O`simliklar dunyosi Yerdagi hayotning birlamchi manbai hisoblanadi. Ular yiliga 380 mlrd. tonna organik modda hosil qiladi, buning 325 mlrd. tonnasi dengie va okean o`simliklariga, 38 mlrd. tonnasi o`rmonlarga, 6 mlrd. tonnasi o`tloqlarga to`g’ri keladi. Bundan tashqari o`simliklar tabiatda eng muhim jarayonni — fotosintezni o`tab, barcha tirik organizmlarning nafas oli-shi uchun zarur bo`lgan kislorodni yetkazib beradi. Fotosintez natijasida Yer sharidagi suv 5,8 mln. yilda, atmosferadagi kislorod 5800 yilda, karbonat angidrid (SO2) 7 yilda bir marta yangilanib turadi. Insonning kundalik hayotida o`simliklarning ahamiyati juda katta. Shuningdek, o`simliklar muhim tabiiy geografik omil sifatida Yer yuzidagi suv oqimiga, bug’lanishga, tuproqda nam saqlanishida, atmosferaning pastki qismidagi havo oqimiga, shamolning kuchi va yo`nalishiga, hayvonlarning hayotiga katta ta`sir etadi.
O`simliklar shahar va qishloqlarning mikroiqlimiga ham ta`sir etib, havoni tozalab turadi va havoda kislorod miqdorining doimo yetarli darajada mavjud bo`lib turishini ta`minlaydi. O`simliklar jamiyat uchun behisob oziq-ovqat, xom ashyo, dori-darmon, qurilish materiali va boshqa sohalarning asosiy manbaidir. O`simliklar har xil kiyim bosh, ichimliklar tayyorash uchun, shuningdek chorva mollari uchun asosiy ozuqa manbai bo`lib ham hisoblanadi, insonlarga zavq-shavq beradigan estetik lazzat sifatida ham ahamiyatlidnr. Yer sharida mavjud bo`lgan 500 ming o`simlik turining 6000 turidan inson kundalik hayotida foydalanadi. Shundan 1500 turi dorivor o`simlik sifatida ahamiyatga ega.
Hayvonot dunyosini muhofaza qilish.
Hayvonlar biologik resurslarning ajralmas bir qismi bo`lib, tabiatda moddalar va energiya almashinuvida ular muhim rol’ o`ynaydi. Hayvonlar o`simliklar bilan uzviy aloqada bo`lib turadi. O`simliklarning Quyoshdan olayotgan energiyasini 100% desak, shuning 50% ini o`zlashtirib organik mod-dalar hosil qiladi. Ana shu organik moddalar o`txo`r va bir-biri bilan ovqatlanadigan etxo`r hayvonlar tomonidan iste`mol qilinadi. Natijada hayvonlar faoliyati normal o`tadi. Hayvonlar o`z navbatida o`simliklarga ta`sir ko`rsatib, ularni changlatishda, urug’ va mevalarini tarqatishda ishtirok etadi. Ba`zi hayvonlar, chunonchi, yirtqich qushlar zararkunanda kemiruvchilarni qirib, o`simliklarning hosildorligini oshiradi, ba`zi foydali hasharotlar esa o`simliklarni ayrim zararli hasharot va kasalliklar dan saqlaydi. Hayvonlar insonlar hayotida avvalo oziq-ovqat resurslari sifatida katta ahamiyatga ega; qolaversa mo`yna tayyorlashda va ko`pgina boshqa sohalarda muhim rol’ o`ynaydi.
