UMUMIY OVQATLANISH KORXONALARIDA TIJORAT FAOLIYATINI JADALLASHTIRISH
Оценка 4.9

UMUMIY OVQATLANISH KORXONALARIDA TIJORAT FAOLIYATINI JADALLASHTIRISH

Оценка 4.9
Научно-исследовательская работа +1
docx
обществознание +1
Взрослым
17.07.2020
UMUMIY OVQATLANISH KORXONALARIDA TIJORAT FAOLIYATINI JADALLASHTIRISH
Annotatsiya: Mazkur maqolada umumiy ovqatlanish korxonalarida tijorat ishlarini takomillashtirish, qolaversa, ushbu korxonalarning faoliyatida tijorat vositalarining qo’llanilishini ko’rishimiz mumkin. Bundan tashqari, xodim va iste’molchilarni rag’batlantirish orqali korxona foydasini oshirish mumkinligi aks etgan.
UMUMIY OVQATLANISH KORXONALARIDA TIJORAT FAOLIYATINI JADALLASHTIRISH.docx

SamISI, Marketing kafedrasi assistenti S.K.Boyjigitov

+99899 350 06 09

SamISI, MR-319 guruh talabasi X.S.Amonilloyeva

+99899 021 18 25

 

UMUMIY OVQATLANISH KORXONALARIDA TIJORAT FAOLIYATINI JADALLASHTIRISH

 

Annotatsiya: Mazkur maqolada umumiy ovqatlanish korxonalarida tijorat ishlarini takomillashtirish, qolaversa, ushbu korxonalarning faoliyatida tijorat vositalarining qo’llanilishini ko’rishimiz mumkin. Bundan tashqari, xodim va iste’molchilarni rag’batlantirish orqali korxona foydasini oshirish mumkinligi aks etgan.

Kalit so’zlar: tijorat, umumiy ovqatlashi, menyu, assortiment.

Аннотация: В этой статье мы увидим улучшение торговли в предприятиях общественного питания, а также применение коммерческих средств в деятельности этих предприятий. Это также демонстрирует, как можно повысить рентабельность предприятия, поощряя сотрудников и потребителей.

Ключевые слова: реклама, общественное питание, меню, ассортимент.

         Annotation: In this article we will see the improvement of commercial operations in public catering businesses, as well as the application of commercial means in the activities of these businesses. It also demonstrates how enterprise profitability can be maximized by encouraging employees and consumers.

         Keywords: commercial, public catering, menu, assortment.

 

Zamonaviy bozor munosabatlari sharoitida tijorat korxonalari yuqori foyda olishlari uchun faqat tovar ishlab chiqarish va sotishning o’zi etarli emas. Chunki bugungi kunda iste’molchilarga servis xizmatlar ko’rsatishning ahamiyati ortib bormoqda. Iste’molchilarning doimo o’sib boruvchi ehtiyojlari sotuvchi va xaridor o’rtasida interaktiv munosabatlarni ob’ektiv zaruriyatga olib keladi. Xizmat ko’rsatish sohasida umumiy ovqatlanish tarmoqlarining o’rni beqiyos. Sababi barcha bugungi kunda umumiy ovqatlanish tarmoqlariga tashrif buyurishadi. Ulardagi assortimentlardan ishte’mol qilishida, xo’randa sifatida shakllanib borishadi. Shu o’rinda umumiy ovqatlanish korxonalari tushunchalarini ko’rib chiqish maqsadga muvofiqdir.

Umumiy ovqatlanish[1] - xalq xoʻjaligining ilmiy gigiyenik talablar asosida taomlar tayyorlab sotadigan va isteʼmolchilarga xizmat koʻrsatadigan sohasi. Umumiy ovqatlanish sohasiga yarim fabrikat oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlaydigan fabrikalar, oshxonalar, restoranlar, choyxonalar, qahvaxonalar, bufetlar, yemakxonalar, gazakxonalar va boshqalar kiradi. Ularning ayrimlari isteʼmolchilarga ish va oʻqish joylarida xizmat koʻrsatadi. Koʻpincha ularda isteʼmolchilarga imtiyozli (ovqat tayyorlash va xizmat koʻrsatish xarajatlarining bir qismini korxona yoki oʻquv yurti oʻz zimmasiga oladi) xizmat koʻrsatiladi.

Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan keyin iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish jarayonida umumiy ovqatlanish tarmogʻida xususiylashtirish jarayoni tezlashdi. Korxonalar mulkchilik shakllarini uzgartirib, aksiyadorlik, masʼuliyati cheklangan jamiyatlarga, xususiy korxona, firma va boshqa mulkchilik shakllariga oʻtkazildi. Shahar va tuman markazlari, guzarlar, yirik qishloqlarda koʻplab xususiy restoran, kafe, oshxona, dehqon bozorlarida milliy taom rastalari  faoliyat koʻrsata boshladi. Oʻzbekistonda 877,3 ming oʻringa ega boʻlgan 17,5 ming umumiy ovqatlanish korxonalari mavjud. Bularning 0,6 mingtasi davlat, 16,9 mingtasi nodavlat korxonalaridir. Har bir ovqatlanadigan oʻringa 35 kishi, har bir korxonaning xizmat koʻrsatish imkoniyatiga 1428 kishi toʻgʻri keladi. Mutahasislarning fikriga ko’ra oziq ovqatning taxminan 83% uyda , 17% foizi ovqatlanish korxonalarida pishiriladi. Agar bu ko’rsatkichlarga e’tibor beradigan bolsak korxonalarda  taqdim etilayotgan xizmatlarning xilma-xilligi, xizmatlar sohasini rivojlanganligini ko’rishimiz mumkin.

Umumiy ovqatlanish korxonalari orasida restoran, kafe, barlar asosiy oʻrinni egallaydi.  Chunki hozirga kelib ularda yostiqsimon qulay va yumshoq stullar, uzoqroq o’tirib, dam olishlishlari uchun musiqa, o’yinga tushish  uchun zallar va ochiq joylarda  shart sharoitlar ko’rsatilmoqda.  O’rnatilgan jihozlar va dizayn shakli yoqimli konfort va illiq muhit yaratmoqda. Ularda ovkatlanish bilan birga madaniy dam olish, yubiley, oilaviy, toʻy tantanalari va boshqa marosimlar ham oʻtkaziladi.

 Mehmonxonalarda, aeroport, vokzallari, avtobuslar stansiyalari, poyezdlar va teploxodlarda joylashgan umumiy ovqatlanish shoxobchalari yoʻlovchilarga, turistlarga xizmat koʻrsatadi. Umumiy ovqatlanish korxonalarida ishlab chiqarish jarayonida yangi mahsulot yaratiladi. Shaxsiy iste’mol xususiyatlari va qo’shimch qiymatga ega mahsulotlar sotuvga chiqariladi. Umumiy ovqatlanish korxonalari ishlab chiqarilgan mahsulotlarni qiymat sifatida sotish funksiyasini bajaradi. 

Mahsulotlar assortimentiga ko'ra, umumiy ovqatlanish korxonalari universal va ixtisoslashtirilganlarga bo'linadi. Universal korxonalar ko'plab xom ashyolardan turli xil idishlar ishlab chiqaradilar. Ixtisoslashgan korxonalar ma'lum turdagi xom ashyodan mahsulot ishlab chiqaradilar va sotadilar,  kafe-sut, kafe-qandolatchilik; baliq oshxonalari, restoranlar; bir hil mahsulotlar - restoran, milliy taomlari bilan kafe, ovqatlanish oshxonalari ishlab chiqarishni amalga oshirish. Yuqori ixtisoslashgan korxonalar tor assortimentdagi mahsulotlar - barbekyu, cheburek va boshqalarni ishlab chiqaradi.

