Metodik tavsiya
Оценка 4.6

Metodik tavsiya

Оценка 4.6
Руководства для учителя
docx
математика
Взрослым
21.12.2018
Metodik tavsiya
“ Matematika fanini o’qitishda ilg’or ta’lim-tarbiya texnologiyalaridan foydalanishning ahamiyati ” nomli ushbu metodik tavsiyada metodik xizmatning ta’lim- tarbiyadagi o’rni ,shuningdek umumta’lim maktablarida matematika fanini o’qitish samaradorligini oshirish uchun zamonaviy hamda samarali dars o’tish usullari yoritib berilgan. Ushbu metodik tavsiya umumiy o’rta ta’lim maktab o’qituvchilari uchun qo’llanma sifatida xizmat qiladi.
Metodik tavsiya2.docx
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ  TA’LIMI VAZIRLIGI NAVOIY VILOYAT XALQ TA’LIMI  BOSHQARMASI Navbahor tumani XTB ga qarashli 17­umumiy o’rta ta’lim maktabi matematika­informatika fani o’qituvchisi ning “ Matematika fanini o’qitishda ilg’or ta’lim­tarbiya texnologiyalaridan foydalanishning ahamiyati ” Ushbu metodik tavsiyada metodik xizmatning ta’lim­ tarbiyadagi o’rni , shuningdek   umumta’lim  maktablarida  matematika fanini o’qitish samaradorligini oshirish  uchun zamonaviy hamda samarali dars o’tish usullari  yoritib berilgan.  Ushbu metodik tavsiya  umumiy o’rta ta’lim maktab o’qituvchilari uchun  qo’llanma sifatida  xizmat qiladi. 1 Taqrizchilar:    A’zamov Aziz ­ Navbahor tumani XTB aniq fanlar metodisti Boymurodova Yorqinoy  ­    17­umumiy o’rta ta’lim  maktab direktori Murod Sodiqov  ­   maktab o’quv ishlari bo’yicha  direktor o’rinbosari      Tuzuvchi:    Navbahor  tumani  XTB ga qarashli  17­umumiy o’rta ta’lim     maktabi matematika­informatika  fani o’qituvchisi                       Karimova  Dildora  Zamonovna   Ushbu metodik tavsiya  17­ umumiy o’rta ta’lim maktabining pedagogika kengashining   2018­yil  31 ­ may    qaroriga asosan ko’rib chiqildi va maktabda   ommalashtirildi hamda tuman miqyosida ommalashtirish uchun   tavsiya   etildi.                  Matematika fanini o’qitishda ilg’or ta’lim­tarbiya texnologiyalari va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning o’rni va ahamiyati  2 Kirish Reja: 1. O’qitishda ilg’or pedagogik texnologiyalarning o’rni va jahon tajribasi. 2. Fanlarni o’qitishda  axborot  kommunikatsiya texnologiyalari, EATR va elektron  darsliklardan foydalanish. 3. Zaminimizda yashab o‘tgan buyuk allomalarimizning matematikaga qo‘shgan hissalarini  o’quvchilar ongiga singdirish. Xulosa. Har qanday ta’lim va tarbiyada eng asosiy narsa muallim, uning tafakkur dunyosidir.  A.Disterveg 3 Hozirgi kunda mamlakatimizda jahon talablari darajasida ta’lim olish va kasb egallashi uchun  barcha sharoitlar yaratilgan.Yangi sharoitlardan kelib chiqib, „Ta’lim to’g‘risida“gi va „Kadrlar  tayyorlash milliy dasturi to’g‘risida“gi O’zbekiston Respublikasi qonunlariga, 2017­2021­yillarga mo’ljallangan „O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha   Harakatlar strategiyasi“ to’g’risidagi qarorlariga muvofiq ta’limning zamonaviy  metodologiyasini yaratish, davlat  ta’lim standartlarini kompetensiyaviy yondashuv asosida  takomillashtirishni talab etadi. O‘quv­metodik majmualarning yangi avlodini ishlab chiqish va  amaliyotga joriy etishni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi 2017­yil 6­ apreldagi“Umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb­hunar ta’limining davlat  ta’lim standartlarini  tasdiqlash to’g’risida“ gi 187­qarori qabul qilindi. Unga ko’ra, biz o’quvchilarga mavzuga oid  bilim, ko’nikma ,malaka berish bilan bir qatorga kompetensiyalarni ular ongiga singdirib, u  kelajakda shu bilimidan hayotda qaysi sohada foydalana olishini va o’quvchilarning biror sohaga bo’lgan qiziqishini aniqlab uni yana rivojlantirishimizni talab etadi.Ana shundagina bizning  yurtimizda ham dasturchilar, olim va muhandislar soni ko’payadi.   Shu o’rinda Davlatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev  quyidagi fikrlarini misol keltirsak  bo’ladi: „Dunyoda qobilyatsiz bola bo’lmaydi, biz ana shu qobilyatni ko’ra olishimiz, tahlil  qilib yuksaltirishimiz va shu qatorda o’quvchilarning qobilyatidan kelib chiqqan holda biror  bir kasbga yoki  hunarga yo’naltira olishimiz bizning eng asosiy vaazifamizdir.“  O’quvchilarga  matematika  fani  bo’yicha quyidagi  kompetensiyalarni o’rgatish zarur: ­ Matematik usullar, matematik tilni aniqlash algoritmi; ­ Mustaqil bilish faoliyati, matematik bilim   va uslublarni turli xil manbalarni o’zlashtirish orqali mustahkamlash;  4 ­ Matematik   savodxonligi,    matematika   fanini   ilm­fan   olamidagi   ahamiyatini   o’rnini o’quvchilarga yetkaza olishi; ­ Asoslangan matematik tushuncha va atamalarni o’quvchilarga tushuntirib berish;  ­ O’quvchilarga   turli   xil   vaziyatlarda   (hayotda   uchrashi   mumkin     bo’lgan   holatlarda) matematik bilim va ko’nikmalarni qo’llashga o’rgatish.        Xo’sh qanday  qilib biz o’quvchilarga matematik bilimlarni tez va samarali yetkazishimiz mumkin? Matematika murakkab fanligidan kelib chiqib, biz ularni boshqa yo’llar orqali ya’ni noan’anaviy   usullardan   foydalanib,   zeriktirmasdan   o’yinlar   orqali   darslar     tashkil   etishimiz kerak.Bunda   o’yin­dars   sistemasini   qo’llasak   bo’ladi.   Didaktik   o’yinlar   va   yangi pedtexnologiyalarni qo’llash  joyi va vaqtini bilishimiz kerak.Endi  pedagogik texnologiyalarni kelib chiqish tarixiga nazar solsak:        Pedagogik texnologiya tushunchasi dastlab XX asrning o`rtalarida   AQSHda   paydo   bo`lib,   1940­50   yillar   o`rtasigacha   "Ta'lim   texnologiyasi"   deb yuritilib kelgan va bu ibora texnika vositalaridan foydalanib o`qitishga nisbatan qo`llanilgan. 50­ 60 yillarda programmalashtirilgan ta'lim nazarda tutilgan, 70­ yillarda "pedagogik texnologiya" iborasi qo`llanilib u avvaldan loyihalashtirilgan va aniq   belgilangan maqsadlarga erishishni kafolatlovchi o`quv jarayonini bildirgan.1979 yilda   AQSHning Pedagogik kommunikatsiyalar va   texnologiyalar   assotsiatsiyasi   tomonidan   Pedagogik   texnologiyani   kompleks,   integrativ jarayon deb asoslangan va 80­ yillarning boshidan esa pedagogik texnologiya deb   ta'limning kompyuterli va axborot texnologiyalarini yaratishga aytilgan.Hozirda bu tushunchaga quyidagi turli ta'riflar berilgan: Texnologiya – biror ishda, san'atda, mahoratda qo`llaniladigan usullar, yo`llar yig`indisi.  Ushbu farqlar yuzasidan quyidagi fikrni eslash mumkin: ”Aslida zamonaviy ta’lim metodlari  muqaddas qiziquvchanlikni hozircha batamom bo`g`ib tashlamagani deyarli mo`jiza,  chunki bu nozik nihol ( ya’ni qiziquvchanlik) rag`batlantirish bilan bir qatorda, eng  avvalo, erkinlikni talab qiladi, yo`qsa, u shaksiz, mahv bo`ladi”.  ( A.Eynshteyn).     Hozirgi   vaqtda   «Innovatsiya   tushunchasi»   juda   keng   qo‘llanilmoqda.   Innovatsiya   so‘zi inglizcha so‘z bo‘lib ­ yangilik kiritish, yangilikdir, ya'ni tizim ichki tuzilishini o‘zgartirish, deb ta'riflanadi. Innovatsiya amaliyot va nazariyaning muhim qismi bo‘lib, ijtimoiy­madaniy obyekt 5 sifatlarini yaxshilashga yo‘naltirilgan ijtimoiy subyektlarning harakat tizimidir.  Innovatsiyalar dolzarb, muhim ahamiyatga ega bo‘lib, bir tizimda shakllangan yangicha yondashuvlardir. Ular tashabbuslar  va  yangiliklar   asosida  tug‘ilib,  ta'lim  mazmunini  rivojlantirish   uchun  istiqbolli bo‘ladi. Shuningdek, umuman ta'lim tizimi rivojiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.  