Mavzu:Buyuk Yunon koloniyalashtirishi.
Darsning maqsadi:
Ta`limiy maqsad:O`quvchilarga Qadimgi Yunonistonda yangi yerlarni o`zlashtirish zaruratining qanday sabablar asosida yuzaga kelganligi,shuningdek,tashkil topgan yunon koloniyalari haqida bilimlar berish.
Tarbiyaviy maqsad:Bu mavzuni o`rganar ekanlar o`quvchilar yunonlarning mehnatsevarligi hayotda doimo olg`a intilib yashash xususiyatlari bilan tanishib, o`zlari ham har qanday holatda muammolarni yechimi bor ekanligini tushunib doimo olg`a intilib yashashga harakat qilishadi.
Rivojlantiruvchi maqsad:O`quvchilarda yangi bilim berish , mavzu bo`yicha tushuncha tasavvurga ega bo`lish,mustaqil fikrlashga o`rgatish va dunyoqarashni rivojlantirish.
I.Tayanch kompetensiya elementlari:
1. Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: OAV va internet orqali berilgan xabarlarni gapirib bera olish.
2. O’z o’zini rivojlantirish kompetensiyasi: kattalarni hurmat qilish, ularning nasihatiga amal qilish, jamoat joylarda o’zini tuta bilish.
3. Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: milliy qadriyatlarimizni bilish, anglash, avaylash va boshqa xalqlar madaniyatini hurmat qilish.
4. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok eta olish.
II. FK-fanga oid kompetensiyalar
1.FK1- Tarixiy voqeilikni tushunish va uni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi.
2. FK2- Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi.
Dars turi:Aralash
Darsda qo’llaniladigan metodlar:Tushunchalar tahlili, Rasmga izoh,Rasmli krassvord,Raqamli tarix,Bingo,Aqliy hujum,kichik guruhlarda ishlash.
Dars jihozi:Darslik,xarita,Qadimgi Yunoniston xaritasi,mavzuga oid video lavha,mavzuga oid suratlar,qo`shimcha adabiyotlar, rasmli boshqotirma,raqamli tarix.
№ |
Dars taqsimoti |
Daqiqa |
1 |
Darsni tashkil qilish jarayoni |
2 daqiqa |
2 |
O’tilgan va uyga berilgan mavzuni so’rash, takrorlash jarayoni |
10 daqiqa |
3 |
Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni |
17 daqiqa |
4 |
Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni |
12 daqiqa |
5 |
Darsga yakun yasash, baholash metodlari |
3 daqiqa |
6 |
Uyga vazifa berish |
1 daqiqa |
|
Jami: |
45 daqiqa |
Darsning borishi
I. Tashkiliy qism
a) O’quvchilar bilan salomlashish.
b) Sinf xonasining darsga tayyorligini kuzatish
d) O’quvchilar davomatini aniqlash.
e)”Dunyo hafta ichida”rukni asosida dunyoda va O`zbekistonda ro`y berayotgan siyosiy,ijtimoiy,iqtisodiy yangiliklar bilan tanishish va voqealar ro`y berayotgan hududlarni xaritalardan ko`rsatib borish.
II. O’tilgan va uyga berilgan mavzuni so’rash, takrorlash.
Darsda o`quvchilarni 3 guruhga bo`lib olamiz.Ya`ni “Kichik guruhlarda ishlash” usulida darsni olib boramiz.Bunda guruhlar kelishib o`zlariga nom tanlashadi va bu nomni izohlashadi.Baholashda “Medal sohibi bo`l” usulidan foydalanamiz.Ya`ni olimpiada o`yinlari Yunonistonda ilk marotaba o`tkazilganligini hisobga olib ,5 bahoga OLTIN,4 bahoga KUMUSH,3 bahoga BRONZA medallari taqdim qilib boriladi.Dars yakunida qaysi gurug OLTIN medalini ko`p yig`gan bo`lsa o`sha guruh g`olib deb topiladi.Bunda ancha oldin o`tilgan mavzularni mustahkamlash maqsadida “Rasmli krassvord” usulidan foydalanamiz.(Bu usulni qo`llashdanmaqsad bugungi kunda OTMlarda kirishda tarix darsligiga oid suratlardan foydalanayotganligi)
Bu usulda rasmda berilgan ma`lumot haqida yozish masalan 1-Geradot ,2-Tutanxamon taxti h.k.Bu usul natijasida o`quvchilar darslikda berilgan rasmlarni eslab qolishga harakat qilishadi.
