MILLIY SOZLARNING TARIXIY TARAQQIYOTI VA TA’LIM-TARBIYADAGI ROLI
Оценка 5

MILLIY SOZLARNING TARIXIY TARAQQIYOTI VA TA’LIM-TARBIYADAGI ROLI

Оценка 5
pdf
03.07.2021
MILLIY SOZLARNING TARIXIY TARAQQIYOTI VA TA’LIM-TARBIYADAGI ROLI
Davron ROʻZIYEV.pdf

PEDAGOGIK ISSN 2181-6833 MAHORAT


                                                                                          1 (77) 2021                                       PEDAGOGIK MAHORAT

 

 

ISSN 2181-6883

 

 

 

 

 

 

 

 

 

PEDAGOGIK MAHORAT

 

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal

 

1-son (2021-yil, fevral)

 

 

 

 

 

 

 

Jurnal 2001-yildan chiqa boshlagan

 

 

 

 

 

 

Buxoro – 2021

 

        

 

                                                                                                                    1

         PEDAGOGIK MAHORAT                          1 (77) 2021

PEDAGOGIK MAHORAT

 

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal  

2021, № 1

 

 Jurnal Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi OAK Rayosatining 2016-yil 29-dekabrdagi qarori bilan   pedagogika va psixologiya fanlari boʻyicha dissertatsiya ishlari natijalari yuzasidan  ilmiy maqolalar  chop etilishi lozim boʻlgan zaruruiynashrlar roʻyxatiga kiritilgan. 

 

Jurnal  2001-yilda tashkil etilgan.

 

Jurnal 1 yilda 6 marta chiqadi. 

 

Jurnal Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi Buxoro viloyat matbuot va axborot boshqarmasi  tomonidan 

2016-yil 22-fevral № 05-072-sonli guvohnoma bilan roʻyxatga olingan. 

 

Muassis:  Buxoro davlat universiteti 

Tahririyat manzili:  Oʻzbekiston Respublikasi,Buxoro shahri Muhammad Iqbol koʻchasi, 11-uy  Elektron manzil: [email protected]

TAHRIR HAY’ATI:

Bosh muharrir: Adizov Baxtiyor Rahmonovich– pedagogika fanlari doktori, professor

Bosh muharrir oʻrinbosari: Navroʻz-zoda Baxtiyor Nigmatovich – iqtisodiyot fanlari doktori, professor Mas’ul kotib: Hamroyev Alijon Roʻziqulovich – pedagogika fanlari doktori, dotsent 

 

Xamidov Obidjon Xafizovich,  iqtisodiyot  fanlari doktori 

Begimqulov Uzoqboy Shoyimqulovich, pedagogika fanlari doktori, professor 

Mahmudov Mels Hasanovich, pedagogika fanlari doktori, professor 

Ibragimov Xolboy Ibragimovich, pedagogika fanlari doktori, professor 

Yanakiyeva Yelka Kirilova, pedagogika fanlari doktori, professor (N. Rilski nomidagi Janubiy-Gʻarbiy Universitet, Bolgariya) 

Qahhorov Siddiq Qahhorovich, pedagogika fanlari doktori, professor 

Mahmudova Muyassar, pedagogika fanlari doktori, professor

Barotov Sharif  Ramazonovich, psixologiya fanlari doktori, professor 

Jabborov Azim Meyliqulovich, psixologiya fanlari doktori, professor 

Kozlov Vladimir Vasilyevich, psixologiya fanlari doktori, professor (Yaroslavl davlat universiteti, Rossiya)

Morogin Vladimir  Grigoryevich, psixologiya fanlari doktori, professor (Xakassiya davlat universiteti, Rossiya)

Belobrikina Olga Alfonsasovna, psixologiya fanlari nomzodi,professor (Novosibirsk davlat pedagogika universiteti,

Rossiya)

Chudakova Vera Petrovna, psixologiya fanlari nomzodi (Ukraina pedagogika fanlari milliy akademiyasi, Ukraina)

Tadjixodjayev Zokirxoʻja Abdusattorovich, texnika fanlari doktori, professor 

Amonov Muxtor Raxmatovich, texnika fanlari doktori, professor 

Oʻrayeva Darmonoy Saidjonovna, filologiya fanlari doktori, professor 

Axmedova Shoira Neʻmatovna, filologiya fanlari doktori, professor 

Durdiyev Durdimurod Qalandarovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor

Hayitov Shodmon Axmadovich, tarix fanlari doktori, professor 

Toʻrayev Halim Hojiyevich, tarix fanlari doktori, professor 

Mirzayev Shavkat Mustaqimovich, texnika fanlari doktori, professor 

Mahmudov Nosir Mahmudovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor

Boʻtaboyev Muhammadjon Toʻychiyevich, iqtisod fanlari doktori, professor

Boʻriyev Sulaymon Boʻriyevich, biologiya fanlari doktori, professor

Olimov Shirinboy Sharopovich, pedagogika fanlari doktori, professor

Qiyamov Nishon Sodiqovich, pedagogika fanlari doktori, professor 

Qahhorov Otabek Siddiqovich, iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent Qosimov Fayzullo Muhammedovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent

Bafayev Muhiddin Muxammatovich, psixologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD)

Jumayev Ulugʻbek Sattorovich, psixologiya  fanlari nomzodi, dotsent

Umarov Baxshullo Joʻrayevich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent

Inoyatov Abdullo Shodiyevich,  pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent

                                                                                                                    2

 

Гулноза СОБИРОВА. Инглиз тилини ўқитишда талабаларда нутқ фаолияти турларини таълимий

методлар асосида ривожлантириш ........................................................................................................... 145

ANIQ VA TABIIY FANLARNI OʻQITISH .................................................................................... 150

Шаҳло МЕРАЖОВА, Ҳилола ЭЛМУРАДОВА, Дилноза АЗИМОВА. Чегаравий шартлар бир жинсли

ва бир жинсли бўлмаган параболик типдаги тенглама учун биринчи аралаш масалани ечиш ........... 150 Ахат АХМЕДОВ. Развитие экспериментальной компетентности учителя физики на лабораторных

занятиях ...................................................................................................................................................... 157

Набия ТУРАЕВА, Жахонгир ТУРАЕВ. Методические рекомендации по обучению будущих учителей

математики конструированию и анализу урока ....................................................................................... 160

Gʻolib JUMAQULOV. Oʻquvchilar intellektual sifatlarini tarbiyalash texnologiyalari ............................... 163 Nazokat SAYIDOVA, Ilhom JURAYEV. Make beautiful control buttons for a website in coreldraw vector

program ........................................................................................................................................................ 166

Мўмин ҚОДИРОВ, Эркин ВОХИДОВ. Умумтаълим мактаблари ва академик лицейларда физика

фанини масофавий таълим асосида ўқитиш масалалари хусусида ........................................................ 173

Дилноз РЎЗИЕВА. Олий таълимда физика ўқитишни тизимли ёндашув усулида ташкил қилиш ..... 178 Ҳамидахон ҚОДИРОВА. Умумий ўрта таълим физикасида “оптика” бўлимининг мазмун ва   

моҳияти ....................................................................................................................................................... 182

Eliboy XUDOYBERDIYEV, Sevara HAMROYEVA. Yulduzlar evolutsiyasini kvant tasavvurlar nazariyasi

asosida oʻqitish metodikasi........................................................................................................................... 186

Mehrinigor RAUPOVA. Boʻlajak biologiya oʻqituvchisi kvazi-professional faoliyatini loyihalash usullari 189

Gulbahor AKBAROVA, Charos AMINJONOVA. Problems and methods of teaching the subject    

“biology” ...................................................................................................................................................... 193

Хасан АВЕЗОВ, Бахтиёр ГАНИЕВ, Акобир ИЛХОМОВ, Гуляйра ХОЛИКОВА. Повышение

эффективности учебной деятельности студентов при изучении биоорганической химии в

дистанционном формате ............................................................................................................................ 197

Ekhtiyor ATOEV, Gulnoz GAFUROVA. Information files for didactic chemistry testing ......................... 200

IQTISODIYOT VA TURIZM ........................................................................................................... 203

Bobir ZOKIROV, О.Р.РАШИДОВ. Oʻzbekiston va Xitoy Xalq Respublikasi oʻrtasidagi diplomatik

munosabatlarning yangi bosqichi ................................................................................................................. 203 TASVIRIY SAN’AT VA MUSIQA TA’LIMI .................................................................................. 206

Қорёғди ЖУМАЕВ, Муҳиба Сулаймонова. Алишер Навоий ва ўзбек мўъжаз рангтасвир санъати

уйғониш даври ............................................................................................................................................ 206