Inson o`zining xo`jalik faoliyatida hayvonlarga bevosita va bilvosita ta`sir ko`rsatadi. Bunday ta`sir ba`zan salbiy, ba`zan esa ijobiy bo`lishi mumkin. Salbiy ta`sir etganda hayvonlarning soni kamayib ketishi, ularning holati yomonlashishi mumkin. Insonlarning salbiy ta`siri natijasida respublikamizda mavjud bo`lgan sutemizuvchi yovvoyi hayvonlarning 99 turidan 32 tasi, parrandalarning 410 turidan 31 tasi, baliqlarning 79 turidan 5 tasi «Qizil kitob»ga kiritilganligi bizga ma`lum. Jumladan, katta shomshapalak, shalpangquloq, ko`rshapalak, oq suvur, qo`ng’ir ayiq, sirtlon, qoplon, xongul, irbis, jayron, Ustyurt qo`yi, Qizilqum yovvoyi qo`yi, arxar, lochin, itolg’i, ov turna, tuvaloq, bizg’aldoq, qum chumchug’i, echkemar, Osiyo kobrasi, baxri baliq, mo`ylov baliq, Sirdaryo kurakburuni va boshqalarni ko`rsatish mumkin.
U Turkiston tizmasi g’arbiy qismining Shimoliy yonbag’rida, Zomin tog’ida 1900—3500 metr balandlikda joylashgan. 1928 yilda tashkil etilgan. Maydoni- 2648 ga. O`zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo`jaligi tasarrufida. Bu erda tog’, dasht, o`rmon va subal’p o`simlik mintaqalari mavjud. Qo`riqxona hududida hayvonlarning 152 turi uchraydi, shundan 16 turi O`zbekiston Respublikasi va TMXI Qizil kitobiga kiritilgan; - o`simliklarning 700 turi, shundan 13 turi O`zbekiston Respublikasi va TMXI Qizil kitobiga kiritilgan. Qo`riqxona hududining katta qismi archazordan iborat. Bu erda archaning uch turi uchraydi. O`rmonzorning pastki qismida Zarafshon archasi, o`rta qismida, saur archa, yuqori qismida Turkiston archasi o`sadi. Qo`riqxonada sudralib yuruvchi hayvonlarning 6 turi, qushlarning 63 va sutemizuvchilarning 18 turi mavjud. Sutemizuvchilardan - oq tirnoqli ayiq, to`ng’iz, silovsin, bo`ri, tog’ echkisi, arxar, jayra, quyon, qushlardan - kaklik, qirg’iy, burgut, boltayutar, Himolay kurkasi, tog’ qarg’asi, sudralib yuruvchilardan - qalqontumshuq ilon, chipor ilonlar yashaydi. Zomin tog’-o`rmon qo`riqxonasida archazorlarning tabiiy holati va archa o`rmon mintaqasiga xos tipik tabiiy geografik majmularni saqlash ularni har tomonlama tadqiq etish, tabiiy resurslar sifatini yaxshilash, ularni ko`paytirish shuningdek, archa biologiyasini o`rganish, archazorlarni kengaytirish, hayvonot dunyosini saqlash va tiklash bo`yicha ko`pgina ishlar amalga oshirilmoqda. Qo`riqxona har yili o`rmon xo`jaligiga 1,5 tonnadan ko`proq qimmatli archa urug’inv etkazib bermoqda.
