Namangan viloyati Yangiqo’g’on tumani Nanay qishlog’ida joylashgan 33-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi tarix fani o’qituvchisi Ma’rufxonov Muhammadjonning 2019-2020 o’quv yili IV choragi 10- sinf jahon tarixi fanidan o’tkazilgan onlayn darslar bo’yicha yozgan tezislari.
№ |
Sana |
Fan |
Mavzu |
Tezislar |
Uyga vazifa |
|
1 |
17.03.2020 |
Jahon tarixi |
1946-1991-yillarda Germaniya va Italiya |
1949-yil mayda AQSH, Buyuk Britaniya va Fransiya okkupatsi-ya zonalarida Germaniya Federativ Respublikasi (GFR) tashkil qilindi. U G‘arbiy Germaniyani demokratik, federativ davlat deb e’lon qildi.Germaniyaning ko‘zga ko‘ringan siyosiy arbobi Konrad Adenauer kansler qilib saylan di. U Germaniya Federativ Respub likasi tuzilganligini e’lon qildi.1949-yil 7-oktabrda sovetlar okku-patsiya zonasi bo‘lgan sharqiy qismida Germaniya Demokratik Respublikasi (GDR) tashkil qilindi. GFRda 1950 – 1960-yillari iqtisod jadal sur’atlar bilan rivojlandi. GFR 1955-yili NATOga a’zo bo‘ldi. Butun 1960 – 1970-yillar iqtisodning jadal o‘sish davri bo‘lib, «nemis iqtisodiy mo‘jizasi» nomini oldi. 1990-yil 3-oktabr kuni yagona Germaniya davlati tashkil topganligi e’lon qilindi. 1990-yil dekabrda bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari saylovlarda yana G. Kol boshchiligidagi koalitsiya g‘alaba qozondi. 1948-yil 1-yanvardan Italiyaning yangi konstitutsiyasi kuchga kirdi. Hukumat G‘arbning yetakchi davlatlari bilan ittifoqchi bo‘lishga intildi. Italiya «Marshall rejasi»ga qo‘shil-di, NATOga a’zo bo‘ldi.1 957-yili Yevropa iqti sodiy hamkorligini (YIH) tuzish to‘g‘risida Rim shartnomasi imzolandi. 1950 – 60-yillardagi jadal rivojlanishga qaramasdan, ishchilar harakati avvalgi darajasida qoldi. 1974-yili Italiyada chuqur iqtisodiy inqiroz boshlandi. 1980-yillarga kelib koalitsion hukumat shakllandi. |
Mavzuni o’qib, savollarga javob yozib. 199-105 betlar |
|
2 |
31.03.2020 |
Jahon tarixi |
1946-1991-yillarda Yaponiya va Osiyoning yangi industrial mamlakatlari |
Ikkinchi jahon urushida Yaponiya mag‘lubiyatga uchradi. Urushda 6,5 mln. yaponlar halok bo‘ldi, Yaponiya o‘zining barcha mustamlakalaridan ayrildi. Yapo niyada mehnat mu-nosabatlarini demokratlashtirish maqsadida 1946-yil kasaba uyushmalari to‘g‘risida qonun qabul qilindi. 1950-yildan kadrlar tayyorlashning amerikacha stan dartlari joriy qilindi 1950 – 1960-yillarda Yaponiyaning to‘liq iqtisodiy tiklani-shiga olib keldi. Butun dunyoda «yapon iqtisodiy mo‘jizasi» deb iqtisodning niho yatda jadal – yiliga 11 % dan rivojlanish davriga aytiladi. Bu davr 1956 – 1970-yillarni o‘z ichiga oladi. XX asrning 60 – 80-yillarida Osiyoning bir qator mamlakatlari jadal moder nizatsiyalashni amalga oshirish orqali taraqqiyot ning yuksak sur’atlarini ta’minlashga erishdi. Masalan, Janubiy Koreya, Tayvan, Singapur, Gonkong kabi davlatlarni «Osiyo yo‘lbarslari», «yangi industrial davlatlar» deb atay boshladilar. Juda kambag‘al bo‘lgan Janubiy Koreyada 1970-yillardan og‘ir sanoat, avvalo, metallurgiya,ma-shinasozlik, kimyo sanoati rivojlantirildi. Tayland, Malayziya, Indoneziya, Filippin Yaponiya modeli asosida kapitalistik taraqqiyot yo‘li dan rivojlanayotgan va bunda yuqori natijalarga erishayotgan ikkinchi to‘lqin davlatlari hisoblana-di. |
Mavzuni o’qib, savollarga javob yozib. 105-110-betlar |
|
3 |
7. 04.2020 |
Jahon tarixi |
1946-1991-yillarda Xitoy Xalq Respublika-si |