Iqtidorli o`quvchilar uchun “Raqamli tarix” usuli:
O`tilgan mavzu:Qadimgi Yunonistonning yuksalishi.
Bu mavzuni mustahkamlashda “BINGO” mashqidan foydalanamiz.
1-guruhga:
M.A.2 ming y |
Yeti yosh |
M.A.XII
|
1/3
|
M.A.1200 y |
14 yosh |
3-4 yil |
3 guruh |
2-guruhga:
Afina |
Goplit |
Axeylar |
Olimp |
Sparta |
Falanga |
Doriylar
|
Peloponnes |
3-guruhga:
Oykumena |
meteklar
|
Palestra |
Still |
Akropol
|
Pirey |
“Diskobol” |
Ilotlar
|
O`qituvchi yangi mavzuni boshlashdan oldin yangi mavzu bo`yicha qo`shimcha adabiyotlardan,internet ma`lumotlaridan foydalanib o`quvchilar topib kelgan ma`lumotlar bilan tanishib chiqadi.Bundan ko`zlangan maqsad yurtboshimizning 2019 yil mart oyida qabul qilgan besh tashabbus bo`yicha ishlarni amalga qo`yish maqsadi.Shundan so`ng o`qituvchi Yunoniston davlatining bugungi kundagi ahvoli bilan o`quvchilarni tanishtiradi.O`zbekiston bilan Yunoniston aloqalariga ham alohida e`tibor qaratilib o`quvchilarga ma`lumotlar beriladi.Yangi mavzuni o`qituvchi “Ma`ruza-suhbat” usulida so`zlab beradi.o`quvchilar ham yangi mavzu bo`yicha gapirib berishadi.(AKTdan foydalanilgan holda mavzu tushintirilib boriladi)
IV.Darsni mustahkamlash uchun test topshiriqlaridan foydalaniladi. Bunda test topshiriqlari o`quvchilarga tarqatiladi.Testni birinchilardan bo`lib to`g`ri va to`liq yecha olgan besh nafar o`quvchilarbaholanishi aytiladi.Besh nafar o`quvchi o`z daftarini o`qituvchiga tekshirtirib bo`lgan,o`qituvchi boshchiligida test tahlili o`tkaziladi.
1.Qadimgi Yunonistonda kimlar Afina fuqorosi bo`la olgan? A.otasi va onasi ozod afinalik bo`lgan erkaklar B.otasi va onasi ozod Sparta bo`lgan erkaklar
C.otasi ozod afinalik bo`lgan erkaklar D. onasi ozod afinalik bo`lgan erkaklar
2.”Pedagog ”so`zi qaysi tildan olingan va u qanday ma`noni anglatadi? A.yunon.”bolani yo`lda kuzatib boruvchi” B.arab.”bolani yo`lda kuzatib boruvchi”
C.Xitoy.”bolani yo`lda kuzatib boruvchi” D.hind.”bolani yo`lda kuzatib boruvchi”3.Qadimgi Afinada bolalarga necha yoshdan boshlab yozuv va hisob o`rgatilga?A. yetti yoshdan B. olti yoshdan C. besh yoshdan D.o`n yoshdan
4.Ma`lumki,Afinda oily ma`lumot beradigan o`quv yurtlari ham bo`lgan.U yerda ta`lim olish muddati necha yil davom etgan?A.3-4 yil B.2-3 yil C.5-6 yil D.7-8yil
5.Mil.avv. XII asrda Janubiy Yunoniston hududiga qaysi qabila bostirib kiradi? A.ilotlar B.Pereyiklar C.Sparta D.Doriylar
6.Spartada to`la-to`kis huquqlarga ega bo`lmagan fuqorolar qanday nomlangan? A.ilotlar B.Pereyiklar C.Sparta D.Plebeyalar
7.Qadimgi Spartada qaysi aholi butun boshli davlatni mulki hisoblabgan?A.ilotlar B.Pereyiklar C.Sparta D.Plebeyalar
8.Ma`lumki,yunonlar o`z vatanini tark etib,o`zga yurtlarda o`zlari uchun manzilgohlar barpo etadilar.Bu manzilgohlar nima deb ataladi? A)oykumena B)mustamlaka C)koloniya D)metropoliya
9.Yunonlar o`z manzilgohlari tevaragida yashovchi yunon bo`lmagan xalqlarni qanday nom bilan atashardi?
A)periyeklar B)keltlar C)kolonlar D) varvarlar
10.Koloniya bu-….
