qildi.
Oradan ko'p vaqt o'tm asdan (1881) u Berlin universiteti huzurida
Eksperimental psixologiya institutini tashkil qildi. Vundi shug'ullangan masalalardan biri o'sha vaqtda astronom lar tom onidan ochilgan diqqatni bir vaqtda ikkita har xil o'tkazgichga to'plash mumkin emasligi haqidagi masala edi. Bu hodisani aniqlash uchun Vundt (laboratoriya tashkil qilin- ganga qadar) 1861-yilda alohida m ayatnik ish o'ylab cliiqardi (Vundt mayatnigi). Bu mayatnik graduslarga bo'lingan yoy atrofida harakatlana- di va har bir m a’lum vaqtdan keyin shing'irlaydi. Bu psixologik eksperi- m entlar uchun kashf etilgan birinchi asbob edi.
Ilmiy (izohli) psixologiyani oyoqqa turg'izish uchun Vundt qo'shim cha vosita sifhi ida yondosh faniar, ayniqsa, fiziologiya, astrononiiva, etnografiya, tarix, milologiya va boshqa fanlardan olingan m a’lumotlardan foydalanish zaruriyatini ilgari surdi.
Leyptsig laboratoriyasi va institut idan nam una olib, G erm aniyaning boshqa universitetli shaharlarida ham, shuningdek, boshqa m am lakatlarda ham, jum ladan Fransiya, Angliya va Amerikada laboratoriya ham da institutlar tashkil qilindi. XIX asming oxirida Rossiyada ham bir qancha
eksperimental psixologiya laboratoriyalari tashkil qilindi: Moskvada Tokar- skiy, Qozonda — Bexterev, Odessada N.N. Langerlar tom onidan shunday laboratoriya ochildi. 1911-yil Moskva universiteti huzurida maxsus ko‘rilgan binoda professor Chelpanov rahbarligida Eksperimengal psi
xologiya instituti tashkil qilinadi.
Professor A.F. Lazurskiy (1874—1917) tomonidan eksperimental me- todning alohida turi — tabiiy eksperimental metodning alohida turli tabiiy eksperiment metodi ishlab chiqilgan. Eksperimentning bu turidan bizda bolalar
psixologiyasini o'rganishda, pedagogika masalalarini, ayniqsa, ta’lim psixologiyasi masalalarini ishlab chiqishda keng va unumli foydalanilmoqda.
Eksperimental m etodning tatbiq qilinishi psixologiya fani taraqqiyotiga juda unumli ta ’sir ko'rsatdi.
Bu metodning yordamida oddiy kuzatish yoki o'z-o'zini kuzatish yo'li bilan aniqlash qiyin bo'lgan yoki butunlay mum kin bo'lm agan ko'p m a’lum otlar aniqlandi, ayrim psixik hodisalar o'rtasidagi bog'lanishlar aniqlangan, psixik jarayonlardagi, ayniqsa, sezgilar, idrok, diqqat, xotira sohasidagi ba’zi bir qonuniyatlar ochilgan.
Eksperim ental analiz yo'li bilan m urakkab psixik jarayonlar (idrok, xotira, tafakkur)ning alohida kom ponentlari tarkibiy qism lari ajratilgan, psixik jarayonlarning fiziologik hodisalar bilan, shuningdek, tashqi fizik m uhit ham da ijtim oiy m uhit bilan bo'lgan bog'lanishlari ochilgan.
Eksperimental tekshirishlaming yakunlari, shuningdek, eksperim ental metodning usullaridan foydalanish amaliy faoliyatning turli sohalarida — o'quv tarbiya ishlarida, tibbiyotda, mehnatni tashkil qilish va ratsiona- lizatsiyalashda, sud ishlarida, san’atda juda ko'p foyda keltirdi.
XIX va XX asriar psixologiya fanining yutuqlari uchun eksperimental metod bilan birgalikda unga taraqqiyot tamoyilining kiritilishi ham katta
ahamiyatga ega bo'ldi.
Taraqqiyot g'oyasi, xususan ruh haqidagi ta’limotdagi taraqqiyot g'oyasi qadim gi zam on m utafakkirlarining ko'pchiligi (G eraklit, Efnssk va boshqalar) tom onidan aytilgan ideyadir.
Yangi zam onda esa (X V III—XIX asriarda) bu g'oya nazariy jihatdan
Fridrix Shelling (1775—1854) va, ayniqsa, Gegel falsafasida ishlab chiqilgan edi. XIX asm ing o'rtalaridan boshlab Ch.V.Darvin (1809—882) va
Gekkel (1834—1918) lam ing asarlari tufayli taraqqiyot g'oyasi biologiya-
ning tamoyili bo'lib qoldi. Falsafa va tabiatshunoslikdagi umumiy yo'nalish ta ’sirida psixologiyada ham psixik hayot hodisalarini o'rganishda genetik tamoyil qaror topadi. Bu tamoyil inson ham da hayvon, katta yoshdagi kishilar ham da har xil yoshdagi bolalar psixik hayotining xususiyatlarini
yaxshi tushunish zaruriyati bilan taqozo qilindi. Jam iyatning tarixiy taraqqiyotida inson ongi qanday paydo bo'ldi va qanday o'zgarib keldi, degan masala ham o'zining hal qilinishini talab qilib turardi. XIX asrning oxir- laridan boshlab, psixologiyaning sohalari — hayvonlar psixologiyasi (zoopsixologiya), tarixiy psixologiya va turli yoshdagilar psixologiyasi may- donga keldi.
Zoopsixologiya — bu hayvonlarning nerv sistemasi taraqqiyotiga, biologik sistematikasiga (hayvonlarning har xil turiga), shuningdek, yashash tartibi
xususiyatlariga binoan ulaming psixik hayot shakllarini o'rganadigan fandir.
Bu psixologiya har xil hayvonlar psixikasini bir-biriga taqqoslab, qiyosiy qilib o'rgangani uchun qiyosiy psixologiya deb ataladi. Bu psixologiya psixik taraqqiyotni hayvon organizmlarining biologik tuzilishiga bog'lab o'rganganligi uchun u biologik psixologiya deb ham yuritiladi.
Hayvonlar xulqini o'rganishga bo'lgan qiziqish juda qadim zam on- lardayoq paydo bo'lgan. Olimlar tom onidan boy m a’lum otlar to'plangan.
Yangi zam onda tabiatshunoslardan J. Lam ark (1744—1802) va Ch. Darvin ham da ular evolutsion ta’limoti izdoshlarining asarlari, ayniqsa, katta ahamiyatga ega bo'ldi.
Zoopsixologiyaning taraqqiyotiga bu fanning Rossiyadagi asoschisi biolog — darvinist V.A. Vagner (1849—1934) katta hissa qo'shdi. U bir qancha chuqur ilmiy asarlar yozgan, shulardan eng muhimlari: «Qiyosiy psixologiyaning biologik asoslari» ikki tom lik, «Biopsixologiya va yondosh faniar», «Psixik qobiliyatlarning paydo boiishi va taraqqiysi» 1—9 nashri, «Qiyosiy psixologiyadan etyudlar»dir.
Yuqori taraqqiy qilgan hayvonlar psixologiyasini o'rganishda sobiq sovet tadqiqotchilari ham juda ko'p qimmatli hissa qo'shdilar. M asalan, N.Yu. Voytonis (1887—1946) m aym unlar aqlini, ularning oriyentirovka qilish qobiliyati va qidirish faoliyatini, «qurollar»dan foydalanishni, to'dalanish munosabatlarini o'rgandi. Voytonisning eng muhim asari «Aql taraqqiyotining ilk tarixi» (1949) edi.
Ayniqsa, N .N . Ladigina-Kotsning yuqori taraqqiy qilgan hayvonlar psixologiyasi sohasidagi tadqiqotlari shuhrat qozondi. U maymunlar faoliyatining turli xil shakllarini batafsil tasvirlab berdi: hayvon va inson tafakkurining sifat jihatidan farqini o'rgandi, maymun (shimpanze) va inson bolasi psixikasini taqqoslab tekshirdi, hayvonlar xulqini o'rganishning yangi metodikasini ishlab chiqdi. Ladigina—Kots tadqiqotlarining natijalari uning quyidagi asarlarida bosib cliiqarilgan: «Shimpanzening bilish qobiliyatlarini tekshirish» (1923); «Eksperiment sharoitlarida moslashish- harakat malakalari» (1928); «Inson bolasi va shimpanze bolasi» (1935).
Hayvon psixikasi haqidagi ta’limotda ikki oqim — antropomorfik (idealistik) hamda mexanistik (materialistik) oqim lar kurash olib bordilar. Birinchi oqim vakillari hayvonlar xulqida ulaming insonlamikiga o'xshagan subyektiv psixik hayoti namoyon boMadi, deb hisobladilar. Bu ilmga asos- lanmagan oddiy qarash edi. Darvin va uning bir qancha izdoshlari (Romene va boshqalar) hayvon xulqining ba’zi murakkab shakllarini «aqlli» harakatlar deb talqin qildilar.
Dekart o‘z zamonasida, hayvonlar — bu faqat mashina, ularda ruh yo‘q, ulam ing butun xulqi faqat mexanik mushak harakatlardangina iboratdir, deb jar soldi.
V.A. Vagner o‘z tekshirishlarida hayvonlar xulqini tushuntirishda antro- pomorfizmni ham, soddalashtirilgan mexanik ta’limotini ham tanqid qildi.
Hayvon psixikasini o'rganish sohasida nemis olimi Volfgang Keller ham muhim ishlar qildi. Biroq, u o'zining «Odamsimon m aym unlam ing aqlini tekshirish» (1917) degan va boshqa psixologik asarlarida maymun psixikasi bilan odam psixikasining farqlarini aniq ko'rsatib bermaydi. Bu antropom orfik qarashlar l.P. Pavlov tom onidan qattiq tanqid qilindi.
l.P. Pavlov maymun va boshqa hayvonlar psixik faoliyatining moddiy shartli reflektor asosini isbotlab berdi.
Bu fan ongning ham da inson shaxsining paydo bo'lishi va tarixiy taraqqiyot bosqichlariga oid masalalarni o'rganadi.
Bu masalalarni o'iganishga bo'lgan qiziqish, asosan, ijtimoiy tarixiy fanlaming taraqqiyoti munosabati bilan paydo bo'ldi. Inson ongi taraqqi
yoti tarixida, albatta, eng qiziqarlisi ibtidoiy ong xususiyatlari haqidagi
masaladir, ong funksiyalaridan esa eng qiziqarlisi inson tafakkuridir.
XIX asr oxiri va XX asr boshlaridagi burjua fanida Teylorning «Ibtidoiy madaniyati», Frayzem ing «Oltin shoh» asarlari va, ayniqsa, Levi- Bryulning «M adaniyatning bosqichlaridagi jam iyatlarda tafakkur funksiyalari», «Ibtidoiy tafakkur» nomli kitoblari m ashhur edilar.
Lcvi-Bryul ibtidoiy odamning tafakkuri hozirgi zamon odamining m antiqiy tafakkuridan tubdan farq qiladi: u m antiqan oldin (unda ziddiyat qonuni inkor qiladi) paydo bo'lib, tabiiy va g'ayritabiiy narsalarning far-
qiga bormavdi, deb da’vo qildi.
Levi-Bryulning aytishicha, ibtidoiy odam ning tasaw urida dastlabki sabab bilan oxirgi oqibat bevosita bog'langandir; bu o'rin d a oraliq bog'lanishlar inkor qilinadi. Levi-Bryulning fikricha, bunda daxldorlik qonunini (parpitsipsiya)ga amal qilinadi. Uning boy etnografik m ateriallari va ba’zi xulosalari ancha ahamiyatga ega, lekin uning ibtidoiy tafakkurning m adaniy odam tafakkuridan sifat jihatidan farq qilishi haqidagi qoi
dasi ilmiy jihatdan tanqid qilishga arzimaydi.
Inson ongining paydo boMishi va uning tarixiy taraqqiyoti haqidagi masalasi ilmiy jihatdan hal qilindi. Inson ongi m ehnatda paydo boMgan,
«insonni m ehnat yaratgan, uni ijtimoiy, ongli mavjudodga aylantirgan. Ong va uning barcha shakllari ijtimoiy hayot va ishlab chiqarish ucullari- ga bogMiq holda mehnatida rivojlangan. Tarixiy psixologiyaning asosiy muammosi inson ongi taraqqiyotining m ehnat shakllarining tarixiy taraqqiyotiga, sinfiy kurashga, ijtimoiy iqtisodiy informatsiyalarga bogMiq ekanligini isbotlashdan iboratdir.
Bu fan insonning yoshiga qarab psixikasining rivojlanib borish xususiyatlari va qonuniyatlarini o'rganadi, ilk bolalikdan tortib, toki qarilik yoshi-
gacha boMgan har bir yosh bosqichida psixik tuzilishining o'ziga xos xususiyatlarini, inson ongining turli yoshga qarab rivojlanishini belgilab beruvchi faktorlarni aniqlaydi.
Yosh psixikasi sistemasida, ayniqsa, bolalar psixologiyasi m uhim o ‘rin egallaydi. Bu psixikaning go'daklik, ilk bolalik, m aktabgacha yosh davr- laridagi rivojlanishini o'rganadi. O 'sishning bu davrlari inson shaxsi va ongining intensiv shakllanish davridir. Bolalar psixologiyasining asosli muammosi «bolaning aqliy taraqqiyoti masalasidir».
Bolalaming yoshlik xususiyatlari taMim va tarbiya bilan shug'ullanuvchi kishilami eng qadimdan beri qiziqtirib keldi. Bu masalalarga Yan Amos Komenskiy (1592-1670), Frebel (1782-1852), l.G.Pestalotssi (1746-827) va boshqalar ham katta e’tibor berganlar.
T a’lim va tarbiya ishlari am aliyotida bolalam ing diqqat, idrok, xotira, tafakkur va nutq xususiyatlari haqida boy m ateriallar to'plagan.
XIX asrning ikkinchi yarmida yosh (bolalar) psixologiyasi psixologiya fanining mustaqil sohasi sifatida shakllana boshlaydi. Bola psixikasining rivojlanishi haqida birinchi bo'lib nemis fiziologi V. Preyer (1841 — 1891) o'zining «Bola qalbi» (1882) degan asarida sistemali m a’lumot berdi. XX
asming boshida bolalar psixologiyasidan katta tekshirish ishlari olib boriladi: V.Shtem (1872—1938) «Ilk bolalikda xotirlash, guvohlik va yolg’on»;
Ernest Meymak ( 918—62 1915) «Eksperimental pedagogikadan leksiyalar» uch tom , «Eksperimental pedagogikadan ocherklar», Byuler Karl «Bolaning ruhiy rivojlanishi», Piaje Jan (1896) «Bolaning nutqi va tafakkuri».
Bolalaming yoshlik xususiyatlarini o'rganish sohasida K.D. Ushinskiy va P.F. Kapterev (1849—1922) lar tom onidan juda ko'p ishlar qilindi. Ushinskiyning «Inson tarbiya predmeti sifatida» degan katta asari yosh psixologiyasi va bolalar psixologiyasi sohasidagi chuqur m azm undor asar sifatida hoziigacha o'z ahamiyatini yo'qotmagan. Psixologiya taraqqiyotida P. Blonskiy (1884—1941) ning «Psixologik ocherklar» va L.S.Vigotskiyning (1896—1934) «Tanlangan psixologik asarlari» kabi tekshirishlari katta o'rin egalladi.
Psixologlaming tadqiqotlari inson ongining turli yoshda rvojlanishi uning hayot sharoitlariga bog'liq ekanligini ko'rsatdi. Bu rivojlanishning hal qiluvchi
omillari ta’lim va tarbiya, shuningdek, rivojlanayotgan odam ning shaxsiy faoliyatidir. A.A. Smirnov, A.N. Leontev, N.D. Levitov, N.A. M enchin-
skaya, A.A. Lyublinskaya, D.B. Elkonin, L.I. Bojovich, M.V. Zaporojets va boshqalarning ishlari xuddi m ana shu yo'nalishda borm oqda.
XIX ASRDA VA XX ASR BOSHLARIDAGI
PSIXOLOGIYANING UMUMIY XARAKTERISTIKASI
XIX va XX asrdagi psixologiya — bu asosan em pirik psixologiyadir. Psixologiyada XVII asrda paydo bo'lgan bu yo'nalish XIX asrda va XX asming boshlarida o'z taraqqiyotining eng yuqori cho'qqisiga erishdi. Uning yutuqlariga erishuviga sabab eksperim ent metodining tatbiq qilinishi edi. Uning predm et doirasi juda kengaydi. Yuqorida aytilganday, psixologiya fanining maxsus o'z vazifalari va m etodlariga ega bo'lgan bir qancha shoxobchalari maydonga keldi.
Empirik psixologiya bir butun narsa emas edi. Bu psixologiyaning ichida bir qancha yo'nalish va oqim lar mavjud edi. Psixologiya tarixida bulardan ancha m ashhur va m uhim lari assotsianizm, intellektualizm , vol- yuntarizm , geshtal psixologiya va freydizmlar edi. Assotsiativ psixologiya haqida yuqorida gapirildi.
Intellektual psixologiya — bu psixikaning asosiy elem enti va psixologik faoliyatning asosiy funksiyasi aqlli intellektdir, deb hisoblay- digan yo'nalish. Intellektualistlarning fikricha, turli-tum an psixik ja rayonlar, shu jum ladan em otsional va iroda jarayonlari ham sezgi,
tasaw u r va tushunchalarning qo'shilishidir, deb tushuntiriladi. A ssotsiativ psixologiyaning vakillari intellektualistlarga kiradi, chunki ular ham birlam chi va asosiy elem ent tasavvurlardir, deb hisoblaganlar. Psixologiya va pedagogikada intellektualizm ning eng ko'zga ko'ringan vakili G erbart hisoblanadi.
Volyuntaristik psixologiya intellektualizm dan farq qilib, psixik hayotning asosi sifatida shaxsning irodasini, faollanishini, faolligini ilgari sura-
di. Barcha murakkab psixik jarayonlar, xususan, tafakkur ham insonning irodaviy faolligi deb talqin qilingan.
Volyuntaristik psixologiyaning vakillari G.Lipps (1889—1941) G . M yun- stcrbcrg (1863—1916) edilar. Vilgelm Vundt ham, garchand irodaning asosi hislardir, deb hisoblagan bo'lsa ham volyuntarist edi.
Freydizm - bu o'z nomini Avstriya nevropatologi va psixologi Zig- m und Freyd (1856—1939) nomidan olgan bo'lib, psixologiya va nevropa-
tologiyadagi alohida yo'nalishdir.
Freyd ta ’limotiga ko’ra, shaxs psixologik hayotining asosi jinsiy lazzat olishga qaratilgan tug'm a, ongsiz mayl (instinkt)dir. Lekin tarixan tarkib
topgan odat, axloqiy tam oyillar tufayli, ijtimoiy «senzura»ning mavjudligi tufayli bu mayl to'g'ridan to'g'ri to'siladi. Shuning uchun ham ba'zi kishilarda bu ongsiz tabiiy mayl bilan anglab tug'ilgan vaziyat o'rtasida ichki ruhiy konflikt (to'qnashuv) paydo bo'ladi. Bu to'qnashuvlar ba’zan barqaror
asab kasalligiga (nevrozga) olib keladi.
Kishilik jamiyatida ko'pchilik kishilarning hayoti va taraqqiyoti jarayonida bu tabiiy ongsiz mayl energiyasi m ehnat faoliyatiga aqliy va ijodiy faoliyatga qaratiladi va sarf etiladi. Hayotning yuksak sohasiga energiya- ning shu tariqa ko'tarilishini sublimatsiya deb ataladi. Freydning ayrim shogirdlari uning ta ’limotiga ba’zi bir o'zgarishlar kiritganlar. M asalan, A dolf Adler (1870—1937) fikricha, psixik hayotning asosini, seksual (jinsiy) mayl emas, balki ustunlikka, hokimiyatga, boshqa kishilar ustidan hukm ronlik qilishga bo'lgan tabiiy mayl tashkil qiladi.
Geshtalt — psixologiya, yoki boshqachasiga struktura, yaxlit psixologiya.
Bu yo'nalishning asosiy vakillari X. Erenfels (1859—1932), V. Keller (1887), K. Kofka( 1886—1941) lardir. Bu psixologlar barcha murakkab psixik jarayonlar elementar hodisalardan — sezgilardan tarkib topadi, deb hisoblagan assotsiativ psixologiyani tanqid qilib chiqdilar. Geshtalt psixologiyaning vakillari bu ta’limotga qarama-qarshi o'laroq, har bir psixik hodisa yaxlit obrazdir, yaxlit stmktura — Geshtaltdir degan nazariyani ilgari surdilar. H ar bir psixik hodisaning mazmuni uning tarkibiga kirgan qism va elementlaming yig'indisiga nisbatan mazmundorroq hamda boyroqdir. Ayrim element va qismlarning
yig'indisi butunning mazmunini belgilamaydi, balki, aksincha, butun (yaxlit
struktura) qism va elementlaming xususiyatlarini belgilab beradi.
Bu psixik stmkturaning yaxlitligi nazariyasi, aw alo, idrok faktlari asosida ishlab chiqilgan edi. Idrok — bu sezgilaming yig'indisi emas, balki yaxlit obrazdir, deb ta’kidlanadi. Psixik m ahsullar va strukturalam ing yaxlitligi haqidagi bu ta’limot keyinchalik xotira, tafakkur va iroda hodisalariga ham tatbiq qilingan edi.