Mazkur qo`riqxona Toshkent violyati hududidagi Chotqol tizmasining janubiy-g’arbiy qismida dengiz sathidan 1000—3200 metr balandlikda joylashgan. 1947 yilda tashkil etilgan. . Toshkent violyati hokimiyati tasarrufida. Qo`riqxona hududida hayvonlarning 152 turi uchraydi, shundan 16 turi O`zbekiston Respublikasi va TMXI Qizil kitobiga kiritilgan; - o`simliklarning 700 turi, shundan 13 turi O`zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan. Maydoni -35724 ga shundan, o`rmonlar 6586 ga, dalalar 7047 ga, hovuzlar 81 ga ni tashkil kiladi. Qo`rikxona Toshkent viloyati hududida Chotqol tizmasining g’arbiy qismida joylashgan. Qo`rikxonaning maksadi G’arbiy Tyan’-Shyanning tog’li ekotizimlarini saqlash va atrof-muhit holatining ekologik monitoringidan iborat. Chotqol qo`rikxonasi florasi 1168 turga ega bo`lib, mintaqa uchun xosdir. Bu erda Qo`riqxoka uchun endem bo`lgan 6 tur usadi. Qo`riqxona o`simliklarining 28 turi O`zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan. Bu erda 44 turdagi sut emizuvchi, 230 dan ortiq turdagi qush, 16 turdagi sudralib yuruvchi va 2 turdagi suvda va quruqlikda yashovchi, 3 mingdan ortiq turdagi umurtkasizlar yashaydi. O`zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga bir turdagi ilon, 10 turdagi qush va uch turdagi sut emizuvchi kirgan. TMXRM Qizil kitobiga yo`qolib ketish xavfi ostida ilvirs (Uncia uncia), ko`k cyg’yp (Marmota menzbieri), o`rmon sonyasi (Dryomys nitedula), ko`rshapalaklar - kichik va katta takaburunlar (Rhinolophus ferrumequinum, Rh. hipposideros) va uch rangli tun-shapalak (Myotis emarginatus); qushlardan: tasqara (Aegypius manachus), kuyqa (Falco naumani), qora kaptar (Columba eversmanni), oqqanot qizilishton (Dendrocopos leucopterus) kiritilgan. Qo`riqxona hududiy ma`muriy organ - Toshkent viloyati hokimligiga bo`ysunadi. YUNESKO MAB Dasturi Xalqaro Muvofiklashtiruv kengashining 9-qurultoyida unga biosfera maqomi berildi. 1993 yilda belgilangan tartibda xalqaro biosfera rezervatlari tarmog’iga kiritilgan, lekin uning talablariga javob bermaydi. Maqomini takomillashtirish bo`yicha ishlar olib borilmoqda. 53 yil davomida ko`riqxona muhofaza etiladigan hudud maqomida tabiiy muhitning bir qismi, keng tarqalgan yoki noyob landshaft shakllari yoki o`simlik va hayvonlar genetik resurslarini saklash joylari sifatida tabiatni muhofaza qilish, ilm-fan va ekologik ta`lim uchun katta ahamiyatga ega bo`lgan tabiiy komplekslar (er, er osti boyliklari, suv, flora va fauna)ni muhofaza qilishga xizmat qilib kelmoqda
Surxondaryo viloyati SHerobod tumanining shimoli-g’arbiy qismida joylashgan bo`lib, ikkita mustaqil xudud: Orol-Payhambar va Qo`hitontog tizmasi sharqiy yonbag’ridan tashkil topgan. Umumiy maydoni 3092 ga bo`lgan Orol-Payhambar hududi Halqaro Qizil kitob va O`zbekistan Qizil kitobiga kirgan Buxoro bug’usi (xongul) va yaylov-to`kay ekotizimlarini saklab qolish maksadida 1971 yildayoq qo`riqxona sifatida tashkil topgandi. 1987 yilda Qo`hiton davlat ko`rikxonasi Orol-Payhambar qo`rikxonasi bilan birlashtirildi va umumiy maydoni 24554 ra bo`lgan Surxon davlat ko`rikxonasiga qayta tashkil qilindi. Qo`riqxonaning Qo`hiton hududi tog’-o`rmon ekotizim sifatida tavsiflanadi. Uning hududi Pomir-Oloy tog tizimi Hisor tizmasining janubi-g’arbiy tarmoqlarida dengiz sathidan 1500 dan 3157 m gacha balandlikda joylashgan. Qo`riqxona hududi ko`p sonli mayda soylardan tarkib topgan yaxshi rivojlangan gidrografik tizimni ta`minlaydigan doimiy va muvakqat oqadigan ko`plab suv oqimlariga ega. Hozirgi paytda Qo`hitonda 269 tur va 55 oilaga mansub 578 tomirli o`simliklar ro`yxatga olingan, shundan 23 turdagi tomirli o`simlik turi O`zbekistan Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan. Yer usti (o`rmon, dala, adir) o`simliklari bilan band maydon 16620 ga (67,7%), toshli yonbag’ir, to`kilma, qiyaliklar bilan band maydon 7839 ga (31,9%). O`rmonlar 9288 ga yoki hududning 37,8%ini tashkil qiladi. Asosiy o`rmon hosil qiladigan o`simlik Zarafshon archasi hisoblanadi. Qo`riqxonada umurtqasizlar ko`p miqdorda va xilma xil turlarda taqdim qilingan, lekin mutaxassislar yo`kligi tufayli haligacha o`rganilmagan. Hozirgi paytda Qo`hitonda 1 turdagi baliq, 2 turdagi amfibiya, 26 turdagi reptiliya, 74 turdagi qush va 23 turdagi sutemizuvchi aniklangan. Surxon davlat qo`riqxonasi O`zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi huzuridagi O`rmon xo`jaligi bosh boshqarmasi tizimiga kiradi, hamda Qo`riqxonalar, milliy tabiiy boglar va ovchilik xo`jaliklari boshqarmasi tomonidan boshqariladi. Qo`riqxona hududida hayvonlarning 100 dan ortiq turi uchraydi, shundan bir necha turi O`zbekiston Respublikasi va TMXI Qizil kitobiga kiritilgan; - o`simliklarning 600 turi, shundan 22 turi O`zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan.