Yangi pеdаgоgik tехnоlоgiya   аsоsidа   dаrs   оlib   bоrаdigаn   o‘qituvchi   muаllim   tinib   tinchimаsligi,   o‘z   ustidа muntаzаm ishlаshi, yangi аdаbiyotlаrni, mаqоlаlаr vа tаjribаlаr bilаn doimiy tаnishib bоrishi, ijоdiy izlаnishi zаrur bo‘ladi. O‘qituvchi o‘quvchini fаоllаshtirаdigаn o‘zi vа o‘rgаnuvchi uchun qulаy bo‘lgаn uslub, usul vа yo‘llаrni o‘qitish shаkllаri vа vоsitаlаrini izlаshi hаmdа shu аsоsidа o‘quvchilаrni dаrs dаvоmidа mustаqil fikrlаshgа o‘rgаtishi kеrаk. Hozirgi kun o’qituvchisiga ko’plab talablar mavjud, chunki u – kelajak bunyodkorlarini tarbiyalaydi. Zamonaviy o’qituvchi o’z ustida tinmay ishlashi, fanini chuqur bilishi, biror chet tilida muloqot qila olishi va AKT dan foydalanishni bilishi talab etiladi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi zamonaviy pedagog javob   berishi kerak bo’lgan talablar kompleksini belgilaydi. Quyidagilar mutaxassisning pedagogik ishga tayyorlanganligining zarur va yetarli darajasini ta’minlaydigan asosiy talablar hisoblanadi.  PEDAGOG MAHORATI: 1. Dars berish mahorati. 2. Tarbiyalash mahorati 3. O’quv­tarbiya jarayonida gumanitar omilni ta’minlaydigan shaxsiy sifatlari 4. Ta’lim oluvchilarning bilimlarini  xolisona nazorat qilish va baholash mahorati Hozirda   bilim   qo‘yilgan   maqsad   sifatida   emas,   balki   o‘quvchi   shaxsini     rivojlantirish   usuli sifatida   namoyon   bo‘lmoqda.   O‘qituvchi   shaxsi   oldiga   qo‘yilgan   ma’suliyatning   biri,   uning izlanuvchanligidir. O‘quv dargohidagi o‘qituvchilarning   dars o‘tish jarayoni turlicha bo‘lishi mumkin, ammo maqsad yagona – jamiyatga kerakli, nafi tegadigan  kadrni tarbiyalashdir. Quyida ilg’or pedagogik texnologiyalar, didaktik o’yinlar va boshqotirmalar kelltirilgan. «KICHIK GURUHLARDA ISHLASH» usuli:    Kichik guruhlarda ishlash ­o`qituvchi tomonidan bеrilgan ma'lum bir topshiriqni hamkorlikda bajarish uchun o`quvchilarni kichik guruhlarga ajratib, bеrilgan topshiriqning  еchish yo`llarini ishlab chiqishni taqozo etuvchi usulddir. 6 Ushbu  usul   qo`llanilganda  o`quvchi  kichik  guruhlarda  ishlab,  darsda  faol   ishtirok etish huquqiga, boshlovchi rolida bo`lishga, bir­biridan o`rganishga va turli nuqtai­ nazarlarni qadrlash imkoniga ega bo`ladi. Kichik   guruhlarda   ishlash   mеtodi   qo`llanilganda   o`qituvchi   boshqa   noan'anaviy mеtodlarga qaraganda vaqtni tеjash imkoniyatiga ega bo`ladi. Chunki o`qituvchi bir vaqtning o`zida barcha o`quvchilarni mavzuga jalb eta oladi va baholay oladi.  «Kichik guruhlarda ishlash» usulini qo`llash bosqichlari:  Faoliyat   yo`nalishi   aniqlanadi.   Muammodan   bir­biriga   bog`liq   bo`lgan   masalalar bеlgilanadi. Kichik guruhlar bеlgilanadi. O`quvchilar guruhlarga 3­5 kishidan bo`linishlari mumkin. Kichik guruhlar topshiriqni bajarishga kirishadilar. O`qituvchi   tomonidan   aniq   ko`rsatmalar   bеriladi   va   o`qituvchi   tomonidan   yo`naltirib turiladi. Kichik guruhlar taqdimot qiladilar. Bajarilgan topshiriqlar muhokama va tahlil qilinadi. Kichik guruhlar baholanadi. 1 2 3 4 5 6 7 «Kichik guruhlarda ishlash» usulining tarkibiy tuzilmasi  Mavzu yoritiladi Kichik guruhlar shakllantiriladi 1­guruhga topshiriq 1­guruh taqdimoti 2-guruhga topshiriq 3-guruh taqdimoti Aniq ko`rsatma bеrish va yo`naltirish Muhokama va tahlil qilish 3-guruhga topshiriq 7 2-guruh taqdimoti Baholash 4-guruhga topshiriq 4-guruh taqdimoti Didaktik       o’yinlar “Klaster”  usuli     (10­15 minut) Klaster inglizcha so’z bo’lib ,dasta ,bog’lam, shajara,tarmoqlash degan  tushunchalarini anglatadi.Bu usulni qo’llash uchun sinf guruhlarga ajratiladi.Har bir  guruhga bittadan vatman yoki plakat,qalam va bittadan savol beriladi.Savol  vatmanning o’rtasiga tepadan yoziladi.Har bir o’quvchining javobi to’g’ri yoki  noto’g’riligidan qat’iy nazar yozib boriladi.Javoblar tugagach to’g’ri javoblar  strelkalar orqali bog’lab chiqiladi.Noto’g’ri javoblar uzilib qoladi.Savol daraxtning  tanasi bo’lib,javoblar uning shoxlari kabi bo’ladi.To’g’ri va keng ko’lamli javob  topgan guruh g’olib deb e’lon qilinadi.Javoblar guruh sardorlari tomonidan izohlab  beriladi.O’qituvchi esa o’quvchilarni yo’naltirib ko’maklashib boradi. “ 3X 4 “   o’yini    (10­15 minut) Sinf  4 ta guruhga bo’linadi.Har bir guruhga yuqori qismida savol yoki matn  yozilgan varaq tarqatiladi.Guruhlar ushbu savolning ostiga uchtadan javob yozadilar  va  varaqlarini qoldirib,o’zlari 2­guruhning joyiga ,2­guruh esa 3­guruhning joyiga , 3­guruh esa 4­guruh joyiga ,4­guruh esa 1­guruhning joyiga o’tiradilar.Shu tariqa har bir guruh joylarini 3 martadan almashtirib ,o’zidan oldingi guruhning javoblariga  yana 3 tadan qo’shimcha qiladilar.O’z joyiga aylanib kelgan guruh javoblarni  umumlashtirib yakuniy xulosa yasaydi.Guruh sardori o’z guruhini javoblarini  izohlab,sharhlab beradilar.  «OROL» O’YINI O’yinning   maqsadi:  O’quvchilarni   xalq  xo’jaligining    kadrlarga    bo’lgani   ehtiyojini, kasblarning ahamiyatini  tushuntirishga  mo’ljallangan.   O’yin     o’quvchilarni     kasblarning    jamiyat   hayotidagi  ahamiyatini  yaxshi   idrok   etishini ta’minlaydi. SHuningdek,  ularni  biron bir kasbni tanlashga yo’naltiradi.   O’yinning shartlari.  1.O’yin 7 va 8­ sinf o’quvchilari  uchun mo’ljallangan.  2.O’yinni ijrosi uchun ajratilgan vaqt: 40 daqiqa.  3.Sinf doskasidan o’yin natijalarini qayd etish uchun foydalaniladi.   O’yin bosqichlari:   Ushbu o’yin ortiqcha tayyorgarliksiz, to’g’ridan to’g’ri o’tkaziladi. O’yin bosqichlari quyidagilardan iborat: 8 1. O’quvchilarga o’yinning nomi elon qilinadi va «OROL»   o’yinining umumiy qoidalari o’qib eshittiriladi: faraz qiling,  hammamiz mo’’jiza ro’y berib, kimsasiz bir orolga tushib qoldik. Bizni   qachon   qutqarishlari   noma’lum.   Kimsasiz   orolda   yashab   qolishning   ikkita   yo’li   bor: birinchisi,   yashash   uchun   zarur   narsalarni   yaratish   va   ishlab   chiqish.   Ikkkinchisi,   kimsasiz oroldagi siviliztsiyalashgan odamlar bilan birga yashashga organish. Boshlovchi: biz siz bilan 40 daqiqa ichida birgalikda bu masalani  hal  qila olishimiz mumkinligini isbot  qilishmiz kerak. Ichimizda eng yoshi katta  men bo’lganligim uchun yetakchilik qilaman. SHuni bilingki, bizning jamiyatimiz demokratiyaga asoslangan. Qani kimda yana qanday takliflar bor?  2. O’quvchilarning takliflari  og’ir sharoitda yashab qolish chora­tadbirlarini o’ylab topishga qaratiladi   (yashash   uchun   joy,   oziq­ovqat   va   boshqalar).   O’qituvchi   o’quvchilarning   barcha takliflarini birma­bir doskaga yozadi.      3.   Takliflarni oldindan   muhokama qilish ham mumkin.   Ulardan eng muhimlari ajratib olinadi va  sinf doskasida yozib qo’yiladi.    O’yinning  2 va 3­bosqichlarini 5­10 daqiqada yakunlash maqsadga muvofiq. 4.  Ish jadvali tuzilayotganda boshlovchi umumiy ishtirokchilarning soniga tayanadi. Har bir yashab qolish chora­tadbirlariga nechtadan odam kerakligi aniqlanadi.   Qachonki ish jadvali tuzilayotganda boshlovchi   umumiy ishtirokchilar sonidan kelib chiqib, tirik qolish chorasni kurish uchun har bir  ishga qancha ishchi keraklgini taqsimlaydi.       Bu jaryonni o’quvchilar birgalikda muhokama qiladilar va unga  aniqlik kiritib oladilar. Boshlovchi har bir ish turi  va unga qancha ishchi  jalb qilinishini doskaga yozib boradi.      Bu bosqich uchun 3 yoki 5 daqiqa ajratiladi. 