Вилоят ТЎХСАНОВА, Наргиза РАФИЕВА. Амалий санъат асаларини таъмирлашда ашёлар

технологияси .............................................................................................................................................. 209

Олим КАРИМОВ. Мусиқа дарслари орқали ўқувчи ёшларда онг, миллий тафаккурни шакллантириш

воситалари .................................................................................................................................................. 213

Davron ROʻZIYEV. Milliy sozlarning tarixiy taraqqiyoti va ta’lim-tarbiyadagi roli ................................... 219

Саноқул ДЎСТОВ. Ўзбек миллий мусиқа созларининг пайдо бўлиш тарихи ...................................... 227 Рустам РАХИМОВ. Формирование музыкальных интересов и способностей и их выявление в    

семье ............................................................................................................................................................ 232

JISMONIY MADANIYAT VA SPORT ........................................................................................... 235

Нодиржон КАМБАРОВ. Шарқ яккакурашларида баркамол шахс тарбиясининг устувор  

йўналишлари .............................................................................................................................................. 235

Хусен САФОЕВ. Военно-патриотическое воспитание школьников как педагогическая проблема ... 240

Шерзод АБДУРАХМАНОВ. Военно-патриотическое воспитание молодежи в современных   

условиях ...................................................................................................................................................... 244

Муҳсин ОЛИМОВ. Ўрта масофага югурувчиларнинг мусобақа олди тайёргарлик машғулотларини

режалаштириш ........................................................................................................................................... 248

Низом ТЎХТАБОЕВ. Болалар ва ўсмирлар спорт мактабларида шуғулланувчи ёш қиз болаларнинг

жисмоний тайёргарлиги динамикаси ........................................................................................................ 254

Раҳим ШУКУРОВ. Талаба – ёшларда соғлом турмуш маданиятини ривожлантириш, жисмоний

тарбия ва спорт муҳим восита сифатида .................................................................................................. 258

“Педагогик маҳорат” журнали учун мақолаларни расмийлаштириш талаблари .................................. 261

 

 

 

 

                                                                                                                    6


Davron ROʻZIYEV

Buxoro davlat universiteti musiqa ta’limi kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi

 

MILLIY SOZLARNING TARIXIY TARAQQIYOTI VA TA’LIM-TARBIYADAGI ROLI

 

Maqolada oʻzbek xalq cholgʻu asboblarining tarixiy taraqqiyoti va ta’lim-tarbiyadagi roli, musiqa ijrochiligi yoʻliga mos ijro shakllarini yuzaga keltirish gʻoyalari haqidagi ma’lumotlar bayon etilgan.

Kalit soʻzlar: musiqa ijrochiligi, cholgʻu asboblari, xromatik tovush qatori, diapazon, tovush xususiyatlari, ijro etish texnikasi, nota tizimida oʻqitish, ansambl, orkestr, musiqa maktabi.

 Cтатья посвящена истории узбекских народных инструментов и их  воспитательной  роли, формирование формы музыкального  исполнения. 

Ключевые слова: музыкальное исполнение, музыкальные инструменты, хроматические звукоряды, диапазон, специфика звуков, исполнительская техника, система нотного обучение, ансамбль, оркестр, музыкальная школа. 

The article is devoted to the history of Uzbek folk instruments and their educational role, the formation of the form of musical performance. 

Key words: musical performance, musical instruments, chromatic sound orders, range, specificity of sounds, performing technique, musical notation system, ensemble, orchestra, music school.

 

Kirish. Mamlakat maktablarida oʻquvchilarga estetik tarbiya berishning asosiy yoʻnalishlarini shakllantirish va rivojlantirish boʻyicha qisqacha tarixiy reja zarurati davlatning fundamental, metodologik koʻrsatmalarida oʻz ifodasini topgan. Xalq ta’limi taraqqiyotining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi uygʻun birligi (kompleksi)ning asosiy tarkibiy qismlaridan biri hisoblangan ijtimoiy hayot muammolarini ilmiy hal etish uchun asosiy, tarixiy aloqani unutmasligimiz kerak.

Ma’lumki, oʻzbek musiqasining oʻziga xos xususiyati shundan iborat ediki, XX asrning dastlabki 20yilligigacha u faqat ogʻzaki an’analar musiqasi sifatida rivojlanib borgan, bu jihatni oʻzbek musiqa san’atida nota yozuvini bilmaslik va oʻz navbatida polifonik(koʻp ovozli) musiqaning xalqaro miqyosda boyitish va rivojlanishiga xalaqit berganligi bilan izohlash mumkin. 1920-yillardan boshlab odamlarning, shu jumladan oʻzbek xalqining, ma’naviy rivojlanishida yangi davr boshlanganligi tarixdan ma’lum. Bu davrga kelib oʻzbek musiqasi sobiq Ittifoqning qardosh xalqlari musiqasi bilan keng hamkorlik yoʻliga kirdi. Xalq ta’limi organlari, xususan, musiqa va pedagogik jamoatchilik oldida bir qator muhim vazifalar, ya’ni yosh avlodini musiqa madaniyati xazinasi bilan tanishtirish, shu bilan maktabda va maktabdan tashqari muassasalarda musiqa boʻyicha ta’lim va tarbiya berish, jamiyatda yangi odamni tarbiyalashning samarali vositalarini joriy etish ishlariga alohida e’tibor beriladi. Oʻsha davrda mamlakat markazida, keyin esa chetida musiqiy mustaqillikning keng harakati rivojlandi, bu ommaning musiqiy madaniyati uchun katta ahamiyatga ega edi.

Hamma joyda musiqa va xor toʻgaraklari tashkil etilib, xalq musiqa maktablari, xalq konservatoriyalari, bolalar va kattalar uchun barcha turdagi musiqa kurslari ochiladi. 1919-yilda Toshkent shahrining ishchilar tumanida musiqa maktabi, Turkiston Xalq konservatoriyasining filiali – “Temir yoʻl vokzali konservatoriyasi” nomi ostida tashkil etildi. 1919-yil 26-martida shaharning eski qismi hududida bolalar uchun musiqa maktabi ochiladi va u yerda oʻzbek xalq cholgʻu asboblarini chalish oʻrgatiladi. V.A.Uspenskiy va N.N.Mironov (musiqa nazariyasi), V.A.Karelin, shuningdek, oʻzbek musiqasining chinakam ixlosmandlari - Shorahim Shoumarov, Abdusoat Vaxobov va boshqalar bu yerga oʻqituvchi sifatida taklif etilgan. Ushbu maktablarda oʻquvchilar musiqa nazariyasi va va musiqiy savodxonlik elementini oʻrgana boshlaydilar. 

Asosiy qism. Buxoroda “Sharq musiqa maktabi”(1920-1921) deb nomlangan birinchi musiqa

maktabining ochilishi (5 yillik oʻqish bilan), amaliy faoliyatining aniq dalillaridan biri boʻlib, u mehnatkash yoshlarning iste’dod va qobiliyatlarini aniqlash, rivojlantirishga qaratilgan.  

Buxoro Xalq Respublikasi Xalq ta’limi Naziratining 1921-yil 15-iyundagi qarori (17-sonli bayonnoma) bilan Buxoro shahrida musiqa maktabini tashkil etishga qaror qilingan boʻlib, maktab oʻquvchilariga qishgi va yozgi formalar (kiyim bosh) taqdim etilgan. 63 kishidan iborat Buxoro musiqa maktabi 1921-yil 11-sentabrda oʻz faoliyatini boshlaydi. Bu Buxoroning mehnatkash xalqining madaniy hayotida katta tarixiy ahamiyatga ega boʻlgan voqea edi. Maktabning birinchi oʻqituvchilari yoshlarga ta’lim berish uchun oʻzlarining barcha qobiliyatlari va bilimlarini berganlar. Maktabning birinchi oʻqituvchilari mashhur iste’dodli xalq musiqachilari: Ota Gies Abdugʻani, Akamulloy Toirjon, Gʻulomi Garmon, Otajalol

