G’azal mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 578 yilligiga bag’ishlab “Alisher Navoiy umumbashariyat e`tirof etgan ulug` shoir va mutafakkir ” mavzusida o’tkazilgan tadbir ishlanmasi.
Maktab faollari zali tadbirga mos qilib bezatidi, devoriy gazetalar, A. Navoiy portireti, hikmatli so’zlar va gullar bilan bezatildi.
Sahnada stol atrofida 5 kishi o’tirib ruboiy, fard aytayotgan bo’ladi. Ularning orasida Alisherning tog’alari ham bo’ladi Alisher otasi bilan kirib keladi . Undan Lutfiy yangi yozgan she`ridan o’qib berishini so’raydi. Shunda Alisher :
Orazin yopg’och ko’zimdin sochilur har lahza yosh
Bo’ylakim paydo bo’lur yulduz nihon bo’lg’och quyosh deydi
Lutfiy bu g’azaldan nihoyatda ta`sirlanadi va “Agar muyassar bo’lsa edi, o’zimning forsiy va turkey tillarda aytgan o’n-o’nikki ming baytimni shu g’azalga almashtitardim” deydi.
Parda yopiladi
1-Boshlovchi:
Jahonki muqaddas neni ko’ribdi
Bariga onasan, ey qodir hayot
Besh yuz yil naridan boqib turibdi
Nurli bu yuzlarga nuroniy bir zot
2-Boshlovchi:
Shu buyuk o’g’lingni ardoqlab dildan,
Xalqim tazim etsang arzigay tamom
Uning nomi bilan birga bitilgan
Dunyo daftariga o’zbek degan nom
1-Boshlovchi:
Assalomu alaykum hurmatli mehmonlar , qadrli ustozlar va o’quvchilar .
2-Boshlovchi: Mana bugun so’z mulkining sultoni , o’zbek tilining asoschisi, she’riyat dahosi bobokalonimiz A. Navoiy tavalludining 578 yilligi munosabati bilan u kishining ruhlarini shod etish maqsadida tadbir kechasini tashkil qildik.
1-Boshlovchi:
A. Navoiy ijodi mana asrlar maboynida o’lmas va takrorlanmasligi bilan adabiyot sahnida o’z o’rniga egadir.
2-Boshlovchi:
Nafaqat she’rlari bilan balki o’z hayot yo’li bilan ham bizga dasturi amal bo’lb xizmat qilishi shubhasizdir
1-Boshlovchi:
Hozir davraga A. Navoiy hayoti va ijod yo’li haqida ta’rif beruvchi o’quvchilarni taklif qilamiz .
O’quvchi :Ulug’ bobokalonimiz A.Navoiy 1441 yili hirot shahrida tavallud topgan. U yoshligidan she’riyatga juda ihlosi baland bo’lganligi uchun har xil sh’riyat kchalariga muntazam qatnashib bordi. Uning do’sti Husayin Biyqaro bilan birgalikda boshlang’ch ta’limni olishadi. Husayin Boyqaro hukmronlik qilgan davrda do’sti Alisherni o’z xizmatiga oladi.
A.Navoiy o’z millatini gullab yashnashi uchun obodonlashtirilishiga katta e’tibor berdi.U xalqning dardini o’z dardi deb bildi.
O’quvchi: Millatimiz fahri iftixori bo’lgan so’z mulkining sultoni , o’zbek tilining asoschisi, she’riyat dahosi bobokalonimiz A. Navoiy yaratgan adabiiy meros mana necha asrlar mobaynida xalqimiz qalbidan mangu joy olib kelmoqda. Sharqda xamsachilikning o’ziga xos tarixi va an’anasi mavjud. «Xamsa » yozishni ozarbayjonlik ulug’ shoir Nizomiddin Ganjaviy boshlab berdi.
«Xamsa» dostonida qo’yidagi baytlar juda ham mashhurdir :
Emas oson bu maydon ichra turmoq,
Nizomiy panjasig’a panja urmoq.
Kerak sher ollida ham sheri jangi,
Agar sher o’lmasa , bore palangi.
O’quvchi:
A . Navoiy gazallari , ruboiylari, tuyuqlari , fardlari ham adabiyotda o’z o’rniga egadir.Bir so’z bilan aytganda A.Navoiy ijodi takrorlanmas va umrboqiydir.Navoiy 1501 yilda vafot etganlar.
1-Boshlovchi:
So’z guharig’a erur oncha sharaf,
Kim , bo’la olmas anga gavhar sadaf.
2-Boshlovchi:
To’rt sadaf gavharining durji ul,
Yetti falak axtarining burji ul.
Hozirgi navbatni A. Navoiy qalamiga mansub ruboiy hamda hikmatlariga beramiz.
1-O’quvchi:
Agar yaxshilik kimga af`oldur
Jazosi aningganji iqboldir
2-O’quvchi:
Yolg’onchi kishi ermas
Yolg’on aytmoq mardlar ishi ermas
3-O’quvchi:
Inson ani bilki, kom erur onga saloh,
Til hifzida bil zumrai insonga saloh
4-O’quvchi:
Ko’ngil mahzanining qulfi til va ul maxzanning kaliti so’z bil
5-O’quvchi:
Har kimgaki, ilm qil-u qoli bo’lmas,
Ilm ahliga so’z derga majoli bo’lmas
6-O’quvchi:
G’urbatda g’arib shodmon bo’lmas emish,
El anga shafiq-u mehribon bo’lmas emish
Oltin qafas ichra gar qizilgul bitsa,
Bulbulg’a tikandek oshiyon bo’lmas emish.
