2-sinf matematika fanidan dars ishlanma
Оценка 5

2-sinf matematika fanidan dars ishlanma

Оценка 5
docx
08.01.2022
2-sinf matematika fanidan dars ishlanma
5ni ko`paytirish va 5 ga bo`lish.docx

Mavzu: 5ni ko`paytirish va 5ga bo`lish jadvali

Darsning maqsadi: a) ta’limiy:5ni ko`paytirish v abo`lish jadvali bilan tanishtirish, mavzu yuzasidan o`quvchilar bilimini mustahkamlash;

B) tarbiyaviy:Kichik guruhlarda ishlash orqali o’quvchilarni o’z-o; zini boshqarish va hamjihatlikka o’ratish;

d) rivojlantiruvchi: o’quvchilarni mantiqiy va mustaqil fikrlash malakalarini rivojlantirish

Kerakli jihozlar: darslik, dars ishlanma, kompyuter, proyektr, tarqatmalar, mavzu yuzasidan plakatlar.

Vaqt taqsimoti:

Tashkiliy qism

O’tilgan mavzuni mustahkamlash

Yangi mavzu bayoni

Mustahkamlash

Darsni

yakunlash

Uyga vazifa

5

5

5

23

5

2

Darsning  borishi

Tashkiliy  qism: Oquvchilarning  matematika darsiga tayyorgarligini tekshirib, oquv qurollari va darsliklarini nazoratdan otkazish. Aylanma daftarlarni almashtiri, uy vazifasini bajarilishi yuzasidan tahlil otkazish va kerakli korsatmalar berish. Savol- javob o’tkazaman:

-O’quvchilar, qani kim aytadi, 2015-yil qanday nomlangan edi?

-keksalarni e’zozlsh yili.

2016-yil qanday nomlanar ekan?

-Sog’lom ona-sog’lom bola yili.

Qani o`quvchilar endi matematika fanining rivojlanishiga  o`zining ko`plab xissalarii o`shgan buyuk matematik olimlarimizni eslab o`taylikchi, qani qaysi matematik olimlarimizni bilamiz?

-Muso Al Xorazmiy, Mirzo Ulug`bek, Al-farg`oniy, Al-Beruniy

Juda yaxshi o`quvchilar, bizlar ham ular kabi buyuk matematik bo`lishga harakat qilishimiz lozim. Buning uchun albatta a’lo o`qishimiz, darslarni diqqat bilan tinglab, faol qatnashihsimiz lozim.`

    Oq`quvchilar Beruniy bobomiz birinchilardan bo’lib ona sayyoramizning kichik maketini–yani globusni yasaganlar. Bu inson matematik  bo`lsh bilan birga  yer yuzasini o`rganish bo`yicha ham juda ko`plab ishlarni amlaga oshirganlar. Ha, aytgancha o`quvchilar bugun aprel oyining 22-kuni xalqaro miqiyosda Ona-sayyoramiz kuni sifatida nishonlanar ekan. 2009 yil BMT tomonida e`lon qilingan bo`lib, u bizning umumiy uyimiz va uni juda ham ehtiyot qilishimiz lozim shiori ostida bu bayram o`tkaziladi. Mana o`quvchilar bugungi kun haqida ham biro z bo`lsada ma’lumotlarga ega bo`ldingiz.

 Endi darsimizni boshlaymiz. O’tgan darsda biz qanday mavzu o’tgan edik?

Asosiy qism: O’tilgan mavzuni mustahkamlash: O’tilgan mavzu: 5ni ko`paytirish va 5ga bo`lish yuzasidan misol va masalalar bajarish.  

    O`quvchilar guuhlarga bo`lib olinadi.

-O’quvchilar, bugun guruhlarga bo’linib, musobaqa tarzida darsni tashkil etamiz.  Keling guruhlarga bo’linib olamiz.  Guruhlarni nomlash uchun yuqirida tilga olib o`tgan

 

 

 

matematik bobokolonlarmiz nomlaridan foydalanishimiz  mumkin.

Guruhlarni Al-Xorazmiy, Al-Beruniy, Al-Farobiy bilan nomlari nomlanadi.

Salyd№5

 Ilgari ham biz siz bilan musobaqa tarzida daslarni o`tganmiz o`quvhilar. Bugun ham huddi shu tarzda musobaqa tarzida darsni tashkil etiladi.

Buning uchun siz berilgan topshiriqlarni chaqqonlik va epchillik bilan ahillikda birinchi bo`lib bajarishlaringiz lozim. Topshiriqlarni bajarishda faol ishtirok etgan o`quvchilar rag`bat kartochkalari bilan baholanib boradi. Birinchi bo`lib bajargan guruh esa alohida rag`bat kartochkasini qo`lga kiritadi. Har bir o quvchi o`z guruhiga rag`bat karochkasi olib kelish uchun astoydil harakat qilishi lozim. Demak darsni boshladik.

Birinchi topshiriq o`tilgan mavzu yuzasidan bo`ladi. Oquvchilar sizlarning qo’`lingizda magnitli sonlar va magnitni yopishtirish uchun patnis turibdi. Har bir guruh a’zolari shu patnisda berilgan misollarni navbati bilan yechishlari lozim. Birinchi bo`lib bajargan guruh g`olib sanaladi va rag`bat kartochkasini qo`lga kiritadi. Qani boshladik. Endi guruhlar mana shu yozgan misollaringizga og`zaki masala tuzing. Har bir guruh o`z masalasi blan tanishtirsin.