Nosirov, Domla Halim Ibodov, Ma’rufjon Toshpoʻlatov, Levi Boboxanov, Xoji Abduraxmon boʻlgan. Ular musiqa sohasidagi faoliyatini Buxoro amirligi davrida boshlagan boʻlsalarda, yangi musiqa maktablarining ochilishi ularga butun kuch, bilim va koʻnikmalarni yangi, musiqa madaniyatiga xizmat qilishga bagʻishlash imkoniyati berilgan. Ular turli cholgʻu asboblarida yoshlarga ta’lim berish bilan bir qatorda, pedagogik ishlarni ham olib borishgan. Muxtor Ashrafiy (dutor), Ayub Qodirov (nay), Shohnazar Sohibov, Olumjon Halimov, Yakub Davidov (tanbur) kabi oʻquvchilar dastlabki musiqa savodi va cholgʻu ijrochiligi sohasidagi bilimlarni olgan. Buxoro musiqa maktabi vokal va xalq cholgʻular kabi ikkita boʻlimdan iborat boʻlib, mavjud imkoniyatlardan kelib chiqqan holda dastlab oʻquvchilarga oʻzbek xalq cholgʻularini chalishni va maqom qoʻshiqlarni an’anaviy tarzda, ya’ni slux (eshitish qobiliyati) asosida bir ovozli ijro yoʻli bilan kuylashga oʻrgatilgan. Oʻqituvchilar oʻquvchilarga ijro uslublarini, cholgʻularni qanday sozlashni tushuntirganlar va bu borada turli mashqlarni ijro etish ustida ham ishlar amalga oshirilgan. Musiqa asbobida dastlabki chalish texnikasini oʻrganib, oʻzlashtirib olinganidan keyin, ular oʻsha yillarda asosiy musiqiy va pedagogik qoʻllanma boʻlgan Buxoro Shashmaqomi cholgʻu boʻlimini oʻrganishga kirishganlar. Albatta, boshqa xalq qoʻshiqlari va cholgʻu asarlari ham oʻrgatilgan.

“Sharq musiqa maktabi” bilan bir qatorda “Namuna” musiqa maktabi ham faoliyat yuritadi va bu maktab tez orada “Al-Forobiy xalq konservatoriyasi” nomi bilan xalq orasida keng taniladi. “Al-Forobiy xalq konservatoriyasi”ning ochilishi yilida 76 oʻquvchi qabul qilingan. Dastlab maktabda ikkita boʻlim - torli va damli asboblar mavjud boʻlgan. 11 yildan soʻng esa pianino va vokal boʻlimlari ham ochiladi. E’toborli tomonlaridan biri shunda ediki, “Al-Forobiy xalq konservatoriyasi”ga bir vaqtning oʻzida ham kattalar, ham bolalar qabul qilingan. Ularning aksariyati musiqiy tayyorgarlikka ega boʻlmasada, lekin eshitish qobiliyati, ritmi va xotirasi yaxshi boʻlgan har kim u yerga kirib oʻqishi mumkin edi. Har yili musiqa maktabi oʻquvchilariga yanada qiyin vazifalar yuklana boshlangan. Musiqa maktabi nafaqat oʻquv-uslubiy markaz sifatida faoliyat yuritgan, balki shaharning kontsert hayotining markaziga ham aylangan. Maktab hayotida ajoyib tashkilotchi, tashabbuskor va jonboz musiqachi, folklorshunos V.V.Uspenskiyning oʻqituvchilik faoliyati katta rol oʻynagan. U musiqa ta’limi sohasiga musiqa savodi kursini joriy etdi va shu bilan bir qatorda, nafaqat oʻzbek, balki boshqa xalq musiqa san’atini oʻrganishga da’vat qiladi.

1920-yildan e’tiboran Xorazmda ham xalq ommasini musiqiy madaniyat bilan tanishtirishga katta e’tibor berilgan. Oʻsha davrlarda kattalar uchun ham, bolalar uchun ham koʻplab milliy havaskorlik musiqa toʻgaraklari paydo boʻladi. 1923-yilda Xiva shahrida musiqa maktabini tashkil etilishi va unda bolalar oʻzbek xalq cholgʻu asboblarini chalishni oʻrganishlari, musiqa ta’limida va bolalarni estetik tarbiyasida muhim rol oʻynadi. Mintaqadagi boshqa musiqa maktablarida boʻlgani kabi Xiva shahridagi musiqa maktabi oʻquvchilariga dars berish ham ogʻzaki an’analarga asoslangan edi [1]. 

Matyoqub Xarratov va uning oʻgʻli – iste’dodli kompozitor, turli xil xalq cholgʻulari ijrochisi - Matyusuf Xarratov Xiva musiqa maktabida oʻqituvchilik ishlariga katta e’tibor beradi. Birinchi navbatda, ular yoshlarning ijrochilik faoliyatini rivojlantiradi, yangi ijro texnikasi va ifoda vositalar bilan boyitadi.

Shuni ta’kidlash kerakki, oʻsha davrdagi barcha musiqa maktablarida oʻqitishning xususiyati va usullari darslarning individual shaklida emas, balki guruh shaklida oʻqitilishida boʻlgan. “Xalq ta’limi” jurnali maqolalarining birida “Ijro etish usullari toʻgʻrisida ..., ijrochining qoʻllari va barmoqlarining harakati va qanday chalishi yoki joʻrnavozlikda qoʻshiq kuylashi haqidagi barcha bilimlarni rahbar ma’ruza sifatida hisobotini ma’lum qilishi kerak” deb ta’kidlangan.

1920-30-yillarda kadrlar masalasi juda keskin boʻlgan. Musiqa maktablaridagi oʻqituvchilarning aksariyati maxsus musiqiy ma’lumotga ega boʻlmaganlar, koʻpincha ular oʻzlarining usullari boʻyicha dars berishgan. Musiqiy fanlarni oʻqitishning yagona metodologiyasi, xalq cholgʻu asboblarining barqaror dasturlari mavjud boʻlmagan. Koʻpgina maktablarda mashgʻulotlar rasmiy ravishda olib borilgan, faqat musiqa asboblarini sluxda chalish boʻyicha texnik koʻnikmalar rivojlantirilgan. Boz ustiga, musiqiy asboblar yetarli boʻlmagan, bunga asosiy sabab moddiy bazaning, shuningdek, milliy xususiyatlarga ega boʻlgan dasturlarning yoʻqligi edi. Ushbu muammolarni hal qilish uchun birinchi navbatda oʻqituvchilarni tayyorlashga jiddiy e’tibor berish kerak edi. Shu maqsadda 1918-yil iyul oyida Markaziy Osiyoda birinchi musiqiy oʻquv muassasasi - Turkiston xalq konservatoriyasi ochiladi, u tashkil topganidan uch oy oʻtgach, musiqiy-pedagogik ta’lim muassasasi sifatida ish boshladi. Tabiiyki, Turkiston xalq konservatoriyasi musiqiy madaniyatni rivojlantirish uchun butun oʻlkani kadrlar bilan toʻliq ta’minlay olmagan. Shuning uchun ham musiqiy ta’lim-tarbiyani izchil tashkil etishning eng samarali usullarini izlash kerak edi.

1921-yil oxirida san’at va kasb-hunar ta’limi boʻyicha birinchi Butunrossiya anjumanlari, butun mamlakatda musiqa maktablarining mavjud boʻlishi uchun yangi shartlar toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi. Ushbu qaror asosida 1922-yil Toshkentda va respublikaning boshqa shaharlarida, asosan xalq konservatoriyasi negizida, musiqa texnikumlari tashkil etilgan. Musiqa texnikumlariga san’atning turli sohalarida oʻqituvchilar va musiqa hamda mehnat maktablari oʻqituvchilariga maslahat beruvchi mutaxassislarni va ijrochilarni tayyorlash vazifasi yuklatildi. Ta’kidlash joizki, texnikumlarda orkestr boʻlimlari mavjud boʻlib, ular musiqa maktablarida oʻquv-tarbiyaviy ishlarini yanada takomillashtirishga yordam bergan.

Oʻsha yillardagi musiqiy ta’lim va tarbiya sohasidagi davlat siyosati musiqiy ijrochilik san’atining, shu jumladan, bolalarni oʻzbek xalq cholgʻu asboblarida tez sur’atlarda chalishga oʻrgatish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan edi. Oʻzbek musiqa tarixi kitobida: “Vazifa shundan iboratki, xalq an’analarini saqlab qolish bilan bir qatorda, koʻp ovozli orkestrning yangi ijro an’analarini yaratish va rivojlantirish orqali zamonaviy davrdagi san’atni targʻib qilish” kerakli haqida yozilgan. Biroq, yuqorida aytib oʻtilganidek, musiqa maktablarida oʻqitiladigan fanlardan dars beruvchi, ya’ni xalq orasidan yetishib chiqqan musiqachilar milliy musiqani yaxshi bilgan boʻlsada, ammo musiqiy-nazariy tayyorgarlikka ega boʻlmagan. Bu koʻp ovozli ansambllar va orkestrlarni yaratishga toʻsqinlik qilgan. Faqat 30-yillarga kelib musiqa sohasida amalga oshirilgan bir qator ijobiy ishlar natijasida oʻzbek xalq cholgʻu asboblarining birinchi orkestrlari paydo boʻla boshlagan. 

