Наскальные рисунки
Оценка 4.9

Наскальные рисунки

Оценка 4.9
Иллюстрации +2
docx
24.07.2020
Наскальные рисунки
Наскальные рисунки
8-sinf o'z tarix konspekt 268.docx

Sana:   ______________

Fan:  O`zbekiston tarixi

Sinfi: 8  ___  ____  ____

Mavzu: XV-asr oxiri-XVI-asr boshlarida turkistonda siyosiy vaziyat

Soatlar soni: 1 soat

Mavzuning qisqacha ta`rifi:

O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:

Dars turi: Yangi bilim beruvchi

Metod: suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi, “Jadval texnologiyasi” , “Tadqiqotlar yoki loyixa texnologiyasi”,“Rasmlarda aks etgan tarix”

Shakl: jamoa, guruhda ishlash

Jihoz: I.A.Karimov “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”asari darslik,siyosiy xarita,tarqatma,rasmli ko`rgazma,slayd,kompyuter.

Nazorat: o`quvchilarning darsda faolligi kuzatilib, hisobga olib boriladi.

Baholash: O`quvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanib, dars oxirida e`lon qilinadi.

Darsning maqsadi

Maqsadlar:

Ta`limiy maqsad:- O`quvchilarga XV-asr oxiri-XVI-asr boshlarida turkistonda siyosiy vaziyat haqida ma`lumot berish.

Tarbiyaviy maqsad: - o`quvchilargavatanimiz va o`zbek xalqining o`rta asrlarda boshidan kechirgan g`oyat murakkab va mashaqqatli hayoti haqida tushuncha berish va bundan saboq olishni o`rgatish;

Rivojlantiruvchi maqsad: -o`quvchilarni dunyoqarashini, nutqini,fikrlash qobilyatini, shakllantirish

Tayanch kompetentsiyalar:

Kommunikativlik

o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, mavzu:dan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish;

Milliy va umummadaniy

umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlarini (urf odatlar, marosimlar, milliy madaniy an’analar va.h.k.) hurmat qilish;

o‘zgalarga nisbatan mehrmuruvvat, saxiylik, diniy e’tiqodi, milliy hususiyatlari, an’ana va marosimlarini hurmat qilish; jamiyatda o‘rnatilgan odobaxloq qidalariga rioya qilish

O‘z-o‘zini rivojlantirish

shaxs sifatida doimiy ravishda o‘zo‘zini rivojlantirish, ma’naviy va intellektual kamolotga intilish;

o‘z hatti-harakatini adekvat baholash, o‘zini nazorat qila bilish, halollik, to‘g‘rilik kabi sifatlarga ega bo‘lish.

Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish

tarixda yil xisobini o‘qiy olish, tarixiy darvlarga oid chizmalarni o‘qiy olish, rim raqamida yozilgan raqamlarni o‘qiy oladi.

miloddan avvalgi, era, milodiy yillar o‘rtasidagi farqalarni matematik amallar bilan yecha oladi.

Fanga oid kompetensiyalar:

·         Tarixiy voqeilikni tushunishvauni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi.

tarixiy davrlar va -yillarni ajrata oladi, tarixiy hisobini tushuntira oladi;

         mazkur davrni o‘rganish orqali o‘quvchilar tarix fanining o‘rganilayot- gan davriga oid tarixiy atamalar mazmunini biladi;

Tarixiy shaxslar haqida ma’lumot bera oladi,tarixiy sanalarda ro‘y bergan voqealar haqida ma’lumot bera oladi

·         Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi.

Tarixiy illustrasiyalar asosida kichik hikoyalar tuza oladi, tarixiy joylarni xaritadan ko‘rsata oladi

Darsning blok sxemasi:

Darsning qismlari

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa

I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.

III. Yangi mavzu bayoni

Xuroson hukmdori Shohrux 1447-yili vafot etgach, toj-u taxt uchun kurash avjiga chiqdi. Natijada, Xuroson davlati o’n bir qismga bo’linib ketdi. Ularning har biri o’zini mustaqil davlat deb hisoblar edi. 1469-yilda Amir Temurning ikkinchi o’g’li Umarshayxning nabirasi Sulton Husayn Boyqaro Xuroson taxtini egalladi.

Salkam 40 yil hukmronlik qilgan Sulton Husayn Boyqaro davrida ham mamlakatda to’la osoyishtalik o’rnatilmagan bo’lsada, Xuroson davlatining xo’jalik va madaniy hayoti ancha yuksak darajada rivojlandi. Mamlakat obodonchiligi yo’lida katta ishlar amalga oshirildi. Movarounnahrga nisbatan siyosiy barqarorlik ta’minlandi. Bunda Husayn Boyqaroning hukmdorlik salohiyati muhim o’rin tutdi. Vazir Alisher Navoiyning xizmatlari ham benihoya katta bo’ldi.

1506-yilda Sulton Husayn Boyqaro vafot etdi. Shundan keyin mamlakatda qo’shhokimiyatchilik vujudga keldi. Marhum sultonning ikki o’g’li (Badiuzzamon va Muzaffar Husayn) bir vaqtda hukmdor deb e’lon qilindi. Bu hol shusiz ham og’ir kunlarni boshidan kechirayotgan Xuroson davlatini to’la parokandalikka olib keldi. Natijada shayboniylar hujumi arafasida davlat inqirozga yuz tutdi.

Mirzo Ulug’bek vafotidan keyin, Movarounnahrda ham toj-u taxt uchun ayovsiz kurash boshlanib ketdi.

Abu Said ibn Sulton Muhammad g’alaba qozonadi va Movarounnahr taxtini egallaydi (1451-1469). U 1469-yilda urushda halok bo’lgach, hokimiyatni uning ikki o’g’li: Sulton Ahmad (1469-1494), Sulton Mahmud (1494-1495) hamda nabiralari Boysung’ur Mirzo (1495-1497) va Sulton Ali Mirzo (1498-1500) lar boshqargan. Xullas, temuriylar hukmronligi davri oxirida o’zaro urush-talash oqibatida mamlakat to’la tanazzulga yuz tutgan.

16-asr bo’sag’asida Temuriylar davlati taxti uchun kurash maydoniga Zahiriddin Muhammad Bobur chiqdi.

Bobur Mirzo siyosiy kurash maydonida

. Bobur Mirzo Amir Temurning uchinchi o’g’li Mironshohning chevarasi edi.

U 1483-yilning 14-fevralida Andijon shahrida tug’ilgan. Bolalik va yoshlik yillari Andijon va Axsi shaharlarida o’tgan. U otasi Umarshayx Mirzo (1456-1494) saroyida o’z davriga yarasha barcha zarur bilimlami egallagan.

Umarshayx Mirzoni otasi Abu Said Mirzo hukmronligi davrida, dastlab, Kobul viloyatiga, so’ng Farg’ona viloyatiga hukmdor etib tayinlagan. Keyinchalik akasi Sulton Ahmad hukmronligi davrida Toshkent va Sayram ham Umarshayx Mirzoga berilgan. Biroq o’zaro ichki kurashlar natijasida Umarshayx Mirzo qo’l ostida faqat Farg’ona, Xo’jand va O’ratepagina qolgan.

Umarshayx Mirzo 1494-yilda baxtsiz hodisa tufayli halok bo’lgach, hokimiyat 11 yoshli Bobur Mirzo qo’liga o’tdi.

Bobur Mirzoning Samarqand taxtini egallashi

Bobur Mirzo ham barcha taxt da’vogarlariga xos xususiyatlardan xoli emasdi. U ham saltanat tuzish, buning uchun, avvalo, ulug’ bobosi Amir Temur saltanatining markazi-Samarqand taxtini egallash ishtiyoqi bilan yonar edi.

Tez orada Boysung’ur Mirzo bilan ukasi Sulton Ali Mirzo o’rtasida toj-u taxt uchun kurash boshlandi. Bundan xabar topgan Bobur Mirzo 1496-yilning 17-iyunida qo’shini bilan Samarqand qamaliga tutinadi. Ayni paytda, Bobur Mirzo tog’asi-Toshkent hukmdori Sulton Mahmudxondan yordam oladi. Biroq qish yaqinlashib qolganligi tufayli ittifoqchi shahzodalar Samarqand qamalini to’xtatib, yurtlariga qaytishga majbur bo’ldilar.

1497-yilning may oyida Bobur Mirzo ikkinchi marta Samarqandga yurish boshlaydi va yana Samarqand qamali boshlanadi. Bu vaqtda shahar ichida oziq-ovqat tanqisligi yuz bergani tufayli Boysung’ur Mirzo askarlari orasida parokandalik ro’y beradi. Qamalga bardosh berishga ko’zi yetmagan Boysung’ur Mirzo Dashti Qipchoq hukmdori Shayboniyxondan yordam so’raydi. Shayboniyxon qulay fursatdan foydalanib, tez orada Samarqandga kelib, Bobur Mirzo qarorgohining ro’parasiga joylashadi. Bobur Mirzo bor askari bilan Shayboniyxonga qarshi chiqishga shaylandi. Kutilmaganda Shayboniyxon shahar ichkarisiga qarab yurdi, biroq Boysung’ur uni shaharga kiritmadi. Boysung’ur uni shahar tashqarisida bo’ladigan jangda ittifoqchi bo’lishga taklif qilgan edi. Bundan ranjigan Shayboniyxon qo’shini bilan Turkistonga qaytib ketdi. Shunday bo’lsa-da, Shayboniyning Samarqandga kelishi behuda ketmadi. U bu yerga yana qaytishni, qaytganda ham qanday kuch bilan qaytishi zarurligini bilib oldi. Ikkinchidan, u temuriyzodalarning ahvoli o’zaro urushlar oqibatida nochor holatga tushib qolganligini ko’rib qaytdi.

Andijonda hokimiyat uchun kurash

Bobur Mirzo 1497-yilning noyabr yil oxirida Samarqand taxtini egallashga muvaffaq bo’ldi. Biroq bu hol uzoqqa bormadi. Bobuning Andijonga yuborgan ishonchli begi Uzun Hasan Boburning dushmani Ahmad Tanbal bilan til biriktirib, Boburning ukasi Jahongir Mirzoni Andijon taxtiga o’tqizish harakatiga tushgan edilar. Ular o’z maqsadlariga erishdilar ham. Vujudga kelgan harbiy-siyosiy tanglikni tushungan Bobur Mirzo qanday bo’lmasin Andijonni saqlab qolishga qaror qildi va Samarqandni yuz kun idora etgandan so’ng uni tark etishga majbur bo’ldi. Samarqand taxtini Sulton Ali Mirzo egalladi.

Ayni paytda, Bobur Mirzoning kichik ukasi Nosir Mirzo Andijonga hujum qildi va Uzun Hasan hukmronligiga barham berib, hokimiyatni Bobur Mirzoga topshirdi. Biroq vaziyat hamon og’irligicha qolaverdi. Chunonchi, Jahongir Mirzo hali taxt da’vosidan voz kechmagan edi. Qolaversa, Ahmad Tanbal ham hamon uni qo’llab-quvvatlayotgan edi. Nihoyat, 1500-yilda Bobur Mirzo bilan Jahongir Mirzo o’rtasida sulh tuzildi. Unga ko’ra, Sirdaryoning shimoliy tarafi Axsi shahri bilan Jahongir Mirzoga, daryoning janubiy tomoni Andijon shahri bilan Bobur Mirzoga berildi.

Temuriylar saltanatining boshqa qismlarida ham Farg’onadagi kabi toj-u taxt uchun kurash davom etardi. O’sha davr tarixchisi Muhammad Solih yozganidek, „Hamma bir-biridan qo’rqar edi. O’zlaricha shohlik talab qilib mamlakatda ig’vo urug’ini sochardilar“.

Darsni mustahkamlash uchun savollar:

1.       Qaysi hukmdorlar 40  yildan  kam  bo’lmagan  muddatda  hukmronlik  qilishgan?

2.       Boburning  otasi  Umarshayx  Mirzoning  yashagan  yillari  qaysi  javobda  to’g’riko’rsatilgan?

3.       Umarshayx  Mirzoga  akasi  Sulton  Ahmad  hukmronligi  davrida  qaysi  hududlar  qo’shib  berildi?

Darsni yakunlash:

 a)O’quvchilarni ma’naviy rag’batlantirish: Baholash.

 b)Uyga vazifa: Mavzuni o’qib o’rganib keliash.

Sana:   ______________

Fan:  O`zbekiston tarixi

Sinfi: 8  ___  ____  ____

Mavzu: Dashti qipchoqdagi siyosiy ahvol. Muhammad Shayboniyxon

Soatlar soni: 1 soat

Mavzuning qisqacha ta`rifi:

O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:

Dars turi: Yangi bilim beruvchi

Metod: suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi, “Jadval texnologiyasi” , “Tadqiqotlar yoki loyixa texnologiyasi”,“Rasmlarda aks etgan tarix”

Shakl: jamoa, guruhda ishlash

Jihoz: I.A.Karimov “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”asari darslik,siyosiy xarita,tarqatma,rasmli ko`rgazma,slayd,kompyuter.

Nazorat: o`quvchilarning darsda faolligi kuzatilib, hisobga olib boriladi.

Baholash: O`quvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanib, dars oxirida e`lon qilinadi.

Darsning maqsadi

Maqsadlar:

Ta`limiy maqsad:-o`quvchilarga Dashti qipchoqdagi siyosiy ahvol. Muhammad Shayboniyxon haqida ma`lumot berish;

Tarbiyaviy maqsad: - o`quvchilargavatanimiz va o`zbek xalqining o`rta asrlarda boshidan kechirgan g`oyat murakkab va mashaqqatli hayoti haqida tushuncha berish va bundan saboq olishni o`rgatish;

Rivojlantiruvchi maqsad: -o`quvchilarni dunyoqarashini, nutqini,fikrlash qobilyatini, shakllantirish

Tayanch kompetentsiyalar:

Kommunikativlik

o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, mavzu:dan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish;

Milliy va umummadaniy

umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlarini (urf odatlar, marosimlar, milliy madaniy an’analar va.h.k.) hurmat qilish;

o‘zgalarga nisbatan mehrmuruvvat, saxiylik, diniy e’tiqodi, milliy hususiyatlari, an’ana va marosimlarini hurmat qilish; jamiyatda o‘rnatilgan odobaxloq qidalariga rioya qilish

O‘z-o‘zini rivojlantirish

shaxs sifatida doimiy ravishda o‘zo‘zini rivojlantirish, ma’naviy va intellektual kamolotga intilish;

o‘z hatti-harakatini adekvat baholash, o‘zini nazorat qila bilish, halollik, to‘g‘rilik kabi sifatlarga ega bo‘lish.

Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish

tarixda yil xisobini o‘qiy olish, tarixiy darvlarga oid chizmalarni o‘qiy olish, rim raqamida yozilgan raqamlarni o‘qiy oladi.

miloddan avvalgi, era, milodiy yillar o‘rtasidagi farqalarni matematik amallar bilan yecha oladi.

Fanga oid kompetensiyalar:

·         Tarixiy voqeilikni tushunishvauni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi.

tarixiy davrlar va -yillarni ajrata oladi, tarixiy hisobini tushuntira oladi;

         mazkur davrni o‘rganish orqali o‘quvchilar tarix fanining o‘rganilayot- gan davriga oid tarixiy atamalar mazmunini biladi;

Tarixiy shaxslar haqida ma’lumot bera oladi,tarixiy sanalarda ro‘y bergan voqealar haqida ma’lumot bera oladi

·         Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi.

Tarixiy illustrasiyalar asosida kichik hikoyalar tuza oladi, tarixiy joylarni xaritadan ko‘rsata oladi

Darsning blok sxemasi:

Darsning qismlari

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa

I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.

II.O`tilgan mavzuni takrorlash:

1.       Qaysi hukmdorlar 40  yildan  kam  bo’lmagan  muddatda  hukmronlik  qilishgan?

2.       Boburning  otasi  Umarshayx  Mirzoning  yashagan  yillari  qaysi  javobda  to’g’riko’rsatilgan?

3.       Umarshayx  Mirzoga  akasi  Sulton  Ahmad  hukmronligi  davrida  qaysi  hududlar  qo’shib  berildi?

III. Yangi mavzu bayoni

11-asrdan boshlab arab va fors manbalarida „Dashti Qipchoq“ deb ataluvchi geografik hudud tilga olinadi. Bu atama Sirdaryoning yuqori oqimi va Tyanshanning g’arbiy yon bag’ridan Dnepr daryosining quyi oqimiga qadar cho’zilgan dashtlarga nisbatan ishlatilgan.

Ural (Yoyiq) daryosi Dashti Qipchoqni sharqiy va g’arbiy qismlarga ajratib turgan.

Yodda tuting. Bu hududlar rus manbalarida, poloveslar yeri “ nomi bilan yuritilgan. Chunki ruslar Dashti Qipchoq aholisini poloveslar deb atashgan. Vizantiya manbalarida ular kumanlar, sharq manbalarida esa qipchoqlar nomlari bilan qayd etilgan.

Sharqiy Dashti Qipchoqdagi siyosiy vaziyat

1428-yilda Jo’jining beshinchi o’g’li Shaybon naslidan bo’lgan Abulxayrxon (1412-1468) Sharqiy Dashti Qipchoqni egallab, alohida davlatga asos soladi. Tarixiy manbalarda bu davlat,,O’zbek ulusi“ (o’zbeklar mamlakati) deb ham ataladi. 1431-yilda Xorazmni ham bosib oladi.

1446-yilda Abulxayrxon Sirdaryoning o’rta oqimida joylashgan shaharlar-Sig’noq, Oqqo’rg’on, Arquq, O’zgan va Suzoqni bosib oladi. O’z davlatining poytaxtini Turadan Sig’noqqa ko’chirdi.

Samarqand taxti uchun kurash kuchaygan paytda Abulxayrxon vaziyatdan foydalanishga harakat qiladi. U 1451-yilda o’zidan madad so’ragan temuriyzoda Abu Said Mirzoga Samarqand taxtini egallashda yordam berish bahonasida yurish boshladi. Abulxayrxon katta o’ljalar bilan o’z yurtiga qaytadi. Minnatdorchilik tariqasida Abu Said Mirzo Ulug’bekning qizi Robiya Sultonbegimni Abulxayrxonga xotinlikka beradi.

Abulxayrxon keyin ham bir necha bor Movarounnahr ishlariga aralashdi. Shu orqali u Movarounnahrda borgan sari o’z nufuzining ortishiga erisha olgan.

Abulxayrxon tomonidan tuzilgan davlat 40 yil hukmronlik qiladi. 1468-yilda Abulxayrxon vafot etishi bilanoq, bu davlat parchalanib ketdi.

Muhammad Shayboniyxon

Muhammad Shayboniy Abulxayrxonning nabirasi, Shohbudog’ Sultonning o’g’li. edi Shohbudog’ Sultondan ikki o’g’il qolgan: Muhammad Shayboniy va Mahmud Sulton. Muhammad Shayboniy 1451-yilda tug’ilgan.

Shayboniyning bobosi Abulxayrxon saroyida ham turkiylar odatiga ko’ra tug’ilgan go’dakka ikki ism qo’yish urf bo’lgan. Ismlarning birinchisi islomiy (arab), ikkinchisi esa turkiy bo’lgan. Tug’ilganda Muhammad deb nom olgan Shayboniy o’zining ikkinchi nomi bilan mashhur bo’lgan. „Bobumoma“ asarida Shayboniyning ismi Shoybog’xon deb berilgan. Bu nom „kuch-qudrat“ degan ma’noni anglatadi. Umuman olganda, Muhammad Shayboniyxon faqat xon bo’lmasdan, ayni paytda, ilm-ma’rifat homiysi va o’zi ham didli ijodkor, shoir bo’lgan. Shu bois, Shayboniyxon Shohbaxt, Shoybog’, Shoybek, Sheboni, Shohibek, Shayboniy taxalluslari bilan she’rlar yozgan.

Otasi Shohbudog’ Sulton va onasi Qo’zibegimdan yoshligida yetim qolgan Muhammad Shayboniy otasining sodiq xizmatkori Qorachabek oilasida tarbiyalangan. Qorachabek bu shahzodaga otalarcha mehribonlik ko’rsatgan. Keyinchalik Shayboniyga nufuzli temuriy amirlardan bo’lmish Turkiston va O’tror hukmdori Muhammad Mazid tarxon homiylik qildi. Shayboniy ukasi bilan Turkistonda uzoq vaqt yashamadi. Keyinchalik ular Buxoroda yashab, ilm o’rgandilar, she’riyat va ilm-fanga oshno bo’ldilar. Balog’atga yetgani sari Shayboniy ko’nglida bobosi Abulxayrxon davlatini tiklash orzusi jo’sh ura boshladi. U Dashti Qipchoqqa qaytib borib, lashkar to’plashga muvaffaq bo’ladi. Ayni paytda, u bobosi davlatini tikash yo’lidagi xatti-harakatini dastlab o’z qo’shini bilan temuriylarga yollanma qo’shin lashkarboshisi sifatida xizmat qilishdan boshlagan.

Muhammad Shayboniyxon (16-asrda ishlangan miniatura).

Dastlab, Shayboniy parchalangan Amir Temur davlatining shimoliy chegarasida noiblik qilayotgan homiysi Mazid tarxondan uni o’z xizmatiga olishni so’raydi. Avvaliga bu taklifga rozi bo’lgan Mazid tarxon tezda Shayboniyning xavf solishi mumkinligini anglab yetadi. Natijada u Shayboniyni Buxoro hokimi Darvish Muhammad tarxon ixtiyoriga jo’natib yuborish orqali undan qutuladi. Chunki Darvish Muhammad bunday yordam kuchiga muhtoj edi.

Shayboniyxonning xizmatidan ham Mo’g’uliston, ham Movarounnahr, ham Xuroson hukmdorlari o’zlarining qo’shnilariga hamda ichki raqiblariga qarshi kurashda foydalanganlar. Bu kurashlarda Shayboniy o’zining mohir lashkarboshilik qobiliyatini namoyon qildi. Turli hukmdorlarga xizmat qilish Shayboniyga Temuriylar davlatidagi vaziyatni yaxshi bilib olishga imkon berdi.

Yodda tuting.

Shayboniy bobosi Abulxayrxon vafotidan keyin parokanda bo’lib ketgan qabilalarni birlashtirdi va beayov qonli urushlar natijasida XVasrning 80-yillarida davlatni qayta tiklashga muvaffaq bo’ldi.

Vaqt o’tib, Shayboniyxon Sirdaryo bo’ylaridagi qo’rg’onlami ham egalladi. Bu qo’rg’onlar kelgusida unga Movarounnahmi istilo qilish uchun tayanch vazifasini o’tadi.

Darsni mustahkamlash uchun savollar:

1.       Dashti  Qipchoq”  deb   ataluvchi  geografik  hudud  XI asrdan  boshlab…..?

2.       “O”zbek  Ulusi”  deb  ataluvchi  davlat  nechanchi  yilgacha  yashadi?

3.       Shayboniyxonga  homiylik  qilgan  Muhammad  Mazid  Tarxon  qaysi  viloyathukmdori  bo’lgan?

4.       Shayboniyxon Samarqandga yurush qilgan vaqtda Samarqand hukmdori kim edi?

5.       Zuhrobegi Shayboniyxondan qaysi hududlarni o’g’liga berishni talab qilgandi?

6.       Shayboniyxon Samarqandga yurush qilgan vaqtda Samarqand hukmdori kim edi?

Darsni yakunlash:

 a)O’quvchilarni ma’naviy rag’batlantirish: Baholash.

 b)Uyga vazifa: Mavzuni o’qib o’rganib keliash.

Sana:   ______________

Fan:  O`zbekiston tarixi

Sinfi: 8  ___  ____  ____

Mavzu: Movarounnahrda shayboniylar  hukmronligining o’rnatilishi

Soatlar soni: 1 soat

Mavzuning qisqacha ta`rifi:

O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:

Dars turi: Yangi bilim beruvchi

Metod: suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi, “Jadval texnologiyasi” , “Tadqiqotlar yoki loyixa texnologiyasi”,“Rasmlarda aks etgan tarix”

Shakl: jamoa, guruhda ishlash

Jihoz: I.A.Karimov “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”asari darslik,siyosiy xarita,tarqatma,rasmli ko`rgazma,slayd,kompyuter.

Nazorat: o`quvchilarning darsda faolligi kuzatilib, hisobga olib boriladi.

Baholash: O`quvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanib, dars oxirida e`lon qilinadi.

Darsning maqsadi

Maqsadlar:

Ta`limiy maqsad:-o`quvchilarga Movarounnahrda shayboniylar  hukmronligining o’rnatilishi haqida ma`lumot berish;

Tarbiyaviy maqsad: - o`quvchilargavatanimiz va o`zbek xalqining o`rta asrlarda boshidan kechirgan g`oyat murakkab va mashaqqatli hayoti haqida tushuncha berish va bundan saboq olishni o`rgatish;

Rivojlantiruvchi maqsad: -o`quvchilarni dunyoqarashini, nutqini,fikrlash qobilyatini, shakllantirish. 

Tayanch kompetentsiyalar:

Kommunikativlik

o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, mavzu:dan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish;

Milliy va umummadaniy

umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlarini (urf odatlar, marosimlar, milliy madaniy an’analar va.h.k.) hurmat qilish;

o‘zgalarga nisbatan mehrmuruvvat, saxiylik, diniy e’tiqodi, milliy hususiyatlari, an’ana va marosimlarini hurmat qilish; jamiyatda o‘rnatilgan odobaxloq qidalariga rioya qilish

O‘z-o‘zini rivojlantirish

shaxs sifatida doimiy ravishda o‘zo‘zini rivojlantirish, ma’naviy va intellektual kamolotga intilish;

o‘z hatti-harakatini adekvat baholash, o‘zini nazorat qila bilish, halollik, to‘g‘rilik kabi sifatlarga ega bo‘lish.

Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish

tarixda yil xisobini o‘qiy olish, tarixiy darvlarga oid chizmalarni o‘qiy olish, rim raqamida yozilgan raqamlarni o‘qiy oladi.

miloddan avvalgi, era, milodiy yillar o‘rtasidagi farqalarni matematik amallar bilan yecha oladi.

Fanga oid kompetensiyalar:

·         Tarixiy voqeilikni tushunishvauni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi.

tarixiy davrlar va -yillarni ajrata oladi, tarixiy hisobini tushuntira oladi;

         mazkur davrni o‘rganish orqali o‘quvchilar tarix fanining o‘rganilayot- gan davriga oid tarixiy atamalar mazmunini biladi;

Tarixiy shaxslar haqida ma’lumot bera oladi,tarixiy sanalarda ro‘y bergan voqealar haqida ma’lumot bera oladi

·         Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi.

Tarixiy illustrasiyalar asosida kichik hikoyalar tuza oladi, tarixiy joylarni xaritadan ko‘rsata oladi

Darsning blok sxemasi:

Darsning qismlari

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa

I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.

II.O`tilgan mavzuni takrorlash:

1.       Dashti  Qipchoq”  deb   ataluvchi  geografik  hudud  XI asrdan  boshlab…..?

2.       “O”zbek  Ulusi”  deb  ataluvchi  davlat  nechanchi  yilgacha  yashadi?

3.       Shayboniyxonga  homiylik  qilgan  Muhammad  Mazid  Tarxon  qaysi  viloyathukmdori  bo’lgan?

4.       Shayboniyxon Samarqandga yurush qilgan vaqtda Samarqand hukmdori kim edi?

5.       Zuhrobegi Shayboniyxondan qaysi hududlarni o’g’liga berishni talab qilgandi?

6.       Shayboniyxon Samarqandga yurush qilgan vaqtda Samarqand hukmdori kim edi?

 III.Yangi mavzu bayoni

Dashti Qipchoq qabilalanning rahnamolari Abulxayrxon vafotidan so’ng boshlangan o’zaro qirg’inlarning yana takrorlanishini aslo istamas edilar. Shu tufayli ular Muhammad Shayboniyxon timsolida bunday qirg’inga yo’l qo’ymaydigan qodir shaxsni ko’rdilar.

Bundan tashqari, Dashti Qipchoq qabilalari ko’pdan buyon o’troq hayot tarzida yashashni orzu qilib kelardilar. Bu orzuning ushalishi o’zgalarning unumdor yerlarini bosib olish tufayligina ro’yobga chiqishi mumkin edi.

Ular yerlari unumdor, hunarmandchiligi rivojlangan o’lkalarning bosib olinishi o’troq hayotga o’tish imkonini berishini ham yaxshi biganlar. Bu omillar Muhammad Shayboniyxon hokimiyatining kuchayishiga yordam berdi. Muhammad

Shayboniyxonning Movarounnahrdagi ichki siyosiy vaziyatni yaxshi bilganligi ham uning nufuzini yanada oshirdi. Ayni paytda, Movarounnahr aholisi temuriyzodalarning toj-taxt uchun o’zaro kurashlaridan charchagan ham edi. Shu tufayli Movarounnahr zodagonlari, ruhoniylari va hatto oddiy aholining ma’lum qismi ham Muhammad Shayboniyxon timsolida Movarounnahrda tinchlik o’rnatishga qodir yagona shaxsni ko’rganlar. Shu tufayli Muhammad Shayboniyxonni qo’llabquvvatlaganlar.

Shu tariqa, Muhammad Shayboniyxonning Temuriylar davlati hududlarida ham o’z hokimiyatini o’rnatishi uchun barcha zarur shart-sharoit yetilgan edi.

Movarounnahrningzabt etilishi Muhammad Shayboniyxonning asosiy maqsadi Temuriylar saltanatiga butunlay barham berish edi. Bu maqsadni ro’yobga chiqarish uchun u 1499-yilda Movarounnahmi zabt etishga kirishdi. U bu o’rinda raqiblarini sarosimaga solib qo’ygan jang usuli-to’lg’amani qo’lladi.

1500-yilda Muhammad Shayboniyxon Samarqandni jangsiz egalladi. Bu hodisa Samarqand hukmdori Sulton Ali Mirzoning onasi Zuhrobegi og’aning xatosi oqibatida sodir bo’ldi. Xoinlar Zuhrobegi og’ani Muhammad Shayboniyxonga maxfiy ravishda „Men ham o’zbek urug’idanman, agar siz meni nikohingizga olsangiz, o’g’lim bilan sizning hukmngizni tan olib, Samarqandni siz xon hazratlariga topshirurmiz“ mazmunidagi xatni yuborishga ko’ndiradilar.

Ayni paytda, Zuhrobegi og’a Shayboniyxon oldiga Termiz, Chag’aniyon, Hisor va Badaxshon zabt etilgach, bu hududlami o’g’li Sulton Ali Mirzoga berish shartini ham qo’ygan edi.

Muhammad Shayboniyxon o’zini bu shartlarga rozidek qilib ko’rsatdi.

Samarqand taxti egallangach esa Sulton Ali Mirzo qatl etildi. Onasi Zuhrobegi og’a esa boshqa kishiga nikohlab berildi. Shu tariqa, Muhammad Shayboniyxon 1501-yilda Samarqandni uzil-kesil egalladi. Katta qo’shinga ega bo’lgan Muhammad Shayboniyxon endi butun Movarounnahmi egallashga kirishdi.

1503-yilda Toshkent va Shohruxiya shaharlari egallanadi. Shayboniyxon Ulug’bek Mirzoning Abulxayrxonga uzatilgan qizi Robiya Sultonbegimning o’g’illari Ko’chkunchixon va Suyunchixo’jaxonlarni Toshkent va Shohruxiyaga hokim etib tayinladi.

1504-yilda esa Farg’ona zabt etildi. Shu tariqa butun Movarounnahrda shayboniylar sulolasi hukmronligi o’rnatildi. Samarqand shahri poytaxt etib belgilandi. Buxoro shahrini esa ukasi Mahmud Sultonga topshirdi.

Xorazm va Xurosonning egallanishi.

Muhammad Shayboniyxon Movarounnahrda mustahkamlanib olgach, endi Xorazmni zabt etishga kirishdi. 1505-yilda Urganch shahrini bosib oldi.

1505-yil kuzida Xurosonga yurish boshladi. So’nggi yillarda o’zaro ichki urushlar oqibatida, inqirozga yuz tutgan temuriylarning Xuroson davlatini egallashi qiyin bo’lmadi. 1506-yilda Balx olindi. 1507-yilda Hirot qo’shinlari tor-mor etildi. Shundan so’ng Hirot o’zining iqtisodiy, siyosiy va madaniy markaz sifatidagi nufuzini yo’qotdi.

Xurosonning ham bo’ysundirilishi bilan amalda Muhammad Shayboniyxon butun mintaqani yagona bir markaz-Samarqand qo’l ostida birlashtira oldi. Shu tariqa u 15-asrning ikkinchi yarmidan boshlab temuriyzodalar amalga oshira olmagan vazifani bajardi. Shunday qilib, Shayboniyxonning olib borgan shiddatli va beayov urushlari oqibatida Movarounnahr, Xorazm va Xurosonni o’z ichiga olgan hududda Muhammad Shayboniyxon hukmronligi o’rnatildi va davlatchiligimiz tarixida shayboniylar sulolasi hukmronligi davri boshlandi.

Eron shohi Ismoil Safaviy Bilan qonli to’qnashuv

Bu vaqtda Eronda shoh Ismoil Safaviy hukmdorlik qilayotgan edi. U o z davriuchun katta va qudratli qo’shin tuza olgan edi. Ismoil Safaviy tuzgan saltanat tarixda Safaviylar davlati nomi bilan mashhur.

Shoh Ismoil davlati kattagina hududlami o’z ichiga olardi. Bu davlatning bir sarhadi Xuroson bilan, ikkinchi sarhadi esa Usmonli turklar davlati bilan tutashgan edi. Shoh Ismoil islomning shia oqimiga e’tiqod etuvchi va uni Eronda hukmron e’tiqod shakliga aylantirgan hukmdor edi. Uning ko’rsatmasi bilan har bir masjidda shialar 12 imomining nomi xutbaga qo’shib o’qitiladigan bo’lgan.

Darsni mustahkamlash uchun savollar:

1.       Bobur  1500 yilda  Samarqandni  qo’lga  kiritgan  vaqtda  Shayboniyxon  qaysishaharga  chekinadi?

2.       Ko’li Malik (Cho’li Malik) jangida  mag’lubiyatga uchragan Bobur qayerga chekindi?

3.       1512 yil  24 noyabrda  G’ijdivonda  bo’lgan jangda mag’lubiyatga  uchragan Eron   qo’shini ustidan kim g’alaba qozondi?

Darsni yakunlash:

 a)O’quvchilarni ma’naviy rag’batlantirish: Baholash.

 b)Uyga vazifa: Mavzuni o’qib o’rganib keliash.

Sana:   ______________

Fan:  O`zbekiston tarixi

Sinfi: 8  ___  ____  ____

Mavzu: Zahiriddin Muhammad bobur-buyuk davlat arbobi va mohir sarkarda.

Soatlar soni: 1 soat

Mavzuning qisqacha ta`rifi:

O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:

Dars turi: Yangi bilim beruvchi

Metod: suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi, “Jadval texnologiyasi” , “Tadqiqotlar yoki loyixa texnologiyasi”,“Rasmlarda aks etgan tarix”

Shakl: jamoa, guruhda ishlash

Jihoz: I.A.Karimov “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”asari darslik,siyosiy xarita,tarqatma,rasmli ko`rgazma,slayd,kompyuter.

Nazorat: o`quvchilarning darsda faolligi kuzatilib, hisobga olib boriladi.

Baholash: O`quvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanib, dars oxirida e`lon qilinadi.

Darsning maqsadi

Maqsadlar:

Ta`limiy maqsad:-o`quvchilarga Zahiriddin Muhammad bobur-buyuk davlat arbobi va mohir sarkarda haqida ma`lumot berish;

Tarbiyaviy maqsad: - o`quvchilargavatanimiz va o`zbek xalqining o`rta asrlarda boshidan kechirgan g`oyat murakkab va mashaqqatli hayoti haqida tushuncha berish va bundan saboq olishni o`rgatish;

Rivojlantiruvchi maqsad: -o`quvchilarni dunyoqarashini, nutqini,fikrlash qobilyatini, shakllantirish

Tayanch kompetentsiyalar:

Kommunikativlik

o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, mavzu:dan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish;

Milliy va umummadaniy

umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlarini (urf odatlar, marosimlar, milliy madaniy an’analar va.h.k.) hurmat qilish;

o‘zgalarga nisbatan mehrmuruvvat, saxiylik, diniy e’tiqodi, milliy hususiyatlari, an’ana va marosimlarini hurmat qilish; jamiyatda o‘rnatilgan odobaxloq qidalariga rioya qilish

O‘z-o‘zini rivojlantirish

shaxs sifatida doimiy ravishda o‘zo‘zini rivojlantirish, ma’naviy va intellektual kamolotga intilish;

o‘z hatti-harakatini adekvat baholash, o‘zini nazorat qila bilish, halollik, to‘g‘rilik kabi sifatlarga ega bo‘lish.

Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish

tarixda yil xisobini o‘qiy olish, tarixiy darvlarga oid chizmalarni o‘qiy olish, rim raqamida yozilgan raqamlarni o‘qiy oladi.

miloddan avvalgi, era, milodiy yillar o‘rtasidagi farqalarni matematik amallar bilan yecha oladi.

Fanga oid kompetensiyalar:

·         Tarixiy voqeilikni tushunishvauni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi.

tarixiy davrlar va -yillarni ajrata oladi, tarixiy hisobini tushuntira oladi;

         mazkur davrni o‘rganish orqali o‘quvchilar tarix fanining o‘rganilayot- gan davriga oid tarixiy atamalar mazmunini biladi;

Tarixiy shaxslar haqida ma’lumot bera oladi,tarixiy sanalarda ro‘y bergan voqealar haqida ma’lumot bera oladi

·         Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi.

Tarixiy illustrasiyalar asosida kichik hikoyalar tuza oladi, tarixiy joylarni xaritadan ko‘rsata oladi

Darsning blok sxemasi:

Darsning qismlari

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa

I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.

II.O`tilgan mavzuni takrorlash:

1.       Bobur  1500 yilda  Samarqandni  qo’lga  kiritgan  vaqtda  Shayboniyxon  qaysishaharga  chekinadi?

2.       Ko’li Malik (Cho’li Malik) jangida  mag’lubiyatga uchragan Bobur qayerga chekindi?

3.       1512 yil  24 noyabrda  G’ijdivonda  bo’lgan jangda mag’lubiyatga  uchragan Eron   qo’shini ustidan kim g’alaba qozondi?

III. Yangi mavzu bayoni

Samarqand aholisi shayxulislom Abulmakarim boshchiligida temuriylar hukmdorligini tiklash chorasini izladilar. Samarqand rahnamolari Farg’ona hokimi Bobur Mirzoga maktub yo’llab, Samarqand taxtini egallashga da’vat etdilar. Sulolasi manfaatlariga sadoqatli bo’lgan Bobur Mirzo 1500-yilning kuzida Samarqandga yurish boshladi. Bu paytda Shayboniyxon Samarqanddan tashqarida-Konigil (shahardan tashqaridagi hukmdorlar hordiq chiqaradigan joy)da turar edi. Aholi tomonidan Samarqandning darvozasi Bobur Mirzoga ochib berildi va uning qo’shini shiddat bilan hujum qilib, Shayboniyxonning bu yerda qoldirib ketgan 600 kishilik askarini qirib tashladi. Shunday qilib, Bobur Mirzo Samarqand taxtini ikkinchi marta egalladi.

Shayboniyxon Buxoroga chekinadi va bo’lajak hal qiluvchi jangga tayyorgarlik ko’ra boshladi. Bobur Mirzo ham qish bo’yi urushga jiddiy tayyorgarlik ko’rdi. 1501-yil aprelida Zarafshon bo’yidagi Saripul qishlog’i yaqinida yuz bergan og’ir urushda Bobur Mirzo yengildi. Bobur Mirzo Samarqandga chekinadi. G’olib Shayboniyxon Samarqandni qamal qilib, Bobur Mirzoga sulh taklif qildi. Sulh shartlari Bobur Mirzo uchun juda haqoratli bo’lsa-da, unga rozi bo’lmaslikdan boshqa chorasi yo’q edi.

Bobur Mirzo Kobulga borib, bu yerda 1504-yilning sentabr oyida hokimiyatni qo’lga kiritdi. Bobur Mirzo el-yurt obodonchiligi va ravnaqi yo’lida odilona ish yuritib, qudratli davlat boshlig’i sifatida katta obro’ qozondi.

1510-yili, Shayboniyxon halok bo’lgach, Bobur Mirzo qalbida shoh Ismoil yordamida Movarounnahrni shayboniylardan qaytarib olish umidi paydo bo’ldi. Ana shu niyatda u shoh Ismoil elchisini Kobulda juda ochiq chehra bilan kutib oldi. Elchilar shoh Ismoil Bobur Mirzoga birgalikda Samarqandga qo’shin tortishni taklif qilganligini aytadilar. Bobur Mirzo bu taklifni qabul qildi.

Zahiriddin Muhammad Bobur (16-asrda ishlangan miniatura).

Bobur 1511-yil kuzida shoh Ismoil yordamida Samarqandni uchinchi marta qo’lga kiritdi. Bobur Samarqandni egallagach, shoh Ismoilni oliy hukmdor deb e’lon qildi. Shoh Ismoil islomning shia oqimiga e’tiqod qilardi. Shuning uchun ham Samarqand xalqi uni qo’llab-quvvatlamadi. Bu orada Bobur Erondan kelgan qo’shinlarga javob berib yuborgan ham edi. Bunday qulay fursatdan foydalangan Shayboniyxon avlodi Ubaydulla Sulton bilan Muhammad Temur Sulton boshqa mahalliy sultonlarning yordamiga tayanib, Boburga qarshi yurish boshladilar. 1512-yil 28-aprelda cho’li Malikda bo’lgan jangda Bobur yengilib, Hisorga chekindi. Shayboniyxon avlodlari Samarqandni uzil-kesil egalladilar. Shoh Ismoil Boburga yordam berish maqsadida o’zining nomdor sarkardalaridan amir Ahmad (laqabi „Najmi Soniy“, ya’ni ikkinchi yulduz) boshchiligida qo’shin yubordi. Ular birlashib, Amudaryodan o’tib G’uzor va Qarshini egallaydi. Biroq 1512-yil 24-noyabrda G’ijduvonda bo’lgan jangda Ubaydulla Sulton g’olib chiqadi. Bu jangda Najmi Soniy oldirildi. Eron qo’shinining ozgina qismi qochib ulgurdi.

Bobur endi Movarounnahrdan tamoman umidini uzib, yana Kobulga qaytdi va 1526-yilga qadar Kobulni idora qildi. So’ngra Kobulni ikkinchi o’g’li Komron Mirzoga qoldirib, o’zi Hindiston sari yurish boshladi. Hindistonda qudratli va shavkatli saltanat egasi bo’lganida ham Vatan xayoli, ayriliq alami Bobur Mirzoni aslo tark etmagan va u quyidagi hasratli satrlami bitgan edi:

Boburiylar saltanati

Bobur Dehli hukmdori Ibrohim Lo’diy qo’shinlarini tor-mor keltirdi. Bu g’alaba natijasida Bobur Shimoliy Hindistonni egalladi. 1526-yilning 27-aprelida Dehli shahrida podshoh Bobur nomiga xutba o’qildi. Shu tariqa Hindistonda-boburiylar sulolasiga asos solindi.

Bobur shoh Hindistonda bir-biri bilan dushmanlik kayfiyatida bo’lgan mayda mustaqil rojalami ham qilich, ham siyosat yo’li bilan birlashtirdi va markazlashgan yirik saltanatni barpo etdi. Bu saltanat 332 yil (1526-1858-yillar), ya’ni Hindistonni Buyuk Britaniya to’liq bosib olguniga qadar hukm surdi.

Zahiriddin Bobur bilimga chanqoq buyuk davlat arbobi bo’lganligi uchun ham bilim olishga intilganlarga hamisha otalarcha g’amxo’rlik qilgan. Uning o’zi ham ajoyib olim, turkiy nazmda asarlar bitgan Alisher Navoiydan keyin turadigan tengi yo’q shoir, yirik bastakor edi. Bobur shoh o’zining „Bobumoma“ hamda „Mubayyin“, „Turkiy devon“ kabi asarlari bilan mashhur ijodkor hamdir. „Boburnoma“ asari Movarounnahr, Xuroson va Hindiston tarixini to’g’ri aks ettirgan asardir.

“Boburnoma“ Zahiriddin Bobur nafaqat buyuk davlat arbobi, mohir sarkarda, shoir, bastakor, ayni paytda, yirik tarixchi olim hamdir. Uning nomini abadiylikka muhrlagan asar „Boburnoma“dir.

Bu asar-Movarounnahr, Afg’oniston, Hindiston va Eron xalqlari tarixi, geografiyasi haqida juda qimmatli ma’lumotlar beradi.

Bu xotira asarlar sirasiga kiradi. Asar 1493-1529-yillar oralig’ida bo’lib o’tgan tarixiy voqealar haqida yilma-yil hikoya qiladi.

Asarda ba’zi temuriyzoda hukmdorlarning birgalashib umumiy dushmanga qarshi kurashish o’rniga o’z dushmanlari bilan o’z manfaatlari yo’lida (Vatan manfaati yo’lida emas) kelishishga qilgan harakatlari tanqid qilinadi.

Bobur o’z kitobida Hindiston haqida, jumladan, quyidagilarni yozib qoldirgan: „Hindiston. . . bizning viloyatlardan o’zgacha olamdir. Tog’ va daryosi, jangal va sahrosi, hayvonot va nabototi, eli va tili, yomg’iri va yeli-barchasi o’zgachadir. Hindistonning aksari viloyatining tuz yerdan bo’libtur. . . Hindistonning bir ulug’ aybi budurkim, oqar suvi yo’qtur. . . ”Bobuning adabiy-badiiy faoliyatida nozik lirik she’riar katta o’rin tutadi. Ularda insoniylik, mehr-muruvvat g’oyalari ilgari suriladi. Uning „Mubayyin“ asarida o’sha zamon soliq tizimi, soliq yig’ishning qonun-qoidalari bayon etilgan. O’zbekiston Respublikasi hukumatining qarori bilan 1993-yilda Bobur tavalludining 510 yilligi keng miqyosda nishonlandi. Bobuning buyuk xotirasini ulug’lash yo’lida katta ishlar amalga oshirildi. Chunonchi, Andijonda Bobur haykali o’rnatildi, ramziy qabr maqbarasi qurildi. „Bobur milliy bog’i“ va shu bog’ qoshida „Bobur va jahon adabiyoti“ nomli muzey tashkil etildi.

Darsni mustahkamlash uchun savollar:

1.       Bobur  Mirzo  nechanchi  yilda  Kobulda  hokimiyatni  qo’lga  kiritdi?

2.       “Boburnoma” asarida  qaysi  mamlakat  xalqlari  tarixi,  geografiyasi  haqida  juda  qimmatli  ma’lumotlar  berilgan?

3.       Boburning  qaysi  asarida  o’sha  zamon  soliq  tizimi  soliq  yig’ishning  qonun-qoidalari  bayon  etilgan?

Darsni yakunlash:

 a)O’quvchilarni ma’naviy rag’batlantirish: Baholash.

 b)Uyga vazifa: Mavzuni o’qib o’rganib keliash.

Sana:   ______________

Fan:  O`zbekiston tarixi

Sinfi: 8  ___  ____  ____

Mavzu: Buxoro xonligi

Soatlar soni: 1 soat

Mavzuning qisqacha ta`rifi:

O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:

Dars turi: Yangi bilim beruvchi

Metod: suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi, “Jadval texnologiyasi” , “Tadqiqotlar yoki loyixa texnologiyasi”,“Rasmlarda aks etgan tarix”

Shakl: jamoa, guruhda ishlash

Jihoz: I.A.Karimov “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”asari darslik,siyosiy xarita,tarqatma,rasmli ko`rgazma,slayd,kompyuter.

Nazorat: o`quvchilarning darsda faolligi kuzatilib, hisobga olib boriladi.

Baholash: O`quvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanib, dars oxirida e`lon qilinadi.

Darsning maqsadi

Maqsadlar:

Ta`limiy maqsad:-o`quvchilarga Buxoro xonligi haqida ma`lumot berish;

Tarbiyaviy maqsad: - o`quvchilargavatanimiz va o`zbek xalqining o`rta asrlarda boshidan kechirgan g`oyat murakkab va mashaqqatli hayoti haqida tushuncha berish va bundan saboq olishni o`rgatish;

Rivojlantiruvchi maqsad: -o`quvchilarni dunyoqarashini, nutqini,fikrlash qobilyatini, shakllantirish. 

Tayanch kompetentsiyalar:

Kommunikativlik

o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, mavzu:dan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish;

Milliy va umummadaniy

umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlarini (urf odatlar, marosimlar, milliy madaniy an’analar va.h.k.) hurmat qilish;

o‘zgalarga nisbatan mehrmuruvvat, saxiylik, diniy e’tiqodi, milliy hususiyatlari, an’ana va marosimlarini hurmat qilish; jamiyatda o‘rnatilgan odobaxloq qidalariga rioya qilish

O‘z-o‘zini rivojlantirish

shaxs sifatida doimiy ravishda o‘zo‘zini rivojlantirish, ma’naviy va intellektual kamolotga intilish;

o‘z hatti-harakatini adekvat baholash, o‘zini nazorat qila bilish, halollik, to‘g‘rilik kabi sifatlarga ega bo‘lish.

Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish

tarixda yil xisobini o‘qiy olish, tarixiy darvlarga oid chizmalarni o‘qiy olish, rim raqamida yozilgan raqamlarni o‘qiy oladi.

miloddan avvalgi, era, milodiy yillar o‘rtasidagi farqalarni matematik amallar bilan yecha oladi.

Fanga oid kompetensiyalar:

·         Tarixiy voqeilikni tushunishvauni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi.

tarixiy davrlar va -yillarni ajrata oladi, tarixiy hisobini tushuntira oladi;

         mazkur davrni o‘rganish orqali o‘quvchilar tarix fanining o‘rganilayot- gan davriga oid tarixiy atamalar mazmunini biladi;

Tarixiy shaxslar haqida ma’lumot bera oladi,tarixiy sanalarda ro‘y bergan voqealar haqida ma’lumot bera oladi

·         Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi.

Tarixiy illustrasiyalar asosida kichik hikoyalar tuza oladi, tarixiy joylarni xaritadan ko‘rsata oladi

Darsning blok sxemasi:

Darsning qismlari

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa

I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.

II.O`tilgan mavzuni takrorlash:

1.       Bobur  Mirzo  nechanchi  yilda  Kobulda  hokimiyatni  qo’lga  kiritdi?

2.       “Boburnoma” asarida  qaysi  mamlakat  xalqlari  tarixi,  geografiyasi  haqida  juda  qimmatli  ma’lumotlar  berilgan?

3.       Boburning  qaysi  asarida  o’sha  zamon  soliq  tizimi  soliq  yig’ishning  qonun-qoidalari  bayon  etilgan?

III. Yangi mavzu bayoni

Shayboniyxon halok bo’lgach, uning o’rniga amakisi Ko’chkunchixon taxtga o’tirdi. Ko’chkunchixondan so’ng taxtga o’g’li Abu Said (1530-1533) o’tirdi. Undan keyin esa hukmdorlik Shayboniyxonning ukasi Mahmud Sultonning o’g’li Ubaydullaxon (1533-1540) qo’liga o’tdi. Ubaydullaxon poytaxtni Samarqanddan Buxoroga ko’chirtirdi. Ubaydullaxon Buxoroga ota-meros mulk deb qarar edi, chunki Shayboniyxon hayotligidayoq Buxoro hokimligini ukasi Mahmud Sulton (Ubaydullaxonning otasi)ga bergan edi. Shu tariqa, shayboniylarning Movarounnahrda tashkil etgan davlati endilikda rasrniy ravishda Buxoro xonligi deb ataladigan bo’ldi.

Ubaydullaxon o’z davlatining chegarasini Shayboniyxon davridagi sarhadlarda qayta tiklashga harakat qildi. U Hirotni ishg’ol etgan qizilboshlilarni bir necha marta mag’lubiyatga uchratgan edi. Ayni paytda, u mamlakat ichkarisidagi o’zaro kurash va tarqoqlikka barham berdi.

Ubaydullaxon vafot etgach, ichki ziddiyatlar yana kuchaydi. Hokimiyat uchun qattiq kurashlar boshlandi. Shayboniyxon avlodlarining har birida 10-12 nafardan o’g’il bo’lib, ularning har biri toj-taxtga da’vogar edilar. Ularning har biri o’z otamerosi bo’lgan hududlarda o’z qo’shiniga bosh bo’lib, mustaqillikka intilar, o’zini oliy hukmdor deb his etar hamda imkoni bo’lsa, xonlik taxtini egallash ishtiyoqida edilar.

Ubaydullaxondan so’ng shayboniylar sulolasi vakillari o’rtasida o’zaro nizolar avjiga chiqdi. Buning oqibatida Abdullaxon I ning qisqa hukmronligi (1540-1541) dan so’ng mamlakatda qo’shhokimiyatchilik vujudga keldi. Ya’ni bir davlatda ikki hukmdor paydo bo’ldi.

Biri-Ubaydullaxonning o’g’li Abdulazizxon Buxoroda, ikkinchisi-Ko’chkunchixonning o’g’li Abdulatifxon Samarqandda hukmdorlik qila boshladilar. Mamlakat bir necha mustaqil hokimliklarga bo’linib ketdi. Biroq qachondir, kimdir bu holatga chek qo’yishi kerak edi.

Buxoro Abdullaxon II hukmronligi davrida.

Mamlakatdagi parokandalikka chek qo’yish uchun markaziy hokimiyatni yana tiklash va kuchaytirish zarur edi. Bu zaruriyatni qonli urushlarsiz amalga oshirib bo’lmas edi. Ana shunday sharoitda kurash maydoniga Miyonqol hukmdori Iskandar Sultonning o’g’li Abdullaxon II (1534-1598) chiqdi. Iskandarxon xonadoniga Buxoro yaqinidagi Jo’ybor qishlog’ida istiqomat qiluvchi, g’oyatda katta nufuzga ega bo’lgan shayx Muhammad Islom (1493-1563)ning ixlosi baland bo’lganligi Abdullaxonga bu kurashda juda katta madad bo’ldi. Muhammad Islom va uning avlodlari o’zlarining kelib chiqishini ota tomondan Muhammad payg’ambar avlodlariga, ona tomondan esa Chingizxon va Jo’jiga ular edilar. Aslzodalik va tasavvuf tariqatidagi mavqeyiga ko’ra, Jo’ybor shayxlari somoniylar davridan boshlaboq davlat ishlarida muhim mansablarni egallab kelar edilar.

1556-yili Muhammad Islomning ko’magida Abdullaxon amalda Abdullaxon II Buxoro taxtini egallaydi. Islom Alloh nomidan Abdullaxonning faoliyatiga oq fotiha bergan edi. Abdullaxon II avval amakisi, Balx va Badaxshon hukmdori Pirmuhammadni (1557-1561), keyin otasi Iskandarxonni (1561-1583) xon deb e’lon qilgan bo’lsa-da, amalda mamlakat hukmdori Abdullaxon II ning o’zi edi.

Abdullaxonning butun hukmronlik davri tinimsiz urushlarda kechdi. Chunonchi, 1574-yili Balxni, 1578-yili Samarqandni, 1583-yili Toshkent va Farg’onani, 1584-yili Badaxshonni, 1595-yili Xorazmni zabt etdi va o’z davlati tarkibiga qo’shib oldi. Shundan keyin uning davlati sarhadlari janubda

Shayboniylar sulolasi hukmronligining barham topishi

Abdullaxon II mamlakatni birlashtirish yo’lida shayboniy sultonlarning markaziy hokimiyatni kuchsizlantirishga urinishlariga qarshi tinimsiz va shafqatsiz kurash olib bordi. Bu maqsad yo’lida qarindoshlariga ham shafqat qilmadi. Abdullaxon II garchand davlatni markazlashtira olgan bo’lsa-da, davlatdagi ichki nizolarga tola barham bera olmadi.

Shunday qilib, Abdullaxon II vafotidan atigi 3 yil o’tgach, bir asr davom etgan shayboniylar sulolasi hukmronligi barham topdi.

Shayboniy Abdullaxon II 1598-yil fevral oyida vafot etgach, taxtga uning o’g’li Abdulmo’rnin o’tqizildi. Biroq o’sha yili-1598-yil iyul oyida Abdulmo’rnin fitnachilar tomonidan O’ratepa va Zomin oralig’ida o’ldirildi. Undan qolgan ikki yashar o’g’ilning xonlik huquqini hech kim tan olmadi. Taxt uchun kurash boshlandi.

Buxoroning bir guruh amirlari shayboniylardan Ibodulla Sultonning o’g’li AbdUlarninni xon qilib ko’tarishga urindilar.

Shayboniylarning boshqa guruhi esa Abdullaxon II ning jiyani, Sulaymon Sultonning o’g’li Balx hokimi Pirmuhammadni shayboniylarning oliy xoqoni deb e’lon qiladilar. Ichki kurash natijasida Pirmuhammad Balxdan chaqirib olinadi va taxtga o’tqiziladi.

Ichki nizolar tufayli Buxoro xonligida sodir bo’lgan og’ir vaziyatdan foydalangan Eron hukmdori shoh Abbos bostirib kirib, Nishopur, Sabzavor, Mashhad, Hirotni egallaydi. Xorazm esa xonlik tasarrufidan chiqib, davlat mustaqilligini tiklab oldi. Ayni paytda, qozoq xoni Tavakkal Movarounnahrga qo’shin tortib, Axsi, Andijon, Toshkent, Samarqandni egallab, Buxoro tomon yurdi. Xurosondan Buxoroga yetib kelgan Pirmuhammadxon Buxoro himoyasiga kirishdi. Xonlikning ko’pgina amirlari o’z qo’shinlari bilan Pirmuhammadxonga qo’shildi. Tavakkal Buxoroni 2 oy davomida qamal qilsa-da, uni ololmay Samarqand tomon chekindi. Pirmuhammadxon qo’shinlari uni ta’qib etib, 1599-yil avgust oyi oxirlarida Miyonqolning Uchqora mavzeyiga yetib oldilar va shu yerda bo’lgan jangda Tavakkal qo’shinlari tor-mor keltirildi. Movarounnahr hududi ozod etildi, qozoq lashkarlari Dashti Qipchoqqa chekindi. Pirmuhammad Buxoro xonligini yana ikki yilcha idora qildi. Tez orada Jaloir, Do’rmon qabila boshliqlarining ig’vosi bilan Pirmuhammadxon bilan Boqi Muhammad o’rtasidagi munosabatlar buzildi. Oxir-oqibatda Pirmuhammadxon bilan ashtarxoniy Jonibek Sultonning o’g’li Boqi Muhammad o’rtasida 1601-yilda Samarqand yaqinidagi Bog’i Shamol mavzeyida jang boladi. Jangda Pirmuhammadxon yengiladi va 80 yoshida qatl etiladi.

Darsni mustahkamlash uchun savollar:

1.       Jo’ybor  qishlog’ida  istiqomat  qiluvchi, g’oyatda  katta  nufuzga  ega bo’lganShayx  Muhammad  Islom  nechanchi  yillarda  yashagan?

2.       Abdullaxon II tomonidan zabt etilgan hududlar sanasi qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?

3.       Qozon xoni  Tavakkal  Movarounnahrga  qo’shin  tortib  qaysi  hududlarni  bosiboldi?

Darsni yakunlash:

 a)O’quvchilarni ma’naviy rag’batlantirish: Baholash.

 b)Uyga vazifa: Mavzuni o’qib o’rganib keliash.

Sana:   ______________

Fan:  O`zbekiston tarixi

Sinfi: 8  ___  ____  ____

Mavzu: XVI-asrda Buxoro xonligida ijtimoiy-iqtisodiy hayot

Soatlar soni: 1 soat

Mavzuning qisqacha ta`rifi:

O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:

Dars turi: Yangi bilim beruvchi

Metod: suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi, “Jadval texnologiyasi” , “Tadqiqotlar yoki loyixa texnologiyasi”,“Rasmlarda aks etgan tarix”

Shakl: jamoa, guruhda ishlash

Jihoz: I.A.Karimov “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”asari darslik,siyosiy xarita,tarqatma,rasmli ko`rgazma,slayd,kompyuter.

Nazorat: o`quvchilarning darsda faolligi kuzatilib, hisobga olib boriladi.

Baholash: O`quvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanib, dars oxirida e`lon qilinadi.

Darsning maqsadi

Maqsadlar:

Ta`limiy maqsad:-o`quvchilarga XVI-asrda Buxoro xonligida ijtimoiy-iqtisodiy hayot haqida ma`lumot berish;

Tarbiyaviy maqsad: - o`quvchilargavatanimiz va o`zbek xalqining o`rta asrlarda boshidan kechirgan g`oyat murakkab va mashaqqatli hayoti haqida tushuncha berish va bundan saboq olishni o`rgatish;

Rivojlantiruvchi maqsad: -o`quvchilarni dunyoqarashini, nutqini,fikrlash qobilyatini, shakllantirish

Tayanch kompetentsiyalar:

Kommunikativlik

o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, mavzu:dan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish;

Milliy va umummadaniy

umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlarini (urf odatlar, marosimlar, milliy madaniy an’analar va.h.k.) hurmat qilish;

o‘zgalarga nisbatan mehrmuruvvat, saxiylik, diniy e’tiqodi, milliy hususiyatlari, an’ana va marosimlarini hurmat qilish; jamiyatda o‘rnatilgan odobaxloq qidalariga rioya qilish

O‘z-o‘zini rivojlantirish

shaxs sifatida doimiy ravishda o‘zo‘zini rivojlantirish, ma’naviy va intellektual kamolotga intilish;

o‘z hatti-harakatini adekvat baholash, o‘zini nazorat qila bilish, halollik, to‘g‘rilik kabi sifatlarga ega bo‘lish.

Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish

tarixda yil xisobini o‘qiy olish, tarixiy darvlarga oid chizmalarni o‘qiy olish, rim raqamida yozilgan raqamlarni o‘qiy oladi.

miloddan avvalgi, era, milodiy yillar o‘rtasidagi farqalarni matematik amallar bilan yecha oladi.

Fanga oid kompetensiyalar:

·         Tarixiy voqeilikni tushunishvauni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi.

tarixiy davrlar va -yillarni ajrata oladi, tarixiy hisobini tushuntira oladi;

         mazkur davrni o‘rganish orqali o‘quvchilar tarix fanining o‘rganilayot- gan davriga oid tarixiy atamalar mazmunini biladi;

Tarixiy shaxslar haqida ma’lumot bera oladi,tarixiy sanalarda ro‘y bergan voqealar haqida ma’lumot bera oladi

·         Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi.

Tarixiy illustrasiyalar asosida kichik hikoyalar tuza oladi, tarixiy joylarni xaritadan ko‘rsata oladi

Darsning blok sxemasi:

Darsning qismlari

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa

I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.

II.O`tilgan mavzuni takrorlash:

1.       Jo’ybor  qishlog’ida  istiqomat  qiluvchi, g’oyatda  katta  nufuzga  ega bo’lganShayx  Muhammad  Islom  nechanchi  yillarda  yashagan?

2.       Abdullaxon II tomonidan zabt etilgan hududlar sanasi qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?

3.       Qozon xoni  Tavakkal  Movarounnahrga  qo’shin  tortib  qaysi  hududlarni  bosiboldi?

III. Yangi mavzu bayoni

Shayboniyxon davlatni iqtisodiy va siyosiy jihatdan mustahkamlash yo’lida qator islohotlar o’tkazdi. Birinchidan, u davlat boshqaruvida suyurg’ol tizimini joriy etdi. Ya’ni zabt etilgan hududlarni boshqarish ishini o’z farzandlariga, qarindosh-urug’lariga, birodarlariga, qabila boshliqlari bo’lgan sultonlarga topshirdi.

Iqtisodiy hayot.

Shayboniyxon avlodlari keyinchalik Qashqadaryoning irmoqlaridan Kesh viloyati yerlarini sug’orish uchun 10 dan ortiq kanallar qazitganlar.

Sun’iy sug’orish ishlari, ayniqsa, Abdullaxon II davrida keng rivojlangan. Masalan, 1556-1585-yillar oralig’ida Zarafshon daryosida Karmana, Mehtar Qosim, Chahorminor, Jondor suv ayirg’ichlari; Nurota tog’ida Oqchob, Murg’ob vohasida Hovuzixon suv omborlari qurilgan. Bundan tashqari, Sangzor daryosidan Jizzax vohasiga Tuyatortar kanali, Somonjuq dashtini obodonlashtirishga xizmat qilgan Xoja Ka’ab kanali, Afshona kanali, Amudaryodan Chorjo’yga, Murg’obdan Marvga, Vaxshdan uning atrof vohalariga suv chiqarishga imkon beruvchi kanallar qazilgan.

Zarafshon daryosida qurilgan ko’prik-suv ayirg’ich.

Bundan tashqari, Abdullaxon II karvon yo’llarini qayta jonlantirish, sardobalar, karvonsaroylar qurish va ta’miriashga ahamiyat berdi. 1577-yilda Buxoroda yirik usti berk savdo rastasi-Abdullaxon timi qurildi. Nurota tumanidagi Oqchob yaqinida Beklarsoy darasida joylashgan qadimgi to’g’on qoldiqlari o’rnida ulkan band qurdirdi. Abdullaxon bandi uning ravoqlarini to’g’on tepasida turib ochishi yoki berkitishi mumkin edi. Maqsad esa o’sha atrofdagi bo’z yerlarni sug’orib, dehqonchilikni rivojlantirish va yurtni obod qilish edi.

Bu tadbiriar, o’z navbatida, qishloq xo’jaligi tarmoqlarining rivojlanishini ta’minlagan.

Shayboniylar davrida davlat boshqaruvi.

Shayboniylar hukmronligi yillarida oliy davlat idorasi dargoh deb atalgan. Uning tepasida xon turgan.

Shayboniylar davlatida devonbegi (bosh vazir) lavozimi katta nufuzga ega bo’lgan. U davlat moliya va xo’jalik ishlarini boshqargan.

Xonlikda muhim davlat mansabi naqib hisoblangan. U xonning eng yaqin va ishonchli kishisi bo’lgan. Xonning farmon va yorliqlarida naqibning nomi birinchi bo’lib yozilgan. Ayni paytda, u davlat ichki va tashqi siyosati masalalarida xonning birinchi maslahatchisi hisoblangan. Bundan tashqari, naqib harbiy yurishlami uyushtirgan. Zarur bo’lganda elchilik vazifasini ham bajargan.

Yana bir katta davlat mansabi bu-otaliq edi. Xon siyosatining viloyatlardagi ta’siri otaliq mansabiga tayinlanganlarning nufuzi bilan belgilangan. Xon viloyatlarni shahzodalarga taqsimlab berar ekan, ularga rahnamo etib o’z nazoratchisini, ishongan kishisini tayinlagan. Bunday nazoratchi, ishonchli shaxs otaliq deb atalgan. Balog’atga yetmagan shahzodalar ulg’ayib, mustaqil faoliyat yuritgunlariga qadar davlat ishlarini ularning nomidan otaliqlar boshqargan.

Yana bir davlat mansabi-parvonachi deb atalgan. Uning vazifasi xon farmonlarini, rasrniy hujjatlami mas’ul shaxslarga, ijrochilarga yetkazishdan iborat bo’lgan.

Dodxoh mansabida ishlagan amaldor dargohga tushgan arizalami qabul qilgan va ularga javob qaytargan. Shuningdek, mamlakatda adolat mezonlariga amal qilinishini nazorat qilgan.

Muhim davlat mansablaridan yana biri-ko’kaldosh mansabi edi. Bu mansabga xon sulolasiga eng yaqin shaxslardangina tayinlangan. Ko’kaldosh xon siyosatiga fuqarolarning munosabatini o’rgangan va bu siyosatning daxlsizligini ta’minlagan.

Xon va shahzodalar o’rtasidagi ichki munosabatlar masalasi bilan xon yasovuli mansabida ishlagan amaldor shug’ullangan.

Shayboniylar davlatida eshikog’aboshi lavozimi ham bo’lgan. U dargoh xavfsizligi, undagi tartib hamda kelgan-ketganlardan xabardor bo’lib turish masalalari bilan shug’ullangan.

Yuqori davlat lavozimlari ichida katta mavqega ega bolgan lavozimlardan yana biri shayxulislom hisoblangan. Shayxulislom shariat qonunlari bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirgan.

Qozikalon bo’lgan amaldor sud ishlariga yetakchilik qilgan.

Yana bir muhim davlat lavozimi muhtasib (rais) deb atalgan. Bu lavozimni egallagan amaldor mamlakat fuqarolarining axloq qoidalariga rioya qilishlarini nazorat qilish bilan shug’ullangan.

Davlatda, shuningdek, miroxur (xonga tegishli yilqi, otulov va ularning ta’minoti bilan shug’ullanuvchi), shig’ovul (chet davlatlar elchilarini qabul qilish xizmatining boshlig’i), qushchi (xonning ovini tashkil etuvchi), bakovulboshi, dasturxonchi, qo’rchiboshi (qurol-aslaha xizmati boshlig’i), jarchi, tavochi, tug’begi, kitobdor, mirzaboshi, munshiy (kotib), muhrdor, xazinachi, mehtar kabi mansablar ham mavjud bo’lgan.

Mehtar-zakot va boshqa tushumlardan zarur o’rinlarda ishlatishni nazorat qiluvchi amaldor.

Darsni mustahkamlash uchun savollar:

1.    Shayboniyxon va Ko’chkinjihon qaysi yillarda pul islohati o’tkaziladi?

2.    Shayboniylar davrida ahvolning bir maromga tushushishi qanday islohatlar tufayli amalga oshirildi?

3.    Abdullaxon II davrida qaysi hududlarda suv inshoatlari qurildi?

4.    Sahyboniyxon yerlarni qanday taqsimlab beradi?

Darsni yakunlash:O’quvchilarni ma’naviy rag’batlantirish:

BaholashUyga vazifa: Mavzuni o’qib o’rganib keliash.                                                                                       

Sana:   ______________

Fan:  O`zbekiston tarixi

Sinfi: 8  ___  ____  ____

Mavzu: Buxoro xonligining tashqi siyosati

Soatlar soni: 1 soat

Mavzuning qisqacha ta`rifi:

O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:

Dars turi: Yangi bilim beruvchi

Metod: suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi, “Jadval texnologiyasi” , “Tadqiqotlar yoki loyixa texnologiyasi”,“Rasmlarda aks etgan tarix”

Shakl: jamoa, guruhda ishlash

Jihoz: I.A.Karimov “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”asari darslik,siyosiy xarita,tarqatma,rasmli ko`rgazma,slayd,kompyuter.

Nazorat: o`quvchilarning darsda faolligi kuzatilib, hisobga olib boriladi.

Baholash: O`quvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanib, dars oxirida e`lon qilinadi.

Darsning maqsadi

Maqsadlar:

Ta`limiy maqsad:-o`quvchilarga Buxoro xonligining tashqi siyosati haqida ma`lumot berish;

Tarbiyaviy maqsad: - o`quvchilargavatanimiz va o`zbek xalqining o`rta asrlarda boshidan kechirgan g`oyat murakkab va mashaqqatli hayoti haqida tushuncha berish va bundan saboq olishni o`rgatish;

Rivojlantiruvchi maqsad: -o`quvchilarni dunyoqarashini, nutqini,fikrlash qobilyatini, shakllantirish. 

Tayanch kompetentsiyalar:

Kommunikativlik

o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, mavzu:dan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish;

Milliy va umummadaniy

umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlarini (urf odatlar, marosimlar, milliy madaniy an’analar va.h.k.) hurmat qilish;

o‘zgalarga nisbatan mehrmuruvvat, saxiylik, diniy e’tiqodi, milliy hususiyatlari, an’ana va marosimlarini hurmat qilish; jamiyatda o‘rnatilgan odobaxloq qidalariga rioya qilish

O‘z-o‘zini rivojlantirish

shaxs sifatida doimiy ravishda o‘zo‘zini rivojlantirish, ma’naviy va intellektual kamolotga intilish;

o‘z hatti-harakatini adekvat baholash, o‘zini nazorat qila bilish, halollik, to‘g‘rilik kabi sifatlarga ega bo‘lish.

Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish

tarixda yil xisobini o‘qiy olish, tarixiy darvlarga oid chizmalarni o‘qiy olish, rim raqamida yozilgan raqamlarni o‘qiy oladi.

miloddan avvalgi, era, milodiy yillar o‘rtasidagi farqalarni matematik amallar bilan yecha oladi.

Fanga oid kompetensiyalar:

·         Tarixiy voqeilikni tushunishvauni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi.

tarixiy davrlar va -yillarni ajrata oladi, tarixiy hisobini tushuntira oladi;

         mazkur davrni o‘rganish orqali o‘quvchilar tarix fanining o‘rganilayot- gan davriga oid tarixiy atamalar mazmunini biladi;

Tarixiy shaxslar haqida ma’lumot bera oladi,tarixiy sanalarda ro‘y bergan voqealar haqida ma’lumot bera oladi

·         Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi.

Tarixiy illustrasiyalar asosida kichik hikoyalar tuza oladi, tarixiy joylarni xaritadan ko‘rsata oladi

Darsning blok sxemasi:

Darsning qismlari

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa

I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.

II.O`tilgan mavzuni takrorlash:

1.       Shayboniyxon va Ko’chkinjihon qaysi yillarda pul islohati o’tkaziladi?

2.       Shayboniylar davrida ahvolning bir maromga tushushishi qanday islohatlar tufayli amalga oshirildi?

3.       Abdullaxon II davrida qaysi hududlarda suv inshoatlari qurildi?

4.       Sahyboniyxon yerlarni qanday taqsimlab beradi?

III. Yangi mavzu bayoni

Movarounnahrda hukmronlik qilayotgan Abdullaxon II safaviylarga qarshi kurashda boburiylar bilan birga harakat qilishga intilgan. Shu sababdan 1572-yili Abdullaxon II Akbarshoh huzuriga o’zining elchilarini yubordi. Buxorolik elchilar o’z hukmdorining sovg’a-salomlari va maktubini olib borganlar. Bir qancha vaqtdan so’ng yana javob sovg’a-salomlari va maktubini olib, o’z vatanlariga qaytganlar. Abdullaxon o’z maktubida ikki davlat o’rtasida do’stlik munosabatlarini mustahkamlash istagini bayon qilgan edi. Bundan ko’zlangan maqsad boshqa davlatlar tomonidan bo’lishi mumkin bo’lgan hujum xavfiga qarshi ittifoq tuzish edi. 1577-yili Abdullaxon II Hindistonga ikkinchi marta elchi yuborgan. Bu elchi almashishdan siyosiy maqsad ko’zlangan edi. Abdullaxon II to’g’ridan to’g’ri Eronni o’zaro taqsimlab olishni taklif qildi. Lekin Akbarshoh bunga rozi bo’lmadi. Chunki bu davrda Hindistonning shimolidagi mustaqil knazliklar-Sing va Kashmimi bosib olish uchun tayyorgarlik ko’rayotgan edi. Akbarshoh Sing va Kashmimi bosib olib, shayboniylar davlatining janubiy chegaralariga yaqinlashdi. Shunday sharoitda, 1584-yili Badaxshon Abdullaxon tomonidan egallandi.

Abdullaxon II endi Akbarshoh huzuriga 1585-yilda uchinchi marta elchi yubordi. Elchi Buxoro xoni yuborgan maktubni Akbarshohga topshirdi. Maktubda Abdullaxon Badaxshonning fath etilish sabablarini tushuntirishga harakat qilgan edi. Abdullaxonning fikricha, musulmonlarning muqaddas shaharlari bolgan Makka va Madinaga boradigan yo’l Badaxshon orqali o’tardi. G’ayridinlardan tozalash maqsadida u Badaxshonni egallaganini bildiradi.

1586-yilning 23-avgustida Akbarshoh o’zining elchisini Abdullaxonning elchilariga qo’shib Buxoroga yuboradi. Akbarshoh o’z maktubida Abdullaxonga Turkiya Eronning bir qismini bosib olganligidan tashvishlanayotganligini, Buxoro va Hindiston birgalikda Eronga yordam ko’rsatishi zarurligini ma’lum qilgan edi. Akbarshohning asl maqsadi Balx va Badaxshonni, imkoni bo’lsa, Xurosonni ham o’ziga bo’ysundirish edi. Shu tufayli, Abdullaxon II bunday ittifoqqa rozi bo’lmaydi. Bu paytda Eron hukmdori shoh Abbos I Eronni birlashtirishga, mustahkamlab olishga erishgan edi. Buxoro-Usmonli turk davlati munosabatlari.

Manbalarda ta’kidlanishicha, Muhammad Shayboniyxon bilan Usmonli turk sultoni Boyazid II o’rtasida Eron safaviylariga qarshi kurash to’g’risida shartnoma tuzilgan. Bu shartnoma Shayboniyxondan keyin ham davom etdi.

1515-yilda turk sultoni Sulton Salim huzuriga shayboniylar elchisi bordi. Sulton Salimning elchisi Muhammadbek esa o’sha yili Buxoro xonligiga sultonning maktubini olib keladi. Sulton o’z maktubida Ubaydullaxonni „qizilboshlilar“ga qarshi kurashga chaqiradi. Usmoniylar va shayboniylarning safaviylarga qarshi kurashida din bir niqob edi, xolos. Aslida esa bu G’arbiy Eron, Kavkaz va Xuroson uchun olib borilayotgan siyosiy kurashning natijasi edi. Usmoniylar Buxoro xonligining ichki ishlariga ham aralashgan. Chunonchi, shayboniyzodalarning Movarounnahr taxti uchun kurashida usmoniylar Toshkent hokimi Baroqxon Navro’z Ahmadxon ibn Suyunchxo’jaxonga yordam uchun harbiy kuch ham jo’natgan. Baroqxonning Toshkentdagi qarorgohida 300 nafar turk askari doimiy xizmatda bo’lgan, qurol-aslaha bilan ham ta’minlab turgan. Turk askarlari Baroqxon tarafidan turib Nasaf yonida Abdullaxon II ga qarshi janglarda qatnashganlar.

Buxoro va Eron munosabatlari

Buxoro va Eron manfaatlari to’qnashgan asosiy nuqta Xuroson edi. Buning sababi-Xurosonning ham harbiy-siyosiy, ham savdo-iqtisodiy jihatdan muhim ahamiyatga ega ekanligida edi. Bundan tashqari, Xuroson Buxoro xonligi, Eron va Hindiston yo’nalishida o’ziga xos darvoza vazifasini ham o’tar edi.

Buxoro-Rossiya munosabatlari

Buxoro xonligining Rossiya bilan munosabatlari 16-asrning ikkinchi yarmidan rivojlana bordi. Abdullaxon II Rossiya bilan savdo aloqalarini yaxshilashga harakat qilar ekan, bu orqali o’z davlatining siyosiy ahvolini mustahkamlashga erishmoqchi edi. Chunki podsho Ivan Grozniy (1533-1584) davrida Rossiyaning mavqeyi kuchaya bordi. Ivan Grozniy davrida Qozon xonligi (1552), Hojitarxon xonligi (1556), Volga bo’ylari va G’arbiy Sibir hududlari Rossiya tomonidan bosib olingan edi. Bu hol Rossiyaga savdo yo’llarini nazorat qilish imkonini berdi.

Volga atrofidagi viloyatlarda savdo-sotiq ishlarini olib borish Buxoro xonligidan kelgan savdogarlar uchun ancha qulay edi. Ularga eng yaqin qo’shni mamlakat Rossiya bo’lib qolgandi. Bu hol ko’p jihatdan Qozon tatarlari hamda boshqirdlar bilan din va til yaqinligi bilan izohlanar edi. Shuning uchun ham Abdullaxon II tomonidan 1557-1558-yillarda Moskvaga elchilar yuborilgan. Elchilar Astraxan orqali Moskvaga borib Ivan Grozniy huzurida bo’ladilar. Ular o’z xonlari nomidan savdogarlarning Volga bo’ylab erkin o’tishlariga ijozat so’raydilar. Qaytib kelgan elchilar Moskvadan juda ko’p o’q-dori, ov qushlari va matolar bilan qaytgan. Ayni paytda, Rossiya ham Buxoro xonligi bilan savdo-sotiq ishlarini rivojlantirishdan manfaatdor edi. Bu manfaatdorlik, avvalo, Buxoroning Rossiya tovarlarini sotish uchun qulay bozorligida edi. Ikkinchidan esa, Rossiya Buxoro xonligi orqali Osiyoning boshqa mamlakatlari bilan savdo aloqalarini rivojlantirish imkoniga ega bo’lardi. Bunda, birinchi navbatda, Hindistonga chiqish maqsadi hisobga olingan edi. 1555-yili Moskvada tashkil etilgan „Moskva savdo kompaniyasi“ vakili Antoniy Jenkinson boshliq elchilar rus podshosining guvohnomasi bilan 1558-yili Buxoroga yuboriladi. Elchi Antoniy Jenkinson Buxoro xoni Abdullaxon II tomonidan qabul qilindi. Elchi xonlikning xalqaro va ichki savdo imkoniyatlarini „Rossiyadagi Moskva shahridan Baqtriyadagi Buxoro shahrigacha 1558-yilgi sayohat“ nomli esdaliklarida bayon etadi.

Darsni mustahkamlash uchun savollar:

1.    1555-yilda “Moskva savdo kompaniyasi” qayerga elchi bo’lib keladi?

2.    Abdullaxon II qaysi mamlakatlar bilan savdo aloqalarini yolga qo’yadi?

3.    Abdullaxon II davrida Buxoro xonligi elchilari qaysi yillarda Hindistonga borishadi?

Darsni yakunlash:

A)     O’quvchilarni ma’naviy rag’batlantirish: Baholash.

B)      Uyga vazifa: Mavzuni o’qib o’rganib keliash.                                                                                         

Sana:   ______________

Fan:  O`zbekiston tarixi

Sinfi: 8  ___  ____  ____

Mavzu: XVI-asrda Buxoro xonligida madaniy hayot

Soatlar soni: 1 soat

Mavzuning qisqacha ta`rifi:

O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:

Dars turi: Yangi bilim beruvchi

Metod: suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi, “Jadval texnologiyasi” , “Tadqiqotlar yoki loyixa texnologiyasi”,“Rasmlarda aks etgan tarix”

Shakl: jamoa, guruhda ishlash

Jihoz: I.A.Karimov “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”asari darslik,siyosiy xarita,tarqatma,rasmli ko`rgazma,slayd,kompyuter.

Nazorat: o`quvchilarning darsda faolligi kuzatilib, hisobga olib boriladi.

Baholash: O`quvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanib, dars oxirida e`lon qilinadi.

Darsning maqsadi

Maqsadlar:

Ta`limiy maqsad:-o`quvchilarga XVI-asrda Buxoro xonligida madaniy hayot haqida ma`lumot berish;

Tarbiyaviy maqsad: - o`quvchilargavatanimiz va o`zbek xalqining o`rta asrlarda boshidan kechirgan g`oyat murakkab va mashaqqatli hayoti haqida tushuncha berish va bundan saboq olishni o`rgatish;

Rivojlantiruvchi maqsad: -o`quvchilarni dunyoqarashini, nutqini,fikrlash qobilyatini, shakllantirish

Tayanch kompetentsiyalar:

Kommunikativlik

o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, mavzu:dan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish;

Milliy va umummadaniy

umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlarini (urf odatlar, marosimlar, milliy madaniy an’analar va.h.k.) hurmat qilish;

o‘zgalarga nisbatan mehrmuruvvat, saxiylik, diniy e’tiqodi, milliy hususiyatlari, an’ana va marosimlarini hurmat qilish; jamiyatda o‘rnatilgan odobaxloq qidalariga rioya qilish

O‘z-o‘zini rivojlantirish

shaxs sifatida doimiy ravishda o‘zo‘zini rivojlantirish, ma’naviy va intellektual kamolotga intilish;

o‘z hatti-harakatini adekvat baholash, o‘zini nazorat qila bilish, halollik, to‘g‘rilik kabi sifatlarga ega bo‘lish.

Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish

tarixda yil xisobini o‘qiy olish, tarixiy darvlarga oid chizmalarni o‘qiy olish, rim raqamida yozilgan raqamlarni o‘qiy oladi.

miloddan avvalgi, era, milodiy yillar o‘rtasidagi farqalarni matematik amallar bilan yecha oladi.

Fanga oid kompetensiyalar:

·         Tarixiy voqeilikni tushunishvauni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi.

tarixiy davrlar va -yillarni ajrata oladi, tarixiy hisobini tushuntira oladi;

         mazkur davrni o‘rganish orqali o‘quvchilar tarix fanining o‘rganilayot- gan davriga oid tarixiy atamalar mazmunini biladi;

Tarixiy shaxslar haqida ma’lumot bera oladi,tarixiy sanalarda ro‘y bergan voqealar haqida ma’lumot bera oladi

·         Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi.

Tarixiy illustrasiyalar asosida kichik hikoyalar tuza oladi, tarixiy joylarni xaritadan ko‘rsata oladi

Darsning blok sxemasi:

Darsning qismlari

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa

I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.

II.O`tilgan mavzuni takrorlash:

1.       1555-yilda “Moskva savdo kompaniyasi” qayerga elchi bo’lib keladi?

2.       Abdullaxon II qaysi mamlakatlar bilan savdo aloqalarini yolga qo’yadi?

3.       Abdullaxon II davrida Buxoro xonligi elchilari qaysi yillarda Hindistonga borishadi?

III. Yangi mavzu bayoni

Shayboniylar ta’lim sohasida ham islohatlaro’tkazdi. Bu islohotning o’tkazilishiga amaldorlar guruhini vujudga keltirish va ularni jamiyatning asosiy tayanchiga aylantirish zarurati sabab bo’ldi. Xonlarga va sultonlarga barcha sohalar bo’yicha ilmli, diplomatik qobiliyatga ega bo’lgan amaldorlar zarur edi. Islohotga ko’ra, ko’p bosqichli o’qitish tizimi joriy etildi. Har bir mahallada maktab ochildi, ba’zi xonadonlarda uy ta’limi joriy etildi. Bolalarga 6 yoshdan ta’lim beriladigan bo’ldi. Maktabda ikki yil o’qigach, o’quvchilar madrasaga o’tkazilardi.

Ilm-fan.

Shayboniylar davrida fan va madaniyat sezilarli darajada rivojlangan. Bunga-ushbu sulola hukmdorlari orasidan o’z davrining yetuk ilm-fan arboblari yetishib chiqqanligi ham ta’sir ko’rsatgan. Chunonchi, Muhammad Shayboniyxon, Ko’chkunchixon va Ubaydullaxonlar o’z davrining nihoyatda o’qimishli kishilari bo’lganlar.

Shuningdek, Muhammad Shayboniyxon, Abdulazizxon va Abdullaxonlar kutubxonalarida o’z zamonasining ajoyib kitob xazinalari bo’lgan. Bundan tashqari, Movarounnahrda Mirzo Ulug’bek akademiyasi an’analarini davom ettiruvchi fidokor olimlar yetishib chiqdi. Masalan, Samarqand va Buxoro madrasalarida mudarrislik qilgan mavlono Kamoliddin Ibrohim, Abdullaxonning muallimi Xoja Muhammad, yulduzshunos Qiyomiddin Shaydo, iftixor ul-atibbo (tabiblar iftixori) unvonini olishga sazovor bo’lgan Muhammad Mazid, jarroh mavlono Baqo, 1541-yilda ilmi tib va dori-darmonlar haqida asar yozgan Muhammad Husayn Samarqandiy, ko’z kasalliklarini davolashda nom chiqargan Shohali ibn Sulaymon, natijat-ulatibbo unvonini olgan Abdulhakim ibn Sulton Mahmud kabilar shular jumlasidandir. Xoja Hasan Nisoriy „Muzakkir alahbob“ asarida matematika va astronomiya ilmida shuhrat topgan mavlono Kavkabiyni alohida qayd etadi.

Matematika va astronomiya sohasida yozilgan asarlardan Muhammad Amin ibn Ubaydulla Mo’rninobodiyning „Hisobi amali shabaka“, (Shabaka jadvali amali hisobi; 1550), Bobokalon muftiy Samarqandiyning „Risola dar ilmi hisob“, „Vaziyat bar chahor qism“, Tursun Zominiyning „Tuhfayi amir“, Muhammad Husayn munajjim Buxoriyning „Ma’rifati samti qibla“ (Qibla tomonni topish ma’rifati), Mahmud ibn Ahmad Foriziyning „Risola dar muaddili qamar“ (Oy fazolarining tengligi haqida risola; 1517), Said Muhammad Tohir ibn Abulqosimning „Ajoyib ut-tabaqot“ (1545-1550) asarlari va boshqalarni ko’rsatish mumkin.

Tibbiyot sohasida Sultonali Samarqandiy 1526-yili „Dastur al-iloj“, „Muqaddimoti dastur al-iloj“ (Davolash bo’yicha dastur) asarlarini yozgan.

Ubaydulloh Kahhol ibn Muhammad Yusuf ham o’z davrining yetuk tabibi, tib olimi edi. U Navro’z Ahmadxon (Baroqxon)ning o’rtancha o’g’li Toshkand hokimi Darvishxonning buyrug’iga binoan 1598-yilda „Shifo ul-ilal“ asarini yozadi. Asar 500 varaqdan ko’p bo’lib, uzoq vaqtgacha tib ilmidan asosiy qo’llanma tarzida undan foydalanilgan. Bir necha bitik nusxasi bizgacha yetib kelgan. Uning yana „Umdat ul-kuhliya filamrorul-basariya“ (Ko’z kasalligiga doir asosiy kitob) asari ham bo’lgan.

Shayboniylar davrida tarix fani ham rivojlangan, ko’plab tarixiy asarlar yozilgan. Kamoliddin Binoiy, Mulla Shodiy, Muhammad Solih, Fazlulloh ibn Ro’zbehon Isfahoniylar Shayboniyxon topshirig’i bilan har qaysisi unga atab alohida tarixiy asarlar yozganlar. Bundan tashqari, Abdulloh ibn Muhammad ibn Ali Nasrullohiyning „Zubdat ul-osor“, Hofiz Tanish Buxoriyning „Abdullanoma“ asarlari shayboniylar davri ijtimoiy-siyosiy tarixiga doirdir. Zayniddin Vosifiyning „Badoye ul-vaqoye“, Zahiriddin Muhammad Bobuning „Bobumoma“ asarlarida ham o’z davrining ijtimoiy va madaniy hayotidan bahs yuritiladi.

Adabiyot.

Shayboniyxonning o’zi ham, umri jang-u jadallarda o’tishiga qaramay, she’riyat va tarix fani bilan shug’ullanishga vaqt topgan. Uning she’riy devon tuzgani ma’lum. U hatto xattotlik bilan ham shug’ullangan. O’zbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti kutubxonasida Kamoliddin Binoiy qalamiga mansub „Shayboniynoma“ asarining Shayboniyxon ko’chirgan nusxasi saqlanadi. Ubaydullaxon ham ilmli va ma’rifatli hukmdor edi. U fors va turk she’riyatini yaxshi bilardi. Ayni paytda, o’zi „Ubaydiy“ taxallusi bilan o’zbek, fors, arab tillarida ijod qilgan, she’riar bitgan. Uning uch tilda bitgan she’riaridan iborat uch devoni bir kitobga jamlangan. Ubaydiyning o’zbek tilidagi devoni 306 g’azal, 435 ruboiydan iborat.

Me’morchilik.

Shayboniy hukmdorlar poytaxt Buxoro va uning atroflarini obod qilishga harakat qildilar. 16-asr davomida shu davning barcha muhandislik imkoniyatlari va jamiyatning ma’naviyat va madaniyati darajasiga mos ravishda ko’plab binolar, me’moriy majmualar, inshootlar bunyod etildi. Mir Arab madrasasi, Masjidi Kalon, Mag’oki Attori masjidi, Toqi Zargaron, Toqi Sarrofon, Toqi Telpakfurushon, Karmanadagi Hazrati Qosimshayx xonaqohi, Timi Kalon, Modarixon madrasasi, Oyposhsha oyim madrasasi, Govkushon madrasasi, Fathulla qushbegi madrasasi, Fayzobod xonaqohi, Do’stum madrasasi, Abdullaxon madrasasi, Tim, Chorsu fikrimizning dalilidir. Samarqandda ham shayboniylar nomi bilan bog’liq binolar anchagina. Chunonchi, Shayboniyxon madrasasi va Abdurahim Sadr madrasasi, Toshkentda bino qilingan Baroqxon madrasasi, Karmana yaqinida Zarafshon daryosi ustiga qurilgan ko’prik mashhurdir.

Darsni mustahkamlash uchun savollar:

1.    Buxoro xonligida davrida qaysi fanlar kuchli taraqqiy etdi?

2.    Shayboniylar davrida qalam tebratgan ijotkorlardan kimlarni bilasiz?

3.    Shayboniylar davrida qadnay memoriy inshoatlar barpo etildi?

4.    Ubaydulloh Qahhol ibn Muhammad Yusuf qanday asar yozgan?

Darsni yakunlash:

A)     O’quvchilarni ma’naviy rag’batlantirish: Baholash.

B)      Uyga vazifa: Mavzuni o’qib o’rganib keliash.                                                                                         

Sana:   ______________

Fan:  O`zbekiston tarixi

Sinfi: 8  ___  ____  ____

Mavzu: takorlash

Soatlar soni: 1 soat

Mavzuning qisqacha ta`rifi:

O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:

Dars turi: Yangi bilim beruvchi

Metod: suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi, “Jadval texnologiyasi” , “Tadqiqotlar yoki loyixa texnologiyasi”,“Rasmlarda aks etgan tarix”

Shakl: jamoa, guruhda ishlash

Jihoz: I.A.Karimov “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”asari darslik,siyosiy xarita,tarqatma,rasmli ko`rgazma,slayd,kompyuter.

Nazorat: o`quvchilarning darsda faolligi kuzatilib, hisobga olib boriladi.

Baholash: O`quvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanib, dars oxirida e`lon qilinadi.

Darsning maqsadi

Maqsadlar:

Ta`limiy maqsad:- Tarbiyaviy maqsad: - o`quvchilargavatanimiz va o`zbek xalqining o`rta asrlarda boshidan kechirgan g`oyat murakkab va mashaqqatli hayoti haqida tushuncha berish va bundan saboq olishni o`rgatish;

Rivojlantiruvchi maqsad: -o`quvchilarni dunyoqarashini, nutqini,fikrlash qobilyatini, shakllantirish

Tayanch kompetentsiyalar:

Kommunikativlik

o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, mavzu:dan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish;

Milliy va umummadaniy

umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlarini (urf odatlar, marosimlar, milliy madaniy an’analar va.h.k.) hurmat qilish;

o‘zgalarga nisbatan mehrmuruvvat, saxiylik, diniy e’tiqodi, milliy hususiyatlari, an’ana va marosimlarini hurmat qilish; jamiyatda o‘rnatilgan odobaxloq qidalariga rioya qilish

O‘z-o‘zini rivojlantirish

shaxs sifatida doimiy ravishda o‘zo‘zini rivojlantirish, ma’naviy va intellektual kamolotga intilish;

o‘z hatti-harakatini adekvat baholash, o‘zini nazorat qila bilish, halollik, to‘g‘rilik kabi sifatlarga ega bo‘lish.

Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish

tarixda yil xisobini o‘qiy olish, tarixiy darvlarga oid chizmalarni o‘qiy olish, rim raqamida yozilgan raqamlarni o‘qiy oladi.

miloddan avvalgi, era, milodiy yillar o‘rtasidagi farqalarni matematik amallar bilan yecha oladi.

Fanga oid kompetensiyalar:

·         Tarixiy voqeilikni tushunishvauni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi.

tarixiy davrlar va -yillarni ajrata oladi, tarixiy hisobini tushuntira oladi;

         mazkur davrni o‘rganish orqali o‘quvchilar tarix fanining o‘rganilayot- gan davriga oid tarixiy atamalar mazmunini biladi;

Tarixiy shaxslar haqida ma’lumot bera oladi,tarixiy sanalarda ro‘y bergan voqealar haqida ma’lumot bera oladi

·         Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi.

Tarixiy illustrasiyalar asosida kichik hikoyalar tuza oladi, tarixiy joylarni xaritadan ko‘rsata oladi

Darsning blok sxemasi:

Darsning qismlari

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa

I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.

II.O`tilgan mavzuni takrorlash:

4.       1555-yilda “Moskva savdo kompaniyasi” qayerga elchi bo’lib keladi?

5.       Abdullaxon II qaysi mamlakatlar bilan savdo aloqalarini yolga qo’yadi?

6.       Abdullaxon II davrida Buxoro xonligi elchilari qaysi yillarda Hindistonga borishadi?

C)     O’quvchilarni ma’naviy rag’batlantirish: Baholash.

Uyga vazifa: Mavzuni o’qib o’rganib keliash.

Sana:   ______________

Fan:  O`zbekiston tarixi

Sinfi: 8  ___  ____  ____

Mavzu: Ashtarxoniylar davlatining tashkil topishi

Soatlar soni: 1 soat

Mavzuning qisqacha ta`rifi:

O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:

Dars turi: Yangi bilim beruvchi

Metod: suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi, “Jadval texnologiyasi” , “Tadqiqotlar yoki loyixa texnologiyasi”,“Rasmlarda aks etgan tarix”

Shakl: jamoa, guruhda ishlash

Jihoz: I.A.Karimov “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”asari darslik,siyosiy xarita,tarqatma,rasmli ko`rgazma,slayd,kompyuter.

Nazorat: o`quvchilarning darsda faolligi kuzatilib, hisobga olib boriladi.

Baholash: O`quvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanib, dars oxirida e`lon qilinadi.

Darsning maqsadi

Maqsadlar:

Ta`limiy maqsad:-o`quvchilarga Ashtarxoniylar davlatining tashkil topishi haqida ma`lumot berish;

Tarbiyaviy maqsad: - o`quvchilargavatanimiz va o`zbek xalqining o`rta asrlarda boshidan kechirgan g`oyat murakkab va mashaqqatli hayoti haqida tushuncha berish va bundan saboq olishni o`rgatish;

Rivojlantiruvchi maqsad: -o`quvchilarni dunyoqarashini, nutqini,fikrlash qobilyatini, shakllantirish. 

Tayanch kompetentsiyalar:

Kommunikativlik

o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, mavzu:dan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish;

Milliy va umummadaniy

umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlarini (urf odatlar, marosimlar, milliy madaniy an’analar va.h.k.) hurmat qilish;

o‘zgalarga nisbatan mehrmuruvvat, saxiylik, diniy e’tiqodi, milliy hususiyatlari, an’ana va marosimlarini hurmat qilish; jamiyatda o‘rnatilgan odobaxloq qidalariga rioya qilish

O‘z-o‘zini rivojlantirish

shaxs sifatida doimiy ravishda o‘zo‘zini rivojlantirish, ma’naviy va intellektual kamolotga intilish;

o‘z hatti-harakatini adekvat baholash, o‘zini nazorat qila bilish, halollik, to‘g‘rilik kabi sifatlarga ega bo‘lish.

Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish

tarixda yil xisobini o‘qiy olish, tarixiy darvlarga oid chizmalarni o‘qiy olish, rim raqamida yozilgan raqamlarni o‘qiy oladi.

miloddan avvalgi, era, milodiy yillar o‘rtasidagi farqalarni matematik amallar bilan yecha oladi.

Fanga oid kompetensiyalar:

·         Tarixiy voqeilikni tushunishvauni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi.

tarixiy davrlar va -yillarni ajrata oladi, tarixiy hisobini tushuntira oladi;

         mazkur davrni o‘rganish orqali o‘quvchilar tarix fanining o‘rganilayot- gan davriga oid tarixiy atamalar mazmunini biladi;

Tarixiy shaxslar haqida ma’lumot bera oladi,tarixiy sanalarda ro‘y bergan voqealar haqida ma’lumot bera oladi

·         Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi.

Tarixiy illustrasiyalar asosida kichik hikoyalar tuza oladi, tarixiy joylarni xaritadan ko‘rsata oladi

Darsning blok sxemasi:

Darsning qismlari

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa

I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.

II.O`tilgan mavzuni takrorlash:

1.       Buxoro xonligida davrida qaysi fanlar kuchli taraqqiy etdi?

2.       Shayboniylar davrida qalam tebratgan ijotkorlardan kimlarni bilasiz?

3.       Shayboniylar davrida qadnay memoriy inshoatlar barpo etildi?

4.       Ubaydulloh Qahhol ibn Muhammad Yusuf qanday asar yozgan?

III. Yangi mavzu bayoni

Ashtarxoniylar Jo’jixon naslidan bo’lib, 14-asrning 80-yillaridan boshlab Ashtarxon (Hoji Tarxon, Astraxan) va uning atrofidagi yerlar va xalqlar ustidan hukmronlik qilgan. 1556-yilda Astraxanni Rusiya bosib olgach, Yormuhammadxon oila a’zolari va qarindosh-urug’i bilan Buxoroga keladi. Ularni Buxoro xoni Iskandarxon (Abdullaxon II ning otasi) izzatikrom bilan kutib oladi. Iskandarxon qizi Zuhrabegimni Yormuhammadxonning o’g’li Jonibek Sultonga beradi. Jonibek Sulton Zuhrabegimdan uch o’g’il (Dinmuhammad, Boqi Muhammad, Vali Muhammad) ko’radi. Jonibek Sulton va uning o’g’illari Buxoro xonligida yuksak mavqega erishib, Buxoro xonligi viloyatlarida hokim vazifasida faoliyat yuritadilar.

Boshqaruv hokimiyatini mustahkamlash uchun kurash.

Boqi Muhammad (1601 1605) mamlakat sarhadlari jipsligini mustahkamlash, boshqaruv tizimini izga solish

uchun ko’p urindi. 1602-yilda Eron safaviylariga zarba berib, Balxni kuch bilan bo’ysundirdi va ukasi Vali Muhammadni hokim etib tayinladi. 1603-yilda Eron safaviylarining Balxga hujum qilgan qo’shinlarini mag’lubiyatga uchratdi. Boqi Muhammad Toshkent uchun qozoq sultonlariga qarshi kurashdi. 1604-yilda qozoq xoni Keldimuhammad qo’shinlarini mamlakat hududidan haydab chiqarib, qator hududlarni Buxoro xonligiga bo’ysundirdi.

1605-yilda Boqi Muhammad vafot etgach, uning ukasi Vali Muhammad taxtga o’tqizildi. Ichki kurash yana avj oldi. Qabila beklari xon hokimiyatiga bo’ysunmay, muxolifatchilikni kuchaytirdilar. Buxorolik amirlar xonga qarshi isyon uyushtirganligidan xabar topgan Vali Muhammad farzandlarini olib Eronga qochadi. Amirlar taxtga Boqi Muhammadxonning o’g’li Imomqulixonni (1611-1642) o’tqizdilar. U Vali Muhammad boshlab kelgan Eron qo’shinlarini tor-mor keltirib, mamlakat mustaqilligini saqlab qoldi. Vali Muhammad asir olinib, qatl etildi. Imomqulixon Toshkent va xonlikning shimoli-sharqiy chegaralari uchun qozoqlar, asosiy negizi oyrotlardan kelib chiqqan jung’orlar va qalmiqlarga hamda qoraqalpoqlarga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib bordi. Imomqulixon davrida markaziy davlat hokimiyati nisbatan mustahkamlandi. Imomqulixondan keyin taxtni egallagan Nodir Muhammad (1642-1645) davrida ijtimoiy-siyosiy tarqoqlik yana kuchaydi. Xonning o’zi mamlakatning asosiy viloyatlarini 12 nafar o’g’li, 2 nafar jiyani va nabirasiga mulk qilib taqsimlab berdi. Oqibatda davlatchilik asoslarini zaiflashtirdi. 1645-yilda qozoqlar yana Movarounnahrga yurish qilib, Xo’jandgacha yetib keladilar. Nodir Muhammad ularni quvib chiqarish uchun o’g’li Abdulaziz boshchiligidagi katta qo’shinni safarbar etadi. Xondan norozi bo’lgan bir guruh amirlar yurish davrida Abdulazizni xon deb e’lon qiladilar. Abdulaziz Buxoroga keladi, aslzodalar uni taxtga o’tqizadilar.

Nodir Muhammad Balxga qochib ketadi va toj-u taxtni qaytarib olish maqsadida Hindiston podshohi temuriyzoda Shoh Jahondan yordam so’raydi. Shoh Jahon Balx viloyatini o’ziga bo’ysundirish maqsadida u yerga o’g’illari Murodbaxsh va Avrangzeb boshchiligida katta qo’shin yuboradi. Nodir Muhammad Shoh Jahon o’g’illari yordamga emas, Balx viloyatini egallash uchun kelayotganini bilgach, ularga qarshi chiqadi. Maymana yo’lida bo’lgan jangda Nodir Muhammad yengilib, Eronga qochadi va shoh Abbos huzurida panoh topadi.

1647-yilda Shoh Jahon o’g’illari Balxni egallaydi. Nodir Muhammad shoh Abbos yordamida Balxni qayta egallaydi. Bu voqealardan tashvishga tushgan Abdulazizxon ukasi Subhonquli yetakchiligida Balxga katta qo’shin yuboradi, 1651-yilda Subhonquli Balxni egallaydi va u Balx hokimi etib tayinlanadi. Nodir Muhammad Makkaga hajga borayotib yo’lda vafot etadi.

Abdulazizxon davrida (1645-1681) Xiva xonlarining talonchilik yurishlari kuchayadi. 1655-yilda Xiva xoni Abulg’oziyxon katta qo’shin bilan yurish qilib, Buxoro atroflarini ikki bor talon-taroj qiladi. Qorako’l aholisining bir qismini asir olib, Karmanani vayronaga aylantiradi. 1658-yildaVardonzenitalab, 1662-yilda Buxoro shahrigacha yetib boradi.

Tinimsiz urushlar, ichki ziddiyatlar Buxoro xonligining ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini murakkablashtirib yuborgandi, siyosiy vaziyat izdan chiqqandi. Keksayib qolgan Abdulazizxon 1681-yilda taxtdan voz kechib, Makkaga hajga ketadi va o’sha yerda vafot etadi.

Abdulazizxondan keyin taxtga o’tirgan Subhonqulixon (1681-1702) davrida ham ahvol o’nglanmadi. Subhonqulixon, bir tomondan, Balx viloyatlarida hokimlik qilayotgan o’g’illariga qarshi, ikkinchi tomondan, Movarounnahr viloyatlaridagi amir va beklarga qarshi urushlar qilishga majbur bo’ldi. Uchinchi tomondan, Xiva xoni Anushaxon qo’shinlari hujum qilib, Buxoro, Karmana va Vardonzeni egalladi, hatto Samarqandni ham ishg’ol qildi. Subhonqulixon qatag’on urug’idan bo’lmish Badaxshon hokimi Mahmudbiy otaliq yordamida Xiva qo’shinlarini Samarqanddan quvib chiqarishga erishdi. Samarqandliklar qattiq jazolandi. So’ngra Balxga yurish qilib, isyonkor o’g’li Siddiq Muhammadga zarba beradi va zindonband qilib, o’ldiradi. Balx hokimligi yuz qabilasining sardori Muhammad hoji otaliqqa topshiriladi. Subhonqulixon Balxdaligidan foydalangan Anushaxon Buxoro atroflariga yana bostirib kelib, u yerlarni talon-taroj qiladi va katta o’ljalar bilan qaytib ketadi. Subhonqulixon fitnasi bilan 1686-yilda Xiva xoni Anushaxon ko’ziga mil tortilib ko’r qilinadi va taxtdan tushiriladi. Subhonqulixon 1688-yilda Xivadagi tarafdorlari xizmatidan foydalanib, Xiva xoni Erengxonning o’ldirilishiga erishadi va Xorazm Buxoro xonligi tasarrufiga olinadi. Subhonqulixon Amir Shohniyozni Xivaga hokim etib tayinlaydi.

Darsni mustahkamlash uchun savollar:

1.    Ashrarxoniylar sulolasini asoschisi kim?

2.    Ashtarxoniylar sulolasi qaysi yillarda hukmronlik qilgan?

3.    Qaysi Ashtarxoniy hukmdor keksayganda Makkada vafot etgan?

4.     Subxonqulixon siyosati to’g’risida fikr yuriting?

Darsni yakunlash:

A)     O’quvchilarni ma’naviy rag’batlantirish: Baholash.

B)      Uyga vazifa: Mavzuni o’qib o’rganib keliash.                                                                                                             

Sana:   ______________

Fan:  O`zbekiston tarixi

Sinfi: 8  ___  ____  ____

Mavzu: XVIII-asrning birinchi yarmida Buxoro xonligida siyosiy porakandalikning kuchayishi va uning oqibatlari

Soatlar soni: 1 soat

Mavzuning qisqacha ta`rifi:

O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:

Dars turi: Yangi bilim beruvchi

Metod: suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi, “Jadval texnologiyasi” , “Tadqiqotlar yoki loyixa texnologiyasi”,“Rasmlarda aks etgan tarix”

Shakl: jamoa, guruhda ishlash

Jihoz: I.A.Karimov “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”asari darslik,siyosiy xarita,tarqatma,rasmli ko`rgazma,slayd,kompyuter.

Nazorat: o`quvchilarning darsda faolligi kuzatilib, hisobga olib boriladi.

Baholash: O`quvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanib, dars oxirida e`lon qilinadi.

Darsning maqsadi

Maqsadlar:

Ta`limiy maqsad:-o`quvchilarga XVIII-asrning birinchi yarmida Buxoro xonligida siyosiy porakandalikning kuchayishi va uning oqibatlari haqida ma`lumot berish;

Tarbiyaviy maqsad: - o`quvchilargavatanimiz va o`zbek xalqining o`rta asrlarda boshidan kechirgan g`oyat murakkab va mashaqqatli hayoti haqida tushuncha berish va bundan saboq olishni o`rgatish;

Rivojlantiruvchi maqsad: -o`quvchilarni dunyoqarashini, nutqini,fikrlash qobilyatini, shakllantirish

Tayanch kompetentsiyalar:

Kommunikativlik

o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, mavzu:dan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish;

Milliy va umummadaniy

umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlarini (urf odatlar, marosimlar, milliy madaniy an’analar va.h.k.) hurmat qilish;

o‘zgalarga nisbatan mehrmuruvvat, saxiylik, diniy e’tiqodi, milliy hususiyatlari, an’ana va marosimlarini hurmat qilish; jamiyatda o‘rnatilgan odobaxloq qidalariga rioya qilish

O‘z-o‘zini rivojlantirish

shaxs sifatida doimiy ravishda o‘zo‘zini rivojlantirish, ma’naviy va intellektual kamolotga intilish;

o‘z hatti-harakatini adekvat baholash, o‘zini nazorat qila bilish, halollik, to‘g‘rilik kabi sifatlarga ega bo‘lish.

Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish

tarixda yil xisobini o‘qiy olish, tarixiy darvlarga oid chizmalarni o‘qiy olish, rim raqamida yozilgan raqamlarni o‘qiy oladi.

miloddan avvalgi, era, milodiy yillar o‘rtasidagi farqalarni matematik amallar bilan yecha oladi.

Fanga oid kompetensiyalar:

·         Tarixiy voqeilikni tushunishvauni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi.

tarixiy davrlar va -yillarni ajrata oladi, tarixiy hisobini tushuntira oladi;

         mazkur davrni o‘rganish orqali o‘quvchilar tarix fanining o‘rganilayot- gan davriga oid tarixiy atamalar mazmunini biladi;

Tarixiy shaxslar haqida ma’lumot bera oladi,tarixiy sanalarda ro‘y bergan voqealar haqida ma’lumot bera oladi

·         Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi.

Tarixiy illustrasiyalar asosida kichik hikoyalar tuza oladi, tarixiy joylarni xaritadan ko‘rsata oladi

Darsning blok sxemasi:

Darsning qismlari

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa

I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.

II.O`tilgan mavzuni takrorlash:

1.       Ashrarxoniylar sulolasini asoschisi kim?

2.       Ashtarxoniylar sulolasi qaysi yillarda hukmronlik qilgan?

3.       Qaysi Ashtarxoniy hukmdor keksayganda Makkada vafot etgan?

4.        Subxonqulixon siyosati to’g’risida fikr yuriting?

III. Yangi mavzu bayoni

1702-yili Subhonqulixon vafot etgach, toj-u taxtni uning o’g’li Ubaydullaxon (1702-1711) egallaydi. Ubaydullaxon II goh isyonkor qabilalarga qarshi, goh bo’ysunmas mahalliy hukmdorlarga, goh davlat sarhadlariga bostirib kirgan ko’chmanchilarga qarshi urush olib borishga majbur bo’ldi. Ubaydullaxonning asosiy maqsadi siyosiy tarqoqlikni tugatishdan iborat edi. U ana shu maqsad yo’lida harakat qildi.

Dastlab u Balxni bo’ysundirish yo’lini izladi. Ma’lumki, Ubaydullaxon II ning otasi Subhonqulixon Balxni qatag’on qabilasi boshlig’i Mahmudbiy otaliqqa alohida xizmatlari uchun tortiq qilgan edi. Ubaydullaxon davrida Mahmudbiy Balxda hokimiyatni to’liq o’z qo’liga oladi va o’zini 1706-yilda xon deb e’lon qiladi. Tez orada u Termizni ham egallaydi. Ubaydullaxon avval Termizga, so’ngra Balxga yurish qilib, 1707-yilda Balxni egallaydi. Mahmudbiy qochib ketadi. Ubaydullaxon Buxoroga qaytgach, Balxni yana Mahmudbiy egallaydi. Uning mustaqilligini Ubaydullaxon tan olishga majbur bo’ladi.

Buxoro xonligi tasarrufida bo’lgan Farg’ona vodiysida ham 18-asr boshlarida ajralib chiqish harakati boshlanib, hokimiyat avval Chust yaqinidagi Chodak xo’jalari qoliga o’tadi. 1710-yilda esa hokimiyatni ming qabilasi boshlig’i Shohruxbiy egallab, mustaqil Qo’qon xonligiga asos soladi.

Ubaydullaxon davrida ijtimoiy-siyosiy parokandalik kuchaydi. Har bir viloyat hokimi mustaqil bo’lish uchun Ubaydullaxonga qarshi fitna uyushtirildi va 1711-yilning 16-martida u o’ldirildi.

Taxtga Ubaydullaxonning inisi Abulfayzxon (1711-1747) o’tqizildi. Abulfayzxon tomonidan fitnaning hamma ishtirokchi va ijrochilari saxiylik bilan mukofotlandi. Ular katta-katta lavozim egalari bo’ldilar. Ubaydullaxonning yaqinlari, amaldorlarining mol-mulklari talandi, o’zlari esa qatl etildi.

Xonlikda parokandalikning kuchayishi .

Abulfayzxon kundan kunga mamlakat hayotida nufuzi kuchayib borayotgan amirlar va zodagonlar qo’lida bir qog’irchoq hukmdor edi, xolos. Bu davrga kelib, xonning ahvoli shu darajaga borib yetdiki, uning farmonlari saroy ostonasidan nariga o’tmaydigan bo’lib qoldi. Zamondosh tarixchilarning ma’lumotlariga qaraganda, Abulfayzxon „Registon (ya’ni Saroyning oldi) tinch bo’lsa bo’lgani“, degan gapni doimo takrorlab turgan.

Abulfayzxon davrida o’zbeklarning mang’it qabilasidan kelib chiqqan Muhammad Hakimbiy katta nufuzga ega bo’lib oladi. U barcha shahzodalar otaliqlarining boshlig’i deb tan olingan edi. Bu boshqa qabilalar aslzodalarining qat’iy noroziligiga sabab bo’ladi.

Shahrisabz hokimi, kenagas qabilasidan chiqqan Ibrohimbiy Urgut va Miyonqol hokimlari bilan til biriktirib, Buxoro xonligidan mustaqil, poytaxti Samarqand bo’lgan davlat tuzishga qaror qildi. Bu maqsadini amalga oshirish uchun 1716-1719-yillarda Qarshiga va Buxoroga hujum qilib, hokimiyatni qo’lga olishga harakat qildi. Bu urinish natijasiz tugagach, 1722-yilda Samarqandni egallab, kuyovi Rajab Sultonni xon deb e’lon qildi. Natijada mustaqil Samarqand xonligiga asos solindi va 1730-1731-yillargacha bu xonlik mustaqilligi saqlanib turildi. Ibrohimbiy o’ziga „amir ul-umaro“ (ulug’ amir) unvonini berdi.

Ibrohimbiyning navbatdagi maqsadi Buxoro taxtini egallash, Rajab Sultonni Buxoro taxtiga o’tqizish hamda shu yo’l bilan xonlikning eng nufuzli kishisi bo’lish edi. Abulfayzxon siyosatidan norozi bo’lgan beklar Ibrohimbiyga qo’shiladilar. Ibrohimbiy katta qo’shin to’plab Buxoroga yurish boshlaydi. Ibrohimbiy va Rajab sultonlar kimki ularga qo’shilsa, g’alabadan so’ng juda katta boylik va amalni va’da qiladilar.

Qanday bo’lmasin Buxoro taxtini egallash ishtiyoqida yonayotgan Ibrohimbiy va Rajab Sulton oqibatini chuqur o’ylab ko’rmasdan turib ko’chmanchi qozoqlardan yordam so’raydilar. Ularga katta o’ljalar va’da qiladilar. Jung’or qalmoq ko’chmanchilarining bosqinidan katta talafot ko’rgan, talangan hamda ocharchilikka duchor etilgan qozoqlar bu taklifga rozi bo’ladilar. Mamlakatga kirib kelgan qozoqlar talon-tarojni avj oldiradilar. Ular yetti yil mobaynida Zarafshon va Qashqadaryo vohalariga talonchilik yurishlarini uyushtirib, hamma yoqni talab, xonavayron qiladilar. Na Buxoroda, na Samarqandda Ularni to’xtatishga qodir kuch topilmadi. Bunday sharoitda ichki nizolar yanada avj oldi. Aholining Abulfayzxondan noroziligi kuchayib ketdi. Nihoyat, Abulfayzxon yaqinlarining talabi bilan Muhammad Hakimbiyni Buxorodan chiqarib yuborishga qaror qiladi. Hakimbiy Qarshiga jo’nab ketadi, biroq u qulay fursat tug’ilishi bilanoq, Buxoroda hokimiyatni yana o’z qo’liga olish niyatidan qaytmagan edi.

Abulfayzxon esa vaqtini ko’ngilxushlik ishlariga sarflab, mayxo’rlikka berilib ketadi. Uning yetti farzandi bor edi. Mast chog’ida ularni o’limga mahkum etdi. Hali go’dak bo’lgan Abdulmo’ningina taxt ostiga yashirinib, omon qolgan. Xon davlat ishlarini deyarli nazorat qilmay qo’ydi. Oliy hokimiyat amalda oliy qo’shbegi bo’lib olgan Jovshon qalmoq qo’liga o’tdi. Markaziy hokimiyatning zaiflashuvi siyosiy tarqoqlikni yanada kuchaytirdi. Samarqand, Qarshi, Balx, Farg’ona, Badaxshon amalda mustaqil bo’lib oldilar. Bu ahvol tashqi dushmanlarning Movarounnahrga bostirib kirishiga qulay imkoniyat yaratdi.

Davlat mustaqilligining yo’qotilishi.

Eron shohi Nodirshoh Kavkaz, Hindiston, Usmonli turklar saltanati va Afg’onistonga qarshi zafarli yurishlardan so’ng, 1736-yili Buxoro xonligiga qarshi katta qo’shinni safarbar etdi. Nodirshohning o’g’li Rizoqul yetakchiligidagi qo’shinlar Amudaryodan o’tib, ko’pgina hududlami bosib oladi va Qarshini 15 kun qamal qiladilar.

Bunday og’ir sharoitda Buxoro xoni Xiva xonidan yordam so’rashga majbur bo’ldi. Xiva xoni Elbarsxonning yordamga kelayotganidan xabar topgan Nodirshoh buyrug’iga binoan Rizoqul qo’shinlari orqaga qaytib ketadilar.

Darsni mustahkamlash uchun savollar:

1.    Ubaydullaxon II qaysi yillarda hukmronlik qilgan?

2.    1740-yilda Buxoro Eron tomonidan amalga oshirilgan hujmga kim boshchilik qiladi?

3.    Ubaydullaxondan so’ng taxtga kim keladi?

4.    Abulfayzxonning tashqi va ichki siyosati haqida fikr yuting?

Darsni yakunlash:

A)     O’quvchilarni ma’naviy rag’batlantirish: Baholash.

B)     Uyga vazifa: Mavzuni o’qib o’rganib keliash.

Sana:   ______________

Fan:  O`zbekiston tarixi

Sinfi: 8  ___  ____  ____

Mavzu: Ashtarxoniylar davrida ijtimoiy-iqtisodiy hayot

Soatlar soni: 1 soat

Mavzuning qisqacha ta`rifi:

O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:

Dars turi: Yangi bilim beruvchi

Metod: suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi, “Jadval texnologiyasi” , “Tadqiqotlar yoki loyixa texnologiyasi”,“Rasmlarda aks etgan tarix”

Shakl: jamoa, guruhda ishlash

Jihoz: I.A.Karimov “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”asari darslik,siyosiy xarita,tarqatma,rasmli ko`rgazma,slayd,kompyuter.

Nazorat: o`quvchilarning darsda faolligi kuzatilib, hisobga olib boriladi.

Baholash: O`quvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanib, dars oxirida e`lon qilinadi.

Darsning maqsadi

Maqsadlar:

Ta`limiy maqsad:-o`quvchilarga Ashtarxoniylar davrida ijtimoiy-iqtisodiy hayoti haqida ma`lumot berish;

Tarbiyaviy maqsad: - o`quvchilargavatanimiz va o`zbek xalqining o`rta asrlarda boshidan kechirgan g`oyat murakkab va mashaqqatli hayoti haqida tushuncha berish va bundan saboq olishni o`rgatish;

Rivojlantiruvchi maqsad: -o`quvchilarni dunyoqarashini, nutqini,fikrlash qobilyatini, shakllantirish

Tayanch kompetentsiyalar:

Kommunikativlik

o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, mavzu:dan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish;

Milliy va umummadaniy

umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlarini (urf odatlar, marosimlar, milliy madaniy an’analar va.h.k.) hurmat qilish;

o‘zgalarga nisbatan mehrmuruvvat, saxiylik, diniy e’tiqodi, milliy hususiyatlari, an’ana va marosimlarini hurmat qilish; jamiyatda o‘rnatilgan odobaxloq qidalariga rioya qilish

O‘z-o‘zini rivojlantirish

shaxs sifatida doimiy ravishda o‘zo‘zini rivojlantirish, ma’naviy va intellektual kamolotga intilish;

o‘z hatti-harakatini adekvat baholash, o‘zini nazorat qila bilish, halollik, to‘g‘rilik kabi sifatlarga ega bo‘lish.

Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish

tarixda yil xisobini o‘qiy olish, tarixiy darvlarga oid chizmalarni o‘qiy olish, rim raqamida yozilgan raqamlarni o‘qiy oladi.

miloddan avvalgi, era, milodiy yillar o‘rtasidagi farqalarni matematik amallar bilan yecha oladi.

Fanga oid kompetensiyalar:

·         Tarixiy voqeilikni tushunishvauni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi.

tarixiy davrlar va -yillarni ajrata oladi, tarixiy hisobini tushuntira oladi;

         mazkur davrni o‘rganish orqali o‘quvchilar tarix fanining o‘rganilayot- gan davriga oid tarixiy atamalar mazmunini biladi;

Tarixiy shaxslar haqida ma’lumot bera oladi,tarixiy sanalarda ro‘y bergan voqealar haqida ma’lumot bera oladi

·         Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi.

Tarixiy illustrasiyalar asosida kichik hikoyalar tuza oladi, tarixiy joylarni xaritadan ko‘rsata oladi

Darsning blok sxemasi:

Darsning qismlari

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa

I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.

II.O`tilgan mavzuni takrorlash:

1.        Ubaydullaxon II qaysi yillarda hukmronlik qilgan?

2.       1740-yilda Buxoro Eron tomonidan amalga oshirilgan hujmga kim boshchilik qiladi?

3.       Ubaydullaxondan so’ng taxtga kim keladi?

4.       Abulfayzxonning tashqi va ichki siyosati haqida fikr yuting?

III. Yangi mavzu bayoni

Ashtarxoniylar davrida davlat tizimi va boshqaruvi o’z tuzilishi, mohiyati jihatidan shayboniylar davridagidan deyarli farq qilmas edi. Davlatning ichki va tashqi siyosatiga doir masalalar rasman oliy hokimiyat boshlig’i-Xon ixtiyori bilan hal qilinardi. Markaziy va mahalliy hokimiyat boshqaruvida ham shayboniylar davrida amalda bo’lgan lavozimlar saqlanib qolgan (7-§ ga qarang).

Yer egaligi munosabatlari

Ashtarxoniylar davrida yerga egalik qilishning, ilgarigi asrlarda amalda bo’lganidek mulki sultoniy, xususiy mulk, vaqf yerlari shakllari mavjud edi.

Mulki sultoniy davlat yerlari hisoblanib, undan keladigan daromad xon xazinasiga kelib tushardi. Davlat yerlaridan o’sha joylarda yashagan dehqonlar foydalangan, ular yemi ishlatib, olingan hosildan xiroj solig’i to’laganlar.

Xon davlat tasarrufidagi yerlarni, aholi yashaydigan qishloqlarni shahzodalarga, yirik din ulamolari va sayyidlarga suyurg’ol shaklida, harbiy qism boshliqlari saroy amaldorlariga tanho shaklida in’om qilardi.

Suyurg’ol qilingan katta yer egalari xon xazinasiga soliq to’lamas edi. Tanho shaklida in’om qilingan yerlar tanhodoning xususiy mulki bo’lmay, o’sha yerlarda ishlayotgan dehqonlardan soliq olish huquqi berilar edi. Xon ayrim shaxslarga hukmdorga ko’rsatgan alohida xizmatlari uchun ham yer-mulklar in’om etardi. Bunday mulklar soliqlardan ozod qilinardi va shu boisdan ular „Mulki hurri xolis“ deb atalardi.

Xususiy mulkchilik tobora kuchayib bordi. Xon tomonidan davlat yerlarini soliqqa tortmaslik sharti bilan yirik boylar va saroy amaldorlariga sotish hollari ham yuz berdi. Xususiy mulk egalari u yerlarda o’zlari ishlamas edi, yersiz dehqonlarga ijaraga berib, Ularni zo’ravonlik bilan ishlatib, katta daromad olardilar.

Diniy mahkamalarga mulki sultoniy hisobidan berilgan yerlar, masjidlar, xonaqohlar, qabristonlar vaqf mulki hisoblanardi. Vaqf mulkidan ham soliq olinmas edi.

Dehqonchilik va chorvachilik.

Tinimsiz urushlar, qabila boshliqlari va amirlar o’rtasidagi ichki kurashlar mamlakat iqtisodiy hayotini, aholining moddiy turmushini ayanchli ahvolga tushirdi.

Sug’oriladigan yerlarda bug’doy, arpa, jo’xori, loviya, mosh, sholi, paxta, sabzavot va poliz ekinlari ekilgan. Dasht va tog’oldi lalmi yerlarda ham boshoqli ekinlar, kunjut, tarvuz, qovun ekilib, dehqonchilik qilingan.

Dehqonchilik mamlakat iqtisodining butunlay inqirozga tushib qolishidan saqlab turgan asosiy omil bo’lib, aholining oziq-ovqatga bo’lgan ehtiyojini qondirishga xizmat qilgan. Imomqulixon davrida, 1614-1615-yillarda Qashqadaryodan Qarshi cho’liga, 1633-1634-yillarda Qo’shqo’rg’onda kanal qazilib, vohalarga suv chiqarilgan. Biroq ashtarxoniylar davrida suv inshootlari qurilishiga yetarli e’tibor berilmadi.

Chorvachilik ham qishloq xo’jaligining yetakchi tarmog’i bo’lgan. Mehnatkash aholi chorva mollarini boqib, go’sht, sut mahsulotlari yetishtirgan. Ammo katta yaylovlar xon, saroy amaldorlari, din peshvolari, qabila boshliqlariga tegishli bo’lib, ming-ninglab qo’ylar, podalar, yilqilar, tuyalar boqilardi. Jun, teri va boshqa chorvachilik mahsulotlari yetishtirilar, ichki va tashqi bozorda sotilar edi. Ho’kizlardan yer haydashda, omoch va mola tortishda keng foydalanilar edi.

Hunarmandchilikva savdo

Hunarmandchilik mahsulotlari asosan shaharlarda, yirik qishloqlarda yetishtirilar edi. Hunarmandchilikning to’qimachilik tarmog’ida ip yigirish, gazlamalar tayyorlash, kiyimlar tikish, gilam to’qish, kashtachilik rivojlandi.

Hunarmandchilikning kulolchilik tarmog’i ham rivoj topadi. O’lkada sog’ tuproq manbalarining ko’pligi sopol va chinni idishlar, ko’za, kosa va boshqa tayyor kulolchilik mahsulotlari tayyorlashga imkoniyat berardi.

Metall va yog’ochga

ishlov berish orqali uy-ro’zg’or buyumlari tayyorlash, binolar qurilishida yog’och va gancho’ymakorligi kabi hunarmandchilik tarmog’i ham ancha o’sdi. Buxoro va Samarqandda yuqori sifatli yozuv qog’ozi ishlab chiqarish, tog’li hududlardan nodir metallar, kaliy qazib olish ham yo’lga qo’yilgan. Buxorolik hunarmandlar 200 ga yaqin kasb turlari bilan shug’ullangan.

17-18-asrlarning birinchi yarmida savdo-sotiq ishlari ham bir qadar o’sib bordi. Savdo-sotiq ishlarida Buxoro, Samarqand, Qarshi, Toshkent, Balx va boshqa yirik shaharlarning mavqeyi baland edi. Ichki savdoda dehqonchilik, chorvachilik mahsulotlariga, hunarmandchilik buyumlariga ehtiyoj kattaligi sababli bozorlar gavjum bo’lardi.

Xalq qo’zg’olonlari

Urush yillarida soliq miqdori haddan hatashqari oshirilardi. Subhonqulixon davrida raiyatdan 7 yillik soliqlarni birdaniga yig’ib olish hollari bo’lgan.

Ubaydullaxon esa aholidan yig’iladigan soliqlar miqdorini 4 baravarga ko’paytirgan. Ubaydullaxon 1708-yilda pul islohoti o’tkazib, tarkibining 35 foizini kumush tashkil etuvchi tangalar o’rniga, tarkibida 9 foiz kumush bo’lgan tangalami zarb ettiradi va uning qimmatini oldingi tangalarga teng deb belgilaydi. Natijada pulning qadri 4 baravar kamayadi, norozilik kuchayib, do’kondor va hunarmandlar o’z mahsulotlarini sotmay qo’yadilar, do’konlar yopiladi, savdo-sotiq ishlariga katta zarar yetadi.

Darsni mustahkamlash uchun savollar:

1.    Ashatarxoniylar davrida qanday yer turlari bo’lgan?

2.    Ashtarxoniylar davrida qanday soliq turlari mavjud edi?

3.    Qaysi Ashtarxoniy hukmdorlar pul islohatlari o’tkazishdi?

4.    “Ubaydullanoma” asari muallifi kim?

Darsni yakunlash:

A)     O’quvchilarni ma’naviy rag’batlantirish: Baholash.

B)      Uyga vazifa: Mavzuni o’qib o’rganib keliash.                                                                                

Sana:   ______________

Fan:  O`zbekiston tarixi

Sinfi: 8  ___  ____  ____

Mavzu: Ilm-fan va  madaniy hayot

Soatlar soni: 1 soat

Mavzuning qisqacha ta`rifi:

O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:

Dars turi: Yangi bilim beruvchi

Metod: suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi, “Jadval texnologiyasi” , “Tadqiqotlar yoki loyixa texnologiyasi”,“Rasmlarda aks etgan tarix”

Shakl: jamoa, guruhda ishlash

Jihoz: I.A.Karimov “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”asari darslik,siyosiy xarita,tarqatma,rasmli ko`rgazma,slayd,kompyuter.

Nazorat: o`quvchilarning darsda faolligi kuzatilib, hisobga olib boriladi.

Baholash: O`quvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanib, dars oxirida e`lon qilinadi.

Darsning maqsadi

Maqsadlar:

Ta`limiy maqsad:-o`quvchilarga ilm-fan va  madaniy hayot haqida ma`lumot berish;

Tarbiyaviy maqsad: - o`quvchilargavatanimiz va o`zbek xalqining o`rta asrlarda boshidan kechirgan g`oyat murakkab va mashaqqatli hayoti haqida tushuncha berish va bundan saboq olishni o`rgatish;

Rivojlantiruvchi maqsad: -o`quvchilarni dunyoqarashini, nutqini,fikrlash qobilyatini, shakllantirish. 

Tayanch kompetentsiyalar:

Kommunikativlik

o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, mavzu:dan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish;

Milliy va umummadaniy

umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlarini (urf odatlar, marosimlar, milliy madaniy an’analar va.h.k.) hurmat qilish;

o‘zgalarga nisbatan mehrmuruvvat, saxiylik, diniy e’tiqodi, milliy hususiyatlari, an’ana va marosimlarini hurmat qilish; jamiyatda o‘rnatilgan odobaxloq qidalariga rioya qilish

O‘z-o‘zini rivojlantirish

shaxs sifatida doimiy ravishda o‘zo‘zini rivojlantirish, ma’naviy va intellektual kamolotga intilish;

o‘z hatti-harakatini adekvat baholash, o‘zini nazorat qila bilish, halollik, to‘g‘rilik kabi sifatlarga ega bo‘lish.

Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish

tarixda yil xisobini o‘qiy olish, tarixiy darvlarga oid chizmalarni o‘qiy olish, rim raqamida yozilgan raqamlarni o‘qiy oladi.

miloddan avvalgi, era, milodiy yillar o‘rtasidagi farqalarni matematik amallar bilan yecha oladi.

Fanga oid kompetensiyalar:

·         Tarixiy voqeilikni tushunishvauni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi.

tarixiy davrlar va -yillarni ajrata oladi, tarixiy hisobini tushuntira oladi;

         mazkur davrni o‘rganish orqali o‘quvchilar tarix fanining o‘rganilayot- gan davriga oid tarixiy atamalar mazmunini biladi;

Tarixiy shaxslar haqida ma’lumot bera oladi,tarixiy sanalarda ro‘y bergan voqealar haqida ma’lumot bera oladi

·         Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi.

Tarixiy illustrasiyalar asosida kichik hikoyalar tuza oladi, tarixiy joylarni xaritadan ko‘rsata oladi

Darsning blok sxemasi:

Darsning qismlari

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa

I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.

II.O`tilgan mavzuni takrorlash:

1.       Ashatarxoniylar davrida qanday yer turlari bo’lgan?

2.       Ashtarxoniylar davrida qanday soliq turlari mavjud edi?

3.       Qaysi Ashtarxoniy hukmdorlar pul islohatlari o’tkazishdi?

4.       “Ubaydullanoma” asari muallifi kim?

III. Yangi mavzu bayoni

Ashtarxoniylar davrida avj olgan ichki ziddiyatlar, tinimsiz urushlar, siyosiy parokandalik ma’naviy-ma’rifiy, madaniy hayotga salbiy ta’sir etdi. Biroq bunday murakkab siyosiy vaziyat maorif, ilm-fan, madaniyat rivojini to’xtatib qololmadi.

Maktab va madrasa ta’limi

17-18-asrlarda shahar va qishloqlarda ko’plab maktab (maktabxona)lar faoliyat ko’rsatgan. O’g’il va qiz bolalar alohida-alohida maktablarda o’qitilgan. O’g’il bolalar maktablari masjidlar, madrasalar, xo’jalik yurituvchi ustaxonalar qoshida yoki xususiy maktabdorlar xonadonlarida tashkil etilgan bo’lib, masjid imomi yoki madrasani tugatgan ziyoli kishilar o’qituvchilik qilgan. Ularni domla deyishgan. Qiz bolalar maktablari badavlat kishilar yoki o’qituvchi ayollar uylarida tashkil etilgan, qizlami otinoyi, otinbibi, bibixalifa, bibiotin deb atalgan ayol o’qituvchilar o’qitishgan.

Maktablar xarajati va domlalarning maoshi vaqf mulkidan tushgan daromadlar hamda o’quvchilarning ota-onalari tomonidan o’qish uchun to’langan mablag’lar hisobidan qoplangan. Yetim-yesirlar bepul o’qitilgan. Bolalar maktabga 6-7 yoshdan berilgan va ular 5-8 yil davomida boshlang’ich ta’lim olganlar.

Ilm-fan

Diniy mutaassiblik, xalq ommasidan diniy aqidalarga so’zsiz itoat etish talablarining kuchayishi ilm-fan ravnaqiga salbiy ta’sir etdi. Shunga qaramasdan, ilm ahllarining ijodi batamom to’xtab qolmadi. 17-asrning taniqli olimi, Mir Arab madrasasi mudarrisi Muhammad Sharif Buxoriy (1609-1697) falsafa, tasavvuf, tarix, fiqh, tilshunoslik, astronomiya sohasida 20 dan ortiq asarlar yozgan. Uning „Davriylik haqida risola“ asari makon va zamon masalalariga bag’ishlangan. Uning „Xoqonga foydali maslahatlar“ kitobi 25 bob 32 fasldan iborat bo’lib, unda shariat qonun-qoidalari, ijtimoiy hayot va axloqiy muammolarga oid ma’lumotlar, hukmdorlar to’g’risida qiziqarli lavhalar o’z ifodasini topgan.

Matematika, handasa, kimyo, astronomiya sohasida Mulla Tursun Fariziyrimg, falsafa va mantiq sohasida Mavlono Yusuf Qorabog’iyning asarlari bizgacha yetib kelgan. Boboxoja ibn Xoja Orif Samarqandiy tomonidan 1678-yilda falakiyot, ilmi hay’ati haqida risola yozilgan. Mahmud ibn Valining 1636-yilda yozilgan „Bahr ul-asror“ („Sirlar dengizi“) asarida samarqandlik va buxorolik 20 nafar olim haqida ma’lumotlar berilgan.

Tarixnavislik

17-18-asr birinchi yarmidaBuxoro tarixiga doir qator asarlar yaratiladi. Tarixchi va geograf olim Mahmud ibn Valining „Oliyjanob insonlar jasorati xususida sirlar dengizi“ asarida Movarounnahr va Xuroson tarixi, mamlakatlar, shaharlar, okean va dengizlar, hayvonot olami haqida qimmatli ma’lumotlar bayon qilinadi. U „Muhabbatnoma“, „Axloqi husayniy“ (Axloq husnlari) risolalari hamda 50 ming baytdan iborat katta devon muallifidir.

Tarixnavislikda Muhammad Yusuf Munshiyning „Tarixi Muqimxoniy“, Muhammad Amin Buxoriyning „Ubaydullanoma“, Muhammad ibn Muhammad Zamon Buxoriyning „Muhit ut-tavorix“ („Tarixlar dengizi“), Abdurahmon Tolening „Abulfayzxon tarixi“, Xojamqulixon Balxiyning asarlari muhim ahamiyatga egadir.

Adabiyot va san’at

17-18-asr birinchi yarmida adabiyot ancha rivoj topdi. Adabiy muhitda Bedil (asli ismi Mirzo Abdulqodir, 1644-1721) ning o’rni katta. U kesh (Shahrisabz)lik, turkiy barlos urug’idan, Hindistonga ko’p marta safar qilgan, Dehlida vafot etgan. Bedil inson erkinligi, tafakkuri haqida falsafiy, axloqiy qarashlarini she’riy va nasriy asarlarida bayon etgan. Bedil 120 ming misradan ortiq she’riy va nasriy asarlar yozgan. Uning yirik asari „To’rt unsur“ nasrda yozilgan bo’lib, havo, suv, yer, olov haqida, shuningdek, o’simliklar, hayvonlar va odamning kelib chiqishi haqida o’z qarashlarini bayon etadi.

Memorchilik.

Buxoro xonligi tasarrufidagi hududlarda me’morchilik ishlilari ham ancha rivoj topdi Ko’plab masjidlar, madrasalar, bozorlar, xonaqohlar, karvonsaroylar, hammomlar, sardobalar barpo etildi.

17-asrda Samarqand Registoni ansamblining hozirgi qiyofasi shakllantirildi. Samarqand hokimi Yalangto’sh Bahodir

1619-1635-yillarda vayrona holatga tushib qolgan Registon maydonida Ulug’bek madrasasi qarshisida Sherdor madrasasini, uning yonida 1646-1660-yillarda Tillakori madrasamasjidini o’z mablag’lari hisobidan bunyod ettirgan, unga tilladan ishlov berish, bezash islilari bajarilgan. Samarqand Registon ansambli o’zining rang-barang koshinkor bezaklari, naqshinkor peshtoqlari, ulkan gumbazlari bilan Markaziy Osiyo me’morchiligining noyob tarixiy yodgorligi bo’lib, bugungi kunda jahon jamoatchiligi, sayyolilari e’tiborini o’ziga jalb qilmoqda.

Buxoro. Abdulazizxon madrasasi. .

Buxoroda yirik me’moriy majmua-Labihovuz ansambli bunyod etildi. Buxoroning eng badavlat kishilaridan biri bo’lgan Nodir devonbegi 1620-yilda bozor maydoni o’rtasida bo’yi 45 metr, eni 36 metr, chuquriigi 5 metr bo’lgan katta hovuz qurdirib, atrofmi shag’al, marmar va toshlar bilan mustahkamlattiradi. Hovuz atrofida Nodir devonbegi madrasasi va xonaqohi, Ko’kaldosh madrasasi, Ernazar elchi madrasasi bunyod etiladi.

1652-yilda Buxoro shahrida Abdulazizxon qurdirgan qo’sh imoratli madrasa mustahkamligi, nafis naqshli koshinlarga boyligi bilan ajralib turadigan, o’z zamonasi me’morchiligining yetuk namunasi hisoblanadi. Imomqulixon Madina shahrida Chorbog’, Makkadagi Ka’baga kiraverish darvozalaridan biri ostonasi uchun oltin va kumush tutqichli yog’och zina qurdiradi.

18-asr boshlarida Qarshida Shermuhammadbiy, Xo’ja Qurbonbiy madrasalari, savdo yo’llarida hashamatli rabotlar barpo etiladi.

Darsni mustahkamlash uchun savollar:

1.       Shayboniyxon va Ko’chkinjihon qaysi yillarda pul islohati o’tkaziladi?

2.       Shayboniylar davrida ahvolning bir maromga tushushishi qanday islohatlar tufayli amalga oshirildi?

Darsni yakunlash:

A)      O’quvchilarni ma’naviy rag’batlantirish: Baholash.

B)      Uyga vazifa: Mavzuni o’qib o’rganib keliash.                                                                                

Sana:   ______________

Fan:  O`zbekiston tarixi

Sinfi: 8  ___  ____  ____

Mavzu: takrorlash

Soatlar soni: 1 soat

Mavzuning qisqacha ta`rifi:

O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:

Dars turi: Yangi bilim beruvchi

Metod: suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi, “Jadval texnologiyasi” , “Tadqiqotlar yoki loyixa texnologiyasi”,“Rasmlarda aks etgan tarix”

Shakl: jamoa, guruhda ishlash

Jihoz: I.A.Karimov “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”asari darslik,siyosiy xarita,tarqatma,rasmli ko`rgazma,slayd,kompyuter.

Nazorat: o`quvchilarning darsda faolligi kuzatilib, hisobga olib boriladi.

Baholash: O`quvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanib, dars oxirida e`lon qilinadi.

Darsning maqsadi

Maqsadlar:

Ta`limiy maqsad:-o`quvchilarga haqida ma`lumot berish;

5.       Ashatarxoniylar davrida qanday yer turlari bo’lgan?

6.       Ashtarxoniylar davrida qanday soliq turlari mavjud edi?

7.       Qaysi Ashtarxoniy hukmdorlar pul islohatlari o’tkazishdi?

8.       “Ubaydullanoma” asari muallifi kim?

Mavzu: Buxoroda mang’itlar  hukmronligining o’rnatilishi

Soatlar soni: 1 soat

Mavzuning qisqacha ta`rifi:

O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:

Dars turi: Yangi bilim beruvchi

Metod: suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi, “Jadval texnologiyasi” , “Tadqiqotlar yoki loyixa texnologiyasi”,“Rasmlarda aks etgan tarix”

Shakl: jamoa, guruhda ishlash

Jihoz: I.A.Karimov “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”asari darslik,siyosiy xarita,tarqatma,rasmli ko`rgazma,slayd,kompyuter.

Nazorat: o`quvchilarning darsda faolligi kuzatilib, hisobga olib boriladi.

Baholash: O`quvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanib, dars oxirida e`lon qilinadi.

Darsning maqsadi

Maqsadlar:

Ta`limiy maqsad:-o`quvchilarga Buxoroda mang’itlar  hukmronligining o’rnatilishi haqida ma`lumot berish;

Tarbiyaviy maqsad: - o`quvchilargavatanimiz va o`zbek xalqining o`rta asrlarda boshidan kechirgan g`oyat murakkab va mashaqqatli hayoti haqida tushuncha berish va bundan saboq olishni o`rgatish;

Rivojlantiruvchi maqsad: -o`quvchilarni dunyoqarashini, nutqini,fikrlash qobilyatini, shakllantirish. 

Tayanch kompetentsiyalar:

Kommunikativlik

o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, mavzu:dan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish;

Milliy va umummadaniy

umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlarini (urf odatlar, marosimlar, milliy madaniy an’analar va.h.k.) hurmat qilish;

o‘zgalarga nisbatan mehrmuruvvat, saxiylik, diniy e’tiqodi, milliy hususiyatlari, an’ana va marosimlarini hurmat qilish; jamiyatda o‘rnatilgan odobaxloq qidalariga rioya qilish

O‘z-o‘zini rivojlantirish

shaxs sifatida doimiy ravishda o‘zo‘zini rivojlantirish, ma’naviy va intellektual kamolotga intilish;

o‘z hatti-harakatini adekvat baholash, o‘zini nazorat qila bilish, halollik, to‘g‘rilik kabi sifatlarga ega bo‘lish.

Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish

tarixda yil xisobini o‘qiy olish, tarixiy darvlarga oid chizmalarni o‘qiy olish, rim raqamida yozilgan raqamlarni o‘qiy oladi.

miloddan avvalgi, era, milodiy yillar o‘rtasidagi farqalarni matematik amallar bilan yecha oladi.

Fanga oid kompetensiyalar:

·         Tarixiy voqeilikni tushunishvauni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi.

tarixiy davrlar va -yillarni ajrata oladi, tarixiy hisobini tushuntira oladi;

         mazkur davrni o‘rganish orqali o‘quvchilar tarix fanining o‘rganilayot- gan davriga oid tarixiy atamalar mazmunini biladi;

Tarixiy shaxslar haqida ma’lumot bera oladi,tarixiy sanalarda ro‘y bergan voqealar haqida ma’lumot bera oladi

·         Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi.

Tarixiy illustrasiyalar asosida kichik hikoyalar tuza oladi, tarixiy joylarni xaritadan ko‘rsata oladi

Darsning blok sxemasi:

Darsning qismlari

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa

I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.

II.O`tilgan mavzuni takrorlash:

1.       Shayboniyxon va Ko’chkinjihon qaysi yillarda pul islohati o’tkaziladi?

2.       Shayboniylar davrida ahvolning bir maromga tushushishi qanday islohatlar tufayli amalga oshirildi?

III. Yangi mavzu bayoni

1740-yilda Eron qo’shinlari Nodirshoh boshchiligida Buxoroga Qarshi yana hujum boshladi. Buxoro va Xiva xonlari umumiy duslimanga Qarshi kurashish uchun birlasha olmadilar.

Bu ham yetmaganidek, Buxoroning o’zida xoinlik yuz berdi. Xonlikda yetakchi mavqega ega bo’lib olish niyatidan qaytmagan Qarshi hokimi Muhammad Hakimbiy Nodirshoh tomoniga o’tib ketdi. Abulfayzxon Eron bosqiniga qarshi kurashni uyushtira olmadi va taslim bo’ldi.

Nodirshoh Buxoro xonligining taslim bo’lish shartlarini Muhammad Hakimbiy orqali Abulfayzxonga jo’natdi.

Taslim bo’lish haqidagi shartnomani imzolash uchun Abulfayzxon Zarafshon daryosining bo’yidagi Chorbakr qo’rig’iga-Nodirshoh huzuriga borishga majbur bo’ldi.

Muhammad Rahimbiy

Buxoroda ashtarxoniylar sulolasi hukmronligi davrida o’zbek qabilalaridan mang’itlar va qo’ng’irotlarning nufuzi baland edi. Bu ikki qabila haqiqiy hokimiyat ashtarxoniylar qo’lida bo’lib turgan davrlarda ularga sadoqat bilan xizmat qilgan edilar. Biroq, keyinchalik, Buxoroda mang’itlar alohida nufuzga ega bo’lish uchun astoydil kurashdilar. Hakimbiy davrida bu maqsadga erishdilar.

Muhammad Hakimbiy 1743-yilda vafot etgan edi. Uning o’g’li Muhammad Rahimbiy o’zining muntazam qo’shinga egaligidan foydalanib, hokimiyatda otasi kabi alohida mavqe uchun da’vogariik qila boshladi. So’nggi ashtarxoniy Abulfayzxon unga Bosh vazirlik lavozimini berishga majbur bo’ldi va oxir oqibatda markaziy hokimiyat uning qo’lida to’plandi.

Nodirshoh 1747-yilda o’ldirilganidan so’ng Eronda boshlangan ichki kurashlar Muhammad Rahimbiyning Buxoro taxtini egallashiga yo’l ochib berdi. Uning buyrug’i bilan Abulfayzxon ham 1747-yili o’ldirildi. Muhammad Rahimbiy taxtga Abulfayzning o’g’li Abdulmo’rninni o’tqizdi (soxta xon) va uni o’ziga kuyov qilib oldi. Ko’p o’tmay Muhammad Rahimbiy kuyovi Abdulmo’rninni, uning o’rniga o’tqizilgan soxta xonlar-Ubaydullaxon va Sherg’oziyxonlarni ham qatl ettirdi. Muhammad Rahimbiy Buxoro aslzodalari va ruhoniylarining qo’llab-quvvatlashi bilan 1756-yilda o’zini hukmdor deb e’lon qildi. Biroq mang’itlar chingiziylar nasliga mansub bo’lmaganligi uchun mang’it hukmdorlari o’zlarini xon deb emas, amir deb ataganlar. Ular Buxoro mintaqasining diniy hukmdori-amir ul-mo’rninin hisoblanganlar.

Shunday qilib, 1756-yili Buxoroda hokimiyat tepasiga yangi sulola-mang’itlar sulolasi keldi va davlatni 1920-yilgacha idora qildi. Shundan boshlab Buxoro xonligi endilikda Buxoro amirligi deb ataladigan bo’ldi. Mang’itlar 92 o’zbek qabilasining biri edi.

Mang’it hukmdori Muhammad Rahimbiy (1756-1758) mamlakatda o’zining mutlaq hukmdorligini o’rnatish hamda ichki boshboshdoqlikni tugatish siyosatini tutdi. Bunday siyosatdan ko’zlangan maqsad-markazlashgan davlatni tiklash edi. Muhammad Rahimxon bu siyosatni ro’yobga chiqarishga qat’iy kirishdi. U barcha mahalliy hukmdorlarni o’z huzuriga chorlab, ularga o’zining asl maqsadini, o’z boshqaruv dasturini ma’lum qildi. Lekin davom etayotgan ichki nizolar, urushlar mamlakatni xonavayron qilayotganligi, xo’jalik, savdo-sotiq ishlarining izdan chiqayotganligi, agar bu jarayonlar bundan buyon ham davom etadigan bo’lsa, davlat halokati muqarrar ekanligini alohida ta’kidladi. Qaysi mahalliy hukmdor markaziy hokimiyatga bo’ysunmasa, ayovsiz jazoga tortilishini ogohlantirdi.

Doniyolbiy otaliq va Amir Shohmurod

Muhammad Rahimxon yirik yer egalarining davlatni boshqarish ishlarida shu vaqtgacha davom etib kelgan aralashuvlarini keskin kamaytirishga erisha oldi. Shunday bo’lsa-da, u barcha bekliklarning markaziy hokimiyatni tan olishlariga to’la erisha olmadi.

Muhammad Rahimxon vafotidan so’ng uning amakisi Doniyolbiy otaliq hokimiyatni o’z qo’liga oldi (1758-1785). U o’zini xon atamadi va Abulfayzxonning nabirasi Abulg’oziyni taxtga o’tqizdi. Doniyolbiy ham otaliq mansabini, ham amaldagi hukmdorlikni o’z qo’lida saqlab qoladi. U o’z qo’shinlarini mustahkamlashga, unga tayanib ish ko’rishga harakat qildi. Barcha mang’it beklariga katta yer-mulkni tanho qilib berdi. Xalqdan olinadigan soliqlarni ko’paytirdi. Uning davrida Balx, Hisor, Ko’lob, O’ratepa bekliklarining mustaqillikka intilishlari kuchaydi. Katta yer egalari, qushbegi va qozikalonlarning o’zboshimchaligini esa sindira olmadi. O’g’illaridan biri Shohmurod darvishona hayot kechirar, shayx maslahati bilan bozorda yuk tashuvchilik qilardi. Keyin esa pichoqqa qin yasab sotib, shu orqali ro’zg’or tebratardi. Xalq orasida obro’si katta bo’lgani uchun Doniyolbiy unga hokimiyatni topshirdi.

Amir Shohmurod (1785-1800) Amir Doniyolbiy otaliqning to’ng’ich o’g’li bo’lib, yoshligidan xudojo’y, porso bo’lib o’sgan. Madrasani bitirib, darvishlik suluki tarafdori, targ’ibotchisidan biriga aylanadi. Shohmurod Abulg’oziyni hokimiyatdan chetlatib, o’zini Buxoro amiri deb e’lon qiladi va taxtni egallaydi. Xalq unga hurmat bilan „amiri ma’sum“ (begunoh amir) unvonini bergan.

Shohmurod o’z faoliyatida ommaga tayanib ish tutdi. Adolat tamoyillariga qattiq amal qildi. O’zi ham nihoyatda kamtarin hayot kechirgan. Masalan, bir yilda bir olacha chopon, bir bo’z ko’ylak kiygan. Boshiga olti gazli bo’z salla, oyog’iga echki terisidan tikilgan saxtiyon mahsi hamda kavush kiygan.

Darsni mustahkamlash uchun savollar:

1.       Qaysi yili Eron qo’shinlari Nodirshoh boshchiligida 2-marta Buxoroga qarshi yana hujum boshladi? 1740- yilda

2.        Shahar markazida olti qirrali chorsu qurilib, «Toqi musaddas» deb atalgan imoratni kim qurdirdi? Amir Shohmurod.

3.       Buxoro amirligi qaysi yillarda mavjud bo’lgan? 1756-1920 yillarda.

Darsni yakunlash:

A)     O’quvchilarni ma’naviy rag’batlantirish: Baholash.

B)      Uyga vazifa: Mavzuni o’qib o’rganib keliash.                                                                                         

Sana:   ______________

Fan:  O`zbekiston tarixi

Sinfi: 8  ___  ____  ____

Mavzu: Amirlik davlat tuzumi va  ma’muriy boshqaruvi

Soatlar soni: 1 soat

Mavzuning qisqacha ta`rifi:

O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:

Dars turi: Yangi bilim beruvchi

Metod: suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi, “Jadval texnologiyasi” , “Tadqiqotlar yoki loyixa texnologiyasi”,“Rasmlarda aks etgan tarix”

Shakl: jamoa, guruhda ishlash

Jihoz: I.A.Karimov “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”asari darslik,siyosiy xarita,tarqatma,rasmli ko`rgazma,slayd,kompyuter.

Nazorat: o`quvchilarning darsda faolligi kuzatilib, hisobga olib boriladi.

Baholash: O`quvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanib, dars oxirida e`lon qilinadi.

Darsning maqsadi

Maqsadlar:

Ta`limiy maqsad:-o`quvchilarga amirlik davlat tuzumi va  mamuriy boshqaruvi haqida ma`lumot berish;

Tarbiyaviy maqsad: - o`quvchilargavatanimiz va o`zbek xalqining o`rta asrlarda boshidan kechirgan g`oyat murakkab va mashaqqatli hayoti haqida tushuncha berish va bundan saboq olishni o`rgatish;

Rivojlantiruvchi maqsad: -o`quvchilarni dunyoqarashini, nutqini,fikrlash qobilyatini, shakllantirish

Tayanch kompetentsiyalar:

Kommunikativlik

o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, mavzu:dan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish;

Milliy va umummadaniy

umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlarini (urf odatlar, marosimlar, milliy madaniy an’analar va.h.k.) hurmat qilish;

o‘zgalarga nisbatan mehrmuruvvat, saxiylik, diniy e’tiqodi, milliy hususiyatlari, an’ana va marosimlarini hurmat qilish; jamiyatda o‘rnatilgan odobaxloq qidalariga rioya qilish

O‘z-o‘zini rivojlantirish

shaxs sifatida doimiy ravishda o‘zo‘zini rivojlantirish, ma’naviy va intellektual kamolotga intilish;

o‘z hatti-harakatini adekvat baholash, o‘zini nazorat qila bilish, halollik, to‘g‘rilik kabi sifatlarga ega bo‘lish.

Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish

tarixda yil xisobini o‘qiy olish, tarixiy darvlarga oid chizmalarni o‘qiy olish, rim raqamida yozilgan raqamlarni o‘qiy oladi.

miloddan avvalgi, era, milodiy yillar o‘rtasidagi farqalarni matematik amallar bilan yecha oladi.

Fanga oid kompetensiyalar:

·         Tarixiy voqeilikni tushunishvauni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi.

tarixiy davrlar va -yillarni ajrata oladi, tarixiy hisobini tushuntira oladi;

         mazkur davrni o‘rganish orqali o‘quvchilar tarix fanining o‘rganilayot- gan davriga oid tarixiy atamalar mazmunini biladi;

Tarixiy shaxslar haqida ma’lumot bera oladi,tarixiy sanalarda ro‘y bergan voqealar haqida ma’lumot bera oladi

·         Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi.

Tarixiy illustrasiyalar asosida kichik hikoyalar tuza oladi, tarixiy joylarni xaritadan ko‘rsata oladi

Darsning blok sxemasi:

Darsning qismlari

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa

I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.

II.O`tilgan mavzuni takrorlash:

1.       Qaysi yili Eron qo’shinlari Nodirshoh boshchiligida 2-marta Buxoroga qarshi yana hujum boshladi? 1740- yilda

2.        Shahar markazida olti qirrali chorsu qurilib, «Toqi musaddas» deb atalgan imoratni kim qurdirdi? Amir Shohmurod.

3.       Buxoro amirligi qaysi yillarda mavjud bo’lgan? 1756-1920 yillarda.

III. Yangi mavzu bayon

Buxoro davlat tuzumiga ko’ra monarxiya davlati edi. Davlat tepasida amir, ya’ni yakka mustabid hukmdor turgan. Hukmdor rasman cheklanmagan huquqqa ega bo’lib, butun hokimiyat uning qo’lida to’plangan. U o’zi ishongan eng oliy toifadagi amaldorlar (arkoni davlat) hamda qabilalarning boshliqlari bilan hisoblashib ish tutgan.

Ma’muny bo’linish

Buxoro amirligi mamuriy jihatdan viloyatlarga va tumanlarga bo’lingan. Chunonchi, amirlik davlati 40 viloyat va tumanliklardan iborat edi. Amirlikning yer maydoni taxminan 270 ming km,aholisi esa 2 mln atrofida bo’lgan. Aholisini o’zbeklar, tojiklar, turkmanlar, qolgan qismini esa qoraqalpoqlar, qozoqlar va boshqa xalqlar tashkil etgan. Amir tayinlaydigan hokim boshqaradigan hudud viloyat deb atalgan. Amirlikning poytaxti Buxoro shahri va viloyatini qo’shbegi boshqargan. Amirlikning alohida davlat xazinasi bo’lmagan. Xazina amining mulki bo’lgan.

Yuqori davlat lavozimlari.

Amirlikning davlat muassasalari ma’muriy, moliya, qozilik, mirshablik va harbiy idoralardan iborat bo’lgan. Ularning har biriga tayinlangan amaldor rahbarlik qilgan.

Buxoro xonligi saroyida 30 ga yaqin amaldor xizmat qilgan. Mahalliy boshqaruv muassasalarida xizmat qiluvchilarning soni 30 ming atrofida bo’lgan. Bundan tashqari, 40 beklik-viloyat tepasida mahalliy qabila boshliqlari turardi.

Markaziy hokimiyatda devonbegi, ko’kaldosh, qo’shbegi, mushrif, mirshab, dodxoh, inoq, miroxur, dasturxonchi, kitobdor, to’qsabo, parvonachi, sadr, shayxulislom, qozikalon, muftiy, muhtasib kabi yuqori martabali lavozimlar joriy etilgan.

Eng katta davlat lavozimi-qo’shbegi (vaziri buzruk), ya’ni bosh vazir lavozimi edi. Davlatning barcha boshqaruv idoralari unga bo’ysunar edi. Bir so’z bilan aytganda, barcha ijroiya hokimiyat qo’shbegining qo’lida edi. Viloyat va tuman hokimlari ham qo’shbegi tavsiyasiga binoan tayinlanar edi. Qo’shbegi xon Arkida yashagan.

Devonbegi-xonlikning moliya-xazina ishlarini boshqargan. Soliqlar undirilishi ustidan nazorat olib borgan.

Ko’kaldosh-butun amirlik hududida do’stona yoki dushmanlik munosabatida bo’luvchilar haqida ma’lumotni to’plagan.

Mushrif-amaldorlar xonga in’om etgan buyumlami hamda harbiy anjomlarni ro’yxatga olgan. Soliq tushumlarini yozib borgan.

Mirshab-tungi shahar soqchilari boshlig’i vazifasini bajargan.

Dodxoh-fuqarolarning arz va shikoyatlarini tinglovchi va hal etuvchi amaldor bo’lgan.

Inoq-vazifasi amir farmoyishlarini beklardan boshqa tabaqaga yetkazishdan iborat bo’lgan.

Otaliq-„Ota o’rniga ota“ amining ishonchi, e’tiborini qozongan kishi.

Miroxur-amir otxonasining boshlig’i bolgan.

Dasturxonchi-amir huzurida uyushtiriladigan ziyofatlar uchun mas’ul amaldor.

Kitobdor-amir kutubxonasi boshlig’i.

To’qsoba-harbiy qism sarkardasi.

Parvonachi-biror-bir shaxs biror lavozimga tayinlanganida yorliqni o’sha shaxsga yetkazuvchi amaldor.

Sadr-vaqf mulklarini boshqaruvchi.

Shayxulislom-musulmon jamoasi boshlig’i; qozilik ishlarida hamda kundalik hayotda qonunlarga rioya etilishini ta’minlovchi, hukmdoning eng yaqin kishisi. Bu lavozim avloddan avlodga meros bo’lib ham o’tgan.

Poytaxt qozisi (qozikalon)-davlatning oliy qozisi (sudyasi), amir aralashmaydigan barcha qozilik ishlariga rahbarlik qiluvchi oliy davlat lavozimi. Qozikalon „shariatpanoh“ deb ham atalardi. Qozikalon huzurida a’lam va 12 muftiydan iborat devon tuzilgan edi. Uning vazifasi jinoiy ishlami sinchiklab ko’rishdan iborat bo’lgan.

Muftiy-qozikalon murakkab deb hisoblagan turli diniyhuquqiy masalalar bo’yicha shariatga asoslanib, fatvo chiqaruvchi shaxs.

Muhtasib-musulmonlar tarafidan shariat qonunlarining bajarilishini kuzatuvchi amaldor.

Xullas, amirlikdagi yuqori davlat lavozimlari o’sha davrdagi boshqaruv tizimiga to’la mos bo’lib, amining yakka hukmronligini ta’minlar edi.

Darsni mustahkamlash uchun savollar:

1.       Tanob yer maydoni necha sotixga teng? 8,33 sotixga teng bo’lgan 1 ga yer esa 12 tanobni tashkil etgan.

2.       Amirlik qaysi lavozim ishlariga aralasha olmagan? Poytaxt qozisi (Qozikalon)

3.       Buxoro amirligi ma`muriy bo’linishiga ko’ra 40 vilayat va tumanlarda iborat edi? Uning yer maydoni va aholisi qancha edi? Maydoni taxminan 270 ming km2, aholisi esa 2 mln atrofida bo’lgan.

Darsni yakunlash:

A)     O’quvchilarni ma’naviy rag’batlantirish: Baholash.

B)      Uyga vazifa: Mavzuni o’qib o’rganib keliash.                                                                                         

Sana:   ______________

Fan:  O`zbekiston tarixi

Sinfi: 8  ___  ____  ____

Mavzu: Amirlikning qishloq ho`jaligi

Soatlar soni: 1 soat

Mavzuning qisqacha ta`rifi:

O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:

Dars turi: Yangi bilim beruvchi

Metod: suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi, “Jadval texnologiyasi” , “Tadqiqotlar yoki loyixa texnologiyasi”,“Rasmlarda aks etgan tarix”

Shakl: jamoa, guruhda ishlash

Jihoz: I.A.Karimov “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”asari darslik,siyosiy xarita,tarqatma,rasmli ko`rgazma,slayd,kompyuter.

Nazorat: o`quvchilarning darsda faolligi kuzatilib, hisobga olib boriladi.

Baholash: O`quvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanib, dars oxirida e`lon qilinadi.

Darsning maqsadi

Maqsadlar:

Ta`limiy maqsad:-o`quvchilarga amirlikning qishloq ho`jaligi haqida ma`lumot berish;

Tarbiyaviy maqsad: - o`quvchilargavatanimiz va o`zbek xalqining o`rta asrlarda boshidan kechirgan g`oyat murakkab va mashaqqatli hayoti haqida tushuncha berish va bundan saboq olishni o`rgatish;

Rivojlantiruvchi maqsad: -o`quvchilarni dunyoqarashini, nutqini,fikrlash qobilyatini, shakllantirish. 

Tayanch kompetentsiyalar:

Kommunikativlik

o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, mavzu:dan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish;

Milliy va umummadaniy

umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlarini (urf odatlar, marosimlar, milliy madaniy an’analar va.h.k.) hurmat qilish;

o‘zgalarga nisbatan mehrmuruvvat, saxiylik, diniy e’tiqodi, milliy hususiyatlari, an’ana va marosimlarini hurmat qilish; jamiyatda o‘rnatilgan odobaxloq qidalariga rioya qilish

O‘z-o‘zini rivojlantirish

shaxs sifatida doimiy ravishda o‘zo‘zini rivojlantirish, ma’naviy va intellektual kamolotga intilish;

o‘z hatti-harakatini adekvat baholash, o‘zini nazorat qila bilish, halollik, to‘g‘rilik kabi sifatlarga ega bo‘lish.

Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish

tarixda yil xisobini o‘qiy olish, tarixiy darvlarga oid chizmalarni o‘qiy olish, rim raqamida yozilgan raqamlarni o‘qiy oladi.

miloddan avvalgi, era, milodiy yillar o‘rtasidagi farqalarni matematik amallar bilan yecha oladi.

Fanga oid kompetensiyalar:

·         Tarixiy voqeilikni tushunishvauni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi.

tarixiy davrlar va -yillarni ajrata oladi, tarixiy hisobini tushuntira oladi;

         mazkur davrni o‘rganish orqali o‘quvchilar tarix fanining o‘rganilayot- gan davriga oid tarixiy atamalar mazmunini biladi;

Tarixiy shaxslar haqida ma’lumot bera oladi,tarixiy sanalarda ro‘y bergan voqealar haqida ma’lumot bera oladi

·         Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi.

Tarixiy illustrasiyalar asosida kichik hikoyalar tuza oladi, tarixiy joylarni xaritadan ko‘rsata oladi

Darsning blok sxemasi:

Darsning qismlari

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa

I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.

II.O`tilgan mavzuni takrorlash:

1.       Tanob yer maydoni necha sotixga teng? 8,33 sotixga teng bo’lgan 1 ga yer esa 12 tanobni tashkil etgan.

2.       Amirlik qaysi lavozim ishlariga aralasha olmagan? Poytaxt qozisi (Qozikalon)

3.       Buxoro amirligi ma`muriy bo’linishiga ko’ra 40 vilayat va tumanlarda iborat edi? Uning yer maydoni va aholisi qancha edi? Maydoni taxminan 270 ming km2, aholisi esa 2 mln atrofida bo’lgan.

III. Yangi mavzu bayoni

Buxoro davlatida yer-suv mulkchiligining uch shakllari mavjud edi:1) Davlat yerlari (bu amlok yerlar deb ham

atalgan); 2) mulk yerlari (xususiy); 3) vaqf yerlari.

Davlat yerlarining suvsiz dasht, to’qayzor qismi ko’chmanchi jamoalarga bo’lib berilgan bo’lib, ular bu yerlardan foydalanganliklari uchun davlatga xiroj to’lar edilar. Bunday yerlar sotilmasdi va ayirboshlanmasdi. Davlat yerlarining boshqa bir qismi hukmron sulola a’zolariga, yirik davlat mansabdorlariga, lashkarboshilariga davlat oldidagi xizmatlari evaziga suyurg’ol shaklida in’om etilgan edi. Suyurg’ol olganlar u yemi boshqarish huquqini ham olganlar. Suyurg’ol egasi davlat xazinasiga xiroj to’lashi hamda oliy hukmdoning chaqirig’iga ko’ra, o’z qo’shini bilan harbiy yurishlarda ishtirok etishi lozim edi.

16-asrdan boshlab davlat yerlarini „tanho“ deb nom olgan shaklda in’om etish qaror topa borgan. Bunday in’omga sazovor bo’lgan kishi yerga emas, shu yerdan olinadigan soliqqa egalik qilgan. 19-asrning birinchi choragida amirlikda tanholarning soni 12 mingdan 36 ming nafarga yetgan. Eng kichik tanho yeri 3-5 gektarni tashkil etgan.

Davlat yerlarining yana bir qismi dehqonlarga ijaraga berilgan. Xazinaga eng ko’p soliq ham ana shu yerlardan tushar edi.

Xususiy yerlar (mulk) ning bir qismi xususiy shaxslarning yerlari bo’lib, ularning bu yerlarga egalik qilishlari davlat xizmati bilan bog’liq bo’lmagan.

Vaqf yerlari

Vaqf yerlari-bu masjid, mozor, xonaqoh, madrasa va maqbaralar uchun ajratilgan yerlar edi. Bunday yerlar musodara etilgan, davlat hamda yirik yer egalari tomonidan hadya etilgan yerlar hisobiga vujudga keltirilar edi. Masjid, madrasa, qabristonlarning asosiy sarf-xarajatlari, shuningdek, talaba, mudarris hamda mutavallilarga beriladigan nafaqa va maoshlar vaqf yerlaridan olinadigan daromad hisobidan qoplanar edi. Vaqf mulkini mutavalli tasarruf etishi belgilab qo’yilgan edi.

Soliq tizimi

Shohmurod zamonida har bir ziroatchidan qo’shpuli (har qo’sh (48-50 tanob) yerdan 40 tiyin) olingan. 1807-yili amir Haydaning bir yorlig’ida har tanob yerdan bir tillodan tanobona olinishi zarurligi ko’rsatilgan. Agar ekinzor egasi tanobona to lash dan bosh tortsa, hosilning uchdan bir qismi mol (xiroj) tariqasida olingan. Ba’zida xiroj hosilning yarmini tashkil etgan.

XV-17-asrdan zakot solig’i beva-bechoralar, musofirlar foydasiga olingan bo’lsa, 18-asrdan boshlab xazina foydasiga olinadigan bo’ldi.

Kanallar, inshoot, qal’a, ko’priklar, yo’llar ta’miri hashar yo’li bilan amalga oshirilgan. Boshda hasharchilar oziq-ovqat bilan ta’minlangan. 18-asrdan boshlab hasharga keluvchilar oziq-ovqati, ish asboblari, ot-aravasi bilan kelishi lozim bo’lgan.

Qishloq xojaligi va sug’orish ishlari.

Markaziy Osiyoda, jumladan, Buxoro davlatida ham qishloq xo’jaligining taqdiri sug’orish ishlari sun’iy sug’orishning qanchalik to’g’ri hal etilganligiga bog’liq edi.

Shuning uchun ham 18-asrda sug’orish tarmoqlarining kengaytirilishiga alohida e’tibor berildi. Zarafshon daryosida Xurmo va Sarazm nahr(ariq)lari chiqarilgan. Ularning biri to’rt chaqirim, ikkinchisi uch chaqirim uzunlikda bo’lgan.

Amir Shohmurod zamonida 40 chaqirim (1 chaqirim 0,9 km ga teng) uzunlikdagi Qozonariq (Urgut tumanini sug’organ), 24 chaqirim uzunlikdagi Toyman arig’i, 24 chaqirim uzunlikdagi To’g’uzariq qazilgan. Yana Oqdaryo va Qoradaryodan ham ariqlar chiqarilgan. Sug’orish inshootlarini yaroqli holda saqlashning og’ir yuki mehnatkashlar gardanida edi. Aynan ularning matonatli mehnati, sabr-toqati, sug’orish inshootlarining muqim ishlashini ta’minlar edi. Dehqonlar suvdan foydalanishda asrlar davomida juda katta tajriba to’plagan edilar. Ular shunday sug’orish inshootlarini bunyod eta oladilarki, unga tan bermaslikning iloji yo’q edi. Xususan, suv ayirg’ich to’g’oni qurishdagi mohirlik buning isbotidir. Masalan, suv oqimi qiya va tez bo’lgan tog’ daryolari hamda soylarda suv ayirg’ich (sepoya)lar, tinch oqadigan daryolarda shox-shabbadan qurilgan to’g’onlar, Amudaryodek chuqur va tezoqar daryolarda esa ko’p boshli suv ayirg’ichlar qurganlar. Ayrim joylarda esa yirik to’g’onlar qurilgan.

Daryo va kanallarga o’rnatilgan chig’iriq eng ko’p ishlatiladigan suv ayirg’ich edi. Shunday chig’iriqlar ham yaratilganki, ular suvni hatto 4 metr va undan ham balandga chiqarib bera olardi. Suvni chuqur ariqlardan chiqarib olish uchun tutqichli suv ayirg’ichlar ishlatilar, bunda ot, tuya, eshak va ho’kiz kuchidan foydalanilar edi. 19-asrda birgina Amudaryoning quyi oqimida minglab chig’iriq o’rnatilgan edi. Bu kabi inshootlar Buxoro xonligi xo’jaligida katta o’rin tutgan. Bu hayot ta’minoti bo’lgan inshootlarning bosh bunyodkori-dehqonlar ommasi edi. Har bir dehqon xonadoni yiliga 60 kundan 100 kungacha sug’orish inshootlari qurish, kanal va ariqlarni tozalash, sozlash ishlarida qatnashishga majbur edilar.

Dehqonchilik mehnat qurollari nihoyatda sodda edi. Oddiy dehqon so’qasi (omoch) asosiy dehqonchilik quroli edi. Ot, ho’kiz, sigir, tuya, eshak dehqonning suyanchig’i hisoblangan. Yaxshiyamki, O’zbekiston tuprog’i hosildor, iqlimi qulay mamlakatdir. Shu ikki muhim omil bilan ancha serhosil va unumdor dehqonchilikni yo’lga qo’yish imkonini berar edi.

Darsni mustahkamlash uchun savollar:

1.       Buxoro amirligida yer-suv mulkchiligining uch shakli mavjud edi. bular qaysilar?  1) davlat yerlari (bu amlok yerlar deb ham atalgan); 2) mulk yerlari (xususiy); 3) vaqf yerlari.

2.       Qanday yerlardan davlatga eng ko’p soliq tushgan? Dehqonlarga ijaraga berilgan.

3.       Buxoro amirligida eng kichik tanho yeri necha gektarni tashkil qilgan? 3—5 gektarni tashkil etgan.

Darsni yakunlash:

C)     O’quvchilarni ma’naviy rag’batlantirish: Baholash.

D)      Uyga vazifa: Mavzuni o’qib o’rganib keliash.                                                                                                         

Sana:   ______________

Fan:  O`zbekiston tarixi

Sinfi: 8  ___  ____  ____

Mavzu:  Kirish.

Mavzu: Amirlik shaharlari hayoti va savdo-sotiq ishlari

Soatlar soni: 1 soat

Mavzuning qisqacha ta`rifi:

O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:

Dars turi: Yangi bilim beruvchi

Metod: suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi, “Jadval texnologiyasi” , “Tadqiqotlar yoki loyixa texnologiyasi”,“Rasmlarda aks etgan tarix”

Shakl: jamoa, guruhda ishlash

Jihoz: I.A.Karimov “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”asari darslik,siyosiy xarita,tarqatma,rasmli ko`rgazma,slayd,kompyuter.

Nazorat: o`quvchilarning darsda faolligi kuzatilib, hisobga olib boriladi.

Baholash: O`quvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanib, dars oxirida e`lon qilinadi.

Darsning maqsadi

Maqsadlar:

Ta`limiy maqsad:-o`quvchilarga amirlik shaharlari hayoti va savdo-sotiq ishlari haqida ma`lumot berish;

Tarbiyaviy maqsad: - o`quvchilargavatanimiz va o`zbek xalqining o`rta asrlarda boshidan kechirgan g`oyat murakkab va mashaqqatli hayoti haqida tushuncha berish va bundan saboq olishni o`rgatish;

Rivojlantiruvchi maqsad: -o`quvchilarni dunyoqarashini, nutqini,fikrlash qobilyatini, shakllantirish

Tayanch kompetentsiyalar:

Kommunikativlik

o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, mavzu:dan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish;

Milliy va umummadaniy

umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlarini (urf odatlar, marosimlar, milliy madaniy an’analar va.h.k.) hurmat qilish;

o‘zgalarga nisbatan mehrmuruvvat, saxiylik, diniy e’tiqodi, milliy hususiyatlari, an’ana va marosimlarini hurmat qilish; jamiyatda o‘rnatilgan odobaxloq qidalariga rioya qilish

O‘z-o‘zini rivojlantirish

shaxs sifatida doimiy ravishda o‘zo‘zini rivojlantirish, ma’naviy va intellektual kamolotga intilish;

o‘z hatti-harakatini adekvat baholash, o‘zini nazorat qila bilish, halollik, to‘g‘rilik kabi sifatlarga ega bo‘lish.

Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish

tarixda yil xisobini o‘qiy olish, tarixiy darvlarga oid chizmalarni o‘qiy olish, rim raqamida yozilgan raqamlarni o‘qiy oladi.

miloddan avvalgi, era, milodiy yillar o‘rtasidagi farqalarni matematik amallar bilan yecha oladi.

Fanga oid kompetensiyalar:

·         Tarixiy voqeilikni tushunishvauni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi.

tarixiy davrlar va -yillarni ajrata oladi, tarixiy hisobini tushuntira oladi;

         mazkur davrni o‘rganish orqali o‘quvchilar tarix fanining o‘rganilayot- gan davriga oid tarixiy atamalar mazmunini biladi;

Tarixiy shaxslar haqida ma’lumot bera oladi,tarixiy sanalarda ro‘y bergan voqealar haqida ma’lumot bera oladi

·         Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi.

Tarixiy illustrasiyalar asosida kichik hikoyalar tuza oladi, tarixiy joylarni xaritadan ko‘rsata oladi

Darsning blok sxemasi:

Darsning qismlari

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa

I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.

II.O`tilgan mavzuni takrorlash:

1.       Buxoro amirligida yer-suv mulkchiligining uch shakli mavjud edi. bular qaysilar?  1) davlat yerlari (bu amlok yerlar deb ham atalgan); 2) mulk yerlari (xususiy); 3) vaqf yerlari.

2.       Qanday yerlardan davlatga eng ko’p soliq tushgan? Dehqonlarga ijaraga berilgan.

3.       Buxoro amirligida eng kichik tanho yeri necha gektarni tashkil qilgan? 3—5 gektarni tashkil etgan.

III. Yangi mavzu bayoni

Shaharlar hamisha mamlakatning siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotida g’oyatda katta ahamiyatga ega bo’lgan. Chunki shaharlar davlat hokimiyati tayanchi, savdo va hunarmandchilik markazi, madaniyat hamda ilm-fan o’chog’i vazifasini o’tagan.

Samarqand

Amirlikning eng yirik shaharlaridan biri Samarqand edi. Samarqand shahrida kulolchilik, cho’yan quyish (degrezlik), teri oshlash, qog’oz, kiyim-kechak, qurol-yarog’ ishlab chiqaruvchilar, baxmalboflar, kimxobgarlar, chitgarlar, bo’yoqchilar, po’stindo’zlar, mo’ynado’zlar mahallalari va rastalari bo’lgan.

Buxoro. Toqi telpakfurushon (telpak do’koni).

Samarqandda yetti madrasa faoliyat ko’rsatgan. Bular Ulug’bek, Sherdor, Tillakori, Safed (Xoja Ahror), Shayboniyxon, Xoja Abdulg’ofur, madrasalari edi.

Ashtarxoniylar davrida kuchayib ketgan siyosiy kurashlar, chet elliklar hujumi natijasida shahar talangan, vayronaga aylangan. Buxoro amiri Shohmurod (1785-1800) davrida Samarqand deyarli qayta tiklangan. 19-asr boshlarida Samarqand shahri baland devor bilan o’rab olingan. Shaharda 80 ming aholi istiqomat qilgan.

Buxoro

19-asrning 40-yillarida Buxoroda 38 ta karvonsaroy bo’lib, ularda musofir va mahalliy savdogarlar istiqomat qilganlar. Karvonsaroyda ombor, do’kon, ustaxona, mehmonxonalar bo’lgan. Karvonsaroylarning amirga, ayrim shaxslarga va vaqfga tegishlilari bo’lgan. Buxoro karvonsaroylariga har yili 12-15 ming tuyada mol kelgan. Savdo ishini karvonboshi-amirlikdagi barcha savdo ishlarining boshqaruvchisi boshqargan. Buxoroda ichki va shaharlararo savdo to’qqizta tim va chorsuda amalga oshirilgan. Buxoro shahrida 103 ta madrasa, 360 masjid va 83 ta hovuz mavjud bo’lgan.

Hunarmandchilik.

Hunarmandchilik amirlik shaharlarining iqtisodiy hayotida muhim ahamiyatga ega edi. Hunarmandchilikning asosiy turlaridan biri to’qimachilik bo’lgan. Buxoro olachasi, bo’zi, bo’zga gul bosish yo’li bilan tayyorlanadigan chiti, shoyisi, Samarqandning to’q qizil rangli baxmali mashhur edi. Yigirilgan ipdan ro’rnol, choyshab, salla to’qish ham keng tarqalgan.

Hunarmandchilik ishlab chiqarishining asosiy tarmoqlaridan yana biri-temirchilik va miskarlik bo’lib, o’roq, pichoq, shuningdek, qurol-yarog’ yasashgan. Temirchilar qilich, xanjar, oybolta, nayza, qalqon, kamon va uning o’qini yasar edilar. To’plar yasash ham yo’lga qo’yilgan.

Zargarlik, kulolchilik, yog’ochsozlik ham muhim soha hisoblangan.

Yog’ochdan eshik, beshik, deraza, arava, sandiq, qayiq va boshqalar yasalardi. Yog’och o’ymakoriigi alohida ahamiyatga ega edi. Novdalardan savatlar to’qilardi. Uy sharoitida namat, gilam to’qish, oshlangan charmdan egar-jabduqlar, ayillar, pichoq qinlari, hamyonlar tikish ham keng rivojlangan.

Ichki savdo.

Davlat hayotida iste’mol ehtiyojlari ishlab chiqarishdan ustun bo’lmadi. Bu esa, o’z navbatida, yuqori mehnat unumdorligini ta’minlovchi yirik mashinalashgan ishlab chiqarishdan foydalanish ehtiyojini vujudga keltirmadi. Natijada oddiy hunarmandchilik islilab chiqarishi manufaktura ishlab chiqarishi darajasiga ko’tarilmadi. Shuning uchun ham ichki bozorda odatdagi hunarmandchilik va qishloq xo’jaligi mahsulotlari savdosi yetakchi o’rin egallagan.