Bu alohida-alohida yo'nalish va oqim lar, bir qancha um um iy xususi- yatga ega bo'lgan holda (ayniqsa, eng muhim m om entlarda) «Empirik psixologiya» degan umumiy nom ostida birlashdilar.
Psixologiyaning predm eti va m etodlarini bir xilda tushunish bu barcha oqimlarning birlashuviga sababchi bo'ldi.
«Empiriklar» psixologiyani ruh haqidagi fan deb emas, «ruhiy hodisalar», yoki «ong hodisalari», yoki bo'lm asa faqatgina ong haqidagi fandir. deb ta ’rifladilar. Bu «ruhsiz» psixologiyadir (N .N .Lange). «Hech qanday metafizikasiz psixologiyadir» (A. I. Vvedenskiy).
Empirik psixologiyaning tarixiy xizmati shundan iboratki, uning vakillari ilmiy jihatdan o'rganish predm eti sifatida ruhni inkor qildi. Bu holatni psixologiyaning metafizik va idealistik qarashlardan xoli bo'lish yo'lidagi katta qadam deb hisoblash mum kin.
Yuqorida aytilganday, em pirik psixologiyaning asosiy m etodi kuzatish, tajribadir. Lekin tabiat fanlaridan psixologiya sohasiga ko'chirilgan bu m etod ichki tajriba sifatida, o'z-o'zini kuzatish (introspektsiya) sifatida boshqacha tus oladi.
Empirik psixologiya obyektiv kuzatish metodidan ham, eksperiment metodidan ham foydalangan: psixik hodisalar har xil maxsus asboblar yordami bilan maxsus laboratoriyalarda o'iganildi; materiallami tekshirish va yakun- lashda matematik statistika (korrelyatsiya) metodlaridan foydalanildi.
Em pirik psixologiyaning psixologiya fani tarixidagi ikkinchi katta xizm ati tajribadan foydalanishdan, psixologik eksperim entlar o'tkazishning m etod va texnikasini ishlab chiqishdan iborat.
Psixologlar tom onidan eksperimentning tatbiq qilinishi tufayli inson psixologiyasi sohasida boy materiallar to'plagan. Bu materiallaming ko'pchilik qismi hoziigacha ham o'z ahamiyatini yo'qotm agan (masalan, Vundt va Ebbingauzning eksperim ental ishlari). Em pirik psixologiya aniqlagan m a’lum otlar va ishlab chiqqan eksperimental metod va usullar amaliyotda ham , masalan, tibbiyot va pedagogika sohalarida foydali bo'lib chiqdi.
O 'z-o'zini kuzatish m etodi empirik psixologiyaning asosiy metodi edi.
Obyektiv kuzatish va eksperiment metodlari esa ikkinchi darajali o'rin egal- lardi: ular faqat psixologiyadagi asosiy metod — o'z-o'zini kuzatish nati
jalarini aniqlashga yordam beruvchi m etodlar deb hisoblanardi. Shuning uchun ham «ong hodisasi», «ichki tajriba» (insonning subyektiv kechirik)larini o'z obyekt deb bilgan empirik psixologiya ko'pincha o'z-o'zini kuzatish m etodidan foydalangan, shu sababli yana «subyektiv psixologiya» deb nom olgan. Shu jihatdan em pirik psixologiyaning uning subyektivizmi bilan bog'langan eng muhim kamchiliklaridan biri idealizm va dualizm edi.
Em pirik psixologiyaning vakillari bu oqim paydo bo'lgandan boshlaboq, ruhning o'zini ilmiy o'rganish predm eti sifatida oiishni rad qildilar
va ruhning asl mohiyati haqida fikr yuritishdan, bu masalani hal qilishdan bosh tortdilar. Lekin, «ruhiy hodisalam i», «ong hodisalarini» o'rganishni asosiy vazifa qilib olgan psixologlar o'z ishlari jarayonida taqozo qilingan: bu ruhiy hodisalam ing o'zi nima, ularning fizik hodisalardan farqi nim ada va ular inson oiganizm idagi fiziologik jarayonlar bilan qanday m unosabatda bo'ladilar, degan savollar bilan to ’qnash keldilar va bu savollarga javob berishga m ajbur bo'lib qoldilar.
Em piriklar subyektiv m etod (o‘z -o ‘zini kuzatish)dan olingan nati- jalarga asoslanib, psixik hodisalam i tasvirlab va analiz qilib, bu hodi- salam i fizik ham da fiziologik hodisalar bilan taqqoslaydilar. Bu taqqos- lashlar natijasida ular odatda, taxminan quyidagicha xulosalar chiqaradilar.
Psixik hodisalar o‘z xususiyatlariga ko‘ra fizik ham da fiziologik ho- disalardan farq qiladi, masalan, psixik hodisalar fazoviy jismlar emas (ya’ni, ulam ing uchburchak, kvadrat kabi geometrik shakllari boMmaydi); ular ogMrlik, rang singari boshqa fizik xususiyatlaiga ham ega emas, shunga asoslanib, empirik psixologiyaning vakillari psixik hodisalar fizik va fiziologik jarayonlardan tubdan farq qiladi, deb hisobladilar. Psixik hodisalar moddiy emas, balki ruhiydirlar. Modomiki, psixik hodisalar o‘z tabiatiga ko‘ra moddiy emas ekan, u holda ulaming negizida qandaydir moddiy boMmagan alohida substansiya boMsa kerak, dedilar, ya’ni alohida moddiy boMmagan
substansiyadan iborat boMgan ruhning mavjudligiga ishonadilar. Masalan, Jem s empirik psixologiya vakillari haqida gapirar ekan (uning o‘zi ham shulaiga mansub edi), ular ongni o'igatayotganlarida, ruhning o‘zini emas, balki sochilgan substansiya ruhdan tarqalgan aks-sadoni go'yo uning zo- hirini uzoqdan ovlayaptilar deb e’tirof etadi. Vundt materiya tabiatshunos- likning yordamchi tushunchasi boMgan m ateriya singari, ruh ham psixologiyaning yordamchi tushunchasidir, deb hisobladi, Vundt faqat ruhning substansionalligini dolzarblik bilan almashtiradi, xolos.
Shunday qilib, empirik psixologiya dastlab ruhni o'rganish obyekti sifatida oiishni rad qilgan boMsa ham , lekin keyinchalik uning eng yirik vakillari oqibat-natijada o'z nazariy mulohazalariga asosan ruhni tan olish- gacha bordilar. Em pirik psixologiyaning vakillari ongni uning moddiy asosidan, inson faoliyatidan ajratib qo'ydilar.
Bu psixologiya vakillarining psixik hodisalam i qanday bo'lm asin m aterialistik talqin qilishdan chetlashishga intilganliklari, m aterializmga har qanday yaqinlik shubhasidan tashqarida bo'lishga intilganliklari (m asalan, Jem s) em pirik psixologiyaning tam om ila idealistik m aqsadlarni ko'zlaganidan dalolat beradi. U lam ing har biri, hattoki psixologiyaning
vazifasi m aterializm bilan kurashdan iborat, deb bilganlar.
Rossiyada ham em pirik psixologiya idealizm bilan sug'orilgan edi. Rus psixologiyasidagi bu yo'nalishning vakillari N.Ya. G rot, A.N. Vvedenskiy, Lopatin, Losskiy, Frank va boshqalar edilar.
Ayniqsa, o'sha vaqtda katta eksperim ental ishlarni amalga oshirgan eng yirik psixologiya institutining tashkilotchisi prof. G .I. Chelpanov nomi shuhrat qozongan edi.
Em pirik psixologiyadan asosan idealistik falsafani asoslash va m aterializm bilan kurash uchun foydalanilardi. Oliy, o 'rta va pedagogik o'quv
yurtlarida psixologiya o'qitish ishlari ham idealistik ruhda olib borilardi. T o'g'ri, empirik va eksperimental psixologiyaning bir qancha nam o-
yandalari (masalan, N.N. Lange, A.F. Lazurskiy) psixologiyani hech qanday falsafiy nazariyalar bilan bogiamasdan, psixologik tajriba dalillaridan hech qanday falsafiy xulosalar chiqarmasdan oyoqqa tuig'izishga urindi- Iar; boshqalari esa (masalan, A.P.Nechayev) empirik psixologiya dalil- larini bevosita pedagogik amaliyot bilan bog'lashga intildilar. Aslida esa ularning hammasi idealizmni targ'ib qildilar.
Empirik psixologiya psixik hodisalami tasvirlash va analiz qilish asosida materializmning yaroqsizligini isbotlashga, shunday qilib idealistik falsafani fanga o‘xshatib asoslashga urindilar.
XIX ASR PSIXOLOGIYASIDA MEXANISTIK (VULGAR)
XVIII asr fransuz m aterializmiga o'xshagan materialistik ta ’limot XIX asrda ham bir guruh nem is tabiatshunoslari — Byuxner (1824—1899), Fogt (1817—1895) va M oleshott (1822— 1893)lar tom onidan davom et- tirildi. B ulam ing ham m asi psixikani aynan fiziologik jarayon deb ta ’rifladilar, fikrni m ateriya harakatining alohida turi deb hisobladilar. M asalan, M oleshott tafakkurga ta ’rif berib shunday deydi: «Fikr harakat- dir, miya m oddalarining o ‘rin almashishidir. Tafakkur masofa egallovchi
jarayondir, tafakkur qanchalik murakkab bo'lsa, darajalar uning bu xususiyatini shunchalik orttiradi».
Fogt psixika haqida va psixikaning kelib chiqishi haqida o'zining fikrini
«Fiziologik m aktublar»da quyidagi form ula bilan ifodalaydi: «M en o ‘ylaymanki, loaqal ozgina bo'lsa ham mantiqiy ravishda mulohaza yuri-
tadigan har bir tabiatshunos, albatta o't jigarga nisbatan, siydik buyrakka nisbatan qanday m unosabatda bo'lsa, fikr ham bosh miyaga nisbatan xuddi shunday m unosabatdadir, degan e ’tiqodga keladi». Fogtning bu qoidasi- da Kabanisning qarashlari qaytadan takrorlangan. Bu formula Fogt, M oleshott va Byuxnerlarning yagona frontida jon-jahdi bilan himoya qilindi va ular dunyoqarashining asosiy qismini tashkil qildi. Byuxner shu pozit- siyani himoya qilib, o'zining «Kuch va materiya» degan m ashhur kitobi
da shunday deb yozadi: «Jigarsiz o 't, buyraksiz siydik bo'lm agani singari, substansiyasiz fikr ham bo'lm aydi, psixik faoliyat miya substansiyasining funksiyasi yoki bajaradigan tabiiy vazifasidir».
Byuxner, Fogt va M oleshott ham m a psixik jarayonlarni materiya harakatining barcha boshqa shakllari qatoridagi faqat jismiy, moddiy jara
yondir deb tasviriadilar. Ular psixik jarayonlarni fiziologik jarayonlarga aynan tenglashtirib qo'ydilar.
Ular murakkab psixik hayotni haddan tashqari soddalashtirib yuborib, unga mexanik tus berdilar, shuning uchun ham ulam ing ta’limoti vulgar materializm deb nom oldi.
Aslida, XV111 asr fransuz materialistlari singari XIX asr vulgar m aterialistlari ham psixologiya tom onidan tekshiriladigan masalalar (ovqat hazm
qilish, qon aylanish va nafas olish masalalari qatorida) fiziologiya tarkibiga kiradi, shuning uchun ham psixologiyaning ilmiy fan sifatida mavjud boMishi ortiqchadir, deb hisobladilar.
Biroq, psixikaning kelib chiqishi va m ohiyatini soddalashtirib m e xanik tushuntirish fiziologiya fani aniqlagan maM umot va isbotlarga m utlaqo zid edi.
Bu m aterialistlarning fikrlari keng tarqalganligiga qaram asdan, faqat faylasuf-idealistlar va psixologlar (V.Jems) tom onidangina em as, balki fiziologlar (masalan, Veber, Fexner) tom onidan ham qattiq tanqid qilindi.
XIX ASR RUS FANIDA PSIXIKANI MATERIALISTIK TUSHUNISH
Rus revolutsiya demokratiyasining vakillari Belinskiy, Gersen, Cherni- shevskiy va Dobrolyubovlaridealizmni, xususan idealistik psixologiyani tanqid qilishda boshqa yoMdan bordilar. Bu mutafakkirlar o'zlarining tekshirish va mulohazalarida mexanistik materialistlarning falsafiy tamoyillariga emas, balki Lomonosov va Radishchevlarning prinsiplariga tayandilar.
Revolutsion-dem okratlar materialist edilar, ular idealizm va vulgar mexanik materializmga qarshi kurashdilar. U lar moddiy-fiziologik va psixik hodisalam ing o ‘zaro m unosabati haqidagi taMimotda psixofizik birlik
tamoyillarida turdilar.
V. G. Belinskiy (1811 — 1848) borliqning, dunyoning negizi m ateriya- dir, ong materiyaning mahsuli, shu jum ladan miyaning xususiyatidir, deb hisobladi. «Eng mavhum aqliy tasaw urlar, — deydi, V.G. Belinskiy, - miya organlarining natijasidan boshqa hech narsa emasdir».
Ham m a aqliy funksiyalar miyadagi fiziologik jarayonlar asosida ro‘y beradi. Psixik hodisalam i miyadan tashqari deb qarash mum kin emas. Shuning uchun ham , Belinskiyning aytishicha, anatom iyadan bexabar fiziologiya qanchalik asossiz boMsa, fiziologiyaga tayanm agan psixologiya ham shunchalik asossizdir».
Belinskiy ong materiyaning mahsulidir, deb gapirar ekan, ong maz- munining rivojlanishi biologik asosga, miyaga emas, balki ijtimoiy sha- roitlarga bogMiqdir, deb ta'kidlaydi. U shunday deb yozgan: «Insonni
tabiat yaratadi, lekin jamiyat uni o'stiradi va taMim beradi».
A. V. Gersen (1812—1870) mexanistik materializmga qarshi chiqib, ong real mavjuddir, deb ta'kidladi, ongni m ateriyadan, inson organizm i- dan ajratib qo'ygan idealistlarni qattiq tanqid qildi. Psixika — bu m ateriyaning mahsuli — u miyaning xossasidir, binobarin, uni miyadan ajratib boMmaydi. Ongni tabiatdan, tanadan tashqaridagi mustaqil substansiya deb tasavvur qilish m um kin emas.
«Ong, — deb yozgan edi A.I. Gersen, — tabiat uchun butunlay yot narsa emas, balki tabiat taraqqiyotining yuksak darajasidir». «Ongni uning
m oddiy asosi boigan miyadan ajratib boMmaydi. Yuksak qobiliyatlar or
gani boMgan miyani o'z faoliyatini bajarish borasida olib qaralganda, to 'g 'rid an to 'g 'ri m a’naviy tom onning fizik tom onga m unosabatini o'rganishda demakki, psixologiyaga — olib keladi»,— deb yozadi u.
Shu bilan birga Gersen, mexanistik materialistlarga qarama-qarshi o'laroq, ongni miyaning passiv xossasi emas, voqelikning ko'zgudagi singari oddiy aksi emas, balki u ongni o'z tabiatiga ko'ra faoldir, deb tushunadi.
Ong va uning barcha qobiliyatlari shaxsni har tom onlam a va gar- m onik o'stirish vazifasidan iborat boMgan ta ’lim va tarbiyaning ta ’siri
bilan rivojlanadi.
Gersen dialektik m aterializm ga chinakam yondoshdi.
N.G.Chemishevskiy (1828—1889)ning aytishicha, dunyo va hayotning negizida bitta m anba — m ateriya yotadi. Psixika, inson ongi rivojlanayot-
gan materiyaning mahsulidir. Chemishevskiy inson tabiatini dualistik tushunishga va shunga asosan inson ongining uning miyasiga bogMiq emasligi haqidagi da’voga keskin qarshi chiqdi.
Psixikaning m oddadan tashqari kelib chiqishini inkor qilib, Cherni- shevskiy inson ruhiy hayoti hodisalarining tabiiy yo'l bilan paydo boMishi va rivojlanishini isbotlashga harakat qilardi. Lekin u, ayni vaqtda, nemis vulgar materialistlari Byuxner, Fogt, M oleshottlarning yo'l qo'ygan xa- tolaridan, ya’ni m oddiy miya jarayonlarini psixik jarayonlar bilan, m oddiy substrakt boMgan m iyani ongning o'zi bilan aynan tenglashtirib qo'yishdan uzoqda edi.
«Inson tabiati yagona boMishi bilan birga,— deb yozadi u,— biz unda ikki xil hodisa — m oddiy deb ataladigan hodisalami (inson ovqat yeydi, yuradi) ham da m a’naviy deb atalgan hodisalami inson o'ylaydi, his qiladi, xohlaydi va shu kabilami ko'ramiz».
U «fikrning jism iy shakli yo'qligiga qattiq ishondi».
Dobrolyubov (1836—1867) Chernishevskiyning safdoshi bo'lib, o'z za- monasidagi tabiat fanlari yutuqlari asosida tabiat va insonning genetik
birligi tamoyilini himoya qildi.
Uning fikricha, dunyoda moddiy va ruhiy deb atalgan ikki manba yo'q. Butun mavjudod harakatdagi va o'sishdagi yagona m ateriyaning har xil holatidir. M ateriya abadiydir, u yo'qdan bor bo'lm aydi. bordan yo'q boMmaydi, faqat o'z shaklini o'zgartiradi, xolos.
«Aslida hech narsa yo'q bo'lib ketmaydi, — deydi Dobrolyubov, — faqat shakllar, shaxslar o'zgaradi, xolos».
«Inson, — deydi Dobrolyubov, — tabiatning bir qismidir, mavjudod-
laming eng mukammalidir, taraqqiyotning koinot tomonidan erishilgan eng yuksak bosqichidir.
Dobrolyubov dunyoning moddiyligini isbotlar ekan, u zamonasi- ning reaksion idealistik olimlariga qarshi kurash olib bordi. U in- sondagi psixik hamda fiziologik jarayonlarning birligi haqidagi ta’limotni himoya qildi.
Dobrolyubov psixik va fiziologik hodisalami aynan tenglashtirib qo'ygan vulgar materialistlar — mexanistlarga qarshi chiqib, shunday deb yozgan edi: «Inson ruhi qandaydir juda nozik materiyadan iboratdir, deb isbot - lashga urinib, inson ruhiy tomonining yuksak ahamiyatini yo'qqa chiqara- digan qo‘pol materializmning johilona e’tirozlari bizga kulgili va ayanchli
bo'lib tuyuladi».
Dobrolyubov idealistlarni tanqid qilish bilan birga olimlar uydirma nazariya va tajribaga bog'lanmagan aprior sxemalarga yopishib olmasdan, o‘z hukmlarida faktlarga tayansagina, ularning dunyo haqidagi g'oya va tushunchalari turmush amaliyotida sinalgan taqdirdagina, insonni o'rab turgan hodisalaming haqiqiy mohiyatini bilish mumkin ekanligini isbot- lashga harakat qildi.
Rus fiziologiyasi va ilmiy psixologiyasining «otasi» l.M. Sechenov- ning (1829—1905) dunyoqarashi revolutsion demokratlar vakillarining,
ayniqsa, Chernishevskiyning ta’sirida tarkib topdi.
1863-yil uning «Bosh miya reflekslari» degan mashhur asari bosilib chiqdi. Bu asarda Sechenov o'sha zamon fiziologiyasining ilg'or yutuq- lariga va shaxsiy tekshirishlariga asoslanib turib, odamning psixik faoliyati qandaydir moddiy bo'lmagan ruhning namoyon bo'lishi emas, balki faqat miyaning faoliyati xolos, deb dadillik bilan aytdi. Sechenov fiziolog sifatida Chernishevskiy va undan oldin maydonga chiqqan rus materialistlari tomonidan rivoj toptiriigan materialistik monizmni tabiiy- ilmiy jihatdan asoslab berdi. «Insondagi psixik va fiziologik jarayonlar,— degan edi Sechenov,— bu bir xil tartibdagi hodisalar, bir-biriga yaqin, real dunyoga xos bo'lgan hodisalardir». Sechenov psixik jarayonlarning asosi bosh miya reflekslaridir, degan ta’limotni ilgari surdi. «Ongli va ongsiz psixikaning barcha harakatlari, — deb yozadi u, — o'zining kelib chiqishi jihatidan reflekslardir». Shuni isbotlashni u o'zining vazifasi deb bildi.
Sechenov ilmiy psixologiyaning asosiy vazifasi bosh miyaning funksi- yalari bo'lgan psixik jarayonlarning kelib chiqishini o'rganishdan iborat deb hisoblaydi. «Ilmiy psixologiya, — deb yozadi u, - o'zining butun mazmuni e’tibori bilan psixik faoliyatning kelib chiqishi haqidagi bir qator ta’limotlardan o'zga narsa bo'lmog'i mumkin emas».
Sechenov inson psixikasining inson ongi taraqqiyotining birlamchi omili bo'lgan tashqi dunyo bilan belgilanganligini ta’kidladi. «Moddiy olam har bir insonga nisbatan, uning fikridan oldin mavjud boMgan va mavjud boMadi».