XX asrning 30-yillarida oʻzbek musiqa san’atining jadal rivojlanishi boshlangan. Bu vaqtga kelib, yuqorida aytib oʻtilganlardan tashqari respublikada boshqa musiqa maktablari ham faoliyat koʻrsata boshlaydi va ularda mahalliy millat bolalari oʻzbek xalq cholgʻu asboblarida ta’lim oladilar. Ammo bular zamon talablariga toʻlaqonli javob berolmas edi. Boz ustiga, yuqorida qayd qilib oʻtilgan musiqa maktablarida bolalar bilan birga yoshi kattalar ham oʻqib turganlar. Shular ansamblning respublikada musiqiy ta’limni rivojlantirish, xususan, toʻlaqonli musiqiy kadrlar bilan jihozlangan bolalar musiqa maktablarini yaratish vazifasi kun tartibida boʻladi. Shu maqsadda 30-yillarning oxirida bolalar musiqa maktablarining yangi tarmoqlari yaratildi. Ulardan birinchisi Toshekentda, Glier nomidagi bolalar musiqa maktabi-internati ochiladi. Bolalar musiqa maktablari shuningdek Andijon, Farona, Buxoro, Samarqand, Qoʻqonda ham paydo boʻladi. 1936-yilda esa Toshkentdagi Kashshoflar saroyi qoshida ilk bor yetti yillik bolalar musiqa maktabi ochiladi. Ushbu dalillar musiqiy ta’lim va bolalar tarbiyasining rivojlanishida sifat jihatidan yangi bosqichga qadam qoʻyganligidan dalolat beradi.

Oʻzbekitonning cholgʻuchilik ijrosi oldida turgan asosiy vazifalardan biri - koʻp ovozli musiqa san’atini respublikadagi keng omma hayotiga tadbiq etish edi. 1929-yilda Leningrad (hozirgi SanktPeterburg) shahrida boʻlib oʻtgan butunittifoq musiqa anjumanida milliy cholgʻu asboblarida ta’lim berishning oʻziga xos qiyin jihatlari ta’kidlab oʻtiladi. Shunga koʻra, anjumanda quyidagi qaror qabul qilinadi: “xalq cholgʻu asboblarining koʻpligi inobatga olinib, ... bunday asboblarni musiqani ommaga yetkazish va uni ommalashtirish uchun eng yaxshi va eng kuchli vosita deb bilish, xalq cholgʻularining minimal ansambllari uchun standart (oʻlchov, mezon)larni belgilash; har bir sohaning mutaxassis rahbarlarini jalb qilgan holda xalq cholgʻularini takomillashtirish boʻyicha eksperimental ustaxonasini yaratish orqali davlat musiqiy ishonchi mahsulotlarini takomillashtirishga intilish; cholgʻu asboblari torlarining sifatini yaxshilash, bunday asboblarni ta’mirlash ustaxonasini tashkil qilish; xalq cholgʻu asboblarini oʻrganish va takomillashtirishga hissa qoʻshish va ularni xalq orkestrlariga kiritish boʻyicha tajriba oʻtkazish”. Ushbu anjuman qarorlari Oʻzbekiston musiqiy jamoatchiligi e’tiborini tortdi. Qarordan koʻrinib turibdiki, yosh avlodni tarbiyalashda xalq vositalarining rolini oshirish, ayniqsa, ularni musiqa sohasida jamoaviy oʻqitish orqali tarbiyalash vazifasi qoʻyilgan. Ammo eski, temperiratsiyalanmagan oʻzbek xalq cholgʻu asboblari ushbu muhim vazifalarni bajarish uchun talablarga javob bermadi, bu esa koʻp ovozli cholgʻu ansambllari va orkestrlarini tashkil etishga imkon bermagan.

Ushbu kamchiliklarni bartaraf etish uchun turdosh va oiladosh musiqa asboblarining yangi turlarini yaratish, har bir cholgʻu asbobi ovoz diapazonini kengaytirish, tempratsiyalangan xromatik tovush qatoriga ega qildirish, ovoz kuchini oshirish kabi muhim vazifalar shu davrning muhim masalalaridan biriga aylangan.

Shu oʻrinda oʻzbek milliy cholgʻu sozlari xususiyatlari, tarixiy taraqqiyoti haqida toʻxtalib oʻtamiz. Oʻzbek milliy cholgʻu sozlari tuzilishi va ijrochilik imkoniyatlariga koʻra xalqimizning musiqa san’ati rivojiga katta hissa qoʻshib kelgan va kelmoqda. Bugungi kunda har bir cholgʻu asbobidan sadolanadigan oʻziga xos tovushlar oʻzbek xalq musiqa asarlarining sermazmun, ohangdor, yoqimli va jozibaliligini namayon etadi. Ular ta’lim-tarbiya vositasida keng qamrovli oʻringa egaligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Ular milliy meros sifatida, asrlar osha xalqning ma’naviy madaniyatini oshirib kelayotganligi bilan bir qatorda, hozirgi zamon musiqa san’tining rivojlantirib borishda ham muhim rol oʻynamoqda. 

Oʻzbek milliy cholgʻu sozlari tarixiga nazar tashlansa, oʻtmishda ularning yakkanavozlik, ansambl shakllarida ijro etib kelinganligiga guvoh boʻlamiz. Cholgʻu asboblarni xromatik soz va keng tovushqatoriga ega boʻlmagan. Koʻpchilik asboblarning torlari ichak(kapron)dan boʻlganligi sababli ovozi kuchsiz sadolangan. Ayrimlarida esa oʻrama pardalar boʻlgan va shu bois ijroda bir qator qiyinchiliklar tugʻdirgan. Lekin xalqimizning madaniy turmush tarzining oʻsib borishi va musiqa san’atiga boʻlgan qiziqishining ortib borishi cholgʻu ijrochiligi san’atining nota yozuvi asosida yozilgan kuy va qoʻshiqlarini ijro etishni taqazo etadi. Bu oʻz navbatida, milliy cholgʻu sozlarimizni takomillashtirish orqali zamon talablariga muvofiq keluvchi yangi cholgʻu sozlar namunalarini yaratish gʻoyasini hosil qiladi. Aslini olganda bu gʻoyaning vujudga kelganligining asosiy sabablaridan biri - XIX asr oxirlariga kelib musiqa ijrochilik amaliyotida milliy cholgʻu sozlarimizning mustahkam oʻrin olganligidir. Xalqimiz orasidan yetishib chiqqan mohir ijrochilar nay, qoʻshnay, sunray, karnay, bulamon, dutor, doʻmbira, tanbur, qashqar va afgʻon ruboblari, sato, gʻijjak, doira, qayroq, safoil kabi cholgʻu asboblarining musiqa san’ati va madaniy hayotda tutgan oʻrnini asoslab berishga oʻz hissalarini qoʻshgan. Tarixda ularning nomlari oʻzlari mohirona ijro etgan musiqa asboblari nomlarining qoʻshib aytilishi bilan saqlanib qolingan. Abdusattor dutorchi, Abduqodir naychi, Ahmadjon qoʻshnaychi, Roʻzimatxon changchi, Usta Masaid doirachi va changchi, Usta Olim Komilov doirachi, Usta Usmon Zufarov va boshqalarni misol keltirish mumkin. Bularning ulkan xizmatlaridan yana biri shunda boʻlganki, ular oʻzaro hamkorlikda oʻzbek xalq milliy cholgʻu sozlarining shaklan tuzilishini takomillashtirish va mohirona ijro etish uchun qulay boʻlgan yangi variantlarini yaratish hamda xalq orasidan yetishib chiqayotgan iste’dodli yoʻshlarga cholgʻu asboblarimizni ijro etish sir-asrorlarini oʻrgatishda jonbozlik koʻrsatgan. 

Yuqorida qayd qilib oʻtganimizdek, XX asrning 30-yillarida oʻzbek musiqa san’atining jadal rivojlanishi boshlangan. Oʻzbek milliy cholgʻuchilik san’atida oʻziga xos yangi ijrochilik davri ham aynan XX asrning 30-yillarida boshlangan. Bu davrga kelib, milliy musiqa san’atimizning cholgʻu ijrochiligida qoʻllanilib kelinayotgan unison shaklidagi koʻrinish bilan birgalikda jahon xalqlari musiqa ijrochiligi yoʻliga mos ijro shakllarini yuzaga keltirish gʻoyalari ham paydo boʻla boshlanadi. Bu gʻoyani amalga oshirish uchun esa milliy cholgʻu asboblarimizning an’anaviy turlarini takomillashtirish zarur edi. Chunki, cholgʻu asboblarimizning an’anaviy turlarining tovush xususiyatlari, ijro etish texnik imkoniyatlari, tovushlarining rang-baranglik dinamikasining pastligi, shuningdek, oʻn ikkita teng yarim tonliklarga ega boʻlgan xromatik tovush qatoriga ega emasligi, diapazonining keng boʻlmaganligi jahon xalqlari cholgʻu musiqa ijrochiligi talablariga mos kelmas edi. Bu haqida musiqashunos rus olimi, musiqa asboblarimiz imkoniyatlarini chuqur oʻrgangan professor V.M.Belyayev “Oʻzbekiston musiqa asboblari” nomli kitobida: oʻzbek xalq cholgʻu asboblarini takomillashtirish va shu orqali Yevropa nota yozuvini ijro etish imkoniyatini beruvchi, standart tuzilishga ega boʻlgan cholgʻularni ishlab chiqish taklifini yozadi [2].

