Alisher Navoiy ijodida komillik belgilari ifodasi.
Оценка 4.6

Alisher Navoiy ijodida komillik belgilari ifodasi.

Оценка 4.6
docx
24.01.2021
Alisher Navoiy ijodida komillik belgilari ifodasi.
Alisher Navoiy ijodida komillik belgilari ifodasi..docx

Alisher Navoiy ijodida komillik belgilari ifodasi.

 

 

 

 

Annotatsiya:  Maqolada komil inson va uning o`ziga xos belgilari va bu borada shoir fikr-mulohazalari haqida so`z boradi.

 

Kalit so`zlar: faqr-u fano, qanoat, ta`ma, poklanish, ishq, bog`lanish,nafs, komillik.

 

Аннотация: Статья посвящена идеальному мужчине, его характеристикам и размышлениям поэта на эту тему.

 

Ключевые слова: бедность, удовлетворенность, вкус, очищение, любовь, связь, похоть, совершенство.

 

Annotation: The article deals with the perfect man and his characteristics and the poet's thoughts on this subject.

 

Keywords: poverty, contentment, taste, purification, love, connection, lust, perfection.

 

 Adabiyot-misoli olmos.Unga qaysi tomondan nigoh tashlansa. o`sha tomondan jilva ko`rsatadi.Ayniqsa. mumtoz adabiyotimiz namunalari borki. ular bugungi kunimiz uchun mash`ala vazifasini o`taydi, o`z boqiyligi bilan asrlar dovonidan o`taveradi.

Xususan, Alisher Navoiy ijodida insoniy sifatlar, shaxs komilligining belgilari o`ziga xos talqin etilgan. Hazrat Navoiyning nafaqat "Farhod va Shirin" dostonida, balki falsafiy mushohadalari va butun umr hayoti va xayolini band etgan asar "Lison-ut tayr" dostonida komillikning pog`onalari ba faqr mavzusi atroflicha talqin etiladi.Bu mavzu shoir ijodiga chuqur xalqchillik berish bilan birga, uning naqshbandiylik silsilasi bilan bog`liq ekanligini ko`rsatadi,chunki faqr naqshbandiylikning asosiy tushunchalaridan biri sifatida e`tirof etiladi.

Insonning maxluq belgilaridan xalos bo`lib, Haq sifatlarini egallashi faqr deyiladi. Faqrga erishmoqlik uchun turli manzillar bosib o`tiladi:1.Qanoat manzili.2.Poklanish manzili.3.Bog`lanish manzili. Qanoat manzili faqrning eng muhim belgilaridan biri hisoblanadi. Shoir e`tirof etganidek, qanoatsiz faqrni va faqrsiz qanoatni tasavvur etib bo`lmaydi. "Lison-ut tayr" dostonida qanoat bilan bog`liq Hudhud hamda Burgut muloqoti berilgan. Burgut o`z qudrati bilan g`ururlanib, Simurg` safaridan ma`no yo`qligini izhor aylaganida Hudhudning keskin tanqidiga uchraydi:

 Senki maqsud istoy, ey badnafsu dun,

 Azm etordin bo`yla, bo`lg`ay sen zabun.

 Ozim o`lmay yo`lg`a solg`ay sen qanot,

 Chang-u, minqoru qanotingdin uyot.

 Muncha birla o`zni tavsif etkasen

 Zo`ru shavkat birla ta`rif etkosen.

 Pahlavonu qahramon ul bo`ldi,ul-

 Kim kechib jonidin etkoy azmi yo`l…

 Shundan so`ng Hudhud tilidan qanoatsiz pahlavonon haqidagi hikoya keltiriladi. Unda aytilishicha, kuch-qudratda tengsiz pahlavonlardan biri xaloyiq bilan vaziyat taqozosiga ko`ra olis safarga chiqar ekan, yo`lda oziqsizlikka qanoat qila olmay, halok bo`ldi. Yosh bolalar ham, hatto munkillagan qariyal ham qanoat bilan yetib olgan manzilga u yetib olmaydi.

