Mirkarim Osimning "Zulmat ichra nur" asari

  • Документация
  • doc
  • 03.01.2020
Публикация на сайте для учителей

Публикация педагогических разработок

Бесплатное участие. Свидетельство автора сразу.
Мгновенные 10 документов в портфолио.

badiy asar
Иконка файла материала Nazarova Dars ish.doc

 

 

 

 

 

Sana : 15.X.2011

 

Sinf: 7-“V”

 

Mavzu:      Mirkarim Osimning “Zulmat ichra nur ” asari yuzasidan berilgan   “Yoshlik ayyomining ilk bahori”, “Yazd cho`li” va  “Qushlar tili” hikoyalari ustida ishlash.

 

Darsning maqsadi:

 

a)    Ta`limiy maqsad: o`quvchilarga Navoiyning bolalik yillari, tug`ma iste`dod va tabiatan fazilat egasi ekanligi haqida bilim berish;

b)   Tarbiyaviy maqsad: o`quvchilarni ajdodlar xotirasiga hurmat, adolat va haqiqat mezonlari asosida halollik, jasorat, mustahkam iroda va sadoqat ruhida tarbiyalash.

c)    Rivojlantiruvchi maqsad: o`quvchilarda mustaqil fikrlash va mushohada qilish ko`nikmalarini shakllantirish;

d)   Kasbga yo`llovchi maqsad: o`quvchilarni ijodkor ahliga hurmat ruhida tarbiyalash;

e)     Mafkuraviy maqsad: o`quvchilarga Navoiyning bunyodkorlik faoliyatini singdirish.

 

Darsning uslubi:Savol-javob, bahs munozara.

 

Darsning tipi: Yangi bilimlarni o`zlashtirih.

 

Darsning jihozi: Darslik, kompyuter, proyektor, tarqatma savollar.

 Mirkarim Osim asarlari, I.A.Karimovning Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch va   “Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi, O`zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo`llari va choralari” asarlari,   Alisher Navoiy asarlari, Oybekning Navoiy romani,

 

              

 

 

 

     Darsning bosqichlari va vaqt taqsimoti:

 

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

Uy vazifasini so`rash

Yangi mavzuni boshlashga hozirlik

 

5 daqiqa

3

Yangi mavzuni yoritish:

a)   Yangi bilimlarni o`zlashtirish

b)  Tahlil qilish

 

20 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

a)Tarqatma savollar

b) Matn yaratish

8 daqiqa

 

5

Darsga yakun yasash va baholash

2 daqiqa

 

6

Uyga vazifa

2 daqiqa

                                                   

                                             Darsning borishi

I. Tashkiliy qism:

a)Navbatchi o`quvchining hisoboti.

b)Kunning muhim voqealariga to`xtalish.

O`qituvchi: Yurtimizda va jahonda ro`y berayotgan muhim siyosiy voqealar haqida kim to`xtaladi?

1-o`quvchi: Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi natijasida Yaponiyada va Amerikada ayrim banklar inqirozga uchraganligi haqida matbuotlarda xabarlar berilmoqda. Aslida inqirozdan chiqish uchun banklarning faoliyati muhim ahamiyatga ega.

O`qituvchi: Darhaqiqat Prezidentimiz ham o`zlarining “Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi, O`zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo`llari va choralari” asarida  bank tizimiga oid quyidagi fikrlarni aytib o`tadilar:

-        Banklar butun iqtisodiyotimizni oziqlantirib turadigan qon tomirlari hisoblanadi. Mamlakatimizning moliyaviy-iqtisodiy barqarorligi ko`p jihatdan ularning samarali faoliyatiga bog`liq.

O`quvchi: Shu kunlarda Respublikamiz bo`ylab o`zbek tiliga “Davlat tili” maqomi berilganligining   22 yilligi joylarda tantanali nishonlanmoqda.

O`qituvchi: Hurmatli o`quvchilar, darsimiz adabiyot. Biz ham bugungi darsimizni o`zbek tiliga “Davlat tili” maqomi berilganining qutlug` 

22 yilligiga bag`ishlaymiz. Shu munosabat bilan darsimizning tashkiliy qismida ona tilimizning go`zalligi va jozibadorligini ulug`lovchi shoirlarimizning so`zlariga quloq tutamiz-da, adabiyot olamiga kirib olamiz, marhamat.

1-o`quvchi:

Tarixning zarvarli silsilasida,

Alp donishlar o`tgan turonim yurtim.

Istiqlol bayrog`in baland ko`targan,

Davlat tiling qutlug`, O`zbekistonim.

2-o`quvchi:

O`tda yonding suvda cho`kding, goho muzlading,

O`zbegimning tarixini elga so`zlading,

Ingrading goh dodlab buzlading,

Qodiriylar taqdiridan tilim-tilimsan,

Tariximsan, taqdirimsan, o`zbek tilimsan.

 

(2 ta o`quvchi “O`zbek tili”siymosida davraga kirib keladida, o`zbek tilini she`riy tarzda izohlab beradi).

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


3-o`quvchi:

Assalomu alaykum, ey nuri ziyolarim,

Alpomish, Barchinoyu, Rustamu dostonlarim

Yurtimning kelajagi, ey bag`ri osmonlarim

Davralarda o`zbekcha, so`zligingiz muborak

O`zbekona lutfingiz, o`zligingiz muborak.

Men sizning farishtadek onangiz allasiman,

Karnay-surnay nog`ora, hofizning yallasiman.

Men otalar pandiyu, onalarning duosi

Men ham sizdek shu yurtning gavhari donosiman.

Ollohning dilingizga solgan qo`shig`iman men

Shu yurtga fidolarning shaydo oshug`iman men.

Yaxshilikka ellarning dilini asir etgan

Mard, sherdil o`glonlarning buyuk beshigiman men.

4-o`quvchi:

 Qoshqariy, Yugnakiyman, Xos Hojib, Yassaviyman

Lutfiyning shirin lutfi, Navoiy navosiman

Boburdayin shohlarning shoir etgan zabonman

Mashrab, Muqimiy, Furqat, Nodirai davronman

Men jahongir Temurning o`tlig` zabonidurman

Beruniyning ilmga talpingan jonidurman,

Ulug`bek, Ali Qushchi, ushlagan qalamdurman,

Qodiriy qalamidan to`kilgan alamdurman

Kelajagi buyuk yurt, O`zbekiston sizniki,

Sog`lom avlod o`zingiz, go`zal bo`ston sizniki.

Uching orzu, o`tida sohibkamol bo`lingiz

Kelajak sari boring, jumla jahon sizniki.

 

O`qituvchi: Yuqoridagi satrlarda tilga olingan ulug` ajdodlarimizning hayotdagi zukkoligi, donoligi darsimiz davomida hammamizga kuch –quvvat bag`ishlaydi degan umiddaman.

  Prezidentimizning “Bizga bitiruvchilar emas, maktab ta`lim-tarbiyasini ko`rgan yoshlar kerak” degan chaqiriqlariga “Labbay” deb javob bergan holda darsimizning asosiy qismiga o`tamiz.

        Bugungi darsimizni III guruh o`rtasida musobaqa asosida o`tkazamiz.

 

I guruh: “Bilimdonlar”

II guruh: “Zukkolar”

III guruh: “Topqirlar” nomi ostida bellashadilar.

Guruhlarning javoblari “Rag`bat” va “Jarima” kartochkalari asosida baholanib boriladi. Qaysi guruh ko`p “Rag`bat” to`plasa g`olib sanaladi.

 

O`qituvchi: Uyga vazifa qilib qanday topshiriq berilgan edi.

 

O`quvchi: Mirkarim Osimning hayoti va ijodini o`rganib kelish.

 

Uyga vazifa yuzasidan guruhlarga o`qituvchi tomonidan savollar berildi.

 “Bilimdonlar”guruhiga.

1-savol.Mirkarim Osim haqida nimalar deya olasiz?

O`quvchi: “Tarixini unitgan, o`z ajdodlarining qadriga yetmaydigan, millatning istiqboli yo`q” degan edi yurtboshimiz Islom Karimov. Darhaqiqat Mirkarim Osim ham tariximizni mukammal o`rganib, o`zbek adabiyotimizda tarixchi adib sifatida o`z o`rniga va mavqeyiga ega bo`ldi. Mirkarim Osim 1907-1984-yillar oralig`ida yashab ijod etgan. Bu inson ijodining boshida she`rlar yozdi. Keyinchalik esa tarix fanidan qo`llanma va tavsiyalar, darsliklar yaratdi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


“Zukkolar” guruhiga.

2-savol. Tarixchi adibning asarlarini davriy jihatdan necha guruhga ajratish mumkin va bu davrlarning nomlarini ayting?

O`quvchi: Adibning asarlarini davriy jihatdan 3 guruhga ajratish mumkin.

1.    Tariximizning qadimgi davrlari haqida hikoyalar. (Eron shohlari, Aleksandr Makedonskiy, Arab xalifaligi bosqini).

2.    O`rta asrlardan tarixidan hikoya qiluvchi asarlar. (Mo`g`illar istilosi va fan madaniyat arboblari haqida tarjimayi hol, qissa va hikoyalar).

3.    XVIII asrdan to oktabr to`ntarishiga qadar bo`lgan davr tarixiy hayoti haqidagi asarlar.

 

“Topqirlar”guruhiga.

Savol : Mirkarim Osim asarlarini mavzu yo`nalishi bo`yicha qanday tahlil qilish mumkin?

O`quvchi: Mirkarim Osim asarlarini uch katta mavzu yo`nalishi bo`yicha tahlil qilish mumkin.

1.    Tarixiy-qahramonlik mavzusidagi asarlar.

2.    Tarixiy- maishiy mavzudagi asarlar.

3.    Tarixiy tarjimayi hol asarlari.

“Bilimdonlar”guruhiga.

Savol: Tarixiy qahramonlik mavzudagi asarlariga qaysilar kiradi?

O`quvchi: “O`tror”, “To`maris”, “Temur Malik”, “Aleksandr va Spitamen” kabi asarlarini kiritish mumkin.

 

“Zukkolar” guruhiga.

Savol: Maishiy mavzudagi asarlarga qaysilar kiradi?

O`quvchi: “Moxlaroyim va Xonposhsha”, “Karvon qo`ng`irog`i”, “Elchilar” kabi asarlari kiradi.

 

“Topqirlar” guruhiga.

Savol: Tarjimayi hol tarzidagi asarlarga qaysilari kiradi?

O`quvchi: “Zulmat ichra nur”, “Jayhun ustida bulutlar” (Beruniy), “Ibn Sino qissasi”, “Aljabrning tug`ilishi” (Al Xorazmiy), “Singan setor” (Mashrab) kabi qissalarini ko`rsatish mumkin.

 

Uyga vazifa bo`yicha o`quvchilarning javobiga ko`ra guruhlar baholandi.

