Maktabda zamonaviy texnologiyalardan foydalanishning afzallik tomonlari.
Оценка 4.8

Maktabda zamonaviy texnologiyalardan foydalanishning afzallik tomonlari.

Оценка 4.8
docx
24.01.2021
Maktabda zamonaviy texnologiyalardan foydalanishning afzallik tomonlari.
Maktabda zamonaviy texnologiyalardan foydalanishning afzallik tomonlari..docx

Maktabda zamonaviy texnologiyalardan foydalanishning afzallik tomonlari.

 

                                                                                              

 

 

Annotatsiya: Ushbu maqolada maktabda zamonaviy texnologiyalardan foydalanishning samarali jihatlari, o’quvchilarning o’zlashtirishiga qarab toifalarga ajratilishi haqida yoritib berilgan.

 

Kalit so’zlar:Kompyuterlashtirilgan dars, auditory, visual, kinesthetic, listening room, AKT, internet, malaka, easy quizzy dasturi, texnologiya.

 

Bizga ma’lumki, “XXI asr texnologiyalar asri”dir. Shunday ekan, har bir inson har kuni texnologiyalar bilan ish olib boradi. Maktab o’quvchilarida kompyuter yo’q bo’lishi mumkin, lekin kompyuter vazifasini bajara oladigan zamonaviy telefonlari, SMARTFONlari borligi sir emas. Ular aqlli telefonlari yordamida dunyo sirlaridan voqif bo’lmoqdalar. Internet yordamida o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob topmoqdalar. Hozirgi internet rivojlangan davrda o’quvchilarni quruq gap bilan lol qoldirish qiyin albatta. Bugungi texnika-texnologiya rivojlangan davrda zamonaviy o’qituvchiga qo’yilayotgan talablardan eng muhimi: o’qituvchi AKTni bilishi, undan darslarida foydalana olishi lozim.

Shuning uchun ham biz o’qituvchilar zamon bilan hamnafas bo’lgan holda darslarimizga tayyorgarlik ko’rishimiz har bir darsimizda AKT (Axborot kommunikatsion texnologiyalari) dan foydalanganib, darslarimizni tashkillashimiz lozim.

 Kompyuterlashgan dars-o’quvchilar kompyuterda dasturlashtirilgan mavzuni o’rganadilar va o’z bilimlarini oshiribgina qolmay, kompyuterda ishlash malakasini ham o’zlashtiradilar.

O’quvchilarimiz o’rganishlariga qarab uch toifaga bo’linadilar:

1.             20200728_144434AUDITORY (Tinglash orqali tushunuvchi o’quvchilar). Bunday o’quvchilar berilgan axborotni tinglash orqali o’rganadilar. O’qituvchi tomonidan berilgan ma’lumotlarni tinglab, u haqida bilimga ega bo’ladilar. Masalan, Olma- hishbo’y isli, shakli yumaloq, mazasi shirin, rangi qizil, sariq, yashil bo’ladi.

2.             20200728_144500 VISUAL (Ko’rish orqali tushunuvchi o’quvchilar). Bunday o’quvchilar ma’lumotni ko’rish orqali oladilar. Bunda o’qituvchi o’quvchilarga o’sha narsaning rasmini ko’rsatishi kerak. Masalan, Olmaning rasmi.

3.             20200728_144626 KINESTHETIC (Ushlab ko’rib o’rganuvchi o’quvchilar). Bunday o’quvchilarga olma haqida ma’lumot berish uchun qo’llariga olma mevasini berishimiz lozim. Ular olmani ushlab ko’rib, tomosha qilib u haqida ma’lumot oladilar.

Biz o’quvchilarimizning qanday toifadan ekanligini aniqlab olsak, ular bilan ishlash oson bo’ladi. 2011 yilga qadar kasb – hunar kollejida faoliyat olib borganman. Zamonaviy kollejda ingliz tili uchun faqat listening room, bor edi. Listening qilish uchun hech qanday disk yoki kollej o’quvchilarining darsligi bo’lmagan...

    2012-yildan boshlab maktabda faoliyatimni boshladim. U yerda darslikning CD diski bor edi. Listening qilish uchun DVD player va ovoz kuchaytirgichlardan foydalanganman.

    2012-yil 10 dekabr kuni Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan “Chet tillarini o’qitish tizimini yanada takomillashtirish to’g’risida”gi PQ18-75-sonli qaror imzolandi. Bu qaror doirasida xonalarimiz zamonaviy jihozlar bilan jihozlandi. 2013-yildan buyon darslarimni multimedia ilovalari yordamida o’tmoqdaman. Faoliyatimni sarhisob qiladigan bo’lsam, zamonaviy texnologiyalardan foydalanib o’qitayotgan o’quvchilarimning bilimlari chuqurroq, mehnatim samaraliroq.

 Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, zamonaviy texnologiyalardan foydalanib darsimizni tashkillaydigan bo’lsak, yuqorida keltirilgan uch toifadagi o’quvchilarimizning barchasi uchun darslarimiz tushunarli bo’ladi deb o’ylayman. Darslarimizda nazorat ishlarimizni Easy Quizzy dasturidan foydalanib, test savollari tuzib o’quvchilarimiz bilimini sinovdan o’tkazsak, ham AKTdan foydalangan bo’lamiz, ham o’quvchilarimiz o’z ustlarida yanada yaxshiroq ishlaydilar.

 

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1.             X.I. Ibragimov, U.A. Yo’ldoshev, X. Bobomirzayev “Pedogogik psixologiya” 91-bet.

2.             J. Jalolov “Chet tili o’qitish metodikasi” 263- bet.


 

Maktabda zamonaviy texnologiyalardan foydalanishning afzallik tomonlari

Maktabda zamonaviy texnologiyalardan foydalanishning afzallik tomonlari

Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, zamonaviy texnologiyalardan foydalanib darsimizni tashkillaydigan bo’lsak, yuqorida keltirilgan uch toifadagi o’quvchilarimizning barchasi uchun darslarimiz tushunarli bo’ladi deb o’ylayman

Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, zamonaviy texnologiyalardan foydalanib darsimizni tashkillaydigan bo’lsak, yuqorida keltirilgan uch toifadagi o’quvchilarimizning barchasi uchun darslarimiz tushunarli bo’ladi deb o’ylayman
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
24.01.2021