Buxoroda bozordagi narx-navo, tosh-tarozining to’g’riligi qattiq nazorat qilinar edi. Kimki xaridor haqiga xiyonat qilsa, qattiq jazoga duchor etilardi, xususan, bundaylar yarimyalang’och holda aravada, bozor ahliga namoyish qilish uchun sazoyi qilinardi va ovozi boricha: „Men shayton yo’liga kirib, xaridomi aldadim“, deb jar solishga majbur etilardi.

Markaziy Osiyo, xususan, Buxoro bozorlari faqatgina xo’jalik vazifasini o’tab qolmagan. Ular ayni paytda o’ziga xos jamoat va madaniyat markazi vazifasini ham o’tagan. Xususan, bozorlarda hukmdoning farmonlari o’qib eshittirilar, aybdorlar jazolanar, bayram kunlari esa turli tomoshalar ko’rsatilar edi.

Tashqi savdo.

Mamlakatning tashqi savdo aloqalari to’xtab qolgani yo’q. Buxoro Hindiston, Afg’oniston, Eron, Xitoy bilan savdo aloqalarini olib borgan. Bu davlatlarga xonlikda ishlab chiqarilgan ip gazlamalar, baxmal, qog’oz, egar-jabduqlar, qurollarning ayrirn turlari, meva va boshqa mahsulotlar ortilgan savdo karvonlari qatnab turardi. Ba’zi savdo karvonlarining tuyalari bir necha yuz boshga yetardi.

Mamlakatning Samarqand va Buxoro kabi shaharlariga ko’plab chet ellik savdogarlar kelib turishardi. Buxoroda hatto hind savdogarlari va sudxo’rlari yashaydigan alohida mahallalar ham bor edi. Ular hind gazlamalari, bo’yoqlari, shifobaxsh va ziravor o’tlar, dori-darmonlar, qand-shakar bilan savdo qilardilar. Buxoro aholisini chorva mollari va chorvachilik mahsulotlari, tuyalar hamda hunarmandchilik buyumlari bilan ta’minlovchi qozoq cho’llarining aholisi bilan keng savdo olib borilardi. Ular xom teri, shuningdek, qo’y terisini turli ranglarga bo’yab tikkan kamzullari bilan ham mashhur edilar. Bu mahsulotlar Buxoro bozorlarining eng xaridorgir mahsulotlari edi. Qozoqlar bilan savdo aloqalarida qoraqalpoqlar vositachilik qilar edilar. Turkmanlar Buxoro bozorlariga zotdor otlar olib kelib sotardilar.

Darsni mustahkamlash uchun savollar:

1.       Amirlikdagi mashhur bog’larni ko’rsating? Buxorodagi Jo’ybor, Toshkentdagi Kaykovus bog’lari eng mashhur bog’lar edi.

2.       Buxoro Amirligi davrida, Samarqandda yetti madrasa faoliyat ko’rsatgan. Bular qaysilar?  Ulug’bek, Sherdor, Tillakori, Safed (Xoja Ahror), Shayboniyxon, Xoja Abdulg’ofur, Qozi Soqiy madrasalari edi.

Darsni yakunlash:

C)     O’quvchilarni ma’naviy rag’batlantirish: Baholash.

D)     Uyga vazifa: Mavzuni o’qib o’rganib keliash.

Sana:   ______________

Fan:  O`zbekiston tarixi

Sinfi: 8  ___  ____  ____

Mavzu: Buxoro amirligi XIX-asr birinchi yarmida

Soatlar soni: 1 soat

Mavzuning qisqacha ta`rifi:

O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:

Dars turi: Yangi bilim beruvchi

Metod: suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi, “Jadval texnologiyasi” , “Tadqiqotlar yoki loyixa texnologiyasi”,“Rasmlarda aks etgan tarix”

Shakl: jamoa, guruhda ishlash

Jihoz: I.A.Karimov “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”asari darslik,siyosiy xarita,tarqatma,rasmli ko`rgazma,slayd,kompyuter.

Nazorat: o`quvchilarning darsda faolligi kuzatilib, hisobga olib boriladi.

Baholash: O`quvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanib, dars oxirida e`lon qilinadi.

Darsning maqsadi

Maqsadlar:

Ta`limiy maqsad:-o`quvchilarga Buxoro amirligi XIX-asr birinchi yarmida haqida ma`lumot berish;

Tarbiyaviy maqsad: - o`quvchilargavatanimiz va o`zbek xalqining o`rta asrlarda boshidan kechirgan g`oyat murakkab va mashaqqatli hayoti haqida tushuncha berish va bundan saboq olishni o`rgatish;

Rivojlantiruvchi maqsad: -o`quvchilarni dunyoqarashini, nutqini,fikrlash qobilyatini, shakllantirish. 

Tayanch kompetentsiyalar:

Kommunikativlik

o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, mavzu:dan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish;

Milliy va umummadaniy

umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlarini (urf odatlar, marosimlar, milliy madaniy an’analar va.h.k.) hurmat qilish;

o‘zgalarga nisbatan mehrmuruvvat, saxiylik, diniy e’tiqodi, milliy hususiyatlari, an’ana va marosimlarini hurmat qilish; jamiyatda o‘rnatilgan odobaxloq qidalariga rioya qilish

O‘z-o‘zini rivojlantirish

shaxs sifatida doimiy ravishda o‘zo‘zini rivojlantirish, ma’naviy va intellektual kamolotga intilish;

o‘z hatti-harakatini adekvat baholash, o‘zini nazorat qila bilish, halollik, to‘g‘rilik kabi sifatlarga ega bo‘lish.

Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish

tarixda yil xisobini o‘qiy olish, tarixiy darvlarga oid chizmalarni o‘qiy olish, rim raqamida yozilgan raqamlarni o‘qiy oladi.

miloddan avvalgi, era, milodiy yillar o‘rtasidagi farqalarni matematik amallar bilan yecha oladi.

Fanga oid kompetensiyalar:

·         Tarixiy voqeilikni tushunishvauni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi.

tarixiy davrlar va -yillarni ajrata oladi, tarixiy hisobini tushuntira oladi;

         mazkur davrni o‘rganish orqali o‘quvchilar tarix fanining o‘rganilayot- gan davriga oid tarixiy atamalar mazmunini biladi;

Tarixiy shaxslar haqida ma’lumot bera oladi,tarixiy sanalarda ro‘y bergan voqealar haqida ma’lumot bera oladi

·         Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi.

Tarixiy illustrasiyalar asosida kichik hikoyalar tuza oladi, tarixiy joylarni xaritadan ko‘rsata oladi

Darsning blok sxemasi:

Darsning qismlari

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa

I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.

II.O`tilgan mavzuni takrorlash:

1.       Amirlikdagi mashhur bog’larni ko’rsating? Buxorodagi Jo’ybor, Toshkentdagi Kaykovus bog’lari eng mashhur bog’lar edi.

2.       Buxoro Amirligi davrida, Samarqandda yetti madrasa faoliyat ko’rsatgan. Bular qaysilar?  Ulug’bek, Sherdor, Tillakori, Safed (Xoja Ahror), Shayboniyxon, Xoja Abdulg’ofur, Qozi Soqiy madrasalari edi.

III. Yangi mavzu bayoni

Amir Ma’sum Shohmurod vafot etgach, taxtga o’g’li Amir Haydar o’tirdi (1800-1826). Mahalliy hukmdorlar-beklar hamda yirik zodagonlar markaziy hokimiyatga qarshi yana kurash boshladilar. Ayniqsa, markaziy hokimiyatning o’lpon yig’uvchilari o’zboshimchaligidan norozi bo’lgan Marv turkmanlarining 1800-yildagi qo’zg’olonini Amir Haydar qattiqqo’llik bilan bostirdi. Biroq marvliklar 1804-yilda yana qo’zg’olon ko’tardilar. Bu safar qo’zg’olonchilarga Marv hokimi, Amir Haydaning inisi Dinnosirbek boshchilik qildi. Uning maqsadi Xiva xoni Eltuzar yordamida Buxoroda oliy hokimiyatni egallash edi. Amir Haydar vohani suv bilan ta’minlab turgan Sultonbandi to’g’onini buzdirib tashladi. Suvsiz qolgan Marv turkmanlari jang qilmay shaharni tark etishga majbur bo’ldilar. Turkmanlarning qolgan qismi esa Zarafshon daryosi vodiysiga ko’chirildi. Dinnosirbek esa oilasi va 100 nafar odamini olib Eronga qochib ketdi.

1800-yilda Qarshi viloyatida va Kattaqo’rg’onda ham xalq qo’zg’olonlari bo’ldi.

Doimiy urushlar fuqaro gardaniga har xil soliqlar solinishini va majburiyatlami yukladi. Bu esa fuqarolarni xonavayron qildi. Oqibatda, 1821-yili Miyonqolda ham qo’zg’olon ko’tarildi. Kattaqo’rg’on, Chelak, Yangiqo’rg’on qo’zg’olonchilar qo’liga o’tadi. Bu paytda Amir Haydar Xiva va Qo’qon xonlari hujumlarini qaytarish bilan ham band edi. Qo’zg’olonchilar amirning inisi Isoqbekni o’zlariga amir qilib olib, Samarqandni yana qamal qiladilar va Karmanaga qarshi yurish boshlaydilar. Amir Haydar Xiva qo’shinining amirlik yerlaridan olib chiqib ketilishiga erishadi. Shundan keyin u butun kuchini qo’zg’olonchilarga qarshi tashlash imkoniga ega bo’ladi.

Amir Nasrullo hukmronligi.

1826-yilda amirlik taxtiga Amir Nasrullo (1826-1860) o’tirdi. U Amir Haydarning uchinchi o’g’li edi. Nasrullo qisqa vaqt ichida taxtga da’vo qilishi mumkin bolgan barcha avlodlarining bahridan o’tadi. Ularning uy-joylarini talash, oila a’zolarini esa tahqirlashni lashkarlar ixtiyoriga topshiradi.

Amir Nasrullo amirlik tarkibiga rasmangina kirgan bekliklarni yagona davlatga birlashtirish yo’lida qat’iyat bilan kurash olib bordi. U Buxoroda birinchi bor 40 mingga yaqin sarbozdan iborat muntazam piyoda qo’shin tuzdi. U zamonaviy to’pchilar qismini tuzish niyatida chetdan to’p quyuvchi ustalami, to’p quyish ilmiga o’rgatuvchi mutaxassislami jalb etdi.

Amir Nasrullo qanchalik qattiqqo’l bo’lmasin, uning davrida ham bekliklarning mustaqillik uchun kurashiga to’la chek qo’yishning iloji bo’lmadi. Masalan, Shahrisabz bekligi mang’itlarning o’zaro qirg’inlaridan foydalanib, amirlikdan ajralib chiqqan va o’zini mustaqil deb e’lon qilgan. Bundan darg’azab bolgan Amir Nasrullo „o’zboshimcha“ kenagaslarga qarshi kurash boshladi. Bu kurash 30 yil davom etdi. Shu davr mobaynida u Shahrisabzga 32 marta yurish qilgan. va nihoyat, 1856-yildagina u Shahrisabz va Kitobni o’ziga bo’ysundirishga muvaffaq bo’ldi.

Amirlikning qurolli kuchlari.

18-asrda amirlik qo’shini asosan otliq navkarlar va qoracherikdan tuzilgandi. Qo’shinlar to’p, qilich, pilta miltiq, nayza va o’q-yoy bilan qurollangan edi.

1837-yilda Amir Nasrullo muntazam piyoda askarlar qo’shini tuzib, ular uchun maxsus kiyim (qizil kamzul, oq shalvar va qalpoq) joriy etildi. 19-asrning o’rtalariga kelib 2500 nafarli sarbozning har biri nayzali miltiq, qilich va to’pponcha bilan qurollangan edi. Xizmatdan bo’sh kunlari ular oddiy xalat kiyib yurishgan. Mashq, urush va kiyinish nizomlari ishlab chiqilgan.

1837-yilda Amir Nasrullo to’pchilar qo’shinini ham tuzadi. Askar oyiga uch so’m kumush tanga moyana olgan. Har qabila o’z qo’shini bilan xizmatda bo’lgan. Askar va to’pchilar umr bo’yi xizmat qilganlar.

Ichki siyosat

Mang’it hukmdorlari ichki siyosatining asosiy maqsadi markaziy hokimiyatni mustahkamlash, xalq ommasini qattiq itoatda tutishdan iborat bo’lgan. Ayni paytda, mang’it hukmdorlari yirik zodagonlarning nufuzini kamaytirishga imkon beruvchi tayanch kuchlami vujudga keltirish siyosatini tutdilar. Bunday ijtimoiy tayanch davlatga xizmat qiluvchi amaldorlar tabaqasi bo’lishi mumkin edi. Mang’it hukmdorlari ana shunday amaldor xizmatkorlar tabaqasini yarata oldilar. Amir saroyida xizmat qiluvchi 300 ga yaqin yuqori amaldorlik lavozimi joriy etildi.

Bundan tashqari, mang’it amirlari markazlashgan mutlaq hokimiyatni barpo etishni o’zlarining bosh vazifalaridan biri deb hisoblaganlar. Shu maqsadda ular amir shaxsiga sig’inish siyosatini yuritganlar. Amir shu darajada oliy hokimiyat mavqeyiga ko’tarilganki, jazoga tortilishdan qo’rqqan fuqaro uning nomini baland ovoz bilan ayta olmas edi. Hukmron tabaqalar amirga xushomadgo’ylik qilardilar. Amaldoriar amirdan ko’rsatma kutib o’tirmasdan uning xohish-istagini topa bilishga intilardilar. Har bir amaldor amining, kichik amaldor o’zidan katta amaldoning qahriga uchrab qolishidan qo’rqib yashardi. O’zining bugungi mavqeyi, mulki, hayoti, oilasining omonligi uchun shunday bir qo’rquv muhiti vujudga keltirilgan ediki, natijada hech kim ishonch bilan ertangi kunidan umidvor bo’lolmay qolgan edi.

Amirlar mang’it qabilasidan bo’lganliklari uchun bu qabilani o’zlarining asosiy siyosiy va ijtimoiy tayanchlariga aylantirgan edilar. Davlat muassasalari asosan ulardan tashkil etilgan. Buxoro amiriari o’zbek qabilalari boshliqlarining o’z qabiladoshlariga ta’sirini juda yaxshi bilar edilar. Qabila boshliqlari bilan o’zaro til topa olish-bu mamlakat xavfsizligining asosiy kafolatlaridan biri edi. Shuning uchun ham mang’it amirlari boshqa o’zbek qabilalari boshliqlarini o’z xizmatlariga olar edilar.

Darsni mustahkamlash uchun savollar:

1.       Qaysi mang’it sulolasidan bo’lgan hukmdor davridan boshlab Buxoro hukmdorlari amir deb yuritila boshlangan?

2.       Qaysi javobda tarixiy xatolikka yo’l qo’yilgan?

3.       Buxoroda Ashtarxoniylar hukmronligi davrida qaysi o’zbek qabilalarining nufuzi baland edi?

4.       Mang’it hukmdori Muhammad Rahimxon tomonidan amalga oshirilgan siyosat qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?

Darsni yakunlash:

 a)O’quvchilarni ma’naviy rag’batlantirish: Baholash.

 b)Uyga vazifa: Mavzuni o’qib o’rganib keliash.

Sana:   ______________

Fan:  O`zbekiston tarixi

Sinfi: 8  ___  ____  ____

Mavzu: Buxoro amirligida madaniy hayot

Soatlar soni: 1 soat

Mavzuning qisqacha ta`rifi:

O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:

Dars turi: Yangi bilim beruvchi

Metod: suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi, “Jadval texnologiyasi” , “Tadqiqotlar yoki loyixa texnologiyasi”,“Rasmlarda aks etgan tarix”

Shakl: jamoa, guruhda ishlash

Jihoz: I.A.Karimov “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”asari darslik,siyosiy xarita,tarqatma,rasmli ko`rgazma,slayd,kompyuter.

Nazorat: o`quvchilarning darsda faolligi kuzatilib, hisobga olib boriladi.

Baholash: O`quvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanib, dars oxirida e`lon qilinadi.

Darsning maqsadi

Maqsadlar:

Ta`limiy maqsad:-o`quvchilarga Buxoro amirligida madaniy hayot haqida ma`lumot berish;

Tarbiyaviy maqsad: - o`quvchilargavatanimiz va o`zbek xalqining o`rta asrlarda boshidan kechirgan g`oyat murakkab va mashaqqatli hayoti haqida tushuncha berish va bundan saboq olishni o`rgatish;

Rivojlantiruvchi maqsad: -o`quvchilarni dunyoqarashini, nutqini,fikrlash qobilyatini, shakllantirish. 

Tayanch kompetentsiyalar:

Kommunikativlik

o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, mavzu:dan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish;

Milliy va umummadaniy

umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlarini (urf odatlar, marosimlar, milliy madaniy an’analar va.h.k.) hurmat qilish;

o‘zgalarga nisbatan mehrmuruvvat, saxiylik, diniy e’tiqodi, milliy hususiyatlari, an’ana va marosimlarini hurmat qilish; jamiyatda o‘rnatilgan odobaxloq qidalariga rioya qilish

O‘z-o‘zini rivojlantirish

shaxs sifatida doimiy ravishda o‘zo‘zini rivojlantirish, ma’naviy va intellektual kamolotga intilish;

o‘z hatti-harakatini adekvat baholash, o‘zini nazorat qila bilish, halollik, to‘g‘rilik kabi sifatlarga ega bo‘lish.

Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish

tarixda yil xisobini o‘qiy olish, tarixiy darvlarga oid chizmalarni o‘qiy olish, rim raqamida yozilgan raqamlarni o‘qiy oladi.

miloddan avvalgi, era, milodiy yillar o‘rtasidagi farqalarni matematik amallar bilan yecha oladi.

Fanga oid kompetensiyalar:

·         Tarixiy voqeilikni tushunishvauni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi.

tarixiy davrlar va -yillarni ajrata oladi, tarixiy hisobini tushuntira oladi;

         mazkur davrni o‘rganish orqali o‘quvchilar tarix fanining o‘rganilayot- gan davriga oid tarixiy atamalar mazmunini biladi;

Tarixiy shaxslar haqida ma’lumot bera oladi,tarixiy sanalarda ro‘y bergan voqealar haqida ma’lumot bera oladi

·         Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi.

Tarixiy illustrasiyalar asosida kichik hikoyalar tuza oladi, tarixiy joylarni xaritadan ko‘rsata oladi

Darsning blok sxemasi:

Darsning qismlari

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa

I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.

II.O`tilgan mavzuni takrorlash:

1.       Qaysi mang’it sulolasidan bo’lgan hukmdor davridan boshlab Buxoro hukmdorlari amir deb yuritila boshlangan?

2.       Qaysi javobda tarixiy xatolikka yo’l qo’yilgan?

3.       Buxoroda Ashtarxoniylar hukmronligi davrida qaysi o’zbek qabilalarining nufuzi baland edi?

4.       Mang’it hukmdori Muhammad Rahimxon tomonidan amalga oshirilgan siyosat qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?

III. Yangi mavzu bayoni

Buxoroning 19-asr birinchi yarmida ijod etgan tarixchi olimi Muhammad Ya’qub ibn Doniyolbiy Buxoriy (1771-1831) edi. U „Gulshan ul-muluk“ (Podshohlar gulshani) degan asar yozib qoldirgan. Bu asar ikki qismdan iborat bo’lib, birinchi qismida Buxoroning qadimgi tarixi, uning hukmdorlari shajarasi bayon etilgan. Asarning ikkinchi qismida esa Markaziy Osiyoning 18 va 19-asr boshlaridagi tarixi bayon etilgan.

19-asrda yozilgan Mirzo Shams Buxoriyning „Bayoni ba’zi havodisoti Buxoro, Ho’qand va Qashqar“ („Buxoro, Qo’qon va Qashqaning ayrim voqea-hodisalari bayoni“) kitobi ham tariximiz uchun muhim manba hisoblanadi.

Adabiyot

Xiva va Qo’qon xonlari singari, mang’it hukmdorlari ham madaniyat, xususan, adabiyot taraqqiyotiga qiziqish bilan qarab, adabiy ijod bilan bog’liq masalalami hal etib berishda ijod ahliga sharoit yaratib berganliklari kuzatiladi.

Bu davning o’ziga xos iste’dod egasi Muhammadniyoz Nishotiy (18-asrda yashab ijod etgan) o’rtacha, vaqti kelganda kambag’allik va sargardonlikda yashagan edi. Shoir 1778-yilda o’zining ajoyib „Xusn-u Dil“ dostonini yaratgan. O’zbek adabiyotining katta yutug’i sanalgan bu asarni shoir majoziy shaklda yozgan. Doston qahramonlari-Aql, Husn, Yurak, Xayol, Vafo, Nazar, Ishq va boshqalarning har biri g’oyat go’zal insoniy fazilatlarga ega. Raqib, Fasod, Nafs obrazlari esa yomon sifatlar hamda turli yovuzliklarning timsoli edi.

Asardagi obrazlardan biri Ishq o’zining dadil va oqilona qarorlari, harakatlari bilan har xil mamlakatlarning turli qarashlarga ega hukmdorlarini bir bitimga olib keladi va hammaning muhabbatiga sazovor bo’ladi. Oxir-oqibat ularning hammasi birbirlari bilan yarashadilar. Ishq oldida ta’zim bajo keltiradilar va uning farmonlariga bo’ysunishga mayl izhor etadilar.

Shu tariqa Nishotiy dostonida odamlar va davlatlar orasidagi nizolar, baxillik va boshqa axloqiy qusurlar qoralanadi. Yaxshilik va yomonlik o’rtasidagi qarashlarda xayrli intilishlar, aql va oliyjanob niyatlar ustun keladi.

Bundan tashqari, Nishotiyning adabiy ijodidagi yana bir o’ziga xoslik-bu adabiyotda munozara janri taraqqiyotiga katta hissa qo’shganligidir. Bu o’rinda uning „Qushlar munozarasi“ majmuasi katta ahamiyatga ega. Asarda o’sha davrdagi ijtimoiy tuzumga xos illat, jaholat, mansabparastlik majoziy shaklda tanqid qilingan, mehnat ahlining kamtarligi ulug’langan. Asarda laylak, zog’, bulbul, tovus, to’ti, humo kabi jami 14 ta qush o’rtasida bo’lib o’tgan bahs tasvirlangan. Muallif qushlar bahsi orqali insonga xos takabburlik, xudbinlik, maqtanchoqlik kabi illatlami qoralagan.

Bu davrning yana bir mashhur shoiri Mujrim-Obid edi (1748-1818). Shoirning asarlarida jamiyatdagi nomukammallik, ijtimoiy tengsizlik, adolatsizlik, odamlar fe’lidagi illatlar tanqid ostiga olinadi. Ularda Shoirning axloqiy qarashlari, pand-nasihatlari aks etgan.

Buxoroda Shavqiy, Joniy, Hiromiy, Vola va Junaydulloh Hoziq kabi o’nlab iste’dodli shoirlar ham ijod qilganlar.

Volaning (1770-1842) ko’zi tug’ma ojiz bo’lsa-da, tabiat unga kuchli iroda, aql, xotira va qobiliyat hamda yoqimli ovoz in’om etgan edi. Shoir o’z she’rlaridan 2 ta devon tartib bergan. Bizgacha 3 ming misra she’rlari yetib kelgan. O’z she’rlarida xalq boshiga tushgan kulfat va mashaqqatlami kuylagan.

San’at.

Buxoroda xattotlik va miniatura san’ati yaxshi rivojlangan edi. Rassomlar asosan qolyozmalarni naqshli bezash bilan shug’ullanib, ko’proq diniy mazmundagi kitoblami bezata boshladilar. Bu sohaning qator yetuk bilimdonlari zamonasiga yarasha yodgorlik qoldirdilar. Chunonchi, Amir Haydar davrida ijod qilgan Mir Ma’sum Olamiyon „Axloqi Muhsiniy“ kitobini hamda Sa’diyning she’riy asarlarini rasm bilan bezaydi.

Mirzo Sodiq Jondoriy Nasrulloxon amirligi davrida qo’lyozma kitoblarga lavhalar, Sa’diy va Hofiz asarlariga turmush manzaralari tasvirlangan rasmlar ishlagan. Qo’lyozmalami badiiy muqovalagan.

Yirik olim, faylasuf, shoir Ahmad Donish (1827-1897) 20 yil mobaynida Buxoro saroy kutubxonasida xattot va rassom bo’lib ishlagan.

Ahmad Donish astronomiya, tibbiyot, riyozat, me’morchilik va musiqadan tashqari xattotlikni, rassomlik hamda rang berish san’atini ham o’rgangan edi.

Ahmad Donish ko’chirgan, bezagan yoki rasm ishlagan qo’lyozmalar ichida „Shohi darvesh“ (1849), „Ajoyib at-tabaqot“ (1847) va boshqa asarlar buning dalilidir.

Musiqa.

Buxoro yuksak ustozona musiqa san’atning markazlaridan biri bo’lgan.

Chunonchi, 18-asr oxirlarida Buxoroda vujudga kelgan „Shashmaqom“ buning yorqin dalilidir.

Buxoro Shashmaqomi Buzruk, Rost, Navo, Dugoh, Segoh va Iroq maqomlaridan iborat bo’lib, 250 dan ortiq har xil shakldagi kuy va ashula namunalaridan tashkil topgan.

Darsni mustahkamlash uchun savollar:

1.       ”Gulshan ul-muluk” asarining muallifi qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?

2.       Muhammadniyoz Nishotiyning asarlari qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?

3.       ” Bayoni ba’zi havodisoti Buxoro,Ho’qand va Qashqar” asari muallifi kim?

4.       Mirzo Sodiq Jondoriy qaysi hukmdor davrida Sa’diy va Hofiz asarlariga rasmlarishlagan?\

5.       Quyidagilardan qaysi biri “Shohi darvish” va “Ajoyib at-taboqat” asrlarini bezagan va rasm chizgan?

Darsni yakunlash:

 a)O’quvchilarni ma’naviy rag’batlantirish: Baholash.

 b)Uyga vazifa: Mavzuni o’qib o’rganib keliash.

Sana:   ______________

Fan:  O`zbekiston tarixi

Sinfi: 8  ___  ____  ____

Mavzu: Xiva xonligining tashkil topishi

Soatlar soni: 1 soat

Mavzuning qisqacha ta`rifi:

O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:

Dars turi: Yangi bilim beruvchi

Metod: suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi, “Jadval texnologiyasi” , “Tadqiqotlar yoki loyixa texnologiyasi”,“Rasmlarda aks etgan tarix”

Shakl: jamoa, guruhda ishlash

Jihoz: I.A.Karimov “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”asari darslik,siyosiy xarita,tarqatma,rasmli ko`rgazma,slayd,kompyuter.

Nazorat: o`quvchilarning darsda faolligi kuzatilib, hisobga olib boriladi.

Baholash: O`quvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanib, dars oxirida e`lon qilinadi.

Darsning maqsadi

Maqsadlar:

Ta`limiy maqsad:-o`quvchilarga Xiva xonligining tashkil topishi haqida ma`lumot berish;

Tarbiyaviy maqsad: - o`quvchilargavatanimiz va o`zbek xalqining o`rta asrlarda boshidan kechirgan g`oyat murakkab va mashaqqatli hayoti haqida tushuncha berish va bundan saboq olishni o`rgatish;

Rivojlantiruvchi maqsad: -o`quvchilarni dunyoqarashini, nutqini,fikrlash qobilyatini, shakllantirish. 

Tayanch kompetentsiyalar:

Kommunikativlik

o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, mavzu:dan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish;

Milliy va umummadaniy

umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlarini (urf odatlar, marosimlar, milliy madaniy an’analar va.h.k.) hurmat qilish;

o‘zgalarga nisbatan mehrmuruvvat, saxiylik, diniy e’tiqodi, milliy hususiyatlari, an’ana va marosimlarini hurmat qilish; jamiyatda o‘rnatilgan odobaxloq qidalariga rioya qilish

O‘z-o‘zini rivojlantirish

shaxs sifatida doimiy ravishda o‘zo‘zini rivojlantirish, ma’naviy va intellektual kamolotga intilish;

o‘z hatti-harakatini adekvat baholash, o‘zini nazorat qila bilish, halollik, to‘g‘rilik kabi sifatlarga ega bo‘lish.

Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish

tarixda yil xisobini o‘qiy olish, tarixiy darvlarga oid chizmalarni o‘qiy olish, rim raqamida yozilgan raqamlarni o‘qiy oladi.

miloddan avvalgi, era, milodiy yillar o‘rtasidagi farqalarni matematik amallar bilan yecha oladi.

Fanga oid kompetensiyalar:

·         Tarixiy voqeilikni tushunishvauni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi.

tarixiy davrlar va -yillarni ajrata oladi, tarixiy hisobini tushuntira oladi;

         mazkur davrni o‘rganish orqali o‘quvchilar tarix fanining o‘rganilayot- gan davriga oid tarixiy atamalar mazmunini biladi;

Tarixiy shaxslar haqida ma’lumot bera oladi,tarixiy sanalarda ro‘y bergan voqealar haqida ma’lumot bera oladi

·         Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi.

Tarixiy illustrasiyalar asosida kichik hikoyalar tuza oladi, tarixiy joylarni xaritadan ko‘rsata oladi

Darsning blok sxemasi:

Darsning qismlari

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa

I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.

II.O`tilgan mavzuni takrorlash:

1.       ”Gulshan ul-muluk” asarining muallifi qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?

2.       Muhammadniyoz Nishotiyning asarlari qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?

3.       ” Bayoni ba’zi havodisoti Buxoro,Ho’qand va Qashqar” asari muallifi kim?

4.       Mirzo Sodiq Jondoriy qaysi hukmdor davrida Sa’diy va Hofiz asarlariga rasmlarishlagan?\

5.       Quyidagilardan qaysi biri “Shohi darvish” va “Ajoyib at-taboqat” asrlarini bezagan va rasm chizgan?

III. Yangi mavzu bayoni

Xorazm hududida jami 20 ga yaqin o’zbek qabilasi istiqomat qilar edi. Ular orasida qo’ng’irot, mang’it, nayman, qipchoq va qiyot qabilalari ko’p sonli va eng kuchli qabilalar bo’lgan.

Shayboniyxon bosqini arafasida Xorazm temuriy Sulton Husayn Boyqaro boshliq Xuroson davlati tasarrufida edi. Xorazmda qo’ng’irot qabilasidan chiqqan Chin So’fi hokim edi. U rasman Husayn Boyqaro noyibi hisoblanardi.

1505-yili Shayboniyxon, 1510-yilda esa Eron hukmdori shoh Ismoil Xorazmni bosib oldilar. Biroq shoh Ismoilning hukmronligi uzoqqa bormadi. Vazir shahri qozisi Umar qozi yetakchiligida safaviylar hukmronligiga Qarshi harakat boshlanadi.

Xorazmning mo’tabar zotlari mamlakat taxtiga Shaybon avlodlaridan Berka Sultonning o’g’li Elbarsxonni o’tqizishga qaror qildilar. U bu davrda Dashti Qipchoqda edi. Berka Sultonning xonadoni Shayboniyxon xonadoni bilan garchand bir shajaradan bo’lsa-da, ular o’zaro dushmanlik munosabatida edilar. 1480-yilda o’zaro toj-u taxt uchun kurashda Muhammad Shayboniyxon tomonidan o’z bobokaloni Shaybonxon avlodiga mansub Berka Sultonning o’ldirilganligi buning sabablaridan biri edi.

Xorazmning erksevar xalqi Elbarsxon yetakchiligida 1511-1512-yillarda Eron qo’shinlarini mamlakatdan butunlay quvib chiqarishga muvaffaq bo’ldi. Shu tariqa 1511-yilda Xorazm mustaqilligi tiklandi va bu davlat endi Xiva xonligi deb atala boshlandi. Bu davlat asoschisi ham shayboniylar vakillari bo’ldi. Xiva xonligida shayboniylar hukmronligi 1770-yilgacha davom etdi.

Elbarsxon davrida mamlakat poytaxti Vazir shahridan Urganch shahriga ko’chirildi. Elbarsxon Vazir shahrini Eron qo’shinlaridan ozod etgach, bu g’alaba sharafiga o’z o’g’illari nomiga „g’ozi“ laqabini qo’shib aytislmi buyurgan.

Elbarsxon davrida Dashti Qipchoqdan Xorazmga ko’pgina qabilalarning ko’chib kelishi yanada kuchaydi. Natijada xonlik hukmdoriarining ijtimoiy tayanchi mustahkamlandi. Bu omil Xiva hukmdoriga xonlik hududini qo’shni davlatlar hisobiga kengaytirib olish imkonini berdi. Chunonchi, Elbarsxonning 1516-yilgacha bo’lgan hukmronlik davrida Shimoliy Xuroson, Saraxs, Orol va Mang’ishloq egallandi.

Ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayot.

Movarounnahrdagi Shayboniylar davlati singari Xiva xonligi. ham bir qancha katta-kichik mulklarga bolingan.

Xiva xonligining aholisi etnik, madaniy va til jihatdan bir-biridan keskin farq qiluvchi uch guruhga bo’lingan:

1) qadimiy xorazmliklarning bevosita avlodlari;

2) turkman qabilalari;

3) Dashti Qipchoqdan Xorazmga ko’chib kelgan qabilalar. Ayni paytda ular markaziy hokimiyatga bo’ysunmaslikka,

mustaqillikka intilishgan. Bu hol o’zaro nizolarni keltirib chiqargan.

Xiva xonligida yirik o’zbek qabilalarining boshliqlari amalda mustaqil mulk egalariga aylangan. Ular xonlikning butun ijtimoiysiyosiy hayotiga hal etuvchi ta’sir ko’rsatib kelganlar.

16-asrda Xiva xonligi iqtisodiy inqirozga duchor bo’ldi. Buning asosiy sabablaridan biri-Amudaryoning o’z o’zanini o’zgartirib, 1573-yildan boshlab Kaspiy dengiziga oqmay qo’yganligi bo’ldi. Daryo 15 yil davomida Orol dengizi yo’nalishiga burildiki, natijada eski o’zan atrofidagi yerlar cho’lga aylandi. Aholi esa xonlikning boshqa hududlariga ko’chib o’tishga majbur bo’lgan. Bundan tashqari, Xiva xonligining 16-asrda ikki marta Buxoro xonligi tomonidan bosib olinishi, shuningdek, o’zaro qabilaviy urushlar, og’ir soliqlar hamda turli to’lov va jarimalar mamlakat aholisini xonavayron qilgan. Bu hol savdo-sotiqqa katta putur yetkazgan.

16-asrda Xiva-Buxoro munosabatlari.

Markaziy Osiyoda dastlab tashkil topgan ikki davlat Buxoro va Xiva xonlig o’rtasida doimo o’zaro dushmanlik munosabatlari hukm surgan. Buning asosiy sababi-xonliklarning doimo bosqinchilik urushlari hisobiga o’z hududlarini kengaytirishga urinishlari bo’lsa, ikkinchisi, Buxoro va Xiva xonligida hukmron sulolalarning bir-biriga g’anim bo’lib qolgan xonadonlarga mansubligi edi.

Xivani Buxoroga bo’ysundirish harakati Ubaydullaxon davrida boshlandi. Ubaydullaxon 1537-1538-yillarda Xorazmga hujum qilib, Xiva xonligini Buxoroga bo’ysundiradi. Xiva xoni Avaneshxon (1525-1538) qo’shinlari tor-mor keltirildi, xonning o’zi esa o’ldirildi. Ubaydullaxon o’g’li Abdulazizni Xorazmga noib etib tayinladi. Biroq bu ahvol uzoq davom etmadi. Mahalliy xalq Avaneshxon avlodlari boshchiligida mamlakatni ozod etdi. Ubaydullaxon yuborgan qo’shin ham tor-mor keltirildi. Abdulazizxon Urganchdan Buxoroga qochib ketadi. Keyingi hukmdorlar davrida ham bu ikki xonlik o’rtasidagi adovat va dushmanlik to’xtamadi.

Jumladan, Buxoro xoni Abdullaxon II 1593-yili Xiva xonligini bosib oladi. Xiva xoni Hojimxon (1558-1602) oilasi bilan Eron shohi Abbos huzuriga qochishga majbur bo’ladi. 1595-yilda Xiva sultonlari xonlikning yirik shaharlarini egallaydilar. Lekin 1595-yili Abdullaxon II Xiva xonligi ustiga yana qo’shin tortib keladi. Hoji Muhammad (Hojimxon) yana Eronga qochadi. Faqatgina 1598-yili Abdullaxonning vafotidan keyin Buxoro xonligida boshlangan o’zaro toj-u taxt uchun kurashlar oqibatida Hojimxon Xiva xonligi taxtini qayta egallashga va o’z hokimiyatini mustahkamlab olishga erishadi. Bu davrda Xiva xonligi Mang’ishloq, Bolxon tog’lari, Dehiston, O’zboy, Shimoliy Xuroson hududlarini ham o’z tasarrufiga olgan edi.

Darsni mustahkamlash uchun savollar:

1.       XVI asrda Xorazm hududida qancha qabila istiqomat qilar edi?

2.       Urganchni M.Shayboniyxon qachon egalladi?

3.       Elbarsxon daxrida (1511-1516yy) qaysi omil Xonlik hukmdorligini ijtimoiy tayanchini mustahkamladi?

Darsni yakunlash:

 a)O’quvchilarni ma’naviy rag’batlantirish: Baholash.

 b)Uyga vazifa: Mavzuni o’qib o’rganib keliash.

Sana:   ______________

Fan:  O`zbekiston tarixi

Sinfi: 8  ___  ____  ____

Mavzu: XVII-XVIII-asrning birinchi yarmida Xiva xonligidagi siyosiy ahvol

Soatlar soni: 1 soat

Mavzuning qisqacha ta`rifi:

O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:

Dars turi: Yangi bilim beruvchi

Metod: suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi, “Jadval texnologiyasi” , “Tadqiqotlar yoki loyixa texnologiyasi”,“Rasmlarda aks etgan tarix”

Shakl: jamoa, guruhda ishlash

Jihoz: I.A.Karimov “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”asari darslik,siyosiy xarita,tarqatma,rasmli ko`rgazma,slayd,kompyuter.

Nazorat: o`quvchilarning darsda faolligi kuzatilib, hisobga olib boriladi.

Baholash: O`quvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanib, dars oxirida e`lon qilinadi.

Darsning maqsadi

Maqsadlar:

Ta`limiy maqsad:-o`quvchilarga XVII-XVIII-asrning birinchi yarmida xiva xonligidagi siyosiy ahvol haqida ma`lumot berish;

Tarbiyaviy maqsad: - o`quvchilargavatanimiz va o`zbek xalqining o`rta asrlarda boshidan kechirgan g`oyat murakkab va mashaqqatli hayoti haqida tushuncha berish va bundan saboq olishni o`rgatish;

Rivojlantiruvchi maqsad: -o`quvchilarni dunyoqarashini, nutqini,fikrlash qobilyatini, shakllantirish

Tayanch kompetentsiyalar:

Kommunikativlik

o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, mavzu:dan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish;

Milliy va umummadaniy

umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlarini (urf odatlar, marosimlar, milliy madaniy an’analar va.h.k.) hurmat qilish;

o‘zgalarga nisbatan mehrmuruvvat, saxiylik, diniy e’tiqodi, milliy hususiyatlari, an’ana va marosimlarini hurmat qilish; jamiyatda o‘rnatilgan odobaxloq qidalariga rioya qilish

O‘z-o‘zini rivojlantirish

shaxs sifatida doimiy ravishda o‘zo‘zini rivojlantirish, ma’naviy va intellektual kamolotga intilish;

o‘z hatti-harakatini adekvat baholash, o‘zini nazorat qila bilish, halollik, to‘g‘rilik kabi sifatlarga ega bo‘lish.

Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish

tarixda yil xisobini o‘qiy olish, tarixiy darvlarga oid chizmalarni o‘qiy olish, rim raqamida yozilgan raqamlarni o‘qiy oladi.

miloddan avvalgi, era, milodiy yillar o‘rtasidagi farqalarni matematik amallar bilan yecha oladi.

Fanga oid kompetensiyalar:

·         Tarixiy voqeilikni tushunishvauni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi.

tarixiy davrlar va -yillarni ajrata oladi, tarixiy hisobini tushuntira oladi;

         mazkur davrni o‘rganish orqali o‘quvchilar tarix fanining o‘rganilayot- gan davriga oid tarixiy atamalar mazmunini biladi;

Tarixiy shaxslar haqida ma’lumot bera oladi,tarixiy sanalarda ro‘y bergan voqealar haqida ma’lumot bera oladi

·         Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi.

Tarixiy illustrasiyalar asosida kichik hikoyalar tuza oladi, tarixiy joylarni xaritadan ko‘rsata oladi

Darsning blok sxemasi:

Darsning qismlari

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa

I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.

II.O`tilgan mavzuni takrorlash:

1.       XVI asrda Xorazm hududida qancha qabila istiqomat qilar edi?

2.       Urganchni M.Shayboniyxon qachon egalladi?

3.       Elbarsxon daxrida (1511-1516yy) qaysi omil Xonlik hukmdorligini ijtimoiy tayanchini mustahkamladi?

III. Yangi mavzu bayoni

17-asr Xiva xonligining siyosiy hayotida o’ziga xos ikki xususiyat-bu, bir tomondan, markaziy hukmron sulola nufuzining pasayishi bo’lsa, ikkinchi tomondan, qabila boshliqlari ta’sirining kuchayishi bo’ldi. Qabila boshliqlari: beklar, biylarning kuch-qudrati shu darajaga borib yetgan ediki, ular oliy hukmdorga o’z xohish-istaklarini o’tkaza olganlar. Xon davlat hayotiga oid har bir masalani ularsiz mustaqil hal eta olmas edi. Aksincha, aynan shu qabila boshliqlari xon taqdirini hal etardilar. Binobarin, Xiva xonligida davlat parokandaligi yuz berdi. Parokandalik Arab Muhammadxon davri (1602-1621) da yuqori nuqtasiga yetgan edi.

Abulg’ozi Bahodirxon

1616-yili Arab Muhammadxonning o’g’illari Habash Sulton bilan Elbars Sulton nayman va uyg’ur qabilalarining boshliqlariga tayanib, otalariga qarshi isyon ko’tardilar. Ota farzandlariga yon bosdi. Ular boshqaruviga topshirilgan hududlarga Vazir shahrini ham qo’shib berdi. Biroq bu bilan nizo tugamadi. Keyinchalik u Eron shohi Abbos I huzuriga yo’l oldi va uning yordamida 1623-yilda Xiva taxtini egalladi va Habash hamda Elbars qatl etildi. Bu voqeadan xabar topgan Abulg’oziy Sulton Xivaga qaytdi. Akasi Asfandiyorxon (1623-1643) uni Urganch hokimi etib tayinladi. Biroq tez orada aka-uka o’rtasidagi munosabatlar buzildi. Natijada Abulg’oziy Sulton Turkiston, Toshkent, Buxoroda qochib yurishga majbur bo’ldi. Asfandiyorxon siyosatidan norozi bo’lgan turkmanlarning chaqirig’i bilan u yana Xivaga qaytib bordi. Akasi endi unga Xivani topshirishga majbur bo’ladi. 1629-yilda turkmanlar Eron tasarrufidagi Niso va Darun (Ashxobod bilan Qizil Arvot o’rtasida joylashgan manzilgoh)ni bosib oladilar. Xiva xoni Eron bilan munosabatlarning buzilishidan qo’rqib, aybni Abulg’oziy Sultonga to’nkaydi va uni 1630-yilda Eron Shohi huzuriga garov tariqasida yubordi. Abulg’oziy Sulton Eronda 10 yil tutqunlikda kun kechirdi (1630-1639).

Inoqlar

Abulg’oziy Bahodirxon qabila boshliqlari nufuzini oshirish bilan ularning markaziy hokimiyatga qarshi xatti-harakatlariga barham bermoqchi bo’ldi. U xonlikdagi barcha 32 qabilani to’rt guruhga bo’ldi: qiyotqo’ng’irot, uyg’ur-nayman, qang’li-qipchoq, nukuz. -mang’it. Bunda qabilalarning urf-odatlari, turmush tarzi va qarindoshlik aloqalari hamda joylashgan yeri hisobga olindi. Har bir qabilaviy guruhga inoq tayinlanib, xon inoqlar orqali qabilalarga tegishli masalalami hal qilgan. Inoqlar xonning eng yaqin maslahatchisi sifatida saroyda istiqomat qilganlar.

Buxoro-Xiva munosabatlari

Abulg’oziy Bahodirxon Buxoro xoni bilan 1662-yilda sulh tuzib, 1663-yilda hokimiyatni o’g’li Anushaxonga topshiradi. Anushaxon davrida Buxoro-Xiva munosabatlari yanada keskinlashdi. Anushaxon bir necha marta Buxoro xonligi hududlarini xonavayronlikka olib kelgan harbiy yurishlar uyushtirdi. Uning qo’shini hatto Samarqandni egalladi. Nihoyat, 1685-yilda G’ijduvon yaqinidagi jangda Xiva qo’shinlari tor-mor etildi. Oxir-oqibatda, Buxoro xoni Subhonqulixon Anushaxonga qarshi Xivada fitna uyushtirdi. 1686-yilda Anushaxonning ko’ziga mil tortiladi va taxtdan tushiriladi.

Subhonqulixon Xivada o’z tarafdorlaridan shunday fitnachi guruh uyushtira olgan ediki, ular ta’sirida 16-asr oxiri 17-asr boshlarida Xivada „xonlar o’yini“-o’nlab xonlar almashinuvi sodir bo’ldi. Buning oqibatida Xiva xonligining siyosiy hayoti yanada murakkablashdi, xonlik ziddiyatlar, qaramaqarshiliklar girdobida qoldi. Xiva xoni Sherg’ozixon (1714-1728) davrida Buxoro xoni Abulfayzxon orolliklarni Xiva xoniga qarshi gijgijlay boshladi. Natijada Orolbo’yi aholisi Xiva xonligidan ajralib chiqdilar. Xiva xonligida boshlangan o’zaro kurash goh u, goh bu tomonning ustunligi bilan to Sherg’ozixon vafotiga qadar davom etdi.

Xiva xonligining siyosiy ahvoli Elbarsxon davrida (1728-1740) yanada keskinlashdi. Elbarsxon ichki nizolarni bostirib, qo’shni hududlarga ham hujumlar uyushtirdi. Ayni paytda u Nodirshohga qarshi kurashda Buxoroga yordam berishga ham intilgan edi.

Nodirshoh Buxoroni tobe etgach, 1740-yili Xiva xonligiga yurish boshladi. Hazorasp yonidagi jangda Xiva qo’shinlari yengildi. Xonqada bo’lgan jangda Xiva qo’shinlari butunlay tormor etildi. Elbarsxon o’ldirildi.

Nodirshoh 1740-yili Xivaga o’z odamini hokim etib tayinlab, Eronga qaytadi. Xivada Eron boshqaruv tizimi o’rnatiladi. Aholiga „moli omon“ solig’i solinadi. Ana shundan keyin Xiva xonligida parokandalik kuchaydi. O’zaro urushlar natijasida bir qancha vaqt turkman qabilalari-yovmutlar ustun kelib turdi.

Nodirshoh bosqiniga qarshi kurash

Orol dengizining shimolida istiqomat qilib turgan o’zbek qabilalari 1741-yili eronliklar zulmiga qarshi qo’zg’olon ko’tardi. Bu vaqtda Nodirshoh Dog’iston yurishi bilan band edi. U o’g’li Nasrulla boshchiligida qo’zg’olonchilarga qarshi qo’shin jo’natdi. Nasrulla qo’zg’olonni bostirib, Xiva taxtiga Elbarsning o’g’li Abu Muhammad (Abulg’oziyxon II)ni o’tqizdi. So’ng Orolbo’yi va xivaliklardan qo’shin to’plab, otasiga madad berish uchun Dog’istonga jo’natdi. Qo’zg’olon sababchilari bo’lgan turkman yovmutlarini boshqa hududlarga ko’chirtirdi.

Keyin Xiva taxtiga o’tqizilgan qozoq sulolasidan G’oyib ibn Botir (Qoraboyxon) (1746-1756) inoqlar nufuzini yo’qotish uchun kurashdi. Ular esa G’oyibning inisi Abdulla boshchiligida xonga qarshi qo’zg’olon ko’tardilar. Qo’zg’olonga Buxoro amiri Muhammad Rahim aralashdi. G’oyibni taxtdan tushirib, o’z vakili Temurg’ozini xon etib tayinlaydi. Muhammad Rahim vafot etgach (1758-yili) o’zbek qabilalaridan inoqlar hokimiyatni yana qo’lga oladilar.

Darsni mustahkamlash uchun savollar:

1.       Xiva xoni Hojimxonning hukmronlik yillari qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?

2.       Xiva xonligining poytaxtini Urganchdan Xiva shahriga ko’chirgan hukmdorni ko’rsating?

3.       Poytaxtni Urganchdan Xivaga ko’chirilishiga sabab bo’lgan omilni koo’rsating?

4.       Xiva xonligidagi parokandalik kimning davrida cho’qqisiga yetdi?

5.       Abulg’ozixon qachon Eronga tutqunlikka berib yuborildi?

Darsni yakunlash:

 a)O’quvchilarni ma’naviy rag’batlantirish: Baholash.

 b)Uyga vazifa: Mavzuni o’qib o’rganib keliash.

Sana:   ______________

Fan:  O`zbekiston tarixi

Sinfi: 8  ___  ____  ____

Mavzu: Xiva xonligining iqtisodiy va madaniy hayoti

Soatlar soni: 1 soat

Mavzuning qisqacha ta`rifi:

O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:

Dars turi: Yangi bilim beruvchi

Metod: suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi, “Jadval texnologiyasi” , “Tadqiqotlar yoki loyixa texnologiyasi”,“Rasmlarda aks etgan tarix”

Shakl: jamoa, guruhda ishlash

Jihoz: I.A.Karimov “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”asari darslik,siyosiy xarita,tarqatma,rasmli ko`rgazma,slayd,kompyuter.

Nazorat: o`quvchilarning darsda faolligi kuzatilib, hisobga olib boriladi.

Baholash: O`quvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanib, dars oxirida e`lon qilinadi.

Darsning maqsadi

Maqsadlar:

Ta`limiy maqsad:-o`quvchilarga Xiva xonligining iqtisodiy va madaniy hayoti haqida ma`lumot berish;

Tarbiyaviy maqsad: - o`quvchilargavatanimiz va o`zbek xalqining o`rta asrlarda boshidan kechirgan g`oyat murakkab va mashaqqatli hayoti haqida tushuncha berish va bundan saboq olishni o`rgatish;

Rivojlantiruvchi maqsad: -o`quvchilarni dunyoqarashini, nutqini,fikrlash qobilyatini, shakllantirish. 

Tayanch kompetentsiyalar:

Kommunikativlik

o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, mavzu:dan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish;

Milliy va umummadaniy

umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlarini (urf odatlar, marosimlar, milliy madaniy an’analar va.h.k.) hurmat qilish;

o‘zgalarga nisbatan mehrmuruvvat, saxiylik, diniy e’tiqodi, milliy hususiyatlari, an’ana va marosimlarini hurmat qilish; jamiyatda o‘rnatilgan odobaxloq qidalariga rioya qilish

O‘z-o‘zini rivojlantirish

shaxs sifatida doimiy ravishda o‘zo‘zini rivojlantirish, ma’naviy va intellektual kamolotga intilish;

o‘z hatti-harakatini adekvat baholash, o‘zini nazorat qila bilish, halollik, to‘g‘rilik kabi sifatlarga ega bo‘lish.

Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish

tarixda yil xisobini o‘qiy olish, tarixiy darvlarga oid chizmalarni o‘qiy olish, rim raqamida yozilgan raqamlarni o‘qiy oladi.

miloddan avvalgi, era, milodiy yillar o‘rtasidagi farqalarni matematik amallar bilan yecha oladi.

Fanga oid kompetensiyalar:

·         Tarixiy voqeilikni tushunishvauni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi.

tarixiy davrlar va -yillarni ajrata oladi, tarixiy hisobini tushuntira oladi;

         mazkur davrni o‘rganish orqali o‘quvchilar tarix fanining o‘rganilayot- gan davriga oid tarixiy atamalar mazmunini biladi;

Tarixiy shaxslar haqida ma’lumot bera oladi,tarixiy sanalarda ro‘y bergan voqealar haqida ma’lumot bera oladi

·         Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi.

Tarixiy illustrasiyalar asosida kichik hikoyalar tuza oladi, tarixiy joylarni xaritadan ko‘rsata oladi

Darsning blok sxemasi:

Darsning qismlari

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa

I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.

II.O`tilgan mavzuni takrorlash:

1.       Xiva xoni Hojimxonning hukmronlik yillari qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?

2.       Xiva xonligining poytaxtini Urganchdan Xiva shahriga ko’chirgan hukmdorni ko’rsating?

3.       Poytaxtni Urganchdan Xivaga ko’chirilishiga sabab bo’lgan omilni koo’rsating?

4.       Xiva xonligidagi parokandalik kimning davrida cho’qqisiga yetdi?

5.       Abulg’ozixon qachon Eronga tutqunlikka berib yuborildi?

III. Yangi mavzu bayoni

Xiva xonligida Xiva, Ko’hna Urganch, Yangi Urganch, Vazir kabi o’nlab shaharlar mavjud bo’lgan. Ulardan eng qadimiysi Xiva shahri bo’lib, 1997-yilda uning 2500 yilligi nishonlandi. Bu haqda YUNESKO 1995-yilda qaror qabul qilgan edi. Bu qaror-Xiva shahrining jahon madaniyati taraqqiyotida tutgan alohida o’rnining e’tirofi bo’ldi. Bugungi avlod o’z ota-bobolarining madaniy meroslari bilan haqli ravishda faxrlana oladi.

Xiva shahri miloddan avvalgi 5-asrda yuzaga kelganidan buyon uning tarixi butun Xorazm tarixi bilan chambarchas bog’liq bo’lib keldi. Xivaning mashhurligi u bunyod etilgan davrlaridanoq Sharq bilan G’arbni bog’lovchi savdo yo’li o’tganligi bilan izohlanadi.

Ko’hna Urganch

Xonlikning yana bir shahri-Ko’hna Urganch (Gurganj) shahridir. Qadimda bu shahar joylashgan hudud hozirgi Turkmaniston (Toshhovuz viloyati) tarkibidadir. Ko’lma Urganchga asos solinganligiga 2000 yildan oshdi. Shahar muhim savdo karvoni yo’llari kesishgan yerda joylashganligi uchun ham tez rivojlangan.

Ko’hna Urganch 10-11-asrlarda Xorazm davlatining poytaxti edi. Bu shahar arab geograflari asarida Jurjoniya nomi bilan qayd etilgan. 10-asrning ikkinchi yarmida poytaxt Gurganjda mustaqil amirlik tuzilgan. 995-yilda Gurganj amiri Ma’mun ibn Muhammad poytaxti Kat shahri bo’lgan xorazmshohlami tor-mor etib, o’zini Xorazmshoh deb e’lon qilgan. Shu tariqa Gurganj Xorazm davlatining yagona poytaxtiga aylangan.

11-12-asrlarda bu shaharda madaniyat, ilm-fan rivojlandi. Shahar mustahkam qal’a-devor bilan o’rab olindi.

Vazir shahri

Vazir Xorazmning shahar-qal’alaridan biri bo’lgan. Tarixiy manbalarda qayd etilishicha, shayboniylardan bo’lgan Mustafoxon tomonidan 15-asr o’rtalarida asos solingan.

16-asrda shayboniylarning o’zaro urushlari shaharning vayron bo’lishiga olib kelgan. 1558-yilda Xivaga kelgan Antoniy Jenkinson bu haqda bunday deb yozgan edi: „Vazir shahri keyingi 7 yil mobaynida o’zaro urushlar oqibatida to’rt marta vayron bo’ldi. Shuning uchun ham bu yerda savdogarlar juda kam, borlari ham nochor“.  1593-1595-yillarda esa Abdullaxon II harbiy yurishlari chog’ida ham shahar yana vayron etildi.

Abulg’oziyxon Yangi Urganchga asos solgach, Vazirning qolgan aholisini ham shu yerga ko’chirgan. Shu tariqa shahar o’z ahamiyatini butunlay yo’qotgan.

Hunarmandchilik

Xiva xonligi tarixiy manbalarida hunarmandchilikning 27 sohasi qayd etilgan. Amalda esa, ular bundan-da ko’p bo’lgan. Hunarmand malakali usta bo’lishi uchun ko’p yil mashaqqatli mehnat qilgan. Odatda, usta o’z kasbini to’ng’ich o’g’liga o’rgatgan. Ayrim hollarda, ishda qo’shimcha kishining mehnati talab qilinsa, chetdan ham shogirdlar qabul qilingan. Shogirdga kasb o’rgatish shartlari va muddatlari yozma shartnomada rasrniylashtirilgan. Shogird hunarmand ustadan oq fotiha olib, o’zining alohida ustaxonasini ochishdan avval hunarmand ustalar oldida o’z mahoratini namoyish etishi kerak bo’lgan. Sinovdan o’tgan shogird shu tariqa ustaxona ochishga ruxsat olardi.

Qishloq xo’jaligi

Xonlik aholisi, asosan, qishloq xo’laligi bilan shug’ullangan. Dehqonchilik va u bilan bog’liq bo’lgan chorvachilik qishloq xo’jaligining ikki asosiy sohasi edi. Dehqonchilikda g’alla, paxta va poliz mahsulotlari yetishtirish yetakchi o’rin egallagan. Ekinzorlarning yarmidan ortig’ida g’alla yetishtirilgan. G’allachilikda kuzgi bug’doy ekish yetakchi o’rin egallagan. Dehqonlarning don ekinlaridan mo’l hosil olishlariga hatto chet elliklarning ham tan berganligiga tarix guvoh.

Ichki va tashqi savdo

 Xonlikning ichki va tashqi savdosidan davlat xazinasiga dumstgina daromad tushgan. Ichki savdo-sotiqda Xivaning usti yopiq bozori alohida ahamiyatga ega bo’lgan. Bozor yo’lining ikki tarafiga ustaxona do’konlar qurilgan.

Bozordagi savdo o’rinlaridan foydalanganlik uchun tagjoy deb ataluvchi alohida soliq olingan.

Xonlikdan, asosan, qorako’l teri, gilam, hunarmandchilik mahsulotlari Eron, Hindiston, Xitoy va Turkiya kabi davlatlarga eksport qilingan.

Ilm fan

16-18-asrning birinchi yarmi Xiva xonligida ilm-fan taraqqiyoti butunlay to’xtab qolgan emasdi. Bu davrda tarix ilmi o’ziga xos o’rinda turadi. Chunonchi, Xiva xoni Abulg’oziyxon Xiva tarixshunosligi maktabiga asos soldi.

Abulg’oziyxon fan va madaniyat tarixida „Shajarayi turk“ va „Shajarayi tarokima“ asarlari bilan o’chmas nom qoldirdi.

„Shajarayi turk“ asarining 9-bobi bevosita Xorazmning 1512-1663-yillardagi ijtimoiy-siyosiy tarixiga bag’ishlangan. Unda aniq tarixiy voqealardan tashqari, turkiy xalqlar an’analari, Xiva va Buxoro munosabatlari jarayoni yoritilgan. Pul muomalasi haqida ma’lumotlar berilgan.

Abulg’oziyxonning yana bir katta xizmati shundan iboratki, u o’z asarlarini oddiy kitobxon uchun turkiy tilda yozgan. Shuning uchun ham ayrim olimlar uning asarlarini yangi o’zbek tili yozma yodgorligi, deb hisoblashadi.

Vengriyaning mashhur sharqshunosi X. Vamberi „Abulg’oziyning,Shajarayi turk“i uchun butun dunyo undan minnatdor“, deb yozgan edi. Bu asar bir necha asrlardan beri ko’plab tillarga taijima qilib kelinmoqda.

Darsni mustahkamlash uchun savollar:

1.       1997-yili quyidagi shaharlardan qaysi birining 2500 yilligi nishonlandi?

2.       Gurganchda mustaqil amirlik tuzilgan vaqtni aniqlang?

3.       Vazir shahriga qachon asos solingan?

4.       Quyidagi asarlardan qaysi birida A.Temurdan tortib Z.M.Boburgacha temuriylar shajarasi qisqacha sharhlangan?

5.       Kitoblarni bezashda oltin suvi yurituvchi kishi qanday nomlangan?

Darsni yakunlash:

 a)O’quvchilarni ma’naviy rag’batlantirish: Baholash.

 b)Uyga vazifa: Mavzuni o’qib o’rganib keliash.

Sana:   ______________

Fan:  O`zbekiston tarixi

Sinfi: 8  ___  ____  ____

Mavzu: Xiva xonligida qo’ng’irotlar sulolasining  kelishi

Soatlar soni: 1 soat

Mavzuning qisqacha ta`rifi:

O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:

Dars turi: Yangi bilim beruvchi

Metod: suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi, “Jadval texnologiyasi” , “Tadqiqotlar yoki loyixa texnologiyasi”,“Rasmlarda aks etgan tarix”

Shakl: jamoa, guruhda ishlash

Jihoz: I.A.Karimov “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”asari darslik,siyosiy xarita,tarqatma,rasmli ko`rgazma,slayd,kompyuter.

