MORFOLOGIK ERTAK.
Оценка 4.8

MORFOLOGIK ERTAK.

Оценка 4.8
docx
24.01.2021
MORFOLOGIK ERTAK.
MORFOLOGIK ERTAK..docx

MORFOLOGIK ERTAK.

 

Annotatsiya: Mazkur maqolada ona tili darslarida uyga beriladigan topshiriqlar orqali o`quvchilarning  ilmiy va ijodiy qobiliyatini shakllantirish usullari haqida fikr yuritilgan.

 

Kalit so`zlar: morfologik ertak, so`z turkumlari, fe’l nisbatlari, nisbat qo`shimchalari.

 

Annotation: In this article comments are made on the forms of improvement of scientific and creative skills of pupils through the homework on the subject mother tongue.

 

Keywords: morphological tale, categories of word, verb ratios, voice, verb suffixes.

 

Аннотация: В данной статье рассматриваются мнения о методах развития интеллектуального и творческого подхода учеников при выполнении домашней работы.

 

Ключевые слова: морфологическая сказка, безличные глаголы, окончаныя глаголов, части речи.

 

Bugungi kunda yosh avlodni har tomonlama yetuk va barkamol shaxs sifatida tarbiyalash masalasi uzluksiz talimning mazmun-mohiyatini tashkil etadi.Ona tili va adabiyot fani mazkur jarayonda o`quvchiga bilim berish bilan bir qatorda uning manaviy dunyosini ham yuksaltirib borishi bevosita talim tarbiya uyg`unligini taminlaydi.

Talim-tarbiyadagi eng asosiy omil- muallim va uning tafakkur dunyosidir”_degan ekan nemis pedogog olimi A.Disterverg. Chindan ham muallimning tafakkur  dunyosi oquvchining  murg`ak qalbini yoritadi uni hayot so`qmoqlaridagi tikanlar va gullarni taniy bilishga o`rgatadi. O`qituvchi dars davomida o`quvchining yoshi va imkoniyatlarini hisobga olgan holda mavzuga oid til birliklarini taqqoslash,tasniflash, umumlashtirish orqali ular orasidagi o`xshash va farqli xususiyatlarni ko`rsatib berishga harakat qiladi. Mavzuni o`quvchiga batafsil va qiziqarli holda yetkazish o`qituvchidan mahorat talab etadi. Shu maqsadda bir qancha ma’qul bo`lgan texnologik usullar, o`yinlarni qollaymiz. Har bir mavzu o`quvchi yodida qolishi oson emas. Faqatgina fan doirasida, nazariy bilimlar atrofida aylanish bilan bunga erishib bo`lmaydi deb bilaman. Mavzu o`quvchilar yodida qolishi uchun uni hayotiy misollar bilan bog`lashga harakat qilaman. Shakllanayotgan ilmiy tafakkurni boyitish maqsadida badiiy tafakkurni yordamga chorlayman. Umumiy o`rta ta’lim maktablarining ona tili darsliklarida 5-sinf o`quvchilarining og`zaki va yozma nutqini o`stirish maqsadida uyga topshiriq uchun berilgan mashqlarning aksariyatida matn tuzish so`ralgan.  Darhaqiqat, o`quvchi 5-sinf yakunida bemalol berilgan mavzuga doir o`z tasavvuri, fikrlari, qarashlarini savodli va mazmunli  matnda ifodalash ko’nikmasini egallaydi. O`zi tuzgan matndagi gaplarning turini, ularda qo`llanishi kerak bo`lgan tinish belgilarini, qo`llagan so`zlarining shakl va ma`no munosabatiga ko`ra turlarini, leksikologiyadagi o`rnini birmuncha anglaydi. 6-sinfda ham ana shu ko`nikmalarni  takomillashtirish ko`zda tutilgan. Shu maqsadda men ularga “MORFOLOGIK ERTAK” ta’limiy-didaktik o`yinini qo`lladim. Bunda o`quvchilar darslikda uy ishi uchun berilgan matn tuzish barobarida o`tilgan mavzuni kengroq, chuqurroq o`rganish  va ularda ijodkorlikni uyg`otish maqsadida quyidagicha ertak yozib kelishni vazifa qilib beraman. Nafaqat shunchaki ertak to`qish, unda o`rganilgan mavzuga doir olgan bilimini qo`llay olishi, mavzuni “o`ynab”, o`ylab, izlab, tushunib, his qilib o`rganish shakllanadi va bu morfologik ertak orqali mavzu ko`proq bolaning yodida qoladi. Ilmiy tushunchadan ko`ra badiiy tafakkur namunasi xotirada yaxshi o`rnashadi. Masalan, ma’lum vaqt o`tib undan “Fe’lda nechta nisbat bor?” deya so`rasangiz dovdirab qolsa, ”Fe’l boboning nechta o`g`li bor edi” desangiz u jilmayib “beshta” deydi. O`z tajribamda o`quvchilarga mana bunday ertaklarni boshlab berdim, ular davomini to`qib kelishdi va ajoyib natijalarni ko`rdim. Masalan, OLMOSH  degan mamlakatning oltita darvozasi bor ekan. Birinchi darvozadan

 Ertaklardagi raqamlarning sehrli ma'nosi. Rus xalq ertaklarida ........

