Xalqaro kosmik tilning ahamiyati
Оценка 4.8

Xalqaro kosmik tilning ahamiyati

Оценка 4.8
doc
31.01.2023
Xalqaro kosmik tilning ahamiyati
Xalqaro kosmik tilning ahamiyati.doc

 

XALQARO KOSMIK TILNING AHAMIYATI

 

Ibragimova Dilbar Atxamovna,

ChOTQMBYu Tillar Kafedrasi katta o'qituvchisi

 

Annotatsiya: Yer yuzidagi har bir insonni, har qanday mutaxassis va kasb egasini, zamon bilan hamnafas bo'lishiga undaydigan narsa, bu eng avvalo muloqot va tildir. Qaysi tildan foydalanishingiz muhim masala emas, asosiysi muloqotda kirisha olish va belgilangan maqsadlarga erishishdir. Bu yo'lda insoniyat o'zi uchun eng qulay tilni tanlaydi, ammo ba'zi xollarda aniq tasdiqdan o'tgan, kelishuvlar asosida tanlangan tildan foydalanishga to'g'ri keladi, bu esa o'z navbatida ba'zi muammolari kelib chiqishiga sabab bo'ladi, ya'ni boshqa tilda o'z fikrni mustaqil bayon etish , ravon va go‘zal gapirishi yoki lo‘nda fikrini ifoda etish murakkablashadi. Mana bir necha yillar davomida bu borada turli xil baxs-munozaralar bo'lib kelmoqda, ammo xali xanuz yaqona to'xtamga kelinmagan, biroz tartibga solingan, ammo butunlay xal etilmagan. Bu dolzarb muammo nafaqat tilshunoslarning balki Xalqaro Kosmik Stantsiyasining ham yechimga muhtoj muammolaridan biri xisoblanadi.

Kalit so'zlar: ISS (International Space Station) XKS (Xalqaro Kosmik Stantsiya), NASA (National Aeronautics and Space Administration) Milliy Aeronavtika va koinot boshqarmasi,  ICAO (International Civil Aviation Organization) Xalqaro Fuqarolar Aviatsiyasi tashkiloti, ATC (air traffic control) xavo yo'llarini boshqarish,  State Foreign Service Institute (Davlat Tashqi Xizmatlar Instituti).

 

Hozirgi kunda aksariyat fazoga chiquvchi kosmonavtlar Rossiya hududi orqali amalga oshiriladigan ushbu sayoxatlarini Rossiyaning Qozog'iston hududidagi maxsus kosmik stantsiyasidan ko'tariladigan Rossiyaning "Soyuz" kosmik kemasida bajarishlari   kerak bo'ladi. Fazo kemalari boshqarish va kosmik missiyaning boshqaruvi  o'z navbatida Rossiya fuqarosi tomondan  boshqariladi va Xalqaro Kosmik Stantsiyada  rus tilidagi modullar va operatsiyalar ham mavjud.Bu degani, XKSga boradigan barcha kosmonavtlar, qancha tilda gaplashishlaridan qat'iy nazar,  rus tilini ham o'rganishlari kerak bo'ladi. Demak, butun dunyodagi kosmonavtlar va astronavtlar NASA bilan ishlashlari uchun boshqa til egalariga mashaqqatli bo'lgan  ingliz tilini ham o'rganishlari kerak. Mutaxassislarning fikriga ko'ra, xalqaro kosmik til haqida o'ylash vaqti keldi, chunki kosmik dunyoning  tez o'zgarib borayotgani sabab XKS moliyalashtirilishi va fazoviy operatsiyalarni to'xtatilishi mumkinligi bu borada muloxaza yuritish zarurligini anglatadi.Ayni damda Xitoy kosmik kuchga ega bo'lgan kuchli davlatlardan biri bo'lib, kelajakda uning evropaliklar bilan xamkorlik qilish rejalari bo'lishi va dunyoning barcha mamlakatlari fuqarolarini Marsga uchirish turizmini yo'lga qo'yish ehtimoldan xoli emas va o'z navbatida bu xalqaro hamkorlikni talab qilishi mumkin. ["Baykanur aksi" ilmiy jurnali ]