5.Boshlovchi   o’quvchilarga     kim   qaysi   ishni   bajarishni   xohlashlarini     qo’l   ko’tarib bildirishlari   va   odamlar sonini   belgilangan me’yordan kam yoki oshmasligini taklif qiladi. SHuningdek,  ish turiga ko’ra xohlovchilarning ismi doskaga yozib qo’yiladi. Odatda   o’yin jaryonida noodatiy talab va istaklarga duch kelinadi.  Agar o’yinga ajratilgan   vaqt kamlik qilsa, u holda joriy bosqichdan keyin muhokamani uyushtirish mumkin 6.   Boshlovchi   noma’lum   kasalga   chalinganligi   va   u   3   daqiqadan   so’ngra   hayot   bilan xayrlashishini e’lon qiladi.   O’quvchilardan hayotni davom ettirishni yo’lga qo’yuvchi tezkor 9 Kengash tuzishlari kerakligini aytadi.    Unda Kengash tarkibi va a’zolikka nomzodlarni saralash masalasi hal etiladi.  7. Boshlovchi o’limidan keyin “yovuz ruxga” aylanib qolishni bayon qiladi, uning jamoada qolishi   o’quvchilarning   hayotiga   xavf   solishi,   ofat   va   balolar   keltirib   vaziyatni   yanada qiyinlashtrishni mumkinlgni aytadi.         O’layapman. Hayotda yana muammolar tug’ilishi va qiyinchiliklar duch kelinishi mumkinligi, buni kengash orqali hal etish muhimligini bildiradi. Uning so’zlaridan keyin kengash a'zolarga kelajakda tirik qolib yashash  choralarni ko’rishni, hal qilinmagan muammolarni hal qilishlarini taklif qiladi va sinfning oxirgi partalardan biriga borib o’tirib oladi. Ma’lum  vaqt o’yindan o’zini chetga olib turadi. .  8.   Kengash a’zolari tirik qolish uchun barcha choralarni izlay boshlaydi va aniq   rejalar asosida   guruhlarga   ishlarni   taqsimlab   beradi   (ishchilar   bilan   maslahatlashgan   holda     ular o’zlariga yuklatilgan ishlariga masuliyat bilan yondashishlari lozimligi tushuntiriladi). Kengash a’zolarining ish jarayonidagi erishgan yutug’laridan kelib chiqib, boshlovchi ularning faoliyatiga ayrim qiyinchiliklarni tug’diradi:  tropik kasalliklar yordamida faol  o’quvchilarning faolligini susaytirishi mumkin (  zaruriy tibbiy yordam chaqirish); shamol, jala  yordamida ayrim ishchi guruhlarining  ishlarini  yanada qiyinlashtiradi.    Epidemiya xavf solganda boshlovchi kengash a’zolariga  sanitariya ­gigiena inshoatlarini qurish kerakligi haqida ishora beradi. Agar   kengash   a’zolari   o’z   vazifalarini   yaxshi   uddalay   olmasalar   ham   boshlovchining o’yinga  aralashishi kerak emas.     9. Mashg’ulot yakunlanishiga  5­7 daqiqa qolganda boshlovchi o’yinni tugaganligi haqida  ogohlantiradi.  O’yinning  muhokamasi Agar   o’yinni   muhokama   qilish   uchun   vaqt   etmay   qolsa,u   holda   muhokamani   keyingi darslarga qoldirish mumkin    Muhokama   uchun dastlabki savollar quyidagilardan iborat:  “Biz  tirik   qolishni uddaladikmi?” “Biz sivilizasiyalashgan odamlar bo’lib qola oldikmi?”       O’quvchilar ushbu savollarga javob berar ekan,   o’z fikrlarni qisqacha asoslab berishlari kerak.  SHuningdek,  bu savollarga boshlovchining o’zi ham oydinlik kiritishi mumkin.  10 O’yinning diagnostik imkoniyatlari  O’yin o’quvchilarning o’zlariga yuklatilgan umumiy qabul qilingan  vazifalarni bajarishga o’rgatadi.   Ularni   har   xil,   hattoki,   nufuzga   ega   bo’lmagan   ishlarni   ham   bajarish   zarurligini tushunishiga olib keladi.   O’yinda  uchraydigan  qiyinchiliklar Ushbu   o’yin   imkoniyatiga   ko’ra   anchagina   boy.   Unda   aniq   ishlarni   muhokama   qilish, oroldagi geografik detallarga qiziqish, “kimsasiz orolliklar” bilan kurashish  o’yin muammosidan chetga chiqishga olib keladi. YAshab qolish masalalari jamoa bo’lib hal etiladi. Boshlovchi tartib­intizomga e’tibor qaratishi  lozim. Bir kishi so’zlayotgan vaqtda boshqalari tinglashlari lozim, aks holda sinfni boshqarish qiyinlashadi. Har bir kishiga 15­20 soniya so’zlash uchun vaqt ajratiladi.  O’yinning istiqboli 11 Ushbu o’yinga mos, mustaqil ravishda o’xshash tarzda  uning tamoyillariga tayanib, korxona, muzey, teatr tashkil etish o’yinlarini uyushtirish mumkin. Qo’shimcha tashkil etilgan o’yinlar yo’riqnomalarni murakkablashtiradi   «BAHS­MUNOZARA» usuli Bahs­munozara­o`quvchilarni   ikki   guruhga   bo`lgan   holda,   biror   mavzu   bo`yicha   o`zaro bahs, fikr almashinuv tarzida o`tkaziladigan o`qitish usulidir. Har qanday mavzu va muammolar mavjud bilimlar va tajribalar asosida muhokama qilinishi nazarda tutilgan holda ushbu usul  qo`llaniladi. Bahs­munozarani  boshqarib borish vazifasini o`quvchilarning biriga topshirish mumkin. Bahs­munozarani erkin holatda olib borish va har bir o`quvchini   munozaraga   jalb   etishga   harakat   qilish   lozim.   Ushbu   usul   olib   borilayotganda o`quvchilar orasida paydo bo`ladigan nizolarni darhol bartaraf etishga harakat qilish kеrak.   Bahs­munozara usulining afzaлликлари: 12   qiladilar;  bеradi.  o`quvchilarni mustaqil fikrlashga undaydi;    o`quvchilar   o`z   fikrining  to`g`riligini   isbotlashga   harakat  o`quvchilarda eshitish qobiliyatining rivojlanishiga yordam «Bahs­munozara» mеtodining tarkibiy tuzilmasi Bahs­munozara usulini o`tkazish bosqichlari: Aqliy hujum usuli qo`llaniladi Turli fikrlar tinglanadi Fikr-g`oyalar to`planadi Tahlil qilinadi Aniq va maqbul еchimni topish 1 2 3 4 5 O`qituvchi munozara  mavzusini tanlaydi va qatnashuvchilarni taklif etadi. O`qituvchi «Aqliy hujum» usulidan foydalanib, o`quvchilarga mavzu bo`yicha savol bеradi. O`qituvchi   bildirilgan   g`oya   va   fikrlarni   yozib   borish   uchun   kotib   tayinlaydi.   Bu bosqichda   o`qituvchi   guruh   qatnashchilariga   o`z   fikrini   bildirishga   sharoit   yaratib bеradi. Qatnashchilar   bildirilgan   fikr   va   g`oyalarni   guruhlashtirib,   ularni   tahlil   qilishga o`tishadi. Tahlil orqali qo`yilgan vazifaning eng maqbul еchimini topishga harakat qilinadi Tezkor savollar 1.Natural son nechidan boshlanadi (1dan) 2.sonning ikkinchi darajasi bu… (kvadrati) 3.sonning uchinchi darajasi bu… (kubi) 4.Narsalarni sanashda foydalanadigan son bu… 13 (natural son) 5.Noma’lum son qatnashgan tenglik bu…(tenglama) 6.O’nli sanoq sistemasini fanga kiritgan olim (alxorazmiy) 7.Qanday sonlar ikkiga bo’linadi (juft sonlar) 8.Qanday sonlar uchga bo’linadi (raqamlar yig’indisi uchga bo’linsa) 9.Qanday sonlar beshga bo’linadi (oxirgi harfi nolga bo’linsa) 10.Qanday sonlar to’qqizga bo’linadi (raqamlar yig’indisi to’qqizga bo’linsa)  11.tub son nima (birga va o’ziga bo’linsa) 12.Murakkab son nima (ikki va undan ortiq songa bo’linsa ) 13.EKUB nima (eng katta umumiy bo’luvchi) 14.EKUK nima (eng kichik umumiy karrali ) 15.Ulush nima (butunning teng bo’laklari) 16.Teng ulushlar yig’indisi (kasr son ) 17.Surati maxrajidan kichik kasr… (to’g’ri kasr) 18.Butunning to’rtdan bir ulushi (chorak) 19.Butunning ikkidan bir ulushi (yarim ) 20.Surati maxrajidan katta yoki maxrajiga teng kasrlar…(noto’g’ri kasrlar) 21.Butunning sakkizdan bir ulushi.(nimchorak) 22.Butun son bilan kasr sonning yig’indisi…(aralash son) 23.Agar   kasrning   surati  va  maxraji  ayni  bir   natural   songa   ko’paytirilsa   kasrning qiymati   o’zgarmaydi,   avallgisiga    teng  kasr   hosil   bo’ladi   bu   nima ( kasrning  asosiy xossasi)  24. Kasrning surat va maxrajini ularning birdan farqli umumiy bo’luvchisiga bo’lish nima.  (kasrni qisqartirish) 25.Surat va maxraji o’zaro tub son bo’lgan kasr qanday kasr… (qisqarmas kasr) 26. Sakkizdan uch va beshdan o’nbir kasrlarni umumiy maxrajga keltiring. 27.To’g’ri burchak necha gradusga teng.(90gradusga). 