Xalq musiqashunoslari, musiqa asbobi yasovchi ustalar: Sh.Shoumarov, M.Xarratov, U.Zuparov va boshqalar musiqa asboblarini takomillashtirish ishlarini olib boradi. Ularning maqsadi - milliy sozlarning ovozini kuchaytirish, diapazonini kengaytirish, ba’zi bir cholgʻularning esa tuzulishini yaxshilash va chalish uchun qulay, sifatli shaklini yaratish edi. 

XX asrning 30-yillari oʻzbek musiqa san’atidagi ahamiyatli tomonlaridan birini shunda koʻrish mumkinki, bu davrda Oʻzbekistonda milliy cholgʻu asboblarini nota tizimida oʻqitish va shu orqali koʻp ovozli ansambl hamda orkestrlar tashkil etish masalasi koʻtariladi. Vaholanki, T.Jalilov tashabbusi bilan 1923-yilda tashkil etilgan “Milliy musiqa toʻgaragi” ansambliga alohida e’tibor bilar qaralgan. Bu ansambl tarkibi 24 ijrochidan iborat boʻlib, asosan xalq cholgʻu kuylarini ijro etgan. E’tiborli tomomnlaridan biri shundaki, ansambl cholgʻulari tarkibida simfonik orkestrning ba’zi bir cholgʻulari ham boʻlgan.

Oʻzbekiston radiosi qoshida atoqli musiqashunos olim, akademik Y.Rajabiy tomonidan 1927-yilda tashkil etilgan unison ansambli cholgʻu ijrochiligi rivoji uchun muhim ahamiyat kasb etgan. Bu jamoa ijrochilari keyinchalik D.Zokirov nomidagi xalq cholgʻu asboblari orkestrining asosini tashkil etgan. Shu oʻrinda ta’kidlab oʻtish joizki, ansambl tashkil etilganining dastlabki kunlaridan e’tiboran uning tarkibidan usta Usmon Zuparov tomonidan koʻp ovozli ansambl va orkestr ijrosi uchun takomillashtirib yasalgan dutor va gʻijjak bas hamda tanbur cholgʻulari oʻrin olgan. Lekin bu cholgʻular oʻzining tuzilish hajmining kattaligi sababli 1934-yilga kelib ansambl tarkibidan chiqariladi.

Samarqandda musiqa va xoregrafiya instituning tashkil etilishi oʻzbek cholgʻu asboblari ijrochiligi tarixida muhim bosqich boʻladi. Institut 1932-yilda Toshkentga koʻchiriladi va mustaqil san’atshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti sifatida faoliyat yuritadi. М.Ashrafiy, I.Akbarov, N.Mironov, Sh.Ramazonov, E.Romanovskaya, V.Uspenskiy keyinchalik esa A.Petrosyans mazkur institutning musiqa sektorining birinchi ilmiy xodimlari boʻladi. Samarqand musiqa va xoregrafiya instituti musiqa ta’limi mutaxassisi, jumladan, oʻzbek xalq cholgʻu asboblari ijrochisi mutaxassisligini berish uchun tamal toshini qoʻyadi. Institutning oʻquv jarayoniga Respublikada birinchilardan boʻlib nota tizimi asosida ta’lim berish tadbiq etiladi. Oʻquv-tarbiyaviy jarayonga xalq musiqasini tadbiq etish uchun ularni yozib olish va mazmunini ochish ishlari amalga oshiriladi va aynan shu institutda milliy cholgʻu asboblarini takomillashtirish gʻoyasi vujudga keladi. 

Milliy sozlarimizni nota asosida oʻqitish dastlab 1936-yilda Hamza nomidagi Toshkent musiqa bilim yurtida yoʻlga qoʻyiladi. Mazkur musiqa bilim yurtining musiqa ustaxonasi milliy sozlarning takomillashtirish markazi boʻladi va A.I.Petorosyans rahbarligida loyihachi-ustalar: V.A.Romanchenko, A.A.Kevxoyans, S.E.Didenkolar faoliyat yuritadi. Keyinchalik yosh mohir ustalar – Xirojiddin Muhiddinov,

Abdunabi Abdugʻaforov, A.Tarasov, V.Shtikov, M.Turdiyevlar cholgʻu asboblarining yangi avlodlarini yaratish, takomillashtirish ishlariga jalb qilinadi. 

Milliy sozlarning takomillashtirishning ba’zi bir jihatli ishlari birinchilardan boʻlib 1935-yilda “Bolalarni badiiy tarbiyalash Markaziy uyi”(ЦDXVD)da boshlanadi. Musiqa madaniyati yutuqlarini targʻibot qilib borish maqsadida 1936-yilda Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi tashkil etiladi va unda “sexlar” deb nomlangan badiiy jamoalarda orkestr, xor, balet jamoalari faoliyat yuritadi. Orkestr jamoasi esa 98 kishidan iborat boʻlib cholgʻu asboblar ijrosi unison ansambl shaklida boʻlgan. 1938-yilning noyabr oyida nota yozuvi asosida ijro etuvchi oʻzbek milliy cholgʻu asboblari orkestri tashkil etiladi. Shu tariqa, takomillashtirilgan va 12 pagʻonali teng xromatik tovushqatoriga ega boʻlgan musiqa asboblarida ijro etishga oʻtiladi. 1943-yilga kelib milliy sozlarni takomillashtirb borishga yoʻnaltirilgan maxsus laboratoriya tashkil etiladi. Laboratoriyaning faol ish yuritishi natijasida milliy sozlarning takomillashtirilgan 5 oilasi yaratiladi va koʻp ovozli musiqa asarlarini chalish imkoniga ega boʻlgan orkestr hamda oiladosh asboblardan iborat turli shakldagi ansambllarni tashkil etishga imkon yaratiladi.

Xulosa qilib aytganda, oʻzbek xalq milliy cholgʻu asboblarining takomillashtirilishi natijasida yaratilgan yangi variantlari nafaqat milliy musiqa asarlarini, balki professional kompozitorlarning murakkab shakldagi musiqa asarlarini, shuningdek, jahon xalqlari musiqa asarlarini ijro etish imkoniyatini hosil qildi. A.I. Petorosyans rahbarligida amalga oshirilgan ijodiy ishlar natijasida cholgʻu asboblarimizning shaklan koʻrinishi ixchamlashtirildi, tovush jarangdorligi yaxshilandi, diapazoni kengaytirildi, texnik ijro imkoniyatlari oshirildi. Shularning evaziga oʻzbek cholgʻu ijrochiligi tarixiga yangi sahifalar ochildi va koʻp ovozli orkestr, ansambllarni faoliyat yuritishiga zamin yaratildi.