Yoki: 4 og`ayni botirlar bo`lgan ekan.Ular ahil, mard, aqlli,mehnatsevar yigitlar bo`lib, xalq ularni DARAJALAR der ekan……….

Hikoyalar - gulxan.uz – “Gulxan” jurnali sayti

Yoki:MIQDORBOY degan boyning 6 xizmatkori bo`lgan ekan…….

Yoki:MIQDOROY xolaning 6 qizi bor edi……. Eng kichik gul (bunisini o`quvchi qizlar boplaydi)

Mana shu metodimni sizlarga ham ilindim. Ma’qul topsangiz qo`llab ko`ring va beg`ubor bolalarning ilhomini uyg`oting,ularning tasavvur olamidan hayrat topasiz va ijodkorlarini kashf etasiz.

 

                                             Fe’l boboning o`g`illari.

Yaqin o`tgan zamonda Fe’l bobo degan kishining beshta o`g`li bo`lgan ekan. Bobo og`illarini tarbiyalash maqsadida, ularni ahil-inoq bo`lishini istab, farzandlarini chaqirib shunday debdi:

-O`gillarim, har kuni bittangiz uy ishlariga navbatchilik qilasiz. Men kechqurun qaytganimda bugun kim navbatchi bo`lganini qilgan ishingizga qarab topib olaman. Qani, kimning navbatchiligi meni xursand qilarkan?

Birinchi kuni katta o`g`il navbatchilikni olibdi. U hovlilarni tozalabdi, ovqat tayyorlabdi va otasining kelishini kutibdi. Otasi kelibdi. Bugun ANIQBOY navbatchilik qilganini darrov topibdi. Kichkintoy bolajon

Ikkinchi kuni navbatchilik qilgan o`g`il erta turib yuvinib, taranibdi.Kuni bilan darslarini qilishga berilibdi. ”Bugun otamni men xursand qilaman” –deb maqtanibdi. O`g`illar to’planibdi. Otasi kelib biroz o`ylanib turibdi-da bugun O`ZLIKBOY navbatchi bo`lganini aytibdi.

Uchinchi kuni navbatchilikni olgan o`g`il tuni bilan otasini xursand qilishga sabab topilsaydi deya, uxlolmabdi. Kechqurun otasi qaytsa hovlilar supurilibdi, yerlar chopilibdi, gullar ekilibdi. Otasiga bugun MAJHULBOY navbatchi bo`lgani darrov sezilibdi.

To`rtinchi kuni navbatchi bo`lgan o`g`il otasi ketgach hammani turgizibdi, birini suvga yugurtiribdi, biriga dasturxon tuzatibdi, yana biriga kirlarni yuvgizdiribdi, ukalarini tomorqada rosa ishlatibdi. Kuni bilan barini shoshiribdi, barcha ishni tindiribdi. Navbatchilik mana bunday bo`ladi deb, o`zini ko`rsatibdi. Ko`p kuttirmay otasi kelibdi va bugun ORTTIRMA degan o`g`li navbatchilik qilganini bildiribdi.

Navbat kenja o`g`ilga yetibdi. U har kungi ishlarda akalariga doim yordam qilarkan. Akalari uni yaxshi ko`rishar ekan. Shuning uchun bu kun barchasi birga ishlashibdi. Hovlidagi yumush- larni bo`lib olishibdi. Hamma ishni barvaqt tamomlashibdi, birga ovqat-lanishibdi, dars tayyorlashibdi, o`yinlar o`ynashibdi. Bugungi kun maroqli o`tganini his qilishibdi. Bugun kim navbatchilik qilganini otamiz bilol- maydi deyishibdi. Otasi kelib jilmayib kenja o`g`ilga qarabdi. Bolalar  BIRGALIKJON ning navbatchiligida otalarini xursand qilishganini tushunishibdi. chavandoz_hikoya

Qani, ayting-chi, otasi nega xursand bo`ldi?

U navbatchilarni qanday topdi deb o`ylaysiz?

 

Foydalanilgan adabiyotlar.

1.             N. Mahmudov, A.Nurmonov. Ona tili 6-sinf. – Toshkent:Tasvir nashriyot uyi. 2019.

2.              M. Hamroyev. Ona tili. Toshkent: 2018


 

MORFOLOGIK ERTAK. Annotatsiya:

MORFOLOGIK ERTAK. Annotatsiya:

Yoki: 4 og`ayni botirlar bo`lgan ekan

Yoki: 4 og`ayni botirlar bo`lgan ekan

Ikkinchi kuni navbatchilik qilgan o`g`il erta turib yuvinib, taranibdi

Ikkinchi kuni navbatchilik qilgan o`g`il erta turib yuvinib, taranibdi
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
24.01.2021