                                           Yangi mavzu:

Mirkarim Osimning “Zulmat ichra nur ” asari yuzasidan berilgan  “Yoshlik ayyomining ilk bahori”, “Yazd cho`li” va “Qushlar tili” hikoyalari ustida ishlash.

                                 

                                  Darsning rejasi:

1.    “Zulmat ichra nur”asari haqida ma`lumot.

2.    “Yoshlik ayyomining ilk bahori” hikoyasining g`oyaviy mazmuni.

3.    “Yazd cho`li” hikoyasi haqida.

4.    “Qushlar tili” Navoiyning sevimli kitobi.

5.    Sahna ko`rinishi…

6.    “Mening nazdimda Navoiy…” mavzusida matn yaratish.

 

1-reja bo`yicha o`quvchilarning fikrlari tinglandi.

 

“Bilimdonlar” guruhi o`quvchisi: Prezidentimiz Islom Karimov o`zlarining “Yuksak ma`naviyat- yengilmas kuch” asarida “Biz bu ulug` zotni avliyo desak avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak shorlarning sultonidir” deb, o`zbek tilimizning asoschisi odamiylik sifatidagi ulug` shaxs Alisher Navoiyga ta`rif berib o`tadilar. Mirkarim Osimning “Zulmat ichra nur” qissasi ham bevosita ana shu insonning hayot yo`li, ijodi va faoliyatiga bag`ishlab yozilgan tarjimayi hol tarzidagi asardir.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


O`qituvchi: Bundan ko`rinadiki Mirkarim Osimning “Zulmat ichra nur” qissasi millatimizning faxri, iftixori, xalqimizning timsoliga aylangan ulug` shaxs Alisher Navoiyning hayoti va faoliyatiga bag`ishlab yozilgan asar ekan.

O`qituvchi: Ayniqsa bu borada Navoiyning komil insonni tarbiyalash haqidagi fikrlarini misol qilishimiz mumkin.

 

 

 

 


                                        

 

 

 

 

 

 

“Topqirlar” guruhi o`quvchisi:

“Zulmat ichra nur” asari 1960-yilda yozilgan bo`lib, badiiy janriga ko`ra bir qancha hikoyalardan tashkil topgan qissa hisoblanadi.

 

1-reja bo`yicha guruhlarning ishtiroki rag`batlantirildi.

 

2-reja: “Yoshlik ayyomining ilk bahori…” hikoyasining qasqacha mazmuni o`quvchilar tomonidan bayon qilinadi.

“Bilimdonlar” guruhi: Yoshlik ayyomining ilk bahori… hikoyasida asosan Alisherning bolalik yillari hikoya qilinadi. Alisherning savodi to`rt yoshida chiqadi, kitobga havasi erta uyg`onadi. Otasi qanchalik kitob o`qishlariga “yoshsan deya” qarshilik qilsa ham baribir kitobni qo`lidan qo`ymaydi.

Bu hikoyada uning tog`alari Mirsayid va Muhammad Alilarning she`riyatga, adabiyotga ixlosi baland ekanligi, bu esa Alisherning adabiyotga, she`riyatga bo`lgan qiziqishini orttirishi haqida bayon etilgan.

 

O`quvchilarga birinchi hikoya yuzasidan savollar:

Savol: Alisher tog`alari tabiatan qanday insonlar bo`lgan?

O`quvchi: Alisherning katta tog`asi Mirsayid tabiatan jiddiy, kam gap, sipo odam bo`lgan, kichik tog`asi Muhammad Ali esa xushchaqchaq, gapdon yigit bo`lgan.

Savol: Nima uchun hikoyaga “ Yoshlik ayyomining ilk bahori” deb nom berilgan?

O`quvchi: “Yoshlik ayyomining ilk bahori” deb Alisher Navoiyning bolalik yillari nazarda tutiladi. Navoiy bolaligidan tug`ma iste`dod va tabiatan fazilat egasi. Shuning uchun “Yoshlik ayyomining ilk bahori”deb nomlanadi.

 

3-reja: “Yazd cho`li” hikoyasining mazmuni.

“Zukkolar” guruhi:

Obrazlar: Alisher, Mirsaid, G`iyosiddin bahodir, Alisherning onasi.

        Shohruh Mirzo vafotidan keyin Hirotda siyosiy ahvol og`irlashadi. Shuning uchun Alisherlar oilasi Iroqqa ko`chib ketadi. Karvon cho`li biyobonlar, sahrolardan o`tib, Yazd vodiysiga qarashli Taft qishlog`iga borib, joylashadi.

        Alisherlar oilasi Taft qishlog`ida uch yil yashaydi. U yerda Alisher Navoiy o`rtoqlari bilan mashhur olim Sarafiddin Ali Yazdiy bilan uchrashadi.

        Hirotda ahvol yaxshilangandan keyin Alisherlar oilasi o`z yurtiga qaytadi. Qaytayotganda Navoiyning oti karvondan orqada qoladi. Alisher esa uxlab qoladi. Ot esa nimadandir hurkib ketadi natijada otdan Alisher tushib qoladi va cho`lda bir o`zi qolib ketadi. Shunda sahroda yolg`iz qolgan Alisher dod- faryod solmasdan otasining Hirot kun chiqishda, Iroq kun botishda degan so`zlarini eslab kun chiqar tomonga ketadi va bu vaqtda ota-onalari ham uni izlab orqaga qaytib kelayotgan bo`ladi. Shu tariqa ular uchrashib yana yo`lida davom etadi.

3-reja bo`yicha o`quvchilarga savollar berildi.

1-savol: Alisher Navoiy Taft qishlog`ida kim bilan uchrashadi?

O`quvchi: Alisher Navoiy Taft qishlog`ida tarixchi olim Sharafiddin Ali Yazdiy bilan uchrashadi.

2-savol: Alisherlar oilasi Hirotga qaytganda xalqqa kim boshchilik qilayotgan edi?

O`quvchi: Bu vaqtda Hirotga Abulqosim Bobur boshchilik qilayotga edi.

 

IV reja: “Qushlar tili” hikoyasining mazmuni.

“Topqirlar” guruhi:

Bu hikoyada: Alisher, Husayn Boyqaro, Domla, G`iyosiddin Bahodir obrazlari berilgan.

 

 Anhor bo`yida ikki bola suvning oqishini kuzatib turardi. Ulardan biri Husayn bo`lsa, ikkinchisi Alisher edi. Alisher yoshligidanoq Farididdin Attorning “Mantiq ut -tayr” asariga mehr qo`yadi. Bu asarga mehr qo`yishiga tog`asidan eshitgan hikoyasi sabab bo`ladi.

        Alisher maktabda “Mantiq ut-tayr” ni zavq bilan o`qiyotganda ko`z o`ngida ajoyib manzara hosil bo`ldi. Lekin, domlaning qattiq tovushi uning xayolini buzib yuboradi.

        Ertasi kuni otasi Alisher bilan tortishib turganda domla kelib, uning otasi bilan salomlashib bo`lgandan so`ng u Alisherning qushlar tiliga qiziqib ketganligini va “Qur`on”ni bir chetga yig`ishtirib qo`yganligini aytadi.

        Otasi bundan xavotirlanib undan sevimli kitobini sezdirmasdan olib qo`yadi. Lekin bu kitobni Alisher yod olib bo`lgan edi.

 

Hikoya yuzasidan savollar beriladi.

Savol: Navoiyning yoshi bilan Husaynning yoshi barobarmi?

O`quvchi: Husayn Alisherdan ikki yosh katta bo`ladi.

Savol: Nima uchun hikoyaga “Qushlar tili” deb nom beriladi.

O`quvchi: Chunki Alisher Navoiy yoshligidan Farididdin Attorning “Mantiq ut-tayr” ya`ni “Qushlar tili”asariga qiziqib, mehr qo`yib, qo`lidan tashlamay sevib o`rganadi. Shuning uchun hikoyaga “Qushlar tili” deb nom beriladi. 

 

                  

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Yangi mavzu bo`yicha guruhlarning ishtiroki rag`batlantirildi.

 

V reja bo`yicha: Sahna ko`rinishi bu ko`rinishda  har bir guruhdan bittadan o`quvchi ishtirok etadi.

Qatnashuvchilar:

1.    Alisher

2.    Alisherning otasi-G`iyosiddin bahodir.

3.    Domla-Alisherning ustozi.

 

Muallif: Kechqurun. Alisherlar xonadoni. G`iyosiddin bahodir o`g`lini mehmonxonaga chaqirdi.

G`iyosiddin bahodir: Qani o`g`lim nima o`qiyotirsiz.

Alisher: Men “Yosin”ni yodlamoqdamen va sovodim ravon bo`lsin deb “Mantiq ut-tayr” ni o`qimoqdamen.

Gi`yosiddin bahodir: Eshitamenki, siz sabog`ingizni takrorlamay   doim bu kitobni yodlar va maktabdin ozod bo`lg`ondin so`ng ham do`stlaringiz bilan o`ynamay, har go`shada qushlar so`zini aytib, o`z-o`zingiz bilan gaplashar va kulib qo`yar emishsiz. Bu kitob sizni jinni qilib qo`ymasaydi-a.

Alisher: Otajon, mening to`g`rimdagi har xil bo`lmag`ur gaplarga quloq sola bermang, es-hushim joyida. Qo`rqmang jinni bo`lmaymen.

G`iyosiddin bahodir: O`shul kitobni menga bering, evaziga bozordan istagan kitobingizni olib beramen.

Alisher: Yo`q ota, yana bir hafta yonimda tursin, so`ngra olursiz.

Domla: Assalomu alaykum, mumkinmi.

G`iyosiddin bahodir: Vaalaykum assalom, keling domla.

Alisher: Assalomu alaykum, ustoz.

Domla: O`z aybini sezgan takaning qochishini qarang-a (chiqib ketayotgan Alisherga yuzlanib).

 

G`iyosiddin bahodir: Xuddi o`z vaqtida kelib qoldingizda domla. Aning savodi ravon bo`lubdir, rahmat sizga, domla.

 

Domla: (xursand holatda) Rost aytdilar Alisherning zehni o`tkir, savodi ravon, ammo achchiq bo`lsada bir haqiqatni aytmoqdin o`zni tiya olmaymen.

-o`g`lingizning qo`lidin bu kitobni tortib olib, ani o`qimoqni man etmoq kerak. Bul kitob aning xayoliga ta`sir etib telba qilib qo`ysa ajab emas.

 

G`iyosiddin bahodir: O`zim ham shundin xavotirdamen. Agar uning qolidan bu kitobni tortib olsam, xafa bo`lib qolurmi, telba bo`lib qolmasmikin.

 

Domla: Endi menga javob bering, men boray .