«Ma’lumki, insonning psixik jarayonlari,— deb yozadi Sechenov,— tashqi belgilarda ifodalanadi va odatda barcha kishilar, oddiy kishilar ham, olimlar ham, tabiatshunoslar ham, psixologlar ham psixik jarayonlar haqida shularga, ya’ni tashqi belgilaiga qarab fikr yuritadilar». «Biroq psixik
hodisalami ilmiy jihatdan haqiqiy analiz qilib berishning kaiiti fiziologiya- ning qoMidadir».
Sechenovning psixik jarayonlarning mohiyatini tushuntirib beradigan asosiy qonun-qoidalari mana shulardan iborat. I.M. Sechenov ta’limotining davomchisi l.P. Pavlov edi. U materialistik psixologiyaning tabiiy-ilmiy
asosi boMgan yangi fan, oliy nerv faoliyati fiziologivasini kashf etdi.
Psixikani, psixik va fiziologik hodisalaming o'zaro munosabatini tushunishda idealizm bilan materializm o'rtasidagi kurash XX asrning boshlarida ham davom etdi va kuchaydi. Bu davrda asosan, dialektik materializm pozitsiyasida turib mexanistik materializm va idealizmning eng
yangi shakllariga qarshi kurash avj oldi.
Mexanistik materializmning uchiga chiqqan shakli obyektiv psixologiya deb atalgan oqim — «bixeviorizm», ideyalizmining uchiga chiqqan shakli esa «Vyursburg» maktabi psixologiyasi edi.
XIX asming oxirida bir qancha Amerika psixolog va fiziologlari, jumladan, E. Tomdayk (1874-1949), J. Uotson (1878-1958), K. Leshli (1890- 1958), A. Veys (1879—1931) va boshqalar empirik psixologiyani tanqid qilib chiqdilar. Ular, awalo, bu psixologiya foydalanib kelayotgan o'z- o'zini kuzatish metodi (subyektiv metod) haqiqiy ilmiy bilimlar bera olmaydi, chunki uning xulosalari subyektiv xarakterga egadir. Haqiqiy il
miy bilimlar obyektiv va aniq boMmog'i kerak. Psixologiya falsafaga emas, balki hozirgi zamon tabiatshunosligiga tayanmog'i va boshqa tabiat fanlari, masalan, fizika, ximiya, biologiya singari, tashqi tajriba dalillari asosida ko'rilmog'i kerak. Shuning uchun ham psixologiya o'z-o'zini kuzatish metodini uloqtirib tashlashi va faqat obyektiv (tashqi) metoddan foy
dalanishi kerak, ya’ni psixik hayotni har kim o‘z-o'zida emas, balki boshqa kishilarda hayvonlarda tashqi kuzatish va eksperiment yo'li bilan
o'rganmog'i kerak. Psixologiya faqat obyektiv metod qamrab oladigan narsalamigina, ya’ni tashqi sezgi organlari yordamida idrok qilinadigan
narsalarnigina o'rganmog'i kerak.
Psixik hayotni obyektiv metod bilan o'rganishda, aftidan, ongning subyektiv hodisalari, inson shaxsining ichki psixik kechirmalari (ya’ni, empirik psixologiya o'rganishi lozim deb hisoblagan hodisalar) qamrab olinmay qolsa kerak. Obyektiv metod bilan faqat organizmning harakallarini, ya’ni mimika, imo-ishoralar, nutq va boshqalarnigina o'rganish mumkin. Amerika psixologiyasidagi bu oqimning vakillari ham psixolog organizmning faqat tashqi ifodali harakatlarini, inson va hayvon xulqini-
gina o'rganmog'i kerak, deb da’vo qildilar.
Uotson shuning uchun ham o'zining psixologiya sohasidagi asosiy asarini «Psixologiya xulq haqidagi fan» deb nomladi. «Bixevior» degan so'z inglizcha xulq, demakdir. Amerika psixologiyasidagi bu yo'nalish shuning uchun ham «bixeviorizm» («Xulq psixologiyasi») deb ataladi.
Organizmning turli-tuman harakatlarini va umuman hayvonlar hamda inson xulqini keltirib chiqaradigan sabablar nimadan iborat degan sa-
volning tug'ilishi tabiiydir.
Biz odatda, organizmning harakatlari — mimika, imo-ishoralar, nutq ichki ruhiy kechirishlarning faqatgina tashqi zohiri deb bilamiz. An’anaviy — ratsionalistik va empirik —psixologiya ham bizning harakatlarimizning ko'pchiligi ichki psixik kechiriklaming faqat tashqi ifodasidir, deb ta’kidlagan.
Lekin bixevioristlar inson xulqining bunday tushuntirishini ilmiy emas deb rad qildilar. Ularning da’vosiga ko'ra, fizik va qonuniyatlariga bo'ysuninaydigan fiziologik jarayonlar inson xulqiga ta’sir qiladigan va uni boshqaradigan hech qanday alohida psixik faoliyat yoki ong faoliya
tining bo'lishi mumkin emas.
Psixika va ong haqida Uotson: «Agar bixeviorizm fanda qandaydir ko'zga ko'rinarli o'rin olinishini xohlasa (loaqal aniq, obyektiv metod sifatida bo'lsa ham), u «ong» tushunchasini mutlaqo rad qilmog'i kerak. Ong va uning
tarkibiy elementlari — bulaming barisi quruq gapdan iborat» deb aytgan.
Shuning bilan birga bixevioristlar psixologiyaning oddiy terminologi- yasini ham uloqtirib tashlaydilar. O'sha Uotsonning o'zi yana shunday deydi: «sezgi, idrok, diqqat, iroda, xayol kabi tushunchalardan, biror kimsa to'liq tushungan holda foydalana olishini men mutlaqo bilmayman va unga ishonmayman ham».
Hayvon va insonning har bir harakati tashqi qo'zg'ovchilarning ta’siri tufayli ro'y beradi. Inson va hayvonning xatti-harakatlari tashqi ta'sirotlarga berilgan reaksiyalardir, xolos. Bu reaksiyalar tug'ma va turmush jarayonida hosil qilingan bo'lishi mumkin. Tug'ma reaksiyalarga reflektor harakatlar (instinktlar) kiradi. Hosil qilingan reaksiyalarga esa har xil malakalar kiradi. Masalan, barcha irodaviy harakatlar nutq va boshqa murakkab xulq shakllari shunday harakatlardir.
Bixeviorizmning asoschisi Tomdayk kuzatish metodi va maxsus eks- perimentlar o'tkazish bilan hayvonlarda (asosan, kalamushlarda) malaka hosil qilish jarayonini o'rgangan. Torndayk hayvonlar psixikasini o'rganishdagi xuddi shu obyektiv metodlarni inson psixik havotini o'rganishga ham ko'chirish (latbiq qilish) mumkin deb hisobladi. Inson xulqi reaksivnlar yig'indisi sifatida bitta emas, balki butun bir qo'zg'ovchilar sistemasi bilan vujudga keltiriladi. Organizmning javob harakatlari yig'indisini (xulqini) ro'yobga chiqaruvchi barcha qo'zg'ovchilarning murakkab yig'indisi bixevioristlar situatsiya (tashqi sharoit) deb ataydilar.
Bixeviorizm nuqtayi nazaridan, inson xulqi ong faoliyati bilan emas, balki tashqi qo'zg'ovchilarning yig'indisini bo'lgan situatsiya bilan belgilanadi. Iisonning psixik hayoti butunlay organizm reaksiyalarining yig'indisiga tenglashtirib qo'yiladi. Psixik hodisalar, psixik jarayonlar tushunchalari o'miga ham an’anaviy psixologik tushunchalar hisoblan-
gan sezgi, idrok, iroda, xayol, tafakkur kabi tushunchalar o'miga ham har xil nom olgan reaksiyalar ishlatiladi.
Bixeviorizmning nuqtayi nazaricha, psixologiyaning vazifasi, awalo, organizm har xil qo'zg'ovchilarni qabul qilib olishga xizmat qiluvchi va shu qo'zg'ovchiga javob beruvchi apparat va mexanizmlami o'rganishdan iboratdir. Shuning bilan birga, psixologiya muayyan reaksiya tashqi muhitning inson organizmiga ta’sir qilib turgan qanday predmet va hodisalari bilan ro'yobga chiqarilishini ham o'rganmog'i kerak. Binobarin, psixologiya inson reaksiyalarini faqat tasvirlabgina qolmasdan, balki qo'zg'ovchi bilan organizmning javob harakati o'rtasidagi qonuniy bog'lanish va munosabatlarni ham qidirib topishi va aniqlashi, xulqning situatsiyaga bog'liqligini belgilab berishi lozim. Bixevioristlaming fikricha, tashqi qo'zg'ovchi bilan inson xulqi o'rtasida qonuniy, faqat mexanik bog'lanish bor: qo'zg'ovchi (situatsiya) qanchalik kuchli va murakkab bo'lsa, reaksiya (xulq) shunchalik kuchli va murakkab bo'ladi va aksin
cha, qo'zg'ovchi (situatsiya) qanchalik kuchsiz va oddiy bo'lsa, reaksiya (xulq) shunchalik kuchsiz va oddiy bo'ladi. Demak, bixeviorizmning asosiy qoidalaridan biri shuki, inson xulqi hamma vaqt muhit bilan qat’iy mu-
vozanatda bo'ladi.
Bixevioristlaming ta’limotiga ko'ra, inson shaxsi faqat organizm yoki aniqroq qilib aytganda, eng murakkab mashina bo'lib, u o'zining barcha (elementar yoki murakkab) harakatlari bilan muhitning shart-sharoitlari va o'z organizmining strukturasi bilan qonuniy ravishda belgilangan (determinlangan)dir.
Insonning butun faoliyati, uning butun xulqi harakatlardan iborat bo'lgan fizik, mexanik jarayon deb qaraladi: insonning psixik hayoti nerv sistemasida, mushak va ichki sekretsiya bezlarida ro'y beradigan harakat
va o'zgarishlarga tenglashtirib qo'yiladi.
Shuning uchun ham, agar empirik (subyektiv) psixologiya ruhning o'zini o'rganishdan voz kechganligi sababli uni ba’zan «ruhsiz psixologiya» deb atagan bo'lsalar, obyektiv psixologiyani esa «Psixikasiz psixologiya» deb atadilar.
Bixevioristlaming fikricha, psixologiya ham nazariy fan sifatida fizika singari, aniq fan bo'lmog'i kerak. Texnika sohasida fizika qanchalik ahamiyatga ega bo'lsa, ijtimoiy tuzum sohasida psixologiya ham shunchalik ahamiyatga ega bo‘lmog‘i kerak. Uotsonning fikricha, psixologiyaning oldiga shaxs va muhitni shunday tashkil qilish vazifasi qo‘yilmog‘i kerakki, bu bilan jamiyatda oqilona va baxtli hayot kechirish uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratilgan bo'Isin».
Bixeviorizm nuqtayi nazaricha, xususan psixologiyaning oxirgi vazifalari insonning yoki butun bir jamiyat (sinf) ning zaruriy xulqini tashkil qilishdan iboratdir. Psixologiya u yoki bu odam, butun bir jamiyat har qanday sharoitlarda ham qanday xatti-harakat qilishini oldindan mumkin qadar aniq va ilmiy jihatdan asoslab aytib bermog'i kerak.
Bixeviorizm nuqtayi nazaricha, ta’lim va tarbiya tarbiyalanuvchilar va o'quvchilar ongiga tarbiyachi yoki o'qituvchi tomonidan ta’sir qilishdan emas, balki tegishli situatsiya (sharoit) tashkil qilishdan iboratdir.
Bu situatsiya (qo'zg'ovchilar va stimullar yig'indisi) orgahizmga bevosita ta’sir qilib, inson xulqini kerakli yo'nalishda shakllantirmog'i kerak. Ta’lim va tarbiya jarayonining o'zi esa, kerakli malakalar (ichki va tashqi harakatlar) hosil qilishga tenglashtirib qo'yiladi, boshqacha qilib aytganda, ta’lim va tarbiya jarayoni pressirovkadan iborat qilib qo'yiladi.
R E FLE K S O LO G IY A
Amerika bixeviorizmi bilan deyarli bir vaqtda Rossiyada ham psixologiyada alohida obyektiv yo'nalish paydo bo'lib, uning tashkilotchisi professor V.M. Bexterev (1857—1927) edi.
Bexterov ham, bixevioristlar singari, o'z-o'zini kuzatish metodini va empirik psixologiyani subyektiv hamda ilmiy emas, deb qattiq tanqid qildi. U ilmiy psixologiya tashqi kuzatish va eksperimentga asoslanmog'i kerak, deb hisobladi. Sirtdan turib psixika — ongni kuzatish mumkin bo'Imaganligi uchun, psixologiya oddiy (tug'ma) va murakkab (hosil qilingan) reflekslarga asoslangan tashqi reaksiyalarni o'rganmog'i kerak. Bu nomlar Pavlovcha shartsiz va shartli reflekslarga to'g'ri keladi.
V.M. Bexterov o'z ta’limotini obyektiv psixologiya deb, keyinchalik esa refleksologiya deb atadi. Bexterov inson shaxsining barcha murakkab harakatlarini mashinaga o'xshagan mexanik faoliyat, reflekslar zanjiri va qo'shilishi deb hisoblaydi. Masalan, Bexterovning fikricha, inson ongining ijod singari murakkab harakatlari ham ma’lum bir maqsadni ko'zlagan, bir-birlari bilan ulangan reflekslar yig'indisidir, maqsad esa o'zining o'tmishdagi tajribasidan yoki boshqalarning tajribasidan olinadi. Bixevio- rizmdagi singari, refleksologiyada ham, hissiyot, diqqat, xotira, tafakkur, iroda kabi barcha an’anaviy psixologik tushunchalar shartsiz (sodda) reflekslar va shartli (murakkab) reflekslar haqidagi, markazlashish, reproduktiv, oriyentirovka reflekslari haqidagi, nutq reflekslari haqidagi ta’limotlar bilan almashtiriladi. Psixologik terminlar biologiya, fizika va mexanika sohasidagi terminlar bilan almashtirilgan edi, masalan, irradiatsiya. konsentratsi- ya, differensiatsiya, tormozlanish, tormozlanishning yozilishi va boshqalar.
Bexterovning psixik faoliyati haqidagi ta’limoti, aslida, Amerika bi- xevioristlarining ta’limotini takrorlagan edi.
VYU R SB U R G M A K TA B I P S IX O LO G IY A S I
XX asming boshlarida Germaniyada Vyursburg maktab psixologiyasi deb atalgan alohida yo'nalish paydo bo'ldi. Bu yo‘nalishning vakillari O. Kyulpe (1862-1915), K. Byuller (1879-1922), A. iMesser (1837-1937), Ax Nartsis (1871-1946) va boshqalardir.
Ular assotsiativ psixologiyani tanqid qilib chiqdilar va tekshiriluvchi- larning o'z-o'zini kuzatishlariga asoslangan maxsus eksperimentlar o'tkazish yo'li bilan, yuksak psixik jarayonlarni, asosan, tafakkurni sodda psixik elementlarga sezgilar va tasawurlarga bo'lib qo'yish bu murakkab psixik
jarayonlarni shu elementlardan tarkib topadilar, deb ta’lim berish mumkin emasligini isbotlashga intildilar. Bu eksperimentlamingtashabbuskorlari
va uyushtiruvchilari boMgan Kyulpe, Messer, Byuller hamda boshqalar psixologik eksperimentlarini o'zlari ustida sinab ko'rganlar.
Ular o'z eksperimentlarining yakunlarini analiz qilib, tafakkur yuritish aniq o'lchash mumkin bo'lgan vaqtni talab qiladi, deb ta’kidlashga intildilar. Biroq, tafakkur jarayonining mazmunini esa «ilintirib olish» ham mumkin emas ekan, bu jarayonning tarkibidagi sezgilarni, tasawurlami, so'zlarni va boshqa yaqqol elementlarni «ilintirib olish» mumkin emas ekan. Tafakkur ham, sezgi singari, birlamchi hodisa ekan: u o'z tabiatiga ega bo'lib, tajribaga bog'liq emas, degan xulosaga keldilar.
Vyursburg maktabining vakillari tafakkur funksiyasining birlamchiligi va o'ziga xosligi haqidagi ta’limoti bilan, tafakkur ruhning alohida qobiliya- tidir, degan tafakkur hukmidagi sxolastik ta’limotni, ruhni alohida moddiy boMmagan mohiyatdir, deb ta’riflovchi metafizik ta’limotni faqat boshqa iboralar bilan ifodalagan holda qaytadan takrorladilar, xolos.
Vyursburg maktabining xulosalari psixologiyadagi o'ta ketgan idealizm- ning vakillari, xususan, professor Chelpanov tomonidan yuqori baholan- di. Chelpanov bu xulosalardan insonda moddiy boMmagan alohida sub
stansiya sifatidagi ruhning borligini isbotlovchi eng kuchli dalillardan biri sifatida foydalandi.
Vyursburg maktabi psixologlarining asarlari va ulaming tafakkurning mohiyati haqidagi xulosalari chet el psixologiyasida, ayniqsa, sovet psi-
xologiyasida qattiq tanqid qilindi. Vyursburg maktabi psixologlarining asarlari psixologiyada idealizmni mustahkamlashga qaratilgan muvafTaqiyatsiz urinishlardan biridir.
Vyursburg maktabi psixologlari qarashlarining ilmiy jihatdan asossizligi, bixevioristlar va refleksologlaming qarashlari singari, sovet psixologlarining tanqidiy asarlarida to'la-to'kis isbotlangan.
Nazariyotchilar hayvon psixikasi va inson ongining genetik birligi hamda sifat jihatidan farqi haqidagi, inson ongining mehnatda paydo bo'lganligi va tarixiy taraqqiyoti haqidagi ta’limotni asoslab berib, psixika va ongni tushunishdagi idealistik va mexanistik qarashlarni mukammal tanqid qilindi. Dialektik materializm namoyandalari inson ongining taraqqiyotida ijtimoiy-tarixiy hayot shakllarining ahamiyatini ko'rsatdilar va
tarixda inson ongining faolligini isbotlab berdilar.
Metafizik — psixolog ruh nima degan narsa haqida mulohaza yurit- gan. Bunda usulning o'ziyoq behuda edi. Xususan, psixik jarayonlarni tushuntirmasdan turib, ruh haqida mulohaza yuritish mumkin emas: bu yerda progress xuddi shundan iborat bo'lmog'i kerakki, ruh nima, degan masalalar haqidagi umumiy nazariya va falsafiy uydirmalarni uloqtirib
tashlash va ma’lum psixik jarayonlarni xarakterlaydigan faktlarni o'rganishni ilmiy zamirida ko'ra bilishga erishishdir.
XX ASR P S IX O LO G IY A S I.
P S IX O LO G IY A N IN G ID E A L IZ M VA
M E X A N IS T IK M A T E R IA L IZ M G A Q A R S H I K U R A S H I
XX asrning dastlabki yillarida psixologiya sohasida to'plangan meros- ni qayta ko'rib chiqish hamda uni haqiqiy ilmiy psixologiya asosida qayta qurish haqidagi masala muhim muammolardan biri edi. Psixologlar oldida shu vaqtga qadar psixologiyada hukm surib kelgan idealistik, empirik psixologiyani har tomonlama qayta ko'rib chiqish vazifasi turar edi.
Empirik psixologiyani tanqid qilish yana shuning uchun ham taqozo qilinar ediki, uning va umuman idealistik falsafaning tarafdorlari o'z pozitsiyalaridan birdaniga voz kechmadilar. Masalan, professor Chelpanov o'zining maqolalarida empirik psixologiya materializmga zid emas deb ko'rsatishga urindi. O'sha vaqtlarda psixologiyadagi mexanistik oqim bo'lgan bixeviorizm va refleksologiyaga ham qarshi kurash zarur bo'lib qoldi. Revolutsiyaning dastlabki yillarida bu oqim- lar ancha keng tarqalgan edi. Refleksologiya hatto oliy o'quv yurtlar- iga o'quv fani sifatida kiritilgan edi. Biroq, u faqat 3-4 yil mobaynida
o'qitildi, xolos.
Psixologiyadagi mexanistik oqimlar bilan kurash yana shuning uchun ham dolzarb cdiki, uning vakillari o'z nazariyalarini sotsialistik jamiyat
qurish ishida katta amaliy ahamiyatga ega bo'la oladigan ta’limot, deb da’vo qildilar. Bixevioristlar hamda refleksologlar inson psixikasini faqat mexanistik ta’limotga muvofiq tushunish asosida yangi pedagogika sistemasini yaratish lozim, deb hisobladilar.
Bu psixologlaming ta’limotiga ko'ra. mehnat reaksiyalar yoki reflekslar sistemasidir. Pedagogika muhitga moslashish reaksiyalari yoki refleks- larini tarbiyalashdan iboratdir. Bunday qonun-qoidalarda biz insonning bilish va amaliy faoliyatida ong va uning turli shakllarining to'liq inkor qilinganligini ko'ramiz.
Professor K.N. Kornilov boshchiligidagi bir guruh psixologlar idealistik va mexanistik psixologiyani tanqid qilib, psixologiyani dialektik materializm asosida ko'rishga intildilar.
1923-yil psixonevrologiya fanlari bo'yicha birinchi Butun Rossiya syezdi bo'lib o'tdi. Shu syezdda idealistik psixologiyaga qarshi keskin kurash avj
oldirildi. Ayniqsa, bu kurash keyingi 1924-yilgi syezdda yana kuchaytirildi.
