Tasdiqlayman: Maktab direktori: X.M.Tolibov _____________ 2018-yil
Zarafshon shahar XTB ga qarashli
8 – umumiy o`rta ta`lim maktabi boshlang`ich sinf o`qituvchisi Xomidova Sanobar Abdimurodovnaning 4- “A” sinfda mustaqillikning 27 yilligiga bag`ishlab, o`qish fanidan“Aziz va yagonamsan, jonajon O`zbekistonim!” shiori ostida “Mangulikka tatigulik kun”mavzusidagi dars ishlanmasi
Darsning texnologik xaritasi.
Mavzu | Aziz va yagonamsan, jonajon O`zbekistonim! shiori ostida |
Darsning maqsadi va | ta’limiy maqsad: o`quvchilarni “Mangulikka tatigulik kun” matni bilan tanishtirish, o`quvchilarga buyuk allomalarimiz haqida ma`lumot berish. Mustaqillikning mamlakatimiz taraqqiyotidagi ahamiyatini ochib berish. |
O`quv jarayonining amalga oshirish texnologiyasi | Dars metodi: suhbat, savol- javob, “Zanjir” metodi, “Alifbo bilag`oni” , “Alloma tug`ilgan joyni top” ta`limiy o`yinlari. |
Kutiladigan natijalar | O`zbekiston Respublikasining mustaqilligi haqidagi bilim va ko`nikmalari rivojlanadi. O`quvchilarni “Mangulikka tatigulik kun” matni mazmunini izohlay olishi kutiladi. |
Kelgusidagi rejalar (tahlil o`zgarishlar) | O`qituvchi o`z faoliyatining tahlil asosida yoki hamkasblarining tahlil va takliflari asosida keyingi darslarga o`zgartirishlar kiritadi. |
Ta’til topshiriqlari asosida suhbat o’tkaziladi.Suhbat mavzusi bevosita tinchlik mavzusi bilan bog`lanib ketadi.Tinchlik tushunchasini barcha o`quvchilar o`zlari -dan kelib chiqqan holda tushuntiradilar.Mustaqillik bayrami haqida o`quvchilar tushunchasi tinglanadi.
5- o`quvchi: 1991- yil 31- avgust kuni O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi -ning navbatdan tashqari sessiyasida O`zbekiston Respublikasi mustaqil davlat deb e`lon qilindi.
6- o`quvchi: Tarix sahifasiga 1- sentabr – Mustaqillik kuni sifatida zarhal harflar bilan bitildi.
7- o`quvchi: Yurtimizda o`tgan 27 yil mobaynida ko`plab ijobiy ishlar amalga oshirildi. Ayniqsa bunyodkorlik ishlarini aytib adog`iga yetolmaymiz. Maktablar, akademik litsey va kasb- hunar kollejlari, ishlab chiqarish obyektlari, xizmat ko`rsatish, dam olish maskanlari qurildi, ko`cha va xiyobonlar obodonlashtirildi.
8- o`quvchi: Turkistonli shonimiz,
Turonli unvonimiz.
Vatan bizning shonimiz
Fido bo`lsin jonimiz.
III. Yangi mavzu bayoni.
Tarixda hech bir xalq yoki millat o’z ozodligi va mustaqilligini osonlik bilan qo’lga kiritmagan. Buni jahon tarixi, jumladan, yurtimiz tarixi ham isbotlaydi. Bizning ajdodlarimiz, ota-bobolarimiz qadim tariximiz davomida necha bor yovuz bosqinchilar hujumiga duch kelib, Vatanimiz ozodligi uchun kurash olib borganlar. Masalan, To’maris, Shiroq, Spitamen, Muqanna, Jaloliddin Manguberdi, Najmiddin Kubro, Temur Malik, Mahmud Torobiy, Amir Temur singari mard va bahodir sarkardalarimiz boshchiligida yovlarga qarshi qilingan jangu jadallar, so’nggi 130 yildan ortiqroq davom etgan istibdod davridagi ozodlik kurashlari, jadid bobolarimizning xalqimizni jaholat va mustamlakachilik domidan xalos etish yo’lidagi ma’rifiy harakatlari bu fikrning tasdig’idir.