Nazorat: o`quvchilarning darsda faolligi kuzatilib, hisobga olib boriladi.

Baholash: O`quvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanib, dars oxirida e`lon qilinadi.

Darsning maqsadi

Maqsadlar:

Ta`limiy maqsad:-o`quvchilarga Xiva xonligida qongirotlar sulolasining  kelishi haqida ma`lumot berish;

Tarbiyaviy maqsad: - o`quvchilargavatanimiz va o`zbek xalqining o`rta asrlarda boshidan kechirgan g`oyat murakkab va mashaqqatli hayoti haqida tushuncha berish va bundan saboq olishni o`rgatish;

Rivojlantiruvchi maqsad: -o`quvchilarni dunyoqarashini, nutqini,fikrlash qobilyatini, shakllantirish

Tayanch kompetentsiyalar:

Kommunikativlik

o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, mavzu:dan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish;

Milliy va umummadaniy

umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlarini (urf odatlar, marosimlar, milliy madaniy an’analar va.h.k.) hurmat qilish;

o‘zgalarga nisbatan mehrmuruvvat, saxiylik, diniy e’tiqodi, milliy hususiyatlari, an’ana va marosimlarini hurmat qilish; jamiyatda o‘rnatilgan odobaxloq qidalariga rioya qilish

O‘z-o‘zini rivojlantirish

shaxs sifatida doimiy ravishda o‘zo‘zini rivojlantirish, ma’naviy va intellektual kamolotga intilish;

o‘z hatti-harakatini adekvat baholash, o‘zini nazorat qila bilish, halollik, to‘g‘rilik kabi sifatlarga ega bo‘lish.

Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish

tarixda yil xisobini o‘qiy olish, tarixiy darvlarga oid chizmalarni o‘qiy olish, rim raqamida yozilgan raqamlarni o‘qiy oladi.

miloddan avvalgi, era, milodiy yillar o‘rtasidagi farqalarni matematik amallar bilan yecha oladi.

Fanga oid kompetensiyalar:

·         Tarixiy voqeilikni tushunishvauni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi.

tarixiy davrlar va -yillarni ajrata oladi, tarixiy hisobini tushuntira oladi;

         mazkur davrni o‘rganish orqali o‘quvchilar tarix fanining o‘rganilayot- gan davriga oid tarixiy atamalar mazmunini biladi;

Tarixiy shaxslar haqida ma’lumot bera oladi,tarixiy sanalarda ro‘y bergan voqealar haqida ma’lumot bera oladi

·         Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi.

Tarixiy illustrasiyalar asosida kichik hikoyalar tuza oladi, tarixiy joylarni xaritadan ko‘rsata oladi

Darsning blok sxemasi:

Darsning qismlari

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa

I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.

II.O`tilgan mavzuni takrorlash:

1.       1997-yili quyidagi shaharlardan qaysi birining 2500 yilligi nishonlandi?

2.       Gurganchda mustaqil amirlik tuzilgan vaqtni aniqlang?

3.       Vazir shahriga qachon asos solingan?

4.       Quyidagi asarlardan qaysi birida A.Temurdan tortib Z.M.Boburgacha temuriylar shajarasi qisqacha sharhlangan?

5.       Kitoblarni bezashda oltin suvi yurituvchi kishi qanday nomlangan?

III. Yangi mavzu bayoni

Xiva xonligidagi siyosiy vaziyat hukmron tabaqaning urushlari va qabilalar o’rtasidagi mojarolarni to’xtatishga

qodir bolgan kuchli markaziy hokimiyatning barpo etilishini taqozo etardi. Bunday hokimiyatni barpo etishga qodir kuch sifatida maydonga o’zbeklarning qo’ng’irot qabilasi chiqdi. Bu zaruriyatning natijasi olaroq, 18-asrning 60-yillaridan boshlab, Xiva xonligida hokimiyatni qo’ng’irot qabilasi boshliqlari asta-sekin o’z qo’llariga ola boshladilar.

Yirik zodagonlar va ruhoniy tabaqasining madadiga tayangan qo’ng’irot qabilasining yo’lboshchisi Muhammad Amin 1761-yilda inoqlik lavozimiga ko’tarilgan. U turkmanlarning yovmut va chovdur qabilalariga qarshi kurash olib borgan. Biroq u dastlab muvaffaqiyatsizlikka uchrab, Buxoroga-Doniyolbiy otaliq yoniga ketadi. Turkman qabilalari Xorazmni egallab, Hazorasp, Xonqa, Urganch, Kat, Shohobod shaharlarini xonavayron qiladilar. Ocharchilik va vabo tarqalib, o’zbeklar Orolbo’ylari va Buxoroga ketishga majbur bo’ladilar.

1770-yilda Muhammad Amin inoq Buxorodan qaytib kelib, yovmutlarga Qarshi kurashni uyushtiradi va ularni Xorazmdan haydab chiqaradi.

Muhammad Amin mahalliy beklarni ham bo’ysundirishga muvaffaq bo’ldi. U xon avlodidan bo’lmagani sababli taxtga Abulxayrxonning o’g’li Bo’lakayxonni nomiga, qo’g’irchoq xon sifatida o’tqizadi. Hokimiyatni esa o’zi boshqaradi. 1782-yilda Buxoro amirligi qo’shinlarining hujumini qaytarib, Xiva xonligi mustaqilligini saqlab qoladi. Xiva xonligini boshqargan Muhammad Amin inoq 20 yil davomida 13 marta soxta xonlami almashtirgan.

Avaz Muhammad inoq davrida Xiva xonligi iqtisodiy jihatdan ancha mustahkamlandi.

Muhammad Amin ham, uning o’g’li Avaz (1790-1804) ham davlat hokimiyatini inoq unvonida boshqarganlar. Chingiz biylaridan soxta xonlar chaqirilib turilgan. Hokimiyat amalda inoq va maxsus kengash tomonidan boshqarilgan. Kengash tarkibiga qo’shbegi, mehtar, vazir va otaliqlar kirgan. Inoq va kengash soxta xon nomidan ish yuritgan.

Faqat Avazning o’g’li Eltuzar (1804-1806) hukmronligi davrida chetdan soxta xon chaqirish to’xtatildi. Nafaqat to’xtatildi, ayni paytda, 1804-yildayoq chetdan chaqirilgan soxta xon Abulg’oziyni taxtdan tushirib, o’zini xon deb e’lon qildi. Shu tariqa qo’ng’irotlar sulolasi Xiva xonligi taxtini rasman egalladi. Bu sulola 1920-yilga qadar Xiva xonligini idora qildi.

Eltuzarxon xonlikda markazlashgan davlat siyosati yuritish uchun harakat qildi. 1804-yilda Eltuzarxon Buxoroga yurish qildi. 1806-yilda Amudaryo bo’yida bo’lgan hal qiluvchi jangda Xiva qo’shinlari tor-mor etildi, Eltuzarxon ham halok bo’ldi.

Muhammad Rahimxon davrida Xiva xonligi.

Eltuzarxon vafot etgach, taxtga uning ukasi Muhammad Rahimxon I o’tirdi. davrida Xiva xonligi Muhammad Rahimxon I Xiva xonligini siyosiy jihatdan birlashtirishga kirishdi.

Ayni paytda, turkmanlami bo’ysundirish masalasi yetakchi o’ringa chiqdi. Turkmanlarning turli qabilalari qanchalik qattiq qarshilik ko’rsatmasinlar, birin-ketin bo’ysundirib borildi.

Bo’ysunishni istamagan yovmut qabilasi Xurosonga ko’chib ketdi. Biroq Eron hukumatining tazyiqi ostida hamda yaylov maydoni yo’qligi uchun yana Xiva xonligi hududiga qaytib keldi. Endi ular Xiva xoni tomonidan ajratib berilgan hududga joylashishga majbur bo’ldilar. Shu davrdan boshlab, yovmut qabilasining taqdiri Xiva xonligi bilan uzil-kesil bog’lanib, xonlik fuqarolari tarkibiga olindi. Ularga ham soliq to’lash belgilandi. Shuningdek, xon qo’shiniga belgilangan miqdorda navkar yuborish majburiyati ham yuklandi.

Uzoq davom etgan urushlar va yillab sarson-sargardonlikda yurish yovmutlarni qishloq xo’jaligidan ancha uzoqlashtirib qo’ygan edi. Shu tufayli ular xon qo’shinida sidqidildan xizmat qildilar. Ulardan o’z zamonining eng jangovar otliq harbiy qismi tuzilganligi ham bejiz bo’lmagan.

Muhammad Rahimxon I o’zbeklar va turkmanlardan tuzilgan qo’shinga tayanib yirik zodagonlar qarshiligini sindirish uchun shiddatli kurashda o’z raqiblarini birin-ketin bo’ysundira bordi.

Muhammad Rahimxon I ga dushmanlik ruhidagi Orolbo’yi zodagonlari guruhi qattiq qarshilik ko’rsatdi. 1811-yilda ularning ham qarshiligi sindirildi. Qo’ng’irot shahri yakson qilindi. Xiva xoni mustaqil bo’lib ajralib chiqqan qoraqalpoqlarni bo’ysundirishga kirishdi. Qoraqalpoqlar Buxoro amiri Haydardan yordam olishga harakat qildilar. Biroq bunga erisha olmagach, Xiva xonligiga bo’ysunishga majbur bo’ldilar.

1812-1820-yillar oralig’ida qozoqlarning Kichik juz xonligi hududiga 2 marta hujum uyushtirildi. Buning oqibatida, xonlik hududlarining yanada kengayishiga erishildi.

1813-yilda Shimoliy Xurosonda joylashgan turkmanlarning takya qabilasi Xiva xonligiga qaramligini tan olishga va belgilangan hajmda soliq to’lab turishga majbur etildi.

1822-yilda esa Marv shahri xonlikka qo’shib olindi. 1824-yilda Yangi Marv shahri bunyod etildi.

Muhammad Rahimxon I bo’ysundirilgan qabilalar zodagonlarining qabila orasidagi mavqeyi nihoyatda qudratli bo’lganligini hisobga olib, ularga xon yer-mulk va turli imtiyozlar in’om etgan. Bu omil xonlikda siyosiy barqarorlikni ta’minlashga xizmat qilishi kerak edi.

Muhammad Rahimxon I davrida xonlik siyosiy jihatdan birlashtirildi. Ayni paytda, mamlakatda nisbiy barqarorlik ta’minlandi. Uning hududlari yanada kengaydi.

Darsni mustahkamlash uchun savollar:

1.       Qo’ng’irot qabilasining yo’lboshchisi Muhammad Amin qachon inoqlik lavozimigako’tarildi?

2.       Muhammad Amin inoq kimlar bilan kurashda muvaffaqiyatsizlikka uchrab Buxoroga Donyolbiy otaliq yoniga ketadi?

3.       Muhammad Amin inoq va uning o’g’li Avaz…soxta xonlarni taxtga o’tqazishadi?

4.       Eltuzarxon nechanchi yilda Buxoroga yurish qildi?

Darsni yakunlash:

 a)O’quvchilarni ma’naviy rag’batlantirish: Baholash.

 b)Uyga vazifa: Mavzuni o’qib o’rganib keliash.

Sana:   ______________

Fan:  O`zbekiston tarixi

Sinfi: 8  ___  ____  ____.

Mavzu: Xiva xonligining tashqi siyosati

Soatlar soni: 1 soat

Mavzuning qisqacha ta`rifi:

O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:

Dars turi: Yangi bilim beruvchi

Metod: suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi, “Jadval texnologiyasi” , “Tadqiqotlar yoki loyixa texnologiyasi”,“Rasmlarda aks etgan tarix”

Shakl: jamoa, guruhda ishlash

Jihoz: I.A.Karimov “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”asari darslik,siyosiy xarita,tarqatma,rasmli ko`rgazma,slayd,kompyuter.

Nazorat: o`quvchilarning darsda faolligi kuzatilib, hisobga olib boriladi.

Baholash: O`quvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanib, dars oxirida e`lon qilinadi.

Darsning maqsadi

Maqsadlar:

Ta`limiy maqsad:-o`quvchilarga Xiva xonligining tashqi siyosati haqida ma`lumot berish;

Tarbiyaviy maqsad: - o`quvchilargavatanimiz va o`zbek xalqining o`rta asrlarda boshidan kechirgan g`oyat murakkab va mashaqqatli hayoti haqida tushuncha berish va bundan saboq olishni o`rgatish;

Rivojlantiruvchi maqsad: -o`quvchilarni dunyoqarashini, nutqini,fikrlash qobilyatini, shakllantirish. 

Tayanch kompetentsiyalar:

Kommunikativlik

o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, mavzu:dan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish;

Milliy va umummadaniy

umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlarini (urf odatlar, marosimlar, milliy madaniy an’analar va.h.k.) hurmat qilish;

o‘zgalarga nisbatan mehrmuruvvat, saxiylik, diniy e’tiqodi, milliy hususiyatlari, an’ana va marosimlarini hurmat qilish; jamiyatda o‘rnatilgan odobaxloq qidalariga rioya qilish

O‘z-o‘zini rivojlantirish

shaxs sifatida doimiy ravishda o‘zo‘zini rivojlantirish, ma’naviy va intellektual kamolotga intilish;

o‘z hatti-harakatini adekvat baholash, o‘zini nazorat qila bilish, halollik, to‘g‘rilik kabi sifatlarga ega bo‘lish.

Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish

tarixda yil xisobini o‘qiy olish, tarixiy darvlarga oid chizmalarni o‘qiy olish, rim raqamida yozilgan raqamlarni o‘qiy oladi.

miloddan avvalgi, era, milodiy yillar o‘rtasidagi farqalarni matematik amallar bilan yecha oladi.

Fanga oid kompetensiyalar:

·         Tarixiy voqeilikni tushunishvauni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi.

tarixiy davrlar va -yillarni ajrata oladi, tarixiy hisobini tushuntira oladi;

         mazkur davrni o‘rganish orqali o‘quvchilar tarix fanining o‘rganilayot- gan davriga oid tarixiy atamalar mazmunini biladi;

Tarixiy shaxslar haqida ma’lumot bera oladi,tarixiy sanalarda ro‘y bergan voqealar haqida ma’lumot bera oladi

·         Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi.

Tarixiy illustrasiyalar asosida kichik hikoyalar tuza oladi, tarixiy joylarni xaritadan ko‘rsata oladi

Darsning blok sxemasi:

Darsning qismlari

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa

I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.

II.O`tilgan mavzuni takrorlash:

1.       Qo’ng’irot qabilasining yo’lboshchisi Muhammad Amin qachon inoqlik lavozimigako’tarildi?

2.       Muhammad Amin inoq kimlar bilan kurashda muvaffaqiyatsizlikka uchrab Buxoroga Donyolbiy otaliq yoniga ketadi?

3.       Muhammad Amin inoq va uning o’g’li Avaz…soxta xonlarni taxtga o’tqazishadi?

4.       Eltuzarxon nechanchi yilda Buxoroga yurish qildi?

III. Yangi mavzu bayoni

Xiva-Rossiya munosabatlarida muhim jihat shunda ediki, o’zaro savdodan har ikkala davlat ham birdek manfaatdor edi.

Xiva savdogarlari uchun Rossiyaga boradigan savdo yo’llari xavfsiz edi. Shuningdek, Xiva xonligida Rossiya zavod va fabrikalari ishlab chiqargan tayyor iste’mol tovarlariga ehtiyoj baland edi. Ayni paytda, Rossiya Xiva xonligiga o’z tovarlarini sotadigan bozor deb qarar edi. Rossiya tovarlari Yevropaning ilg’or davlatlari tovarlari bilan raqobat qila olmayotgan bir davrda bu juda muhim edi. Ikkinchidan, Xiva xonligi, Rossiya sanoati uchun zarur xomashyo mahsulotlarini arzon narxlarda yetkazib beruvchi o’lka ham hisoblanardi.

Biroq har ikki davlat o’rtasida yaxshi qo’shnichilik munosabatlarining qaror topishiga to’sqinlik qilgan omillar ham mavjud bo’lgan. Bular: savdo karvonlariga hujum qilish xavfning mavjudligi, har ikki taraf tomonidan Kichik juz qozoqlarini va qoraqalpoqlami o’z fuqarolari deb hisoblashlari; shuningdek, har ikki tomonning o’zaro savdodan olinadigan boj hajmi masalasida uzoq vaqt bir to’xtamga kela olmaganliklari bilan bog’liq edi.

N. Muravyov ekspeditsiyasi

Rossiya podshosi-1819-yilda Xivaga armiya zobiti N. Muravyov boshchiligida ekspeditsiya jo’natdi. Bundan maqsad turkmanlar yeri, Xiva xonligining ular bilan aloqasi, Kaspiy dengizining sharqiy qirg’og’ida harbiy istehkom qurish va Xiva turkmanlar yeri-Boku-Astraxan savdo yo’lini ochish hamda bu yo’lning istiqbolini o’rganish edi.

Ekspeditsiya dastlab turkmanlarning yovmit qabilasi joylashgan hududda bo’ldi. Ularni Rossiya fuqaroligiga o’tkazish masalasiga doir munosabatlarni o’rgandi. Shundan so’ng N. Muravyov Xivada-Rahimxon qabulida bo’ldi. Xon N. Muravyovning Rossiya bilan do’stlik munosabatlarida bolish taklifmi ma’qulladi, biroq savdo yo’lining o’zlashtirilishiga rozi bo’lmadi.

Chunki Muhammad Rahimxon Rossiyaning yovmut qabilasini o’z fuqaroligiga qabul qilish istagitagida aslida nima yotishini anglab yetgan edi. Bundan tashqari, Rossiya hukumatining savdo karvonlari xavfsizligini ta’minlash bahonasida chegarada mustahkam istehkomlar qurish haqidagi rejalari Xiva hukmron doiralarini cho’chitib ham qo’ygan edi.

S. Sialkovskiy va V. Peroviskiy ekspeditsiyalari.

Rossiya hukumati savdo karvonlari xavf’sizligini ta’minlash maqsadida qo’riqchi harbiy qism ajratishga qaror qildi. 1824-yilda Orenburg savdogarlari S. Sialkovskiy boshchiligidagi harbiy qism va savdo karvoni Buxoro amirligiga borishi kerak edi. 1825-yilning yanvar oyida karvon Xiva qo’shini qarshiligiga uchradi. Xiva amaldori karvonning Buxoroga emas Xivaga yuborilishini talab qildi.

S. Sialkovskiy bu talabni rad etdi va orqaga qaytishga qaror qildi. Xiva qo’shini Buxoroga olib boradigan savdo yo’lini bekitib qo’ydi. Bu hodisa Rossiya-Buxoro savdo aloqalariga katta ziyon yetkazish xavfmi tug’dirdi.

Xiva-Rossiya munosabatlari keskinlashgan bir sharoitda Muhammad Rahimxon I vafot etdi. Taxtga o’g’li Olloqulixon o’tirdi. U Xiva-Rossiya munosabatlaridagi keskinlikni yurushatishga urindi.

1826-1829-yillardagi Eron-Rossiya va 1828-1829-yillardagi Rossiya-Turkiya urushi Rossiyani Xiva bilan munosabatlarini yanada keskinlashtirishdan o’zini tiyishga majbur etdi. Bu orada Buyuk Britaniya razvedkasi Markaziy Osiyo xonliklariga suqulib kira boshladi. Shunday sharoitda Buyuk Britaniya tovarlarining xonliklar bozorini to’ldirish xavfi ham vujudga keldi. Bundan tashqari, Eron bilan urush oqibatida Rossiya-Eron savdo-sotiq ishlarining ahvoli yomonlashdi. Bunday paytda Markaziy Osiyo xonliklari bilan savdo-sotiqni har qachongidan ko’ra rivojlantirish dolzarb masalaga aylandi. Ayni paytda, Rossiya hukumati rus asirlarini ozod etishni ham talab eta boshladi. Biroq Rossiya hukumati Xiva xonligiga nisbatan o’z talablari doirasini tobora kengaytirib bordi. Chunonchi, u keyinchalik Xivadan Amudaryoda Rossiya savdo kemalarining suzishiga ruxsat berishini ham talab eta boshladi.  Uning ixtiyorida 4 ming piyoda askar, 12 ta to’p va yuk ortilgan o’n ming tuya bor edi. Biroq Ustyurtning qattiq sovug’i, oziq-ovqat va yem-xashakning yetishmasligi oqibatida ekspeditsiya talafot ko’rdi. Oqibatda, V. Perovskiy orqaga qaytishga majbur bo’ldi. U 1840-yilning iyun oyidagina Orenburgga qaytib kela oldi.

Lekin ekspeditsiya izsiz ketmadi. V. Perovskiy ekspeditsiyasi Xiva xonini Peterburg bilan kelishuv yo’lini axtarishga majbur etdi.

Jems Ebbot

Xonlikda ingliz razvedkasi ham faoliyat boshladi. Chunonchi, 1840-yilda Xivaga kapitan Jeyms Ebbot keldi va u Olloqulixon bilan uchrashdi. U Xiva xonini Rossiyaga qarshi harbiy istehkomlar qurishga da’vat etdi. U bunday istehkomlar qurilishi mumkin bo’lgan joylami aniqlash bo’yicha ish olib borayotgan paytda Rossiya harbiylari tomonidan asir olindi va Peterburgga jo’natildi. U yerdan Londonga jo’natib yuborildi. Shu tariqa Buyuk Britaniya razvedkasi Xiva va Rossiya o’rtasida harbiy harakatlar keltirib chiqarishdek maqsadiga erisha olmadi.

,,Majburiyatlar akti”

Rossiya hukumati Xiva xonligi bilan munosabatlarga aniqlik kiritish maqsadida G. Danilevskiy boshchiligidagi elchilik missiyasini yubordi.

Muzokaralar davom etayotgan kunlarda Olloqulixon vafot etdi. Taxtni o’g’li Rahimqulixon egalladi. Muzokaralar yakunida 1842-yilning 27-dekabrida Xiva-Rossiya o’rtasida „Majburiyatlar akti“ deb ataluvchi shartnoma imzolandi.

Aktda Xiva xonining Rossiya bilan tinchlik, mustahkam do’stlik munosabatida bo’lishi e’lon qilindi. Bundan tashqari, Aktda Xiva xoniga: Xivaning Rossiyaga nisbatan dushmanlik harakatlaridan voz kechishi, savdo karvonlarining hamda qozoq qabilalarining talanishiga yo’l qo’ymaslik; rus asirlarini saqlamaslik; Rossiya fuqarolarining shaxsiy va mulkiy xavfsizligini ta’minlash kabi majburiyatlar yuklandi.

Darsni mustahkamlash uchun savollar:

1.       Ollohqulixon Xurosonga necha marta yurish qilgan?

2.       Rossiya hukumati Muravyov ekspeditsiyasini Xivaga nechanchi yilda jo’natdi?

3.       S.Sialkovskiy boshchiligidagi harbiy qism hamkorligidagi savdo karvoni qachon Xiva qo’shini qarshiligiga uchradi?

4.       Xiva bilan Rossiya o’rtasida “Majburiyatlar akti” deb ataluvchi shartnoma qachon imzolangan va qaysi Xiva hukmdori davrida?

Darsni yakunlash:

 a)O’quvchilarni ma’naviy rag’batlantirish: Baholash.

 b)Uyga vazifa: Mavzuni o’qib o’rganib keliash.

Sana:   ______________

Fan:  O`zbekiston tarixi

Sinfi: 8  ___  ____  ____

Mavzu: Xiva xonligining ijtimoiy-iqtisodiy hayoti

Soatlar soni: 1 soat

Mavzuning qisqacha ta`rifi:

O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:

Dars turi: Yangi bilim beruvchi

Metod: suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi, “Jadval texnologiyasi” , “Tadqiqotlar yoki loyixa texnologiyasi”,“Rasmlarda aks etgan tarix”

Shakl: jamoa, guruhda ishlash

Jihoz: I.A.Karimov “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”asari darslik,siyosiy xarita,tarqatma,rasmli ko`rgazma,slayd,kompyuter.

Nazorat: o`quvchilarning darsda faolligi kuzatilib, hisobga olib boriladi.

Baholash: O`quvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanib, dars oxirida e`lon qilinadi.

Darsning maqsadi

Maqsadlar:

Ta`limiy maqsad:-o`quvchilarga Xiva xonligining ijtimoiy-iqtisodiy hayoti haqida ma`lumot berish;

Tarbiyaviy maqsad: - o`quvchilargavatanimiz va o`zbek xalqining o`rta asrlarda boshidan kechirgan g`oyat murakkab va mashaqqatli hayoti haqida tushuncha berish va bundan saboq olishni o`rgatish;

Rivojlantiruvchi maqsad: -o`quvchilarni dunyoqarashini, nutqini,fikrlash qobilyatini, shakllantirish

Tayanch kompetentsiyalar:

Kommunikativlik

o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, mavzu:dan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish;

Milliy va umummadaniy

umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlarini (urf odatlar, marosimlar, milliy madaniy an’analar va.h.k.) hurmat qilish;

o‘zgalarga nisbatan mehrmuruvvat, saxiylik, diniy e’tiqodi, milliy hususiyatlari, an’ana va marosimlarini hurmat qilish; jamiyatda o‘rnatilgan odobaxloq qidalariga rioya qilish

O‘z-o‘zini rivojlantirish

shaxs sifatida doimiy ravishda o‘zo‘zini rivojlantirish, ma’naviy va intellektual kamolotga intilish;

o‘z hatti-harakatini adekvat baholash, o‘zini nazorat qila bilish, halollik, to‘g‘rilik kabi sifatlarga ega bo‘lish.

Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish

tarixda yil xisobini o‘qiy olish, tarixiy darvlarga oid chizmalarni o‘qiy olish, rim raqamida yozilgan raqamlarni o‘qiy oladi.

miloddan avvalgi, era, milodiy yillar o‘rtasidagi farqalarni matematik amallar bilan yecha oladi.

Fanga oid kompetensiyalar:

·         Tarixiy voqeilikni tushunishvauni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi.

tarixiy davrlar va -yillarni ajrata oladi, tarixiy hisobini tushuntira oladi;

         mazkur davrni o‘rganish orqali o‘quvchilar tarix fanining o‘rganilayot- gan davriga oid tarixiy atamalar mazmunini biladi;

Tarixiy shaxslar haqida ma’lumot bera oladi,tarixiy sanalarda ro‘y bergan voqealar haqida ma’lumot bera oladi

·         Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi.

Tarixiy illustrasiyalar asosida kichik hikoyalar tuza oladi, tarixiy joylarni xaritadan ko‘rsata oladi

Darsning blok sxemasi:

Darsning qismlari

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa

I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.

II.O`tilgan mavzuni takrorlash:

1.       Ollohqulixon Xurosonga necha marta yurish qilgan?

2.       Rossiya hukumati Muravyov ekspeditsiyasini Xivaga nechanchi yilda jo’natdi?

3.       S.Sialkovskiy boshchiligidagi harbiy qism hamkorligidagi savdo karvoni qachon Xiva qo’shini qarshiligiga uchradi?

4.       Xiva bilan Rossiya o’rtasida “Majburiyatlar akti” deb ataluvchi shartnoma qachon imzolangan va qaysi Xiva hukmdori davrida?

III. Yangi mavzu bayoni

Xiva xonligining ijtimoiy hayotida Buxoro xonligidagidek sokinlik hukm surardi. Bu sokinliknmg sababi-xonlikning jahon taraqqiyotidan deyarli uzilib qolganligida edi. Mamlakatda uzoq vaqt siyosiy tarqoqlik hukm surgan, natural xo’jalik ustun bo’lgan, to’xtovsiz davom etgan o’zaro ichki urushlar hamda tashqi hujumlar oqibatida mamlakat iqtisodiyoti izdan chiqqan sharoitda ijtimoiy hayotning bundan boshqacha bo’lishi mumkin emas edi.

Xonlik aholisi.

19-asrning 20-yillari boshlaridagi ma’lumotlarga ko’ra, Xiva aholisining soni 800 ming kishini tashkil etgan. Bu raqam qat’iy bo’lmasdan, xonlik hududining kengaya borishi bilan xonlik fuqaroligini qabul qilganlarning soni ko’payib borgan.

Xonlik poytaxti Xiva shahri aholisining katta qismi o’zbeklardan, asosan, qo’ng’irot, nayman, qiyot, uyg’ur, nukuz, qang’li, xitoy, qipchoq kabi urug’lardan iborat bolgan. Undan keyingi o’rinlarni turkmanlar, qoraqalpoqlar va qozoqlar egallashgan.

Davlat tuzimi va boshqaruv tizimi.

Xonlik mutlaq monarxiya bo’lib, oily hukmdor-xon davlat boshlig edi. Ma’muriy jihatdan xonlik hududi 15 ta viloyatga (Pitnak, Hazorasp, Xonqa, Urganch, Qo’shko’pir, G’azovat, Qiyot, Shohabbos, Toshhovuz, Ambar-Manoq, Gurlan, Ko’hna Urganch, Xo’jayli, Chumanoy va Qo’ng’irot) va 2 ta noiblikka (Beshariq va Qiyot-Qo’ng’irot), shuningdek, xonning bevosita o’ziga bo’ysundirilgan tumanlarga bolingan edi.

Davlat boshlig’i-xon hokimiyati vakolati nasldan naslga o’tgan. Xondan keyingi o’rinda dastlabki asrlarda inoq turgan. 19-asrning birinchi yarmidan boshlab esa inoqning mavqeyi pasaya borgan. Muhammad Rahimxon I davrida nufuzli amaldorlardan iborat Devon tuziladi. Devon davlat hayotiga oid masalalami hal etgan. Devonda xondan keyingi o’rinda qo’shbegi turadigan bo’ldi. U xonning birinchi yordamchisiga aylandi. Xonning barcha yorliq va farmonlari uning qo’lidan o’tgan. Qo’shbegidan keyingi o’rinda mehtar turgan. U xonlikning moliya vaziri edi.

Yer egaligi.

Xonlikning asosiy boyligi yer hisoblanardi. Bu yerlar sug’oriladigan (axya) va sug’orilmaydigan (adra) yerlardan iborat edi. Egalik shakliga ko’ra, Xiva xonligining yerlari ham uchga bolingan.

1. Davlat yerlari (podshohi). 2. Xususiy mulk (xususiy yerlar).

3. Vaqf yerlari.

Xon va uning qarindoshlari, oliy martabali boshqa turli amaldorlar, ruhoniylar, savdo-sotiq tabaqalari barcha yerlarning deyarli yarmiga egalik qilishgan. Amaldorlarning yerlari 2-3 ming tanobni tashkil etgan. Xon va uning qarindoshlari undan ham katta hajmdagi yer maydonlariga egalik qilishgan. Qolgan yerlar davlat ixtiyoriga olingan (vaqf yerlaridan tashqari). Davlat yerlarida va xususiy mulk yerlarida ijarachi dehqonlar mehnat qilganlar. Ijara yerlarining hajmi 10 tanobgacha bo’lgan.

Shaharlarning iqtisodiy taraqqiyotdan orqada qolishi, yirik sanoatning mutlaqo yo’qligi oqibatida G’arbiy Yevropa davlatlarida yersiz dehqonlar shaharga ish izlab borishdek imkoniyatga ega bo’lmagan. Oqibatda, ular qishloqda qolishga majbur bolganlar.

Soliq va majburiyatlar.

Xiva xonligida soliq va majburiyatlar haddan tashqarj ko’p bo’lgan soliq salg’ut, ya’ni yer solig’i edi. Bundan tashqari, alg’ut (bir yo’la to’lanadigan soliq), miltiq puli (qurol sotib olish uchun aholidan yig’iladigan jarima), arava oluv (aholi aravalarini davlat ishlariga safarbar etish), uloq tutuv (aholining ot va tuyalarini safarbar etish), qo’nalg’a (elchilar va amaldorlarga ko’chib o’tish uchun joy berish), so’ysun (qo’nalg’a chog’ida amaldorlarni mehmon qilish uchun mol so’yish), chopar puli (soliq yig’ish xabarini yetkazuvchilar uchun haq to’lash), tarozuyona (tarozibonga to’lov haqi), mirobona (mirob uchun yig’im), darvozabon puli (yukni o’tkazganlik uchun shahar darvozasi qorovuliga to’lanadigan haq), mahalliy hukmdorga haq to’lash, qorovulga haq to’lash, pul solig’ini qabul qilayotganda xazinachiga haq to’lash, qo’riqbonga (o’rmon yoki yaylov nazoratchisiga) haq to’lash, mushrifona (hosilni tekshiruvchi va uning miqdorini aniqlovchi amaldorga haq to’lash), afanak puli (begar majburiyatini o’tash haqida xabar berganlik uchun to’lanadigan haq), chibik puli (ommaviy ishlardan ozod etilgani uchun to’lanadigan haq), ruhoniylarga to’lanadigan haq.

Ko’rinib turibdiki, mehnatkash xalq 18 xil soliq va boshqa to’lovlar to’lagan. Hunarmandlar, tashqi savdo bilan shug’ullanuvchi savdogarlar, chorvadorlar zakot to’lashgan.

Bundan tashqari, mehnatkash xalq tinkasini qurituvchi quyidagi bir qancha majburiyatlami ham o’taganlar:

1. Begar-rasman 12 kunlik davlat majburiyati; unga ko’ra, qishloqning har bir xonadonidan bir kishidan odamlarni to’plashardi. Ular har yili turli qurilish ishlarida, kanal qazishda, yo’llarni tuzatishda, xon saroylari qurilishida ishlar edilar. Beganing muddati 12 kun deb belgilangan bo’lsa-da, aslida u bir oy, undan ko’proqqa ham cho’zilar edi.

2. Qazu-butun qishloq aholisini katta va kichik kanallami tozalashga safarbar etish majburiyati.

3. Ichki va obxo’ra qazu-har yili kanallarning suv taqsimlagichini tozalash majburiyati.

4. Hachi-himoya dambalari qurish va ularni mustahkamlashda qatnasliish majburiyati.

5. Otlanuv-xon ovida qatnasliish uchun lashkarlikka kelish.

Darsni mustahkamlash uchun savollar:

1.       Xiva xonligida ma’muriy-hududiy tuzilmalarni kimlar boshqargan?

2.       Xiva xonligida davlat yerlari qanday nomlangan?

3.       Xiva xonligida salg’ut solig’i qaysi mulkdordan undirilgan?

4.       Begar majburiyatini o’tash haqida xabar berganlik uchun to’lanadigan haq Xiva xonligida qanday atalgan?

Darsni yakunlash:

 a)O’quvchilarni ma’naviy rag’batlantirish: Baholash.

 b)Uyga vazifa: Mavzuni o’qib o’rganib keliash.

Sana:   ______________

Fan:  O`zbekiston tarixi

Sinfi: 8  ___  ____  ____

Mavzu: Xiva xonligi shaharlar hayoti

Soatlar soni: 1 soat

Mavzuning qisqacha ta`rifi:

O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:

Dars turi: Yangi bilim beruvchi

Metod: suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi, “Jadval texnologiyasi” , “Tadqiqotlar yoki loyixa texnologiyasi”,“Rasmlarda aks etgan tarix”

Shakl: jamoa, guruhda ishlash

Jihoz: I.A.Karimov “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”asari darslik,siyosiy xarita,tarqatma,rasmli ko`rgazma,slayd,kompyuter.

Nazorat: o`quvchilarning darsda faolligi kuzatilib, hisobga olib boriladi.

Baholash: O`quvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanib, dars oxirida e`lon qilinadi.

Darsning maqsadi

Maqsadlar:

Ta`limiy maqsad:-o`quvchilarga Xiva xonligi shaharlar hayoti haqida ma`lumot berish;

Tarbiyaviy maqsad: - o`quvchilargavatanimiz va o`zbek xalqining o`rta asrlarda boshidan kechirgan g`oyat murakkab va mashaqqatli hayoti haqida tushuncha berish va bundan saboq olishni o`rgatish;

Rivojlantiruvchi maqsad: -o`quvchilarni dunyoqarashini, nutqini,fikrlash qobilyatini, shakllantirish. 

Tayanch kompetentsiyalar:

Kommunikativlik

o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, mavzu:dan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish;

Milliy va umummadaniy

umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlarini (urf odatlar, marosimlar, milliy madaniy an’analar va.h.k.) hurmat qilish;

o‘zgalarga nisbatan mehrmuruvvat, saxiylik, diniy e’tiqodi, milliy hususiyatlari, an’ana va marosimlarini hurmat qilish; jamiyatda o‘rnatilgan odobaxloq qidalariga rioya qilish

O‘z-o‘zini rivojlantirish

shaxs sifatida doimiy ravishda o‘zo‘zini rivojlantirish, ma’naviy va intellektual kamolotga intilish;

o‘z hatti-harakatini adekvat baholash, o‘zini nazorat qila bilish, halollik, to‘g‘rilik kabi sifatlarga ega bo‘lish.

Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish

tarixda yil xisobini o‘qiy olish, tarixiy darvlarga oid chizmalarni o‘qiy olish, rim raqamida yozilgan raqamlarni o‘qiy oladi.

miloddan avvalgi, era, milodiy yillar o‘rtasidagi farqalarni matematik amallar bilan yecha oladi.

Fanga oid kompetensiyalar:

·         Tarixiy voqeilikni tushunishvauni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi.

tarixiy davrlar va -yillarni ajrata oladi, tarixiy hisobini tushuntira oladi;

         mazkur davrni o‘rganish orqali o‘quvchilar tarix fanining o‘rganilayot- gan davriga oid tarixiy atamalar mazmunini biladi;

Tarixiy shaxslar haqida ma’lumot bera oladi,tarixiy sanalarda ro‘y bergan voqealar haqida ma’lumot bera oladi

·         Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi.

Tarixiy illustrasiyalar asosida kichik hikoyalar tuza oladi, tarixiy joylarni xaritadan ko‘rsata oladi

Darsning blok sxemasi:

Darsning qismlari

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa

I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.

II.O`tilgan mavzuni takrorlash:

1.        Xiva xonligida ma’muriy-hududiy tuzilmalarni kimlar boshqargan?

2.       Xiva xonligida davlat yerlari qanday nomlangan?

3.       Xiva xonligida salg’ut solig’i qaysi mulkdordan undirilgan?

4.       Begar majburiyatini o’tash haqida xabar berganlik uchun to’lanadigan haq Xiva xonligida qanday atalgan?

III. Yangi mavzu bayoni

18-asr oxiriga kelib shaharlar hayotida uzoq davom etgan tushkunlik holatibarham topdi.

Biroq bu o’sishni Yevropa davlatlari iqtisodiyoti taraqqiyoti bilan aslo tenglashtirib bo’lmas edi. Bu davr-G’arbiy Yevropa davlatlari hayotida tub sifat o’zgarishlar davom etayotgan davr edi. Chunonchi, Buyuk Britaniyada boshlangan sanoat to’ntarishi boshqa ilg’or davlatlarga ham yoyilgan, 19-asr o’rtalariga kelganda esa u nihoyasiga yetayotgan edi. Binobarin, Yevropa davlatlarida kapitalistik munosabatlar gurkirab rivojlanayotgan edi.

Markaziy Osiyo xonliklarida, jumladan, Xiva xonligi jamiyati hayotida hamon o’rta asr yer egaligi munosabatlari hukmron edi.

Memorchilik.

18-asr oxirida Muhammad Amin hukmronligi davridan boshlab birmuncha siyosiy barqarorlik o’rnatildi. Bu omil Xiva shahrining holatiga ijobiy ta’sir ko’rsatdi. Chunonchi, 1782-yilga kelib Xiva shahrida qayta tiklash ishlari tugallandi.Qayta tiklash ishlaridan tashqari yangi me’moriy obidalar ham qurildi. Masalan, 1765-yilda Sherg’ozixon va Muhammad Amin madrasalari bunyod etildi. 19-asr boshlarida Xiva xonligi poytaxti yirik qurilish maydoniga aylandi. Xon farmoyishi bilan karvonsaroy, usti yopiq bozor hamda 1834-yilda Olloqulixon madrasasi qurilishi tugallandi.  1842-yilda Muhammad Yoqub mehtar rahbarligida Xiva atrofida 6 km uzunlikdagi mustahkam shahar-qal’a devori va darvozasi qurib tugallandi. Natijada, xonning shahar tashqarisidagi 2 saroyi ham shahar ichiga kirdi. O’sha paytdan boshlab shahaning bu qismi Dishan qal’a-Tashqi shahar (qal’a) deb nomlana boshlangan. Xivaning kichik halqali qal’a-devori bilan o’ralgan qismi Ichan qal’a-Ichki shahar (qal’a) deb atalgan.  Xivada 19-asr birinchi yarmiga kelganda jami 2 xon saroyi, 17 masjid, 22 madrasa mavjud bo’lgan. Ichan qal’a bobolarimizdan qolgan Markaziy Osiyodagi yirik va noyob me’moriy yodgorlikdir. Uning gumbaz shahri “ nomi bilan mashhur. Ichan qal’a Xiva shahrining ichki qal’a (Shahriston) qismidir.

Ichan qal’a. Ichan qal’a Dishan qal’adan devor bilan ajralib turadi. Unga Bog’cha, Polvon, Tosh va Ota deb nomlangan to’rtta darvoza orqali kirilgan.

Xorazm o’lkasi me’morchiligining ajoyib obidalari-madrasa, masjid, saroy va minoralar Ichan qal’ada joylashgan.  Mazkur asrlar davomida Ota darvozadan Polvon darvozagacha katta yo’l o’tkazildi. 18-asr oxirida Juma masjid qayta qurildi va uning yonida baland minora ham qad ko’tardi.

1840-1842-yillarda ikki qavatli Qutlug’ Murod Inoq madrasasiga qaratib tim va toqilar qurildi.

Muhammad Aminxon esa Ichan qal’aning g’arbiy qismidagi Ko’hna ark yoniga Katta Minor nomi bilan mashhur bo’lgan minorani qurdirdi. Ichan qal’ani bunyod etishda Xiva me’morlari Markaziy Osiyoda qadimdan davom etib kelayotgan an’ana-inshootlami ro’parama-ro’para qurish usulidan foydalanishgan. Bu usul „qo’sh“ deb ataladi.

Dishan qal’a

Dishan qal’a-Tashqi qal’a Xiva shahrining rabot qismi hisoblanadi. 1842-yilda Xiva xoni Olloqulixon Xiva shahrini tashqi dushmanlar hujumidan saqlash maqsadida shaharni uzunligi 6250 metr, balandligi 7-8 metr, devorining qalinligi esa 5-6 metr bo’lgan devor bilan o’ratgan.

Ichan qal’ada 4 darvoza bo’lsa, Dishan qal’a 10 darvozali bo’lgan. Dishan qal’aning ko’chalari Ichan qal’aning ko’chalari davomi tarzida qurilgan. Shahaning tim va savdo rastalari Dishan qal’ ada joylashtirilgan.

Hunarmandchilik.

18-asr ikkinchi va 19-asr birinchi yarmida ham avvalgi asrlarda mavjud

bo’lgan hunarmandchilikning har xil turlari yanada rivojlandi.

Me’morchilikning yuksalishi kulolchilikda ham o’z ifodasini topdi. Kulollar faqat alohida-alohida buyumlar tayyorlabgina qolmasdan, bir necha yuzlab lagan, tovoq va kosalardan iborat butun bir to’y marosimini o’tkazishga yetadigan to’y majmualarini ham tayyorlaganlar. Alohida tantanalar uchun maxsus to’y va podshoyi tovoqlar ham tayyorlangan.

19-asrning 30-40-yillariga oid manbalarda Xivada zargarlik yetakchi hunarlar qatorida tilga olingan. Xivaning bosh taqinchogl-jig’ a Markaziy Osiyoning boshqa mintaqalariga ham keng tarqalgan. Isirg’alar feruza va maijonlar, bilaguzuklar esa toshlar bilan bezatilgan. Bilaguzuklarning og’irligi 300 g gacha bolgan.

Xiva shahrida hunarmandchilikning yog’och o’ymakorligi, badiiy to’qimachilik, gilamchilik, kashtachilik, naqqoslilik kabi o’nlab turlari ham mavjud bo’lgan.

19-asrda Xiva yog’och o’ymakorligi maktabi xonlikda oldingi o’rinda turardi. U o’z badiiy yuksakligi bilan ajralib turardi. Bu o’rinda Olloqulixon saroyidagi Toshhovli ayvon ustunlari majmuyi o’zining ko’rkamligi bilan ajralib turadi.

19-asr o’rtalarida o’ymakori esliik va ustunlar ustasi Polvon Abdusattor o’g’lining nomi ayniqsa shulirat qozondi.

Xiva shahri, ayni paytda, 20-asr boshlarigacha xonlikda yagona shoyi to’qish markazi bo’lib qoldi.

Hozirgi davrda ham gilam ustida ishlayotgan rassomlar 19-asrning birinchi yarmida yuksak darajada bo’lgan Xorazm amaliy bezagi va san’ati an’analariga tayanadilar.

19-asrda Xivada matoga gul bosish san’ati o’zining kulrang uyg’unligi va may da gullari bilan Markaziy Osiyoning boshqa gul bosish markazlaridan farq qilib turadi. Ichan qal’a ansambli me’moriy yodgorlik sifatida davlat muhofazasiga olingan muzeyga aylantirilgan.

1990-yilda esa Ichan qal’a Butunjahon yodgorliklari ro’yxatiga kiritilgan. 1997-yilda Xiva shahrining 2500 yilligi munosabati bilan katta ta’mirlash ishlari olib borildi.

Darsni mustahkamlash uchun savollar:

1.       Ichan qal’aning nechta darvozasi bor?

2.       Nechanchi yilda Ichan qal’a Butunjahon yodgorliklari ro’yxatiga kiritildi?

3.       1842-yilda qurilgan Xiva atrofini o`rab turuvchi mustahkam qal’a devorining uzunligi qanhca bo`lgan va kimning davrida qurilgan?

Darsni yakunlash:

 a)O’quvchilarni ma’naviy rag’batlantirish: Baholash.

 b)Uyga vazifa: Mavzuni o’qib o’rganib keliash.

Sana:   ______________

Fan:  O`zbekiston tarixi

Sinfi: 8  ___  ____  ____.

Mavzu: Xiva xonligi tarixini  o`rganish manbalar

Soatlar soni: 1 soat

Mavzuning qisqacha ta`rifi:

O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:

Dars turi: Yangi bilim beruvchi

Metod: suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi, “Jadval texnologiyasi” , “Tadqiqotlar yoki loyixa texnologiyasi”,“Rasmlarda aks etgan tarix”

Shakl: jamoa, guruhda ishlash

Jihoz: I.A.Karimov “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”asari darslik,siyosiy xarita,tarqatma,rasmli ko`rgazma,slayd,kompyuter.

Nazorat: o`quvchilarning darsda faolligi kuzatilib, hisobga olib boriladi.

Baholash: O`quvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanib, dars oxirida e`lon qilinadi.

Darsning maqsadi

Maqsadlar:

Ta`limiy maqsad:-o`quvchilarga Xiva xonligi tarixini  o`rganish manbalar haqida ma`lumot berish;

Tarbiyaviy maqsad: - o`quvchilargavatanimiz va o`zbek xalqining o`rta asrlarda boshidan kechirgan g`oyat murakkab va mashaqqatli hayoti haqida tushuncha berish va bundan saboq olishni o`rgatish;

Rivojlantiruvchi maqsad: -o`quvchilarni dunyoqarashini, nutqini,fikrlash qobilyatini, shakllantirish. 

Tayanch kompetentsiyalar:

Kommunikativlik

o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, mavzu:dan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish;

Milliy va umummadaniy

umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlarini (urf odatlar, marosimlar, milliy madaniy an’analar va.h.k.) hurmat qilish;

o‘zgalarga nisbatan mehrmuruvvat, saxiylik, diniy e’tiqodi, milliy hususiyatlari, an’ana va marosimlarini hurmat qilish; jamiyatda o‘rnatilgan odobaxloq qidalariga rioya qilish

O‘z-o‘zini rivojlantirish

shaxs sifatida doimiy ravishda o‘zo‘zini rivojlantirish, ma’naviy va intellektual kamolotga intilish;

o‘z hatti-harakatini adekvat baholash, o‘zini nazorat qila bilish, halollik, to‘g‘rilik kabi sifatlarga ega bo‘lish.

Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish

tarixda yil xisobini o‘qiy olish, tarixiy darvlarga oid chizmalarni o‘qiy olish, rim raqamida yozilgan raqamlarni o‘qiy oladi.

miloddan avvalgi, era, milodiy yillar o‘rtasidagi farqalarni matematik amallar bilan yecha oladi.

Fanga oid kompetensiyalar:

·         Tarixiy voqeilikni tushunishvauni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi.

tarixiy davrlar va -yillarni ajrata oladi, tarixiy hisobini tushuntira oladi;

         mazkur davrni o‘rganish orqali o‘quvchilar tarix fanining o‘rganilayot- gan davriga oid tarixiy atamalar mazmunini biladi;

Tarixiy shaxslar haqida ma’lumot bera oladi,tarixiy sanalarda ro‘y bergan voqealar haqida ma’lumot bera oladi

·         Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi.

Tarixiy illustrasiyalar asosida kichik hikoyalar tuza oladi, tarixiy joylarni xaritadan ko‘rsata oladi

Darsning blok sxemasi:

Darsning qismlari

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa

I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.

II.O`tilgan mavzuni takrorlash:

1.        Ichan qal’aning nechta darvozasi bor?

2.       Nechanchi yilda Ichan qal’a Butunjahon yodgorliklari ro’yxatiga kiritildi?

3.       1842-yilda qurilgan Xiva atrofini o`rab turuvchi mustahkam qal’a devorining uzunligi qanhca bo`lgan va kimning davrida qurilgan?

III. Yangi mavzu bayoni

Mana siz Xiva xonligining 16-19-asr birinchi yarmi tarixi bilan tanishib bo’ldingiz. Xo’sh, siz bilib olgan tarixiy ma’lumotlar qayerlardan olingan?

Ular birinchi navbatda, tarixiy hujjatlami o’ganish natijasida to’plangan. Arxiv hujjatlari bugungi avlodni o’tmish tarixi bilan tanishtirishda beqiyos ahamiyatga ega. Olimlar u manbalami o’rganadilar, sharhlaydilar va shu orqali o’tmish tarixini tiklaydilar. Xiva xonlari arxivi hujjatlari Rossiya xonlikni bosib olgach, 1873-yilda Peterburgga olib ketilgan. Keyinchalik ular olimlar tomonidan topilib o’rganilgan va sharhlangan. Arxiv hujjatlari Xiva xonligining davlat tuzumi, soliq va majburiyatlar, pul muomalasi, davlatning ma’muriy-hududiy bo’linishi, aholining xo’jalik mashg’uloti, savdo-sotiq ishlari kabi masalalar haqida qimmatli ma’lumotlar beradi.

Mahalliy tarixchilarning Xiva xonligi tarixi to’g’risida asarlari.

 17-asrda yashagan Hasanbek Rumluning “Eng go’zal tarix” asari 16-asrning birinchi yarmidagi Xiva tarixiga bag’ishlangan.  Xiva xoni, tarixchi olim Abulg’oziy Bahodirxonning (1603-1664) „Shajarayi turk“ asari ayniqsa katta ahamiyatga ega asardir. Asarda juda katta tarixiy faktlar UVplangan. Asar turkiy qabilalar shajarasi haqida qimmatli ma’lumotlar beradi. U kitobxonni Xiva va xivaliklar, shuningdek, Abulg’oziyning ham o’zaro urushlar oqibatida parchalanib ketgan davlatni birlashtirish yoMida olib borgan shiddatli kurashi bilan ham tanishtiradi. Asarning 1512-1663-yillardagi Xiva ijtimoiy-siyosiy tarixiga, Xiva-Buxoro munosabatlariga bag’ishlangan IX bobi tarix fani uchun katta ahamiyatga ega. Mahalliy mualliflar orasida Munis va Ogahiylarning tarixiy asarlari ham tarix uchun muhim manba hisoblanadi. Munisning „Firdavs ul-iqbol“ deb ataluvchi tarixiy asari Eltuzarxonning 1806-yilda bergan topshirig’i bilan yozilgan. Asar Xivaning 16-asrdan 1812-yilgacha bo’lgan tarixini qamrab olgan.  Munis vafot etgach, xonlik tarixini yozish ishini Ogahiy davom ettirgan. U bitgan tarixiy asar „Shohidi iqbol“ deb atalib, o’zida 1872-yilgacha bo’lgan tarixni aks ettiradi.  Xudoyberdi Avaz Muhammadning 1831-1832-yillarda yozil-gan „Dili g’aroyib“ asari ham Xiva xonligi, uning shaharlari haqida muhim ma’lumotlar beradi.Xiva xonligining 1872-1911-yillardagi tarixini Xiva xoni Asfandiyorxonning topshirig’i bilan 1912-yilda Yusufbek Bayoniy yaratgan.

Xiva tarixi bo’yicha rossiyalik mualliflarning asarlari

1725-yilda Xivaga Rossiya elchisi bo’lib kelgan Florio Benevini esdaliklarida ilmiy jihatdan muhim ma’lumotlar yozib qoldirilgan.

1793-1794-yillarda Orenburgdan Xivaga oftalmolog (ko’z kasalliklari shifokori) Blankennagel taklif etilgan. U xonning ko’zi ojiz bo’lib qolgan amakisini davolagan. U yozib qoldirgan esdalik ma’lumotlar juda qimmatli edi.

Rossiya elchisi sifatida Xiva xonligiga 1819-yilda kelgan N. I. Muravyov ham yozib qoldirgan esdaliklar eng qimmatli manbalar qatorida turadi. „Esdaliklar“ Xiva to’g’risida, qadimiy obidalar, davlat boshqaruvi tizimi, hunarmandchilik va savdo-sotiq to’g’risida batafsil ma’lumotlardan iborat. Shuning uchun ham bu kitob fransuz va nemis tillariga ham taijima qilingan edi. Muallif asarida o’zbek xalqiga xos xususiyatlar haqida to’xtalib, o’zbeklarni „aql-idrokli, suhbati yoqimli va o’tkir, qat’iyatli, matonatli, urfodati oddiy, yolg’on va aldovdan nafratlanuvchi, harbiy ishda hormay-tolmaydigan mard va jasur kishilar“, deb ta’riflagan ham edi. N. I. Muravyov o’z fikrini davom ettirib, yana quyidagilami qayd etgan: „Xiva shahri keng maydondabog’-rog’ bilan o’ralgan. Atrofi esa devor bilan o’ralgan hamda Amudaryodan suv quvuri o’tkazilgan. Xiva aholisi o’zining mashaqqatli mehnati bilan cho’l-u biyobonni hosildor o’lkaga aylantirgan. Atrof hammasi ekinzor maydon. Bug’doyzor, sholipoya, uzumzor va shirinshakar bog’. Chorvachilik ham rivojlangan“.

1842-yilda Xiva va Rossiya o’rtasida „Majburiyatlar akti“ shartnomasining imzolanishiga erishgan elchi G. Danilevskiy o’zi bilan Xivaga kelgan tabiatshunos olim R. Baziner bilan birgalikda „Xiva va xonlikning boshqa shaharlari hamda qishloqlari, savdosotig’i va sanoati“ nomli asar yozib qoldirganlar.  1858-yilda Xiva va Buxoroga yuborilgan diplomatik missiya rahbari N. Ignatyev yozib qoldirgan esdaliklar ham Xiva tarixi bo’yicha muhim manba hisoblanadi.  Taniqli sharqshunos olim N. Vasilevskiyning,,O’zbeklar Xorazmda“, „Inoqlar hukmdorligi“ va „Qo’ng’irot sulolasi“ asarlari Xiva xonligining 16-asr va undan keyingi asrlar tarixiga bag’ishlangan.  Bundan tashqari, Xiva bilan Rossiyaning 18-19-asrlardagi o’zaro aloqalari yana bir sharqshunos olim S. Jukovskiyning „Rossiyaning keyingi 300 yilda Buxoro va Xiva bilan aloqasi“ asarida o’z ifodasini topgan.

Yevropa sayyohlari va olimlarning yozib qoldirgan.

 Yevropa mamlakatlari sayyolilari va olimlari yozib qoldirgan asarlar ichida ingliz manbalar savdo va diplomatiya vakili A. Jenkinsonning esdaliklari Xiva xonligining 16-asr tarixi haqida muhim ma’lumot beradi. Bu ma’lumot, „Jenkin-sonning Xiva va Buxoroga sayohati“ deb nomlangan.

Yevropa sayyolilari ichida taniqli venger sharqshunos olimi X. Vamberi yozib qoldirgan,,O’rta Osiyo bo’ylab sayohat“ deb ataluvchi asar Xiva tarixi bo’yicha ham eng qimmatli manbalardan hisoblanadi. Uning esdaliklari o’zbek tilida ham chop etilgan.

O’zbekiston olimlarining Xiva Xonligi tarixiga oid asarlar

O’zbekiston olimlari. o’rganish ishiga katta hissa qo’shganlar. Ular orasida akademik I. Mo’rninov boshchiligida yaratilgan „Xorazmning qadimgi davrdan hozirgi kungacha bo’lgan tarixi“ (1976-yil) alohida qimmatga ega.

Xorazmning eng qadimgi davrlaridan to hozirgi kungacha, shu jumladan, 16-19-asrlar birinchi yarmi tarixi haqida Xiva shahrining 2500 yillik yubileyi munosabati bilan chop etilgan „Xiva-ming gumbaz shahri“ kitobi ham tarixiy faktlarga juda boy asardir (1997-yil).

Darsni mustahkamlash uchun savollar:

1.       ”Shohidi iqbol” asari nechanchi yillar tarixini o’z ichiga oladi?

2.       ”Xiva – ming gumbaz shahri” asari qachon nashrdan chiqdi?

3.       Rossiyaga olib ketilgan Xiva xonligi arxivi nechanchi yilda Toshkent shahriga qaytarib olib kelindi?

4.       Venger sharqshunos olimi A.Vemberi asari qaysi javobda to’g’ri ko’satilgan?

5.       Taniqli sharqshunos olim N.Vasilevskiy qalamiga mansub asarlarni aniqlang?

Darsni yakunlash:

 a)O’quvchilarni ma’naviy rag’batlantirish: Baholash.

 b)Uyga vazifa: Mavzuni o’qib o’rganib keliash.

Sana:   ______________

Fan:  O`zbekiston tarixi

Sinfi: 8  ___  ____  ____

Mavzu: takrorlash

Soatlar soni: 1 soat

Mavzuning qisqacha ta`rifi:

O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:

Dars turi: Yangi bilim beruvchi

Metod: suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi, “Jadval texnologiyasi” , “Tadqiqotlar yoki loyixa texnologiyasi”,“Rasmlarda aks etgan tarix”

Shakl: jamoa, guruhda ishlash

Jihoz: I.A.Karimov “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”asari darslik,siyosiy xarita,tarqatma,rasmli ko`rgazma,slayd,kompyuter.

Nazorat: o`quvchilarning darsda faolligi kuzatilib, hisobga olib boriladi.

Baholash: O`quvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanib, dars oxirida e`lon qilinadi.

Darsning maqsadi

Maqsadlar:

Ta`limiy maqsad:-o`quvchilarga haqida ma`lumot berish;

Tarbiyaviy maqsad: - o`quvchilargavatanimiz va o`zbek xalqining o`rta asrlarda boshidan kechirgan g`oyat murakkab va mashaqqatli hayoti haqida tushuncha berish va bundan saboq olishni o`rgatish;

Rivojlantiruvchi maqsad: -o`quvchilarni dunyoqarashini, nutqini,fikrlash qobilyatini, shakllantirish. 

Tayanch kompetentsiyalar:

Kommunikativlik

o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, mavzu:dan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish;

Milliy va umummadaniy

umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlarini (urf odatlar, marosimlar, milliy madaniy an’analar va.h.k.) hurmat qilish;

o‘zgalarga nisbatan mehrmuruvvat, saxiylik, diniy e’tiqodi, milliy hususiyatlari, an’ana va marosimlarini hurmat qilish; jamiyatda o‘rnatilgan odobaxloq qidalariga rioya qilish

O‘z-o‘zini rivojlantirish

shaxs sifatida doimiy ravishda o‘zo‘zini rivojlantirish, ma’naviy va intellektual kamolotga intilish;

o‘z hatti-harakatini adekvat baholash, o‘zini nazorat qila bilish, halollik, to‘g‘rilik kabi sifatlarga ega bo‘lish.

Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish

tarixda yil xisobini o‘qiy olish, tarixiy darvlarga oid chizmalarni o‘qiy olish, rim raqamida yozilgan raqamlarni o‘qiy oladi.

miloddan avvalgi, era, milodiy yillar o‘rtasidagi farqalarni matematik amallar bilan yecha oladi.

Fanga oid kompetensiyalar:

·         Tarixiy voqeilikni tushunishvauni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi.

tarixiy davrlar va -yillarni ajrata oladi, tarixiy hisobini tushuntira oladi;

         mazkur davrni o‘rganish orqali o‘quvchilar tarix fanining o‘rganilayot- gan davriga oid tarixiy atamalar mazmunini biladi;

Tarixiy shaxslar haqida ma’lumot bera oladi,tarixiy sanalarda ro‘y bergan voqealar haqida ma’lumot bera oladi

·         Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi.

Tarixiy illustrasiyalar asosida kichik hikoyalar tuza oladi, tarixiy joylarni xaritadan ko‘rsata oladi

Darsning blok sxemasi:

Darsning qismlari

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa

I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.

II.O`tilgan mavzuni takrorlash:

4.        Ichan qal’aning nechta darvozasi bor?

5.       Nechanchi yilda Ichan qal’a Butunjahon yodgorliklari ro’yxatiga kiritildi?

6.       1842-yilda qurilgan Xiva atrofini o`rab turuvchi mustahkam qal’a devorining uzunligi qanhca bo`lgan va kimning davrida qurilgan?

