Nazorat savollari
1.Shriftlar deb nimaga aytiladi ?
2. Shriftlarni turlarini sanang ?
3. Standart shriftlarni tushuntiring
Javoblar
TOPOGRAFIK CHIZMACHILIKDA ISHLATILADIGAN RAQAMLARNI VA SHRIFTLARNI YOZISH 2.1. Shriftlarni chizish qoidalari va usullari. Sonlar va qarflarni ma'him qonuniyatlarda bajarilishi shriftlar deyiladi. Har qanday chizmada, plakatda, loyihalarda, kortografik va Topografik chizmalarda shriftlar , harflar va sonlar yoziladi. Shriftlar turlicha bo'lib, standart shriftlar, qirqilgan (chandiqlangan), kursiv (qiya bosma harflar) arxitektura va boshqa shriftlar mavjud. Shriftlar tik (vertikal), qiya (og'ma) ko'rinishda bo'ladi. 2.2. Standart shriftlar GOST 2.304 - 81 belgilanadigan bo'lib, sanoat, mashinasozlik qurilish chizmalarida va texnikaviy hujjatlarini yozish uchun ishlatiladi. Shriftning quyidagi o'lchamlari belgilangan: 2,5; 3,5; 5,7; 10; 14. Standart shriftlar ikki A va B turga bo'linadi. A turdagi shriftlar balandligi 14 ga, B turdagi shriftlar balandligi esa 10 ga bo'linadi. Ularni yozish uchun katakchalar chizib olinadi va shu katakchalar bo'yicha harflar, sonlar yoziladi. Harf qalinligi bir katak, oraliqlari ikki katak qoldiriladi. A va M harflari eni 7 katak, J, F, Sh, Sh, I, Yu harflarining eni 8 katak, barcha qolgan harflar eni 6 katak olinadi. Kichkina harflarning eni 5 katak bo'ladi. harflar qiyaligi o'ng tomonga taxminan 75 qilib bajariladi. Bosh harf 10 mm ya'ni JVb 10 bo'lsa, kichkina harflar 10 dan 7 katak (7/10) da yoziladi. Asosiy yozuvlar hamda sarlovhalar tik shriftda yoziladi (21 -rasm). 2.3. Qalamda chizilgan shriftlarni reysfederda tush bilan chizish. Topografik va topografik shriftlar asosan besh asosiy guruhga bolinadi. Oltinchisi bu beshtasi hisobiga kirmaydigan qo'lyozma va bosma harflardir. Shularda kontrastlik (keskinlik) va chandiqlanganligi guruhga bo'linish asosi boladi ( 22-rasm). 23-rasmda topografik shriftlarning guruhlari ko'rsatilgan. To'g'ri burchakli shrift asosan reja, karta, Topografik chizmalarni sarlovhalarini yozishda ishlatiladi. To'g'ri burchakli shriftda ingichka, o'rta yo'g'on qilib yozish mumkin. yo'g'onlashgan shriftlar sarlovhalarda ishlatilsa, o'rtacha va ingichka qalinlikdagilar esa tushuntirish xatlarinT, har xil ma'lumotnomalarni va har xil shahar, qishloq nomlarini yozishda ishlatiladi. Bu to'g'ri burchakli shrift ham bir necha ko'rinishda . yozilishi mumkin. Tik va og'ma (qiya) ko'rinishda, harflar bo'yicha eninig o'zgarishi, harf qalinligi turlicha bolishi mumkin. harflarning vertikal tayoqchalari yo'g'onroq ko'rinishda bolsa, gorizontalarni boglovchi tayoqchalari undan uclyto'rt marta ingichka boMadi. Shrift turlari: a) qiyaliklari bo'yicha; b) shakl bo'yicha o'ta ensiz, ensiz, o'rtacha keng; c) yo'g'onligi bo'yicha; d) chizilishi bo’yicha.
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.