Yoki o’tgan asrning 80-yillari ikkinchi yarmidan boshlab Prezidentimiz Islom Karimov boshchiligida yurtimizda adolat, mustaqillik, tinch-osuda hayot uchun olib borilgan mardona harakatlar milliy ozodlik yo’lidagi kurashlarning yorqin sahifasini tashkil etib ketdilar. Mustaqilligimiz 25 yiligi arafasida O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Karimov hayotdan ko’z yumdi. Butun O’zbekistonliklar chuqur qayg`uga botdilar.
2016-yil 4-dekabrda marhum prezidentimiz bilan yelkama-yelka yurgan, doimo xalq manfaatlari uchun jon kuydurgan o’zbekiston o’g’loni Shavkat Mirziyayev Miromonovich prezidentlik saylovida g’olib chiqdi va O’zbekiston Respublikasi prezidenti deb e’lon qilindi.
Yurtimizda mustaqillik shodiyonasi
Sinf taxtasiga “KIM EDIK-U KIM BO`lDIK?” jumlasi yozilgandan so`ng ,
o`quvchilar e`tiborini , eng avvalo, tumanimizda mustaqillik aksi qanday
ifoda etayotganligi haqida suhbat uyushtiriladi. Xalqimizning tarixiy yutug`i
Vatanimiz mustaqilligining 27 yilligi keng nishonlanayotgan shu kunlarda bu
yana bir bor o`z ifodasini topmoqda.Bularning barchasi istiqlol, bugungi ozod
va erkin hayot, musaffo osmon o’z-o’zidan kelmagani, ular asrlar davomida olib
borilgan kurash- lar mahsuli ekanidan dalolat beradi.Ma’lumki, jonajon Vatanimiz jahon
madaniya- tiga buyuk va beqiyos hissa qo’shgan ulug’ allomalar, aziz-avliyolar, mohir sarkarda
va davlat arboblari bilan ham ma’lumu mashhurdir.Mustaqil yurtimiz zaminining shu jihatdan
benihoya muqaddasligi haqida Prezidentimiz Islom Karimov quyidagilarni ta’kidlab aytgan edi:
Umrini iymon va e’tiqod, vatanparvarlik va insonparvarlik, poklik va halollik, ilm va ma’rifat,
adolat va diyonat yo’lida fido etgan zotlarning mo’tabar xoklari makon topgan zamingina
muqaddasdir. Agar shunday insonlar bo’lmasa, ular dahosining nafasi sezilib turmasa,
har qanday zamin oddiy tuproq bo’lib qolaveradi».
Lug`at ishi
Tilimiz qulfi ochildi - mustaqillik tufayli fikrimizni erkin ayta oldik
Ko`zimiz ochildi - haqiqatni tushundik
Abadiy mulk – doimiy saqlanadigan mulk
Alayhissalom – payg`ambarlarga salomimiz bo`lsin
Abadiy – mangu, doimiy
Sohibqiron – shoh, podshoh
Bug`doy zahirasi - ga`mlab qo`yilgan bug`doy
Yangi mavzuni mustahkamlash
Darslik bilan ishlash
“Mangulikka tatigulik kun” matnini o`quvchilar “Zanjir” usulida o`qiydi va hikoya qilib beradilir
Test topshiriqlari
A
D
A
D
E
“Alifbo bilag`oni” o`yini
O`quvchilar berilgan raqamlarga harflarni alifbo tartibida joylashtirib, berkingan so`zni topadilar
“Allomalar tug`ilgan joyni top” o`yini
O`quvchilar allomalarning tug`ilgan joylarini topishlari lozim.
Al-Buxoriy – Buxoro, At-Termiziy – Termiz, BahouddinNaqshbandiy – Kogon, Abduxoliq G`ijduvoniy – G`ijduvon, Xoja Ali Ro mitaniy – Buxoro,
Burhoniddin Marg`iloniy – Marg`ilon.
Darsga yakun yasash va o`quvchilarni baholash
O`rganilganlar yuzasidan savoljavoblar o`tkaziladi
Dars xulosalanib, faol qatnashgan o`quvchilar baholanadilar
Allomalarimiz bizga qanday milliy-madaniy meros qoldirgan?
O`zbekistonning haqiqiy egalari kimlar bo`ladilar?
“Mangulikka tatigulik kun” matnini o`qish “Mening vatanim – O`zbekiston!” mavzusida rasm ishlash
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.