28.Nol gradusdan to’qson gradusgacha qanday burchak. (o’tkir) 29.To’qson gradusdan bir yuz sakson gradusgacha qanday burchak. (o’tmas). 30.Burchaklar qanday asbob yordamida o’lchanadi. (transportir).  O`quvchilar bilimini charxlash.BOSHQOTIRMALAR  14 Yangi mavzuni o`zlashtirishda «O`quvchilar bilimini charxlash» usuli yaxshi natija bеradi. Bunda «Boshqotirma» o`yin­mashqidan foydalanish mumkin. Bunda o`tilgan mavzular bo`yicha gеomеtrik tushunchalar yuzasidan quyidagi boshqotirmani topish o`quvchilardan talab qilinadi. 1. 2. 3. 5. 7. 9. Х Х Х Х Х Х Х Х Х 4. 6. 8 Boshqotirmani yеchish uchun SAVOLLAR: 1. Qarama­qarshi tomonlari parallеl to`rtburchak; 2. Isbot talab qilinmaydigan jumla; Isbot talab qilinadigan jumla; 3. 4. Tomonlari tеng parallеlogramm; 5. Tomonlari tеng to`g`ri to`rtburchak; 6. To`g`ri chiziqning ikki nuqtasi bilan chеgaralangan qismi; 7. Gеomеtriya bo`limlaridan biri; 8. Tеkislikning aylana bilan chеgaralangan qismi; 9. Еr ustida o`lchash bilan shug`ullanuvchi fan 15 “Geometriya” krossvordi G E O M E T R I Y A Savollari: 1. Qarama­qarshi tomonlari o‘zaro parallel bo‘lgan to‘rtburchak nima deyiladi? Ikki tomoni parallel, qolgan ikki tomoni parallel bo‘lmagan to‘rtburchak nima deyiladi? 2. 3. Tomonlari teng bo‘lgan parallelogram nima deyiladi? 4. Beruniy davrida trapetsiya nima deb nomlangan? 5. Simmetriya o‘zbek tiliga tarjima qilingandagi ma’nosi. 6. Tomonlari teng bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchak nima deyiladi? 7. Arxitektura haqida birinchi bo‘lib qaysi muhandis kitob yozgan? “Donishnoma” asarini qaysi matematik olim yozgan? 8. 9. Trapetsiya qanday tildan olingan? 10. Kvadrat qanday tildan olingan? 16 Klaster usulidan foydalanib, o'quvchilarga tarqatma materiallar tarqatish. Dars ishlanmalardan namunalar Fanlarni o’qitishda  axborot  kommunikatsiya texnologiyalari, EATR va elektron darsliklardan foydalanish. Hozirgi kunda har bir fanlardan   multimedia, elektron darsliklar, EATR lar yaratilgan. Biz AKT vositalari va internet materiallaridan oqilona foydalanishimiz kerak. Mana shuning uchun ham   o’qituvchini   birdan­bir   vazifasi   o’quvchilarda   ko’proq     ravshan   tasavvurlar   bo’lishini ta’minlashdan iboratdir, buni esa zamonaviy AKT lardan foydalanib o’qitishgina   ta’minlay oladi.     Pedagogik   tajriba   shuni   ko’rsatadiki,   darsni   tashkil   etish   va   o’tkazishning   umumiy sxemasini aniqlash mumkin emas. Har bir darsning o’ziga xos tayyorgarligi bo’lganidek, uni o’tkazish sxemasi ham alohida bo’lishi kerak, chunki har bir dars o’quvchilarga bilim  berishni navbatdagi bosqichi hamda o’zining bir butun va tugaligi bilan tavsiflanadi.       Zamonaviy AKT lardan foydalanib dars o’tishda pedagogik talablardan yana biri – o’qituvchi mahoratidir.  GeoGebra dasturi 8­SINF ALGEBRA  ELEKTRON DARSLIGI 7­sinf algebra ELEKTRON DARSLIGI Shu bilan bir qatorda turli  xil test dasturlaridan ham o’quvchilar bilimini baholashda  va  bo’shliqlarni aniqlashda foydalanish mumkin. 3.O‘rta Osiyo mutafakkirlari va O‘zbekiston matematiklarining matematika fani  rivojiga qo‘shgan hissalari. O‘rta asrlarda yashagan va arab tilida ilmiy asarlar yozgan mashhur matematik, astronom, tabiatshunos va faylasuflar haqida so‘zlaganda biz Muhammad ibn Muso Xorazmiy (780­847), Abul Abbos Farg‘oniy (IX asrda yashagan), Abul Vafo (940­998), Xo‘jandiy (taxminan 1000 yilda vafot etgan), Ko‘hiy (990 yilda hayot bo‘lgan), Hosib Karxiy (1025 yilga yaqin vafot etgan), Abu Rayhon Beruniy (973­1048)   Abu Ali ibn Sino (980­1037), an­Nasaviy (taxminan 1030 yilda vafot etgan), Umar Xayyom (taxminan 1048­1122), Nasriddin Tusiy (1201­1274), G‘iyosiddin Jamshid Koshiy (1442) kabi buyuk olimlarimizni nazarda tutamiz. Mazkur olimlar o‘rta Osiyo va unga qo‘shni yerlardan kelib chiqishiga qaramay, vatanidan uzoq joylarda ijod qilib, boshqa mamlakat xalqlari bilan yaqindan   aloqada   bo‘lib,   fan   va   madaniyat   xazinasiga   qimmatbaho   durdonalar   qo‘shgan   va shuhrati butun olamga tarqatilgan.  Muhammad ibn Muso Xorazmiy (780­847).  Muhammad Xorazmiy ijodi asosan islom dinigacha bo‘lgan xorazm   faniga va qo‘shni mamlakatlar, Hindiston va Yaqin SHarq mamlakatlarining ilmiy fikrlariga asoslangan. O‘rta asrda yashab ijod etgan mashhur olimlardan yana biri xorazmlik buyuk entsiklopedist Abu Rayhon   Muhammad   ibn   Ahmad   Beruniy   (973­1048)   dir.   U   ilk   o‘rta   asrda,   O‘rta   Osiyo xalqlarining iqtisodiy va ma’naviy hayotida yirik voqealar sodir bo‘layotgan bir davrda yashadi. O‘rta Osiyoning Xorazmiy, Farg‘oniy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Abu Sahil Masihiy, Abu Nasr ibn Iroq, Xo‘jandiydek yirik olimlari jahon madaniyati taraqqiyotida chuqur iz qoldirib, o‘sha davr   dunyoviy   madaniyatning   eng   taniqli   namoyandalariga   aylandilar.   O‘rta   asrning   ilmiy tafakkuri cho‘qqilaridan biri Abu Rayhon Beruniydir. Beruniyning astronomiya, matematika va boshqa   fanlar   sohasida   qilgan   ishlari   yuzasidan   olib   borgan   ilmiy     tekshirishlari   olimning haqiqatan ham eng ulug‘ mutafakkir ekanligi, uning ilmiy faoliyati fan taraqqiyotida butun bir davrni tashkil etishini ko‘rsatadi.  Al­Xorazmiy hayoti va ijodi Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso al­Xorazmiy Xorazmda taxminan 783­yilda tug‘ilgan. Al­Xorazmiy «Al­jabr va al­muqobala haqida qisqa kitob» asari bilan algebra faniga asos soldi. Shu   asar   tufayli   olim   nomining   lotincha   shaklida   «algoritm»   termini   paydo   bo‘lgan.   Al­ Xorazmiy   Bag‘doddagi   «Bayt   ul­hikma»   (Donishmandlar   uyi)da   rasadxona,   kutubxona   va barcha ilmiy tekshirish ishlariga rahbarlik qildi.  Al­Xorazmiyning 10 ta asari bizgacha yetib kelgan: 1.   «Hind   hisobi   haqida»   (Fi   hisab   al­hind).Bu   asarni   XII   asrda   Ispaniya   olimi   Batlik Adelard arab tilidan lotin tiliga tarjima qildi. Keyinchalik Bonkompani, K.Fogel, I.Sevilskiylar tadqiq qildilar. Risola   8   ta   bobdan   iborat   bo‘lib:   1)   natural   sonlarni   «hind   raqamlari»   hisoblangan 0,1,2,3,4,5,6,7,8,9 lar yordamida yozish; 2) sonlarni qo‘shish va ayrish; 3) ikkiga bo‘lish va ikkiga ko‘paytirish qoidalari; 4) ko‘paytirish amali va uni 9 raqami yordamida tekshirish; 5) bo‘lish; 6) kasrlar hisobi; 7) kasrlarni ko‘paytirish; 8) musbat sonlardan kvadrat ildiz chiqarish. Bu   risola   hisob   bo‘yicha   qo‘llanma   sifatida   Yaqin   va   O‘rta   Sharq   hamda   G‘arbiy Yevropaga   katta   ta’sir   ko‘rsatdi.   Lotin   tiliga   tarjimasida   «al­Xorazmiy»   so‘zi   Algorithmus (Algoritmus) deb yozildi va jahon faniga yangi “algoritm” atama sifatida kiritildi. 2. «Al­jabr va al­muqobila haqida qisqa kitob» (Al­kitab al­muxtasar fi hisab al­jabr va­l­ muqabala)      Bu asarni XII asrda Ispaniya olimlari Kremonalik Gerardo va Batlik Adelardlar arab tilidan lotin tiliga, keyinchalik Gans va Grantlar ingliz tiliga tarjima qilish asosida o‘rgandilar.Bu risola 27 ta bobdan iborat. 3. «Al­Xorazmiy ziji» (ya’ni jadvallari) yoki «Al –Ma’mun ziji». Bu risola 37 ta bobdan iborat bo‘lib, uni XII asrda Ispaniya olimi   Batlik Adelard arab tilidan lotin tiliga, keyinchalik X.Zuter nemis tiliga, B. Kopelevich rus tiliga tarjima qildilar.  4.   «Astrulyabiyalarni   qo‘llash   haqida   kitob»(Kitab   al­amal   bi­l­astrulabat).Bu   risolada astronomiyaga oid 43 ta masala hal qilingan. 5.