1924-yili prof. Komilov o'zining «Hozirgi zamon psixologiyasi va mark- sizm» nomli kitobida birinchi boiib o'z qarashlarini aniq ifoda qildi. U bu kitobida empirik psixologiyani tanqid qildi, awalo, bu psixologiyaning asosiy kamchiliklariga — inson psixik faoliyatida tashqi xulqiy momentni e’tibordan chetda qoldiri 1 ishiga, psixologiyadagi dualizm va idealizmga qarshi chiqdi. Kornilov Bexterevning refleksologiya maktabini va l.P. Pavlovning ba’zi bir o'taketgan izdoshlarini (chunki ular psixologiyani refleksologiya bilan almashtirmoqchi bo'ldilar) tanqid qilar edi, ulaming inson xulqida ongining roliga yetarli baho bermaganliklarini, shuningdek, psixika - ongga nisbatan qarashlaridagi mexanizmni fosh qilib tashladi.
Mustaqil fan sifatida psixologiya uchun bixeviorizm va refleksologiyaga qarshi kurashda Moskva, Leningrad oliy o'quv yurtlari va boshqa tad
qiqot muassasalarining psixologlari faol ishtirok etdilar. Mexanistik qa- rashlarning yaroqsizligini ko'rsatuvchi asarlar nashr qilindi.
Psixologiyadagi mexanistik oqimlarga qarshi kurashda psixologiyaning predmeti - ong haqidagi masala katta o'rin egalladi.
Bixeviorizm tarafdorlari, Bexterev va uning izdoshlari, refleksologlar ong masalasini o'rganishni e’tibordan chetda tutgan psixologiyani vujudga keltirish mumkin, deb hisobladilar.
Bu qarashlarga qarama-qarshi oiaroq, professor Kornilov rahbarli- gidagi psixologlar psixologiya predmeti faqat xulqning tashqi alomatla- rinigina emas, balki shuning bilan birga insonning subyektiv kechirik- larini ham o'rganishdan iborat bo'lmog'i kerak, deb hisobladilar.
Ongning psixologlar tomonidan o'rganilishi mumkin va zarur ekanli- giga, ayniqsa, L.S.Vigotskiy qat’iy rioya qildi.
Psixologiya sohasida ikki frontga, ya’ni empirik psixologiyaning subyektivizm va idealizmga qarshi, bixevioristlar va refleksologlaming mexa- nizmga qarshi olib borgan kurashi faqatgina psixologiyaga emas, balki fal- safaga ham taalluqli edi. Bu kurashning yakunlari quyidagilarda ifodalandi.
Empirik psixologiya o'zining oldingi mavqeini yo'qotdi, u o'qitish predmet sifatida uzil-kesil siqib chiqarilgan edi. Refleksologiya vakillari o'z nuqtayi nazarlarini yanada qattiq turib himoya qildilar. Lekin ular ham tanqid ta’sirida o'zlarining xatolarini tan olishga majbur bo'ldilar. Bu jihatdan, ayniqsa, falsafiy munozaralar (1927—929) katta natijalar berdi, munozaralar falsafa frontida mexanitsistlaming batamom tor-mor bo'lishi bilan tugadi.
Bexterev (u vaqtda o'zi mahrum edi) shogirdlaridan bir guruhi «Ref- leksologiyami yoki psixologiyami» va «Refleksologiya va uning yondosh fanlariga munosabati» degan ikkita broshyura chiqardilar. Bu broshyuralarda ular o'zlarining oldingi fikrlarining yanglish ekanligini e’tirof etdilar. Ular
o'z xatolarini, refleksologiya hali inson xulqini to'la-to'kis holiga, ya’ni uni qiliqlari va xatti-harakatlarida olib mukammal tekshirish darajasiga ko'tarilganicha yo'q, degan bahona bilan izohladilar. Ular psixikaning realligini esa uni o'rganishning zarurligini e’tirof etdilar. 1930-1931-yil- larda refleksologiya aslida tugatilgan edi.
R E A K TO LO G IK P S IX O L O G IY A
Komilovchi psixologlar guruhining ishlari faqat empirik va subyektiv psixologiyani tanqid qilish bilangina cheklanib qolmadi. Tanqid jarayonida yangi psixologiya sistemasini tuzish bo'yicha ham ishlar olib borildi. Bu psixologlar- ning aytishicha, yangi psixologiya sistemasi marksistik fan bo'lishi kerak edi.
Lekin bu faqat niyat edi, xolos. Aslida esa Kornilov psixologiya pred- metini tushunishning o'zida bixevioristlar va refleksologlar bergan ta’rifga
asoslangan edi.
Kornilov ta’limoti nuqtayi nazaricha, psixologiyaning predmeti inson xulqini to'la-to'kis holicha, ya’ni uning qiliqlari va xatti-harakatlarini o'rganishdir. Muayyan muhitdagi organizmning reaksiyalari xulqning alohida elementlari deb hisoblandi.
Xulqning elementlari bo'lgan reaksiyalar haqidagi ta’limot Kornilov maktabi psixologiyasida markaziy o'rinni egallardi. «Biz psixologiyada nimani o'rganmaylik,— deb yozgan edi Kornilov,— tub aslida reaksiyani 0‘rganamiz, chunki reaksiya xulqimizning barcha eng murakkab, yuksak va nozik shakllaridan iboratdir. Yangi psixologiya bitta metodni, bu ham bo'lsa, reaktologik metodni biladi». Lekin xulq va reaksiya tushunchasi Komilovda bixevioristlar va refleksologlarga qaraganda, boshqacha tu- shuntiriladi, jumladan xulq va reaksiya tushunchalarining mazmuniga nerv- fiziologik va mushak harakatlaridan tashqari, yana psixik moment, ong momenti ham kiritilgan edi. Lekin Kornilov psixika va ongni reaksiyada ishtirok etadigan va uning organizmning tashqi muhitga nisbatan javob harakati bilan birgalikda ro'y beradigan passiv bir narsa debgina tushundi.
Psixik moment esa faqat inson kechirmalaridagi reaksiyalaming subyektiv ifodasi deb tushunildi, xolos.
Kornilov reaksiya tushunchasiga psixik, ongli momentlami kiritar ekan, buning bilan u go'yoki subyektiv empirik psixologiyaning bir tomonlama- ligini bartaraf qilmoqchi bo'ladi. Komilovning fikricha, psixologiyani shunday tushunilsa, «inson xulqidagi obyektiv va subyektiv hodisalaming or
ganik sintezi» kelib chiqadi.
1926-yili professor Kornilov o'z psixik nazariyasining namunasi sifatida «Psixologiya darsligini chiqardi. Keyingi yillarda bu darslik (1931-yil- gacha) mayda o'zgartirishlar bilan bir necha marta nashr qilindi.
Aslida bu «psixologiya darsligi»da psixologiyaga doir hech narsa yo'q edi. Psixika haqidagi masala faqatgina bosh qismida, u ham bo'lsa reaksi-
yaning tarkibiy momenti sifatida eslatilib o'tilar edi. Psixologiya xulq haqidagi fan sifatida talqin qilinar edi. Xulq organizm reaksiyalarining yig'indisi deb tushunilar edi. Butun psixologiya sistemasi tug'ma va hosil qilingan, oddiy va murakkab reaksiyalarni bayon qilishdan iborat qilib qo'yilgan edi, aslida esa bu darslikda bixevioristik va refleksologlar ta’limoti qisqacha bayon qilingan edi, xolos (shuning uchun ham bu darslik keyin
chalik «reaktologiya darsligi» deb atalgan edi).
Shu narsani ta’kidlash kerakki, o'sha vaqtlarda, bixevioristlar va reflek- sologlarning siquvi ostida psixologiyani xulq haqidagi fandir, deb ta’riflash keng tarqalgan edi.
Agar 1923 va 1924-yillardagi syezdlar psixonevrologiya fanlari sohasidagi syezdlar deb atalgan bo'lsa, 1930-yildagi psixologiya syezdi esa, inson
xulqini o'rganish masalalariga bag'ishlangan syezd edi.
P S IX O LO G IY A D A E R IS H IL G A N Y U T U Q LA R
Inson xulqini o'rganish bo'yicha chaqirilgan Butunittifoq syezdi psixologiya taraqqiyoti birinchi bosqichining yakuni bo'ldi. Biroq, syezd- ning yakunlari o'sha davr psixologiyasini ko'rish sohasida hamma narsa
o'z o'rnida emasligini ko'rsatdi. Xususan, insonning butun psixik faoliyatini reaksiyalarga tenglashtirib qo'yishga bo'lgan urinishlar ochiqdan ochiq ko'rinib turardi, bu esa psixologiyani amalda reaktologiyaga aylantirib qo'yardi, bu reaktologiyani marksistik psixologiyaning aniq gavdalanishi
deb aytishga, demak, marksistik psixologiyani empirik (subyektiv) va obyektiv psixologiyani, ya’ni bixeviorizm bilan refleksologiyaning «sintezi» deb tushuntirishga urinishlaridan oydin dalolat berar edi.
Syezddan keyin, ko'p o'tmasdan, (1929 — 1931-yilgacha) bulaming hammasi psixologiya fani sohasidagi metodologiya munozaraning kucha- yishiga olib keldi.
Psixologiya sohasidagi munozaralar falsafiy (umumetodologik) frontdagi kurashning aniq ifodasi bo‘ldi. Falsafadagi munozara mexanizmni anti- marksistik oqim deb qoraladi. Bu metodologik munozara fanning boshqa sohalariga, ya’ni siyosiy iqtisod, adabiyotshunoslik, tabiatshunoslik kabi- larga ham tarqaldi.
Diskussiya, bizning psixologiyamizda bir qancha juda qo'pol metodologik og'machilik va buzg‘unchiliklarning mavjudligini ochib berdi. Masalan, psixologiya sohasida mexanistik qarashlar yo‘li bilan sinfiy — dushman boMgan ta’simi kuchaytirishga urinish borligi aniqlandi. Idealistik naza- riyalar bilan chirmashib ketgan bu og'machilik va mexanistik qarashlar
o'sha vaqtda chinakam dialektik-marksistik qarashlar deb targMb qilinardi.
Shuningdek, munozara, refleksologiya va reaktologik psixologiya asosida o‘sha davr pedagogika sistemasini ko'rish mumkin emasligini, yangi jamiyat qurayotgan kishilami qaysi usullar bilan, qanday yo‘na!ishda tarbiyalash va qayta tarbiyalash mumkin, degan masalani hal qilish mumkin emasligini ko'rsatdi.
Refleksologiya va reaktologiya asosida faqat hayvonlarni dressirovka qilish (o'rgatish) usullari haqidagina gapirish mumkin.
Munozara jarayonida bizda burjua idealistik psixologiyasining turli oqimlari, chunonchi: V. Shtem personalizmi, struktura psixologiya, frey- dizm boshqa-boshqa oqim tarqalganligi aniqlandi.
Bu oqimlarning hammasi bizda tanqidiy asosda ko'rib chiqilmasdan qabul qilinib, sotsialistik qurilish vazifalariga toMiq javob beradigan ilmiy nazariyalar deb taqdim qilinardi. Masalan, struktura,— Geshtalt — psixologiya asosida ta’limning «kompleks sistemasi», savod o'rgatishda butun so'zlar metodi kabi mutlaqo yaroqsiz va zararli metodlar ishlab chiqildi. Psixotexnikani, ya’ni mehnatni o'sha zamon talabi asosida uyushtirish amaliyotini Shtern psixologiyasiga binoan rivojlantirmoqchi bo'ldilar. Ular pedagogika va psixiotriyani freydizm psixologiyasiga tayangan holda asoslashga intildilar.
30-yil ideologik frontda yanada avjiga chiqqan sinfiy kurashning kuchaygan davri edi, o'sha vaqtda bu sohada yangidan yangi yo'llar qidirila boshladi.
O'sha vaqtda yangi psixologiya uchun kurashga boshchilik qilgan professor Kornilov, garchand xatolarga yo'l qo'ygan bo'lsa ham, uning tarixiy xizmatlari shundan iborat ediki, bixevioristlar va refleksologlaming avjiga chiqqan siqig'i ostida kurash olib bordi va psixologiya fanining mustaqilligini himoya qilib qola oldi.
Munozaralaming eng muhim yakuni haqiqatan ham ilmiy psixologiyani yaratish vazifasi edi. Munozaralar shu narsani ko'rsatdiki, buning uchun o'sha davr metodologik merosini, psixologiya sohasiga bevosita daxldor bo'lgan ta’limotini puxta o'rganish va egallab olmoqlari kerak edi, ik- kinchidan, psixologlar psixologiya sohasidagi barcha tarixiy meros va yutuqlami o'rganish bilan shug‘ullanishlari va bu yutuqlarni tanqidiy o'zlashtirib olishlari kerak edi va uchinchidan, o‘tmishda erishilgan yutuq- larga asoslanib turib, ilmiy psixologiya muammolarini ishlab chiqishni ilgari surmoqlari kerak edi.
Munozara natijasida o‘sha davr psixologiyasida haqiqatan ham qayta kurash ishlari boshlandi. Psixologiyaning metodologik va asosiy muam- molari bo‘yicha asarlar yozildi, bir qancha buijua psixologiyasi nazariyalari tanqidiy ravishda yoritildi. Bir qancha eksperimental ishlar qilinib, ularda psixik jarayonlar sifat jihatidan o'ziga xos hodisalar deb tushunildi, ular organizmning reflekslari va reaksiyalariga tenglashtirib qo'yilmadi.
Ikkita o‘quv qo'llanmasi munozaralardan keyin psixologiyaning qayta ko'rilganligini ko'rsatuvchi yaqqol dalil edi. Bulardan birini professor Kornilov («Psixologiya» 1-nashri 1934va2-nashri 1935-yillarda) ikkinchisini esa professor S. L. Rubinshteyn («Основы общей психологии», 1935-yil) tuzgan edi.
Bu asarlarda psixologiya masalalari munozaralaigacha bo'lgandan boshqa- charoq talqin qilindi. Xususan, professor Kornilov, bu kitobida psixologiya predmetini tushunishni keskin o'zgartirdi, ayrim psixik jarayonlar esa endi organizm reaksiyalarining kombinatsiyasi deb talqin qilinmaydi. Bu psixologiyada emotsiyalar, iroda va xarakter psixologiyasiga ham o‘rin beriladi.
30-yillarda psixologlar psixikani eksperimental o'rganish yuzasidan ko‘p maxsus laboratoriya va xonalar tashkil qildilar. Bunday laboratoriya- lar faqat markaziy shaharlar (Moskva, Leningrad)dagina emas, balki olis
viloyatlar hamda milliy respublikalar, shaharlarida ham tashkil qilindi.
Shu davrda O'zbekistonda ham eksperimental laboratoriya va xonalar tashkil qilina boshladi. Toshkentda O'rta Osiyo Davlat universiteti huzurida, O'rta Osiyo Kommunistik universiteti, temir yo'l transporti boshqar- masida va Magnat instituti huzurida laboratoriyalar tashkil qilingan. Samar-
qand shahridagi o'zbek pedinstitutida ham boy jihozlangan laboratoriya tashkil qilingan edi.
Bu davrda professor Lazurskiy kashf etgan juda foydali tabiiy eksperi- mentni qo'llab, bolalar psixologiyasi va eksperimental psixologiya sohasida ko'plab eksperimental tadqiqotlar o'tkazdilar.
Ayrim psixik jarayonlar va ulaming funksiyalarini o'rganish sohasida ham bir qancha ishlar qilindi. Masalan, V.A. Artemovning idrok sohasi
dagi, Ye.A. Ribnikov va A.N. Leontevlarning xotira sohasidagi, L.S. Vigot-
skiyning tafakkur sohasidagi tadqiqotlari va boshqalar shular jumlasidandir.
Mehnat psixologiyasi sohasida ham juda ko'p ishlar qilindi. Ular faqat xona va laboratoriyalardangina emas, balki bevosita ishlab chiqarishning o'zida, zavod, fabrikalarda, shu jumladan, O'zbekiston paxta dalalarida ham o'tkazildi.
Bu davrda hayvonlar psixikasini o'rganish sohasidagi ishlar ham kuchli sur’atda avj oldirildi. Bu jihatdan Ladngina Kot Voytonis va boshqalarning ishlari, ayniqsa, qimmatlidir.
Shu yillari psixologiyaning deyarli hamma sohalarini: psixika, psixika va ong taraqqiyoti haqidagi, sezgi, idrok, xotira kabilar haqidagi ta’limotlarni qamrab oluvchi bir qancha katta asarlar nashr qilindi. Bulardan eng muhimlari quyidagilardir: «Psixologiya», prof. K.N. Kornilov, B.M. Teplov va L.M. Shvartslar tahriridagi jamoa asar; prof. S.L. Rubinshteyn «Основы общей психологии»; «Психология», Kostyuk tahriri- da (ukrain tilida), «Общая психология» D. N. Uznadze (gruzin tilida).
Shu narsani ta’kidlamoq kerakki, bu asarlarning ko‘pchilik qismi o‘sha davr psixologlarining tadqiqotlari materiallari asosida yozilgan. Urushgacha davrda o‘sha davr psixologiyasi manzarasi mana shundan iborat edi.
1950—1965-YILLA R D A P S IX O LO G IY A M A SA LA LA R I
Psixik jarayonlarning fiziologik asoslari haqidagi masala
1950-yillarda psixologiya fanining rivojlanishida l.P. Pavlovning fiziologiya sohasida olib borgan ilmiy tekshirishlariga katta e’tibor berildi. Chinki psixik jarayon va xususiyatalarni ilmiy jihatdan o'rganish, uning fiziologik mexanizmini o'rganishni taqozo qilaredi. Bu o'rinda l.P. Pavlovning oliy nerv faoliyati, uning xususiyat va qonuniyatlari haqidagi ta’limoti muhim ahamiyatga ega edi. Lekin bu davrda Pavlov ta’limotini ba’zi fiziolog va psixologlar mexanistik ta’limot deb hisoblar edilar. Ha- qiqatdan ham Pavlovning ba’zi shogirdlari va izdoshlari mexanistik qa- rashlarga berilib, psixik hodisalami fiziologik hodisalardan iborat deb,
psixologiyani oliy nerv faoliyati fiziologiyasiga tenglashtirib qo'ydilar. Bunday qarashlar izlanishlari olamshumul ahamiyatga ega boMgan psixologlar tomonidan tanqid qilindi va qoralandi.
l.P. Pavlov psixik hodisalaming, jarayon va xususiyatlarning nerv-
fiziologik mexanizmi oliy nerv faoliyati bilan bogMiqligini asoslab berdi.
0 ‘sha vaqtlarda butunittifoq Faniar Akademiyasi va Tibbiyot (medit- sina) Faniar Akademiyasi sessiyalarida Pavlovning oliy nerv faoliyati haqidagi ta’limotini psixologiyaga tatbiq etish masalasi ilgari surildi va uni psixologik hodisalami ilmiy jihatdan tushunishdagi ahamiyati yoritib berildi.
Ayniqsa, Pavlovning bosh miya po'stida yangi muvaqqat nerv bogManishlarining hosil boMishi haqidagi ta’limoti, qo'zg'alish va tormozlanish qonuniyatlari haqidagi ta’limoti psixologiya uchun juda samarali bo'ldi. Pavlovning inson bosh miyasi po‘sti faoliyatidagi ikki signal sistemasi haqidagi ta’limoti ham qimmatlidir. Bu ta’limot inson ongining
tafakkur va nutq singari yuksak shakllarining nerv fiziologik mexanizmlarini aniqlash imkoniyatini beradi. l.P. Pavlovning oliy nerv faoliyatining tiplari haqidagi ta’limoti temperamentning nerv-fiziologik asoslarini,
uning muhit va tarbiya ta’siri tufayli o'zgaruvchanligini aniqlash imkoni
yatini berdi.
Psixologiyaning metodlari haqidagi masala, xususan o‘z-o‘zini kuzatish metodi haqidagi masala, psixologiyada metodning obyektivligini qanday tushunmoq kerakligi haqidagi masala juda ham keskin qo‘yildi. Metodning obyektivligini faqat tashqi kuzatish, tashqi eksperiment debgina tus- hunmaslik kerak, aksincha bu yana bixeviorizm va refleksologiyaga olib keladi.
Ikki Akademiyaning Pavlov fiziologiyasiga bag'ishlangan sessiyasidan keyin har xil psixik hodisalaming nerv-fiziologik mexanizmlarini o'rganish bo'yicha ko'plab maxsus tadqiqotlar o'tkazildi. Bu ishlar Moskva va Leningrad akademiyasining psixologiya institutida, Pedagogika Fanlari akade- miyasining psixologiya institutida, shuningdek, boshqa shaharlardagi oliy o'quv yurtlarining ba’zi bir kafedralarida va laboratoriyalarida o'tkazildi. Psixologiyani Pavlovning oliy nerv faoliyati haqidagi ta’limoti asosida qayta tashkil qilish V.A. Artemov, T.P. Yegorov, A.V. Zaporojets, P.I. Ivanovlarning psixologiyadan o'quv qo'llanmalarida ham o'z aksini topgan. Mana shularga binoan o'rta va oliy o'quv yurtlarida psixologiyani o'qitish ishlari ham qayta tashkil qilina boshladi.
1962-yili Faniar Akademiyasining huzurida oliy nerv faoliyati va psixologiyaning falsafiy masalalari bo'yicha Butun Ittifoq kengashi o'tkazildi. Bu kengashda l.P. Pavlov ta’limoti psixik jarayonlarning nerv-fiziologik asosi ekanligi yana bir marta asosli ravishda tasdiqlandi va uning tadqiqotlari yuksak darajada tashkil topgan materiyaning — miyaning mahsuli bo'lgan psixika haqidagi ta’limotni tasdiqladi.