Mavzu: Qoraqalpoq xalqining tashkil topishi  va siyosiy hayoti

Soatlar soni: 1 soat

Mavzuning qisqacha ta`rifi:

O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:

Dars turi: Yangi bilim beruvchi

Metod: suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi, “Jadval texnologiyasi” , “Tadqiqotlar yoki loyixa texnologiyasi”,“Rasmlarda aks etgan tarix”

Shakl: jamoa, guruhda ishlash

Jihoz: I.A.Karimov “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”asari darslik,siyosiy xarita,tarqatma,rasmli ko`rgazma,slayd,kompyuter.

Nazorat: o`quvchilarning darsda faolligi kuzatilib, hisobga olib boriladi.

Baholash: O`quvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanib, dars oxirida e`lon qilinadi.

Darsning maqsadi

Maqsadlar:

Ta`limiy maqsad:-o`quvchilarga qoraqalpoq xalqining tashkil topishi  va siyosiy hayoti haqida ma`lumot berish;

Tarbiyaviy maqsad: - o`quvchilargavatanimiz va o`zbek xalqining o`rta asrlarda boshidan kechirgan g`oyat murakkab va mashaqqatli hayoti haqida tushuncha berish va bundan saboq olishni o`rgatish;

Rivojlantiruvchi maqsad: -o`quvchilarni dunyoqarashini, nutqini,fikrlash qobilyatini, shakllantirish

Tayanch kompetentsiyalar:

Kommunikativlik

o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, mavzu:dan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish;

Milliy va umummadaniy

umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlarini (urf odatlar, marosimlar, milliy madaniy an’analar va.h.k.) hurmat qilish;

o‘zgalarga nisbatan mehrmuruvvat, saxiylik, diniy e’tiqodi, milliy hususiyatlari, an’ana va marosimlarini hurmat qilish; jamiyatda o‘rnatilgan odobaxloq qidalariga rioya qilish

O‘z-o‘zini rivojlantirish

shaxs sifatida doimiy ravishda o‘zo‘zini rivojlantirish, ma’naviy va intellektual kamolotga intilish;

o‘z hatti-harakatini adekvat baholash, o‘zini nazorat qila bilish, halollik, to‘g‘rilik kabi sifatlarga ega bo‘lish.

Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish

tarixda yil xisobini o‘qiy olish, tarixiy darvlarga oid chizmalarni o‘qiy olish, rim raqamida yozilgan raqamlarni o‘qiy oladi.

miloddan avvalgi, era, milodiy yillar o‘rtasidagi farqalarni matematik amallar bilan yecha oladi.

Fanga oid kompetensiyalar:

·         Tarixiy voqeilikni tushunishvauni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi.

tarixiy davrlar va -yillarni ajrata oladi, tarixiy hisobini tushuntira oladi;

         mazkur davrni o‘rganish orqali o‘quvchilar tarix fanining o‘rganilayot- gan davriga oid tarixiy atamalar mazmunini biladi;

Tarixiy shaxslar haqida ma’lumot bera oladi,tarixiy sanalarda ro‘y bergan voqealar haqida ma’lumot bera oladi

·         Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi.

Tarixiy illustrasiyalar asosida kichik hikoyalar tuza oladi, tarixiy joylarni xaritadan ko‘rsata oladi

Darsning blok sxemasi:

Darsning qismlari

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa

I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.

II.O`tilgan mavzuni takrorlash:

1.       ”Shohidi iqbol” asari nechanchi yillar tarixini o’z ichiga oladi?

2.       ”Xiva – ming gumbaz shahri” asari qachon nashrdan chiqdi?

3.       Rossiyaga olib ketilgan Xiva xonligi arxivi nechanchi yilda Toshkent shahriga qaytarib olib kelindi?

4.       Venger sharqshunos olimi A.Vemberi asari qaysi javobda to’g’ri ko’satilgan?

5.       Taniqli sharqshunos olim N.Vasilevskiy qalamiga mansub asarlarni aniqlang?

III. Yangi mavzu bayoni

Qoraqalpoqlarning xalq sifatida shakllanishi tarixidan.

Tarixiy manbalarda hozirgi Qoraqalpog’iston hududida odamlar neolit davridayoq yashaganligi qayd etiladi. Qadimgi tarixiy yodgoriiklardan bo’lmish Doro 1 (mil. av. 522-486-yillarda podsholik qilgan) qabri ustidagi toshlarga mil. av. 5-asrda mixxat bilan o’yib yozilgan bitiklarda Orolbo’yi va Sirdaryoning quyi oqimida yashagan aholi „Saka tigraxauda“ (cho’qqi qalpoqli saklar) deb atalgan.  Milodiy II-8-asrlarda Orolbo’yi dashtlariga bir qator turkiy qabilalar kirib kelib joylashganlar. Mahalliy aholining kirib kelgan qabilalar bilan qo’shilishi natijasida Orolbo’yida bijanaklar va o’g’uzlar shakllangan. Bijanaklar negizida VIII-10-asrlarda qoraqalpoqlarning xalq sifatida shakllanish jarayoni boshlangan.

10-asr boshlarida bijanaklarning bir qismi Volga ortiga, Janubiy Rus dashtlariga ko’chib o’tishga majbur bo’lganlar. Bunga o’g’uzlar va qipchoqlarning siquvi, tazyiqi sabab bolgan.  12-asr rus yilnomalarida „черныеклобуки“, mo’g’illar tarixida „qora malaqayli“, sharq manbalarida esa „qora bo’rkli“ deb atalgan qavm haqida ma’lumotlar bor. Bu nomlar qoraqalpoqlarga tegishlidir. „Qoraqalpoq“ so’zi qora qalpoqlilar so’zidan kelib chiqqan. Oltin O’rda zaiflashgach, uning tarkibidan qator mustaqil davlatlar ajralib chiqqan. Bu davlatlarning biri-14-asr oxirida tashkil topgan No’g’ay (Mang’it) xonligi edi. Uning chegarasi-Volga daryosidan Irtish daryosigacha, Kaspiy va Orol dengizi bo’ylaridan Kama daryosigacha bolgan hududlami o’z ichiga olgan. Binobarin, qoraqalpoqlar ko’chib borib joylashgan hududlarXV-16-asrlarda No’g’ay xonligi hududiga kirgan. No’g’ay va qoraqalpoq xalqlari o’zaro siyosiy hamkorlikda, birlashmada yashaganlar.  No’g’ay tili tarkibi, fonetikasi va grammatik qurilishi jihatidan qoraqalpoq tiliga juda yaqin. Shu tariqa 16-asrga kelib bir necha urug’lardan iborat qoraqalpoq xalqining shakllanish jarayoni nihoyasiga yetgan. Bu xalq olti qabila (xitoy, qipchoq, kenagas, mang’it, qo’ng’irot va mo’yten) negizida shakllangan.

Qoraqalpoq xonligining tashkil topishi

Qoraqalpoq davlatchiligi no’g’ay (mantag’it)lar yetakchisi Idigu (Edigey) boshchiligida 14-asr oxirlarida tashkil etilgan No’g’ay xonligidan (O’rdasidan) boshlanadi. 1419-yilda Idigu o’ldirilgach, taxt uchun kurash kuchayib, xonlik kuchsizlanadi. 16-asrning ikkinchi yarmida No’g’ay xonligi 3 qismga-Olti ul o’rdasi Kichik o’rda va Katta o’rdaga bo’linib ketgan.

17-asrning boshlarida no’g’aylar Volga va Yoyiq daryolari bo’ylariga bostirib kelgan jung’orlar (qalmoqlar) tomonidan tormor etiladi. No’g’aylar Qrimga ko’chib ketishga majbur bo’lganlar. Ularning Olti ul o’rdasi tarkibiga kiruvchi qoraqalpoqlar esa Orol va Sirdaryo bo’ylariga kelib o’rnashadilar. Qoraqalpoqlar ijtimoiy hayotida biylar va botirlar (harbiylar boshlig’i) muhim o’rin tutgan. Biylar qoraqalpoq umg’lariga boshchilik qilganlar, shuningdek, qo’shni xalqlar bilan munosabatlarda o’z urug’i yoki qabilasi nomidan vakil sifatida qatnashganlar. 16-17-asrlarda qoraqalpoqlar yo Buxoro xonligiga, yo qozoq xonlariga tobe bo’lgan.18-asr boshlariga kelib Sirdaryo bo’yida yashovchi qora-qalpoqlar birlashish jarayonida Sig’noq va Jonkent singari qadimiy qo’rg’on-shaharlar tayanch bo’lgan. Qoraqalpoqlarning birlashuvida Kuchukxon, Taburchak va G’oyib sultonlar muhim ro’l o’ynaganlar. Buning natijasida 1714-yilda Sirdaryobo’yi qoraqalpoqlari o’z yetakchilari Eshmuhammad (Eshimxon) boshchiligida davlatga-qoraqalpoq xonligiga birlashtirilgan. Bu davlat Sirdaryoning quyi oqimi, Volga bo’ylari jung’orlari, Boshqird ulusi va Kichik juz qozoq xonliklari bilan chegaradosh edi. 1723-yilda jung’orlar bostirib kelib, Sirdaryoning o’rta qismini egallagach, qoraqalpoqlar yana ko’chishga majbur bo’ladi. Ko’chish oqibatida qoraqalpoqlar ikkiga bo’linib ketdi, bir guruhi Sirdaryoning yuqori oqimi-Toshkent tomonga, ikkinchi guruhi Sirdaryoning quyi oqimiga borib joylashdi. Shu tariqa qoraqalpoqlar shartli ravishda „yuqori qoraqalpoqlar”, „quyi qoraqalpoqlar“ga bo’linib ketdi. Quyi qoraqalpoqlar Sirdaryo bilan Amudaryo o’rtasidagi bo’sh yotgan yerlarga ham o’rnashib, bu yerlarga Quvondaryodan suv chiqarib, dehqonchilik bilan shug’ullandilar.

Qoraqalpoq va Rossiya munosabatlari.

Qoraqalpoqlar Rossiya bilan munosabatlari o’rnatishga harakat qilgan. Bundayyaqinlashishga bir qator omillar sabab bo’lgan edi. Birinchidan, Rossiya bilan savdo-tijorat ishlarini yo’lga qo’yishdan manfaatdorlik, ikkinchidan, jung’orlarning tinimsiz hujumlaridan himoyalanish zarurati sabab bo’ldi. 1726-yilda qozoq xoni Abulxayrxon Peterburgga o’z elchilarini jo’natgan. Uning tarkibida qoraqalpoq vakillari ham bor edi. Bunga javoban, 1731-yilda Rossiya o’z elchisi M. Tevkelevni Abulxayrxon huzuriga jo’natadi. Muzokaralar natijasida ham Kichik juz, ham Quyi qoraqalpoqlar Rossiya fuqaroligiga qabul qilinadi. Ayni paytda, qoraqalpoqlarning Rossiyaga emas, Kichik juz xonligiga yasoq to’lashi tan olindi. Qoraqalpoqlarning Rossiya imperiyasi fuqaroligiga qabul qilinishi-ularni Eron hukmdori Nodirshoh hujumidan saqlab qoldi.

Qoraqalpoq va Xiva munosabatlari

Qoraqalpoqlarning asosiy qismi notinch og’ir yillarda Amu va Sirdaryo oralig’idagi bo’sh yotgan yerlarga, Yangidaryo va Quvondaryo bo’ylariga ko’chib kelib yashardilar. Bu yerlar Xiva xonligiga chegara hududlar edi. Bu yangi yerlar qoraqalpoq xalqining o’ta mashaqqatli mehnati evaziga o’zlashtirilgan. Tarixchi olimlar Yangidaryoda yaratilgan ajoyib sug’orish inshootlari tizimiga-bu qoraqalpoq xalqi qahramonona mehnatining ulug’vorligi xotirasidir, deb baho bergan. Asta-sekin qoraqalpoqlarning Orolbo’yi o’zbeklari (qo’ng’irotlar) bilan yaqinlashuvi yuz bera boshlagan.

Markaziy hokimiyat qoraqalpoqlami bo’ysundirmasdan turib orollik o’zbeklarni itoat ettira olmasligini yaxshi tushungan. Bungacha ham Xiva xonligi Orolbo’yi o’zbeklari bilan qo’shni yashayotgan qoraqalpoqlami bo’ysundirishga bir necha bor uringan edi. Chunonchi, 1715-yilda Sherg’ozixon shunday harakat qilgan edi. Biroq u o’z maqsadiga erisha olmagan. Faqatgina 1735-yilda Elbarsxon davrida Orolbo’yi o’zbeklari va qoraqalpoqlar Xiva xon-ligi hokimiyatini tan olganlar.

Darsni mustahkamlash uchun savollar:

1.       Qoraqalpog’iston hududida odamlar qaysi davrdan beri yashab kelishayapti?

2.       No’g’ay davlatining hududi qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?

3.       Jung’orlar tomonidan tor-mor etilgan no’g’aylar qyerga qochib ketishadi?

4.       1723-yilda kimlar Sirdaryoning o`rta qismini egallagach qoraqalpoqlar yana ko`chishga majbur bo`lganlar?

5.       1723-yilda kimlar Sirdaryoning o`rta qismini egallagach qoraqalpoqlar yana ko`chishga majbur bo`lganlar?

Darsni yakunlash:

 a)O’quvchilarni ma’naviy rag’batlantirish: Baholash.

 b)Uyga vazifa: Mavzuni o’qib o’rganib keliash.

Sana:   ______________

Fan:  O`zbekiston tarixi

Sinfi: 8  ___  ____  ____

Mavzu: Qoraqalpoqlarning siyosiy-iqtisodiy turmushi

Soatlar soni: 1 soat

Mavzuning qisqacha ta`rifi:

O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:

Dars turi: Yangi bilim beruvchi

Metod: suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi, “Jadval texnologiyasi” , “Tadqiqotlar yoki loyixa texnologiyasi”,“Rasmlarda aks etgan tarix”

Shakl: jamoa, guruhda ishlash

Jihoz: I.A.Karimov “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”asari darslik,siyosiy xarita,tarqatma,rasmli ko`rgazma,slayd,kompyuter.

Nazorat: o`quvchilarning darsda faolligi kuzatilib, hisobga olib boriladi.

Baholash: O`quvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanib, dars oxirida e`lon qilinadi.

Darsning maqsadi

Maqsadlar:

Ta`limiy maqsad:-o`quvchilarga qoraqalpoqlarning siyosiy-iqtisodiy turmushi haqida ma`lumot berish;

tarbiyaviy maqsad: - o`quvchilargavatanimiz va o`zbek xalqining o`rta asrlarda boshidan kechirgan g`oyat murakkab va mashaqqatli hayoti haqida tushuncha berish va bundan saboq olishni o`rgatish;

Rivojlantiruvchi maqsad: -o`quvchilarni dunyoqarashini, nutqini,fikrlash qobilyatini, shakllantirish

Tayanch kompetentsiyalar:

Kommunikativlik

o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, mavzu:dan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish;

Milliy va umummadaniy

umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlarini (urf odatlar, marosimlar, milliy madaniy an’analar va.h.k.) hurmat qilish;

o‘zgalarga nisbatan mehrmuruvvat, saxiylik, diniy e’tiqodi, milliy hususiyatlari, an’ana va marosimlarini hurmat qilish; jamiyatda o‘rnatilgan odobaxloq qidalariga rioya qilish

O‘z-o‘zini rivojlantirish

shaxs sifatida doimiy ravishda o‘zo‘zini rivojlantirish, ma’naviy va intellektual kamolotga intilish;

o‘z hatti-harakatini adekvat baholash, o‘zini nazorat qila bilish, halollik, to‘g‘rilik kabi sifatlarga ega bo‘lish.

Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish

tarixda yil xisobini o‘qiy olish, tarixiy darvlarga oid chizmalarni o‘qiy olish, rim raqamida yozilgan raqamlarni o‘qiy oladi.

miloddan avvalgi, era, milodiy yillar o‘rtasidagi farqalarni matematik amallar bilan yecha oladi.

Fanga oid kompetensiyalar:

·         Tarixiy voqeilikni tushunishvauni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi.

tarixiy davrlar va -yillarni ajrata oladi, tarixiy hisobini tushuntira oladi;

         mazkur davrni o‘rganish orqali o‘quvchilar tarix fanining o‘rganilayot- gan davriga oid tarixiy atamalar mazmunini biladi;

Tarixiy shaxslar haqida ma’lumot bera oladi,tarixiy sanalarda ro‘y bergan voqealar haqida ma’lumot bera oladi

·         Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi.

Tarixiy illustrasiyalar asosida kichik hikoyalar tuza oladi, tarixiy joylarni xaritadan ko‘rsata oladi

Darsning blok sxemasi:

Darsning qismlari

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa

I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.

II.O`tilgan mavzuni takrorlash:

1.        Qoraqalpog’iston hududida odamlar qaysi davrdan beri yashab kelishayapti?

2.       No’g’ay davlatining hududi qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?

3.       Jung’orlar tomonidan tor-mor etilgan no’g’aylar qyerga qochib ketishadi?

4.       1723-yilda kimlar Sirdaryoning o`rta qismini egallagach qoraqalpoqlar yana ko`chishga majbur bo`lganlar?

5.       1723-yilda kimlar Sirdaryoning o`rta qismini egallagach qoraqalpoqlar yana ko`chishga majbur bo`lganlar?

III. Yangi mavzu bayoni

Qoraqalpoqlar ijtimoiy hayotida urug’chilik, qabilachilik munosabatlari, aholining tabaqalarga bo’linishi ancha kuchli edi. Har bir urug’ yoki qabilaga biylar boshchilik qilardi. Harbiy qismlarni botirlar boshqarardi. Aholi orasida ruhoniylar, shayxlar, xo’jalarning o’rni ham katta edi. Ovul boshlang’ich ma’muriy bo’g’in bo’lib, ularning butun hayotiga Oqsoqollar kengashi rahbarlik qilardi. Shuningdek, qoraqalpoqlarda yuzboshi, mirobboshi, qozi, rais kabi ma’muriy mansablar ham bor edi. Mirob suv taqsimlovchi hisoblangan. Biylik lavozimiga ilgarilari urug’ yig’inlarida saylangan bo’lsa, qoraqalpoqlar Xiva xonligiga bo’ysundirilgach, xon tomonidan tayinlanadigan bo’ldi. Xon tomonidan tayinlangan biyga boshqa biylar bo’ysungan. Amudaryoning so’l tomonidagi Qo’ng’irot, o’ng sohilidagi Chimboy qoraqalpoqlarning bosh ma’muriy markaziga aylanadi.

Dehqonchilik chorvachilik, baliqchilik

Qoraqalpoqlar qadimdan dehqonchilik va chorvachilik, baliqchilik chorvachilik bilan shug’ullanib kelganlar. „Qirq qiz“ dostonida qoraqalpoqlarning yerlar o’zlashtirib, suv inshootlari qurib, yer haydab g’alla yetishtirganligi, bog’lar yaratganligi haqida ma’lumotlar berilgan.

Qoraqalpoqlar Orol bo’ylarida, Sirdaryo va Amudaryo oralig’idagi yerlarda dehqonchilik bilan shug’ullanganlar. Bug’doy, arpa, tariq va boshqa ekinlar ekib, mo’l hosil olganlar. Yangi (Jana) daryo va Quvondaryo havzalarida qoraqalpoqlar tomonidan barpo etilgan kanal va sug’orish inshootlari xo’jalikda dehqonchilik tarmog’ining yetakchi o’rinda turganligidan guvohlik beradi. 18-asr oxirlarida Amudaryo quyi tarmoqlarida Qalliko’l, Kegayli, 19-asr o’rtalarida Chimboy, Qo’ng’irot dehqonchilik vohalari vujudga keldi. Dehqonchilikda omoch, mola, ketmon, belkurak, o’roq kabi mehnat qurollaridan foydalanilgan. Qoraqalpoqlar iqtisodiy hayotida chorvachilik ham muhim o’rin tutgan. Chorvadorlar ho’kiz va tuya qo’shilgan aravalarda poda va otarlari bilan yil davomida sero’t yaylovlarga ko’chib yurganlar. Pichan, xashak, ayniqsa, qamishzorlar chorva mollari uchun to’yimli oziqa bo’lib xizmat qilgan. Qoraqalpoqlar iqtisodiy hayotida baliqchilik ham rivojlangan. Baliqchilik, ovchilik aholi uchun qo’shimcha tirikchilik manbayi hisoblanardi.

Hunarmandchilik va savdo

Qoraqalpoqlar hayotida temirchilik, duradgorlik, kigiz bosuvchilik, to’quvchilik, bo’yoqchilik, kulolchilik, zargarlik kabi hunarmandchilik tarmoqlari rivojlanib boradi. Hunarmandlar uy-ro’zg’or buyumlari, idish-tovoqlar, matolar, kiyim-kechaklar tayyorlaganlar. Yog’ochdan o’tov tayyorlab, kigizlar bilan yon va tom qismini o’rab, turar joylar yasaganlar. Olacha, gilam, tuya junidan movut tayyorlash ancha rivojlangan. Yog’ochdan omoch, mola, arava, kema va qayiqlar yasaganlar. Asosiy transport vositasi bo’lgan otlar uchun yugan, egar-jabduq buyumlari tayyorlangan. Jun va terini qayta ishlab, turli xil kiyim va boshqa buyumlar tayyorlangan. Qoraqalpoqlar amaliy san’atida o’tovlar uchun o’ymakor eshiklar, kashtachilik, zargarlik buyumlari yasash rivojlangan. Savdo-sotiq ishlari ham rivojlanib bordi. Shaharlarda do’konlar, karvonsaroylar qurildi. Dehqon va chorvadorlar shaharlarda g’alla, chorva mollari, baliq sotardi. Hunarmandlardan uy-ro’zg’or buyumlari, kiyim, gilam, zargarlik buyumlari sotib olinardi. Xo’jayli, Qo’ng’irot, Mang’it, Chimboy shaharlari Sharq va G’arb mamlakatlari bilan muloqotda yirik savdo markazlariga aylanadi. Sharqdan G’arbga boruvchi savdogarlar uchun qoraqalpoqlar tayyorlagan tuzlangan baliq mahsulotlari xaridorgir edi.

Soliq va maiburivatlar

 Dehqonlardan salg’ut (yer) solig’i, chorvadorlardan zakot solig’i aholidan ruhoniylar uchun ushur solig’i olinardi. Soliq miqdorini xon amaldorlari belgilardi. Yer solig’i butun qabila yoki urug’ga bir yo’la solinardi. Oqibatda soliqning ko’p qismi kambag’allar bo’yniga tushardi. Bunday tartibdan boy tabaqalar foydalanar edi. Biy va amaldorlar ham go’yo o’z xarajatlarini qoplash uchun xalqdan qo’shimcha soliqlar undirardilar. Harbiy xavf yuz berganda xalqdan „qozon“ (xo’jalik) solig’i undirilar edi, yigitlar majburiy harbiy xizmatga chaqirilardi.

Soliqlardan tashqari, kambag’allar kanal va ariqlar qazish, sug’orish inshootlarini tozalash ishlariga majburiy safarbar etilardi.

Oydo’stbiy bo’shchiligidagi qo’zg’olon

1827-yili Xiva xonligi zulmiga qarshi Oydo’stbiy boshchiligidagi qoraqalpoqlar qo’zg’olon ko’taradi. Qo’zg’olonga qoraqalpoqlar biyi Oydo’stbiy boshchilik qiladi. 1827-yil 25-iyul kuni Xiva xoni Olloqulixon Oydo’stbiy boshliq qo’zg’olonchilarni bartaraf etish uchun maxsus qo’shin to’plab, unga Muhammad Nazarbiy inoqni qo’rnondon etib tayinlaydi va Xo’jayli shahriga jo’natadi. Askarlar shahar atrofiga kelib o’rnashadilar.

Oydo’stbiy qoraqalpoq biylarini to’plab, Orol dengizi bo’yida maslahat uyushtiradi. Yig’ilganlar maslahati bilan qoraqalpoq ovullariga otliq choparlar jo’natilib, shunday buyruq beriladi: „Hamma bola-chaqasi bilan qo’zg’olonga yig’ilsin. Kimda-kim bosh tortsa-u dushman hisoblanadi“. Qoraqalpoqlar yig’ilib, qulay yerda xandaq qazib, shox-shabbalar va aravalar bilan mudofaa to’sig’i qurishgan. 29-iyulda Oydo’stbiy o’zining ikki o’g’li Rizo va To’rani 300 botirga bosh qilib, Qo’ng’irot qo’rg’oniga chopovulga yuboradi. Qo’ng’irot hokimi Muhammad Yaqub muslirif qo’rg’on mudofaasini uyushtiradi. Urush peshingacha davom etgan. Oydo’stbiy askarlarining bir qanchasi urushda nobud bo’lgan. Ba’zilari dengiz tomon qochgan. Rizo ham, To’ra ham bor imkoniyatni ishga solsalar ham yengiladilar.

Oydo’stbiy Qo’ng’irotda odamlarining yengilganini eshitib, o’ziga yaqin odamlari bilan Sori o’tovni tashlab ketishga majbur boladi va Qo’qon tarafga qarab yo’l oladi. Muhammad Nazar inoq undan xabar topib, Oydo’stbiyning odamlari ketidan sara qo’shin jo’natadi. Qo’shin ikki kun deganda Chirikrabot mavzeyida Oydo’stbiyning odamlarini qurshab oladi. Xon askarlari hujumga o’tib, qo’zg’olonchilami tor-mor qilib, Oydo’stbiyning boshini olib, Xiva xoni huzuriga keltirganlar. Bu ishda faol ishtirok etganlar xon tomonidan taqdirlangan. Xiva tarixchisi va shoiri Munis Oydo’stbiy o’limiga bag’ishlab marsiya yozgan. 19-asrning 50-yillarida Qo’ng’irotda ikki marta qo’zg’olon ko’tarildi.

Darsni mustahkamlash uchun savollar:

1.       Harbiy xavf yuz berganda qoraqalpoqlardan qanday soliq undirilgan?

2.       1810-1811-yillarda qayerda yashovchi qo-raqalpoqlar Xiva xonligiga bo`ysindirilgan?

3.       Oydo’stbiy qo’zg’oloni ko’tarilgan vaqtda Xivada kim hukmdor edi?

Darsni yakunlash:

 a)O’quvchilarni ma’naviy rag’batlantirish: Baholash.

 b)Uyga vazifa: Mavzuni o’qib o’rganib keliash.

Sana:   ______________

Fan:  O`zbekiston tarixi

Sinfi: 8  ___  ____  ____

Mavzu: Qoraqalpoqlar  madaniyati

Soatlar soni: 1 soat

Mavzuning qisqacha ta`rifi:

O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:

Dars turi: Yangi bilim beruvchi

Metod: suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi, “Jadval texnologiyasi” , “Tadqiqotlar yoki loyixa texnologiyasi”,“Rasmlarda aks etgan tarix”

Shakl: jamoa, guruhda ishlash

Jihoz: I.A.Karimov “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”asari darslik,siyosiy xarita,tarqatma,rasmli ko`rgazma,slayd,kompyuter.

Nazorat: o`quvchilarning darsda faolligi kuzatilib, hisobga olib boriladi.

Baholash: O`quvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanib, dars oxirida e`lon qilinadi.

Darsning maqsadi

Maqsadlar:

Ta`limiy maqsad:-o`quvchilarga qoraqalpoqlar  madaniyati haqida ma`lumot berish;

Tarbiyaviy maqsad: - o`quvchilargavatanimiz va o`zbek xalqining o`rta asrlarda boshidan kechirgan g`oyat murakkab va mashaqqatli hayoti haqida tushuncha berish va bundan saboq olishni o`rgatish;

Rivojlantiruvchi maqsad: -o`quvchilarni dunyoqarashini, nutqini,fikrlash qobilyatini, shakllantirish. 

Tayanch kompetentsiyalar:

Kommunikativlik

o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, mavzu:dan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish;

Milliy va umummadaniy

umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlarini (urf odatlar, marosimlar, milliy madaniy an’analar va.h.k.) hurmat qilish;

o‘zgalarga nisbatan mehrmuruvvat, saxiylik, diniy e’tiqodi, milliy hususiyatlari, an’ana va marosimlarini hurmat qilish; jamiyatda o‘rnatilgan odobaxloq qidalariga rioya qilish

O‘z-o‘zini rivojlantirish

shaxs sifatida doimiy ravishda o‘zo‘zini rivojlantirish, ma’naviy va intellektual kamolotga intilish;

o‘z hatti-harakatini adekvat baholash, o‘zini nazorat qila bilish, halollik, to‘g‘rilik kabi sifatlarga ega bo‘lish.

Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish

tarixda yil xisobini o‘qiy olish, tarixiy darvlarga oid chizmalarni o‘qiy olish, rim raqamida yozilgan raqamlarni o‘qiy oladi.

miloddan avvalgi, era, milodiy yillar o‘rtasidagi farqalarni matematik amallar bilan yecha oladi.

Fanga oid kompetensiyalar:

·         Tarixiy voqeilikni tushunishvauni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi.

tarixiy davrlar va -yillarni ajrata oladi, tarixiy hisobini tushuntira oladi;

         mazkur davrni o‘rganish orqali o‘quvchilar tarix fanining o‘rganilayot- gan davriga oid tarixiy atamalar mazmunini biladi;

Tarixiy shaxslar haqida ma’lumot bera oladi,tarixiy sanalarda ro‘y bergan voqealar haqida ma’lumot bera oladi

·         Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi.

Tarixiy illustrasiyalar asosida kichik hikoyalar tuza oladi, tarixiy joylarni xaritadan ko‘rsata oladi

Darsning blok sxemasi:

Darsning qismlari

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa

I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.

II.O`tilgan mavzuni takrorlash:

1.       Harbiy xavf yuz berganda qoraqalpoqlardan qanday soliq undirilgan?

2.       1810-1811-yillarda qayerda yashovchi qo-raqalpoqlar Xiva xonligiga bo`ysindirilgan?

3.       Oydo’stbiy qo’zg’oloni ko’tarilgan vaqtda Xivada kim hukmdor edi?

III. Yangi mavzu bayoni

Qoraqalpoqlar uzoq yillar davomida ko’chmanchilik turmush tarzidan o’troqlikka o’tish jarayonini boshidan kechirdilar. Aholining asosiy qismi o’tov va paxsa uylardan iborat ovullarda yashardi. Keyinchalik qo’rg’on (qal’a) va shaharlar vujudga keladi. Qo’rg’onlarning to’rt tomoni devor yoki baland tepalar bilan o’rab olinardi.

Qoraqalpoqlar bir necha urug’lardan shakllangan bo’lib, har urug’ a’zosi o’z urug’ining mustahkamligini ta’minlashga intilardi. Bir urug’ ichida qiz olish, qiz berish taqiqlangan edi. Shu boisdan boshqa urug’dan qiz olib qochish odatiy hodisa hisoblanardi. Ma’lum vaqt o’tgach qiz olib ketilgan joy ma’lum qilinib, qiz tomonning ota-onasi, yaqin qarindoshlari va urug’ oqsoqoli turli sarpolar bilan siylanib, to’yga rozilik olinardi. Urug’ ruhoniysi kelin-kuyovni nikohlab qo’yardi. To’yda baxshilar dostonlardan qo’shiqlar kuylashardi, aytishuvlar avjiga chiqardi. Polvonlar va botirlar kurashga tushardi.

Islom qoraqalpoqlarning rasrniy dini. Aholi orasida turli yo’nalishdagi tasavvuf tariqatlari keng tarqalgan edi. Eshon, pir, avliyo, valiy nomlari bilan ataluvchi tasavvuflar insonni ruhiy va axloqiy komillikka da’vat etardilar. Ayrim tariqatchilar tomonidan turmush tashvishlaridan voz kechish, kambag’allikka qanoat qilishni, o’z ixtiyorini pirga topshirishni targ’ib qilish hollari ham kuzatilardi.

Shaharlar

Qoraqalpoqlar Qo’ng’irot, Chimboy, Xo’jayli kabi yirik shaharlarni bunyod etganlar. Shulardan Qo’ng’irot va Chimboy qoraqalpoqlarning ma’muriy markazlari bo’lgan. 17-asr oxiri-18-asr boshlarida barpo etilgan.

Xo’jayli shahri Orol va Xiva oralig’idagi savdo markazi bolib, bojxona shu shaharda joylashgan. Shaharlar o’g’ir mehnat evaziga baland devorlar bilan o’rab olingan, shahar ichkarisida ko’rkam binolar, saroylar barpo etilgan.

Janaqal’a, Oydo’stqal’a, Emazarqal’a, Ko’ko’zakqal’a, Eshonqal’a kabi qal’a shaklida qurilgan shaharlar qoraqalpoq xalqi tomonidan yaratilgan me’morchilik madaniyati yodgorliklari hisoblanadi.

Shaharlarda 19-asr boshlarida 318 maktab, Qoraqum eshon, Qalila oxun, Egambergan oxun, Oyimbet eshon mavzelarida, Eshonqal’ada madrasalar mavjud bo’lgan. Hunarmandlar 12-13 yoshli bolalarni shogirdlikka qabul qilib, ularga hunar sirlarini o’rgatganlar. Qoraqalpoq yoshlari Xiva va Buxoro madrasalarida ham ta’lim olganlar.

Folklor

Qoraqalpoqlarning xalq og’zaki ijodi juda boy. Qoraqalpoq folklor namunalari 20 jildligining nashr etilgani fikrimizning dalilidir. Ular so’z ustalari bo’lgan chechanlarni, baxshi (jirov)larini sevadilar. El oqsoqollari, rahbarlari yonidan qissaxonlar arimagan.

O’zbeklarning Afandisi kabi qoraqalpoqlarning qiziqchisi-O’rnirbek laqqisi bor. O’rnirbek laqqi o’z og’zaki latifalarida ayrim shaxslar va jamiyatdagi kamchiliklar ustidan kuluvchi xalq qahramoni sifatida gavdalangan. U adolatsiz amaldorlar, qozilar, so’zi bilan ishi mos kelmaydigan ruhoniylar kirdikorlarini fosh qilib, mardlik, to’g’rilik, haqiqat, adolatni kuylagan. U o’z latifalarini yengil mutoyiba, achchiq hajv bilan ixcham ifodalab, tinglovchilami xursand qilgan.

Qoraqalpoqlarning qahramonlik dostonlari qadimdan ma’lum. Ulardan „Qirqqiz“, „Alpomis“, „Qublon“, „Mastposhsho“, „Edigey“ dostonlarida qoraqalpoqlarning voqealarga boy tarixi kuylanadi. Masalan, „Edigey“ dostonida Amir Temur, To’xtamish faoliyati bilan bog’liq voqealar bayon etilsa, „Qirqqiz“da qoraqalpoq xalqining ozodlik kurashi, Xorazm xalqining Eron shohi Nodirshohga qarshi kurashi o’z badiiy ifodasini topgan.

Qoraqalpoqlarning xalq qo’shiqlarida el-yurt yo’lboshchilari, qahramonlari-Maman botir, Esangeldi mahram, Oydo’stbiy, lar ulug’lanadi.

Qozoq ma’rifatparvar olimi Cho’qon Valixonovning: „Qoraqalpoqlar sahrodagi birinchi shoir ham qo’shiqchilardir, shundan keyin qirg’izlar va turkmanlar“, degan so’zlari bejiz aytilmagan.

Qoraqalpoq adabiyotida 17-18-asrlardagi tarixiy voqealami badiiy shaklda aks ettirgan „Qirqqiz“ dostoni alohida o’rin tutadi. Bu asar qoraqalpoq xalq qahramonlik eposidir. Bu doston atoqli xalq baxshisi (jirovi) Qurbonboy baxshi Tojiboy o’g’lidan 1939-1940-yillarda yozib olingan. Asar erksevarlik, vatanparvarlik va insonparvarlik g’oyalari bilan sug’orilgan. Asarning bosh qahramoni Guloyim o’zining qirq nafar dugonasi va o’z sevgilisi Arslon bilan birga Eron shohi Nodirshoh hamda jung’or xoni Surtoyshi hujumidan yurtini himoya qilishga otlanadi. Guloyim Xorazmni ozod qilib, u yerda qoraqalpoq, turkman, o’zbek va qozoq xalqlari vakillarini birlashtirgan davlat tuzadi. Asarda Guloyim bilan bir safda turib jang qilgan Oltinoy, O’tbosgan, Arslon, Sarvinoz kabilar timsolida mardlik, jasurlik, vatanparvarlik, insoniylik, ayni paytda, dushmanga nisbatan shafqatsizlik g’oyalari o’z ifodasini topgan.

• Qoraqalpoqlar folklorga (xalq og’zaki ijodi) boy xalq. Ularning „Darbadar el“, „Qirqqiz“, „Qublon“, „Edigey“ dostonlari mashhurdir.

Darsni mustahkamlash uchun savollar:

1.       Qoraqalpoqlar folklor namunalarining nechta jildligi nashir etilgan?

2.       O’zbeklarning Afandisi kabi qoraqalpoqlarning qiziqchisi…?

3.       Quyidagi dostonlardan qaysi birida Amir Temur va To’xtamish faoliyati bilan bog’liq     voqealar bayon etilgan?

4.       ”Qoraqalpoqlar sahrodagi birinchi shoir ham qo’shiqchilardir shundan keyin qirg’izlar va turkmanlar” yuqoridagi kimga tegishli?

5.       Atoqli xalq baxshisi Qurbonboy Tojiboy o’g’lidan 1939-1940 yillarda yozib olingan doston qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?

Darsni yakunlash:

 a)O’quvchilarni ma’naviy rag’batlantirish: Baholash.

 b)Uyga vazifa: Mavzuni o’qib o’rganib keliash.

Sana:   ______________

Fan:  O`zbekiston tarixi

Sinfi: 8  ___  ____  ____

Mavzu: XVIII-XIX-asrlarda qoraqalpoq adabiyotining  rivojlanishi

Soatlar soni: 1 soat

Mavzuning qisqacha ta`rifi:

O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:

Dars turi: Yangi bilim beruvchi

Metod: suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi, “Jadval texnologiyasi” , “Tadqiqotlar yoki loyixa texnologiyasi”,“Rasmlarda aks etgan tarix”

Shakl: jamoa, guruhda ishlash

Jihoz: I.A.Karimov “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”asari darslik,siyosiy xarita,tarqatma,rasmli ko`rgazma,slayd,kompyuter.

Nazorat: o`quvchilarning darsda faolligi kuzatilib, hisobga olib boriladi.

Baholash: O`quvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanib, dars oxirida e`lon qilinadi.

Darsning maqsadi

Maqsadlar:

Ta`limiy maqsad:-o`quvchilarga XVIII-XIX-asrlarda qoraqalpoq adabiyotining  rivojlanishi haqida ma`lumot berish;

Tarbiyaviy maqsad: - o`quvchilargavatanimiz va o`zbek xalqining o`rta asrlarda boshidan kechirgan g`oyat murakkab va mashaqqatli hayoti haqida tushuncha berish va bundan saboq olishni o`rgatish;

Rivojlantiruvchi maqsad: -o`quvchilarni dunyoqarashini, nutqini,fikrlash qobilyatini, shakllantirish

Tayanch kompetentsiyalar:

Kommunikativlik

o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, mavzu:dan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish;

Milliy va umummadaniy

umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlarini (urf odatlar, marosimlar, milliy madaniy an’analar va.h.k.) hurmat qilish;

o‘zgalarga nisbatan mehrmuruvvat, saxiylik, diniy e’tiqodi, milliy hususiyatlari, an’ana va marosimlarini hurmat qilish; jamiyatda o‘rnatilgan odobaxloq qidalariga rioya qilish

O‘z-o‘zini rivojlantirish

shaxs sifatida doimiy ravishda o‘zo‘zini rivojlantirish, ma’naviy va intellektual kamolotga intilish;

o‘z hatti-harakatini adekvat baholash, o‘zini nazorat qila bilish, halollik, to‘g‘rilik kabi sifatlarga ega bo‘lish.

Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish

tarixda yil xisobini o‘qiy olish, tarixiy darvlarga oid chizmalarni o‘qiy olish, rim raqamida yozilgan raqamlarni o‘qiy oladi.

miloddan avvalgi, era, milodiy yillar o‘rtasidagi farqalarni matematik amallar bilan yecha oladi.

Fanga oid kompetensiyalar:

·         Tarixiy voqeilikni tushunishvauni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi.

tarixiy davrlar va -yillarni ajrata oladi, tarixiy hisobini tushuntira oladi;

         mazkur davrni o‘rganish orqali o‘quvchilar tarix fanining o‘rganilayot- gan davriga oid tarixiy atamalar mazmunini biladi;

Tarixiy shaxslar haqida ma’lumot bera oladi,tarixiy sanalarda ro‘y bergan voqealar haqida ma’lumot bera oladi

·         Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi.

Tarixiy illustrasiyalar asosida kichik hikoyalar tuza oladi, tarixiy joylarni xaritadan ko‘rsata oladi

Darsning blok sxemasi:

Darsning qismlari

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa

I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.

II.O`tilgan mavzuni takrorlash:

1.       Qoraqalpoqlar folklor namunalarining nechta jildligi nashir etilgan?

2.       O’zbeklarning Afandisi kabi qoraqalpoqlarning qiziqchisi…?

3.       Quyidagi dostonlardan qaysi birida Amir Temur va To’xtamish faoliyati bilan bog’liq     voqealar bayon etilgan?

4.       ”Qoraqalpoqlar sahrodagi birinchi shoir ham qo’shiqchilardir shundan keyin qirg’izlar va turkmanlar” yuqoridagi kimga tegishli?

5.       Atoqli xalq baxshisi Qurbonboy Tojiboy o’g’lidan 1939-1940 yillarda yozib olingan doston qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?

III. Yangi mavzu bayoni

18-asrdan boshlab qoraqalpoq yozma adabiyoti shakllandi va rivojlana bordi.

18-19-asrning birinchi yarmida qoraqalpoq adabiyotining ko’zga ko’ringan qator namoyandalari qalam tebratganlarkim, ularning nomlari bugungi kunda ham ardoqlanadi. Ulardan biri Jiyen Jirov (1730-1784) edi. U mashhur baxshi sifatida kamol topdi. Ayni paytda, she’riar ham bitdi. „Hoy yigitlar, yigitlar“, „Xayr endi, do’stlar“, „Yuragimda ko’p dog’im“, „Tuyani ber“ kabi she’rlarida jamiyatdagi nohaqliklami tanqid qiladi. Jiyen Jirov hajviy she’riar ustasi ham edi. U „Hoy, xonimiz, xonimiz“, „Xon yonida to’ralar“ kabi hajviy she’riarida hukmron tabaqalarning kirdikorlarini, xalqqa o’tkazgan jabr-zulmlarini fosh etadi.

Qoraqalpoqlar-erksevar xalq. Shuning uchun ham ular doimo o’z erklari uchun ozodlik kurashi olib borgan. Ma’lumki, qozoq xoni Abulxayrga qarshi olib borilgan urushda qoraqalpoqlar yengilib qolgan edi. Bu maglubiyat natijasida ular azob-uqubatlarga duchor etilgan. Xususan, Sirdaryo bo’ylaridagi qoraqalpoqlar har yoqqa tarqab ketgan. Ularning bir qismi Toshkent atrofiga

(Chirchiq bo’ylariga), boshqa bir qismi esa Qizilqum orqali Xorazmga (Orol dengizining janubiy sohillariga) ko’chib ketgan. Mana shu ko’chishlarning guvohi bo’lgan Jiyen Jirov „Darbadar el“ nomli doston yozib, qoraqalpoqlarning mashaqqatli davri tarixini bayon etgan.

Qoraqalpoq adabiyotining ko’zga ko’ringan vakillaridan yana biri Kunxo’ja Ibrohim (1799-1880) edi. Uning butun umri muhtojlikda o’tgan. Shoirning „O’roqchilar“, „Cho’ponlar“ kabi she’rlari xalq orasida keng tarqalgan bo’lib, ularda qoraqalpoq xalqining Xiva xonligi tobeligiga tushib qolgan davrdagi og’ir ahvoli, erksiz turmushi o’z ifodasini topgan. „E1 bilan“, „Boy bolasi“, „Mening bolam“ she’rlarida esa hukmron tabaqalar kirdikorlarini fosh etadi. „Unutmasman“ hamda „Tuya ekansan“ she’rlarida u Xiva xoni ustidan kuladi.

Ajiniyoz

Ajiniyoz Qo’siboy o’g’li (taxallusi Zevar) (1824-1878) qoraqalpoq xalqining atoqli shoirlaridan biridir. Mo’ynoqdagi eski maktabda o’qigan. Keyin Xivadagi Sherg’ozixon madrasasida ilm olgan. Shoirning „Bo’zatov“ dostonida qoraqalpoq xalqining boshqa yurtlarga ko’chib ketishga majbur etilganligi katta mahorat bilan tasvirlangan. Ajiniyoz Shoirning „Kerak“, „Bo’ladi“, „Yaxshi“, „Yigitlar“ she’rlarida vatanparvarlik, insonparvarlik g’oyalari, falsafiy qarashlari ifodalangan. Ajiniyozni butun Markaziy Osiyoga tanitgan „Qiz Mengesh bilan aytishuv“ asari edi. 1999-yilda Ajiniyoz tavalludining 175 yilligi nishonlandi. Nukusda Ajiniyoz maydoni barpo etildi va unga haykal o’rnatildi.

Berdaq

Qoraqalpoq xalqi adabiyoti uning asoschisi Berdaq (1827-1900) (taxallusi; asl ismi Berdimurod Qarg’aboy o’g’li) nomi bilan mashhurdir. Berdaq avval ovul maktabida, so’ngra madrasada tahsil ko’rgan. U Navoiy, Fuzuliy, Maxtumquli, Kunxo’ja asarlarini chuqur mutolaa qilgan, ulardan o’rgangan. Berdaq tarixni, xalq og’zaki ijodini mukammal o’zlashtirib oladi. Uning ijodi 18-19 yoshlarda do’mbira chertib, she’r aytishdan boshlangan. 25 yoshida u iste’dodli shoir sifatida xalq orasida tanildi. Uning „Bo’lgan emas“, „Umrim“, she’rlarida mehnatkash xalqning og’ir hayoti o’z aksini topib, Xiva xonlari, amaldorlari zulmiga qarshi xalq noroziligi ifodalangan. „O’g’limga“, „Ahmoq bo’lma“ she’rlari orqali yoshlami vatanni sevishga, ma’rifat cho’qqilarini egallashga chaqiradi. Berdaq xalq hayotini, uning ezgu orzu-istaklarini yaxshi bilgan shoir edi.

Shuning uchun ham uning she’riarida xalqparvarlik ruhi kuchli edi. Xususan, shoir o’zining „Xalq uchun“ degan she’rida yoshlarni mehnatkash xalq uchun jonini ayamaslikka chaqiradi:

Bo’ri hech vaqt o’z dardini bildirmas,

Yaxshi odam dushmanini kuldirmas,

Qo’ldan kelsa unga davron surdirmas,

Er yigitning joni qurbon xalq uchun.

Berdaq tarixiy mavzularda ham

qalam tebratgan. Uning „Avlodlar” “Omongeldi“, „Oydo’stbiy“, ““ kabi asarlarida xonlar zulmiga qarshi kurashgan xalq qaliramonlari faxr bilan kuylanadi. Xususan, „Omongeldi“ dostoni Buxoro amirligiga Qarshi ko’tarilgan (18-asr) qo’zg’olon boslilig’i Omongeldi jasoratiga bag’ishlangan. Xiva xonligi zulmiga qarshi ko’tarilgan isyon „Emazarbiy“ dostonida ham aks ettirilgan.1998-yilda mamlakatimizda Berdaq tavalludining 170 yilligi keng nishonlandi. Toshkent shahridagi xiyobonlarning biriga Berdaq nomi berildi va byusti o’rnatildi. Shoir tug’ilgan joy-Bo’zatovda ham Berdaq byusti o’rnatildi, Nukus shahrida Berdaqqa haykal qo’yildi. 18-asrda qoraqalpoqlarning yozma adabiyoti shakllangan. 1998-yilda Berdaq tavalludining 170 yilligi, 1999-yilda esa Ajiniyoz tavalludining 175 yilligi nishonlandi. Nukus shahrida ularning haykallari o’rnatildi.

Darsni mustahkamlash uchun savollar:

1.       Berdaq necha yoshida iste’dodli shoir sifatida xalq orasida tanilgan?

2.       Ko`nxo`ja Ibrohim o`zining qaysi asarida Xiva xoni ustidan kuladi?

3.       ”Darbadar el” dostoni muallifini aniqlang?

4.       Mashhur shoir Ajiniyoz Qo’siboy o`g`lining taxallusini aniqlang?

5.       ”Bo’zatov” dostoni muallifi kim?

Darsni yakunlash:

 a)O’quvchilarni ma’naviy rag’batlantirish: Baholash.

 b)Uyga vazifa: Mavzuni o’qib o’rganib keliash.

Sana:   ______________

Fan:  O`zbekiston tarixi

Sinfi: 8  ___  ____  ____

Mavzu: takrorlash

Soatlar soni: 1 soat

Mavzuning qisqacha ta`rifi:

O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:

Dars turi: Yangi bilim beruvchi

Metod: suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi, “Jadval texnologiyasi” , “Tadqiqotlar yoki loyixa texnologiyasi”,“Rasmlarda aks etgan tarix”

Shakl: jamoa, guruhda ishlash

Jihoz: I.A.Karimov “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”asari darslik,siyosiy xarita,tarqatma,rasmli ko`rgazma,slayd,kompyuter.

Nazorat: o`quvchilarning darsda faolligi kuzatilib, hisobga olib boriladi.

Baholash: O`quvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanib, dars oxirida e`lon qilinadi.

Darsning maqsadi

Maqsadlar:

Ta`limiy maqsad:-o`quvchilarga haqida ma`lumot berish;

Tarbiyaviy maqsad: - o`quvchilargavatanimiz va o`zbek xalqining o`rta asrlarda boshidan kechirgan g`oyat murakkab va mashaqqatli hayoti haqida tushuncha berish va bundan saboq olishni o`rgatish;

Rivojlantiruvchi maqsad: -o`quvchilarni dunyoqarashini, nutqini,fikrlash qobilyatini, shakllantirish. 

Tayanch kompetentsiyalar:

Kommunikativlik

o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, mavzu:dan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish;

Milliy va umummadaniy

umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlarini (urf odatlar, marosimlar, milliy madaniy an’analar va.h.k.) hurmat qilish;

o‘zgalarga nisbatan mehrmuruvvat, saxiylik, diniy e’tiqodi, milliy hususiyatlari, an’ana va marosimlarini hurmat qilish; jamiyatda o‘rnatilgan odobaxloq qidalariga rioya qilish

O‘z-o‘zini rivojlantirish

shaxs sifatida doimiy ravishda o‘zo‘zini rivojlantirish, ma’naviy va intellektual kamolotga intilish;

o‘z hatti-harakatini adekvat baholash, o‘zini nazorat qila bilish, halollik, to‘g‘rilik kabi sifatlarga ega bo‘lish.

Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish

tarixda yil xisobini o‘qiy olish, tarixiy darvlarga oid chizmalarni o‘qiy olish, rim raqamida yozilgan raqamlarni o‘qiy oladi.

miloddan avvalgi, era, milodiy yillar o‘rtasidagi farqalarni matematik amallar bilan yecha oladi.

Fanga oid kompetensiyalar:

·         Tarixiy voqeilikni tushunishvauni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi.

tarixiy davrlar va -yillarni ajrata oladi, tarixiy hisobini tushuntira oladi;

         mazkur davrni o‘rganish orqali o‘quvchilar tarix fanining o‘rganilayot- gan davriga oid tarixiy atamalar mazmunini biladi;

Tarixiy shaxslar haqida ma’lumot bera oladi,tarixiy sanalarda ro‘y bergan voqealar haqida ma’lumot bera oladi

·         Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi.

Tarixiy illustrasiyalar asosida kichik hikoyalar tuza oladi, tarixiy joylarni xaritadan ko‘rsata oladi

I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.

II.O`tilgan mavzuni takrorlash:

6.       Qoraqalpoqlar folklor namunalarining nechta jildligi nashir etilgan?

7.       O’zbeklarning Afandisi kabi qoraqalpoqlarning qiziqchisi…?

8.       Quyidagi dostonlardan qaysi birida Amir Temur va To’xtamish faoliyati bilan bog’liq     voqealar bayon etilgan?

9.       ”Qoraqalpoqlar sahrodagi birinchi shoir ham qo’shiqchilardir shundan keyin qirg’izlar va turkmanlar” yuqoridagi kimga tegishli?

10.   Atoqli xalq baxshisi Qurbonboy Tojiboy o’g’lidan 1939-1940 yillarda yozib olingan doston qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?

Mavzu: Qo’qon xonligining tashkil topishi

Soatlar soni: 1 soat

Mavzuning qisqacha ta`rifi:

O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:

Dars turi: Yangi bilim beruvchi

Metod: suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi, “Jadval texnologiyasi” , “Tadqiqotlar yoki loyixa texnologiyasi”,“Rasmlarda aks etgan tarix”

Shakl: jamoa, guruhda ishlash

Jihoz: I.A.Karimov “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”asari darslik,siyosiy xarita,tarqatma,rasmli ko`rgazma,slayd,kompyuter.

Nazorat: o`quvchilarning darsda faolligi kuzatilib, hisobga olib boriladi.

Baholash: O`quvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanib, dars oxirida e`lon qilinadi.

Darsning maqsadi

Maqsadlar:

Ta`limiy maqsad:-o`quvchilarga Qo’qon xonligining tashkil topishi haqida ma`lumot berish;

Tarbiyaviy maqsad: - o`quvchilargavatanimiz va o`zbek xalqining o`rta asrlarda boshidan kechirgan g`oyat murakkab va mashaqqatli hayoti haqida tushuncha berish va bundan saboq olishni o`rgatish;

Rivojlantiruvchi maqsad: -o`quvchilarni dunyoqarashini, nutqini,fikrlash qobilyatini, shakllantirish. 

Tayanch kompetentsiyalar:

Kommunikativlik

o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, mavzu:dan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish;

Milliy va umummadaniy

umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlarini (urf odatlar, marosimlar, milliy madaniy an’analar va.h.k.) hurmat qilish;

o‘zgalarga nisbatan mehrmuruvvat, saxiylik, diniy e’tiqodi, milliy hususiyatlari, an’ana va marosimlarini hurmat qilish; jamiyatda o‘rnatilgan odobaxloq qidalariga rioya qilish

O‘z-o‘zini rivojlantirish

shaxs sifatida doimiy ravishda o‘zo‘zini rivojlantirish, ma’naviy va intellektual kamolotga intilish;

o‘z hatti-harakatini adekvat baholash, o‘zini nazorat qila bilish, halollik, to‘g‘rilik kabi sifatlarga ega bo‘lish.

Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish

tarixda yil xisobini o‘qiy olish, tarixiy darvlarga oid chizmalarni o‘qiy olish, rim raqamida yozilgan raqamlarni o‘qiy oladi.

miloddan avvalgi, era, milodiy yillar o‘rtasidagi farqalarni matematik amallar bilan yecha oladi.

Fanga oid kompetensiyalar:

·         Tarixiy voqeilikni tushunishvauni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi.

tarixiy davrlar va -yillarni ajrata oladi, tarixiy hisobini tushuntira oladi;

         mazkur davrni o‘rganish orqali o‘quvchilar tarix fanining o‘rganilayot- gan davriga oid tarixiy atamalar mazmunini biladi;

Tarixiy shaxslar haqida ma’lumot bera oladi,tarixiy sanalarda ro‘y bergan voqealar haqida ma’lumot bera oladi

·         Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi.

Tarixiy illustrasiyalar asosida kichik hikoyalar tuza oladi, tarixiy joylarni xaritadan ko‘rsata oladi

Darsning blok sxemasi:

Darsning qismlari

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa

I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.

II.O`tilgan mavzuni takrorlash:

1.       Berdaq necha yoshida iste’dodli shoir sifatida xalq orasida tanilgan?

2.       Ko`nxo`ja Ibrohim o`zining qaysi asarida Xiva xoni ustidan kuladi?

3.       ”Darbadar el” dostoni muallifini aniqlang?

4.       Mashhur shoir Ajiniyoz Qo’siboy o`g`lining taxallusini aniqlang?

5.       ”Bo’zatov” dostoni muallifi kim?

III. Yangi mavzu bayoni

Farg’ona vodiysi Buxoro xonligi tasarrufida edi. 18-asr boshlarida Buxoro xonligi ichki kurashlar oqibatida zaiflashadi. Bunday vaziyatdan foydalangan jung’arlar Farg’ona vodiysiga tez-tez bostirib kirib, talontaroj qila boshladilar. Vaziyat ichki kuchlami birlashishga, mustaqil davlat tuzishga undamoqda edi. Dastlab Chust yaqinidagi Chodak qishlog’i xo’jalar jamoasi o’z mulklarini mustaqil deb e’lon qildilar. Vodiydagi ming qabilasi oqsoqollari yig’ilishib, Buxoro xonligidan mustaqil davlat tuzishga qaror qilishgan. ming qabilasi yo’lboshchilaridan biri Shohruxbiy hukmdor (1710-1721) deb e’lon qilinadi.

1710-yilda minglar chodaklik din peshvolari hokimiyatini ag’dardilar va Farg’ona vodiysida hokimiyatni o’z qo’llariga oldilar. Shu tariqa, Markaziy Osiyoda keyinchalik Qo’qon xonligi deb atalgan yangi davlat vujudga keldi. Tepaqo’rg’on Shohruxbiyning qarorgohiga aylantirildi.

Shohruxbiyning o’g’li Abdurahimbiy (1721-1733) davrida Xo’jand, O’ratepa viloyatlari qo’shib olindi. U Shahrisabz ostonalariga qo’shin tortib bordi va uning hokimi bilan Qo’qonga tobelik haqida bitim tuzishga erishadi. Keyin Samarqandni va Jizzaxni egallaydi. Abdurahimbiy Xo’jandga qaytib kelgach, qattiq betob bo’lib, vafot etadi. Qo’qon xonligi taxtiga uning inisi Abdulkarimbiy o’tiradi (1733-1750). U Eskiqo’rg’on qal’asi yonida hozirgi Qo’qon shahriga asos solib, o’z poytaxtini Tepaqo’rg’ondan Qo’qon shahriga ko’chiradi. Shahar atrofini devor bilan o’ratadi.

Erdona hukmronligi davrida (1751-1762) xonlikning qudrati ortdi. U O’sh va O’zganni bo’ysundirdi. Erdona davrida Qo’qon xonligi g’arbda Buxoro, sharqda Xitoy bilan tengma-teng kurash olib bora olgan davlatga aylandi. Biroq hukmronlik davri urushlar bilan o’tdi. Toj-u taxt uchun kurash kuchaydi. Nihoyat, 1763-yilda taxtga Abdukarimbiyning nabirasi Norbo’tabiy o’tqizildi (1763-1798). U dastlab Chust va Namangan hokimlarining isyonini bostirdi. Xo’jandni qayta bo’ysundirdi.

Manbalarda keltirilgan ma’lumotlarga qaraganda, Norbo’tabiy davrida ekinlardan mo’l hosil olinib, bozorlarda narx-navo arzonlashgan. Har tomonlama mamlakatning qudrati o’sgan.

Norbo’tabiy vafot etgach, taxtga uning o’g’li Olimbek o’tqizildi. Uning davrida (1798-1810) Qo’qonning siyosiy mavqeyi yanada kuchaydi. U Ohangaron vohasini, Toshkent, Chimkent, Sayram va Turkistonni o’ziga bo’ysundirdi. Natijada Rossiya bilan savdo yo’li ochildi. Orenburgga boradigan savdo yo’llari tutashgan joyda xonlikning chegara qal’asi Oqmasjid qurildi. U o’z davlatini 1805-yili rasman Qo’qon xonligi deb, o’ziga esa „xon“ rutbasini oldi va uni Olimxon deb atay boshlashdi. Olimxonning markazlashgan kuchli davlat tuzishga intilayotganligi ayrim qabila boshliqlari orasida keskin norozilik tug’dirdi.

Davlat tuzumi va boshqaruv

Qo’qon xonligi davlat tuzumiga ko’ra mutlaq monarxiya edi. Davlat boshlig’I xon bo’lib, u rasman cheklanmagan huquqqa ega bo’lgan. Xon davlatni hukmron qabila, ruhoniylar, boshqa qabilalarning nufuzli tabaqalari, davlat boshqaruvi amaldorlari va harbiylarga tayanib boshqargan.

Mulla Olim Mahdumxo’ja Toshkandiyning 1915-yilda Toshkentda nashr etilgan „Tarixi Turkiston“ asarida Qo’qon xonligidagi mansablarga ta’rif berilgan.

Unda ta’kidlanishicha, xondan keyingi o’rinda qo’shbegi turgan. U xonning birinchi maslahatchisi bo’lib, ayni paytda, katta shaharlardan biriga mustaqil hokim etib ham tayinlangan. Chunonchi, Toshkent shahri ma’lum bir vaqtda qo’shbegi tomonidan boshqarilgan.

Parvonachi mansabi ham o’z nufuzi jihatidan qo’shbegi vakolatiga teng bolgan. Bora-bora xonlikda mingboshi mansabi birinchi o’ringa chiqqan. U xonlikda bosh vazir hisoblangan.

Xonlikda xudoychi mansabidagi amaldor xon nomiga yozilgan arizalami qabul qilish bilan shug’ullangan.