«Astrulob  yordamida azimutni aniqlash» (Ma’rif as­samt bi­l­astrulab). X asrda yashagan Ibn Nadimning «Fixrist» asarida tilga olinadi. 6. «Quyosh soati tekisligida soatni ko‘rish haqida» (Amal as­saat fi basit ar­ruxama). 7.  «Astrulobni  yasash   haqida  kitob»  (Kitab  amal  as­astrulab).U  X  asrda  yashagan  Ibn Nadimning «Fixrist» asarida tilga olinadi. 8.   «Quyosh   soati   haqida   kitob»   (Kitob   ar­ruxama).Bu   risola   haqidagi   ma’lumot   Ibn Nadimning «Fixrist»ida bor. 9.   «Jo‘g‘rofiya   kitobi»   (Kitob   surati­l­ard).   Mjik   tomonidan   arab   tilidagi   matn   chop qilingan. 10.   «Yahudilar   eralari   va   bayramlari   haqida   risola»   (Risola   fi   istixroj   ta’rix   yahud   va a’yodihim). Bu risola AQSh olimi E.Kennedi tomonidan o‘rganildi. Al­Xorazmiyning bizgacha yetib kelgan 10 ta  risolasidan quydagi  3 ta katta  kashfiyot haqida aytish joizdir: 1. «Hind hisobi haqida»gi risolasida o‘nlik pozitsion sanoq tizimining oltmishlikdan ustun ekanligini   ko‘rsatgan   va   bu   asarni   lotin   tiliga   tarjimasi   orqali   o‘nli   pozitsion   sanoq   tizimi tarqalgan. 2. «Al­jabr va al­muqobala haqida qisqa kitob»ida aljabrni astronomiyaning yordamchi qismidan mustaqil fan darajasiga ko‘tardi, 6 ta chiziqli va kvadrat tenglamalarni tasniflagan. 3. Al­Xorazmiy o‘z shogirdlari bilan orasidagi masofasi 35 km. bo‘lgan Tadmor va ar­ Rakka   shaharlaridan   o‘tuvchi   Yer   sharining   10  li   meridiani   uzunligini   hozirgi   o’lchovda 111814,64 metr (XIX asrda Bessel110938 metr hisoblagan. Xorazmiy va Besselning o’lchovlari orasidagi farq 876metrga yaqin) hisoblagan.  Al­Xorazmiy 850­yilda Bag‘dodda vafot etgan.  Al­Xorazmiy asarlaridan darslarda foydalanish    Xorazmiyning «Hind hisobi haqida»gi risolasida  5­sinf matematikada natural sonlar ,raqamlar, sinflar,   martaba,   natural   sonlar   va     ular   ustida   qo’shish,   ayirish,ko’paytirish   va   bo’lish mavzularini tushuntirishda qo’l keladi. Xorazmiy hind raqamlari ya’ni o’nta raqam  0,1,2,3,4,5,6,7,8,9 dan foydalanib har qanday sonni   yozish   mumkinligini   isbotlagan   va  o’nli   sanoq   sistemasiga   asos   soldi.Uning   bu kashfiyotidan  informatika darslarida sanoq sistemalari ustida amallar bajarishda foydalanamiz. O’nli kasrlarni kim kashf etgan? XV asrda Samarqandda Mirzo Ulug’bek boshchiligida “Astronomiya maktabi” vujudga  kelgandi. 1425­1428­yillari Samarqand yaqinidagi Obi Rahmat arig’I yonidagi Ko’hak  tepaligida rasadxona qurilgan. Samarqand madrasasidagi tolibi ilmlar o’zlarining olgan  nazariy bilimlarini rasadrxonaga kelib amaliyotga qo’llaganliklari haqida ma’lumotlar  mavjud. Ulug’bek madrasasi va rasadxonasida Qozizoda Rumiy, G’iyosiddin Jamshid  Koshiy, Ali Qushchi va boshqa olimlar ishlaganlar.   G’iyosiddin Koshiy 1427­yilda matematikaga oid “Arifmetika kaliti” (“Miftohul­hisob”)  asarini yozgan. Bu kitobning 7 ta qo’lyozmasi ma’lum bo’lib, ular Berlin, London, Parij,  Sankt­Peterburg shaharlarida saqlanmoqda.   “Arifmetika kaliti” asarining ikkinchi qismida turli kasrlar: suratlari bir bo’lgan Misr  kasrlari, mahraji turli sonlarbo’lgan Bobil kasrlari, surat va mahrajlari turli sonlar bo’lgan  oddiy kasrlar, ularni yozish usullari, kasrlar ustida amallar bajarish, ularni bir ko’rinishdan  ikkinchi ko’rinishga keltirish va boshqalar bayon etilgan.   Bunda J.Koshiy mahrajlari 10,100,1000 va hokazobo’lgan kasrlarni, ya’ni o’nli kasrlarni  qaraydi, ularga ta’riflar beradi, “o’ndan”, “yuzdan”, “mingdan” va hokazo atamalarini kiritadi. Koshiy o’nli kasrlarni yozishda butun qismidan so’ng vertical chiziq chizib, so’ng  kasr qismini yozadi yoki butun qismini bir xil siyoh bilan, kasr qismini boshqa siyoh bilan  yozadi. O’nli kasrlar ustida amallar bajarish qoidalarini beradi va ularni juda ko’p misollar  bilan tushuntiradi. Shunday qilib, Koshiy o’nli kasrlar nazariyasini asoslovchi birinchi olim  hisoblanadi. Shuni ta’kidlash joizki, Yevropada o’nli kasrlar haqida birinchi asar yozgan olim Koshiy  zamonidan bir yarim asr keyin yashagan gollandiyalik Simon Stevin (1548­1620)  hisoblanadi va u Koshiyning kashfiyotidan bexabar edi. Yevropada esa S.Stevindan  fransiyalik Bonfils ilgarilab ketgani to’g’risida ma’lumotlar mavjud.   O’nli kasrlarning hozirgi ko’rinishda yozilishiga qadar butun qismidan keyin qavs ichida  (0) yozish odat bo’lgan. Masalan, 3,7 ni 3(0)7 ko’rinishda yoki vertikal chiziq bilan  ajratilgan (3??I7) yoxud turli rangli siyohda yozilgan. Butun qismidan keyin vergul ishorasini  qo’yish nemis olimi I.Kepler (1571­1630) tomonidan kiritilgan. Matematik viktorinalar. 1. Bo`lish amalini bajarmasdan 9432 sonining 36ga bo`linishini isbotlang. 2. Shunday sonni topinki 2 bo`lganda qoldiqda 1, 3ga bo`lganda qoldiqda 2, 4ga bo`lganda qoldiqda 3, 5ga bo`lganda qoldiqda 4 qolsin. 3. Matematik rebus. Izlanayotgan son uchta turli raqam A, B, C dan iborat. Uni shartli ravishda ABC deb yozamiz va C­birliklar, B­ o`nliklar, A­ yuzliklar raqamii ekanligini esimizda tutamiz.Agar:          X  ABC             ABC     +  * * * *              * * A      * * * B           * * * * * *   ekani ma'lum bo`lsa, shu sonni topish kerak.  4. Ko`paytirish amalini bajarmasdan 564*232=131848 noto`g`ri ekanligini aniqlang. 5.   Uchta   shaxmatchi   turnirda   6   partiya   o`ynashdi.   Har   bir   shaxmatchi   nechta   partiya o`ynagan?   6. a) Soat sifrblatini ikkita to`g`ri chiziq yordamida  uch bo`lakka ajratingki, natijada har bir bo`lakdagi sonlarning yig`indisi  o`zaro teng bo`lsin. b) Shu sifrblatni 6 bo`lakka shunday ajratingki, har bir bo`lakdagi ikkita sonning yig`indisi o`zaro teng bo`lsin. 7. Ketma­ket kelgan ikkita toq sonning yig`indisi 4 karrali ekanligini isbotlang. 4.   Gramm,   sekund,   minut,   millimetr,   santimetr,   detsimetr,   metr,   kilometr   terminlarini lug`oviy ma'nolari.  1   .«Gramm»   atamasi   fransuz   tilidagi  «gramme»  so‘zidan   olingan   va   o‘zbek   tilida «og‘irlikning mayda o‘lchovi» demakdir. 2. «Sekund» atamasi lotincha «secunda» so‘zidan olingan bo‘lib, ikkinchi bo‘linish, degan ma’noni beradi. 3. Minut — lotincha «minuta»  so‘zidan olingan bo‘lib, o‘zbek tilida kichik, juda kichik, birinchi bo‘lish, ma’nolarini anglatadi. 4. «Millimetr» atamasi grekcha «millemetreo» so‘zidan olingan bo‘lib, o‘zbekcha metrning mingdan bir ulushi, degan ma’noni bildiradi. 5. «Santimetr» atamasi fransuzcha «cent» va «metreo» so‘zlaridan olingan bo‘lib, o‘zbek tilida metrning yuzdan bir ulushi, ma’nosini anglatadi. 6. «Detsimetr» lotincha «decem» va grekcha «metreo» so‘zlaridan kelib chiqqan bo‘lib, metrning o‘ndan bir ulushini bildiradi. 7. «Metr» atamasi grekcha «metreo» so‘zidan olingan bo‘lib, o‘zbekcha o‘lchayman, degan ma’noni bildiradi. 8. «Kilometr» atamasi lotincha «chilio» va «metrio» so‘zlaridan olingan bo‘lib, ming metr, degan ma’noni bildiradi. 5.Rivojlantiruvchi masalalar.  1. Uchburchakni shunday bo`linki natijada 3ta to`rtburchak hosil bo`lsin. 2. 