7-o’quvchi
Ko’z bila qoshing yaxshi qabog’ing
yaxshi
Yuz bila so’zing yaxshi, dudog’ing yaxshi
Iyim birlam enging yaxshi, saqog’ing yaxshi
Bir-bir ne deyin boshdin ayog’ing yaxshi
1-boshlovchi: A. Navoiy davlat ishlaridan tashqari juda serzahmat ijodi bilan ham band bo`lganlar. Ko`p asarlari insonni xususan yoshlarni hamisha intilib yashashga, bilim olishga kamolot sari talpinishga barkamol bo`lib voyaga yetishga chorlagan.
Tuxum yerga kirib chechak bo`ldi
Qurt jondan kechib ipak bo`ldi
Lola tuxumcha g`ayrating yo`qmi
Ipak qurticha himmating yo`qmi?
1-boshlovchi: Navbatni raqsga beramiz
2-boshlovchi: Hozirgi navbatni A. Navoiy qalamiga mansub g’azallarga beramiz.
O’quvchi: «Qaro ko’zim»
O’quvchi: «O’n sakkiz yoshindadur»
O’quvchi: «Kecha kelgumdur debon»
Sahna ko’rinishi
Sahnaga qizlar qo’lida dutor hamda doira bilan kirib kelishadi.
1-qiz
Bu bog’ni ko’ringlar bunchalar so’lim
Biram yayramoqda ozurda ko’nglim.
Bu gulshan kimniki, kimning bo’stoni?!
Guyoki yozilmish bir ishq dostoni
2-qiz
Hali siz behabar qolibsiz Gulnoz
Bu bog’da she`r bitmish shoirlar mumtoz
Bu gulshan bilsangiz juda xayrli,
Bu sirdan ogohdir do’stimiz Guli
Guli:
Ne g’iybat qilursiz, mendin yashirin
Sizlarga nelarning aytayin sirin?
Bu bog’ni demishlar bog’i safoiy,
Bizni chorlamishlar ustoz Navoiy
Keling bir oz yayrab dil etaylik shod.
Ustoz she`rlaridan aytishaylik yod
(Alisher Navoiy asarlari asosida qizlar ruboiylar, g’azallar raqslar ijro etishadi. Qizlar o’zaro baxru bayt aytishga kirishadilar)
Guli:
Orazin yopg’och ko’zimdin sochilur har lahza yosh ….
(Sahnaga Navoiy kirib keladi)
Navoiy:
Bo’ylakim, paydo bo’lur yulduz nihon bo’lg’och quyosh
Guli:
Assalom, shoirlar sultoni, ustoz!
Chorlabsiz men uchun yuborib og’oz
Xavotir ichida siz tomon shoshdim,
Ollohga shukrlar, salomat topdim.
Navoiy:
Ofarinlar Sizga, go’zalim Guli
Dilimning sururi, ko’zimning nuri!
Chorlaganim bois yaxshilik, illo,
Sizni ko’rmoq yana nasiba Ollo.
Bugun tongda bitdim yangi g`azal bayt,
Sizga atab bitdim bir devon faqat.
O’qursiz vaqt topib yod aylab bizni,
Xudoyim , panohda asrasin sizni.
(Guli tazim ila Navoiydan kitobni oladi)
Guli:
Devoningiz muborak, boshim ustiga,
Barini yod olgum, sizga tasanno.
(Guli va qizlar yengil tazim ila chiqib ketishadi)
1-boshlovchi:
Ishq va sadoqatning maxzani-ko’ngil,
Bu nemat topilmas misli javohir.
Singanda tuzalmas, hech yamab bo’lmas,
Angladik,ka’ba bu-insondagi bil
Navbatni 9-sinf o’quvchisi tomonidan jonli ijrodagi qo’shiqqa beramiz
1-Boshlovchi: A. Navoiy butun insoniyatni yorug`lik manzillari sari yo`llovchi ma`rifat mash`ali va ma`naviy quvvatidir.
Endi navbat “Navoiy izdoshlari” ijodidan tinglaymiz.
Navoiy bobom.
Oltmish bir yil ijod etib,
O`z she`rlariga mazmun bitib,
Ma`naviyatimiz yuksaltirib,
Yashab o`tdi Navoiy bobom.
O`z asarlarin yaratib,
El-u yurtga tayanib,
Xalqimizni yashnatib,
Mehnat qildi Navoiy bobom.
Turkey tilda “Xamsa” bitdi,
Ma`nosini ham to`ldirdi.
Elga loyiq deb topdi,
Mening Hazrat Alisher bobom.
2-boshlovchi: A. Navoiy o`zbek xalqi ma`naviy dunyosining shakllanishiga g`oyat kuchli va samarali ta`sir ko`rsatgan ulug` zotdir.
1-boshlovchi: Bizning yurtimiz bunday ulug` zotlarni hech qachon unutmaydi. Bunday buyuk insonlarning nomi hamisha qalbimizda mangu qoladi.
Nido tingla, bir kun yurting tarafdan,
Ey, firoq Hirotda maskan topgan yer.
Ogoh bo`l, Alisher sen ushbu gapdan
Har ikki nabirang biri Alisher.
Shu buyuk o`g`lingni ardoqla dildan,
Xalqim ta`zim etsang arzigay tamom.
Uning nomi bilan birga bitilgan,
Dunyo daftariga o`zbek degan nom.
2- boshlovchi : Shuning bilan Hazrat Mir Alisher Navoiy bobomizning tavallud kunlariga bag’ishlangan tadbir kechamiz yakunlangi. Etiboringiz uchun rahmat !
Zarafshon shahar
8-umumiy o`rta ta`lim
maktabida
g`azal mulkining sultoni
Mir Alisher Navoiy tavalludining 578 yilligiga bag’ishlab
“Alisher Navoiy -umumbashariyat e`tirof etgan ulug` shoir va mutafakkir ” mavzusida o’tkazilgan
tadbir ishlanmasi
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.