BIR SOATLIK DARS ISHLANMA, "MAVZU: "AFRIKANING GEOGRAFIK O’RNI VA O’RGANISH TARIXI"
Оценка 5
Разработки уроков
doc
география
6 кл
21.04.2019
Afrika – o’rtta yarimsharda joylashgan yagona materik. Ekvator Afrikani teng ikkiga bo’lib turadi. Uning shimoliy va janubiy chekka nuqtalari ekvatordan deyarli teng masofada joylashgan. Gibraltar bo’g’izi orqali Yevropa, Suvaysh bo’yni orqali Osiyo qit’arlari bilan tutashib turadi. Materikning shimoliy va g’arbiy sohillarini Atlantika okeani suvlari, shimoli-sharqiy va sharqiy sohillarini esa Hind okeani suvlari yuvib turadi. Afrikaning qirg’oqlari kam parchalangan bo’lib, uzunligi 30500 kmga teng.
Afrika shimoldan janubga torayib boradi. Shimoliy qisminig eni (Almadi va Ros-Xafun burunlari oralig’i) 7500 km bo’lsa, janubining eni 3000 km gat eng. Materik sharqida yirik Somali yarimolroli va Mozambik bo’g’izi bilan ajralgan Madagaskar oroli joylashgan. G’arbida eng yirik Gvineya qo’ltig’I bor.
ДАРС ИШЛАНМАСИ, АФРИКА.doc
TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY
UNIVERSITETI
GEOGRAFIYA FAKULTETI GEOGRAFIYA YO’NALISHI
TABIIY GEOGRAFIYA KAFEDRASI
GEOGRAFIYA O`QITISH METODIKASI FANIDAN
BAHRIYEVA MAFTUNA
BIR SOATLIK DARS ISHLANMASI
Tekshirdi: p.f.n dots Nikadambayeva H.B Toshkent 2014
MAVZU: AFRIKANING GEOGRAFIK O’RNI VA
O’RGANISH TARIXI
Darsning maqsadi: Ta’limiy: O’quvchilarga Afrika materigining
geografik o’rni o’rganilish tarixi xaqida umumiy ma’lumot berish.
Tarbiyaviy: O’quvchilarga ekologik tarbiya berish.
Rivojlantiruvchi: O’quvchilar ongini va nutqini oshirish.
Dars turi: Ana’naviy
Dars jihozi: Geografik xarita, test tarqatmalari, xarita.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism: Davomatni aniqlash, o’tilgan mavzuni so’rash.
Yangi mavzu bayoni:
Reja:
1. Geografik o’rni
2. O’rganilish tarixi Asosiy xususiyatlari. Ekvator o’rtasidan va bosh meridian
g’arbidan kesib o’tgan yagon amaterik, eng katta cho’llar bor, eng issiq
materik, eng qyuori harorat kuzatilgan, en guzun va Sharqiy
yarimsharning eng sersuv daryolari bor, eng pakana o’rmon odamlari,
eng yirik maymunlar, eng yirik sutemizuvchilar yashaydi, qirg’ogi eng
kam parchalangan, Buyuk Afrika yer yorig’I bor, har ikkala kengliklar
bo’yicha iqlim mintaqalari va tabiat zonalari takrorlanib joylashgan,
chuchuk suvli eng uzun (750 km) va chuqur Tanganika (1435 m) ko’li
bor, olmos qazib chiqarishda dunyoda birinchi o’rinda.
Ma’lumki, Yer sharida okeanlar va materiklar turlicha
taqsimlangan. Jumladan, Shimoliy yarimsharning 39%i, Janubiy
yarimsharning esa 19%i quruqlikdan iborat. Agar globusni ko’proq
materiaklar hududiga to’g’rilansa, “Materiklar yarimshari” hosil bo’ladi.
Ushbu yarimsharda quruqlik 53% maydonni egallaydi. Shularga
asoslanib,
keyingi paytda olimlar “Materiklar yarimshari”ni
ajratishmoqda.
Geografik o’rni. Afrika – o’rtta yarimsharda joylashgan yagona
materik. Ekvator Afrikani teng ikkiga bo’lib turadi. Uning shimoliy va
janubiy chekka nuqtalari ekvatordan deyarli teng masofada joylashgan.
Gibraltar bo’g’izi orqali Yevropa, Suvaysh bo’yni orqali Osiyo qit’arlari
bilan tutashib turadi. Materikning shimoliy va g’arbiy sohillarini
Atlantika okeani suvlari, shimolisharqiy va sharqiy sohillarini esa Hind okeani suvlari yuvib turadi. Afrikaning qirg’oqlari kam parchalangan
bo’lib, uzunligi 30500 kmga teng.
Afrika shimoldan janubga torayib boradi. Shimoliy qisminig eni
(Almadi va RosXafun burunlari oralig’i) 7500 km bo’lsa, janubining
eni 3000 km gat eng. Materik sharqida yirik Somali yarimolroli va
Mozambik bo’g’izi bilan ajralgan Madagaskar oroli joylashgan.
G’arbida eng yirik Gvineya qo’ltig’I bor.