Demak, cholgʻu asboblarini takomillashtirish ularning akustik(tovush jarangdorligi) xususiyatlarini yaxshilashga yordam beradi, shuningdek, ularni nota asosida chalishni osonlashtiradi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, gijjak, dutor, rubob, chang oilasi kabi musiqa asboblarining ishlab chiqarilishi, oʻquvchilarga musiqa asarlarini ijro etishda katta ustunlik beradi. E’tiborli tomonlaridan yana biri shundaki, musiqa asboblarini takomillashtirish labaratoriyasida A.I.Petrosyants rahbarligida olib borilgan tajribalar natijasida temperatsiyalangan va xromatik tovushqatoriga moslashtirilgan oʻzbek xalq cholgʻu asboblarining istiqbolli imkoniyatlarini kengaytiradi va koʻp ovozli musiqa asarlarini ijro etishi uchun keng yoʻl ochib beradi. Eng muhim tomoni - ushbu ijodiy ishlar natijasi oʻzbek xalq cholgʻu asboblarida nota asosida musiqa asarlarini ijro etish imkonini beradi, bu esa oʻz navbatida xalqaro ijodiy aloqani targʻib qilishni, musiqiy savodxonlikni ommaviy tarzda oʻzlashtirish jarayonini osonlashtirgan. Bularning barchasi yosh avlodning musiqa-estetik tarbiyasi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratadi: cholgʻu musiqasiga qiziqish uygʻotib, ijro mahorati darajasini oshirish, musiqiy va ijodiy faoliyatni rivojlantirish, shuningdek, koʻp ovozli bolalar ansambllari va orkestrlarini tashkil qilishda muhim omil boʻlgan. Ammo 1949-yil dekabr oyida boʻlib oʻtgan uchinchi respublika badiiy havaskorlar olimpiadasida musiqa maktablari, birinchi navbatda, koʻp ovozli ansambllar va orkestrlarni tashkil etishdagi kamchiliklar mavjuligi aniqlanadi. Shu sababli, respublika hukumati oʻzbek xalq cholgʻu asboblarining ortib borayotgan ijro imkoniyatlarini hisobga olib, pedagogik jamoatchilik oldida koʻp ovozli bolalar ansambllari va orkestrlarini tashkil qilish uchun barcha zarur shartsharoitlarni yaratish, koʻp ovozli cholgʻu musiqasiga barqaror qiziqishni uygʻotish va yosh avlod oʻrtasida musiqa madaniyati asoslarini shakllantirish kabi muhim vazifani qoʻyadi. 

1951-yil fevral oyida boʻlib oʻtgan koʻrikda badiiy havaskorlarning chiqishlarida birinchi marotaba koʻp ovozli musiqa asarlarini ijro etgan jamoalar, jumladan, Toshkent shahar Kashshoflar saroyidagi musiqa maktabining Gʻulom Qoʻchqorov boshchiligidagi bolalar xalq cholgʻul asbobari orkestri oʻz ijodiy faoliyatini namoyish qiladi. Biroz keyinroq esa bunday bolalar orkestri Buxoro, Samarqand va boshqa bir qator shaharlarda ham paydo boʻladi. Ammo, musiqa maktablarining arxiv materiallarini oʻrganish shuni koʻrsatdiki, ushbu orkestrlardagi musiqiy asarlar mazmuni va ijro texnikasi jihatidan zamonaviy talablarga javob bermaydigan darajada boʻlib, musiqa asarlari, asosan, sluxda, yani notaga asoslanmagan shaklda ijro etilgan. 

Shunday qilib, bolalar musiqa maktablarida musiqa fanlarini oʻqitishda ba’zi yutuqlar bilan bir qatorda jiddiy kamchiliklar ham mavjud boʻlgan. Kamchiliklarni bartaraf etish uchun, Oʻzbekiston Respulikasi rahbariyati va Vazirlar Kengashi qaror qabul qilib “boshqa xalqlarning koʻp ovozli musiqa yutuqlaridan keng foydalanish; ... musiqa maktablari tarmogʻini keng rivojlantirish, musiqa ta’limini qat’iyat bilan takomillashtirish; ... zarur boʻlgan oʻquv qoʻllanmalarini tayyorlash va nashr etish; oʻquv jarayoni darajasini oshirishga erishish” kabi vazifalarni qoʻyadi.

Ushbu vazifalarni bajarish zaruriyati bilan bir qatorda, musiqa pedagogikasi sohasidagi mutaxassislarni, jumladan, oʻzbek xalq cholgʻu asboblari mutaxassislarini, xususan, ansambl va orkestr sinflarida faoliyat olib boradigan mutaxassislarni tayyorlash sifatiga katta e’tibor beriladi.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, 60-yillarda respublikadagi bolalar musiqa maktablarida qashqar rubabi, rubob-prima, chang, gijjak, dutor va boshqa milliy cholgʻular sinflari ochilgan boʻlib, bu sinflarda cholgʻu asboblarida chalishni oʻrganishni takomillashtirilishiga katta yordam bergan, bolalar orkestrlarini tashkil etish uchun esa katta imkoniyatlar ochgan va koʻp ovozli san’atga qiziqish faollashgan. Musiqa pedagogikasining rivojlanishiga 60-yillarda respublikaning iqtidorli kompozitorlari tomonidan maktab oʻquvchilari uchun yaratilgan asarlar ham yordam bergan. Ularning majoziy mazmuni, ifodalilik vositalari va sof texnik tomoni klassiklardan sezilarli darajada farqlanib, yangi, qiziqarli ijrochilik va pedagogik vazifalarni vujudga keltiradi. Bu nafaqat ijrochilik mahoratini rivojlantirishga yordam bergan, balki oʻquvchilarning umumiy-musiqiy madaniyatini rivojlantirib, ularning estetik va ma’naviy-axloqiy tarbiyasiga sezilarli darajada ta’sir koʻrsatgan. 

Estetik tarbiyani rivojlantirish va xalq cholgʻularini chalishni takomillashtirish maqsadida “Chang darsligi” (A.Odilov va A.Petrosyants – 1961-yil), “Gijjak darsligi” (S.Aliyev va R.Felissiant – 1961-yil), “Rubob darsligi” (F.N.Basilyev – 1963-yil), “Dutoda chalish darsligi” (M.A.Asilov va F.N.Vasilyev – 1969yil) singari darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari yaratiladi. Ushbu darsliklarning ahamiyati shundan iborat boʻlganki, ularda cholgʻu asbobida ijro uslubi, har bir asbobning ovoz imkoniyatlari, texnik jihatdan oʻzlashtirib olish imkoniyatlari hisobga olingan holda ishlab chiqilgan materiallar bilan ahamiyatli boʻlgan. Ular boshlangʻich oʻqishga moʻljallangan va oʻquvchilar uchun juda foydali hisoblanib oʻquv va badiiy materiallarning oʻlchovli hamda ketma-ket shaklda berilganligi bilan ham yanada ahamiyatli boʻlgan.  

Ushbu dasliklar bilan bir qatorda boshqa bir qator oʻquv qoʻllanmalar, ayniqsa koʻp ovozli ansambllar va orkestrlarni tashkil qilish va takomillashtirishda samarali yordam koʻrsatadigan oʻquv qoʻllanmalari nashr etiladi. Shulardan “Dutor ansambllari uchun p’esslar” (A.H.Liviyev – 1962-yil) qoʻllanmasini misol tariqasida aytish oʻrinli. Shu singari nashr etilgan boshqa oʻquv qoʻllanmalarida ansambl va orkestrlarning maqsadi va vazifalari, ishning mazmuni, oʻqitish va tarbiya usullarining butun jarayoni yoritilgan.

A.I.Petrosyants, A.X.Liviyevlarning rahbarligi va boshqalarning samarali faoliyati tufayli koʻp ovozli ansambllar va orkestrlarning pedagogik repertuarlari yangi, qiziqarli, badiiy jihatdan boy boʻlgan koʻplab klassiklar va zamonaviy bastakorlarning asarlari, xalq kuylari bilan toʻldirilgan. Xalq cholgʻu asboblarining oʻziga xos xususiyati va imkoniyatlarini yaxshi biladigan koʻplab oʻqituvchilar, ijrochilar, musiqachilar ham bolalar orkestri uchun ishlarni tartibga solish va chalish masalalari bilan shugʻullanishgan. Masalan, ushbu yillar davomida orkestrlarning repertuarlaridaV.V.Ibragimov tomonidan cholgʻulashtirilgan (orkestr ijrosi uchun moslashtirilgan) “Qoraqalpoq polkasi”, K.Azimov cholgʻulashtirgan E. Grigning “Norvegiya raqsi” va boshqa asarlar orkestrlarning repertuarlarida paydo boʻlgan.

Biroq, arxiv hujjatlarini oʻrganish shuni koʻrsatadiki, 60-yillarning oxirida respublikada koʻplab bolalar musiqa maktablarida orkestrlar faoliyati musiqa asboblarining yetishmasligi, xonalarning orkestr darslarini oʻtish uchun moslashtirilmaganligi, dirijor-rahbarlarning yetarli boʻlmaganligi yoki yoʻqligi sababli tashkil etilmadi. Xususan, oʻquvchilarning musiqiy-estetik fazilatlarini shakllantirish va rivojlantirishda orkestrlarning oʻquv vazifalari sust boʻlgan.