 

Muallif: Domla chiqib ketdi. G`iyosiddin chuqur o`yga toldi. Kitobni hozir o`g`lining qo`lidan tortib olish yaxshi emasligini payqab indamay qo`ya qoldi. Biroq Alisher ertasiga ertalab maktabga borganida sevikli kitobini yo`qolib qolganini payqadi va bundan xafa bo`lib yig`ladi. Taxta ustiga “Qur`on”ni qo`yib, go`yo uni o`qiyotgan kishidek bosh chayqab “Mantiq ut-tayr” dan ba`zi parchalarni yoddan o`qiy boshladi va o`z xotirasiga hayron qoldi. Sevikli kitobidan qaysi parchani boshlab o`qisa oxirigacha yod bilar edi. Nihoyat , butun kitobning ko`ngliga yod bo`lib qolganini payqab, o`zida yo`q xursand bo`ldi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Guruhlarning ishtirok rag`batlantirildi.

 

                                            Mustahkamlash:

O`qituvchi: Biz bugun darsimizda Navoiyning hayotiga poydevor hisoblanmish bolalik yillari, uning oilasi, o`sha davrdagi siyosiy ahvol haqida tasavvurga ega bo`ldik. Ko`rinadiki Alisher yoshligidan tug`ma iste`dod, tabiatan fazilat egasi bo`ladi. Oilaviy muhit esa uning barcha fazilatlarini shakllanishida katta ahamiyatga ega.

        O`quvchilar siz yoshligingizdan Navoiy haqida ko`p eshitgansiz, bilimlarga egasiz, shu maqsadda men hozir uch guruhga  tarqatma savollar beraman. Javoblaringizni og`zaki bayon qilasiz.

       

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

“Topqirlar” guruhiga tarqatma savol:

Nima uchun Alisher Navoiyni yuksak ma`rifat egasi deymiz?

Javob: Alisher Navoiy o`zbek tilidagi so`zlarning qo`llanish doirasini ham ilmiy, ham amaliy jihatdan isbotlab berib, turkiy tilda birinchi bo`lib mashhur “Xamsa” asarini yaratdi va o`zbek tiliga asos soldi. Shuning uchun Alisher Navoiyni yuksak ma`rifat egasi deymiz.

 

“Zukkolar ” guruhiga tarqatma savol.

Bugungi kunda yurtimizda, qolaversa jahonda Navoiy nomi qanday abadiylashtirilmoqda?

Javob: Yurtimizda har yili Navoiyning tavallud kuni bayram sifatida nishonlanadi.O`zbekiston Milliy Universitetiga Alisher Navoiy nomi berilgan 1991–yil yurtimizda “Navoiy yili” deb e`lon qilindi. Viloyatimiz markazi Navoiy shahrida “Navoiy-milliy bog`i” yaratildi.

 Rossiyaning poytaxti Moskva shahrida , Yaponiyaning poytaxti Tokioda, Ozarbayjonning poytaxti Baku shahrida Navoiy bobomizning haykali o`rnatilib, ma`naviyat siymosi sifatida ulug`lanib kelmoqda.

“Topqirlar” guruhiga tarqatma savol.

Nima uchun Alisher Navoiyni odamiylik sifatidagi ulug` shaxs deb ataymiz?

Javob: Chunki Alisher Navoiy har doim xalqining dardi, tashvishi bilan yashagan, ularning turmush sharoitini yaxshilashga harakat qilgan. Shoirimiz Muhammad Yusuf ham o`zining “Vatanim” she`rida

                  Navoiysan shoh yonida turib

                  Faqirni duo qilgan

deb  t a`riflab o`tadi. Shuning uchun biz Navoiyni odamiylik sifatidagi ulug` shaxs deb ataymiz.

 

Tarqatma savollar yuzasidan guruhlar rag`batlantirildi.

 

O`qituvchi: Hozir o`quvchilar Navoiy haqidagi tasavvurlaringizga  tayangan holda “Mening nazdimda Navoiy…” mavzusida matn yarating. Albatta Navoiy jihatlari ko`p qirrali, kimdir uning ijodi haqida yozishi mumkin, kimdir uning hayoti haqida yozishi mumkin.  

O`quvchilar matn yozishga kirishdi. Bu vaqtda, magnit tasmasidan Navoiy so`ziga bastalangan “Munojot” tinglanadi.

O`quvchilar matnidan namunalar.

1-o`quvchi: Har bir millatning manglayida porlab turgan quyoshi bo`ladi. Alisher Navoiy ham o`zbek millati manglayida porlab turgan sunmas quyoshdir. Biz avlodlar ana shu quyoshdan bahramand bo`lib, uning zarrin nurlarini qadriga yetib, avaylab-asrashimiz va e`zozlamog`imiz darkor.

 

2-o`quvchi: Olis yulduzlarning nuri ular so`nganidan keyin ham ming-ming yillar mobaynida Ona –yurtimizga yog`ilib turar ekan. Alisher Navoiy ham o`zbek nomini jahonga mashhur qilib, ona xalqimiz timsoliga aylandi, uning ummon qadar bepoyon ijodidan har kim o`z iste`dodiga yarasha bahramand bo`ladi. Biz shunday mutafakkir shoirimiz borligidan faxrlanamiz, iftixor qilamiz. Bugungi darsimiz ham Navoiyga bo`lgan ehtiromimizning bir ko`rinishidir.

 

3-o`quvchi: Bunyodkorlik-milliy istiqlol g`oyasining asosiy g`oyalaridan biri. Buyuk ajdodlarimizning bu boradagi faoliyatlari avlodlarga ibrat vazifasini o`taydi. Alisher Navoiy ham umr bo`yi yetim-yesir, beva-bechora, nogiron va muhtojlarga muruvvat ko`rsatib kelgan el-yurt uchun o`z hisobidan maktab-madrasalar, shifoxona va hammomlar, yo`l-ko`priklar, bog`-rog`lar bunyod etgan, ilm fan va madaniyat ahlining chinakam homiysi bo`lgan, shuning uchun ham biz Navoiyni odamiylik sifatidagi ulug` shaxs deb ataymiz.

 

4-o`quvchi: Men kelajakda jurnalist bo`lishni orzu qilaman. Jo`rnalist ham ijodkor hisoblanadi. Kelajakda bu orzuimga erishsam Navoiy bobomizning ochilmagan qirralarini ochib, kelajak avlodlarga yetkazishga harakat qilaman. Hozircha esa Navoiyni mukammal o`rganishim kerak.

 

Matn yaratish yuzasidan barcha guruhlar “Rag`bat ”kartochkasi olishga erishdi.

Dars davomida, faol qatnshgan o`quvchilar baholandi.

Guruhlarning  to`plagan “Rag`bat” kartochkalari orqali g`olib guruh aniqlandi.

O`qituvchi: Darsimiz so`nggida Navoiyni yaxshilik haqidagi bir baytini keltirmoqchiman.

 

Yaxshilik gar qilmasang, boru yomonlig` qilmasa,

Kim yomonlik qilmasa, qilg`oncha bordur yaxshilik.

 

        Bu so`zlari bilan Alisher Navoiy yaxshilik qilish qo`lingizdan kelmas ekan hech qo`risa yomonlik qilmang, demoqchi.

Yaxshilik qilish hayotingizni asl mazmuniga aylanishini istab darsimizga yakun yasayman.

 

Uyga vazifa: Hikoyalar yuzasidan berilgan savol va topshiriqlar ustida ishlab kelish.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 

Darsning texnоlogik xaritasi

 

Mavzu

Mirkarim OsimningYoshlik ayyomining ilk  bahori”, “Yazd cho`livaQushlar tilihikoyalari ustida ishlash.

 

Masad va vazifalar

Darsning maqsadi:   Oquvchilarning  buyuk marifatparvar  shoir Navoiy haqidagi bilim va konikmalarini kengaytirish, asarning g`oyaviy mazmuni haqida alumot berish.

Darsning talimiy vazifasi: Oquvchilarni ajdodlar xotirasiga hurmat, adolat va haqiqat mezonlari asosida halollik, jasorat, mustahkam iroda va sadoqat ruhida tarbiyalash hamda Navoiyning bolalik yillari, tug`ma iste`dod va tabiatan fazilat egasi ekanligi haqida bilim berish.

Darsning rivojlantiruvchi vazifasi:   Oquvchilarda mustaqil fikrlash va mushohada qilish ko`nikmalarini shakllantirish.

O’quv   jarayonining   mazmuni

Mirkarim OsimningZulmat ichra nurasari yuzasidan o`quvchilarga to`liq ma`lumot berish.

O’quv jarayoning  amalga oshirish   texnologiyasi

Uslub:  Aralash

Shakl:     Jamoa va kichik guruhlarda ishlash

Vosita:   Elektron resurslar;

Usul:   Darslik asosida

 

Kutiladigan  natijalar

Oquvchilarning asar  haqidagi bilim,konikmalari rivojlanadi;ularning Navoiy haqidagi malumotlari kengayadi  va  kelgusida qollashga erishadi.

Kelgusi  rejalar (tahlil o’zgarishlkar)

Oqituvchi oz faoliyatining tahlili asosida   yoki hamkasblarining tahlil va takliflari asosida  keyingi darslarga ozgartirishlar kiritadi  va rejalashtiradi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

O`qituvchi:          Nazarova M.I

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

                        

 

 

Sana : _________

 

Sinf: 7-“V”

 

Mavzu:      Mirkarim Osimning “Zulmat ichra nur ” asari yuzasidan berilgan   “Yoshlik ayyomining ilk bahori”, “Yazd cho`li” va  “Qushlar tili” hikoyalari ustida ishlash.

 

Darsning maqsadi:

 

f)     Ta`limiy maqsad: o`quvchilarga Navoiyning bolalik yillari, tug`ma iste`dod va tabiatan fazilat egasi ekanligi haqida bilim berish;

g)   Tarbiyaviy maqsad: o`quvchilarni ajdodlar xotirasiga hurmat, adolat va haqiqat mezonlari asosida halollik, jasorat, mustahkam iroda va sadoqat ruhida tarbiyalash.

h)   Rivojlantiruvchi maqsad: o`quvchilarda mustaqil fikrlash va mushohada qilish ko`nikmalarini shakllantirish;

i)      Kasbga yo`llovchi maqsad: o`quvchilarni ijodkor ahliga hurmat ruhida tarbiyalash;

j)       Mafkuraviy maqsad: o`quvchilarga Navoiyning bunyodkorlik faoliyatini singdirish.

 

Darsning uslubi:Savol-javob, bahs munozara.

 

Darsning tipi: Yangi bilimlarni o`zlashtirih.

 

Darsning jihozi: Darslik, kompyuter, proyektor, tarqatma savollar.