Keyingi yillarda fiziologlar tomonidan inson psixikasidagi ayrim hodi- salarni tushuntirish uchun katta ahamiyatga ega boMgan ishlar qilindi. Masalan, akad. P.K. Anoxin 1932-yildayoq boshlagan teskari afferentat- siya (teskari bog'lanish) ning ahamiyatini aniqladi.
Reflektor jarayonlar organizmning faqat javob harakati bilangina tu- gallanib qolmas ekan. Organizmning har bir javob harakati miya po'stiga markazga intiluvchi teskari (afferent) impuls yuborib turadi, bu impuls
javob harakatning natijasidan miya po'stiga signal berib turar ekan. Shu refleksning strukturasi yoy shaklida emas, balki halqa shaklida ekan. deb hisoblashga asos beradi. Demak, refleksning teskari bog'lanishni amalga oshiradigan yana 4-qismi (orqaga qaytaruvchi krani) ham bor ekan. Teskari afferentatsiya haqidagi bu ta’limot «oldindan aks ettirish» (javob harakatni maqsadga muvofiq qilishni bilish) deb atalgan hodisaga bogMangan tekshirishlar o'tkazishga imkoniyat berdi. Anoxinning shu tadqiqoti maqsadga muvofiq yo'naltirilgan xatti-harakatlarning fiziologik asosini
ochib beradi.
Bir qancha psixik hodisalami tushuntirish uchun Bemshteynning organizmning biologik faolligi masalasi sohasidagi tekshirishlari muhim ahamiyatga egadir. Bu tekshirishlaming ma’lumotlariga qaraganda or
ganizm muhitga moslashmaydi, balki shu muhitda paydo boMgan to'siqlami bartaraf qilishga «tirishadi» maqsadga erishmoq uchun kurashadi.
A.R. Nuriyaning bosh miya po'stida psixik funksiyalarning lokalizat- siyalashuvi haqidagi ishlari psixik faoliyatning fiziologik asoslarini tekshirishga qo'shilgan qimmatli hissadir.
Psixologlarining tekshirishlarida shaxs va shaxsning yoshga qarab rivojlanishi masalalari katta o'rin egallaydi. 1956-yili (may-iyun) Leningradda shaxs psixologiyasi bo'yicha Butun Ittifoq kengashi o'tkazildi. Doklad- larda kishi shaxsini tarbiyalash va shakllantirish masalalariga muhim e’tibor berildi.
Hozirgi vaqtda shaxs tushunchasini aniqlashga, uning eng muhim belgilarini: ijtimoiyligi, ongliligi, o'z-o'zini anglashni tahlil qilishga bag'ishlangan qimmatbaho asarlar oz emas. Shaxsning ehtiyojlariga xos
xususiyatlariga, uning ongli va ijodiy faolligiga, yangi jamiyat qurish davrida uning maslak, ideallari, dunyoqarashi va e’tiqodlarining yo'nalishiga katta e’tibor berilmoqda.
Shaxsning turli yoshda qanday rivojlanishi, uning individual xususiyatlari, xarakteri, qobiliyatlari hamda qiziqishlari masalasi inson psixikasi va ongi taraqqiyotiga oid umumiy muammoning muhim tarkibiy qismidir.
Psixologlar ongning individual taraqqiyotini shaxs sifatida o'sayotgan odamning barcha tomonlaridagi, barcha psixik jarayonlaridagi sifat jihatdan o'zgarishdir, deb qaraydi. Bu o’zgarish — o'sish organizmning rivojlanish qonuniyatlari va kishilarning turmush sharoitlari tufayli, ijtimoiy muhit hamda taMim-tarbiya ta’sirida ro'y beradi. Ijtimoiy muhit, ta’lim va tarbiyaning ta’siri har bir insonning rivojlanishida hal qiluvchi rol o'ynaydi. Biroq shu narsani ta’kidlamoq kerakki, bu rivojlanish rivojla- nayotgan subyekt o'zi hayot jarayonida faol ishtirok etgan taqdirdagina ahamiyatga ega boMadi.
Keyingi yillar mobaynida psixologiya va pedagogikada «Ta’lim va aqliy rivojlanish» muammosi, ayniqsa, faollashdi. Bu masalaning hal etilishi maktab- lardagi ta’lim jarayonida o'tkazilayotgan eksperimentiarga asoslanmoqda.
Rivojlanishning o'zini qanday tushunishdan qat’i nazar, tadqiqotchi- larning hammasi ta’limning hal qiluvchi roli sharoitida ta’lim va tarbiya
ning bir-biri bilan bog'lanligini e’tirof etadilar.
Psixologlar alohida psixik funksiyalar va jarayonlarni o'rganish sohasida, xususan, sezgi, idrok, xotira, tafakkur sohasida ko'p ishlar qildilar.
B.G. Ananev, A.V. Zaporojets, N.A. Leontev va boshqalar olib boradigan sezgi va idrok sohasidagi tekshirishlar asosan bu jarayonlarning retseptiv tomonlariga qaratilgan. Tekshirishlar shuni ko'rsatdiki, ko'ruv, eshituv, teri sezgilari, shuningdek, sezgi va idrokning boshqa turlari faqat markazga intiluvchi jarayonning, faqat refleks boshlang'ich zvenosininggina mahsuli emas. Ular markazdan qochuvchi jarayonlarni ham, subyektning faol- ligini aks ettiradigan qidiruv, sinov reaksiyalarini ham qamrab oladi. Bulaming barchasi alohida, perseptiv harakatlar bo'lib, ular ichki psixik jarayonlar bilan birga, tashqi, birinchi navbatda, ozmi-ko'pmi yorqin ifodalangan harakat komponentlarini ham o'ziga qamrab oladi.
Xotira sohasida xotiraning mahsuldorligi esda olib qolish faoliyatining nimaga qaratilganiga bog'liq ekanligi masalasi keng o'rganiigan. Yaxshi
esda qoldirishda qaytadan tiklash (esga tushirish) va boshqa psixik jarayonlarning roli aniqlangan. A. A. Smirnov va P. I. Zinchenkoning asarlarida esda qoldirish maxsus xildagi ichki psixik faoliyat sifatida aniqlangan. Bu faoliyatning strukturasi ochilgan, turli esda olib qolish usullarining xarak- teristika, uning tarkibiga kiruvchi har xil mnemonik harakatlarning alohida zvenolarning xarakteristikasi berilgan. Esda qoldirish jarayonida ishtirok
etadigan tafakkur jarayonlariga alohida e’tibor berilgan.
Keyinchalik psixologiya sohasidagi ilmiy ishlar faollashtirildi. 1956- yildan boshlab «Вопросы психологии» jurnalining chiqa boshlashi buning guvohidir. Psixologiya masalalari sohasidagi ko'p materiallar, shuningdek, «Семя и школа», «Дошкольное воспитание», «Начальная школа», «Психологический журнал», «Вопросы философии» jurnal- larida va boshqa davriy matbuotda bosilib chiqib turdi. Ilmiy ishlaming faollashtirilganligi, shubhasiz, 1957-yil Psixologlar Jamiyatini tuzishga
yordam berdi. Shu yillar mobaynida bizning oliy o'quv yurtlarimiz psi- xologiyadan zaruriy o'quv qo'llanmalari bilan ta’minlandi.
Bu qobiliyatlarga kiruvchi esda olib qolish qobiliyatlarida ayrim zveno- laming xarakteristikasi berilgan. Esda olib qolishda qatnashuvchi fikrlash jarayonlariga alohida e’tibor berilgan.
PSIXOLOGIYANING YAQIN ORADAGI VAZIFALARI
Psixologiya fanining ko‘p sohalarda rivojlanganligi, bu fanining barcha muhim yo'nalishlari bo‘yicha taraqqiy ettirish vazifasini qo‘ydi. Olimlar oldiga fanni xo‘jaligimiz va sanoat qurilishning barcha sohalariga joriy qilish vazifasi qo‘yildi.
Bu vazifalar o'zining nazariy va amaliy ahamiyati jihatidan keng hamda xilma-xildir.
Hozirgi vaqtda psixologiya ko‘p tarmoqlarga bo'linib, butun bir psixologik faniar sistemasini tashkil qiladi. Bu psixologik fanlarning har biri o'z obyekti, o'zining tekshirish metodlari va vazifalariga egadir. Har bir psixologiya sohasining o'zida hal qilishni talab qilib turgan jarayonlar oz emas. Psixologiyada eng dolzarb deb hisoblash mumkin bo'lgan ba’zi bir
masalalarga to'xtalib o'tamiz.
METODOLOGIYA MUAMMOLARI
Har bir fanning asosiy vazifasi uning metodologiyasini aniqlab olishdir.
Shuningdek, nazariy muammolarni ishlab chiqish amaliyot bilan bog'liq holda o'tkazilgan taqdirdagina yanada mahsuldor boiadi. Haqiqiy dalil- larga asoslangan, amaliyotda sinalgan nazariyagina haqiqiy ilmiy nazari- yadir. Kishilarning amaliy faoliyatida ko'pincha yangi faktlar, voqelik hodisalari o'rtasidagi yangi bog'lanishlar ochilib qoladi, shular tufayli nazariya yanada boyiydi, aniqlanadi va mukammallashadi.
Ayni vaqtda, psixologiyadagi amaliy vazifalaming muvaffaqiyatli hal qilinishi nazariy muammolarning qay darajada hal qilinishiga qattiq bog'liq boiadi.
Bundan buyon ham psixologiya masalalari Pavlovning oliy nerv faoliyati fiziologiyasi haqidagi taiimoti asosidagina muvaffaqiyatli hal qilinishi mumkin.
Inson miyasining tuzilishi va faoliyati sohalarini yanada o'rganishda Pavlovning shogirdlari va izdoshlari ancha yutuqlami qoiga kiritdilar. Bu yutuq
lar ko'pchilik psixik hodisalami tushuntirishda katta ahamiyatga egadir.
Tajriba ko'rsatishicha, oliy nerv sistemasiga taalluqli ko'pchilik masa- lalar ko'p hollarda psixologiya muammolarning qo'yilishi va hal qilinishi munosabati bilan paydo boiadi.
Ayni vaqtda shuni ham e'tiborga olmoq kerakki, ko'pgina chet ellik olimlaming orasida progressiv yo'nalishdagi psixologlar ham ishlamoq- dalar. Shu psixologlarning ilmiy tekshirishlaridagi ijobiy yutuqlarni hisobga olish va ulardan foydalanish lari lozim. Turli mamlakatlar psixologlari o'rtasidagi do'stlik aloqalarining mustahkamlanishi, tajriba almashtirish psixologiya fanining yanada samarali taraqqiy etishiga yordam beradi.
TA ’L IM P S IX O L O G IY A S I M U A M M O L A R I
Hozirgi vaqtda psixologlar, pedagoglar hamda metodistlar bilan birgalikda ta’lim ishlari va o'quvchilarga tarbiya berishning saviyasini ko'tarishga yordam berishi mumkin boMgan muammolarni hal qilishga
e’tibor bermoqlari kerak.
Ta’lim va tarbiyaning psixologik asoslari haqidagi masala shunday muammolar jumlasidandir. Ma’lumki, ta’lim-tarbiyaning muvaffaqiyati o'quv materialining mazmunigagina, ta’lim-tarbiya metodlarigagina bog'liq emas. Bu muvaffaqiyat ko'p jihatdan o'quvchining qanday o'qiyotganligini bilishga, ya’ni o'quvchining yosh xususiyatlariga, dastlabki aqliy taraqqiyoti va faolligiga muvofiq bilim va malakalar o'zlashtirish jarayonining psixologik asoslarini bilishga ham bog'liqdir. O'quv materiali mazmunini tanlash, o'quv programmalari va rejalari, darslik va o'quv qo'llanmalari tuzish, shuningdek, maktab ta’limining har xil bosqichlarida turli o'quv predmetlari bo'yicha o'qitish metodlari sistemasini tashkil qilish va tanlash ham ko'p jihatdan ta’limning psixologik asoslarini bilishga va hisob
ga olishga bog'liq.
Umumiy ta’lim predmetlari bo'yicha ta’lim psixologiyasi sohasidagi ishlar chet ellarda va Rossiyada XIX asr o'rtalaridan boshlab o'tkazila
boshladi. TaMimni psixologik jihatdan asoslash masalalari K.D. Ushinskiy- ning barcha pedagogik asarlarida muhim o'rin egallagan.
Hozirgi vaqtda ta’lim psixologiyasi va xususiy metodlarni psixologik jihatidan asoslash bo'yicha bizda ko'p eksperimental ishlar o'tkazilayapti. Biroq bu ishlar hozircha maktabning o'quv materiali mazmunini belgilash, ayniqsa, yangi, yanada samarali o'qitish metodlarini qidirish bilan bog'liq bo'lgan, tez o'sib kelayotgan ehtiyojlarini qondira olmaydi. Shuning uchun ham psixologiyaning hozirgi vaqtdagi eng muhim vazifasi ta’lim
psixologiyasi masalalarini yanada chuqur ishlab chiqishdan iboratdir.
Bu masalalarning ishlab chiqilishi uch rejada olib borilishi kerak.
Ta’lim psixologiyasining umumiy masalalari — ta’limda xotira, tafakkur, nutq, xayol, irodalarning roli hamda o'quvchilaming individual xususi
yatlari: temperamenti, xarakteri, qiziqish-havaslarining ahamiyati.
Sinflar bo'yicha bolalaming yosh xususiyatlariga binoan ta’lim psixologiyasi masalalari (1-sinfdagi ta’limning psixologik asoslari, 2-sinfdagi
ta’limning psixologik asoslari va hokazo).
O'quvchilaming yosh xususiyatlari va o'quv predmetlari (matematika, geografiya, tarix kabilar)ning xususiyatiga binoan ta’lim psixologiyasi masalalari.
Ta’lim-tarbiya amaliyotida yana bir qancha masalalar borki, ulami hal qilishda ham psixologlar ishtirok etishlari kerak. Masalan, o'quvchilaming o‘quv vaqtini, darsda o‘tiladigan o‘quv materialining hajmini, uy vazifasining hajmini qanday qilib unumli taqsimlash mumkinligi haqidagi masala bolalaming internat sharoitidagi hayotining ta’lim va tarbiya jarayoniga ta’siri va shu sharoitda bola shaxsini shakllantirish haqidagi masala: maktab-internatlarda va kuni uzaytirilgan maktablarda o'quvchilar mustaqil mashg'ulotlarini tashkil qilish haqidagi masala. Ta’lim berish va rivojlantirish haqidagi, boshqachasiga aytganda, rivojlantiruvchi ta’lim haqidagi masalani ham juda dolzarb deb hisoblamoq kerak.
MEHNAT TA’LIMI PSIXOLOGIYASI MUAMMOLAR!
Psixologlarning ilmiy tekshirish ishlarida, ayniqsa, mehnat ta’limining psixologik asoslari haqidagi masala muhim o‘rin olmog'i kerak. Maktab- larimiz ishining bu sohasida psixologlar hali juda kam ish qilganlar: bunday tekshirish ishlari endigina boshlanmoqda, albatta, buni kuchaytirmoq kerak. Psixologlar o'quvchilar texnik bilim va masalalarni hosil qilish qonuniyatlarini, shuningdek, iqtidor va malakalami tez hamda puxta o'zlashtirishni ta’min qiluvchi omillarni o'rganishga e’tibor bermoqlari kerak. O'quvchilarda konstruktiv-texnik tafakkurni shakllantirishga alohida katta e’tibor bermog'i kerak.
Mehnat ta’limi psixologiyasiga oid masalalar mehnat psixologiyasi- ning boshqa masalalari bilan uzviy bog'langan holda hal qilinmog'i kerak. Hozirgi zamonda mehnat psixologiyasi masalalari texnika progressi va mehnat hamda ishlab chiqarishni ratsionalizatsiya qilish munosabati bilan dolzarb tus oldilar hamda pedagogik psixologiya masalalari bilan bir qatorda o'rin oldilar. Mehnat va ishlab chiqarish ta’limining eng ratsional metodlarini topish va tatbiq qilish uchun ilmiy tekshirish ishlarini olib borish kerak. Mehnat va ishlab chiqarish ta’limining amalga oshirilishi va umuman maktablaming qayta qurilishi munosabati bilan psixologiya fani oldida bir qancha yangi, binobarin, yangicha munosabat va yangicha hal qilishni talab qiladigan muammolar maydonga keldi.
Umumiy taiimning mehnat ta’limi bilan munosabati haqidagi masalani bunday muammolar qatoriga qo'shish mumkin. Bu o'rinda nazariy bilimlar va umumiy aqliy taraqqiyot darajasi mehnat va ishlab chiqarish ta’limining muvaffaqiyatiga qanday ta’sir qilishini aniqlab olmoq kerak. Shuningdek, mehnat va ishlab chiqarish ta’limi o'quvchilaming aqliy taraqqiyotiga, umuman ular shaxsining shakllanishiga qanday ta’sir qilishini ham aniqlab olmoq kerak.
Shu munosabat bilan o'quvchilar qanday sharoitlarda umumiy taiim predmetlaridan olgan bilimlarini amaliyotda muvaffaqiyatli ravishda tatbiq qila oladilar, ikkinchi tomondan, o'quvchilar mehnat ta’limi jarayonida, u yoki bu material bilan ishlab (yog'och, metall va boshqalardan) muayyan buyumlami yasar ekanlar, shu bilan ular o'zlarining nazariy bilimlarini qanday boyitadilar va o‘z tafakkurlarini qanday rivojlantiradi- lar, degan masalalarni ham ishlab chiqmoq kerak.
Hoziigi zamon psixologiyasining va psixologlarining eng muhim vazifasi o'quvchilami mehnatga psixologik jihatdan tayyorlash muammosini hal qilish- dir. Bu o'quvchilarda mehnat va mehnat kasblariga bo'lgan yo'nalish va qi
ziqishni shakllantirish hamda tarbiyalash demakdir. Bu o'quvchilarda quyi sinf- laidan boshlab mehnatga nisbatan muhabbat va ishtiyoq uyg'otish demakdir.
Ta’limning shu yo'sinda mehnatga yo'nalganligini vujudga keltirish o'quvchilami kelajakdagi mehnat faoliyatiga tayyorlashning eng muhim sharti va birinchi bosqichidir.
Har bir o'quvchi maktabda o'qish mobaynida xususan mehnat ta’limi munosabati bilan, u yoki bu darajada kelajakka nazar tashlaydi, o'zi uchun ma’lum bo'lgan, binobarin, o'zi xohlagan faoliyat haqida xayol suradi,
o'zining kelajakdagi kasbini tasawur qiladi va tanlaydi, shu kasb haqida o'ylaydi. O'quvchilaming qiziqish-havaslari, xususan, ularning kasbga bo'lgan qiziqishlari haqidagi masala shaxs psixologiyasining bo'limlaridan biridir. Lekin bunda vazifa bu qiziqishlami o'rganishdangina iborat bo'lmay, balki kelajakda oqilona kasb tanlashi uchun har bir o'quvchiga yordam berishdan iboratdir. O'quvchilami kelajakda mustaqil kasb tanlashga tayyorlash masalasi maktablaming eng muhim vazifalaridan biridir. Shuning uchun ham psixologlar pedagoglar bilan birgalikda kasbga doir bilimlar, kasbga doir yo'l-yo'riqlar berish, kasbga doir maslahatlar o'tkazish masalalarini ishlab chiqish bilan shug'ullanmoqlari lozim.
Ishni shunday tashkil qilmoq kerakki, har bir o'quvchi maktabda o'qir ekan, mamlakat qanday kasb egalariga muhtoj va u o'zining mayli, qi
ziqishi va qobiliyatlariga qarab qanday kasbni tanlamog'i kerak, degan masalalar bo'yicha maslahatlar olmog'i kerak.
Shuning uchun ham psixologlar oldida o'quvchilarda professional (kasbga doir) qiziqishlami shakllantirish va qobiliyatlarini rivojlantirish muammosi turadi. Shuning bilan birga psixologlar o'quvchilaming indi
vidual qobiliyatlarini aniqlash metodlari va usullarini qidirish bilan ham shug'ullanmoqlari kerak.
Shu narsani aytmoq kerakki, bizda o'quvchilarga kasbga doir yo'l- yo'riqlar ko'rsatishga alohida e’tibor berilmoqda. Hozirgi kunda kasb- hunar kollejlari va akademik litseylarning ochilishi yoshlarga kasbga doir bilimlar berish va ularni kelajak faoliyatga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Bizning ta’lim — tarbiyalovchi; bola shaxsini aqliy jihatdan rivojlantiruvchi ta’limdir. Ta’lim haqida gapirganimizda shu narsani ko'zda tutamiz- ki, bizning maktabimiz o'qitibgina qolmasdan, balki o'quvchilar aqlini ham rivojlantiradi, ulami tarbiyalaydi ham. Bizda mehnat ta’limi katta tarbiyaviy ahamiyatga egadir.
Shuning bilan birga, psixologiyaning vazifasi yosh avlodga axloqiy va estetik tarbiya berish bilan bog'langan maxsus masalalarni ham hal qilishdan iboratdir. Lekin, axloqiy va estetik tarbiyaning psixologik asoslari yetarlicha ishlab chiqilmagan.
Tarbiyaviy ishda shaxsdagi mavjud o'ziga xos psixik «mikroelementlar»ni bilmoq kerak. Shular asosida tegishli tarbiyaviy ta’sir tufayli ilg'or shaxsning yuksak axloqiy va estetik sifatlarini rivojlantirish mumkin.
