:Avstraliyaning asosiy xususiyatlari. Eng mitti, eng past, eng quruq materik, xaltali hayvonlar vatani, sayyoramizning yaxlit noyob qo’riqxonasi, o’rtasidan Janu-biy tropic chizig’i o’tadi, evkalipt daraxti vatani (bo’yi 2 m dan 150 m gacha), mate-rikdagi berk havza maydoni (60%) jihatidan birinchi o’rinda, yagona davlat – Avstraliya ittifoqi bor, aholisining yarmi ikkita shaharda (Sidney, Melburn) yashaydi.
Geografik o’rni. Avstraliya (lotincha “australius” – janubiy) to’liq Janubiy yarimsharda joylashgan. Materik o’rtasidan janubiy tropik chizig’i o’tganligi uchun uning shimoliy qismi issiq yoritilish mintaqasiga janubiy qismi esa mo’tadil yoritilish mintaqasiga to’g’ri keladi.
дарс ишланма, Австралия.doc
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAHSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY
UNIVERSITETI
GEOGRAFIYA FAKULTETI GEOGRAFIYA YO’NALISHI
TABIIY GEOGRAFIYA KAFEDRASI
GEOGRAFIYA O`QITISH METODIKASI FANIDAN
TOSHMATOVA ZARNIGOR
2-ORALIQ NAZORAT ISHI:
BIR SOATLIK DARS ISHLANMASI
Tekshirdi: p.f.n dots Nikadambayeva H.B Toshkent 2014.
BIR SOATLIK DARS ISHLANMASI.
Sinf: “9”
Sana: 5/ 05/ 2014
Fan: Geografiya.
Ishlanma muallifining F.I.Sh.: Asadova Dilnoza
Dars mavzusi: AVSTRALIYA
Dars turi: Yangi BKM ni shakllantiruvchi
Dars shakli: nazariy
Dars metodlari “BBB”
Foydalanilgan vosita va jihozlar: xarita, globus, atlas, kontur karta,
1.
2.
3.
4.
5.
6.
7.
8.
9.
proyektor, kompyuter, ekran.
10. Dars maqsadi:
geografik o’rni
Ta’limiy: Avstraliyaning asosiy xususiyatlari
o`rganish tarixi geologik tuzilishi foydali qazilmalari tabiat
zonalari haqida axborot berish hayvonot va o`simlik dunyosi
haqida qisqacha ma`lumotlar hamda yangi ilmiy terminlarni
tushuntirib berish.
Tarbiyaviy: Avstraliyaning o`simlik va hayvonot dunyosini
boyitish va ularni muhofaza qilish va revojlantirishdan iborat.
Rivojlantiruvchi: Avstraliya materikning tabiat zonalari haqidagi
tasavvurlarni shakllantirish, va ular haqida ma`lumot berib
rivojlantirish.
11.O`tilgan mavzu va uy vazifasini so`rash: Mavzu: Afrika
mamlatatlarining umumiy tavsifi: va tabiiy geografik salohiyati daftarga yozib keling, qisqa savoljavob orqali o`quvchilarni bilimi
tekshiriladi, daftarlar ko`rib chiqiladi.
12. Yangi mavzu bayoni: Avstraliyaning asosiy xususiyatlari. Eng mitti,
eng past, eng quruq materik, xaltali hayvonlar vatani, sayyoramizning yaxlit
noyob qo’riqxonasi, o’rtasidan Janubiy tropic chizig’i o’tadi, evkalipt
daraxti vatani (bo’yi 2 m dan 150 m gacha), materikdagi berk havza
maydoni (60%) jihatidan birinchi o’rinda, yagona davlat – Avstraliya
ittifoqi bor, aholisining yarmi ikkita shaharda (Sidney, Melburn) yashaydi.
Geografik o’rni. Avstraliya (lotincha “australius” – janubiy) to’liq Janubiy
yarimsharda joylashgan. Materik o’rtasidan janubiy tropik chizig’i o’tganligi
uchun uning shimoliy qismi issiq yoritilish mintaqasiga janubiy qismi esa
mo’tadil yoritilish mintaqasiga to’g’ri keladi. Quruqlikni shimol, g’arb va
janubdan Hind okeani, sharqdan Tinch okean suvlari o’rab turadi.
Maydonining kichikligiga ko’ra unga materik – orol nisbatini berishgan.