Xonlikda, xon yotog’i posbonboshisi, sarbozlar boshlig’i, noib otaliq, dodxoh, yuzboshi, bakovulboshi kabi mansablar ham joriy etilgan.

Qo’qon xonligida islom shariati qoidalarining amal qilishiga mas’ul bo’lgan katta nufuzga ega lavozimlar ham bolgan. Bular shayxulislom, qozikalon, qozi, muxtorboshi, muftiy lavozimlari edi.

Bu mansablarga ulamolar vakillari tayinlangan. Xonlikda shig’ovul, daftardor kabi mansablar ham bolgan. Ma’muriy-hududiy jihatdan xonlik viloyatlarga (o’nbeshta), beklikva oqsoqolliklarga bo’lingan.

Olimxon davrida o’tkazilgan harbiy islohotga ko’ra, botirlar deb ataluvchi muntazam armiya ham tuzila boshlangan. Har bir botirga oyiga 50 tanga maosh belgilangan.

Daftardor-xonning shaxsiy daromadi hisob-kitobini olib boruvchi amaldor.

Darsni mustahkamlash uchun savollar:

1.       Qo`qon xonligining asoschisi Shohruhbiy qaysi yildarda hukmronlik qilgan?

2.       Farg`onada dastlab kimlar o`z mulklarini mustaqil deb e’lon qilgan edilar?

3.       Qaysi yilda minglar Chodaklik din peshvolarini hokimiyatdan ag`darib, Farg`onada hokimiyatni o`z qo`llariga oldilar?

4.       Kimning davrida Qo`qon xonligi g`arbda Buxoro, sharqda Xitoy bilan tengma-teng kurash olib borgan davlatga aylandi?

5.       Kimning davrida Xitoy imperiyasi Qo`qon xonligini tan olgan?

Darsni yakunlash:

 a)O’quvchilarni ma’naviy rag’batlantirish: Baholash.

 b)Uyga vazifa: Mavzuni o’qib o’rganib keliash.

Sana:   ______________

Fan:  O`zbekiston tarixi

Sinfi: 8  ___  ____  ____

Mavzu: XVII-asrning birinchi yarmi-XIX-asr boshlarida Toshkent

Soatlar soni: 1 soat

Mavzuning qisqacha ta`rifi:

O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:

Dars turi: Yangi bilim beruvchi

Metod: suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi, “Jadval texnologiyasi” , “Tadqiqotlar yoki loyixa texnologiyasi”,“Rasmlarda aks etgan tarix”

Shakl: jamoa, guruhda ishlash

Jihoz: I.A.Karimov “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”asari darslik,siyosiy xarita,tarqatma,rasmli ko`rgazma,slayd,kompyuter.

Nazorat: o`quvchilarning darsda faolligi kuzatilib, hisobga olib boriladi.

Baholash: O`quvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanib, dars oxirida e`lon qilinadi.

Darsning maqsadi

Maqsadlar:

Ta`limiy maqsad:-o`quvchilarga XVII-asrning birinchi yarmi-xix-asr boshlarida Toshkent haqida ma`lumot berish;

Tarbiyaviy maqsad: - o`quvchilargavatanimiz va o`zbek xalqining o`rta asrlarda boshidan kechirgan g`oyat murakkab va mashaqqatli hayoti haqida tushuncha berish va bundan saboq olishni o`rgatish;

Rivojlantiruvchi maqsad: -o`quvchilarni dunyoqarashini, nutqini,fikrlash qobilyatini, shakllantirish. 

Tayanch kompetentsiyalar:

Kommunikativlik

o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, mavzu:dan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish;

Milliy va umummadaniy

umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlarini (urf odatlar, marosimlar, milliy madaniy an’analar va.h.k.) hurmat qilish;

o‘zgalarga nisbatan mehrmuruvvat, saxiylik, diniy e’tiqodi, milliy hususiyatlari, an’ana va marosimlarini hurmat qilish; jamiyatda o‘rnatilgan odobaxloq qidalariga rioya qilish

O‘z-o‘zini rivojlantirish

shaxs sifatida doimiy ravishda o‘zo‘zini rivojlantirish, ma’naviy va intellektual kamolotga intilish;

o‘z hatti-harakatini adekvat baholash, o‘zini nazorat qila bilish, halollik, to‘g‘rilik kabi sifatlarga ega bo‘lish.

Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish

tarixda yil xisobini o‘qiy olish, tarixiy darvlarga oid chizmalarni o‘qiy olish, rim raqamida yozilgan raqamlarni o‘qiy oladi.

miloddan avvalgi, era, milodiy yillar o‘rtasidagi farqalarni matematik amallar bilan yecha oladi.

Fanga oid kompetensiyalar:

·         Tarixiy voqeilikni tushunishvauni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi.

tarixiy davrlar va -yillarni ajrata oladi, tarixiy hisobini tushuntira oladi;

         mazkur davrni o‘rganish orqali o‘quvchilar tarix fanining o‘rganilayot- gan davriga oid tarixiy atamalar mazmunini biladi;

Tarixiy shaxslar haqida ma’lumot bera oladi,tarixiy sanalarda ro‘y bergan voqealar haqida ma’lumot bera oladi

·         Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi.

Tarixiy illustrasiyalar asosida kichik hikoyalar tuza oladi, tarixiy joylarni xaritadan ko‘rsata oladi

Darsning blok sxemasi:

Darsning qismlari

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa

I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.

II.O`tilgan mavzuni takrorlash:

1.        Qo`qon xonligining asoschisi Shohruhbiy qaysi yildarda hukmronlik qilgan?

2.       Farg`onada dastlab kimlar o`z mulklarini mustaqil deb e’lon qilgan edilar?

3.       Qaysi yilda minglar Chodaklik din peshvolarini hokimiyatdan ag`darib, Farg`onada hokimiyatni o`z qo`llariga oldilar?

4.       Kimning davrida Qo`qon xonligi g`arbda Buxoro, sharqda Xitoy bilan tengma-teng kurash olib borgan davlatga aylandi?

5.       Kimning davrida Xitoy imperiyasi Qo`qon xonligini tan olgan?

III. Yangi mavzu bayoni

18-asrning ikkinchi yarmida Toshkent-Shayxontohur, Beshyog’och, Ko’kcha va Sebzor dahalariga bo’lingan. Ularning har birini mustaqil hokim boshqargan. Bu davr Toshkent tarixida to’rt hokimlik deb nom olgan. Shahar hokimlarining o’zaro urushlaridan tinkasi qurigan va bu kurashda Yunusxojaning qo’li baland kelayotganini ko’rgan xalq boshqa hokimlami mansabidan chetlatib, butun shaharga Yunusxojani hokim qilib ko’tardilar. Yunusxojaga „Hazrati eshon“ unvoni berilgan, xon deb ham yuritilgan. Yunusxoja huzurida xon kengashi tuzildi, kengashga 4 daha mingboshilari kiritilgan. Kengashda Yunusxoja hokim etib tayinlandi.

Toshkent hokimligi hududlarining kuchayishi

1796-yili Chimkent, Sayram va boshqa o’nlab shahar va qishloqlar Toshkentga qo’shib olindi. 1799-yilga kelib Turkiston va uning atroflaridan Chu daryosigacha bo’lgan yerlar, jumladan, Qorako’l mavzeyi Toshkentga qo’shib olindi. Yunusxoja o’ziga tobe bo’lgan Katta qozoq juzi yerlaridagi qabilalami boshqarish ishini o’sha urug’ boshliqlariga topshirdi. Bu bilan u qozoq biylaridan o’ziga tayanch yaratdi. Yunusxoja qozoq qabilalari orasida katta obro’ga ega bolgan. Ayniqsa, Qorakesak bo’lisi sultoni Bukey Sulton bilan yaqin aloqada bo’lgan. Bukey Sulton va uning o’g’illari Toshkentni va rus karvonlarini qaroqchilardan himoya qilib, ularni belgilangan joyga yetgunicha kuzatib borganlar.

Katta juz qabilalari Yunusxoja qo’shinida asosiy kuchni tashkil etib, uning Qo’qon xoniga qarshi urushlarida jonbozlik ko’rsatganlar. Toshkent hokimligi Qo’qon va Buxoro xonliklarini, Orenburg va Sibir bilan bog’laydigan karvon yo’llari o’tadigan Turkiston, Chimkent va Sayramni o’z qo’lida tutib, Markaziy Osiyo bilan Rossiyaning savdo munosabatlarida yetakchilikni qo’lga olishga intiladi. Bu hol Qo’qon bilan Buxoroning Toshkentga munosabatini keskinlashuviga olib keldi. Toshkentning Katta qozoq juzi ustidan o’z ta’sirini kuchaytirishi Qo’qon xonligining iqtisodiy va siyosiy mavqeyini chegaralab qo’ygan edi. Farg’ona vodiysini Rossiya bilan bog’lovchi asosiy savdo yo’li Toshkent orqali o’tardi. Shuning uchun ham Toshkentni bo’ysundirish maqsadida 1799-yili Qo’qon xoni Olimxon qo’shinlari Toshkentga yurish boshlaydilar. Yunusxoja ularga qarshi o’z qo’shini bilan chiqib, Chirchiq bo’yidagi Qorasuv mavzeyida ularga zarba beradi. Bu g’alaba natijasida Sirdaryoning o’ng sohilidagi Qurama mavzeyi Toshkentga qo’shib olinadi.

Bu davrda Toshkent yirik shaharga aylantirilgan, uni o’rab turgan devoning uzunligi 18 chaqirimga yaqin bo’lgan. Unda 10 ming xonadon istiqomat qilgan. Shahar aholisi Rossiya, Qashqar va Xitoy bilan ham savdo qilgan. Yunusxoja davrida ikki xil pul: rupiya va tanga zarb qilingan. Besh tanga bir rupiyaga teng bo’lgan. Shahar nazorati va soliq yig’ish Boshchixojaning qo’lida edi. Hokimning to’rt maslahatchisi bo’lgan. Shahar savdosi ustidan qozi va devonbegi nazorat qilishgan. Rais shariat qonun-qoidalari va bozordagi narx-navo, o’lchovlar ustidan nazorat qilgan.

Toshkent-Rossiya munosabatlari

 18-asr oxiri-19-asr boshlarida Toshkent bilan Rossiya o’rtasidagi savdo munosabatlari rivojlandi. Masalan, 1786-yili toshkentlik savdogarlar B. Ismoilov va Azizxojalar Irbit yarmarkasiga borishgan. 1787-yili Troitskdan Toshkentga 27773 so’mlik rus va chet el mollari keltirilgan. Ular rus va nemis movuti, qizil charm, gazmol, mis, baxmal va boshqa mollardan iborat bo’lgan.

1795-yilning sentabr oyida 24 kishidan iborat Toshkent savdo karvoni Semipalatinsk shahriga kelgani hujjatlarda qayd etilgan.

18-asrning 90-yillarida Rahmatulla karvonboshi rahbarligidagi bir guruh Toshkent savdogarlari o’z karvonlari bilan doimo Petropavlovskka qatnab turgan.

Toshkentning qulay geografik holati Toshkent-Rossiya elchilik munosabatlarining ham rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatmay qolmagan. Xususan, 1792-yili Muhammadxoja va Azizxoja boshliq Toshkent savdo karvoni Sibirga jo’naganida Yunusxoja ular orqali Sibir ma’muriyati nomiga maktub jo’natgan. Yunusxoja bu savdogarlarga Sibir ma’muriyati bilan har ikki tomonni qiziqtiradigan masalalar yuzasidan muzokara olib borish vakolatini ham bergan edi. Yunusxojaning elchilariga javoban Sibir ma’muriyati 1794-yilda o’z elchilari A. T. BeznosikovvaT. S. Bumashevlami Toshkentga jo’natadi. Biroq ular Toshkentga kela olmay Buxorodan qaytishga majbur bo’ldilar. Sibir ma’muriyatining 1796-yilda ikkinchi bor yuborgan elchilari nihoyat Toshkentga yetib keladi. Ularni O’rta qozoq juzi Qorakesak bo’lisi sultoni Bukeyning o’g’li Eshim Sulton kuzatib keladi. Bu faktlar Toshkent ijtimoiy-siyosiy nufuzining o’sib borganligini anglatar edi. Toshkent elchilari 1803-yilda Sankt-Peterburgga borib imperator Aleksandr I qabulida boladilar.

Toshkent mustaqilligining tugatilishi

Toshkent mustaqilligi uzoq davom etmadi. Bunga Toshkent-Qo’qon munosabatlari sabab bo’lgan. Ular o’rtasida muntazam davom etgan qarama-qarshilik, kurash muhiti hukm surgan. Yunusxoja Qo’qon xonligida markaziy hokimiyatga bo’ysunishni istamagan bekliklar, viloyatlar bilan ittifoq tuzishga harakat qilgan. Qolaversa, u isyonchi hokimlarning markaziy hukumatga qarshi kurashidan ham foydalanishga uringan. Ayni paytda, Qo’qon xonligi Toshkentni butunlay egallash yo’lini tutgan. Ikki tomon qo’shinlari o’rtasidagi asosiy jang 1800-yilning kuzida Sirdaryo bo’yidagi G’urumsaroy (Namangan viloyatiga qaraydi) yaqinida bo’lgan. Bu jangda Toshkent qo’shini yengilgan.

Muvaffaqiyatsizlikka uchrab, Toslikentga qaytib kelgan Yunusxoja kasallanib, 1803-yilda vafot etadi. Hokimiyatga uning o’g’li Sultonxoja o’tirdi. Yunusxojaning vafot etganini eshitgan Qo’qon xoni Olimxon Toslikentga o’z qo’shinini yuboradi. 1809-yilda Toshkent Qo’qon xonligiga qo’shib olinadi. Shu tariqa, Toshkent mustaqilligi butunlay barham topdi.

Darsni mustahkamlash uchun savollar:

1.       Nima sababdan Qo`qon xoni Olimxon Toshkentni bo`ysindirishga harakat qilgan edi?

2.       Toshkent hokimlaridan qaysi biriga “Hazrati eshon” unvoni berilgan?

3.       Toshkentni o’rab turgan devor uzunligi qancha edi?

4.       Toshkentda “Hazrati eshon” unvonini olgan kishi yana qanday atalgan?

Darsni yakunlash:

 a)O’quvchilarni ma’naviy rag’batlantirish: Baholash.

 b)Uyga vazifa: Mavzuni o’qib o’rganib keliash.

Sana:   ______________

Fan:  O`zbekiston tarixi

Sinfi: 8  ___  ____  ____

Mavzu: XIX-asrning birinchi yarmida Qo’qon xonligida  ijtimoiy-siyosiy  ahvoli

Soatlar soni: 1 soat

Mavzuning qisqacha ta`rifi:

O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:

Dars turi: Yangi bilim beruvchi

Metod: suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi, “Jadval texnologiyasi” , “Tadqiqotlar yoki loyixa texnologiyasi”,“Rasmlarda aks etgan tarix”

Shakl: jamoa, guruhda ishlash

Jihoz: I.A.Karimov “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”asari darslik,siyosiy xarita,tarqatma,rasmli ko`rgazma,slayd,kompyuter.

Nazorat: o`quvchilarning darsda faolligi kuzatilib, hisobga olib boriladi.

Baholash: O`quvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanib, dars oxirida e`lon qilinadi.

Darsning maqsadi

Maqsadlar:

Ta`limiy maqsad:-o`quvchilarga XIX-asrning birinchi yarmida Qoqon xonligida  ijtimoiy-siyosiy  ahvoli haqida ma`lumot berish;

Tarbiyaviy maqsad: - o`quvchilargavatanimiz va o`zbek xalqining o`rta asrlarda boshidan kechirgan g`oyat murakkab va mashaqqatli hayoti haqida tushuncha berish va bundan saboq olishni o`rgatish;

Rivojlantiruvchi maqsad: -o`quvchilarni dunyoqarashini, nutqini,fikrlash qobilyatini, shakllantirish

Tayanch kompetentsiyalar:

Kommunikativlik

o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, mavzu:dan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish;

Milliy va umummadaniy

umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlarini (urf odatlar, marosimlar, milliy madaniy an’analar va.h.k.) hurmat qilish;

o‘zgalarga nisbatan mehrmuruvvat, saxiylik, diniy e’tiqodi, milliy hususiyatlari, an’ana va marosimlarini hurmat qilish; jamiyatda o‘rnatilgan odobaxloq qidalariga rioya qilish

O‘z-o‘zini rivojlantirish

shaxs sifatida doimiy ravishda o‘zo‘zini rivojlantirish, ma’naviy va intellektual kamolotga intilish;

o‘z hatti-harakatini adekvat baholash, o‘zini nazorat qila bilish, halollik, to‘g‘rilik kabi sifatlarga ega bo‘lish.

Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish

tarixda yil xisobini o‘qiy olish, tarixiy darvlarga oid chizmalarni o‘qiy olish, rim raqamida yozilgan raqamlarni o‘qiy oladi.

miloddan avvalgi, era, milodiy yillar o‘rtasidagi farqalarni matematik amallar bilan yecha oladi.

Fanga oid kompetensiyalar:

·         Tarixiy voqeilikni tushunishvauni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi.

tarixiy davrlar va -yillarni ajrata oladi, tarixiy hisobini tushuntira oladi;

         mazkur davrni o‘rganish orqali o‘quvchilar tarix fanining o‘rganilayot- gan davriga oid tarixiy atamalar mazmunini biladi;

Tarixiy shaxslar haqida ma’lumot bera oladi,tarixiy sanalarda ro‘y bergan voqealar haqida ma’lumot bera oladi

·         Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi.

Tarixiy illustrasiyalar asosida kichik hikoyalar tuza oladi, tarixiy joylarni xaritadan ko‘rsata oladi

Darsning blok sxemasi:

Darsning qismlari

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa

I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.

II.O`tilgan mavzuni takrorlash:

1.       Nima sababdan Qo`qon xoni Olimxon Toshkentni bo`ysindirishga harakat qilgan edi?

2.       Toshkent hokimlaridan qaysi biriga “Hazrati eshon” unvoni berilgan?

3.       Toshkentni o’rab turgan devor uzunligi qancha edi?

4.       Toshkentda “Hazrati eshon” unvonini olgan kishi yana qanday atalgan?

III. Yangi mavzu bayoni

Olimxon hokimiyatni markazlashtirish maqsadida ichki islohotlar ham o’tkazdi. Diniy unvon hisoblangan „eshon“ni bekor qiladi. Kambag’al va qalandarlarga yer maydonlari hamda chorva mollari berib, ularni mehnatga jalb qiladi.

Ayrim diniy arboblami imtihon qiladi va yolg’onchiligi fosh qilinganlami jazolaydi. Ulamolar xonning bu xatti-harakatlaridan norozi bo’ladi va unga qarshi fitna uyushtiradilar. 1810-yilda xonning Toshkentdaligidan foydalanib, „Olimxon Toshkentda o’ldi“, degan mish-mish tarqatishadi. Taxtga uning ukasi Umarxonni o’tqizadilar. Olimxon xiyonatdan xabar topgach, Qo’qonga qaytadi. Biroq fitnachilar tomonidan yo’Ida Olimxon otib o’ldiriladi.

Umarxon

Umarxon (1810-1822) akasi Olimxon davrida Farg’ona hokimi edi. U Andijon hokimi Ralimonqulibiyning qizi Mohlaroyim (Nodira)ga uylangan.

Farg’onalik tarixchi Muhammad Hakim Umarxon hukmronligi davrini eng yaxshi podsholik davrlaridan biri sifatida tavsiflagan.

Umarxon hukmronligining dastlabki paytlarida Buxoro bilan o’rnatilgan do’stona munosabatlar Jizzax va O’ratepa uchun azaliy kurash oqibatida yana uzilib qoldi. Bu kurash Umarxonning butun hukmronlik davrida davom etdi va ilgari bo’lganidek, u tomonga ham, bu tomonga ham g’alaba keltirmadi.Qo’qon qo’shinlarining ko’chmanchi qozoq va qirg’iz elatlariga yurishlari ancha muvaffaqiyatliroq kechdi. Katta va qisman Kichik juz o’rdalarini o’z ichiga oluvchi keng hududlar Qo’qon xonligiga bo’ysundirildi. Sirdaryo bo’yidagi Yangiqo’rg’on, Julek, Qamishqo’rg’on, Oqmasjid, Qo’shqo’rg’on nomli harbiy istehkomlar qurildi va Turkiston shahrini o’z tasarrufiga oldi.

Muhammad Alixon

 Qo’qon xonligining hududi Umarxonning o’g’li va vorisi Muhammad Alixon (Madalixon) davrida (1822-1842) ancha kengaydi. Qo’qon qo’shinlari Farg’onaning janubida joylashgan, asosan, tojik o’troq aholisi yashaydigan va o’z hokimlari bolgan Qorategin, Darboz va Ko’lobga yurish qilib, bu yerlarni egalladilar.Madalixon boshqaruvining so’nggi yillarida, Qo’qon xonligida g’alayonlar kuchaygan paytida, Madalining ko’ngli tusagan ishlarni qila berishini qo’llab-quvvatlovchi odamlar ta’siriga tushib qolgan yosh xon o’z marhum otasining eng obro’li a’yonlarini ta’qib qila boshladi. Umarxon davrida xon hokimiyati bilan mahalliy zodagonlar o’rtasida mustahkamlangan ittifoq buzila boshladi. Amaldorlarning ayrimlari surgun qilindi, ba’zilari qatl etildi, ba’zilari esa Buxoroga qochib ketishdi. Joylarida qolgan amaldorlar esa xon hokimiyatidan norozi bo’lganlarning hammasini o’z atroflariga yig’ib, xonni taxtdan qulatishga tayyorlana boshladilar. Bularning hammasi aholining barcha tabaqalarini Madaliga qarshi qilib qo’ydi. Ruhoniylar xonni turli axloqsizlik va shariatga qarshi jinoyatlarda ayblab, unga qarshi ochiq targ’ibot olib borishdi.

Xondan norozi bo’lganlar unga qarshi ochiq kurashish uchun yetarli kuchga ega bo’1-may, o’z elchilarini Buxoro amiri Nasrullo huzuriga yuborib, undan yordam so’radilar.Amir Nasrullo 1842-yilda o’z qo’shinlarini Qo’qonga qarshi safarbar etdi. Qo’qon qo’shinlari mag’lubiyatga uchradi.

Madalixon o’z a’yonlari bilan tutib olindi va Amir Nasrullo buyrug’iga binoan qatl etildi. Amir Nasrullo hatto Madalixonning onasi Nodirabegimga ham shafqat qilmadi.

Amir Nasrullo istilosidan keyingi siyosiy ahvol

Amir Nasrulloning Qo’qon xonligidagi hukmronligi uzoqqa cho’zilmadi. Chunki amirning Qo’qondagi noibi Ibrohim dodxoh Qo’qon xonligi aholisini avval undirib kelingan soliqqa qo’shimcha ravishda Buxoro amirligida joriy etilgan soliqlami ham to’lashga majbur qilgan. Natijada, butun Qo’qon xonligi hududida 1842-yili katta qo’zg’olon ko’tariladi. Uning oqibatida amirning Qo’qondagi noibi va beklari hokimiyati tugatildi. Buxoro amiri hukmronligiga Qarshi qo’zg’olonni tashkil etgan mahalliy kuchlar Farg’ona vodiysida ko’chib yurgan qipchoqlar madadiga tayangan edilar. Qo’zg’olon natijasida Qo’qon xonligining mustaqilligi tiklandi. Taxtga Norbo’tabiyning ukasi Hojibekning o’g’li Sherali o’tqizildi. Qo’qon xonligi mustaqilligini tiklashda minglar qabilasiga katta madad bergan qipchoqlar xonlikning ijtimoiy-siyosiy hayotida katta mavqega ega bo’lib oldilar. Qipchoqlardan Musulmonqul mingboshi etib tayinlandi.

Qo’qondagi mag’lubiyatga chiday olmagan Amir Nasrullo yana Qo’qonga yurish qiladi. U Qo’qon shahrini 40 kun qamalda tutadi. Biroq Amir Nasrulloning qamalni davom ettirishiga Xiva xoni Olloqulixonning Buxoro amirligiga qilgan hujumi xalaqit berdi. Amir Nasrullo Buxoroga qaytishga majbur bo’ldi.

Sheralixonning hukmronligi davrida aholidan soliq undirish kuchaydi. Bu hol mehnatkash aholining noroziligini keltirib chiqardi. Bundan tashqari, davlatda muhim lavozimlarni egallab olgan qipchoqlar davlat ishlarida o’z hukmronligini o’tkazishga, o’zbek, qirg’iz va tojiklarning mamlakat hayotidagi ta’sirini kamaytirishga urindilar. Qipchoqlar Qo’qonga ko’plab ko’chib kela boshlagach, mahalliy aholining uy-joyini, mol-mulkini zo’ravonlik bilan ola boshladilar. Bular xonlikda qipchoqlarga nisbatan norozilikni kuchaytirdi.

Musulmonqul 1845-yilda soliqlarning haddan tashqari og’irligidan norozi bo’lib qo’zg’olon ko’targan O’sh xalqi qo’zg’olonini bostirish uchun qo’shin bilan yuborildi. Bu paytda Isfara hokimi Samarqandda istiqomat qilib turgan marhum Qo’qon xoni Olimxonning o’g’li Murodxonni olib kelib Qo’qon taxtiga o’tqizadi va Sheralixon oldiriladi. Musulmonqul o’z qo’shini bilan Namanganga keladi. Ishni avval qizini marhum Sheralixonning o’g’li Xudoyorxonga nikohlab berishdan boshlaydi. 13 yoshli Xudoyorxon bu davrda Namangan hokimi edi. Shundan keyin Musulmonqul Qo’qonga kelib Murodxon va uni qo’llab-quvvatlaganlami fitnachi sifatida ayblab, ularni qatl ettiradi. Kuyovi Xudoyorxonni esa taxtga o’tqizadi.

Darsni mustahkamlash uchun savollar:

1.       Umarxon qaysi yillarda Qo`qon xonligini boshqargan?           

2.       Sirdaryo bo`yidagi harbiy istehkomlar, jumladan, Oqmasjid, Qo`shqo’rg’on kabilar kimning davrida qurdirilgan?

3.       Xudoyorxon 1852-yilgi qipchoqlar qirg’inini qayerdan chaqirilgan qo’shin bilan uyushtirdi?

4.       Rossiya Qo’qon savdogarlari olib brogan qanday mahsulotga bojni bekor qilishgan?

5.       1842-yili Buxoro amiri Nasrullo Qo’qonni qancha vaqt qamal qildi?

Darsni yakunlash:

 a)O’quvchilarni ma’naviy rag’batlantirish: Baholash.

 b)Uyga vazifa: Mavzuni o’qib o’rganib keliash.

Sana:   ______________

Fan:  O`zbekiston tarixi

Sinfi: 8  ___  ____  ____

Mavzu: Qo’qon xonligining  iqtisodiy hayoti

Soatlar soni: 1 soat

Mavzuning qisqacha ta`rifi:

O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:

Dars turi: Yangi bilim beruvchi

Metod: suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi, “Jadval texnologiyasi” , “Tadqiqotlar yoki loyixa texnologiyasi”,“Rasmlarda aks etgan tarix”

Shakl: jamoa, guruhda ishlash

Jihoz: I.A.Karimov “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”asari darslik,siyosiy xarita,tarqatma,rasmli ko`rgazma,slayd,kompyuter.

Nazorat: o`quvchilarning darsda faolligi kuzatilib, hisobga olib boriladi.

Baholash: O`quvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanib, dars oxirida e`lon qilinadi.

Darsning maqsadi

Maqsadlar:

Ta`limiy maqsad:-o`quvchilarga Qo’qon xonligining  iqtisodiy hayoti haqida ma`lumot berish;

Tarbiyaviy maqsad: - o`quvchilargavatanimiz va o`zbek xalqining o`rta asrlarda boshidan kechirgan g`oyat murakkab va mashaqqatli hayoti haqida tushuncha berish va bundan saboq olishni o`rgatish;

Rivojlantiruvchi maqsad: -o`quvchilarni dunyoqarashini, nutqini,fikrlash qobilyatini, shakllantirish. 

Tayanch kompetentsiyalar:

Kommunikativlik

o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, mavzu:dan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish;

Milliy va umummadaniy

umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlarini (urf odatlar, marosimlar, milliy madaniy an’analar va.h.k.) hurmat qilish;

o‘zgalarga nisbatan mehrmuruvvat, saxiylik, diniy e’tiqodi, milliy hususiyatlari, an’ana va marosimlarini hurmat qilish; jamiyatda o‘rnatilgan odobaxloq qidalariga rioya qilish

O‘z-o‘zini rivojlantirish

shaxs sifatida doimiy ravishda o‘zo‘zini rivojlantirish, ma’naviy va intellektual kamolotga intilish;

o‘z hatti-harakatini adekvat baholash, o‘zini nazorat qila bilish, halollik, to‘g‘rilik kabi sifatlarga ega bo‘lish.

Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish

tarixda yil xisobini o‘qiy olish, tarixiy darvlarga oid chizmalarni o‘qiy olish, rim raqamida yozilgan raqamlarni o‘qiy oladi.

miloddan avvalgi, era, milodiy yillar o‘rtasidagi farqalarni matematik amallar bilan yecha oladi.

Fanga oid kompetensiyalar:

·         Tarixiy voqeilikni tushunishvauni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi.

tarixiy davrlar va -yillarni ajrata oladi, tarixiy hisobini tushuntira oladi;

         mazkur davrni o‘rganish orqali o‘quvchilar tarix fanining o‘rganilayot- gan davriga oid tarixiy atamalar mazmunini biladi;

Tarixiy shaxslar haqida ma’lumot bera oladi,tarixiy sanalarda ro‘y bergan voqealar haqida ma’lumot bera oladi

·         Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi.

Tarixiy illustrasiyalar asosida kichik hikoyalar tuza oladi, tarixiy joylarni xaritadan ko‘rsata oladi

Darsning blok sxemasi:

Darsning qismlari

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa

I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.

II.O`tilgan mavzuni takrorlash:

1.       Umarxon qaysi yillarda Qo`qon xonligini boshqargan? 

2.       Sirdaryo bo`yidagi harbiy istehkomlar, jumladan, Oqmasjid, Qo`shqo’rg’on kabilar kimning davrida qurdirilgan?

3.       Xudoyorxon 1852-yilgi qipchoqlar qirg’inini qayerdan chaqirilgan qo’shin bilan uyushtirdi?

4.       Rossiya Qo’qon savdogarlari olib brogan qanday mahsulotga bojni bekor qilishgan?

5.       1842-yili Buxoro amiri Nasrullo Qo’qonni qancha vaqt qamal qildi?

III. Yangi mavzu bayoni

Qo’qon xonligida aholi sun’iy sug’orish mahoratini mukammal egallagan edi. Suvdan oqilona foydalanilardi, Qo’qon xonligi yerlarida bug’doy, arpa, tariq, jo’xori, makkajo’xori, sholi, mosh, loviya, kunjut, zig’ir, paxta, beda; poliz ekinlaridan: qovun, tarvuz, bodring, qovoq; mevalardan: uzum, o’rik, shaftoli, olma, nok, behi, yong’oq, olxo’ri, olcha, gilos; sabzavotlardan: sabzi, piyoz, lavlagi va hokazolar yetishtirilardi. Asosiy g’alla ekini bug’doy edi.

Xonlikda paxtachilik ham alohida o’rin egallagan. Farg’ona vodiysining ko’pgina dehqonlari paxtakor bo’lib, paxtachilik yildan yilga rivojlana bordi. Rossiyaning Markaziy Osiyodan, avvalo Qo’qondan paxta sotib ola boshlashi bu ekin maydonlarining yanada kengayishiga sabab bo’ldi. Paxta savdosiga hatto boj ham bekor qilindi. Shu sababli Qo’qon savdogarlari Rossiyaga serqatnov bo’lib qolishdi. Talabning o’sib borishi bilan paxta narxi ham oshib bordi.

Yer egaligi

Qo’qon xonligida yer egaligining quyidagi shakllari mavjud bolgan: 1. Amlok yerlari. 2. Xususiy mulk yerlari. 3. Vaqf yerlari. Mamlakatdagi butun yer davlatniki edi. Shuning uchun ham xususiy yer egalari aslida yerga emas, balki undan olinadigan mahsulot hamda shu yerlarda qurilgan imoratlarga egalik qilar edilar. Mulklarning ko’pchiligi 30 sotixdan 60 sotixgacha bo’lgan. Yerlar ishlov berish uchun dehqonlarga ijaraga berilar edi.

Dehqonlar xon yerlarida ham mehnat qilar edilar. Xon yerlarida ishlash uchun majburan safarbar etilganlar soni 10 ming nafargacha yetardi. Ular mardikorlar deb atalardi.

Xonlikda xususiy yerlarda hosilning 1/4 qismi uchun yollanib ishlovchi yersiz, ot-ulovsiz tabaqa vujudga kelgan bo’lib, ular chorikorlar deb atalar edi. Bundan tashqari, korandalar deb ataluvchilar ham bo’lib, ular hosilning yarmi uchun yerlarni ijaraga olib, o’z mehnat qurollari bilan yollanib ishlar edilar.

Soliq va majburiyatlar

 Asosiy soliq-xiroj, bo’lib uning miqdori ekin ekiladigan yer maydoni va ekin turiga qarab 1/3-1/5 qismi olinar edi. Ko’chmanchi xalqlardan olinadigan zakotning ham turi ko’p edi. Ularning asosiylari „qo’ra boshi“, „tutun haqi“, „yig’im soliq“ deb atalar edi. „Qo’ra boshi“ zakoti-ko’chmanchi chorvadorlardan moli boshiga va qo’rasiga qarab olinadigan zakot edi. Bu zakot qishda mollar qo’ralarda turganida yig’ib olinar edi.

„Tutun haqi“ zakoti-bu bahor kelganda yangi o’tloqlarga ko’chishdan oldin xonadon boshiga bittadan qo’y bilan olinadigan soliq (zakot) edi.

„Yig’im soliq“ esa zakot to’lamaydigan boylar va ularning qarindoshlarining bekka beradigan 9 buyumdan iborat in’omlari yig’imi bolgan.

Ahvol shu darajaga borib yetgan ediki, mehnatkash xalq deyarli hamma narsa uchun soliq to’lar edi. Chunki hamma qo’riq yerlar, chakalakzorlar, to’qaylar, daraxtzorlar, ko’llar, barcha yaylovlar xonning ixtiyorida edi.

Aholi qal’a devorlarini ta’mirlash, istehkomlar qurishga, kanallar qazishga, ariqlami tozalashga, yo’l qurilishiga safarbar etilardi.

Hunarmandchilik

Xonlik hujjatlariga ko’ra, Qo’qonda hunarmandchilikning miskar, zargar, o’ymakor, kulol, qog’ozgar, to’qimachi, do’ppi tikuvchi, kashtachi, ko’priksoz, temirchi, novvoy, aravasoz, baxmalbof, bo’yoqchi, dorukash, devorzan, degrez, ko’nchi, miltiqsoz, nayzagar, panjarasoz, pillakash, po’stindo’z, taqachi, paranjido’z, chevar, chitgar, gilamchi kabi turlari bo’lgan.

Xonlikda oltin ma’dani Kosonsoy (Namangan)dan, Qoratog’ shimolidagi Ko’krev daryosidan, Chirchiq daryosi bo’ylaridan, Chotqol daryosi yuqori oqimlaridan olingan.

Samarqandda bo’lganidek, Qo’qon xonligida ham qog’oz ishlab chiqarilgan. Qog’oz juvozxonasi Qo’qon shahrining Mo’yi muborak darvozasi orqasida maqbara yonida joylashgan.

Savdo

Qo’qonga qo’shni shaharlar va xorijiy mamlakatlardan savdogarlar kelib turgan. Shaharda yakshanba va chorshanba kunlari bozor bo’lgan.

Qo’qon xonligining iqtisodiy hayotida Buxoro amirligi, Xiva xonligi, Qashqar, Hindiston, Afg’oniston, Eron va ayniqsa, Rossiya bilan bo’lgan savdo katta o’rinni egallagan. Masalan, Qashqar bilan olib borilgan savdo-sotiq faqat Qo’qon orqali bo’lar edi. Qo’qondan Qashqargacha yuklangan ot karvoni 14-20 kun yo’l yurgan. Qo’qondan Qashqarga temir, qizil charm, ipak va ipdan to’qilgan matolar, oltin olib borilgan.

Qo’qon karvonsaroylarida Hindiston, Tibet, Qashqar, Buxoro amirligi, Afg’oniston, Rossiyadan olib kelingan molar ayirboshlanardi. Qo’qonga savdogarlar karvon yo’llari orqali kelganlar.

Darsni mustahkamlash uchun savollar:

1.       Qo’qon xonligida hosilning 1 / 4  qismi uchun ishlovchilar qanday atalgan?

2.       Qo’qon xonligida ko’chmanchi xalqlardan olinadigan zakotning turlarini aniqlang?

3.       “Yig`im soliq” nechta buyumdan iborat in’omlardan tashkil topgan?

4.       Qo`qon xonligidagi qaysi shaharda qog`oz ishlab chiqarilgan?

Darsni yakunlash:

 a)O’quvchilarni ma’naviy rag’batlantirish: Baholash.

 b)Uyga vazifa: Mavzuni o’qib o’rganib keliash.

Sana:   ______________

Fan:  O`zbekiston tarixi

Sinfi: 8  ___  ____  ____

Mavzu: Qo’qon xonligi shaharlari

Soatlar soni: 1 soat

Mavzuning qisqacha ta`rifi:

O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:

Dars turi: Yangi bilim beruvchi

Metod: suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi, “Jadval texnologiyasi” , “Tadqiqotlar yoki loyixa texnologiyasi”,“Rasmlarda aks etgan tarix”

Shakl: jamoa, guruhda ishlash

Jihoz: I.A.Karimov “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”asari darslik,siyosiy xarita,tarqatma,rasmli ko`rgazma,slayd,kompyuter.

Nazorat: o`quvchilarning darsda faolligi kuzatilib, hisobga olib boriladi.

Baholash: O`quvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanib, dars oxirida e`lon qilinadi.

Darsning maqsadi

Maqsadlar:

Ta`limiy maqsad:-o`quvchilarga: Qoqon xonligi shaharlari haqida ma`lumot berish;

Tarbiyaviy maqsad: - o`quvchilargavatanimiz va o`zbek xalqining o`rta asrlarda boshidan kechirgan g`oyat murakkab va mashaqqatli hayoti haqida tushuncha berish va bundan saboq olishni o`rgatish;

Rivojlantiruvchi maqsad: -o`quvchilarni dunyoqarashini, nutqini,fikrlash qobilyatini, shakllantirish

Tayanch kompetentsiyalar:

Kommunikativlik

o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, mavzu:dan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish;

Milliy va umummadaniy

umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlarini (urf odatlar, marosimlar, milliy madaniy an’analar va.h.k.) hurmat qilish;

o‘zgalarga nisbatan mehrmuruvvat, saxiylik, diniy e’tiqodi, milliy hususiyatlari, an’ana va marosimlarini hurmat qilish; jamiyatda o‘rnatilgan odobaxloq qidalariga rioya qilish

O‘z-o‘zini rivojlantirish

shaxs sifatida doimiy ravishda o‘zo‘zini rivojlantirish, ma’naviy va intellektual kamolotga intilish;

o‘z hatti-harakatini adekvat baholash, o‘zini nazorat qila bilish, halollik, to‘g‘rilik kabi sifatlarga ega bo‘lish.

Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish

tarixda yil xisobini o‘qiy olish, tarixiy darvlarga oid chizmalarni o‘qiy olish, rim raqamida yozilgan raqamlarni o‘qiy oladi.

miloddan avvalgi, era, milodiy yillar o‘rtasidagi farqalarni matematik amallar bilan yecha oladi.

Fanga oid kompetensiyalar:

·         Tarixiy voqeilikni tushunishvauni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi.

tarixiy davrlar va -yillarni ajrata oladi, tarixiy hisobini tushuntira oladi;

         mazkur davrni o‘rganish orqali o‘quvchilar tarix fanining o‘rganilayot- gan davriga oid tarixiy atamalar mazmunini biladi;

Tarixiy shaxslar haqida ma’lumot bera oladi,tarixiy sanalarda ro‘y bergan voqealar haqida ma’lumot bera oladi

·         Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi.

Tarixiy illustrasiyalar asosida kichik hikoyalar tuza oladi, tarixiy joylarni xaritadan ko‘rsata oladi

Darsning blok sxemasi:

Darsning qismlari

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa

I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.

II.O`tilgan mavzuni takrorlash:

1.        Qo’qon xonligida hosilning 1 / 4  qismi uchun ishlovchilar qanday atalgan?

2.       Qo’qon xonligida ko’chmanchi xalqlardan olinadigan zakotning turlarini aniqlang?

3.       “Yig`im soliq” nechta buyumdan iborat in’omlardan tashkil topgan?

4.       Qo`qon xonligidagi qaysi shaharda qog`oz ishlab chiqarilgan?

III. Yangi mavzu bayoni

Xonlikning bosh shahri Qo’qon edi. Tarixiy manbalarda Qo’qonga oid ma’lumotlar 10-asrdan boshlab uchraydi. Qo’qonning yoshi 2000 yildan ortiqdir. Ma’lumotlarda „Havoqand“, „Ho’qand“ degan nomlar bilan qayd etilgan. „Havoqand“ so’zi-„go’zal“, „yoqimli“, „xushmanzara“, „shamol shahri“ degan ma’noni anglatadi, degan fikrlar ham mavjud. Mahalliy aholi o’z shahrini Ho’qandi latif yoki Qo’qon deb aytganlar. Qo’qon shahri

18-19-asr birinchi yarmida nafaqat xonlikning, ayni paytda, Markaziy Osiyoning yirik shaharlaridan biri edi.

Qo’qon mustahkam devor bilan o’ralgan. Shaharga 12 darvozadan kirilgan. Shaharning 12 darvozali bo’lishiga sabab-uning ma’muriy jihatdan 12 dahaga bo’linganligi edi. Bu davrda shaharda 30000 aholi yashagan. 19-asr o’rtalarida Qo’qondagi madrasalar ichida Madalixon, Norbo’tabek, Jome, Hojimoyim, Xoja dodxoh, mingoyim madrasalari alohida ajralib turadi. Ularning har birida 38 tadan 100 tagacha hujrasi bo’lgan.

Qo’qon shahri xonlikning siyosiy, madaniy, iqtisodiy va diniy markazi edi.

Marg’ilon

Marg’ilon (Marg’inon) shahriga bundan 2000 yil avval asos solingan. Marg’ilondagi Sulton Murodbek saroyi Toshkent yoki Samarqand hokimining saroyidan uncha farq qilmasdi. Shahar devor bilan o’ralgan edi. Marg’ilon Qo’qon xonligidagi pilla sotiladigan asosiy bozor markazi edi. Shaharda ko’plab pillakashlik va shoyi to’qish ustaxonalari bor edi.

Umuman, Qo’qon xonligidagi shaharlar bir xilda bo’lib, ular bir-biridan aholisi, madrasa va masjidlarining soni, mahsulotining sifati bilangina farq qilardi. U yoki bu shaharning ahamiyati uning strategik mavqeyi bilan belgilanardi. Katta shaharlarga xonning o’g’illari yoki yaqin qarindoshlari hokim etib tayinlanardi. Qolgan shaharlami o’zbek, tojik, qirg’iz, qipchoq va qozoq zodagonlarining vakillari boshqargan.

Andijon

„Buyuk ipak yo’li“da tashkiltopgan. Ayrim manbalarda shahar nomi „andi“, „adoq“ kabi urug’ atamalari bilan bog’liqligi ko’rsatilgan. Arablar istilo qilgan davrda shahar „Andukon“ deb atalgan, degan rivoyat ham bor. Andijon 15-asrdan boshlab Farg’ona vodiysining markazi bolgan.

Zahiriddin Bobur davrida Andijonda xo’jalik, fan va madaniyat ravnaq topgan. U „Bobumoma“da Andijon haqida: „Oshlig’i vofir, mevasi farovon, qovun va uzumi yaxshi bo’lur. . . Movarounnahrda Samarqand va Kesh qo’rg’onidin so’ngra mundin ulug’roq qo’rg’on yo’qtur. Uch darvozasi bor. To’qqiz tamov suv kirar“.

Qo’qon xonligi tashkil topgach endi u Andijon bekligining markazi bo’lib, 4 dahaga bo’lingan edi. Har dahaning qozisi, mingboshisi bo’lgan. Dahalar oqsoqol boshliq mahallalarga bo’lingan.

Namangan

Namangan shahri ham xonlikning yirik shaharlaridan biri edi. 1620-yilda Farg’onaning qadimgi poytaxti Axsikant qattiq zilzila oqibatida vayron bo’lganligi uchun aholi Namangan atrofiga ko’chgan. Namangan tuz koni („namak kon“) yaqinida qurilgan edi. Uning nomi manbalarda 17-asrdan boshlab uchraydi. 18-asrda Qo’qon xonligi hududiga kirgan. Beklik markazi bolgan. Namangan aholisi hunarmandchilik bilan shug’ullangan.

1819-1822-yillarda Namangan aholisi kuchi bilan katta Yangi ariq kanali qazilib, shaharning suv ta’minoti yaxshilangan. 1842-1845-yillarda shahar baland devor bilan o’ralgan.

Havoqand-bu, . Namak kon-bu,

Darsni mustahkamlash uchun savollar:

1.       ”Boburnoma”da “Movarounnahrda Samarqand va Kesh qo’rg’onidin so’ngra mundin ulug’roq qo’rg’on yo’qtur” deganda qaysi shahar nazarda tutilgan?

2.       Namangan shahriga qachon asos solingan?

3.       XIX asr boshlarida Marg`ilon shahrida nechta maktab faoliyat ko`rsatgan?

4.       ”Boburnoma”da Andijonda nechta darvoza mavjud ekanligi qayd etilgan?

Darsni yakunlash:

 a)O’quvchilarni ma’naviy rag’batlantirish: Baholash.

 b)Uyga vazifa: Mavzuni o’qib o’rganib keliash.

Sana:   ______________

Fan:  O`zbekiston tarixi

Sinfi: 8  ___  ____  ____

Mavzu: Qo’qon xonligida madaniy hayot

Soatlar soni: 1 soat

Mavzuning qisqacha ta`rifi:

O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:

Dars turi: Yangi bilim beruvchi

Metod: suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi, “Jadval texnologiyasi” , “Tadqiqotlar yoki loyixa texnologiyasi”,“Rasmlarda aks etgan tarix”

Shakl: jamoa, guruhda ishlash

Jihoz: I.A.Karimov “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”asari darslik,siyosiy xarita,tarqatma,rasmli ko`rgazma,slayd,kompyuter.

Nazorat: o`quvchilarning darsda faolligi kuzatilib, hisobga olib boriladi.

Baholash: O`quvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanib, dars oxirida e`lon qilinadi.

Darsning maqsadi

Maqsadlar:

Ta`limiy maqsad:-o`quvchilarga Qoqon xonligida madaniy hayot haqida ma`lumot berish;

Tarbiyaviy maqsad: - o`quvchilargavatanimiz va o`zbek xalqining o`rta asrlarda boshidan kechirgan g`oyat murakkab va mashaqqatli hayoti haqida tushuncha berish va bundan saboq olishni o`rgatish;

Rivojlantiruvchi maqsad: -o`quvchilarni dunyoqarashini, nutqini,fikrlash qobilyatini, shakllantirish

Tayanch kompetentsiyalar:

Kommunikativlik

o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, mavzu:dan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish;

Milliy va umummadaniy

umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlarini (urf odatlar, marosimlar, milliy madaniy an’analar va.h.k.) hurmat qilish;

o‘zgalarga nisbatan mehrmuruvvat, saxiylik, diniy e’tiqodi, milliy hususiyatlari, an’ana va marosimlarini hurmat qilish; jamiyatda o‘rnatilgan odobaxloq qidalariga rioya qilish

O‘z-o‘zini rivojlantirish

shaxs sifatida doimiy ravishda o‘zo‘zini rivojlantirish, ma’naviy va intellektual kamolotga intilish;

o‘z hatti-harakatini adekvat baholash, o‘zini nazorat qila bilish, halollik, to‘g‘rilik kabi sifatlarga ega bo‘lish.

Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish

tarixda yil xisobini o‘qiy olish, tarixiy darvlarga oid chizmalarni o‘qiy olish, rim raqamida yozilgan raqamlarni o‘qiy oladi.

miloddan avvalgi, era, milodiy yillar o‘rtasidagi farqalarni matematik amallar bilan yecha oladi.

Fanga oid kompetensiyalar:

·         Tarixiy voqeilikni tushunishvauni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi.

tarixiy davrlar va -yillarni ajrata oladi, tarixiy hisobini tushuntira oladi;

         mazkur davrni o‘rganish orqali o‘quvchilar tarix fanining o‘rganilayot- gan davriga oid tarixiy atamalar mazmunini biladi;

Tarixiy shaxslar haqida ma’lumot bera oladi,tarixiy sanalarda ro‘y bergan voqealar haqida ma’lumot bera oladi

·         Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi.

Tarixiy illustrasiyalar asosida kichik hikoyalar tuza oladi, tarixiy joylarni xaritadan ko‘rsata oladi

Darsning blok sxemasi:

Darsning qismlari

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa

I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.

II.O`tilgan mavzuni takrorlash:

1.        ”Boburnoma”da “Movarounnahrda Samarqand va Kesh qo’rg’onidin so’ngra mundin ulug’roq qo’rg’on yo’qtur” deganda qaysi shahar nazarda tutilgan?

2.       Namangan shahriga qachon asos solingan?

3.       XIX asr boshlarida Marg`ilon shahrida nechta maktab faoliyat ko`rsatgan?

4.       ”Boburnoma”da Andijonda nechta darvoza mavjud ekanligi qayd etilgan?

III. Yangi mavzu bayoni)

Qo’qon xonligida madaniyat ham madaniy muhit rivojlanib bordi. Shahar va qishloqlarda ko’plab maktab, madrasa va masjidlar qurilib, yoshlar o’qitilgan, ularga hunar o’rgatilgan. Qo’qonda 120 ta maktab, 40 ta madrasa va masjid, Marg’ilonda 80 ta maktab, 10 ta madrasa va masjidning faoliyat yuritganligi buning guvohidir.  Qo’qon xoni Umarxon ilm, madaniyat, san’at, adabiyot rivojiga, madrasalarda o’qish-o’qitish ishlarini yaxshilashga, turli kasb-hunar maktablarining ochilishiga e’tibor bergan, qo’llabquvvatlagan.

Umarxon sa’y-harakatlari natijasida Qo’qonda 19-asr boshlarida o’ziga xos ilmiy-madaniy muhit vujudga keladi. Uning asoschisi ma’rifatparvar hukmdor va hassos shoir Umarxon (1787-1822) edi. Qo’qon ilmiy-madaniy muhitining rivojida Umarxonning umr yo’ldoshi, mashhur shoira Nodirabegimning hissasi katta bo’ldi.

Umarxon Amiriy taxallusi bilan ko’plab she’rlar yozgan. Uning atrofida 70 dan ortiq shoir yig’ilgan. 1821-yilda Fazliy Namangoniy Umarxon amriga binoan, 63 Shoirning she’rlarini o’z ichiga olgan „Majmuayi shoiron“ to’plamini tuzgan. 10 ming misradan ortiq o’zbek, fors-tojik tilidagi g’azal, muxammas, tuyuq janrlaridagi she’riar to’plangan devon yaratilgan.

Arab va fors tillaridagi kitoblar o’zbek tiliga tarjima qilindi. Noyob kitoblar iste’dodli xattotlar tomonidan ko’chirildi, nozik tasvirlar bilan bezatildi. Amiriy o’zbek va fors tillarida she’riar yozdi. Uning g’azallar devoni 1882-yilda Istanbulda, 1905-yilda Toshkentda chop etildi.

Maxmur va Gulxaniy

Amir Umarxon davridagi yirik shoirlardan biri Maxmur (asl ismi Mahmud) 18-asr oxirida tug’ilib, 1844-yili vafot etgan. Qo’qondagi Madrasayi Mirda o’qigan, keyin Amir Umarxon qo’shinida sipohilik qilgan. Maxmuning hajviy she’rlar devoni saqlangan bo’lib, unda 69 asar (3717 misra) jamlangan. She’rlarida xalqqa jabr yetkazgan amaldorlarni keskin tanqid ostiga oladi. U milliy adabiyotda ijtimoiy hajviyani yuksak pog’onaga ko’taradi.

O’zbek mumtoz adabiyotining tanqidiy yo’nalishini rivojlantirgan Maxmur merosi keyingi davrdagi qalam ahlining hajviygo’ylik ijodiga samarali ta’sir ko’rsatdi.  Bu davr adabiyotining yana bir yirik namoyandasi Gulxaniy (Muhammad Sharif) bo’lgan. U 1770-yilda hozirgi Tojikistonning Tavildara tumanida tug’ilgan. Boshlang’ich ta’limni qishlog’ida olgan. Muhtojlik oqibatida Namanganga kelib mardikorlik qilgan. Keyinchalik Qo’qonda istiqomat qiladi. Bu yerda hammomda go’lax (o’t yoquvchi) bo’lib ishlaydi. Shu boisdan „ Gulxaniy “ taxallusi bilan ijod qilgan.

Uvaysiy

Qo’qon adabiy muhitini Jahon otin-taxallusi Uvaysiy (1780-1841) va Mohlaroyim-Nodiralar ijodisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Uvaysiy oilasi o’z davrining ilg’or va ma’rifatli oilalaridan edi. Otasi ham o’zbek, ham tojik tilida qalam tebratgan. Oiladagi muhit Uvaysiyda ijod qobiliyatini yuzaga chiqardi. Uvaysiy Navoiy, Lutfiy, Bobur, Fuzuliy va Jomiy ijodlarini qunt bilan o’rgandi. Amir Umarxon Marg’ilon hokimi bo’lib turgan yillarda (1806-1807) Uvaysiy el orasida tanilgan shoira edi. Undagi shoiralik iste’dodi Umarxonning xotini Nodirani o’ziga rom etgan. Umarxon Qo’qon taxtiga o’tirgach, Uvaysiy Qo’qonga taklif etilgan. Bu yerda u juda ko’p yoshlarga murabbiylik qilgan. Nodira bilan ijodiy hamkorligi qaror topgan.  Uning ijodi xalqparvarligi bilan ajralib turadi. Uvaysiyning adabiy merosida 269 g’azal, 29 muxammas, 3 doston va boshqalar bor. Asarlarida insonni e’zozlash, do’stlik, vafo, sadoqat g’oyalari, el-yurt dardi, xalq hasrati kuylanadi. Uvaysiy ijodining yuksak badiiyligini uning anor haqidagi quyidagi she’ri misolida yaqqol ko’rish mumkin:

O’zbek shoirasi, ma’rifatparvar davlat arbobi Mohlaroyim-Nodira (1792-1842)Andijonda tug’ilgan. Otasi Rahmonqulbiy Andijon hokimi bo’lib, Qo’qon xoni Olimxonning tog’asi edi.  Umarxon Marg’ilonga hokim etib tayinlanganidan keyin Nodiraga uylangan.  Nodira Uvaysiy bilan tanishgach, uni yosh bolalar va kanizaklarni o’qitish uchun muallimlikka taklif etadi. Nodira 14 yoshli o’g’li Muhammad Alixon taxtga o’tirgach, davlatni idora etishda faol ishtirok etadi, madrasalar qurdiradi. Nodira olimlar, xattot va naqqoshlarni Qo’qonga to’plagan, ko’p kitoblarni qayta ko’chirtirgan. Kitob muqovasining did bilan ishlanishiga e’tibor beradi. Yaxshi xattotlarga, naqqoshlarga tilla qalam, kumush qalamdon sovg’a qilgan. Nodiraning o’zi ham o’zbek, ham tojik tillarida ijod qilgan. Mohlaroyim Nodira taxallusida 180 she’r jamlangan devon, Komila taxallusida 19 g’azal, Maknuna taxallusida 333 g’azaldan iborat devon yozgan. Nodiradan 10 ming misraga yaqin lirik adabiy meros qolgan. Uning she’riyati asosini lirika tashkil etadi. She’rlarida muhabbat, sadoqat, mehr-vafo, ayni paytda, Sharq xotin-qizlarining dard-alamlari, oh-fig’onlari kuylanadi. Nodira Navoiy, Fuzuliy va Bedil g’azallariga muxammaslar ham yozgan.

Qo’qon xonligida ijod qilgan ulug’ insonlardan biri iste’dodli shoir Boborahim Mashrab edi (1640-1711). U Namanganda tug’ilgan. 7 yoshligida xat-savodi chiqqan. 15 yoshidan boshlab tasavvuf ilmini egallay boshlagan. 18 yil davomida dunyoning juda ko’p mamlakatlarini kezib chiqqan.

Mashrab o’z she’rlarida hukmron tabaqalarning mehnatkash xalqqa o’tkazgan jabr-zulmlarini, ochko’zligini, ba’zi ruhoniylarning, eshonlarning avom xalq ruhini do’zax va oxirat azoblari bilan dahshatga solayotganligini ayovsiz fosh etadi. Xalqning og’ir, ayanchli ahvoliga achinadi. Mashrab bitgan quyidagi satrlar buning dalilidir.  Mashrab asarlari to’plangan devon haqida manba topilmagan. Uning „Devoni Mashrab“, „Devonayi Mashrab“, „Eshoni Mashrab“ nomlari ostida xalq orasida tarqalgan qo’lyozma va toshbosma shaklidagi qissalari qolgan.  Mashrab dinga shak keltirganlikda ayblanadi va 1711-yili g’animlarning ig’vosi bilan Balx hokimi Mahmudbiy Qatag’on tomonidan o’limga hukm etiladi.

Darsni mustahkamlash uchun savollar:

1.       Mohlaroyim qaysi taxallusda 333 g’azaldan iborat devon tuzgan?

2.       Mashrab necha yoshidan boshlab tasavvuf ilmini egallay boshlagan?

3.       ”Zarbulmasal” asari muallifi kim?

4.       Mashrabni o`limga hukm qilgan Mahmudbiy Qatag`on quyidagi qaysi shaharning hokimi edi?

Darsni yakunlash:

 a)O’quvchilarni ma’naviy rag’batlantirish: Baholash.

 b)Uyga vazifa: Mavzuni o’qib o’rganib keliash.

Sana:   ______________

Fan:  O`zbekiston tarixi

Sinfi: 8  ___  ____  ____

Mavzu: Tarixnavislik, san’at va me’morchilik

Soatlar soni: 1 soat

Mavzuning qisqacha ta`rifi:

O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:

Dars turi: Yangi bilim beruvchi

Metod: suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi, “Jadval texnologiyasi” , “Tadqiqotlar yoki loyixa texnologiyasi”,“Rasmlarda aks etgan tarix”

Shakl: jamoa, guruhda ishlash

Jihoz: I.A.Karimov “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”asari darslik,siyosiy xarita,tarqatma,rasmli ko`rgazma,slayd,kompyuter.

Nazorat: o`quvchilarning darsda faolligi kuzatilib, hisobga olib boriladi.

Baholash: O`quvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanib, dars oxirida e`lon qilinadi.

Darsning maqsadi

Maqsadlar:

Ta`limiy maqsad:-o`quvchilarga tarixnavislik, san’at va me’morchilik haqida ma`lumot berish;

tarbiyaviy maqsad: - o`quvchilargavatanimiz va o`zbek xalqining o`rta asrlarda boshidan kechirgan g`oyat murakkab va mashaqqatli hayoti haqida tushuncha berish va bundan saboq olishni o`rgatish;

Rivojlantiruvchi maqsad: -o`quvchilarni dunyoqarashini, nutqini,fikrlash qobilyatini, shakllantirish. 

Tayanch kompetentsiyalar:

Kommunikativlik

o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, mavzu:dan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish;

Milliy va umummadaniy

umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlarini (urf odatlar, marosimlar, milliy madaniy an’analar va.h.k.) hurmat qilish;

o‘zgalarga nisbatan mehrmuruvvat, saxiylik, diniy e’tiqodi, milliy hususiyatlari, an’ana va marosimlarini hurmat qilish; jamiyatda o‘rnatilgan odobaxloq qidalariga rioya qilish

O‘z-o‘zini rivojlantirish

shaxs sifatida doimiy ravishda o‘zo‘zini rivojlantirish, ma’naviy va intellektual kamolotga intilish;

o‘z hatti-harakatini adekvat baholash, o‘zini nazorat qila bilish, halollik, to‘g‘rilik kabi sifatlarga ega bo‘lish.

Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish

tarixda yil xisobini o‘qiy olish, tarixiy darvlarga oid chizmalarni o‘qiy olish, rim raqamida yozilgan raqamlarni o‘qiy oladi.

miloddan avvalgi, era, milodiy yillar o‘rtasidagi farqalarni matematik amallar bilan yecha oladi.

Fanga oid kompetensiyalar:

·         Tarixiy voqeilikni tushunishvauni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi.

tarixiy davrlar va -yillarni ajrata oladi, tarixiy hisobini tushuntira oladi;

         mazkur davrni o‘rganish orqali o‘quvchilar tarix fanining o‘rganilayot- gan davriga oid tarixiy atamalar mazmunini biladi;

Tarixiy shaxslar haqida ma’lumot bera oladi,tarixiy sanalarda ro‘y bergan voqealar haqida ma’lumot bera oladi

·         Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi.

Tarixiy illustrasiyalar asosida kichik hikoyalar tuza oladi, tarixiy joylarni xaritadan ko‘rsata oladi

Darsning blok sxemasi:

Darsning qismlari

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa

I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.