 Mirkarim Osim asarlari, I.A.Karimovning Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch va   “Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi, O`zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo`llari va choralari” asarlari,   Alisher Navoiy asarlari, Oybekning Navoiy romani,

 

              

 

 

 

     Darsning bosqichlari va vaqt taqsimoti:

 

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

Uy vazifasini so`rash

Yangi mavzuni boshlashga hozirlik

 

5 daqiqa

3

Yangi mavzuni yoritish:

c)   Yangi bilimlarni o`zlashtirish

d)  Tahlil qilish

 

20 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

a)Tarqatma savollar

b) Matn yaratish

8 daqiqa

 

5

Darsga yakun yasash va baholash

2 daqiqa

 

6

Uyga vazifa

2 daqiqa

                                                   

                                             Darsning borishi

I. Tashkiliy qism:

a)Navbatchi o`quvchining hisoboti.

b)Kunning muhim voqealariga to`xtalish.

O`qituvchi: Yurtimizda va jahonda ro`y berayotgan muhim siyosiy voqealar haqida kim to`xtaladi?

1-o`quvchi: Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi natijasida Yaponiyada va Amerikada ayrim banklar inqirozga uchraganligi haqida matbuotlarda xabarlar berilmoqda. Aslida inqirozdan chiqish uchun banklarning faoliyati muhim ahamiyatga ega.

O`qituvchi: Darhaqiqat Prezidentimiz ham o`zlarining “Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi, O`zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo`llari va choralari” asarida  bank tizimiga oid quyidagi fikrlarni aytib o`tadilar:

-        Banklar butun iqtisodiyotimizni oziqlantirib turadigan qon tomirlari hisoblanadi. Mamlakatimizning moliyaviy-iqtisodiy barqarorligi ko`p jihatdan ularning samarali faoliyatiga bog`liq.

O`quvchi: Shu kunlarda Respublikamiz bo`ylab o`zbek tiliga “Davlat tili” maqomi berilganligining 20 yilligi joylarda tantanali nishonlanmoqda.

O`qituvchi: Hurmatli o`quvchilar, darsimiz adabiyot. Biz ham bugungi darsimizni o`zbek tiliga “Davlat tili” maqomi berilganining qutlug` 20 yilligiga bag`ishlaymiz. Shu munosabat bilan darsimizning tashkiliy qismida ona tilimizning go`zalligi va jozibadorligini ulug`lovchi shoirlarimizning so`zlariga quloq tutamiz-da, adabiyot olamiga kirib olamiz, marhamat.

1-o`quvchi:

Tarixning zarvarli silsilasida,

Alp donishlar o`tgan turonim yurtim.

Istiqlol bayrog`in baland ko`targan,

Davlat tiling qutlug`, O`zbekistonim.

2-o`quvchi:

O`tda yonding suvda cho`kding, goho muzlading,

O`zbegimning tarixini elga so`zlading,

Ingrading goh dodlab buzlading,

Qodiriylar taqdiridan tilim-tilimsan,

Tariximsan, taqdirimsan, o`zbek tilimsan.

 

(2 ta o`quvchi “O`zbek tili”siymosida davraga kirib keladida, o`zbek tilini she`riy tarzda izohlab beradi).

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


3-o`quvchi:

Assalomu alaykum, ey nuri ziyolarim,

Alpomish, Barchinoyu, Rustamu dostonlarim

Yurtimning kelajagi, ey bag`ri osmonlarim

Davralarda o`zbekcha, so`zligingiz muborak

O`zbekona lutfingiz, o`zligingiz muborak.

Men sizning farishtadek onangiz allasiman,

Karnay-surnay nog`ora, hofizning yallasiman.

Men otalar pandiyu, onalarning duosi

Men ham sizdek shu yurtning gavhari donosiman.

Ollohning dilingizga solgan qo`shig`iman men

Shu yurtga fidolarning shaydo oshug`iman men.

Yaxshilikka ellarning dilini asir etgan

Mard, sherdil o`glonlarning buyuk beshigiman men.

4-o`quvchi:

 Qoshqariy, Yugnakiyman, Xos Hojib, Yassaviyman

Lutfiyning shirin lutfi, Navoiy navosiman

Boburdayin shohlarning shoir etgan zabonman

Mashrab, Muqimiy, Furqat, Nodirai davronman

Men jahongir Temurning o`tlig` zabonidurman

Beruniyning ilmga talpingan jonidurman,

Ulug`bek, Ali Qushchi, ushlagan qalamdurman,

Qodiriy qalamidan to`kilgan alamdurman

Kelajagi buyuk yurt, O`zbekiston sizniki,

Sog`lom avlod o`zingiz, go`zal bo`ston sizniki.

Uching orzu, o`tida sohibkamol bo`lingiz

Kelajak sari boring, jumla jahon sizniki.

 

O`qituvchi: Yuqoridagi satrlarda tilga olingan ulug` ajdodlarimizning hayotdagi zukkoligi, donoligi darsimiz davomida hammamizga kuch –quvvat bag`ishlaydi degan umiddaman.

  Prezidentimizning “Bizga bitiruvchilar emas, maktab ta`lim-tarbiyasini ko`rgan yoshlar kerak” degan chaqiriqlariga “Labbay” deb javob bergan holda darsimizning asosiy qismiga o`tamiz.

        Bugungi darsimizni III guruh o`rtasida musobaqa asosida o`tkazamiz.

 

I guruh: “Bilimdonlar”

II guruh: “Zukkolar”

III guruh: “Topqirlar” nomi ostida bellashadilar.

Guruhlarning javoblari “Rag`bat” va “Jarima” kartochkalari asosida baholanib boriladi. Qaysi guruh ko`p “Rag`bat” to`plasa g`olib sanaladi.

 

O`qituvchi: Uyga vazifa qilib qanday topshiriq berilgan edi.

 

O`quvchi: Mirkarim Osimning hayoti va ijodini o`rganib kelish.

 

Uyga vazifa yuzasidan guruhlarga o`qituvchi tomonidan savollar berildi.

 “Bilimdonlar”guruhiga.

1-savol.Mirkarim Osim haqida nimalar deya olasiz?

O`quvchi: “Tarixini unitgan, o`z ajdodlarining qadriga yetmaydigan, millatning istiqboli yo`q” degan edi yurtboshimiz Islom Karimov. Darhaqiqat Mirkarim Osim ham tariximizni mukammal o`rganib, o`zbek adabiyotimizda tarixchi adib sifatida o`z o`rniga va mavqeyiga ega bo`ldi. Mirkarim Osim 1907-1984-yillar oralig`ida yashab ijod etgan. Bu inson ijodining boshida she`rlar yozdi. Keyinchalik esa tarix fanidan qo`llanma va tavsiyalar, darsliklar yaratdi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


“Zukkolar” guruhiga.

2-savol. Tarixchi adibning asarlarini davriy jihatdan necha guruhga ajratish mumkin va bu davrlarning nomlarini ayting?

O`quvchi: Adibning asarlarini davriy jihatdan 3 guruhga ajratish mumkin.

4.    Tariximizning qadimgi davrlari haqida hikoyalar. (Eron shohlari, Aleksandr Makedonskiy, Arab xalifaligi bosqini).

5.    O`rta asrlardan tarixidan hikoya qiluvchi asarlar. (Mo`g`illar istilosi va fan madaniyat arboblari haqida tarjimayi hol, qissa va hikoyalar).

6.    XVIII asrdan to oktabr to`ntarishiga qadar bo`lgan davr tarixiy hayoti haqidagi asarlar.

 

“Topqirlar”guruhiga.

Savol : Mirkarim Osim asarlarini mavzu yo`nalishi bo`yicha qanday tahlil qilish mumkin?

O`quvchi: Mirkarim Osim asarlarini uch katta mavzu yo`nalishi bo`yicha tahlil qilish mumkin.

4.    Tarixiy-qahramonlik mavzusidagi asarlar.

5.    Tarixiy- maishiy mavzudagi asarlar.

6.    Tarixiy tarjimayi hol asarlari.

“Bilimdonlar”guruhiga.

Savol: Tarixiy qahramonlik mavzudagi asarlariga qaysilar kiradi?

O`quvchi: “O`tror”, “To`maris”, “Temur Malik”, “Aleksandr va Spitamen” kabi asarlarini kiritish mumkin.

 

“Zukkolar” guruhiga.

Savol: Maishiy mavzudagi asarlarga qaysilar kiradi?

O`quvchi: “Moxlaroyim va Xonposhsha”, “Karvon qo`ng`irog`i”, “Elchilar” kabi asarlari kiradi.

 

“Topqirlar” guruhiga.

Savol: Tarjimayi hol tarzidagi asarlarga qaysilari kiradi?

O`quvchi: “Zulmat ichra nur”, “Jayhun ustida bulutlar” (Beruniy), “Ibn Sino qissasi”, “Aljabrning tug`ilishi” (Al Xorazmiy), “Singan setor” (Mashrab) kabi qissalarini ko`rsatish mumkin.

 

Uyga vazifa bo`yicha o`quvchilarning javobiga ko`ra guruhlar baholandi.

                                           Yangi mavzu:

Mirkarim Osimning “Zulmat ichra nur ” asari yuzasidan berilgan  “Yoshlik ayyomining ilk bahori”, “Yazd cho`li” va “Qushlar tili” hikoyalari ustida ishlash.

                                 

                                  Darsning rejasi:

7.    “Zulmat ichra nur”asari haqida ma`lumot.

8.    “Yoshlik ayyomining ilk bahori” hikoyasining g`oyaviy mazmuni.

9.    “Yazd cho`li” hikoyasi haqida.

10.                     “Qushlar tili” Navoiyning sevimli kitobi.

11.                     Sahna ko`rinishi…

12.                     “Mening nazdimda Navoiy…” mavzusida matn yaratish.

 

1-reja bo`yicha o`quvchilarning fikrlari tinglandi.

 

“Bilimdonlar” guruhi o`quvchisi: Prezidentimiz Islom Karimov o`zlarining “Yuksak ma`naviyat- yengilmas kuch” asarida “Biz bu ulug` zotni avliyo desak avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak shorlarning sultonidir” deb, o`zbek tilimizning asoschisi odamiylik sifatidagi ulug` shaxs Alisher Navoiyga ta`rif berib o`tadilar. Mirkarim Osimning “Zulmat ichra nur” qissasi ham bevosita ana shu insonning hayot yo`li, ijodi va faoliyatiga bag`ishlab yozilgan tarjimayi hol tarzidagi asardir.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


O`qituvchi: Bundan ko`rinadiki Mirkarim Osimning “Zulmat ichra nur” qissasi millatimizning faxri, iftixori, xalqimizning timsoliga aylangan ulug` shaxs Alisher Navoiyning hayoti va faoliyatiga bag`ishlab yozilgan asar ekan.

“Zukkolar” guruhi o`quvchisi: Hammamizga ma`lumki Xalq Ta`limi Vazirligi tomonidan 2009-2010-o`quv yili ta`lim muassasalarida “Ma`naviy va ma`rifiy ishlar samaradorligi” o`quv yili deb e`lon qilindi. Shunday ekan maktabda ma`naviy va ma`rifiy ishlar samaradorligini oshirishda bizga eng avvalo Navoiy va Navoiy kabi ulug` ajdodlarimizning hayoti, faoliyati, adabiy merosi namuna vositasi bo`lib xizmat qiladi.

