Biz OITSga qarshimiz
Оценка 4.6

Biz OITSga qarshimiz

Оценка 4.6
doc
03.01.2020
Biz OITSga qarshimiz
Biz OITS ga qarshimiz.doc

Biz OITS ga qarshimiz!

 

   OITS (orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi) OIV deb nomlangan virus (odam immunotanqislik virusi) sabab bo’lgan sindrom, xalq orasida ko’proq SPID kasalligi nomi bilan tanilgan. Kasallik immunitet tizimini o’zgartirib, odamlarni infektsiyalar va kasalliklarga ko’proq moyil qilib qo’yadi. Bu sezuvchanlik sindrom rivojlanishi bilan yomonlashadi 

         Davlatimiz rahbarining 2008-yil 26-dekabrda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasida OIV kasalligining tarqalishiga qarshi kurashning samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 5-yanvardagi “OITSga qarshi kurash markazlarining tashkiliy tuzilmasini va faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim omil bo‘lmoqda.

           OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish samaradorligini oshirish, har jihatdan sog‘lom farzandlar tug‘ilishini ta’minlash maqsadida nikohdan oldingi tibbiy ko‘rik jarayonida bo‘lajak kelin-kuyovlarning barchasi OITS tekshiruvidan o‘tkazilmoqda. 

          Aholi, ayniqsa, yoshlarning tibbiy madaniyatini oshirish, ular o‘rtasida tushuntirish ishlarini kuchaytirish mazkur kasallikka qarshi kurashishning eng samarali yo‘lidir. Shuning uchun ham ta’lim muassasalarida sog‘lom turmush tarzi targ‘ibotiga bag‘ishlangan davra suhbatlari, uchrashuv va seminarlar tashkil etilmoqda. 

        – Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari va mahallalarda “Biz – sog‘lom turmush tarafdorimiz”, “Biz yoshlar OITSga qarshimiz” kabi mavzularda aksiyalar, rasmlar tanlovlari va targ‘ibot-tashviqot tadbirlari o‘tkazilmoqda.

          Yurtimizda bu borada amalga oshirilayotgan ishlardan sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish samaradorligini yanada oshirish kabi ezgu maqsadlar ko‘zlangan. 

         1 dekabr kuni butun dunyoda OITSga qarshi kurash kuni keng nishonlanadi. Turli ilmiy konferensiya va seminarlar, ushbu xastalikdan vafot etganlarni yod etish marosimlari, OITSga qarshi kurashga qaratilgan uchrashuvlar...

          Yer yuzida istiqomat qilayotgan 37 milliondan ortiq bemorni o‘z iskanjasiga olgan, ularga har kuni o‘lim, og‘riq, uqubutlarni eslatib turgan OITS bir kunlik kurash bilan mag‘lub bo‘lib qolmaydi. Buni yaxshi tushungan tibbiyot va farmatsevtika sohasi vakillari necha yillardirki, tinimsiz izlanishda, oxiri o‘lim bilan tugaydigan kasallikka qarshi ishonchli davo topmagan bo‘lsalar-da, bemor ahvolini yengillatish, uning umrini uzaytirish bo‘yicha birmuncha yutuqlar qo‘lga kiritildi.

         Insonga hayot bir marta beriladi. Berilgan imkoniyatdan ezgu ishlarni bajarishda foydalaning!

 

 

 

 

 

 

 

Biz OITSga qarshimiz

Biz OITSga qarshimiz

Biz OITSga qarshimiz

Biz OITSga qarshimiz
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
03.01.2020