45 sonini bir necha natural sonlar yig`indisi ko`rinishda ifodalash mumkin­mi? Bunda shu sonlarning ko`payitmasi ham 45ga teng bo`lsin.  3. Beshta 3 raqami bilan 31 ni qanday yozish mumkiAbu­l­Abbos Ahmad ibn  Muhammad ibn Kasir al­Farg‘oniy Abu­l­Abbos Ahmad ibn Muhammad  ibn Kasir  al­Farg‘oniy taxminan 798­yili  hozirgi Farg‘ona viloyatining Quva shahrida tug‘ildi. U Bag‘dodda xalifa al­Ma’mun (813­833­yy.) va uning vorislari saroylarida ishladi. Bu davrda Bag‘dodda  «Donishmandlar uyi» (Bayt ul­hikma), ya’ni Fanlar Akademiyasi tuzilib, xalifalikning turli davlatlarridan yirik olimlar taklif qilingan edi. Ahmad al­Farg‘oniyni «Yulduzlar ilmi elementlari haqida kitob» (Kitab fi usul ilm an­ nujum), ikkinchi nomi «Osmon jismlari harakati va yulduzlar ilmi to‘plami» (Kitab fi harakat as­ samaviy   va   javami   ilm   an   nujum),   «Astrolyabiyani   qurish   haqida   kitob»(Kitab   fi   sana   al­ astrulab),   «Al­Farg‘oniy   jadvali»(Jadval   al­Farg‘oniy),   «Yetti   iqlimni   hisoblash»   (Xisab   al­ aqalim as­ sab’a) kabi 10 dan ortiq asarlari yetib kelgan. Ahmad al­Farg‘oniy o‘zining hayoti va ijodi bilan aniq fanlar tarixida chuqur iz qoldirdi.  Mashhur Yevropa yozuvchisi Dante o‘zining bir qator asarlarida al­Farg‘oniyni Alfraganus nomi bilan tilga oladi va uning fanga qo‘shgan hissasini e'tirof qiladi. U   Qohira   shahri   yaqinidagi   Nil   daryosida   joylashgan   Ravza   orolida   suv   sathini o‘lchaydigan nilometr asbobini takomilashtirdi, uni mukammal holga keltirdi.   Mantiqiy masala 1. Bir yilda 365 kun va 53 seshanba bo`lsa, shu yilning 1­yanvari xaftaning qaysi kuniga to`g`ri keladi? 2.Ko`paytmani oxirgi raqamini toping: 11*12*13*14*15* 16*17*18*19  3. 1dan 50gacha bo`lgan natural sonlarni yig`indisini toping. (1275) 4.  1dan   to   30gacha   sonlar   ketma­ket   yozilgan:   1234567891011121314…282930.   Shu sonning 21­o`rindagi raqamni toping. 5. 8­mart bayramiga 9ta atirgul sotib olindi. Shu gullarni ikkita ona va ikkita qizga teng qilib bo`lib berish mumkin­mi ? 6. 5ta shag`am yonib turgan edi. Ulardan 2 tasi uchirildi. Nechta shag`am qoldi? (5ta)  7. 16 litrli idishdagi suvni 6 va 10 litrli idishlar yordamida teng ikkiga bo`ling. 8. Harflar o`rniga raqamlarni topib amallarni bajaring.                          B            +  A A A A                A A  A A               A A  A A B A A  A  A   3. Rivojlantiruvchi masala                         joylashtirinki, natijada buyalgan uchburchaklar perimetri 17ga teng bo`lsin. Bo`sh aylanalar ichiga 1dan 9gacha raqamlarni shunday 4. Matematik viktorinalar 1. Agar buyumning og`irligi 89,4g. bo`lsa, u holda   shunday buyumlarning bir millioni necha tonna bo`ladi? 2. Sayoh butun yo`lning     qismini bosib o`tganda o`ylning yarimiga yana 20km qoldi. Butun o`ylning uzunligini toping. 3. Beshta yer qazuvchi 5 soatda 5 m yerni qaziydi. 100 soatda 100m yerni qancha yer qazuvchi qaziydi. 5. Agar kitobga 800 so`m va kitobning narxini   qismi to`langan. Kitob necha so`m turadi?  6. Faqat qo`shish yordamida 28 sonini beshta ikki yordamida hosil qiling.   7. Shunday kasr topinki, uning surat va mahrajiga mahrajdagi sonni qushgandan hosil bo`lgan kasr berilgan kasrdan to`rt marta katta bo`lsin? 2.Tarixiy masala. (I.Nyuton masalasi). O`zbek tilidagi tarjimasi quyidagicha: «Yordamingiz kerakki, to`qqizta daraxt ko`chatini o`nta qatorga shunday ekish zarurki, har bir qatorda uchtadan daraxt ko`chati bo`lsin. Sizdan boshqa narsa so`ramayman» 3. Matematik viktorinalar 1) Qachon bo`linuvchi va bo`linma o`zaro teng bo`ladi? 2) Uch xonali son yozing va yoniga shu soni yozing. Olti xonali son hosil bo`ladi. Hosil bo`lgan soni 7,11,13 ga ketma­ket bo`ling va natijaga asoslangan qonuniyatni aniqlang. 7,11,13 sonlarni o`zaro ko`paytmasini shaxrizod soni deb ataladi. Nega?  3) Uch xonali sonni ketma­ket ikki marta yozing va hosil bo`lgan sonni birinchi yozilgan uch xonali songa bo`ling. Natijadan qonuniyatni toping. 4) Berilgan son 73ta 1 raqamidan iborat. Berilgan son 18ga qoldiqsiz bo`linadimi? 5) Uchta ixtiyoriy natural sonlarni ularning yig`indisidan hosil bo`lgan songa bo`ling va natijani toping? 4. Bo‘lish belgisi, plyus va minus, musbat, manfiy atamalar va «+»,      «­», «×», «•», «=», «<», «>» belgilarni lug`oviy ma'nolari:  1. Bo‘lish belgisini ikki nuqta bilan belgilash nemis olimi Leybnis tomonidan XVI asrda kiritilgan. 2. «Plyus» (lotincha «plus» — ko‘proq) va «minus» (lotincha «minus» – kamroq) atamalari Fibonachaning 1202­yilida yozilgan «Ziber abasi» nomli asarida uchraydi. 3. «Musbat» va «manfiy» atamalarini birinchi bo‘lib Ali Qushchi «Hisob risolasi» (Kitobul Muhamaddiya) nomli asarida  (1425­ yilda) kiritgan. 1. «+» va «­»  belgilar XV asr oxirlarida ijod qilgan italyan va nemis olimlarini asarlarida uchraydi. 2. «×» (ko‘paytirish) belgisi ingliz olimi U.Outridning 1691­yilda yozgan asarida uchraydi. 3.  «•» (ko‘paytirish)   belgisi  nemis  matematigi   Leybnitsning  1698­yilda yozgan  asarida uchraydi, «:»(bo‘lish) belgisi esa 1684­yilda yozgan asarida uchraydi.  4. «=» belgisi ingliz olimi R.Rekordning 1557­yilda yozgan asarida uchraydi.   5. «<», «>» belgilarni 1631­yil T.Garriot tomonidan matematikaga kiritilgan.      Bizga ma’lumki, umumta’lim fanlarni o’qitishning uzluksizligi va izchilligini ta’minlash, zamonaviy metodologiyasini yaratish va davlat ta’lim standartlarini kompetensiyaviy yondashuv asosida takomillashtirish maqsadida Vazirlar mahkamasinining 2017­yil 6­apreldagi 187­ qarori qabul   qilindi.Yangi   davlat   ta’lim   standartlari   esa   kompetensiyalarga   asoslangan.  Milliy   va umummadaniy   kompetensiyada   o’quvchilarni   milliy,   umuminsoniy   va   ma’naviy qadriyatlar asosida tarbiyalashimiz kerak o’quvchilar esa zaminimizda yashab o‘tgan buyuk allomalarimizning matematikaga qo‘shgan hissalarini tasvirlab bera oladi. O’quvchilarda shakllangan kompetensiyalarni nazorat qilish maqsadida maktabda 5­sinflar o’rtasida   matematika   fanidan   “Xorazmiy   izdoshlari”   nomli   tadbir   o’tkazdim,   natijada o’quvchilar   kutubxona,   qo’shimcha   adabiyotlar   internet   manbalaridan   ma’lumotlar qidirishdi,turli xil rasm va chizmalar, bukletlar tayyorlashdi. O’quvchilar tadbirdan buyuk matematik olim Muso Al­Xorazmiy  va buyuk mutafakkir olimlar hayoti va kashfiyotlariga oid chuqur bilimga ega bo’ldilar. Matematika fanidan         “Xorazmiy izdoshlari” matematik                          bellashuv ishlanmasi.       O’yinni o’tkazish tartibi: 2 ta guruhdan 10 tadan o’quvchi                                                     tanlanadi.Ular 10 ta shart                                                           bo’yicha bellashadilar. Shartlar: 1. Тanishtirish,guruh  nomiga izoh berish.   2. Bir lahzalik savol­javob. 3. Matematik formula yozish. 4. Хo’p (topish) o’yini. 5. Har sohadan bir shingil. 6. So’zdan­so’z yasash o’yini. 7. Тafakkur durdonalari. 8. Zukkolar boshqotirmasi (krassvord ishlanadi). 9. Ko’rgazmalar tanlovi. 10.Matematik olimlar hayotidan 7 ta malumot. 1­ shart bo’yicha har bir o’quvchi o’zlarini tanishtiradi va  guruhiga nima sababdan bu nomni  tanlaganliklariga izoh beradi. 2. Bir lahzalik savol­javob guruh. Bu shartda har bir ishtirokchiga 10 tadan savol beriladi. 1­ guruh: 1. Berilgan  nuqtadan  teng  uzoqlikda  yotgan  nuqtalar  to‘plami  nima  deb  ataladi?   (Aylana). 2. Tekislikning  aylana  bilan  chegaralangan  qismi  nima  deyiladi? (Doira). 3. Doira  bilan  aylananing  farqi  nima?  (Aylana  uzunlikga  doira  yuzaga  ega). 4. Butunning  teng  bo‘laklari  nima  deb  ataladi?  (Ulushlar)  5. Ikkita  son  va  bitta  chiziq  yordamida  yoziladigan  son  qanday  son  deb  ataladi?    (Kasr  son) 6. Kasr  so‘zi  qanday  manoni  bildiradi? (Bo‘lak)     7. Bir sutkaning 8 dan 3 qismi necha soat?