70-80-yillarga kelib bir qator vaziyatlar kuzatiladi: respublikaning koʻplab bolalar musiqa maktablarida xalq cholgʻu asboblarida yakka tartibda dars oʻtish bilan bir qatorda koʻp ovozli ansambl va orkestrlarda oʻqitish ham rivojlantiriladi. Oʻsha davrda namunali bolalar orkestri Toshkent shahridagi 3-, 4-, 5-, 6-, 7-, 8-, 10-, Buxoro shahridagi 1-, 2-, 3-musiqa maktablari, shuningdek, Kogon, Gʻijduvon, Navoiy shahar musiqa maktablari va Fargʻonada, Andijon, Samarqand viloyatlarining ba’zi musiqa maktablarida tashkil etiladi. Oʻquvchilarning estetik tarbiyasiga e’tibor kuchaytiriladi: estetik tarbiyaning sinfdan va maktabdan tashqari shakllari – kontsertlarda ijro etish, bahslar, uchrashuvlarda qatnashish, kontsertlarni tomosha qilish va tajriba almashish, shuningdek turli musobaqalarda chiqish shular jumlasidan boʻlgan. Glier nomidagi Toshkent musiqa maktab-internatining xalq cholgʻu asboblari orkestrining namunali ishining diqqatga sazovor boʻlganiligini alohida qayd qilib oʻtish oʻrinli. Bu jamoa doimiy ravishda radio va televidenieda katta dasturlar bilan qatnashib klassik bastakorlarning, rus va oʻzbek kompozitorlari asarlarini, shuningdek, xalq kuylarini ijro etishi bilan keng tarigʻbot ishlarini amalga oshirib borgan va hozirda ham shu faoliyatini davom ettirib turibdi.

Muhokamalar va natijalar. Biz bolalar musiqa maktablaridagi xalq cholgʻu asboblari orkestrlarining taxminiy sifat va miqdoriy tarkibini tahlil qilishga harakat qildik, bu quyidagi jadvalda koʻrsatilgan.

             

1-jadval.

Bolalar musiqa va san’at maktabi oʻzbek xalq cholgʻu asboblari orkestrining turli yillardagi taxminiy tarkibi 

Dutorlar

 

 

 

Ruboblar 

 

 

1950

-

-

4

2

1

4

-

4

-

-

-

1

16

1960

4

4

4

2

1

4

-

8

-

-

1

1

29

1970

4

4

4

2

1

8

-

8

2

2

2

1

38

1980

4

4

4

2

2

8

2

8

2

4

2

1

43

 

Jadvaldan koʻrinib turibdiki, 50-yillarda orkestrdagi asboblar soni juda kam boʻlib - 16 tadan 18 tagacha musiqa asboblarini tashkil etgan. .60-yillarda plektr, ya’ni mizrobda chalinadigan guruhlar hamda dutor asboblarining miqdoriy oʻsishi kuzatiladi. Shu oʻrinda aytib oʻtish mumkinki, bu davrga kelib prima va sekunda dutorlaridan orkestrda foydalana boshlangan. 70-yillarda, ayniqsa 80-yillarda (bolalar musiqa maktablari va oʻquvchilar sonining koʻpayishi tufayli) orkestr tarkibi kengaydi, jumladan afgʻon rubob, gʻijjak va 80-yillardan boshlab soprano ruboblar ijrosi ham orkesrtlarda qoʻllanila boshlangan. Bir tomondan, bu orkestrlarning ijro imkoniyatlarini sezilarli darajada oshirgan, ularning tembr ifoda vositalari rang-barangligini, ikkinchi tomondan, ijrochilar oʻzlarining bilim saviyasi, musiqa asbobida ijro etish mahoratini oshirib borishini talab qilgan. Ushbu koʻrsatkichlar shundan dalolat beradiki, soʻnggi yillarda xalq cholgʻu asboblarida chalishni oʻrgatish va orkestrlarni rivojlantirishga katta e’tibor berila boshlangan.

Xulosa. Shunday qilib, Oʻzbekistondagi bolalar musiqa va san’at maktablarida oʻquvchilarni musiqiyestetik tarbiyasini shakllantirish jarayoni va rivojlanish yoʻllarini oʻrganish hamda har tomonlama tahlil qilish quyidagi umumiy xulosalarni shakllantirishga imkon beradi.

XX asrning 20-yillariga qadar ogʻzaki an’analar asosida rivojlanib borgan oʻzbek musiqasi keyingi davrda nota yoʻli, koʻp ovozli ijro san’ati, boshqa xalqlar musiqa madaniyatining eng yaxshi namunalarini namoyish etish uchun xalqaro aloqalarni boyitish imkoniyati tufayli chinakamiga yangi hayotni topgan.

Agar 1920-yillarda havaskor musiqaning keng harakati, musiqa, xor toʻgaraklari, xalq musiqasi maktablari, bolalar va kattalar uchun konservatoriyalarning paydo boʻlishi bilan ajralib turadigan boʻlsa, 30yillarga kelib bu jarayonlar ma’lum darajada rivojlanishi yuz bergan. Bir qator maxsus bolalar musiqa maktablarining tarmogʻi ochilgan boʻlib, unda oz boʻlsada musiqa oʻqituvchilari bilan ta’minlanib borilganligi yosh avlodning musiqiy va estetik tarbiyasida yangi bosqich boshlanganidan dalolat beradi.

40-yillar oʻzbek musiqiy cholgʻu asboblarini takomillashtirishda, har bir cholgʻu asbobining ovoz diapazonini kengaytirish va ularning tempratsiyalangan tovushqatoriga ega qildirish hamda xromatizatsiyalashgan tizimning joriy qilinishi, tovush kuchining oshishi natijasida yangi cholgʻu asboblar oilasining paydo boʻlishi uchun muhim bosqich boʻlgan. Bularning barchasi har bir cholgʻu asbobida asarlarni nota asosida ijro etish imkoniyatining hosil qilinganligi, koʻp ovozli ijro san’atini yoʻlga qoʻyish bilan bir qatorda, xalqaro ijodiy aloqalarning yaxshi yoʻlga qoʻyilishga ham olib kelgan. 

50-yillarda polifonik ansambllar va xalq cholgʻulari orkestrlarini rivojlantirish uchun zarur shartsharoitlarni (ham nazariy, ham uslubiy, ham tashkiliy, ham ta’limiy) yaratishga katta qiziqish paydo boʻlgan.

60-70-yillarda, hukumatning musiqiy ta’limni yanada takomillashtirish va Oʻzbekiston musiqa san’atini rivojlantirish talablari asosida, umumta’lim maktablari bilan bir qatorda bolalar musiqa maktabi oʻquvchilarining musiqiy va estetik tarbiyasiga ham katta e’tibor berilgan. Musiqa pedagogikasi, shu jumladan, oʻzbek xalq cholgʻulari va umuman, orkestr sinflarida dars oʻtish uchun mutaxassislar tayyorlash ishlariga katta e’tibor berilgan.

60-70-yillarda yaratilgan darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari oʻquvchilarda koʻp ovozli cholgʻu asboblari ijrosiga nisbatan yuqori estetik fazilatlarni shakllantirishga yordam bergan; shu bilan birga, kompozitorlar, bastakorlar, drijorlar va musiqa oʻqituvchilarining ijodiy tashabbusi tufayli orkestrlarning repertuarlari boyitilgan.  Oʻtgan asr davomida koʻplab bolalar musiqa maktablarida milliy cholgʻu asboblari orkestri sezilarli rivojlanishga erishgan. Toshkent, Buxoro, Kogon, Navoiy, Gʻijduvonda, shuningdek Fargʻona, Andijon va Samarqand viloyatlari musiqa maktablarida milliy cholgʻu asboblari orkestri sezilarli rivojlanishga erishganligini misol tariqasida aytib oʻtish joiz. Bularning barchasi oʻquvchilarning orkestr ijrosidagi musiqiy asarlarga boʻlgan qiziqishini sezilarli darajada oshirgan, natijada bolalar milliy orkestrlarining tashkil etilishiga sezilarli ta’sir koʻrsatgan.

 

Adabiyotlar

 

1.    Львов Н. Народные музыкальные школы. Народное просвещение – 1919. - №34. – С. 28.

2.    Беляев В. Музыкальные инструменты Узбекистана. -М., 1933, с. 130

3.    Karimova D.A. Musiqa metodikasida innovatsion texnologiyalarni qoʻllash. -T., 2003.

4.    Odilov A. Oʻzbek cholgʻularida ijrochilik tarixi. -Toshkent: “Oʻqituvchi”, 1996. - 128 bet. 

5.    Петросянц А. Узбекские народные инструменты. – Tашкент., 2000.

6.    Rahimov Sh., Nurmatov H. “Cholgʻu ijrochiligi tarixi” (Oʻquv qoʻllanma). -T., 2009.

7.    Saidiy S.B., Cholgʻushunoslik va cholgʻulashtirish asoslari. –Toshkent: “Musiqa”, 2016.

8.    Ruziyev D. Orkestr ijrochiligi (Oʻquv qoʻllanma). – Buxoro: “Sadriddin Salim Buxoriy”, 2020. – 204 b. 

9.    Миршаев У. М. Музыкально-эстетическое воспитание и современные требования к учителю музыки //Вестник науки и образования. – 2020. – №. 21-2 (99).