AQSh Davlat Tashqi Xizmatlar Institutida ingliz tilida so'zlashuvchilar uchun boshqa tillarni o'rganish qiyinligi darajasini belgilovchi o'lchov mavjud. Ushbu institutning tillar kafedrasi rus tilini bir necha o'rganilishi jihatdan murakkab bo'lgan, ya'ni  ingliz tilidan sezilarli darajada lingvistik va/ yoki  madaniy tafovutlarga ega Yunon, Islandiya, Xorvat tillari kiruvchi "II toifali" tillar qatoriga kiritdi. Rus tilida ravon gaplashish uchun talabalar 1100 soatlik o'quv dasturini tamomlashadi va yanada mukammallik uchun qo'shimcha but necha darslari ham olishadi, ammo Fransuz, Ispan, Golland va Afrika davlatlari tillarini o'rganish  uchun 575-600 soatlik o'quv dasturini tamomlashadi. Xatto kosmonavtlar ham Rus tilining qiyinligi haqida juda ko'p baxslashadilar. Daniyalik birinchi kosmonavt Andreas Mogensen bir paytlar Xalqaro Kosmik Stantsiya missiyasida tayyorgarlik ko'rganligi sababli Rus tilini ham o'rgangan va bu eng katta jasorat bo'lganini bir necha bor ta'kidlagan. NASA sobiq kosmonavti Bonni Dunbar ham Rossiyaning Mir Kosmik Stantsiyasida yashashga tayyorgarlik ko'rayotgan paytda Rus tilini o'rgangan va bu boradagi  qiyinchiliklarini aytib o'tgan. Uning birinchi olti oylik mashg'ulotlari davomida, "siz javobni bilsangiz ham, uni rus tilida qanday aytishni bilmasligingiz o'zingizni kichkina bola kabi his etishga majbur qiladi", dedi u NASA web-saytida chop etilgan intervyusida. 90-yillarda Mir Kosmik Stantsiyasi missiyasida ishtirok etgan NASA kosmonavtlariga turli darajadagi tillarni o'qitishgan va rus tilini mukammal o'rganish bilan yaxshiroq natijalarga erishilgan, deydi Berkli, Kaliforniya universitetining planetar fanlar bo'yicha postdoktoral hamkori Megan Ansdell. U 2012 yilda kosmosdagi xalqaro tilning ahamiyatini o'rganadigan "Space Policy" gazetasida, "Kosmonavtlar  tillarni o'rganishda etarli darajada amaliy shug'ullanmasliklaridan tez-tez shikoyat qilishdi va barchalari" Mir "da xavfsiz operatsiyalarni amalga oshirish uchun Rus tilini mukammal bilish kerakligini ta'kidlashadi.", dedi u Space.com elektron pochtasi orqali amalga oshirilgan xisobotda. "Yana bir dolzarb muammo borki,  - bu faqat ingliz yoki rus tillarida gaplashadigan quruqlikdagi ekipaj a'zolari bilan aloqa qilishdir, ya'ni Kosmik missiyaning quruqlikdagi ekipaj a'zolari bilan bo'ladigan muloqotda uchraydigan tushunmochiliklar ortida operatsiyaning samaradorligi pasayishi kuzatiladi, masalan, quruqlikdagi ekipaj bilan ko'p marotaba aloqani takrorlash zarurati yoki tarjimonlar orqali ishlashda ma'lumotlarning noto'g'ri talqin qilinishi xolatlari juda ko'p uchraydi va bularning barchasi ish samaradorligini ortga tortuvchi omillar sanaladi.", deb fikrini davom ettirdi.

Mana bir necha yillar davomida NASA astronavtlari  Rus tilida tahsil olib va xatto rus oilalari bilan tabiy xolda muloqotda bo'lish imkonini yaratuvchi dasturlarda ishtirok etib kelishadi, bu o'z navbatida Rus tilni yaxshiroq o'rganishga imkoniyat yaratilganligini ko'rsatadi. Ammo masalaning Yana bir muhim jihati bor, ya'ni ikkita Xalqaro Kosmik Stantsiya tilini bilish amaliy samarasizlikka olib keladi,- dedi Ansdell. "Bu albatta foyda berdi, ammo missiya nazorati markazlarida tarjimonlarga ishonilgani stantsiya ishlarining xavfsizligi va samaradorligi / xarajatlari yuzasidan xavotirli xolatlari yuzaga keldi. Bundan tashqari, ingliz va rus tillarini bilish talabining oshmasligi ya'ni tarjimonlarga, Ingliz yoki Rus yolini boladigan instructor va boshqa ko'plab sohalarda ish yuritadigan xodimlarga talabning pasayishi, kosmik stantsiya hamkorlari uchun Ingliz tilini ham Rus tilini ham bilmaydigan ishchi kuchini cheklanishiga olib kelishi mumkin, - dedi u. [30 yil avvalgi:  "Mir Kosmik Stantsiyasi merosi" jurnali]