(9 soat).     8. Kubning necha qirrasi bor? (12 ta).  9. Nomalum  qatnashgan  tenglik  nima  deb  ataladi?  (tenglama) 10. Faqat  sonlardan  tuzilib  amal  ishoralari,  qavslar  bilan  birlashtirilgan  yozuv  …  deyiladi.   (sonli ifoda) 2­guruh: 1. Hajm o’lchov birliklarini ayting. 2. O’nli kasr deb nimaga aytiladi?(Mahraji 10 ning darajalaridan iborat kasr) 3.Vatar nima? 4. Тenglamaning ildizi nima? (Тenglamaning to’g’ri tenglikka aylantiruvchi son). 5. Bir oilada 6 ta qiz bor, ularning har birini 1 tadan akasi bor. Oilada hamasi bo’lib nechta  farzand bor? (7 ta). 6. Yilning 6 dan 5 qismi necha oy? (10 oy) 7. Aylana bilan doiraning farqi nima? (Doiraning yuzi bor, aylananing uzunligi).  8. To‘g‘ri  to‘rtburchakning  hamma  tomonlari  uzunliklarning  yig‘indisi  uning  …  deyiladi.   (perimetri) 9. 103   nechaga teng?   (1000). 10. Eng sodda geometrik shakl nima? (Nuqta). 3­shart. Matematik formula yozish.    Bunda har bir komandadan bittadan o’quvchi chiqadi va 1 minut ichida qaysi guruh  ishtirokchisi ko’p formula yoza olishi aniqlanadi. 4­shart: Хo’p o’yini.     Bunda guruhlardan 2 tadan ishtirokchi  chiqib, sonlarni tartib bilan aytadilar va 3 karrali soni  o’rniga “xo’p” deyiladi. Agar komandalardan bir ishtirokchi chiqsa, 3 karrali bo’lgan son  o’rniga “Хo’p” deyiladi. Agar 100 gacha yetib borsalar g’olib hisoblanadi. 5­shart: Har sohadan bir shingil.   Guruh ishtirokchilariga 10 ta turli sohaga oid savollar beriladi. 1­guruhga: 1. Bor ajoyib qadrdonim.     Shirin so’zli, bilim konim,      Yoshlikni ko’zlaydi u,     Qo’lga olsam so’zlaydi u (Kitob) 2. Qaysi songa 10 ni qo’shgach, 10 ga bo’lsak 9 chiqadi. (80) 3. Qirg’oq bilan suv o’rtasida nima bor? (bilan bog’lanuvchisi) 4. Odamda nima bo’lmasa, nimali bo’lmasa, nima qilmasa yasholmaydi? (Hunari, ilmi  bo’lmasa, mehnat qilmasa) 5. Beshta cho’pning nechta uchi bor, besh yarimtasinichi? (10 ta va 12 ta) 6. Тim qora kichkina xol,     Тo’xtatar yo’lda darxol (Nuqta) 7. “Тopishmoq” so’zini qanday o’qish mumkin? (Chapdan o’ngga qarab) 8.20 dan 88 ni ayirsa 22 qoladi. Buni qanday tushunish mumkin? (20 ni rim arqami bilan yozish  kerak). 9. Axmoq qachon oqil bo’lur? (So’zlamasa) 10. Olaqarg’a o’zini ”Men qushman” deb ayta oladimi? (Ayta olmaydi, chunki gapira olmaydi). II–guruh savollari: 1. Dengiz ostida qanday tosh bo’lmaydi? (Quruq tosh). 2. Qaysi vaqtda soatga qarab bo’lmaydi? (Uxlaganda). 3. Uchta traktorchining Axmad isimli akasi bor. Lekin Axmad akaning akalari yo’q. Bu qanday  bo’ladi? (Тraktorchilar ayollar. Axmad akaning singillari). 4.  Qachon 4 ni ko’rib yigirma deysiz? (Soatda). 5. Sen u,  men u, u, biz, Nechta bo’ldik hammamiz? (Uchta). 6. O’ndan o’nni ayirsak o’n qoladi. Buni tushuntiring. (Qo’ldan qo’l qopni yeching). 7. Yomg’ir yog’ib turganda qarg’a qanday daraxtga qo’nadi? (Ho’l daraxtga qo’nadi). 8. “K” harfidan boshlanur     “K” bilan bo’lur tamom.     Ba’zan “o’qish oynasi     Deyishar bu nima? (Kundalik). 9. “Kes” so’zi o’rniga qaysi sonni ishlatish mumkin: (40­sonini). 10. Kecha “ertaga” ertaga “Kecha” bo’ladigan  kun qaysi? (Bugun).                                         So’zdan­so’z yasash o’yini. 6­shart:    XORAZMIY   IZDOSHLARI   iborasidan  so’zlar hosil qilish. Eng ko’p so’z tuzgan guruh   g’olib bo’ladilar. 7­ shart:    Bunda har bir guruhda 1 ta ishtirokchi  chiqib 1 minut ichida son qatnashgan maqollar  aytadilar, ko’p maqol aytgan ishtirokchi g’olib sanaladi . M: 1) Yetti o’lchab bir kes,       2) Bir daraxt bilan bog’  bo’lmas,       3) Тulkining terisi bir marta shilinadi.        4) Bir kishi ariq qaziydi , ming kishi suv ichadi.       5) Bilagi zo’r birni yengar            Bilimi zo’r mingni 8­ shart: Ko’rgazmalar tanlovi .       Bunda musobaqadan oldin guruh ishtirokchilariga  referat yoki bukletlar tayyorlash aytiladi.  Musobaqa  kuni baholanadi. 9­ shart Matematik olimlar hayotidan 7 ta ma’lumot berish kerak . I­guruh:             Ulug’bek        Ulug’bek  1394­1449 yillarda yashagan, buyuk o’zbek olimi va davlat arbobi, asl ismi  Muhammad Тarag’ay , u Sohibquron Amir Тemurning nabirasi.       Ulug’bek taxminan 1425­ 1428 yillarda Samarqand yaqinidagi Obi Rahmat tepaligiga  o’zining rasadxonasirni  quradi. Rasadxonaning binosi 3 qavatli bo’lib, uning asosiy  asbob    kvadratining balandligi 50 metr edi.      Ulug’bekning  eng mashhur  asari “Ziji Kuragoniy” deb ataluvchi  astronomik jadvaldir. U  1018 ta yuldizni o’z ichiga olgan.  Ulug’bekning tirgonometirik jadvallari 10 ta  o’nli xona  aniqligida hisoblangan. Zijda Ulug’bek 1 gradusning sinusini hisoblash uchun alohida risola  yozganligi qayd qilindi.                             II­guruh:     Хorazmiy.       Al­Хorazmiyning “Al ­jabr” nomli kitobi Yevropada “Algebra” deb atalgan. U Xorazimda  tug’ilgan. Riyoziyot  va tabiat ilmlarini chuqur egallgan. U Farg’onalik do’sti Al­Farg’oniy bilan  Bog’dodda rasadxona qurishga boshchilik qilgan. Ular birgalikda yer kurrasining aylana  uzunligini aniqlaganlar. Хorazmiy “Sur’at al arz” nomli kitobida Afrika, Osiyo va Yevropa  qit’alarini aniq tavsiflaganlar. Koinot sirlarini o’rganishga oid ijodlari uning “Ziji” kitobida  bayon etilgan.       Хorazmiy Bog’dodda vafot etgan. 10 –shart:     Krassvord har bir guruh ishtirokchisiga beriladi. (Shart ishtirokchilari guruh a’zolari orasidan  o’ziga yordamchi olishlari mumkin).   BOSHQOTIRMA 2 3 1 4 7 8 A L X O 5 R A Z M I Y 1 0 BOSHQOTIRMA SAVOLLARI 1.Aylananing  ixtiyoriy  ikki nuqtasini tutashtiruvchi kesma.  2.Raqamlardan biri. 3. Kasr chizig`ining ostidagi son.  4. Tekislikning  aylana bilan chegaralangan qismi. 5. Markazdan aylanagacha bo’lgan masofa. 6. Noma’lum son qatnashgan tenglik. 7. Tenglamani to`g`ri tenglikka aylantiradigan son.  8. Ikki tomondan chegaralangan chiziq.  9. Buyuk matematik olimlardan biri. 10. Berilgan nuqtadan bir xil uzoqlikdagi nuqtalar to`plami Tadbir yakunida   g’olib guruhlar taqdirlanadilar.  O’quvchilar quyidagi she’r orqali tadbirni tugatadilar. Xorazmiy   asos   solgan  fan, Dunyo   ahli   olgan   ekan  tan Shug’ullanib   hech  bo’lmadim   kam Sevgan   fanim   matematikam.     Xulosa o’rnida shuni aytish kerakki, har bir o’qituvchi o’z vazifasini vijdonan bajarsa, yosh avlodga bor bilimi va mahorati bilan vaqtini , umrini ayamasdan ta’lim­tarbiya bersa, o’ylamanki yaxshi   natijalarga   erishamiz.   Mamlakatimiz   ham   yanada   taraqqiy   etadi.     Zero,   birinchi Prezidentimiz   I.Karimov shunday degan edilar: “Farzandlarimiz bizdan ko’ra kuchli, aqlli va albatta baxtli bo’lishlari shart. ” Foydalanilgan adabiyotlar 1. I.A.Karimov . “Barkamol avlod­ O’zbekiston taraqqiyotining poydevori” Toshkent   Sharq  nashriyoti  1997 2. R. Drayver. “Nega matematika”. Toshkent, “Fan ” nashriyoti. 3. D. A. Mavashev. “ Matematikadan to`garak mashg`ulotlari”.      Toshkent, “O`qituvchi”  nashriyoti  4. S. A. Ahmedov. “O`rta Osiyoda matematika o`qitish tarixidan”.      Toshkent, “O`qituvchi ” nashriyoti. 5.  Internet  manbalari Karimova  Dildora  Zamonovna  1988­yil  24­avgustda Navoiy  viloyati  Navbahor  tumanida  tug’ilgan. 2009­yil  Navoiy  Davlat Pedagogika Institutining  fizika­matematika  fakulteti, matematika­informatika yo’nalishini tugatgan.Ma’lumoti oliy.2009­yildan buyon 17­ maktabda  matematika va informatika o’qituvchisi sifatida faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Pedagogik faoliyati    9 yil