10.Рузиев Д. Ю. Некоторые психологические особенности развития навыков игры на инструменте и подпевания //Academy. – 2020. – №. 3 (54).

11.Рузиев Д.         Ю.       ОРКЕСТР        КАК     СРЕДСТВО     МУЗЫКАЛЬНО-ЭСТЕТИЧЕСКОГО

ВОСПИТАНИЯ УЧАЩИХСЯ //Academy. – 2020. – №. 11 (62).

12.Ruziev Davron Yuldashevich and Mirshaev Ulugbek Psychological and Pedagogical Bases of the Organization of Problem-based Education through Folk Songs// International Journal of Psychosocial Rehabilitation, Vol. 24, Issue 04, 2020  ISSN: 1475-7192 // pp.6834-6838

13.Дустов            С.         Д.         ВЛИЯНИЕ      САМОСТОЯТЕЛЬНОЙ         РАБОТЫ         НА   МУЗЫКАЛЬНО-

ЭСТЕТИЧЕСКОЕ ВОСПИТАНИЕ //Academy. – 2020. – №. 11 (62).

14.Норова, Ш., and Ф. Нуруллаев. Психология музыкальных дидактических игр на интегрированных занятиях. Вестник интегративной психологии 17 (2018): 295-299.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 

 

      PEDAGOGIK MAHORAT 

 

 

 

 

 

1 (77) 2021

Buxoro davlat universiteti muassisligidagi

“PEDAGOGIK MAHORAT” 

ilmiy-nazariy va metodik jurnali  barcha ta’lim muassasalarini  hamkorlikka chorlaydi. 

 

Pedagoglarning sevimli nashriga aylanib ulgurgan “Pedagogik mahorat” jurnali maktab, kollej, institut va universitet pedagogik jamoasiga muhim qoʻllanma sifatida xizmat qilishi shubhasiz.

 

 

 

Mualliflar uchun eslatib oʻtamiz,  maqola qoʻlyozmalari universitet  tahririy-nashriyot boʻlimida qabul qilinadi. 

 

Manzilimiz: Buxoro shahri, M.Iqbol koʻchasi 11-uy

Buxoro davlat universiteti, 1-bino 2-qavat, 208-xona

 

Tahririyat rekvizitlari: 

Moliya vazirligi gʻaznachiligi

23402000000100001010

MB BB XKKM  Toshkent sh. MFO 00014  INN 201504275

BuxDU 400110860064017950100079002 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Pedagogik mahorat: rivojlanamiz va rivojlantiramiz!

 

                                                 

                                                                            Buxoro davlat universiteti nashri  sahifalandi. Chop etish siJurnal tahririyat kompyuterida fati uchun                          

                      PEDAGOGIK                                                           

MAHORAT Jurnal oliy oʻquv yurtlarining professor-              bosmaxona javobgar.                            oʻqituvchilari, ilmiy tadqiqotchilar, ilmiy                                xodimlar, magistrantlar, talabalar, akademik        Bosishga ruxsat etildi 05.04.2021  

             Ilmiy-nazariy va metodik         litsey va kasb-hunar kollejlari hamda maktab              Bosmaxonaga topshirish vaqti                       

                             jurnal                             oʻqituvchilari, shuningdek, keng ommaga                             08.04.2021

          moʻljallangan.        Qogʻoz bichimi: 60x84. 1/8    2021-yil 1-son (77)                              Tezkor bosma usulda bosildi.

          Jurnalda nazariy, ilmiy-metodik,          Shartli bosma tabogʻi – 20,6                  muammoli maqolalar, fan va texnikaga oid   Adadi – 100 nusxa                 yangiliklar, turli xabarlar chop etiladi. Buyurtma №90.

2001-yil iyul oyidan                        Bahosi kelishilgan narxda. chiqa boshlagan.                       

                                                                                       Nashr uchun mas’ul:                                “Sadriddin Salim Buxoriy”

                                                                                       Alijon HAMROYEV.                                            MCHJ

OBUNA INDEKSI:     Musahhih: Muhiddin BAFAYEV.      bosmaxonasida chop etildi.  3070        Мuharrir: Oʻgʻiljon Olloqova                Bosmaxona manzili: Buxoro shahri M.Iqbol koʻchasi 11-uy.

 

262

MILLIY SOZLARNING TARIXIY TARAQQIYOTI VA TA’LIM-TARBIYADAGI ROLI

MILLIY SOZLARNING TARIXIY TARAQQIYOTI VA TA’LIM-TARBIYADAGI ROLI

P EDAGOGIK ISSN 2181-6833

P EDAGOGIK ISSN 2181-6833

M AHORAT

M AHORAT

PEDAGOGIK MAHORAT ISSN 2181-6883

PEDAGOGIK MAHORAT ISSN 2181-6883

PEDAGOGIK MAHORAT 1 (77) 2021

PEDAGOGIK MAHORAT 1 (77) 2021

Qahhorov Otabek Siddiqovich, iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent

Qahhorov Otabek Siddiqovich, iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent

Шерзод АБДУРАХМАНОВ. Военно-патриотическое воспитание молодежи в современных условиях

Шерзод АБДУРАХМАНОВ. Военно-патриотическое воспитание молодежи в современных условиях

Davron ROʻZIYEV Buxoro davlat universiteti musiqa ta’limi kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi

Davron ROʻZIYEV Buxoro davlat universiteti musiqa ta’limi kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi

Davron ROʻZIYEV Buxoro davlat universiteti musiqa ta’limi kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi

Davron ROʻZIYEV Buxoro davlat universiteti musiqa ta’limi kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi

Maktabning birinchi oʻqituvchilari mashhur iste’dodli xalq musiqachilari:

Maktabning birinchi oʻqituvchilari mashhur iste’dodli xalq musiqachilari:

Butunrossiya anjumanlari, butun mamlakatda musiqa maktablarining mavjud boʻlishi uchun yangi shartlar toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi

Butunrossiya anjumanlari, butun mamlakatda musiqa maktablarining mavjud boʻlishi uchun yangi shartlar toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi

Oʻzbek milliy cholgʻu sozlari tarixiga nazar tashlansa, oʻtmishda ularning yakkanavozlik, ansambl shakllarida ijro etib kelinganligiga guvoh boʻlamiz

Oʻzbek milliy cholgʻu sozlari tarixiga nazar tashlansa, oʻtmishda ularning yakkanavozlik, ansambl shakllarida ijro etib kelinganligiga guvoh boʻlamiz

Institutning oʻquv jarayoniga Respublikada birinchilardan boʻlib nota tizimi asosida ta’lim berish tadbiq etiladi

Institutning oʻquv jarayoniga Respublikada birinchilardan boʻlib nota tizimi asosida ta’lim berish tadbiq etiladi

Shunday qilib, bolalar musiqa maktablarida musiqa fanlarini oʻqitishda ba’zi yutuqlar bilan bir qatorda jiddiy kamchiliklar ham mavjud boʻlgan

Shunday qilib, bolalar musiqa maktablarida musiqa fanlarini oʻqitishda ba’zi yutuqlar bilan bir qatorda jiddiy kamchiliklar ham mavjud boʻlgan

Bu jamoa doimiy ravishda radio va televidenieda katta dasturlar bilan qatnashib klassik bastakorlarning, rus va oʻzbek kompozitorlari asarlarini, shuningdek, xalq kuylarini ijro etishi bilan keng…

Bu jamoa doimiy ravishda radio va televidenieda katta dasturlar bilan qatnashib klassik bastakorlarning, rus va oʻzbek kompozitorlari asarlarini, shuningdek, xalq kuylarini ijro etishi bilan keng…

Oʻtgan asr davomida koʻplab bolalar musiqa maktablarida milliy cholgʻu asboblari orkestri sezilarli rivojlanishga erishgan

Oʻtgan asr davomida koʻplab bolalar musiqa maktablarida milliy cholgʻu asboblari orkestri sezilarli rivojlanishga erishgan

MILLIY SOZLARNING TARIXIY TARAQQIYOTI VA TA’LIM-TARBIYADAGI ROLI

MILLIY SOZLARNING TARIXIY TARAQQIYOTI VA TA’LIM-TARBIYADAGI ROLI

PEDAGOGIK MAHORAT 1 (77) 2021

PEDAGOGIK MAHORAT 1 (77) 2021

Alijon HAMROYEV.

Alijon HAMROYEV.
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
03.07.2021