O`qituvchi: Ayniqsa bu borada Navoiyning komil insonni tarbiyalash haqidagi fikrlarini misol qilishimiz mumkin.

 

 

 

 


                                        

 

 

 

 

 

 

“Topqirlar” guruhi o`quvchisi:

“Zulmat ichra nur” asari 1960-yilda yozilgan bo`lib, badiiy janriga ko`ra bir qancha hikoyalardan tashkil topgan qissa hisoblanadi.

 

1-reja bo`yicha guruhlarning ishtiroki rag`batlantirildi.

 

2-reja: “Yoshlik ayyomining ilk bahori…” hikoyasining qasqacha mazmuni o`quvchilar tomonidan bayon qilinadi.

“Bilimdonlar” guruhi: Yoshlik ayyomining ilk bahori… hikoyasida asosan Alisherning bolalik yillari hikoya qilinadi. Alisherning savodi to`rt yoshida chiqadi, kitobga havasi erta uyg`onadi. Otasi qanchalik kitob o`qishlariga “yoshsan deya” qarshilik qilsa ham baribir kitobni qo`lidan qo`ymaydi.

Bu hikoyada uning tog`alari Mirsayid va Muhammad Alilarning she`riyatga, adabiyotga ixlosi baland ekanligi, bu esa Alisherning adabiyotga, she`riyatga bo`lgan qiziqishini orttirishi haqida bayon etilgan.

 

O`quvchilarga birinchi hikoya yuzasidan savollar:

Savol: Alisher tog`alari tabiatan qanday insonlar bo`lgan?

O`quvchi: Alisherning katta tog`asi Mirsayid tabiatan jiddiy, kam gap, sipo odam bo`lgan, kichik tog`asi Muhammad Ali esa xushchaqchaq, gapdon yigit bo`lgan.

Savol: Nima uchun hikoyaga “ Yoshlik ayyomining ilk bahori” deb nom berilgan?

O`quvchi: “Yoshlik ayyomining ilk bahori” deb Alisher Navoiyning bolalik yillari nazarda tutiladi. Navoiy bolaligidan tug`ma iste`dod va tabiatan fazilat egasi. Shuning uchun “Yoshlik ayyomining ilk bahori”deb nomlanadi.

 

3-reja: “Yazd cho`li” hikoyasining mazmuni.

“Zukkolar” guruhi:

Obrazlar: Alisher, Mirsaid, G`iyosiddin bahodir, Alisherning onasi.

        Shohruh Mirzo vafotidan keyin Hirotda siyosiy ahvol og`irlashadi. Shuning uchun Alisherlar oilasi Iroqqa ko`chib ketadi. Karvon cho`li biyobonlar, sahrolardan o`tib, Yazd vodiysiga qarashli Taft qishlog`iga borib, joylashadi.

        Alisherlar oilasi Taft qishlog`ida uch yil yashaydi. U yerda Alisher Navoiy o`rtoqlari bilan mashhur olim Sarafiddin Ali Yazdiy bilan uchrashadi.

        Hirotda ahvol yaxshilangandan keyin Alisherlar oilasi o`z yurtiga qaytadi. Qaytayotganda Navoiyning oti karvondan orqada qoladi. Alisher esa uxlab qoladi. Ot esa nimadandir hurkib ketadi natijada otdan Alisher tushib qoladi va cho`lda bir o`zi qolib ketadi. Shunda sahroda yolg`iz qolgan Alisher dod- faryod solmasdan otasining Hirot kun chiqishda, Iroq kun botishda degan so`zlarini eslab kun chiqar tomonga ketadi va bu vaqtda ota-onalari ham uni izlab orqaga qaytib kelayotgan bo`ladi. Shu tariqa ular uchrashib yana yo`lida davom etadi.

3-reja bo`yicha o`quvchilarga savollar berildi.

1-savol: Alisher Navoiy Taft qishlog`ida kim bilan uchrashadi?

O`quvchi: Alisher Navoiy Taft qishlog`ida tarixchi olim Sharafiddin Ali Yazdiy bilan uchrashadi.

2-savol: Alisherlar oilasi Hirotga qaytganda xalqqa kim boshchilik qilayotgan edi?

O`quvchi: Bu vaqtda Hirotga Abulqosim Bobur boshchilik qilayotga edi.

 

IV reja: “Qushlar tili” hikoyasining mazmuni.

“Topqirlar” guruhi:

Bu hikoyada: Alisher, Husayn Boyqaro, Domla, G`iyosiddin Bahodir obrazlari berilgan.

 

 Anhor bo`yida ikki bola suvning oqishini kuzatib turardi. Ulardan biri Husayn bo`lsa, ikkinchisi Alisher edi. Alisher yoshligidanoq Farididdin Attorning “Mantiq ut -tayr” asariga mehr qo`yadi. Bu asarga mehr qo`yishiga tog`asidan eshitgan hikoyasi sabab bo`ladi.

        Alisher maktabda “Mantiq ut-tayr” ni zavq bilan o`qiyotganda ko`z o`ngida ajoyib manzara hosil bo`ldi. Lekin, domlaning qattiq tovushi uning xayolini buzib yuboradi.

        Ertasi kuni otasi Alisher bilan tortishib turganda domla kelib, uning otasi bilan salomlashib bo`lgandan so`ng u Alisherning qushlar tiliga qiziqib ketganligini va “Qur`on”ni bir chetga yig`ishtirib qo`yganligini aytadi.

        Otasi bundan xavotirlanib undan sevimli kitobini sezdirmasdan olib qo`yadi. Lekin bu kitobni Alisher yod olib bo`lgan edi.

 

Hikoya yuzasidan savollar beriladi.

Savol: Navoiyning yoshi bilan Husaynning yoshi barobarmi?

O`quvchi: Husayn Alisherdan ikki yosh katta bo`ladi.

Savol: Nima uchun hikoyaga “Qushlar tili” deb nom beriladi.

O`quvchi: Chunki Alisher Navoiy yoshligidan Farididdin Attorning “Mantiq ut-tayr” ya`ni “Qushlar tili”asariga qiziqib, mehr qo`yib, qo`lidan tashlamay sevib o`rganadi. Shuning uchun hikoyaga “Qushlar tili” deb nom beriladi. 

 

Yangi mavzu bo`yicha guruhlarning ishtiroki rag`batlantirildi.

 

V reja bo`yicha: Sahna ko`rinishi bu ko`rinishda  har bir guruhdan bittadan o`quvchi ishtirok etadi.

Qatnashuvchilar:

4.    Alisher

5.    Alisherning otasi-G`iyosiddin bahodir.

6.    Domla-Alisherning ustozi.

 

Muallif: Kechqurun. Alisherlar xonadoni. G`iyosiddin bahodir o`g`lini mehmonxonaga chaqirdi.

G`iyosiddin bahodir: Qani o`g`lim nima o`qiyotirsiz.

Alisher: Men “Yosin”ni yodlamoqdamen va sovodim ravon bo`lsin deb “Mantiq ut-tayr” ni o`qimoqdamen.

Gi`yosiddin bahodir: Eshitamenki, siz sabog`ingizni takrorlamay   doim bu kitobni yodlar va maktabdin ozod bo`lg`ondin so`ng ham do`stlaringiz bilan o`ynamay, har go`shada qushlar so`zini aytib, o`z-o`zingiz bilan gaplashar va kulib qo`yar emishsiz. Bu kitob sizni jinni qilib qo`ymasaydi-a.

Alisher: Otajon, mening to`g`rimdagi har xil bo`lmag`ur gaplarga quloq sola bermang, es-hushim joyida. Qo`rqmang jinni bo`lmaymen.

G`iyosiddin bahodir: O`shul kitobni menga bering, evaziga bozordan istagan kitobingizni olib beramen.

Alisher: Yo`q ota, yana bir hafta yonimda tursin, so`ngra olursiz.

Domla: Assalomu alaykum, mumkinmi.

G`iyosiddin bahodir: Vaalaykum assalom, keling domla.

Alisher: Assalomu alaykum, ustoz.

Domla: O`z aybini sezgan takaning qochishini qarang-a (chiqib ketayotgan Alisherga yuzlanib).

 

G`iyosiddin bahodir: Xuddi o`z vaqtida kelib qoldingizda domla. Aning savodi ravon bo`lubdir, rahmat sizga, domla.

 

Domla: (xursand holatda) Rost aytdilar Alisherning zehni o`tkir, savodi ravon, ammo achchiq bo`lsada bir haqiqatni aytmoqdin o`zni tiya olmaymen.

-o`g`lingizning qo`lidin bu kitobni tortib olib, ani o`qimoqni man etmoq kerak. Bul kitob aning xayoliga ta`sir etib telba qilib qo`ysa ajab emas.

 

G`iyosiddin bahodir: O`zim ham shundin xavotirdamen. Agar uning qolidan bu kitobni tortib olsam, xafa bo`lib qolurmi, telba bo`lib qolmasmikin.

 

Domla: Endi menga javob bering, men boray .

 

Muallif: Domla chiqib ketdi. G`iyosiddin chuqur o`yga toldi. Kitobni hozir o`g`lining qo`lidan tortib olish yaxshi emasligini payqab indamay qo`ya qoldi. Biroq Alisher ertasiga ertalab maktabga borganida sevikli kitobini yo`qolib qolganini payqadi va bundan xafa bo`lib yig`ladi. Taxta ustiga “Qur`on”ni qo`yib, go`yo uni o`qiyotgan kishidek bosh chayqab “Mantiq ut-tayr” dan ba`zi parchalarni yoddan o`qiy boshladi va o`z xotirasiga hayron qoldi. Sevikli kitobidan qaysi parchani boshlab o`qisa oxirigacha yod bilar edi. Nihoyat , butun kitobning ko`ngliga yod bo`lib qolganini payqab, o`zida yo`q xursand bo`ldi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Guruhlarning ishtirok rag`batlantirildi.

 

                                           

                                         Mustahkamlash:

O`qituvchi: Biz bugun darsimizda Navoiyning hayotiga poydevor hisoblanmish bolalik yillari, uning oilasi, o`sha davrdagi siyosiy ahvol haqida tasavvurga ega bo`ldik. Ko`rinadiki Alisher yoshligidan tug`ma iste`dod, tabiatan fazilat egasi bo`ladi. Oilaviy muhit esa uning barcha fazilatlarini shakllanishida katta ahamiyatga ega.

        O`quvchilar siz yoshligingizdan Navoiy haqida ko`p eshitgansiz, bilimlarga egasiz, shu maqsadda men hozir uch guruhga  tarqatma savollar beraman. Javoblaringizni og`zaki bayon qilasiz.

“Topqirlar” guruhiga tarqatma savol:

Nima uchun Alisher Navoiyni yuksak ma`rifat egasi deymiz?