Bu qo`riqxona Xorazm va Buxoro viloyatlari hududida joylashgan. 1971 yilda tashkil etilgan. Maydoni – 1011 ga. O`zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo`jaligi tasarrufida. Qo`riqxona hududida hayvonlarning 250 turi uchraydi, shundan 10 ortiq turi O`zbekiston Respublikasi va TMXI Qizil kitobiga kiritilgan; - o`simliklarning 160 turi, shundan 2 turi O`zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan. Qo`riqxona hududidagi to`qayzorni ko`proq daraxt-butazor egallaydi. Bundan tashqari, bu erda har xil o`tlar, qamish, qo`g’alar, ro`vak, ajriq va boshqalar o`sadi. Qumli joylarga qora va oq saksovul, cherkez, qandim va quyonsuyak xarakterlidir. Qo`riqxonaning tabiiy sharoiti turli xil hayvonlarning yashashiga imkon beradi. Sudralib yuruvchilardan cho`l toshbaqasi, qizil quloq kaltakesak, yumaloq bosh kaltakesak va Severtsov gekkoni, suv ilon, zaharli charxilon va boshqalar uchraydi. Qo`riqxonada suvda suzuvchi qushlar ko`p bo`lib, ularning 82 turi ma`lum. SHundan 29 turi yilning to`rt faslida uchratiladi. Yirtqich qushlardan burgut, qora qirg’iy, kuykanak, jig’altoy va boshqalar uchraydi. Qo`riqxonaning eng chiroyli qushi Amudaryo qirg’ovulidir. Sutemizuvchilardan ingichka barmoqli yumronqoziq, malla yumronqoziq, qum sichqoni, qo`shoyoq yirtqichlardan chiyabo`ri, tulki, to`qay mushugi va qum mushugi, bo`ri uchraydi. SHuningdek, bu erda 200 ga yaqin yovvoyi cho`chqa va buxor bug’usi yashaydi. Buxor bug’usi alohida muhofaza qilinadi. Qo`riqxonaning asosiy vazifasi inson qo`li tegmagan landshaftlar, Amudaryo, to`qaylari va tutashib turgan cho`l landshaftlarini o`rganish va saqlash, shuningdek, buxor bug’usi, jayron va Amudaryo qirg’ovuli ekologiyasini o`rganish va muhofaza qilish usullarini ishlab chiqishdan iborat.
