Использование прикладных способов при обучении таблицы умножения
Муродова Махтоб Сулаймоновна – учитель начальных классов общеобразовательный школы № 17 г. Бухары
Аннотатция
В статье приведены простые методы по обучению таблицы умножения учеников начальных классов
Ko’paytirish jadvalini o’tishda amaliy usullardan foydalanish
Murodova Mahtob Sulaymonovna – Buxoro shahar 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi.
Annotatsiya
Maqolada boshlang’ich sinf o’quvchilariga ko’paytirish jadvalini oson yodlashda ko’maklashadigan metodlar haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Pedagogik faoliyatni texnologiyalashtirish – sifatli ta’lim berish garovi hisoblanadi. Boshlang‘ich ta’limda ko‘rgazmali texnologiyalardan samarali foydalanish, dars mavzusini tushunarli bo‘lishini ta’mirlaydi. Jumladan Grafik organayzerlardan Klaster, kategoriyali taxlil, semantik karta, T.karta strategiyalarini qo`llash yaxshi natija beradi.
Matematikadan boshlang‘ich ta’lim-tarbiyaviy vazifalarini nazariy bilimlar tizimi asosidagina hal etishi mumkin. Bu ilmiy dunyoqarash, psixologiya, didaktika, matematikani o‘qitish nazariyasini (matematika didaktikasi) o‘z ichiga oladi. Biroq birgina nazariy bilimlarning o‘zi yetarli emas. O‘qitishning ma’lum mazmuni va o‘qituvchilarning aqliy faoliyati saviyasi bilan ta’sirlanadigan u yoki bu o‘quv yo‘nalishi uchun eng yaroqli usullarini va qo‘llay bilish darsga tayyorlanishda yoki darsning o‘zida yuzaga keladigan aniq metodik vazifalarni hal etishni bilishi zarur.
O‘quvchilar 2-sinfda ko‘paytirish jadvali bilan tanishadilar va ularga jadvalini yodlash vazifa qilib beriladi. Ko‘paytirish jadvalini yaxshi o‘zlashtirishda an’anaviy ustun ko‘rinishidagi jadvalga nisbatan pifagor jadvali yaxshi samara beradi.
1-rasm. Pifagor jadvali.
Jadval o‘quvchilarga tushuntiriladi va ulardagi bir xil rangli katakdagi sonlar takrorlanishi ko‘rsatib o‘tiladi. Ko‘paytirishning bu ko‘rinishi o‘quvchilar xotirasida yaxshi saqlanadi.
Dars jarayonida o‘quvchiga mativatsiya uyg‘otish va uni rag‘batlantirish muhim hisoblanadi. Ta’limni tashkil etishga nisbatan innovatsion yondoshuvlar dars mazmunini boyitib uni ko‘rgazmaliligini ta’minlaydi. Jumladan, Ko‘paytirishni og‘zaki savol-javob shaklida so‘rashda taqdimotlardan foydalanish yaxshi samara beradi. Masalan, o‘quvchilarga quyidagi ko‘rinishdagi taqdimot namoyish qilinadi:
O‘qituvchi: - Qaranglar bolajonlar Alovuddinning do‘sti tuzoqqa tushib qolibti. Agar siz to‘siqlardagi misollar javobini to‘g‘ri topsangiz ular yo‘qoladi va Alouddinning do‘sti ozod bo‘ladi. – deydi.
O‘quvchilarning har bir to‘g‘ri javobidan keyin to‘siqlar birma-bir yo‘qolib boradi.
Ko‘paytirish jadvalini “Juftliklarda ishlash” metodi yordamida ham takrorlash mumkin. Bunda o‘quvchilarga ko‘paytirishga doir misollar yozilgan kartatekalar tayyorlash vazifa qilib topshiriladi.
Kartatekalarning orqasida misollarning javobi yozilgan bo‘ladi. Kartatekalar misol qismi yuzaga qilib teriladi. Har bir o‘quvchi o‘z kartatekasidan birini tanlab oladi va misol javobini aytadi. So‘ng, kartatekani o‘girib, javobini tekshiradi. Agar javobi to‘g‘ri bo‘lsa, kartatekani chetga olib qo‘yadi, bo‘lmasa joyiga qaytarib qo‘yadi. Uning do‘sti ham o‘z kartatekasidan birini tanlab savolga javob beradi. O‘yin shu tariqa davom etadi. Kimning kartatekasi tugasa o‘sha g‘olib bo‘ladi.
Bizga ma’lumki, o`qitish mеtodlari o`qituvchi va o`quvchilarning birgalikdagi faoliyatlari usullari bo`lib, bu faoliyat yordamida yangi bilimlar, malakalar va ko`nikmalarga erishiladi, o`quvchilarning dunyoqarashlari shakllanadi, qobiliyatlari rivojlanadi Bu kabi metodlar orqali o‘quvchilarda mustaqil izlanish va o‘z-o‘zini baholash ko‘nikmlari shakllanadi.
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.