Tarbiyalanayotgan bola — bu xohlagan bo'yoqni berish mumkin bo'lgan, xohlagan naqshni solish mumkin bo'lgan toza paxta emas; bu insoniy qalbga, tug'ma kurtaklarga, qandaydir ehtiyoj va intilishlarga, qandaydir taraqqiyot darajasiga va nihoyat, albatta, hali o'zi anglab ola olmagan, qandaydir potensial imkoniyatlarga ega bo'lgan jonli odamdir.
Inson tabiatining mana shu «asosiy» kuchlarini ochish, rivojlanayot- gan odamning ma’naviy va estetik imkoniyatlarini o'rganish psixologiya fanimizning yaqin vaqtlardagi eng muhim vazifalarini tashkil qiladi.
Tarbiya psixologiyasi masalalarini hal qilishda, albatta, iroda psixologiyasi, axloqiy va estetik hislar psixologiyasi kabi dolzarb muammolar- ni, ayniqsa, shaxs psixologiyasi va unga oid yosh va individual xususiyatlari muammosini yanada chuqur ishlab chiqishi talab qilinadi.
Ta’lim va tarbiya jarayoni bolalaming yosh xususiyatlarini bilishni talab qiladi. Shuning uchun ham ta’lim va tarbiya sohasidagi tekshirish ishlari bolalaming yosh xususiyatlarini chuqur o'rganish bilan bog'langan
holda olib borilishi kerak. Bunda, psixolog bolalaming yoshiga qarab rivojlanish qonuniyatlarini tekshirar ekan, har bir yoshdagi bolalaming u yoki bu sinfda o'qishga nisbatan psixologik tayyorgarligini aniqlashga alohida e’tibor bermog'i kerak. Maktab ta’limining alohida o'quv predmetlari bo'yicha bilimlami o'zlashtirishga nisbatan bolalaming yoshiga xos imkoniyatlarini o'rganmoq zarur. Shuningdek, turli yoshdagi bolalaming atrofdagi muhitdan beriladigan har xil tarbiyaviy ta’sirlarni o'zlashtirishga nisbatan imkoniyatlarini va bolalaming bu taassurotlarga nisbatan tegishli javob harakatlarini (reaksiyalarini) o'rganmoq zarur. Bolalaming o'sib rivojlanishida ularning o'zlarining rivojlanishi, o'z faoliyati va keyinchalik o'z-o'zini tarbiyalashi qanday o'ringa ega ekanligini aniqlamoq zarur.
Bolalaming yoshiga muvofiq rivojlanishini o'rganish ishlarida psixologlar oldida bolalar psixikasining rivojlanishini tekshirish metodlarini, ularning yoshiga xos xususiyatlarini aniqlash metodlarini ishlab chiqish- dek yana muhim bir vazifa turadi.
A D A B IY -B A D IIY IJ O D P S IX O LO G IY A S I M A SA LA LA R I
Ma’lumki, yosh avlodning aqliy taraqqiyotida, uni axloqiy va estetik jihatdan tarbiyalashda badiiy adabiyot juda katta ahamiyatga egadir.
Bundagi pedagogik-psixologik muammolar, albatta, asosan badiiy ada- biyotni idrok qilish masalalari, adabiy obrazlami idrok qilish va tushunish masalalaridir. Bu muammolarni hal qilish ham ta’lim va tarbiya psi
xologiyasining vazifasini tashkil qiladi. Lekin voqeligimizning boyligi va xilma-xilligini to‘g‘ri aks ettirgan adabiyotgina ijobiy-tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lishi mumkin. Badiiy ijodning boshqa turlari singari yuksak g'oyaviylik bilan ajralib turadigan, xalq hayoti bilan chambarchas bog'langan adabiyotgina tarbiyaviy ta’sir ko'rsatishi mumkin.
Lekin kishilar badiiy ijod asarlarini idrok qilibgina qolmasdan, shuning bilan birga, ijodkor shaxslar tomonidan shu asarlar qay tarzda yara-
tilishi bilan ham qiziqadilar. Shuning uchun ham psixologlar oldida adabiy (va umuman badiiy) ijodni o'rganish sohasida jiddiy vazifalar turadi.
Psixologlarning badiiy ijodni o'rganish sohasidagi vazifasi, awalo, adabiy ijodga bo'lgan iste’dod va talant haqidagi, shuningdek, ijodiy faoliyatni xarakterlab beruvchi maxsus qobiliyatlar haqidagi masalalarni o'rganishdan iboratdir.
Shuning bilan birga yozuvchi ongida obraz qanday paydo bo'lishi va rivojlanishini hamda shu obrazni boshqa kishilar qanday idrok qilishini
ochib bermoq zarur.
Badiiy tafakkur haqidagi, asosiy, uning tushuncha va g'oyalami obrazlar orqali ochib beruvchi, gavdalantirib amalga oshiruvchi xususiyatlari haqidagi masalalar, shuningdek, obrazning ichki ma’nosini ochib beruvchi
tafakkur xususiyatlari juda qiziqarlidir.
Ilmiy tekshirishlarda, badiiy ijod jarayonida, xususan, badiiy obrazlar yaratishda xayol faoliyati va emotsiyalarning roli haqidagi masalalar katta o'rin olmog'i kerak.
Fan uchun ba’zi ijodiy masalalarni hal qilishda uchraydigan intuitsiya hodisalari haqidagi masalalar qiziqarlidir. Ijod jarayonlaridagi ijodiy il- hom va ilhom holatida «g'ayri ixtiyoriy» ijod haqidagi masalalar shu bilan bog'langan.
Bu sohada yana shuning uchun ham ishlar olib bormoq kerakki, ijod masalasi idealistik psixologiyada ko'pincha tushuntirish mumkin bo'lmagan, ayrim zotlargagina xos bo'lgan alohida bir hodisa deb noto'g'ri qaraladi.
Ko'pincha ijodiy jarayondagi mehnatning roli inkor qilinadi, yangilik yaratish ixtiyorsiz yoki boMmasa allaqanday ong ishtirokisiz ishning natijasida ro‘y beradi, deb hisoblanardi. Materialistik psixologiya ijod va uning taraq
qiy etgan shakllari katta ongli ishning yakunidir, degan fikrga tayanadi.
Psixologiyaning vazifasi badiiy ijod jarayonlarini o'rganishning maxsus metodlarini ham ishlab chiqishdan iboratdir. Bu o'rinda, xususan, adabiyotchilarning o'z-o'zini kuzatishidan foydalanishi masalasi muhim- dir. Shuning uchun ham ijod psixologiyasini o'rganishda muallif o'zining ijod qilish jarayonini tasvirlagan adabiy asarlarning mazmuniga e’tibor bermog'i zarur.
Psixologiya va o'quv-tarbiya uchun bolalik, o'smirlik va yigitlik davr- larida ijodiy qobiliyat qanday paydo bo'ladi hamda namoyon bo'ladi de
gan masalalar ham juda muhimdir. Badiiy ijod psixologiyasini o'rganish ishlari — san’atning yuksak g'oyaviyligi hamda badiiyligiga nisbatan qo'yiladigan hozirgi zamon talablari asosida olib borilmog'i kerak.
Badiiy ijod psixologiyasi masalalarini o'rganish va hal qilishdan yolg'iz fan egalarigina manfaatdor bo'lmasdan, buni o'rganish faqat badiiy asarning kishilarga maqsadga muvofiq ravishda eng yaxshi ta’sir qilish yo'llarini aniqlash manfaati bilangina emas, balki ijodkor shaxslarning, ayniqsa,
yosh san’atkorlarning manfaatdor boiishi bilan ham taqozo qilinadi. Ijodiy faoliyatdagi muvafifaqiyatsizlik, asarlardagi nuqsonlar ko'pincha psixologi
yani yaxshi bilmaslikdan, kishilarning ruhiy hayotini o'rganish metodlari- dan foydalana olmaslikdan kelib chiqadi.
A.A. Surkov shunday degan: «Allaqachonlardan beri maiumki, inson — adabiyotning asosiy obyekti. Biz Gorkiyning adabiyotni insonshunoslik deb ta’riflaganini yaxshi bilamiz. Lekin amalda, so'nggi yillarda chiqqan va hatto kitobxonlar diqqatiga sazovor boigan ko'pchilik badiiy asarlarda ham xuddi inson xarakteri juda bo'sh ishlab chiqilgan, ko'p hollarda, mualliflar u yoki bu dolzarb muammoga uncha-muncha o'rin bersalar ham, bu muammoni hal qilayotgan kishilarning o'zini esa hamma vaqt ham ta’sirli qilib ko'rsatavermaydilar.
A.M. Gorkiy yozuvchini inson ruhining muhandisi deb atagan edi. Bu yozuvchi, awalo, inson psixikasining barcha nozik tomonlarini hamisha chuqur tushuna bilmog'i kerak demakdir. Har bir adabiyotchining vazifasi o'z qahramonlarining ichki ruhiy dunyosini ochib berish, ulaming intilish- lari, xarakterini tasvirlash, ular xulqining ichki motivlarini ko'rsatib berish- dan iboratdir. Buning uchun esa yozuvchi psixologiyani puxta bilishi. in
son psixikasini o'rganish metodlarini egallagan bolishi kerak. Faqat shun- dagina u inson ruhini, inson ongini haqiqatan ham shakllantira oladi, o'zining
talant kuchi bilan kishilarga ta’sir qila biladi, kishini, kitobxonni ijodkor maqsadiga muvofiq fikrlata va his qildira oladi.
Ijodiy faoliyatning boshqa sohalarida: rassomlik, musiqa, haykaltarosh-
lik, shuningdek, texnikaviy kashfiyotchilik sohasida ham psixologiya oldida shuning singari vazifalar turadi.
M E H N A T P S IX O LO G IY A S I M ASA LALA RI
Mehnat — bu insoniy tirikchilikning eng birinchi va asosiy shartidir.
Jamiyatda mehnat shaxsni shakllantirish vositasi, ijodiy ilhom va turli- tuman emotsional kechinmalaming manbai bo‘lib xizmat qiladi. Shuning uchun ham psixologiya fanining tarmoqlari ichida mehnat psixologiyasi masalalari juda katta o'rin olmog'i kerak.
Mehnat psixologiyasi masalalari XIX asr o'rtalaridan boshlab kapita- listik tuzum sharoitlarida ekspluatatorlar manfaati uchun ishlab chiqila boshladi. Keyinchalik mehnat sharoitlari va mehnatkashlarning ahvoli tubdan o'zgarganligi uchun ham, mehnat psixologiyasi masalalari boshqacha xarakter va yo'nalishga ega bo'ladi: psixologiyaning bu sohasidagi masalalarni ishlab chiqish kishilar manfaatiga xizmat qilmog'ini
nazarda tutildi.
Mehnat psixologiyasining mehnat faoliyatining barcha turlariga taalluqli bo'lgan bir qancha umumiy vazifalari, umumiy muammolari, shuningdek, professional mehnatning alohida turlari (tokar, slesar, hay- dovchi, uchuvchi, po'lat erituvchi, yigiruvchi, tikuvchi kabilar)ga taalluqli bir qancha juz’iy muammolari ham bor.
Mehnat psixologiyasining umumiy masalalari — bu umumiy psixologiyaning inson mehnat faoliyati nuqtayi nazaridan qaraladigan va hal qilinadigan masalalaridir, xolos. Bunga masalan, mehnat jarayonida ayrim psixik funksiyalarning (diqqat, idrok, hissiyot kabilar) namoyon bo'lish xususiyatlari haqidagi masala; mehnatga nisbatan u yoki bu munosabatning ahamiyati haqidagi masala; ishda onglilikning roli haqidagi masala; mehnat
unumdorligini oshirishda ayrim psixik funksiyalar sifatining, xususan, hislar inson, iroda sifatlarining ahamiyati haqidagi masalalar kiradi.
Barcha ishlab chiqarish jarayonlari uchun umumiy bo'lgan narsa mehnatda ijodning namoyon bo'lishini o'rganish, konstruktiv-texnikaviy
tafakkurni o'rganish va uni mehnatkashlarda rivojlantirish masalalaridir. Ish jarayonida bilimlami amaliyotda qo'llash masalalarini o'rgatish, shuningdek, hosil qilingan malakalarning mehnatning bir sohasidan ik- kinchisiga ko'chishi masalalari ham yuqoridagilar bilan bog'langandir.
Mehnat psixologiyasining juz’iy vazifalariga, awalo, shaxsning muayyan ixtisos sohasidagi ishning muvaffaqiyatli bajarilishini ta’minlovchi, har
bir kasbni xarakterlab beruvchi psixik sifatlarini o'rganish kiradi. Ayrim kasblarni psixologik jihatdan bunday xarakterlash professiogramma deb ataladi. Psixologlar shu professional sifatlar ishlab chiqarish jarayonida qanday hosil qilinishini o'rganishlari kerak. Maktabdan tashqari, bevosita ishlab chiqarishning o'zida amalga oshirilayotgan mehnat va professional
ta’lim hamda tarbiyaning psixologik asoslari haqidagi masalalarni ishlab chiqmoq zarur. Shuningdek, psixologlar eng yangi texnikani yaratish va undan foydalanish negizida kishilarning mehnat unumdorligini oshirish masalalarini ishlab chiqishda ham ishtirok etmoqlari kerak. Shu munosa
bat bilan professional qobiliyat va professional mahorat haqidagi masala- lami, shuningdek, bu qobiliyatlami ta’lim jarayonida va ishlab chiqarish- da shakllantirish haqidagi masalalar ham muhim muammodir. Bu esa o'z navbatida mehnat (professional) ko'nikma va malakalar hosil qilishning ratsional usullarining psixologik asoslarini qidirib topish bilan bog'langan.
Professional yo'l-yo'riqlar ko'rsatish, profkonsultatsiyalar va korxona- larda professional kadrlar tanlash masalalarini psixologik jihatdan asoslash vazifasi ham professional ta’lim muammosiga juda yaqindir.
Mehnatni tashkil qilish va samaradorligini oshirish bilan bog'langan masalalar ham dolzarbdir. Bunga professional toliqish, mehnat ritmi va dam olish masalalari, psixologlaming mashinalar va ularning konstruktiv xususiyatlari, ish joyi va uning psixologik talablarga mos kelishi jihatidan tahlil qilish kabi masalalar kiradi. Mehnatning sifatini — unumdorligini va xavfsizligini oshiruvchi shart-sharoitlami o'rganish ham shunga kiradi.
Psixologiya ishchi yoki xodimning psixik holati mehnat unumdorligi- ga qanday ta’sir ko'rsatishini ham o'rganmog'i kerak. Shuningdek, ish- chining muayyan holatini keltirib chiqaruvchi sabablami, sharoitlarni, me’yordan chiqishning o'rni va vaqtini ham aniqlamoq kerak.
Hozir, yuksak moddiy-texnika bazasining yaratilishi munosabati bilan jismoniy va aqliy mehnat o'rtasidagi farqlarni tugatish uchun shart- sharoitlar yaratilmoqda. Bu tugatish (albatta, birdaniga emas) psixologik jihatidan jismoniy mehnat ahllaridagi jismoniy harakatlarni qisqartirish yoki aqliy harakatlar bilan almashtirishda ifodalanmog'i kerak.
Ishchilaming jismoniy zo'r berib qilinadigan harakatlardan ozod bo'lishi ulaming aqliy saviyasini kengaytirishga, mehnat jarayonlarini ijobiy (aqliy, axloqiy, estetik) hislar bilan boyitishiga sabab bo'lmog'i kerak.
Jismoniy va aqliy mehnat o'rtasidagi farqlarni tugatish munosabati bilan mehnatkashlar psixikasida ro'y beradigan o'zgarishlami o'rganish
psixologiyaning eng dolzarb vazifalaridan biridir.
Mehnat psixologiyasi sohasidagi ishlaming yutug'i va samarasi, albatta, ko'p jihatdan kishilarning har xil mehnat faoliyati sohalarida ro'y bergan psixik hayot hodisalarini o'rganishning mukammal metodlarini ishlab chiqishga bog'liqdir.
Mehnat sohasidagi psixologik tekshirishlar insonni mehnat sharoit- larida o'rganuvchi boshqa faniar: mehnat fiziologiyasi, mehnat gigiyena- si, mehnat va ishlab chiqarish ta’limi metodikasi, shifokor mehnat ekspertizasi, ishlab chiqarishni tashkil qilish, texnik me’yorlashtirish, texnika
xavfsizligi kabi faniar bilan uzviy bog'lanishda amalga oshirilmog‘i kerak.
M U H A N D IS L IK P S IX O L O G IY A S I M A SA LA LA R I
Davrimizning buyuk texnika progressi munosabati bilan psixologiya sohasida ham yangi, juda qiziqarli muammolar paydo bo‘ldi.
Inson keyingi yillar davomida atom yadrosining sirini egalladi, refaol va raketa texnikasi, avtomashina, elektronika, telemexanika taraqqiyotida ajoyib yutuqlami qo‘lga kiritdi, kibemetika, radioastronomiya, radioxi- miya, astrobotanika singari yangi fanlarni kashf etdi. Fan va texnika in
son qo‘li kuchlarini, harakatlar tezligini, ko'zining quwatini, eshitish sez-
girligini million marta orttirdi, tafakkur operatsiyalari tezligini yuz va ming martalab kuchaytirdi.
Bulaming hammasi inson aqli va ijodiy irodasiga xos kuch va g'ayratining zafari bo'ldi. Bu yutuqlaming hammasi tadqiqotchilar e’tiborini insonning aqliy va ijodiy kuch-imkoniyatlari oxir nechog'li yuksalishi mumkin ekan, degan masalalarga yana bir marta qaratishga majbur qiladi.
Muhandislik psixologiyasi texnika, ayniqsa, avtomashina va elektronika taraqqiyoti munosabati bilan umumiy psixologiya va mehnat psixologiyasining bir tarmog'i sifatida paydo bo'ldi.
Muhandislik psixologiyasi mashinalar konstruksiyasi insonning psixik xususiyatlari va imkoniyatlariga moslashtirishning amaliy masalalarini o'rganish bilan shug'ullanadi.
Bu sohaning vazifasi, xususan, mashina yoki butun bir mashinalar sistemasini boshqarayotgan injener-texnik xodimlaming idrok, diqqat, xotira, tafakkur, emotsional kechinmalar va irodasiga xos bo'ladigan xususiyatlarini aniqlashdan iboratdir.
Mashinalar ishining ahvoli va borishi haqida har xil signallar qabul qilayotgan pult boshqarmasida ishlab turgan muhandisdan tez va aniq idrok qilish, tez reaksiya, diqqatning tez ko'chishi va taqsimlanishi, keng hajmli farosat tezligi va chopqirlik, emotsional vazminlik va o'z-o'zini tuta bilish
kabi sifatlar talab qilinadi. Inson psixikasining bu xususiyatlarini aniqlab berish Muhandislik psixologiyasining eng muhim vazifalaridan biridir.
Shuningdek, psixologlaming tekshirish ishlari umumiy va texnikaviy iste’dodni o'rganish va uni qanday shakllantirish masalalariga qaratishlari
kerak.
Muhandislik psixologiyasining muammolari, albatta, texnika fanlarining vakillari bilan birgalikda ishlab chiqilmog'i kerak. Muhandislik psi
xologiyasi bo'yicha tekshirish ishlarining kengaytirilishi mamlakatimizda bundan buyog'i samarali texnika progressiga, ayni bir vaqtda inson shaxsini chuqur va har tomonlama bilib olishga yordam bermog'i kerak.
K IB E R N E T IK A VA P S IX O LO G IY A
Ilmiy va konstruktiv-texnik ijodning so‘nggi vaqtlardagi eng yuksak darajadagi yutuqlaridan biri yangi fan kibernetikaning paydo bo'lishidir. Bu boshqa fanlarning butun bir sistemasiga — matematika, fizika, kimyo, fiziologiya, elektronika kabilarga tayanadigan sintetik fandir. Shu «tayanch» faniar sistemasiga psixologiya ham kiradi. Shunday qilib, psi- xologlarga shunday faniar (matematika, kimyo, ekonomika va boshqalar) «hamkorligida» ishlashga to‘g‘ri keldiki, ilgari psixologiya bular bilan juda ham uzoq aloqada bo'lar edi.
Kibernetikaning vazifasi hozirgi zamon fan va texnikasining yutuqla- riga asoslanib, matematika, ekonomika, transport sohalaridagi murakkab masalalarni yecha oladigan, avtomatik boshqariladigan va o'z-o'zini boshqaradigan mashinalarning konstruksiyasini yaratishdan iboratdir. Ma’lumki, kuchga ega bo'lgan mashinalami bunday yaratish uchun, xuddi inson miyasiga, aqliga o'xshab ishlay oladigan mexanizmlar sistemasining konstruksiyasini topish talab qilinadi.
«O'ylovchi» mashinalarni fiziklar, kimyogarlar va muhandislar ko'radilar. Lekin mashinaning barcha «aqliy» operatsiyalari qurilishi sxe- masini neyrofiziologlar bilan birgalikda psixologlar berishi kerak. Psi-
xologlarning vazifasi aqliy operatsiyalar mexanizmlarini to'liq va aniq ochib berish, inson miyasi va tafakkur operatsiyalarining ishlash modelini yaratib berishdan iboratdir. Hozirgi vaqtda kibemetika prinsiplari ta’lim sohasida ham tatbiq qilina boshladi. Bu o'rinda psixologlarning vazifalari, albatta juda mas’uliyatlidir.
