Qarshi shahar xalq ta’limbo‘limiga qarashli
8-umumiy o‘rta ta’lim maktabining informatika fani o‘qituvchisi
Rustamov O’tkir Eshmuhammadiyevichning
“O’z fanining fidoiysi - 2020” tanloviga tayyorlagan
8-sinf uchun informatika va axborot texnologiyalari fanidan
“WINDOWS YO’LBOSHLOVCHISI”
mavzusidagi
DARS ISHLANMASI
2020-o’quv yili
Faollik
O’ng qo’l qoidasi
Mustaqil fikrlash
O’zgalar fikrini tinglash
Ahillik
Tartib intizom
Qo’l telefonidan foydalanmaslik
“Oltin qoidalar”
Dars maqsadi:
MAVZU: “WINDOWS YO’LBOSHLOVCHISI”
Darsning metodi: Noan’anaviy, interfaol uslubida
Darsning jihozi: Darslik, kompyuter, proyektor, elektron
darslik
Darsning tashkiliy qismi:
O’quvchilar bilan salomlashish
Davomatni aniqlash
Sinfxona tozaligini tekshirish
Guruhlarga ajratish
Guruhlarni baholash
Har bir guruhda 8 tadan o’quvchi bor.
“Windows” guruhi
“Yo’lboshlovchi” guruhi
8
1
3
2
7
4
5
6
6
7
5
4
3
1
8
2
III.Yangi mavzu: Windows yo’lboshlovchisi
Masalan:
sichqoncha yordamida: “Программы” bo’limi, undan “Стандартные” va nihoyat “Проводник” bandi tanlanadi;
klaviatura yordamida : klavishi bosiladi va ochilgan Bosh menyudan yo’nalish klavishlari yordamida “Программы” bo’limi, undan “Стандартные” va nihoyat “Проводник” bandi tanlanadi;
+ E (ya’ni Winkey+E) klavishlari birgalikda bosiladi. “Пуск” tugmasi yordamida ishga tushirilgan yo’lboshlovchi oynasi papkalarning shajaraviy tuzilmasini quyidagi ko’rinishda aks ettiradi:
Umuman, har qanday papkaning iyrarxik tuzilishini ko’rish uchun sichqoncha yordamida uning kontekst-menyusidagi “Yo’lboshlovchi” bandini tanlash yetarli. Masalan, “Mening hujjatlarim” papkasining shajaraviy tuzilishi quyidagicha:
“Yo’lboshlovchi” oynasi interfeysi quyidagilardan iborat:
Demak, yo’lboshlovchi oynasi interfeysi “Mening kompyuterim” katalogi oynasi interfeysiga o’xshash bo’ladi. Ko’rish mumkinki, yo’lboshlovchi va “Mening kompyuterim” katalogi menyulari va uskunlari bir xildir.
Bu ikkala qobiq dasturlar interfeysi tezkor klavishlar bilan ishlash imkonini beradi, ya’ni:
- Alt + ←: shu oyna ochilgan katalogdan avval ochilgan katalog yoki kataloglarga qaytish;
- Alt + →: shu oyna ochilgan katalogdan keyin ochilgan katalog yoki kataloglarga o’tish;
- Backspase: bir pog’ona yuqori katalogga o’tish;
- Ctrl + F yoki Ctrl + E : joriy katalogdan faylni izlash.
Yo’lboshlovchining Papkalar sohasida kerakli obyekt tanlansa, uning tarkibi yonidagi Obyektlar sohasida ko’rinib turadi. Agar sichqoncha yordamida papka oldida aks etib turgan + belgisi tanlansa, Papkalar sohasida papka tarkibi ochiladi, agar – belgisi tanlansa papka tarkibi yopiladi:
Yo’lboshlovchi oynasida obyektdan klavishlar yordamida nusxa olish uchun Ctrl+C, joylashtirish uchun Ctrl+V klavishlar juftligi bosiladi. Bir nechta fayldan birdaniga nusxa olish uchun esa avval bu fayllarni guruhlash kerak. Fayllarni guruhlash uchun Shift klavishi bosib turgan holda yo’nalish klavishlaridan foydalaniladi.Obyektni qayta nomlash uchun F2 tezkor klavishlaridan foydalanish mumkin. Obyektga mos kontekst-menyuni ochish uchun Shift+ F10 klavishlar juftligi bosiladi.
IV Uyga vazifa:
Savollarga javob yozib kelish
1. « Windows yo’lboshlovchisi » dasturi nima uchun xizmat qiladi?
2. « Windows yo’lboshlovchisi » dasturi qanday ishga tushiriladi?
3. « Windows yo’lboshlovchisi » ilovasi mеnyusi bo’limlarini sanab bеring.
4. « Windows yo’lboshlovchisi » ilovasi oynasining tuzilishini aytib bеring.
Материалы на данной страницы взяты из открытых источников либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.