Matematika darslarini samarali tashkil etishda ijtimoiy shakllarning o’rni.
Оценка 4.6

Matematika darslarini samarali tashkil etishda ijtimoiy shakllarning o’rni.

Оценка 4.6
docx
24.01.2021
Matematika darslarini samarali tashkil etishda ijtimoiy shakllarning o’rni.
Matematika darslarini samarali tashkil etishda ijtimoiy shakllarning o’rni..docx

Matematika darslarini samarali tashkil etishda ijtimoiy shakllarning o’rni.

 

 

 

Ta’lim-tarbiya sifatini ta’minlash bosh vazifamizdir.

Ijtimoiy shakllardan to’g’ri foydalanish,bu mavzudan,topshiriq mohiyatidan kelib chiqqan holda o’qituvchi tomonidan o’quvchilarning dars davomida qanday ish olib borishini belgilanishi, ya’ni guruh bo’lib,sherik bo’lib yoki yolg’iz ishlashlaridir. Ma’lumki, har bir sinfda, yoxud har bir guruhda iqtidorli faol o’quvchilar bilan birgalikda o’zlashtirishi past bo’lgan o’quvchilar ham bo’ladi. Shuningdek, sinfda o’quvchilar soni 30-35 nafarni tashkil etsa, ushbu sinf ga dars o’tish da muammo tug’iladi. Bu esa ko’plab matematika o’qituvchilari uchun muammo tug’diradi. Negaki, bizda ko’pi bilan 15-18 nafar o’quvchi bilan ishlash ularga misol va masalani o’rgatish qulay.Yuqoridagi kabi sinflar bilan ishlashda, ayniqsa, ular 8-sinfdan yuqori bo’lsa, albatta o’qituvchi oldida bir qator muammolar yuzaga keladi. Chunki sinfda endi a’lochi va ikkichi o’quvchidan tashqari o’qishi o’zgargan, o’yinqaroq yoxud o’zini hammadan ustun qo’yishga urinayotgan o’quvchilar ham paydo bo’ladi. Ularga ta’lim bilan birgalikda tarbiya berish o’qituvchi oldidagi muhim vazifaga aylanadi. Avvalambor, ta’limni tarbiyadan ayro qilib bo’lmaydi. Bu uch guruhga kiruvchi o’quvchilar esa dars davomida o’zaro bir-biriga xalaqit beradilar. Natijada fanga qiziqqan o’quvchilar oldingi partalardan, qolgan ikki guruh o’quvchilari bo’lsa oxirgi partalardan joy ola boshlaydilar. Oqibat darsga xalaqit berishlar, o’quvchilar diqqatining bo’linishi yuzaga keladi.O’qituvchi yo dars berishni, yo ularni tarbiyasiga e’tibor berishni bilmay qoladi. O’z navbatida bu ishning har ikkisi ham darsga ajratilgan vaqtni o’g’irlaydi. Shu bois, dars davomida uchala guruh o’quvchilarini birlashtirib guruh tuzish maqsadga muvofiq bo’ladi.

 

A’lochi O’yinqaroq o’quvchi Ikkichi o’quvchi
 

 

 

 

 

 


Guruhga bo’lishda ham an’anaviy usullardan foydalanmaslik kerak.Ya’ni qatorlarga qarab, birga o’tirgan sheriklariga qarab, yoki sanash bilan emas, balki guruh tuzish imkonini yuqoridagi uchlikni tashkil etuvchi o’quvchilar ihtiyoriga berish kerak. Bunda o’qituvchi yaxshi artist, hamda yaxshi psixolog bo’lishi zarur. Dastlab imkoniyatni o’yinqaroq,darslarda faol qatnashishni o’ziga ep ko’rmayotgan o’quvchiga bersak, u sinfda bitta shunday o’quvchi bo’lmaydi, shunday o’quvchidan uchtasini doskaga chiqarib, o’zlari uchun guruh tanlashlari va shu guruh bilan bugungi dars davomida birgalikda ish olib borishlari aytiladi. Agar ularga shunday imkoniyat berilsa, qanday usulda tanlashlarini o’qituvchi belgilamasa,ular eng kuchlilardan guruh tuzishga intiladi. Shunung uchun o’qituvchi ularga yo’nalish berishi bu borada juda muhim. Misol uchun, ular tug’ilgan yil fasllari bo’yicha guruh tashkil etish. Bunda guruh tarkibiga ham a’lochi, ham ikkichi o’quvchi kiradi. Faqat bir guruh vakillarining to’planishi esa o’ndan bir holatda bo’lishi mumkin. “ Xo’sh, natija qanday bo’ladi ?” degan savol tug’iladi. Natija shundayki, o’yinqaroq bolalar boshqarishga moyil bo’ladi, ular guruh tuzganda o’zida ma’suliyat tuyadi, o’zini faol ko’rsatishga urinadi, oqibatda darsni mazmunli o’tishi ta’minlanadi. Ikkichi o’quvchi tomonidan guruh tuzilganda, u ham ma’suliyatni his qiladi, guruhda o’zini nimalarga qodir ekanini ko’rsatishga, o’zi tanlagan guruhni esa g’olib bo’lishiga harakat qiladi, oqibatda indamas o’quvchida ham faollik kuzatiladi, guruh a’zolarini uyaltirmaslik uchun o’z ustida ishlashga harakat qiladi. A’lochi o’quvchi tomonidan guruh tuzilganda esa undagi tashkilotchilik qobiliyati rivojlanadi, bevosita o’rgan –o’rgat dasturi bo’yicha ish olib boriladi. O’qituvchidan mavzu bo’yicha berilgan topshiriqni ko’rib, unga mos ravishda ijtimoiy shaklni tanlashi, darslik bilan cheklanib qolmasdan, turli topshiriqlarni o’zi tuzishi, turli o’yinlardan samarali foydalanishi, darsning qaysi bosqichida qanday vositalardan foydalanish maqsadga muvofiqligini bilishi talab etiladi. Ijtimoiy shakllardan to’gri foydalanilganida, ya’ni ular to’gri tanlanganida o’qituvchi oldidagi muammolar yechiladi,o’quvchilarda ijobiy o’zgarishlar kuzatiladi.

Dars bir taom kabidir. Uning retsepti bir xil bo’lgani bilan,hamma uni o’z uslubi bo’yicha tayyorlaydi. Maqsad taomni shirin qilish bo’lgani kabi, darsni tashkil etish borasida ijtimoiy shakllar ko’p,ammo ularni qayerda, qanday qo’llay olish esa o’qituvchining o’ziga bog’liq bo’lib qolaveradi.

 

 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

 

1.      Pеdagogika. O`quv qo`llanma. A.Munavvarov tahririda. T., «O`qituvchi», 1996

2.      N.G`aybullaеv, R.Yodgorov. Pеdagogika. Ma'ruzalar matni. T., 2000





 

Matematika darslarini samarali tashkil etishda ijtimoiy shakllarning o’rni

Matematika darslarini samarali tashkil etishda ijtimoiy shakllarning o’rni

Ijtimoiy shakllardan to’gri foydalanilganida, ya’ni ular to’gri tanlanganida o’qituvchi oldidagi muammolar yechiladi,o’quvchilarda ijobiy o’zgarishlar kuzatiladi

Ijtimoiy shakllardan to’gri foydalanilganida, ya’ni ular to’gri tanlanganida o’qituvchi oldidagi muammolar yechiladi,o’quvchilarda ijobiy o’zgarishlar kuzatiladi
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
24.01.2021