K O S M IK P S IX O L O G IY A M A SA LA LA R I
Birinchi Yer yo'ldoshlarini, birinchi kosmik kemalarni barpo qilish va uchirish hamda qahramon — kosmonavtlarimizning kosmosga uchishini amalga oshirish mamlakatimizda fan va texnika progressining g'oyat ul- kan yutug'i bo'ldi.
Kosmonavtlarimizning tarixda mislsiz uchishlari fizik olamni bilish sohasini haddan tashqari kengaytirishga yordam berdi. Bu uchishlar kishining psixik dunyosi sohasini ham bilishni kengaytirdi. Birinchi kosmonavtlarimizning jasorati insonning qanday ruhiy kuch (hissiyot, iroda, xarakter, tafakkur) ga ega ekanligini namoyish qildi. Biz kosmik fazoda, haddan tashqari tezlikdagi harakatda va vaznsizlik holatida inson psixikasi hamda ongi qanday namoyon bo'lishini bilib oldik.
Inson ruhining kosmonavtlami tayyorlash jarayonidagi, kosmik uchish- larni amalga oshirishdagi, so'nggi vaqtlargacha noma’lum bo'lgan xususi
yatlari psixologlarning maxsus tekshirish predmetini tashkil qiladi.
Hozirgi vaqtda psixologiya fanining yangi sohasi — kosmonavt psixologiyasi yoki kosmik psixologiya maydonga keldi. Psixologlarning bu fan sohasidagi tadqiqot ishlari fiziologlar, tibbiyot xodimlari bilan birga- likda, kosmonavtlaming yordamida olib borilmog‘i kerak.
Psixologiyaning kosmonavtika sohasidagi muhim vazifasi kosmonavt- larni ratsional va samarali tayyorlash masalalarini yanada chuqur o'rganishdan iboratdir. Bunga maxsus ta’lim, mashq va tarbiya metodi-
kasining psixologik asoslarini ishlab chiqish kiradi. Ayni vaqtda bu metodlar organizmning, o'rgatilayotganlar va mashq qilayotganlar psixikasining yashirin xususiyatlarini aniqlash vositasi ham bo‘lmog‘i kerak.
Kosmonavtlami tayyorlashda, agar kelajakda kosmik uchishlar yana ham uzoq muddatli va Yerdan uzoq boMishini e’tiborga olinganda, Yer- dan tashqari sharoitlarda kosmonavtlar psixikasining mazmuni haqida g‘amxo‘rlik qilishga to'g'ri keladi, tabiiyki, inson psixik mazmunining asosiy manbai bo'lgan bevosita informatsiya juda kam qisqarishi kerak: bu kosmik korablning ichki qurilishini idrok qilish va uning holati bilan, tun va kunning tez almashinuvi bilan, yulduzlar osmonining bir xildagi ko'rinishi bilan cheklanmog'i kerak. Tashqi informatsiyalar kamayganda kosmonavt psixik hayotining mazmuni, o'tmishdagi tajriba hisobidan «to'ldirilishi» kerak, bunda idrok qilishning o'mini xotirlash, esga tushirish jarayonlari egallashi kerak bo'ladi. Shuning uchun ham mehnat va o'quv faoliyatida olingan boy ruhiy mazmunga ega bo'lgan kishilargina kosmonavt bo'lishi mumkin.
Albatta, insonning Yerdagi psixik hayot sharoitlarida ham tanib olish va eslash yo'li bilan xotirlash jarayonlari katta o'rin egallaydi. Biror psixik mazmunning (tajriba, bilimning) bu qayta tiklanishi idrok qilinayotgan voqelik sharoitlarida ro'y beradi va idrok bilan rag'batlantirilib (to'ldirilib) turiladi. Binobarin, kosmik uchish vaziyatda tashqi informatsiya kamay- gan (cheklangan) sharoitda mavjud. Ruhiy mazmunning qayta tiklanishi yetarli kifoya qilmasligi ham mumkin, deb tahlil qilindi. Shuning uchun ham kosmonavtika sohasida ishlayotgan psixologlar oldida shunday savol turibdi: kosmonavtning informatsion «ochligi»ni qanday vositalar va yo'llar bilan qondirish mumkin? Bu «ochIik»ni qondirish uchun radio, te- levideniye, komputer, internet, badiiy va ilmiy adabiyot; filmlar, musiqa
va hokazolar nimalarni va qanday qilib berishlari mumkin, degan masalani psixologik jihatdan asoslash talab qilinadi.
Hammaga ma’lumki, kosmonavtlar o'zlarining yakka holda va guruh bo'lib uchishlarida (hatto kabinadan chiqishda) aniq fikrlaganlar, juda katta farosat va ziyraklik ko'rsatganlar. Kosmonavtning tafakkur xususiyatlari qanday bo'ladi, masalan, bunda tajriba va xayol, bilim va ijod, mantiq va intuitsiya, emotsiya va iroda kabilar qanday rol o'ynashini bilish psixologiya uchun juda katta ahamiyatlidir.
Xususan, vaznsizlik holati kosmonavtning jismoniy jihatdan (a’zoyi badanni) o'zi boshqarishigagina emas, balki fikrlash operatsiyalarini boshqarishda, fikrlash va eslashning tezligiga ham qanday ta’sir ko'rsatishini aniqlamoq zarur.
Kosmik uchishlarda ro‘y berishi mumkin bo'lgan xavf-xatarlarni, masalan, boshqa meteoritlar bilan to‘qnashib qolish hollarini, kema pribor- lari va ba’zi mexanizmlar ishidagi kamchiliklami ham hisobga olishga to'g'ri keladi. Shuning uchun ham kosmonavtlarni tayyorlashda ularning emotsional — iroda sohasini rivojlantirishga alohida e’tibor berishga to‘g‘ri keladi. Kosmonavtlarda emotsional qat’iylik, mustahkam iroda, o'zini tuta bilish, jasurlik va chidamlilikni rivojlantirish va tarbiyalashdagi eng samarali metodlarning psixologik asoslarini ishlab chiqish muhim muam- moni tashkil qiladi.
Hal qilinishi, ayniqsa, uzoq muddatli kosmik uchishlarda muhim ahamiyatga ega boMgan yana bitta muammo bor, bu ham boMsa «sigMsha olish» muammosidir. Ma’lumki, dastawal kosmonavtlar yakka holda uch- ganlar, endi esa guruh boMib — ikki, uch kishidan uchishyapti. Yaqin kelajakda esa ko'pchilik boMib, uzoq muddat davomida uchishadi. Boshqa kishilar singari har bir kosmonavt ham o'zining individual xususiyatlari, o'z temperamenti, xarakteri kabilarga egadir. Kosmik uchishlar vaqtida kosmonavtlar kichik jamoada bo'lgan holda ishlaydilar. Shuning uchun ham ekipajni tuzishda bir-biri bilan to'la-to'kis kelisha oladigan, o'zaro bir-birini tushunadigan va bir-biriga yordamlashadigan kishilami tanlashga to'g'ri keladi. Jamoaning inoqligi har bir ishning ham muvaffaqiyatli va samarali bo'Iishining shartidir.
Shuning uchun ham kosmik psixologiyaning vazifalaridan biri kichik jamoa psixologiyasini, sig'isha olish psixologiyasini o'rganishdan iboratdir. Kosmik psixologiyaga taalluqli masalalar juda ko'p, masalan, ovqatlanish psixologiyasi masalalari, og'ir yolg'izlik hissining va ruhiy tush- kunlik (depressiya) holatining oldini olish va ularga qarshi kurash masalalari, muntazam uxlash masalalari va hokazolar. Bu masalalarga javob berish faqat kosmik psixologiya uchungina emas, balki psixologiya fanining boshqa sohalari — tibbiyot psixologiyasi, pedagogik psixologiya, mehnat psixologiyasi kabilar uchun ham ahamiyatlidir.
Kosmik psixologiya sohasidagi tadqiqotlar, shubhasiz, inson aqlini, irodaviy va ijodiy faolligini chuqur bilishga yordam beradi.
IJ T IM O IY P S IX O L O G IY A M ASA LALA RI
Ijtimoiy psixologiya — bu har xil ijtimoiy jamoa hayot va faoliyat sharoitlaridagi kishilarning har xil his-tuyg'ulari, odatlari, intilishlari, xarakter xislatlarini o'rganadigan fandir.
Ijtimoiy psixologiya alohida fan sifatida XIX asrning ikkinchi yarmi- da paydo bo'lgan.
Bizda ijtimoiy psixologiya masalalarini hal qilishga bo'lgan ehtiyoj, ayniqsa, so'nggi yillarda kuchaydi.
Hozirgi vaqtda ijtimoiy psixologiya oldiga bir qancha muhim vazifalar qo'yilgan. Awalo, ijtimoiy psixologiyaning o'rganish predmetini tashkil
qiluvchi ijtimoiy hodisalar guruhini aniqlamoq, ijtimoiy psixologik hodisalami aks ettirgan tushunchalar va tegishli terminlami belgilamoq kerak; «ijtimoiy psixologiya» fanining o'ziga ta’rif bermoq kerak, uning ahamiyati va vazifalarini aniqlamoq kerak.
Ijtimoiy psixologiyaning predmeti va vazifalarini burjua psixologlari va sobiq sovet psixologlari tomonidan tushunishdagi farqni bilib olmoq zarur.
Psixologlarning vazifasi ijtimoiy psixologiyaning boshqa psixologiya sohalari bilan, awalo, umumiy psixologiya bilan, shuningdek, bolalar psi
xologiyasi va pedagogik psixologiya, mehnat psixologiyasi, sud psixologiyasi, harbiy psixologiya, tibbiyot psixologiyasi, san’at psixologiyasi kabilar bilan bo'lgan aloqasi va o'zaro munosabatlarini aniqlashdan iboratdir. Ijtimoiy psixologiyaning dalillari umumiy psixologiyaning ayrim masalalarini — his
siyot psixologiyasining, ijod psixologiyasining, shaxsning, uning xarakteri, qobiliyatlari, qiziqishlari, dunyoqarashlari va e’tiqodlari kabi masalalarini hal qilish uchun qanday ahamiyatga ega ekanligini aniqlamoq kerak.
Eng muhim vazifalardan biri ijtimoiy psixologiyaning ijtimoiy tarixiy faniar, awalo, sotsiologiya bilan o'zaro munosabati haqidagi masalalarni hal qilishdan iboratdir. Sotsiologiya — bu tarixiy materializm, ya’ni jamiyat va uning taraqqiyoti haqidagi fandir. Psixologlar bu muammoni hal qilish bilan shuning uchun ham shug'ullanmoqlari kerakki, ko'pchilik psixologlar sotsiologiyani ijtimoiy psixologiya bilan tenglashtirib qo'yadilar. Shuningdek, ijtimoiy psixologiya va uning dalillari etika va estetika masalalarini hal qilish uchun qanchalik ahamiyatga ega ekanligini ko'rsatmoq kerak.
Aholining va uning alohida guruhlarining o'zgarib va o'sib turadigan ijtimoiy ehtiyojlarini o'rganish ham ijtimoiy psixologiya doirasiga kiradi. Bunday o'rganish xo'jalik hamda madaniy-oqartuv tadbirlarini samarali rejalashtirish va o'tkazish uchun zarurdir.
Ijtimoiy kayfiyatlarni, ulaming paydo bo'lish sabablarini, kuchini (masalan, umumiy ruhlanishni), barqarorligini, har xil kayfiyatlaming jamoaning va ayrim kishilarning mehnat va ijod faoliyatiga ta’sirini, ularning
o'zaro munosabatiga ta’sirini o'rganish ham ijtimoiy-psixologik tekshirish-
larning vazifasiga kiradi.
Madaniy-oqartuv tadbirlar — matbuot, radio va televideniye, san’at va adabiyotning har xil turlarining ta’sirida ayrim guruhlar va jamoa psixikasida hosil bo'lgan o'zgarishlar haqidagi masalalarni ham ijtimoiy psixologiyaning vazifalariga kiritish mumkin. Maishiy sharoit va mehnat sharoitidagi o'zgarishlar kishilar psixikasiga qanday ta'sir ko'rsatishini o'rganish ham muhimdir.
Alohida mehnat jamoalarining (masalan, korxona, tashkilotlar va qishloq xo‘jalik shirkatlarining) ayrim a’zolari psixikasiga, ulaming mehnat unumdorligiga ta’sir qilish haqidagi, novator, ratsionalizatorlar va kashfi- yotchilaming mehnat unumdorligiga ta’siri haqidagi masala ham ijtimoiy psixologiyaning muammolaridan biridir. Shu munosabat bilan jamoa hayot va mehnatda, ibrat va namunaning roli «ongsiz» (g'ayriixtiyoriy) ongli deb atalgan taqlid haqidagi masalani ham aniqlamoq kerak.
Ijtimoiy-psixologik hodisalami tekshirish metodlarini ishlab chiqish ham juda muhim ahamiyatga egadir. Bunda umumpsixologik metodlami — kuzatish, individual va jamoa eksperiment, suhbat va anketa metodlarini qanday xususiyatlar bilan qo'llamoq kerak, degan masalani hal qilmoq lozim. Hozirgi vaqtda sotsiologlar tomonidan qo‘llanilayotgan yangi metodlar, ya’ni sotsiometriya metodi, qarama-qarshi profillar metodi ka- bilarni aniq tekshirmoq va aniqlamoq zarur.
Uyushgan jamoada (masalan, partiya tashkilotlari, o‘quv sinfi, mehnat brigadalari) va uyushmagan jamoa (masalan, olomon)da namoyon bo‘ladigan psixik jarayonlarni tekshirish xususiyatlarini ko‘zda tutmoq kerak.
Ijtimoiy psixologlarining ijtimoiy psixik hodisalami: hislarni, kayfiyat- larni, faoliyat motivlarini va boshqalami o‘rganishdagi asosiy vazifasi va bu hodisalaming paydo bo'lish va shakllanish qonunlarining, obyektiv omil-
larining, ijtimoiy-iqtisodiy tabiatini tahlil qilishdan iborat bo'lmog'i kerak. * * *
Psixologiya fanining har bir tarmog'i o'zining nazariy va amaliy masalalarini ishlab chiqar ekan, ayni vaqtda, umumiy psixologiya predmetining umumnazariy muammolarini chuqur hal qilishga ham yordam beradi.
Biroq umumiy psixologiya faqat psixologiya tarmoqlarining erishgan yutuqlarini umumlashtiribgina qolmasdan, balki uning o'zining dolzarb
tekshirish vazifalari ham bor, bu vazifalarning maqsadi psixik hayot ho- disalarining umumiy qonuniyatlarini ochishdan iboratdir.
Bu qonuniyatlami bilish, o'z navbatida, ayrim psixologiya tarmoqlarining vazifalarini tashkil qiluvchi muammolarni muvaffaqiyatli hal qilish uchun tayanch va shart-sharoit bo'lib xizmat qiladi.
Inson kuchlarining ulkan imkoniyatlari namoyon bo'lganligi va bo'layotganligi inson qobiliyatlari va talantining rivojlanishi ijtimoiy hayot shakllariga bog'liq ekanligini, har bir inson ma’naviy kuchlarining namoyon bo'lishi uchun cheksiz imkoniyatlar yaratayotganligi yana bir marta isbotlamog'i kerak.
Shuning uchun ham bizning psixologiyamizda jamiyatning taraqqiyotiga va ayrim kishilar individual xususiyatlarining shakllanishiga qanday ta’sir etadi, degan masalalarni o'rganishga ham e’tibor berilmog'i kerak.
Bu masalalarni hal qilishda psixologiyamizda kishilarning yuksak ma’naviy sifatlarini shakllanishida xalqimizning ma’naviy-siyosiy birligi, maktabning tarbiyaviy ishlari mamlakatimizda shaxsning har tomonlama rivojlanishining boy imkoniyatlari haqidagi masalalar asosiy o'rin olmog'i kerak.
3-ILOVA
0 ‘ZBEKIST0NDA PSIXOLOGIYA FANINING QISQACHA TARIXIY TARAQQIYOTI
O'rta Osiyo xalqlari uzoq o'tmishga, ko‘p asrlik tarixga, boy madaniy merosga egadir. 0 ‘rta Osiyoning markazida joylashgan O'zbekiston Sharq- ning eng qadimiy madaniy o'choqlaridan biri bo'lib, u jahon fani tarixiga munosib hissa qo'shdi.
Xorazmlik olim Al-Xorazmiyning nomi bizning davrimizgacha «algo- ritm» degan matematika termini orqali yetib kelgan. Yevropada «Alfaga- nus» nomi bilan mashhur bo'lgan atoqli olim Ahmad al-Farg'oniyning «Astronomiya asoslari» degan ensiklopedik asari XV asrda G'arbiy Yevropada juda mashhur bo'lgan edi.
O'rta asriarda «faylasuflar mirzosi» deb nom qozongan Buxorolik mutafakkir, atoqli olim Abu Ali ibn Sinoning «Tib qonunlari» asari XVII asrda G'arbiy Yevropa tabiblarining asosiy qo'llanmasi bo'lib keldi va kelmoqda. Shuningdek, Ibn Sino ijodida materiyaning doim vujudga kelishi mumkin bo'lgan narsalardan awal mavjud bo'lishi mumkinligi haqidagi fikrlari psixologiya fanida muhim ahamiyat kasb etadi.
Beruniy va Forobiy singari fan arboblari faoliyatining ahamiyati beqiyos- dir. Beruniy matematika, astronomiya, fizika, botanika, geografiya, umumiy geologiya, etnografiya, tarix va xronologiya sohalarida ish olib bordi. Abu Rayhon Beruniy ijodida «Tana va ruh»ga oid hodisalar talqin qilindi. Abu Rayhon Beruniy 973-yilda Xorazmning Kot, hozirgi Beruniy shahrida tavallud topgan. Beruniyning ijtimoiy falsafiy qarashlaridagi a’zolaming bir- biriga zidligi, ularda bir-biridan farq qiluvchi turli-tuman xatti-harakatlar va fe’l-atvor mavjudligi asoslangan. «Odam, — deydi Beruniy, — tabiati
jihatidan bir-biriga zid a’zolar qo'shilmasidan tarkib topgan murakkab tanaga ega va uning holati o'z fe’l-atvoriga ko'ra xilma-xil bo'ladi». Beruniyning fikricha, odamlarning qiyofasi bir-biriga o'xshamasa-da, ular ayni chog'da bir-biridan farq qiladi. Bu farq ulaming mijozi, fe’l-atvori va tabiiy xususiyatlarida namoyon bo'ladi.
Uning zamondoshi Abu Nasr Forobiy (Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Tarxon ibn O'zliq Sirdaryo sohilidagi Forob shahridan) hayot vaqtidayoq «ikkinchi muallim» nomini olgan edi. U tabiiyot sohasida O'rta asming eng atoqli tadqiqotchilaridan biri edi. U keng ma’nodagi inson ruhiy
jarayonlari va ta’lim-tarbiya haqida o'z zamonasi uchun ilg'or fikrlarni ilgari surdi. Forobiyning ruhiy jarayonlar haqidagi ta’limoti, bevosita fiziologik
jarayonlar bilan psixik jarayonlar orasidagi bog'liqlik haqidagi, dunyoni bilish haqidagi ta’limoti psixologiya fanining taraqqiy etishida muhim rol o'ynadi.
Keyinchalik AJimad Yassaviyning mehr-saxovatli bo'lish haqidagi qarashlari, Imom Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy ijodidagi shaxslararo munosabatlar, Bahovuddin Naqshbandiy ijodida aql va dunyoqarashning shakllanishi, A. Navoiy faoliyatida ilmiy ta’lim-tarbiyaning asos- lanishi kabilar boy meros sifatida psixologiyani har tomonlama o'rganishning asosini tashkil etdi.
Respublikamiz boy madaniy merosga ega edi. Bu esa respublikamiz madaniy, iqtisodiy va siyosiy hayotida mislsiz taraqqiyotga erishish uchun
imkoniyat yaratib berdi.
XX asrga kelib, O'zbekistonda ham boshqa faniar qatori psixologiya fanining rivojlanishiga imkon tug'ildi. Qozon universitetini tamomlagan va 1933-yildan boshlab professor unvoniga ega bo'lgan, hamda 1941—1968- yillar mobaynida Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika instituti- ning Psixologiya kafedrasiga mudirlik qilgan bilimdon, aql-zakovat egasi P.I.Ivanov O'zbekistonda psixologiya fanining rivojlanishiga katta hissa qo'shdi, 80 ga yaqin ilmiy qo'llanma va maqolalar yozdi. Ayniqsa, umumiy psixologiya yosh va pedagogik psixologiya, mehnat psixologiyasi yo'nalishda barakali ijod qildi. Uning «Памят». Т., 1941; «Психология» (qisqacha izohli lug'at) Gosizdat, 1946; «Психология» (pedagogika oliy o'quv yurtlari uchun o'quv qo'llanma). M, Uchpedgiz, 1954, 1956, 1959; «psixologi
ya» (pedagogika oliy o'quv yurtlari uchun qo'llanma) Uchpedgiz, 1957,
1960 (2 nashr); «Психологические основы обучения». T, Uchpedgiz, 1960; shu kitobning o'zbek tilidagisi «Ta’limning psixologik asoslari» T, 1961; «Umumiy psixologiya» (o'zbek tilida). T, 1957-yil; «Общая психология» T, 1967 (2 nashr); «Развития технического мышления учащихся на уроке труда» (Yaroslavl, 1969-yili) kabi qator darslik va qo'llanmalari chop etildi. U o'zining ko'p yillik pedagogik faoliyatini psi- xologiyadan o'quv qo'llanmalari yaratishga bag'ishladi va ko'plab ilmiy kadrlar yetishtirib chiqardi. Uning kamtarin mehnati «O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan fan va texnika arbobi» unvoni bilan taqdirlandi.