Guruhlar masalasi tinglanib, g`ollib guruh baholanadi va rag`bat kartochkasi bilan taqdirlanadi.

Hurmatli guruh a`zolari sizlarni yanada faol bo`’lishga chorlab qolaman. Juda yaxshi harakat qildingiz. Endi diqqatingizni bugun o`tiladigan mavzuga qarating. Bugungi mavzu: 5ni ko`paytirish va 5ga bo`lish jadvali. Slayd orqali mavzu namoyish etiladi.

O`quvchilar biz siz bilan 5ni ko`paytirish va 5ga bo`lish yuzasidan misol masalalr bajargan edik. Bugun 5ga ko`paytirish jadvali bilan tanishamiz.

Doskada ko`rgazmalar asosida 5 sonini bir necha marta qo`shiv 5ga bo`lish amallari tushuntiriladi.

    Darslikda berilgan misollar asosida slayd orqali 5ni ko`paytirish va 5ga bo`lish jadvali namoyish etiladi.

-         Oquvshilar eslab olaylik ko`paytirishga qanday tarif beramiz?

-         Bir hil sonlarni qo`shish.

-         Juda yaxshi. Bu yerda oquvchilar,  5 soni nimani bildiradi?

-         Qo`shilayotgan sonni.

-         2-ko’paytuvchilarchi?

-                     Necha marta qo’shilganini.

-                     Mana bu yerda 6*5=30 ifoda berilgan. Demak o`quvchilar 5*6=30 b`olgani uchun 6*5=30 buni hamma tushundimi?

-                     Juda yaxshi, barakalla!

-                     Endi O`quvchilar darsligimizda berilgan 2-misolni bajaramiz. Buning uchun tayyor turing har bir guruhda 1o`quvchi bittadan misolni doskada bajaradi. Qaysi guruh misollarni birinchi bo`lib bajarsa ushbu guruh go`lib hisoblanadi.

O`quvchilar dokada misollarni bajaradilar. Birinchi va xatosiz bajargan guruhlar g`olib bo`ladi. Misol Slayd orqali namoyish etiladi

         3-masala. Masala ham musobaqa tarzida yechib boriladi. Uch guruhdan 3ta o`quvchi belgilab olinadi va ushbu o`quvchilardan qaysi biri masalani birinchi bo`lib bajarsa ushbu o`quvchining guruhi g`olib hisoblanib baholanadi. Slayd5

4-misol. Jadval slayd orqali namoyish qilinadi.  O`quvchilar esa jadvalni to`ldirishda magnitli sonlardan foydalanadilar. So`nga ular jadvaldagi bajargan amallarini ingliz tilida  aytib beradilar. Slayd6

        

Guruhlarda birinchi bo`lib bajargan o`quvchilar g`olib deb topiladilar.

5-masalani bajarish uchun 3 ta guruhda har bir o`quvchiga tasma beriladi.

Ular 9 smli tasmani teng 3 qismga bo`ladilar. Qaysi guruhda ushbu vazifani eng ko`p o`quvchi to`g`ri bajargan bo`lsa ushbu guruh g`olib bo`ladi.

Oquchilarni baholash va mavzuni yakunlash:

O`quvchila mana mavzuni yakunladik.  Endi g’olib guruhna aniqlash vaqti kedi. Qani qolingizdagi rag`bat kartochkalarni hisoblang. Nechta 5 va nechta 4 baholar oldingiz.

Karra jadvalidan foydalanib baholaringizni jami necha bo`lishini aytingchi?

O`quvchilar ballarni hisoblab bo`lgach, G`olib guruh aniqlanadi va rag`batlantiriladi.

Uyga vazifa 6-7 misol masala. Masala vamisolni bajarilishi yzasidan ko`rsatm berib darsni yakunlayman

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

ANGREN SHAHAR

18-UMUMIY  O’RTA  TA’LIM  MAKTABI BOSHLANG’ICH   SINF  O’QITUVCHISI

ISOQOVA GULNOZA  KARIMJONOVNANING

“5 ni ko`paytirish va 5ga bo’lish” mavzusida

Matematika  fanidan

bir  soatlik

OCHIQ DARS ISHLANMASI

Angren-2015-2016 o’quv yili


 

Mavzu: 5ni ko`paytirish va 5ga bo`lish jadvali

Mavzu: 5ni ko`paytirish va 5ga bo`lish jadvali

Guruhlarni Al-Xorazmiy, Al-Beruniy,

Guruhlarni Al-Xorazmiy, Al-Beruniy,

Juda yaxshi, barakalla! -

Juda yaxshi, barakalla! -

Guruhlarda birinchi bo`lib bajargan o`quvchilar g`olib deb topiladilar

Guruhlarda birinchi bo`lib bajargan o`quvchilar g`olib deb topiladilar

ANGREN SHAHAR 18-UMUMIY O’RTA

ANGREN SHAHAR 18-UMUMIY O’RTA

Angren-2015-201 6 o’quv yili

Angren-2015-201 6 o’quv yili
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
08.01.2022