Javob: Alisher Navoiy o`zbek tilidagi so`zlarning qo`llanish doirasini ham ilmiy, ham amaliy jihatdan isbotlab berib, turkiy tilda birinchi bo`lib mashhur “Xamsa” asarini yaratdi va o`zbek tiliga asos soldi. Shuning uchun Alisher Navoiyni yuksak ma`rifat egasi deymiz.

 

“Zukkolar ” guruhiga tarqatma savol.

Bugungi kunda yurtimizda, qolaversa jahonda Navoiy nomi qanday abadiylashtirilmoqda?

Javob: Yurtimizda har yili Navoiyning tavallud kuni bayram sifatida nishonlanadi.O`zbekiston Milliy Universitetiga Alisher Navoiy nomi berilgan 1991–yil yurtimizda “Navoiy yili” deb e`lon qilindi. Viloyatimiz markazi Navoiy shahrida “Navoiy-milliy bog`i” yaratildi.

 Rossiyaning poytaxti Moskva shahrida , Yaponiyaning poytaxti Tokioda, Ozarbayjonning poytaxti Baku shahrida Navoiy bobomizning haykali o`rnatilib, ma`naviyat siymosi sifatida ulug`lanib kelmoqda.

“Topqirlar” guruhiga tarqatma savol.

Nima uchun Alisher Navoiyni odamiylik sifatidagi ulug` shaxs deb ataymiz?

Javob: Chunki Alisher Navoiy har doim xalqining dardi, tashvishi bilan yashagan, ularning turmush sharoitini yaxshilashga harakat qilgan. Shoirimiz Muhammad Yusuf ham o`zining “Vatanim” she`rida

                  Navoiysan shoh yonida turib

                  Faqirni duo qilgan

deb  t a`riflab o`tadi. Shuning uchun biz Navoiyni odamiylik sifatidagi ulug` shaxs deb ataymiz.

 

Tarqatma savollar yuzasidan guruhlar rag`batlantirildi.

 

O`qituvchi: Hozir o`quvchilar Navoiy haqidagi tasavvurlaringizga  tayangan holda “Mening nazdimda Navoiy…” mavzusida matn yarating. Albatta Navoiy jihatlari ko`p qirrali, kimdir uning ijodi haqida yozishi mumkin, kimdir uning hayoti haqida, yana shuni qo`shimcha qilmoqchimanki Prezidentimiz 2009-yilni “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi” yili deb e`lon qildi. Navoiy ham o`z yurtini taraqqiy ettirish hamda xalqini farovon yashashi uchun bir qancha bunyodkorlik ishlarini amalga oshirgan. Shu sifatlarni ham kiritishingiz mumkin.

O`quvchilar matn yozishga kirishdi. Bu vaqtda, magnit tasmasidan Navoiy so`ziga bastalangan “Munojot” tinglanadi.

O`quvchilar matnidan namunalar.

1-o`quvchi: Har bir millatning manglayida porlab turgan quyoshi bo`ladi. Alisher Navoiy ham o`zbek millati manglayida porlab turgan sunmas quyoshdir. Biz avlodlar ana shu quyoshdan bahramand bo`lib, uning zarrin nurlarini qadriga yetib, avaylab-asrashimiz va e`zozlamog`imiz darkor.

 

2-o`quvchi: Olis yulduzlarning nuri ular so`nganidan keyin ham ming-ming yillar mobaynida Ona –yurtimizga yog`ilib turar ekan. Alisher Navoiy ham o`zbek nomini jahonga mashhur qilib, ona xalqimiz timsoliga aylandi, uning ummon qadar bepoyon ijodidan har kim o`z iste`dodiga yarasha bahramand bo`ladi. Biz shunday mutafakkir shoirimiz borligidan faxrlanamiz, iftixor qilamiz. Bugungi darsimiz ham Navoiyga bo`lgan ehtiromimizning bir ko`rinishidir.

 

3-o`quvchi: Bunyodkorlik-milliy istiqlol g`oyasining asosiy g`oyalaridan biri. Buyuk ajdodlarimizning bu boradagi faoliyatlari avlodlarga ibrat vazifasini o`taydi. Alisher Navoiy ham umr bo`yi yetim-yesir, beva-bechora, nogiron va muhtojlarga muruvvat ko`rsatib kelgan el-yurt uchun o`z hisobidan maktab-madrasalar, shifoxona va hammomlar, yo`l-ko`priklar, bog`-rog`lar bunyod etgan, ilm fan va madaniyat ahlining chinakam homiysi bo`lgan, shuning uchun ham biz Navoiyni odamiylik sifatidagi ulug` shaxs deb ataymiz.

 

4-o`quvchi: Men kelajakda jurnalist bo`lishni orzu qilaman. Jo`rnalist ham ijodkor hisoblanadi. Kelajakda bu orzuimga erishsam Navoiy bobomizning ochilmagan qirralarini ochib, kelajak avlodlarga yetkazishga harakat qilaman. Hozircha esa Navoiyni mukammal o`rganishim kerak.

 

Matn yaratish yuzasidan barcha guruhlar “Rag`bat ”kartochkasi olishga erishdi.

Dars davomida, faol qatnshgan o`quvchilar baholandi.

Guruhlarning  to`plagan “Rag`bat” kartochkalari orqali g`olib guruh aniqlandi.

O`qituvchi: Darsimiz so`nggida Navoiyni yaxshilik haqidagi bir baytini keltirmoqchiman.

 

Yaxshilik gar qilmasang, boru yomonlig` qilmasa,

Kim yomonlik qilmasa, qilg`oncha bordur yaxshilik.

 

        Bu so`zlari bilan Alisher Navoiy yaxshilik qilish qo`lingizdan kelmas ekan hech qo`risa yomonlik qilmang, demoqchi.

Yaxshilik qilish hayotingizni asl mazmuniga aylanishini istab darsimizga yakun yasayman.

 

Uyga vazifa: Hikoyalar yuzasidan berilgan savol va topshiriqlar ustida ishlab kelish.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Sana :

Sinf:

 

Mavzu:        “Yoshlik ayyomining ilk bahori”, “Yazd cho`li” va

                                     “Qushlar tili” hikoyalari.

 

 

Darsning maqsadi:

k)    Ta`limiy maqsad: o`quvchilarga Navoiyning bolalik yillari, tug`ma iste`dod va tabiatan fazilat egasi ekanligi haqida bilim berish;

l)      Tarbiyaviy: o`quvchilarni ajdodlar xotirasiga hurmat, adolat va haqiqat mezonlari asosida halollik, jasorat, mustahkam iroda va sadoqat ruhida tarbiyalsh.

m) Rivojlantiruvchi maqsad: o`quvchilarda mustaqil fikrlash va mushohada qilish ko`nikmalarini shakllantirish;

n)    Kasbga yo`llovchi maqsad: o`quvchilarni ijodkor ahliga hurmat ruhida tarbiyalsh;

o)    Milliy va mafkuraviy maqsad: o`quvchilarga Navoiyning bunyodkorlik faoliyatini singdirish.

Darsning uslubi:

Darsning tipi:

Darsning jihozi:

 

                Darsning bosqichlari va vaqt taqsimoti:

 

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

Yangi mavzuni boshlashga hozirlik

Uy vazifasini so`rash

 

5 daqiqa

3

Yangi mavzuni yoritish:

e)    munozara

f)     tahlil qilish

 

20 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

8 daqiqa

 

5

Darsga yakun yasash va baholash

2 daqiqa

 

6

Uyga vazifa

2 daqiqa

 

                                            Darsning borishi

I.Tashkiliy qism:

a)Navbatchi o`quvchining hisoboti.

b)Kunning muhim voqealariga to`xtalish.

 

O`qituvchi: Hurmatli o`quvchilar, darsimiz adabiyot. Bugungi darsimizni o`zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining qutlug` 20 yilligiga bag`ishlaymiz. Shu munosabat bilan darsimizning tshkiliy qismida ona tilimizning go`zalligi va jozibadorligini ulug`lovchi shoirlarimizning so`zlariga quloq tutamiz-da, adabiyot olamiga kirib olamiz, marhamat.

1-o`quvchi:

Tarixning zarvarli silsilasida,

Alp donishlar o`tgan turonim yurtim.

Istiqlol bayrog`in baland ko`targan,

Davlat tiling qutlug`, O`zbekistonim.

2-o`quvchi:

O`tda yonding suvda cho`kding, goho muzlading,

O`zbegimning tarixini elga so`zlading,

Ingrading goh dodlab buzlading,

Qodiriylar taqdiridan tilim-tilimsan,

Tariximsan, taqdirimsan, o`zbek tilimsan.

3-o`quvchi:

Assalomu alaykum, ey nuri ziyolarim,

Alpomish, Barchinoyu, Rustamu dostonlarim

Yurtimning kelajagi, ey bag`ri osmonlarim

Davralarda o`zbekcha, so`zligingiz muborak

O`zbekona lutfingiz, o`zligingiz muborak.

Men sizning farishtadek onangiz allasiman,

Karnay-surnay nog`ora, hofizning yallasiman.

Men otalar pandiyu, onalarning duosi

Men ham sizdek shu yurtning gavhari donosiman.

Ollohning dilingizga solgan qo`shig`iman men

Shu yurtga fidolarning shaydo oshug`iman men.

Yaxshilikka ellarning dilini asir etgan

Mard, sherdil o`glonlarning buyuk beshigiman men.

4-o`quvchi:

 Qoshqariy, Yugnakiyman, Xos Hojib, Yassaviyman

Lutfiyning shirin lutfi, Navoiy navosiman

Boburdayin shohlarning shoir etgan zabonman

Mashrab, Muqimiy, Furqat, Nodirai davronman

Men jahongir Temurning o`tlig` zabonidurman

Beruniyning ilmga talpingan jonidurman,

Ulug`bek, Ali Qushchi, ushlagan qalamdurman,

Qodiriy qalamidan to`kilgan alamdurman

Kelajagi buyuk yurt, O`zbekiston sizniki,

Sog`lom avlod o`zingiz, go`zal bo`ston sizniki.

Uching orzu, o`tida sohibkamol bo`lingiz

Kelajak sari boring, jumla jahon sizniki.

 

O`qituvchi: Prezidentmizning “Bizga bitiruvchilar emas, maktab ta`lim-tarbiyasini ko`rgan yoshlar kerak” degan chaqiriqlariga “Labbay” deb javob bergan holda darsimizning asosiy qismiga o`tamiz.

         Bugungi darsimizni III guruh o`rtasida musobaqa asosida o`tkazamiz. Guruhlarning javoblari “Rag`bat” va “Jarima” kartochkalari asosida baholanib boriladi. Qaysi guruh ko`p “Rag`bat” to`plasa g`olib sanaladi.

 

Uyga vazifa. Mirkarim Osimning hayoti va ijodi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Uyga vazifa yuzasidan  savollar.

 I guruhga.