II.O`tilgan mavzuni takrorlash:

1.       Mohlaroyim qaysi taxallusda 333 g’azaldan iborat devon tuzgan?

2.       Mashrab necha yoshidan boshlab tasavvuf ilmini egallay boshlagan?

3.       ”Zarbulmasal” asari muallifi kim?

4.       Mashrabni o`limga hukm qilgan Mahmudbiy Qatag`on quyidagi qaysi shaharning hokimi edi?

III. Yangi mavzu bayoni

18-19-asrlarda Qo’qon xonligida ko’plab tarixiy asarlar yaratilgan. Mazkur davr tarixchilaridan Abdulkarim Fazliy Namangoniy Amir Umarxonning topshirig’iga binoan „Umamoma“ dostonini yozib tugatgan (1822). U 5000 baytdan iborat tarixiy asardir. Yana „Majmuayi shoiron“ tazkirasida ham uning ijtimoiy qarashlari o’z ifodasini topgan.

Xon saroyida qoziaskar lavozimida ishlagan Mirzo Qalandar Mushrif Isfarangiy Amir Umarxonning maslahati bilan „Shohnomayi nusratpayom“, („G’alabadan xabar beruvchi shohnoma“) tarixiy asarini yozgan.

Umarxon davrining ko’zga ko’ringan tarixchisi Muhammad Hakimxon To’ra ibn Sayid Ma’sumxon (1802-1870) dir. U ona tomondan Qo’qon xoni Norbo’tabekning nabirasidir. Muhammad Alixon davrida quvg’inga uchrab Rossiyaga, Sharq mamlakatlariga sayohat qilishga majbur bo’lgan. Umrining oxirida Shahrisabzda yashab, shu yerda o’zining „Muntaxab ut-tavorix“ (Saralangan tarixlar) asarini yozadi. Bu asar Buxoro amirligi va Qo’qon xonligi tarixiga doir muhim manbalardandir. Unda Markaziy Osiyo xalqlarining ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotiga doir qimmatli ma’lumotlar mavjud.

Ushbu davrning yana bir yetuk tarixshunosi Mulla Niyoz Muhammad Ho’qandiy (1802-1872)dir. Harbiy lavozimlarda ishlagan va 19-asrning 70-yillarida „Tarixi Shohruxiy“ asarini yozadi. Asarda olim davning siyosiy ahvoli va xalqning ijtimoiy turmushiga to’g’ri baho bera olgan. Unda 1872-yilgacha bolgan, ko’pincha o’z ko’zi bilan ko’rgan va bolgan voqealami bayon etadi.

Umarxon davridan 1872-yilgacha bo’lgan tarixiy voqealarning bayonidan iborat bo’lgan yana bir tarixiy asar „Tarixi jahonnomayi“ deb nomlanadi. Uning muallifi Junayd Mulla Avaz Muhammad Mulla Ro’zimuhammad o’g’li (18-asr oxiri-19-asr o’rtalari)dir.

Toshkentlik tarixchi olim Muhammad Solihning „Tarixi jadidayi Toshkand“ (Toshkentning yangi tarixi) asari Vatanimiz tarixini o’rganishda muhim manbadir. U XV-19-asrlar Turkiston tarixi, jumladan, Toshkent tarixi, Qo’qon xonligi tarixi ilmiy nuqtayi nazardan yozilgan qimmatli asardir.

Yana bir tarixchi Mulla Ali qori Qunduziy (1786-1858) „Tavorixi manzuma“ asarini yozgan. Asarda 1822-1848-yillar tarixi bayon etilgan.

Ma’rifatparvar shoira va tarixchi olima Dilshodi Barno„Tarixi muhojiron“ (Muhojirlar tarixi), „Sabot ul-bashar maa tarixi muhojiron“ (Inson matonati va muhojirlar tarixi) kabi asarlar yozib qoldirgan.

San’at

Qo’qonda xattotlik san’ati va me’morchilik ham rivojlangan. Muhammad Latif, Mirzo Sharif Dabir, Abulg’oziyxoja kabi xattotlarning kitob ko’chirish borasida o’zlari amalga oshirgan xayrli ishlari bilan tarixda nomlari qoldi. Kitoblar shunday did bilan ko’chirilganki, xorijiy mamlakatlar shohlari uchun elchilariga ana shunday nafis ko’chirilgan kitoblarni tortiq qilish xonlikda odatga aylangan edi.

Me’morchilik

Qo’qonda me’morchilik rivojlanib bordi. Buxorodan bir guruh binokorlar taklif etilib, ko’plab madrasa, masjid, maqbara, karvonsaroy, ko’prik va muhtasham binolar bunyod etildi. Xalq orasida Madrasayi Mir nomi bilan mashhur bo’lgan Norbo’tabiy madrasasi, Daxmayi Jahon ansambli, Norbo’tabiy va Modarixon daxmalari hozirgacha saqlanib kelmoqda.

Umarxon Turkiston va uning atroflarini-Orolbo’yidan Yettisuvgacha egallab, Oqmachit (Qizil O’rda), Avliyoota (Jambul), Pishpak (Bishkek) qal’alarini bunyod etdi. Qo’qon va boshqa shaharlarda ko’plab binolar qurilgan. Norbo’tabiy madrasasi, Madalixon madrasasi, Madrasayi Kamol qozi, Madrasayi Tunqotar, Madrasayi Haqquli mingboshi, Madrasayi Miyon hazrat, Madrasayi Mohlaroyim, Madrasayi Hakim To’ra, Madrasayi Xonxoja eshon, Madrasayi Buzrukxoja, Madrasayi Pirmuhammad yasovul, Madrasayi Xojabek, Madrasayi Oxund devonbegi, Madrasayi mingoyim, Madrasayi Jome shular jumlasidandir.

19-asrning birinchi yarmida Toshkentda ham muhtasham me’moriy-diniy inshootlar qurilishi, eskilarini ta’mirlash ishlari keng ko’lamda olib borildi. Baroqxon va Ko’kaldosh madrasalari qayta ta’mirlandi. Shayx Xovandi Tohur me’moriy majmuasi hozirgi ko’rinishda shakllantirildi. Zayniddin bobo uchun yangi maqbara qad ko’tardi. Yunusxo’ja qarorgohi Eski O’rda buzilgani sababli yangi markaz-Qo’qon O’rdasi bunyod etildi.

Darsni mustahkamlash uchun savollar:

1.       Qo’qon hukmdori Umarxon qurdirgan qal’alarni aniqlang?

2.       Oqmasjid hozirda qanday ataladi?

3.       Quyidagi madrasalardan qaysi biri xalq o’rtasida Madrasayi Mir nomi bilan mashhur bo’lgan?

Darsni yakunlash:

 a)O’quvchilarni ma’naviy rag’batlantirish: Baholash.

 b)Uyga vazifa: Mavzuni o’qib o’rganib keliash.

Sana:   ______________

Fan:  O`zbekiston tarixi

Sinfi: 8  ___  ____  ____

Mavzu: Takrorlash

Soatlar soni: 1 soat

Mavzuning qisqacha ta`rifi:

O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:

Dars turi: Yangi bilim beruvchi

Metod: suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi, “Jadval texnologiyasi” , “Tadqiqotlar yoki loyixa texnologiyasi”,“Rasmlarda aks etgan tarix”

Shakl: jamoa, guruhda ishlash

Jihoz: I.A.Karimov “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”asari darslik,siyosiy xarita,tarqatma,rasmli ko`rgazma,slayd,kompyuter.

Nazorat: o`quvchilarning darsda faolligi kuzatilib, hisobga olib boriladi.

Baholash: O`quvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanib, dars oxirida e`lon qilinadi.

Darsning maqsadi

Maqsadlar:

Ta`limiy maqsad:-o`quvchilarga haqida ma`lumot berish;

Tarbiyaviy maqsad: - o`quvchilargavatanimiz va o`zbek xalqining o`rta asrlarda boshidan kechirgan g`oyat murakkab va mashaqqatli hayoti haqida tushuncha berish va bundan saboq olishni o`rgatish;

Rivojlantiruvchi maqsad: -o`quvchilarni dunyoqarashini, nutqini,fikrlash qobilyatini, shakllantirish. 

Tayanch kompetentsiyalar:

Kommunikativlik

o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, mavzu:dan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish;

Milliy va umummadaniy

umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlarini (urf odatlar, marosimlar, milliy madaniy an’analar va.h.k.) hurmat qilish;

o‘zgalarga nisbatan mehrmuruvvat, saxiylik, diniy e’tiqodi, milliy hususiyatlari, an’ana va marosimlarini hurmat qilish; jamiyatda o‘rnatilgan odobaxloq qidalariga rioya qilish

O‘z-o‘zini rivojlantirish

shaxs sifatida doimiy ravishda o‘zo‘zini rivojlantirish, ma’naviy va intellektual kamolotga intilish;

o‘z hatti-harakatini adekvat baholash, o‘zini nazorat qila bilish, halollik, to‘g‘rilik kabi sifatlarga ega bo‘lish.

Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish

tarixda yil xisobini o‘qiy olish, tarixiy darvlarga oid chizmalarni o‘qiy olish, rim raqamida yozilgan raqamlarni o‘qiy oladi.

miloddan avvalgi, era, milodiy yillar o‘rtasidagi farqalarni matematik amallar bilan yecha oladi.

Fanga oid kompetensiyalar:

·         Tarixiy voqeilikni tushunishvauni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi.

tarixiy davrlar va -yillarni ajrata oladi, tarixiy hisobini tushuntira oladi;

         mazkur davrni o‘rganish orqali o‘quvchilar tarix fanining o‘rganilayot- gan davriga oid tarixiy atamalar mazmunini biladi;

Tarixiy shaxslar haqida ma’lumot bera oladi,tarixiy sanalarda ro‘y bergan voqealar haqida ma’lumot bera oladi

·         Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi.

Tarixiy illustrasiyalar asosida kichik hikoyalar tuza oladi, tarixiy joylarni xaritadan ko‘rsata oladi

Darsning blok sxemasi:

Darsning qismlari

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa

I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.

II.O`tilgan mavzuni takrorlash:

5.       Mohlaroyim qaysi taxallusda 333 g’azaldan iborat devon tuzgan?

6.       Mashrab necha yoshidan boshlab tasavvuf ilmini egallay boshlagan?

7.       ”Zarbulmasal” asari muallifi kim?

8.       Mashrabni o`limga hukm qilgan Mahmudbiy Qatag`on quyidagi qaysi shaharning hokimi edi?

Mavzu: 16-18-asrlarda xalqaro munosabatlar

Soatlar soni: 1 soat

Mavzuning qisqacha ta`rifi:

O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:

Dars turi: Yangi bilim beruvchi

Metod: suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi, “Jadval texnologiyasi” , “Tadqiqotlar yoki loyixa texnologiyasi”,“Rasmlarda aks etgan tarix”

Shakl: jamoa, guruhda ishlash

Jihoz: I.A.Karimov “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”asari darslik,siyosiy xarita,tarqatma,rasmli ko`rgazma,slayd,kompyuter.

Nazorat: o`quvchilarning darsda faolligi kuzatilib, hisobga olib boriladi.

Baholash: O`quvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanib, dars oxirida e`lon qilinadi.

Darsning maqsadi

Maqsadlar:

Ta`limiy maqsad:-o`quvchilarga16-18-asrlarda xalqaro munosabatlar haqida ma`lumot berish;

Tarbiyaviy maqsad: - o`quvchilargavatanimiz va o`zbek xalqining o`rta asrlarda boshidan kechirgan g`oyat murakkab va mashaqqatli hayoti haqida tushuncha berish va bundan saboq olishni o`rgatish;

Rivojlantiruvchi maqsad: -o`quvchilarni dunyoqarashini, nutqini,fikrlash qobilyatini, shakllantirish. 

Tayanch kompetentsiyalar:

Kommunikativlik

o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, mavzu:dan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish;

Milliy va umummadaniy

umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlarini (urf odatlar, marosimlar, milliy madaniy an’analar va.h.k.) hurmat qilish;

o‘zgalarga nisbatan mehrmuruvvat, saxiylik, diniy e’tiqodi, milliy hususiyatlari, an’ana va marosimlarini hurmat qilish; jamiyatda o‘rnatilgan odobaxloq qidalariga rioya qilish

O‘z-o‘zini rivojlantirish

shaxs sifatida doimiy ravishda o‘zo‘zini rivojlantirish, ma’naviy va intellektual kamolotga intilish;

o‘z hatti-harakatini adekvat baholash, o‘zini nazorat qila bilish, halollik, to‘g‘rilik kabi sifatlarga ega bo‘lish.

Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish

tarixda yil xisobini o‘qiy olish, tarixiy darvlarga oid chizmalarni o‘qiy olish, rim raqamida yozilgan raqamlarni o‘qiy oladi.

miloddan avvalgi, era, milodiy yillar o‘rtasidagi farqalarni matematik amallar bilan yecha oladi.

Fanga oid kompetensiyalar:

·         Tarixiy voqeilikni tushunishvauni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi.

tarixiy davrlar va -yillarni ajrata oladi, tarixiy hisobini tushuntira oladi;

         mazkur davrni o‘rganish orqali o‘quvchilar tarix fanining o‘rganilayot- gan davriga oid tarixiy atamalar mazmunini biladi;

Tarixiy shaxslar haqida ma’lumot bera oladi,tarixiy sanalarda ro‘y bergan voqealar haqida ma’lumot bera oladi

·         Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi.

Tarixiy illustrasiyalar asosida kichik hikoyalar tuza oladi, tarixiy joylarni xaritadan ko‘rsata oladi

Darsning blok sxemasi:

Darsning qismlari

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa

I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.

II.O`tilgan mavzuni takrorlash:

1.       Qo’qon hukmdori Umarxon qurdirgan qal’alarni aniqlang?

2.       Oqmasjid hozirda qanday ataladi?

3.       Quyidagi madrasalardan qaysi biri xalq o’rtasida Madrasayi Mir nomi bilan mashhur bo’lgan?

III. Yangi mavzu bayoni

16-asrda Osiyoning bir-biriga tutash qismida uch siyosiy kuch kurash maydoniga chiqqan edi. Bular-Movarounnahrda shayboniylar, Eronda safaviylar va Hindistonda boburiylar edi. Xalqaro va o’zaro  Ularning manfaatlari to’qnashgan nuqta Xuroson edi. Chunki, Xuroson ham harbiy-siyosiy, ham savdo-iqtisodiy jihatdan muhim o’rin tutar edi. Bundan tashqari, Xuroson-Movarounnahr, Eron va Hindiston yo’nalishida o’ziga xos darvoza vazifasini ham o’tar edi. Xurosonni nazorat qilish masalasida shayboniylar va safaviylar o’rtasida keskin kurash ketgan.

Buxoro va Boburiylar davlati munosabatlari

16-asrda shayboniylar bilan boburiylar o’rtasida elchilik munosabatlari o’rnatildi.  Abdullaxon boburiylar hukmdori Akbarshohga to’rt marta elchi yuborgan. 1586-yilda Akbarshoh elchisi Buxoroga kelgan. Elchilik munosabatlarida ikkala davlatning Xuroson bilan bog’liq o’z manfaatlari masalalari muhokama qilingan. Shuningdek, Hindistonga me’morlar, miniaturachi rassomlar yuborilgan. Ikki mamlakat o’rtasida savdo aloqalari yo’lga qo’yilgan.

Akbarshohning o’g’li Jahongirshoh (1605-1628) va Buxoro xoni Imomqulixon davrida ikkala davlat o’rtasidagi elchilik munosabatlari davom etgan. Lekin Jahongirshohning o’g’li Shoh Jahon (1628-1658) davrida Hindiston-Buxoro munosabatlarida keskinlik yuz bergan. Bu Buxoro xoni Nodir Muhammadxon va uning o’g’li Abdulaziz o’rtasida yuz bergan nizo bilan bog’liq edi. Taxtdan ag’darilgan Nodir Muhammad Balxga qochadi. U o’g’liga Qarshi kurashish maqsadida Hindiston hukmdori Shoh Jahondan yordam so’raydi. Shoh Jahon bu paytda qulay fursat kutib Balxni bosib olish niyatida yurar edi. Shoh Jahon darhol Balx ustiga „yordam“ jo’natadi. Biroq hind qo’shinlarining Balxga yordamga emas, balki uni bosib olish uchun kelganligini tushunib yetgan Nodir Muhammadxon Eronga qochadi. 1645-yili Abdulazizxon Balxni qamal qiladi. Oxir-oqibat boburiylar qo’shini ortiga qaytib ketishga majbur bo’ladilar. Avrangzeb Olamgir (1658-1707) bilan Abdulazizxon hamda Subhonqulixon o’rtalarida elchilik munosabatlari davom etgan. Avrangzebdan keyin boburiylar sulolasi yana 150 yil hukmronlik qilgan bo’lsa-da, bu saltanat tanazzul tomon yuz tutib bordi. Shunday bo’lsa-da, Hindiston va Buxoro munosabatlari to’xtab qolmagan. Savdo aloqalari ham to’xtovsiz davom etgan.

Markaziy Osiyo xonliklarining Afg’oniston bilan aloqalari.

Markaziy Osiyo davlatlarining eng yaqin qo’shnisi Afg’oniston edi. Mustaqil Afg’oniston davlati 1747-yilda tashkil topgan.  Yosh afg’on davlati bilan Buxoro xonligi o’rtasidagi munosabatlar do’stona ruhda bo’lmagan. Bunga ikkala tomonning Amudaryoning janubiy qirg’og’idagi o’zbeklar istiqomat qilib turgan hududlami o’z tasarruflarida saqlashga urinishlari sabab bo’lgan edi. Xususan, 1751-yili Afg’oniston hukmdori Ahmadshoh (1747-1773) Amudaryoning janubida istiqomat qilib turgan o’zbeklarning yerlarini bosib olish maqsadida qo’shin yuboradi. Bu hududda joylashgan kichik-kichik o’zbek bekliklari o’zaro urushlar oqibatida zaiflashib qolgan edilar. Natijada, ular Afg’onistonning vassaliga aylanib qolgandilar. Balx qal’asini afg’on gamizoni egallaydi. Balxni Ahmadshohning noibi boshqara boshlaydi.

1768-yilda mahalliy o’zbeklar afg’onlarning jabr-zulmiga qarshi qo’zg’olon ko’taradilar. Qo’zg’olonchilarni Buxoro qo’llabquvvatlaydi. Ana shunday vaziyatda Ahmadshohning o’zi qo’shin tortib kelib qo’zg’olonni bostiradi.

1789-yili o’zbeklar yana qo’zg’olon ko’taradilar. Qo’zg’olonchilarga bu safar ham Buxoro amaliy yordam ko’rsatadi. Afg’oniston hukmdori Temurshoh (1773-1793) 100 ming lashkar bilan Balxga qarab yuradi. Biroq Buxoroga qarshi yurish qilishga Temurshohning yuragi dov bermaydi va u Buxoro bilan sulh shartnomasi tuzishga majbur bo’ladi. Shartnomaga ko’ra, Amudaryo har ikki davlat o’rtasidagi chegara deb tan olinadi.

Buxoro va Afg’oniston o’rtasida savdo aloqalari uzluksiz davom etgan. Kobul shahri savdo aloqalarida alohida o’rin tutgan. Kobul orqali Buxorodan Hindistonga, Buxoro orqali Afg’onistonga Rossiya tovarlari, Hindistondan Buxoroga hind tovarlari ortilgan savdo karvonlari qatnab turgan.

Qo’qon va Xitoy munosabatlari

Markaziy Osiyo xonliklaridan Qo’qon xonligining Xitoy bilan munosabatlari

ham do’stona emas edi. Bir tomondan, Sin imperiyasi 1755-1759-yillar mobaynida Sharqiy Turkistonni o’ziga bo’ysundirib, Qo’qon xonligini kuchsizlantirishga urinardi. Ikkinchi tomondan, Qo’qon xonligi Sharqiy Turkistonda o’z hokimiyatini o’rnatishga intilib, Sharqiy Turkiston sari o’z chegarasini tobora kengaytirib borayotgan edi. Ayniqsa, 19-asrning 20-yillarida Qo’qon-Xitoy munosabatlari yanada keskinlashdi. Bunga Qo’qon xoni Muhammad Alixonning sharqiy turkistonliklarning Jahongirxo’jaboshchiligida Sin imperiyasiga qarshi 1825-yilda boshlangan milliy-ozodlik kurashiga aralashuvi sabab bo’ldi.

Bunga javoban Qo’qon xoni Muhammad Ali sharqiy turkistonliklarning Xitoyga qarshi ozodlik kurashi rahbari Jahongirxo’ja va uning ukasi Yusufxo’ja ixtiyoriga Haqquli boshchiligida qo’shin jo’natadi. Natijada, Yusufxo’ja Qashqarni egallaydi va Yorkentni egallash uchun harbiy harakatni davom ettiradi. Bu hoi Xitoy hukumatini qattiq tashvishga solib qo’yadi va Yusufxo’jaga qarshi katta qo’shin yuboradi.

Qo’zg’olonchilarning safida mustahkam birlik yo’qligi hamda Buxoro-Qo’qon munosabatlari yomonlashuvi oqibatida Qo’qon xonining Sharqiy Turkistonga yuborgan qo’shinini chaqirib olishi tufayli Yusufxo’ja mag’lubiyatga uchraydi.

Oqibatda, Yusufxo’ja Sharqiy Turkistonni tashlab chiqadi. U bilan 70 ming uyg’ur oilasi Farg’ona vodiysiga ko’chib keladi.

Qo’qon xonligi o’z chegaralarini tobora Sharqiy Turkiston tomon kengaytirish siyosatini davom ettirgan. Ayni paytda, Sin imperiyasi moliyaviy qiyinchiliklar tufayli Qo’qon xonligiga qarshi ochiqdan ochiq urush harakatlari olib borishga qodir emas edi.

Darsni mustahkamlash uchun savollar:

Darsni yakunlash:

1.       XVI asrda Shayboniylar,Boburiylar,Safaviylar manfaatlari to’qnash kelgan nuqta bu…?

2.       Boburiylardan qaysi hukmdor davrida Buxoro bilan munosabatlarda keskinlik yuz bergan?

3.       Afg’on hukmdoriga qarshi ko’tarilgan qaysi qo’zg’olonga Buxoro amaliy yordam ko’rsatadi?

 a)O’quvchilarni ma’naviy rag’batlantirish: Baholash.

 b)Uyga vazifa: Mavzuni o’qib o’rganib keliash.

Sana:   ______________

Fan:  O`zbekiston tarixi

Sinfi: 8  ___  ____  ____

Mavzu: O’zbek xonliklarining  Rossiya bilan  munosabati

Soatlar soni: 1 soat

Mavzuning qisqacha ta`rifi:

O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:

Dars turi: Yangi bilim beruvchi

Metod: suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi, “Jadval texnologiyasi” , “Tadqiqotlar yoki loyixa texnologiyasi”,“Rasmlarda aks etgan tarix”

Shakl: jamoa, guruhda ishlash

Jihoz: I.A.Karimov “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”asari darslik,siyosiy xarita,tarqatma,rasmli ko`rgazma,slayd,kompyuter.

Nazorat: o`quvchilarning darsda faolligi kuzatilib, hisobga olib boriladi.

Baholash: O`quvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanib, dars oxirida e`lon qilinadi.

Darsning maqsadi

Maqsadlar:

Ta`limiy maqsad:-o`quvchilarga o’zbek xonliklarining  Rossiya bilan  munosabati haqida ma`lumot berish;

Tarbiyaviy maqsad: - o`quvchilargavatanimiz va o`zbek xalqining o`rta asrlarda boshidan kechirgan g`oyat murakkab va mashaqqatli hayoti haqida tushuncha berish va bundan saboq olishni o`rgatish;

Rivojlantiruvchi maqsad: -o`quvchilarni dunyoqarashini, nutqini,fikrlash qobilyatini, shakllantirish. 

Tayanch kompetentsiyalar:

Kommunikativlik

o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, mavzu:dan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish;

Milliy va umummadaniy

umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlarini (urf odatlar, marosimlar, milliy madaniy an’analar va.h.k.) hurmat qilish;

o‘zgalarga nisbatan mehrmuruvvat, saxiylik, diniy e’tiqodi, milliy hususiyatlari, an’ana va marosimlarini hurmat qilish; jamiyatda o‘rnatilgan odobaxloq qidalariga rioya qilish

O‘z-o‘zini rivojlantirish

shaxs sifatida doimiy ravishda o‘zo‘zini rivojlantirish, ma’naviy va intellektual kamolotga intilish;

o‘z hatti-harakatini adekvat baholash, o‘zini nazorat qila bilish, halollik, to‘g‘rilik kabi sifatlarga ega bo‘lish.

Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish

tarixda yil xisobini o‘qiy olish, tarixiy darvlarga oid chizmalarni o‘qiy olish, rim raqamida yozilgan raqamlarni o‘qiy oladi.

miloddan avvalgi, era, milodiy yillar o‘rtasidagi farqalarni matematik amallar bilan yecha oladi.

Fanga oid kompetensiyalar:

·         Tarixiy voqeilikni tushunishvauni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi.

tarixiy davrlar va -yillarni ajrata oladi, tarixiy hisobini tushuntira oladi;

         mazkur davrni o‘rganish orqali o‘quvchilar tarix fanining o‘rganilayot- gan davriga oid tarixiy atamalar mazmunini biladi;

Tarixiy shaxslar haqida ma’lumot bera oladi,tarixiy sanalarda ro‘y bergan voqealar haqida ma’lumot bera oladi

·         Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi.

Tarixiy illustrasiyalar asosida kichik hikoyalar tuza oladi, tarixiy joylarni xaritadan ko‘rsata oladi

Darsning blok sxemasi:

Darsning qismlari

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa

I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.

II.O`tilgan mavzuni takrorlash:

1.        XVI asrda Shayboniylar,Boburiylar,Safaviylar manfaatlari to’qnash kelgan nuqta bu…?

2.       Boburiylardan qaysi hukmdor davrida Buxoro bilan munosabatlarda keskinlik yuz bergan?

3.       Afg’on hukmdoriga qarshi ko’tarilgan qaysi qo’zg’olonga Buxoro amaliy yordam ko’rsatadi?

III. Yangi mavzu bayoni

Markaziy Osiyo va Rossiya xalqlari o’rtasidagi munosabatlar, savdo aloqalari tarixi uzoq zamonlarga borib taqaladi. Volgabo’yi orqali Rus savdogarlari ham, Markaziy Osiyo savdogarlari ham ikki mintaqa o’rtasida savdo aloqalarini rivojlantirishda muhim rol o’ynaganlar.

16-asrda jahondagi yirik davlatlar tomonidan dunyoni bo’lib olish boshlangan davrda Rossiya Qozon, Astraxan, Sibir xonliklarini zabt etdi. Natijada Rossiya va o’zbek xonliklari birbiriga bevosita qo’shni bo’lib qoldi. Bu holat ularning o’zaro munosabatlarini yanada rivojlantirishga imkoniyat yaratdi. Markaziy Osiyoning savdo-hunarmandchilik doiralari o’z mahsulotlarini, ayniqsa, ipak, paxtadan to’qilgan matolarni talab qilayotgan Rossiya bilan savdo-tijorat munosabatlarini rivojlantirishdan g’oyat manfaatdor edi. Rossiyaning movut, temir, mis, mo’yna, charm va boshqa mollari Markaziy Osiyoda xaridorgir edi. Savdo-sotiq ishlari uchun qulay shart-sharoit yaratishda o’zbek xonliklari va Rossiya o’rtasidagi elchilik munosabatlari muhim o’rin tutardi.

17-asrda elchilik munosabatlari

1619-yilda, Imomqulixonning elchisi Odambiy Moskvaga boradi va podsho munosabatlari Mixail Romanov qabulida bo’ladi Podsho Odambiy bilan birgalikda Buxoroga Ivan Xoxlov boshchiligida elchilami yuboradi. I. Xoxlovni Imomqulixon qabul qiladi, rus podshosi iltimosiga binoan o’z saroyidagi 23 nafar rus asirlarini ozod qiladi. I. Xoxlov 1620-1622-yillarda Buxoro xonligining ichki va tashqi siyosati haqida qimmatli ma’lumotlar to’playdi. U qimmatli sovg’alar bilan Moskvaga kuzatiladi. Yozma manbalarga ko’ra, 16-17-asrlarda Buxoro va Xiva xonliklariga Rossiyadan 12 marta elchilar kelishgan. 1583-1600-yillarda Moskvada 5 marta Buxoro elchilari, 2 marta Xiva elchilari bo’lishgan. Bu misollar Markaziy Osiyo va Rossiya o’rtasida savdo-diplomatik aloqalarning ancha faollashganligidan guvohlik beradi.

Munosabatlarda Rossiya imperiyasi tazyiqining kuchayishi

16-asrdan boshlab Rossiya imperiyasining o’zbek xonliklari bilan bo’lgan kuchayishi munosabatlarida tazyiq o’tkazishi ustunlik qila boshladi. Bu Rossiya imperiyasining siyosatida Markaziy Osiyo xonliklarini savdo-sotiqda kamsitish, ularning tabiiy boyliklariga ko’z olaytirish, strategik maqsadlami ro’yobga chiqarish kayfiyatining kuchayganligida yaqqol namoyon bo’la boshladi.

Pyotr I Buxoro va Xiva xonliklarini siyosiy jihatdan Rossiyaga teng davlatlar emas, deb hisoblab, ularga tazyiq o’tkaza boshladi. Bunga xonliklardagi ichki siyosiy ahvol ham qulay sharoit yaratib bergan edi. Masalan, Xiva xoni Shohniyoz 1700-yilda Pyotr I huzuriga yashirincha elchi yuborib, Xivani Rossiya tobeligiga qabul qilishni so’ragan. 1709-yili toj-u taxt vorisi Muhammad ham shunday qilgan edi. Pyotr I Xiva xonigajo’natgan yorlig’ida shunday gaplar yozilgan edi: „Shohona muruvvat ko’rsatib, xonning qo’l ostidagi jamiki narsalari bilan birga, abadiy tobeligimizga olamiz“. Biroq bu niyat u davrda amalga oshmay qoldi. Xivada boshlanib ketgan ichki urushlar va Rossiya imperiyasining „Shimoliy urush“ bilan bandligi bunga sabab bo’ldi.

1713-yili Astraxanga kelgan Xiva elchisi Xoja Nafas rus ma’murlariga, Sankt-Peterburgga borgach, podsho Pyotr I ga Amudaryo sohillaridagi qumlar oltinga boyligini, sohilda istiqomat qiluvchi aholi ko’p miqdorda oltin yuvib olayotganini aytadi. Ana shu ma’lumotlar ta’sirida Pyotr I o’zbek xonliklariga kirib borish maxfiy rejasini tuzadi. U ikki harbiy ekspeditsiya tashkil etadi. Biriga Aleksandr Bekovich-Cherkasskiyni, ikkinchisiga kapitan Ivan Buxgolsni rahbar etib tayinlaydi.

Bekovich-Cherkasskiy harbiy ekspeditsiyasi tarkibida katta harbiy qo’shin bor edi. Ular 1717-yilda Xiva xonligi hududlariga kirib keladi va harbiy to’qnashuvlar boladi. Xiva xoni Sherg’ozixon hiyla ishlatib Bekovich-Cherkasskiyni qabul qiladi va uning qo’shinlarini qirib tashlaydi. Pyotr I uyushtirgan ekspeditsiyaning halokati Xiva-Rossiya munosabatlarini keskinlashtirib yubordi.

„Buxgols ekspeditsiyasi“ga kelsak, uning qo’shini 1715-yili Toboldan Irtish bo’ylab Yorkentga yo’l oladi. Bu guruh Yamishchev ko’lida bo’lib, u yerda istehkom quradi. Biroq ular qalmoqlar hujumiga uchrab, orqaga chekinishga majbur bo’ladilar.

1717-yili Buxoro xoni Peterburgga o’z elchisini yuboradi. Elchi Qulibek Abulfayzxonning Pyotr I ga shvedlar ustidan qozongan g’alabasi munosabati bilan yozilgan qutlov maktubini topshiradi. Abulfayzxon o’z maktubida, ayni paytda, Buxoroga Rossiya elchisi yuborilishini so’ragan edi. Bunga javoban Rossiya hukumati 1721-yili Florio Benevenini elchi qilib jo’natadi. Rossiya elchisiga Sharq mamlakatlariga olib boradigan suv va quruqlik yollarini o’rganish; rus savdosini kengaytirish imkoniyatlarini aniqlash; Buxoro xonini Rossiya bilan ittifoq tuzishga ko’ndirish; xonga rus gvardiyachilarini taklif qilish; qayerda qancha oltin borligini aniqlash va Ularni xaritaga tushirish; xonlikdagi qal’a va qo’shinlari ahvolini o’rganish hamda xonlikning Eron va Xiva bilan o’zaro munosabatlarini o’rganish vazifalari yuklatilgan edi. F. Beneveni Buxoroga yetib keladi va Abulfayzxon qabulida bo’ladi. F. Beneveni Buxoroda 3,5 yil turdi va o’z oldiga qo’yilgan masalalar bo’yicha qimmatli ma’lumotlar to’plashga muvaffaq bo’ldi. Ularni Sankt-Peterburgga ochiq va shifrlangan xat orqali jo’natib turdi. Hukumatning barcha topshiriqlarini bajargan F. Beneveni 1725-yilda Peterburgga qaytib ketdi.

Darsni mustahkamlash uchun savollar:

1.       1619-yilda Imomqulixon tomonidan Moskvaga yuborilgan elchini aniqlang?

2.       1583-1600-yillarda Xiva elchilari necha marta Moskvada bo`lishgan?

3.       Xiva xoni Shohniyoz Rossiya hukmdorlaridan kimning huzuriga Xivani Rossiya tobeligiga olishni so’rab elchi jo’natgan?

Darsni yakunlash:

 a)O’quvchilarni ma’naviy rag’batlantirish: Baholash.

 b)Uyga vazifa: Mavzuni o’qib o’rganib keliash.

Sana:   ______________

Fan:  O`zbekiston tarixi

Sinfi: 8  ___  ____  ____

Mavzu:  19-asrning  birinchi yarmida O`rta  Osiyo masalasida Angliya- rossiya raqobati

Soatlar soni: 1 soat

Mavzuning qisqacha ta`rifi:

O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:

Dars turi: Yangi bilim beruvchi

Metod: suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi, “Jadval texnologiyasi” , “Tadqiqotlar yoki loyixa texnologiyasi”,“Rasmlarda aks etgan tarix”

Shakl: jamoa, guruhda ishlash

Jihoz: I.A.Karimov “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”asari darslik,siyosiy xarita,tarqatma,rasmli ko`rgazma,slayd,kompyuter.

Nazorat: o`quvchilarning darsda faolligi kuzatilib, hisobga olib boriladi.

Baholash: O`quvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanib, dars oxirida e`lon qilinadi.

Darsning maqsadi

Maqsadlar:

Ta`limiy maqsad:-o`quvchilarga19-asrning  birinchi yarmida o`rta  osiyo masalasida Angliya- Rossiya raqobati haqida ma`lumot berish;

Tarbiyaviy maqsad: - o`quvchilargavatanimiz va o`zbek xalqining o`rta asrlarda boshidan kechirgan g`oyat murakkab va mashaqqatli hayoti haqida tushuncha berish va bundan saboq olishni o`rgatish;

Rivojlantiruvchi maqsad: -o`quvchilarni dunyoqarashini, nutqini,fikrlash qobilyatini, shakllantirish. 

Tayanch kompetentsiyalar:

Kommunikativlik

o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, mavzu:dan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish;

Milliy va umummadaniy

umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlarini (urf odatlar, marosimlar, milliy madaniy an’analar va.h.k.) hurmat qilish;

o‘zgalarga nisbatan mehrmuruvvat, saxiylik, diniy e’tiqodi, milliy hususiyatlari, an’ana va marosimlarini hurmat qilish; jamiyatda o‘rnatilgan odobaxloq qidalariga rioya qilish

O‘z-o‘zini rivojlantirish

shaxs sifatida doimiy ravishda o‘zo‘zini rivojlantirish, ma’naviy va intellektual kamolotga intilish;

o‘z hatti-harakatini adekvat baholash, o‘zini nazorat qila bilish, halollik, to‘g‘rilik kabi sifatlarga ega bo‘lish.

Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish

tarixda yil xisobini o‘qiy olish, tarixiy darvlarga oid chizmalarni o‘qiy olish, rim raqamida yozilgan raqamlarni o‘qiy oladi.

miloddan avvalgi, era, milodiy yillar o‘rtasidagi farqalarni matematik amallar bilan yecha oladi.

Fanga oid kompetensiyalar:

·         Tarixiy voqeilikni tushunishvauni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi.

tarixiy davrlar va -yillarni ajrata oladi, tarixiy hisobini tushuntira oladi;

         mazkur davrni o‘rganish orqali o‘quvchilar tarix fanining o‘rganilayot- gan davriga oid tarixiy atamalar mazmunini biladi;

Tarixiy shaxslar haqida ma’lumot bera oladi,tarixiy sanalarda ro‘y bergan voqealar haqida ma’lumot bera oladi

·         Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi.

Tarixiy illustrasiyalar asosida kichik hikoyalar tuza oladi, tarixiy joylarni xaritadan ko‘rsata oladi

Darsning blok sxemasi:

Darsning qismlari

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa

I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.

II.O`tilgan mavzuni takrorlash:

1.       1619-yilda Imomqulixon tomonidan Moskvaga yuborilgan elchini aniqlang?

2.       1583-1600-yillarda Xiva elchilari necha marta Moskvada bo`lishgan?

3.       Xiva xoni Shohniyoz Rossiya hukmdorlaridan kimning huzuriga Xivani Rossiya tobeligiga olishni so’rab elchi jo’natgan?

III. Yangi mavzu bayoni

19-asrning birinchi yarmida Buyuk Britaniya va Rossiya davlatlari o’rtasida Buxoro, Xiva, Qo’qon xonliklari hududlari uchun raqobatchilik kuchayib, keskinlashib ketdi. Raqobatchilikning kuchayishiga quyidagilar sabab bo’ldi: a) Buyuk Britaniya va Rossiyaning Markaziy Osiyo hisobiga yangi mustamlakalarga ega bo’lish yo’lidagi urinishlari;b) o’z mollarini sotish va undan mo’rnay daromad olish uchun Markaziy Osiyo bozorlarini egallash istagi;d) Markaziy Osiyoning boy xomashyo manbalariga ega bo’lishga intilishlari.  Bu omillar dunyodagi ikki yirik mustamlakachi davlatlar manfaatlarining to’qnashuviga olib keldi.

Ingliz ekspeditsiyalari

 Ingliz ekspeditsiyalaridan biri U. Murkford boshchiligida uyushtirildi. Murkford ekspeditsiyasi 1825-yil fevral oyida Buxoroga yetib keldi. Manbalarda qayd etilishicha, ekspeditsiya tarkibida 70 ta kishi bo’lib, ular olib kelgan 80 sandiq turli xil mollar Buxoro qushbegisiga ko’rsatilgan. Inglizlar Buxoro xonligini har tomonlama o’rganishga, mahalliy hukmdorlar orasida inglizlarga tarafdor guruhni shakllantirishga muvaffaq bo’lgan edi.  Murkford ekspeditsiyasidan xabar topgan Rossiya hukmron doiralari tashvishga tushdilar. Natijada Rossiya hukumati Buxoro amiri Haydarga inglizlarning Buxorodagi xatti-harakatidan noroziligini bildiradi. Rossiya hukmron doiralarida borgan sari Markaziy Osiyoni bosib olish kayfiyati kuchayib bordi. 1826-yilda Rossiya hukumati polkovnik F. Berg boshchiligida Ustyurtga ekspeditsiya yuborib, Markaziy Osiyoga boradigan yollarni yanada aniqroq belgilab oldi. 1831-yilda inglizlar Markaziy Osiyoga ikkinchi marta elchi yubordilar. Elchilarga ingliz armiyasi leytenanti Aleksandr Byoms boshchilik qildi. A. Byorns 1832-yilda Buxoroga kirib keldi. U o’zini arman savdogari deb tanitdi. Qo’lida hind va afg’on savdogarlarining tavsiyanomalari bolgan bu „tadbirkor“ Buxoro xonligi qushbegisi bilan aloqa bog’lay oldi. Buyuk Britaniya hukumati Hindiston bilan Markaziy Osiyo o’rtasida savdo aloqalarining kengayishiga o’zining xonliklardagi ta’sirini qaror toptirishning asosiy yo’li deb qarar edi. Shuning uchun ham Angliya hind savdogarlariga xonliklar bilan savdo-sotiq aloqalarini yo’lga qo’yishlarida katta yordam ko’rsatdi. Xususan, hind savdogarlariga qarz hamda ingliz mollari berib turildi. Bu mollar Markaziy Osiyoda Rossiya mollari narxidan arzonga sotilar edi.

1839-yili Angliya Afg’onistonga qarshi harbiy harakatlar boshlaganida Rossiya-Buyuk Britaniya munosabatlari yanada keskinlashgan. Agar Afg’oniston bosib olingudek bo’lsa, navbat Markaziy Osiyoga kelishi mumkin edi. 1839-yili Hirotda o’z qarorgohini vujudga keltirgan ingliz razvedkasining ayg’oqchilari Markaziy Osiyo xonliklariga yuborilib turildi. Xususan, ingliz razvedkasi vakillaridan kapitanlar Jeyms Ebbot, Charlz Stoddart, Konolli, Richard Shekspirlar Xiva, Buxoro, Qo’qon xonliklariga kelib harbiy, siyosiy, iqtisodiy masalalarda ma’lumotlar to’plab, o’z rahbarlariga yetkazardi.

Markaziy Osiyo xonliklari va Rossiya imperiyasi munosabatlarining keskinlashuvi

Markaziy Osiyo xonliklari va Rossiya munosabatlarining keskinlashuviga podsho Rossiyasrning Markaziy Osiyoda o’z ta’sirini mustahkamlash yo’lidagi harakatlari sabab bo’ldi. Xususan, 1847-yilda Rossiya, xonliklarga olib boradigan yo’lda ikkita istehkom qurdi. Ularning biri-Aralsk shahri yaqinida barpo etilgan (Sirdaryo o’zani yaqinida) Raim istehkomi, ikkinchisi Yettisuv Olatog’idagi Kopal istehkomi edi. Bu istehkomlar Rossiya olib borgan siyosatda harbiy yo’l bilan Markaziy Osiyoni ishg’ol etish tomon burilish ro’y berganligining yaqqol isbotidir. Bu hoi Markaziy Osiyo xonliklarini tashvishga solib qo’ydi. Shuning uchun ham Xiva xoni Orenburgga o’z vakillarini yubordi. Xon o’z maktubida yaxshi qo’shnichilik o’rnatish hamda do’stona yashash istagini bildirgan hamda Raim istehkomini buzib tashlashni iltimos qilgan edi. Xiva elchilari 1847-yilda Peterburgda podsho qabulidabo’lganbo’lsalarda, ko’zlangan maqsadga erisha olmadilar. Xiva xonligining qurol kuchi bilan istehkomni yo’q qilish yo’lidagi urinishlari natija bermadi. Chunki, rus garnizoni yaxshi qurollangan edi. Bu paytda Qo’qon-Rossiya munosabatlari ham keskinlashgan edi. Qo’qon xoni Xudoyorxon ham yangi istehkomlar qurilganligidan tashvishga tushib qolgan edi. Natijada, Xudoyorxon Rossiyaga elchi yuboradi. Podsho nomiga yo’llangan maktubda Xudoyorxon Nikolay I ga Qo’qon xonligida jamoat tartibi tiklanganligini, savdo yo’llari yaxshi qo’riqlanayotganligini, rus savdogarlari uchun hech qanday xavf-xatar yo’qligini bildirgan. Ayni paytda, Raim istehkomi qurilganligidan norozi ekanligini ma’lum qilgan. Nikolay I o’z javob maktubida Qo’qonda tartib o’rnatilganligidan mamnun ekanligini bildirgan, biroq Raim istehkomi buzilmasligini tasdiqlagan edi. Podsho o’z fikrini Raim istehkomining avvalo Rossiya hududida qurilganligi bilan, ikkinchidan esa, bu istehkom u qurilgan hududda tartib va tinchlikni, savdo karvonlari osoyishtaligini ta’minlashga xizmat qilayotganligi bilan „asoslagan“ edi. Tez orada Qo’qon qal’asi bo’lgan Oqmasjidni Rossiya bosib olishni moljallayotgani ma’lum bo’lgach, Rossiya-Qo’qon munosabatlari yanada keskinlashdi. Yuqorida qayd etilganlar ertami-keclimi Rossiyaning Markaziy Osiyo xonliklariga qarshi bosqinchilik yurishi boshlashi muqarrar ekanligini ko’rsatar edi. Markaziy Osiyo xonliklarining Rossiyaga qarshi turishda Buyuk Britaniyaga suyanishi mumkinligi ehtimoli ham o’zini oqlamadi. Bunga Rossiya-Buyuk Britaniya munosabatlarida o’zgarish yuz berganligi sabab bo’lgan edi. Afg’onistonga qarshi urushda mag’lubiyatga uchragan Buyuk Britaniya Rossiya bilan kelishishga qaror qiladi. Bu kelishuvga binoan Rossiya Markaziy Osiyo bilan cheklanadi, Hindistonga chiqish niyatidan voz kechadi. Buyuk Britaniya esa Rossiyaning Markaziy Osiyoda olib borgan siyosatiga qarshilik qilmaydigan bo’ladi. Afg’oniston esa Buyuk Britaniya va Rossiyaning Osiyodagi mustamlakalari o’rtasida ularni ajratib turuvchi hudud sifatida e’tirof etiladi. Markaziy Osiyo xonliklari endilikda yakkalanib qolib, ularni faqat o’zaro ittifoqliklarigina saqlab qolishi mumkin edi. Afsuski, ularning o’rtasidagi o’zaro ziddiyat shu darajada kuchli ediki, hatto tashqi hujum xavfi ham ularni birlashtira olmadi. Oqibati yomon bo’ldi. Xonliklar Rossiya istilosi qurboni bo’lishiga yo’l ochildi.

Darsni mustahkamlash uchun savollar:

1.       Ingliz razvedkachilarining qarorgohi Afg’onistondagi qaysi shaharda edi?

2.       .U. Murkford ekspeditsiyasi qaysi yilda Buxoroga kelgan?

3.       F.Berg ekspeditsiyasi qaysi yilda Ustyurtga kelgan?

4.       Raim qal’asini buzib tashlashni so’rab Rossiyaga o’z elchilarini jo’natgan davlatlarni aniqlang?

Darsni yakunlash:

 a)O’quvchilarni ma’naviy rag’batlantirish: Baholash.

 b)Uyga vazifa: Mavzuni o’qib o’rganib keliash.

Sana:   ______________

Fan:  O`zbekiston tarixi

Sinfi: 8  ___  ____  ____

Mavzu: O’zbek xonliklarining taraqqiyotda orqada qolish sabablari va uning oqibatlari

Soatlar soni: 1 soat

Mavzuning qisqacha ta`rifi:

O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:

Dars turi: Yangi bilim beruvchi

Metod: suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi, “Jadval texnologiyasi” , “Tadqiqotlar yoki loyixa texnologiyasi”,“Rasmlarda aks etgan tarix”

Shakl: jamoa, guruhda ishlash

Jihoz: I.A.Karimov “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”asari darslik,siyosiy xarita,tarqatma,rasmli ko`rgazma,slayd,kompyuter.

Nazorat: o`quvchilarning darsda faolligi kuzatilib, hisobga olib boriladi.

Baholash: O`quvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanib, dars oxirida e`lon qilinadi.

Darsning maqsadi

Maqsadlar:

Ta`limiy maqsad:-o`quvchilarga ozbek xonliklarining taraqqiyotda orqada qolish sabablari va uning oqibatlari haqida ma`lumot berish;

Tarbiyaviy maqsad: - o`quvchilargavatanimiz va o`zbek xalqining o`rta asrlarda boshidan kechirgan g`oyat murakkab va mashaqqatli hayoti haqida tushuncha berish va bundan saboq olishni o`rgatish;

Rivojlantiruvchi maqsad: -o`quvchilarni dunyoqarashini, nutqini,fikrlash qobilyatini, shakllantirish

Tayanch kompetentsiyalar:

Kommunikativlik

o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, mavzu:dan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish;

Milliy va umummadaniy

umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlarini (urf odatlar, marosimlar, milliy madaniy an’analar va.h.k.) hurmat qilish;

o‘zgalarga nisbatan mehrmuruvvat, saxiylik, diniy e’tiqodi, milliy hususiyatlari, an’ana va marosimlarini hurmat qilish; jamiyatda o‘rnatilgan odobaxloq qidalariga rioya qilish

O‘z-o‘zini rivojlantirish

shaxs sifatida doimiy ravishda o‘zo‘zini rivojlantirish, ma’naviy va intellektual kamolotga intilish;

o‘z hatti-harakatini adekvat baholash, o‘zini nazorat qila bilish, halollik, to‘g‘rilik kabi sifatlarga ega bo‘lish.

Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish

tarixda yil xisobini o‘qiy olish, tarixiy darvlarga oid chizmalarni o‘qiy olish, rim raqamida yozilgan raqamlarni o‘qiy oladi.

miloddan avvalgi, era, milodiy yillar o‘rtasidagi farqalarni matematik amallar bilan yecha oladi.

Fanga oid kompetensiyalar:

·         Tarixiy voqeilikni tushunishvauni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi.

tarixiy davrlar va -yillarni ajrata oladi, tarixiy hisobini tushuntira oladi;

         mazkur davrni o‘rganish orqali o‘quvchilar tarix fanining o‘rganilayot- gan davriga oid tarixiy atamalar mazmunini biladi;

Tarixiy shaxslar haqida ma’lumot bera oladi,tarixiy sanalarda ro‘y bergan voqealar haqida ma’lumot bera oladi

·         Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi.

Tarixiy illustrasiyalar asosida kichik hikoyalar tuza oladi, tarixiy joylarni xaritadan ko‘rsata oladi

Darsning blok sxemasi:

Darsning qismlari

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa

I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.

II.O`tilgan mavzuni takrorlash:

1.       Ingliz razvedkachilarining qarorgohi Afg’onistondagi qaysi shaharda edi?

2.       .U. Murkford ekspeditsiyasi qaysi yilda Buxoroga kelgan?

3.       F.Berg ekspeditsiyasi qaysi yilda Ustyurtga kelgan?

4.       Raim qal’asini buzib tashlashni so’rab Rossiyaga o’z elchilarini jo’natgan davlatlarni aniqlang?

III. Yangi mavzu bayoni

G’arbiy Yevropaning ilg’or mamlakatlarida sanoat ishlab chiqarishning yetakchi tarmog’iga aylanib bordi. 16-asrning o’rtalaridan boshlab to’qimachilik, qog’oz, shisha ishlab chiqarishda mehnat taqsimoti va qo’lhunari texnikasiga asoslangan korxona-manufaktura (lotincha manus-qo’l, faktura-tayyorlash)lar vujudga keldi.

18-asrning ikkinchi yarmida asbob-uskunalarni harakatga keltiruvchi bug’ mashinasi (motor) ixtiro qilindi. Natijada asosiy ishlarni mashinalar bajaruvchi fabrika-zavodlar vujudga keldi.

Bug’ mashinasi bilan harakatlanuvchi parovoz, paroxod, cho’yan va po’lat oluvchi domna pechlar yaratildi, temiryollar qurildi.

Yirik boy tabaqalarning tashqi savdodan, mustamlakalardan, manufakturadan orttirgan boyliklari sanoatni rivojlantirish uchun sarmoya sifatida qo’yildi. Bu sanoatning rivojlanishida muhim omil bo’ldi. Eng muhimi xo’jalik yuritish uchun zarur bolgan mashinalami ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi, og’ir sanoat vujudga keldi.Biroq bu jarayon jahon mamlakatlarida nihoyatda notekis bordi. Ko’pgina mamlakatlar, jumladan, o’zbek xonliklari ham bu jarayondan chetda qolib, taraqqiyotda orqada qolib bordi.

Yurtboshimiz Islom Karimov xonliklar davri tarixiga yangicha nazar tashlar ekan, quyidagi savollar bilan murojaat qiladi:

„Nega jahonga Ahmad Farg’oniy, Muhammad Xorazmiy, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Imom al-Buxoriy, Amir Temur, Ulug’bek, Alisher Navoiy, Bobur kabi buyuk siymolami bergan bu millat 17-19-asriarga kelib to shu chog’gacha erishgan yuksalish darajalaridan tushib ketdi? Nega so’nggi uch asr mobaynida boshimiz qoloqlikdan chiqmay qoldi? Ajdodlarimizning qattiq qarshiligiga qaramay, chor Rossiyasining o’lkamizni nisbatan oson zabt etishida ana shu qoloqlikning ham o’rni bo’lmaganmikan?“‘

Qoloqlikning sabablari

 Asrlar davomida bir butun bo’lib kelgan mamlakatning, bir iqtisodiy va ma’naviy-madaniy makonda yashab kelgan aholining uch xonlikka bo’linib ketishi, xonliklar o’rtasida tinimsiz davom etgan qaramaqarshiliklar, urushlar mamlakatni umumbashariy taraqqiyot jarayonidan uzilib, rivojlanishda orqada qolishga mahkum etdi. Har bir xonlik ichidagi hokimiyatni egallash uchun ichki kurash, o’zaro nizo-janjal, ig’volarning avj olishi viloyat va tumanlar, qolaversa, butun mamlakatni xonavayron qilardi.

Xonliklarning asriar davomida o’zgarmay kelayotgan davlat idora usuli taraqqiyotga g’ov bo’lib qolgan edi.

Xonliklar o’rtasidagi o’zaro urushlar, etnik nizolar urug’qabila jamoalarini bir joydan boshqa joylarga ko’chishini keltirib chiqarardi. Yoki ular zo’rlik bilan yashab turgan joylaridan ko’chirilar edi. Bu jarayon etnik guruhbozlikni keltirib chiqarardi, aholini bir butun xalq bo’lib jipslashishiga xalaqit berardi. Davlat

1 I. Karimov. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. T. „Sharq“, 1998, 9bet.

darajasida ham, viloyatlar darajasida ham yagona xalq, yagona Vatan tushunchasining qadri anglab olinmadi. Odamlarni, Turkistonni, xalqni birlashtirish g’oyasi ostida uyushtira oladigan yo’lboshchi, siyosiy kuch topilmadi.

Xonlar va saroy amaldorlari ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojiga xalaqit berayotgan eski ishlab chiqarish usulini himoya qilardi. Xonliklarning asosiy boyligi bo’lgan yerga egalik qilishning, mulkchilikning eski usuli asrlar davomida o’zgarmasdan kelardi. Yerning egasi xon edi, xonga alohida xizmat ko’rsatgani uchun bir hovuch kishilarga yer hadya qilinardi. Yerni ijaraga olib ishlovchi dehqon yerning egasi emasdi. Shu boisdan dehqon yerni asrab-avaylashga, uning unumdorligini oshirishga intilmasdi, manfaatdor emasdi. Dehqon yer egasi bo’lmagani sababli boshqa joylarga ketaverardi.

Aholi og’ir soliqlardan, g’ayriqonuniy yig’im va majburiyatlardan azob chekardi. Turmush darajasi past bo’lib, aholi iste’mol uchun eng zarur bolgan tor doiradagi oddiy buyum va mahsulotlar bilan qanoatlanishga majbur edi. Ishlab chiqarish, asosan, iste’molga yo’naltirilganbo’lib, iqtisodiyotning o’sishi uchun turtki bololmasdi.

Qoloqlik oqibatlari

O’zbek xonliklarining jahon taraqqiyotidan orqada qolishimng oqibati yomon bo’ldi. Iqtisodiy qoloqlik va harbiy nochorlik, ijtimoiy-siyosiy beqarorlik Markaziy Osiyoni o’z tasarrufiga kiritib olishga intilayotgan davlatlarga qo’l keldi.

Abdulla Qodiriy o’zining,,O’tgan kunlar“ romanida Yusufbek hoji tilidan quyidagi alamli so’zlarni bayon qiladi:

„Maqsadlari juda ochiq. . . Bittasi mingboshi bo’lmoqchi, ikkinchisi Normuhammadning o’rniga o’tirmoqchi, uchinchisi yana bir shaharni o’ziga qaram qilmoqchi. Ittifoqning nima ekanligini, yolg’iz o’z manfaati, shaxsiyati yo’lida bir-birini yeb, ichgan mansabparast, dunyoparast va shuhratparast muttahamlar Turkiston tuprog’idan yo’qolmay turib, bizning odam bo’lishimizga aqlim yetmay qoldi. . . Biz shu holatda ketadigan, bir-birimizning tegimizga suv quyadigan bo’lsak, yaqindirki, podsho istibdodi Turkistonimizni egallar“.

Haqiqatan ham shunday bo’ldi. Xonliklardagi o’zaro nizo va urushlar, parokandalik, oxir-oqibat, ularning Rossiya imperiyasi tomonidan istilo etilishi uchun qulay imkoniyat yaratdi.

„Bu hayotning shafqatsiz bir qonuniyati bor. Ya’ni tarixning murakkab va hal qiluvchi burilish pallasida har qanday millat va elat o’z ahilligi va birdamligini saqlab, o’z milliy manfaatlari yo’lida qat’iyat bilan turmasa, mas’uliyat va hushyorligini yo’qotadigan bo’lsa, oxiroqibatda o’zining eng katta, tengsiz boyligi bo’lmish mustaqilligi va ozodligidan judo bo’lishi shubhasiz. . . Bu achchiq haqiqat barchamizga, ayniqsa, bugun hayotga katta umid va ishonch bilan kirib kelayotgan yoshlarimizga doimo saboqbo’lishi lozim“.

Islom Karimov. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch.

Darsni mustahkamlash uchun savollar:

1.       Kopal qal’asi qayerda joylashgan?

2.       Qoloqlik sabablarini izohlang?

3.       Qoloqlik oqibatlarini izohlang?

5.       Kopal qal’asi qayerda joylashgan?

6.       Qoloqlik sabablarini izohlang?

7.       Qoloqlik oqibatlarini izohlang?

Darsni yakunlash:

 a)O’quvchilarni ma’naviy rag’batlantirish: Baholash.

b)Uyga vazifa: Mavzuni o’qib o’rganib keliash.

Sana: ______________ Fan:

Sana: ______________ Fan:

Abu Said ibn Sulton Muhammad g’alaba qozonadi va

Jo’jining beshinchi o’g’li Shaybon naslidan bo’lgan

Ular yerlari unumdor, hunarmandchiligi rivojlangan o’lkalarning bosib olinishi o’troq hayotga o’tish imkonini berishini ham yaxshi biganlar

Bobur Mirzo Samarqandga chekinadi

Bobur Mirzo Samarqandga chekinadi

Sana: ______________ Fan:

Sana: ______________ Fan:

Ubaydullaxon vafot etgach, ichki ziddiyatlar yana kuchaydi

Sun’iy sug’orish ishlari, ayniqsa,

Sun’iy sug’orish ishlari, ayniqsa,

Sana: ______________ Fan:

Sana: ______________ Fan:

Kashmimi bosib olish uchun tayyorgarlik ko’rayotgan edi

Shayboniylar davrida fan va madaniyat sezilarli darajada rivojlangan

Shuningdek, Muhammad Shayboniyxon,

Shuningdek, Muhammad Shayboniyxon,

Sana: ______________ Fan:

Sana: ______________ Fan:

Eron safaviylariga zarba berib,

Eron safaviylariga zarba berib,

Sana: ______________ Fan:

Sana: ______________ Fan:

Ubaydullaxon Buxoroga qaytgach,

Ubaydullaxon Buxoroga qaytgach,

Sana: ______________ Fan:

Sana: ______________ Fan:

Mulki sultoniy davlat yerlari hisoblanib, undan keladigan daromad xon xazinasiga kelib tushardi

Maktablar xarajati va domlalarning maoshi vaqf mulkidan tushgan daromadlar hamda o’quvchilarning ota-onalari tomonidan o’qish uchun to’langan mablag’lar hisobidan qoplangan

Buxoroda ashtarxoniylar sulolasi hukmronligi davrida o’zbek qabilalaridan mang’itlar va qo’ng’irotlarning nufuzi baland edi

Amirlikning poytaxti Buxoro shahri va viloyatini qo’shbegi boshqargan

Bunday in’omga sazovor bo’lgan kishi yerga emas, shu yerdan olinadigan soliqqa egalik qilgan

Buxoro. Toqi telpakfurushon (telpak do’koni)

Qarshi viloyatida va Kattaqo’rg’onda ham xalq qo’zg’olonlari bo’ldi

Xiva va Qo’qon xonlari singari, mang’it hukmdorlari ham madaniyat, xususan, adabiyot taraqqiyotiga qiziqish bilan qarab, adabiy ijod bilan bog’liq masalalami hal etib berishda ijod ahliga…

Xorazmning mo’tabar zotlari mamlakat taxtiga

Vazir shahrini ham qo’shib berdi

Vazir shahrini ham qo’shib berdi

Sana: ______________ Fan:

Sana: ______________ Fan:

Xiva shahri miloddan avvalgi 5-asrda yuzaga kelganidan buyon uning tarixi butun

Hazorasp, Xonqa, Urganch, Kat,

Hazorasp, Xonqa, Urganch, Kat,

Sana: ______________ Fan:

Sana: ______________ Fan:

N. Muravyov ekspeditsiyasi Rossiya podshosi-1819 -yil da

Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
24.07.2020