Metodik tavsiya

Metodik tavsiya

Metodik tavsiya

Metodik tavsiya

Metodik tavsiya

Metodik tavsiya

Metodik tavsiya

Metodik tavsiya

Metodik tavsiya

Metodik tavsiya

Metodik tavsiya

Metodik tavsiya

Metodik tavsiya

Metodik tavsiya

Metodik tavsiya

Metodik tavsiya

Metodik tavsiya

Metodik tavsiya

Metodik tavsiya

Metodik tavsiya

Metodik tavsiya

Metodik tavsiya

Metodik tavsiya

Metodik tavsiya

Metodik tavsiya

Metodik tavsiya

Metodik tavsiya

Metodik tavsiya

Metodik tavsiya

Metodik tavsiya

Metodik tavsiya

Metodik tavsiya

Metodik tavsiya

Metodik tavsiya

Metodik tavsiya

Metodik tavsiya

Metodik tavsiya

Metodik tavsiya

Metodik tavsiya

Metodik tavsiya

Metodik tavsiya

Metodik tavsiya

Metodik tavsiya

Metodik tavsiya

Metodik tavsiya

Metodik tavsiya

Metodik tavsiya

Metodik tavsiya

Metodik tavsiya

Metodik tavsiya

Metodik tavsiya

Metodik tavsiya

Metodik tavsiya

Metodik tavsiya

Metodik tavsiya

Metodik tavsiya

Metodik tavsiya

Metodik tavsiya

Metodik tavsiya

Metodik tavsiya

Metodik tavsiya

Metodik tavsiya

Metodik tavsiya

Metodik tavsiya

Metodik tavsiya

Metodik tavsiya

Metodik tavsiya

Metodik tavsiya

Metodik tavsiya

Metodik tavsiya

Metodik tavsiya

Metodik tavsiya

Metodik tavsiya

Metodik tavsiya

Metodik tavsiya

Metodik tavsiya

Metodik tavsiya

Metodik tavsiya
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
21.12.2018