1-savol.Mirkarim Osim haqida nimalar deya olasiz?

Javob: “Tarixini unitgan, o`z ajdodlarining qadriga yetmaydigan, millatning istiqboli yo`q” degan edi yurtboshimiz Islom Karimov. Darhaqiqat Mirkarim Osim ham tariximizni mukammal o`rganib, o`zbek adabiyotimizda tarixchi adib sifatida o`z o`rniga va mavqeyiga ega bo`ldi. Mirkarim Osim 1907-1984-yillar oralig`ida yashab ijod etgan. Bu inson ijodining boshida she`rlar yozdi. Keyinchalik esa tarix fanidan qo`llanma va tavsiyalar, darsliklar yaratdi.

II guruhga.

2-savol. Tarixchi adibning asarlarini davriy jihatdan necha guruhga ajratish mumkin va bu davrlarning nomlarini ayting?

Javob: Adibning asarlarini davriy jihatdan 3 guruhga ajratish mumkin.

7.    Tariximizning qadimgi davrlari haqida hikoyalar. (Eron shohlari, Aleksandr Makedonskiy, Arab xalifaligi bosqini).

8.    O`rta asrlardan tarixidan hikoya qiluvchi asarlar. (Mo`g`illar istilosi va fan madaniyat arboblari haqida tarjimayi hol, qissa va hikoyalar).

9.    XVIIII asrdan to oktabr to`ntarishiga qadar bo`lgan davr tarixiy hayoti haqidagi asarlar.

 

III guruhga.

Savol : Mirkarim Osim asarlarini mavzu yo`nalishi bo`yicha qanday tahlil qilish mumkin?

Javob: Mirkarim Osim asarlarini uch katta mavzu yo`nalishi bo`yicha tahlil qilish mumkin.

7.    Tarixiy-qahramonlik mavzusidagi asarlar.

8.    Tarixiy- maishiy mavzudagi asarlar.

9.    Tarixiy tarjimayi hol asarlari.

I-guruhga.

Savol: Tarixiy qahramonlik mavzudagi asarlariga qaysilar kiradi?

Javob: “O`tror”, “To`maris”, “Temur Malik”, “Aleksandr va Spitamen” kabi asarlarini kiritish mumkin.

 

II guruhga.

Savol: Maishiy mavzudagi asarlarga qaysilar kiradi?

Javob: “Moylaroyim va Xonposhsha”, “Karvon qo`ng`irog`i”, “Elchilar” kabi asarlar kiradi.

 

II guruhga.

Savol: Tarjinayi hol tarzidagi asarlarga qaysilari kiradi?

Javob: “Zulmat ichra nur”, “Jayhun ustida bulutlar” (Beruniy), “Ibn Sino qissasi”, “Aljabrning tug`ilishi” (Al Xorazmiy), “Singan setor” (Mashrab) kabi qissalarini ko`rsatish mumkin.

 

Uyga vazifa bo`yicha o`quvchilarning javobiga ko`ra guruhlar baholandi.

Yangi mavzu:

“Yoshlik ayyomining ilk bahori”,

“Yazd cho`li” va “Qushlar tili” hikoyalari.

                                 

                                  Darsning rejasi:

1.   “Zulmat ichra nur”asari haqida ma`lumot.

2.   “Yoshlik ayyomining ilk bahori” hikoyasining g`oyaviy mazmuni.

3.   “Yazd cho`li” hikoyasi haqida.

4.   “Qushlar tili” Navoiyning sevimli kitobi.

5.   Sahna ko`rinishi…

6.    “Mening nazdimda Navoiy…” mavzusida matn yaratish.

 

1-reja bo`yicha o`quvchilarning fikrlari tinglandi.

 

I guruh o`quvchisi: Prezidentimiz Islom Karimov o`zlarining “Yuksak ma`naviyat- yengilmas kuch” asarida “Biz bu ulug` zotni avliyo desak avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak shorlarning sultonidir” deb, o`zbek tilimizning asoschisi odamiylik sifatidagi ulug` shaxs Alisher Navoiyga ta`rif berib o`tadilar. Mirkarim Osimning “Zulmat ichra nur” qissasi ham bevosita ana shu insonning hayot yo`li, ijodi va faoliyatiga bag`ishlab yozilgan tarjimayi hol tarzidagi asardir.

 

II guruh o`quvchisining fikri: Hammamizga ma`lumki Xalq Ta`limi Vazirligi tomonidan 2009-2010-o`quv yili ta`lim muassasalarida “Ma`naviy va ma`rifiy ishlar samaradorligi” o`quv yili deb e`lon qilindi. Shunday ekan maktabda ma`naviy ma`rifiy ishlar samaradorligini oshirishda bizga eng avvalo Navoiy va Navoiy kabi ulug` ajdodlarimizning hayoti, faoliyati, adabiy merosi namuna vositasi bo`lib xizmat qiladi.

O`qituvchi: Ayniqsa bu borada Navoiyning komil insonni tarbiyalsh haqidagi fikrlarini misol qilishimiz mumkin.

 

 

 

 

                                                

 

 

 

 

 

 

 

 

 

III guruh o`quvchisi:

“Zulmat ichra nur” asari badiiy janriga ko`ra bir qancha hikoyalardan tashkil topgan qissa hisoblanadi.

 

2-reja: Yoshlik ayyomining ilk bahori… hikoyasining qasqacha mazmuni.

1-o`quvchi: Yoshlik ayyomining ilk bahori… hikoyasida Alisher Navoiy, uning otasi G`iyosiddin bahodir, tog`alari Mirsayid va Muhammad Alilar obrazlari mavjud.

-Alisher chokkalab olib xontaxta ustidagi kattakon bir kitobni varaqlab surak ko`rib o`tirardi. Ov va jang manzaralari uni shu qadar qiziqtirib xayolini olgan edi. U shu qadar qiziqqan ediki hattoki otasi kirib eshik oldida kovush yechayotganini ham payqamay qoldi.

         Kichkina Bahodir deb nom chiqargan Alisherga otasi kulimsirab qarab turdi “Shu yoshdin kitobga muhabbat qo`ysa, ulg`aygach albatta kitobni qo`lidan qo`ymaydi”

Otasi sekingina kitobni Alisherning qo`lidan olib javonga qo`ydi. Bu kitobni joyi javonda. Ammo siz kitob ko`rmoqqa yoshlik qilasiz. Uni yirtib qo`ysangizchi. Men uni ikki qo`y bahosiga sotib olganman. G`iyosiddin Alisherning yoniga kelib o`tirib ovoz chiqarib kitob o`qishni so`rardi. Otasi esa “Yaxshisi, hikoya aytib beray” deb kitobni yig`ishtirib qo`yar edi.

Alisherning tog`alari: Mirsayid-“Kobuliy” va Muhammad Ali edi. Ular pochchalari G`iyosidinnikiga kelganlarida ilmiy, adabiy mavzularda qizg`in bahs boshlanar va ba`zi kunlarda bahs g`azalxonlikka aylanardi. Alisher xuddi kattalardek tog`alari yonida o`tirib jimgina quloq solardi.

Bir kuni kichik tog`asi Muhammad Ali o`zini yozgan g`azalini o`qib berayotganida jiyani Alisherning diqqat bilan quloq tutayotganiga hayron qoladi.

“Alisher ko`chada bolalar bilan o`ynab tojik tilini o`rganib olgan” deydi otasi. Shunda tog`asi Alisherga yuzlanib Qosim Anvarning bir matlani o`qitadi. Alisher esa qo`ng`iroqdek ovozi bilan dona- dona qilib o`qib, tog`alarini hayratga soladi.

    -Shoir Qosim Anvorning she`rlari mag`zini bola emas, kattalar ham chaqa olmaydilar. Ammo shoirning otashin nafasidan go`dakning yuragiga bir alanga tushibdi dedi Mirsaid. Iloyo yomon ko`zdan asrasin. Tog` etagida bir talay bolalar qator o`q otar edilar. Alisher bu manzarani ko`rib kitobda ko`rgan suratlarini eslardi. Alisher qayerda bo`lmasin uning eshushi kitoblarda edi.

 

             O`quvchilarga birinchi hikoya yuzasidan savollar:

 1. Alisher tog`alari tabiatan qanday insonlar bo`lgan?

2.Nima uchun hikoyaga “ Yoshlik ayyomining ilk bahori” deb nom berilgan?

-O`quvchilar jovob beradilar.

 

3-reja: “Yazd cho`li” hikoyasining mazmuni.

1-o`quvchi:

Obrazlar: Alisher, Mirsaid, G`iyosiddin bahodir, Alisherning onasi.

         Askariy kiyim , oq sallada Mirsaid qamchisi bilan eshikni taqillatadi. Zamon notinch, ko`chada yurish ham xavotirli bo`lib qolgan edi. Hirot aholisi qosh qorayishi bilan eshiklarini ichkarisidan qulflab olishgan. Mirsaid eshik oldida uzoq turib, yana taqillatadi. Keyin G`iyosiddin bahodir eshikni ochadi. Eshik oldidagi mehmonni ko`rib takalluf bilan kutib oladi. Ichkariga kirgan Mirsaid Temurning o`g`li Shoxrux podshoning o`limi haqida hikoya qilib beradi. Mirsaid pochchasiga bu shahardan ko`chib ketishini maslahat beradi. Pochchasi esa bu maslahatni rad etadi. Bir oz vaqt o`tgach yurtda toju-taxt uchun kurash boshlanadi. So`ngra G`iyosiddin Bahodir o`z ilasini Iroqqa ko`chirib olib ketadi. U yerda Alisher mashhur tarixchi olim sharofiddin Ali yadiy bilan uchrashadi.Ular sahrodan dalalardan o`tib nihoyat Iroqqa yetib kelishadi. Iroqda uch yil yashab, Hirotda tichlik hukm surayotganini eshitib o`z  yurtlari Hirotga qaytib kelishga qaror qilishadi. Soyobonli aravaga minib yo`lga tushishadi. Qaytishda Alisherning onasi Alisherga bir oz “uxlab ol bolam”deydi, lekin Alisher otdan tushib bolalar bilan kaltakesak tutishadi. Yugirib-yugirib chargachan Alisher otga chiqib mudrab qoladi. Ot ham uning uxlaganini sezib sekin yuradi. Ular karvondan qolib ketishadi. Yurib ketishayotganda ot bir narsadan cho`chib sakrab Alisherni yiqitib yuboradi. Ot qochib ketadi Alisher kattakon sahroda qolib ketadi. Alisher ko`zini ochib qarasa karvondan qolib ketganini biladi va shu onda otasini Xuroson kunchiqar tomonda, Iroq kunbotar tomonda degan gapini eslab, kunchiqar tomonga qarab yo`l oladi. Uning oilasi uni ancha vaqtgacha bilishmaydi izlab so`ngra  topishadi. Otasi uni otga mindirib yana yo`lida davom etadi..

