UMUMIY O'RTA TA'LIM MAKTABLARIDA MATEMATIKA
Оценка 4.9

UMUMIY O'RTA TA'LIM MAKTABLARIDA MATEMATIKA

Оценка 4.9
docx
21.02.2021
UMUMIY O'RTA TA'LIM MAKTABLARIDA MATEMATIKA
UMUMIY O'RTA TA'LIM MAKTABLARIDA MATEMATIKA .docx

UMUMIY O'RTA TA'LIM MAKTABLARIDA MATEMATIKA FANINING O'QITILISHINING ASOSIY MAQSADLARI

 

Nazarova Feruza Farxodovna,

o’qituvchi

Navoiy viloyati Navbahor tumani 27- maktab

 

Annotatsiya: Ushbu maqolada maktablarda matematika fanining o'qitilishining asosiy maqsadlari va muammolari yoritilib berilgan.

Kalit so'zlar: matematika,ta'lim maqsadlari, o'quv jarayonlari, pedagogik texnologiyalar.

 

Matematikani o'qitish muammosi barcha davrlarda dolzarb bo'lib kelgan. Bugungi kunda ham, ayniqsa matematik savodxonlik layoqatini shakllantirish, matematik tafakkurni shakllantirish, fanlararo bog'liqliklarni ta'minlash dolzarbligicha qolmoqda. Bu muammolarni qanday qilib yechish mumkin, degan savolga albatta har bir darsni maqsadli tarzda soddadan hayotiylikka qarab harakatlantirish kerak.

Maktab matematikasining maqsadi o'quvchilarning psixologik xususiyatini hisobga olgan holda matematik bilimlar sistemasini maqsadlarini umumiy holda quyidagi uchta omil bilan belgilash mumkin.

1. Matematika o'qitishning umum ta'limiy maqsadi.

2. Matematika o'qitishning tarbiyaviy maqsadi.

3. Matematika o'qitishning amaliy maqsadi.

1. Matematika o'qitishning umum ta'limiy maqsadi o'z oldiga quyidagi vazifalarni qo'yadi:

a) O'quvchilarga ma'lum bir dastur asosida dastur talablariga javob bera oladigan matematik bilimlar sistemasini berish. Bu bilimlar majmuasi matematik layoqatni shakllantira oladigan sifat darajasiga ega bo'lishi, O'quvchilarni matematika fanining yuqor bilimlarini o'rganishga tayyorlashi kerak. Bundan tashqari, o'quvchilar olgan bilimlarini o'zlari tahlil qila olishlari va mustaqil ravishda isbotlash malakalariga ega bo'lishlari lozim.

b) O'quvchilarning og'zaki va yozma matematik bilimlarmi tarkib toptirish. Matematikani o'rganish o'quvchilarning o'z ona tillarida xatosiz so'zlash, o'z fikrini aniq, ravon va lo'nda qilib bayon eta olish malakalarini o'zlashtirishlariga yordam berishi kerak. Bu degan so'z, o'quvchilarning har bir matematik tushuncha va qoidalarning ma'nolarini ona tillarida to'g'ri talqin qila olishlariga erishishdir. Shu bilan birga qoidalarning matematik ifodasini formulalar yordamida to'g'ri yoza olish qobilyatilarini shakllantirishga erishish kerakligini bildiradi.

c) O'quvchilar matematika qonuniyatlar asosida real haqiqatlarni bilishga o'rgatish. ya'ni o'quvchilarga real olamda yuz berayotgan eng sodda hodisalardan tortib to murakkab hodisalargacha hammasining fazoviy formalarining, ular orasidagi miqdoriy munosabatlarni tushunishga imkon beradigan hajmda bilimlar berish ko'zda tutilgan Bunday bilimlar berish orqali o'quvchilarning real hayotdagi hodisalarni tasavvur qilishlari shakllanadi hamda mantiqiy tafakkur qilishlari yanada rivojlanadi.

2. Matematika o'qitishning tarbiyaviy maqsadi esa o'z oldiga quyidagilarni qo'yadi:

a) O'quvchilarning ilmiy dunyo qarashlarini shakllantirish va kengaytirish;

b) O'quvchilarning matematikaga bo'lgan qiziqishlarini shakllantirish va rivojlantirish;

c) o'quvchilarning matematika tafakkurini va matematik madaniyatini shakllantirish.

Matematika o'qitishning amaliy maqsadi o'z oldiga quyidagi vazifalarni qo'yadi:

a) Matematika kursida olgan nazariy bilimlarni kundalik hayotda, kasb-doirasida uchraydigan sodda masalalarga qo'llay olish malakasini shakllantirish. Bunda asosan o'quvchilarning nazariy bilimlarini amaliyotda qo'llay olishga o'rgatish, ularda turli sonlar va matematik ifodalar ustida amallar bajarish malakasini shakllantirish va ularni mustahkamlash uchun maxsus tuzilgan amaliy masalalarni hal qilishga o'rgatish.

b) Matematika o'qitishda texnik vositalar ko'rgazmali qurollardan foydalanish malakalarini shakllantirish. Bunda o'quvchilarning matematika darslarida texnika vositalaridan, multimedia darsliklari, kompyuterdan, matematika ko'rgazmali qurollari, jadvallar va hisoblash vositalaridan foydalana olish malakalarini tarkib toptirishdir.

c) O'quvchilarning mustaqil ravishda matematik bilimlarni egallashga o'rgatish. Bunda asosan o'quvchilar o'quv darsliklaridan, test to'plamlaridan va ilmiy ommaviy matematika kitoblaridan mustaqil foydalanish malakasini shakllantirishdir.

 

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Avliyokulov N. Zamonaviy o‘qitish texnologiyalari.-T., 2001.

2. Azizxodjaeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. - T.: TDPU, Nizomiy, 2003.

 


 

UMUMIY O'RTA TA'LIM MAKTABLARIDA

UMUMIY O'RTA TA'LIM MAKTABLARIDA

Matematika o'qitishda texnik vositalar ko'rgazmali qurollardan foydalanish malakalarini shakllantirish

Matematika o'qitishda texnik vositalar ko'rgazmali qurollardan foydalanish malakalarini shakllantirish
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
21.02.2021