Faqrning ikkinchi manzili bo`lgan poklanish ko`ngilga aloqadordir,chunki poklangan qalb ta`ma va xudbinlikdan xalos bo`ladi."Azza man qana`, zalla man ta`ma" ya`ni qanoat qilgan aziz, ta`ma bilan yashagan xordir mazmunidagi ushbu hadisni Navoiy quyidagicha ifodalagan:"ta`ma mazallatqa dalil va g`aniy tome xoru zalil". ( Ta`ma tubanlikdan dalolatdir, ta`magir odam boy-badavlar bo`lsa ham xor va tubandir) shuning uchun ham vahdat orzusidagi oshiq dunyo molidan butunlay voz kechmog`i lozim. "Lison-ut tayr" dostonidagi Hudhud va Humoy orasidagi savol-javob va unga ilova qilingan hikoyada dunyo molining o`tkinchiligi va bevafoligi haqida hikmatli o`gitlar beriladi.

Bog`lanish manziliga solik faqr ma`rifatni egallaydi.So`fiy ana shu pog`onaga ko`tarilsa, u to`laligicha ollohga bog`langan, faqrda kamolotga yetgan hisoblanadi. Faqr zohiran axloq-odobni anglatsa-da, botinan ollohga intilishni, uni bir nafas ham xayoldan faromush qilmaslikni bildiradi.Shunday qilib faqr – qanoatda shohlik va Haqqa yetish yo`li. Shu sababli u xoksorlik, oddiylik, odoblilik, sadoqat, sabr, shukur singari muhim fazilatlarni qamrab oladi. Ulardan ikkitasi vafo va sadoqat muhim sanaldi. Shuning uchun ham bu ikki xislat Alisher navoiyning nafaqat "Lison-ut tayr" dostonidagi, balki boshqa asarlarida ham ulug`lanadi va insoniylikning bosh omillaridan biri sifatida tarannum etiladi. Ikkinchisi esa tavoze va kamtarlikdir. Chin hoqoni farzandi bo`lgan farhodning kamtarligi, oddiy odamlar bilan ariq qazishdagi ishtiroki ana shu yuksak fazilat – kamtarlikning yorqin badiiy ifodasidir.

Demak, ishq insonni faqr yo`lga boshlaydi. Faqr esa insonning o`zligini yo`q qilib, uni xoksorlikda kamolga yetkazadi. Majnun ham Faqr va xoksorlikdan shu qadar yuksaladi-ki, unda insoniy vahshatdan asar ham qolmaydi.Shu sababli. Hatto hayvonlar ham u bilan do`stlashadi.Farididdin Attorning "Tazkirat –ul avliyo" asarida shu ma`nodagi hikoya keltiriladi, unda nafsning insonni razillikka, hayvoniy tubanlikka yetaklashi tasvirlangan.kamolt yo`lida g`ov bo`lib turgan bu qusurga qarshi kurashish vahdatga intilishning yetakchi g`oy ava asosiy maqsadlaridan biri bo`lmog`I lozim.Zero, "Lison-ut tayr" dostonida buyuk shoir nafs masalasiga bir necha o`rinlarda urg`u berib, uning ulug` maqsadlar yo`lida g`ov bo`lishi, insonni tubanlik va razolatga boshlashi haqida qayta-qayta uqtirib o`tadi.

Xulosa qilib shuni aytish o`rinliki, mumtoz adabiyotimizning buyuk namunalari, xususan, Alisher navoiy ijodida komillikka intiluvchilar uchun yo`l –yo`riq va qoidalar yuksak badiiy-estetik tasvirlarda ifoda etilgan.Bu meros tarixi azim chinorlaridan buyuk xalqimizning munosib vorislari- barkamol avlodni tarbiyalsh borasida ham muhim ahamiyatga ega.

 

 Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati:

1.Navoiy.Mukammal asarlar to`plami.12-jild."Lison-ut tayr".T., 1996

2.Haqqul I. Tasavvuf va she`riyat.-T.:1990

3.Qodirov B. Mumtoz adabiyot:O`qitish muammolari va yechimlar.T., 2009

4.Komilov N. Tasavvuf. T.,1997

.

 


 

Alisher Navoiy ijodida komillik belgilari ifodasi

Alisher Navoiy ijodida komillik belgilari ifodasi

Ta`ma tubanlikdan dalolatdir, ta`magir odam boy-badavlar bo`lsa ham xor va tubandir) shuning uchun ham vahdat orzusidagi oshiq dunyo molidan butunlay voz kechmog`i lozim

Ta`ma tubanlikdan dalolatdir, ta`magir odam boy-badavlar bo`lsa ham xor va tubandir) shuning uchun ham vahdat orzusidagi oshiq dunyo molidan butunlay voz kechmog`i lozim
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
24.01.2021