1945-50-yilIarga qadar O'zbekistonda psixologiya fani bo'yicha birorta ham o'zbek tilida darslik, qo'llanmalar yo'q edi. P.I. Ivanovning «Psixologiya» kitobi o'zbek tiliga taijima qilingunga qadar uning shogirdlari dom- lani ma’ruzalariga muntazam qatnashib, uni o'zbek tiliga taijima qilib, keng talabalar ommasiga yetkazishga harakat qildilar.
P.I. Ivanovning shogirdlaridan biri bo'lgan Sh. Bayburova domlaning rus tilidagi ma’ruzalarini o'zbek tiliga taijima qilib, talabalarga o'zbek tilida psixologiyadan ma’ruzalar o'qidi va psixologiya sohasidagi bilimlami mu- jassamlashtirib, o'zbek tilida «Psixologiya» darsligini 1949-yili chop ettirdi. Bu darslik sirtqi va kunduzgi bo'lim talabalari uchun o'zbek tilida yagona o'quv qo'llanma edi. Keyinchalik P.I. Ivanovning «Psixologiya» kitobi o'zbek
tilida chop etildi.
Bolalar psixologiyasi sohasida ham katta ishlar amalga oshirildi. 1964- yili A.A. Asqarxo'jayev, P.I. Leventuev, M. Vohidov, E. Chudnovskiylarning «Bolalar psixologiyasining ocherklari» nomli qo'llanmasi chop etildi. Bunda bolaning dunyoga kelgan kunidan boshlab to 17—18 yoshgacha bo'lgan davrdagi anatomo-fiziologik xususiyatlari, psixologik xususiyatlari, bolalar shaxsining shakllanishi masalalari keng yoritib berildi.
P.I. Leventuev yosh avlodni mehnatga tayyorlash, adabiy ijodiyot psixologiyasini tadqiq qilish ustida ish olib bordi. M. Vohidov esa bolalar psixologiyasini talqin qilib, darslik yaratishga kirishdi.
1965-yili birinchilardan bo'lib, I.M. Krasnobayev «Yuqori sinf o'quvchilarida axloqiy e’tiqodlaming rivojlanishi», 1971-yili Davletshin Muhammad Gabdulgalimovich Leningradda «O'quvchilaming texnika qobili
yati psixologiyasi» bo'yicha doktorlik dissertatsiyasini himoya qildilar.
Ayniqsa, M.G. Davletshinning O'zbekistonda psixologiya fanining rivoj- lanishda xizmatlari buyukdir. Uning asosiy ilmiy yo'nalishlari o'quvchilarda texnik qiziqishlar, qobiliyatlarning shakllanishiga, mehnat ta’limi va kasbga yo'nalish muammolariga, pedagogika oliy o'quv yurtlarida va universitet- larida o'qituvchi kadrlar tayyorlash samaradorligini oshirishga qaratilgan edi. Shuningdek, u Sharq mutafakkirlarining psixologik qarashlarini o'rganish, ilmiy ishlarda boy merosdan foydalanishga, «Yangi turdagi o'quv yurtlari — akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida ta’lim-tarbiyaning samaradorligini oshirishning psixologik muammolari» va Oliy pedagogik o'quv yurtlarida o'quv jarayoniga pedagogik texnologiyani tatbiq etishning ilmiy asoslariga e’tibor qaratdi va bu sohada ko'plab izlanishlar qilindi, darsliklar, qo'llanmalar, ilmiy, ommabop maqolalar chop etildi. M.G. Davletshin psixologiya faniar doktori (1971), professor (1972),
O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan fan arbobi, Nizomiy nomli TDPU Psixologiya kafedrasi mudiri, 270 ga yaqin ilmiy maqolalar mualli- fi, 50 ga yaqin nomzodlik dissertatsiyasining ilmiy rahbari, ko'plab doktorlik dissertatsiyasiga ilmiy maslahatchi bo'ldi. Uning ilmiy ishlari ichida: «5-7-sinf o'quvchilarida texnik qiziqishlarini shakllantirish» (1956), «Qiziqish va ta’lim» (1962), «Maktab o'quvchilarining texnika qobiliyati psixologiyasi» (1971), «Yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiya» (O'quv qo'llanma (1974), «Qobiliyatlar va uning diagnostikasi» (1979), «Kasb tanlash» (1986), «Zamonaviy maktab o'qituvchisi psixologiyasi» (2000), «Umumiy psixologiya» (2000), «Yosh davrlari va pedagogik psixologiya» (2004)
kabi o'quv-metodik qo'llanma va ilmiy maqolalari psixologiya fanining ravnaqida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Iste’dodli olim, O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan fan arbobi M.G. Davletshin O'zbekistonda psixologiya fanining o'qitilishini takomillashtirish, uzluksiz ta’lim jarayonida pedinstitut va universitetlar uchun o'qituvchilar tayyorlashning psixologik masalalari, umumiy va pedagogik psixologiya Oliy pedagogika o'quv yurtlarining o'quv jarayoniga pedagogik
texnologiyalami tatbiq etishning ilmiy asoslari maktablarga psixologik xizmat ko'rsatishning ilmiy metodologik asoslariga bag'ishlangan ko'plab anjumanlami tashkilotchisidir. Bu 0 ‘zbekiston Milliy Universiteti qoshidagi birlashgan psixologiya fanlari bo'yicha ilmiy daraja beradigan Ixtisoslash- tirilgan Kengash a’zosidir.
Psixologiya fanining taraqqiyotida M.X. Rahmonovaning roli ham muhimdir. Olima ta’lim jarayonida diqqatning roli, o'quvchilar diqqatini
dars jarayonida barqarorlashtirish, o'quvchilar diqqatining individual xususiyatlari kabi masalalarni keng yoritib berdi. M.X. Rahmonovaning «Ta’limda diqqatning roli» (1963), «O'qish darslarida birinchi sinf o'quvchilari diqqatining barqarorligi» (1969), «O'quvchilar diqqatini ba’zi individual xususiyatlari» (1971) kabi ilmiy maqolalari ta’lim jarayonida o'quvchilar diqqatini tashkil etishda asosiy manba bo'lib xizmat qiladi. Keyinchalik u «Psixologiya kursida ko'rsatmalilik» (1981), «Oilaga sovg'a»
(1996) kabi ilmiy ishlarini chop ettirdi. Uni qo'rqoq bolalaming ruhiyati, aql-zakovati, diqqat-e’tibor sohalari qiziqtirib, u hozirgi kunda shu soha- larda kuzatish, tadqiqot ishlarini olib bormoqda.
R.Sh. Karimova ayniqsa, maktabgacha bolalami ona tili egallashning psixologik xususiyatlami aniqlash, o'smirlaming o'quv jamoasida o'zaro munosabatlarini shakllantirish masalalari bo'yicha ilmiy izlanishlar olib bordi.
Uning «Основные элементы грамматического строя родного языка как путь развития мышления детей старшего дошкольного возраста» (1959), «Учет индивидуальных различий детей при обучении их родному языки в детских садах» (1971), «Изучение взаимоотношений подростков и их формирования» (1985) kabi maqolalari hozirgi kunda ham o'z qiymatini yo'qotmagan.
Shuningdek, yosh psixologiyasida M.A. Muzaffarov «O'smir yoshlar- ning tasawur qilish asoslari» (80 dan ortiq ilmiy maqola), B. Mamajonovning «Umumiy psixologiyadan amaliy mashg'ulotlar», «Psixika hodisalari haqida», «Bolalarda ijobiy va salbiy ertak personajlari haqida tasawurlami shakllantirish jarayonini psixologik tadqiq qilish» kabi, V.P. Ivanovaning «Умственная деятельност учащихся при написании диктанта» (1962), «Факторы обеспечивающие воспризведение в умственной деятельности учашихся» (1977), X. G'ofurovaning xotira va uning xususiyatlari, umumta’lim maktablarida o'quvchilarda tasawurlarning shakllanishi, ularni so'z bilan tasvirlash hamda rasm darslarini ulaming shakllanishiga ta’siri haqidagi maqolalari, S. Rahimovning «Abu Ali ibn Sinoning psixologik qarashlari», A. Saydullayevning o'quvchilami fan, texnika, san’at, shaxs- lararo munosabatlar, xayolning rivojlanishiga bag'ishlangan qator maqolalari, F. Temurovning o'quvchilami kasbiy qiziqishlarini kasbga yo'nalish, individul yondoshishi, kasbiy qiziqishlarini aniqlash kabi qator ilmiy maqola va to'plamlari chop etildi. F. Temurov bilan bir vaqtda faoliyat ko'rsatgan N. Negmatov ham o'zining ijodiy izlanishlarini tafakkur jarayoniga bag'ishladi. U tafakkur va uning jarayonlarini tadqiq qilish, 1-sinfdan boshlab o'quvchilarda umumlashtirish faoliyatning rivojlanishi bo'yicha longityud tadqiqotlarini amalga oshirdi. Oliy maktabda psixologiya fanlarini o'qitish masalalariga katta e’tibor berdi.
Q. Turg'unov esa respublikada birinchilardan bo'lib, mehnat psixologiyasi sohasiga asos soldi. U mehnat jarayonida bilim, ko'nikma va malakalarning shakllanishini to'qimachilik jarayonida o'rgandi va tajribaga asoslanib, to'quvchilikning psixologik asoslarini yoritib berdi. Muallif «Развитие производственных навыков у учащихся» (1963), «Вопросы о понятий «умение» и «навык» в психологии» (1964), «Анализ маршрутного умения првдилщитс и проблемы производителности труда» (Экономика и жизни, 1967 г., №1), «К проблемам умений и навыков» (1964) kabi ilmiy ishlari chop etildi, ayniqsa, uning «Psixologiya terminlarining ruscha—
o'zbekcha lug'ati» psixologiya fanini o'rganishda muhim ahamiyatga egadir.
Mehnat ta’limi psixologiyasining rivojlanishida N. Yaxyarov o'quvchilarda mehnatga bo'lgan ijobiy munosabatlarni shakllantirish ma- salasida ko'pgina ilmiy maqolalar chop ettirdi.
O'zbekistonda psixologiya fanining taraqqiyotida professor (1985)
M.V. Vohidovning ham o'rni bor. Muallifning asosiy tadqiqot sohasi o'quvchilaming o'quv faoliyatida mnemik jarayonlarni o'rganishga bag'ishlangan edi. Shuningdek, u O'zbekistonda psixologik flkrlaming rivojlanishi tarixi, bolalaming psixologik xususiyatlarini keng miqyosda o'rgandi. O'zining ko'p yillik tajribalariga suyanib, 1981-yili «Psixologiya» darsligini yaratdi. Bu darslik bolalar psixologiyasi bobida ham hozirgi kunda pedagogika oliy o'quv yurtlari va pedagogika kolleji talabalarining asosiy qo'llanmalaridan biridir.
Yosh va pedagogik psixologiya sohasida P.I. Ivanovning shogirdlaridan biri M. Zufarova «7 yoshli bolalami psixologik tomondan maktab ta’limiga tayyorlash» masalasini ilmiy tajribalar asosida yoritib bergan. U «6 yoshli iqtidorli bolalami maktab ta’limini egallashdagi psixologik imkoniyatlari»,
ularda bilish jarayonlarini shakllanishi xususiyatlari, talabalarni pedagogik faoliyatga psixologik tayyorlash, pedagogik amaliyot bo'yicha talabalarga metodik amaliy yordam, «Insonlarda o'z-o'ziga munosabatni tarkib topti- rish», «Psixologiyadan kurs ishlarini yozishga doir uslubiy ko'rsatmalar», «Yosh va pedagogik psixologiyadan laboratoriya mashg'ulotlari va amaliyotda talabalarga uslubiy yordam», «Umumiy psixologiyadan asosiy tu- shunchalaming tematik izohli lug'ati va o'quv-uslubiy ishlanmalar», «Bolalar psixologiyasining muammolari», «Pedagogik psixologiya», «Amaliy psixolog
va uning vazifalari» kabi o'quv qo'llanmalarini chop ettirdi. U 100 ga yaqin ilmiy, uslubiy maqolalar muallifidir.
Respublikamiz mustaqillikka erishgandan keyin O'zbekistonda psixologiya fanining rivojida keskin burilish yuz berdi. Hozirgi kunda ko'plab fan nom- zodlari bilan birga fan doktorlari, professorlar faollik ko'rsata boshladilar.
Jumladan, G‘. Shoumarov (1990-yilda fan doktori, 1993-yili professor) dififerensial psixologiya, ijtimoiy psixologiya, etnopsixologiya, oila psixologiyasi, shaxs psixologiyasi, psixodiagnostika, o‘zbek oilasining ijtimoiiy psixologik, etnopsixologik xususiyatlari masalasini o‘rganishga katta e’tibor berdi. Respublikada psixologik xizmat ko‘rsatishni tashkil qilish, yosh va pedagogik psixologiya, boshqaruv psixologiyasini yoritishga oid darsliklar, o‘quv qo'llanmalari, ilmiy-amaliy maqolalar yaratdi. Jumladan:
«Возможности применения адаптированного варианта методики Векслера для диагностики задержки психического развития» (Сб. Научных трудов НИИ Психиотрии М3. РСФСР. М., 1978), «О проблемах совершествования психологической диагностики в школе» (В кн.: Психологическая служба в школе. Tallin, 1983), «Влияние психологических особенности узбекской семи на воспитание молодежи” 1986, “Muhabbat va oila» (Т., Ibn Sino, 1994), «Реализация Национальной программе по подготовке кадров в Узбекистане», «Sito», (Tokio, 1998), «Oila psixologiyasi». Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o'quvchilari uchun o'quv qo'llanma. (Toshkent, Sharq. 2000), «1001 savolga psixologning 1001 javobi» (Т., Mehnat. 2000) va boshqalar.
U 20 ga yaqin fan nomzodi va bir necha fan doktorlari tayyorladi.
E. G'oziyev (1992-yilda psixologiya fanlari doktori, 1994-yilda professor), ta’lim jarayonida o'quvchilar tafakkurining o'sishi, o'quvchilami umumlashtirish usullariga o'rgatish va ulaming aqliy taraqqiyoti, o'quv faoliyatini boshqarish, tafakkur, xotira, shaxs, psixologiyasi masalalari, bilish nazariya- sining psixologik muammolari, komil insonni tarbiyalashning psixologik asoslari kabi masalalarni yoritishga e’tibor berdi. Uning «O'quvchilar o'quv faoliya
tini boshqarish» (1988), «Oila etikasi va psixologiyasi» (1992), «Psixologiya» (1999), «Tafakkur», «Xotira», «Shaxs», «Umumiy psixologiya» (psixologiya mutaxassisligi uchun darslik. I — II kitob. Т., 2002), «Faoliyat va xulq-atvor motivatsiyasi» (2003), «Psixologiyada mukammal lug'at tuzish xususiyatlari» (2005) nomli qo'llanmalari ko'p sonli talabalaming asosiy o'quv qo'llanmasi bo'lib xizmat qilmoqda.
R.Z.Gaynutdinov (1992-yilda psixologiya fanlari doktori, 1997-yildan professor) «Психология управления в органах внутренних дел» (o'quv qo'llanma, 2001), «Психологические особенности несовершеннолетних и их учет при допросе» (Т., 2000), «Самосознание и саморегуляции учителя» (o'quv metodik qo'llanma, 1991), «Учителью о психологии воспитания» (1994) kabi ko'plab dolzarb muammolariga bag'ishlangan ilmiy, uslubiy maqolalar chop ettirdi.
Shuningdek, psixologiya fanlari doktori (1992), professor (1996)
A.Tokareva ilmiy-pedagogik faoliyati davomida shaxsni axloqiy rivojlanishi masalalari, turli xil yosh davrlarda shaxs axloqiy qobiliyatlarining shaklla
nishi asoslari, komandalik taktiga mutaxassislami tayyorlash jarayonini op- timallashtirishning psixologik-pedagogik tomonlariga bag'ishlangan ilmiy tadqiqot ishlarini olib bordi va bu sohada ko'pgina ilmiy maqola va qo'llanmalar nashr qilindi.
O'zbek xalqining xotin-qizlari ichida birinchi marta psixologiya fanlari doktori (1994) ilmiy darajasini olgan farg'onalik ayol V. Karimova ham O'zbekistonda psixologiya fanining ravnaqiga katta hissa qo'shmoqda. Uning ilmiy-tadqiqot yo'nalishida etnopsixologik g'oyalar katta o'rin oldi. U o'zbek xalqining milliy ana’analari, qadriyatlari, rasm-rusumlari psixologiyasi, o'zbek ayolining ijtimoiy mavqeini oshirish, ulami keng xalq ommasiga singdirish bo'yicha ilmiy ishlarni amalga oshirmoqda. Uning yangi o'quv dasturlari, darsliklari, o'quv qo'llanmalami qayta ko'rib chiqish va milliy istiqlol mafkurasi konsepsiyasini ishlab chiqishdagi, oila va mahalla tizimidagi g'oyalami xalq ongiga singdirish haqidagi izlanishlari maqsadga muvofiqdir.
Olimaning «O'zbek ayoli shaxsining shakllanishi» (1986), «Ijtimoiy psixologiya va ijtimoiy amaliyot» (1999), «Tashkiliy xulq» (1999), «Mustaqil fikrlash» (2000), «Psixologiya» (2000), «Salomatlik psixologiyasi» kabi o'quv qo'llanmalaridan pedagogika oliygohlarining o'qituvchi va talabalari keng foydalanmoqdalar.
Iste’dodli psixolog B.R. Qodirov (psixologiya fanlari doktori, professor) o'zining ijodiy faoliyatini iqtidorli yoshlarni o'rganishga bag'ishladi. U differensial psixologiya sohasida yoshlaming individual xususiyatlarini o'igandi. Yoshlarda ijtimoiy qiymatga ega bo'lgan o'quvchilaming faoliyat yo'nalishlari, layoqat va birlamchi qobiliyatlarining miya mexanizmlari o'rganildi. Yoshlarni u yoki bu ijtimoiy faoliyat yo'nalishlarini tanlashlari elektroensefalografik usullar bilan neyrofiziologik jihatlari tadqiq qilindi. Olingan ma’lumotlar miya faoliyatida kasb tanlash, kasbga moyillik va layoqat turlarini ta’minlab turadigan muqobil neyrofiziologik xislatlar borligini isbot etdi. Zehn testlari majmuasi shakllantirildi.
Z. Qodirova (2001-yilda fan doktori) yoshlaming ijtimoiy faolligini, ulami ijtimoiy muhitga moslashuvini tezlashtiruvchi omillar va ulami daraja
tuzilmasini aniqlash, faollikning rolini talqin qilish, ya’ni jamiyat yaratish- da yoshlaming ijtimoiylashuvi jarayonidagi faollik, shaxs ichki dunyosi muammolarining ijtimoiiy-falsafiy jihatlarini tadqiq qilish masalalari bo'yicha
faollik ko'rsatmoqda.
Yuqoridagi fikriardan shunday xulosa qilish mumkinki, ya’ni psixologiya fani O'zbekistonda XX asming ikkinchi yarmidan boshlab turli jabhalarda rivojlandi. Psixologiyaning turli sohalari bo'yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib
borildi. O'zbekiston Respublikasi psixologlar assotsiatsiyasi tashkil topdi.
Hali psixologiya fanining turli sohalarida yoritilmagan, yetarli ilmiy jihatdan o'rganilmagan muampiolar juda ko'p. Ularni o'rganish respublikamiz psixologlarining asosiy vazifalaridir.
BIRINCHI Q ISM
PSIXOLOGIYANING UM UM IY MUAMMOLARI
I bob. Psixologiya nima haqida bahs yuritadi? Psixologiyaning
ahamiyati va metodlari.................................................................................5
II bob. Psixikaning nerv-fiziologik asoslari............................................26
III bob. Psixikaning taraqqiyoti...............................................................49
IKKINCHI QISM
BILISH PSIXIK JARAYONLARI
IV bob. Sezgilar.......................................................................................... 69
V.bob. Idrok................................................................................................95
VI bob. Xotira..........................................................................................126
VII bob. Xayol (fantaziya).....................................................................165
VIII bob. Tafakkur..................................................................................186
IX.bob. Nutq.............................................................................................229
X bob. Diqqat.......................................................................................... 257
SHAXSNING HISSIYOTI VA EMOTSIONAL JARAYONI
XI bob. Hissiyot (emotsiya)...................................................................276
XII bob. Iroda..........................................................................................308
XIII bob. Ko‘nikma, malaka va odatlar............................................... 333
UCHINCHI Q ISM
SHAXSNING INDIVIDUAL XUSUSIYATLARI
XIV bob. Temperament va xarakter......................................................357
XV.bob. Qobiliyat va qiziqish-havas.....................................................386
TO‘RTINCHI QISM
1-ilova. Psixologiya tarixidan.................................................................402
2-ilova. Psixologiyaning yaqin oradagi vazifalari.................................457
3-ilova. 0 ‘zbekistonda psixologiya fanining qisqacha tarixiy taraqqiyoti.... 472
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.