O’rganish tarixi. Afrika materigi dastlab Liviya deb atalgan.
Olimlarning fikricha, Afrika so’zi eramizdan avvalgi II asrdan
qo’llanilgan. Fransiyalik olim Gaffarel va boshqalarning fikriga ko’ra,
materikning shimolig’arbiy qismida (Tunis, Marokash yerlari)
yashagan qadimgi berberlarning afarik qbilasi nomidan olingan.
Afrika sivilizatsiyaning beshigi hisoblanadi. Unda 34 mln yil
avval odamlar yashaganligi areolog olimlar tomonidan aniqlangan. 6000
yil avval Nil daryosi vodiysining hosildor yerlarida ilk sivilizatsiya
tarkib topgan. Muhandislik san’atining nodir asarlaridan hisoblangan
piramidalardan biri eramizdan avvalgi 2500yillarda qurib bitkazilgan.
Ular dunyoning yetti mo’jizasidan biridir.
Afrika tabiatini, aholisining urfodatlarini, xo’jaligini o’rganishda
mashhur marokashlik sayyoh Ibn Battutaning alohida o’rni bor. U
Afrikaning shimoliy va sharqiy sohillarini, Nil havzasini (13251349y.),
Sharoyi Kabrining g’arbiy qismini, Niger daryosining yuqori oqimidan
o’rta oqimigacha o’rgangan. XV asr gollandiyaliklarning Afrikani o’rganishida muhim bosqich
bo’lsada, unga qora kunlarni – qullar savdosini keltirdi. 1487 yilda
Bartolomeu Diash Afrikaning janubidagi Yaxshi Umid burniga qadar
Atlantika okeani sohillarini o’rgandi. 14971498yillarda portugaliyalik
Vasko da Gama Afrikani janubdan aylanib o’tib, 1498yil 20mayda
Hindistonning Kalkutta portiga yetib keldi. U yevropaliklar uchun
Hindistonga boradigan dengiz yo’lini kashf etdi.
Afrikaning ichki qismi tabiatini o’rganishda ingliz tadqiqotchisi
Devid Livingstonning xizmatlari katta bo’ldi. U Kalaxari cho’lini,
Zambezi daryosini, Kongo daryosinin gyuqori oqimlarini, Nyasa,
Tanganika ko’llarini o’rgandi. Zambezi daryosidagi sharsharaga
Viktoriya nomini berdi. Inglizamerika ekspeditsiyasining boshlig’I
G.M.Stenli (18171877 y) Zanzibar orollarini, Viktoriya ko’lini va Nil
daryosining boshlanish irmog’I Kagera ekanligini aniqladi, Lualoba va
Kongo daryosi bo’ylab quyi oqimiga qadar o’rgandi. Livingston va
Stenli olib brogan ishlari (tuzgan xaritalari) geografiya fanini qimmatli
va qiziqarli ma’lumotlar bilan boyitdi.
Afrika tabiati va xaqlqlari hayotini rus olimlaridan V.V.Yunker,
Y.P.Kovalevskiy,
A.A.Yeliseyev,
N.I.Vavilovlar
tekshirdilar.
N.I.Vavilov tashkil etgan ekspeditsiya (19261927 y.) 6000 dan ortiq
madaniy o’simliklardan namuna oldi. U Habashiston qimmatli qattiq
bug’doy navining vatani ekanligini aniqladi. Darsni mustahkamlash:
1. Afrikaning asosiy xusiayatlari nimalardan iborat?
2. Afrika qaysi yarimsharlarda joylashgan?
3. Afrika sohillarini va ichki qismini kimlar o’rgangan?
Uyga vazifa: Mavzuni o’qib kelish.
Darsni yakunlash. O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi Vazirligi
Farg’ona viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi
O’zbekiston tumani XTMFMTTE bo’limiga qarashli
36umumiy o’rta ta’lim maktabi geografiya fani
o’qituvchisi Мирсид Ахмаджоновнинг bir soatlik
DARS ISHLANMASI
BIR SOATLIK DARS ISHLANMA, "MAVZU: "AFRIKANING GEOGRAFIK O’RNI VA O’RGANISH TARIXI"
BIR SOATLIK DARS ISHLANMA, "MAVZU: "AFRIKANING GEOGRAFIK O’RNI VA O’RGANISH TARIXI"
BIR SOATLIK DARS ISHLANMA, "MAVZU: "AFRIKANING GEOGRAFIK O’RNI VA O’RGANISH TARIXI"
BIR SOATLIK DARS ISHLANMA, "MAVZU: "AFRIKANING GEOGRAFIK O’RNI VA O’RGANISH TARIXI"
BIR SOATLIK DARS ISHLANMA, "MAVZU: "AFRIKANING GEOGRAFIK O’RNI VA O’RGANISH TARIXI"
BIR SOATLIK DARS ISHLANMA, "MAVZU: "AFRIKANING GEOGRAFIK O’RNI VA O’RGANISH TARIXI"
BIR SOATLIK DARS ISHLANMA, "MAVZU: "AFRIKANING GEOGRAFIK O’RNI VA O’RGANISH TARIXI"
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.