Ikkinchi jahon urushi yillarida Xitoyda rasmiy hokimiyat Chan Kayshi boshchiligidagi Gomindan partiyasi (Milliy partiya)ga tegishli edi. 1945-yili mamlakat hududi va aholisining katta qismi gomindanchi Chan Kayshi hukumati tomonidan nazorat qilinard.1949-yil sentabrda Pekinda Milliy siyosiy maslahat konferensiyasi ochildi.1-oktabr kuni Xitoy Xalq Respublikasi e’lon qilindi. 1952-yil dekabrda Xitoy Kommunistik partiyasi Markziy Komiteti mamlakatda «sotsializm qurish» to‘g‘ri sida qaror qabul qildi. 1960-yillarda Xitoyni rivojlantirishning «Katta sakrash», 1970-yillarda «Madaniy inqilob» deb nomlangan o‘ta ziddiyatli siyosatlari amalga oshirilib, ular Xitoyga hech qanday iqtisodiy va siyosiy foyda keltirmadi. 1989-yil mayda Pekinda favqulodda holat e’lon qilindi. Den Syaopin Tyananmin maydonidagi namoyishni kuch bilan tarqatib yuborishni buyurdi. |
Mavzuni o’qib, savollarga javob yozib. 115-120-betlar |
|
4 |
14.04.2020 |
Jahon tarixi |
“1946-1991-yillarda Hindiston va Pokiston” |
1946-yil 9.12 Ta’sis majlisi ochilib inglizlar Hindistonni ikkita davlatga –Hindiston va Pokistonga bo’lish rejasi ishlab chqildi.Natijada 1945-yil 15.08 ikkita mustaqil davlat tashkil topdi.Bu bo’linish katta muammo keltirdi.Agrar islohot o’tkazildi.1949-yilda yangi Konstitutsiya qabul qilindi.1965-yil Hindiston bilan Pokiston o’rtasida urush boshlandi.1966-yili Toshkentda muzokaralar olib borildi.Natijada Toshkent deklaratsiyasi qabul qilindi.1970-yillarda I.Gandi bir qator islohotlar o’tkazdi.1977-yili Pokistonda harbiy to’ntarish ro’y berdi.Hokimiyatga general Ziyo ul Haq keldi.1988-yilga kelib vaziyat o’zgardi, B.Bxutto boshchiligidagi Pokiston xalq partiyasi keldi. |
Mavzuni o’qib, savollarga javob yozib. 115-120-betlar |
|
5 |
21.04.2020 |
Jahon tarixi |
“1946-1991-yillarda Turkiya Eron Afg’oniston” |
Ikkinchi jahon urushidan so’ng Turkiya prezidenti I.Inyonyu Otaturkning yo’lini davom ettirdi.”Soviq urush”yillarida Turkiya G’arb bilan birga bo’ldi.Britaniya va AQSH Tur-kiyaga moliyaviy va iqtisodiy yordam ko’rsatdi,”Marshal rejasi”ga kiritildi va NATOga a’zo bo’ldi.1960-70-80 yillarda bir qator harbiy to’ntarishlar bo’ldi.1990-yildan boshlab bosh vazir lavozimini boshqa bir tajribali siyosatchi S.Demirel egalladi. 1946-yili ingliz va sovet qo’shinlari Erondan olib chiqildi.Eron shohi M.R.Pahlaviy o’qimishli kishi bo’lgan .U mamlakatda korrupsiyaga qarshi va modernizatsiya qilish uchun bir qator tadbirlarni amalga oshirdi.1963-yilda referendum o’tkazildi.1979-yil dindorlar boshchiligida xalq g’alayon ko’taradi.1979-yil fevralda hukumat iste’foga chiqdi va shoh rejimi ag’darildi.Natijada Eron Islom Respublikasi deb e’lon qilindi.1980-yili Iroq qo’shinlari bostirib kiradi Bu urush 1988-yilgacha davom etadi.1990-y iqtisod barqarorlashadi. |
Mavzudagi savol va topshiriqlarni bajarish 120-127-betlar.
|
|
6 |
28.04.2020 |
Jahon tarixi |
“1946-1991-yillarda Turkiya Eron Afg’oniston” |
Afg’oniston shohi M.Zohirshoh ilmli kishi bo’lgan.1973-yilda shoh taxtdan ag’darildi.M.Dovud prezident deb e’lon qilindi va islohotlar o’tkazadi.1977-y yangi Konstitutsiya qabul qilindi.1978-y 27.04 harbiylar davlat to’ntarixi amalga oshirib Dovudni hokimiyatdan chetlatdi va Tarakiy boshchilik qila boshladi.Birlik bo’lmadi va Tarakiy o’ldirildi.1979-y dekabrda sovet qo’shinlari kirdi. H.Amin o’ldirildi natijada ahvol og’irlashib ocharchilik boshlanadi.1986-y hokimiyatga M.Najibullo keldi.1989-y SSSR o’z qo’shinlarini olib chiqdi.1991-y.SSSR tugatilganidan so’ng Najibullo hukumati og’ir ahvolda qoldi. |
Mavzuni o’qib savollarga javob yozish. 120-127-betlar.