Barchamizga ma'lumki, ona tilidan boshqa tilda gaplashish oson emas, ayniqsa maxsus ilmiy-texnik terminlar ishtirok etsa. XKSsi qisman kelishuv memorandumlari bilan boshqariladi va XKSning ishchi tili ingliz tili hisoblanadi, ammo bu yerda ham alohida istisnolar mavjud (masalan, "Soyuz" Rossiya kosmik kemasi ichida). Astronavtlar fazoda ekanliklarida o'z quruqlikdagi ekipaj mutaxassislari bilan suhbatlashayotganda o'z ona tillaridan foydalanishlari  mumkin, ammo ular astronavtlik qilishlari uchun kamida  ingliz tilini bilishlari kerak ", deydi Shimoliy Dakota Universitetining fazoviy huquq va siyosati bo'yicha ixtisoslashgan professori Maykl Dodge. "Xalqaro kosmik tilni tanlashshunchalik muhim masalaki, tanlovda bo'lgan xar  ikki yo'lning birida but masalaga such kelish mumkin. Yana bir nozik jihati shundaki, geosiyosiy masalalarda bu g'oya juda qaltis masala bo'lib qolishi mumkin va aksincha chuqur o'ylab ko'rilsa bu xolat xech qanday to'siqlarsiz ham Hal bo'lishi mumkin, chunki turli kosmik missiyalarni bajarishning rasmiy kelishilgan qonuniy nizomlari allaqachonlardir yo'lga qo'yib bo'lingan. ”, - dedi Maykl Dodge  Space.com saytiga yuborgan xisobotida. "Amaliy ehtiyojlar uchun yagona tilni tanlashda ham aviatsiya, ham kosmosda xalqaro tajriba mavjud. Aviatsiyada ICAO [Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti] ingliz tilidan ishchi til sifatida foydalanishni tavsiya qilgan va amalda qo'llanilib kelinmiqda.  Aviatsiya tili deb yuritiladigan Ingliz tili barcha operatorlarning, ATC [havo harakatini boshqarish] xodimlaridan tortib, uchuvchilar va bort ekipajlarigacha, ushbu tilda so'zlashadilar va o'z vazifalarini xavfsiz bajarish imkoniyatini oshiradilar.  Til to'sig'i turli baxtsiz hodisalar va o'limlarga sabab bo'lgan voqealar juda ko'p sodir bo'lganini xisobga olsak, aviatsiya tilidan foydalanishning afzalligi yaqqol ko'rinadi." Hatto XKS kabi tashkilotlarning o'z rasmiy tili bo'lishiga qaramay, ish samarasini oshirish maqsadida boshqa tilladan  foydalanish ham maqsadga muvofiqdir, deb fikrini ettirdi Dodge; kosmik qonunlar to'g'risidagi bir nechta shartnomalar (shu jumladan, tashqi koinot to'g'risidagi shartnoma va Oy to'g'risidagi kelishuv) kosmosga parvoz qilish uchun bir xil darajada qonuniy tillar mavjudligini ta'kidlaydi.

Dodgeni qo'shimcha qilishicha XKS ga, yangi yirik ishtirokchi (masalan, Xitoy kabi) qo'shilsa, til siyosatida, ayniqsa, xavfsizlik choralari tufayli katta o'zgarish bo'lishi ehtimoldan holi emas.  Ammo masalaning ikkinchi tomoni  Xitoy tilini  XKS da qo'llash uchun tanlov  til bo'lib xizmat qilishi ham mumkin. Masalan, Xitoy boshchiligidagi Mars missiyasida boshqa xalqlarning ishtiroki mandarin yoki kanton tillarida so'zlashishni talab qilishi mumkin.