3-reja bo`yicha o`quvchilarga savollar berildi.

1-savol: Alisher Navoiy Taft qishlog`ida kim bilan uchrashadi?

2-savol: Alisherlar oilasi Hirotga qaytganda xalqqa kim boshchilik qilayotgan edi?

-O`quvchilar jovob beradilar.

 

IV reja: “Qushlar tili” hikoyasining mazmuni.

1-o`quvchi: Anhor bo`yida ikki bola suvning oqishini kuzatib turardi. Ulardan biri Husayn bo`lsa, ikkinchisi Alisher edi. Alisher yoshligidanoq Faxriddin Attorning “Mantiq ut -tayr” asariga mehr qo`yadi. Bu asarga mehr qo`yishiga tog`asidan eshitgan hikoyasi sabab bo`ladi.

         Alisher maktabda “Mantiq ut-tayr” ni zavq bilan o`qiyotganda ko`z o`ngida ajoyib manzara hosil bo`ldi. Lekin, domlaning qattiq tovushi uning xayolini buzib yuboradi.

         Ertasi kuni otasi Alisher bilan tortishib turganda domla kelib, uning otasi bilan salomlashib bo`lgandan so`ng u Alisherning qushlar tiliga qiziqib ketganligini va “Qur`on”ni bir chetga yig`ishtirib qo`yganligini aytadi.

         Otasi bundan xavotirlanib undan sevimli kitobini sezdirmasdan olib qo`yadi. Lekin bu kitobni Alisher yod olib bo`lgan edi.

Qatnashuvchi obrazlar: Alisher, Husayn Boyqaro, Domla, G`iyosiddin Bahodir.

 

Hikoya yuzasidan savollar beriladi.

1.    Navoiyning yoshi bilan Husaynning yoshi barobarmi?

2.    Nima uchun hikoyaga “Qushlar tili” deb nom beriladi.

-O`quvchilar jovob beradilar.

 

Yangi mavzu bo`yicha guruhlarning ishtiroki baholandi.

 

V reja bo`yicha: Sahna ko`rinishi bu ko`rinishda  har bir guruhdan bittadan o`quvchi ishtirok etadi.

Qatnshuvchilar:

1.    Alisher

2.    Alisherning otasi-G`iyosiddin bahodir.

3.    Domla-Alisherning ustozi.

 

Muallif: Kechqurun. Alisherlar xonadoni. G`iyosiddin bahodir o`g`lini mehmonxonaga chaqirdi.

G`iyosiddin bahodir: Qani o`g`lim nima o`qiyotirsiz.

Alisher: Men “Yosin”ni yodlamoqdamen va sovodim ravon bo`lsin deb “Mantiq ut-tayr” ni o`qimoqdamen.

Gi`yosiddin bahodir: Eshitamenki, siz sabog`ingizni takrorlamay   doim bu kitobni yodlar va maktabdin ozod bo`lg`ondin so`ng ham do`stlaringiz bilan o`ynamay, har go`shada qushlar so`zini aytib, o`z-o`zingiz bilan gaplashar va kulib qo`yar emishsiz. Bu kitob sizni jinni qilib qo`ymasaydi-a.

Alisher: Otajon, mening to`g`rimdagi har xil bo`lmag`ur gaplarga quloq sola bermang, es-hushim joyida. Qo`rqmang jinni bo`lmaymen.

G`iyosiddin bahodir: O`shul kitobni menga bering, evaziga bozordan istagan kitobingizni olib beramen.

Alisher: Yo`q ota, yana bir hafta yonimda tursin, so`ngra olursiz.

Domla: Assalomu alaykum, mumkinmi.

G`iyosiddin bahodir: Vaalaykum assalom, keling domla.

Alisher: Assalomu alaykum ustoz.

Domla: O`z aybini sezgan takaning qochishini qarang-a (chiqib ketayotgan Alisherga yuzlanib).

G`iyosiddin bahodir: Xuddi o`z vaqtida kelib qoldingizda domla. Aning savodi ravon bo`ubdir, rahmat sizga, domla.

Domla: (xursand holatda) Rost aytdilar Alisherning zehni o`tkir, savodi ravon, ammo achchiq bo`lsada bir haqiqatni aytmoqdin o`zni tiya olmaymen.

-o`g`lingizning qo`lidin bu kitobni tortib olib, ani o`qimoqni man etmoq kerak. Bul kitob aning xayoliga ta`sir etib telba qilib qo`ysa ajab emas.

G`iyosiddin bahodir: O`zim ham shundin xavotirdamen. Agar uning qolidan bu kitobni tortib olsam, xafa bo`lib qolurmi, telba bo`lib qolmasmikin.

Domla: Endi menga javob bering, men boray .

 

Muallif: Domla chiqib ketdi. G`iyosiddin chuqur o`yga toldi. Kitobni hozir o`g`lining qo`lidan tortib olish yaxshi emasligini payqab indamay qo`ya qoldi. Biroq Alisher ertasiga ertalab maktabga borganida sevikli kitobini yo`qolib qolganini payqadi va bundan xafa bo`lib yig`ladi. Taxta ustiga “Qur`on”ni qo`yib, go`yo uni o`qiyotgan kishidek bosh chayqab “Mantiq ut-tayr” dan ba`zi parchalarni yoddan o`qiy boshladi va o`z xotirasiga hayron qoldi. Sevikli kitobidan qaysi parchani boshlab o`qisa oxirigacha yod bilar edi. Nihoyat , butun kitobning ko`ngliga yod bo`lib qolganini payqab, o`zida yo`q xursand bo`ldi.

 

Guruhlarning ishtiroki bahlandi.

 

V. Mustahkamlash:

O`qituvchi: Biz bugun darsimizda Navoiyning hayotiga poydevor hisoblanmish bolalik yillari, uning oilasi, o`sha davrdagi siyosiy ahvol haqida tasavvurga ega bo`ldik. Ko`rinadiki Alisher yoshligidan tug`ma iste`dod, tabiatan fazilat egasi bo`ladi. Oilaviy muhit esa uning barcha fazilatlarini shakllanishida katta ahamiyatga ega.

         Men sizlarga Navoiy haqida ba`zi bir savollar bilan murojaat etmoqchiman.

1-savol: Bugungi kunda yurtimizda, qolaversa jahonda Navoiy nomi qanday abadiylashtirilmoqda?

1-o`quvchi: Yurtimizda har yili Navoiyning tavallud kuni bayram sifatida nishonlanadi.O`zbekiston Milliy Universitetiga Alisher Navoiy nomi berilgan 1991–yil yurtimizda “Navoiy yili” deb e`lon qilindi. Viloyatimiz markazi Navoiy shahrida “Navoiy-milliy bog`i” yaratildi.

2-o`quvchi: Rossiyaning poytaxti Moskva shahrida , Yaponiyaning poytaxti Tokioda, Ozarbayjonning poytaxti Baku shahrida Navoiy bobomizning haykali o`rnatilib, ma`naviyat siymosi sifatida ulug`lanib kelmoqda.

 

O`qituvchi: Hozir o`quvchilar Navoiy haqidagi tasavvurlaringizga  tayangan holda “Mening nazdimda Navoiy…” mavzusida matn yarating. Albatta Navoiy jihatlari ko`p qirrali, kimdir uning ijodi haqida yozishi mumkin, kimdir uning hayoti haqida, yana shuni qo`shimcha qilmoqchimanki Prezidentimiz 2009-yilni “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi” yili deb e`lon qildi. Navoiy ham o`z yurtini taraqqiy ettirish hamda xalqini farovon yashashi uchun bir qancha bunyodkorlik ishlarini amalga oshirgan. Shu sifatlarni ham kiritishingiz mumkin.

 

O`quvchilar matn yozishga kirishdi. Bu vaqtda, magnit tasmasidan Navoiy so`ziga bastalangan “Munojot” tinglandi.

 

O`quvchilar matnidan namunalar.

1-o`quvchi: Har bir millatning manglayida porlab turgan quyoshi bo`ladi. Alisher Navoiy ham o`zbek millati manglayida porlab turgan sunmas quyoshdir. Biz avlodlar ana shu quyoshdan bahramand bo`lib, uning zarrin nurlarini qadriga yetib, avaylab-asrashimiz va e`zozlamog`imiz darkor.

 

2-o`quvchi: Olis yulduzlarning nuri ular so`nganidan keyin ham ming-ming yillar mobaynida Ona –yurtimizga yog`ilib turar ekan. Alisher Navoiy ham o`zbek nomini jahonga mashhur qilib, ona xalqimiz timsoliga aylandi, uning ummon qadar bepoyon ijodidan har kim o`z iste`dodiga yarasha bahramand bo`ladi. Biz shunday mutafakkir shoirimiz borligidan faxrlanamiz, iftixor qilamiz. Bugungi darsimiz ham Navoiyga bo`lgan ehtiromimizning bir ko`rinishidir.

 

3-o`quvchi: Bunyodkorlik-milliy istiqlol g`oyasining asosiy g`oyalaridan biri. Buyuk ajdodlarimizning bu boradagi faoliyatlari avlodlarga ibrat vazifasini o`taydi. Alisher Navoiy ham umr bo`yi yetim-yesir, beva-bechora, nogiron va muhtojlarga muruvvat ko`rsatib kelgan el-yurt uchun o`z hisobidan maktab-madrasalar, shifoxona va hammomlar, yo`l-ko`priklar, bog`-rog`lar bunyod etgan, ilm fan va madaniyat ahlining chinakam homiysi bo`lgan, shuning uchun ham biz Navoiyni odamiylik sifatidagi ulug` shaxs deb ataymiz.

 

4-o`quvchi: Men kelajakda jurnalist bo`lishni orzu qilaman. Jo`rnalist ham ijodkor hisoblanadi. Kelajakda bu orzuimga erishsam Navoiy bobomizning ochilmagan qirralarini ochib, kelajak avlodlarga yetkazishga harakat qilaman. Hozircha esa Navoiyni mukammal o`rganishim kerak.

 

Matn yaratish yuzasidan barcha “Rag`bat ”kartochkasi olishga erishdi.

Dars davomida, faol qatnshgan o`quvchilar baholandi.

O`qituvchi: Darsimiz so`nggida Navoiyni yaxshilik haqidagi bir baytini keltirmoqchiman.

 

Yaxshilik gar qilmasang, boru yomonlig` qilmasa,

Kim yomonlik qilmasa qilg`oncha bordur yaxshilik.

 

         Bu so`zlari bilan Alisher Navoiy yaxshilik qilish qo`lingizdan kelmas ekan hech qo`risa yomonlik qilma demoqchi.

Yaxshilik qilish hayotingizni asl mazmuniga aylanishini istab darsimizga yakun yasayman.

Uyga vazifa: Hikoyalar yuzasidan berilgan savol va topshiriqlar ustida ishlab kelish.

 

 

 

 

 

 

 

 

          Darsning texnologik xaritasi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Посмотрите также