. Qoraqalpog’iston hududida joylashgan. 1971 yilda tashkil topgan. Maydoni -6642 ga. O`zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo`jaligi tasarrufida. Qo`riqxonada hududida – hayvonlarning 135 turi, shundan 11 turi O`zbekiston Respublikasi va TMXI Qizil kitobiga kiritilgan; o`simliklarning 160 turi, shundan 2 turi O`zbekiston Respublikasi va TMXI Qizil kitobiga kiritilgan. Bu erda turang’i, yulg’un va qiyoqzorlar mavjud. Hayvonlardan yovvoyi cho`chqa, bo`rsits, quyon, Xiva qirg’ovuli, olachipor qizilishton va boshqalar yashaydi. Qo`riqxonada xalqaro dasturdagi ishlar olib boriladi. Uning asosiy vazifasi Amudaryo qayiridagi tabiiy majmularni o`rganishdir. «Baday to`qay» davlat ko`riqxonasi TMXI Qizil kitobi, O`zbekiston Respublikasi Qizil kitobi, SITES II Ilovasiga kiritilgan Buxoro bug’usini (xongulni) iklimlashtirish bilan shug’ullanadi.
Jizzax viloyati Nurota tog’ tizmasi yonbag’irlarida joylashagan. 1975 yilda tashkil etilgan. Maydoni-17752 ga. O`zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo`jaligi tasarrufida. Qo`riqxonada hududida – hayvonlarning 183 turi, shundan 13 turi O`zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan; - o`simliklarning 814 turi, shundan 29 turi O`zbekiston Respublikasi va Qizil kitobiga kiritilgan. Qo`riqxonada «Qizil kitob»ga kirgan arxarlar bilan tog’ qo`yi, shuningdek, yovvoyi cho`chqa, suvsar va «Qizil kitob»ga kirishi mumkin bo`lgan mitti shunqor va boshqa hayvonlar muhofaza qilinadi. Nurota qo`riqxonasining aoosiy vazifasi tog’-dasht mintaqalarini, ayniqsa, Severtsov qo`yi ekologiyasini o`rganish va muhofaza qilish uslublarini ishlab chiqishdan iborat.
Bu qo`riqxona Samarqand shahrining Zarafshon daryosi qayirida joylashgan. 1975 yilda tashkil etilan. Maydoni 2352 ga. O`zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo`jaligi tasarrufida. Qo`riqxonada –hayvonlarning qariyib 170 turi uchraydi, shundan 2 turi O`zbekiston Respublikasi va TMXI Qizil kitobiga kiritilgan; - o`simlikarning 300 turi mavjud. Qo`riqxonani tashkil qilishdan maqsad yo`qolib borayotgan chiroyli Zarafshon qirg’ovulini va qimmatli dorivor butasi - chakanda (oblepixa) muhofaza qilish, to`qay changalzorini tiklash va yaxshilash, ilmiy tadqiqotlar olib borishdan iborat. Qo`riqxonaning nisbatan kichik hududida kariyb 3 turdagi o`simlik o`sadi. Qo`rikxonada 59 turdagi dorivor va 23 turdagi texnik o`simlik aniqlangan. Qo`rikxonaning faunasi 359 tur bo`lib, shundan amfibiyalar - 2, sudralib yuruvchilar - 8, kushlar - 206, sutemizuvchilar - 24 turni tashkil qiladi. 1995 yildan beri Zarafshon davlat ko`riqxonasida xongulni ko`paytirish bo`yicha ish-lar olib borilmoqda. 1996 yilda Zarafshon davlat qo`riqxonasiga «Baday to`qay» ko`rikxonasidan 6 bosh Buxoro bug’usi keltirilgan. Hozirgi paytda ko`riqxona hududida 27 bosh xongul yashaydi. Zarafshon davlat ko`riqxonasi O`zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi huzuridagi O`rmon xo`jaligi bosh boshqarmasi tizimiga kiradi, hamda Qo`rikxonalar, milliy tabiiy bog’lar va ovchilik xo`jaliklari boshqarmasi tomonidan boshqariladi.