"Barchamizga ma'lumki,  XKS kabi tashkilotlar xalqaro shartnomalarni tuzish va imzolashda rasmiy  ingliz tilidan foydalaniladi, u ham  kosmos tili, ham aviatsiya tili uchun tanlangan rasmiy til xisoblanadi.", deb ta'kidlaydi Dodge. XKS da rasman qaysi tildan foydalanish samaraliroq bo'lishi haqida hali  ko'p baxs-munozaralar bo'lib o'tadi, ammo Ansdell kosmonavtlar xavfsizligi va ekipajning farovonligi uchun qaysi til eng samaralisi ekanligi to'g'risida jiddiy fikr yuritish kerakligini ta'kidlab kelmoqda. Uning so'zlariga ko'ra, kosmik ekipajlar Quyosh tizimidan uzoqlashganda, ular yanada yakkalanib qolishadi va til yanada muhimroq rol o'ynay boshlaydi. "Ushbu masala yuzasidan bo'ladigan barcha munozaralar va bayonotlar paytida meni hayratga solgan narsa bu tilning ijtimoiy jihati", deydi Ansdell. "Til ekipajning birlashishiga aniq va juda Katya ta'sir ko'rsatuvchi omildir:  etarlicha munosabat o'rnata olmasangiz, jamoa bilan aloqa qila olmasangiz, siz yakkalanasiz va bu Koinotda uzoq muddatli kosmik missiyani bajarish vaqtida sodir bo'lsa, bu yaxshilik alomati bo'lib ko'rinmaydi. Bundan tashqari, Yerdan qanchalik uzoqlashsangiz, shunchalik uzoq muddatga yerdagi munosabatlarga qaytishingiz ortga surilib ketaveradi. Bu biz anglay  olmaydigan oddiygina haqiqatdir!  Shu o'rinda ta'kidlash joizki, kovmonavtlarning imkon qadar samaraliroq aloqa o'rnatishlari va munosabatlarida muammolari bo'lmasligi uchun tanlanadigan ishchi tilning qanchalik muhim ekanini anglatadi. "

 

Manbaa va adabiyotlar

1. Мирзиёев Ш.M. Қонун устуворлиги ва инсон манфаатларини таъминлаш - юрт тараққиёти ва халқ фаровонлигининг гаров (2016 йил 7 декабрда Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул қилинганлигининг 24 йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги маъруза).-Тошкент: Ўзбекистон, 2017. - Б.23

2. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 7 noyabr sanasida 2020-2030 yillar davri uchun kosmik tarmog’ini rivojlantirish konseptsiyasining loyihasi.

3. Шчеглов В.П. Отраженные в небе мифы земли // Гевелий Ян. Атлас звездного неба. –Ташкент: Фан, 1978. – С. 45.

4. Жўраев М. Ўзбек халқ самовий афсоналари. – Тошкент: Фан, 1995.

5. Зигель Ф. Ю. Сокровища звездного неба. Путеводитель по созвездиям / Ф. Ю. Зигель. – М. : Наука, 1968.

6. Карпенко Ю. А. Названия звездного неба / Ю. А. Карпенко. – М. : Книжный дом «ЛИБРОКОМ», 2010.

7. Суперанская А. В. Теория и методика ономастических исследований / Александра Васильевна Суперанская, Велта Эрнестовна Сталтмане, Наталия Владимировна Подольская, Александр Хамитович Султанов ; отв. ред. А. П. Непокупный. – 2-е изд. – М. : Изд-во ЛКИ, 2007.

8. Ўзбекистон ССР фанлар академияси/А.С.Пушкин номидаги тил ва адабиёт институти// Русча - Ўзбекча Луғат// I ва II – том/ Тошкент, 1984.


XALQARO KOSMIK TILNING AHAMIYATI

XALQARO KOSMIK TILNING AHAMIYATI

Demak, butun dunyodagi kosmonavtlar va astronavtlar

Demak, butun dunyodagi kosmonavtlar va astronavtlar

Berkli, Kaliforniya universitetining planetar fanlar bo'yicha postdoktoral hamkori

Berkli, Kaliforniya universitetining planetar fanlar bo'yicha postdoktoral hamkori

XKSning ishchi tili ingliz tili hisoblanadi, ammo bu yerda ham alohida istisnolar mavjud (masalan, "Soyuz"

XKSning ishchi tili ingliz tili hisoblanadi, ammo bu yerda ham alohida istisnolar mavjud (masalan, "Soyuz"

Mars missiyasida boshqa xalqlarning ishtiroki mandarin yoki kanton tillarida so'zlashishni talab qilishi mumkin

Mars missiyasida boshqa xalqlarning ishtiroki mandarin yoki kanton tillarida so'zlashishni talab qilishi mumkin

Жўраев М. Ўзбек хал қ самовий афсоналари

Жўраев М. Ўзбек хал қ самовий афсоналари
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
31.01.2023