Mijozlarga xizmat ko’rsatish sifatini yaxshilash, ularning ehtiyojini qondirish va tashrifini ko’paytirish uchun xodimlarga ikkita rag’batlantirish variantlari qo’llanilishini taklif etamiz: 1.Moliyaviy; 2.Nomoddiy

Tijorat korxonalarida xodimlarning ishtiyoqini oshirishning moliyaviy imkoniyatlarini hisobga olgan holda, yuqori sifatli yoki yetarli darajada sifatli ish uchun ularni mukofotlash kerak. Misol uchun,  ularning ish haqini oshirish, bir yilda bir marta qo’shimcha mukofotlash, sog’ligini tiklash uchun da, olishga jo’natish kabilar orqali rag’batlantish mumkin. Bunday rag’batlantishir yo’llari orqali  korxonaning oladigan foydasini ancha samarali va ko’p bo’lishini ta’minlash mumkin. Chunki xodimlar oladigan ish haqi ularni  qoniqtiradi va ular bundanda yaxshiroq ishlab ko’proq foyda olishni xohlaydilar. Korxonaning foydasi qanchalik yuqori bo’lsa xodimlarga beriladigan  ish haqi ham shuncha yuqori bo’lishini barcha biladi. Shunga asoslangan holda bu rag’batlantirish usuli ancha muvofaqiyatlarga olib keladi. 

Tijorat ishlarini jadallashtirishda umumiy ovqatlanish korxonalarida xodimlarni rag’batlantirishning ikkinchi usuli bu nommodiy rag’batlantirish hisoblanadi. Xodimlarni nomoddiy rag’batlantirishning quyidagi variantlarini ko’rib chiqish kerak:

·          xodimlarning shaxsiy rivojlanish imkoniyatlarini kengaytirish ca ularning malakasini oshirishga yordam berish;

·          rag’batlantiruvchi tadbirlar va aksiyalar global ( butun jamoa uchun) va shaxsiylashtirilgan (aniq xodimlar uchun);

·          jamoa tuzish bo’yicha qo’shma tadbirlar, shuningdek ofitsantlar uchun o’quv tadbirlari.

·          xodimlarning o’quv malakasini oshirishning bir necha yo’lari mavjud. Bularni birma bir izohlari bilan korib chiqamiz.

O’zbekiston hududida ya’ni barcha shaharlarida ishchilarning malakasini oshruvchi mahsus korxonalar va tashkilotlar faoliyat olib boradi. Shu ma’lumotga asoslangan holda umumiy ovqatlanish korxonalarida ishlovchi barcha xodimlarni yiliga bir marta yoki undan ham ko’proq vaqt oralig’ida malakasi oshirib borish mumkin bo’ladi.

O’zbekiston hududida ham xorijiy mamlakatlar taomlarini tayyorlaydigan umumiy ovqatlanish korxonalari mavjud. Bu turdagi korxonalar  chet davlat korxonalari  bilan hamkorlik aloqalrini yo’lga qo’yib, yo bo’lmasa shartnoma asosida  o’z xodimlarini chet davlatlarga yuborishi va  malakasini  oshirish imkoniyatlari mavjud. Chet  davlatda ishlovchi xodimlarning tajribasi va bu ish faoliyati bilan anchadan beri va muntazam ishlashi hisobiga ularning malakasi yuqori. Shuni inobatga olgan holda o’zimizda faoliyat olib boruvchi korxonalar bu turdagi xizmatlardan foydalanishini taklif etamiz.

Xulosa qilib aytganda, umumiy ovqatlanish korxonalarida tijorat amallarini bajarish, taomlarni reklama qilish, sifatli menyu tayyorlash, malakali kadrlar salohiyatini oshirish qolaversa raqobat muhitini yaratish bugungi dolzarb mavzulardan biri hisoblanadi.


 

Скачано с www.znanio.ru



[1] https://uz.wikipedia.org/wiki/Umumiy_ovqatlanish

SamISI, Marketing kafedrasi assistenti

SamISI, Marketing kafedrasi assistenti

Ularning ayrimlari isteʼmolchilarga ish va oʻqish joylarida xizmat koʻrsatadi

Ularning ayrimlari isteʼmolchilarga ish va oʻqish joylarida xizmat koʻrsatadi

Mijozlarga xizmat ko’rsatish sifatini yaxshilash, ularning ehtiyojini qondirish va tashrifini ko’paytirish uchun xodimlarga ikkita rag’batlantirish variantlari qo’llanilishini taklif etamiz: 1

Mijozlarga xizmat ko’rsatish sifatini yaxshilash, ularning ehtiyojini qondirish va tashrifini ko’paytirish uchun xodimlarga ikkita rag’batlantirish variantlari qo’llanilishini taklif etamiz: 1
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
17.07.2020