A)Kuchli davlat tomonidan bosib itoat etttirilgan ma`lum bir hudud
B)yer yuzining odamlar yashaydigan qismi,chegarasi
C)o`z yurtini tark etgan odamlar tomonidan yangi yerlarda asos solingan manzilgoh va shaharlar
D)bosib olingan hudularga ega bo`lgan davlat
11.Buyuk yunon koloniyalashtirishi qaysi davrni o`z ichiga oladi?
A)mil.avv.VIII-VI asrlar B)mil.avv. IX-VII asrlar C)mil.avvVI-IV asrlar D)mil.avv IV-III asrlar
12.Buyuk yunon koloniyalashtirishi davrida yunonlarning Qora dangiz sohillarida barpo etgan koloniyalarini belgilang.
1)Olviya 2)Fokeya 3)Xersones 4)Rodos 5)pantikapey
A)2,3,5 B)1,4,6 C)1,2,4 D)1,3,5
13.Qaysi davrda Yunonistonda 24 harfdan iborat bo`lgan alifbo vujudga keldi?
A)mil.avv VI asrda B)mil.avv VII asrda C)mil.avv VIII asrda D)mil.avv IV asrda
14.Yunonlarning 24 harfdan iborat alifbosi qaysi yozuv asosida vujudga kelgan edi?
A)shummer mixxat B)finikiya alifbosi C)suriya yozuvi D)falastin yozuvi
15.Mil.avv.VIII-VI asrlarda Yunonistonda…
A)forslar hukmronligi davom etdi C)ulkan quldorlik davlatlari vujudga kela boshladi
B)Buyuk yunon koloniyalashtirish D)shahar-davlatlar vujudga kela boshladi
Yangi mavzuni mustahkamlashda “Tushunchalar tahlili” usulidan ham foydalanamiz.Bunda berilgan atamalarning mazmunini tushuntirib berish so`raladi.
“Tushunchalar tahlili”
t/r |
Tarixiy atama |
Mazmuni |
1 |
Polis |
|
2 |
Goplit |
|
3 |
Falanga |
|
4 |
Akropol |
|
5 |
Metek |
|
6 |
Pedagog |
|
7 |
Stil |
|
8 |
Ilot |
|
9 |
Periyek |
|
V.Yakunlarni chiqarish. O`quvchi yangi mavzu bo`yicha berilgan topshiriqni baholaydi.O`quvchilarda yangi mavzu bo`yicha paydo bo`lgan savollarga javob beradi,darsni umumlashtiradi,o`quvchilarni baholaydi.
VI.Uyga vazifa.O`tilgan mavzuni darslik bo`yicha o`qib matndagi atamalarni izohi bilan daftarga ko`chirib yozish.
Darslik matni bilan ishlash.O`quvchilar darslikning mavzuga taalluqli 4 ta (Qadimgi Yunonistonning tangalari,Qadimgi Yunonlarning Qora dengiz sohillariga joylashuvi ,Xersones shahridagi ibodatxona ustunlari,Qadimgi yunonlarning koloniyalarga joylashuvi)rasm-illyustratsiyalardagi voqea yoki tarixiy jarayon haqida ma`lumot berishlari kerak.O`quvchilar matn tuzishda,o`qituvchilar esa uni baholashda quyidagi baholash mezoniga amal qilishlari kerak.
1 |
Rasmdagi voqea yoki jarayonni qaysi mavzuga tegishli ekanligini bilishi |
1 ball |
2 |
Voqeaning darslik matnida keltirilgan izohini bilishi |
1 ball |
3 |
Rasmdagi voqeaning kelib chiqish sababi va natijalarini bilish |
1 ball |
4 |
Rasmda keltirilgan tasvirning qaysi yil yoki asrga tegishli ekanligini bilish |
1 ball |
5 |
Rasmda keltirilgan tasvir haqida o`quvchi o`zining shaxsiy fikrini bildirsa yoki qo`shimcha adabiyotlar asosida ma`lumot bersa |
1 ball |
|
Jami: |
5 ball |
Dars yakunida o`quvchilar qo`lga kiritgan medallar sarhisob qilinib,g`olib guruh aniqlanadi.Barcha o`quvchilar baholangach,dars yakunlanadi.
Zarafshon shahar
2-umumta`lim maktabining
tarix fani o`qituvchisi
Yodgorova Dilobar Yo`ldoshevnaning
6-“D” sinfda o`tgan bir soatlik ochiq dars ishlanmasi.
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.