|
|
7 |
05.05.2020 |
Jahon tarixi |
“1946-1991-yillarda Lotin Amerikasi mamlakat-lari” |
Urushdan keyin Lotin Amerikasi mamlakatlari iqtisodiy islohotlar o’tkazishga qulay sharoit vujudga keldi.1970-80-y boshlarida Lotin Amerika davlatlari kvador,Peru,Boliviya,Argentina,Braziliya va Urugvayda harbiy rejimlar fuqarolik hukumatlari bilan almashtirildi.XX asrda bu davlatlarda modernizatsiyalashning 3-inqilobiy,neokonservativ,islohotchilik variantlari yaqqol ko’zga tashlanadi.1959-yil 1.01kuni F.Kastro boshchiligida Kubada inqilob g’alaba qozondi.AQSH Kubaga dushmanlarcha munobabatda bo’lgach,F.Kastro SSSR bilan kelishib oladi.Bu esa 1962-yilgi Karib inqirozga olib keldi.Chilida neokonservativ varianti.1960-yilda Chilida hukumat mamlakatni modernizatsiya qildi.1970-y S.Alyende prezidenti qilib saylandi.yangi hukumat islohotlar amalga oshiradi lekin 1973-y davlat to’ntarishi oshiriladi va hokimiyatga general A.Pinochet boshchiligidagi harbiy xunta keldi.Qamal holati e’lon qilindi.Hamma demokratik erkinliklar bekor qilindi.1989-y prezidentlik saylovda Xristian-demokratik partiya yetakchisi P.Eylvin g’olib chiqadi va diktatura davri tugatiladi.Meksika moder.islohotchilik varianti.1958-y Meksika sanoati birinchi o’ringa chiqdi.1980-y jahon iqtisodiy inqirozi Meksika uchun katta sinov bo’ldi.Ishsizlik tashqi qarz keskin oshdi,AQSHga qaramlik ham ortdi. |
Mavzuni o’qib savollarga javob yo’zing 127-131-betlar |
|
8 |
12.05.2020 |
Jahon tarixi |
“1946-1991-yillarda Afrika mamlakat-lari” |
1945-y Manchester shahrida V Panafrika kongressi bo’ldi.Afrika tashkilotlari Kongresda mustamlakachilikka va imperializmga qarshi ruh ustuvor bo’ldi.Ko’plab Afrika mamlakatlari uchun urushdankeyingi yillar siyosiy partiyalarni tuzish, mustamlaka rejimlarini qulatish uchun kurash davri bo’ldi.1960-y mustamlakachilikdan ozod bo’lish jarayonining eng yuqori nuqtasi bo’ldi.U tarixga “Afrika yili” sifatida kirdi. Jahon xaritasida 17 ta yangi davlatlar paydo bo’ldi.Ular ko’pchiligi fransuz va ingliz mustamlakalari edi.Nigeriya va Kongo o’z mustaqilligini e’lon qildi.Somali birlashib mustaqil Somali D.R nomini oldi.1990-yil Sahroyi Kabirdan janubda 40 dan oshiq siyosiy mustaqil davlatlar tashkil topdi.Mustaqil bo’lishiga qaramasdan dunyoning eng kambag’al davlatlaridan bo’lib qolaverdi.Qashshoqlik va ishsizlik urush ,genosid natijasida mln.afrikaliklar o’z qit’asini tashlab ketdilar. |
Atamalarni yodlash va savollarga javob yozish. 131-137-betlar |
|
|
19.05.2020 |
Jahon tarixi |
“XX asrning ikkinchi yarmida fan va madaniyatning rivojlanishi” |
Urushdan keyin boshlanib ketgan “sovuq urush”hamda AQSH va SSSR o’rtasidagi qurollanish poygasi kosmos sohasiga ko’chdi.1957-y 4.10 SSSR dunyoda birinchi Yerning sun’iy yo’ldoshi uchirildi.1961-y 12.04kuni Yu.Gagarin “Vostok”kosmik kemasida koinotga parvoz qildi.1960-y.sovet fiziklari N.G.Baskov,A.Proxorov amer.olim Ch.Tauns lazer nurining yangi turini yaratdilar.Bu olimlarga Nobel mukofoti berildi.1959-amerikalik injenerlar D.Kilbi va R.Noys –yarimo’tkazgichli integral mikrosxemalar ixtiro qildi.1940 –y. ommaviy uyali telefon aloqasi MTS deb ataldi.1970-80-yEricsson Philips kompan-iyalar tomonidan uyali telefon appar.yangi turlari yaratdi.1969-y Internetning o’tmishdoshi ARPANET yaratildi.1972-y E-mail paydo bo’ldi.San’at va adabiyot sohasida ham yangiliklar bo’ldi. |
Mavzuni o’qib atamalarni yodlang. 137-141-betlar. |
|
|
20.05.2020 |
Jahon tarixi |
Nazorat ishi |
Nazorat ishida 15 ta onlayn rejimida test olinadi |
Takrorlash
|
Tarix fani o’qituvchisi: M. M Ma’rufxonov
Материалы на данной страницы взяты из открытых источников либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.