Qashqadaryo viloyatida Hisor tizmasining g’arbiy yonbag’rida dengiz sathidan 1750 m dan 4349 m gacha balandlikda joylashgan. 1983 yilda ikki davlat qo`riqxonasi-Qizilsuy va Miroqin ko`riqxonalarining birlashishi natijasida tashkil qilingan. Hozirgi paytda bu O`zbekistondagi eng katta qo`riqxonadir. Umumiy maydoni 80986 ga ni tashkil qiladi. Qo`riqxonada o`rmon, dala ekotizimlari ajralgan; o`rmon bilan qoplangan maydoni 56678,1 ra; yaylovlar mavjud; daryo va ko`llarga 171 ga to`g’ri keladi; botqoqliklar 511 ga; qiyaliklar va tog’ yonbagridagi to`kilmalar 31819 ga ni tashkil qiladi; yo`llar, shudgor va kamishzor dalalar mavjud. Qo`rikxonaning asosiy o`rmon hosil qiluvchi o`simliklari zarafshon va yarim shar shaklidagi archalar hisoblanadi. Umuman olganda muhofaza etiladigan hududdagi o`simliklar O`rta Osiyo tog’lari uchun odatiy bo`lib, uning katta qismi tor endem o`simliklaridir. Ba`zi hisoblarga qaraganda tomirli o`simlik turlarining umumiy mikdori 800-900 dan kam emas.
Murakkabguldoshlar (Compositae), dukkaklilar (Leguminosae), butguldoshlar (Craciferae), donlilar (Gramineae), soyabonlilar (Umbelliferae), labguldoshlar (Labiatae) turlari ko`plab uchraydi. O`zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan noyob turlardan qo`riqxona hududida 32 turdan kam bo`lmagan tomirli o`simlik turi o`sadi. Qo`riqxonaning hayvonot olami boy, turli-tuman va tog’li o`rmonlarga xos bo`lgan deyarli barcha turlarni qamrab oladi. Qo`rikxonada 2 turdagi baliq, 19 turdagi amfibiya va reptiliya, 103 turdagi uyali qushlar, 28 turdagi sut emizuvchi yashaydi. O`zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga oqtirnoq ayiq, ilvirs, Turkiston silovsini, eron kunduzi, kushlardan: burgut, boltayutar, itolg’i, kumoy, kichik burgut kiritilgan. Qizilsuy uchastkasidagi Osmontalash cho`qkisi eng yuqori nukta — dengiz sathidan 4000 m dan baland, aynan shu erda Sibir’ ko`zisi, ilvirs, ular va kizil sug’ur yashaydi. Sudralib yuruvchilardan suvilon, chiporilon, ko`lvor ilon, turkiston agamasi, Osiyo ilonquyrug’i va boshqalar uchraydi. Tojikiston bilan chegarada qo`rikxonaning eng yirik daryolaridan biri Oqsuv havzasida eng yuqori cho`qqili Gilon uchastkasi joylashgan. Uning balandligi dengiz satqidan 2500 dan 4300 m gacha oraliqda. Bu uchastkada O`zbekistondagi eng yirik Severtsov muzligi mavjud. Hisor davlat ko`riqxonasi O`zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat ko`mitasi tizimiga kiradi va Davbionazorat tomonidan boshqariladi.
Qashqadaryo viloyati Kitob shahridan 52 km sharqda joylashgan bo`lib, u O`zbekistonda yagona geologik qo`riqxonadir. 1979 yilda tashkil etilgan. Maydoni-3938 ga. O`zbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qo`mitasi tasarrufida. Qo`riqxonada hududida – hayvonlarning 168 turi, shundan 10 turi O`zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan; - o`simliklarning 800 turi, shundan 22 turi O`zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan. Bu qo`riqxonada qoyali tog’lar muhofaza qilinadi. Tog’ jinslari kesmasidagi Erning 400—500 million yillar oldingi geologik davri tarixi boshqa qatlamlarda bunchalik aniq ko`rinmaydi. Qo`riqxonada marjonlar, mollyuskalar, dengiz liliyalari, qadimgi umurtqalilar— grantolitlar, kosali baliqlarning izlari topilgan. Ana shularga qarab bundan 400—500 million yillar, avval tabiat qanday bo`lganini bilish mumkin. Kelajakda O`zbekistonda tabiatni muhofaza qiladigan qo`riqxonalar soni oshib boraveradi.
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.