Odam yashaydigan materiklardan ancha uzoqda joylashgan.
O’rganish tarixi. Avstraliya odam yashaydigan materiklar orasida
eng keyin kashf etilgan. Yevropaliklardan birinchi bo’lib Avstraliya
quruqligiga qadam qo’ygan kishi gollandiyalik Villyem Yanszondir. U 1606
yilda KeypYork yarimorolini tekshirdi va materikka Yangi Gollandiya deb
nom berdi. Shu sana Avstraliyaning kashf etilgan vaqti bo’lib, geografiya
tarixiga kirdi. Keyinchalik, ispaniyalik L. Torres, gollandiyalik A.Tasman va
boshqalar materikni o’rgandilar.
Geologik tuzilishi. Avstraliya ham Afrika singari qadimgi geologik
o’tmishda Gondvana materigining bir qismi bo’lgan. Mezozoy erasining
oxiriga kelib Avstraliya mustaqil materik tariqasida shakllandi. Materik
asosini qadimgi qattiq va mustahkam platforma tashkil etadi. U Hind Avstraliya litosfera plitasining bir bo’lagidir. Platformaning mustahkam
kristalli zamini materikning shimolida, g’arbida va markaziy qismlarida yer
yuzasiga chiqib yotadi. Sharqiy qismidagi Katta Suvayirg’ich tizmasi gersin
tog’ burmalanishida ko’tarilgan
Foydali qazilmalari. Platformaning zaminida temir, mis,
qo’rg’oshin, rux, uran rudalari, qalay, oltin, platina kabi rudali
qazilmalar joylashgan. Cho’kindi jinslar bag’rida fosforit, osh tuzi,
toshko’mir va qo’ng’ir ko’mir, neft, tabiiy gaz tarkib topgan. Avstraliya
temir va rangli metallar (boksit, qo’rg’oshin, rux, nikel) hamda uran
zaxiralari bo’yicha dunyoda yetakchi o’rinda turadi. Ko’pgina qazilma
boyliklar yer yuzasiga yaqin joylashgan. Shu bois, ular arzon – ochiq
usulda qazib olinadi. Avstraliya – rux, qo’rg’oshin va kumush qazib
chiqarishda dunyoga mashhur. Tabiat zonalari. Avstraliya maydoniga ko’ra qiyoslansa, cho’l zonasi
egallagan hududlar bo’yicha birinchi, o’rmonlar maydoniga ko’ra oxirgi
o’rinni egallaydi. Materikda quyidagi tabiat zonalari tarkib topgan. Nam
ekvatorial o’rmonlar materikning shimoliysharqiy sohillarini egallaydi.
Daraxtlardan palma, lavr, daraxtsimon paporotniklar, evkaliptlar ko’p
uchraydi. Tropik o’rmonlarda xaltali ayiq – koala, lirodum, kenguru,
xaltali iblis, o’rdakburun, yexidna, rangbarang to’tilar, qushlar yashaydi.
13. Yangi o`tilgan mavzuni mustahkamlash: “T” jadvalidan
foydalanib, yangi mavzu mustahkamlanadi. Doskada har bir guruhdan 2
tadan
o`quvchi chiqarilib, 1o`quvchiga afzallikni, 2o`quvchi
kamchiliklarni to`ldiradi, jami 3 ta guruh bo`lib 6 ta o`quvchi chiqadi.
Qolgan o`quvchilar og`zaki savoljavob usulibilan baholanadi.
T jadvali: AVSTRALIYA (Har bir guruhdan chiqqan o`quvchilarga
bittadan iqlim mintaqasi beriladi.)
Afzalliklari
Kamchiliklari
14. Uyga vazifa berish va baholash: 1. Avstraliya materigi haqida
gapirib bering 2 Bu mintaqa qanday joylashganligi haqida qisqacha
yozib kelish. O`quvchilar darsda faol qatnashganiga qarab baholanadi,
bunda BKMga asoslaniladi.
BIR SOATLIK DARS ISHLANMA, MAVZU: "AVSTRALIYA"
BIR SOATLIK DARS ISHLANMA, MAVZU: "AVSTRALIYA"
BIR SOATLIK DARS ISHLANMA, MAVZU: "AVSTRALIYA"
BIR SOATLIK DARS ISHLANMA, MAVZU: "AVSTRALIYA"
BIR SOATLIK DARS ISHLANMA, MAVZU: "AVSTRALIYA"
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.